AQIDA HAQIDA SAVOL VA JAVOBLAR

 

Mundarija

1. Agar sizdan "Seni kim yaratdi" deb so’rashsa nima deb javob berasiz?. 3

2. Agar sizdan "Robbing Kim?"  deb so’rashsa nima deb javob berasiz?. 4

3. Agar sizdan "Alloh sizni nima uchun yaratdi?" deb so’rashsa nima deb javob berasiz?. 5

4. Agar sizdan: "Dining nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 5

5. Agar sizdan "Payg'ambaring kim?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 6

6. Agar sizdan "Banda bilishi kerak bo'lgan eng birinchi narsa nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?  6

7. Agar sizdan "Laa ilaha illa Allaah" ma'nosi nima deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 7

8. Agar sizdan "Muhammadur rasululloh"ning ma'nosi nima deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 8

9. So'rashsaki, “Allohning bandalaridagi haqqi nima deb?” qanday javob berasiz?. 10

10. Agar sizdan "Shirk nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 11

11. Agar sizdan "Jonli narsalarning suratini chizish hukmi nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?  12

12. Agar sizdan "Ibodatning ma'nosi nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 13

13. Agar sizdan "Alloh qayerda?" deb so’rashsa nima deb javob berasiz?. 14

14. Agar sizdan "Alloh Biz bilan birgami?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 14

15. Agar sizdan "Islom ta'rifi nima?" deb so'rashga nima deb javob berasiz?. 15

16. Agar sizdan "Islom arkonlari nechta?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 16

17. Agar sizdan "Islom dini komilmi, to'liqmi yoki hali ham komil bo'lishga muhtojmi?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 17

18. Agar sizdan "Musulmon Dinini qayerdan oladi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 17

19. Agar sizdan "Aqidang nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 19

20. Agar sizdan "Alloh tomonidan yuborilgan eng birinchi va eng oxirgi rasul - elchi kim?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 19

21. Agar sizdan "Barcha Rasullar odamlarini yoki o'z qavmini nimaga chaqirishgan?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 22

22. Agar sizdan "Barcha Rasullar chaqirgan Tavhid ta'rifi nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?  23

23. Agar sizdan "Tavhid turlari nimalar?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 24

24. Agar sizdan "Amallarning eng yaxshisi va eng yomoni nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?  25

25. Agar sizdan "Islom darajalari nechta?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 27

26. Agar sizdan "Iymon nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 27

27. Agar sizdan so'rashsaki: "Iymon arkonlari nechta?" deb, qanday javob berasiz?. 29

28. Agar sizdan "Alloh va banda o'rtasidagi ehson nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 29

29. Agar sizdan "Allohni, Uning Rasulini va Uning dini(Islomni) masxara qilishlikning hukmi nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 30

30. Agar sizdan "Mo'minlarga Qiyomatda mukofot nima va kofirlarga Qiyomatda mukofot nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 31

31. Agar sizdan so'rashsaki, "Nechta insonlar qoladigan yoki bo'ladigan joylar bor?". 32

32. Agar sizdan "Qiyomatga yetaklovchi birinchi to'xtash joyi nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?  33

33. Agar sizdan "Qabr azobi haqida nima deysiz" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 34

34. Agar sizdan "Qayta tirilish haqida va amallar daftari berilishi haqida nima deysiz?" deb so'rashganida nima deb javob berasiz?. 34

35. Agar sizdan "Mo'minlar Qiyomatda Robbilarini ko'radimi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?  35

36. Agar sizdan "Qur’on mushafiga iymoningiz nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 36

37. Agar sizdan "Qur'on arab tilidami yoki boshqa tildami?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 37

38. "Allohning Ism va Sifatlari bormi?” deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 38

39. Agar sizdan "Allohdan boshqa G'aybni biladimi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 39

40. Agar sizdan "Oxirgi soat qachon bo'ladi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?. 40

41. Agar sizdan "Amallarning qabul bo'lishi shartlari nimalar?" deb so'ralsa nima deb javob berasiz?  41

42. Agar sizdan so'rashsaki, "Halol bo'lgan tavassul turlari nechtadir?". 42

43. Agar sizdan so'rashsaki, "Dinda yaxshi bid'at degan narsa bormi?". 44

44. Agar sizdan so'rashsaki, "Turli xil firqa, guruhlarga bo'linish hukmi nima?". 44

 

Shayx Yahya bin Ali Al-Hajuriyning “Al-Mabaadee al-Mufeedah fit-Tavheedi val-Fiqhi val-‘Aqeedah”nomli risolasi asosida tayyorlandi
© 2007 www.sofislom.com

 

 1. Agar sizdan "Seni Kim yaratdi" deb so’rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingkim: Alloh meni va barcha mavjud narsalarni yaratdi. Bunga dalil Zumar surasining 62 - oyati.
                              اللَّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ

Uning mazmuni: Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir (39:62)

2. Agar sizdan "Robbing Kim?"  deb so’rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingkim: Alloh mening Rabbim. Bunga dalil: Al An'om surasi 164-oyatdir. Ya’ni,

Uning mazmuni: "Allohdan o'zga parvardigor qidirayinmi, vaholanki, U har narsaning  Rabbi bo'lsa?!" (7:164)

Alloh mening Rabbim va barcha insonlarning Rabbisi va atrofimizda biz ko'radigan barcha narsalarning Rabbisidir va Alloh biz ko'rmaydigan narsalarning ham Rabbisidir.

Bundan tashqari, Fotiha surasidagi الْحَمْدُ للّهِ رَبِّ الْعَالَمِي “Alhamdu lillahi Rabbil 'Alamiin” kalomi mazmunan “Barcha Hamd olamlar Rabbisi – Allohga” degan ma’noni bildiradi.

 

3. Agar sizdan "Alloh sizni nima uchun yaratdi?" deb so’rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim: Alloh barchamizni faqatgina Unga ibodat qilishimiz uchun yaratdi. Bunga dalil Qur’ondan Az-zariyot surasi, 56-oyat. Alloh taolo aytadi,  وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ

Uning mazmuni: "Men jin va insni faqat O'zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim."(51:56)

4. Agar sizdan: "Dining nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim: Mening dinim Islom - to'g'ri dindir. Bunga dalil Oli Imron surasi 19-oyat,

                       إِنَّ الدِّينَ عِندَ اللّهِ الإِسْلاَمُ

Uning mazmuni: "Albatta, Alloh nazdida (maqbul) din, Islom (dini) dir." (3:19)

Oli Imronning, 85-oyatida Alloh aytadiki,

  وَمَن يَبْتَغِ غَيْرَ الإِسْلاَمِ دِينًا فَلَن يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِي

Uning mazmuni: "Kimki Islomdan o'zga dinni istasa (ixtiyor etsa), undan (u) sira qabul qilinmagay va u oxiratda ziyon ko'ruvchilardandir. "(3:85)

 

5. Agar sizdan "Payg'ambaring, kim?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim: mening Payg'ambarim va barcha odamlarga payg'ambar bu Muhammad sallallohu alayhi va sallam, Allohning elchisidir. Bunga dalil Al-Ahzob surasi 40-oyat,

Uning mazmuni: "Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg'ambarlarning muhridir. Alloh barcha narsani biluvchi zotdir."(33:40)

 

6. Agar, sizdan "Banda bilishi kerak bo'lgan eng birinchi narsa nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim: Tavhid. Bunga dalil Sahih Buxoriyda keltirilgan Ibn Abbos raziallahu anhudan rivoyat qilingan hadis, Muhammad sallallohu alayhi va sallam Muoz ibn Jabalni Yamanga jo'natganlarida unga aytgan ekanlarki, ma'nosi quyidagicha: "Sen Yahudiy va Nasorolardan bo'lgan bir guruh odamlar oldiga bormoqdasan. Shu uchun ham ularni eng birinchi bo'lib chaqirgan narsang faqatgina Allohga ibodat qilishga chaqirish bo'lsin"

 

7. Agar, sizdan "Laa ilaha illa Allaah" ma'nosi nima deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim: Uning ma'nosi Allohdan o'zga ibodatga haqli zot yo'q. Bunga dalil Qur'ondan "Muhammad" surasi, 19-oyat,

Uning mazmuni: "Bas, (ey, Muhammad,) Allohdan o'zga iloh yo'q ekanini biling va o'z gunohingiz uchun hamda mo'min va mo'minalar(ning gunohlari) uchun mag'firat so'rang! Alloh sizlarning (bu dunyodagi) kezadigan joylaringizni ham, (oxiratda) boradigan joylaringizni ham bilur."(47:19)

Yana bir dalil, "Haj" surasi 62-oyat,

Uning mazmuni: “Bunga (yana bir) sabab Allohning o'zigina haqiqiy Iloh ekani va sizlar Uni qo'yib iltijo qilayotgan narsa (but)lar esa ayni botil ekani hamda Allohning O'zigina eng oliy va buyuk zot ekanidir.” (22:62)

8. Agar sizdan "Muhammadur rasululloh"ning ma'nosi nima deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, uning ma'nosi shuki, Muhammad barcha insoniyatga va jinlarga yuborilgan Allohning rasulidir. Bunga dalil Qur'ondan, "Sa'ba" surasi 28-oyat,

Uning mazmuni: "(Ey, Muhammad,) Biz Sizni, haqiqatan, barcha odamlarga xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi bo'lgan holingizda, (payg'ambar qilib) yubordik! Lekin, odamlarning aksariyati (bu haqiqatni) bilmaslar." (34:28)

Va yana, biz Muhammad sallallahu alayhi va sallamga ergashishimiz lozim, u buyurgan narsalarini qilishimiz hamda qaytargan narsalaridan yiroq bo'lishimiz lozim, deb ayting. Bunga dalil Qur’ondan, "Nur" surasi 54-oyat,

Uning mazmuni: "Ayting: "Allohga bo'ysuningiz va Payg'ambarga bo'ysuningiz! Endi, agar yuz o'girsangizlar, bas, (Payg'ambar) zimmasida o'ziga yuklangan narsa (Allohning buyrug'ini yetkazish) bordir. Sizlarning zimmangizda esa o'zlaringizga yuklangan narsa (unga bo'ysunish) bordir. Agar unga itoat etsangiz, hidoyat topasizlar. Payg'ambar zimmasida faqat (sizlarga haq dinni) yetkazish bordir." (24:54)

Va yana Alloh aytadiki, "Yosin" surasi 52-oyat,

Uning mazmuni: "Ular: "Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan uyg'otdi?" - deganlarida, (ularga aytilur): "Mana shu Rahmon va'da qilgan va payg'ambarlar so'zlagan rost narsa (qiyomat)dir." (36:52)

 "Oli-Imron" surasi 132-133-oyatlar,

Uning mazmuni: Allohga va Payg'ambarga itoat qiling, shoyad, shunda rahm qilinsangizlar. Rabbingizdan (keluvchi) mag'firat va kengligi osmonlaru Yerga teng, taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannat sari shoshilingiz!” (3:132-133)

"Nur" surasi 52-oyat ,

 

Uning mazmuni: “Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa va Allohdan qo'rqib, taqvo qilsa, bas, aynan o'shalargina yutuq egalaridirlar.”(24:52)

"Ahzob" surasi 36-oyat,

 

Uning mazmuni: “Alloh va Uning payg'ambarlari bir ishni hukm qilganda - hech bir mo`min va mo`minaga (uni bajarish yoki bajarmaslik) ishlarida ixtiyor bo'lishi mumkin emasdir. Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoatsizlik qilsa, bas, u aniq zalolat bilan yo'ldan ozibdi."(33:36)

9. So'rashsaki, “Allohning bandalaridagi haqqi nima deb?” qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Allohning bandalaridagi haqqi bu bandalarning faqatgina unga ibodat qilishlaridir va ibodatda shirk qilmasliklaridir. Bunga dalil, Muoz ibn Jabal rivoyat qiladilar, Muhammad sallallahu alayhi wa sallam aytganlarki, mazmuni: "Allohning bandalaridagi haqqi bu ularning faqatgina Unga ibodat qilishlari va shirk qilmasliklaridir va bandalarning Allohdagi haqqi shuki shirk qilmaganlarni azoblamaslikdir" (Sahih Buxoriy va Muslimda keltirilgan hadis)

10. Agar sizdan "Shirk nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim: Allohdan o'zgaga ibodat qilishlik bu shirkdir. Demak, har bir inson faqatgina Allohga ibodat qiladi va Allohga deb amal qiladi. Agar Allohdan o'zgaga qilinsa, u holda bu narsa Shirk bo'ladi. Bunga dalil, "Niso" surasi 36-oyat,

 

Uning mazmuni: "Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik qilmangizlar! Ota-onalarga esa, yaxshilik qilingizlar! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo'shniyu, begona qo'shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo'lovchi (musofir)ga va qo'l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi." (4:36)

"Moida" surasi 72-oyat,

 

Uning mazmuni: “Kimki Allohga shirk keltirsa, albatta, unga Alloh jannatni harom qilur va borar joyi do'zaxdir. Zolimlarga (esa) yordamchilar bo'lmas.”(5:72)

 

11. Agar sizdan "Jonli narsalarning suratini chizish hukmi nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim: Jonli narsalarning suratini qilishlik bu katta gunohlardandir. Bunga dalil Ibn Masud raziallohu anhudan rivoyat qilingan hadis, Muhammad sallallohu alayhi va sallam aytgan ekanlarki, ma'nosi: "Shubhasiz, Qiyomat kunida eng qattiq azoblanuvchi odamlar bu surat qiluvchilardir" (Buxoriy va Muslimda keltirilgan) Va Abu Juhaifa raziallohu anhu aytgan ekanlarki, ma'nosi: "Muhammad sallallohu alayhi va sallam bizlarni it va qon sotib pul olishlikdan qaytardilar … va surat qiluvchilarni la'natladilar."  (Sahih Buxoriydan kelgan hadis).

