Pichoqzoda Ahmad Haqqi Bey

                            “Hikmat daryosidan tomchilar”

 

          Mundarija.

          So`z boshi

          Muallif hayoti haqida.

          Axloq.

          Oshiq.

          Olami-Istiqbol(Kelajak dunyo).

          Ong.

          Jumhuriyat.

          Bola .

          Din va Islomiyat.

          Dunyo.

          Adab.

          Adabiyot.

          Falsafa.

          Fikr(g`oya).

          Uy.

          Uylanish.

          Yoshlik.

          Go`zallik, chiroy.

           Karomat.

          Urush.

          Madaniyat(Hars).

          Hurriyat.

          His.

          Haq.

          Hammiyat.

          Hayot.

          Haqqiy hayot.

          Ibodat.

          Ilm.

          Iymon.

          Inson(odam).

          Saralash(Intihob).

          O`ziga o`zi suiqasd(Intihor).

          Islomiyat.

          Ayol (xotin).

          Kalom.

          Qur’on.

          Modda.

          Matbuot.

          Maorif.

          Madaniyat.

          Maktab.

          Millat.

          Mo`’jiza.

          Muhammad(sollallohu aleyhi vassalam).

          Muzika.

          Nomus.

          Nikoh.

          Unutish(Nisyan).

          Pul.

          Tush.

          Ruh.

          San’at.

          Sinoat-kasb(hunar).

          She’r.

          Sulh.

          So`z (kalima).

          Tabiat.

          Taloq.

          Tarix.

          Tasavvuf.

          Tarbiya.

          Taraqqiyot.

          Tijorat.

          Vazifa.

          Vijdon.

          Valiy.

          Valoyat.

          Yakun(kitobdagi xilma-xil xorijiy so`zlar).

           Itidor(Hokimiyat).

 

So`zboshi.

Hikmatli so`zlar, bir naslning yuksak tuyg`u, tushuncha va hayot tajribalarini keyingi avlodlarga(nasllarga) uzatmoq uchun aforizmlar holida ifoda etilgan fikrlardir. 

 

Hikmatli so`zlar, asosan haq, adolat, shijoat va jumardlik kabi yuksak qadriyatlarning nozik ifodasidan iboratdir. 

 

Og`zaki yoki yozma holda bo`lsin, ish qilib, tushuntiruvchi, ogohlantiruvchi, tarbiyalovchi va yuksak haq va adolat tuyg`usini talqin etuvchi hikmatli so`zlarning Sharqda, Sharq dunyosida yanada keng tarqalgani bir haqiqatdir. 

Bu turdagi hikmatli so`zlar yozilgan juda ko`p asarlar asosan Islom davriga to`g`ri keladi. 

 

Insoniyat hayot tajribalarini aks etirgan bu aforizmlar, har bir jamiyatda tiriklikni va tartibni saqlashga yo`naltirilgan. Bu an’ana bugun ham og`zaki, hamda yozma shaklda, devor kalendarlarida to`la davom etirilmoqda. 

Bichoqzoda Ahmad Haqi Beyning ”Men tushungan ilm va hayot” nomli kitobi ham shu tur bir asar hisoblanadi. O`z sohasining mumtoz va etuk siymolaridan biri sanalgan A. Haqqi Beyning hajmi uncha katta bo`lmagan va faqat mazmuniga ko`ra so`ng darajada buyuk bo`lgan ”Hikmat daryosidan tomchilar” asarini bugungi kishilar tushunadigan shaklda soddalashtirishga harakat qildim. Ya’ni o`tgan nasllar tajribalarini kunimizning milliy madaniyati va haqiqiy axloqdan uzoqlashtirishga harakat etilgan avlod xizmatiga taqdim etishga intildim. 

 

Asar, hijriy 1340 yilda Izmirda Hafiz Al Afandiy matbaasida to`rt ming dona bosmadan chiqqan. O`sha zamonlar o`quvchilar tarafidan qizg`in qabul etilgan bu asar tez orada sotib tugatiladi. Kitobning bahosi 3-4 lira bo`lgan. Ammo sotilish davomida uning narxi besh liraga ko`tarilganligi ma’lum. Bu narx zamonasi uchun juda yusak baho hisoblangan.  

 

Asar 1948 yili lotin alifbosida qayta nashr qilinadi. Ammo uning tili eski turkchada bo`lganligidan ko`pchilik o`quvchilar uni yaxshi anglay olmadilar. Chunki turk tili ustida nodo`stona amalga oshirilgan til o`yini oqibatida bugungi kishilar hatto yaqin o`tmishimiz asarlarini ham tushuna olmaydigan bir holga kelishgan. Shu sabab asarni bugungi madaniy hayotimiz mulkiga aylantirish maqsadida, uni zamonamiz kishilari tushunadigan shaklda soddalashtirdim. 

 

Bu asarda yagona nasihatlar to`plami shaklida keltirilgan ibratlarni har kim o`qishi va unga amal qilishi lozim. 

 

Bu hikmatlarni o`qishgan Ahmad Mithad Afandiy va Binboshi Jidomiy Beylar kitobga munosabatlarini she’r orqali ifodalshga harakat qilishgan. Ularning o`sha she’rlarini quyida keltiramiz.         

Barakalloh zahi qudrati vasfiy tahrir,

Sonaxalloh ajib sharhu bayoniy tasvir.         

Kimki aylasa nigoh ilmu hayot zubtasiga,

Bir taradud etajak fazlu kamolin tavhir.         

 

Yozgan har bir asari shunday muta’alladirki,

Ko`rsa agar dushmani urfonini aylar takror. 

Faqat debochadagi jumlasi mahalla qadar,

To`rt kitob kunu-tun asrorini etmish tafsir. 

 

Bilmoq itarsang sen, axloq va falsafa nima,

O`qi, bu xil asarni, fikrini etsin tansir. 

Or va nomus nima, his,Vatan, millat nima,

Boq qanday sur’atla etar hazrat ustod taskir. 

 

Miziqa fanini tashruhu-bayon alhaq,

Odamiy nag`mai tilsiz  kabi aylar tashir. 

Iffatu, ismatning hosiyati, ari tog`lisi,

Ma’rifatu, san’at sonin qanday etmish tasvir. 

 

Bu qanday qudrat, qaysi fikri ihota, qanday hol,

Mutlaqo so`zlari ilhomiy xudovandiy qodir! 

Dastidan etar ilmu-fazilat jarayoniga,

Nomi ko`lkinda olar, fayzi tasalli tahrir. 

 

Hojida ilmu-adab, shoiri she’rin aytar,

Munshiy durru-gavhar, so`zlari bir misli nazir. 

Muhtasabdir kutubi munzaladan ish bu kitob,

Vasfini arz etolmas, bo`lsa ham nafi sahir. 

 

Haqqi Bey! har so`zini haqli ko`rarsan ko`pmi?

Haqqi ismi senga ham arshdan bo`lsin ta’sir. 

Afiyat, sihhat ila ming yasha ey ustodim,

Toliying, baxting bo`lsin misli surayo muhir.

                                                                     Ahmad Mithad.

 

Tarjimondan

Pichoqzoda Ahmad Haqqi Bey asarlaridan, asosan uning ”Men tushungan ilm va hayot” kitobidan olingan, ”Hikmat dar’yosidan tomchilar”, deb nomlangan asar, mazmuni e’tibori bilan bugungi yosh avlodni tarbiyalashda bebaho ahamiyatli, deb hisoblayman. Kitobda keltirilgan ko`pgina aforizmlar maktablarimizda o`qituvchi va o`quvchilarning hayot qoidasiga aylanishi kerak. 

 

Bu kitobning bugungi o`zbek turkchasida nashr etilishi va tarqatilishi O`zbekistonda va dunyoning boshqa o`lkalarida yashab o`zbekcha so`zlashuvchi kitobxonlar orasida qiziqish uyg`tishiga umid katta. 

 

Turkiya turkchasida qo`llaniladigan ba’zi so`zlarning  o`zbekchada ekvivalentini topish mumkin bo`lmadi. Shuning uchun u so`zlarni tarjimada asli holida qo`llanildi. Bu xil so`zlar So`zboshida keltirilgan she’riy parchada ko`proq uchiraydi. O`ylaymizki, u so`zlarning ma’nosini tushunish uncha qiyinlik to`g`dirmaydi. 

 

Yozuvchining hayoti haqida.

Pichoqzoda Ahmad(Ismail) Haqqi Bey, tamaki maydalovchi, Sio`pli Hoji Usmon Afandining o`g`lidir. U 1277 hijriy yilda onasining mamlakati Izmir shaharida dunyoga keldi. 

 

Ahmad Haqqi Bey ibtidoyi erkin maktabda boshlang`ich bilim olgandan so`ngra Tira shahrida Ibni Malak Madarasida  Mustafo kashfiy Afandidan ilmiy din va falsafa, arab adabiyoti ilmlarini tahsil etdi. U 1305 yilda Huquq maktablarida 2-nchi sinf(kurs) imtihonlarini topshirdi. Ahmad Haqqi Bey Uskur shaharida favqulodda Mahkama bosh kotibligida, Yaniya, Suriya, Holap va Hijozda  mirzochilik mansablarida xizmat qildi. 

 

Hijoz mirzosi bo`la turib, u birinchi jahon urushida  asir tushdi va Iskandariya shahriga keltirildi. ”Siddiy Vashir”da uch yil asirlik hayotini kechirgandan so`ng u Istanbulga keldi. Bundan keyin u Izmirga ketdi. 

1308 yildan 1328 yilga qadar Izmirda u ”Haftalik Izmir” va ”Kundalik Izmir” kabi gazetalarni nashr etdi. Izmirdagi Idodiy maktablarda 15 yil falsafadan dars o`qidi. 

 

Ahmad Haqqi Bey arab, fors, olman, italyan va ingliz tillarini mukammal darajada o`rgangan edi. U ayni zamonda shoir ham edi. Uning ”Laqid” tahallusi bilan ijod etgan she’rlari bor. 

 

Axloq.

Qonun axloqi, Qonun tanimagan, qonunni tan olmaydigan vijdonni (odamni) aniq tartiblarga bog`liq bo`lishga, unga bo`ysunishga, unga tobe etishga majbur bo`lish qonundir. 

 

Mutadayin, deb shunday dindor kishiga aytiladiki, uning ibodatida piyo, ishlarida xiyla va yolg`on bo`lmaydi. 

 

Biror kimsadan qo`rqmayman desang, hech kimni qo`rqitma.

Fazilat ruhning taqdir etgani, bemazachilik va hayvonlikni xush ko`rmaganligi bo`lsa, razillik(sharmandalik) hayvonlikka mos harakat bo`lib, ruh undan qochgandir.  

 

Nomusning dushmani nomussizlikdir. G`araz nafrat bilan, nifoh la’nat bilan yodda qoladi. 

 

Og`izdan chiqqan va qalamda yozilgan so`z asl ko`nguldan, toza vijdondan chiqmog`i kerak. 

 

Din, millat, Vatan, nomus va davlatga sevgi-muhabbat eng oliy va buyuk sevgidir. Bunday sevgi haqqiqiy insonlarda bo`ladi. Ana shunday eng yuksak, buyuk va muqaddas sevgidan mahrum bo`lganlar inson emas. 

 

Din, millat, Vatan, nomus va davlat toptalmaydi, poymol etilmaydi, poymol ettirilmaydi. Ular baqir, muqaddas qiymat parhalaridir. Ular uchun jon, hayot fido etiladi. 

 

Qurs va johilni ishontirmoq juda qiyindir. 

Or va nomussiz kishilarda millat va vatan hissi bo`lmaydi, bo`lolmaydi.         

Faqat johillik va jaholatning o`zginasidan qo`rqma, ammo jahllik va jaholat g`urur bilan qo`shilib ketsa undan ortiq balo yo`qdir. 

 

Barchaning sizga foydali bo`lishini istasangiz, o`zingiz ham barchaga foydali bo`lishga harakat qiling va  foydali bo`ling. 

 

Sening hamma fikr-mulohazalaringni hech e’tirozsiz tasdiqlagan kishi munofiqdir. U seni aldaydi, xatolarga zavqlantiradi. 

 

Yomonlikni, xunuk ishlarni ochiqdan ochiq qiladiganlar olchoq, tuban kishilardir. 

 

Yashirin ish qilganlar esa, o`zidan uyalmay, Allohdan qo`rqmaganlardir.

 

O`lganlarga hurmat, tiriklarga ishonch bildirmakdir (ishonch bag`ishlamoq, ehson etmakdir). 

 

Janozani hurmat etmaslik, eng so`nggi insoniy vazifani ifoda etmaslik bo`lib, bu buyuk haqsizlikdir. 

 

Hayvon o`lgandan so`ngra unutiladi, uning mazori ham bo`lmaydi. Ajdodlarining mozorini muhofaza etmagan millat, o`z ajdodlarini hayvon darajasiga keltirgan millatdir.  

 

Olim bo`lish, hali odam bo`ldi, degani emas. Odam bo`lish hammaga foydali bo`lmoq, demakdir. 

 

O`z manfaatini boshqalar mafaatiga fido etmak buyuk fidokorlikdir. 

 

Xayr istamaganga xayr qil. Xayr qil, faqat xayr qilishlarini kutma. Xayrni unga qarshi javob kutmasdan bajar. 

 

Ko`p pastkash bo`lishlariga qaramasdan doim foyda ko`radiganlar manmanlar bo`lib, shu bilan birga ular o`g`rilardir. 

 

Eng fazilatli bo`lishlariga qaramasdan doima yo`qotadiganlar esa, sadoqat bilan istiqomat  etuvchi va to`g`rilikdir. Faqat sen to`g`rilikdan qochma, to`g`rilik qarshisida shoshma. 

 

Axloq harakatlarimizning bir qism oliy dasturlaridan bo`lib, uning barchasi ruhning marhamatlaridan tug`ilmishdir. 

 

Axloqni tanimaslik, ruhni tanimaslikdir.

 

Aldanma, seni aldamasliklariga harakat qil. Faqat sen hech bir zamon aslo biror kimsani aldatma. 

 

Afsuski, axloq ojizga va axloqsizlik quvvatliga do`stdir (ayniqsa bizning kunimizda - tarjimon izohi). 

 

Yaxshi qo`shni oiladan, yomon qo`shni tashvishu-g`alvalardan bilinadi. 

 

Hozir axloq keksalar biladigan fazilat emas, u ijtimoiy nazokat va alohida bir tarbiya bo`lib qolmoqdaki, uni  ham biror kimsada topa olmadim.  

 

Avvallari ”axloq kitoblarda qoldi”, deyishardi. Endi esa, juda eski kitoblarda qoldi, deymiz. 

 

Avvallari fohishalik yashirin va ayib hisoblanardi. Endi esa, u oshiqlar ishi va odatga aylangan bir ish sanala boshlandi. Hatto bu qusur tashviq etilmoqda.  

 

Koinoti basharga bir shisha isitgich dorisi yoki bir karra ukol qadar xizmat etmaganimizni achchiq-achchiq eslaylik. 

 

Tabobat, tabiblik ko`p foydali va nozik ishdir. Bilmadim, bu bilimsiz qo`pol hakimlar (vrachlar) qaerdan chiqishadi.  

 

Turgan sasir, ishlagan yaraqlar.Yaraqlash esa, yorug`lik chiqarib atrofni yoritadi

 

Hayo nomusning pardasidir. Parda ochilsa nomus qochadi, u ketadi.  

 

Kambag`al, faqir bo`lsang ham mustarsiz, biror narsaga muhtojsiz, ko`zi to`q ko`rinishga urin. 

 

Ehtiyoj va faqirlik adabsizlik va razillik qilishga  sabab va uzr bo`lolmaydi, u hech durust ko`rilmaydi.  

 

Daydilik, johillarcha ko`chada qolgan bolaning yigitligidir. 

 

Fohisha, zaxm kasalli erkaklarning bir tishlab erga tashlagan mevasidir. 

 

Bir millatda ijtimoiy hayotning yaxshilanmasi uchun hammadan oldin umumiy samimiyatga ehtiyoj bo`ladi. 

 

Farzandlari va kattalari orasida samimiyat va do`stlik bo`lmagan millat bo`hronga mahkum va u asta-sekin yo`q bo`ladi.

 

Samimiyat bir millatni irshoda etadi, ya’ni uni to`g`ri yo`lga solishga, bir-biriga yordamlashmoqqa, to`g`ri so`zlamoq va to`g`ri ish qilmoqqa zavqlan- tiradi. 

 

Samimiyat, do`stlikda jiddiyat, aloqada ishonch, demakdir.

 

Zafar va muvaffaqiyatga jiddiy fikrlashish, yaxshi o`ylangan rejalar yordamida erishish mumkin. 

 

Eng buyuk millat, fozillari fikri, din fikri va butun millat fikri bir va barobar bo`lgan millatdir.  

 

Eng buyuk millat, umumiy rejalarini birlik va barobarlikda o`ylab, fikrlashib, umumiy ishlarini biragalikda bajargan millatdir.  

 

Ijtimoiy hayoti umumiy bo`lgan millatning fozillari o`z manfaatini qanday tushunsa va uni qanday rivojlantirishga intilsalar, umumiy manfaatlarni ham shunday tushunadi va uning ham rivojlanishi va yuzaga chiqishi uchun barcha ishlarni bajaradi.  

 

Bir millatning farzandlari bir-birini yagona oila farzandlari kabi his etmaganlaricha  ular umum hayotini o`z hayotlari kabi qabul eta olmaydi. 

 

Farzandlari bir-birini sevmaydigan, fikrlarini bir-biriga tushuntirishdan chekingan, bir-birini xush ko`rmaydigan, bir-biriga qarshi josuslik qiladigan biror millatning hayoti juda qisqa bo`ladi.  

 

Sevgilar izhor etish, erkalashlar va boshqa xushomadlarning ko`pi aldatmoq uchun bajariladi. 

 

Kishining oldiga tushib, uni axloqsizlikka boshlagan, turli xlil ko`gul ochishlarga odatlantirgan kishi xiylakordir. Xiylakor o`zi boshlagan buzuq hayotdan chiqa oladi. Ammo sen unda doim qolasan. 

 

Sen bilan biror ishga kirishgan begona yurtdan bo`lsa, uning so`zsiz boshqa fikr va tushunchalari ham bordir. Chunki sen yomon vaziyatga tushganingda, u o`z xavfini ko`zlab qochib qolishi juda mumkin. Uning o`z yurti bor, axir. 

 

Oldingda senga tabassum qilib, seni siylagan, hatto istaganingcha edirib-ichdirgan, ammo bo`g`izingdan bug`ib turgan do`st sifatlar ham bor. Qo`zi va qassob misoli.  

 

Falokatda qochib, saodatda  yoningdan ajramagan do`st, bilmadim, qanchalik do`st bo`la olarkin?  

 

Muhabbatiga, do`stligiga amin bo`lgan do`stimning ta’na qilishi meni hamma narsadan ko`proq ta’sirlantiradi.

 

Sababsiz, faqat xotir uchun biror kimsani maqtash, madh etish menga eng yoqmaydigan bir ishdir.  

 

Bizni zaiflashtirgan narsa, xiylakor va soxta do`stlarni ajrata olmay, ularga saflik ko`rsatishimizdadir.

 

Bir millat orasidagi xiylakorlik, u millat uchun sil xastaligidir. 

 

Yuziga kulganga aldangan ahmoqdir. Kulishning sababini tekshirib, uni tadqiq et. Oldingda xushomad qilgan har kimsani do`st sanama. 

 

Har bir va’daga aldanma, har qaysi yo`l ko`rsatganga inonma! 

”Va’da berdi-yu bajarmadi”- dema, nima uchun bajarmaganini o`ylab ko`r. 

”Insonlik darajasiga ko`tarilmapman”- dema, Ko`tarila olmagan insonlik darajasi nimadan iboratligini o`ylab, tushungin.  

 

Hur ruhlarga berilgan ba’zi amrlar, qoyalarga otilgan toshlarga o`xshaydi. 

Abadiy qolajak ruhing uchun yangi-yangi sharaflar izla. Ammo erishgan sharaflaringni yo`qotib qo`ymaslikka harakat qil. 

 

Pashsha Anqoni tushuna olmaydi, ammo uning hayolida Anqo yuksakligi, uning ulug`ligi bo`lishi mumkin. Bu hol o`qishni endi bitirib, yangi diplom olgan yigitning Aflotun-u va boshqalarni yoqtirmaganiga o`xshaydi. 

 

Johil, boylik, mulk va martaba bilan odam bo`lmaydi. 

 

Ko`rimsizlik bilan do`stlikka ahamiyat berilmay, go`zallik va do`stlik ayb sanalar. Fazilat ham, haqiqat ham  go`zaldir. Ularning tarafdorlari ko`p bo`lib, ular hamisha fazilat va haqiqat oldida yurar.  

 

Fazilat o`zi loyiq bo`lgan hurmat va ehtiromga ahamiyat bermaydi. G`urur haqiqiy bo`lmaganini bila turib ehtirom va izzatga maqbul bo`lishni istaydi. 

 

Jaholat mag`rur, g`ururlidir; fazilat esa, tavozeli(kamtar)dir. 

 

Fazilat so`zlar ekan, jaholat g`ururning quchog`iga suqulib, qancha iztiroblar bilan uni tinglashga kirishadi. 

 

Fazilat, ba’zan senga zarar bo`lsa-da, u fazilatdir. Shu sabab uni tahqirlash va la’natlash haqsizlikdir. U zarar yana aynan o`sha fazilat bilan yo`qotiladi.

 

Fazilatdan zarar ko`rdim, deb uni ayblab, fazilatni tark etma.  

 

Har bir ish hayot uchun , hayot esa, nomus va din uchun fido etiladi. 

Nomus - vatan, din, millat va or demakdir.  

 

Hayot uchun nomucsizlikka qatnashgan olchoq, pastkashdir.  

 

Muhabbatning, do`stlikning tanqidi yo`l ko`rsatish bo`lsa, g`arazlikniki esa teskarisidir. 

 

Saodat vijdon huzuridir; uni mulk, boylik bilan ta’min etib, kambag`allik bilan qo`rqita olmaysan.  

 

Baxtli oila, sof vujudli ruhlarning ismidir.  

 

Qashshoqlar, milliy jamiyatning haqsizlikka duchor bo`lgan qismidir. Hikmat ularni ko`rganidan jamiyatni mahkum etadi. 

 

Johilni temir kabi, olimni oltin kabi foydali etgan axloqdir. 

 

Shuhratlarni yo`qotmoq(sindirmoq) bilan mashhur bo`lishni istaganlar, yomon otli shuhratga erishadilar. 

 

Shuhratlarni taqdirlab, ularga hurmat bilan qaraganlar, hurmatga sazovordirlar.  

 

O`tmishdagi buyuklarimizni hurmat bilan yod etaylik. Millatga obro` bergan ko`klar ulardir. Millatni tasvir etgan, shakllantirgan nomlar ulardir. Ularni  yo`qotmoq, chiritmoq uchun harakat qilganlar, millatni sharafli moziydan mahrum etolmaslar. Moziyning(o`tmishning) nojo`ya qiliq(qusur) larini avf etmoq, sharaflarini g`animat bilmoq, ularga ega chiqmoq, bir millatga (xalqqa) haqiqiy mavjudlik, borliq yaratadi. 

 

Ko`rganlarini yoqtirmagan yaxshi kishi, yanada yaxshirog`ini qiladi.

 

Ma’nosiz e’tiroz hasaddir, rashkdir. Bu ololmagan uzumini tulki ”sosiq”, deganiga o`xshaydi (Asli turkcha variantida, ”go`shtga etolmagan mushuk, uni iflos”-dermish kabi  ishlatilgan). 

 

Asossiz tanqid va e’tiroz yiqitmoqdir. Yiqitma! Aksincha yanada yaxshi tuzmoqqa, yaratishga harakat qil. Yiqitishdan xaroba, yaratishdan ma’murlik hosil bo`ladi. 

 

Bir butun uydan birorta tosh, bir ma’murlikdan birorta parcha tushirmoq, uni xarobaga mayil etirmoqdir. Bunday qilganlar zararko`nanda va yiqituvchilardir.  

 

Majlis va yig`inlarda har bir so`zga quloq tut. Fikringga to`g`ri kelmaganlarini darhol rad etma. Yaxshi tingla, yaxshi o`ylab ko`r. 

