Russiyaning geosiyosiy(geopolitik) fojiasi(E. V. Gilbo).

Evgeniy Vitalevich Gilbo-taniqli iqtisodchi, iqtisodiy dasturlar tayorlash "Modernizatsiya" Markazining rahbari. Haqiqiy peterburgli, 1993 yilda E.V.Gulbo Russiya Oliy iqtisodiy kengashini boshqargan, Russiya prezidenti vazifasini bajaruvchi A.V. Rutskoyning va Respublika Sovetining raisi V.S. Sokolovlarning iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchisi bo`lgan. U Respublika Kengashining ekspert kengashida islohotlarning muqobil programmasini ishlab chiqarish masalalariga masul edi. Agar Russiyada uning rahbarligida ishlangan programma amalga oshirilganda edi, davlat va mamlakat iqtisodi bo`hronli rivojlanishdan saqlangan bo`lardi.

Bugun "Modernizatsiya" Markazi ishchi nomi "Rus tarnziti", deb ataladigan va XXI asr iqtisodiy dasturlarining eng ko`p toritishuvli loyihalarining biri ustida ishlamoqda. Hatto uni tayorlashni boshlashlaridanoq Russiyada va uning tashqarisida turli xil siyosiy gugruhlar orasida jo`shqin bahslar keta boshladi. E.V.Gilbo "Noviy Peterburg" gazetesi savollariga javob berdi. Uni <Kavkaz.senter> ko`chirib bosdi. Bu erda o`sha savol javobning o`zbekcha matni keltiriladi. O`ylaymizki, siyosat bilan qiziqisih bor o`quvchilar uchun bu material foydadan holi bo`lmas.

Savol javoblar mavzularga bo`lingan.

  1. Biz ko`rmayotgan tahlika.

Yu.S. Evgeniy Vitalevich, Sizning Markazingiz bugun yangi loyiha uastida ishlamoq

da. Biroq meni hayron qoladiragan eri shu bo`lmoqdaki, negadir moskvalik ekspertlarning barchasi bir og`izdan bu loyiha iqtisodiy xususiyatga emas, geopolitik xususiyatga ega, demoqdalar. Shuning uchun aytingchi, iqtisod va geopolitika orasida qanday bog`lanishlar bor?

E.G. To`g`ridan- to`g`ri. Iqtisod geopolitik masalalarni hal etmoq uchun bir vosita, usuldir. Bizning rejamiz esa, XXI asrda Russiyani ozod va mustaqil davlat shaklida saqlab qolish masalasini ko`zda tutadi.

Yu.S. Demak Siz, mamlakat ozodligiga jiddiy tahlika mavjud, deb tasdiqlaysiz. Russiyalik va chet ellik geopolitika mutaxasislarining ko`pidan men buni eshitdim. Bu tahlika nimalardan iborat va nimalarda u ifodalanadi? U qanchalik asoslangan?

E.G. Bu tahlika eng avval, so`nggi o`n yillar davomida Russiya atrofida yig`ilib qolgan geopolitik vaziyat bilan belgilanadi. Agar biz "Buyuk Russiya"ni tiklash imkoniga ega bo`lib, uni tiklasakda, bari-bir biz aytayotgan tahlika voqeligicha(realligicha) qolaveradi.

Aslida Russiya, Ukraina, Belorus va Qozog`istonda davlat ularning aholisi bilan aynan bo`lmaganligi hisobiga bu davlatlarni deyarli qon to`kmasdan birlashtirish mumkin. Bu erda faqat Russiyaning iqtisodiy yuksalishi asosiy shartlardan hisoblanadi. Vaziyat faqat tashqarining salbiy munosabatiga ko`ra bir muncha chigallashi mumkin, biroq hozir ular real bir qarshilik ko`rsatishga qodir emaslar. Ko`p bo`lsa ular bir qator man etuvchi qarorlar bilan cheklanadilar va bu cheklovlar mamlakatdagi g`arblashgan elementlarlargagina qarshi ishlaydi, xolos.

Muammo shundaki, faqatgina birlashishning(integretsiyaning) o`zi kelajakda hech narsani hal etmaydi.Men mamlakat uchun bosh tahlikani bugun Russiya tushib qolgan geopolitik holatni xalq ham, mansabdorlar ham tushunmayotganida ko`rmoqdaman. So`nggi sakkiz yillik milliy kamsitish o`ch olish kafiyatini(revanshizmning ko`tarilishini) keltirib chiqardi. Ularning nazarida mamlakatning yarimjon bir parchasi na faqat AQSh-ga qarshi, hatto butun jahonga qarshi tura oladigan ko`rinmoqda. SSSR-ni yoki uning 85%-ni tiklash so`zsiz imperiya siyosatini yurgish va dunyoga hukmronlik qilish uchun kurashga bo`lgan intilishni keltirib chiqaradi. Bu holda voqelik nihoyatda qatiy cheklashlar qo`yadi. Buning uchun imkoniyatlar yo`q va hatto bugungi mansabdorlar olib tashlanib, bizning iqtisodiy dasturimiz amalga oshirilsa-da( bu milliy imkoniyatlarni ishga solishning yaxshi varianti) bunday imkoniyatlarni ular oladigan er yo`qdir. Bordi-yu, rejim saqlansa, bo`hron yana davom etsa, mamlakatning barcha imkonlari va zahiralari batamom tugashi turgan gap.

Yu.S. Siz, biz bugun mamlakat kuchining cheklanganligini yaxshi tushunmaymiz, demoqchimisiz?

E.G. Shubhasiz. Bizning ongimiz juda ko`p afsonalar bosimi ostidadir. U afsonalar esa, haqiqatdan, voqelikdan juda uzoqdir.

Sovet bloki o`zining bor kuchini yo`lga solish orqali AQSh-ga qarshi turardi. Biroq u AQSh va Chin bir vaqtda oyoqqa tursa buning uddasidan chiqa olmagan bo`lardi. So`nggi 15 yil ichida yalpi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha Chin 1985 yilda butun SSSR erishgan ko`rsatkichga ko`tarildi. Kelgusi 15 yilda nima bo`ladi? Bulardan tashqari SSSR-ga mana shu AQSh qarshi turgandi, shuning uchun SSSR imperiya edi, degan g`oya bilan barcha kallalar to`lib-toshgan. Aslida esa, butun sovet bloki imperiyani tashkil etardi. Imperiyaning ovropa qismi sanoat ishlab chiqarishining 45%-ni, shu jumladan harbiy mahsulotlarning 30%-ni tamin etardi. SSSR-da bo`lgan harbiy sanoat kompleksini imperiyaning ovropa satellitlari qo`llab turmaganda edi, bitta SSSR uni saqlab tura olmasdi. SSSR-ning qo`shinlari butun imperiya qo`shinlarining faqatgina 60% tashkil etardi. SSSR-da yardamchi kuchlar ko`proq bolgani uchun jangavar qismlarning 45% -ti SSSR-ga tegishli edi.

Yu.S. Russiyaning bugungi jangavar quvvatini optimistlar SSSR quvvatining 1/6, pessimistlar 1/10 qadar, deb hisolashadilar. Aslida esa, biz bugun SSSR davridagiga ko`ra oltimarta emas, o`n ikki marta kuchsiz bo`lib chiqmoqdamizmi?

