Russiyada nashr qilinadigan Izvestiya gazetasi УIslomchasiga boshqoriladigan demokratiya. Muhammad Mahathiraning darslariФ(muallif: Evgeniy Vasilev) nomli maqola eТlon qildi.

Biz quyida shu maqolaning o`zbekchaga og`darilgan ko`rinishini chop etamiz.

 

Malaziya sobiq bosh vaziri islom demokratiyasidan dars beradi. Evgeniy Vasilev.

 

Malaziyaning аsobiq bosh vaziri Mahathir Muhammadа bosh vazirlik lavozimida uzoq yillar ishlagan va o`zа boshqaruv davrida etarli аmuvaffaqiyatlarga erishgan , аУuchinchi dunyoФ аatalmish mamlakatlarning siyosiy arboblardan biridir. U mamlakatni 22(1981 yildan 2003 yilgacha) yil boshqardi va Malaziyani yuksak texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaradigan jahonning ilg`or mamlakatlari qatoriga ko`tarishga muvofaq bo`ldi. Islom va liberalizmning nisbatan bir-biriga moslashishini M.Muhommad boshqaruv davrining yutuqlaridan biri, desa bo`ladi. Shu sababdan ham endi u o`zini islom dunyosini qanday isloh qilish haqida maslahatlar berishga haqli, deb hisoblashi mumkin. Darhaqiqat, sobiq bosh vazirа yaqinda Jiddada(Saudiy Arabistoni) tashkil etilgan konferensiyada chiqish qilib, Islom dunyosini modernizatsiya qilish yo`llari haqida o`z ko`rishlarini bayon qildi.

 

Islom din sifatida mamlakatni modernizatsiyalash uchun tusiq emas, dedi M. Muhammad.а У Agar Islom аzamonaviy rivojlanish yo`lida tusiq bo`layotgan bo`lsa, demak, biz uniа noto`g`ri tushunmoqdamiz, biz uni boshqacha izohlamoqdamizФ, deb ogohlantirdi u.

 

Muhammad to isteТfoga chiqgunga qadarа aholisining asosiy qismi musulmonlar bo`lgan bir mamlakatda modernizatsiya islom anТanalari bilan moslahiahini namoyish qildi.а O`tgan va undan oldingi asrlarda uning mamlakatida ahvol butunlay boshqa bo`lganligi ham taТkidlab o`tdi. Malaziyaga britaniya mustamlakachi maТmuriyati tarafidan kiritilgan o`zgarishlarga mamlakatning musulmon qismi o`rganishni istamadi. Shu sababdan inglizlarning ijozati bilan o`zgarishlarni nisbatan tezroq qabul qiluvchi Chin va Hindistondan ko`chmanchilar mamlakatga kirib kela boshladilar.

 

Malaziyada bo`lgani kabi demografik siljishlar ko`pgina mamlakatlarda etnik majoralar kelib chiqishiga sabab bo`ldi., dedi Muhammad. Ammo Malaziya mustaqillikka erishgandan so`ng uning assosiy aholisi(60% ga yaqin)-musulmonlar kochmanchilarning avlodlari bilan tinch-totuv yashash va ishlashga qaror qildilar.а Erkin bozorni joriy etish ham аmalaziyaliklar uchun muammo keltirib chiqargani yo`q. Biz kommunizmni doim rad etgan bo`lsak-da, mamlakatda аbaТzi bir sotsialistik elementlarning faoliyat ko`rsatishlariga ham qarshilik ko`rsatmadik.

 

Biz demokratiya elementlarini qabul qilarkanmiz, deb davom etdi Muhammad, Malaziya uning aniq chegaralarniа belgilab oldi. Rivojlnayotgan mamlakatlarning ko`pchiligida aynan o`sha demokratiya Уlimitini-chegarasiniФ tushunmaslik, demokratiyaning beqarorlikka, tartibsizlikka olib borishi mumkinligini tushunmaslik o`sha mamlakatlarda demokratiyaning mag`lubiyatini keltirib chiqardi, dedi Muhammad.

 

Malaziyada hammasi boshqacha tuzilgan. Malaziyadagi prinsiplar islom dunyosida Уboshqariluvchi demokrtayaФga misol bo`ladi. U erda milliy belgilarga qarab tuzilgan bir qancha partiylar mavjud. Biroq ularning barchasi Birlashgan Malaziya milliy tashkilotining(BMMT) bosh rolni o`ynashligini tan oladilar. Shuning uchun ular har doim BMMT bilan koalitsion hukumat tuzishga harakat qilishadi.

Tarjima qilingan vaqt:а 14.04.2004

а

29.03.2004 manba - Известияаа Materialning ruscha matni olingan adres:

 

аhttp://www.centrasia.ru/newsA.php4?st=1080597000 01:50 30.03.2004

 

Hosted by uCoz