 

Sendan qo`rqqanlaridan emas, sen jiddiy, ma’rufli, mo`’tabar kishi bo`lganing uchun seni islaydigan bo`lishsin. 

 

Maydoni (kurash maydoni) ochiq bo`lgan muxolifatdan ko`ra, yashirin muxolifatdan ehtiyot bo`l. 

 

Dushmanlaringni qanchalik surushtirsang, do`stlarni ham shunchalik surushtir, izla, top. Surushtirmasdan, izlamasdan topilgan do`stlar zarur ishlarga yaramaydi. 

 

Yashirin dushman borligi singari, yashirin do`stlar ham bordir. Yashirin do`st o`zini ko`rsatishni laganbardorlik va ayb hisoblaydi. 

 

Ba’zi odamlarni, ”U odam shamoldan suv olar”, deb ta’riflashadi. Unday odamning qurboni bo`lsang arziydi. Gapga tezda tushunmas g`alchalarga nima, deysan, kishi.

 

Oshiq.

Oshiq, kuzatgan qalbga tushgan yashindir. Oshiq, mutlaqo musbat va manfiy ikki elektron zarrachalar kabi, ikki nazar, ikki nigoh ichida porlamoqqa tayyordir.

 

Oshiq, narsa va shaxslarni, butun moddiy va ma’naviy zarrotni bir-biriga jipslashtirgan va yaqinlashtirgan bir quvvatdir.  

 

Sevilgan bir go`zalning harakat, qiliq va ko`rinishlari uining go`zalligini yo ortiradi, yoki kamaytiradi. Go`zal, nozik va latif bo`lishi lozim. 

 

Jin uringan odamga(insonga) quyonchiq(jinni), go`zal uringanga oshiq, deydilar. Saytonga yaqinlashganni quyonchiq kasaliga duchor bo`libdi, deyilsa, go`zalga yo`liqqanga oshiq derlarmish. 

 

Go`zalga yo`liqqan, oshiq bo`lgan ba’zilarni, jin urgan, deb ataydilar. 

Shayton urgan faqat egilsa, go`zal urgan esini yo`qotadi.  

 

Bir qator go`zallar bor, ularga oshiq bo`lsalar, ular ham oshiq bo`ladilar. 

 

Oshiqlar goho bilib, goho bilmay to`qnashganlari singari, goho birdan, goho asta – sekin ham to`qnashadilar. 

 

Oshiqlikning eng zavqli va hoyajonli onlari umid va xayol bilan yashagan onlardir. Murodga etmak oshiqni bitiradi, uni o`ldiradi.

 

Oshiqning ibtidosi, ya’ni boshlanishi nafsdan emas, ruhdan tug`iladi. Faqat nafsdan bo`lmay, ruhdan bo`lgan oshiq bormikin? Bilmadim(balki ilohiy oshiqdir). 

 

Oshiq qora, qizil yoki sari yoziladi, demak o`z - o`zini o`ldirish, xastalik, sil xastaligi, demakdir. 

 

Sevgi, go`zallikka mayl bo`lmoqlikdir. Oshiqlik o`sha mayllikning yuksak darajasidir.                            

 

Olami-istiqbol(Kelajak dunyo).

Olami-istiqbol, oxirat olami demakdir. Ya’ni bu yorug` dunyodan keyin yashaydigan abadiy hayotdir. U olam, dinning xabar berishiga ko`ra, yanada mukammal va haqiqiy, abadiy bir olamdir. Insonlarning  bir necha asrlar davomida shug`ullanishi, o`rganishidan so`ngra u bir olamning haqligiga va bir kunmas, bir kun har birimizning u erga ko`chishimizga iymon keltirish, Haqiqiy falsafa, Haq falsafadir.  

 

Ahmoqlar, dunyoning yo`qdan bor etilganini e’tirof etsalarda, bu dunyodan boshqa, bundan yanada mukammal bir dunyo borligiga ishonmaydilar.

 

Namuna, nimadan va nima uchun ko`rsatiladi? Olami-istiqbolning borligi va uning bo`lishi mumkinligi bu yorug` dunyoning borligi bilan ko`rsatiladi. Bu olamning, biz ko`rib-sezib turgan olamning borligi, olami-istiqbolning borligiga guvoh bo`la oladi.

 

Bositat(Sezgi). Ong.

Aql ilmning manbai, ong ziyraklik manbaidir. Ong itoatdir. Aqlli boshlarda ba’zan itoat topilmaydi. Bu hol esa, Sezgining yo`qligidir.

 

Hayvonlar, anglash va his etishda odamga yaqin va unga o`xshashdirlar. 

 

Aql va fikr farosatning eng so`nggi, Sezgi esa, ruhning ilk anglash martabasidir. Ruhning eng so`ng idrok martabasi esa, hikmatdir. ”Hikmatga erishgan xayrlarga erishadi”- deyiladi Qur’oni Karimda. Xayr ham haqiqat va fazilat demakdir. 

 

Har bir narsaga faqat ko`z bilan qarab, uni to`la ko`ra olmaysiz. Unga onglilik bilan qarash lozim. Chunki u ham ruhning ko`zidir. 

 

Bir odamga qaraganda ko`z bilan uning faqat shakl va siymosini ko`rish mumkin. Shu vaqtning o`zida ong uning axloq va ruhidagi vaziyatni tomosha qiladi. 

 

Ko`z narsalarni, ong foyda va zararni ko`radi. 

 

Ong fikr emas. Fikr aqlning, ong fikrning ustida va hammasining asosidir.

 

Eng avval insonni hayvondan farq ettirgan shuur quvvati - bu ongdir. Undan so`ng fahm, ya’ni aql va bundan keyin hikmatdir. 

 

Jumhuriyat.

Jumhuriyat, Islom nuqtai nazariga ko`ra, Shuroi Ummat, demakdir. 

Jumhuriyatni birinchi ta’rif va tatbiq etgan kitob, Qur’oni Karimdir. 

Payg`ambar(s.a.v), ashobi va xalifalar hammasi ommani jumhuriyat bilan, ya’ni har doim Shuroi Ummat ila idora ettilar. Ular podshohlik, sultonlik, qirollikni targ`ib qilmadilar. Shuningdek o`zlarini podshoh, sulton, qirol va boshqacha deyishga ijozat etmadilar. 

 

Islomda moliklik, ya’ni podshohlik Hazrati Muoviyo davrida boshlandi. 

Odil hukumatlarning eng oliy, eng yuksak shakli, bu jumhuriyatdir. Ammo bu jumhuriyat sharoitga muvofiq ish tutmog`i shart. 

 

Jumhuriyat, yuksaklik va adolat tarafdorlari bo`lgan ruhlarning maydonga keltirgan hukumatidir. Jumhuriyat yuksalmagan, etuk bo`lmagan ruhlar qo`lida jirkanch, xunuk bir ko`rinishga keladi. 

 

Hurriyatga va yuksak adolatga yo`nalish, yo`l ko`rsatgan jumhuriyat singari boshqa bir  yuksak va salim hukumat bo`la olmaydi. Xalq uning nazarida bir-biridan farqsiz biror avlod kabi hisoblanadi. 

 

Jumhuriyat qanchalar buyuk va oliy bo`lsa, u shunchalar nozikdir. Undan juda diqqat bilan foydalanish lozim bo`ladi. Uning barcha ma’murlari, xodimlari sodiq va to`g`ri, sof kishilar bo`lmoqlari kerak.

 

Jumhuriyat, hurriyatning volidasi yoki uning murabbiysidir. Hurriyat bolalarini u tarbiya qiladi, o`stiradi, yuksaltiradi. 

 

Jumhuriyat, daydilar hukumati emas, balki pok, toza axloq va fazilat hukumatidir. 

 

Jumhuriyatni xush ko`raman va sevaman. Chunki u ruhlarga hurriyat va xalqqa adolat qiladigan hokimiyat va’da beradi. 

 

Jumhuriyat biror kimsaga, biror narsani ”qil”, demagani kabi, unga ”qilma” ham demaydi. Inson zotiga bunday amrni(buyruqni) axloq va vijdon buyuradi(beradi), xolos. Jumhuriyat yolg`iz qo`llarni, umumiy va xususiy keraksiz yomonliklarni bitiradi. 

 

Jumhuriyat tartibi bilan idora qilinadigan birorta mamlakatda, har kim o`z uyida bo`ladigan hol va harakatlarga o`zi hokim bo`ladi.

 

Jumhuriyatda hukumat ham, kishilar ham hurriyat bilan fikrlaydi, so`zlaydi, yozadi va harakat qiladi.  

 

Ruh, o`zining yuksak hurriyati hisobi ila o`zidan boshqa hukumat va hokim tanimagani uchun Jumhuriyat, butun nazokatlari bilan ruh sevadigan bo`lishga harakat etishi zarur. Va Jumhuriyat o`z hurriyatini buzmaganini ko`rsatib, ruhning undan xushnud va mamnun bo`lishiga erishmog`i kerak. 

 

Jumhuriyat, dunyoning har bir erida eng oliy olqishlarga sazovor bo`lgan din, mazhab, e’tiqod kabi buyuk madaniy asoslarning , yuksak his va fikrlarning erkin bo`lishiga xizmat etmakdir.  

 

Turk jumhuriyatining dini noma’lumdir (Faqat Turk jumhuriyatining emas, barcha turk davlatlarining – tarjimon izohi). Holbuki, dunyoda dinsiz boshqa birorta hukumat yo`qdir. Dinga xizmat, jumhuriyatga xizmatdir. Dinni haqorat etish, jumhuriyatni haqorat etishdir. 

 

Ruh jumhuriyatdan ikki narsa talab qiladi. Birinchisi, hurriyat, boshqasi adolatdir. Bu ikkisi bo`lmasa uni nima, deb atasa atayversinlar, u jumhuriyat, emas. 

 

Jumhuriyat, o`zini butun ma’nosi bilan yaxshi anglagan, chuqur tushungan, yuksak fikrli va nomusli insonlarga doim muhtojdir. Jumhuriyat majlisi olim-fozillar majlisi kabi vazmin, azamatli, jiddiy va nozik fikrli bo`lishi lozim. 

 

Din va islomiyat.

Insonlik din bilan bilinadi. Din yo`q erda fazilatga, axloqqa o`rin yo`q. Chunki dindan o`zga hech bir qonun vijdonga hokim bo`lolmaydi. Vijdonning haqiqiy hokimi dindir. ”Allohdan qo`rqmagandan qo`rq”- deyiladi, naqlda. Dinsiz, Allohni tanimaganlar vijdonsiz maxluqlardir. Din esa, go`zal axloqdir. Shuning uchun dinsizda axloq ham yo`q. 

 

Din rag`batlantirmaydigan saodat va rivojlanishlarga tayyorgarlik ko`ra oladigan birorta vosita yo`qdir. Din rivojlanishni, ilmni, huzuru - rohatni rag`batlantiradi. 

 

Din, axloqsiz, nomussiz yuzaga kelishi mumkin bo`lgan chirkin o`zgarishlar, yangiliklarga mone, to`siqdir. Fohishaxona, qimorxona, bar, pavilion va boshqa shunga o`xshash buzg`unliklarga qarshi to`siq - bu dindir. 

 

Din Allohning mukammal qonuni bo`lib, u insonlarni faqat xayrga boshqaradi, unga zavqlantiradi. O`zini inson his etgan har bir kishi bunday bir mutlaq xayrga qarashli bir qonunga vijdon hurriyati bilan tobe va taslim bo`lishi aniq.  

 

Din, Allohni bilish, Uni tavhid etish, pok ruh va sof vijdon ila Unga ibodat etish - bu butun insonlarni va ularning huquqlarini tanimoqdir.  

 

Din, sidqidildan e’tiqod, xiylasiz(riyosiz) ibodat, yuksak va etuk axloq, demakdir.  

 

Dinni tanimaganlarda nomus, vatan va millat tushunchalari mutlaqo yo`q. Ular shaxsiy manfaatlari uchun zarur bo`lgandagina bu so`zlardan foydalanadilar, hatto u so`zlar ustida bahslashadilar. 

 

Din kishini inson, ilmli san’atkor darajasiga etkazadi. Ilmi yo`q johil, dini yo`q esa hayvondir. 

 

Go`zal va yaxshi narsalar, din ”yaxshi”, deganlar bo`lib, chirkin va yomon narsalar esa, din haromga chiqarganlardir. 

 

Dinning juda to`g`ri va mukammal asoslari, qoidalari doim o`rtadir. Uyalma! Uning tashqarisida sen ham bir qoida, dastur bo`lib insonlarga va insoniyatga xizmat etishga intil. Agar unday xizmatni qilmayotgan bo`lsang, jim bo`l. 

 

Dinsizlar faqat dinga qarshi bo`ladilarda, dinsizlikning asosini ham, uning insonlarga foydasini ham ko`rsata olmaydilar. 

 

Din, hikmatga, falsafaga, to`la aqlga va yuksak axloqqa suyanadi. Dinsizlik esa, nimaga suyanadi? U yomonliklardan ham boshqa biror narsaga yaraydimi? 

 

Din, davlat, hukumat va millatning birlik va tenglik markazi, ularning umumiy nuqtasi ekanligini ko`rish qiyin emas. 

 

Eng yuksak fazilatlarning ham yuksagi dindir. Ya’ni Allohni tanish va bilish, Unga qul bo`lish, demakdir. 

 

Nomus, millat, vatan kabi yuksak qadriyatlarni taqdirlagan, ularning haqiqiy qimmatlarini aniqlagan ham dindir. Din olib tashlansa nomus, insonlik, vatan va millat kabi tushunchalar ham butunlay tugatiladi. 

 

Hayotning ikki yo`li, ikki nihoyasi bordir. Birinchisining so`nggi Allohdir, oxiratdir, boshqasining so`nggi esa, Allohsiz, oxiratsizdir. Birinchisida insonning abadiyligi ko`rinadi, ikkinchisida esa, asosiy masala, dunyo, manfaat, qisqasi aldat, pul top, xolos. Birinchi yo`lda odamning sharaflari, fazilatlari va insonlik uchun qilgan xizmatlari hisobga olinadi. 

 

Dunyoda odamlar ikki yo`l bo`ylab yurmoqdalar. Birinchisining boshi va so`nggi Allohu taolodir. U Allohu taolodan keladi va Allohu taologa ketadi (Inna lillohi va inna ilayhi raji’un). Quyosh so`ngandan so`ng  bu yo`l, o`z yo`llovchilarini oxirat olami, deb ataganimiz, abadiy olamga keltiradi. Ikkinchi yo`l esa, Allohsiz va oxiratsizdir, uning so`nggi berkdir. Bu yo`l yo`llovchilari uchun  dunyo faqat bu dunyodan iboratdir. Bu yo`lning oxiri esa, faqat mozordir. Birinchi yo`lning yo`lchilari islom dini amrlariga moslashadi, boshqalaridan ehtiyot bo`ladi, ular mumkin qadar yaxshi xulqlarni bajarib, yomonlarini tark etishga harakat qilishadi. O`zlarini Haqning qabul etishi uchun zarur bo`lgan ishlarni qilishga intilishadi.  

Ikkinchi yo`lning yo`lovchilari esa, Allohga inonmaydilar, ular hamma narsalarning moddadan iboratligiga, faqat moddiy dunyoga inonadilar. Ular oxiratga ishonmay, din yo`q, u uydirma, afyundir deyishadi. Jinoyat, shahovat, axloqsizliklar, qisqasi butun g`ayriy insoniy harakatlar ularga fazilat va qahramonlikdir. Ular o`g`irlab, ururlar, yolg`on-yashiqdan qaytmaydilar. Ular uchun hayot olib qochmoq, zavq va safo surmoqdir. Ulardan millatga, vatanga, jumlai olamga biror foyda kelmas. 

 

Din haqiqiy madaniyatning qonunidir. 

Dinni izlagan, uni kofirlar, munofiqlar, riyokorlarning vijdonida emas, Qur’oni-Karimda va Islomga jonu-dilidan to`la va to`g`ri iymon keltirganlar vijdonida topa oladi. 

 

Din insonni ilohiyotga, muhabbatga, saodatga keltiradi, turli xil yaxshiliklarga da’vat etadi. Dinsiz, bu da’vatlarni qabul etmay, unga rozilik bermagan kimsadir.

 

Dindorlik va musulmonlik ”Allohu taolo bordir, Yagonadir, Muhammad payg`ambardir, Sodiqdir, amindir, Qur’on Allohu taoloning kitobidir”, deb qabul etmak va iymon keltirmoqdir. Ana shunday e’tiqod etmagan kishi musulmon bo`lolmaydi. Dinda munofiqlik yo`q, munofiqlik katta gunohdir.  

Fazilatni, yaxshi axloqni izlasang, dinda izla. Uni har bir musulmon ko`ringandan izlama. 

 

Dinsiz fazilatsizdir; fazilatsiz dinsizdir. 

Dinning birinchi martabasi: bu borliqdan, ya’ni har bir narsadan avval, hayot, ilm, qudrat, iroda, kalom, taqvin, azamat, abadiyat sifatlariga ega bir Yaratuvchining borligi va Yagonaligiga iymon keltirmoqdir. 

 

Dinsizlikning ilk martabsi esa, Allohu taolo va oxiratning yo`qligiga, insonning har qaysi bir hayvon kabi ekanligiga va undan so`ngra abadiyatning mahv bo`lishligiga, bu olamning o`z-o`zidan  vujudga kelganligiga telbalarcha e’tiqoddan iboratdir. 

 

Dinsiz uchun vijdon va ma’naviy mas’uliyat yo`qdir, u uchun hech bir gunoh ham yo`qdir. U har bir istagini hayvonga o`xshab qiladi(bajaradi). Faqat bu dunyo hayoti uchun ishlaydi va harakat qiladi. U umrida rohatning yuzini ko`rolmaydi. Eng xursand va rohatli ko`ringan dinsiz, aslida juda ko`p qiyinchiliklar ichida tirishib, doim o`zgarib turuvchi o`y-hayollar ichida yashaydi.

 

Dinda ibodat: Namoz, o`raza, haj, zakot va Allohning ikrom etgan ne’matlariga doimo shukr etmoqdir. Ibodatni bajarmaslik Allohu taoloning ne’matiga kufr keltirmoqdir. Insonlar yaratgan qonunlar, yolg`iz moddiy hayotni, din esa, moddiy hayotni ham, ma’naviy hayotni ham tartibga soladi(keltiradi). Dinda o`zgaradigan qonunlar bo`lsa, ular fazilat va e’tiqodga oid bo`lmay, faqat moddiy hayotga tegishlidir, xolos. 

 

Dindorlar borki, dinni bilmaydi, vatanparvarlar borki, vatanni tanimaydi. 

 

Din eng yuksak falsafa ham bo`lganligidan, uni bilish, dinni haqiqatan anglaydigan faylasuf, hakimlarga muyassar bo`ladi. Muqallidlar dinning yaxshiliklarini biroz his etadilar. Ammo dinni inkor etganlar buni hech anglamaydilar. 

 

Din bir millatni birlikka, muhabbatga suyanishga yo`llaydi. Masalan, xristian va yahudiylarni qarang. 

 

Dinning va muqaddas kitoblarimizning azamatligi, ajoyibligini va qudratini anglamaganlarga, ”Eng madaniy”, deb biladigan millatlar cherkovlarining tomida parlagan va hukmdorlarining ko`ksida nurlangan istovrozalarga bir boqing. Injil, Tavratni muqaddaslashtirgan yuz millionlardan hech bo`lmasa bir marta so`rang, degim keladi.

 

Din bilan axloq millatni yiqilmas bir qoyaga aylantiradi, uni birlashtiradi. tiriklik va tartibni saqlaydi. 

 

Din va dinsizlik doima o`zaro kurash holida bo`ladi. Birisi kishilarni insonlikka, boshqasi hayvonlikka sudraydi. 

 

Saodat, din va axloq bilan quchoqlashmoqdir. Faqat birgina pulning o`zi saodat keltirmaydi. 

 

Din Allohu taoloning, dinsizlik shaytonning yo`lidir. 

 

Diningga sohib bo`lginki, sening qaysi millatdan ekanligingni butun olam bilsin. 

 

Dinsizdan uzoq bo`l, chunki u har baloni boshlashi mumkin. 

 

Olamda bir tahqir, pastkashlik bordirki, u ham bo`lsa, dindan dinsizlikka tushib qolishdir.

 

Duel.

Duel, bu maktullik, ya’ni ikki kishidan birisi o`limga yoki yarador bo`lishga mahkum etilgan kishilarning otishmalaridir. 

 

Duel, bir munozara, ya’ni ikki o`zaro dushman kishi orasidagi jang, g`avg`o va bir kurash. Uni aql qabul etmaydi, ammo falsafa, mantiq ba’zan uni haq hisoblaydi. 

 

Duel tahqir etilgan, haqorat qilingan sharafning qurolga murojaat etilishidir. 

 

Haq va botilning (yolg`onning) chegarasini belgilash ba’zan qurol zimmasiga tushadi.

 

Haqorat etilgan sharaf, duelga engilib, qurbon bo`lsa-da, unga qarata ”o`limni qabul qildi, haqoratni qabul etmadi”, deyishadi. Bu albatta bir mukofotdir. Bu juda to`g`ri bir sharafdir. Chunki muqaddas shan-sharafni, or-nomusni haqorat ostida qoldirgandan ko`ra o`lim sharaflidir. 

 

Yiqilgan nomus bo`lsa, uni yiqitgan(uning yiqilishiga sababchi bo`lgan) hayot yiqilishi kerak. Ya’ni nomusni erga urganning hayoti fido etilishi lozim. Buni faqat nomuslilar tushunadi va taqdir eta biladi, xolos. 

 

Duel qonunlashtirilmasa, adolatning bu xil nozik erlari maqbul bir tartibda qonunlarda o`rin olmog`i juda zarur.  

 

Qonunlar adolatni shu qadar qadrlasin va qo`risinki, haqoratga uchragan sharaf, erga urilgan nomus qurolga emas, qonunga murojaat qiladigan darajaga ko`tarilsin. 

 

Qahr va g`azab qurollining qurolidir, duel esa, haqorat vaqtida qurolsiz bo`lganlarga  qurol beradi. 

 

Qonun sukut saqlagan joylarda, haqoratga maruz qolgan (haqorat etilgan) sharaf murojaat qiladigan usul, qurol – bu dueldir. 

 

Xabarsiz qatllik hodisalariga ”jinoyat”, boxabar qatllarga esa, ”duel”, deydilar.  

 

Muhorabani(urushni) qabul qilib, duelni qabul etmaganlarga ”urush” duel emasmi, demak kerak.

 

Haqiqat nuqtai nazaridan fazilat va sharafning gavhari haqorat bilan xiralanmaydi(g`ubarlanmaydi). Faqat fazilat va sharafga qaratilgan haqoratni ularning oshiqlari qabul etmay, rad qiladilar. 

 

Duel, izzat, nafs masalasi bo`lib, u tomoman ruhga oiddir. Ruh esa, nimani azim etsa, uni qiladi. Bu yo afv yoki intiqom(qasos)dir. 

 

Adab. 

Adab: nozik tarbiya, mutlaqo ijobiy, nozik va kibor harakatlarning ismidir. Shunday harakatda bo`lganlarga ”adab”li, qo`pol va tartibsiz, yo`lsiz harakatlarda bo`lganlarga esa, ”adab”siz, deydilar. 

 

Ulug`larga, olimu-fozillarga, qariyalarga hurmat, kichiklarga marhamat, muqaddaslikka riyo qilish, ota-onaga itoat, bu hammasi adabdir. O`tirishda, qarashda, so`zlashda, yurishda, uyda, yo`lda, har erda nazokatli, zarofatli bo`lish, xotirga riyo qilish, qisqasi barcha yaxshi harakatlarga adab, deyiladi. 

 

Adabning xususiyatlarini sanab tugatib bo`lmaydi. Adabni anglatadigan biror yagona so`z mavjud bo`lsa, u ham tarbiya so`zi(kalimasi)dir. 

 

Adabiyot.

Adab lug`atini, adabiy kalimasini bilmagan va uni anglamagan kishi ”adabiyot”ni ham bilmaydi va anglamaydi. 