 

Agar sizdan "Jonli narsalarning suratini qilishlik bilan shirk orasidagi bog'lanish nima?" deb so’rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Jonli narsalarning suratini qilishlik bu Alloh bilan musobaqa qilishlikdek gap. Chunki Allohgina jonli narsalarni yarata oladi. Shu sabab ham biror kishi jonli narsa suratini qilaman degani demak Alloh yarata oladigan narsani qila olaman degani bo'ladi. Bunga dalil, Abu Hurayra radiallohu anhu rivoyat qilgan hadis, Muhammad sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, ma'nosi: " Alloh aytdi: "Mening yaratganimga o'xshagan narsani qilmoqchi bo'lganlardan ham ko'ra yomonroq odamlar bormi?"  (Sahih Buxoriy va Sahih muslim)

12. Agar sizdan "Ibodatning ma'nosi nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim: Ibodat bu Alloh taolo yaxshi ko'rgan va rozi bo'lgan barcha amallardir. Bunga dalil Qur'ondan "Zumar" surasi 7-oyat,

  

Uning mazmuni: "Agar sizlar kofir bo'lsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U O'z bandalarining kofir bo'lishiga rozi bo'lmas. Agar shukr qilsangizlar (va imon keltirsangizlar) U sizlar uchun rozi bo'lur. Hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (ko'taruvchi)ning yukini (gunohini) ko'tarmas. So'ngra qaytishlaringiz Rabbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga qilib o'tgan amallaringiz xabarini berur. Albatta, U dillardagi sirlarni biluvchidir." (39:7)

13. Agar sizdan "Alloh qayerda?" deb so’rashsa nima deb javob berasiz?

Aytgingizki: Alloh taolo Arshisi yuqorisidadir. Bunga dalil: Toha surasi , 5-oyat:   

Uning mazmuni: (U) Arsh uzra musta’viy bo'lmish Rahmondir.(20:5) Oyatdagi Istavaning ma'nosi Yuqorida bo'lish, Ko'tarilishdir.

14. Agar sizdan "Alloh Biz bilan birgami?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizki: Alloh O'z Ilmi orqali biz bilan birgadir. Bunga dalil, Hadid surasi, 4-oyat:  

Uning mazmuni: “Sizlar qayerda bo'lsangizlar, U sizlar bilan(Ilmi bilan) birgadir” (57:4)

Al An'om surasi, 3-oyat:

 

Uning mazmuni: “U osmonlarda ham, Yerda ham Allohdir. Sir tutganu oshkor qilgan narsalaringizni bilur. Qilayotgan ishlaringizni (ham) bilur. “(6:3)

15. Agar sizdan "Islom ta'rifi nima?" deb so'rashga nima deb javob berasiz?

Aytingizkim: Barcha ibodat turlarini faqatgina Unga qilib taslim bo'lish, Uning buyruqlariga bo'ysunish va shirkdan yiroq bo'lmoqlik. Bunga dalil Hajj surasi, 34-oyat:

Uning mazmuni: “Bas, (barchalaringizning) ilohingiz bir Ilohdir. Bas, Ungagina bo'yinsuningiz va itoat qiluvchilarga xushxabar bering!” (22:34)

Oli Imron surasi, 102-oyat:

 

Uning mazmuni: “Ey, imon keltirganlar! Allohdan chinakam qo'rquv bilan qo'rqingiz va musulmon bo'lmay dunyodan o'tmangiz!” (3:102)

16. Agar sizdan "Islom arkonlari nechta?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim:Islom arkonlari 5-tadir. Abdulloh ibn Umar radiallahu anhu rivoyat qiladilarki, Muhammad sallallohu alayhi va sallam aytdilar: "Islom 5 arkonda(ustunga) qurilgan:

1. Laa ilaha illa Alloh Muhammadur rasulloh (Allohdan o'zga ibodatga loyiq zot yo’q va Muhammad Uning rasuli) deb shahodat berishlik;

2. Namoz o'qishlik;

3. Zakot to'lashlik;

4. Hajj qilish (qurbi yetsa);

5. Ramazon oyida ro'za tutishlik.

(Buxoriy va Muslim)

17. Agar sizdan "Islom dini komilmi, to'liqmi yoki hali ham komil bo'lishga muhtojmi?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Islom komildir, to'liqdir.  Bunga dalil Moida surasi, 3-oyat:

Uning mazmuni: “Ana, endi bugun, diningizni kamoliga yetkazdim, ne'matimni tamomila berdim va sizlar uchun Islomni din bo'lishiga rozi bo'ldim”.(5:3)

18. Agar sizdan "Musulmon Dinini qayerdan oladi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Musulmon Dinini Qur’on va sahih hadislarni bu ummatning Salaf us Salihlari (Sahobiylar, tobeinlar va ulardan keyingi avlod hamda ularga yaxshilikda ergashganlar) fahmlaridan oladi. Bunga dalil Alloh taolo aytadiki:

Uning mazmuni: “Axir ularga tilovat qilinayotgan (shu) Kitobni Biz Sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?!” (Ankobut surasi, 29:51)

Niso surasi, 59-oyat,

 

Uning mazmuni: “Bordiyu, biror narsada kelisha olmay qolsangiz, Allohga va oxirat   kuniga ishonadigan bo'lsangiz, uni Allohga va Payg'ambariga havola qilingiz. Mana shu yaxshiroq va yechimi chiroyliroq (ish) dir” (4:59, Niso surasi).

Niso surasi, 115 – oyat:

Uning mazmuni: “Kimda-kim hidoyat unga aniq bo'lgandan keyin Payg'ambarga muxoliflik qilsa, mo'minlar yo'lidan o'zgasiga ergashsa, Biz uni o'zi ketayotgan yo'liga qo'yib beramiz va (oxiratda) uni jahannamda toblaymiz. Naqadar noxush joy u!” (4:115, Niso surasi)

 19. Agar sizdan "Aqidang nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Men Sunniyman, Ahlus Sunna Val Jamoa ya'ni Salaflar  (Sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi avlod)ning aqidasiga ergashuvchiman.

Bunga dalil Al-'Irbad ibn Sariya raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis. Muhammad sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, ma'nosi: "Mening sunnatimga va (mendan keyin keladigan) to'g'ri hidoyatda bo'lgan xalifalar (Xulofoi Roshidiyn) Sunnatlariga ergashingiz. Uni(o'sha yo'lni) jag' tishingiz bilan mahkam ushlangiz (ya'ni juda qattiq mahkam tutingiz) hamda dinga to'qib kiritilgan narsalardan ogoh bo'lingiz, shubhasiz har bir to'qib kiritilgan yangi narsa bu bid'atdir va har bir bid'at bu zalolatdir" (Imom Abu Davud va boshqalar tomonidan keltirilgan ishonarlik hadis)

20. Agar sizdan "Alloh tomonidan yuborilgan eng birinchi va eng oxirgi rasul - elchi kim?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Eng birinchi elchi, rasul Nuh alayhis salom va eng oxirgisi va payg'ambarlar orasida eng yaxshisi bu Muhammad sallallohu alayhi va sallam.

Bunga dalil Abu Hurayra raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Muhammad sallallohu alayhi va sallam Qiyomatda odamlar to'planishi haqida aytganlarida "Ular Nuh oldiga keladilar va aytadilar: "Ey Nuh! Siz yerdagi odamlarga jo'natilgan eng birinchi rasul(elchi)siz, va Alloh sizni shukr qiluvchi banda deb atadi" deb aytadilar"  (Buxoriy va Muslim da keltirilgan)

Muhammad sallallohu alayhi va sallam eng oxirgi rasul ekanligiga dalil Al Ahzab surasi 40-oyat,

 

 Uning mazmuni: "Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg'ambarlarning muhridir. Alloh barcha narsani biluvchi zotdir." (33:40)

Payg'ambarlarning muhridan murod eng oxirgisi deganidir. Savban raziallahu anhu rivoyat qiladilar: Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, mazmuni: "Men payg'ambarlarning eng oxirgisiman va mendan keyin boshqa payg'ambar bo'lmaydi" (Sahih Muslim)

Biz Alloh tomonidan yuborilgan barcha payg'ambarlarga iymon keltiramiz hamda birortasini ham rad etmaymiz. "Baqara" surasining 285-oyatida Alloh taolo aytadiki,  

Uning mazmuni: "Payg'ambar (Muhammad) o'ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va mo'minlar ham. (Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg'ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi. "Eshitdik va itoat etdik. Ey, Rabbimiz, mag'firatingni (so'raymiz). Sengagina qaytish (bor)", - dedilar."(2:285)

"Niso" surasining 150-151-oyatlarida Alloh taolo aytadi,

Uning mazmuni: "Allohga va payg'ambarlariga kufr keltiruvchilar, Alloh bilan payg'ambarlari o'rtasini uzishni xohlovchilar, biriga ishonamiz, biriga ishonmaymiz, deb o'rtacha yo'l tutuvchilar, ana o'shalar haqiqiy kofirlardir. Kofirlarga esa xor etuvchi azobni tayyorlab qo'yganmiz."(4:150-151)

 

"Oli Imron" surasining 133-oyatida Alloh aytadi,

 

Uning mazmuni: "Rabbingizdan  (keluvchi) mag'firat va kengligi osmonlaru Yerga teng, taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannat sari shoshilingiz!"(3:133)

Bundan tashqari bu oxirgi ikki oyat Jannat va Do'zax hozir ham mavjud ekanligiga dalildir.

 

21. Agar sizdan "Barcha Rasullar odamlarini yoki o'z qavmini nimaga chaqirishgan?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Ular Yagona Allohga shirk keltirmasdan ibodat qilishga chaqirganlar. Bunga dalil "Nahl" surasi, 36-oyat,

Uning mazmuni: "Darvoqe, Biz har bir ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va tog'utdan (yolg'on ilohlardan, shaytondan) yiroqlashinglar", (degan vahiy bilan) payg'ambar yuborganmiz. Shunda ular orasida Alloh hidoyat qilganlari ham, shuningdek, yo'ldan ozishligi qat'iy bo'lganlar ham bo'lgan. Bas, Yer yuzida sayr qilib, (payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlarning oqibati qanday bo'lganini ko'ringlar!" (16:36)

22. Agar sizdan "Barcha Rasullar chaqirgan Tavhid ta'rifi nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Tavhid bu ibodatni faqatgina Allohga qilish. Bunga dalil "Niso" surasi 36-oyat,  

Uning mazmuni: "Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik qilmangizlar!..."  (4:36)

"Ihlos" surasining 1-4-oyatlarida Alloh taolo aytadiki,

Uning mazmuni:  "(Ey, Muhammad,) ayting: "U Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U tug'magan va tug'ilmagan ham. Shuningdek, Unga biror tengqur ham yo'qdir." (112:1-4)

 

23. Agar sizdan "Tavhid turlari nimalar?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Tavhid turlari 3-tadir:

1. Tavhid Ar Rububiyya (Allohning Rububiyatda yagonaligi)

2. Tavhid Al Uluhiyya (Allohning uluhiyatda yagonaligi)

3. Tavhid Al Asma vas Sifat (Allohning Ism va Sifatlarida yagonaligi)

Bunga dalil "Fotiha" surasi 1-oyat,

 

Uning mazmuni: “Eng Mehribon va Eng Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman"(1:1)

"Maryam" surasi 65-oyat,

Uning mazmuni: "(U) osmonlar, Yer va ularning orasidagi bor narsalarning murabbiysidir. Bas, Unga ibodat qiling va ibodatida toqatli bo'ling! Unga teng biror (kuch)ni bilurmisiz?!" (19:65) 

 

Murabbiydan murod Robbisidir. Mana shu 2 oyat Tavhidning 3-ta turini o'z ichiga oladi. (Eng)Mehribon va (Eng) rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). - Allohning Ism va Sifatlari; (Ar Rahmon, Ar Rahim) (U) osmonlar, Yer va ularning orasidagi bor narsalarning murabbiysidir. - Tavhid ar Rububiyya Bas, Unga ibodat qiling va ibodatida toqatli bo'ling! Unga teng biror (kuch)ni bilurmisiz?! - Tavhid Al Uluhiyya

24. Agar sizdan "Amallarning eng yaxshisi va eng yomoni nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, amallarning eng yaxshisi bu Tavhiddir va amallarning eng yomoni bu Shirkdir. Bunga dalil "Niso" surasi 48-oyat,

 

Uning mazmuni: "Albatta, Alloh O'ziga shirk keltirish (gunohi)ni kechirmagay va (lekin) ana shundan boshqa  (gunohlar)ni O'zi xohlagan (banda)lariga kechirur. Kim Allohga sherik (shirk qilsa) keltirsa, demak, u ulkan gunohni to'qib chiqaribdi."  (4:48)

Va yana "Shuaro" surasining 100-102-oyatlarida Alloh taolo aytadiki,

 Uning mazmuni: "Endi bizlar uchun na oqlovchilar bor, na biror qadrdon do'st. Bas, qaniydi yana bir marta (yashashlik) bo'lsa-yu, bizlar ham mo'minlardan bo'lsak." (26:100-102)

 

Demak, shirk qilmasdan Tavhidda vafot etganlar uchun oxiri najot mavjud va mo'minlar Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam shafoatlariga muyassar bo'lishadi. Ammo mushrik, ya'ni shirk ibodatini qilib vafot etgan har bir inson abadiy do'zahdadir. Shu uchun ham shirk eng yomon gunoh, chunki u insonni adabiy olov, do'zaxda qolib ketishiga sabab bo'ladi. Tavhid esa eng oliy amal, chunki u insonni mana shu olovdan, do'zaxdan saqlaydi va abadiy Jannatga doxil bo'lishiga sababchi bo'ladi. Alloh barchamizni Tavhid ahlidan qilsin va shu holatda jonimizni olsin. Bizni shirkdan, shirk ahlidan hamda shirkka yetaklovchi barcha yo'llardan (narsalardan) qaytarsin, omiyn.

 

25. Agar sizdan "Islom darajalari nechta?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Islom darajasi 3 tadir: Islom, Iymon va Ehson. Bunga dalil Umar bin Al Xattob rivoyat qilgan hadis (uzun hadis), Sahih Muslimda keltirilgan. Bu hadis Jabroil alayhissalom Muhammad sallallohu alayhi va sallamdan Islom, Iymon va Ehson haqida so'raganlari haqida.

