Quyida yoznlganlarni kirillda
o`qish uchun shu erga bosing!
Xudosiz bilan munozara.
Muallif:а
Mustafo Mahmud.
Aslidan,
yaТni arabchadan Batukaev Shamsuddin Holidovich tarafidan ruschaga ag`darilgan
variantidan o`zbekchaga tarjima qilindi.
Tug`magan va tug`ilmaydi.
Mening
do`stim munozarani yaxshi ko`radi. U har doim bizni go`daklikda ayiblaydi,
uning fikricha biz xayolparast hisoblanamiz. U bizning diniy eТtiqodlarimiz ,
ilohiy tushunchalarimiz(u dunoyodagi hayotga ishonish, jannatning mavjudligiga,
go`zal chamanzorlarning borligiga ishonish kabilar) ustidan kulishga, bizni bu
bilan masxaralashga urinadi. Uning hisobicha bu dunyodagi huzur halovatlar
insonning joni uzilishi bilan butunlay yo`qolib ketadi. U aynan shu masala
bo`yicha munozara qilmoq maqsadida Fransiya mamlakatidanа bu erga tashrif buyurgan. Uning fan doktori, degan ilmiy darajasi ham bor.а U menga istehzo bilan quyidagicha masala
qo`ydi:
-Siz,
Allohning mavjudligini isbotlamoq uchun har bir mahsulotning tayorlovchisi
(yaratuvchisi) bor, har qanday yaratilgan narsa uchun uning o`z yaratuvchisi
mavjud, har qanday mavjudodning ham o`z ijodkori bor, degan mantiq qonuniga
asoslanasiz. YaТni biror mato bor bo`lsa, uning to`quvchisi ham bor. Qog`ozga
chizilgan shaklning uni chizgan chizuvchisi, rassomi mavjud. Agar muallifi
nomaТlum bo`lgan birorta haykalni yoki sanТat asarini ko`rsak, uning
o`z-o`zidan dunyoga kelmaganini yaxshi bilamiz. Bezak buyumlari qanchalik
go`zal va tarixiy bo`lmasin ularni yasagan ustalar bo`lganligi ham aniq. Demak,
butun dunyo, koinot mavjud ekan, uni yaratgan,а
tuzgan qudrat ham, yaТni hamma narsaga qodir Alloh ham mavjuddir, degan
xulosa kelib chiqadi, deb o`ylaysizlar.
Men
esa, unga javob berib:
-Biz
ana shunday Yaratuvchining borligiga ishonamiz, Unga iymon keltiramiz va Uni
tasdiqlaymiz, deyman.
U
ham shashtidan to`xtamasdan deydi:
-Unday
bo`lsa, Allohning o`zini, siz tasdiqlayotgan Yaratuvchini kim yaratgan? Bu
masalada sizning fikringiz qanday va bunga qanday isbot keltirasiz?
Men
masalani unga quyidagicha tushuntirishga kirishdim:
-Sen
bemaТni savollarni qatorlashtirib tashlamoqdasan. Birinchidan, sen o`z
savollaring bilan o`zingga qarama-qarshi kelmoqdasan. Chunki sen Allohni
ЦYaratuvchi, deb tasdiqlab, yana uni kim yaratdi, demoqdasan. Sen bir vaqtning
o`zida ham Yaratuvchi, ham Yaratilgan haqida bahs etmoqchisan. Bular qarama-qarshi
va mutlaqo bir-biriga to`g`ri kelmaydigan fikrlardir. Sen qo`ygan masala yana
boshqa tomondan ham maТnosizdir. Chunki sen Yaratuvchini o`zing yaratgan mantiq
qonuniga (bu qonun insonlar yaratgan qonun bo`lib, u yaralgan zamon va makon
mavjud va aniq) bo`ysundirmoq istaysan. Zamonni va makonni Yaratgan Alloh bu
qonunlardan, zamon va makonda yaratilgan qonunlardan mutlaqo tashqarida va
ulardan mutlaq buyukdir. U unday qonunlarga sig`maydi va bo`ysunmaydi. Allohni
zamon va makon, va ular doirasidagi qonunlarga solib, ularga bog`lab tasavvur
etish mumkin emas. Sabab va oqibat qonunlarini yaratgan Allohni insonlar
yaratgan qonunlarga bo`ysunadi, deb hisoblab bo`lmaydi.
Sening
bu so`zlaring, prujinalar yordamida harakatlanadigan qo`g`irchoqlarning, ularni
yasagan odamlar ham biz singari harakat qiladi, deyishiga o`xshab ketadi.
Chunki odamlarning harakati qo`g`irchoq harakatiga o`xshamasligini
qo`g`irchoqqa qancha tushuntirmagin, u o`z harakatidan o`zgachasini ko`ra
olmaydi. Xuddi o`sha qo`g`irchoq kabi, sen ham Allohning mavjudligini, uning
hech qanday yaratuvchisi bo`lmasligini tasavvur qila olmaysan, xayolingga ham
keltira olmaysan. Chunki seningcha atrofingdagi barcha narsalar bilan birga
Alloh ham o`z Yaratuvchisiga ega bo`lishi kerak, deb hisoblaysan.
Sen
Allohni odamlar oldiga tushmog`i uchunа
maxsus parashyutga yoki payg`ambarlar uning huzuriga etishi uchun esa,
qandaydir transport vositasiga muxtoj, deb o`ylaydigan kalta fahmlarga
o`xshaysan. Ammo men Allohni bu kabi taТriflardan uzoq tutaman. U Qodir va buyuk
Allohdir.
Olmon
faylasufi Immanuil Kant ФSofа aqlning
qarama-qarshiliklariФ nomli kitobida inson aqli bilimning cheksiz kengliklarini
egallay olmaydi, aql narsa va hodisalarning ayrim qismlarinigina anglab olish
uchun yaratilgan, deb tasdiqlaydi. Odam aqli Allohning mavjudligi tushunchasini
to`la anglab etmaydi. Biz Allohga ishonuvchilar, Uni eng avval dilimiz bilan
anglab etamiz, undan so`ngra angimizga, fikrlarimizga yo`l ochamiz.
Chanqoqlik(suvga chanqoqlik) suvning mavjudligini isbotlagani kabi bizning
haqiqatga intilishimiz ham uning (haqiqatning) borligining isbotidir.
Asl
haqiqat bu dunyoda kam va deyarli yo`q. Ko`pincha u nohaqliklar orasida
ko`rinmay, bilinmay qoladi. Ammo chin haqiqat, haq oqibatda g`alaba qiladi,
albatta. U haqiqiy dunyo-narigi dunyoda, Allohning huzurida chinakamiga tantana
qiladi.
Qadimgi
yunon faylasufi, mantiq fanining asoschisi Aristotel(uni Marks ham buyuk
mutafakkir, deb tan olgan), sabablar ketma-ketligining ko`p qiymatligida
chalkashib qolgan ekan. Aristotel aytarkanki, masalan, qursi yog`ochdan
yasaladi, yog`och daraxtdan olinadi, daraxt esa, urug`dan o`sadi, urug` uni
yig`uvchi tomonidan tayorlanadi va h.k, va h.k. Shunday qilib, u bu
ketma-ketlikning zamonda chegarasi yo`qligini tan olishga majbur bo`lib, uni
eng birinchi (ibtidoga) manbaga, boshqa sababga bog`liq bo`lmagan holatga olib
borishga, yaТni eng avvalgi turtkiga, endi hech qanday turtki zarur bo`lmagan
sababga olib borish zarurligini ilg`ob etgan. Ana o`sha boshqa sababga zarurati
bo`lmagan eng avvalgi Yaratuvchi( ilk turtki) O`zidan boshqa
Yaratuvchiga muhtoj emas Yaratuvchini, biz Alloh, Qudratli Ega, deb bilamiz.
Mashhur
sufiy, olim Ibn-Arabiy, ФYaratuvchini kim yaratganФ, kabi savolni mantiqsiz
hisoblab, bunday savollar aqli noraso kishilardagina paydo bo`ladi, degan edi.
Alloh butun borliqning mavjudligini, butun mavjudodni ko`rsatishga asos
bo`ladiganа Yaratuvchi bo`lib, U mavjudodda
Allohning mavjudligiga isbot izlab va istab bo`lmaydi. ФYorug`Ф, deyish kunduz
degani, deb tasdiqlash zarur. Chunki u o`sha tasdiqqa bog`liq kunduz bo`la
oladi. Kunduz, desak bundan yorug` ekanligi o`z-o`zidan ayon bo`ladi. ФMen
dalil-isbotlarni yarataman, Mening haqligimga dalil-isbot shart emasФ- deyilgan
Alloh so`zi bordir.
Bundan
bizning, eru-osmon, quyosh, yulduzlar, oyning mavjudligi Allohdan, Alloh esa,
isbotga muhtoj bo`lmay, er yuzidagi barcha narsalar mavjudligining isbotidir.
Dunyoning,
koinotning barcha ko`rinishlarida, uning muntazam tartibida Allohu-taoloni
kuzatsa bo`ladi. Uni tabiatningа mustahkam,
buzilmas qonunlarida, dunyo tuzilishining go`zalligida, tugarak-atrofimizni
qurshab turgan borliqning barcha takrorsizligida, hayotning shirinligi,
ajoyibotlarida, daraxtlarning shildirab turgan yaproqlarida, tovusning chiroyli
patlarida, kapalaklarning qanotlari, gullarning hidlarida, bulbullarning
kuyida, chaqmoqning yarqirashi, shamolning guvlashida, kishilarning
fikr-mulohaza va qilmishlarida, yulduz va planetalarning o`zaro aloqasida, mana
shunday bir go`zal, ajoyibotni, yaТni koinot, deb atalmish tartibli dunyoni
ko`rish va kuzatish mumkin. Bunday dunyoni o`z-o`zidan tasodifan paydo bo`lib
qolgan desak, havoga uloqtirib yuborilgan harf va tovushlardan Viliyam
Shekspirning buyuk sanТatlari o`z-o`zidan vujudga kelaveradi, degan bo`lamiz.
QurТoni
Karim bizni bunaqa maТnosiz munozaralardan xolis etib, Ф Ey Muhammad ayting:
ФU-Olloh Birdir. (YaТni Uning hech qanday sherigi yo`qdir. U yakka-yu
yolg`izdir). Olloh(barcha hojatlar bilan) ko`zlanguvchidir(yaТni barcha
hojatlar Undan so`raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug`magan va
tug`ilmagandir(yaТni Ollohning o`g`il-qizi ham, ota-onasi ham yo`qdir. U azaliy
va abadiy zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdirФ(112:1-4). (Ruscha
orginalda bu va bunndan keyingi oyatlar I.Yu. Krachkovskiy va G.S. Sablukovlar
tomonidan amalga oshirilgan QurТoni-Karimning ruschaga tarjimasidan
foydalanilgan. Biz esa, oyztlarning o`zbekchasini QutТoni Karimning Alouddin
Mansur tomonidan qilingan uzbekcha tarjimasidan oldik).
Ana
shundan so`ngra ham do`stimiz o`z so`rovini davom ettirib, deydi:
- Nima uchun Siz Ollohni faqat Yagona, deb
tasdiqlaysiz? Nima sababdan Ollohlar ko`p bo`lmaydi. Masalan, Ular ko`pchilik
bo`lib, odamlar xudosi, hayvonlar xudosi, quyosh xudosi va h.k kabi vazifalarni
bo`lib olgani yaxshi emasmi?
Mazkur
savolni qo`ygan bizning do`stimizni QurТoni Karimdan keltirilgan oyatu-suralar
bilan qanoatlantirib bo`lmaydi. Shuning uchun unga zamonaviy fanning isbotlari
lozim bo`ladi. Shu sabab men unga javob berishda bugungi fan xulosalaridan
misollar keltirib, dedim:
- Yaratuvchi, yaТni Olloh, Yakka va Yolg`izdir,
chunki olam bir materialdan tashkil topib, bir reja bo`yicha qurilgandir.
Masalan, Mendeleev jadvalidagi 92 Ц ta kimyoviy elementlar birgina vodoroddan
Фaralashtirish-assimilyatsiyaФ usuli yordamida, atom quvvati-energiyasidan
foydalanish natijasida yaratilgan. O`sha vodorod bilan osmondagi yulduzlar
yaroqlaydi, quyosh koinotni yoritib va isitib turibdi. Butun hayot, barcha
jonivorlar kimyoviy uglevododroddan tashkil topgan. Chunki butun jonli va
o`simliklar dunyosi yonish natijasida faqat kulga, ko`mirga aylanadi, xolos.
Kit,
tuya, quyon, kaptar, jiraf, timsoh, qurbaqa anatomiyasi ko`rsatadiki, bu
hayvonlar (umuman hayvonot dunyosi) yagona anatomik reja bo`yicha yaratilib,
ularning har biri ko`rinish, eshitish va farqli ko`rkamlik xususiyatlariga ega.
Shu bilan bir qatorda, ularda suyak tuzilishi (skelet), qon tomirlari
(arteriyalari), yurak qafasi, suyaklari, etlari va h.k. bir xildir. Bir
hayvonda bo`lgan suyakka o`xshashi boshqasida ham albatta uchraydi. Masalan,
kaptarning qanoti, qurbaqaning tirsagiga aynan o`xshashdir.Ularning suyaklari
joylashish tartibi bo`yicha deyarli farq qilmas darajada bir-birini
takrorlaydi. Jirafning uzun va tipiritikanning kalta bo`yinlarida ettidan umurtqa suyaklari bordir. Barcha
hayvonlarda asab sistemasi, bosh va orqa miyadan, asab to`xtamlaridan tashkil
topgan. Ovqat hazm qilish sistemasi-chi? U ham barcha hayvonlarda oshqozon,
12-barmoqli ichak, ingichka va katta ichaklardan tashkil etilgan; jinsiy sistema
esa, o`rg`ochilarining tuxumdoni, bachadon, erkaklarining urug` jo`natish
kanallari va ularning tuxumdonidan iboratdir. Hayvonlarning siydik sistemasi,
buyrak, siydik yig`uvchi xalta va siydik chiqaruvchi kanallardan iborat etib
tuzilgandir.
Hayvonot,
o`simlik dunyosining va mikroorganizmlarning barcha xilma-xil ko`rinishiga
qaramasdan, ularning qurilish sistemasida yagona bir xillik saqlanib qolgan. Bu
deyarli barcha organizmlarning tuzilishiа
va rivojlanishi asosida biologik tizim(struktura) birligi-kletka
yotishini bildiradi.
Organizmlar
tizimi(strukturasi) yagonaligi organik dunyoning paydo bo`lishi umumiyligini
ko`rsatadigan umumbiologik qonuniyatlardan eng muhimilaridan biridir.
Odamzot
va hayvonot dunyosidagi nafas olish, ko`payish va o`lim holatlari va
xususiyatlari ham olamning paydo bo`lishidagi umumiylikni ko`rsatadigan
omillardan hisoblanadi.
Mana
shularni ko`rgan va bilganimizdan so`ngra Yaratuvchini Yolg`iz desak, buning
qanday hayron qoladigan joyi bor?
Mukammallik,
chin mukammallik tengsiz va o`xshashsizdir. Shu sababdan Mukammallik ko`p xil
bo`lishga muhtojmi? Bu Mukammallikda biron bir kamchilik bormi? Unda
almashtirishga, to`g`rilashga loyiq joylar qani? Haqiqatan, kamchiliklari,
xatolari borlargina ko`pchilik bo`lishga muhtojdirlar. Undan tashqari yana bir
oddiy haqiqat mavjud, yaТni birnecha Allohlar bo`lganda edi, ular o`rtalarida
kelishmovchiliklar bo`lib, har biri o`zlari yaratgan mavjudodlarini o`z
atrofiga tortib, dunyoni bo`linishga, yaТni uni(dunyoni) vayron bo`lishga, buzilishga
olib kelishgan bo`lardilar. Olloh-Buyuk va Qudratlidir. Shuning uchun U
hamkorlarga muhtoj emas.
Bizning
suhbatdoshimiz uchun esa, Olloh haqidagi bu tushunchalar etarli emas. Shu
sababdan u davom etadi:
- Barcha ikir-chikirlaru, buyuk ishlarga aralashishi,
butun hayvonlar va jonli dunyoni boshqarishi, ularning barchasi Uni Ц Egani
tanishi, anglashi, hatto bolalarining tog`lar orasidan o`ziga makon yasash
ishlari, biror daraxtdan erga tushgan yaproqlar ham Uning izmidan ekanligi,
hamma Ц hamma narsalar hisobi Uning ixtiyorida bo`lishligi, har bir hamilasi
bor o`z hamilasini Uning izmi bilan ko`tarib yurib va Egasining izmi ila
tug`ishigacha o`z ixtiyorida saqlaydigan Qudratli Ollohning mavjudligi tushunib
bo`lmaydigan bir holdir. Demak, biror ovqatga tushgan pashsha ham Uning xohishi
bilan tushgan, yog`ayotgan yomg`ir ham Uning himmati bilan to`xtagan, deb
hisoblash, va tushunish kerakmi? Bu bilan Siz Allohni arzimagan mayda
ahamiyatsiz yumushlar bilan band qilib qo`ymayapsizmi.
Men
esa, uni juda eТtibor va diqqat bilan tingladim va unga javob berishga o`tdim:
-
Seningcha Qodir Olloh qanday usul bilan ilohiy bo`lishi kerak? Agar U bu
majburiyatlardan holi bo`lsa, O`zi yaratgan olamdan yuz o`girsa, uni taqdir
ixtiyoriga tashlab qo`ysa, U qanday Yaratuvchi - Olloh bo`la oladi? U qanday
qilib Ilohiy bo`la oladi, agar U telbalarcha bekorchi bo`lsa, O`zi yaratgan
mavjudodlarning iltijolarini eshitmasa, ularni ko`rmasa, ular haqida qayg`urib,
tashvishlanmasa U Qodir Yaratuvchi, Olloh bo`la oladimi? Muhim va muhim
bo`lmagan, ahamiyatli va ahamiyatsiz, yuqori darajali va quyi darajali ishlarni
seningcha qaysi usul bilan aniqlab olish mumkin? Olloh aralashishi lozim va
nolozim ishlarni qanday belgilash kerak?
Sen
ikir-chikir va hech narsaga arzimaydigan narsa, deb hisoblayotgan ovqatga
tushgan pashsha katta tarixiy voqealarga sabab bo`lishi mumkinligini hech
o`ylab ko`rganmisan? Seningcha tasodifan ovqatga tushgan pashsha ahamiyatsiz,
unga eТtibor bermasa ham bo`laveradigan holmi, u tarixiy hodisalar yuz
berishiga sabab bo`lmaydigan arzimas holatmi? Ana o`sha pashsha katta bir
armiya ovqatlanadigan qozonga tushib, uni ichburma yoki vabo kasaliga muftalo
etishi mumkin. Bu esa, katta urush va janglarda yutqazib, tarix yo`nalishini
o`zgartirib yuborishi mumkin. Buyuk Zulqaynarin moskit bezgagi
kasalligidan qurbon bo`lmaganmidi?
Ahamiyatsizgina
ko`rinayotgan, biror asarga kirish so`zi fojiaviy xulosaga (epilogga) olib
kelishi mumkin. Fojiaviy bosh so`z natijasiz tugashi ham mumkin. Bularning
barchasi faqat Yakka Yagona O`ziga-Ollohga maТlum, faqat U bilguvchidir.
Nega
sen Ollohning vazifalarini cheklamoqchi bo`lasan? Butun olamdagi, erdagi har
bir chang zarrachasi-yu; osmondagi narsalar Undan yashirin bo`lmasagina, har
bir narsa va hodisalar Unga aniq va maТlum bo`lsagina U ilohiydir, U Ollohdir.
Olloh tinglovchi, eshituvchi, javob etguvchi, o`z yaratganlari haqida
qayg`uruvchi Zotdir. Ana shundayligi bilan U ilohiydir.
Taqdir. U tanlanadimi yoki beriladimi?