E.G. Bu erda miqdoriy baholash noto`g`ri. Davlatlarning geopolitik quvvatlari faqatgina ularning harbiy kuchlari darajasi bilan o`lchanmasdan, aksincha ularning zarur erlarga kuchlarini keltira olish qobiliyatlari bilan belgilanadi. Geopolitik manoda Sovet imperiyasining nazorati, uning kuchlarining ayni ana shu Sharqiy Ovropaga erlashtirilishi bilan taminlanardi. Imperiyaning qo`shinlari Vena va Gamburgdan 20 km, Frankfurtdan 120 km, Rur va Fransuz chegarasidan 200 kilometrgina uzoqlikda turgan bo`lib, flot butun okeanlarni nazorat qilardi. Bugun esa, Venaga qadar 3000 km, Gamburgga qadar 2000 km uzoqda turibmiz. Sobiq SSSR chegarasiga chiqish bu masofalarni bir necha yuz kilometrga qisqartiradi, xolos. Nima bo`lganda ham endi Buyuk Russiya global davlat bo`lishga davogar bo`la olmaydi, juda borsa u Faqat regional davlat bo`lishga davogar bo`lishi mumkin.

Yu.S. Demak, bundan chiqadiki, SSSR Sharqiy Ovropadan ketgandan so`ng, agar u tugab ketmaganda ham eng buyk davlat bo`lmay qolgandimi? U ham ayni mana shu bugungi muammolar bilan duch kelarmidi?

E.G. Bu tarixni biroz biladigan har bir kishiga ko`rinib turgan narsadir.Masalan, SSSR 1990 yilda qanday chegaraga ega bo`lgan bo`lsa, ayni shunday chegaraga u urush oldidan ham ega edi. Ammo u zamon hech kim SSSR-ni eng buyuk davlat hisoblamasdi. Buyuk davlatlardan birimi, ha, Angliya, Olmoniya va Fransiya qatori buyuk davlat edi. Russiya XIX asrda taxminan sobiq SSSR chegarasiga yaqin chegaraga chiqqandan so`ng u ayni shunday hisoblanardi. Biroq Russiyani yoki SSSR-ni bu davlatlar ittifoqiga qarshi qo`yish hech zamon, hech kimning xayoliga kelmagandi. Masalan, Russiya 1904 yilda Yaponiya bilan tenglar singari urush qildi, hatto undan mag`lubiyatga uchiradi. Birinchi jahon urushida Russiya ittifoqdashlari Angliya, Fransiya bilan birgalikda avstro-olmon blokiga bazo`r qarshi tura olgan bo`lsa, ikkinchi jahon urushida anglo-amerika bloki yordamida birgina Olmaniyaga zo`r-bazo`r qarshi kela oldi.

SSSR eng buyuk imperiya tuzib, o`z quvvatlarining eng cho`qqisiga ko`tarilgandan keyingina atlantik blokka qarshi talabgar bo`la boshladi. Bu ham faqat Chin mamlakati manjur istilosi va Mao Tse-Dun tajiribalari ostida ezilgan, kamsitilgan holda qolayotgani uchun mumkin bo`ldi. Hozir esa, bular hammasi orqada qoldi. Bugun Chin yuksalmoqda, Russiyaning kelajagi esa, mutlaqo mag`lubiyatli holga kelib qoldi.

Agar geostrategiyaning qonunlari va voqeligi(realiyasi)ni hozirgilaridek tushunmaydi gan savodsizlar (boshqasini topadigan er ham yo`q, uning ustiga millat-xalq ham aynan o`z mansabdorlariga mos) Katta Russiyani boshqaradigan bo`lsa, uning siyosati holatga, vaziyatga mutlaqo mos bo`lmaydi. Katta Russiya G`arbga va ayni zamonda ularga Chinni ham qo`shib qarshi turish uyoqda tursin, faqat Chinga yoki Ovropaga, yoki AQSh-ga yakama-yaka holda ham qarama-qarshi kela olmaydi. Katta Russiya (voqealar juda yaxshi rivojlanganda) Turkiyadan yoki Olmoniyadan quvvatliroq bo`lishi mumkin. Ammo NATO-ni aytmasak-da, u G`arbiy ovropa ittifoqining o`zidan ham kuchsiz bo`lib qolaveradi.

Agar SSSR-ning iqtisodiy quvvatini va hududini tiklash imkoni topilsa, ana shu zamon Katta Russiya biroz vaqt Chindan baquvvatroq bo`lib turishi mumkin. Biroq bu holda ham kelajakda Chinning modernizatsiyalashayotgani va russiya aholisidan bir necha marta ko`p, asosan yoshlardan iborat uning aholisi o`z tasirini ko`rsatmay qolmaydi. Bugun esa, Russiyaning aholisi Chin aholisidan sakkiz marta ozdir. Uning ustiga Chinda aholi soni o`smoqda, Russiyada esa, uning soni kamaymoqda. Yigirma yildan keyin bu farq o`n karraga etadi. Bunga qo`shimcha chin iqtisodi to`la ravishda hozirgi zamon darajasiga mos qurilib bo`linadi.

  1. Xalqlar taqdirini jug`rofiya belgilaydi.

Yu.S. Vaziyatning tahlikaligi tushunarli. Biroq bu tahlikaning muhimligi (aktualligi) qanday?

E.G. Buni faqat geopolitika doirasida baholash mumkin. Afsuski, bu fan bizda mutlaqo nomalum va u shunchalar soxtalashtirilganki(vulgarlashtirilganki), uning darajasi astrologiyadan qolishmaydi. Aniq(real) jug`rofiya bilan mutlaqo aloqasi bo`lmagan afsonalarga, his-hoyajonli konstruksiyalarga suyandigan ishqibozlar(diletantlar), istefodagi mayorlar bugun o`zlarini geopolitiklar hisoblaydilar. Aslida esa, ayrim tartiblarni jug`rofiya movqe(realligi) to`la belgilaydi. Ovroosiyoni markaz, "dunyo oroli", deb hisoblaydigan geopolitika uchta asosiy jug`rofik qutbni alohida ajratadi. Taxminan Russiyaning bugungi hududini, yani Smolenskdan Baykalgacha bo`lgan tuproqni o`z ichiga oladigan hudud, ichki qism, uning ismi "Xartland"dir, Ovroosiyaning qalbi, ichki zona- bu ichki qismdir. Ovroosiyaning butun boshqa hududlari- Rimlend esa, geopolitikaning asosiy kurash maydonini tashkil etadi. Nihoyat, tashqi zona-bu Okeaniyani G`arbda Angliya, Sharqda Yaponiya, shuningdek, Amerika va Yaponiyani o`z ichiga oladi.

Tarixan barcha davlatlar va madaniyatlar(sivilizatsiyalar) bashqalarni buyinsindirishga va nazariy jihatdan oqibat maqsad dunyoga hukmron bo`lishni(hozirgacha hech kim bunga erisha olmagan bo`lsalar-da) ko`zda tutadigan kengayishga moyildirlar. Shunday ekan, geopolitika nuqtai nazaridan tarix jahon hukmronligi uchun kurash maydonidir. Bu kurashning qoniniyatlari esa, jug`rofiya bilan aniqlanadi.