 

Adabiyot, nozik fikrlarni jozibali va mayin so`zlar bilan bezab ifodalash san’atidir. Adabiyotdan mahrum, pishmagan(balog`atga etmagan), go`zallikdan uzoq so`zlar quruq, qiymatsiz, behuda so`zlardir.

 

So`z, fikrlarning bir boshdan(aqldan), bir vijdondan boshqa birisiga; bir ruhdan boshqa ruhga uzatish vositasidir. Shuning uchun so`z har doim nozik, latif, jozibali va ta’sirli bo`lmog`i zarur. 

 

She’riy so`z va she’rlar ta’sir etish va uni aytuvchiga kishini jalb etmoq uchun aytiladi, o`qiladi. 

 

Adabiyot, millat runining tilidir. Uni eng yaxshi va nafis bir shaklda talantli adib va shoirlar kuylay oladilar. 

 

Hikmat, falsafa adabiyotsiz biror ish qilolmaydi. 

 

Emak va ma’rifat mahsuli bo`lgan asarlarning go`zalligini, jamolini bezamoq uchun uning qarshisiga qo`yiladigan oyna- adabiyotdir. 

 

Erda yotgan bir gulni hayvon ko`rsa uni eb qo`yadi, uning yonidan johil o`tsa uni toptab ketadi, adib yoki shoir esa, bu holga ko`p achinib, taassufga tushadi. Ko`rdingizmi, farq qaerda? 

 

Adib va shoirlar go`zalning, go`zallik tarafdorlaridir. Menimcha haqiqy hayotga sohib bo`lganlar ham shulardir. 

 

Adabiyot, she’r, go`zallik va go`zallikka oshiqning birlashuvidan tug`ilgandir. 

 

Falsafa. 

Falsafa-hikmat; faylasuf, hikmatga oshiq va o`zi hakim, demakdir. 

Insonni vahshatlardan qutqargan va haqiqiy insonlik darajasiga ko`targan, ruhlarni tozalagan, koinotning yashirin sirlarini kashf etgan, butun ilmlarga hokim, bu falsafadir. 

 

Falsafaning g`oyasi natijasi, borlig`i insonni, ruhni va nihoyat Allohni bilmoqdir. Falsafa yo`li asardan asar muallifiga va asar muallifidan asarga boradigan yo`ldir. Mutlaqo yaxshi deyilgan xayrga, go`zallikka, etuklikka to`g`ri ketish, sha’riy, deb bilmak, yomonlik, yomon qusurlardan va gunohlardan uzoq turmoqdir. 

 

Hakim va faylasuf nazarida bir zarra, butun bir kitobdir. 

 

Hakimning, faylasufning ruhi fazilatga oshiq, sherrga, xiyonotga, xiylaga, bosh suqushga dushmandir. 

 

O`z axloqlari va fazilatlariga muvofiq malaklardan yuksak kishilar bo`lgandir. Ularni payg`ambar, hakim, avliyo, deydilar. 

 

Bu olamning insonni hayratga solarli darajada muntazamligiga ibrat ila boqqanlar, uning bir haqiqiy yaratuvchisi bo`lishligiga, u yaratuvchining Yagonaligiga hech shubhasiz dalolat ekanligini ko`radilar. 

 

Hikmat, ya’ni hakimona vaziyatni, ahvolni hamma joyda, har bir nuqtada ko`rib va hikmatni ko`rish uchun ikki emas, bitta ko`z bo`lsa ham narsa va hodisalarga qarab, koinotning yaratuvchisini tushuna olmagan va ko`rolmaganlar haqiqiy so`qur va ko`rlardir. 

 

Inson uchun eng buyuk balo va musibat - bu o`z johilligini ilm hisob etmog`idir. 

 

Alloh haqdir, ammo faqat uni ko`rmoqning imkoni yo`qdir.  

 

Ruh insonning, Alloh butun borliqning ruhidir. Ruhni tanigan Allohni yaxshi anglaydi. 

 

Ruh bilan fazilat Allohdan kelgan nurdir. Ba’zi chirkin siymolar ham go`zallik beradi va u ham seviladi. 

 

Doimo bir-birini belgilagan, sevgan ikki narsa mavjud. Ruh va go`zallik. Alloh mutloq go`zallik, ruh esa, uni sevganligidan mavjuddir. Ya’ni ruh Allohga oshiq bo`ladi. 

 

Allohu taoloni to`la bilgan hamma narsani: xayrni va xayrsizlikni undan biladi.

 

Ruh, aytganlari singari gul yaprog`i ichidagi suvga emas, olmosdagi yarqirashga o`xshaydi. 

 

Ruh abadiy bo`lmaganda edi, inson bir o`yinchoq, sharaflar esa, vahima, vasvasadan iborat bo`lib qolardi. 

 

Bu dunyodan o`tganlarning (o`lganlarimizning) toza va gunohkor ruhlari bu olamda va oramizdadir. Ular bizga ilhom va ijod, ya’ni ibrat va fikr bermoq uchun oramizda yuradilar. 

 

Vijdon aqlga muxolif kelgan vaqtlarda ruh o`zini ochiq ko`rinishda  bizga namoyon etadi. 

 

Ruh o`lmaydi, xayr, yaxshilik va go`zallikdan olgan zavqlardan ayrilmaydi (ular bilan doim birgadir). O`lim jism(tana)ning xarob bo`lib, yo`q bo`lishidir. Bu dunyo zavq va shafoatlari o`lim bilan oxiriga etadi. Holbuki, qilingan xayr-ehsonlar, barcha yaxshiliklar inson jismi bo`lmasa ham ular davom etadi. 

 

Insonga, bu yorug` dunyoga faqat o`z aql va ma’lumotlari tirqishidan boqqanlar, ularning bir-biriga munosib, mos yoki mos emas muxolif taraflarini, katta-kichik  bo`laklarini ko`rib biladilar. Lekin ularni to`la-to`kis va xatosiz ko`rganlar esa, ong va hikmat yorug`idan qarab ko`radilar. 

 

Yuzaga chiqishida va ko`rinishda vijdonga hamda aqlga oid bir nozik hikmat bor. Go`zallikni anglay olmasang, seza olmasang, u sen uchun keraksiz, xunuk narsadir. 

 

Sen sevmagan(sevilmagan) har bir narsa mutlaqo ko`rimsiz yoki juda yomon, degani emas. Bolalar maktabda sulfat kislota bilan ishlashni sevmaydilarda, olov bilan, ilon bilan zavqlanib o`ynaydilar. Shunga o`xshash bir qancha hollarda aql ham haqiqat qarshisida boladir. 

 

Olim ko`p bilgan emas, bilganlarini, o`qiganlarini vijdonan anglay bilgan, tushuna olgan olimdir. 

 

Johil qarshisida olim qanday bo`lsa, faylasuf va hakim ham aynan shudir. 

 

Hol va harakatlarning intizomi, ruh va fikrlarning intizomini bildiradi. Sarson va tartibsiz(nizomsiz) harakatlar, aql va fikrning muntazam va durust bo`lmaganligini ko`rsatadi. 

 

Yuksakning yuksakligi oshgan sayin yuksalgani singari, olchoqning olchoqligi yuksalgan sayin uning pastligi ham ortadi. 

 

Haqli mag`rur, faxrlidir mag`lub bo`lsa ham; haqsizlikdan nafratga qoladi, g`olib bo`lsa ham.  

 

Haqlini yiqitsalarda, yiqilmagan; haqsizni olib tashlasalarda olinmagan sanaladi. 

 

Ko`rshapalak nurni, yorug`likni istamagani singari, dinsizlar dinni, johillar ilmni, olimni sevmaydilar. Nomusning sharafini nomussizlar bila olmaydilar, uni taqdirlay olmaydilar. 

 

Adolat, tortib olingan biror haqni o`z egasiga buzilmay qaytarilishidir. 

Nur, haqiqiy yorug`likning, ziyoning yarqiragan narsadagi parlanishidir. Xuddi olim ilmining johilda parlashiga o`xshaydi. 

 

Ko`pgina narsalar bir-biriga qo`shilsa, birlashtirilsa birlashmaning quvvati ko`payadi, u yanada quvvatlanadi. Faqat bir xil darajadagi idroklarda ortiq quvvat ololmaydi. Chunki yuksak idrok, bir qator belgili(ma’lum) idroklardan g`olib keladi. Masalan, sham nuri elektr nuridan o`tkir bo`la olmaydi. Demak, idroklar to`planmaydi(yig`ilmaydi, idroklarning yig`indisi, deb bo`lmaydi). 

 

”To`plam(jamoa)ga, jumhurga muxolifat xatodir”, ”ko`pchilik qaerga ketsa, sen ham o`sha tomonga ketishga majbursan”-deydilar. Jumhur, to`plam amri, buyrug`i olimiy bo`lsa, ya’ni olimu-fozillar amr etgan bo`lsa, bu to`g`ridir. U amr olimiy, arbobiy bo`lmasa, unga muxolifat xato bo`lmaydi. 

Xastalik-kasallikdan xabari yo`q ko`pchilikka bitta(yakka) doktorning muxolifligi xato emas, aksincha juda to`g`ridir.

 

Ojizlik, quvvatsiz degani emas. Bir qator quvvat va qabiliyatlarning asil qiymatlari bilinmaganligidan qonuniy kuchga ega bo`lmagan va noma’lum qolganlaridan ham ojiz bir holga tushib qoladilar. Biz esa, ularni qobiliyatsiz va haqiqatan ojiz hisoblaymiz. 

 

Olimiylikni olim biladi. Odamiylikni odam taniydi. Kishilar bilmagan olim johildir. Tanilmagan odam hayvonlar ichida qolgan, demakdir. 

 

Jasat keksayadi, kasallanadi va o`ladi. Ruh esa, doimo sog` va salimdir. U qarimaydi, xastalanmaydi va o`lmaydi. 

 

Boshga sha’rri musibat tushish zarurati vujudga kelsada, ya’ni xohish ila boshga keltirilsa-da, u muvaqqatdir, o`tkinchidir. U o`zidan-o`zi ketadi va yo`q bo`ladi. Ammo sevilmagan, istalmagan narsalar bor. U ham bo`lsa ishlarni xarob qiladigan dog`lardir. 

 

Ziyo, yorug`lik, nur zulm bilan bostirolmaganligi kabi, bitta ziyo bilan ham yopilmaydi. U doimo parlab turadi. 

 

Yaxshilik va sharaf, yaxshi va sharafli bo`lganligidan ham bir ziyodir. Ming yil o`tsa-da u yana ko`zlarning ichida turib har tarafga nurlarini sochaveradi. Yopinib, yashirinmaydi. 

 

Sharafni sharaf bilan, yaxshilik va yomonlikni ham sharaf va shuhrat bilan bostirilmaydi.  

 

Shariatga munosib bo`lgan aqlga, aqlga munosib bo`lgani shariatga munosibdir. Aql ham faqat salim va komil aql bo`lmog`i kerak. Mantiqsiz va ilmsiz aql, aql emas, faqat u vahima va qo`rqinchdir. 

 

Elingga, o`zingga, bilimga, tilingga, diningga va vijdoningga ega chiq. Ular yomon va yomonlikda qolgan muhitda ham ularni tashlab ketma. Chunki ular, sensan. 

 

Vazifa, har bir kishining hayoti muhtoj bo`lgan ishdir. Bu vazifa axloqqa mos bo`lishi shart. Bunday vazifani ikki amrga muvofiq ijro etmoq lozim. Biri Alloh amri va boshqasi vijdon amridir. 

 

Bir ishni bajarishga emas, avval u ishning qanday bajarilishi mumkinligini o`rganishga harakat qil. 

 

Biror ish yoki biror boshqa narsani yaxshilab bilib olganingga ishonmaguningcha, uni boshlashga urinma. Aks holda uyalib qolasan va zarar ham ko`rasan. 

 

Sening fikrlaringga qo`shilib, ularni tastiq etmaguncha ular bilan mashg`ul bo`lma. Chunki fikrlardagi farq tezda va qulay o`rtadan olinmaydi. 

 

Umumiy ishlarda umumning vijdonini hurmat qil. U mutloq yanglishmas, hakimdir. 

 

Bir jamoatning bir fikrga kelib qilmoqchi bo`lgan ishlarini bajara olmasliklari, u kishilar bajarmoqchi bo`lgan u ishni yaxshi bilmaganliklari dalilidir. 

 

O`zining va boshqalarning or va nomusini hurmat qilmaganlarga hech bir ish buyurmang va  hech bir ish yoki narsani unda omonat qoldirmang. 

 

Insonning tabiatiga oid yaxshi va yomon axloq qondan qonga, ota-onadan avlodga o`tadi. Arslon bolasi arslon, bo`ri bolasi bo`ri, kuchuk bolasi it bo`ladi. Sirkadan shakar olinmaydi, olinsa-da tahir bo`lib, jinsiga tortadi. Asliyat, nasliyat (nasl) mana shudir. 

 

Qonning va sutning aralashishi natijasida asliyat ham aralashadi. Shuning uchun  ba’zi bolalar otasiga o`xshamaydi. Ba’zan ular onalariga ham o`xshab qoladi.  

 

Oqibati bo`lmagan yomonlik va xunuk ishlar chiqib qolgan zamon ularni o`rtadan olib tashlang. Siz ketma-ket kelgan yomonlik va balolardan qo`rqing va tadbiringizni (qiling, tayyorlang) tayyorlab qo`ying.

 

Millatning asliyati, uning qonini aralashtirish bilan muhofaza etiladi. Oila asliyati ham shunga o`xshaydi. (Yaqin-yaqin qarindosh-urug`lar bir-biri bilan oila qurushlari durst emas.) 

 

Maktablar, jomiylar to`lmasdan mamlakatning qamoqxonalari bo`shamaydi. 

 

Biror so`z yoki ish kecha zararli bo`lsa, bugun foydali, kecha foydali bo`lgani bugun esa, zararli bo`lishi mumkin. Haqiqat esa, o`zgarmas, u ham Qur’ondir. 

 

Rang o`zgaradi, gavhar o`zgarmaydi. Ilm o`zgaradi, jism o`zgarmaydi. 

 

Zaifning ustidan nohaq erishilgan g`alaba, g`oliblikni emas, aksincha aslida mag`lublikni bildiradi. 

 

Nohaqlik, haqsizlik oldida mag`lub etilgan kishi, aslida g`olibdir. 

 

Ko`ra-bila tasodifan qilgan, bilib turib, shuur bilan bajargan kishi qadar muvaffaqiyatga erisha olmagani kabi, bila turib va his etgan holda qilgan kishi, ruhning buyrug`i ila bajargan qadar yutuqqa muvaffaq bo`la olmaydi. 

 

Yolg`iz pulning yo`qligi emas,  ilmsizlik, ilmning yo`qligi, hunarsizlik, hunarning yo`qligi ham insonni faqirlikka tushiradi. 

 

Ilmsiz, qobiliyatsiz boylar ham hamin qadar fuqarodirlar. 

 

Sharofat va sharaf,  shahvat bilan emas, ilm, asliyat bilan birgadir. Chunki kishi juda boy, molu-mulki ko`p bo`lishi mumkin, ammo sharafli bo`lishi uchun uning pullari, mulki kifoya bo`la olmaydi. Unday kishilarning ko`p bo`lishi hech qadrga, qimmatga ega emas. 

 

Hamma daraxtlar o`tundirlar. Ammo ularni mevalari bir-biridan farq etadi. 

Suv idishning, inson esa, o`z atrofining shaklini oladi.(O`zbeklarda, ”qavun qavundan rang oladi”, degan naql bor.) 

 

Ruhlarning ikki  sevgilsi bor. Ular go`zallik va etuklik(Jamol va kamol)dir. 

 

San’atlar aqlning, yo`ldoshsizlik (muallif, Yagonalik, demoqchi – tarjimon izohi), ya’ni badiyyat esa, ruhning tug`dirganlaridir.  

 

Aql va telba, egalarini almashtirgan ikki ismdir. 

 

So`zlay olmaydigan dardlarni insonga anglatgan kalima-so`z Allohdadir. 

 

Hayot, beshik bilan mozor orasidagi imtihon muddatidir. 

 

O`tgan umr-o`lim(foniy), foniy-o`tuvchi, o`tuvchi bo`lgan narsalar esa, soya(ko`lanka)dir. Ko`lanka ziyoning, nurning xabarchisidir. Uni bilishga intil, oxiring(oxirating) yorqin bo`lsin. 

 

Bizni yashatgan ruh emas, ruh chiqsa ham tana o`lmaydi. Faqat biz o`lsakgina ruh bizdan ayriladi. 

 

Ko`zaynak ko`zning, ko`z aqlning, aql ongning, ong esa, ruhning, ya’ni vijdonning ko`rmog`i uchun vositadir. 

 

Sevish va sevmaslik orasida bir kafiyat bor. U sevish bo`lmagani singari, sevmaslik ham emas. 

 

Dunyoni la’natlagan hikmatdan, uning sababini so`rasam, ”vazifamni jaholatga xizmat qildirmoqdalar”, dedi u menga. 

 

Bashar buyuk bir daraxt bo`lsa, uning shaxlari, shaxobchalari boshqa-boshqa qavmlar, ismlardir. Shiddatli shamolga o`xshash hodisalar ularni bir-biriga urishtiradi. Zarari esa, faqat daraxtga bo`ladi. ”Har kim nima qilsa, o`ziga qiladi”, degani shudir. 

 

Fikr va vijdon(ruh) zulm ostida yanada yaxshi va mukammal ishlar ko`radi va qiladi. Chunki qorong`ilikda ko`zni mashg`ul qiladigan ortiqcha narsalar yo`qdir. 

 

Fikr, yuksak tushunchalar, buyuk, qimmatli asarlar faqat kechalarning, runlarning mahsulidir. 

 

O`y-fikrda bo`lish, ish ko`rish, ish qilishdir. 

 

Fikr va tushunchasi bor kishini bekorchi, deb o`ylama.  

 

His etishda birlashib, butunlashgan ikki ruh, bir yagona ruh kabi bo`ladi. 

 

Insoniyatning saodatiga xizmat etgan kechalardir. Kechalari yaxshi va yomon yo`llar topiladi. 

 

Muhabbat, ya’ni sevgi, moddiy va ma’naviy go`zallikka mayil bo`lmoqdir. Moddiy go`zllikka va yaxshilikka, ijobiyatga  muhabbat aql va fikrda, ma’naviy muhabbat esa, ruhdadir. 

 

Go`zallik(tashqi go`zallik) va manfaatga muhabbat, ularning mavjudligi qadar yashaydi, ular o`z o`limlari bilan darhol bitadi, o`ladi. Fazilatga, haqqa, haqiqatga muhabbat esa, hech bir zamon o`lmaydi, u abadiy.  

 

”Faloncha tosh, munavvar”, deydilar, bu to`g`ri. Zehn- zakovat va munavvarlik ba’zi yoshlarga xos maxsus fazilatdir. 

 

Zavq, didga vosil bo`lmoq, ya’ni zavqdan qanoat olmoq, umiydan, zavqni hosil etmak, zavqning o`rniga tushishi esa,  oshiqning o`limidir. 

 

Chiroylari bitgandan so`ngra qanchalar beqadr bo`lishlarini bilgan go`zallar, abadiy  hech zamon tugamaydigan go`zallik hisoblangan fazilatlarini o`zida yig`ishga tinmay harakat qiladilar. 

 

Qancha yuksalsang yuksal, ammo axloq va fazilatdan mahrum bo`lsang hech kimsan. 

 

Bir narsani anglamoq uchun  uni bilish va ko`rish shart emas. Uni ich-ichidan chuqur tadqiq etib, fikrlab, tekshirib bilish va o`rganish haqiqiy anglashdir. 

 

Yolg`on baqiradi, chinqiradi(chaqiradi, shovqin-suron ko`taradi). Haq va to`g`ri esa, ovoz(balnd tovush) chiqarmaydi. Masalan, yashin, ovoz, ammo shovqin-suronli momaqaldiroqdan avval tushadi.  

 

Yolg`on hilpirak va ho`ppidir. Haq esa, to`g`ri, vazmin azamatlidir. 

 

Yolg`on oldingizda kulib, orqangizda sotqin, yoltoqdir, haqiqat esa, jiddiy va ko`zi to`qdir.  

 

Johil va ongsizlarga haqiqatni tushuntirmoq, telbalar bilan shug`ullanishga o`xshasa ham ularga to`g`rilik va haqiqatni tushuntirish inson murshidlarining vazifasidir.  

 

Quvvatli zaifni yutib yuboradi. Bu ahvol bu dunyoning g`arib bir ziyofatidir. 

 

Shunday bir kulgilar, shodliklar borki, haqiqatda esa, ular yig`lashdan iboratdir. Bir qator yig`ilar esa, sevinch tuyg`ularidan keladigan haqiqiy kulgi va shodliklardir. 

 

Yig`i, g`am-alam qadrning davosidir. 

 

Yig`lamoq, vijdonda yongan olovni ko`z yoshlari bilan so`ndirishdir. 

 

Ruh tushgunlashsa inson yig`laydi, ruh olovini ko`z yoshi so`ndiradi.

 

Falsafani falsafa tushunadi. Aql falsafaning dushmani yoki riyokor do`stidir. 

 

Aql falsafaning dushmani. Chunki bugun barqaror va haq hisoblangan haqiqatlarni ochgan faylasuflarni tahqirlagan, yomonlagan, zindonlarga ottirgan, hatto qatl ettirgan ham aqldir. 

 

Aqlning hikmatni yoqtirmasligi, uning hikmat saviyasiga etisha olmaganidandir. Falsafa tabiat ustidagi ilmdir, deyiladi. Falsafaning ko`pgina nozik masalalari aqldan ustun turadi. U masalalarni aql qamrab ololmaydi. (Aql bovar  qilmas, deb qo`yishadi-ku, axir). Ularni faqat hikmat, ong va vahiy kashf eta oladi. 

 

Aql ko`zaynak, falsafa durbin yoki mikroskopdir. 

 

Ko`z tushgan(ko`zga ko`ringan) narsalar va yaxshiga o`xshagan jarayonlarning orqasiga nimalar yashiringanligini izlab qara, ularni topishga va bilishga harakat qil. 

 

Aql nur, falsafaga esa u nurdan keyingi qorong`ilik to`g`ri keladi. 

 

Yalang`och haqiqatlar o`zlarini o`raydilarda ko`rinmaydi, quloqlarga kiradi ham, ammo eshitilmaydi. 

 

Haqiqatlar, qo`rqinchli, xunuk ko`rinsa edi, undan hamma hurkardi va qochardi. 

 

Muntazam va mua’zzam millatlarga qarang? Ularning ibodatxonalari, mozorlari ma’mur va yuqori darajada qarovlidir. Ibodatxonalarning, joynamozlarning, mozorlarning tosh va daraxtlarini sug`irib, o`g`irlaganlarga nima, desa bo`ladi?  

 

Bilganlaring juda oz ekanligini hech unutma. Chunki ma’lumotlar, ilm chegarasiz va cheksizdir. Imomi A’zamdan bir savol so`rashganda, u zot bilmayman, deb javob beradilar. Uning suhbatdoshi Imom hazratlarini kamsitmoqchi bo`lganida, unga Imom, ”Mening ilmim, dunyodagi ilmlar buyuk tuzonida bir parchadir”, deb javob qilgan ekanlar. Bugunda har bir narsani men bilaman, deyotgan ziyolilarga nima demak, kerak? 

 

O`qiganlaring, o`rganganlaring, o`qimaganlaringdan, o`rganmaganlaringdan seni qutqara olmaydi. Ular seni mas’uliyatdan qutqara olmaydi. Ana shunga ko`ra ish qil va tushun.  

 

Bir orzu yoki maqsadni o`ylasang, uni izlash, uning bilan shug`ullanish natijasida kishi u orzu va maqsadlarga erishadi. 

 

Ilmsiz quvvat, quvvatsiz ilmni mag`lub etsa, ezsa, yig`lagan birisi borligi haqiqatdir. 

 

”Aksariyatdan (ko`pchilikdan) ayrilma”, deydilar. Aksariyat navning, xillarning quvvatidir. U quvvat haqiqatni mutlaqo biladi, degani emas. 

Aksariyatdan ba’zan haq va to`g`rilik, mo`ljal chetda qoladi. 