Mazkur
masala o`rtaga chiqqanda bizning do`st yanada quvonib ketdi. Chunki u endi
mening tomog`imdan g`irt bo`g`dim; bu masalada meni hech narsa deya olmaydi,
deb o`yladi. Shu sababli u uzoq sayradi:
-
Har bir narsa uchun ham Olloh o`z taqdirini aniqlab qo`ygan, bizning barcha ishlarimiz
ham avvaldan belgilab qo`yilgan, deb hisoblaymiz, shundaymi? Demak, men biror
ishni xohlaymanmi, yo`qmi bari bir bajarishim zarur ekan-da. Agar hamma gap
shunday bo`ladigan bo`lsa, nega meni Olloh tergaydi, sud(mahkama) qiladi?
Bundan ko`rinadiki mening o`z ixtiyorim o`zimda ekanligi mutlaqo yolg`on
ekanda. Bu sizlarning o`ylab chiqargan uydirmalaring ekan-da? Mening
tug`ilishim yoki tug`ilmasligim, millatimni, tanamning rangini, Vatanni,
kenglik, uzunlikni tanlashda menda biror shaklda ixtiyor bormi, shunday ixtiyor
bo`lishi mumkinmi? Yo`q-ku, axir. Quyosh va oyning chiqishi yoki botishi mening
izmimga bo`ysunadimi? Hamma narsa taqdir bilan belgilab qo`yilgan bo`lsa,
mening hayotimda uchragan kamchilik va xatolar uchun men javobgarmanmi? Menda o`zgacha
yo`l yo`q-ku, mening qiliqlarim taqdirning ishi-ku? Shunday ekan, Olloh nega
meni jazolaydi? Agar men erkin, ozod bo`lsam, mening erkim Olloh erki qatori
bo`lsa, sen meni U(Olloh) bilan tenglashib qolasan, U bilan sherik bo`lib
qolasan deysan. Yana shu ham borki, materialistik faylasuflar insonga, uning
xulqi-avtoriga jamiyatning taТsirini, tarixiy zaruratlarning mavjudligini
tasdiqlashadi. Bunga nima deysan?
Mening
suhbatdoshim ana shunday ulkan Фto`pФdan menga o`t ochib, o`zi bir muncha erkin
nafas olganday bo`ldi. U meni tamom bo`ldi, uning joni uzildi, endi uni
Фko`mishФ qoldi, deb o`ylay boshladi.
Men
turdim-da, unga sekin, muloyimlik bilan javob bera boshladim:
-
Sen sofizmga (Sofizm-bu shunday tushunchaki, unga asoslangan mulohazalar tashqi
ko`rinishdan to`g`riga o`xshaydi-yu, aslida u mohiyatan noto`g`ri bo`ladi.
YaТni u yoki bu xulosalar qilmoq uchun boshlang`ich maТlumotlar, holatlar
noto`g`ri tanlangan bo`ladi.) tushib qolganligingni sezmayapsan. Ha, sening
qilmishlaring Ollohga maТlum, Uning kitobida hamma qilinadigan ishlar yozib
qo`yilgan. Ammo bu degani, sen ularni qilishga majbursan, seni ularni qilishga
Olloh majbur qiladi, degani emas, albatta. U qilimishlar chindan ham avvaldan
aniqlab qo`yilgan. Faqat Uning (Ollohning) ixtiyorida, O`zining bilishida
aniqlab qo`yilgan. Masalan, sen farzanding uchunа biror xususiyatni xohlagan eding, u hayotda
sodir bo`ldi, deylik. Ammo sen uni faqatgina
xohlagan eding, biroq uni o`shanga majbur etmaganding, axir. Ko`rayapsanmi, sen
u holni faqat xohlagan eding, hatto uning sodir bo`lishini uncha istaganing ham
yo`q edi. Mana shunga o`xshash Olloh va sen; sen va farzanding o`rtasidagi hol
bo`layapti bu erda.
Sen
ko`targan boshqa masalaga, yaТni tug`ish, tug`ilishni, millatni,
kenglik-uzunlikni tanlash va quyosh hamda oyni boshqara olmasligingga kelsak,
bu sening boshqa katta xotangdir. Sendagi kamchilik va xota shundaki, biz
Ollohga ishonuvchilar va sen erkinlikni, ozodlikni boshqa-boshqa tushunamiz.
Sen mutlaq erkni, ozodlikni xohlamoqdasan. Yo`q, unday bo`lmaydi. O`ylab
qaragin, inson(sen yoki men) tanasini tanlashda, uning oq yoki qora bo`lishini
belgilashda, uzun yoki kalta bo`yli bo`lishini xohlashda erkin bo`la olamizmi?
Quyoshning o`z orbitasidagi harakatini boshqa orbitaga ko`chira olamizmi? Sen
esa, mutlaq erkin va ozod bo`lishni, butun koinotda xo`jayinlik qilishni
so`ramoqdasan. Bunday erk, bunday ozodlik va Olamlarga Egalik faqat Yakka-yu -
Yagona Yaratuvchining O`ziga xosdir. Shuning uchun QurТoni-Karimda,
ФParvardigoringiz O`zi xohlagan narsani yaratur va (O`zi xohlagan ishni)
ixtiyor qilur. Ular uchun ixtiyor yo`qdir. Olloh ularning shirklaridan pok va
yuksakdirФ(28:68)-deyilgan.
Olloh
o`z xohlaganini va tanlaganini yaratadi, boshqa hech kimda bunday erk
yo`qdir.а Shuning uchunа Olloh seni pakana yoki darroz bo`lganing
uchun yoki quyoshni o`z orbitasidan chiqarmaganing uchun hech qachon
jazolamaydi. Bu maТnoda xohlabmi, xohlamaymi sen Ollohga bo`ysunishga
majbursan, chunki bu erda boshqa yo`lа
yo`q.
Munozara
mavzusi sening va odamlarning javob berishi zarur bo`lgan vazifalari va bu
vazifa- larni bajarishda ularga berilgan erkinliklarа haqida boradi. Bular shunday
cheklanganliklarki, ularni biz quyida muhakama qilamiz va ular haqida
gapiramiz.а
Sen
o`z ehtiroslaringni, his-hayajoningni, g`azabingni bosishga qodirsan. Sen
qalbing-diling bilan kurasha olasan, yomonlikka undayotgan hisiyotlarni
to`xtatib, uni yaxshilikka bura olasan. Sen o`z mol-mulkingni xayr qilishga,
o`zingni biror ishga, vaziyatga qurbon qilishga erkinsan. Xuddi shuningdek, haq
va nohaq gapirishda, taqiqlangan narsalarga tegmaslikda erkinsan. Begona
kishilarning nomus joylariga qarash yoki qaramasliging mumkin. Sen so`kinish va
o`shak(ig`vo, yolg`on) aytish, to`xmat qilishdan saqlanishing ham mumkin. Mana
shunaqa va shunga o`xshash masalalarda biz-odamlar haqiqatan ham erkinmiz.
Biroq ularning barchasi uchun javob beramiz va javob berishga majburmiz. Bular
bo`yicha biz juda qattiq so`roq etilamiz.
Biz
aytayotgan erkinlik, nisbiy erkinlikdir. U erkinlik, har bir insonning o`z
vazifalari va majburiyatlarini ado etish erkinligidir. Mutlaq erkinlik
bo`lmaydi. Nisbiy erkinlik, haqiqiy erk bo`lib, u biror nisbat talab
etmaydi.Uni biz tabiatan ko`ngullarimiz, qalblarimizda his etamiz. Xato va
kamchiliklar qilib qo`ysak uni sezamiz va tavba qilamiz, yaxshi, xayrli-savobli
ishlar sodir etganimizda esa, quvonamiz, xursand bo`lamiz. Biz har bir alohida
holda o`zimizga maТqulini tanlaymiz, juda ko`p imkoniyatlarni bir-biriga
solishtiramiz va yaxshisini, xayrlisini ajratamiz. Kasallik natijasi o`laroq
titrayotgan yoki xat yozish bilan shug`ullanib qimirlayotgan barmoqlarni
bir-biridan juda yaxshi va aniq farqlaymiz. Kasal qo`lning harakati majburan,
erksiz bo`layotganligi va yozayotgani esa, erkin, o`z ixtiyori bilan harakat
etayotganligini ochiq-oydin ko`rib va sezib turamiz. Agar ular har ikki holda
ham majburiy harakatlanayotgan bo`lganda edi, biz ularni bir-biridan ajrata
olmagan bo`lardik. Ana shunday, ko`rayapsizmi, bu erk shuni ko`rsatadiki, hech
bir qiynoq va azoblar yordamida sevmagan yurakni sevishga zo`rlab, majbur etib
bo`lmaydi. Masalan, tayoqlar, qo`rqitishlar natijasida ayolni echintirish
mumkin, ammo uni hech qachon sevishga majbur qilib bo`lmas va majbur etib
bo`lmaydi. Buning maТnosi shulki, Olloh bizning qalbimizni har qanday
zo`ravonlik va majburlashdan holi, ozod qilib yaratdi. YaТni Olloh barcha
qalblarni erkin va ozod qilib yaratdi. Shuning uchun Alloh mulohaza va
fikrlashning asosi qilib, yurakni yaratdi. Bu dunyo qiynoq va azoblari hisobiga
dindan qaytgan dindorning аyuragi sof
bo`lib, u dildan, yurakdan o`z dinidan voz kechmagan bo`lsa, u dindor Olloh
oldida gunohsiz va Ollohning marhamatiga sazovordir. Shuning uchun Olloh
QurТoni-Karimda, Ф... Lekin kim qalbi iymon bilan orom olgani holda (kufr
kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning iymoniga ziyon etmas.) ...
Ф(16.106)-deb, qalbni sof tutganlarni alohida ajratadi. аа
Sen
yana bir jiddiy xatoga yo`l qo`yasan. Chunki sen erkinlikni Olloh erkidan
yuqori qo`yishga urinasan. Erk haqida so`z yurgizayotganlarni esa, Olloh bilan
hamkorlikda, Unga tenglikda, Uning yordamchilari ekanlikda, hatto Ollohning
marhamatiga sheriklikda ayiblashga borib etasan. Sen masalani mana shunaqa
tushunganingdan juda ko`p o`rinsiz xohishni va istaklarni qatorlashtirib
tashlaysan. Bu esa, juda noto`g`ri tushunchalardir. Inson erki Olloh erkidan
yuqori bo`lishi mumkin emas. Inson Ollohga yoqmaydigan qiliqlar, qilmishlar
qilib qo`yishi mumkin. Ammo u hech qachon Olloh erkiga qarshi bora olmaydi. Bu esa, inson erki nisbiyligining boshqa bir tarafidir.
Buni
bir misolda tushuntiramiz. Masalan, biror kishi boshqa bir odamni o`ldirmoqchi
bo`lsa, demak, u Ollohga yoqmaydigan, Ollohning ko`rsatmalariga to`g`ri
kelmaydigan ish qilgan bo`ladi. Ammo o`sha o`limning sodir bo`lmasligi, uning
oldi olinishi uchun Olloh hech narsa qilmasligi mumkin. Chunki Olloh kishilarga
erk, aql-farosat bergan, axir. Shu bilan birga o`sha jinoyatchi qo`lida qurbon
bo`lishi lozim kishining Olloh belgilangan kuni bitmagan bo`lsa jinoyatchining
har qanday harakati so`zsiz natijasiz qolaveradi. Bu ham Olloh irodasidir.
Odamlarning erkinligi ham Ollohning marhamatidir.
Bizning
erkimiz Yaratuvchi tomonidan yuborilgan, Uning izmi ila lozim topilgan buyuk
savg`odir. Bizning erkimiz Ollohning marhamatidir. Biz uni Ollohdan tortib
olmaganmiz. QurТonda aytilganidek, ФOlloh xohlamaganini, sizlar
xohlamanglarФ(76:30).
Bizning
istagimiz Ollohning marhamatidan kelib chiqadi, bu Uning savg`osidir, bu Uning
buyukligi va sahiyligidan bo`lib, istagimiz Uning marhamati bilan to`g`ri kelganligidandir.
Olloh va bizning oramizda ikkiyuzlamachilik, noahllik yo`q. Bizning
fikr-mulohazalarimiz ham Olloh bilan raqobat qilishga qaratilmagan. Aynan
shunaqa tartibdagi munozaralar Ollohning Yagonaligini inkor qilmaydi, o`z
marhamatlari bilan Unga marhamat etadigan va Uning mulohazalarini muhakama
qiladigan yordamchilar keltirib chiqarmaydi.
Bizga
berilgan erk chindan ham Yaratganning marhamatidir, Uning inoyati va fikridir.
Taqdir
va uning azaldan aniqlab qo`yilishi o`z erkingni tanlashda senda ixtiyorning
yo`qligi, bunda o`z xususiyatlaring, odatlaring, tabiatan mashg`ulotlaring,
tabiiy ehtiyojlaring va boshqalar hisobga olinmasligi masalasini o`rtaga qo`yib
va bu erda qandaydir majburiylik bor deganlar va sen yana boshqa xatoga yo`l
qo`ymoqdasiz va eng chuqur adashmoqdasiz. Olloh esa, ФAgar Biz xohlasak, ularga
osmondan oyat-mo`Тjiza nozil qilib shu bilan
bo`yinlari egilib qolardi.Ф(26:4), deb ochiq Ц ravshan aytib qo`yibdi. Bu
suraning mazmuni shundan iboratki, Olloh xohlasa bizni haq yo`lga solib
qo`yishga qodir. U bizni zarur usul bilan dinga boshqarib qo`ya oladi. Ammo U
bularning barchasini qilmaydi, chunki majbur etish va zo`ravonlik
Ollohga-Yaratuvchiga xos emas.
ФDinga
zo`rlab (kiritish) yo`qdir. (Zero) haq yo`l zalolatdan ajrab bo`ldi.Ф(2:256),
deyladi Olloh kalomida. Yana, Ф(Ey Muhammad) Parvardigoring xohlasa er yuzidagi
barcha insonlar dinga ishongan bo`lib qolardi. Nima?! Kishilar dindor bo`lishi
uchun ularni majbur etasanmi?Ф, deb taТkidlaydi Olloh. Aslo unday emas, Olloh
hech kimni dinga kirishga majbur etmaydi. Dinga kirish kirmaslikda kishilar
erkindirlar. Shu sababdan Olloh o`z rasuliga, Ф(Ey Muhammad) Alloh majbur
etmayotgan bir holda sen kishilarni dinga majbur etasanmiФ, deb taТkidlaydi.
Taqdir
va uning azaliy ekanligi Olloh tarafidan kishilarga yuklatilgan majburiyat, deb
qarolmasligi kerak. Har bir kishi taqdiri, uning ruhiy intilishlari va aqliy
qobiliyatlariga bog`liq shakldaа Olloh tomonidan azaliy belgilandir. Olloh har
bir kishigaа uning mashg`uloti va
maqsadlariga qarab ularning amalga oshishini xohlaydi. QurТonda, ФKimki (o`z
amali bilan) oxirat ekinini (yaТni savobini) istar ekan, Biz unga ekinini(ng
hosilini) mo`l-ziyoda qilurmiz. Kimki dunyo ekinini istar ekan, Biz unga
o`shandanm beramiz. ...Ф(42:20), deyilgani kabi Olloh kimga nima bersa u uniki,
chunki Olloh kim nima sevsa, xohlasa o`shani unga beradi. ФUlarning dillarida
maraz bor edi, bas, Olloh marazlarini yanada ziyoda qildi.Ф(2:10); ФKimki
to`g`ri yo`ldan yursa, Olloh uning to`g`riligini kuchaytiradiФ(47:17)-deb
karomat qilinadi Olloh kitobida. Mol-mulk hisobiga ozod etilgan asirlarga
Olloh, ФAgar silarning ko`ngullaringda ezguliklar borligini Olloh bilsa,
sizlarga o`zingizdan olingan narsadan yaxshiroq narsa berur va sizlarni
mag`firat qilurФ(8:70)-deydi.
Alloh
taqdirni kishilarning intilishlariga moslab azaliy etadi. YaТni ularning
intilishlari ijobiy bo`lsa, taqdir ham yaxshi yo`l bilan, u yomon bo`lsa yomon
yo`l bilan taqdir belgilab qo`yiladi. Bu esa, Ollohda ikkiyuzlamachilik
yo`qligini ko`rsatadi. Taqdirning azaliyligi-bu kishining o`z tanlovidir, bu
erda ikkiyuzlamachilik va qarama-qarshiliklar yo`q. Olloh bizning
taqdirimizniа o`z intilishlarimizga
bog`liq ravishda aniqlagandir. Shu sababdan bu erda inson erkiga nisbatan
majburiylik, zo`ravonlik yo`qdir. Shunga ko`ra QurТoni Karimda, ФKimki zakot va
boshqa sadaqotlarniа ado etsa va Ollohdan
qo`rqsa, hamda go`zal aqibatni tasdiq etsa. Bas, Biz uni engil yo`lga muyassar
qilurmiz. Kimki hasislik yo`liga yurib boyigan bo`lsa, o`zini behojat bilsa.
Hamda go`zal oqibatni yolg`on desa. Bas, Biz uni og`ir yo`lga ФmuyassarФ
qilurmizФ(92:5-10), deb taТkidlangandir. Badr jangiga atalib, Ф(Ey Muhammad)
Siz otgan paytingizda, siz otmadingiz, balki Olloh otdiФ(8:17) , deb aytilgan,
Olloh kalomida. Chunki u jangda Muhammadu-rasulloh(Olloh uni rahmat aylagan
bo`lsin) qarshi tarafga otgan toshu-qumlardan dushmanlarning ko`zlari ko`r
bo`lib qolgandi. Bu erda ikki istak, yaТni Ollohning va Uning qulining
istaklari bir-biriga qo`shilib ketganini kuzatamiz.Taqdirni tushunishga yordam
baradigan kalit ham aynan ana shu erda turubdi. O`z istagini amalga oshirishga,
uni bajarishga intilish kishining o`ziga(Olloh quliga) bog`liq bo`lib,
unga(qulga) bajara oladigan imkoniyat berish esa, Allohga bog`liqdir. Shuning
uchun bu erda yaxshi, ezgu niyat, istak- yaxshilik va ezgulik bilan, yomon
istak, niyat Ц yomonlik, yovuzlik bilan amalga oshadi.
Inson
erki, ozodligi, erkinligi-o`zgaruvchan, nisbiy bo`lib, u holatlarga, vaziyatga
bog`liq ravishda o`zgarib turishi mumkin. Odamzot o`z erki chegaralarini
kengaytirishi mumkin. Masalan, o`z bilimini kengaytirish bilan, yaТni mehnat
uskunalari, tez harakatlanish vositalari, aloqa yo`llari yaratish bilan odamzot
o`z erkinlik sohasini so`zsiz kengaytiradi. U uzoq masofani bosib o`tish vaqtini
qisqartirishi(masalan, piyoda yurishdan ko`ra avtomobilda yurish, undan ko`ra
uchoqda uchish va h.k.), zamon va makondagi ayrim chegaralarni oshib o`tishi
ham mumkin. Atrof muhitni o`rganish natijasida mazkur muhitga odamzot hukmron
bo`lish va undan unumliroq foydalanish yo`llarini topa oladi. Shuningdek,
odamzot issiqdan, sovuqdan, qorong`ulikdan saqlanish yo`llarini topdi; juda
uzoq masofalarga ketish va nihoyatda balandliklarga chiqishni o`rgandi. Mana
shunday qilib, odamzot o`z harakat erkinligini juda kengaytirdi.
Bilim
turli xil cheklashlardan qutulish usuli bo`lib, odamzot istagini, erkini
kengaytirish imkoniyatidir. Ammo inson erki chegaralarini kengaytirishning bosh
vositasi Ollohga sig`inishdir. Ollohga yaqinlashish natijasidagina odamzot
ulkan erkka erishadi va Uning O`zidan karomatlar va yordamlar ola biladi.