Geopolitik nazariya tasdiqlaydiki, Okeaniya kuchlari erisha olmaydigan Xartlendni kim egallasa, ugina dunyo hukmronligiga erishishi mumkin va Xartlend Rimlendni nazorat qilish uchun tayanch vazifasini bajarishi mumkin. Okeaniya davlatlari uchun Rimlendni faqat tashqaridan nazorat qilish, yani ovroosiyoning chekalarini nazorat qilish imkoni bor, xolos. Demak, bundan chiqadiki, har qanday ovrosiyoga kirmaydigan eng buyuk davlatlar, jumladan AQSh ham dunyo hukmroligiga erisha olmaydi.

Bu erda Rimlend regionlarining (Ovropa, Semito-ariylar tarqalgan erlar( areali), Hindiston, Uzoqsharq madaniyati) har biri o`z quvvati bo`yicha Xartlend va Okeaniya davlatlari bilan qiyoslana olsalar-da, ular geopolitik jarayonlarning obektlari bo`lib, unig subektlari bo`la olmaydilar. Iqtisodiy nuqtai nazardan tushuntirib bo`ladigan Xartlendga uyushtirilgan barcha bosqinlarning, avval Mongollar, so`ngra Ovropa(Fransiya imeriyasi va keyinchalik Olmoniya Reyxi) bosqinchiliklarining sababalari aynan ana shundan iborat edi. Ana o`sha intilishlar bugun ham hech erga ketgani yo`q, ular hali ham o`z joyida turibdilar.

Yu.S. Ammo Russiyaning shunchalik kuchsiz ekanligiga qaramasdan nima uchun bugun hech kim bizga qarshi sezilarli biror agressiv harakat qilmayapti?

E.G. Bu ham o`z-o`zidan ko`rinib turgan bir hol. Bundan burun hech bir zamon uchramagan holat bugun yuzaga kelgan, yani bugun Okeaniya, Anglo-Amerika-Yponiya koalitsiyasi juda baquvvat. Shuning uchun u klassik "Anakonda(bo`g`ma ilon) strategiyasi"ga muvofiq Rimlendni hamma tomondan qisib keladi, etarli darajada nazorat qilishga intiladi va shu bilan muvozanatni saqlaydi. Xartlend ustidan nazorat qilish imkoniga ega bo`la olmagan Okeaniya, bu nazoratni yana boshqa birisi olishni istamaydi. Bugun bu erlarda kuchsiz Russiya ozod turar ekan, bu AQSh uchun eng qulay hol(variant)dir.Bugun AQSh Rimlend ustidan hukmronlikni amalga oshirmagan bo`lsa-da, u uchun maksimal erishishi mumkin bo`lgan nazoratni qo`lda tutib turibdi. Xartlendni nazorat qiluvchi munosib raqabotchi yo`qligi uchun AQSh o`ta baquvvat bo`lib qolmoqda. Bordiyu shunday raqabotchi Chin, Fersiya yoki Ovropa shaklida maydonga chiqadigan bo`lsa, ularning har biri AQSh uchun buyuk dahshat bo`lardi. Ana shuning uchun ham AQSh-ning Uzoq Sharqda, Fors ko`rfazida va Ovropada qatnashib turishi bugun Russiya xavfsizligining garovidir. Orqada Buning borligini ko`rib turganlar, Chin ham, Ovropa ham, Forslar ham Xartlendga tormasha olmaydi. Ammo faqat hozircha.

Yu.S. Har holda bugungi ehtimol etilayotgan dushman kim va uni qanaqa desa bo`ladi?

E.G. Hech bo`lmaganda bu Ovropadir. Hozirgi siyosatchilar masalani bunday qo`yishga tayor emaslar, albatta. Ular faqat iqtisodiy ekspansiya bilan band bo`lib turishibdilar. Biroq Ovropaning o`zi-o`zi himoya qila oladigan kuch sifatida yagona to`plamga aylanishi bu erdagi AQSh holatini(pozitsiyasini) keskin susaytiradi. Yangi jug`rofik haqiqatlar, siyosatchilar yangi avlodining tafakkurini(fikrlashini) shakllantiradi. Bu obektiv jarayondir. Bir avlod so`ng biz mutlaqo boshqa Ovropa bilan duch kelishimiz mumkin. Ammo bugun u erda NATO mavjud va AQSh-ning birinchiligi bor. Ovropada avantyuralarga va dunyo hukmronligiga intilishga qiziqish nisbatan oz. Aksincha, Russiya Chin va ariylik xavfiga qarshi qalqon xizmatini o`tab turibdi.

Ikkinchi ehtimoldagi dushman-bu bugun shiit fundamentalizmi bilan qo`shilib ketadigan ariylar zonasidir. Bu zonaning hufusi(forslar, pushtunlar, belujlar va tojiklar bo`lib 100 millionga yaqin) nisbatan kam sonli hisoblansa-da, ularning kamsonligini tog`li xalqlarning tajovuzkorligi(agressivligi) va sonining tez o`sayotganligi qoplab ketadi. Bu xavf zamon jihatidan bir muncha keyinroqqa qolib turadi. Chunki bunday xavf haqiqatan yuzaga kelishi uchun avval Kavkazorti va O`rta Osiyo istilo etilishi va yangi imperiya tuzilishi lozim va undan so`ng yana bir avlod keyin Xartlendga hokim bo`lishga bahaybat davogar paydo bo`ladi.

Ariylar Imperiyasi faqatgina shiitlar tuproqlarini emas, balki butun muslmon dunyosini birlashtirishga davogar bo`lar. U holda bu yangi Imperiya sunnitlar hukmron bo`lib turgan semit(arablar) zonasini ham o`z ichiga yutib yuboradi. Lekin bu erlarda qanday hollar bo`lishiga qaramay, tog`lilar- forslar, pushtunlar va balki tojiklar davlat tashkil eta oladigan ellatlar bo`lib qolaveradi(ruslarning har biri, ularning madaniy darajasidan qati nazar turklarga nisbatan o`ta dushman bo`lib qolaveradi, shekilli. Qarang, E.G.-ning so`zlari ketayotgan erlarda aslida hech bir zamon millat shaklida mavjud bo`lmagan tojiklar tilga olinadi, biroq bir butun buyuk madaniyatga va uzoq tarixga sohib, bir zamonlar dunyoning butun madaniy qismini birlashtirgan turklar hatto eslanmaydi ham. Aslida yo`q narsa bunaqa E.G.-lar so`zlari bilan dunyoga kelib qolmaydi. Mavjud narsalar esa, uning so`zlari bilan g`oyib bo`lib ham qolmaydi. So`z bu erda dushmanlikni tushunishda ketayapti.Quyuk buyoqlardagi takidlar tarjimonga tegishli).

Yu.S. Aytganday, "adliyaviy(yuridik) ellat(millat)" shaklida sochlari oqroq va moviy ko`zlilarni odatda ariylar, deb atashadi.

E.G. O`rta Sharq, Shimoliy Hindiston, Kavkaz, Pomirda yashovchi tog`li xalqlarni etnografiyada ariylar, deb qabul qilingan. Ularning sochlari qora, xususiyatlari tajovuzkor, ko`zlari esa, har xil rangdadirlar. Siz atagan manodagi "ariylar" so`zini odatda kamsavod fashistlar qo`llaydilar va u mutlaqo masalaga taalluqli emas.