 

Bizdagi yangi falsafachilar(faylasuflar) asosiy falsafa bilan munosabat bog`lay olmaganlardir(xuddi O`zbekistonning bugunini ko`rganday so`zlanmoqda – tarjimon izohi). 

 

Chet tillarda yozilgan falsafa kitoblarini tarjima qilgan bizdagi ”olimlar” o`zlari u kitoblarni tushinib etmaganlardir. Tushunmagan so`zlarni tushundik, deganlarga hayron qolasan, kishi. 

 

Bola tushunmagan darsni, uning o`qituvchisi ham tushunmabdi. Chunki u bolaga darsni tushuntira olmabdi. 

 

Tushunib etilgan bir masala, yaxshi tushuntirilgan masaladir. Yaxshi tushunilmagan bir narsa, tushuntiruvchi tarafidan tushuntirilolmagan, demakdir. 

 

”Qiyomatning bo`lishi yolg`ondir”, deyishadi. Bilishmaydilarki, har kun uning bir tolasi uzulmoqda. 

 

Faylasuf hokim, tabib esa, hakimdir. Ularning oralaridagi munosabat hikmat bilan emas, san’at bilan belgilanadi. 

 

Yuzdagi latofat, chiroqdagi nur, ziyo misolidir. Chiroqdagi yog` sarf bo`lgandan so`ng undagi yorug`lik so`ngani kabi, insondagi axloq buzildimi undagi latofat ham yo`q bo`ladi. 

 

Bilmaganlar, faqat o`zlari singari bilmaganlarni emas, ozroq bilganlarni, hatto ba’zan bilganlarni ham hayron qoldiradilar. Jaholat zarar, johil esa, zararlidir. 

 

Oz bilgan hech narsa bilmagandan zararlidir.(O`zbeklarda, ”chala mo`lla harom o`ldirar”, degan naql bor). Yarim xo`ja (olim, domla, o`qituvchi) dindan, yarim doktor jondan ayrar”, deylishi qanchalar to`g`ridir.  

 

Ko`p bilgan va hech narsa bilmagandan qo`rqma, oz bilgan boshga balodir. 

 

Jarayon aynan bir seldir. Uning oldida turma, yiqilarsan.  

Sel, kuchi-qudrati ma’lum bo`lmagan(aniqlanmagan) tomchilardan paydo bo`ladigan dahshatli bir quvvatdir. 

 

Nomus juda qimmatli bir injudir. Inju sadafda bo`ladi. Injusi bo`lmagan bir sadafning qiymati yo`qdir. U bir bo`sh ziynat bo`lib qolaveradi. 

 

Ko`rlar qancha ko`paymasin, ular ranglarni taniy olish imkonlari bo`lmaydi. Xuddi shunga o`xshash johillarning ko`payishi ham ularda ilm paydo  qilmaydi. 

 

Fikrning qimmati abadiydir. Mozordan orqada qoladigan, boqiy qoladigan qimmat, ya’ni fikrning qimmatli asarlaridir. 

 

Zamonimizda aqliy ma’lumotlarga ruhiy ma’lumotlar, deyiladi. Bu ruhni tushunmaslikning sababi jaholatdir. 

 

Haqiqat so`zlari achchiq bo`lsa-da, nohaqiqat shirin so`zlardan yanada shirindir.  Dunyo, biroz pul va osh bo`lsindan boshqa hech narsa emas. 

 

Millatni baxtiyor, davlatni ham o`zidan ishonchli va kuchli ko`rush va bilish eng buyuk zavqdir. 

 

Olam, bilganlarimiz va ko`rganlarimizdangina iborat emas. Uning uchi yo`q, u cheksizdir. Biz dunyo, deb  ko`rib, bilganimiz esa, uning juda kichik bir parchasidan iboratdir.  

 

Insonning ilmi, ilm taalluqli bo`lgan va bo`lmagan ma’lumotlarga nisbatan (aslida faqat ”hechdir”, deyilgan) hech bir narsaga arzimaydi.

 

Dunyo hayotini o`zgartirish va buzishga urinayotganlar, unga nizom va intizom o`rnatmoqqa harakat qilayotganlardan yanada ko`pdir. Faqat ularning hammasi ham bekordan bekorga sarson yurganlardir. 

 

Aql modda hududidan o`ta olmaydi. U hududning yanada narigi tomoniga balki falsafa o`ta olar, u tarafni ko`ra bilar.  

 

Haqiqatning birinchi belgisi, uning aqlga yot va achchiq tuyulishidir. 

Haqiqat, to`g`ri va umumga oid ma’lumotlardan ustundir. Unga erishmoq qiyindir. 

 

Aldatmoq va aldanmoq eski bir qonundir. Insonlar doim bu qonunga mos harakat qilishadi. Shu sababdan samimiyat, to`g`rilik va ishonch bo`sh bir so`zlashma kabi ko`rinadi.  

 

Bir qator kishilar hodisalarni, voqealarni oldindan bilib xabar beradilar. Bu holga “his etmoq”, deyiladi. Bu vaziyat avliyolarda ilhom, payg`ambarlarda vohiy yo`li bilan sodir bo`ladi. 

 

Vohiy Janobiy Allohning ma’naviy kalomi maxsus vosita yoki vositasiz payg`mbarlar ruhiga bildirilishidir.

  

Ilmga bog`li bir kitobda, olimning aqli; falsafaga oid boshqa bir kitobda ham faylasufning ruhi va vijdoni ko`rinadi, deb yozadilar.

 

Insonlar hikmatdan, falsafadan ko`ra chalg`uni, surnayni ko`proq  tinglaydilar. 

 

Nur, ya’ni ilm, idrok, zakovatni quvvatlantiradi. Nurdan so`nggi haqiqat esa, falsafaga to`g`ri keladi.

 

Hayotning qorong`ulik va bo`ronli yo`llarini nurlantirmoq, aydinlashtirmoq uchun ikki vosita bor. Birinchisi, ma’shala, ya’ni aql. Ikkinchi esa, elektrik, ya’ni falsafa.

  

Ilmlar hammasi aqlnning ziyosi, yorug`i bo`lib, falsafa esa, ruh yoqqan chaqmoqlardir.

 

Ilmning shikoyati zamondan, makondan emas, johilik va jaholatdandir. 

 

Dunyo va falak, deb atalgan narsalarda hech qanaqa qusur yo`q. Qusur faqat johil va zolim bo`lgan insonlardadir.

 

Ba’zilar o`zlari yasagan yoki qilganlarini yoqtirganlarni “nikbin”, ya’ni

yaxshi hisoblab, ularni yoqtirmaganlarni esa, “ badmin”, ya’ni yomonlar, deb hisoblaydi. Ammo ular bu qiliqlari bilan o`zlari xudbin bo`lib, ya’ni manman bo`lib qolayotganlarini sezmaydilar. Nikbini ham, badmini ham yaxshi xususiyatlar emas, zararlidir. Holbuki, yaxshini yaxshi, yomonni yomon , deyish lozimdir. Bunga “haqmin”, deydilar, ya’ni haqni kuzatgan, yaxshi va yomonni to`g`ri ajrata bilgan, haqni so`zlagan, deyishadi. Inson haqbin bo`lishi kerak.

 

Har bir ko`zga tushgan narsa, ko`zga ko`ringani qadar emas, uning ko`zga ko`rinmagan tomonlari ham bor.

 

Yolg`on, xiyla, o`g`irlik va aldamchilik, firib berish rivojlangan mamlakatlar xarob, fuqarosi faqir, kambag`al va parishon bo`lishga mahkumdirlar.

  

Faylasuflarning aytganlaridan, aytmaganlari ortiqdir. Shunday bo`lmaganda edi, ilmlar va insoniyat yana rivojlangan va avj olgan bo`lardi.

 

“Dunyoga ishonma”, deyilmish. Men esa, “unga aldandim”, deyman. Chunki uning foydasi chekli bo`lib, zarari cheksiz ko`pdir.

 

Tarixning falokatli sahifalarini doim o`qib tur. U sahifalar seni yaxshi yo`llarga boshqaradi, yomon va xato yo`llardan saqlaydi.

 

Tarixdan dars olma, uning darslari zamon va zaminga bog`lidir. Undan (tarixdan) ibrat ol.

 

Temirlar chiriydi, quvvatlar tugaydi. Dunyo esa, ana shunaqa narsalar bilan qiyomatga qadar turaveradi.

 

Bog`ini begona o`tu-alaflarga bostirib, yana o`sha falokatlardan shikoyat etgan bog`bonga  hayronman. Bugungi davlatlilarga nima ham deysan, kishi.

 

Boshqalarning nasihatlari foydali ko`rinsa-da, ularga darhol ishonma va zinhor aldanma! Uning muyig`i ostidan kulish va kulmayotganiga nazar sol. 

 

Millatni(xalqni) urushlarsiz ovora qilgan, uni yiqitgan chet elliklarning nasihatlaridir. Bu o`yinning ismi “aldat” va “yut”, deb ataladi. 

 

Vatan o`rmon emas, u buyuk bir bog`dir. Uni go`zal qilishga harakat qil. Buning uchun esa, bog`da gullarni, mevali daraxtlarni  ko`paytir. Mevasiz tikanli maysalarni yulib tashla, yo`qot.

  

Aqlingdan ham ko`proq vijdoningga tobe bo`l. Aql aldansa-da, vijdon aldanmaydi.

 

Ser quyosh chamanzorlar, gulzorlar borki, ular qo`rqinchli o`rmonlar, yo`lsiz, suvsiz cho`llarga borib taqaladi, ularga chiqadi. Ammo ko`pgina tikanzor, notekis azob-uqubatli yo`llar ham mavjuddirku, ularning so`nggi gulu-gulistondir. Bu yo`llar kishini farog`atga, qutulishga chiqaradi. Sen ikkinchi yo`lni tanla. Bu yo`l Islom ko`rsatgan yo`ldir.

 

Eng yaxshi, go`zal, ta’mli ovqat, ishtaha bilan eyiladigan ovqatdir.

 

Tez do`st tutingandan saqlan. U yo dushman, yoki munofiqdir.

 

Fazilat erda, kibor esa kursida(kresloda) o`tiradi.

 

G`urur o`z - o`zicha aylanadi yoki o`ziga o`xshashlar bilan birga bo`ladi.

Fazilat esa, doimo xalq orasida bo`ladi(yuradi). G`urur istibdod va diktatorlik bo`lsa, fazilat esa, tenglik va adolatdir. 

 

Hech kimni yomonlama. Birovni yomonlaganni va bo`hton uyushtirganni sevmaydilar. Odatda bo`htonga qolgan taqdirlanib, qo`riladi. 

 

Har bir xabarga inonma, o`zingga ehtiyot bo`l. Bilginki, ularning o`ndan to`qqizi yolg`ondir. 

 

Aql manfaatga, ruh haqiqatga ishonadi.

 

Kibor bilan g`urur jaholatning farzandlari, fazilat va tavoze(kamtarlik) ilm va axloqning sevimlisidir.

 

Jaholat g`urur taraf bo`lsa, falsafa esa, haqiqat tarafdir.

 

Yolg`on va yolg`onchilik qanday shaklda va qanaqa qiyofada ko`rinsa, ko`rinsin, ammo u o`zini vijdondan yashira olmaydi. 

 

Yolg`onchilik, takabburlik va dimog`dorlik kabi yashaydi. Ular doimo har kimning istihzosida bilinadi. 

 

Yolg`on erkin nutq so`zlasa, haqiqatning tili kesilganiga o`xshaydi. 

 

Moddiy va ma’naviy falsafani aralashtirib yuborish ularning har ikkalisini ham bilmaslik, demakdir.

 

Tushunmagan va aqli etmagan narsalarni rad etganlar, ularni tanimaganlar, ovqatni emaganlar singari och qoladilar.

  

Haqiqat so`zlab, suhbat boshlasa jaholat achchiqlanadi, ilm esa, unga quloq berib, uni tinglaydi.

 

Faylasuf, o`z xonasida butun dunyoni tomosha aylaydi. Uning ko`rganlarini hatto butun dunyoni aylangan sayyohlar ham ko`ra olmaydi. Faylasufni “koinotshunos” ham deydilar. Ammo u Allohshunos bo`lmaganucha, ya’ni Allohu taoloni bilganlar unga topinmagunicha u haqiqiy faylasuf bo`la olmaydi. 

 

Insonni (odamni) “notiq hayvon”, ya’ni nutq so`zlaydigan hayvon ataydilar. Agar u tushunmasdan so`zlayotgan bo`lsa, demak u yanglish ish qilmoqda. Unday notiqni to`xtatib, joyingga o`tir deyish lozim. 

 

Eng to`g`ri so`z, tilga chiqmagan so`zdir. Eng yaxshi va to`g`ri so`z, do`st so`zi izlasang, so`zlashmoq, ko`rishmoq va o`qimoq uchun ham so`z axtarsang, U Allohu taolo, u Qur’ondir, u Yaratganning kalomi-so`zidir.

  

Olimlar johillardan, johillar ham o`z navbatida olimlardan shikoyat qiladilar.

 

Insonlarni bir-biriga bog`lagan fikr birligidir. G`oya va fikrlar uchun haqiqiy va maqbul jarayon oqimi yaratilmog`i kerak. 

 

“Nomus, vasvasa, vahmdir, fazilat o`lim tushagidir”, deydilar. “Unday bo`lsa, tashvish qilma, har kim o`z izlaganini (o`ziga yarashasini oladi) topadi”, deyish kerak.

  

Xayr qilmaslik dinda gunohdir, falsafada harom. Xayr qilish esa, dinda ham, falsafada ham bir vazifa bo`lib, umumiy vijdonda taqdiri a’zimga shoyan bir harakatdir.

 

Xayrli bo`lmoq, xayr bermoq ba’zan kishi zarariga sabab bo`lar, ammo hech bir vaqt yomon bo`lmaydi.

 

Yomon(sha’r), xayrning, yaxshilikning teskarisidir. Faqat ba’zida vaqtinchalik foydali bo`lishi mumkin.

 

Vijdon xayrli bo`lishga, sha’riy(yomonlik) yaxshilikni qilmaslikka (xayrsiz bo`lishga) mahkumdir.

  

Shafqat, marhamat bilan birlashgan yaxshilikdir. Shafqatdagi zarurat aql ko`rsatgan zaruratdir. Buni vijdon majburlamaydi.

 

Iroda, ruhning o`ziga xos maxsus bir harakatdir. Ruh faqat iroda bilan harakat qiladi. Harakat etgan ruhdir. 

 

Kishilar idrokni, idrok etilgan narsalarni biladilar. Ammo idrok etgan, anglagan kim yoki nima? Uni bilmaydilar va u haqda o`ylamaydilar. Idrok etgan ruhdir. Ko`rgan ham ruhdir. Aql va ko`z vositadir, xolos.

 

Idrok aql bo`lmay, ruhning tushunishidir. “O`z aqlim bilan bildim”, deganlardan, “aqlning egasi(sohibi) kimdir”, deb so`rang.

 

Biror harakat yoki ish, aql va tabiatga oid bo`lsa, u hayvoniydir. Ular ruh va vijdonga oid bo`lsa u insoniydir.

  

Odam, demak, hech yo`q demakdir. Yo`qlik ham so`ngsiz va hayoliy bir bo`shlikdan iboratdir. Unda borliqqa doir birorta zarra  ham topilmaydi.

 

Taassuf, haq va yolg`onda o`jarlik bilan tiranmoq demakdir. Haqda taassuf fazilat, botilda(yolg`onda) esa, taassuf razolat keltiradi.

 

Tasavvuf Islomga oid bir falsafadir. Ya’ni u ham ilmiy bir holdir.  U ham ruh bilan yuzaga chiqadi va ruh bilan topiladi.

 

Xastalikning va illatning sababini tabib biladi, kasalning ta’sir va azobini u his eta oladi. Shuningdek, oshiqni oshiq, sarxushlikni esa, sarxush biladi. Ilmiy hol ana shu, demakdir.

 

Har bir so`z ruhning ziyraklik darajasidan kelib chiqadi. Unday ziyraklikni o`sha darajada bo`lgan ruhlargina tushunadi, xolos.

 

Nozik so`zlarni, chinakam haqiqatlarni tushunmaslik yoki ularni qiymatsiz hisoblash ilmsizlikdan emas, ongsizlikdan avval keladi. 

 

Bir tomchida to`fon, bir zarrada olam(yashirindir) bor.

 

Erkakning ziynati aqlida, xotinning ziynati aqli va bezanishidadir. Xotinlarning aqli erkaklar aqlidan hech ham oz emas. 

 

Falsafa, har bir mavjud bo`lganning borliq sabablarini topish va bilishdir. Buning uchun eng yuksak falsafa, bu olamning mavjudligidagi sabab va hikmatlarni izlab topish va bilishdir.

 

So`ng so`z, falsafa haqiqiy fikr ilmidir. 

 

Fikr.

Fikr aql yuradigan qorong`iliklarni yoritadigan fonar (chiroq)dir. 

Fikrning azolati, uning kamchiliklari yo`qligidadir. Mana shu azolatga sohib (ega) fikr xatosiz ovozdir.

 

Fikr to`g`rilikni, mantiq va falsafadan oladi.

  

Fikr, o`ylamoq va tushunmoqdir. O`ylash va tushunish, so`zlash va e’tirozdan ortiqcha haqiqatni topgan bir fazilatdir.

 

Fikr aqlni tadqiq etishdir. Shuning uchun fikrsizlik, aqlsiz ham deyish emas. 

Aql oydinlikda, fikr zulmda yanada ko`p ish beradi. 

 

Uy. 

Uy, oila saodatining jilvagohidir. Uy, kichik bir madaniyatgohdir. Uy, xotin demakdir.

 

Uy, odamzotining yaxshi yoki yomon boshlang`ich maktabi, rivojlanish yoki orqaga ketishning ilk o`chog`idir.

 

Xalqni, millatni isloh etish, uylarni isloh etishdir. 

 

Millat oqibatda uylardan chiqadi. Uy yaxshi bo`lsa, u millat ham yaxshi, uy yomon bo`lsa, millat ham yomondir. Yaxshi uylarni ko`paytiring. 

 

Kishi uyiga ko`ra, unga mos inson bo`lur. 

 

Biror uydagi oilaning intizomi, o`y-fikridagi intizomi, u uyning ostonasidan ma’lum bo`ladi. 

 

Uyning ma’nosi, madaniyatning ma’nosi qadar yuksakdir.

 

Qulay va qalb rohatlanib o`tiradigan joy uydir. 

 

Uylanish. 

Uylanish faqat zavq uchun emas. Bir uy, oila xalqi-xotin, qiz, o`g`illar tarbiyalash, millatga yana yangi-yangi uy oila keltirmoq uchun uylanadilar. 

Nohaq xotin qo`yganga qiz bermanglar.

 

Juda yaxshi tanimagan, bilmagan odamga qiz bermanglar. Hozir uylanish, ko`ngul ochishga yoki tijoratga aylanib qoldi.

 

Qizingizni olmoqchi bo`lgan odamning qiyofasiga, savlatiga emas, nomusi va axloqiga qarang. 

 

Shu zamonda sababsiz, har xil yomon o`y-fikrlar bilan xotinlarini tashlab, bolalarini qashshoq qoldirgan, yig`latgan, sudratgan, millatning etimlarini ko`paytirgan, ota-onalarning qalblarini yaralagan, yomon odamlar uya buzganlardir.

 

Uylanish, har kimning shaxsiyatiga, kafiyatiga oid ish bo`lmasdan, millatga oid ijtimoiy masala bo`lmog`i kerak. (Oila umum milliy masaladir). 

Uylanishning bugungi holi va kelajagi tahdid solmoqda. 

 

Yoshlik.

Yoshlik zakovat daraxtining ko`chatidir, u hamisha tarbiya va isloh talabdir. Aks holda u buziladi, meva bermaydi.

 

Yoshlik, jamiyatning yuksalishi uchun zarur bo`lgan har qanday vazifani o`z zimmasiga ola biladi.

 

Yoshlik, davriga (zamoniga), muhitiga, uyiga mos etishadi, o`sadi.

  

Biror xalqning kelajagini bilmoqchi bo`lsangiz, ularda yoshlarni tarbiyalash va ta’lim-tarbiya qanday yo`lga qo`yilganini ko`ring. 

 

Yoshlar, o`z ilmlarini ilm, yo`llarini haqiqiy yo`l hisoblaydilar. Ularning fikriga mos bo`lmaganlarini xato sanaydilar.

 

Yoshlarda mantiq ko`p bo`lmaydi.

 

Yosh, muhitning, havo va havasning, zavqning parvonasidir.

 

Yoshlik, ilmdan, falsafadan uzoqlarda daydigan baquvvat bir qondir.

 

Yoshlik, inson qiyofasiga kirgan oshiq va savdoi demakdir.

 

1- Zakovatli biror yosh hamma tarafidan seviladi. Keksayganda e’tibordan qoladi. Holbuki, bu vaqt uning fikri va tajribasi yanada ko`paygan va oshgan davr bo`ladi.

 

Yoshlik, muhit kabidir. Suv idishning shaklini olgani kabi yoshlar ham muhitga moslashadi.

  

Yosh xorijiy bir muhitda biroz qolsa, u o`z muhitini tark etishi mumkin. Aslida tark etadi ham.

 

2- Biror millatning asil muhiti o`zgarishi, uning yoshlarining boshqa muhitlarda, xorijiy madaniyat shart-sharoitlarida qolishidadir. 

 

3- Havo va havasni shirin, toza axloq va fazilatni sho`r ovqatlarga o`xshatishadi. Yoshlik intixobda, saralashda erkin bir ochdir. 

 

Yoshlar fazilatga do`st, yomonlikka dushman bo`lishi kerak.

 

Yoshlar behuda so`zlarga qamalib qolmasligi, aldovchi fikrlarga aldanib azob chekmasligi kerak.

 

Go`zallik-chiroy.

Go`zallik ruhning yoqtirib, sevganidir.

 

She’r go`zal bo`lsa, go`zallik ham she’rdir. 

 

Har bir go`zal, hamma ruhlarga ham go`zal ko`rinadi, degani emas.

 

Go`zalning(chiroyning) ko`zi va so`zlarida sehr bor. Tabassumi, kulgusi yanada jon olguvchidir(aslida tahlikali deyilgan). 

 

Go`zallik sehr bo`lsa, go`zal sehrbozdir.

 

Go`zallar boqishi kishining aqlini oladi. U boqishlardan saqlan.

 

O`zini go`zal hisoblagan xunuklar bo`lgani singari, o`zini olim his etgan johillar ham bor, bu dunyoda. 

 

Go`zal, bezanmoq bilan tabiiy go`zalligini yo`qotadi. Chunki yasama bezaklar bilan go`zal bo`lolmaydi.

 

Go`zalni xunuk ko`rsatgan burunning xunukligi bo`lib, xunukni go`zal ko`rsatgan ham burundir(burunning go`zalligidir). Jamol, degan go`zallik burundadir.

  

Go`zallik, bir siymoda uyat-uyalishdan yuzaga keladigan qizarish, nomus va uyalish nuridir. Unday go`zalni, go`zallikni tabrik va himoya eting.

 

Karomat.

Karomat avliyolarda favqulodda uchraydigan bir hol va harakatdir. Bu xil hollarning payg`ambarlarda zuhur etilshi esa, mo`’jiza, deb ataladi.

  

Inson muharramdir, karom sohibidir. Karomat Allohga zuhur ulashgan, Unga vosil bo`lgan, buyuk kishilarga zuhur etilgandir.

 

Urush.

Harb, urush bir atash, bir olov hisoblanadi. U faqat o`ziga o`xshash yana atash bilan, olov bilan so`nadi, xolos.

  

Urush davlatlarning o`zaro maxsus munozaralari, ya’ni janjal va duelidir.

 

Urush tajovuzkor tarafning tajovuzi va nohaqligining vositasi bo`lib, urushga kirishga majbur bo`lgan tarafning qutulish chorasidir.Tajovuz zulm, mudofaa esa haqlidir. 

 

Urush, nohaq bir manfaatning  ta’min etilmasi uchun  olib borilib, u bir qimorbozlik, demakdir.

 

Urush, zo`rlab tutib, tortib olmoq bo`lsa, siyosat ham aldab olmoqdir. 