Payg`ambarlar va ularning izdoshlari ana shunday vositalardan
foydalanishganlar. Masalan, Qudratli Olloh Sulaymon alayhis-salomga jinlarni
bo`yin egdirdi, uni shamol hukmdori etdi. Sulaymonni butun qushlar tilini
biladigan qildi. Bularning barchasi Ollohning va faqat Uning karomati va
qudratidir. Muso alayhis-salom(unga Allohning rahmati bo`lsin) Nil daryosi
oqimini to`xtatdi. Iso payg`ambar (Ollohning unga rahmatlari bo`lsin) esa,
o`liklarni turg`ozdi, ko`rlarning ko`zini ochdi, suv ustida oyoq bilan yura
oldi, kasallarni davoladi va h.k. va h.k. Bularning barchasi Olloh yordamida
bajarildi. Sulaymon, Muso va Iso nihoyatda dindor kishilar bo`lib, ular Yagona
Allohning insonlarga yuborgan chin payg`ambarlari edilar.
Payg`ambarlarning
mo`Тjizalari haqida va ularning izdoshlari karomatlari haqida, masofalarni
qisqartira oladigan xususiyatlari haqida o`qiymiz va o`rganamiz, ularni
bilamiz. Bu esa, uzluksiz chidam bilan mehnat qilish natijasida ruhan Ollohga
yaqinlashish va Unga cheksiz muhabbat bilan insonga nasib bo`ladi. Bunday
kishilarga Olloh zo`r bilim va boshqalar erisha olmaydigan karomatlar hadya
etgan bo`ladi.
Abu-Hamid
G`azaliy taqdir masalasini ikki og`iz so`z bilan ifodalab qo`ya qolgan: ФInson
o`zi bilgan sohada erkin bo`lib, bilmagan joyda erksizdir.Ф Bundan ko`rinadiki,
subТektiv bilim bilanmi yoki Ollohdan inoyat qilingan obТektiv bilim bilanmi
bulardan qatТi nazar odamzot har safar o`z bilimini oshira borib, o`z erki
chegarasini ham kengaytiraveradi.
Materiallistlar,
odamzotni tarixiy muqarrarlikning asriga aylantirib chuqur xatoga yo`l
qo`yadilar. Ular insonni misoli shamolda uchayotgan qo`lsiz, oyoqsiz va hech
qanday istaksiz bir cho`p kabi iqtisod va jamiyat qonunlariga bo`ysunmay undan
chiqa olmaydigan va qochib ham qutula olamydigan zanjirning bir xalqasiga
aylatirilgan shaklda qaraydilar. Shuningdek, bu g`oya tarafdorlari bu holni
Фsinfiy kurash muqarrarligiФning qonuni, deb tinmay takrorlashdan
charchamaydilar. Biroq bu ilmiy jihatdan xatodir. Chunki insonlar orasidagi
munosabatlarda muqarrarlik bo`lmaydi. Ko`pincha bu hollar taxminga oiddir.
Jamiyatda insonning o`rni va mashinaning qismlari o`rni aynan ana shunisi bilan
farq qiladilar. а
Quyoshning
tutilishini juda katta aniqlik bilan anchagina vaqt oldindan (hatto bir necha
yillar ilgaridan) eТlon etish mumkin. Ammo hech kim, hech bir zamon kishining
ertasini, uning dilida, ko`ngulida nimalar saqlanganligini oldindan ayta
olmaydi, unga hech kimsa qodir emas. Faqat ularni taxmin qilish mumkin, xolos.
MaТlumki,
Marksning bashorati amalga oshmadi. Rivojlangan
kapitalistik mamlakatlarda inqilob sodir bo`lmadi. Vaholanki, eng qoloq
mamlakat Russiyada inqilob yuz berdi.
Marks
kutgani kabi kapitalizm va kommunistik jamiyat o`rtasida kurash keskinlashmadi,
ular tinch-totuv yashashga intildilar. Bundan tashqari kommunistik mamlakatlar
o`zlari kapitalistlar bilan iqtisodiy aloqalar o`rnatishni boshlab berdilar.
Shuningdek, kapitalistik jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshilik keskinlashmadi,
kapitalizm tugamadi, aksincha kapitalistik ishlab chiqarish rivojlandi.
Kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar sotsialistik lagerning o`zida yuzaga
keldi, hatto sotsialistik lagerning o`zi tugadi. Mana bu insoniyat rivojlanishi
tarixini va uning kelajagini materialistlar tomonidan noto`g`ri va xato talqin
qilinishidir. Bu xatolar natijasida juda katta-katta adashishlarga kelindi.
Materialistlar insonni muqarrarlik to`riga ilingan pashsha hisoblaydilar va
ular inson erkin va uning erkinligi real ekanligini unutadilar.
Insonga
atrof muhit va jamiyatning taТsiri borligi haqida, inson hayotda yakka o`zi
yashamasligi, uning erki harakatsiz ekanligi haqidagi materialistlar davolariga
bizning juda yaxshi javobimiz tayor.
Biz
bu davolarni qabul qilmay, atrof muhitning jamiyatga taТsirini ayrim olingan
erkka teskari taТsir kabi qaramay, erkinlikning dialektik maТnosini
tasdiqlovchi va uni rad qilmaydi, deb javob qilamiz. Shaxsga tegishli
(individual) erk, o`ziga qarshi harakatni yo`qotmasdan turib, u o`z Ц o`zicha
o`zini isbot qila olmaydi. Agar kishi oldida tanlashi mumkin bo`lgan yo`llar
bir qancha bo`lib va u ulardan birini tanlash erkiga ega bo`lsa, ana shu
haqiqiy tanlash erki hisoblanadi.
Alloh nima sababdan yovuzlikka yo`l qo`yadi?
Mening
do`stim o`z hujumini davom ettirib, dedy:
-Siz
aytasizki, sizning Allohingiz makammal, rahimdil(mehribon), marhamatli va
shuningdek hech kimni, qarini ham, go`dakni ham ayamaydigan barcha balolar:
kasallik, keksalik, o`lim, zilzila, vulkanlar, mikroblar, zahar, sovuq,
saraton(rak) kasalligi kabi yovuzliklarni ham U(Olloh) yaratdi. Agar Alloh
shunaqa sevguvchi va yaxshi bo`lsa, nima uchun U bu qadar baloyu-yovuzliklarni
ham yaratdi?
Mening
suhbatdoshim ko`targan masala falsafaning eng munozarali muammolaridan
hisoblanib, bu haqda juda ko`p fikrlar bor. Ammo men unga quyidagicha javob
berdim:
-Alloh
chindan ham rahimdil, mehribon, shafqatli. U
hech vaqt yomon ish qilishga buyurmaydi. Ammo Uning baloyu-yovuzliklarga o`rin
berishiа alohida bir donishmandlikdir.
Chunkiа QuorТoni Karimda, ФAyitng(ey
Muhammad): ФOlloh hech qachon bunday buzuq ishlarga buyurmaydiФ. Olloh shaТniga
(o`zingiz) bilmaydigan narsaklarni aytaverasizlarmiФ! Parvardigorim
haqiqatni(adolatni) marhamat etdilarФ(7:28)-deyiladi. Olloh faqat haqiqatni,
adolatni marhamat etadi, U faqat muhabbat ila yaxshilikka boshqaradi, U faqat
yaxshi qilmishlardan rozi bo`ladi. Ammo nima sababdan Alloh diktatorni, qatlni,
o`g`rini bu dunyoda baТzan jazosiz qoldiradi? Chunki Olloh bizning erkin
bo`lishimizni xohlaydi. Agar to`g`rilik va egrilik, Ollohga sajda qilish va
gunohkorlik o`rtasida biz uchun tanlash erki bo`lmasa edi, inson erkinligi
maТnosiz bo`lib qolgan bo`lardi, axir.
Aslida
Alloh bizning barchamizni yaxshi va Unga sig`inuvchi dindorlar qilib qo`ya
oladi. Biroq buning uchun bizdan erkni olib qo`yishi zarur bo`ladi. Olloh
qoidalarida erk achchiq bo`lsa-da, u qullikdan juda afzal va baxtlidir,
deyiladi. Shuning uchun Olloh bizni adashadigan, ihlos etadigan, o`rganadigan
bir shaklda qoldirdi. Doshinmandlik shundaki, bu erda yuqorida tilga olingan
yovuzliklarga ham o`rin bor. Ha-da, Olloh shaytonga ham
bu olamda er bergan, axir. Shu sababdan, ФAgar Olloh odamlarni ular qilgan bor gunohlari
bilan jazolasa edi, (er) yuzida biron joniborni qo`ynagan bo`lur edi. Ammo U
zot ularni (jazolashni) belgilangan muddatgacha qoldirur.Ф(35:45)-deyiladi
QurТoni Karimda.
Shu
bilan birga masalaga adolat yuzasidan yondashilsa hamma ishlarda yaxshilik asos
bo`lib, yomonlik-yovuzlik alohida ulardan mustasnoligi namoyon bo`ladi.
Masalan, kishi hayotining asosiy qismi sogТlik-salomatlikda o`tib,
xastalik-kasallik, huzursiz vaqtlari juda kam va qisqa mudadli bo`ladi. Xuddi
shunga o`xshash, Er qurТasi millonlarcha yillar davomida mavjud turishiga
qaramay, zilzilalar sonoqli marta sodir boТlib, ularning davomligi minutlar
bilan belgilanadi, xolos. Er yuzida millatlar-xalqlar minglab yillar yashashi
davomida ular oТrtasidagi urush-janjallar ham kam sonli va ularning aksariyati
kichik-kichik to`qnashuvlar boТlib, ular ham nisbatan qisqa muddadli
boТlganlar. Shu bilan birga bu hodisalarning har birining oТziga yarasha ijobiy
tomonlari ham bor. Xastalik(kasallik) kishida chidamlilikni tarbiyalaydi (Hozir
dunyoda koТpgina kasalliklar dori Ц darmonlar ishlatilmasdan davolanadi). Azob
Ц uqubat irodani, ruhni mustahkamlaydi, unda (og`irlikka) chidashni
chiniqtiradi. Zilzila esa, Er sharini ichki(erosti) bosimdan qutultiradi. U er
qabig`ini tahlikali portlashlardan saqlaydi, tog`larni erni o`z joyida ushlab
turuvchi qutblar og`irligi sifatida kerakli joylariga qaytaradi; ularni
cho`ktiradi yoki ko`taradi. Vulkanlar er tagida yashiringan ruda va boyliklarni
erning yuziga chiqaradi, tuproqni (erning usti qabig`ini) vulkan rudalari bilan
boyitadi. Urushlar harbiy ittifoqlarning tuzilishiga va shikoyatlarni, tinchlik
bitimlarini hal etuvchi xalqaro mahkamalarning tuzilishiga sabab bo`ladi.
Odatda urushlar davrida yangiliklar, yangi kashfiyotlar juda qisqa muddadda
vujudga kelishi ham sir emas. Penitsilin, atom, reaktiv uchoqlar va shu
kabilarning barchasi urushlar davrida maydonga keldi. Ilon zaharidan qimmatli
dorilar olinsa, mikroblar yordamida chechakka qarshi emmlanadi. Demak, mikrob
ham, zahar ham bu hayotda lozim narsalar hisoblanar ekan. Agar o`lim
bo`lmaganda edi, bugun er yuzida odam o`tiradigan joy ham qolmagan bo`lardi. Bu
yorug` dunyodagi yovuzlik, rassomlar chizgan rasmlardagi soyaga o`xshaydi.
Chunki unga yaqindan qarasang, u soya ortiqchadek tuyuladi, ammo unga
uzoqroqdan nazar tashlansa, u soya rasmga na faqat kerak, hatto rasmning butun
ko`rinishi-husni u soyaga bog`liqligi bilinadi. Kasallik-chi? Kasal bo`lmasak,
sog`lik-salomatlikning qadrini tushunarmidik? Sog`liq-bu boshimizdagi bizga
ko`rinmaydigan tojdir. Uni faqat sog`ligimiz buzilganda, xasta bo`lganda
sezamiz va qadrlaymiz. Shuningdek, xunuklik, badbasharalik bo`lmaganda
go`zallikni, nafslikniа ajrata
olarmidik!? Agar stixiyali kasofatlar, halokatlar bo`lib turmasa hayotning
shirinliklarini, totliliklarini bilmagan bo`lardik. Shuning uchun ФYoyning
botiq(egri) qismi, uning yoyligini belgilagani kabi olamdagi doimiy
kamchiliklar uning haqiqiy mukammalligidirФ- degan edi Abu Ц Hamid G`azaliy.
Hayotdagi
qiyinchiliklar, mushkulliklar odamzotning xususiyatini aniqlaydi. ФMashaqqatlar
bo`lmaganda edi, barcha xo`jalarga (janoblarga) aylanardilar, sahiylik
kambag`allashardi, mardlik esa, jonsiz holga tushgan bo`lardiФ-degan edi
shoirlardan biri.
Haqiqatan
qiyinchiliklar biz uchun bir sinovdir. Ular o`ziga yarasha bizni nazorat qilish
bo`lib, ular bilan bizning Alloh oldidagi ahamiyatimiz darajasi o`lchanadi.
ФBaxtsizlik kelganda: ФChindan ham biz Ollohga tegishlimiz va chindan ham biz
Unga qaytamizФ-deguvchi sabrlilarni shodman qilФ-deyiladi QurТoni Karimda.
Chindan
ham bu dunyodagi hayot inson yashami uzundan-uzoq romanining bir kichik
bobidir, qolgan boblari esa, so`ngra birin-ketin kelajaklar. O`lim esa, o`sha
cheksiz romanning boshlanishidir. Spektaklning faqat bir qisminigina ko`rib u
haqda to`la xulosa chiqarib bo`lmaydi. Katta bir kitobning birgina sahifasi
yoqimsiz bo`lsa, u kitobni otib yuborib bo`lmas, axir. Odatda natija eng
so`nggida maТlum bo`ladi. Shu aytganlarimdan keyin bizning do`stimiz,
g`am-g`ussasiz, og`riqsiz, keksaymas va o`limsiz hayot bilan nima ish qilarkan?
Balki u mutlaq to`la qonli, oliy darajada
to`lib-toshgan hayotni istayotgandir. Bunday hayot faqat Ollohga oiddir. Mutlaq
mukammal faqat Yolg`iz Olohdir. Shunday ekan, yaТniа Unda hech bir kamchiliklar yo`q ekan, nima
uchun U Yolg`iz bo`lmasligi kerak?
Masala
shundaki, mening suhbatdoshim o`zi ФOllohФga aylanmaganicha hech narsaga rozi
bo`lmaydi-da. Bu esa, o`z navbatida o`ta shakkoklikdir. Bu do`st fan doktori,
uni ishontirish, hayron qoldirish uncha ham engil bo`lmaganlar toifasidandir. U
mehnatsiz, harakatsiz, toppa-tayor jannatni xohlaydi. Biroq unday jannatga
munosib bo`lmoq uchun u qanday ish va yumush bajardi ekan? Istagani darhol
hozir bo`ladigan ФQudratli OllohФ bo`lmoq uchun bu fan doktori insoniyatga,
jamiyatga, kishilarga qanday xizmat qildi, nimalar ko`rsatdi, ekan? Mening
buvim bu doktordan donishmandliroq shekilli, chunki u hamisha, ФYaxshiliklar
Ollohdan, yomonliklar bizlarning o`zimizdanФ, deb yuradi. Bu so`zlar oddiygina
bo`lsalarda ularda barcha masalalarning echimi mujassamlashgandir. Masalan,
Olloh daryolarda suvni oqizib, shamolni yurgizib qo`ygan. Ammo hasis bir kema
kapitani esa, kemaga odamlarni va mollarni keragidan ortiqcha chiqardi va
buning natijasida kema cho`kib ketdi. Endi u kapitan Ollohni ayiblay boshlaydi,
taqdirni qarg`ay boshlaydi. Bunda Ollohning ayibi nimada? U daryoni yaratib,
uni normal oqizib qo`ygan bo`lsa, suzish uchun qulay ob-havo bergan bo`lsa, bu
insonga yana nima lozim?а Insonning
to`ymaslik, hasislik xususiyati yaxshilikni yomonlikka aylantirib yuboradi.
Shuning uchun kema cho`kish holida Olloh emas, nafs gadosi, shayton yo`liga
yurgan kapitan ayibdordir. Bu holda mening buvimning ФYaxshiliklar Ollohdan,
yomonliklarni biz qilamizФ, degan so`zlarida qanchalik haqoniylik borligi yaqol
ko`rinib turibdi.ааааааа
QurТoni Karim borib etish(tushish) nasib
bo`lmaganlarning ayiblari
nimada?
Bu
safar mening suhbatdoshim ketma-ket boshini qashilardi. Aftidan meni
chalkashtirish uchun u so`zlar axtarardi. Nihoyat, u uzundan-uzun so`zlarini
boshladi:
-
Yaxshi. QurТoni Karim borib etmagan, kitoblar va payg`ambarlar yuborilmagan
erlardagi kishilar haqida nimalar, deya olasan? Ularning gunohlari qanaqa?
Dahshatli Mahkama (Sudlanish) kuni ular qaysi joyda bo`ladilar? Masalan, Uzoq Shimoldagi
eskimoslar yoki Afrika jangalzorlaridagi odamlar nima qiladilar? Ularni Qiyomat
kuni nimalar kutadi?
Men
unga quyidagicha javob berdim:
-
Birinchidan, seni biroz to`g`rilashga ijozat etgaysan. Chunki sen noo`rin va
noto`g`ri savol qo`ymoqdasan. Olloh bu olamda hech kimni O`z mehridan mahrum
qilmaganligini xabar qiladi. Masalan, ФXabarchimiz o`tmagan birorta ham xalq
yo`qdir.Ф(35:24)-deyilgan QurТoni Karimda.
MaТlumki,
QurТonda sanalgan payg`ambardan boshqa ham juda ko`p payg`ambarlar o`tgan bo`lib,
ularning sonlari minglarcha bo`lganligi haqida xabarlar bor. QurТoni Karimda,
ФAniqki, Biz sizdanilgari (ko`p) payg`ambarlar yuborganmiz. Ulardan Biz sizga
hikoya qilib bergan kishilar ham bor, yana ulardan Biz sizga hikoya qilmagan
ham bor bordirФ,(40:78)-deydi Ollohu taolo. Hatto asalariga, ФParvardigor,
asalariga vahiy-amr qildi:: ФTog`larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan
inlarga uya solginФ(16:68)-deb Olloh ko`rsatma beradi. Biz bilamizki, ular
shunaqa uya quradilar
Olloh
turli xil karomatlar bilan bandalariga taТsir ko`rsatadi. U taТsirlar: baТzan
Jabrail keltirgan kitoblar ko`rinishida; baТzan bandalar qalbiga Olloh
yo`naltgan nurlar shaklida; baТzan kishilar qalblaridagi quvonch va rohatlilik
shaklida; baТzan donishmandlik, real ko`rinishda; baТzan Ollohga sajda,
taqvodorlik, Ollohdan qo`rqish shaklida bo`ladi. Allohning bu marhamatlarini
qalbida nafs va nozik sezgisi va intilishiа
bo`lgan har bir kishi qabul qiladi. Ammo kitoblar, payg`ambarlar, karomatlar
qanchalik ko`p bo`lmasin, qulog`iga paxta tiqib, qalblarini yopib olganlarga
yordam bermaydi. Olloh har bir bandasiga o`z mehribonliklarini, marhamatlarini
baravar ko`raman va bu haqda hech kimga hisobot bermayman, deydi. Olloh o`z
donishmandligi bilan biror kishini saqlasa, boshqasini esa, uning arzimas
dindorligi yoki savob ishi evoziga afv etadi. Bu Ollohning marhamatiga bog`liq.
Kim bilsin, balki yarim yolong`och qadimiy negrning chinakamiga Ollohdan
qo`rqib, chin qalbdan Unga qilgan birgina iltijosi, bizning ko`pmartalab qilgan
duolarimizdan ko`ra muhimroq va qutqaruvchiroq bo`lar.