 

26. Agar sizdan "Iymon nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

     Aytingizkim, Iymon bu til bilan so’zlashlik, qalb bilan e’tiqod qilishlik va jasad bilan amal qilishlikdir. Toat bilan ziyoda bo’ladi, gunoh bilan noqis bo’ladi, ya'ni Islom qonunlariga bo’ysunish orqali iymon oshadi, aksincha bo'lsa iymon pasayadi. Iymon oshishi va pasayishiga dalil "Anfol" surasi 2-oyat,

Uning mazmuni: "Mo'minlar - Alloh (nomi) zikr etilganda - dillari qo'rquvda bo'ladigan, oyatlari ularga tilovat qilinganda - imonlari ziyoda bo'ladigan, Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan"(8:2)

 Mana shu oyat iymon oshishi va pasayishiga ham bir dalildir. Endi iymonning oshishi haqida ikkita oyat dalillar mavjud: "Fath" surasi 4-oyat,

Uning mazmuni: "U (Alloh) O'z iymonlariga yana imon qo'shilishi uchun mo'minlarni dillariga taskin tushirgan zotdir. Osmonlar va Yer qo'shinlari (farishtalari) faqat Allohnikidir. Alloh bilimli va hikmatli zotdir." (48:4)

"Muddassir" surasi 31-oyat,

Uning mazmuni: "Biz faqat farishtalarni do'zax egalari (qo'riqchilari) qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni sinash uchun ularning sanoqini  (o'n to'qqizta) qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilgaylar va imon keltirgan zotlarning imonlari yanada ziyoda bo'lgay hamda kitob berilgan kimsalar ham, mo'minlar ham (bu xususda) shak-shubha qilmagaylar. Yana dillarida maraz (munofiqlik) bo'lgan kimsalar va kofirlar: "Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?" - degaylar. Alloh O'zi xohlagan kimsalarni mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar va O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning qo'shinlarini (farishtalarning adadi va sifatini) Uning O'zigina bilur. U (jahannam) insonlar uchungina bir eslatmadir." (74:31)

 

27. Agar sizdan so'rashsaki: "Iymon arkonlari nechta?" deb, qanday javob berasiz?

Aytingizkim: Iymon 6-ta arkonga ega. Bunga dalil Sahih Muslimda Umar bin Al Xattob rivoyat qilgan sahih hadis, unda Jibril alayhis salom Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamdan Iymon haqida so'raganlarida javob berdilarki: "Iymon bu Allohga, Uning Farishtalariga, Uning Kitoblariga, Uning rasullariga, Qiyomat kuniga hamda Qadarning yaxshisiyu yomoniga iymon keltirishlikdir". Shunda Jibril alayhis salom "Siz haqiqatni aytdingiz" dedilar.

 

28. Agar sizdan "Alloh va banda o'rtasidagi ehson nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Ehson bu "Allohga Uni ko'rib turgandek ibodat qilish. Ammo agar Uni ko'rmasangizda shubhasiz U sizni ko'radi" Bunga dalil ham yuqoridagi Umar bin Al Xattob rivoyat qilgan uzun hadis.

 

29. Agar sizdan "Allohni, Uning Rasulini va Uning dini(Islomni) masxara qilishlikning hukmi nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, bu katta kufrdir. Kimki ataylab shunday qilsa, u holda, u Islomdan chiqqan hisoblanadi. Bunga dalil "Tavba" surasi, 65-66-oyatlar:

Ularning mazmuni: "Qasamki, agar ulardan (nega masxara qilasiz, deb) so'rasangiz, albatta, ular: "Biz faqat (bahsga) cho'mib, hazillashyapmiz", - deyishadi. Ayting: "Allohni, oyatlarini va Rasulini masxara qilayotgan edingizmi?! Uzr aytmangiz! Imoningizdan keyin (yana) kufrga ketgansiz. Agar sizlardan bir toifani (tavba qilgach) afv etsak, boshqa bir toifani jinoyatchi bo'lganlari sababli azoblaymiz." (9:65-66)

 

 

30. Agar sizdan "Mo'minlarga Qiyomatda mukofot nima va kofirlarga Qiyomatda mukofot nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Mo'minlarga mukofot bu Jannatdir. Bunga dalil "Al-Bayyina" surasi, 7-8-oyatlar:

Ularning mazmuni: "Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar - aynan o'shalar xaloyiqning eng yaxshisidirlar. Parvardigorlari huzuridagi ularning mukofotlari ostidan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlardir. Ular o'sha joyda abadul-abad qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi bo'lur, ular (Allohdan) rozi bo'lurlar. Bu (mukofot) Parvardigoridan qo'rqqan kishi uchundir." (98:7-8)

 

Kofirlarga mukofot bu do'zaxdir. Bunga dalil "Fotir" surasi 36-oyat:

 

Uning mazmuni: "Kofir bo'lgan kimsalarga esa jahannam o'ti bordirki, na ularga hukm qilinib, o'la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur. Har bir kofirni mana shunday jazolarmiz."  (35:36)

 

Biz Alloh va Uning rasuli aytmagan shaxslarni Jannatda deb ayta olmaymiz, chunki bu G'aybiy narsa. Alloh taolo "Al-Isro" surasi 36-oyatda aytadiki, mazmunan: "(Ey, inson), o'zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma!"

 

31. Agar sizdan so'rashsaki, "Nechta insonlar qoladigan yoki bo'ladigan joylar bor?"

Aytingizkim, Ular 3-tadir.

1. Bu dunyo hayoti va bu hayotning oxiri bor. Bunga dalil "Al-Imron" surasi 185-oyat:

 Uning mazmuni: "Har bir jon o'lim (achchig'i)ni totuvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringiz sizlarga to'la-to'kis berilur. Bas, (o'sha kuni) kim do'zaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, demak, u  (katta) yutuqqa ega bo'libdi. Bu dunyo hayoti esa, faqat g'urur  (aldov) matohidir."  (3:185)

 

2. Barzax ya'ni bu dunyo bilan u dunyo o'rtasidagi joy. Bunga dalil "Al-Mu'minun" surasi 100-oyat:  

Uning mazmuni: "Shoyad, men tark etgan joyim (dunyo)da yaxshi amal qilsam", - der. Yo'q! (U aslo qaytarilmas). Bu haqiqatan u aytuvchisi bo'lgan so'zdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, (ikki dunyo o'rtasini to'sib turadigan) bir to'siq bordir." (23:100)  (ikki dunyo o'rtasini to'sib turadigan) bir to'siq degani shu Barzaxdir.

 

3. Qiyomat. Bunga dalil "Al-G'ofir" surasi 39-oyat:

Uning mazmuni: "Ey, qavmim, bu dunyo hayoti faqat bir (arzimas) matodir. Albatta, oxiratgina (mangu) barqarorlik diyoridir." (40:39)

 

32. Agar sizdan "Qiyomatga yetaklovchi birinchi to'xtash joyi nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
Aytingizkim, u joy qabrdir. Bunga dalil Usmon raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, ma'nosi: "Shubhasiz qabr bu Qiyomatning eng birinchi to'xtash joyidir. Kimki undan saqlansa (ya'ni qabr azobidan) undan keyingi keladigani osonroq bo'ladi. Agar kimki undan saqlanmasa, undan keyin keladigani yomonroq bo'ladi." At Termiziy, Ibn Moja va Ahmadlar tomonidan keltirilgan sahih hadis.

 

33. Agar sizdan "Qabr azobi haqida nima deysiz" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Men qabr azobi haq ekanligiga iymon keltiraman. Bunga dalil Oisha raziallahu anho rivoyat qiladilarki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr azobi haqida so'raganlarida: "Qabr azobi haqdir, to'g'ridir" deb javob berganlar (Buxoriy va Muslim).

 

Oisha radiallahu anha rivoyat qiladilarki ma'nosi: "Payg'ambar  (sallallohu alayhi va sallam) qabr fitnasidan, qabr azobidan hamda Dajjol fitnasidan Allohdan panoh tilashlikni so'rardilar"

 

34. Agar sizdan "Qayta tirilish haqida va amallar daftari berilishi haqida nima deysiz?" deb so'rashganida nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Men bularning haqiqat ekanligiga shak shubha qilmayman.

Alloh taolo aytadiki, "Tag'obun" surasi 7-oyat:  

Uning mazmuni: "Kofir bo'lgan kimsalar o'zlarini hech qachon qayta tirilmaymiz, deb gumon qildilar. (Ey, ­Muhammad­, ularga) ayting: "Yo'q! Rabbimga qasamki, albatta, qayta tiriltirilursizlar, so'ngra, albatta, sizlarga qilgan amallaringizning xabari berilur. Bu Allohga osondir". (64:7)

Va yana Alloh taolo aytadiki "Al-Inshiqoq" surasi 7-12 oyatlar:

Ularning mazmuni: "Bas, kimning nomai a'moli o'ng tomonidan berilsa, bas, u oson hisob bilan hisob-kitob qilinajak, va o'z (ining jannnatdagi) ahli (oilasi)ga shodu xurram holda qaytajak. Ammo, kimning nomai a'moli orqa tomonidan berilsa, bas, (o'ziga) o'lim tilab qolajak va do'zaxda toblanajak." (84:7-12)

 

35. Agar sizdan "Mo'minlar Qiyomatda Robbilarini ko'radimi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim: Ha, Ular Qiyomatda va Jannatda Uni (Alloh taoloni) ko'radilar. Bunga dalil, Alloh taolo aytadiki, ”Qiyomat" surasi 22-23-oyatlar:

 

Uning mazmuni:  "U Kunda ba'zi yuzlar yashnovchi, Parvardigorlariga boqib turuvchidir."(75:22-23)

Kofirlar haqida esa, Alloh taolo aytadiki "Al-Mutaffifin" surasi 15-oyat:

Uning mazmuni: "Shubha yo'qki, ular o'sha (Qiyomat) Kunida Parvardigorlari  (diydori)dan to'siluvchidirlar."(83:15) 

Ya'ni kofirlar Alloh taoloni ko'rishsa to'siladilar.

36. Agar sizdan "Quron mushafiga iymoningiz nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Iymon keltiramanki Quron Allohning Kitobidir, Kalomidir va u yaratilmagan. Bunga dalil "Tavba" surasi 6-oyat:

"Agar mushriklardan birortasi Sizdan himoya so'rasa, bas, uni himoyangizga oling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So'ngra uni xavfsiz joyiga yetkazib qo'ying! Bu ularning bilmaydigan qavm bo'lganlaridandir." (9:6)

Allohning kalomini eshitsin,mana shu dalil. Jahmiyya adashgan firqadagilar Qur’on bu Allohning Kalomi emas, yaratilgan deb aytishadi. Bu narsa noto'g'ri aqida. Qur'on bu Allohning Kalomi va yaratilmagan. Kimki bunga qarshi chiqsa kofir ekanligiga shak shubha yo'q.

37. Agar sizdan "Qur'on arab tilidami yoki boshqa tildami?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Arab tilida. Bunda dalil "Az-Zuxruf" surasi 3-oyat:

"Albatta, Biz uni sizlar anglashlaringiz uchun arabiy Qur'on qildik!" (43:3)

Va yana Alloh taolo aytadiki "Ash-Shu'aro" surasi193-195-oyatlar:

 

Ularning mazmuni: "Uni Ruhul-amin (Jabroil) olib tushdi qalbingizga, ogohlantiruvchi (payg'ambar)lardan bo'lishingiz uchun, aniq arab tilida." (26:193-195)

38. "Allohning Ism va Sifatlari bormi?” deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Ha, albatta Allohning O'ziga xos bo'lgan Ism va Sifatlari mavjud. Bungda dalil, "Al-A'rof" surasi180-oyat:

  

Uning mazmuni: "Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar." (7:180)

Va Alloh taolo aytadiki "An-Nahl" surasi 60-oyat, mazmunan: "Oxiratga imon keltirmaydiganlarda yomon masal bordir. Allohda esa eng oliy masal (sifat) bordir. U qudrat va hikmat egasidir."(16:60)

39. Agar sizdan "Allohdan boshqa G'aybni biladimi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Allohdan o'zga hech kim g'aybni bilmaydi. Bunga dalil "Al-'Imron" surasi 179-oyat:

Uning mazmuni: "Alloh mo'minlarni sizlardagi hozirgi holatdek o'z hollariga tashlab qo'yuvchi emas. U hali pok kimu, nopok kim ajrim etadi. Alloh sizlarni ilmi g'aybdan xabardor qilmadi, lekin Alloh O'z payg'ambarlari ichidan xohlaganlarini (ilmi g'aybdan qisman bildirish uchun) tanlab oladi. Bas, Allohga va Uning payg'ambarlariga imon keltiringiz! Imon keltirib, taqvoli bo'lsangiz, sizlarga buyuk mukofot (bordir)."(3:179)

Va Alloh taolo aytadiki "Yunus" surasi 20-oyat:

  

Uning mazmuni: "Unga (Muhammadga) Parvardigoridan biror mo'jiza tushirilsa edi!" - deyishadi. Bas, ayting: "Albatta, g'aybiy ishlar Allohga xosdir. Kutinglar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman. Bas, ayting: "Albatta, g'aybiy ishlar Allohga xosdir."(10:20)

Va yana Alloh taolo aytadiki "Al-An'om" surasi 59-oyat:

 

Uning mazmuni: "G'ayb (yashirin ishlar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan o'zga bilmas. Yana, quruqlik va dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni bilur. Yer zulmatlari  (qa'ri)dagi urug' bo'lmasin, ho'lu quruq bo'lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da (yozilgan)dir." (6:59)

40. Agar sizdan "Oxirgi soat qachon bo'ladi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, bu narsa G'aybiy narsadir, shu uchun ham faqatgina Alloh biladi. Bunga dalil "Luqmon" surasi 34-oyat:

Uning mazmuni: "Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo'lishi to'g'risida) bilim bordir. U (xohlagancha) yomg'ir yog'dirur va bachadonlardagi narsa (homila)ni bilur. Biror jon ertaga nima ish qilishini bilmas. Biror jon qayerda o'lishini bilmas. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir."(31:34)

Yana bir dalil "Fussilat" surasi 47-oyat:

 

Uning mazmuni: "Qiyomat ilmi (haqida) Uning O'zigagina murojaat qilinur. Barcha mevalarning o'z shonalaridan chiqishi ham, bir ayolning homila olib,   ko'z yorishi ham, albatta, Uning ilmi bilan bo'lur. U zot  (mushriklarga): "Mening "sheriklarim" qani"?! - deb nido qiladigan Kunda, ular: "Bizlar Senga bildirurmizki, oramizda ("sheriklaring" borligiga) birorta ham guvoh yo'qdir", - deydilar."(41:47)

41. Agar sizdan "Amallarning qabul bo'lishi shartlari nimalar?" deb so'ralsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, 3 ta. Ular:

1. Islom.

Alloh kofirlarning amallarini qabul qilmaydi. Bunga dalil "Furqon" surasi 23-oyat:

Uning mazmuni: "(Zotan) Biz ular qilgan har bir amalga kelib, uni sochilgan to'zon (kabi foydasiz) qilib qo'ygandirmiz." Ulardan murod kofirlardir. (25:23)

2. Ixlos.

Bunga dalil, Alloh taolo aytadiki, "Al-Baiyina" surasi 5-oyat:

 

Uning mazmuni: "Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni (shirkdan) xolis qilgan, To'g'ri yo'ldan ogmagan hollarida ibodat qilishga va namozni mukammal ado etishga hamda zakot berishga buyurilgan edilar. Mana shu To'g'ri (haqqoniy) dindir."(98:5)

3. Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ergashish. Ya'ni amalni Muhammad sallallohu alayhi va sallam qilganlaridek qilish. Bunga dalil Oisha raziallahu anho rivoyat qilgan hadis, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilarki: "Kimning amali bizning yo'limiz(qilgan amalimiz, Sunnatimiz)ga to'g'ri kelmas,a u holda, u amal rad etiladi(qabul qilinmaydi)" Sahih Muslim.