 

Urush, dinni, vatanni, millatni va nomusni qo`rish uchun olib borilsa, u urush jihod bo`ladi. Hujum qilish niyati bilan olib borilgan urush vahshat urushi bo`lsa, mudofaaga kirishib urush olib borish esa, madaniyatga joiz hisoblangan urushdir. Ba’zan madaniyat ham mana shunaqa qilib,  jon yoqar, uy yiqar ishlarga yo`l qo`yadi. Madaniyat Ovropanikiga o`xshash bo`lsa, u dunyoni ham yiqitadi.

 

Madaniyat(Hars-kultur).

Madaniyat, bir millatga, xalqqa mansub va maxsus ilk va ibtidoiy vaziyatlar, hollar, urf-odatlar, demakdir.

 

Madaniyat, bir qavmning ilk hissiyatidan, ilk tuyg`ularidan tug`ilgan mafhumlarning (mafhum – fahmlangan; anglashilgan, tushunilganlarning) butunidir. Bular, til, muzika, bezaklar, san’atlar, odat va boshqa an’analar, tarz va hatti-harakatlar bilan diniy tuyg`ular va tushunchalarni yuzaga keltirgan mafhumlardir.

 

Maxsus madaniyat-harslarning boshqalariga taqlidi hars sanalmaydi. Madaniyat ilk urf-odatlarning bir-biriga aralashmasi natijasida bir qavmdan (urug`dan) boshqa qavmga o`tib turgan. Bunday o`tishlarda madaniyatlar yanada erkindir.

 

Madaniyat, yaxshi qiliqlar, poklanish, soflanish natijasida yaxshi va maqbul madaniyatni, xunuk, chirkin va yomon hol va harakatlar bilan esa, noxush, yomon va zolim madaniyatni yuzaga keltiradi.

 

Hars- madaniyatlarning kelib chiqishi, uning boshlanishi demakdir. 

 

Din, axloq va ilm harsni maqbul bir shaklda tiklaydi, siyqalaydi. Dinsiz, axloqsizlik va jaholat harsni xunuk bir ko`rinishga keltiradi.

 

Hars(madaniyat), boshqa bir nuqtai nazarga ko`ra biror bir qavm tabiatining mahsulidir. Bir daraxtning mevasi qanday bo`lsa, biror qavmning madaniyati ham aynan shunga o`xshashdir. Asil madaniyatini yo`qotgan qavm mevasiz qolib, qurushga mahkum etilgan bir mevali daraxtga o`xshaydi.

 

Harsni(madaniyatni) moddiy va hayvoniy asoslarda emas, insoniy asoslarda rivojlantirilsa, yuksaltirilsa u millatga va insoniyatga foydali bo`ladi.

 

Madaniyatga boshqa millatlarning madaniyatlari aralashtirilsa, bir mevali daraxtga boshqa bir daraxtning mevalarini ilib qo`yganga o`xshaydi. 

 

Madaniyat, biror millat tarafidan o`z tarixi davomida yig`ilgan va tadbiq etilgan normalarining, yashash tarzlarining , dunyo qarashlarining va boshqa hukm, qarorlarining bir butunidan iboratdir.

 

O`z milliy madaniyatini yo`qotgan, undan uzoqlashgan bir millat, qarg`aning kaklik yo`rg`alishiga taqlid qilib, uni bajara olmay, o`z qarg`acha yurishini ham unutib, bugungi qo`pol bir shakldagi kulgili ko`rinishga tushib qolishiga o`xshaydi.

 

Madaniyatining asli buzilgan, ya’ni butun qadriyatlarining asos sistemasi o`zgargan bir millat sarxush, o`z muvozanatini yo`qotgan kishiga yoki roli sinib qolgan kemaning  to`lqinlar ichida  uyoqdan- buyoq chayqalishi singari chayqala-chayqala bir kun yo`q bo`ladi(cho`kadi). 

 

Hurriyat.

Hurriyat loqaydlik emas, qaydsizlikdir. Ya’ni hurriyat cheksiz, chegarasiz erkinlik emas, aksincha mas’uliyatli, aniq cheki-chegarasi bo`lgan bir erkinlik, ozodlikdir. 

 

Falsafa nuqtai nazarida hurriyat, ruhning axloq va fazilat qaydlaridan boshqasi emas. Hurriyat, yaxshilik va xayrga doir bo`lmagan amrga itoat etmaslik va unga asir bo`lmaslikdir.

  

Istalgan ishni qilish mumkin bo`lgan hurriyat hayvonlikdir.

 

Hech bir kimsaning va hech kimning haqqiga zarar bermasdan ma’qul va maqbul o`lchovli erkin harakatlar qilish mumkin bo`lgan ozodlik(erkinlik) insonlar izlagan hurriyatdir.

 

Axloqning olmos zanjirlar bilan bog`lanishi asosida vujudga kelgan hurriyat eng yaxshi va ma’qul, madaniy hurriyatdir. Dinsiz, axloqsiz hurriyatni hech bir millat qabul etmaydi. U hurriyat chirkin va razolatga to`lib-toshgan bo`lib, u faqat sarsongarchilikdir.

 

Hurriyat, kishilarga o`zidan boshqalarga, atrofga va huquqqa zarari bo`lmagan barcha erkinliklarni beradi, ya’ni hurriyat, ”istaganingni qil, ammo o`zgalarga va huquqqa zarar berma”-demakdir.

 

His.

His ruhning tuyg`usidir.

 

Aql farosatning hisiga vositadir. Ruhning hisiga sohib vijdondir. Fahm-farosatning hisini bilmoq, ruhning hisini anglamoq, tushunmoqdir.

 

Hissiz vijdonsiz, vijdonsiz esa, hissizdir.

 

His yaxshi yoki yomon ruhlarda hosil bo`lgan bo`lib, insonlik darajasini, uning qimmatini belgilaydi, atrofga bildiradi. Biror nomusni bulg`ashmi yoki uni himoya qilishmi, qaysi biri yanada durust? Buni esa, sof bir ruhning, toptoza tuyg`usi aniqlaydi. Bu tuyg`ining manbasi ham dindir.

 

Qo`pol va hissiz bo`lganlar, ruhi va vijdonlari xiralashgan, so`qirlashgan insonlardir.

 

Ruh va vijdon din va falsafa bilan quvvatlidir. Ammo moddiy ilmlar ularni xiralatib, uning o`limiga sabab bo`ladi. 

 

Biz yaxshi harakatlardan yaxshi, yomon harakatlardan yomon hollar his etamiz. Bizning bu hisimiz, u harakatlarning haqiqatan yaxshi va yomonligini aniqlaydi. Shuning uchun qilingan, bajarilgan ishlarning yaxshi yoki yomonligini vijdoningdan so`ra, deydilar.

 

Mamnuniyat, qoniqish yoki g`am, qayg`ular ruhimizdagi hisdan yusaga keladi(paydo bo`ladi, tug`iladi). Hissiz, vijdonsizlarning shahvat, nafsga oid  ”zafarlari”, hammasi hayvonlikka oid maxsus hayvoniy zafarlardir. Ular zafarlar emas, razilliklar bilan to`la majmuani yusaga keltiradi, xolos. Ya’ni bu hollar juda ko`p uchraydi. 

 

Vatanga, millatga va dinga ozmi yoki ko`pmi keltirilgan zarardan qayg`urganlar, bu zararlarni chuqur his etadilar. Zarur bo`lsa bu qadriyatlar uchun ular hatto hayotini ham qurbon qiladilar. Hissizlar, boshqa insonlarni his etolmaganlar, faqat o`zlari, o`z manfaatlari uchun harakat qilgan egoist kishilardir. Ulardan hech kimga, millat va vatan yoki insoniyatga hech bir foyda kelmaydi.

 

Millat(xalq) umumiy his va fikrlarning birligiga, zavq va qayg`ularning bir xilligiga bog`liq ravishda avjlanadi, rivojlanadi. Biri yig`lab, boshqasi xursand-shod bo`lsa, hislar birlashmagan bo`ladi. Payg`ambarimiz(S.A.V), ”Qo`shnisi och qolgan to`q kishi bizning qavmimiz emas”-deganlar. Bu so`zlar insonlar uchun ko`p zarur so`zlardur. Bu so`zlarga doim amal qilishsa, insoniyat barcha balolardan qutulib, dunyo qon va miltiq dorisi(porox) bochkasiga aylanmagan bo`lardi.

 

Hisning shiddati fidokorlikda, chorasiz qolganda hatto o`zni qurbon qilishga qodirlikdadir.

 

Insonni yordam, madad, qutultirish va mudofaaga o`xshash fazilatli harakatlarga undaydigan unsur vijdonning va ruhning hisidir. Vijdonsizlik esa, buning teskarisiga undaydi.

 

Hisi yo`q inson emas, demakdir. Hisi yo`qning axloqi ham yo`qdir. 

 

Haq.

Haq-bu Allohu taolo, demakdir. U sobit va doimiy, deganidir.

 

Biror vazifa yuzasidan erishilgan haq, haqiqatga ”istehqoq”-deyiladi.

 

Yopilgan, zabt etilgan, o`g`irlangan va egasi mulkidan mahrum etilgan narsalarga hozirlar haq, haqiqat, deyiladi.(Qarang, bu so`zlar bugungi bizning kunimizga naqadar mos keladi – tarjimon izohi). 

 

”Haq tegirmonda bo`ladi”- deyishadi. Bu  so`zlar millatni yiqitish, xarob qilish uchun sil kasali, hatto rak(saraton) xastaligi kabi illatdir. Jamiyatni bu xil qarashdan qo`rimoq kerak. ”Haq, haqiqat kuchdadir”, deyish ham ana shunga o`xshashdir.

  

Hamiyat.

Din, nomus, vatan, oila kabi biz sevgan qadriyatlarga biror zarar, zo`rlik kelgan vaqtda kishida paydo bo`ladigan hissiyatga hamiyat, deyimiz. 

 

Ruhning mudofaaga majbur bo`lishi, uning yordamga yugurishidir. Ya’ni bu ham hamiyatdir.

 

Hamiyat, insonlikning juda qimmatli gavharidir. Dunyoda hamiyatsiz inson bo`lmaydi. Hatto hayvonlar ham o`z uyalariga kelishi mumkin bo`lgan xavfga qarshi turadilar.

 

Hayot.

Kishilarda hayot badandagi tabiiy harakatdan iboratdir. Kishilar egan ovqatlardan hosil bo`ladigan qon, tomirlarda bu harakatni keltirib chiqaradi.

Tashqiy va ichki a’zolarimizni harakatga keltirgan, ularning har birining vazifasini belgilagan hayotdir. Bu hayot inson va hayvonlar orasida mushtarak(o`xshash)dir. Aynan shu qarashda inson va hayvon orasida farq yo`q.

 

Ana o`sha harakatning to`xtashi o`lim, deyiladi. Hayot yashamoq bo`lib,  u ruh emasdir.

 

Haqiqiy hayot.

Insonning bu dunyoda yashashi hisoblangan haqiqiy hayot aqlning va ruhning hayotidir. Bu ham inson dunyoda aql, ilm va vijdon bilan yashaydi, demakdir.

 

Insonni hayvondan farq etadigan va hayvonlikdan qutqargan bu haqiqiy hayotdir. Chinakamiga haqiqiy hayot, ruhning hayotidir. Ruh o`lmaydi, uning hayoti abadiydir. Inson bu hayot bilan yorug` dunyoda, abadiy hayot ila oxiratda doim yashaydi, faqat uning tanasi chiriydi, yo`q bo`ladi. Oqibat, tana o`lib, ruh o`lmaydi. Ruh bu olamdan so`ngra, boshqa olamda yashaydi.

 

Inson jismoniy, badaniga oid hayoti bilan hayvondir. Ruhiga ko`ra malaikolar singari to`la insondir. Yaxshi bir inson aynan bir malakdir. 

Mol-mulk, dunyoga va nafsga oid zavqlarga bog`langan kishilar o`z ruhlaridan uzoqlashadilar. Oqibatda ruh hayotining qisqarilishiga sabab bo`ladi.

 

Ibodat. 

Butun koinotni yo`qdan bor qilgan Allohu taologa ta’zim va sajda, qullik burchimizni joyiga qo`yish - bu ibodatdir.

 

Allohning ma’bud, inson esa, Uning quli-bandasi ekanligiga iymon keltirib, Unga zarur bo`lgan shaklda xizmat etmoq, ibodatdir.

 

Ibodat etmagan, Alloh bergan, hayot, vujud va boshqa hisobsiz ne’matlari evaziga ibodatini bajarmagan, u ne’matlarga shukr etmaganlar chindan ham nonko`rlardir.

 

Ibodat, Allohga doimo zikr etmak, Uni hech bir zamon unutmaslikdir. Biroq faqat din amr etgan ibodatlarni bajarish lozim.

 

To`g`ri iymon va sof vijdon bilan qilingan ibodat eng buyuk ibodatdir.

Ibodatni tark etish, Allohni tanimaslikdir. 

 

Ilm.

Ilm bir ipak matosidir. Uning talolari inson ko`zi, qulog`i kabi a’zolarimizga yaxshilab aql va tajribalar bilan ta’lim-tarbiya beradi. 

Fikr bilan tasavvur etadi. Tushunib, o`y-fikr etadi, muhokama qilib, to`qiydi.

 

Iymon. 

Butun borliq-koinotning Yagona Yaratuvchisi- Allohu taologa, uning yuborgan muqaddas kitoblariga, payg`ambarlariga, malaikolariga, oxiratga, taqdiri olamga, xayr va sha’rning Allohu taolodan bo`lganligiga, o`limdan so`ngra tirilib, hashr va hisoblarning o`rtaga qo`yilishiga inonmoq Iymondir. 

Iymon, so`zda emas, ruhda va vijdonda bo`ladi. So`z, vijdondagi iymonning guvohididir.

 

Iymonli bir vijdon, Haqning kitobidir.

 

Iymonsiz bir kishi hayvondan battar vositachilik va buzuqlik ichidadir.

 

Iymonli kishi hech qanaqa yomon harakat qilmaydi, shubhali qadam bosmaydi. Unday harakat qilsa, u iymonsizdir.

 

Haqqa va haqiqatga iymon keltirgan va keltirmaganini, uning yaxshi va yomon hatti – harakatlaridan bilsa bo`ladi.

 

Insonlik, iymon bilan belgilanadi. Quruqdan-quruq ”men insonman”, deyish bilan kishi inson bo`lib qolmaydi. 

 

Inson.

Inson, shunday bir so`z bo`lib, uni to`la tushuntirmoq uchun qanday so`zlash va qanday yozish zarurligini ko`rsatmoq qiyin bir ishdir. Har holda har bir odam shaklida ko`ringan kishini inson sanama! 

 

Odam shunday bir maxluqdir, u o`z jinsdoshlarini aldaydi, yo`ldan uradi. Bolalarni o`g`irlab, yashiradi, asir oladi, sotadi, ota-onalarni zor-qaqshatadi, yo`llarni tusadi, yo`lovchilarni o`ldiradi, haq va huquqni tanimaydi.

 

O`g`irlaydi, oladi, iskanjaga soladi, qisqasi odam bugun ham kechagi singari bir vahshiy jonivor bo`lib qolmoqda.

 

Inson ruhiga ko`ra malaiko(farishta) va hayvon o`rtasidagi bir mavjudod hisoblanadi. U idrokli va irodali bir ruhga egadir. Odam badani, jismoniy borligi bilan vahshiy bir hayvon bo`lib, ruhi jihatidan esa, bir malaikodir. Shuning uchun odam ruhi bilan xayr va sha’rni bir-biridan farqlaydi, zulmni, haqsizlikni sevmaydi.

 

Haqiqiy insonllar, harakatlaridagi  ba’zi zaruriy xususiyatlar hayvonlarga xos ekanligini yaxshi biladilar. Bordi-yu o`sha harakatlarni istamasdan, sevmasdan ijro etib qo`ysalar, darhol nadomat chekadilar, pushaymon bo`ladilar.

 

Haqiqiy inson, go`zal, go`zallikka, adolatga, sadoqatga va boshqa butun fazilatlarga doim oshiqdir va ular tarafdoridir.

 

Odam jismi, moddiy tuzilishiga ko`ra hayvon bo`lib, ruhiga ko`ra u insondir. Jism, moddiy hayot o`ladi, ruh boqiy, abadiy qoladi. 

 

Inson vatani, millatiga tabiiy bir shaklda ishq, muhabbat ila oshiqdir. Haqiqiy inson ana shu kishidir. Ana o`sha vazifalarni taqdirlab, ijro etgan insonlar dunyoda eng oliy janob insonlardir. 

 

Insonga yaxshilik va yomonliklarni o`rgatgan o`qituvchi ”ibratdir”. Dunyoga, unda sodir bo`layotgan voqealarga, hodisalarga diqqatli bo`lish insonni yanada yuksaltiradi.

 

Ibrat va diqqat xususiyati, dinning muqaddas kitoblari bilan hayvonlikdan qutula olmagan kishilarga inson nazari bilan qarash xatodir.

 

Urushlar, zirhli qurollar, harbiy samolet(uchoqlar), a’lo navli qurollar, yadro qurollari ongli ravishda insonlarni o`ldirish, qirish uchun yaratilgan emasmi? Bular insonlar tarafidan qilinayotgan vahshiyliklar emasmi?

 

”O`lmoqdadir, qo`shin-qo`shin insonlar, o`lganlar ham, o`ldirganlar ham insonlardir”. 

 

Inson, ana shunday vahshatlar ichida yana o`zini yaxshi va fazilatli ko`rsatishga urinadi. Ko`pchilik kishilar boshqalarni aldaydilar, ammo o`zlarini aldamaydilar. Uning vijdonida nima borligini suratiga, siymosiga uradi-da turaveradi.

 

Saralash(Intihob).

Saralash(intihob), bir-biriga yaqin, bir-biriga juda o`xshash narsalar ichidan eng chiroylisini, go`zalini va foydalisini, ya’ni kishi o`ziga yoqqanini tanlab olish, demakdir. Bu ruhning yuksak hurriyatiga suyanadi.

 

Insonlar orasida saralash, tanlash esa, ular ichidan biror ishga, mansabga loyiq, unga mos odamni izlash va saylashdir. Bu tanlangan, saylangan yaxshi kishi bo`lmasa, har kim uni noto`g`ri ishlayapti, deb qabohatli hisoblaydi.

 

Odam tanlashda xotir va manfaatni ko`zlamay, mutlaqo durust odamni, vazifani mutlaq yaxshi bajara oladigan odamni saralash (intihob)ning asosiy shartidir.

Tanlash(saylash) intizom, ya’ni tarafkashlik emas.

 

Intihor(O`z joniga o`zi qasd qilish).

Intihor, voqea sodir etilmasdan bir kishining ham qotil, ham maqbul bo`lishligidir.  O`zi-o`zini qatl etish bilan kishi o`z jazosini o`zi bergan bo`ladi. 

 

O`lmak, dunyo ishlaridan qutulishdir. Ammo Intihor esa, jinnilik yoki jinoyatdir.

 

Islomiyat.

Islomiyat, shariatga mos bo`lmagan va shariat nazarida maqbul bo`lmagan har bir hol va harakatdan, yana boshqa shariat taqiqlagan harakatlardan salomat qolish, ulardan qutulish, demakdir.

 

O`z haddi-harakatlari, fikr va niyatlari bilan Qur’oni Karimga va Payg`ambar(S.A.V) istaklariga, ogohlariga mos bo`lgan kishi musulmondir.

 

Islomiyat, Islom dini bo`lganligi uchun bunga doir boshqa so`zlar, din haqida bahs ketgan joyda keltiriladi.

 

Xotin.

Bundan bir asr burun bozorlarimizda cadlo-cotiq qilib yuradigan yakka-dukka qariyalarni uchratish mumkin edi. Hozir esa, butun ko`chalar, bozorlar, mashinalar xotin-qizlar bilan to`la. Ilgari xotinlar yopiq yurishardi. Endi esa, yopiq yurish ayib bo`ladigan holga keldi.

 

Yaxshi va nomusli xotinlar insonlik maktabining ilk o`qituvchilaridir.

 

Ilgarilari boshi o`rog`lik nomusli xotinlar ma’qul va maqbul edilar. Bugun esa, fohishalar san’atkor nomi bilan xotinlar namunasi sifatida xarakterlantirilmoqda.

  

Xotinlar eng mu’tabar(muazzaz), eng qimmatli, eng sharafli bir inson sifatida yaratilgan mukammal qudratdir. Ular bu haqiqatni bilib, tushunib, go`zal axloqqa, go`zal fazilatlarga ega bo`lishga intilsalar qanchalar yaxshi.

 

Johil va g`ofillarcha madaniyat nomi ostida suqilgan pardasiz, ochiq xotinlarning erkaklar nazarida bir o`yinchoq va ko`ngulxushlik maddohi darajasiga tushirilganlarini anglaydilarmi, yo`qmi, bular?

 

Xotinlik, bugun el anglagani singari buyuk bir e’tibordan, darajadan tanazzulga tushganga o`xshayapti. Buni o`nglashning yagona chorasi salobatlilik, jiddiylikni, qadr-qimmatni qo`rish, ya’ni hurmatli, kiborli va nomusli-orli bo`lishga harakat qilishdir. 

 

Nomusli va tarbiyali bir xotin bo`lgan uy jannat bo`lsa, tarbiyasiz xotin bo`lgan uy jahannam kabi bo`ladi. 

 

Bezanib-tuzangan bir xotinning o`ziga o`xshash bezaklarga botgan qizi ham borligini ko`rganimda darhol ”nomus va fazilatga aloqasi bormi bularning”-degan savol kallamga keladi.

 

Xotin nomusdir. Nomussiz xotin nima bo`lsa bo`lsin, u notoza suvdir.

 

Xotin viqor - vazminlikdir. Jiddiy bo`lmagan xotin qo`g`irchoqdir. U

kishilarning (erkaklarning) ko`ngul xushi bo`lgan vositachidir.

 

Nomusli, viqorli, ya’ni vazmin bir xotin milliardlar qadar xazinaga badal bo`la oladi. 

 

Yomon xotin, o`z  murdorini, iflosliklarini, axloqsizligini millatga, elga yuqtiradi. Bu esa, yaxshi xotinning ulug`ligini izoh etadi, qimmatini oshiradi.

 

Engil tabiyat bir xotin bolchiqqa tushgan (bulg`angan) gavharga o`xshaydi.

 

Erkak faqat o`ziga, xotin esa, butun millatga, elatga ta’sir qiladi.

 

Xotin uch qismdir. Ko`cha xotini, zavq, ko`ngulxushlik uchun xotin va uy bekasidir. Vatanga, millatga, insonlarga eng xayrlisi, bu uchinchi xil xotin - uy bekasidir. U haqiqiy Bekadir- Bek xotindir. 

 

Xotin so`zi ko`p muhtaram bir ma’no ifoda etishiga qaramasdan, ayni zamonda ko`p chuqur tushunilishi kerak bo`lgan so`zdir. 

 

Xotin axloq jihatidan ko`p yuksak, juda qimmatli bir javhar yoki juda oddiy bir tirik jondir(aslida ”maxluqdir” deyilgan. Islomda Allohu taolo yaratganlarning barchasiga, jumladan insonga ham maxuq deyiladi – narjimon izohi).

 

Ajnabiy xotinlar besh-olti bola bilan qanoat hosil qilganda, turk ayoli ”besh bola etarlimi?”, deyishi kerak. Murgak jonni yo`qotish, ya’ni hamlani tushirish va oldirishlar nima uchun bizda ko`paymoqda? Nima uchun abort qildirishni davlat bee’tibor erkin qoldirmoqda? Ajnabiylar ko`p tug`ishni tashviqot qilayotgan bir zamonda nima uchun Turkiya o`rchish va ko`payishga to`sqinlik qilishga harakat qilayapti? Bu chuqur o`ylab qarash zarur bo`lgan bir tajribadir.

 

Fazilatli xotin uyda qorong`ulikni yorituvchi bir fonus, shishadon kabidir. Unday xotin o`z yurgan erlarini nurga burkaydi, u erlar qorong`u va xunuk bo`lsa-da; axloqsiz xotin uyini zulm va g`am-g`ussa bosadi, u uy go`zal, toza bo`lsa-da.