Qadimiy
negrlarning dinlarini chinchiklab o`rganilsa, ularda payg`ambarlar va bizning
muqaddas kitoblarimizga o`xshash kitoblar bo`lganligini ko`ramiz. Masalan,
Mov-Mov qabilasi Mujayin ismli Ollohga ishonishadi. Qizig`i shundaki, ular
uni(Mujayinni) yakka yagona, u tug`ilmaydi va tug`maydi, unga teng va o`xshash
boshqa mavjudod yo`q, uni faqat izlaridan bilish mumkin va u yaratuvchi, u
hammaga emak beradi va hammani quvvatlaydi, u shafqatli-rahmdil, xastaliklarni
davolaydi, kambag`allarga yordam beradi, yomg`irlar yog`diradi, yolvorish-u,
duolarni eshitadi, deb biladilar. Bulardan tashqari ular yashinni Mujayinning
qilichi, mamaqoldiroq guldirashlari esa, uning qadamlari ovozi, deb
tasdiqlaydilar. Mov-Movlarning bu Mujayini o`sha yagona Yaratuvchi-Ollohning
o`zginasi emasmi? Agar ularning tarixida ularga bu bilimlarni keltirgan
payg`ambarlari bo`lmagan bo`lsa, ulargaа
bu bilimlar qaerdan keldi? Vaqtlar, zamonlar kechdi, odatda bo`ladigani
kabi bu dinga buzg`unchilik aralashdi, ig`vogarlar, yolg`onchilar ko`paydi va
oqibatda bu sof dinni buzdilar.
Niem-Niem
qabilasida ham Yagona Yaratuvchiga ishonadilar va uni Mubili, deb ataydilar.
Ularning tasdiqlashiga ko`ra, changalzorlardagi barcha narsalar faqat uning marhamati
va xohishiga muvofiq qimirlaydi va harakatlanadi; u yovuz, jahl kishilarga
yashin-chaqmoqlar yuboradi, yaxshilarni esa, hayotiy neТmatlar bilan
mukofotlaydi, yaТni ularga tinchlik, asoyishtalik ato qiladi. Shuningdek,
shayluk qabilasida ham yagona xudoga ishonishib, uni Juk, deb ataydilar. Ular
Jukni yashirin va ochiq, u osmondadir, uning har erda va hamma erda uning
borligi bilinib turadi, atrofni urab turgan butun borliq u tomonidan
yaratilgan, deb aniqlaydilar.
Danka
qabilasi ham bir xudoga ishonadi, uni Niyalak, deb atashadi. Bu esa, Фu
osmondaФ, degan maТnoni beradi.
Yuqorida
keltirilgan tasdiqlarni islom, deb atamasdan, yana boshqa nima, deb atash
mumkin? Bu ko`rsatilganlar, nomlari keltirilgan qabilalarga payg`ambarlar
yordamida Olloh tarafidan yuborilgan(nozil etilgan) samoviy karomatlar bo`lmay,
boshqa nima ham bo`lishi mumkin? Darhaqiqat, bizda din bittadir! ФAlbatta,
iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo`lganlar, nasroniylar va
sabiiylar(parishtalarga sig`inuvchilar) Ollohga, oxirat kuniga ishonsa va
yaxshi amallar qilsa, o`shalarga Parvardigorlari huzuridaajr bordir va ular
uchun xafvu xatar, g`am-anduh yo`qdirФ(2:62), deb taТkidlaydi Olloh QurТoni
Karimda. Ammo har doim insonlar bilib-bilmay zamonlar kechgan sayin dinning
sofligi, beg`uborligiga putir etkazishadilar.
Yagona
Ollohga iymon keltirganlar oxir zamonda, barcha oyoqqa turadigan kun, qiyomat
kuni Rabbimizning marhamatiga, buyuk mukofotiga sazovor bo`ladilar.
Ollohning
mehribonligi, mag`firati, marhamati xilma-xil shakl va ko`rinishda bo`ladi.
Qarang, bu olamda ko`zi ojiz tug`ilganlar ham, ko`zi ravshan tug`ilganlar ham
mavjud. Muso alayhis-salom davrida tug`ilib, uning karomatlarini, yaТni hassa
bilan daryolar oqimini to`xtatib qo`yganligini o`z ko`zi bilan ko`rganlar, Iso
aleyhis-salom zamonida yashab, uning o`liklarni tiriltirganliklarini ko`rganlar
ham bor. Biz esa, o`sha karomatlar haqida eshitib, o`qiganmiz. Eshitgan
narsalar, ularni ko`z bilan ko`rganga o`xshamasligi mumkin. Shu bilan birga
ishonch (iymon), din u karomatlarga juda ham bog`liq emas. Chunki ko`pgina
mag`rur kishilar payg`ambarlarning mo`Тzijalarini ko`rib turib ham ularni
yolg`onchi, aldovchilikda, sehrgarlikda ayiblashganlar. Mening suhbatdoshim,
Tavrot, Injil va QurТonni (tarjimada, albatta) o`qib chiqqanligiga shubha yo`q.
U kitoblar uning ikkilanishlari, shubhalarini chuqurlashtirgan bo`lsa kerakki,
u o`z holatini bir muncha o`nglamoq maqsadida suhbat mavzuyisini muqaddas
kitoblar tushirilmagan changalzorlarda yashovchi odamlar taqdiriga burib
yuborishga urinmoqda. Shuning uchun ham u bizdan, ФQurТonning maТnosi borib
etmagan va muqaddas kitoblar tushirilmagan kishilar haqida siz qanday
fikrdasiz?Ф, deb so`ramoqda va ilohiy adolatdan kamchilik topganday bo`lmoqda
yoki buni u o`zicha zavq his qilmoqda. Shu sababdan bo`lsa kerak, u quyidagicha
savolni o`rtaga tashladi:
- Nima uchun Olloh
mehri-mehribonligi xilma-xil? Nima uchun Olloh birovlarga karomatlar ko`rsatish
imkoniyatini ato etadi, boshqalar esa, ular haqida faqat eshitadi va kuzatadi,
xolos?
- Shuni yaxshi bilmoq
kerakki, karomatlar hamisha ham shafqat, mehribonlik belgisi bo`lavermay,
baТzida ular azob-uqubatlardan iborat bo`ladi. Ollohdan ziyofatlar tushirishni
so`ragan Iso aleyhis-salom(uni Rabbimiz rahmat aylagan bo`lsin) izdoshlariga,
ФOlloh dedi: Men sizlarga uni tushirguchiman. Ammo shundan keyin sizlardan
kimda-kim kofir bo`lsa, uni shunday azobga giriftor qilamanki, butun olamlardan
biron odamni unday azoblamagaymanФ(5:115)- demaganmi, Ollohu taolo? Bu shuning
uchunki, karomatlar nozil bo`lgandan keyin ham dinsiz qolganlarga yanada katta
jazolar yoboriladi. Shuning uchun karomatlarni ko`rmasdan ishonganlar ko`p
baxtli hisoblanib, unga ishonmaganlarning sho`ri bordir.
Bu
haqda QurТonda juda ko`p ko`rsatmalar bor. Agar sen QurТoni Karimdagi ko`rsatmalarni
bajarmas ekansan,а Qiyomat Kuni seni
azobu-qiynoqlar kutadi. Qutblarda, changalzorlarda yashovchi eskimoslar uchun
esa, ularda QurТoni Karim kabi ko`rsatmalar bo`lmaganligi sababli ularga
engilliliklar bo`lishi mumkin. Olloh ularga nisbatan kechirimliroq,
mehribonliroq munosabatda bo`lishi ham mumkin. Shuning uchun ularning umrida
bir martagina sidqidildan Ollohga iltijosi Qiyomat Kuni inobatga olinsa, ajab
emas. Ollohning birovga ko`proq yoki kamroq shafqatli, mehrli bo`lishi esa,
ularning qalblarini Olloh naqadar bilishligiga bog`liqdir. Bu haqda QurТoni
Karimda, Ф...а U zot ularning dillaridagi
(sadiqat va vafo)ni biladi. Shu sababdan ularga sakinat-orom tushirdi va ularni
g`alabaga yaqinlashtirdi. ...Ф(48:18) Ц deyiladi.
Biz
yorug` dunyoga kelmasdan, hali ona qornida paydo bo`lmasdan, hali Olloh arshi
atrofida ruh holida yurganimizdayoq bizning intilishlarimiz Ollohga aniq edi.
Bizning oramizda Yaratganning atrofida, uning yaqinida bo`lish, uning jamoliga
sazovor bo`lish baxtiga muyassar etilganlar, Olloh yaratgan neТmatlardan
bahramand bo`lib, undan o`z rohat-farog`atini ko`zlab Ollohdan uzoqlashganlar ham bor, deb tasdiqlashadi
sufiylar.
Bu
yorug` dunyodagi nihoyatda qisqa bir zamonlik hayotimiz davrida ko`rgan-kechirganlarimiz
hech narsa emas. Har bir, hatto salgina og`riq, ozgina xastalikningа va ularning to`xtatilishi sabablari va
xususiyatlari Yagona Ollohning O`ziga maТlumdir. Shu sababdan mendan, ФAlloh,
cho`chqani nima uchun cho`chqa qilib yaratdiФ, deb so`raganlarga, u cho`chqa
bo`lganligi uchun ham Olloh unga cho`chqa hayot tarzini tanladi. Chunki uning
yuragi cho`chqadir. Shuning uchun ham Olloh ishi mantiqli adolatlidir, deb
javob qaytaraman. Har birimiz o`z tevarak-atrofimizda Ollohning mehri-shafqatiga
sazovor kishilarni ko`rib va kuzatib turgan ekanmiz, bu adolatdir. Bunday
donishmandlikni tushunib etish, chinakam adolatni ko`rish, undagi pardani
ko`tara olish baxti har bir kishiga ham muyassar bo`lavermaydi. Ana shu
sababdan ham u bir(narigi) dunyo mavjuddir. Hamma narsani Yaratuvchi Rabbimiz
o`z vaqtidaа o`zi tushuntirib qo`yadi.
Ana shuni tushunish ila, ana shunga ishonish ila biz o`z suhbatdoshimizdan farq
qilamiz. Shu bilan birga suhbatdoshim senga aytib qo`yayki, insonlarni avval
payg`ambarlar yordamida ogohlantirmasdan, Olloh hech kimni, hech qachon jazoga
mahkum etmaydi-deyilgan QurТoni Karimda. ФBiz to bironа payg`ambar yubormaguncha azoblaguvchi
emasmizФ(17:15)-deb, vaТda qilinadi Olloh tarafidan.
а
Balki
endi senga etarlidir? Mening Фjonajon do`stimФ, men senga desam, sening
savolingda bir tomondan dinga ishonishga o`xshash mulohaza bo`lib, shundan
changalzorlardagi negrlarga achinayotgan ko`rinasan. Shunga qaramasdan bu savol
mutlaqo dinsiz, Ollohga inonmaydigan, QurТoni Karim nuriga va aynan haqligiga
shak keltiradigan kishining fikri ekanligi ko`rinib turibdi.
Sening
bu savollaring seni juda qattiq jazoga duchor qiladimi, sen aldanib qolasanmi,
degan tahlikadaman. U savollarda ko`nguldan qarama-qarshilik seziladi. Bu esa,
o`ta pastkashlikdir. Sen doim bizga qarshi biror durustroq argument topishga
intilasan, ammo senda u yo`q. Ko`rayapsanmi, savol va mulohazalaringda mantiq
juda oz, bori ham juda oqsoqlanmoqda.аааааааааааааааааа
Jannat va jahannam.
Bu
safar bizning suhbatdosh, mutlaqo o`ziga ishonib harakat etardi. Shu sababdan u
o`zicha tamshanib olib, meni endi rosa to`ppaslamoqqa tayorlanib, so`zlarni
tanlab-tanlab, nihoyat u maqsadga o`tdi:
-
Olloh, bizni qanday jazolay oladi, U mehribon, shafqatli, rahmdil-ku, axir? Biz
bir zumgina yashagan umrimizda yo`l qo`ygan arzimas gunohlarimizga shunchalar
qattiq, cheksiz, chegarasiz azoblar berish adolatdanmi? Ф... jahannam o`tida
bo`lib,а o`sha joyda mangu
qolurlarФ(98:6)-deyiladi. Qudratli Olloh oldida biz kim va nimaga teng bo`libmizki,
bizni U munchalar g`azablaydi va bizdan munchalar qattiq o`ch oladi? Odamzot
koinotga nisbatan bilinar-bilinmas bir chang-ku, butun olamlar Egasi Olloh
shan-shuhrati oldida esa, odam hechdir, yo`qdir, axir.
- O do`st, biz sening xatolaringni to`g`rilab qo`yamiz. Chunki odamzot
koinotda sen aytganday changgina emas. Ollohning nazarida, yaТni Olloh oldida
inson ФhechdirФ va Фyo`qdirФ, demoq katta xato va yangilishdir. Biz-insonlar
Olloh hisobida juda buyuk zotmiz. Olloh bizni yaratib, bizga U O`z ruhidan
puflagan emasmi? Malaikolarni odamga egilishga majbur etgan Olloh emasmi?
Osmonni, Erni bizga merosga topshirgan Uning O`zi emasmi?а QurТoni Karimda, ФDarhaqiqat, Biz Odamа bolalarini aziz Ц mukarram qildik va ularni
barru-bahrda-quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qo`ydik hamda
ularga halol-pok narsalardan rizqu-ro`z berdik va ularni O`zimiz yaratgan juda
ko`p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo`ydikФ(17:70)-deydi Olloh.
Bundan ko`rinadiki, bizda-insonda Ollohning
ruhi bor, biz koinotga nisbatan hech qachon chang bo`lmaymiz. Biz faqat
o`lchovlarda, koinot kengliklari o`lchovlariga nisbatan kichik ko`rinamiz.
Aslida esa, biz koinotni zabt etamiz, uning qonunlarini tushunib, bilib olamiz,
planetalar harakatlarini kuzata olamiz, ularning harakat yo`llarini chiza
olamiz. Masalan, odamzot oyni ko`rmasdan uning usti, shakli chizmalarini tuzdi.
Ularning qanchalik to`g`ri ekanliklarini esa, oyga tushib qaytgan ostranavtlar
tasdiqlaydi. Bu bizning qalbimiz hisobiga biz koinotdan buyukligimizni ko`rsatmaydimi?
Bu biz o`z mazmunimiz bilan koinotni to`la qamrab olganligimiz emasmi?
Odamzot qudrati haqida,
ФO`zingni kichik bir toychoq his etma,
Senda butun bir olam joylashgandirФ, deb
hayqirgan shoir to`la haqlidir.
Sufiylar tasdiqlashganlari singari, odamzot
qamrab bo`lmas bir kitobdir, koinot esa, u kitobning sahifalari ekanligi
haqiqatdir. Demak, inson buyuk bir yaratilish bo`lib, uning
yaratilishiа ulug` ish(kashfiyot)dir.
Insonda Olloh ruhining zarrachasi erlashgan bo`lib, uning harakati va qilmishlari
nazoratda, u oxir-oqibatda qilmishlari uchun javob berish majburiyatidadir.
ФCheklangan
qisqa davrdaФ yo`l qo`yilgan gunohlar uchun Olloh bizni abadiy jazoga mahkum
etadimi, deyish ham nuqul xatodir. Yorug` dunyoda, hayotligi zamonida Olloh
buyurganini qilmaganlar, ularni ado etish uchun takror bu dunyoga qaytishni
so`raganlar uchun Olloh jahannam azoblari abadiyligi haqida taТkidlab, ФAgar
ular qaytarilganlarida edi, yana ilgargidek qilma deganlarni qilaverardilar.
Ular yolg`onchilar-ku, axirФ(6:28)-deydi Ollohu taolo. Shuning uchun ularning
gunohlari zamonda cheklanmagan gunohlardir. U gunohlar doimiylik xususiyatiga
ega, ular hamma zamonlarda qayta-qayta va yana qayta takrorlanaveradi. Bordiyu
ular abadiy yashaganlarida edi, ular abadiy gunohlarini takrorlayverardilar.
Agar ularni yorug` dunyoga qaytarsalar, ular so`zsiz yana eski yashash
tarzlariga qaytgan bo`lardilar. Chunki ular chindan ham yolg`onchilardir.
Demak, bu ularning qalblaridagi asosiy xususiyat bo`lib, ular bu dunyodagi
tasodiflarga bog`lanmagan abadiy gunohga mahkum xususiyatlardir. Olloh o`z
kitobida ular haqida, ФOlloh ularning barchalarini qayta tiriltirgan kunda ular
xuddi sizlarga ont ichganlari kabi, Olloh oldida ham ont icha boshlaydilar.
O`ylaydilarki, ularning bu ontlariga asos va biror sabab bor. Ogoh
bo`lingizkim, albatta ular g`irt yolg`onchi kimsalardir!Ф(58:18), deb
taТkidlaydi.
Bu
erda abadiy gunohning, gunohkorlikning boshqa ko`rinishini kuzatamiz. YaТni bu
erda gunohkorlar eng so`nggi chegarasiga borib etadi, gunohkorlar yuzlaridan
pardalar olinib, sirlar ochiladigan kungacha etib boradilar, ular Ollohu taolo
bilan yuzma-yuz keladilar va Uning oldida ham yolg`on ontlarini to`qiy
boshlaydilar. Bu esa, sharmandachilikning eng oxirgi chegarasi bo`lib, biz bu
erda zamonda cheklanmagan, abadiy gunoh, gunohkorlik bilan yuzma-yuz kelamiz.
Biz bunda o`zida abadiy yovuzlikni saqlab turgan qalbni ko`ramiz. Bunday qalb,
bunday dil abadiy jazoga loyiq bo`lib, bu jazo adolatlidir. Bu haqda QurТoni
Karimda, ФVa ular jahannamdan chiquvchi bo`lmaydilarФ(2:167)- deyilgan.
ФDarhaqiqat,
ular keyin jahannamga ko`nikadilar, bu azob ular uchun mehribonlikdir. Jahannam
ular uchun cheksiz abadiy muhit bo`lib qolaveradiФ- deydi, Ibn-Arabiy.
Gunohkorlar
va jahannam olovi orasida bir-biriga yaqinlik borligiga shubha qilmaslik kerak.
Chunki gunohkorlar ko`nglida hasad, g`arazgo`ylik, ashaddiylik, rashk,
aldamchilik, g`azab o`ti doim yonib turadi. Ular qalbida jinoyi hislar avj
qiladi. Bular barchasi chindan ham yong`in alangasiga juda o`xshaydi. Yong`in
alangasi imorat va narsalarni kul etsa, dildagi olov insonniа yondiradi, uni kul qiladi. Qalbida yomonlik
alangasi jo`sh urgan kishilar, tinch yashay olmaydilar. Ular albatta birorta
olov keltirib chiqaradilar. Masalan, ular urush olovini keltirib chiqaradilar.
Chunki ular yashay oladigan muhit olovdir. Olov ularning o`zligi, ixtiyori va
tabiatidir. Unday dilu-qalblarning joyi jahannam deyish adolatdandir. Ular
jannat neТmatlaridan foydalana bilmaydilar. Bordi-yu ular jannatga
tushganlarida edi, ular u erdagilarni ham buzushgan bo`lardilar. Ular er yuzida
ham doim tinchlik va osoyishtalikni buzub turdilar-ku, axir.
Biz
ФjannatФ va ФjahannamФ tushunchalarining o`zini ham yaxshi tushunib etmog`imiz zarur.
Masalan, baТzilar (masalan, bizning suhbatdoshimizga o`xshashlar) tasavvur
etganlari kabi, jahannam faqat yong`in, lov-lovlab ko`kka ko`tarilayotgan
alanga yoki go`sht qovurish uchun qaynatilayotgan bir qozon moy ham emas, balki
u boshqacharoq, ancha keng va chuqurroq tushunchadir. Biz taТkidlaganimiz
singari jahannamni aynan alangalanib turgan olov, deb qarab bo`lmaydi.
Jahannamda gunohkorlar bir-biri bilan so`zlashishlari, o`zaro so`kishishlari
mumkin. Jahannamda ФzahqumФ daraxti bo`lib, uning mevasi shaytonning kallasiga
o`xshaydi. Jahannamdagilar kishanlangan bo`ladilar. Ular ФzahqumФning mevasidan
eydilar, yiringli suvlarni ichadilar, ichlarini o`yib yuboruvchi qaynoq
suvlarni ham ichishadi, bir-birlarini istagancha haqoratlaydilar, laТnatlaydilar.