Yu.S. Tushunarli. Uchinchi ehtimoldagi dushman Chindir, har holda, shundaymi?

E.G. Shubhasiz shunday. Hatto ehtimoli eng yaqin va eng baquvvatidir. Kelajak 15-20 yillar davomida Chin shunday quvvatga erishadiki, u zamon Amerika-Yaponiyaning dengizdan boshlaydigan intervensiyasi uni to`xtatib turuvchi faktor bo`lmay qoladi. Unday baquvvat Imperiya bosqinidan faqat bitta kuch, yani Russiya, Ovropa va AQSh birligidan iborat quvvat saqlashishi mumkin, xolos. Hozircha esa, unday koalitsiyani tasavvur etish murakkabligicha qolmoqda.

Bir yarim milliard nufusga ega bo`lgan Chin quvvatlarning yangicha joylashishi oqibatida na faqat Xartlendni bosib olishi va hatto bu erda demografik holatni ham o`zgartirib yuborishi mumkinligini tushunmoq qiyin emas. Chin aholisining beshdan birini(300 million kishi) bizning erlarga ko`chirib, bu erda yashayotgan 120 millionli(ruslar, tatarlar, yahudiylar, buryatlar, kazaklar, komi, mordovlar va boshqalar) ruszabon aholini milliy ozchilikka aylantirgan vaziyat maydonga keltiradi. 80 millionli biz-ovropayuzli ellatlar va uning ustiga kamsonli ellat kim bo`lamiz, nima qilamiz, faqat mayda millat bo`lib qolamiz. Ana unda bizni "shapoloqko`zlilar" atab, jig`imizga tegadilar, odamzot tilida(yani chin tilida) durustroq so`zlasha olmaydigan ovsar(idiot) hisoblaydilar va shuning uchun biz madaniy chin sanoatini taminlashga zarur bo`lgan urmon kesish, neft chiqarish ishlarigagina munosib, haqoratli holda bo`lib qolamiz.

Yu.S. Bu tahlikaning yuz berish ehtimoli qanday?

E.G. Bugun bu juda bo`lishi mumkin bir holdir.

Russiyaning qo`shnilari, Ovropa, Forslar va Chinni juda ham qiziqtirayotgan Xartlendni faqat va faqatgina Russiya nazorat qilayotgani uning geoplolitik holatini tahlikaga soladi. Xartlendni dunyoga hukmron bo`lish kurashidagi AQSh raqobatchilari nazorat qilishini(bunday nazoratni qo`lga kiritish juda muhim ahamiyat kasb etadi) Amerika istamayotganligi Russiya uchun umidli bir holatdir. Shu bilan birga AQSh-da yaxshi tushunadilarki, ularning chekka-chekkadagi geopolitik holati Xartlendni nazorat qiluvchi kuchlarga qarshi Amerikani mag`lubiyat holiga keltiradi. Shuning uchun etarli darajada quvvatli bo`lmagan Russiya sharoitida ovroosiyo chetlarini nazorat qiluvchi faqat AQSh Ovropa hamda Chinga qarshi quvvat hisoblanishi mumkin.Bugungi juda ham turg`un bo`lmagan muvozanat aynan ana shunga asoslangandir.

Bu sharoitda Chin eng tadbirli taktika tanladi. Chin hozir o`z regionida AQSh-ning ananaviy ittifoqchilarini asta-sekin va samarali kuchsizlnatirmoqda va buning oqibatida AQSh bu regiondagi manfaatlarini taminlamoq uchun Chinni o`ziga kelajak hamkori qilib olishga majbur qoladigan bo`lmoqda. Bu holda AQSh chin quvvatlarini Markaziy Osiyoda vujudga keladigan "vakuum kuchlari"ga qo`shishdan manfaador bo`lib qoladi va kelajakda Chinning Xartlentga bostirib kiirishiga rozi bo`lishi mumkin.

Yu.S. Ammo siz AQSh bunday kelajakdan qo`rqadi, dedingiz.

E.G. Menimcha ham, chinlilar amerikaliklarni vaziyatni chin yordamida nazorat qilishga qiziqtirishdagi qobiliyatlarini biroz oshirib yuborayotgan ko`rinadi. Ammo shunga qaramasdan, kelajakdagi bunday hamkorlik Russiya uchun halokatkorona tahlikalidir. Bugun bo`lishi mumkin emasday ko`ringan narsalar ertaga sodir bo`lishi mumkin, ayniqsa AQSh kuchlari susayib va Chin quvvatlari o`sgandan so`ng kuchlarning erlashishi va siyosatdagi ahamiyatli holatlar safi va tartibi sezilarli darajada o`zgarib ketadi.

Agar geopolotik vaziyatning bugungi rivojlanish xususiyati saqlanib qolsa yuqorida chizilgan kelajakka duch kelinishi muqarrardir.

  1. Jug`rofiya umid beradi.

Yu.S. Biroq biror chorasi bordir?

E.G. Yagona chora shuki, u ham bo`lsa bugun Russiyada amaldoru, xalq nimani xayol qilayotgan bo`lsa ularning Butunlay Qarama qarshisidir. Russiya(Kattami, bugungimi yoki konfederativmi, undan qati nazar), faqat birgina holda Russiya bo`lib qolishi mumkin, yani u NATOni o`zini qo`rishga majbur qilishi zarur.

Yu.S. Bu mumkinmi?

E.G. Hozircha yo`q. Chunki Chin davogar bo`lgan erlarda NATO uchun aniq bir manfaat yo`q.

Yu.S. Bizning tabbiiy boyliklarimiz, zahiralarimizchi?

E.G. Russiya boyliklariga bo`lgan ko`tarinki qiziqishlar notog`ri ekanligini butun

jahon tovar bozoridagi(birjasidagi) vaziyat ko`rsatadi. Iqtisodning resurslarga, energiya hajmlariga bog`liq bo`lish xususiyati keyingi o`n yilda keskin tushib ketdi, hozir xom-ashyo va energiya tashuvchilarning barqaror zahiralari(zapaslari) o`rnatildi. Bir necha o`n yillardan buyon neft va ko`mir qazib chiqarish, ularni tayorlovchi mamlakatlar tarafidan kamaytirilmoqda va ularning baholari pasayib ketayapti. Shunday ekan, xom-ashyo manbalari uchun chinlilar bilan janjal qilishga nima hajot bor. Yaxshisi u xom-ashyoni Lotin Amerikasidan, arablardan, hatto kelgusida chinlilarning o`zlaridan ham sotib olganlari qo`lay emasmi? Shu sabab G`arb bizga insonparvarlik yordamlari va harbiy lend-lizlarni amalga oshirish bilan ruslarning tinka-madorini qurituvchi kurashini bemalol kuzatib turaveradi. Bizga bu yordamlarni G`arb Russiyani juda yaxshi ko`rganidan bermaydi, aksincha kuchliroq taraf darhol Xartlend ustidan hukmronlikni ololmasligi uchungina, o`rnini to`ldirishga, kuchsizroq tarafni biroz qo`llash hisobiga beradi. G`arb chinlarni Volgaga kelgunicha charchatishga, ularning madorini quritishga harakat qiladi. Ana u zamon Russiyada qolgan qism o`zlari Ovropaga yolinadilar va Volga bo`ylab nihoyat chin-ovropa chegarasi vujudga keladi. Qolaversa, Ovropaliklar chinlarni Dneprgacha ham qo`yib yuborishlari mumkin. Chunki bu erlarda ular uchun talashadigan biror ahamiyatli narsalarning tayini yo`q. Agar siyosatda voqelikni hisobga olish sodir bo`lmas ekan, 20 yildan so`ng Russiya bitadi, deyavering. Bordiyu, bu zamon ichida Peterburg ajralib ulgursa, u Ovropa doirasida o`zining mustaqilligini saqlashi mumkin. Qolganlarning barchasi esa, chinlar qaramog`ida ozchilikdan iborat bo`lib qolishadilar.