42. Agar sizdan so'rashsaki, "Halol bo'lgan tavassul turlari nechtadir?"

Aytingizkim, Halol bo'lgan Tavassul (Allohga yaqinlashish) turlari 3 tadir:

1. Allohning Ism va Sifatlari orqali tavassul qilishlik. Bunga dalil Alloh taolo aytadiki, "Al-A'rof" surasi 180-oyat:

Uning mazmuni: "Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar."(7:180) 

Va yana "An-Naml" surasi 19-oyat:  

Uning mazmuni: "(Sulaymon) uni so'zidan kulib, tabassum qildi va dedi: "Ey, Rabbim, menga va ota-onamga in'om etgan ne'matinga shukr qilishga va O'zing rozi bo'ladigan yaxshi amallarnigina qilishga meni muvaffaq etgin va meni O'z fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!"(27:19)
”meni O'z fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!”- mana shu yerda Allohning Fazli, Marhamati orqali tavassul qilinmoqda.

2. Allohga o'zining solih amallari orqali Tavassul qilishlik. Bunga dalil Alloh taolo aytadiki, "Al-'Imron" surasi 16-oyat:

Uning mazmuni: "(Ular): "Ey, Rabbimiz, bizlar Senga imon keltirganmiz. Bas, bizning   gunohlarimizni kechir va bizni do'zax azobidan asra!" - deydilar." (3:16) 
“Ey, Rabbimiz, bizlar Senga imon keltirganmiz” - mana shu yerda iymon keltirganlari orqali Allohga tavassul qilinmoqda.

Va yana Alloh taolo aytadiki, "Al-'Imron" surasi 53-oyat:

  

Uning mazmuni: "Ey, Rabbimiz, nozil qilgan narsangga imon keltirdik va Payg'ambarga ergashdik. Shunday ekan, bizni shahodat keltiruvchilar bilan birga  (qo'shib) yozgin!"(3:53)

3. Tirik solih kishining duosi orqali tavassul qilishlik.

  43. Agar sizdan so'rashsaki, "Dinda yaxshi bid'at degan narsa bormi?"

Aytingizkim, dindagi har bir bid'at bu zalolatdir. Bunga dalil, 19-javobda keltilgan Al Irbod raziallahu anhu rivoyat qilgan hadis, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytilarki, "Har bir bid'at zalolatdir".

44. Agar sizdan so'rashsaki, "Turli xil firqa, guruhlarga bo'linish hukmi nima?"

Aytingizkim, turli xil hizb, firqa, guruhlarga bo'linish, ega bo'lishlik haromdir. Bunga dalil, "Ar-Rum" surasi 31-32- oyatlar:

Uning mazmuni: "Unga o'zingizni topshirgan hollaringizda (dinini mahkam tutinglar) va Undan qo'rqinglar hamda namozni mukammal ado etinglar, mushriklardan bo'lmanglar! Ular (mushriklar) dinlarini bo'lib yuborib, (turli) firqalarga ajralgandirlar. Har bir firqa o'z nazdilaridagi narsa bilan shoddirlar." (30:31-32)

"Al-'Imron" surasi 103-oyat:  

Uning mazmuni: "Hammangiz Allohning arqoni (Qur'on)ni mahkam tuting va firqalarga bo'linmang va o'zaro adovatda bo'lgan paytlaringizda dillaringizni (tutashtirib) oshno qilib qo'ygan Allohning ne'matini yodda tuting. Uning ne'mati tufayli birodarlarga aylandingiz. Do'zax chohi yoqasida turganingizda, sizlarni undan qutqardi. Shoyad haq yo'lni topgaysizlar, deb, Alloh O'z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi." (3:103)

"Al-Anbiyo" surasi 92-oyat:

Uning mazmuni: "(Ey, insonlar,) sizlarni ushbu diningiz  (aslida) bir din (ya'ni, Islom)dir. Men esa (barchalaringizning) Rabbingizdirman. Bas, Menga ibodat qilingizlar!" (21:92)

"Al-Mujadila" surasi 22-oyat:  

Uning mazmuni: "Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik qiluvchilar bilan - garchi ular o'zlarining otalari, yoki o'g'illari, yoki og'a-inilari, yoki qarindoshlari bo'lsalar-da - do'stlashayotganlarini topmassiz. Aynan o'shalarning dillariga (Alloh) imonni bitib qo'ygandir va ularni o'z (tomon)idan bo'lmish ruh bilan quvvatlantirgandir. U ularni ostidan anhorlar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo'lur va ular ham (Allohdan) rozi bo'lurlar. Aynan o'shalar Allohning hizbidirlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning hizbigina najot topuvchilardir!"(58:22)


© 2007 www.sofislom.com

       

TAVHID RISOLASI

 

Mundarija

Muqaddima. 3

Mo'minning niyati 5

Birinchi dars.Tavhid. 7

Ikkinchi dars.Tavhidning qismlari 8

Uchinchi dars.Tavhidur-rububiyahni davomi 11

To'rtinchi dars. Tavhidul-uluhiyah.. 13

Beshinchi dars. Tavhidul-uluhiyaning davomi 14

Oltinchi dars. O'tgan darsning davomi 16

Yettinchi dars. Shirk haqida. 18

Sakkizinchi dars. Ibodat turlari 19

To'qqizinchi dars. Tavhidul-asmoi vas-sifot 22



© 2007 www.sofislom.com

 

Muqaddima

Barcha maqtov-olqishlar Alloh uchundir.Allohni maqtaymiz,undan yordam so’raymiz,nafslarimizni yomonliklaridan Allohnining panohiga o’tamiz.Alloh to’gri yo’lga to’g’irlab qo’ygan kishini adashtirguvchi yo’qdir va U adashtirib qo’ygan kishi u-n to’g’ri yo’l ko’rsatguvchi yo’qdir.Allohdan boshqaga sig’inishga,ibodat qilishga loyiq biron bir iloh yo’qligiga guvohlik beraman va Muhammad Uning quli va e’lchisi ekanligiga guvohlik beraman.


3. 102. Ey, imon keltirganlar! Allohdan chinakam qo'rquv bilan qo'rqingiz va musulmon bo'lmay dunyodan o'tmangiz! (Al-'Imran)

4. 1. Ey, odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko'p erkak va ayollarni taratgan Rabbingizdan qo'rqingiz! Shuningdek, o'rtalaringizdagi o'zaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzish)dan qo'rqingiz! Albatta, Alloh sizlarni kuzatib turuvchidir. (An-Nisa)


33.70. Ey, mo’minlar, Allohdan qo'rqinglar va to'g'ri so'zlanglar! 71. (Shunda Alloh) ishlaringizni o'nglar va gunohlaringizni mag'firat etar. Kimki Allohga va Uning payg'ambariga itoat etsa, bas, u ulug' yutuqqa erishibdi. (Al-Ahzab)

Payg’ambarimizga ,ahl-oilalariga,sahobalarga va qiyomat kunigacha bularga ergashgan kishilarga Allohning maqtovlari va ko’p salomlari bo’lsin!

Allohning huzuriga borganimizda azobdan saqlanishlikka va Jannatga olib kirishlikka sabab bo’ladi degan umid bilan bu Tavhid risolamizni mana shu hojat hutbasi bilan boshladik.Alloh ishlarning eng yomoni bo’lgan bidi’atdan bizni saqlab,so’zlarning eng to’g’ri bo’lgan O’zining kalomi va yo’llarning eng yahshisi va haqiyqiysi bo’lgan rasuli Muhammad sallallohu alayhi va sallam yo’lida sobit qilsin!

Hozirgi biz bilan zamondosh bolgan odamlar orasida haqiqiy iymon sohibi bolish kun otishi bilan nihoyatda murakkablashib bormoqda.Kuchayib borayotgan fitnalardan Alloh taoloning ozi saqlamasa chuqur adashib, razil umrga giriftor bolib qolish yaqqol korinib qolgan.

Sadoat zamonasidagi sahobiylar hayoti va ularning qilgan amallarini eslab ko'zlarimizga yoshlar olib Alloh taolodan ko'p mag'firat so'rab qolamiz xolos.Chunki ba'zan bizda deyarli Islomni nomidan boshqa hech narsa qolmaganday bo'lib tuyuladi.Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:"Insonlar orasida faqat namozgina qoladi..." deb xabar berganlari buning isbotidir.Shuning uchun siz aziz musulmon birodarlar bilan birgalikda bu fitnalardan saqlanib musulmon holdagina vafot etishimiz uchun ushbu tavhid risolamizni yozmoqdamiz.
Bizni vujudga keltirgan va ko'p marhamatlar nasib qilayotgan Robbimiz bizdan rozi bo'lib qolishini iltijo qilamiz! Omin!

Mo'minning niyati

Umar raziyallohu anhu aytadilar:men,Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi so'zlarni aytayotganlarini eshitdim,u kishi:"Barcha amallar niyatlar bilan (e'tibor qilinadi),har bir kishi o'zining qilgan niyatiga qarab mukofot yoki jazo oladi,bas kimki dunyo uchun bir joydan boshqa bir joyga hijrat qilib borgan bo'lsa,o'sha narsaga yetadi,yoki bir ayol uchun bo'lsa, uni nikohlab oladi.Demak,uning hijrati nima maqsad bilan bo'lgan bo'lsa,o'sha maqsadi e'tiborga olinadi" (Bu hadisni Buxoriy u kishidan boshqalar rivoyat qilishgan).



Niyat qalb amalidir,jasadning boshqa bir a'zosiga buning aloqasi yo'q.Mo'min kishi biron-bir ibodatni barpo qilishda niyatini qalbidan o'tkazadi,ya'ni ibodatning qay turini barpo qilishda niyatini qalbidan o'tkazadi.Niyat har bir amalning avvalida bo'ladi.Har bir amal uchun niyat qilish lozimdir.Imom Buxoriy yuqoridagi hadisni o'z hadis to'plamlarining avvalida keltirganlar.Shuning uchun ba'zi hadis olimlari:amallar turlicha bo'ladi,niyatlar turlicha bo'lgani kabi,Buxoriy bu amallari bilan Alloh taolo roziligini niyat qilganlariga ishora tariqasida bu hadisni kitoblarining avvalida keltirganlar,degan fikrlarni bildirishadi.Alloh taolo bularning hammarini o'z rahmatiga olsin!Shuning uchun,aziz birodarlar,biz ham har bir ishlarimizda Alloh taolo rozi bo'ladigan yaxshi niyat qilishingiz uchun biz ham bu mavzuni risolaning avvalida keltirdik.


Birinchi dars.Tavhid

La ilaha illalloh deyishga,Alloh taoloni ibodatda yolg'izlashga tavhid deyiladi.Yolg'iz Alloh taoloning O'zigagina ibodat qiluvchi va Undan boshqa hech bir narsaga ibodat qilmaydigan kishiga muvahhid deyiladi.Muvahhid bo'lishni Alloh taolo hammamizga nasib etsin! Payg'ambarlarning asosiy vazifalari insoniyatga tavhidni buyurish bo'lgan.Payg'ambarlar orasida Muhammad sollallohu alayhi vasallam payg'ambarimiz insoniyatdan tashqari jin toifasiga ham mana shu buyruqni buyurish uchun yuborilganlar.Yana,bizga ma'lum bo'lishicha Muso alayhissalom (u kishiga Allohning salomi bo'lsin) jinlarga ham payg'ambar bo'lib kelganlar,lekin bu kishi faqat Banu Isroil qavmiga yuborilgandirlar,barcha insonlarga emas. Alloh taoloning huzuriga tavhidsiz borgan har qanday odam bo'lsa ham najot topa olmaydi.
Imom Abu Ja'far at-Tahoviy o'zlarining e'tiqod to'g'risida yozgan kitoblarida quyidagi iborani keltiradilar:”Alloh taoloning tavhidi to'g'risida bizga nasib qilgan tavhiqi (to'g'ri hayoti) bilan unga e'tiqod qilgan holda aytamiz:Albatta Alloh yolg'izdir,Uning biror-bir sherigi yo'qdir.Payg'ambarlar chaqirig'ining avvali ham tavhid bo'lgan.Alloh taolo A'rof surasining 59-oyatida:  
"Qasamki,Nuhni o'z qavmiga yubordik.Bas,u:ey qovmim,Allohga ibodat qilinglar!Sizlar uchun Undan o'zga biron iloh yo'qdir",deb xabar berdi”(7:59).