Jahannam, olovning, alanganing timsoli-simvolidir. Jahannamda azoblanish
alangada kuygan(yongan) kabi kechadi. Bunday alanga haqida, ФHar safar u
alangaga kirgan xalq o`ziga o`xshash boshqa xalqni laТnatlaydi. Ular olovda
birga bo`lib qolishganlarida ikkinchisi birinchisi haqida, ФO Parvardigoro, ana
o`shalar bizlarni yo`ldan ozdirganlar, bas, ularga do`zah azobini ikki barobar
qilgin, deydilar. (Olloh) aytur : ФHar biringiz uchun ikki barobar (azob
bo`lur), lekin sizlar bilmaysizlarФ(7:38)-deydi Qudratli Olloh. Ular jahannamda
turib ham bir-birini laТnatlayveradilar. Ф... Uning uchun odamlar va toshlar
yonilg`i hisoblanadi. ...Ф(25:24). Bu nomaТlumlik olovi va uning haqida
aytilganlar, bo`lishi mumkin hisoblangan belgilardir, xolos. Shunga qaramasdan,
so`nggi fikrdan gunohkorlar faqat maТnaviy qiynoqqa tashlanib, jismoniy
jazolanmas ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Chindan ham jahannam
jazosi aniq, uning azoblari, qiynoqlari nihoyatda ayanchli va taТsirli
ekanligida shubhaga o`rin yo`q. Biz jahannam azobining va undagi olovning
mavjudligiga ishonamiz va inonamiz. Ollohu akbar! Biz o`sha jazo, azobning
kuchi haqida so`zlamoqdamiz, uning sifati, u olovning xususiyatlari haqida
gapirmoqdamiz. Aslida u jazoning cheki yo`q, chegarasi juda kengdir. U olovning,
u jazoning o`lchami Olloh ixtiyorida, Uning qo`lida, bizga u nomaТlum va
sirdir. Biz keltirgan taТriflar QurТoni Karimda bayon etilgan jahannam haqidagi
maТlumotlarga mos keladi, xolos. Biz bu erda QurТoni Karimdan o`zlashtirgan
maТlumotlarimiz darajasida jahannam xususiyatlarini tushuntirishga harakat
qildik. Yana bir bor shuni anglash kerakki, jahannam olovi, o`tinning yorug`
dunyodagi kabi lov-lovlab yonishi emas. Jahannamda kuyadigan gunohkorlar jismi
ham bu dunyodagi singari tirik lahmdan iborat odam badani emas. Ular yorug`
dunyodagi olovda yog`och yongani kabi lov-lovlab yonmaydi, issiqning
balandligidan inson suyaklariа chirsillab
sinmaydi. Jannatda ham ahvol shunga o`xshash kechadi. Faqat bu erda jahannamdagilarning
tamoman aksi sodir bo`ladi. Ammo jannat ham ko`katu-mevalarga to`lib - toshgan
bozor, afsonaviy qushlar sayrab turgan bog` ham emas. Jannat ham QurТoni
Karimda qanday ifodalangan bo`lsa, xuddi shunday bir makondir. Biz uni ham
faqat QurТondan o`zlashtirgan tushunchalarimiz darajasida tasavvur qilamiz va
ularga ishonamiz. Vallohu aТlam. QurТoni Karimda: ФOllohdan qo`rqqanlarga vaТda
qilingan jannatning misoli-sifati (budir): ФUnda aynimagan suvdan bo`lgan
daryolar ham, taТmi o`zgarmaydigan sutdan bo`lgan daryolar ham bordir ...Ф(47:15)`-deb
Olloh vaТda beradi. Biz faqat jannatga o`xshash tasavvurlarni keltiramiz, uning
taxminiy ko`rinishlari haqida gapiramiz. Aslida uning qandayligi esa, bizga
nomaТlum bo`lib, u faqat Ollohning O`zigagina ravshandir. Shu sababdan ham,
ФBas ularning qilib o`tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib
qo`yilgan ko`zlar quvonchini (yaТni oxirat neТmatlarini) biron jon bilmasФ
(32:17); ФJannat, u kengligi jihatidan koinot va erlar qadarlidirФ(3:133)-deb
taТkidlaydi Ollohu taolo. Jannat, bu dunyoda biz ko`rib turgan bog`lar singari
oddiy bog`lar bo`lmay, uning Фmevalari tugamaydigan va manТ etilmaydigan
ko`pdan-ko`pdirФ(56:32). U mevalar terib olinsa tugab qolmaydi yoki ularni uzib
olish qiyin bo`lgan mevalar emas. Mana masalan, jannatdagi ichimliklar haqida
QurТoni Karimda, ФUlardan ularning boshlari ham og`rimas mast ham
bo`lmaslarФ(56:19)-deyiladi. Demak, jannatdagi ichimliklarni ichsa bo`ladi,
ammo ulardan bosh og`rimaydi, kishining xushi susaymaydi. Jannatdagi jamiyat
haqida ham QurТoni Karim quyidagicha xabar qiladi: ФBiz ularni xijolat va
tajang etadigan hamma narsalarni ularning ko`kraklaridan olib tashladikФ(7:43).
Demak, bizning qalblarimiz shunday bir shaklda poklanadiki, tozalanadiki, biz
unday tarzni, unday usulni bilmaymiz va bila olmaymiz. Shunday qilib, jannat
ham taТrif Ц tafsilotlari to`lasincha bizga maТlum bo`lmagan ikkinchi bir
makon, go`zal bir bog`u-bustondir. Biroq uning sokin, osoyishta,
rohatbaxshligini inkor etib bo`lmaydi. Biz o`shanaqa makon- jannatning
mavjudligiga iymon keltiramiz. Jannat - bu ruhlarga aniq seziladigan
rohatbaxsh, maТnaviy rag`bat makoni bo`lsa, xuddi
shuningdek, jahannam ham maТnaviy azob va jismoniy jazo hamda jismoniy azob
makonidir. Biz faqat u rohatning va o`sha jazoning mavjudligini takror-takror
taТkidlaymiz. Ularning asl xususiyatlari, to`la-to`kis ko`rinish va
tafsilotlari Buyuk Olloh sir-asrorlaridandir.
Xullas,
jannat yorug` dunyodagi katta maydonni egallagan guli-gulzor, mevazor bog`,
jahannam esa, shaqirlab qaynab turgan katta qozon emas.
U dunyodagi
(jahannamdagi) jazo, Ollohning o`z qullarini nimalargadir quruqdan-quruq
zo`rlashi bo`lmay, balki ularning tozalanishini tushuntirish va ularning
tuzalish usuli bo`lib, ularga mehr-shafqat, mehribonlikdir. Shuning uchun,
ФAgar shukr qilib, iymonli bo`lsangizlar, Olloh sizlarni nega
azoblasin?Ф(4:147-deydi Ollohu taolo.
Olohning
jazosi har doim adolatlidir. Olloh haqiqiy dindorni, chindan ham Unga iymon
keltirganlarni jazolamaydi, azoblamaydi. Ollohning mehr-shafqatini bilmaydigan,
uni tan olishni istamaydiganlar uchun jazolar o`rnatilgan. Chunki ular
tushunish va o`zini o`nglab olish imkoniyatlari va yo`llaridan voz
kechganlardir. Olloh deydiki, ФVa Biz buyuk jazo oldidan kichigirog`ini totib
ko`rishga imkon beramiz, balki ular yo`llaridan qaytarlarФ(32:21).
Ko`rayapsizmi Olloh hech bir zamon jazolash tarafdori emas. Allohning usuli -
g`ofil bandalarni abadiy olovga yuborish oldidan, ularni g`aflatdan, uyqudan
uyg`otmoqchi bo`lib, ularga totib ko`rishlari uchun avval kichkina jazo berib
ko`rmoqda, Фbalki tushunib etarlar, o`z yo`llaridan qaytarlarФ.
Olloh
tarafidan yaratilgan barcha imkoniyatlar, yo`llar foyda bermagandan keyin va
Ollohdan qaytganlar o`z yo`llarida davom etaverganlaridan so`ng, barcha
to`g`rilash va tushuntirish yoТllari foyda bermagandan keyin u yaxshilikni
bilmaganlar uchun nima qilmoq kerak? Endi ularni haqiqiy jazo bilan
tanishtirmoqdan o`zga hech narsa qolmaydi. Buа
tanishtirish esa, aslida o`sha mehribonlikning o`zidir. Agar Olloh
ularni o`shanday ko`rlik, eТtiborsizlik holda qodirganida edi, u zamon rostdan
ham adolatsizlik bo`lgan bo`lardi. Gunohkorlarni jahannam o`ti bilan qo`rqitish
orqali ularni yomon qiliq va ishlardan qaytarish - bu Ollohning o`z bandalari
taqdiri uchun tashvish chekishidir. Ollohning barcha ishlari-bu Uning
bandalariga mehr-shafqati, mehribonligidandir. Alloh, ФAzobimni istagan kimsaga
etkazurman.Rahmatim-mehribonligim esa, hamma narsadan kengdirФ (7:156)- deydi.
Ollohning jazosi, Uning quloqsiz bandalariga rahm-shafqatidir. Ana endi biz
suhbatdoshimiz, fan doktoridan, ФSizning tushunishingizcha, mustabid podshohga
va uning qo`lida ezilgan, azob chekkan mazlumga ham, qotil va uning qurboniga
ham Ollohning rahmi, mehribonligi bir xil darajada bo`lmog`i lozimmi? Olloh o`z
mehriniа ularga bir xil bo`lib bersa
adolat etgan bo`ladimi?Ф, deb so`rasak bo`lar.
Shafqat
va yovuzlikni bir-biriga tenglashtirish mumkinmi? Olloh gunohkorlarni jazolashi
mumkin emas, deb aytuvchilarga: ФEy, yoronlar Olloh aslida bu dunyoda ham
jazolamaydimi? Xastalik, qarilik singari qusurlar yorug` dunyoda
ko`rsatilganа jazolar emasmi? Mikroblar
va boshqa xil zarar keltiruvchilarni nima uchunа
va kim yaratdi? Bularning barchasi taqdirimiz Ollohning ixtiyorida,
Uning qo`lida ekanligidan darak bermaydimi? Bularning barchasi Olloh xohlasa yorug`
dunyoda ham, u bir dunyoda ham istagancha jazo bera olish imkoniyatiga ega
ekanligidan ogohlar emasmi?Ф- deb so`roq qo`yamiz.
Din afyunmi?
Bizning
suhbatdosh ko`zlarini pirpiratib yana boshladi:
- Din kambag`al va ekspluatatsiya qilinuvchi
mazlumlarning xayolini og`dirish, qullikka chidash, kambag`alliklariga abadiy
ko`niktirish uchun bir usul (afyun) deyuvchilarga
nima deysan? Buning ustiga ular din mehnatkash ahli nargi bir dunyodagi (real
bo`lmagan dunyodagi) jannat baxtiyorligi umidida yashamoqlari uchun, boylar
esa, diniy qonunlar, qoidalar amal qiladigan jamiyatda yanada ko`proq
boyishlari uchun yaratilgan, deb tasdiqlaydilar. Bunga qanday javob qilmoq
lozim bo`ladi? Din Alloh tomonidan yuborilmagan; u o`ylab chiqarilgan; u bir
ijtimoiy sinfning ikkinchisi bilan kurash olib boradigan qurolidir, deb
hisoblovchilarga nima deya olasan?
а
Bu savol boshdan-oyoq materialistik nuqtai
nazarni ifodalaydi, albatta. Ammo biz bu savolga mana qarang, qanday javob
aytamiz:а
- Dinni
afyun deguvchilar, qattiq xato qilayotibdilar. Aslida din barchaga baravar
masТuliyatdir. U hech qachon kimgadir alohida engillik bermagan va bermaydi, u
nimadandir qutulish usuli ham emas. Binobarin u hech zamon kimnidir o`z
masТuliyatidan saqlab qoluvchi boshpona bo`lgan emas va shu sababdan din afyun
bo`la olmaydi. QurТoni Karimda, Islomning vazifalarini ado etish o`yin emas,
balki o`ta mashaqqatli va sharafli mehnat ekanligi aytiladi. Ф(Ey Muhammad)
Dengizki, Ф(Xohlagan) amalni qilinglar. Bas, Olloh, Uning payg`ambari va mo`minlar
qilgan amallaringizni ko`rib turar. ...Ф(9:105)-deyilgan Olloh kalomida. Biz
har doim faollikni maТqullaymiz, ammo tushkinlik, irodasizlik, eТtiqodsizlikni
Ollohga ishonchning, iymonning sustligidan, deb hisoblaymiz. Faollik keskin
harakatlarni, bor kuch-quvvatni, barcha imkoniyatlarni ishga solishni talab
etadi va undan so`ngra Ollohga, Olloh tomonidan belgilangan taqdirga suyanishni
taqozo etadi. QurТoni Karimda aytilgani kabi, Ф... ishlaringizda ularga
maslahat soling! Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Ollohga
suyaning-tavakkal qiling!Ф(3:159). Ko`rdingizmi, avval maslahat, tayyorgarlik
va undan so`ngra qaror qabul qilish aytilmoqda. Shu sababdan taqdirning
taqozosiga ishonib tuyalarini tushovsiz haydab yuborgan bir kishiga Payg`ambarimiz(A.V.S)
(Unga Allohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin), ФAvval tuyalaringni yaxshilab
bog`lab qo`y va undan so`ngra Ollohga suyanФ, deganlar. Qarang, Фavval
tuyalaringni yaxshilab bog`lab qo`y, so`ngra Ollohga suyanФ, yaТni eng avval
o`zingga nima bog`li bo`lsa ularni bajar(tuyalarni mahkamlab bog`la), undan
keyin ularning yo`qolib qolmasligini Ollohdan tilagin. Din-titiklik,
ehtiyotkorlik, har bir ishga vijdonan yondashish, har bir so`z, har bir
fikrning sog`lom bo`lishiga masТullikdir. Dinga ishonish, iymonli bo`lish hech
qachon kishining afyun qabul qilgan holatini ifodalamaydi. Aqldan ozish, kayfiy
holatda yurish, doim afyun qabul qilib yurish aynan materialistlarga xos
xususiyatdir. Chunki ularning dunyo qarashlari aqli joyida, sog`lom kishilarnikiga
o`xshamaydi. Ular dinni inkor etishadi, undan yuz o`girishadi, dinga bo`yin
egishdan, uning oldidagi masТuliyatdan qochishadi. Ular o`zlarini faqat bir
marta, yaТni hozir yashayaptilar, deb hisoblaydilar. O`lim
ular hayotining eng so`nggi va butunlay tugashi, deb o`ylaydilar. Ularni hech
kim kuzatmaydi, nazorat etmaydi, jismoniy o`limdan so`ng ular tirilmaydi, o`lim
ular uchun hayotning batamom tugashi va ular uchun hech qanday hisobat yo`qdir.
Ular nimaniа istasalar o`shani
qilaveradilar. Ha, ana bu holat chindan ham aynan kafiylikning o`zi, haqiqatan
ham bu aynan afyun qabul qilgan kishi holatidir.
Sof
fikr-mulohazali, etti mahalla narida yashovchi qo`shnisi masТuliyatini o`z
vazifasi, deb bilguvchi, bordiyu biror sabab bilan islom qonun qoidalarini bajara
olmay qolsa, ruhan eziladigan muslim kishisi bilan materialistni tenglashtirish
mumkin emas, albatta.
Boshqa
tomondan bizning dinimiz islom, ijtimoiy zarurat natijasida, odamni odam
tomonidan ekspluatatsiya qilish uchun qurol sifatida va boylarning boyliklarini,
kambag`allarning muhtojliklarini saqlab qolish maqsadida yuzaga
keldi(yaratildi), deyish haqiqatdan mutlaqo uzoq, bemaТni bir fikrdir. Tarixiy
haqiqat ko`rsatadiki, Islom dini aynan mustabid rejimlarga, ekspluatatorlarga,
boylarga qarshi inqilob sifatida yuzaga keldi, ko`zga ko`rindi. U ilk
tashviqotlaridanoq barcha boyliklar faqat boylarning qo`lida to`planib,
ularning mulklarini yanada ortirish, ko`paytirish uchun xizmat qilmasligini, u
boyliklar va mulklar har bir muslimga, har bir kishiga tegishli ekanligini
ochiq ko`rsatdi. Shuning uchun QurТoni Karimda, ФOltin va kumushlar yig`ib, uni
Olloh yo`lida infoh-ehson qilmaydigan kimsalarga alamliа azob ФxushxabarimizniФ
etkazingФ(9:34)-deyilgan. Ehson(zakat), sadaqa qilish mavjud mulkning 1/40 qismi
shaklida belgilab qo`yildi. Hatto muslim kishi o`z o`lmas ovqatidan tashqari
barcha mulkini sadaqa qilishi mumkin. Ф... Va Sizdan (Ey Muhammad) nimalarni
ehsonа qilishni so`raydilar.
(O`zingizdan) ortganini, deb javob qilingФ(2:219-220)-deb QurТoni Karimdaа ko`rsatma beradi Ollohu taolo. O`lmas ovqat
va juda ham zaruratdan boshqasi ortganidir. Bu bilan Islom majburiy solihni,
ixtiyoriy sadaqaga almashtirdi. Bu hol kishilarning majburiy solih to`lashiga
nisbatan ko`p yaxshi va obro`lidir. Islom tartiblari o`rnatilishi natijasida
aholining 90 foizidan ortig`irog`i hech qanaqa zo`ravonlik ishlatmasdan
solihlar to`lashi, sadaqa etishi mumkin bo`ldi. Islom zolim shohlarning
adolatsizligiga chek qo`yish, ularni tugatish dini bo`lib maydonga chiqdi. Bu
din mustabidlarga qarshi inqilob, ekspluatatorlarga qarshi jang va qilich
bo`ldi.
ФOlloh
sizlarga bu dunyodagi ishlarda biringizni ikkinchingizdan ustun qilib
qo`ydiФ(16:71), Ф... Va ayrimlarini ayrimlaridan baland darajali martabalarga
ko`tarib qo`yganmizФ(43:32) singari QurТoni karim oyatlarini rukach qilib,
materialistlar Islomni reaksion din deyishga borib etdilar. Biz esa, ularning
bu fikrlarini aynan o`sha oyatlar bilan rad etamiz. Chunki bu suralar butun er
yuzida, Qohirada, Damashqda, shunindek, London, Parij, Berlin va Moskvada bir
xil, bir maТnoda yuradi, bir xil qabul qilinadi. Tevarak atrofingizga nazar
tashlang, QurТoni Karimda aytilgan real, hayotiy tengsizlikni kuzatasiz.
Masalan, mana Moskva ko`chalarini kuzatsak, u erda piyoda yurganlar, o`ta kambag`al-gadoyilar
va xuddi shuningdek turli xil markadagi mashinalarda ko`krak kerib yurgan
kishilarni ko`ramiz. Bu nima, bu nimani ko`rsatadi? kishilarning bu dunyoviy
o`rinlari aynan bir xil emas va eng ahamiyatlisi ular teng emaslikligini,
dunyoviy va sotsial(ijtimoiy) darajalari farqli ekanligini belgilamaydimi?