Yu.S. Demak, siyosiy vaziyat chorasizmi?

E.G. Malumki, har qanday vaziyatdan chiqish choralari bo`ladi. Biroq u chora xalq va hukmron doira tarafidan talab etilmasligi mumkin. Bu taqdir masalasidir.

Bugun G`arbni qiziqtiradigan samarali bir usul mavjud, uning yordamida G`arb Russiyaga uni Chinga tenglasha oladigan darajada yordam beradi va natijada Chin uchun Xartlendni bosib olish ahamiyatsiz bo`lib qoladi(yani urush xavfi tugatiladi). Chin o`z qarshisida G`arb va Russiya birligi shaklidagi koalitsiyani ko`rib, u hech qachon mag`lubiyatli bosqinchilikka bormaydi. Bu uchun esa, Hoziroq sharqiy Xartlend Ovropaning hayotiy manfaatdor zonasiga aylantirilishi kerak. Aytilgan samarali usul ham mana shudir.

Yu.S. Buni qanday bajarsa bo`ladi?

E.G. Bizning Markaz tayorlayotgan shaklan iqtisodiy, mazmunan geopolitik loyihaning maqsadi va mazmuni ana shundan iboratdir. Bu geopolitik masalani hal etish uchun juda ko`p yurishli kombinatsiyalar zarur. Bunda birinchi qadam-Russiya hududida Buyuk Ipak Yo`lini erlashtirish kerak va uning nazoratini to`la G`arbga topshirmoq lozim. Qanday yo`l bilan?

Jahon iqtisodining 35% to`plangan Uzoq Sharq va Ovropa regionlari o`rtasida Russiyaning juda qulay geopolitik holati ko`prik bo`lishini biz taklif qilamiz. Bu regionlar orasida juda katta savdo bor va bu savdo potensiali to`la amalga oshirilgunicha hali uzoq zamonlar kechadi.

Loyihamizning o`ta odiy mazmunini, istangiz uni hajviy bir shaklda ifodalayman. Bilasiz, hayotda hamisha aynan bir xil bo`lavermaydi. Loyihaning asosida transport investitsiyalari yotadi. Russiya bo`ylab 12 yo`lli avtoqatnov qurish taklif etiladi. Bu loyihaga sarflanadigan mablag` 8 milliard dollar tartibida hisoblangan. Mazkur avtoqatnov Vladivostok va Koriyadan Ovropaga qadar yuklarni bir necha sutkalarda etkazib turadi.Bu esa, Dengiz yo`liga ko`ra qiyoslab bo`lmas darajada foydalidir. Bir zamonlarVitte xayol qilgan strategik reallik ro`y beradi. Russiyaning iqtisodiy foydasi chegara boji va ular uchun to`lovlar hisobida emas(ulardan hatto voz kechmoq zarur), balki asosiy va juda katta qo`shimcha foydalar boshqa tarafdan keladi. Birinchidan, yangi yo`ldan o`tadigan rus tranzitlari dunyo yuk oqimlarining (umumiy qiymati bo`yicha) yarimini tashkil etadi. Bu yo`ldan trillionlarcha dollar qiymatga ega yuklar tashiladi. Bu yo`l atrofida faqat yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishning o`zigina millionlab ruslarni yuqori darajada haq to`lanadigan ish bilan taminlaydi. Uning ustiga bu erda xizmat, deyilganda faqat mayishi xizmat-mehmonxona xizmati, ombar tijorati, texnik xizmatlar haqida so`z ketmayapti, balki moliyaviy, adliyaviy(yuridik) va boshqa xizmatlar hisobga olinmoqda. Ikkinchidan, bu yo`l atrofidagi zona sanoat invstitsiyalari uchun ham juda qiziqadigan er bo`lib qolishi turgan gap. Masalan, hozir yapon protsessori Ovropaga ketayapti, u zamon bu rus zavodlarida komputerga aylanishi mumkin.Ha, aytganday bu yo`lda sibir metallarini tashish ancha arzonlashadi va bu sohaning dunyo bozorida raqobat qobiliyatini oshiradi. Bularning hammasi eksportga mo`ljallangan mollar ishlab chiqaradigan millionlarcha ish joylari, demakdir, yani to`lov qobiliyatiga ega bo`lgan ishlab chiqarish korxonalari demakdir. Shunday qilib, tranzit, russiya iqtisodining lokomotivaga aylanadi.

Yu.S. Russiya bundan juda katta foyda oladi, albatta.Biroq bundan G`arb nimaga ega bo`ladi? Yo`l ruslar nazoratrida, barcha foyda ruslarda. Uning ustiga bu yo`lni bizning DAI (Davlat avtoinspeksiyasi) nazorat qiladigan bo`lsa, bu yo`l o`tib bo`lmaydigan yo`l bo`lib qolishi aniq. U holda dog`istonlik shofer bilan kurashgani singari, bu erda ham shariat qonunlarini o`rnatish uchun kurashish lozim bo`lib qoladi.

E.G. Shunday, albatta. Faqat o`z umrini hisobga olgan, mayda-mayda o`g`irlab hamma narsani bitirishni istovchi ayrim o`g`rilardan iborat rahnomalariga suyangan milliy manmanlik(egoizm) va mahalliy manfaatlar bizning loyihamizda ko`zda tutilgan kabi rejalarni amalga oshirishda eng asosiy xatar hisoblanadi. Shuning uchun Russiya yo`lga egalik qilishdan voz kechishi kerak. Ha, paranoik nuqtai nazarida bu talafotdir, aslida esa, bu boylikka erishish yo`li va halokatdan qutulish yo`lidir. Bu yo`l, yagona yo`ldir.

Avtoqatnov hududga bog`li bo`lmasligi, ular hokimiyatlardan mustaqil bo`lishi kerak, u o`z qo`ruqchisiga va yo`l politsiyasiga ega bo`lishi zarur. Bojlar esa, Russiya, Polsha va Belorussiya(yoki Litva) chegaralarida emas, balki ularga kirguncha olinishi yoki to`lanishi shart. Bunga qo`shimcha bu yo`lga taqaluvchi hududlar offshor zonalar bo`lmog`i lozim. Yo`l hukmronligi barcha aksionerlar birdek qatnashadigan direktorlar kengashi qo`liga topshirilishi kerak. Direktorlar kengashida Ovropa davlatlari, jumladan Russiya hukumati ham bir xil sonda qatanashadi, demoqchiman.