Boshqa payg'ambarlar ham (Allohning ularga salomi bo'lsin) eng birinchi tavhidga chaqirganlari to'g'risida Alloh taolo bizga Qur'on orqali bildirdi.Ibnu Abbos raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam :"Odamlar to La ilaha illalloh deb guvohlik bermagunlaricha ular bilan jang qilishga buyurildim",dedilar (Buxoriy va Muslim rivoyat qilishdi). Alloh taoloni yolg'iz deyish - Uning O'zigagina ibodat qilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslik degani bo'ladi. Yolg'iz Allohni iloh deb, Unga ibodat qilmayotgan odam yolg'onchi bo'lib, Allohdan boshqasiga ibodat qilayotgani aniqdir.Alloh taolodan boshqa bir narsaga ibodat qilib o'tgan kishi jannatdan mahrum bo'lib, azobga giriftor bo'ladi. Ey Alloh, biz sendan jannatni so'rab,do'zaxdan Sening panohingga o'tamiz!

Muhtaram mudarris o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilsinlar:
1.Tavhid deb nimaga aytiladi?
2.Allohning yolg'iz O'zini iloh deb,Unga ibodat qilmayotgan odamni dunyo va oxiratda baxtli bo'lgan muvahhid desa bo'ladimi?
3.Niyat haqida gapirib bering.

Ikkinchi dars.Tavhidning qismlari
Tavhid uch qismga bo'linadi:
1.
Tavhidur-rububiyah
2.
Tavhidul-ululiyah
3.
Tavhidul-asmoi vas-sifot
Tavhidur-rububiyah
Alloh taoloni fe'llarida yolg'izlashga tavhidur-rububiyah deyiladi,ya'ni Alloh taoloning fe'llari faqat Uning O'zigagina xosdir.Maxluqlarning fe'llari esa bularning o'zlariga xos tarzdadir.Ko'zimizga ko'rinib turgan borliq,mavjudotning barchasiga maxluq deyiladi. Osmonlar,yer,quyosh,oy,boshqa sayyoralar,yulduzlar,farishtalar,jinlar,odamlar,hayvonlar olami,o'simliklar olami va bundan boshqa ko'p narsalarga maxluq deyiladi.Bu narsalar o'z-o'zidan paydo bo'lib qolgani yo'q va adashgan faylasuflar aytganlaridek ham emas. Faylasuflar,Alloh taolo o'z marhamati bilan insoniyatga xizmat qilishi uchun yaratgan bu mavjudotlarni tabiat in'omlari yoki bularni hayron qoldirganda tabiat mo'jizalari deyishdi. Alloh taoloning maxluqlarini mo'jizalarini tabiat mo'jizasi yoki tabiat in'omi deyish muvahhidlarga zid bo'lgan faylasuflar sifatlaridandir.
Ey aziz birodar,Alloh taolo sizni O'z marhamatiga olsin,bu maxluqot,mavjudotlarni yaratish fe'liga ega bo'lgan Alloh taolodan boshqa bir zot bor degan odamni aqlli odam desa bo'ladimi? Albatta yo'q!Bu maxluqotning barchasini Alloh taolo yaratgan.Bularning harakatlarini ham Uning O'zi yaratgan.Biron-bir maxluq Alloh unga yaratgan harakatdan boshqa bir harakatga qodir bo'la olmaydi.Hammalari doim Alloh taologa bo'yinsunib turadi.Inson bir kunda necha xil harakat qilganining hisobiga yeta olmaydi.Insonning har bir soniyada qilib turgan fe'lini ham Alloh taolo yaratgan.Mana shunday diniy tushunchada bo'lish haqiqiy mo'minlarning sifatlari bilan sifatlanishdir.Mana shunday diniy tushunchada bo'lmagan odam Alloh taoloning huzurida najot topa olmaydi.Insonlar fe'llarini o'zlari yaratadi,Alloh taolo bunga qodir emas,degan bir qancha toifalar adashib ketishdi.Eng to'g'ri e'tiqod bo'lgan ahli sunnat val-jamoat e'tiqodidan ajralib qolishdi.Alloh taolo barchamizni zalolatdan saqlsin!

 

Bu maxluqlarning Xoliqi (Yaratuvchisi) Alloh taolo ekan,bularga rizq,hayot va hayotdan keyin mamotni ham Alloh taoloning O'zi taqsimlab,belgilab qo'ydi.

Biror bir maxluq boshqa bir maxluqqa sening rizqini men beryapman,deyishga haqqi yo'q.Ishlarining ham barchasini boshqarib turuvchi Alloh taoloning O'zidir.
Ey aziz birodar,Alloh taolo sizni O'z marhamatiga olsin,shunday qudratli zot bo'lgan Alloh taologina ibodat qilishga loyiq,boshqasi emas.Uning sherigi yo'qdir.Shunday qudratli zot bo'lgan Alloh taoloni qo'yib,faryodini eshitmaydigan yulduzga,duosiga quloq sololmaydigan buloqqa,go'shtu-qon bilan ishi yo'q qabrga va bundan boshqa narsalarga ibodat qilayotgan odamlarni kim desa bo'ladi...

Al-Xoliq faqat Alloh taoloning O'zi ekanligi har qanday kofir ham,mushrik ham tan olishga majburdir,tan oladi ham.Tan olmayman degan qalbidagi narsaning teskarisini tili bilan aytayotgan yolg'onchidir.Alloh taolo Luqmon surasining 25-oyatida:

 

Uning mazmuni: "Qasamki,agar ularda "Osmonlar va yerni kim yaratgan?",deb so'rasangiz albatta Alloh deyishadi"(31:25),degan.Ey Alloh Sendan jannatni so'rab,do'zaxdan panoh so'raymiz.

O'quvchiga beriladigan savollar:
1.Tavhid necha qismga bo'linadi?
2.Rizqlar taqsimlanib va umrlar o'lchanib qo'yilga ekan,siz Alloh taologa duo qilishda ko'proq nima haqida so'ragan bo'lar edingiz?
3.Yaratishga qodir bo'la olmaydigan narsa iloh bo'la oladimi?

 

Uchinchi dars.Tavhidur-rububiyahni davomi
Olamlarning Xoliqi yagona Alloh taoloning O'zidir.Bu tavhid haq tavhiddir.Bunda biror-bir shak-shubha yo'qdir.Odam bolasidan biror-bir toifa bu tavhidga qarshilik qilmagan.Alloh taologa maqtovlar bo'lsinki,qalblarni bu tavhidni iqror qilishga moyil qilib yaratgan.Tug'iladigan har bir bola bu salomat qalb bilan tug'iladi.Uning aqli bo'lmasa ham,hali ko'p narsani tushunmasa ham islomiy tabiatda tug'iladi.Agar shu yoshligida vafot etsa jannat ahlidan bo'ladi degan rivoyat ham bor,agarchi u yahudiy,nasroniy yoki majusiy (otashparst) ota-onadan tug'ilib,yoshligidan vafot etgan bo'lsa ham.Tavhidur-rububiyah hammaga aniq,ma'lum bo'lsada,bir qancha toifalar bu to'g'risida chuqur kirib ketishdi.Aniq narsa bayonga muhtoj bo'lmaydi.

Zolimlarning zolimrog'i bo'lib, o'zini rab deyishgacha borgan podshoh Firavn ham bu tavhidni iqror qilgan.Alloh taolo buni bizga xabar berdi.

Alloh taolo Anbiyo surasining 22-oyatida:

Uning mazmuni: " Agar Allohdan boshqa ilohlar bo'lganida edi, albatta buzulib ketar edi"(21:22). Ya'ni osmonlar va yerda Alloh taolodan boshqa ilohlar bo'lganida edi, bu nozik nizom bilan doim harakatda bo'lib turgan osmonlar va yer buzilib ketar edi. Podshoh bitta bo'ladi. Agar podshohlar ko'p bo'lsa, hech qachon biror-bir narsaga ittifoq qila olmaydilar.

Abu Hanifa rohimahullohdan (Alloh u kishini O'z rahmatiga olsin) hikoya qiladilar: Zindiqlar (ya'ni ichki holatlari kofirlashib ketgan kishilar, ba'zi rivoyatlarda ahli kalomlar) bir necha kishi bo'lib bu kishidan yaratuvchining mavjudligi to'g'risida so'rashdi. Shunda Abu Hanifa ularga:" Bu masalga kirishdan oldin menga dengizdagi og'ir yuklar ortilgan kema haqida gapiringlarchi...Unda tijorat qilinadigan turli mollar bor, lekin biror-bir qo'riqlab turuvchi qorovuli ham, kemani haydovchisi ham yo'q. Ammo bu kema boradi, keladi, sayr qiladi, katta to'lqinlarga uchrab ulardan qutulguncha ularni kesib o'tadi, xohlagan tomoniga sayr qiladi, lekin uni haydab turgan haydovchisi yo'q", dedilar.

Shunda zindiqlar:" Bu aqlli odamning gapi emas" deyishdi. Abu Hanifa ularga:" Sizlarga musibat bo'lsin, bu mavjudot, undagi balandlik va pastliklar borligi aniq, chiroyli qilib qo'yilgan narsalari bor bo'lib, yaratuvchisi - bor qiluvchisi bo'lmasinmi?" Ularga bu juda chiroyli, yorqin javob bo'ldi. Ularga haqiqatga qaytishib, Abu Hanifa oldida musulmon bo'lishdi.

Tavhidul-rububiyah ma'lumdir. Alloh taolo O'z payg'ambalarini bu uchun yubormadi. Tavhidul-uluhiyah tavhidur-rububiyahni o'z ichiga oladi. Alloh taoloninig huzuriga borganimda do'zaxdan najot topib, jannatga doxil bo'lsam deb umid qilgan odam tavhidul-uluhiyahga muvahhid bo'lmog'i lozimdir.

 Savollar:
1.Alloh taoloning borligi to'g'risida musulmon bo'lmagan odam sizdan so'rasa, qanday javob berasiz?
2.Yaratuvchi zotni gapirib bering.
3.Tavhidur-rububiyahni qisqacha tushuntirib bering.

To'rtinchi dars. Tavhidul-uluhiyah
Alloh taolo va Uning rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallam shari'at qonunlariga kiritgan ibodatning barcha turlariga yolg'iz Alloh taoloning O'zi haqli, Uning biror-bir sherigi yo'q deb, ilmiga amal qolgan kishini muvahhid deyiladi.

So'zimizning boshida aytamizki, dunyo va oxiratdagi barcha baxtu-saodat mana shu tavhidga muvahhid bo'lgan kishidadir. Kimniki Alloh taolo tavhidga muvahhid qilgan bo'lsa, Alloh taologa maqtov va olqishlar aytsin! Chunki, bu odamni Alloh taolo yaxshi ko'ribdi, huzuridagi rohat maskaniga olib boradigan yo'ldan yurishni nasib etibdi. Al-hamdu lillahi robbil-'alamin!

Ishning avvali ham, oxiri ham shu tavhiddir.Hayotining avvalida, endi tili chiqayotgan bolaga "La ilaha illalloh" o'rgatilganda bu kalimani talaffuz qilsa, muvahhid bo'ladi. Aql yuritish yoshiga yetganda,"tavhid kalimasini aytgin, oldin sen yosh eding, aqling yo'q edi", deb aytilmaydi, balki tahorat va namozga buyuriladi. Avvalgi vojib ham, oxirgi vojib ham shu tavhiddir. Hadisi sharifda payg'ambarimiz Rasulolloh sollallohu alayhi vasallam:"Kimniki oxirgi kalomi La ilaha illalloh bo'lsa, jannatga kiradi", dedilar.

Yuqoridagi ibodatning barcha turlari yolg'iz Alloh taolo uchun dedik. Bular: duo qilish, namoz o'qish, maqtash (ya'ni Allohga hos bo'lgan maqtov) ulug'lash, muhabbatning eng oliysi, Allohga hos bo'lgan umid, qurbonlik qilish, nazr qilish, yordam so'rash va boshqalar. Bu ibodat turlari to'g'risida yana to'xtalib o'tamiz, inshaalloh (agar Alloh xohlasa)!

Tavhidul-uluhiyani kofirlar inkor qiladilar. Kim musulmon, kim kofir yo mushrik ekanligini mana shu tavhid ajratadi, agarchi bir-biriga yaqin bo'lgan odamlar bo'lsa ham, shu tavhid tufayli oralari uzoqlashadi. Bu tavhidga muvahhid bo'lmagan kishini boshqa bir muvahhid kishi qalbidan yaxshi ko'rishligiga iymon ro'xsat bermaydi. Biz Alloh taolo uchun yaxshi ko'rib va Alloh taolo uchun yomon ko'rib iymonimizni mukammal qilamiz. Hadisi sharifda payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:"Kimki Alloh uchun yaxshi ko'rsa, Alloh uchun yomon ko'rsa, Alloh uchun bersa va Alloh uchun qaytarsa haqiqatda iymonini mukammal qilibdi", dedilar.

Savollar:
1.Muvahhid bo'lmagan ota yo onaga muvahhid bo'lgan bola qanday muomalada bo'lmog'i lozim? (bu savolni javobida mudarris quyidagi nuqtani unutmasligi kerak, ya'ni har qanday ota-ona hurmatlidir, xizmat qilinishiga haqlidir. Biz Alloh taologa gunohkor bo'lib qolmaydigan ishlarda ota-onaga yaxshilik qilishga buyurilganmiz).
2.Muvahhid bo'lmagan odam, odamlar uchun dunyodagi hayotlarida yaxshi bir amal qilsa Alloh taologa xush bo'ladimi? Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlaridan bunga misol keltira olasmi?
3.Yahud va nasorolar muvahhidmi?