 

Xotinning davomli o`qiydigan kitobi ijtimoiy, sotsial tarbiyaga taalluqli kitoblar bo`lmog`i lozim. Biroq bizda masal kitoblari yozilib, u xil kitoblar hanuz yozilmadi. 

 

O`yin va ko`ngulxushlikka mubtalo bo`lgan xotinlarni ko`rganda, darhol ”Xotinning aqli qisqa”, deganlarni iltifotli hisoblayman. Men esa, ”ularda hech aql yo`q”, degan bo`lardim. 

 

Eng sevimli xotin, viqorli va madaniy, madaniyatli xotindir.

 

Xotin(ayol) qush bo`lsa, chumchuq ko`cha yarashig`i, bulbul bo`lsa qafas yarashig`idir.

 

Ko`chada qolgan bulbulga ovchining xavfi qanchalik bo`lsa, ko`cha guli ayolga ham munosabat xuddi shundaydir. 

 

Eskilar ”xotinning qo`lidagi igna, jangchining qo`lidagi nayzadan foydalidir”, demishlar. 

 

Nomusdan qimmatliroq, yana bir narsa bo`lmasa, xotin nomus, demakdir.

 

Ayol, o`z davri, zamonining iflosliklari ichida bo`lmasam qanday bo`larkan, degan tashvishda bo`lmog`i kerak.

 

Ayol malak, malaikodir. Uning shaytonlashmasligini ta’minlash erkaklar zimmasidadir.

  

Ayollar uchun yanada achinarli zamonlar kelayotganini sezmoqdaman, ammo u zamonlar kelmasligini tilayman.

 

Ayol, davrining, zamonining chirkin, iflosliklariga aralashish darajasiga qarab emas, axloqli va fazilatli bo`lish darajasiga qarab yuksalishi kerak.

 

”Etagingni balchiqdan saqla”, deydilar. Endi ayolni nimalardan va qanday saqlash lozimligini yaxshilab o`ylashga to`g`ri kelmoqda.

 

O`g`il farzand ”janob-afandi”, ota-ona esa, ”xizmatchi” emish. Qiz farzand karimadir. Karima, ko`z chaqolg`i, demakdir. Ya’ni ko`p qimmatli, juda ham lozim, juda ham nozik farzand, demakdir. 

 

Yaxshi ayolning bezagi, ziynati, uning oddiyligi, nomusi va iffatidir.

 

Ayolda qadrlanadigan va hayratga sabab bo`ladigan narsa uning bezanishi va qimmatbaho ziraklari emas, uning iffati va madaniyatidir. 

 

Yaxshi ayolning og`zida hikmat, ruhida latofat bo`ladi.

 

Biror ayolda tashqi ko`rgan go`zallik sababini, uning tarbiyasidagi oddiylik yo`qqa chiqaradi.

 

Ayollar, o`z qimmatlarini qadrlay bilsalardi, erkaklarga to`la hokim bo`lib, ularni tergab, boshqara bilardilar.

 

Yaxshi va nomusli ayol bolalarini ham o`ziga o`xshash tarbiyalaydi va etishtiradi. 

 

Yaxshi ayol erining ruhida, farzandlari ko`z oldida muqaddasdir.

 

Yaxshi ayolning uyidan va mozoridan nur tuttaydi(tarqaladi).

 

Axloqli va fazilatli ayol uy quradi va uni bezaydi. Axloqsiz, safiha (zavq va safoga dushkin) bir ayol o`z uyini buzadi.

 

Ayolning vijdoni va nomusini barbod etgan jamiyatning iflosliklaridir.

 

Yolg`on go`zallik o`tkinchidir. Iffat va fazilatli go`zallik esa abadiydir.

 

Ayol bir haqiqatdir. Ayolni yoshlik, barralik davrida boshga ko`tarishadi, boshiga toj qo`yadilar. U so`lib, vaqti o`tgandan so`ngra esa, uni axlatga otadilar. Bu ayolning qimmatli fikrlarga ega bo`lmasligi, madaniyatining etarli emasligining achchiq darslaridir.

 

Ayol erkagi tarafidan hayvon singari qo`llanilgan vaqtdan buyon anchagina zamonlar o`tib ketdi. Hozirgi hol esa, ozgina rivojlanish emas, balki juda katta o`zgarish va rivojlanishdir. Bu ham Islom dini maydonga keltirgan qadriyatdir. Bilmadim, bugungi ayol haqlarini himoya etuvchilar, ayol haq va huquqlarini haqiqatda Islom hal etganini nima uchun tan olishni istamaydilar?

 

Ayol aldanib, balchiq va iflosliklarga botirilishdan, o`zining masxara etilishidan, uning ko`gul ochish quroliga aylanib qolishidan soqlanmog`i kerak.

 

Ayol o`z yaxshi xususiyatlari bilan xalqining, millatining obro`sini va sharafini oshiradi.

 

Ayolga haqiqiy yashash, mazmunli hayot yaratish uchun avval erkakni haqiqiy er etib tarbiyalash kerak. 

 

Ayolni ochib, sochaylik, deydilar. Juda soz! Ammo bilmaydilarmi, bular?  Gavhar o`g`rilar orasida qoldirilmaydi. 

 

Ayol kir bir idish emas, balki qimmatli bir gavhardir. Uning darajasi eng yuksak darajadir, hech boshqacha emas.

 

Ayol haq va hurriyatini da’vo etayotgan madaniyatning erkaklari, uning ustidan kulayotgan riyokor ”do`stlari”dir.

 

Erkaklar ayollardan yanada aqlli bo`lsalar, ayollar esa, erkaklardan ziyoda hisli va o`y-fikrli, chuqur tushunchalidir.

 

 Ayolni bir uzilgan gul hisoblagan, u so`lgandan so`ngra undan uzoqlashgan, unga qaramay qo`ygan erkaklar anchagina. Ammo bu vahshatdir. 

 

Xotin erning o`rtog`i va do`stidir. Shuning uchun xotinga mag`rur va kibor ila boqmang, aksincha u bilan doim birga va barobar bo`lishga intiling, ana shunga o`rganing va o`rgating. Ana shunday shuur ila yashashni saqlab qoling.

 

Kalom.

Kalom, so`z demak, bo`lib insonlar o`zaro fikrlashish, fikr almashish vositasidir. U fikrlardan, ya’ni boshdan kelib, og`izdan kalom bo`lib to`kiladi yoki barmoqlar ila qog`ozga tushadi(U fiklar shaklida aqldan qo`lga, qo`ldan qarmoqlarga uzatilib, kalom bo`lib tug`iladi, qog`ozga tushadi.) Jaholatning qorong`iliklarini yoritgan fikr nurlari - bu kalomdir. 

 

Qur’on.

Qur’oni Karim insoniyat hayotini tartibga solmoq uchun Allohu taolo tarafidan Payg`ambar hazratlari Muhammad (S.A.V) vositasida insonlarga tushirilgan o`xshashi yo`q, o`zgarmagan va qiyomatga qadar o`zgarmaydi gan Yagona qonun kitobidir.

 

Inson saodati Qur’on ila to`la hech bir kamchiliklarsiz tayyorlab qo`yilgan. Barcha baloyu-qazolardan, qiyomat azoblaridan qutulish sabablari va yo`llari Qur’oni Karimda ko`rsatilgan. Faqat bu haqiqatni anglashda kishilar qurslik qiladilar.

 

Qur’oni Karim, bugun bir milliarddan ortiq musulmon millatining Yagona qonun manzumasi (sistemasi)dir.

 

Millionlab olimlar, faylasuflar va avliyolar tastiqlab, iymon keltirgan, yuzlarcha million musulmonlarning muqaddas kitobi-bu Qur’ondir.

 

Qur’on, bir qator johillar tarafidan ko`pgina etirozlarga, tanqidlarga va ularning hujumlariga uchradi. Ammo har safar, Qur’onga hujum qilganlarni u kitob hayron qoldirib, dahshatga solmishdir.

 

Qur’on, bir ulug` kitobdir, uni faqat chin haqiqatni bilishni istaganlar, chin Haqqa oshiqlargina anglay oladi, tushuna oladilar. 

 

Qur’on, o`z zamonida eng rivojlangan til bo`lgan arab tilida zohir etilgan bir kitobdir. U bir adabiyot mo’`jizasidir. Bu kitob to`la, tom ma’nosi bilan tarjima etilmaydi va tarjima etolmaydilar.

 

Qur’on shunday bir buyuk nazmdirki, uning har ayatiga butun arab va ajam adiblari, shoirlari sajda qiladilar. Kitobni tushunish va anglashni bir tomonga qo`yib, hatto uning kalimalarini-so`zlarini o`qiy olmagan johillarning u kitob haqida (xususida) so`zlashmalari kulgili bir hol bo`lish bilan bir qatorda u katta bir fojia ham hisoblanadi. Bu hol tib ilmini bilmagan, o`qimagan bir kishining doktorlik qilishiga o`xshaydi. 

 

Qur’on, she’r emas, she’rning hikmat bilan qaynatilmasidir. Uni, bitta gulda koinotning go`zalligi va mukammalligini, bir tomchida buyuk bir to`fonni ko`rgan odamgina anglaydi, tushunadi.

 

Qur’on nurdir. Qur’on hidoyatga erishish vositasidir. Qur’on barcha haqiqatlar to`plami, jamidir.

 

Musulmonlar, faqat Qur’onni tasdiq etadilar va unga tobe bo`ladilar. Qur’onni tasdiq etmovchilar musulmonlar birligida bo`lolmaydilar. Chunki Qur’onni tasdiq etmagan musulmon emas.

 

”Iymonning amri vijdondir”, deyish, ”Allohni, Muhammadni, Qur’onni faqat tilda emas, dildan tasdiq etaman”, demakdir. Bu ifodalar, harakatlar va ibodatlar Allohning yagonaligini tasdiqlashni olqishlovchi ifodalar hisoblanadi.

 

Dunyo kufr bilan vahshatning jang maydonidan iborat bo`lgan bir zamonda, chegarasiz cho`llardan yorug`lik sochgan Qur’oni Karim butun koinotni nurga purkadi. Bularni tarixdan o`qib bilish mumkin bo`ladi. Uni o`qi! 

Odamga odamni, koinotni, Haqni, hikmatni, Allohni o`rgatgan Qur’ondir. Falsafani tadqiq et.

 

Odamlar, butparast edilar, ularni haqparast etgan-Haqqa burgan Qur’oni Karimdir.

 

”Ilm, har bir ayol va erkakka farzdir”. ”Beshikdan mozorga qadar ilm o`rganinglar”. ”Ilm Chinda(Xitoyda) bo`sa ham ket uni ol”. ”Musulmonda etishmovchi narsa ilmdir. Uni qaerda topsang, darhol o`rganib ol”. ”Olimning siyohi shahidlarning qonidan xayrlidir”. ”Ilmning darajasi, barcha boshqa darajalardan yuksagidir”, degan, ilmni tashviqot etgan, haqiqiy madaniyatni yuzaga keltirgan, uni davomli etgan Qur’oni Karimdir.

 

Musulmonlarning orqada qolishini(qoloqliklarini), ularning musulmon bo`lishliklari, deb hisoblagan, zehnda qoloqlar, aksincha musulmonlar Islomdan uzoqlashib, haqiqiy musulmoncha hayot kechirmaganliklaridan ular orqada qolganliklarini bilmaydilar yoki bilishni istamaydilar. 

 

Musulmonlarning ilg`or bo`lishi va rivojlanishi faqat va yana faqat Islomda mahkam turish, unga qo`sh qo`llab yopishish ila amalga oshadi. 

 

”Allohu taolodan o`zga mulk sohibi, Undan boshqa sulton, amir yo`qdir”-bu Qur’on ayatidir. 

 

Adolatni, hurriyatni, tenglikni, hayvonlarga ham shafqatli bo`lishni ko`rsatgan, ularni farz etgan; zulmni, poraxo`rlikni, qonunsizlikni, o`g`irlikni, haqsizlikni, yolg`onni, yolg`on guvohlikni, haqni ezib, zolimni qo`llashni tamoman man etgan, ularning barchasini harom qilgan Qur’ondir.

 

Podshoh bilan kambag`alni bir xil qora qursiga o`tqazib teng bir shaklda mahakama etgan Qur’ondir.

 

Etimni, faqirni, hech kimi yo`qni, mazlumni himoya etgan yana Qur’ondir.

 

Xayrni, nomusni fazilatni amr qilgan; sha’rni, shirkni, jaholatni, shafohatni man etgan ham Qur’ondir.

 

Bugun kishilarga tavsiya etilishi mumkin bo`lib, u Qur’onga kirmagan birorta haqiqat yo`qdir.

 

Insoniyat uchun eng tartibli hayot Qur’on ko`rsatgan hayot, Qir’on ko`rsatgan hayot tartibidir.

 

Falsafa o`qimaganning Qur’oni Karim haqida so`zlashi mumkin emas. Falsafa kalom ilmidir. 

 

Qur’onga e’tiroz bildirib, unga inkorga turganlarga Qur’on har vaqt keng o`rin beradi.

 

Qur’on haqida behuda so`zlaganlar dunyo nizomini yanada yaxshilashga yo`l emas, boshqa masala ko`rsatsin.

 

Qur’onsiz madaniyatlarning hayoti naqadar qashshoqliklarini ko`z oldimizda, ko`rib turibmiz. Mana qarang, g`arb madaniyati va uning iflosliklari na qadar?

 

Ovropa madaniyatining haqiqatan taqdirga sazovor qismi, minglarcha yil bundan muqaddam Qur’on xabar bergan va tashviqot etgan ilm tarafidadir.

 

Barcha nojo`ya qiliqlar Islomni tushunmaslikda, uni yaxshi anglab etmaslikdadir.

 

Bizda, shu zamonda Qur’on haqida so`z so`zlaganlar, go`yo ular o`zlarini munavvar hisoblasalarda, aslida ular bir to`da johillardir. Chunki, biz ularning hech qanaqa ma’lumotga ega emasligini, ilmlarining qaerdan chiqib, qaysi manbaga suyanishini yaxshi bilganimiz uchun ular haqida hukm so`zlamoqdamiz. Bordi-yu, ular johil bo`lmasalar, unda ular qobiliyatli biror xoinlardir.

 

O`qimagan, tushunmagan, bilmagan kitobdan bahs etgan biror kimsa qanday kulgili va masxaralikka tushsa, Qur’onni o`qimagan, anglamaganlarning unga qarshiliklari ham xuddi shunday kulgili va masxaralikdir.

 

Biz juda yaxshi bilamizki, Qur’onga til tekkizganlar, umumiy muhokama qarshisida qochajaklar, yashirinishga eshik izlab qoladilar. Ammo ular uni(u teshikni) topa olmaydilar.

 

Qur’onni va uning hikmatlarini anglamaganlarga hayron qolmanglar. Chunki bu ilohiy kalomni bir qator muhim ilmiy tadqiqotlardan so`ngra anglash mumkin bo`ladi.

 

Modda.

Modda, idrokdan, hisdan, irodadan mahrum bo`lib, faqat moddiy narsalarning shakl va suratga kirishida xizmati bor zarrachalardir. Ruhdan boshqa barcha narsalarning boshi va oxiri moddadir (U ruhdan boshqa hamma moddiy narsalarning boshlang`ichi va ularning so`nggi, oxiridir).

  

Modda kunimizda har narsaning ustida bo`lib qolayapti, uning oldida hurmat bilan echiladigan qimmatli bir sevilish darajasiga keltirildi.

 

Islomdan avval ham kishilar moddaga topinardilar. Qarang, dunyo ilgariga emas, orqaga qarab ketmoqda ekan-da.

 

Matbuot.

Matbuot, zulm, istibdot, totalitar hukumatlar qo`lida asir yoki ularga xushomadgo`y bo`lib qolmoqda.

 

Muxbir, adibning tili va so`zi quvvatli bo`lishi kerak.

 

Muxbirlari, yozuvchilari, muxoliflari istaganlarini yozolmagan xalq Bobil asoratlarini boshdan o`tkazmoqqa mahkumdir.

 

Matbuot, haq va nohaq, boshqa turli xil fikrlar maydoni, ular qarab chiqilidagan, muhokama qilinadigan joy bo`lishi lozim.

 

Gazetasiz mamlakat tilsiz mamlakatdir.

 

Gazetalar, uning va buning amrlarini amalga oshirish vositasi bo`lmasdan, millatning umumiy saviyasini, ziyosini ko`tarishda xalqqa to`g`ri yo`l ko`rsatishda vosita bo`lmog`i shart.

  

Mozorlarda yumaloqlangan kalla toshlar ichida rivojimizga xizmat etishi lozim bo`lgan qanchalar yozilmagan fikrlar ko`milib yotibdi. 

Istibdodga, sentzuraga la’nat, de, bosqinga bo`yin egma! 

 

Maorif.

Ma’rifat va mutolaa ruhning ozigidir.

 

Ovropaliklar sharqning ilm va fikrlarini, zakovat xazinalarini tog`lardan, toshlardan topib oladilar, biz esa, ularni kutubxonalarda chiritmoqdamiz. Hatto o`qimoq istaganlarga ham xalaqit berishga harakat qilamiz, yordam bermaymiz. 

 

Arabcha va forscha adabiy kitoblar va hikmat kitoblari, bugun Ovropaning eng ko`p izlagan kitoblari bo`lib, ular ovropa xalqiga beqiyos yordam etishda fidokorliklar ko`rsatayotgani holda, o`sha kitoblarning aynan o`zlari biz rad etgan kitoblar bo`lib qolmoqda. Bu qanday falokat, bu qanday achinarli hol!

 

Quyidagi uch holda:

1. Bilmaganlarga o`qitmoq uchun;

2. Bilmaganlarga yanada ko`proq ma’lumotlar bermoq uchun;

3. Mutaxassislarning mutolaasini va yangi topilgan natijalarni ilm odamlari, olimlarga ko`rsatmoq uchun kitob yoziladi.

 

Madaniyat.

Madaniayt, boylik, kiborlik, nazokat ostida saqlangan aysh-ishrat, ya’ni yuqori darajada zavq va ko`ngul ochish, tushkunlik emas, albatta.

 

Tarbiyasizlik, axloqsizlik va fazilatsizlik madaniyat bo`la olmay, u insoniyatning saodatiga, baxtiyorligiga emas, faqat badavlat va buzuq insonlarning zavqiga, ishratiga xizmat qiladi. Bunday zavqi-ishrat uchun jinoyatdan, o`g`irlikdan va har turli yomonliklarni bajarishdan chekinmaydilar. 

 

Madaniyat, ilm va axloqning birgalikda komil, etuk bir holidir. G`arb madaniyati faqat ilmiy madaniyat bo`la oladi. Ularda axloqiy va fazilat tomoni yo`q. Sharq madaniyati bugun tarixiy kurashlarni, to`lqinlarni boshidan kechirgan axloqiy va ilmiy madaniyatdir.

 

G`arbning ilmi va texnologiyasi, Sharqning ilmiy axloqi bilan uyg`unlashmasi asl madaniyatni tashkil etadi. Biroq shu zamonda unisi ham, bunisi ham yo`q.

 

Shaxsiy, ya’ni har bir alohida kishining madaniyati esa, insonlik shartlari, sotsial, istimoiy tarbiyali va go`zal axloq egasi bo`lmoqdan iboratdir.

 

Boyliklardan, yasama kiborliklardan uzoq bo`lish kerak.

 

Vahshiy, sahroyi qavmlar, qasd etuvchi qurolli qonxo`rlardir. Bugun madaniy davlatlar ham eng mudhish qurollar bilan ta’minlangan va qon istash ehtirosi ila yashamoqdalar. 

 

Madaniyat, millatning dunyoda mavjudlik belgisidir. Bu belgi ilm va axloq bilan namoyish qilinadi.

 

Madaniyat, millatning(xalqning) axloqi, ilmi, fikri va siyosiy borliqlarining hammasining birgalikda etuk bir ko`rinishidir.

 

Madaniyatni avval sotsial tarbiya va axloq, so`ngra hunar bilan san’at shaklantiradi. Bundan tashqari axloq uni yanada yuksaltirib, kamolatga etkazadi. 

 

Maktab.

(Maktab - arabcha so`z, bugungi turkchada maktab o`rnida ”O`qul” atamasi ishlatiladi – tarjimon izohi). 

 

Hozirgi zamon ilmiy va madaniy rivojlanish manbai, o`chog`i maktablardir. Maktab, muallim, demakdir. Muallim(o`qituvchi) dindor, axloqli, fikr-g`oyasi yuksak kishi bo`lishi shart.

 

Millat(Xalq).

(Bugungi Turkiya turkchasida ”xalq” so`zi juda kam erlarda ishlatiladi. Bizdagi ”xalq” so`zi o`rnida turklarda ”millat” so`zi qo`loaniladi – tarjimon izohi.)

 

Millat, bir din ostida birlashgan, qondoshligi bor kishilarning birlashishi natijasida yuzaga kelgan bir to`plam jamoasidir. Hozirgi vaqtda esa, faqat irqiy yaqinlik, irqiy birlik millat bo`lmoq uchun etarli hisoblanmoqda.

 

Millat o`lmas, deyishadi. Biroq juda ko`p millatlar o`lib bo`lganlar.

Din va axloq millatlarga matonat, tayanch bo`ladi. Dindan va axloqdan ayrilgan millat(xalq) sarson-sargardondir.

 

Mo`’jiza.

Mu`’jizaga ishonmaganlar, Allohu taolo va Uning qudratini taqdirlamagan, qadrlamaganlardir. 

 

“Qamar(oy)” ikkiga bo`linmas”, deyish, “Allohu taolo oyni ikkiga bo`lolmaydi”, demak bo`ladi. Bu Allohu taoloning ulug`ligini anglay olmaslikdir.

  

Muhammad (sollallohu aleyhi va sallam).

Hazrati Muhammad(S.A.V), kufrning, vahshatning qarshisida qahramonlik ko`rsatgan va adabiyot qilichini unga qarshi qo`ygan, haqiqatni himoya etgan va uni e’lon qilib, insoniyat hayotini tartibga keltirib, tuzatgan zoti muhtaramdir. 

 

Hazrati Muhammad, chinakamiga haqiqiy madaniyatning qo`ruvchisidir.

Kufrni, vahshatni hech sevmagan bir zot bor, u ham bo`lsa, Muhammad (S.A.V)dir.

  

Inson hurriyatini e’lon etib, “eng buyuk ibodat zolim hukmdorga qarshi haqni so`zlamoqdir”, degan ham yana Hazrati Muhamamd(SAV) bo`ladilar. 

“Alloh tanbalning tanballigini sevmas”, “Qo`shnisi och qolgan to`q, badavlat bizdan emas”, “Dunyo ishlarida o`lmaydigan kabi, oxirat ishlarida ertaga o`ladigan kabi ishla”, degan ham Hazrati Muhammaddir.

 

Jihadni amr qilgan, uni ibodatlarning eng foydalisi, deb ko`rsatgan, “Vatan hududida navbatda turgan askar jahannamda kuymaydi”, “ Insonlarning eng xayrlisi, ehsonlisi, boshqalarga foydali bo`lganidir”, “Sizning eng xayrli bo`lganingiz, avlodingizga va atrofingizga xayrli bo`lganingizdir”, degan va haqiqiy madaniyatni ta’sis etgan Hazrati Muhammad(SAV)dir!

 

Muzika(Musiqo).

Muzika oshiqning qanotlaridan chiqqan ruhoniy ohangdir.

 

Muzika, quloqdan ruhga o`tgan bir oshiq yulduzidir. 

 

Harfsiz, so`zsiz bir til mavjud-bu muzika. Muzika tillarning eng ta’sirlisi va tartiblisi(Balig`)dir. Bu tilni ruh, irfon-ong darajasida anglaydi.

 

Muzikada ohang, go`zalda joziba va dimog`dorlik kabidir.

 

Muzika, ma’naviy bir darajada yaxshi va go`zal so`zlamoq bilan ruhni jo`shtirish va hayajonga solish ishidir.

 

Aqlning jo`shmog`i uchun etuklik va notiqlik qancha zarur bo lsa, ruhga ham muzika shunchalik zarurdir.

 

Muzikani faqat hisga oid bir zavq, deb qarash, uning ham, ruhning ham qimmatini tushirish bo`lardi.

 

Muzika, ruhni shod etib, kuldiradi ham, yig`latadi ham.