Bu erda xalqaro nazorat ostida bo`ladigan hudud(zona) haqida so`z ketmoqda. Mazkur hududda tez orada barcha davlatlarning manfaatlari bir-biriga moslashib ketadi, yani ko`p o`tmay tarnzit ham, kapital mablag` yotirish ham va strategiya ham bir-biriga uyg`nlashib ketishi turgan gap. U zamon bu yo`l ruslarning ichki ishi bo`lishdan to`xtaydi, u endi butun ovropa davlatlarining hayotiy manfaatlari doirasiga aylanib qoladi. U holda bu yo`lni qo`ruqlash ovropaliklar uchun muhim bir vazifaga aylanadi. Ular bu yo`lni qo`ruqlaydigan rus askarlarini taminlashlari mumkin. Ruslar buning uddasidan chiqa olmasalar, ular Uzoq Sharqqa o`z qo`shinlarini joylashtirishga tayor bo`ladilar. Ovropaliklar bu yo`lni O`zlariniki kabi qabul qilib, uni qo`rishga intilishlari aniq.

Yu.S. Ha, haqiqatan ham bunday tranzitning, yani aslida Buyuk ipak yo`lining bugungi ko`rinishi paydo bo`lishi Ovroosiyoning strategik vaziyatini, Russiyaning iqtsodiy-jug`rofik halotini keskin o`zgartiradi. Ammo navbatdagi qadamni qanday qo`yish mumkin va iqtisodiy ustunlikni qanday qilib harbiy ustunlikka aylantirish mumkin bo`ladi?

E.G. Navbatdagi qadam ularning qo`shinlarini Xartlendning yuragiga kiritishdan iborat bo`ladi. Shu bilan ular xayol ham qilmagan imkoniyatni, yani Xartlend ustidan nazoratni qo`lga kiritadilar. Ana endi, ular bu nazoratni qo`lda saqlab qolish uchun hamma narsani bajaradi. Tabibiiyki, bu nazoratni ular ruslarsiz saqlab qolishlari qiyin, chunki ruslar nima bo`lganda ham bu erlarning egasidirlar. Bundan chiqadiki, Russiya Ovropaga Mutlaqo zarur, uning bu hudud ustidan mustaqilligini saqlash esa, ovropaliklar uchun eng asosiy vazifa bo`ladi.

Bu esa, Shimoliy Atlantik ittifoqi o`rnida Shimoliy Ittifoq tuzishning asos toshidirki, u Russiya va musulmonlarga qarshi G`arb bloki bo`lmay, balki G`arb va Russiyadan o`zga dunyoning butun qolgan qismiga qarshi G`arb va Russiya bloki bo`ladi. Ayni mana shu Ittifoq doirasida Russiya bugun Yaponiya, Ovropa mamlakatlari ega bo`lgan garantiyalarga ega bo`lishi imkoniga erisha oladi. Ana shu garantiyalar sharoitida Yaponiya va Ovropa mamlakatlari kabi Russiya ham mustaqilligini himoya qilmoq uchun o`z hududlariga ittifoqchilar qo`shinlarini joylashtiradi va Uzoq Sharqda ittifoqdoshlarga baza taqdim etadi.Ana shundan keyingina Russiya Chinga nicbatan o`zini ishonchli his etishi mumkin bo`ladi. Ovropa esa, Russiyani qo`llashga majbur qoladi va ruslar hamda chinlilar orasida doimiy chap berishlarni yo`qatadi. Shunday qilib, ruslar Ovropada mutlaqo O`zlarinikiga aylanadi.Chinlar esa, "Lissabondan Vladivostokkacha yagona Ovropaning" strategik dushmani bo`lib qoladi.

Endi chinlilar rus hududiga qanday shaklda bostirib kirishga harakat qilmasin, ular bu erda ittifoqchi qo`shinlarga duch keladi va avtomatik ravishda butun ittifoqdosh mamlakatlar bilan urush holiga tushib qoladi.

Yu.S. Birgina Rus-ovropa birlashgan quvvatlari Chinga talabgar bo`lishga etarlimi?

E.G. Urushmoq uchun etarli, biroq zafar qazanmoq uchun nomalum. Biz uchun urush emas, tinchlik, bostirib kirishning oldini olish, status-kvoni qo`llash kerak.Biz urushdan hech qanday foyda ko`rmaymiz, biz unda faqat yutqazamiz. Chinlar ham juda ko`p narsalarga erisha olmaydilar. Demak, ular urushda yutqazajaklarini Oldindan bilsalar urushga kirishdan o`zlarini tutadilar.

Shimoliy ittifoq doirasida ham o`ziga yarasha muammolar va xayoliy narsalar mavjud, albatta. Russiya bilan ittifoq hisobiga baquvvatlashgan Ovropa AQSh-ni qitadan siqib chiqarmoqqa boshlaydi, Xartlendni egallash ularda jahonga hukmron bo`lishga intilish havasini keltirib chiqaradi. Bu havas esa, Chinni mahv etadi va AQSh-ga talabgarlikni maydonga keltiradi. Mana shu erda Russiya shunday bir o`rinni tutishi kerakki, yani u bundan burun NATO-da Olmoniya tutgan bosh atlantist vazifasini bajarsin. Russiya Shimoliy Ittifoq ichidagi AQSh-ning asosiy ittifoqdoshiga, bosh atlantistga aylansin, Ittifoq ichida AQSh-dan birinchilikni olishni istay boshlaydigan franko-olmon guruhiga(alyansiga) qarshi tura bilsin. Russiyaning bunday imkonga erishmog`i uchun esa, Russiya AQSh harbiy kuchlarini Xartlendga kiritishga imkon bermog`i lozim. AQSh havo va dengiz harbiy kuchlariga Russiya o`z hududida bazalar taqdim etmog`i zarur. Shunday qilib, bugun AQSh-ga Yaponiya qanday zarur bo`lsa, xuddi shunday Russiya ham AQSh hayotiy zaruriyatiga aylanadi. Bu holda bugun Ovroosiyoning chekkalarini nazorat qilayotgan AQSh mutloq Chinga qarshi teng kuchga aylanadi.Agar ovropaliklar AQSh-ni Ovroosiyodan siqib chiqarsalar, AQSh Chin bilan ittifoqqa kisrishga majbur qoladi. Russiya esa, chin-ovropa tepalashishi oldingi chig`ida qolishi turgan gap.

Sovuq Urush zamonida Olmoniya qanday front oldi davlati vazifasini bajargan bo`lsa, Russiya ham yangi ittifoqda ayni o`sha holatda bo`ladi. Demak, Russiyaning siyosati ham eski Olmoniya Federativ Respublikasi(OFR) siyosati singari, amreikalashgan siyosat bo`lmog`i zarur. Shimoliy Ittifoqda amerika manfaatlarini o`tkazuvchi Russiya ham, bugun OFR va Yaponiya o`z mustaqilliklariga zarar keltirmagan holda qanday garnatiyalarga ega bo`lsalar, xuddi shunday foydalarga erishadi.

  1. Jug`rofiya psixologiyaga qarshi.

Yu.S. Bugun bizning jamiyatimizda AQSh-ga nisbatan mavjud bo`lgan ishonchsizlikni unutmasligimiz zarur.Bunday ishonchsizlik siz aytayotgan siyosatni o`tkazishga tusiq bo`lmasmikin?