 

Beshinchi dars. Tavhidul-uluhiyaning davomi

Barcha payg'ambarlar ummatlariga (bu so'zning bayoni inshaAlloh keladi) Alloh taoloning O'zigagina ibodat qilish bo'lgan tavhidul-uluhiyaga da'vat qilishgan. Bu da'vatni ijobat qilib ergashganlarga jannat bashiratini berishgan. Ijobat qilmasdan o'z kofirligini va mushrikligida qolganlarni do'zax azobidan ogohlantirishgan.
Kofirlar, mushriklar payg'ambarlar bilan Allohning borligi, hayot berib keyin vafot ettirishi yo rizq berishiligi to'g'risida husumat qilishmagan. Bu narsalarga kofirlar ham mushriklar ham iqror bo'lishgan. Balki yolg'iz Alloh taoloning O'zigagina ibodat qilishda husumat qilishgan. Payg'ambarlarni qiynashgan, hatto ba'zilarini qatl qilishgan. Har bir qabila o'z millatini fahrlab solih bir farzandining haykalini yasab, unga ibodat qilib kelgan. Bu haykalni ziynatlagan, ulug'lagan va oldida bayramlar o'tkazib kelgan. Haykal, but va sanamlar yasab, ularni ulug'lash qachon paydo bo'lgan, degan savolga javob beramiz. Mufassirlar (Qur'onning ma'nosini kengaytirib bayon qiluvchilar)ning aytishlaricha, Odam alayhissalom bilan Nuh alayhissalom oralarida o'nta avlod o'tdi. Ularning barchalari Islomda edilar. Sanamlar (toshdan o'yilgan haykal)ga ibodat qilishning avvali, vafot etgan solih kishilarni ulug'lash bilan boshlandi. O'sha zamonda bir necha solih kishilar vafot etganda, ular bilan zamondosh bo'lgan qovmlari ularning qabrlari ustiga masjidlar bino qilishgan. O'sha solih kishilarning holatlari xotira bo'lib qolishligi, qilgan ibodatlari eslatma bo'lishligi va qovmlari o'sha kishilarga o'xshab yurishlari uchun bino qilgan masjidlarining ichlariga ularning suratlarini chizishdi (Shu o'rinda eslatamizki, biz suratkashlikdan, surat osib qo'yishdan qaytarilganmiz.Kechirilmaydigan gunoh bo'lgan shirk mana shundan boshlangan). Oradan bir zamon o'tib haykaltaroshlar bu suratlarning haykallarini yasashib, suratlar o'rniga haykallarini o'rnatishdi. Oradan yana bir zamon o'tgach, mana shu sanamlarini ulug'lab, ibodat qila boshlashdi. Bu sanamlarga o'sha solih kishilarning nomlari qo'yildi. Bularning nomlari to'g'risida Alloh taolo Qur'onida bizga xabar bergan. Yer yuzidagi avvalgi shirk mana shunday boshlandi. Tavhidning ziddida shirk turadi. Muvahhidning ziddida mushrik turadi. Davomi keyingi darsda, inshaalloh!


Savollar:
1.Nima uchun qabrlar ustiga bino qilishadi, bezakli toshlar o'rnatishadi yoki boshqa narsalar topib qilishadi?
2.Shirkning boshlanishi haqida gapirib bering.
3.Tavhidga da'vat qilayotgan odamga aziyat yetkazmasligi mumkinmi?

Oltinchi dars. O'tgan darsning davomi

Masjidlarning ichlariga o'rnatilgan sanamlarga ibodat qilish kuchayib ketdi. Ish og'irlashib ketgach, Alloh taolo O'z marhamati bilan bu odamlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi avvalgi rasulini yubordi.Bu kishi Nuh alayhissalom edilar. Nuh alayhissalom ularga yolg'iz Alloh taoloning O'zigagina ibodat qilishni, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikni buyurdilar. U kishiga qavmlari: " Sen bu da'vating bilan ochiqdan-ochiq adashgansan" deyishar edi. " Ota-bobolarimizni bu haykallar ostida ko'rar edik" deyishar edi. Shirk mana shunday boshlandi. Nuh alayhissalom ularni to'qqiz yuz ellik yil tavhidga da'vat qildilar, ular esa tavhidga unamas edilar, Nuh alayhissalomga juda ko'p aziyat berishar edi. Keyin Aloh taolo bir to'fon yuborib, ularning barchasini suvga g'arq qildi. Faqat Nuh alayhissalom va bu kishiga ergashgan ozgina musulmonlarni Alloh taolo bir kemada saqlab qoldi. Tavhidga unamagan Nuh alayhissalomning o'g'lini ham Alloh taolo halok qildi. Alloh taolo payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamgacha bo'lgan barcha payg'ambarlarning tavhidga unamagan ummatlarini turli azoblar bilan halok qilib keldi. Ey Alloh, bizni, zurriyotlarimizni va barcha mo'minlarni vafotimizga qadar muvahhidlikda bo'lib qolishimizni nasib et! Omin!


Har bir pamg'ambarning ummati ikki qismga bo'linadi. Bir qabilaga Alloh taolo payg'ambar yuborsa, shu qabila payg'ambarga ummat hisoblanadi. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam barcha insonlar va jinlarga yuborilgandirlar. Bu kishining da'vatini qabul qilib ergashganlarga ummatul-ijobah deyilib, bular qanday tilda gaplashmasin yo qanday tanali bo'lmasin hammalariga musulmon deyiladi. Payg'ambarimiz da'vatlarini ijobat qilmaganlarga ummatul-da'vah deyiladi. Hozirgi zamonimizda har qanday odam yo ijobat qilib musulmon bo'lgan, yo ijobat qilmasdan kofirligida qolgan.

 
O'tgan zamonda mushriklarning mushrikligi aniq bo'lib ajralib turar edi. Mushrik bo'lib payg'ambarga ergashganman demas edi. Qaysi e'tiqodda bo'lsa, shuni da'vo qilar edi.Bizning jaholat to'lib ketgan zamonimizda ish boshqacha tus olgan. Musulmonligida sodiq bo'lmagan kishi ham "men musulmonman" deyishi odat bo'lib qoldi. Ahyon-ahyonda o'zini hotirjam qilmoqchi bo'lib, Islomiy amallardan bittasini qilib qo'yadi. Alloh taolo Baqara surasining 85-oyatida shu ishni qilgan Banu Isroil qavmini qoralagan:


Uning mazmuni: "Kitobning ba'zisiga iymon keltirib, ba'zisiga kofir bo'lasizlarmi?"(2:85) deb, keyin ularga rasvolik va oxiratda ashaddiy azob bo'lishini zikr qilgan.

Ey aziz birodar, Alloh taolo sizni O'z marhamatiga olsin, Allohning huzuriga borganimizda do'zaxdan najot topib, jannatga kiradigan baxtli-saodatli kishi bo'lsam, deb umid qilgan bo'lsangiz, muvahhid bo'lish tashvishida bo'ling.Har bir aytayotgan so'zim, qilayotgan amalim tavhidga zid bo'lmayaptimikan, deb fikr yuriting. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Kim muvahhid bo'lgan holda vafot etsa jannatga kiradi, va kim mushrik holda vafot etsa do'zaxga kiradi", degan ma'noda hadis aytganlar. Demak, tavhidul-uluhiyahga muvahhid bo'lmagan kishgi najot topmaydi.


Savollar:
1.Ummatning ikki qismga bo'linishini tushuntirib bering.
2.Darsning oxiridagi hadisning ma'nosini tushuntirib bering.
3.Dunyoda nechta millat bor va Muhammad sollallohu alayhi vasallam yo'llaridan boshqa biror-bir najot topishga sabab bo'ladigan yo'l bormi?

Yettinchi dars. Shirk haqida

Tavhidning ziddida shirk turadi. Kechirilmaydigan eng yomon gunoh shirkdir. Odam bolasi oxiratga borganda asosan shirk keltirganligi tufayli badbaxt bo'lib, azobga giriftor bo'ladi. Shirk keltirgan odamga mushrik deyiladi. Shirk - Allohga bir narsani sherik qilish degani. Masalan: toshga, daraxtga, quyoshga, oyga, payg'ambarga, avliyoga, yulduga, farishtaga yo bundan boshqa narsalarga.

Alloh taolo Niso surasining 116-oyatida:


Uning mazmuni: " Shubhasiz Alloh, Unga shirk keltirmog'likni kechirmaydi va bundan boshqasini xohlagan kishidan kechiradi",(4:116) dedi.

Yana Moida surasining 72-oyatida:

 
Uning mazmuni: " Albatta kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qiladi va borar joyi doi'zax bo'ladi",(5:72) dedi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: Allohni qo'yib boshqasiga ibodat qilish yoki Alloh bilan boshqasiga ham ibodat qilish, boshqasini ham ulug'lash halokatga olib boradi, degan ma'nolarda hadislarida aytganlar.

Shirk - ibodatni o'z o'rnidan boshqa o'rniga qo'yishdir. Kimki Xoliq bilan maxluqni tenglashtirsa, odamlarning eng ahmoqrog'i ekanligida shak-shubha yo'qdir va bu odam aqli ketib qolib, hayvon bilan tenglashib qoladi. Bu odam hech qachon jannatga kirmaydi va biror-bir kishi bunga yordam ham bera olmaydi, agar otasi, onasi, eri, xotini yo farzandi bo'lsa ham.

 

Sakkizinchi dars. Ibodat turlari

Alloh taoloning maxluqi bo'lgan tuya, mol, qo'y, echki, tovuq yo bundan boshqa hayvonlar faqat Alloh uchun, Allohning nomi bilan so'yiladi. Xalq, vatan, hurriyat, ota, ona, bola, non, dasturxon, suv, yer, osmon, quyosh, oy yo bundan boshqa narsalar bilan qasam ichish qasamdir. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bundan qaytardilar.


Bir ishni odamlar ko'rsin, eshitsin, bilsin, deb qilgan odamning bu ishi, ibodati qabul qilinmaydi, savobdan mahrum bo'lib, gunohkor bo'lib qoladi.


Mushrik hollarida vafot etgan otalarini payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: " Otam do'zaxda" dedilar. Kunlardan bir kun payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam otam, onam qayerda? deb eslaganlarida, Alloh taolo Baqara surasining 119-oyatida: " Siz do'zax ahli haqida so'ralmaysiz", dedi. Qur'on yetti xil qiro'atda o'qildi, boshqa qiroatda: " Siz do'zax ahli haqida savol qilmang", deb Alloh aytdi. Shundan keyin payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ota-onalarini boshqa boshqa eslamagan ekanlar, deb mufassirlar yuqoridagi oyatga shu tavsirni berishgan. Alloh taolo Zumar surasining 65-oyatida:

 
Uning mazmuni: "(Ey Muhammad), qasamki, agar shirk keltirsangiz, albatta qilgan amalingiz behuda ketar va albatta ziyon ko'rguvchilardan bo'lib qolasiz",(39:65) dedi. Demak, shirkni Alloh taolo - banda tavba qilib haq yo'lga qaytmasa - hech kimdan kechmaydi. Ey Alloh bizni o'zing shirkdan saqlagin, Sen eng mehribon bo'lgan zotsan!


Haqiqiy mo'min kishi Allohdangina qo'rqib aziz insonga aylanadi. Haqiqiy mo'min bo'lmagan odam Allohdan boshqa bir shaxs yo jindan qo'rqib xor bo'ladi. Kimki Allohdan qo'rqqancahlik boshqasidan ham qo'rqsa, katta shirk keltirgan bo'ladi. Alloh taolo mo'minlarni O'ziga do'st tutgan, duosini ijobat qilaman degan, sizlarni albatta jannatga kiritaman degandan keyin mo'min faqat Allohdangina qo'rqib, boshqalar orasida aziz bo'lib yurishimizni nasib etishingni so'raymiz!


Savollar:
1.Shirkni tushuntirib bering.
2.Shirk haqidagi oyatlarni yoddan ayting.
3.Shirkdan saqlanish uchun nima qilgan bo'lar edingiz?
4.Shirk keltirgan odam tavba qilsa bo'ladimi?


Payg'ambarimi sollallohu alayhi vasallam : " Sizlar uchun men qo'rqadiga narsaning eng qo'rqinchlirog'i kichkina shirk", dedilar. " U nima?" deyilganda, " riyo" dedilar.Bizning xalq orasida ho'jako'rsin degan ibora bilan aytiladigan ishlar ham riyodir.


Balog'at yoshiga yetgan kishi o'ziga o'zi bir narsaga erishsam yo shuni qila olsam o'n rakat namoz o'qir edim, yo uch kun ro'za tutgan bo'lar edim kabi ibodatlarni vojib qilishga nazr deyiladi. Nazr faqat Alloh taolo uchun bo'ladi. Boshqasiga qilsa harom bo'ladi, shirk bo'ladi. Masalan: "Oshqozonim tuzalib ketsa uch kun ro'za tutaman" desa, oshqozoni tuzalganda uch kun ro'za tutib berishi vojib bo'ladi. Gunoh bo'ladigan narsaga nazr qilish mumkin emasdir. Mabodo johillik vaqtida farzand ko'rmasdan yurgan bir kishi: "Agar o'g'il ko'rsam, do'stlarimni mast qiluchi ichimlik bilan sug'oraman" degan bo'lsa, farzand ko'rgan vaqtida aql yuritadigan, muvahhid bo'lgan bo'lsa, albatta bu ahdiga vafo qilmaydi. Ba'zi ulamolarimiz payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nazrdan qaytarganlar deb, nazr qilishni makruh deyishadi. Lekin namoz, ro'za va boshqa shu kabi toatlar bu qaytariq ostiga kirmaydi. Bizning hozirgi zamonamizda: "Agar tijoratimdan katta foyda ko'rsam falon maqbaraning oldiga borib bir qon chiqaraman, yo o'sha maqbaraga bir narsa atab berib kelaman" degan johilona gaplar shariatga to'g'ri kelmaydi. Bu amallar shirkdan holi bo'lmaydi yoki shirk yana ham rivojlanib ketishi uchun xizmat qilib beradi. O'tgan zamondagi budparastlar shu so'zlarni arab yo boshqa tilda aytishar edi, bu yerda hozir maqbaralar bo'lsa, ularda budlar bo'lar edi. Ey Alloh, Johillikdan o'zing bizni saqlagin, oshqozonga, nafsga qul bo'lmasdan Sening O'zinggagina qul bo'lishimizni nasib etgin! Omin!


Qabrlardan yordam so'rash yo ularni Alloh bilan o'zining orasida vosita qilish yo bir avliyoni o'zi va Alloh o'rtasiga qo'yib duo qilish ham shirk amallaridandir. Bu yerda avliyo deyilgani, vafot etib ketgan avliyo haqidadir.