 

Nomus.

Nomus, insonning eng yuksak sharafidir. Insonning  eng olchoqligi va eng qashshoq vaziyati uning nomusi yo`qligidir. 

 

Nomus, har bir tug`ilgan bola boshida, nurdan ishlangan yoping`ich singari u bilan birga tug`iladi. Noo`rin bir harakat bilan u yo`qotiladi va yana qayta kelmaydi. 

 

Nomus, ismat (gunohsizlik, tozalik) va insonlikning toptalmas gavharlari, demakdir.

 

Bir yoshning nomusi, boshqa birining shahvat zavqiga sabab bo`lmasin.

 

Inson sharafi, or va nomus bilan davom etadi va barqaror qoladi.

 

O`z nomusini, oilasi nomusini muhofaza etmagan, ularga e’tiborsiz bo`lgan biror kishi vatan va millatning sharafini va nomusini ham qo`rimaydi va qo`llamaydi.

 

Nomusni bir bezak, bir mulk kabi inson sharafi tashqarisida qabul etganlar, nomus nima ekanligini bilmaydiganlardir.

 

Nomus hayotdan yuksakdir.

 

Nomus boshqa, sharaf boshqadir. Boylik nomusning sharafini aniqlamagani kabi, faqirlik ham uni buzolmaydi.

 

Nomus, axloqning butun fazilatlariga tayanadi.

 

Nomus, barcha millatlarda nomlariga qasam haqidagi muqaddaslikdir.

 

Nomussizning, sharaf va fazilat tarafdoriman, deyishi soxta va yolg`ondir.

Nomussizlar, millatning yuzidagi xunuk dog`dir.

 

Sharaf jihatidan nomusga yaqin turadigan va har biri nomusning xususiyati bo`lgan hamiyat, sadoqat, so`zda, va’dasida turish kabi fazilatlarga ahamiyat bermaydiganlarga ham nomussiz, deyiladi.

 

Nikoh.

Nikoh ikki tarafning rizosidir(roziligidir). Lekin nasl va xotin(ayol), ayolning nomusini, qonun ijozat etgan haq va sharafning muhofazasi, oilani mamlakatga tanitish uchun nikohda guvohlar ham lozim.

 

Nisyan(unutmoq).

Nisyan-unutmoqdir. Bilmaganlar yo`q. Bir olim bu so`zni quyidagicha ta’riflagan ekan: Bugunlarni(bu-hozirgi kunlarni) tayyorlagan u kunlarni unutmang”. (Unutmanglar u kunlarni, tayyorladi bu kunlarni.)

 

Pul.

Pul, har bir ishni qilishga tashviqot qila oladigan bir malak yoki shaytondir.

 

Shoirni chiroyli yozdirgan, olimni yaxshi ishlaydigan qilgan, bu puldir. 

Pulsizlik, fikrni chalg`itadi, yaramas harakatlar sodir bo`lishiga sabab bo`ladi.

 

Pulni nomusli yo`llardan top. Pul topgan joyga sodiq bo`l.

 

Tush ko`rish.

Tush, ko`zsiz va moddasiz ko`rmoqdir. Aksariyat hollarda uxlagan chog`imizda, onda-sonda uyg`oq vaziyatda ham tush ko`rish mumkin. Tush ham anchagina narsalarni anglatadi.

 

Tush ko`rish moddiy va ma’naviy bo`lishi mumkin. Tush ko`rmagan odam yo`qdir.

 

Tush ruhning mushohadasidir. Xayoliy va jismoniy tushlar uchragani kabi, ruhga oid va sahih(sof), haqiqiy tushlar ham ko`pdir.

 

Aynan zuhur bo`lgan tushlar uchramaganda edi, tushni xayoliy, botil(yolg`on), deb qo`ya qolardik.

 

Haqiqiy tushlar, tushga ishonmaganlar uchun ruhning eng go`zal javoblari bo`lib hisoblanadi.

 

Tush bizga “qalb ko`zi”, “ong ko`zi”, degan ko`zlarni va ular ko`rganlarini izohlaydi.

 

Sodiq va sahih tushlar Janobi Haqning quli bilan ko`rishish tilidir.

 

Ruh. 

Ruh boshqa, xastaligimizning moddasi boshqadir.

 

Ruhning gavhari, moddaning gavhariga nisbatan latif bir gavhardir.

 

Emoq, ichmoq va o`lmoq jismning hayotidir. Ruh malaklarga oid bir hayotga egadir.

  

Ruh, jismga hayot bilan birga taalluqlidir. Va u(hayot) bilan birga badandan ayriladi. Hayot mahv bo`ladi, ruh abadiy qoladi.

 

Ruh abadiy, u o`lmaydi, o`ldirilmaydi. Kishi ruhsiz yashaydi, hayotsiz yashay olmaydi. Hayot tabiiydir, yaratilishda bordir.

 

Ruh aqlimizdagi idrok moddalaridan boshqa o`z-o`ziga idrok etadi, his etadi, iroda etadi.

 

Ruhning aqlimizga muxolif va balki aqlimizga kelganni rad etgan o`ziga oid idroklariga vijdon, deymiz.

 

Nur to`fondan, ruh yomonliklardan qo`rqmaydi.

 

“Ruh tanamizning qaysi erida”, deganlarga “Olmosda lemo, cho`g`ga aylangan ko`mirda cho`g` qaerda?”, deb so`roq qo`ymoq kerak bo`ladi.

  

Ruh o`lim bilan to`xtamas, uning ta’siri bitmas. Buyuk insonlarning bizga ta’sirlari, nasihatlari borligi faktdir.

 

Ruhni ba’zan odam suratida, ba’zan bug` ko`rinishida ko`radilar.

 

Ruhga ishongan, falsafaga, malakka va shaytonga ham ishonadi.

 

Aqlning inkor va tan olmaslik uchun qochishga intilgan hollarida, unga “sen qilding”- deb, uni e’tirof etishga majbur qilgan biri bordir. U ham bo lsa, ruhdir. 

 

San’at.

San’at, rivojlanishning ruhi, maishat hayotining intizomidir.

 

San’at, xazinalar kashf etgan va kashfiyotlar ochgan sehrli bir kalitdir.

 

San’at, fikrni moddaga, xayolni jismga zayom etadi.

 

Kishini dinsizlar ustida va ostida, samolarning yuksakliklarida aylantirgan, kezdirgan san’atdir.

 

San’at bo`lmasaydi ijod etilgan butun xotiralar, ijod bo`lgan narsalar, ijodkorlar, kashfiyotchilar boshlarida ko`milib qolgan bo`lardi. 

 

Fabrikalarning, paroxodlarning, zihr(to`plarning) mo`rilaridan chiqqan tutinlar fan san’atining muthish nafaslaridir.

 

Inson hayotini muhofaza va mazmunli etgan uni ilo(ilohiy) etib yuksaltgan san’atdir.

  

San’at ilmi bo`lmaganda edi, u bu muazzam, bezakli va muhtasham dunyoning qo`rqinchli o`rmonlaridan mungli, jon oluvchi bepayon kengliklaridan iborat bo`lib qolaverardi.

 

Inson qudratini chinakamiga tasvir eta olgan yagona lavha ham san’atdir. San’atsiz, demak, o`lik demakdir.

 

Nima bilasan, degani nima bajara olasan, demakdir. Biror ishni qila olmaslik, hech bir narsa bilmaslikdir. 

 

Ko`zga ilinmas, e’tibor topmagan, rivojlanmagan ishlar, bu san’atsiz, qolipga solingan ishlardir.

 

Qilingan, amalga oshirilgan biror ishga e’tibor san’at va mahorat bilan qilingan, demakdir.

 

San’at asabiy bir hunardir. Chinakam asabiy bir san’at qarshisida hayratga tushmasdan mumkin emas.

 

Hunarsiz odam faqat o`ziga emas, oilasiga, vataniga, millatiga ham foydasizdir. Balki zararlidir.

 

Temir, oltindan ham foydalidir. Ammo temirga bu xususiyat hunar kuchi bilan berilgandir. Vaqtni bildirib turgan soat, ko`zni quvvatlashtirgan ko`zaynak, samoda uchayotgan uchoq g`ayibdan xabar keltirayotgan telegraf, temiryo`llarni kashf etish aqlning, fikrlarning hunar bilan uyg`unlashishini ko`rsatmoqda.

 

Bashariyatning, insoniyatning rivoji hunarga bog`li va undan qarzdir.

 

San’at – kasb, hunar.

Hunar, nozik, badiiy va ruhiy san’atlardan iboratdir. Bu ham adabiyot, siyosat, xitobod, rasm, muzika, teatrga o`xshash san’atdir.

 

Siyosat.

Millat, davlatga oid barcha ishlarni boshqarib, ularni idora etish Siyosatdir.

 

O`z quvvati bilan fuqaroni havfdan, yomonliklardan; adolati bilan esa, uni zarardan va zulmdan himoya qiladigan kishilar jamoati - Hukumatdir.

 

Dinini hurmat qilib, uni qo`rigan hukumat xalqning hissiyatiga hokim bo`ladi.

 

Xalqning hislariga hokim bo`lgan, o`z navbatida uni yaxshi his eta olgan hukumat mustahkam va barqaror bo`ladi. 

 

Hukumatni tashkil etgan jamoani uning ichidan biri boshqaradi, idora etadi.

 

Bu ba’zida yaxshi va ba’zan yomon bo`ladi. Yaxshi hukumatda sha’r, umumiymi yoki xususiy, undan qat’i nazar u mutlaqo tugatiladi.

  

Yaxshi idora qilishning ikkita asosi bor. Birinchidan, ma’murlar- idoraning katta-kichik xodimlari (bularni byurokaratik guruh ham deyishadi-tahjimon izohi) kishilarga qarab o`zgarmaydigan qonunlar bilan ishlaydigan egilmas, nomusli, sharafli, ko`zi to`q, durust kishilar bo`lishlari kerak. Ikkinchidan, maosh va mukofotlarda normal adolatli o`lchov; qo`pol va og`ir ishlarda vazifa; nozik ishlarda ilmlilik va bilimdonlik hokim bo`lmog`i lozim. Ikkinchi asos yanada ahamiyatlidir. Boshga tushgan bu tasodif, ya’ni bilimsizlik zanjiri hali ham davom etmoqda.

 

Hukumat, adolat bilan osoyishta bo`ladi. Adolat yo`q bo`lsa, u erda hukumat ham yo`q, demakdir.

  

Hukumat, bir tegirmondir. U chiqargan un adolat bilan o`rnatilgan osoyishdir. Un chiqarmagan tegirmon faqat qo`pol ko`rinishga ega bo`lgan bir binodir. Undan faqat havo chiqar, biror faoliyat ko`rsatmaydi.

 

1-Xizmatchi, aslining, fikr-g`oyalarining, tuyg`ularining a’yonlarga xos ekanligini saqlamog`i lozim. Buni saqlay olmagan hokimiyat xizmatchisi xalq ko`z oldida e’tiborsiz qoladi. Xizmatchi ishlarida, uning haddi-harakatlarida odillik ko`rinib turishi kerak. Shundagina u xalqning hukumatga hurmatini oshirishga ko`maklashgan bo`ladi. 

 

2-Qonunsizliklarning yuzaga chiqishi eng avval buyuk ma’murlarni uyaltirmog`i lozim.

 

Qonunlar to`la-to`kis ta’sirli bo`lishi kerak. Har bir kishi qonunlardan qo`rqishi va unga ishonchi komil bo`lishi shart. 

 

3-Xalq badavlat bo`lsa, davlat ham quvvatli bo`ladi (Xalqi boy davlat quvvatlidir). Xalqning faqir-kambag`alligi davlatning zaifligiga, davlatning zaifligi xalqning faqirligiga sababchidir.

 

Bog`bon ko`chatlarni asrab-avaylab parvarishlab, o`stirib, muhofaza etadi va natijada hosilga ega bo`ladi. Hukumat bilan millat ham aynan shunga o`xshaydi.

 

Sulton, qirol  jomadadir (o`lik qo`yiladigan toshda, demoqchi – tarjimon izohi). Bu ayni balodir, Inson tabiatiga mos emasdir.

 

Kishilarning fikrlariga hujum etish, ularni taqiqlash, bu dispotizm, qo`pollik va turg`unlik, demakdir. Ya’ni bugungi singari hurriyatsizlik, demakdir.

 

Farovon, hayoti porloq bir millat (xalq), xuddi shunday bir hukumatni yuzaga keltiradi. Bu ilm va boylikdan keladi.

 

Hukumatning zehnsiz, zakovatsiz ma’muri uning sharafini tushiradi. Xalq boshida mustabid, zolim qirol bo`lsa, u kesilur. Xalqni hukumatdan sovutishning eng qulay yo`llaridir, bular.

 

Hukumat, xalqning faqat faoliyatlarini emas, fikr-g`oyalarini ham to`g`rilkka, yaxshilikka  boshqarishi, tartibga solishi lozim. Uning ham yagona yo`li, din birligi, his birligi, tarbiya va ta’lim birligini ta’minlashdan iboratdir.

 

Davlatlar do`stligi, do`stining po`stini shilmoq, o`zi yiqilishi ehtimol bo`lgan chuqurni do`stining vujudi bilan to`ldirmoq asosida quriladi. Ya’ni bu do`stlik faqat manfaat do`stligidir.

  

Davlatlarning eng ko`pchiligini o`ylaydiragan asosiy ishlar, ularga  do`st va ittifoq davlatlarning yashirin siyosatlari haqida bo`ladi.

 

Biror millatni zaiflashtirmoq va uni tarqatib yubormoq uchun ularni bir-biriga muxolif  guruhlarga bo`lib, ular orasiga nifoq solish yo`li bilan ularni bir-biriga dushmanga aylantirishadilar.

 

Millatdagi eng mudhish qarama-qarshiliklar, bu fikr, g`oya qarama-qarshiligi, fikr-g`oya dushmanligidir.

 

O`zingga qarshi hodisalar chiqarib, dushmanning umumiy fikrlarini chalg`itish, g`aflatda qoldirish g`alaba va zafar yo`lidir.

  

4-Quvvatli bo`lmoq uchun diniy va axloqiy birlik qanchalik zarur bo`lsa, teskarisi, ya’ni diniy, axloqiy farqlilik shunchalik qo`rqinchli bo`lib, nochorlikka duchor qiladi. Oqibatda huzur yo`qoladi. “Bo`l, parchala va hokim bo`l”-deydilar. Shuning uchun ayrgan, parchalagan dushman, birlashtirgan esa, do`stdir.

 

Zararli biror jamiyatning, senga qo`shilgan birgina parchasi ham zaralidir. Diqqatli bo`l!

  

Yoshlarni ishga, harakatga, qariyalarni maslahatga chaqiring.

 

Bir qator do`stlar borki, ular o`z qiliqlari bilan dushmanga xizmat qiladi. Ular sening yoningda bo`ladilar, ammo senga zarari tegadi.

 

Har bir uyda 5-6 bola bo`lib, har bir maktab bir qishloqqa aylanmasa, millat yashamaydi, yashay olmaydi.

 

Orangizda qarama – qarshiliklarga sabab bo`ladigan harakatlardan, fitna va fasotlardan qoching.

 

Orangizda bo`lib, fikrlari farq qiladigan ba’zi kishilarni, o`zingizdan qochirmang. Chunki ular ham ko`payib, bo`linishga kelishi va fasot tug`ilishi mumkin.

 

Tajribali kishilardan foydalaning. Har bir boshda qimmatli fikr bo`lishi mumkin.

 

Din har bir xalq uchun juda yuksak bir ma’naviyatdir, qaynatuvchi, pishiruvchi bir unsurdir.

  

Dinsizlik millatni chiritadi, tugatadi. Dinga qarshi bo`lganlar, balki bilmasliklaridan dushmanlarimizga do`st va ularning amallariga vosita bo`lib qolmoqdalar.

 

Boshda dinsizlikka duch kelganlar, dinni, din birligini ko`rganda ko`p eziladilar.

 

Dunyoda bir millat bor, ularning yozgan kitoblaridan, yozuvlaridan (maqolalaridan) saqlaning. Chunki u millat o`zidan bo`lmagan, uning dinida qolmagan har qanday millatning birlik va birdamligini buzishga harakat qiladi. Bu yahudiylardir.

 

Din vijdonlarga, qonun hol va harakatlarga hokimdir.

 

Dinga, millatga, vatanga qarshi qilingan tajovuzga qarshi mudofaa jihoddir. Jihodni tark etgan millat asir va zalil(tobe) bo`lib, tarix sahnasidan o`chiriladi.

 

Millatni yuksaltirmoq uchun yoshlarning ziyoli bo`lishini ta’minlash, kambag`allikni kamaytirish, hunarni avj oldirish, tijoratni himoya qilish kerak.

 

Bir millat uch narsa bilan yashaydi, ya’ni din, hikmat, qurol bilan yashaydi. Hikmat, ilm quvvati, demakdir.

  

Jazo ibrat uchun emas, ta’sir etish uchun amalga oshirilishi kerak.

 

Dunyo tajriba uyidir. Har bir narsani tajriba qilishga emas, sinalgan, sengacha tajriba qilinganlardan foydalanishga harakat qil.

 

5- Millatlar va davlatlar siyosiy do`stlik yoki manfaat yo boshqa xil buzg`unchilik yo`li bilan bir-birlarini alday olmaydilar.

 

Bugun kechaning aynan o`zidir. Yangi biror narsa yo`qdir. O`zgarganlar esa, ranglar va shakllardir. Tarixga boq.

 

O`tmish, ibrat va misollarga to`la eng qimmatli bir kitobdir.

 

Markazni markaz etgan muhitning, atrofning tartibi va nizomidir. Markazni buzgan esa, muhitdagi egriliklardir.

 

6- Siyosat umumiy hayotdir.

Tijorat vositalarining hal etganlaridan biri, o`lganlarning qarovsiz qolgan oilalari manfaatlarini imkoniga yarasha tartibga solishdir.

 

Shaxsiy dahlsizlik, ishonchlilik, hujum etganni, bosqinchilik qilganni tutib olish emas, balki kishilarni tajovuzkorlardan, bosqinchilardan himoya etmoqdir.

 

She’r.

She’r faqat vaznli so`z emas. Ruhiy jozibador nasriy asarlar ham she’rdir.

 

She’rning eng go`zali, ma’nosi va so`zlanish tarzi hayrat va taqdirga sazovor bo`lganidir.  Eng sevimli she’r ruhdan qo`porilgan she’rlardir.

 

Shunday she’rlar borki, uni eshitgan shoir ham hayratga tushadi.

 

Tushunmasdan so`zlagan, so`zlamasdan anglagan shoirlar ham bor.

 

She’r, shoirning tergan guli, sochgan hikmatidir.

  

She’r, ruhning tabiatida saqlangan fazilatlarning  shoirdagi qudratga ko`ra yuzaga kelishidir.

 

Behuda so`z aqlga, she’r ruhga so`zlanadi.

 

She’r bir xonda, kinoya yoki faryoddir.

 

She’r bir ko`z yoshi, bir ko`z yoshida she’rdir.

 

Go`zalikning o`zi she’rdir.

 

Bir dilbar qarash, bir dilbar tabassum aqlni qanday olsa, bir dilbar she’r ham ruhni shunday qoplaydi.

 

“She’r hikmatdir”, “She’r sehrdir”, deyiladi.

 

She’r ma’no bo`lsa, unga latofat va go`zallik bergan so`zlardir. Adabiyot kalimalarga (so`zlarga) brilliant qiymati beradi.

 

Sulh.

Sulh urushning so`nggi, xulosasi, ojizning bo`yin egishidir.

 

Sulh, nozik, yupqa shishaga o`xshaydi. Arzimagan bahona bilan u sinib qolishi mumkin.

 

Sulh, insofni yoki adolatni bildirmaydi, u ojizlikni, buzg`unchilikni va qudratni bildiradi.

  

So`z.

So`z fikrning va tuyg`ularning bir boshdan boshqa bir boshga o`tishi uchun vositadir.

  

Falsafadan, ilmdan va tajribadan tug`ilgan ma’lumotlarni ifoda etgan qisqa va hikmatli so`zlar hayotimiz dasturlaridir.

  

Millatlar, dunyoning turli taraflariga yoyilib yashayotganlari holda, bizning bir ko`chaga qamalib qolishimizning sababi nima? Har holda eng birinchi sabab til bilmaslikdir. Payg`ambarimiz(SAV), “ bir til bilgan bir kishi, ikki til bilgan ikki kishi kabi bo`ladi”-deganlar. Biroq til masalasini madaniyat imperializmi shakliga keltirmaslik lozim.

 

Tabiat.

Tabiat, fe’l-xo`y, u insonda tug`ilishdan va undan so`ng yashash davomida odatlangan xususiyatlar bilan moddiy zaruratga ko`milgan mushkul va mudhish bir quvvatdir.

 

Tabiat, modda ichida mag`lub, modda kabi hissiz va irodasizdir.

 

Tabiat, xossalari ma’lum bo`lgan moddadan avval bo`la olmaydi. Ya’ni borliqning avvali bo`lmaydi.

 

Tabiatga moddasiz vujud bergan, uni ashyoning yaratuvchisi, deb hisoblagan, o`z johilligini butun dunyoga e’lon etgan bo`ladi.

 

Tabiatni anglaganlar, uning ko`r bir quvvat ekanligini e’tirof etadilar.

 

Tabiatni, gavhar va mohiyat so`zlariga tenglashtirganlar falsafadan uzoq bo`lganlardir.

  

Taloq( Er-xotining ajralishi).

Taloq, oilalarning kambag`alliklari sababidir.

 

Taloq, din nuqtai nazaridan sevilmagan, yoqimsiz bir hodisa, insoniy munosabatdir. Ammo bu jarayonni taqiqlab ham bo`lmaydi.

 

Taloqni haqiqatga aylantiradigan sabablar juda ko`p emas.

 

O`z boshimcha taloq qilish eng avval Vatanga xiyonatdir.

 

Taloqni tamoman man etmoq, irodani bog`lash, ba’zida vijdonga qahr etish bo`ladi.

 

Uylanish sog`lom asoslar va sharoitlarga suyanib amalga oshishi lozim.

 

Taloqni man etmoq yoki bu ishni mahkamalarda sudrab yurish, birga yashashni istamaganlarni zo`rlab birlashtirishga harakatdir.

 

Erkakning chiqisha olmasligidan ajralishni xohlagan er-xotinni birga yashashga hech bir kuch-quvvat muvaffaq bo`la olmaydi.

 

Tarix.

Tarix, bilmoq, hodisalarning ruhini anglamoqdir. Aks holda hodisalar masallardan iborat bo`lib qoladi.

 

Tarix, o`tmishning xato va savoblarini bilib, kelajakka yon berish san’atidir.

 

Bugungi jamiyatimizdagi ko`pgina qiyinchiliklarning echimlari, “dorilar” turk tarixida mavjuddir. Yaxshi tadqiq etib, harakatlarimizni vaqtidan oldin bajarsak u “dorilar”ni so`zsiz topamiz.

  

Tarix millatlarning xotiralaridir. Esini, xotirasini yo`qotgan odam qanday telbalarcha muvozanatsiz harakat qilsa, tarixini yo`qotgan millat ham, xalq ham shunga o`xshashdir.

 

Tasavvuf.

Tasavvuf, falsafa va aqlning ustida bo`lgan ilohiy masalalardan Islom usuli bilan bahs etadigan hikmatdir.

 

Tasavvuf, toza ruh va ilhom yo`li bilan yuradigan ilohiy bir falsafadir.

 

Tasavvuf, tariqat kishilarida ko`riladigani singari fikr va zikr yo`lida ruhning ulug`ligidan dars olmoqdir.

 

Tasavvuf, insonni vali, falsafa esa, uni hokim etar.

 

Tarbiya.

Kishi hayoti, bolalik va yoshlik davrida olgan ta’lim-tarbiya bilan uning anglashi va qarashlariga bog`lidir. 

 

Asl tarbiya, bolaning maqbul va yaxshi hislar, ko`rinish ichida o`sishi, fikri, zehni va u tuyg`ular bilan to`ldirilgan bir usulda  mutaxassis bo`lib etishishidir. 