E.G. Keyingi besh yil davomida bizda rivoj olgan antiamerikanizm Klinton mamuri-yatining subektiv xatolari oqibatidir. U ham bo`lsa Eltsin rejimini qo`llagani uchun. Bilasiz, vatanpavarlar tomonidan ayni ana shu Eltsin Russiyaning asosiy dushmani kabi qabul etilgandi, axir. Belovej bitimini imzolagan amerikaliklar emas, shu Eltsin edi, russiya iqtisodini o`ldirgan, mamlakatni talashni tashkil etgan, o`rta sinfni tugatgan, xalq vakilligini bitirgan, xalqni obro`sizlashtirgan ham mana shu Eltsin edi. Bularning barchasini Qo`shma Shtatlar va hatto G`arb bilan bog`lash 1993 yilgi davlat to`ntarishini qo`llab, undan so`ng GKO piramidasini zayomlar sistemasi yordamida mablag`lar bilan taminlash boshlangandan keyin bo`ldi. Xalqqa qarshi rejimni turli xil yo`llar bilan qo`llashlar qanchalik g`azabni qaynatmasin, tan olish kerakki, baxtsizliklarning bosh sabablari mamlaktning ichidadir. Bu yaramas kuchlarning hokimiyatga kelishiga biz o`zimiz yo`l qo`ydik. Russiyani bu qorong`likdan o`zimizdan o`zga hech kim qutqara olmaydi. Bizning o`zimiz yordamizda sodir etilgan jinoyatlarni qandaydir chet elliklarga yoki sionistlarga og`darish esa, yana o`sha Russiyani tugatayotganlarga yordam berishdan boshqa nech narsa emas. Rejimning o`zi avj oldirayotgan antiamerikanizm-bu jalalarni qaytarish usullaridan biridir. Bu hol psixologik va siyosiy jihatdan zarur bo`lmaganligi sababli rejimning o`zgarishi bilan u batamom so`rilib ketadi. Agar rejim o`zgarmasa, Russiyani qutqarish yo`lida antiamerikanizm emas, aksincha rejimning o`zi asosiy tusiq bo`lajak. Rus imperasi, Rus davlatchiligi va Rus iqtisodi tugatilganidan so`ng Russiyani jug`rofik hudud shaklida batamom yo`qotish oddiygina navbatdagi qadamga aylanib qoladi.

Yu.S. Bundan ko`rinadiki, hozirgi rejimning tashqi siyosati vatanparvarlikka qarshi qaratilgan siyoat bo`lib, u Russiyani yo`q etishni ko`zda tutadimi?

E.G. Tabbiiy. Russiyani potensial ittifoqchilari bilan tortishuvga boshlayotgan, strategik dushmanlar- Forslar va Chinni qo`llashni jadallashtirayotgan, ularga harbiy texnologiyani etkazib berayotgan, dushman orqasidagi amerika ishtirokini susaytirishga erishishga intilayotgan va shunday qilib, Russiyaga qarshi agressiya qilish uchun dushmanning qo`lini bo`sh qo`yayotgan rejim faqat bir maqsadni ko`zda tutishi mumkin. Rejim o`z maqsadini omma, tinglovchi oldida qanday so`zlar bilan asoslashga urinayotganlari, omma nimani tinglashni istashsalar ular shularni so`zlayotganlari bilan belgilanadi. Bu siyosatni o`tkazayotganlar ichidagi bazi alohida faollarni men chin yoki forslar jasuslari, deb tasdiqlashdan o`zimni tiysam-da, ular siyosatga tasir o`tkazish agentlari ekanligiga to`la ishonaman.

Yu.S. Ammo, balki bu siyosatni imperiyalistlarcha fikrlash inertsiyasi, deb tushuntirsa bo`lar?

E.G. Yani, yomon niyatda emas, balki ahmoqlikdanmi? Nega, masalan shunday bo`lmasin.Hech bo`lmaganda iqtisodiy siyosatda aynan shunday. Keling, masalaga aniq bir shaklda qarab ko`ramiz. Russiyaning REAL geopolitik manfaatlari:

1.Ovroosiyo chekkalari- Uzoq Sharq, Ovropada va Fors ko`rfazida AQSh nazoratini saqlash va uni mustahkamlash. Chunki ana shundagina, Russiyaning ehtimoldagi dushmanlari-Chin, OEI(Ovropa Iqtisodiy Ittifoqi), Forslar va Turkiyaga teng kuch quvvatlar saqlangan bo`ladi.

2.G`arbning semito-ariy arealidagi qo`rg`oni sifatida Isroilni qo`llash;

3.NATO-da AQSh-ning rolini kuchaytirish;

4.NATO-ni kelgusida Shimoliy Ittifoqqa aylantirish maqsadida uning sharqqa qarab kengayishini maksimal darajada rag`batlantirish;

5.Xartlend ustidan quvvatli nazorat o`rnatish uchun AQSh va Ovropani bunga jalb etishdan iboratdir.

Eski imperialistik tafakkur esa, bularning mutlaqo Qarama-qarshini aytib turadi. Kuchlarning etishmasligi sharoitida ularni amalga oshirishga urinish esa, o`zini-o`zi o`limga mahkum qilishdir. Russiya Federatsiyasi hukumati hozir aynan shu o`zini o`zi o`ldirish bilan shug`ullanmoqda. Shunday qilib, bugungi rejim Russiyani yo`qotishga olib borayotgan Russiyaning bosh dushmanidir.

Yu.S. Masalalarning muhimlik o`rinlarini o`zgartirish imkoni bormi?

E.G. Muammo shundaki, bizning vatandosh ko`pincha tushunmasliklari oqibatida o`zlari o`zlariga dushman bo`lib qolmoqdalar. Afsuski, bugungi rejim faqat mansabdorlar qarashlarini ifodalab qolmasdan, u ko`pchilik aholining fikriga ham mos keladi. Hatto Yavlinskiy va uning sofdoshlari tashqi siyosat masalalarida psevdoimperialistik qarashlarda cobit qadam bo`lib turubdilar. Boshqalar esa, bunda yana ham radikalliroqdirlar. Ular barchasi AQSh-ga hujum qiladilar. Bilmaydilarki, AQSh siyosati qatiyan balanslangan bo`lib, u siyosat boshliqllar xohishi va qandaydir sionistik donishmandlarning ichiga kirib olishlari bilan aniqlanmay, geopolitik realliklar bilan aniqlanadi. Faqat ana shu reallikka tasir qilishgina zarur erda AQSh siyosatiga tasir o`tkaza olishi mumkin. Menga AQSh-ning hukmronlik o`rni psixologik jihatdan tushinarli. Ammo shaxs sifatida men ham AQSh-ni sevmayman. Ayniqsa, 1993 yilgi va undan keyingi yillarda Russiyaga qarshi eltsinchilar jinoyatlarida AQSh-ning faol qatnashganligini men hech qachon kechira olmasam kerak.

Bilasizki, qalb va tafakkur doim bir-biri bilan kelisha olmaydi. Siyosiy donishmandlik, sezgi hislari bilan emas, balki aniq manfaat hisoblaridan kelib chiqib harakat qilishdir. Shuning uchun har bir Russiya vatanparvari- mazmunan, haqiqiy vatanparvari(o`zini-o`zi vatanparvar ataydiganlar emas) o`z ehtiroslarini qondirish va boshqalarni xush ko`rmasligi hisobiga emas, o`z mamlakatinig manfaatlari uchun harakat qilishi lozim.