To'qqizinchi dars. Tavhidul-asmoi vas-sifot

Albatta Alloh taoloning ismlari va sifatlari bor deb iymon keltiramiz. Mana shu najot topuvchi va eng to'g'ri e'tiqodda bo'lgan ahli sunnat val-jamoatning e'tiqodidir. Alloh taoloning ismlari va sifatlari yo'qqa chiqargan chiqargan toifalar adashib ketishdi. Alloh taolo O'zining Qur'oni Karimida qanday ismlar bilan ismlagan bo'lsa va qanday sifatlar bilan sifatlagan bo'lsa, biz ham Alloh taoloni mana shu ismlar bilan ismlaymiz va sifatlar bilan sifatlaymiz.


© 2007 www.sofislom.com

 

FIQH MASALALARI BO`YICHA SAVOL VA JAVOBLAR

Shayx Yahya bin Ali Al-Hajuriyning “Al-Mabaadee al-Mufeedah fit-Tawheedi wal-Fiqhi wal-‘Aqeedah”nomli risolasi asosida tayyorlandi.
© 2007 www.sofislom.com

 

Mundarija

1. Agar sizga "Har bir amal nima bilan qilinishi kerak?" deyilsa, nima deb javob berasiz?. 3

2. Agar sizdan "Niyatni ovoz bilan aytish hukmi nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 3

3. Agar sizdan "Bid'at nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 3

4. Agar sizdan "Alloh taolo suvni nega yaratdi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?  4

5. Agar sizdan "Hojatxonaga borishda nima aytish kerak" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?. 5

6. Namoz tahoratsiz qabul bo'ladimi?. 5

7. Tahoratda badanning qaysi qismlari tozalanadi?. 5

8. Tahoratda doimo o'ng tomondan boshlash va o’sha badan qismlarini yaxshilab tozalash kerak. 6

9. Muhammad sallallohu alayhi va sallam qanday tahorat olganlar?. 7

10. Agar oyoq kiyimi kiyganda tahoratda bo'lsa u holda keyingi tahorat olishda oyoq kiyimi ustidan masx qilish mumkinmi?. 8

11. Agar namoz vaqti yaqinlashganda suv umuman topa olmasangiz tayammum qilishingiz mumkinmi?  8

12. Tahorat olgandan so'ng qanday duo o’qiladi?. 9

13. Tahoratni buzuvchi amallar nimalar?. 10

14. Musulmon kuniga nechta marotaba namoz o'qishi kerak?. 11

15. Agar sizdan “Mana shu 5 mahal farz namozda nechi rakat o'qish kerak?” deb so'rashsa, nima deb javob berasiz?. 12

16. Kimki Muazzinni azon tilovatini eshitsa uning aytganini aytishi kerak. 12

17. “Namoz o'qish uchun tursang, qiblaga yuzlangin” kalomi hususida. 12

18. Namoz ichida qo'lni ko'tarishlik 4 joyda bo'ladi. 13

19. Eng birinchi "Allaahu Akbar" dan keyin qaysi duo o'qiladi?. 14

20. Fotiha surasini tilovat qilishdan oldin "Audhu billahi minash shaytonir rojiym Bismillahir rohmanir rohiym" deb aytish kerak. 14

21. "A'uzu billahi min ash-shaytonir rohiym" va "Bismillahir rohmanir rohiym"ni ovoz chiqarmasdan aytgandan keyin "Fotiha" surasini tilovat qilgin. 15

22. Namozni musulmon shoshmasdan, osonlik bilan yaxshilab o'qishi kerakligi hususida. 16

23. Fotiha surasidan so’ng zam sura o’qish hususida. 16

24. Ruku' va sajdada aytiladigan duolar nimalar?. 16

25. Namozda tashahhud. 17

26. Muhammad sallallohu alayhi vasallamga salovat aytish duosi. 18

27. Salovotdan keyin va salom berishdan oldin o'qiladigan duo. 18

28. Uxlashdan oldin va uyqudan turgandan keyin aytiladigan duo. 19

29. Ovqat yeyishni boshlashdan oldin Bismilloh deyishlik kerak. 20

30. Qo'shniga va boshqa musulmonlarga ozor berishlik haromdir. 20

31. Doimo to'g'ri so'zlang, xolis bo'ling, chunki shubha yo'qki bu xislatlar insonni Jannatga yetaklaydi. Yolg'on so'zli, aldovchi, xolis bo'lmaslik esa Do'zaxga yetaklaydi. 21

32. Alloh taolo sizu bizni ota onamizga yaxshilik qilishimiz va ularning aytganlarini qilishimizni buyurgandir. 21

33. Kofirlarga o'xshashlikdan, ya'ni ularning urf-odatlari, qiliqlarini qilishlikdan saqlaningiz. 22

34. Majlisdan yoki biror o'tirishdan so'ng o'qiladigan duo: 22

 

1. Agar sizga "Har bir amal nima bilan qilinishi kerak?" deyilsa, nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, har bir ibodat amali niyat bilan bo'lishi kerak. Va niyatning joyi bu qalbdir. Bunga dalil Umar bin Al Xattob raziallohu anhu aytadiki, Payg'ambar sallallohu alayhi va sallam dedilar: "Shubhasiz, har bir amal niyatlarga bog'liq". (Sahih Buxoriy va Muslim)

 

2. Agar sizdan "Niyatni ovoz bilan aytish hukmi nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Niyatning joyi bu qalbda. Shu uchun ham ovoz bilan aytishlik bu bid'atdir. Bunga dalil, Oyisha onamiz raziallohu anha aytadilarki, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam "Kimki bizga tegishli bo'lmagan amalni qilsa, u holda u (amal) qabul emasdir, rad etiladi"

  (Sahih, Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

 

3. Agar sizdan "Bid'at nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Bid'at bu Muhammad sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin ibodat niyatida yangi to'qilgan amal va u amalga Qur'on yoki Sahih Sunnatdan dalil yo'qdir.

 

4. Agar sizdan "Alloh taolo suvni nega yaratdi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?

Aytingizkim, Alloh taolo suvni tozalash uchun yaratdi. Bunga dalil "Al-Furqon" surasi 48-oyat:

Uning mazmuni: "U O'z rahmati (yomg'iri) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Osmondan pok suv (yomg'ir) yog'dirdik."(25:48)

"Al-Anfal" surasi 11-oyat:

Uning mazmuni: "Uning tarafidan xotirjamlik uchun sizlarni mudroq bostirgani, tushirib, u bilan sizlarni poklash, shaytonning vasvasasini sizlardan daf etish, dillaringizga (o'zaro) aloqa paydo qilish va u bilan qadamlaringizni sobit (mustahkam) qilishni iroda etganini eslang!" (8:11)

 Demak, Alloh suvni bizlar o'zimizni tozalashimiz, poklashimiz uchun yaratgan.

 

5. Agar sizdan "Hojatxonaga borishda nima aytish kerak" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?

Aytingizkim, Anas bin Malik raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam hojatxonaga borganlarida

"Allaahumma inni a'uzu bika minal xubsi val-xabais" der edilar.

 (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Duoning ma'nosi: "Ey Alloh men Senga erkak va ayol jinlardan panoh tilab iltijo qilurman". Hojatxonada o'z hojatini chiqarayotganda Qiblaga o'girilmasligi, o'zini tozalaganda o'ng qo'lini ishlatmasligi kerak bo'ladi. Bu haqda Sahih Muslimda Salmon Al-Farsiy raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis mavjud.

 

6. Namoz tahoratsiz qabul bo'ladimi?

Yo'q Namoz tahoratsiz qabul bo'lmaydi. Bunga dalil, Ibn Umar raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytadilar: "Tahoratsiz namoz qabul bo'lmaydi" (Sahih, Muslim rivoyati).

 

7. Tahoratda badanning qaysi qismlari tozalanadi?

Tahoratda badanning quyidagi qismlari tozalanadi:

1. Yuz. Bunga og'izni chayqash, burun ichiga suv tortib purkab chiqarish va yuzni o'zini yuvish kiradi. Yuz deganda peshonadagi soch chiqqan joydan dahan tagigacha bo'lgan joy tushuniladi.

2. Qo'l. Qo'lni tirsakkacha u bilan qo'shib tozalash.

3. Bosh. Ya'ni boshga ho'l qo'llar bilan mash tortish.

4. Oyoq. Oyoqlarni to'pig'i bilan qo'shib yuvish.       

Bunga dalil "Al-Ma'idah" surasi 6-oyat:

 Uning mazmuni: "Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo'llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingizlar)!..."(5:6)

 

8. Tahoratda doimo o'ng tomondan boshlash va o’sha badan qismlarini yaxshilab tozalash kerak.

 

Muhammad sallallohu alayhi va sallam masalan, yuzlaridan keyin avval o'ng qo'llarini tirsakkacha yuvganlar, keyin esa chap qo'l, so'ngra boshlariga mash tortganlar, undan keyin esa avval o'ng oyoqlarini to'piqlari bilan qo'shib, so'ngra chap oyoqlarini to'piqlari bilan qo'shib yuvganlar. Bu haqda Sahih Muslimda, Abu Hurayra raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis mavjud.

Imom Abu Davudning Sunanlarida Abu Hurayra raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kiyinayotganingda va tahorat olayotganingda o'ng tomondan boshlagin"

 

9. Muhammad sallallohu alayhi va sallam qanday tahorat olganlar?

Muhammad sallallohu alayhi va sallamning tubandagi tartibda tahorat olardilar:

a) Tahoratni namoz uchun deb dilingizda niyat qilardi va "Bismillah" deb boshlardilar.

b) 2 qo'llarini oshig'igacha 3 marta yuvar edilar.

c) og'iz chayqash va burun tozalashni bir vaqtda qilar edilar va buni 3 marta takrorlar edilar.

d) yuzlarini 3 marta yuvar edilar.

e) qo'llarini (o'ng qollaridan boshlab) tirsaklari bilan qo'shib 3 marta yuvar edilar. Tirsakni yaxshilab yuvish muhim. Muhammad sallallohu alayhi va sallam shunday yuvardilarki qo'lning tirsakdan tepa qismi ham ozgina yuvilar edi.

f) boshlariga bir marta mash tortar edilar. Mash tortishda boshning oldingi qismidan boshlab to orqa bo'yin boshigacha mash tortar edilar.

g) keyin qo'llarini yana orqaga qaytarardilar. Ya'ni mash qilishda qollarini boshning oldingi qismidan boshlab orqa bo`yin boshigacha mash qilib, so`ngra orqaga mash qilar edilar.

h) oyoqlarini to'piqlari bilan qo'shib 3 marta yuvar edilar. Bularning barchasi Usmon raziallohu anhudan Sahih Buxoriy va Muslimda rivoyat qilingan.

Namozdan oldin misvok ishlatish ham sunnatdir.

 

10. Agar oyoq kiyimi kiyganda tahoratda bo'lsa u holda keyingi tahorat olishda oyoq kiyimi ustidan mash qilish mumkinmi?

Musofir odam 3 kecha va kunduz shunday qilishi mumkin. Musofir bo'lmaganlar uchun esa 1 kecha va kunduz. Mash tortganda o'sha oyoq kiyimining ustki qismidan mash tortiladi. Bu oyoq kiyimiga paypoq ham kiradi.(ya’ni paypoqning ustidan ham mash qilish joiz)

 

11. Agar namoz vaqti yaqinlashganda suv umuman topa olmasangiz tayammum qilishingiz mumkinmi?

Alloh taolo aytadiki, "Al-Ma'idah" surasi 6-oyat:


Uning mazmuni: "Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo`llari ingizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingizlar)! Agar junub bo'lsangiz, obdon poklaningizlar  (cho'milingizlar)! Agar bemor yoki safarda bo'lsangiz, yoki sizlardan biror kishi hojatxonadan (chiqib) kelsa, yoxud xotinlaringiz bilan surkalishgan (qovushgan) bo'lsangizu, (lekin) suv topmasangiz, pok tuproqqa tayammum qilib, undan yuzlaringiz va qo'llaringizga surting! Alloh sizlarga biror qiyinchilik (paydo) qilishni ravo ko'rmaydi, aksincha, sizlarni poklash va ne'mat(lar)ini sizlarga mukammal berishni xohlaydi, zora shukr qilsangizlar."(5:6)

 

12. Tahorat olgandan so'ng qanday duo o’qiladi?

Tahorat olgandan so'ng

"Ashhadu anlaa ilaaha illa Allaah, va anna Muhammadan abdhu va rasuluh", yoki boshqa sahih duolar ham o'qish mumkin. Buning ma'nosi: "Allohdan ozga ibodatga loyiq zot yuq va Muhammad Uning quli va rasuli ekanligiga guvohlik beraman." Kimki yaxshi, to'liq tahorat olib, mana shu shahodatni takrorlasa, unga Jannatning 8 ta eshigi ochilar ekan va u inson qaysi biridan xohlasa, o`shasidan kirar ekan ma'nodagi hadis mavjud, Sahih Musmimda, Umar bin xattob rivoyat qilganlar.

 

13. Tahoratni buzuvchi amallar nimalar?

Tahoratni buzuvchi amallar quyidagilar:

1) Insonning oldi yoki orqa chiqarish yo'llaridan najosat yoki havo chiqishi;

2) Uxlash;

3) Jinsiy aloqani qilish;

Bu haqda Imom At-Termiziy Basra bint Safvan raziallohu anha rivoyat qilgan hasan hadisni keltirganlar. Hamda Imom Ahmad va boshqalar tomonidan keltirilgan Abdullah Ibn Amr tomonidan rivoyat qilingan sahih hadis mavjud.

4) Tuya go'shti yeyish;

Bunga dalil Jobir bin Samura razillahu anhu rivoyat qiladilarki: "Bir kuni Muhammad sallallohu alayhi va sallam oldilariga bir kishi kelib: "Tuya go'shti yesam tahorat qilishim kerakmi?" deb so'radilar. U (Sallallohu alayhi va sallam): "Ha" deb javob berdilar." Sahih, Muslim rivoyati.

5) Murtadlik, ya'ni Islomdan chiqish.