Darhaqiqat,
kishilar orasida farq doim bo`lgan, bor va bo`ladi. U farqni hech kim, hech
qachon yo`qota olmaydi. Hatto ashaddiy materialistlar, anarxistlar ham insonlarning
mutlaq tengligi haqida gapirmaydilar. Chunki bunday tenglik bo`lmaydi va
bo`lishi mumkin emas. Bir-biriga teng bo`lmagan ikki narsani tenglashtirib
bo`ladimi, axir? Insonlar yorug` dunyoga kelgandan boshlaboq istarada, kuch Ц
quvvatda, harakatlarida, epchillikda, aqlda bir-biriga teng bo`lmaydi. Ana shunday, ular tug`ilgandayoq bir-biridan farqli tug`iladilar. а
Iqtisodiy
nazariyalar o`rtaga qo`yadigan tenglik, bu vaqt tengligidir. U hech qachon
odamlar(kishilar) tengligi bo`la olmaydi. Bu tenglik kishilarning o`qishga,
davolanishga sarflanadigan vaqtlar tengligidir. Bu deyarli barcha dinlarda juda
yaxshi ko`rsatilgan tenglikdir. Lekin kishilar darajasini tenglashtirish-bu
adolatsizlik bo`lib, tabiiylikni rad etishdir. Tabiiylik tabiat qonunlarining
o`zgaruvchanligiga, ularning xilma-xilligiga asoslanadi. Bu qoida-qonunlar,
o`simlik va hayvonlar dunyosimi yoki odamzot dunyosimi barchaga barobar va bir
xil kuchga, qudratga egadir.
Bilasizmi,
paxta necha xil navga ega? Xurma-yu, uzumlar-chi? Hayvonlar va odamlarda bu
xilma-xillik yana ham ko`proqdir. Bu borliq, olam qonuni bo`lib, u doim
o`zgaruvchan. bu qonundagi donolik, donishmandlik xususiyatlariniа yana qanday tushuntirish mumkin?
Agar
bordi-yu, odamlar bir xil husnga ega shaklda tug`ilganlarida edi, inson
go`zalligi, uning tashqi husni, chiroyi, istara issiqligi tushunchalari
bo`lmagan bo`lardi. Hatto insonlar tug`ishga ham qiziqmay qo`yardilar. tug`ish,
tug`ilish har bir tirik jonga, har bir tabiiy jonivorga xos xususiyat. Shuning
uchun mutlaq bir xillik, aynanlik, tenglik tabiatning o`zini butunlay tugashga
olib etgan bo`lardi.
Tabiatning
maТmurchiligi va boyliklari uning tuhfalari xilma-xilligida bilinadi. Shu bilan
birga din bu tabiiylik ila shundaygina kelishibа
qo`ya qolmadi, yaТni boylar va kambag`allar orasidagi farqni
o`zgarishsiz qoldirmadi. Aksincha Islom boylarning mulkiga kambag`allar
foydasiga olinadigan solih solinadigan etib tasdiqlab qo`ydi. Boylar va
kambag`allar o`rtasidagi farq ular uchun yana bir sinovа shaklida eТlon etildi. QurТoni Karimda,
ФSizlarningа baТzilaringizni
boshqalaringiz uchun sinovga yaratdik. Qani sabr qila olurmisizlar?Ф(25:20)-deb
qo`yilgan. Ko`ramiz, baquvvatlar o`z kuch-quvvatlarini qani nimalarga qo`llar
ekanlar? Ular quvvatlarini kuchsiz, zaiflarga yordam, ko`mak etish uchun
ishlatadilarmi yoki zo`ravonliklar qilish, zulm o`tkazish uchun ishlatadilarmi?
Boyliklar, mulklar masalasida ham shunga o`xshash fikrlarni aytish mumkin.
Boylar, mulkdorlar o`z boylik va mulklari bilan qanday munosabatda bo`ladilar?
U boyligu, mulklarni maТnisiz o`yin-kulgularga, kayfu-safolarga bekordan-bekor
sarflaydilarmi yoki xayru-sadaqa qilib, yaxshiliklarga ishlatib, kambag`al va
gadolarga yordam beradilarmi? Shu bilan birga kambag`allar ham o`z navbatida
kuzatilib, sinaladi. Ularning irodasi, mehnatga intilishi imtihon qilinadi.
Ular hasad, o`g`irlik, talon-torojga o`tib ketadilarmi yoki o`zini halol
taТminlashga, o`z hayotini yaxshilamoq uchun mehnat qilishga intiladimi kabi
sinovdan o`tkaziladi.
аDin doim adolatni targ`ibot qildi, kishilarni
hayotdagi o`z ahvollarini yaxshilashga harakat qilishga daТvat etdi, u bir
dunyoda muqarrar jazo borligini xotirlab turishni o`rgatdi va er yuzida
qilishga ulgurmay qolinganlarni to`g`rilamoq maqsadida u bir dunyoda ham
farqlash darajalari belgilandi. Bu holat, Ф... Shak-shubha yo`qki, oxirat
darajalari necha barobar ulug` va afzalroqdir.Ф(17:21)-deb ko`rsatiladi QurТoni
Karimda.
Islomni
reaksion din, deb hisoblaydiganlarga, biz, Islomning ochiq yuzaga chiqish
jarayoni odamzot tarixida buyuk ijobiy hodisadir, deb javob qaytaramiz.
Tarixning
o`sha zamonida jamiyatdagi chuqur jarayonlarning mafkuraviy ifodasi shaklida
Islom maydonga chiqdi. Bu din xalqlarga juda katta hayotiy va ijtimoiy
afzalliklar va foyda keltirdi. Davlat boshqaruvа
sistemasida boshqa barcha dinlarga nisbatan ko`proq muhim progressiv
qonunlar yaratdi. Ular Islom vositasida rivojlanishning yuqori darajasiga
ko`tarildi. Shaxs tushunchasi islomda butun insonlar uchun teng darajaga
keltirildi. Masalan, bu hol QurТoni Karimda, Ф... kimki biron jonni o`ldirmagan
va erda buzg`unchilik qilib yurmagan odamni(qalbni) o`ldirsa, demak, guyo
barcha odamlarni o`ldiribdi va kimki biror kimsani jonlantirsa, hayot ato etsa,
guyo barcha odamlarga hayot beribdi.Ф(5:32)-deb tasdiqlanadi. Agar biror hokim,
hukmdor go`zal saray-yu, shaharlar, bog`lar yaratmoq yoki boshqa yurtlarni
istilo etmoq maqsadida birorta begunoh kishining qonini to`ksa, u butun
insoniyatni o`ldirgan hisoblanadi. Uning barcha xizmatlari, yutuqlari uni buyuk
jazodan qutqara olmaydi.
Inson
shaxsi, hech qachon, hech bir eski yoki yangi siyosatdonlarning nazariyalarida
bunday yuksak martabaga, hurmatga sazovor bo`lganini tarix bilmaydi. Shaxs
Islomda mutlaq qimmatga(qadriyatga) ega. Barcha boshqa siyosiy nazariyalarda
esa, nisbiy, yaТni ularda shaxsga nisbiy qimmat berilgan. Shaxsа Islomda o`z mulki, erki, izzati uchun
tashvish tortmaydi. Chunki ular Olloh qonunlari bilan nazorat qilinib va juda
mahkam qo`rqlanadi.
Hammasi:
kishilarning o`zaro so`rashib, salomlashishdan tortib, ularning jamiyatdagi
o`rni, xulqi-avtorigacha QurТoni Karimda aniq belgilanib, batafsil bayon etib
qo`yilgan.
QurТoni
Karim zo`ravonlikni, jabr-zulmni, beboshlik, yaТni o`zini-o`zi boshqarishni
taqiqlaydi. Olloh o`z rasuliga(U mukammal ba Ollohning vakilidir. Uni Olloh
rahmatidan ajratmasin), Ф... Siz ularning ustida zo`rlaguvchi emassizФ(50:45)-
deb, tayinlaydi. Bunga qo`shimcha Rasuli Ollohga, ФBas, siz pand-nasihat
qiling. Zotan siz faqat bir pand-nasihat qiliguvchidirsiz, xolos! Siz ualrning
hukmdori emassizФ (88:21)-deb Olloh taТkidlab qo`yadi. ФMo`minlar hech
shak-shubhasizа og`a-inilardirФ(49:10)-
deydi Ollohu taolo.
Olloh
hukmdorga egilishni, ularni ilohiylashtirishni man etadi. Shuning uchun Olloh,
Ф... va bir-birovlaringizni Ollohdan o`zga xudo qilib olmanglarФ(3:64);
ФSizning Rabbingiz O`zidan boshqa hech kimga ibodat qilmaslingizni amr
etdiФ(17:23)- deb qatТiy tayinlaydi.
Olloh
odamlarni aldashni, nohaqlikni, o`rinsiz vahimalarni taqiqlaydi. Shu sabab
Olloh QurТoni Karimda, Ф... ammo odamlarning aksariyati bilishmaydiФ(12:21),
ФLekin ularning ko`pchiligi tushunishmaydiФ(40:57), ФAmmo juda katta qismi
fikr-mulohaza etmaydiФ(29:63), ФUlar faqat gumonlargagina ergashadilar va
yolg`on uydirmalar to`qiydilarФ(6:116)-deb ko`rsatmalar beradi.
Olloh
irqiy kamsitish, millatchilikni qatТiy man etdi. ФOlloh nazdidagi eng
qiymatlirog`ingiz,а
taqvodorrog`ingizdirФ(49:13). ФU (Olloh) shunday zotki,, sizlarni bir
jondan yaratdi(7:189)-deyiladi QurТoni Karimda.
Masalan,
kapitalizm shaxsga, hatto boshqa birovni qul qilishi mumkin bo`lgan darajagacha
erkinlik bergan bo`lsa, kommunizm bu erkinlikni batamom bitirdi, Islom esa
o`rtalikni tanladi: ФErkaklar ham o`z mehnatlaridan nasiba olurlar, ayollar ham
o`z mehnatlaridan nasiba olurlar.Ф(4:32)-deb ko`rsatilgan QurТoni Karimda.
Kishi ishlab topishda to`la ozod, biroq u butun daromatni faqat o`zi olmasligi
kerak. Chunki u daromatda undan tashqari hech narsa topa olmaydiganlar,
kambag`allar haqi bor. QurТoni Karimda ko`rsatilishicha kambag`allar hissasi
umumiy daromatning 2,5% miqdorida majburiy solih shaklida va 90% miqdorida
ixtiyoriy sadaqa(hadya) bo`lishi mumkin. Majburiy solih, daromatning ichidagi
Olloh haqi hisoblanadi. Musulmonlar qanchadan-qancha hadyalar, sadaqalar qilishadi,
ammo bunda hech kim boshqa bir kimsani tashviqot qilmaydi.
Ko`rsatilgan
go`zal nisbat bilan Islom daromatda shaxs uchun o`z erkini va kambag`allar
uchun hissani saqladi. Shunday qilib, har bir mulkda kambag`allar hissasi Olloh
tarafidan belgilanib qo`yildi. Shuning uchun QurТoni Karimda, ФVa biz sizlarni
o`rta(adolatli) jamoa-millat qildikФ(2:143)-degan chaqiriq bor. Darhaqiqat, Islomda har bir kimsa uchun adolatli o`rtalik tanlangan.
Biroq bu o`rtalik matematik maТnodagi markaz yoki o`rta arifmetik miqdor
bo`lmay, balki u falsafiy-dialektik o`rtalik yoki birlashtirish o`rtaligi
bo`ladi, u ikkita qarama-qarshi harakat qiluvchi(o`ng va chap) tomonlarni
bir-biriga ulovchi, ularni qamrab oluvchi o`rtalik bo`ladi. Faqat ana shu
o`rtalik adolatli yo`ldir. Biz buni to`g`ri haqqoniy yo`l, deb ataymiz. Kimki
ana shu yo`ldan so`lga yoki o`ngga og`sa, demak, u to`g`ri haq yo`ldan ozdi va
undan chiqib ketdi bo`ladi. ааа
QurТoni
Karim bizni hech zamon cheklangan siyosiy qonunlar va fikrlashning aniq
programmasi bilan chegaralab qo`ymaydi. Chunki Ollohga aydinki, zamonlar
o`zgarib, har bir navbatdagi zamonda yana yangi qonunlarga ehtiyoj
tug`ilaveradi. Shu sababdan Ollohdan qo`rquvchilar, iymonlilar uchun
yangi-yangi kashfiyotlarga, fikr - mulohazalarga doim eshik ochiq, hamma
davrlarda hech qanday taqiqlar yo`q, hech bir bilimga taqiq yo`q, hamma yo`llar
ochiq.
Shuning
uchun ham QurТoni Karim yuqorida eslatilgan siyosiyа vaziyatlar bilan chegaralanadi. U bizni hech
bir doktorinaga bog`lab yoki unga qaram etib qo`ymaydi. Ana shu QurТoni
Karimdagi tubsiz sirlardan iborat bo`lib, uning buyukligini bildiradigan
belgidir. QurТoni Karimda kamchilik va etishmovchiliklar yo`qdir. Islomning
boshqa bir progressiv jihati, uning har qanday progressni o`z ichida saqlab, uni
belgilab bera olishidadir.
Din
turg`unlik va cheklovchi xususiyatga ega, deb hisoblovchilarga, Islom hech
qachon bunday xususiyatlarga ega bo`lmagan, u hamisha ilg`or g`oyalar, tafakkur
va yangiliklar (progresslar) dini bo`lib kelgan, deymiz. Darhaqiqat, QurТoni
Karim guvohlik berib, Ф(Ey Muhammad) ayting: ФErda aylanib yuringlar, (Olloh)
qanday qilib yaratganini ko`ringlarФ(29:20). Ф bir qarab boqsinchi, Inson
nimadan yaratilgan? U (erkakning) beli bilan (ayolning) ko`krak qafasi
o`rtasidan otilib chiquvchi bir suvdan yaralgan-ku!Ф(86:7). ФAxir ular
tuyalarning qanday yaratilganiga: osmonning qanday ko`tarib qo`yilganiga;
tog`larning qanday tiklanganiga va erning qanday yoyib-tekislab qo`yilganiga
9ibrat nazari bilan) boqmaydilarmi?Ф(88:19) deya ko`rsatmalar keltiradi.
Bularning
barchasi odamning yaratilishini, tog` va er jinsi qatlamining, osmon,
planetalarning paydo bo`lishini sinchiklab ilmiy kuzatishga yaqqol
ko`rsatmalardir. Bu esa, bugungi fanlar: geologiya, astronomiya, anatomiya,
fizika, biologiya, ginekologiya ilmlari uchun eng zarur va noyob
ko`rsatmalardir. Er qitТasi bo`ylab yuring, maТlumotlar to`plang, tadqiq eting,
o`rganing, uqing, bilib oling, deb ko`rsatma berilmoqda. Ana shunday qilinsa,
koinotning qanday tuzilganligi va yaratilganligini yaxshi tushunib etsa
bo`ladi. Bu esa, bizga bugun evolyutsiya nomi bilan tanilgan ilmning
o`zginasidir. Biz izlanishlarda uchrashi mumkin xatolardan qo`rqmasligimiz
kerak. Chunki Islom tirishib mehnat qilib, adashsa, maqsadga erisha olmasa unga
bir daraja mukofot va tinmay mehnat qilib, maqsadga erishganga ikki daraja
mukofotа vaТda qiladi. Juda ham dindor
bo`lganimiz sababli iqtisodiy va texnik taraqiyotda Ovropadan ortda qolib
ketdik, ovropalilar dinga juda jo`n qaraganligi yoki ularning dinsizligi tenikaviy-texnologik
rivojlanishga omil bo`ldi, natijada ular ilgarilab ketishdi, deb hisoblash
haqiqatdan yiroq bir xulosadir.
Aslida
biz dinimiz ko`rsatmalaridan, uning chaqiriqlaridan chekingan zamonlarda
qoloqlikka mahkum bo`ldik. Musulmonlarning o`z diniga qattiq eТtiqod etib,
uning ko`rsatmalariga izchil amal qilingan zamonlarda islom dunyosi mislsiz
buyuk mavaffaqiyotlarga erishgan edi. O`sha zamonlarda keng maydonda(hududda)
Islom madaniyati, fani, ilmi va taТlimoti hukmron bo`lgandi. Jahonning buyuk qomusiy
olimlari etishib chiqqan edi. Tabobot ilmiga xizmati buyuk bo`lgan Abu ali Ibn
Sino, faylasuf Ibn-Rujd, matematik Ibn-Hosim, anatom Ibn-Nafis, ximik Jobir
Ibn-Xayomlar chuqur dindor, iymonli kishilar bo`lganlar. U olimlar chuqur
tadqiqotlar olib borish va buyuk kashfiyotlar yaratishlari bilan bir vaqtda
iymonli va chin dindor kishilar edilar. Ularning iymonli va dindor bo`lishlari
ilmiy ishlariga halaqit bermagandi. Aksincha iymon ularni yana ham buyuk
kashfiyotlarga ruhlantrgani aniq. Insoniyatning bugungi ilmi, fandagi barcha
muvaffaqiyatlari sharq donishmandligi manbasiga suyanadi. Astronomiya, fizika,
matematika va filologiya fanlari bo`yicha qator atamalar islomiy kalimalar
bilan boyitilgan.
а
To`g`ri
hozir g`arb texnikaviy va texnologik rivojlanish sohasida sharqdan-insoniyat
tarixi, madaniyati va fani asosini yaratgan mamlakatlardan o`zib ketdi. Ammo bu
muvaffaqiyat ularning progressga zo`r berib intilishi, tabiiy fanlar sohasida
ommaviy kashfiyotlar yaratishiga zo`r berish, yaТni ilmga izchil intilishi
hisobiga yuz berdi.
Diniy
qarashlar natijasida vujudga kelgan qoloqlik katolik cherkovi hukmron bo`lgan
davrga to`g`ri keladi. Chunki o`sha davrlarda hur fikr, ilm bilan, tadqiqot
bilan shug`ullangan olimlarni taqib etish, ularni olovda yondirish kabi odatlar
mavjud edi. Masalan, Galileo Galileyni tirik ko`mish, Jardano Brunoni o`tda
yondirish kabi odatlar avj oldirilgan edi. Xristianlik hukmronligi zamonida ham
cherkov xizmatchilari o`zlarining asosiy xizmat vazifalaridan, cherkovning
asosiy nazariyalaridan chekindilar. Natijada, ular ham ilmiy fikrlarning
rivojlanishiga to`sqinlik qila boshladi.
Ateistlar
va Islomni tanqid qiluvchi ana o`shanaqa katolik hamda xristianchilikka xos
bo`lganа xususiyatlarni Islomga ham
tiqishtirib, katta xatoga yo`l qo`yishadi.
Islomda
diniy vakillik tartibi(instituti) yo`q. Hech bir inson, hech qanaqa odam bolasi
Olloh nomidan hukm yurgiza olmaydi. Olloh O`zi va bandalari o`rtasida
bandalardan vositachi saqlamaydi. Gunohkor bandaning gunohini boshqa bir inson
(banda) kecha oladigan darajaga ega bo`lishi aslo mumkin emas. Olloh unday
vakilga, vositachiga muhtoj ham emas.
Islom
hukmronlik qilgan davrga bir nazar solsak, bu zamonda dunyo progressiga bebaho
hissa qo`shilganini, u progressning asosiy qismi, manbasi bo`lib turganini
ko`ramiz. Bu holni jahon tarixi ochiq isbot qilib turibdi.
QurТoni
Karimning suralari, maТrifatga, bilimni boyitishga, ilm o`rganishga qiziqish
uyg`otadi; fan, ilm va din orasiga hech qanday to`siq qo`ymaydi. Masalan, Ф...
va ayting: ФParvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin!Ф(20:114). ФAyting:
Фbiladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo`lurmi?Ф (39:9) kabi
oyatlar Olloh bilimni, bilim o`rganishni va bilimli bandasini ulug`layotganini
ko`rsatmaydimi?
ФOlloh
guvohlik beradiki, Olloh Yolg`izdir, Olloh, malaikolar(parishtalar) va ilm
ahllari-adolat bilan hukm qilguvchi yolg`iz Ollohdan o`zga hech qanday tangri
yo`qdir.Ф (3:18)-deyiladi QurТoni Karimda. Ko`rayapsizmi, Olloh O`zining
Qutlug` ismi yoniga malaikolarning ismlarini va faqat bilimlarni
egallaganlarni, ilm ahllarini qo`ymoqda.