 

Bolalarning ta’lim-tarbiyasini etuksizlarga berib qo`yish, bugdoyga bit qo`shimoqdir (bugdoyni mitaga berishdir, deyilmoqda-tarjimon izohi).

  

Tarbiyaning badanga va fikrga tegishli qismlarini ko`pchilik tushunishadi. Ammo asl ishga yaraydigan tarbiya qanday bo`lishini va uni qanday bilish mumkinligini izoh eta oladigan biror kimsani topa olmadim(uchratmadim).

 

Tarbiyali johil sevilsada, tarbiyasiz olim sevilmaydi (Tarbiyali johil hurmatga sazovor bo`lishi mumkin, ammo tarbiyasiz olim hurmat qilinmaydi).

 

Go`daklarga eng avval beriladigan tarbiya hislardir. Buning uchun go`daklar mazmunli fikrlashi kerak bo`ladi.

 

Ruhlari oynadek tiniq, chiroyli rasmlar(fotorasmlar) kabi ta’sirli bolalarning ilk maktabi uylari bo`lib, boshlang`ich murabbiylar esa, onalardir. Buning uchun onalar yaxshi tarbiya ko`rgan, yuksak madaniyatli bo`lishlari zarur.

 

Ko`p hollarda kiyinish, hisni, his esa kiyinishni tasvirlaydi. Ataylab kiyinilsa-da, hol va harakat hislarini bildirib qo`yadi. Kishining ko`rinishi ham yaxshi yoki yomon fikrni, hisdagi tarbiyani ko`rsatadi.

 

Millatni rivojlantirish va o`stirishning eng to`g`ri va qisqa yo`li hisni tarbiyalashdir.

 

Qiz va erkak bolalar o`qiydigan she’r va kitoblar fikrga sog`lomlik, ruhga matonat va azmi quvvat beradigan mavzularga bog`ishlangan bo`lishi kerak.

Ana shunda qalblari quvvatli, fikrlari mustahkam insonlar etishadi.

 

Qizlarimizni biror gul kabi tarbiyalab, ularni noziklik, nazokat, ojizlik va miskinlikda qoldirmaylik. Bilamizki, ona arslon ham arslondir. Har bir kimsa onadan tug`ilmishdir.

 

Boy, mulki; faqir, go`zalligi yoki tarbiyasi bilan hurmatlidir(sevimlidir).

 

Tarbiya o`zi alohida bir go`zallikdir. Oliy tuyg`ular taqdir, fikrning haqiqiy tarbiya bilan ziyoli bo`lishiga bog`likdir.

 

Bolaligi, bolalari diniy tarbiya olmagan millat, sarson-sargardon va suyanchsiz, asossizdir. Bu millat dag`al va johil odamlardir. Bu millat do`stlaridan, og`aynilaridan jirkanar holda bo`ladi.

 

Tarbiyali bola, har qanday jismoniy (ko`rinishda) go`zal boladan gozaldir (Bolalarning eng go`zali, jismonan go`zali emas, tarbiyalisidir).

 

Tarbiya, ruhning va ma’naviyatning go`zalligidir. Hammani hurmat qil va sev. Qiyin bo`lsa ham o`zingni ham hurmat qilishlari va sevishlari uchun harakat qil.

 

Tarbiyasiz qolganlardan nafratlanma, ularga achin.

 

Tarbiyali oilalardan chiqmagan, faqat ilmiy yoki sun’iy tarbiyalangan murabbiy yoki murabbiyalar bolalarning yo`llariga fonus tutgan ko`rlardir.

  

Tarbiyali oilalarning hatto kichkina bolalari ham vazmin va jiddiyatli ko`rinadilar. Ularda orsizlik va intizomsizlik bo`lmaydi.

 

Boladagi orsizlik, tantiqlik, oiladagi intizomsizlikning asaridir. Bolada ayb izlama, ayb uning oilasidadir.

 

Maktablarda hammadan ko`proq buyuk zotlarning hayotlaridan, fikriy-g`oyaviy, ijtimoiy axloq va diniy darslar o`qitilmog`i kerak. 

 

Faqat o`z tug`ilgan erida, vatanida yashagan kishilar bir ko`lda yashagan qurbaqalarga o`xshaydi.

 

Dunyoning har tarafida yashashga o`rganish, ulardan ularning tarbiya va ma’lumotlaridagi ijobiy taraflarni olishga intilmoq kerak. Xuddi shunday insoniyat ohanggiga aralashib, o`z ishonchimiz va madaniyatimizni butun dunyoga tarqatishimiz lozim.

  

Nazokat va tarbiya go`zallikdir. Tarbiya, go`zalning go`zalligini yanada oshiradi.

  

Tarbiyasizlik va nazokatsizlik ifloslik bo`lib, go`zalning chiroyini sovuq bir vaziyatga keltiradi.

 

Ta’lim boshqa, tarbiya boshqadir. Hamma o`qituvchi ham tarbiyachi bo`lavermaydi.

 

Ko`pgina o`qituvchilar, tarbiyani buzadi, shu bilan jamiyatga katta zarar keltiradi.

 

Aqlli tarbiya g`oyaviy va hissiy tarbiyadir.

 

Tarbiyasiz olim, qo`pol kitob shkafidir.

 

Bilmaganingni, ko`rmaganingni, anglamaganingni inkor etma. Ularni yaxshilab tadqiq et. 

 

Har qanday gapni, fikrni, ularni rad etish uchun emas, balki uni yaxshilab tushinish uchun tingla. 

 

Faqat seni izlaganlarni emas, seni izlamaganlarni ham izla. “Meni izlamaganni, men hech izlamayman”-deyish boshqa gap.

 

Senga itoatda bo`lganlarni emas, sendan alohida bo`lib, senga itoatda bo`lmaganlarni eshit, tingla.

 

Hurmat talab bo`lsang, avval o`zing boshqalarni hurmat qil. Sevilishni istasang, avval o`zing sevishni o`rgan.

 

Volida, oila hukumatining ikkinchi raisidir. Uyda u tarbiyali bo`lganligi sababli qizlar olifta bo`lmasdan, odobli va keng fikrli, madaniyatli bo`lib etishtirilishi kerak.

 

Haqiqiy do`stlarni, ya’ni avval seni tanqid qiluvchilarni tingla. Shaq-shaqi, oldi-qochdi tanqidchilar ham bor, buni unutma. 

 

Bilimdon ko`rinib, bir narsa so`zlash, yahshi emas. Bilmaydigan ko`rinib, tinglash, navbatida so`zlashga kirishish eng yaxshisidir.

  

Mehr – muhabbatli bo`lib, bir qarorga kela olmaslik, nifoq aralash o`zlashtirishlardan ming marta yashidir. Chunki nifoq vaqt o`tishi bilan kattaradi va qorason holiga keladi. Ya’ni tuzalmas holiga keladi. So`nggi zarar katta va og`irdir. 

 

Tarbiyali bola uchun ona va otaning unga ozor berishi boshqalarning iltifoti, chiroyli muomalalaridan shirindir. 

 

Juda ham zarur bo`lishiga qaramasdan maktablarda hisiy tarbiya va fazilat darslari o`tilmaydi.

 

Tozalik ifloslikdan, nizom intizomsizlikdan, qiynalgan g`amgin erlarda topiladi.

 

O`tmishning diniy, ilmiy, siyosiy kishilarini qadrlamasak, bugunning kishilarini, muhtojlarni qanday ta’minlay olamiz. Qadrsizlik, qimmatsizlikdir. 

 

Bugunning maqomi, mavqe egalari buni bilarmikinlar? Ularning qo`l ostida qadrsizlarning  qadr-qimmati, o`tmishning idorachilariga, hukmdorlariga beradigan mukofoti-yodigorligi bo`ladi.

 

Barcha millatlar, o`z o`tmishining buyuk odamlari bilan faxrlanadilar, ularni yodlab iftixor etadilar. 

 

Zamonning odami emas, haqiqatning odami bo`l. Chunki zamon odami, zamon o`zgargan hamon o`zgaradi. Haqiqat odami o`zgarmaydi, u doim bir xil qoladi.

  

Zamon odami ismsizdir.

 

To`g`rining egrisi, egrining to`g`risi egridir.

 

Taraqiyot.

Biror millatning(xalqning) taraqiyoti, uning rivojlanishi, kishilarning fikriy (g`oyaviy) va hisiy tarbiyasining mahsulidir. Tarbiya yuksalmaguncha bunday zarur ma’lumotlar vujudga kelmaydi.

 

Taraqiyot, millat kishilarining g`oya va maqsadda birliklarini aniqlab olishlariga bog`liqdir.

  

O`qishni, yozishni bilish taraqiyotning bosh raqamidir. Ikkinchisi esa, tarbiyadir. Butun xalq(millat) bu ikkinchi raqamda ko`rinmaguncha taraqiyot maydonga chiqmaydi.

 

Taraqiyotsizlikdan shikoyatchilarning yuzdan to`qsoni taraqiyotning haqiqatga aylanishini istamaganlardir. Ammo ular buning farqiga ham bormaydilar.

  

Ijtimoiy tarbiyasizliklar, ruhlarni bir-biridan sovutadi. Sotsial aloqalarning o`rnatilishiga to`siq bo`ladi. Taraqiyot uchun esa, bunday aloqalar juda muhim. 

 

Taraqiyot yo`llari avval aqlda, fikrda, so`ngra diniy qarashlarda ko`rinib, undan so`ngra qo`lga keladi. Tushunilgan so`zlarni so`zlay bilgan bajara oladi. Har bir so`zlangan so`z, so`zlangan, degani emas. Ularning ko`pi quruq, o`tkinchidir.

 

Taraqiyot nurdir. U bor erda hamma narsa porloqdir.

 

Biror narsaning  yanada yorqini, yanada tozasi, yaxshisi, go`zali, muntazami, uning eng taraqiy etganidir.

 

Go`zal haddi-harakatlar, go`zal, chiroyli ifodalar tarbiyaning, hol va harakatlarda intizom-fikrning taraqiyotini ko`rsatadi. 

 

Bir uydagilarning, bir kvartiradagilarning(ko`p qavatli uylarda) taraqiyoti, rivojlanishi, uy a’zolarining tuyg`u, tushunchalarining, tarbiya va intizomining natijasidir.

 

G`oyalari va jamoatining hayotlari taraqiy etgan millatlarning mamlakatlari jannat, mozorlari bog`cha, ibodatxonalari bir chiroyli saray singari bezantirilgan, salobatli va muhtashamdir.

 

Fikran taraqiy etmagan millatlarning mamlakatlari xarob, mozorlari tuproq bosgan, ibodatxonalari xunuk ko`rimsizdir.

 

Biz shunday bir yo`lda yuribmizki, undan bir odim chetga chiqsak o`zimizni taraqiy etgan ko`chanig o`rtasida ko`ramiz. Ammo tushunchalarimiz taraqiyot darajasida bo`lmagani uchun u odimni tashlay olmaymiz.

 

Biror devordan bir tosh tushsa u uning qo`polib, xarob bo`layotganidan yoki unga-u devorga biror tosh qo`yilsa yo uning u er-bu eri shuvolsa bu uning rivojlanishidan, taraqiyotidan xabarchidir.

 

Yiqituvchi emas, quruvchi bo`l!

 

Kichik yoki buyuk ijobiy ishlar, yangiliklar taraqiyotdan, yiqitib, sindirib to`kishlar, eskilikka tarafdorliklar taraqiyotsizlikdan xabarchidir.

 

Taraqiyotni ko`rmoqchi bo`lsang atrofingga qara, qani ular, yiqitayotirlarmi, qurayotirlarmi?

 

Taraqiyot tajribalardan foydalanishga muhtojdir. Har bir etishgan yosh, o`z bilgani va ko`rganiga inonib, unga suyanib qolsa, millat o`smaydi, u bolaligicha qolaveradi.

 

Tijorat.

Ko`p sotishni istaganing qadar, ko`p xaridor tutmoqqa harakat qil. Buning uchun zarur bo`lsa zararga ham yur.

 

Tujjor(tijorat qiluvchi- bisnesmen) - san’atkor, sabr - qanoat egasi, hamisha kulib, tabassum qilib turuvchi, kamtar(tavozeli), zerikmas, tanbalmas va bir so`zli bo`lishi shart.

 

Tijorat, qimmat sotish  bilan foyda olish emas, molni oz foyda bilan uzoq davomli sotishdir. 

 

Ihtikorlik(g`irromlik), urib qolish, nomucli tujjor qilmaydigan qiliqdir.

 

Tujjor sotgan va yasagan molini “men sotdim va qildim”, deyishdan, xuddi shunday san’atkor ham o`z faoliyatini aytishdan uyalmaslari kerak. 

 

Xiylakor san’atchi va xiylakor tujjor soxtakor, mutahamgina emas, balki Vatan xoinidir.

 

Do`konini har kungi ochish soatidan bir soat ertaroq ochib, bir soat kechroq yopsa, uning oylari o`tiz besh kun, yillari to`rt yuz yigirma to`rt kun bo`ladi.  

“Kunda bir aqcha orttir”, deganlar. Har holda topganingdan bir qismini saqlab qolishing kerak. 

 

Xarajatlarni qisqartirish, foyda va iqtisod emas.

 

Tijoratning ruhi, xaridor bilan yaxshi va to`g`ri bir shaklda tarbiyali va nazokatli muomala etmoqdir.

 

Do`kon oynalarining, shkaflarning, har xil qutilarning tashqarisi kir, ularning ichlarida keraksiz narsalarning bo`lishi do`kon egasining tuyg`usizligi va qo`polligidan darakdir. 

 

“Tijorat xiylasiz bo`lmas”, deydilar. Bu to`g`ri. Lekin xiyla xaridorni aldash uchun emas, uni o`ziga jalb qilish, ya’ni xaridorni ko`paytirish uchun xiyla lozim. Bunga hunar, deyiladi.

 

Vazifa.

Qaerda bir fazilat nurining epkinini(shabadasini) ko`rsak, o`sha erda vazifaning ruhini mushohada etamiz.

 

Vazifa, e’tibor va qimmatga sazovor bo`lgan erlarda taraqiyotni ko`rish va kuzatish mumkin.

 

Har bir joyda vazifa bor; vazifani anglagan joyda haq bordir.

 

Vazifani ta’riflash uchun bir so`z bor bo`lib, u ham bo`lsa fazilatdir.

 

Vijdon.

Vijdon doimo haqiqatni aks etirgan bir oynadir.

 

Vijdon, quyosh singari yorqin, bir malakning ko`rinishi kabi top-toza bo`lishi lozim. 

 

Umumiy vijdonlarning jim turishi va aloqasiz bo`lishi isyonning boshqa bir shaklidir.

 

Umumiy vijdon bir buyuk dengizga o`xshaydi, u suvi ustidagi cho`plarni(yolg`onlarni) qirg`oqqa chiqarib tashlaydi.

 

Umumiy vijdon, adashmaydigan, shoshmaydigan bir hokimdir.

 

Umumiy vijdon, butun xalqning tuyg`u va muhokamasi, demakdir.U ma’lumotlarni va idrokni aniq va haqiqiy bir ilhomdan oladi.

  

Umumiy vijdon, shaxsiy vijdonlar ohanglarining bir va birligidir.

Vijdon ruhning his va idrokidir.

 

Vijdon, fazilatning fazilat qonunidir. U davomli uning qalbida turadi.

  

Muftilar ko`pdir. Ular o`z tushunishlariga ko`ra xilma xil fatvolar beradilar.

 

Vijdon esa, shunday bir muftiki, u haqiqatga mos fatvo chiqaradi. Vijdon hech aldanmaydi, aldatilmaydi. 

 

Yolg`onning, inkor qilishning, so`zi teskari ma’nolarga boradiganlarning yuziga, suratiga doim tupurib turuvchi bir narsa bor. BU VIJDONdir! 

 

Vali.

Vali, ilm va hikmat sohibi, demakdir. Uning ilmi va hikmati falsafadan ustun turadi.

 

Valoyat.

Valoyat, Allohning sevgilisi va do`sti bo`lish darajasiga ko`tarilish bo`lib, falsafadan ustun, payg`ambarlikdan past bo`lgan buyuk ilohiy sharofat, darajadir.

 

Yakun.

Yakun, shubhasiz bilmak, demakdir bo`lib, unda hech bir ehtimollarga o`rin qolmasligi kerak.  Ehtimollar hali o`rtada bo`lsa, yakun topilmagan bo`ladi, u chiqarilmaydi. Yakunsiz da’vo va hukm jaholatdir.

 

Iqtidor(hokimiyat).

Hokimiyat, jamiyat tashkilotlaridagi bir bo`shlikni istisnosiz  to`ldiradi.

 

Hokimiyat, istisnosiz shaxsiydir. Hokimiyat joylardagi muassasalar yordamida yuritiladi va so`zsiz ularga tayanib ish yurgizadi.

 

Hokimiyat biror g`oya va falsafa sistemasiga suyanadi. Hokimiyat ma’lum bir mas’uliyatni o`z ustiga oladi va u mas’uliyat doirasida harakat etadi.

 

Bilmog`ing lozimki, o`zing yomon bo`lsang xalqingni isloh qila olmaysan; darg`azab bo`lsang uni shodon etolmaysan. Buzuq bo`lsang ularga to`g`ri yo`l ko`rsata olmaysan. Ko`r, qanday yo`l ko`rsata oladi?

 

Qo`l ostingda mas’uliyatli bo`lgan kishilarni isloh etmoqchi bo`lsang, avval o`zingdan boshla.

  

Valining (hokimning) xalq bilan munosabatlari ruh va jasad orasidagi aloqaga o`xshaydi. Ruhsiz jasadda hayot yo`q. Jamiyat hayotining ruhi - bu xalqdir.

 

Ehtiroslardan saqlan. Seni va sening vositang ila boshqalarni isloh etadigan zuhddir.

 

Bilishing kerakki, zuhd, qat’iy ma’lumot(yakun) bilan, qat’iy ma’lumot sabr bilan, sabr esa, o`y-fikr, tushuncha bilan qo`lga kiritiladi.

 

Soddalik, kamtarligingdan nafsing kuchli chiqadi. U doim yana-yana ortiqchasini istayveradi.

 

Kichik bo`lsa-da xato-kamchiliklarga yo`l qo`yma. Zero, har bir ishning o`z xususiyati bordir. Nafsingni oz va oddiy xatolarga odatlantirsang, u oz bilan qanoatlamay, juda kattani ham talab etaveradi.

 

Adolat Allohu taoloning erdagi tarozisidir. Uning yordamida, u hisobda zaif, quvvatlidan, haqli haqsizdan haqini oladi. Alloh qullari uchun qo`yilgan tarozini kim buzsa, u jaholatning buyuk bir misolini ko`rsatgan va Allohga qarshi katta kustohlikka yo`l qo`ygan bo`ladi.

  

Olim johilni darhol taniydi. Chunki uning o`zi ham bir zamonlar johil edi.

Ammo johil olimni tanimaydi. Chunki u hech bir vaqt olim bo`lmagan.

 

Hikmat tadbirning boshi, nafsning quroli va aqlning oynasidir. Hikmat yordamida ko`ngulga xush bo`lmaganlarning ustidan o`tib, unga xush kelganlari bilan kuch va sharaf qozonmoq mumkin.

  

Shodlikni yo`qotishga sabab zulm va qattiq qo`llikdir.

 

Jim turmoq, mantiqsiz so`zlashdan yaxshiroqdir.

 

Oltin o`tda eritilib soflangani singari inson ham o`z maslagi ichida pishib etishadi.

 

Ilm aqlning yo`l ko`rsatuvchisi, aql esa, yaxshilikning kapitanidir (qumondonidir).

 

Insonni hayvondan yuqori qo`ygan, uning fikrlash va so`zlashish qobiliyatidir. Kishi anglamasa va so`zlamasa, u hayvonlashadi, albatta.

  

Odobing bo`lmasa, bezanishni tanla.

 

Ma’lumotlardan foydalana olmagan jaholatning zararlaridan o`zini qutqara olmaydi.

 

Yolg`onchi, aldashlarining , so`zida turmasliliklarining zararini oqibatda o`zi tortajagini bilmagan kishidir. Bilishing lozimki, agar bir safar yolg`onchi bo`lib tanilsang, undan so`ng to`g`ri so`zlasangda inonmaslar, odil bo`lsangda hokimligingni qabul etmaslar. Toza bo`lsangda, seni toza demaslar. Natijada, yolg`onchi o`z yolg`oni bilan etishmoqchi bo`lgan niyatidan, maqsadidan uzoqlashadi, xolos. U xuddi sharqni g`arbda izlagan bechora kishiga o`xshaydi. 

 

Boshqoruvchi o`z ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishi uchun eng avval u olimning johildan ustunligiga inonishi kerak. Olim, ilm va fazilatni qadrlab, uning qimmatini ulug`lasa, johil esa, faqat o`z qarashalrini qo`llaganlarni qadrlaydi. U faqat shaxsiy manfaatlarni taqdirlaydi.

 

Molini, mulkini diniga xodim, xizmatchi etgan hukmdor, haqiqiy rahbar bo`lishga loyiqdir. Dinini mulkiga xizmat qildirgan, ya’ni dinini shaxsiy manfaatlari quroliga aylantirgan hukmdorning, u mulki o`ziga falokat keltiradi.

 

Hukmdor, go`zal axloqli va dinga bog`langan, yaxshilik va fazilatni tashviq etuvchi bo`lishi zarur. 

 

O`z ehtiyojiga lozim bo`lganni, unga muhtoj bo`lmaganga berish, o`z nafsiga dushmanlikdir.

  

O`zingni o`zing isloh etsang, kishilar senga tobe bo`ladilar.

 

Bu dunyo narsalariga hirs qo`yma! Chunki umr juda qisqadir.

 

Durust, nomusli kishilarning o`zlarini xavfsiz his etishlari, yomon va yaramaslarning ham sening g`azabingga uchrashlarini bilishlari hokimiyat boshqaruvining yaxshi ko`rsatkichidir.

 

Yolg`on shunday bir kasallikki, unga tutilsang qutulishing amri maholdir.

 

Xalq, o`zini bilib va tutib olsagina, unga zulm qilganni(yoki qilganlarni) pushaymon bo`lishga majbur etadi.

 

Xalq bilan tortishmaga kirgan hukmdor, mutlaq sharafini yo`qotadi.

 

Ta’magirlik, kishini zillat (pastkashlik)ga keltiradi.

 

Jaholat eng yomon va zararli og`aynidir.

  

Davlatning tirikligi(mavjudligi) va tartibi ikki narsa bilan saqlanadi. Bular moddiy farovonlik va ta’lim-tarbiya(maorif)dir.

 

Senga qaramaganga ahamiyat bersang o`zingni erga urgan bo`lasan. Seni yoqtirib, hurmat ko`rsatganga iltifotli bo`lmasang tushunmovchilikka yo`l qo`ygan bo`lasan.

 

Birorta ham xayrli ish qilmagan kishi hech bo`lmasa yomonlikni tashlasin.

 

Kishilar faqat ojiz va tushkin vaqtlardagina emas, aksincha ular kuchli va hamma narsasi etarli bo`lganda ham qiynalishlarini bilsinlar.

 

Ta’magirlik, doimiy faqirlik, demakdir.

 

Yolg`on (soxta) ko`rinish(xo`ja ko`rsinga qilish) johilning etagidir (kiyimidir).

 

Xotiniga mubtalo bo`lish ahmoqning ishidir.

 

Cabr irodani kuchlantiradi, unga qo`shimcha sabr sevinchning mevasi va qiyinchiliklarning tugashidir.

 

So`rashni bilgan, o`rganadi.

 

Yaxshi, mazmunli savol berish, yaxshi javob olishning kalitidir.

 

Yomonlikka yomonlik bilan javob berish qasosdir. Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish fazilatdir. 

 

O`z qarashlarini isbotlay olmaganlar ishi faqat demagogiya (safsatabozlik)dir.  

Tarjimaning ilk varianti 1998 yil, 25 iyul, shanba kuni soat 18-da Istanbul shahrida bitirildi. Komputerga ko`chirish esa, 2003 yil, 23 may soat 23-da Bergen(Norvegiya) shahrida amalga oshirildi.

Tarjimon: Aliboy Yo`lyaxshi  

 

 

Bosh sahifaga qaytish | Áîøèãà ¢òèø

 

 

Hosted by uCoz