Murtadlik tahoratni hamda insonning Islomda bo`lishini yoqqa chiqaradi. Bunga dalil Alloh taolo aytadiki, "Al-Ma'idah"surasi 5-oyat:

Uning mazmuni: "...Kimki, imondan kufrga qaytsa, (qilgan savobli) ishi, albatta, zoye bo'lur va u oxiratda ziyon ko'ruvchilardandir."(5:5)

6) Hushdan ketishi (Inson o'zini yo’qotishi).

Bunga jinnilik, hushdan ketish, mast bo'lish hamda biror dori ichganda inson o'zini bilmasdan qolsa bu ham tahoratni buzuvchi omildir. Ulamolar bunga ijmo' qilishgan.

 

14. Musulmon kuniga necha marotaba namoz o'qishi kerak?

Musulmon uchun har kuni 5 mahal namoz o'qishi farzdir. Bunga dalil Talha bin Ubaydullah raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan Islom haqida so'raganlarida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Har kuni (kunduz va kecha) da 5 mahal namoz o'qishlik"ni ham aytdilar. Sahih Buxoriy va Muslim.

 

15. Agar sizdan “Mana shu 5 mahal farz namozda necha rakat o'qish kerak?” deb so'rashsa, nima deb javob berasiz?

Aytingizkim: Jami farz namoz rakatlari 17 rakat. Zuhr (peshin) namozi: 4 rakat farz. Asr namozi: 4 rakat farz. Mag'rib (shom) namozi: 3 rakat farz. 'Isha (xufton) namozi: 4 rakat farz va Fajr(bomdod) namozi: 2 rakat farz.

Namoz vaqti kelganda namozga azon aytish kerak bo'ladi. Ayol kishilar uchun azon aytish kerak emas.

 

16. Kimki Muazzinning azon tilovatini eshitsa, uning aytganini takrorlab turishi lozim.

Bunga dalil, Abu Sa'id al Xudri raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar azonni eshitsang Muazzin aytganini takrorlagin" Sahih Buxoriy va Muslim.

 

17. “Namoz o'qish uchun tursang, qiblaga yuzlangin” kalomi hususida.

Bunga dalil, "Al-Baqara" surasi 144- oyat:

Uning mazmuni:  "Goho yuzingizni (vahiy kutib) osmon bo'ylab o'girib turishingizni ko'rayapmiz. (Xotirjam bo'ling,) Sizni o'zingiz rozi bo'ladigan qibla (Ka'ba)ga (yuz) o'girtiramiz. Yuzingizni Masjidi Harom (Ka'ba) tomonga buring! (Ey, mo'minlar, sizlar ham) qayerda bo'lsangizlar, yuzlaringizni o'sha tarafga buringiz! Ahli kitoblar bu - Parvardigorlaridan (kelgan) haqiqat (ilohiy farmon) ekanini yaxshi biladilar. Alloh ularning qilmishlaridan g'ofil emasdir."(2:144)

 

18. Namoz ichida qo'lni ko'tarishlik 4 joyda bo'ladi.

Bunga dalil, Abdulloh bin Umar raziallohu anhu rivoyat qiladilarki: "Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam namozga 'Allohu Akbar' deb kirar edilar (ya'ni, Allohu Akbar deb namozni boshlar edilar) va qo'llarini ko'kraklarigacha ko'tarar edilar. Hamda ruku'ga borayotganlarida qo'llarini ko'tarar edilar. "Samiallahu liman hamidah" deganlarida qo'llarini ko'tarar edilar. Va 2- rakatdan 3-rakatni o'qish uchun turganlarida qo'llarini ko'tarar edilar." Ibn Umar raziallohu anhu ham shunday qilar edilar. Sahih Buxoriy va Muslim. 4-qo'l ko'tarish holatini faqat Imom Buxoriy rahihamullah o’zlarining sahihlarida keltirganlar.

19. Eng birinchi "Allaahu Akbar" dan keyin qaysi duo o'qiladi?

Aytingizkim, turli xil sahih duolar bor. Masalan, eng sahih duo:

"Allaahumma ba'id bayni va bayna xatayaaya kamaa ba'adta baynal mashrigi val mag'ribi. Allahumma taqqini min xatayaana kamaa yunaqqa    as savbul abyad minad danasi Allahumma ag'silni min xatayaaya bissalji val maai val barid." (Sahih Buxoriy va sahih Muslim rivoyati)

Ma'nosi shuki, "Ey Allohim, men bilan xatolarim orasini mag'rib bilan mashriq o'rtasini uzoq qilganing kabi yiroq etgin. Ey Alloh! Oppoq libos kirlikdan tozalangani kabi meni xatolarimdan pokiza qilgin. Ey Alloh! meni xatolarimdan qor bilan, suv bilan dol bilan yuvgin-poklagin!."

 

20. Fotiha surasini tilovat qilishdan oldin "Auzu billahi minash shaytonir rojiym Bismillahir rohmanir rohiym" deb aytish kerak.

Bunga dalil, Alloh taolo aytadiki, "An-Nahl" surasi 98-oyat:

 

Uning mazmuni: "Qachonki, Qur'on o'qisangiz, albatta, quvg'in etilgan shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so'rangiz!"(16:98)

Anas bin Malik raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, "Payg'ambar, Abu Bakr va Umar namozlarini 'Alhamdulillahi rabbil a'lamiyn' bilan ovoz chiqarib boshlar edilar." (Sahih Buxoriy va Muslim rivoyati)

Boshqa rivoyatda aytiladiki, "Demak ular "Bismillahir rahmanir rahiym"ni ovoz chiqarib aytmas edilar." Imom Ahmad va An Nasoiylar tomonidan keltirilgan sahih hadis.

Demak A’uzu billahi va basmalani ovoz chiqarmasdan aytar ekanmiz.

21. "A'uzu billahi min ash-shaytonir rohiym" va "Bismillahir rohmanir rohiym"ni ovoz chiqarmasdan aytgandan keyin "Fotiha" surasini tilovat qilgin.

Bunga dalil, U'baada bin Saamit raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar ma'nosi: "Fotiha surasini (namozda) tilovat qilmagan odam uchun namoz yo'qdir" ya'ni, namozi qabul bo'lmaydi. (Sahih Buxoriy va Muslim rivoyati)

Shu o'rinda qaysi namozlarda ovoz chiqarib o'qishlikni aytib o'tsak: Bomdodning 2 rakat farzi, Shomning birinchi 2 rakat farzi hamda Xuftonning birinchi 2 rakat farzlarida ovoz chiqarib tilovat qilinadi. Bundan xulosa shuki, sanalgan namozlar farzlarining boshqa rakatlarida, qolgan namozlar farzlarining hamma rakatlarida va sunnat namozlarida ovoz chiqarilmay o`qiladi.

22. Namozni musulmon shoshmasdan, osonlik bilan yaxshilab o'qishi kerakligi hususida.

Ruku'ga borganda, undan tikka turganda, sajdada, tashahhudga o'tirganlarida yaxshilab toki suyaklari oldingi o'z joylariga tushguncha keyingi holatga o'tmasliklari kerak.

Masalan, ruku'da shunday tekis turish kerakki beliga kosada suv quyilsa suv to’kilmasligi kerak va ruku'dan turganda ham toki to'liq bemalol turguncha sajdaga bormasligi kerak, bu haqda sahih Buxory va muslimda hadis mavjud.

3. Fotiha surasidan so’ng zam sura o’qish hususida

"Fotiha surasidan keyin zam sura o'qiladi va undan so'ngra "Allaahu Akbar" deyilib ruku'ga boriladi. Ruku'dan "Sami'allaahu liman hamidah, Rabbana va lakal hamd" deyilib turiladi. So'ngra yana "Allaahu Akbar" deb qo'llari bilan sajdaga boradi." (Sahih Buxoriy va Muslim)

24. Ruku' va sajdada aytiladigan duolar nimalar?

Huzayfa raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam ruku'da: "Subhana Rabbiyal a'ziym”, va sajdada "Subhaana Rabbiyal A'alaa"larni aytar edilar. (Sahih, Muslim rivoyati)

Subhana Rabbiyal A'ziymni ma'nosi:  

"Buyuk Robbim aybu nuqson va tenglardan pok"

Subhana Rabbiyal A'alaning manosi  

"Oliy Robbim aybu nuqson va tenglardan pok"

Bularni kamida 3 marta aytish kerak bo'ladi.

Sajdada aytilganidan boshqa duolarni ham qoshib aytish joiz, chunki sajdada qilingan duo qabul bo'ladi, inshaAllaah. Bu haqda Sahih Muslimda Ibn Abbos raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis mavjud.

25. Namozda tashahhud.

Eng sahih tashahhud duosi bu Sahih Buxoriy va Muslimda Ibn Masud radiyallahu anhu tomonidan rivoyat qilingan hadisda keltirilgan: Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aydilarki: "Namozda o'tirganingizda quyidagini aytinglar:

"At-Tahiyyatu Lillahi vas-Salavatu Vat-Tayyibat. As-Salamu 'alaika ayyugan-Nabi va Rahmatullahi va Barakatuh. As-Salamu 'alaina va 'ala 'Ibaadillahis-Salihiiyn. Ash-Hadu an La ilaha illa Alloh va ash-hadu anna Muhammadan 'abduhu va rasuluh"

Buning ma'nosi, "Barcha qutlovlar, duolar va shirin so'zlar Alloh uchundir. Ey payg'ambar senga salom bo'lsin va senga Allohning rahmati va barakotlari bolsin, bizlarga va Allohning solih bandalariga salom bo’lsin. Allohdan o'zga ibodatga loyiq zot yo'q deb guvohlik beraman va Muhammad sallallohu alayhi vasallam uning bandasi va elchisi deb guvohlik beraman."

26. Muhammad sallallohu alayhi vasallamga salovat aytish duosi.

"Allaahumma salli 'ala Muhammadin va 'ala Aali Muhammadin kama sallaita 'ala Aali Ibrahiym. Va barik 'alaa Muhammadin va 'ala Aali Muhammadin kama barokta 'ala Aali

Ibrahiyma fil 'Alamiyn. Innaka Hamiidum Majid." Sahih, Muslim rivoyati.

27. Salovotdan keyin va salom berishdan oldin o'qiladigan duo

"A'uzu billahi min 'azabi jahannam va min azabil qabri va min fitnatil mahyo val mamati va min fitnatil masihid dajjal" Sahih Muslimdan, Abu Hurayra tomonidan rivoyat qilingan.

Ma'nosi: "Jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan hamda masiyhid dajjol fitnasidan Allohga iltijo qilaman."

28. Uxlashdan oldin va uyqudan turgandan keyin aytiladigan duo

Hudayfa raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uxlamoqchi bo'lsalar

"Bismika Allahumma, amuutu va ahyaa", Uyqudan uyg'onganlarida esa,

"Al hamdulillahillaziy ahyanaba'ada ma amatana va ilaihin-nushuur" deb aytar edilar. (Sahih, Buxoriy rivoyati).

Uxlashdan oldingi duo manosi: "Ey Alloh! Sening isming bilan o'lib, Sening isming bilan yashayman(tirik b`olaman)" Uyqudan turganda aytiladigan duo manosi: "Bizga o'ldirgandan so'ng(yana) hayot bergan Allohga hamd bolsin. Qaytishlik ungadir!"

29. Ovqat yeyishni boshlashdan oldin Bismilloh deyishlik kerak.

Abu Salama raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam unga aytdilar: "Ey bola, Bismillah degin va o'ng qo'ling bilan yegin hamda o'zingga yaqin bo'lgan joydan yegin (ya'ni tovoqdagi ovqatning)" U (Abu Salama) dedi: "O'sha vaqtdan boshlab shu ovqat yeyish odoblariga rioya qilib kelaman"

30. Qo'shniga va boshqa musulmonlarga ozor berishlik haromdir.

Ibn Amr raziallohu anhu rivoyat qiladilarki Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam dedilar: "Musulmon shunday insonki uning tili va qo'lidan (boshqa) musulmonlar saqlangandirlar", ya'ni u tili va qo'li orqali boshqa musulmonlarga ozor bermaydi. (Sahih Buxoriy va Muslim)

Agar biror musulmonning uyiga kirmoqchi bo'lsangiz kirishdan oldin ruhsat so'rang va salomlashing. Bunga dalil "An-Nur" surasi 27-oyat:

Uning mazmuni: "Ey, imon keltirganlar! O'z uylaringizdan o'zga uylarga to izn so'ramaguningizcha va  egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz! Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora, (bu gapdan) eslatma olsangizlar." (24:27)

Demak, biz biror musulmonning uyiga kirmoqchi bo'lsak, "Assalomu alaikum, kirsam bo'ladimi?" deb ruhsat surashimiz kerak ekan.

31. Doimo to'g'ri so'zlang, xolis bo'ling, chunki shubha yo'qki bu xislatlar insonni Jannatga yetaklaydi. Yolg'on so'zli, aldovchi, xolis bo'lmaslik esa Do'zaxga yetaklaydi.

Bu haqda Sahih Buxoriy va Muslimda Ibn Masud raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis mavjud.

32. Alloh taolo sizu bizni ota onamizga yaxshilik qilishimiz va ularning aytganlarini qilishimizni buyurgandir.

Bunga dalil, "Al-Isro" surasi 23-oyat:  

Uning mazmuni: "Rabbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf" demagin va ularni jerkima! Ularga  (doimo) yoqimli so'z ayt!" (17:23)

 

33. Kofirlarga o'xshashlikdan, ya'ni ularning urf-odatlari, qiliqlarini qilishlikdan saqlaningiz.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, manosi: "Kimki bir qavmga o'xshasa, demak u o'shalardandir" Imom Ahmad va boshqalar tomonidan keltirilgan, Ibn Umar rivoyat qilgan sahih hadis.

 

34. Majlisdan yoki biror o'tirishdan so'ng o'qiladigan duo:

"Subhanaka Allahumma va bihamdika ashhadu an laa ilaha illa anta astag'firuka va atuvbu ilayk"

Ma'nosi: "Ey Alloh. Sen barcha aybu nuqsondan pokdirsan. Senga hamdlar aytaman. Guvohlik beramanki, Sendan o'zga ibodatga loyiq zot yuq. Sendan istig'for so`rayman va Senga tavbalar qilaman."      Imom Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar tomonidan keltirilgan hadis.


© 2007 www.sofislom.com

 

Hosted by uCoz