QurТoni
Karimda ilk oyat Фo`qiФ, deyilgan bo`lib, olimlarga Unda juda katta mukofot va
hadyalar vaТda etilgandir: ФOralaringizdan kim ko`proq sig`insa, iymonliroq bo`lsa
va kim ko`proq bilim-ilmga ega bo`lsa, o`shalarni Olloh (baland)
darajaЦmartabalarga ko`tarurФ(58:11). ФBilim-ilmФ kalimasi QurТoni Karimda
turli turlanishlar shaklida 850 marta uchraydi. Shu sababdan ham Islom va
ilm-fan orasida ixtiloflar borligi, Islomning ilmga to`sqinlik qiladigan
xususiyati borligi haqida fikr yurtuvchilar qanchalar nohaq ekanliklari
ko`rinib qoladi. Dinga ishonish va sig`inish, dinniа tushuntirishning o`zi bir izlanishdir. Islom
butun tarixi davomida qizg`in, shonli harakatda va rivojlanishda bo`lib keldi,
hamon u xuddi shundaydir. QurТoni Karim kishilarni va boshqa harakatdagi
narsalarni turg`unlikda tutish yoki rivojlanishga to`siq bo`lish kabi
xususiyatlardan yiroq, u ulardan tozadir.
Islom
rivojlanishning hech bir jabhasiga to`sqinlik qilmaydi. Ammo faqat u dinga
ishonish, Ollohga iymon keltirishda va shariat qonunlariningа to`g`riligiga shubha qilishga qo`shilmaydi.
Chunki Ollohning soni bittadan ko`p bo`lishi mumkin emas. Bu mutlaq haqiqatdir.
Xuddi shuningdek, yaxshi yomon bo`lib, yomon yaxshi bo`lib ham qolmaydi.
Masalan, hech qachon cho`chqa qo`y yoki teskarisi bo`lib qololmaydi. Shu kabi
qotillik-mehribonlik, o`g`irlik-insoflilik, yolg`on-bezak bo`lib qola olmasligi
ham barchaga ayon. Mana shunga o`xshash hollardan tashqari hamma narsa-yu,
ishlarda, erkin fikrlash, erkin tadqiqot va rivojlanishga Islom keng yo`l
qo`yadi. Islomning mantiqiy va aqliy mohiyati munozara-tortishuvlarga,
suhbatlarga yo`l qo`yadi va aqliy bilimlarni farosat bilan qo`llash hamda
ulardan foydalanishni taqozo etadi. QurТoni Karimda, ФTushunayapsanlarmi?Ф va
ФSizlar, aqlga amal qilayapsanlarmi?Ф kabi savollar tez-tez uchrab turadi.
Dindorlar jamiyati-bu bilimlilar jamiyatidir. ФOlloh nazgida(oldida) karlar va
soqovlar eng yomon hayvonlar kabidir. Chunki ular hech narsani tushunmaydi va
eshitmaydilarФ(8:22)- deydi Olloh. Shunga o`xshash, ФAxir ular er yuzida sayr
qilib-aylanmaydilarmi, (ana o`shanda) ylar qalblari donolikni tushunardi,
quloqlari tinglashga o`rganardi. Zero, ularning ko`zlari ko`r bo`lmay,
ko`kraklaridagi ko`ngullar ko`rdirФ(22:46)-deyiladi, QurТoni Karimda.
Tafakkurga hurmat Islom dinining ruhi; yaxshilik, adab uning ahloqi; Islomning
qalbi esa, uchqundir. Islom hech qachon salbiy xususiyatga ega bo`lmadi va u
doim barchaga barobar, ochiqdir. QurТoni Karimda aytib qo`yilibdiki: ФSizlarga
qarshi urushuvchilar bilan Olloh yo`lida jang qilingiz vatajovuzkor bo`lmangizФ
(2:190). ФAlbatta Olloh O`zining yo`lida guyo tutash binolardek bir safga
tizilgan hollarida jihod qiladigan zotlarni sevarФ(61:4). Olloh yo`lida o`zini,
mulkini, hatto bolalarini ayamaydiganlarni Olloh yoqtiradi, sevadi. Olloh
yo`lida bo`ladigan janglarda bukilmaydigan, dushmanga elkasini burmay,
yuzma-yuz solishadigan, din asoslarini ashaddiy turib, qattiq qo`rqlaydigalarni
Olloh haqiqatdan ham yoqtiradi. Ana shunaqa noyob xususiyatli, yumshoq,
mantiqiy, ilmiy va nuqul ijobiy taТlim-tarbiya bilan to`lib-toshgan kishilar
dinni biror narsaga to`siq bo`luvchi, deb atovchilar bo`la olarmikanlar? Ha, bizning
suhbatdoshimiz-fan doktori kabilar ham dunyoda uchrab turishadi. Chunki ular
QurТoni Karimdan bir harf ham tushunmaydilar, undan birorta oyatni o`qib,
maТnosini chaqib ko`rmaganlar.
Islomda ayollar o`rni.
Suhbatdoshim
so`zlardi:
- Islomning
xotin-qizlarga nisbatan reaksionligi haqidagi fikrga ham qo`shilmaysanmi? Islom
davrida ayollarning kamsitilishini ko`rsatmoq maqsadida u o`z barmoqlarini
sanay boshladi: ko`pxotinlilik, ayollarning yopinib yurishlari, oilada
huquqsizligi(qulligi), erlariga so`zsiz bo`ysunishlari, xo`janing qul ayol
bilan nikohsiz aloqada bo`lishi, meros bo`lishda erkaklarning haqqi ikki karra
ko`pligi, deb u sonog`ini tugatdi.
Men
ham unga sekin javob bera boshladim:
-
Bu safar sening bizga eТtirozlaring anchagina, shu
sababdan bu erda uzoqroq so`zlashga to`g`ri keladi. Shuning uchun so`zni biroz
uzoqdan, Islom yuzaga kelmasdan ilgargi davrdan boshlamoq zarur bo`lmoqda.
Senga juda yaxshi aniqki, Islom ko`pxudolik avj olgan bir makonda va zamonda
dunyoga keldi va uning targ`iboti tarqala boshladi. O`sha zamonlarda onadan
endi tug`ilgan chaqaloq qiz bo`lsa, u shunday tiriklayicha ko`mib tashlanardi.
Erlar o`nta va undan ham ko`p xotinlarga ega edilar. Chindan ham qul xotinlarni
xo`jalari fohishalik bilan pul topishga majbur etardilar. Ana shunday jamiyat
mavjud bo`lgan makonda, Islomda belgilangani kabi erkaklarga to`rta ayolni
xotinlikka(nikohga) olishni qatТiy qonuniyatga aylantirib qo`yilishi haqiqatan
ilohiy bir majburiyat edi. Bu qonuniyat o`sha davr, hatto keyingi zamonlar
uchun ham ayollarni ko`pgina ayb va uyatlardan, bevaqt o`limdan, ochlik va
nihoyat qullik, fohishalikdan saqlanishga yordam usuli bo`lib qoldi. Ammo to`rt
xotinlik holati erlar uchun majburiy xususiyatga ega bo`lmay, aksincha ularga
bir qator majburiyatlar yuklaydi.
Xotinlarning
ФkamsitilishiФ(emansipatsiyasi) tugatilgan Ovrupada ayollar ahvoli bundan
durustmi? Yo`q, aksincha Ovropada axloqsizlik, bemaТnilik, maТnaviyatsizlik,
xotin zotiga vaqtincha ko`ngul xushlik asbobi shaklda qarashlik avjga chiqqan.
Erkaklar bitta ayol bilan faqat rasmiyat uchungina nigohda bo`lib, haqiqatda
istagancha ayollar bilan nigohsiz aloqada bo`laverishadilar. Hatto bunday
aloqalarda boshqa birovning nigohidagi ayollar ham istisno etilmaydi. Sen,
ayollarga mana shunaqa munosabatni, shunaqa axloqni durust hisoblaysanmi?
Haqsiz,
huquqsiz asir holda yashirincha, atrofidagilarning nafratiga sazovor bo`lib,
nigohida boshqa ayol bo`lgan qandaydir kishi bilan tortinib-pisinib jinsiy
aloqada bo`lgandan ko`ra, unga qonuniy, huquqi teng ikkinchi xotin sifatida
yashash yanada yaxshi va axloqliroq emasmi? а
Islom
tarafidan ijozat berilgan ko`pxotinlilik prinsipida uncha ham oddiy bo`lmagan
bir qator muhim shartlar mavjud. Masalan, erning xotinlariga nisbatan adolatli
bo`lishi, QurТoni Karimda belgilab qo`yilganiday xotinlarning barchasi hamma
narsalarda (mol-mulk, eТtiboru-hurmat va h.k.) ayni(teng) huquqda bo`lishi
kabilar. QurТoni Karim ko`rsatmalarini hech bir muslim buzishga haqli emaslar.
ФAgar adolatli bo`lishga qodir bo`lmasanglar, faqat bittaФ, ФHar qancha
urinsangizlar ham xotinlaringiz o`rtasida adolat qilishga qodir bo`lmaysizlarФ
(4:129)-deb QurТoni Karim musulmonlarni ogohlantiradi. Demak, har kim ham hamma
xotinlariga nisbatan adolatli bo`la olmas ekanlar. Buni har bir muslim kishi
tushunishi shart va shunga muvofiq ish tutishga majbur. Payg`ambarlar va
ularning hayotiy yo`ldoshlari (xotinlari) adolatliа bo`lishning timsoli bo`la oladilar.
Yopiq
yurish payg`ambarimiz allayhis-salom(unga Ollohning rahmatlari bo`lsin)
hazratlari xotinlariga xos xususiyat edi. Chunki ular boshqalarga adabda ibrat
bo`lishlari lozim edi. ФO`z uylaringda barqaror bo`linglarФ(33:33). Demak, ayol
uchun eng hurmatli joy, uning o`z uyi, oilasidir. Ayol vazifasining eng
asosiysi esa, o`z o`chog`ining qo`rqlovchisi bo`lish, boshqa ayollarga ibrat
bo`lish, butun faoliyatini farzandlarini tarbiyalashdan iborat, deb bilishdir.
Ayol ikki ijtimoiy holdan birini tanlashi lozim bo`ladi. Ularning biri,
ayol-xotin, ona jamoat ishlari bilan band bo`ladi-da, bolalar esa, enagalar
qo`lida yoki bola-bog`chalarida qoladi. Ikkinchisi, ona doim bolalari bilan
birga, ularning tarbiyasi bilan band bo`ladi. Bu ijtimoiy holatlardan qaysi
birini tanlash afzalligi o`z-o`zidan aniq. Chunki o`z onasi qo`lida, uning mehri
muhabbati bilan taТminlangan bola so`zsiz sog`lom, yanada yaxshi tarbiyalangan,
axloqliroq bo`lib etishadi. Ammo u bir oilada, yaТni xotin kishi doim jamoat
ishida band bo`lgan olilada farzandlar bunday tarbiya ola bilishmaydilar. Biroq
bu aytilganlardan darhol yomon xulosa chiqarmaslik kerak. Bundan, Islom
ayollarning jamoat va davlat ishlarida aralashmasligini targ`ib qiladi, degan
noto`g`ri xulosa kelib chiqmaydi. Bu erda faqat ayollar vazifalarining
ahamiyati haqida so`z ketmoqda. Tarixda va shu zamonda ham ko`pgina musulmon
ayollarining davlat va jamoat ishlarida eng yuqori mansablarda faoliyat
ko`rsatganlari maТlum. Yozuvchi, shoir va olim darajasiga muyassar bo`lgan
musulmon ayollar juda ko`p. Shu bilan birga ular har doim mehribon tarbiyachi
onalar bo`lib qolishganlar. Ularning jumlasida katta janglarda qatnashib, buyuk
qahramonlik ko`rsatgan jasoratli musulmon ayollari bo`lganligi tarixdan bizga
aniq.
QurТoni
Karimda aytilgan ayollar haqidagi oyatlar asosan payg`ambar hazratlari
xotinlariga, yaТni ideal xotinlarga mos va xos xususiyatlardir. QurТoni Karimga
ko`ra ideallik va reallik o`rtasida hech bir to`siq yo`q.
MaТlumki,
Islomda erlar va xotinlar bir xil taloq huquqiga egadirlar. Faqat u muhim
huquqni anglamoq va tushunib etmoq lozim. Xotinlar tarafidan aytiladigan
taloqning o`ziga xos shartlari ham bor. Masalan, ayol nigoh o`qilayotgandayoq
erkak tarafidan buzilmasligi kerak bo`lgan bir qator shartlar qo`ya olish
huquqiga ega. Bordi-yu vaqt o`tishi bilan o`sha nigoh vaqtida erkak zimmasiga yuklatilgan
shartlar u tomonidan buzilsa, xotin taloqqa haqli hisoblanadi. Shu bilan bir
qatorda Islom xotin kishiga Ovropa sistemasida bo`lmagan bir qator huquqlar
beradi. Masalan, bizda xotin olishda savg`o berishadi, Ovropada esa,
zep-sidirg`a berishligi maТlum. Undan tashqari bizda xotinlar nigohdan
o`tgandan so`ngra o`ziga qarashli mulkning to`la va yagona egasi bo`lib qoladi.
Ovropada esa, oliadagi mulkning egasi faqat erdir. Chunki ularning nigoh
qonunlariga ko`ra nigohdan so`ngra oiladagi butun mulk yagona erga tegishli
bo`lib qoladi.
Erning
xotinlarini kaltaklashi, maТlum vaqt davomida xotinlarga yaqinlashmaslik
hollari juda kam uchraydigan holatlardir. Bu kabi jazo usullari odatda o`ta
yomon ayollarga nisbatan ishlatiladi. Aqlli, muomalali xotinlar ko`pchilikni
tashkil etib, ular erlarining eТtibor va muhabbatiga sazovor bo`lgan
ayollardir. Xotinni kaltaklash, u bilan
er-xotinlik munosabatini vaqtincha to`xtatib turishning asl maТnosi QurТoni
Karimda yashiringan sirlardan hisoblanib, boshqa tomondan bu hol bevosita
ayollarning o`jarligi, qaysarligi, yaТni ularning o`z shaxsiy xususiyatlaridan
kelib chiqadigan ayrim bir holatdir. Xotinlardagi bu xususiyatlar psixologiya
fani tadqiqotlariga mos keladi. Fanning tasdiqlashicha ayollar xarakterida
ayrim tabiiy psixologik xususiyatlar bo`lib, u xususiyatlar xurush qilganda
ularni faqat jismoniy taТsir oqibatida susaytirish mumkin. Aslida odamlarda
(ayollarda nisbatan ko`proq) uchraydigan bu psixologik xastalikni psixologiya
fani ikki turga ajratadi. Ularning birinchisi, qaramlikka, bo`ysunishga maillik
xohishi bo`lib, bunday psixologik xastalikka muftalo bo`lganlar faqat
kaltaklanganda qanoatlanadilar, rohatlanadilar, aks holda ular tinchimaydilar.
Ikkinchisi esa, hukmronlikka intilish bo`lib, bu xastalik fanda
sadizm(kishilarni qiynash yo`li bilan rohatlanish), deb yuritiladi. YaТni
bunday psixologik kasallikka yo`liqqanlar, hokimlik qilishdan, buyruq
berishdan, kishilarni shaxsan o`zi qiynaganidan, o`z o`ljasiga azob-uqubat
keltirganidan xursand bo`ladi, rohatlanadi, ruhlanadi. Bunaqa
xotinlarni(erlarni ham) ularning qudratidan, hokimiyatidan mahrum etish lozim,
albatta. Ulardan hukmronlik ФquroliniФ tortib olish kerak. Xotinlarda bu qurol,
ularning ayolligi, xotinligi, yaТni ularning erlari bilan birga bo`lishga
intilishidir. Shuning uchun ularni ana o`sha quroldan mahrum qilish, ular bilan
er-xotin bo`lmay turish, ular bilan bir tushakda yotishni to`xtatib turish
kerak bo`ladi. Bulardan ko`rinadiki, baТzi bir qaramlikka mail va kaltaklashdan
rohatlanadiganlarni baТzan savalab turish zarur ekan. Chunki bu kaltak ularga
azob berish va ularni kamsitish emas, aksincha bu ularga rohat bog`ishlaydi.
Shu sababdan ham QurТoni karimda, Ф... pand-nasihat qilinglar, tashlanglar va
ularning tushaklariga kirmanglar, ularni uringlarФ(4:34)-deyiladi. Shunday
qilib, ko`rayapsizmi, psixologiya fanida bir necha tom-tom kitoblarda
tasvirlangan o`jarlik, qaysarlik kasalligi va uni davolash usullari QurТoni
Karimda juda qisqacha va ixcham lo`nda qilib keltirib qo`yilgan. Erkaklarning
o`z ixtiyoridagi xotinlar bilan nigohsiz aloqada bo`lishlarini taТna-malomat
etayotgan suhbatdoshimiz masalani boshqa tomonga burayotgani sezilib turibdi.
YaТni bizning suhbatdosh masalaning mohiyatini Islomda zo`ravonlikka yo`l
qo`yilgan, sharqshunos olimlar Islomda o`rta asrchilikka daТvatlar uchrashini
ko`rsatishadi, deyishga olib borib taqamoqda. Ammo bu fikr haqiqatdan yiroqdir.
Chunki Islom quldorlikni tugatishga daТvat etgan yagona din hisoblanadi.
Biz
Injil(Evangelie) va Iso aleyhis-salom shogirdlari (apostollar)ning xalq
ommasiga yo`naltirgan nomalari va ularning qullarga vasiyatlari bilan tanishar
ekanmiz, unda qullar o`z xo`jalariga Parvardigorga sajda etgan singari bo`yin
egishga ochiq daТvat etilganini ko`ramiz. Masalan, Injilda, ФO, qullar! Titrab,
qaqshab, qo`rquv ila Parvardigorga sig`ingan kabi xo`jayinlaringga bo`yin
eginglarФ-deyiladi. Injil hech bir joyda qullarning ozodligini talab etmaydi.
Faqat xo`ja va qullar o`rtasida bir-biriga nisbatan hurmat saqlashga undaydi.
Bibliyada esa, ozod inson qullar darajasidan ham tushkunlikda tasvirlanadi. Bu
kitob vasiyatlariga muvofiq o`z shohlari uchun jangdan voz kechgan aholi
ommaviy talon Ц toroj qilinib, qullikka, asoratga aylantiriladi. O`z shaharlari
uchun janglar qilib, engilgan aholining esa, go`daklari, ayollari, qariyalari,
barcha-barchasi birma-bir qirib tashlanishga mahkumdir. Demak, Islom din
shaklida mashhur bo`lganiga qadar qullik va quldorlik real haqiqat bo`lib,
o`sha davr diniy qarashlar sistemasi buni qabul etgan, qullarni esa, o`z
xo`jalariga so`zsiz qaram bo`lishga, ularni sevishga chaqirganlar. Ammo QurТoni
Karim qullarga erk berishga daТvat etgan birinchi va yagona illohiy kitobdir.
QurТoni
Karim qullikni zudlik bilan tugatishni ko`zda tutmaydi. Chunki bu erda muhim ijtimoiy
muammo bo`lib, u hisobga olingan. Bir o`ylab qarang-a, minglab savodsiz,
erkinlik nimaligini bilmagan, erkin yashab ko`rmagan nodon kishilarni o`z
holiga bo`shatib yuborish ommaviy falokatga, baxtsizlikka olib kelishi muqarrar
edi. Shuning uchun qo`lida birorta hunari yo`q, uyi, mulki bo`lmagan erkin
olomon ommaviy o`g`irlik, turli xil jinoyatlarga yo`l qo`yib, qullikdan bir
necha marta battar holat yuzaga keltirgan bo`lardi. QurТoni Karim esa,
quldorlikni tugatish muammosini hal etishning prinsipini qurdi, uni batamom hal
etishningаа asoslarini yuzaga keltirdi. Masalan, bundan buyon yangi qullar paydo bo`lish yo`llari yopildi. Shu
bilan quldorlikni butun tugatishga prinsipial yo`l ochildi. O`sha zamonlarda
qullikka tushib qolishning manbalaridan biri urushlar hisoblanardi. Urushlar
oqibatida asirga tushganlar qul qilib, sotilardilar. QurТoni Karim esa, ana
o`sha asirlarni sotishni man etdi. Uning o`rniga asirlar maТlum miqdorda
mol-mulk hisobiga ozod etiladigan, hatto tavba-tazarru hisobiga ham ularni
bo`shatib yuborish shartlari eТlon qilindi.а
QurТoni Karimda, ФYo ualarni ozod qilish bilan mehr-shafqat, rahm
etinglar, so`ngra yo fidya-tovon(mulkka almashish) olursizlarФ (47:4)-deyilgan.