Yu.S. Biroq shunday vatanparvarlar ham borki, ular sizga, AQSh-ning birinchiligini tan olish va xartlenddagi strategik qullayliklarni u bilan sheriklashishdan ko`ra Russiyaning dunyoda hukmron bo`lishi uchun eng so`nggi o`qimizga qadar kurashmog`imiz afzal deyajak. Vatanparvarlik mana shudir, sizning dushman bilan hamkorlikda bo`lsa-da, Russiya mustaqilligini obro` ila saqlashdan iborat amaliy harakatlaringizni ular kollaboratsionizm (vatan dushmanlari-fashistlar bilan hamkorlik qilish), jihudlar allahsirashi va millatga xiyonat qilish, deb atab jahonga jar solajaklar.

E.G. Ha, to`g`ri, vatanparvarlikni anglashimizda farq bor. Men ularning "vatanparvarligi" uchun Russiyani qurbon berish va talangan, o`lib bitayotgan xalqning erishib bo`lmas jahon hukmronligi uchun eng so`nggi askarigacha tepalashishi lozim deb hisoblamayman. Bundan tashqari bizning mantiqlarimiz ham bir-biridan farq qiladi.Ularning mantiqi o`zlariga xos qoida asosida tuziladi, yani ularcha, "Agar yuborilgan X-dan Y chiqsa va bu Y juda ko`ngulga xush keladigan bo`lsa, demak kelgan X-lar to`g`ridir". Men esa, ananaviy mantiqqa (ergashaman)ko`ra ish tutaman.

AQSh-ning birinchiligini tan olishga to`g`ri keladi, chunki bu bugun real faktdir (so`qirga ham ko`rinib turgan haqiqatdir). Bundan tashqari AQSh-ning birinchiligi geopolitik raqiblar(konkurentlar) uchun istalgan boshqa bir millat birinchiligidan qiyoslab bo`lmas darajada xavfsizdir. Birinchidan, Xartlend ustidan nazorat o`rnata olish imkoni yo`qligi sabab AQSh uchun dunyoga hukmron bo`lish erishib bo`lmaydigan muammodir.Ikkinchidan, madaniyatlarning xususiyatlariga ko`ra, olmon birinchiligi ezish va bosib olishda ifodalansa, fransuzlar birinchiligi o`z standartlarini o`tkazishga urinuvchi va har doim talabgar bo`lib turuvchi bo`lardi, ruslarniki esa, hukmronlik va assimltsiyada ko`ringan bo`lardi, angliya birinchiligi xalqlarni jahllik ila bir-biriga qarshi qo`yardi, chin zolimlik, mustabidlikni (despotiyani), ariylar birinchiligi kamsitish, tahqirlashni, uchiga chiqqan zo`rlikni, turk birinchiligi ahmaqona genotsidni(E.G. armani bilan yahudiyning aralshmasidan dunyoga kelgan, turklarni ko`rishga ko`zi yo`q fashist bo`lsa kerak. Takid tarjimonga tegishli) avj oldirgan bo`lardi.

Liberalizm bilan qarishib ketgan, savdogar xalq hisoblangan amerikaliklar manfaatlarning qandaydir muvazanatda bo`lishiga va sheriklar bilan kelisha olish yo`llarini izlashga intiluvchi va ularning kuchlarini baquvvatliroq tutish orqali barqarorlikni saqlashdan manfaatdordir. Voqeliklar ko`rsatayaptiki, ular o`z kuchlari real imkoniyatlaridan kelib chiqib, dunyo hukmronligiga xastalarcha intilmayaptilar.Ularning imkoniyatlari shundan iboratki, bugun AQSh o`z quvvatlarining eng yuksak cho`qisiga ko`tarilgan va kelgusida Rimlendning chekkalarini nazorat qilish kuch quvvatlari susayishi aniq. Bu esa, Russiya uchun AQSh-dan ko`ra bir necha marta xavfli dushmanlarning qo`lini echadi.

Yu.S. Nima, Siz, Russiya manfaatlari uchun antiamerikanizmni antichinizmga almashtirish kerak, deb hisoblaysizmi?

E.G. Juda qizik atama qo`lladingiz. Yo`q, men unday hisoblamayman. Muhimi, geopolitik voqelikni to`g`ri tushinishdir. Bugun o`z-o`zidan kelib chiqayotgan Sibirda va Uzoq Sharqdagi voqealar kabi haddan oshmaslik muhimdir. To`g`ri, Sibir va Uzoq Sharqda xavf fin chegaralaridagidan ochiqroq ko`rinayapti, shunga qaramasdan haddan oshishga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Bu haddan oshish- millatchilikdir. Vaziyatni milliy masalalar, milliy nizolar darajasiga keltirmaslik lozim. Jug`rofik voqelik Chinni Russiyaning geopolitik dushmani qilib qo`yshi muqarrarligidan chinlar millat shaklida bizning dushmanlarimizdir, degan xulosa kelib chiqmaydi.

Nafrat, bu yomon maslatchi. Masalaning echimi har doim konstruktiv bo`lib va u real vaziyatlarni boshqarish yo`lida yotadi. Agar biz Shimoliy Ittifoq tuzish yo`li bilan qitada quvvatlar muvozanatini va mustahkam tinchlik o`rnata olsak, do`stlik va o`zaro foydali hamkorlik yo`lidagi tusiq yo`q bo`ladi, o`zaro munosabatlar teng xususiyat kasb etadi, ijtimoiy(gumanitar) aloqalar bo`liq ranglarda gullaydi, chin muhojiriyati(immigratsiyasi) milliy mustaqillikka xavf tug`dirmay, balki u iqtisodda ijobiy rol o`ynay boshlaydi.

Yu.S. Biroq bu faqat bir holda, yani sizning loyihangiz amalga oshirilsagina bo`lishi mumkin. Bu ishning taqdiri ham etti yildan buyon rejim tarafidan rad qilinib kelinayotgan sizning loyihangiz taqdiriga o`xshab qolishi mumkin emas, axir?

E.G. Nega, mumkin bo`lmasin? Juda mumkin. Amaldorlarning darhol manfaatdor bo`lihsga intilishlari strategik hisoblardan oshib tushadi. Bugun iqtisodda bo`lgan yaramsliklar, jug`rofiyada ham sodir bo`lishi hech gapmas. Bunday hollar tarixda faqat bir marta bo`layotgani yo`q. Dahol manfaatdor bo`lish strategik hisoblardan ustun turganligi oqibatida ko`plab mamlakatlar mustaqilligidan, xalqlar ozodligidan mahrum bo`ldilar. Ana shundan Xorem yiqildi, Vizantiya qurbon bo`ldi, Hazar hoqonligi quladi, 1917 yilda Russiya imperiyasi, 1918 yilda esa, Avstriya imperiyasi ag`darildi.

Aslida Russiyaning fojiasi geopolitik vaziyatda emas. Undan samarali va munosib chiqish yo`li mavjud. Bu erda butun muammo hukmron doiralarining oldilarida ochilayotgan imkoniyatlardan foydalana olish qoliyatlari yo`qligidadir.

Bordiyu, Russiya dunyo xaritasidan yo`q bo`lib ketadigan bo`lsa, bunda faqat biz gunohkordirmiz. "Noviy Peterburg" gazetasi.

Material "kavkaz-senter"dan 14.05.02-da ko`chirib olindi.

 

 

1

Hosted by uCoz