Bu erda asirlarga rahmdillik, mehr-shafqat ko`rsatinglar, Olloh uchun ularni
ozod etinglar, baТzida ularni mol-mulk hisobiga ham bo`shatinglar, deb
ko`rsatma berilgan. Asirlarning mol-mulk hisobiga bo`shatilishi, ular erkin,
ozod hisoblanib, o`z ona yurtiga bemalol ketish huquqiga ega demakdir. Shu yo`l
bilan quldorchilik asta-sekin tugatilib borildi. Ana shunday asta-sekin ozod
bo`lmaguncha qul ayollar o`z xo`jalari bilan nigohsiz yashab turdilar. Biroq
Islom tartibi bo`yicha ularni xo`jalari sotishi, sovg`a etishi mumkin emas edi.
U ayollar bolali bo`lsalar xo`jalari o`limidan so`ng to`la ozod bo`lardilar.
Islom mustahkam din shakliga kirib, o`z tartib qoidalarini to`la joriy
qilguncha o`shanaqa o`tish jarayoni bo`lganligi rost. Ammo u jarayon Islom
qoidalariga mutlaqo dahldor emas. Aksincha Islomgacha bo`lgan davr qoldiqlaridir.
Bizning suhbatdoshimiz, fan doktori ana shu tarixiy jarayonni Islomga
yopishtirishga urinmoqda. Shular bilan birga yana bir tarixiy haqiqatni
keltirmoq joiz ko`rinadi. O`sha uzoq zamonlarda qul ayolning o`z xo`jasi bilan
nigohsiz aloqada bo`lishi uni kamsitish emas, balki u qul ayol izzatda
hisoblanardi. Ayniqsa qul ayol o`sha holni o`ziga buyuk hurmat, deb qabul
qilardi. Ammo Islom o`sha xo`ja va qul ayolni huquq jihatdan bir xil darajaga
tushirganini eТtibordan chetda qoldirmaslik lozim.
Qarang,
Olloh o`z bandalariga nimalar deydi: ФMenga inonuvchilar hech shak-shubhasiz
og`a-inilardirФ(49:10), ФU (Olloh) shunday zotki, sizlarni bir jondan(Odamdan)
yaratdiФ (7:189),а Ф... bir-birovlaringni
Ollohdan o`zga xudo qilib olmanglarФ(3:64).
Payg`ambar
afandimiz(Unga Ollohning rahmati va shafqatlari bo`lsin) quldorlikni tugatishga
bebaho shaxsiy ibrat ko`rsatdilar. U zot o`z quli Zayid ibn Xorisni ozod etib,
uni o`g`lim, deb eТlon etdi. Uning ustiga Zayidni o`z amakisi Jaxshaning qizi
Zaynabga uylantirib ham qo`ydi. U o`zining bu marhamati bilan qullarni ozod
qilish, quldorlikni tugatish Islom uchun eng muhim maqsadlardan biri ekanligini
namoyish etdi. Shu kabi faktlar o`z zamonida va undan so`ng ham ibratga sazovor
ulkan ish bo`lib qoldi.
Davlat
boshqaruv muassasalarida erkaklarning foizi ko`proq bo`lishi va ijtimoiy
hayotda ularning soni ortiqligi faqat musulmonlar dunyosiga emas, balki
xristian mamlakatlariga ham xos bir xususiyatdir. Xotinlarning hukmdor bo`lishi
insoniyat tarixida ancha kam uchraydigan hodisaligi hech kimga sir emas.
Hukmdorlik, katta kashfiyotlar ochish(kashfiyotchilik), qonun va qoidalar
chiqarib, fantaziyalarga maillik, turli xil murakkab
vaziyatlarga(situatsiyalarga) tayor turishlik, jismoniy va ruhan baquvvatlik,
alohida kuchli, mahkam muskullarga egalik, mustahkam iroda va
xarakterga(xususiyatga) ega bo`lishlik va boshqaа shunga o`xshash xususiyatlarning barchasi
odatda faqat erlarga xos bo`lib, tabiatan bu rol ularga bog`ishlangan. Hatto
ko`proq ayollarga xos yumushlar: kiyim bichish-tikish, ovqatlar
tayyorlash(pishirish) va boshqalarda ham erlar ayollardan o`zib ketgan, deb
hazil qilgan ekan bir qiziqchi. Bu haqiqatan tabiiydir. Bu masalada munozaraga
o`rin yo`q. Ko`rsatilgan xususiyatlar tashqi ko`rinishlar bo`lib, ularning
mavjudligida dinning ham, QurТoni Karimning ham hech qanday taТsiri yo`q.
Bundan ko`rinadiki, Yaratuvchi tomonidan xotinlarga mos shaklda belgilangan
qobiliyat, aql, kuch-quvvat, chidam erlarga nisbatan farqlidir. Shu sababdan
erkaklar o`z tabiiy yaratilishlariga ko`ra ayollar ustidan hukmrondir. Shuning
uchun dunyoning biror mamlakatida ayol kishining Bosh vazir yoki Prezident
mansabiga ko`tarilishi xalqaro sensatsiyaga(shov-shuvga) aylanib ketadi. Bu
esa, o`sha tabiiy asosni, haqiqatni isbot etishga yordam beradigan holdir.
Islom ana o`sha tabiiy asosni qonunlashtirdi, uni adolatli qonun-qoidalar
asosiga qo`ydi.
а
Ana
shundan kelib chiqib, er kishi merosda bir muncha ko`proq ulushga ega bo`ladi.
Uni Islom ikki baravar qilib, belgiladi. Chunki Islom qonunlariga muvofiq er
oilaning asosi suyanchi, uni qo`ruvchi va boquvchi himoyachisidir. Islomning
ayollarga munosabati ham ayni adolatlidir. Bu Payg`ambarimiz alayhis-salom(Unga
Allohning marhamat va rahmatlari bo`lsin) hayot tarzida, ularning xotinlariga bo`lgan
munosabatlarida o`z ifodasini topgan. YaТni ularning xotinlariga nisbatan
mehr-muhabbati, rahmdilligi, ularga doimiy eТtibori ibratga sazovordir. Bir
hadisda, Ф Men uchun bu dunyoda mehr va mehribonlik - bu xotinlar bo`lib,
mening quvonchim esa, namozu-duolardirФ-deyiladi.
Bu
erda xotinlar tengsiz xushbo`ylikka ko`tarilmoqda, hatto ular
payg`ambarningа namozu-duolari darajasiga
tenglashtirilayapti. Ularga bundan ham oliyroq hurmat bo`lishi mumkinmi?
Payg`ambar aleyhis-salom o`zining eng so`nggii vaТzlarida ham xotinlar haqida
alohida vasiyat aytganlar.
Olloh
ayollar uchun uy va oilani, erlar uchun esa, ijtimoiy hayotni tanladi. YaТni
erlarga ijodiy faoliyat sohasida ulkan ishlarni topshirib, ayollarga eng
qutlug`, eng muhim, eng qimmatli va eng ahamiyatli vazifa-inson avlodini
tarbiyalashni ishonib topshirdi. Bu xotinlarga bo`lgan buyuk ishonchdir. Chunki
xotinga eng aziz, eng qimmatli inson farzandini tarbiyalash vazifasi
topshirilmoqda. Shuni kamsitish desa bo`ladimi?
Qalb(ruh).
Suhbatdoshim
masalaning bu tomoni ancha murakkabligini sezib tursa-da, u so`zida davom etdi:
- Ruhning mavjudligi, inson o`lgandan so`ng
qayta tirilishi uning so`nggi makoni qabr bo`lgan oddiy bir tana (murda)
emasligi haqida senda qanday dalillar bor? Islom bu masalaga qanday qaraydi,
singari savollarni o`rtaga chiqardi.
Men ham biroz sukut saqlab, unga javob
qaytara boshladim:
- Bu savol bugun haqiqatan ham murakkab
masalalardan biri hisoblanadi. Ruh haqida o`ylamasdan so`zlashlar ko`pincha
adashishlarga olib keladi. O`rtaga qo`yilgan masalaniа isbotlaydigan ochiq-oydin dalillar bizda oz
bo`lgani kabi, sizda uning teskarisiga ham dalillar kamdir. Keling, birgalashib
fikr Ц mulohaza qilib qaraylik. MaТlumki, inson ikkilangan tabiatga ega. Ana
shu ruhning mavjudligiga birinchi dalil. Odamda ikki xil tabiat bor: uning
tashqiy, ko`rinib turgan tabiati-bu uning jismi-tanasi, jasadi bo`lib, u barcha
moddiy xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirgan. Masalan,
tananing og`irligini aniqlash, uni boshqa shunga o`xshash tana bilan qiyoslash
mumkin. Tana, vaqtga mos o`z ko`rinishini o`zgartiradi, harakatlanadi, bir
ko`rinishdan boshqa ko`rinishga o`tadi, xastalik hisobiga uning umumiy holati
o`zgaradi, u ozadi, semiradi, uning rangida o`zgarish yuz beradi, rohatlanadi,
uxlaydi, ochlikni, sovuqni, issiqni sezadi va h.k. va h.k. Insonning
jismi-tanasiga xos tashqiy tabiati bilan bir qatorda uning sezgi xususiyati,
yaТniа maxsus sezgi tabiati ham bor.
Bularga ixlos, nafrat, qo`rquv, quvonch, xastalik, his-hayajon, asabiylashuv,
kabi sezgi-hislar kiradi. Shunday qilib, tana tabiati va u bilan bog`liq turli
xil holatlar moddiy xususiyatlar bilan aniqlanishi natijasi o`laroq inson
jismi-tanasi va uning organik qalbi(ruhi)- bu ikkisi- materiyadir, deb
tasdiqlash mumkin. а
Ammo
odamda butunlay boshqa tabiat ham bor, u odamning(insonning) ichki dunyosi,
ruhiy dunyosidir. Inson ichki dunyosi uning tana tabiatiga to`la qarama-qarshi
bo`lib, undan farq qiladi. U tamoman o`zgacha xususiyatga ega tabiat, u
o`zining doimiyligi, zamon va makon taТsirida o`zgarmasligi bilan ajralib
turadi. Bu eng avval inson aqli, uning doimiy qobiliyatidir. U idrok, vijdon,
estetik bilish(zehn etish), xohlasang - bu aqlni, vijdonni va barcha sezuvchi
belgilarni o`zida idrok ettirgan, mujassamlashtirgan bizning ФMenФimizdir.
Falsafiy
ФMenФ- butunlay boshqa, u tana ham emas, ochlik va to`qlikni sezadigan organik
qalb (ruh) ham emas. ФMenФ-bu o`zida juda keng maТnoni majassamlashtirgan,
nihoyatda chuqur tarz(obraz) va tushunchadir. Ana shu tarz(obraz) hisobiga
inson madaniyat, maТnaviyat qimmatini, uning ahamiyatini biladi, tushunadi,
qadrlaydi. Bu chindan ham ko`p maТnoli va ko`pqirrali
sezgidir. Bu sezgi ustidan atrof muhitа
hukmron bo`la olmaydi. U fazoda(makonda) o`zgarmaydi,
transformatsiyalanmaydi, ozmaydi, semirmaydi, zamon(vaqt) taТsiriga tushmaydi,
uning uchun o`tgan zamon, kelasi zamon hamda hozirgi zamon tushunchalari mavjud
emas. U hozir ham, so`ngra ham doimiy, u vaqt(zamon) o`tishi bilan o`zgarmaydi.
Bizning tasavvurimizda bu tushuncha abadiy va nihoyasizdir.
Shunday
qilib, bu erda borliqning boshqa bir ko`rinishi namoyish bo`lmoqda. U
transformatsiyalanmaydi, hajmga ega emas, unga zamon taТsir qilmaydi, unda
og`irlik ham, shakl(obraz) ham yo`q. Shu bilan bir qatorda biz bunda doimiy
borliqni, mavjudlikni kuzatmoqdamiz. U bilan tarixiy o`zgarishlarni
solishtiramiz, qiyoslaymiz. Shunindek, u mutlaqdir, uning yordamida moddiy
dunyodagi barcha nisbiyliklarni bilib ololamiz. Biz bu borliqni aniqlay
bilamizmi, uni qanday qilib, to`g`ri
aniqlay bilamiz? Uni juda yaxshiа
aniqlasa bo`ladi. Chunki u ko`nguliy(qalbiy) bo`lib, uning xususiyati
ruhiydir.
Bundan
so`ng bizdan bu ikki tabiatning qaysi biri odam? Kim bu odam deganlari, uning
tanasimi yoki ruhi, deb so`rashlari turgan gap.а
Bu savolga to`g`ri javob bermoq uchun аo`z navbatida biz ham bu xususiyatlarning
qaysi biri hukmronlik qilishini ajrata bilmog`imiz lozim.
Materialistlar
inson-bu uning jismi(tanasi), deb hisoblaydilar. Ular biz yuqorida taТkidlagan
aql, mantiq, estetik va maТnaviy sezishlar va h.k. barchasining hukmroni, egasi
inson jismi(tanasi), deb tasdiqlaydilar. Tarz(obraz), deb artaladigan barcha
ФMenФlar tana bilan bog`liq, u bilan muvofiqlikda, unga to`la bo`ysunadi, uning
ko`rsatmalriga xizmat qiladi, deb tushuntirishadi.
Ularning
bunday hukmlari xatodir. Ular chuqur adashadilar.
Haqiqatda
esa, jism(tana) ergashuvchi, ergashtiruvchi emas. U ijro etuvchi, buyuruvchi
emas. Biz tanamiz istak, xohishlarini to`xtatib qo`ygan vaqtlar nahot kam
bo`lsa? Masalan, o`raza tutganda tananing ovqatga bo`lgan xohishini qaytargan
bo`lmaymizmi? Olloh uchun shunday qilamiz. Ertalab, bomdodga turganimizda, tana
hali uyquni davom ettirishni xohlamaydimi?а
Tana, aql rejalashtirgan programma(dastur)ga muvofiq, uning
ko`rsatmasiga qarab soatdan soatga, qadamma-qadam harakat qiladi. Bu erda kim
ergashuvchi va kim dohiy, kim hukmron?
Vatanini,
diniy eТtiqodlarini himoya qilmoq maqsadida o`zini qurbon qilishga otlangan
kishi, o`z hayotini maqsadga, g`oyaga bog`ishlayotganda, butun tanasini
granatalar bilan urab olib, yashin tezligida chopib dushman tanki ostiga o`zini
tashlayotganda u kishining tanasi qaerda bo`lib, nima vazifa bajaradi? Bu
harakatga buyuruvchi kim? Bunday hollarda shunday bir oniy zamon yuzaga
keladiki, bunda ruh (moddiy maТnoda qalb) tanani butunlay rad etadi, tana unga
birozgina ham qarshilik ko`rsatishga qodir bo`lmay qoladi. Bu holatni
materialistik nazariyaning hech bir usuli bilan tushuntirib bo`lmaydi. Bunday
hollarda tana hech qanaqa qarshilik ko`rsata olmaydi, tanada qarshi turadigan
hech bir kuch yo`qdir. Bu erda tana ruhga faqat so`zsiz bo`ysunishdan o`zga
choraga ega emas. Mana shunday vaziyatlarda inson tabiatiningа qaysi bir xususiyati yuqori ekanligi bilinib
qoladi; bu ikki borliq, ikki tabiatdan qaysi biri insonlikni ifoda etishi ham
bu erda o`z-o`zidan ko`rinadi, qo`yadi.
Hozirgi
zamonda tana inson uchun ikkinchi mavjudot ekanligini ochiq isbotlaydigan ilmiy
asoslar ham anchagina bor. Masalan, inson tanasining ko`pgina qismlari tabobat
usullari yordamida ko`chirilayotganlari, ularning biri, ikkinchisi bilan
almashtirilayotganlari ham buni tasdiqlamoqda. Jarrohlik yordamida insonning
haqiqiy, tabiiy organlari o`rniga sunТiy organlar(protez va boshqa)
qo`yilmoqda, tana qismlarining sintetik elementlari ishlatilmoqda. Elektron
yuraklar, sunТiy buyrak, ko`z, hatto sunТiy qon haqida kim eshitmagan? ФOdam
qismlari magaziniФ, yaТni sintetik yurak, qo`l, oyoq, sochlar, tishlar
sotiladigan magazinlar haqida xabaringiz yo`qmi?
Odam
tanasini qismlarga bo`lib tashlasa bo`ladi. Masalan, tananing turli organlarini
kesib tashlash(amplutatsiya qilish), uning baТzi bir qismlarini ko`chirish,
unga batereykalar o`rnatish, alyumeni bo`lakchalari qo`yish, sunТiy ko`z,
tirsaklar, sochlar, elektron yuraklarni yasash va h.k. ko`rsatsa bo`ladi.
Shunga o`xshash yana juda ko`p xil amaliyotlarni (operatsiyalarni) bajarish
mumkin. Odam esa, har doim inson shaklida tirik qolaveradi. Chunki inson o`z
tanasining qismi emas, inson uning ruhidir. Ruh tana(jism), deb atalmish
ФmashinaФ ichida rulda o`tirgan boshqaruvchidir.
Qalb (Ruh) - boshqaruv, miyaning o`zidan emas, bosh
miya hujayralaridan (kletkalaridan)
chiqadi.
Miya
ham tana hujayralari kabi unga yuborilgan
buyruqlarni bajaradi, ularni har xil shakllarda ifodalaydi va oqibatda u,
tanani boshqaruvchi hamda moddiy dunyoda yashovchi, qalb(ruh) ataluvchi ko`zga
ko`rinmas qo`lning qo`lqopi bo`lib qolaveradi(Qalbni(ruhni) bunday taТriflashda
olimlar bir fikrda emaslar, albatta).
Bundan
insonda ikki xil tabiat, ikkita borliq mavjud, degan xulosa kelib chiqadi.
Ulardan eng asosiysi, hukmroni bu ruh bo`lib, u abadiydir, ikkinchisi,
o`tkinchisi bu tana bo`lib, u tugashga mahkumdir. Shunday qilib, insonda
birinchi borliq ruh abadiyatga, ikkinchi borliq-tana tugashga jo`natiladi. Tana
tugab, o`z asosi tuproqqa aylansa, ruh esa, qolgan dunyo bilan aralashib
ketadi.
BidТatga
cho`mib qolgan baТzi faylasuflar uchun ruh mavjudligini isbot qiladigan misol
keltiramiz. Bu misol harakat bilan ifodalanadi.
BaТzi
predmetlarning harakatini, ularning bevosita ustida o`tirib(ularning ustida turib)
kuzatish bir muncha qiyin, hatto baТzidaа
uа mumkin ham emas. Ularning
harakati uzoqdan kuzatilganda yaxshi seziladi. Masalan, liftga kirgan kishi
uning harakatini sezishi ancha mushkul. Chunki liftga chiqqan odam ayni zamonda
liftning elementiga, bir qismiga aylanib qoladi. Liftdan tashqarida turgan
kishi tirqishlardan qarab uning harakatini boshqa tinch turgan jismlarga
nisbatan kuzatishi, sezishi mumkin. Xuddi shu holatni temir yo`lda bir tekis va
sekin harakatlanayotgan poezdlarda ham kuzatsa bo`ladi. Lift ham, poezd ham
turgan joylaridan yoki bekatlardan qimirlayotganda ulardan tashqariga qarolmasa
ularning harakatlarini sezish mumkin emas. Bu quyoshning ustida turib, uni
kuzatishga o`xshab ketadi. Vaholanki, quyosh harakatini oydan yoki er yuzidan
turib kuzata olamiz, xolos. Shuningdek, er yuzida yashab, turli xil yumushlar
bajarib, erning o`z harakatini seza olmaymiz. Uning harakatini esa, masalan
oydan turib juda yaxshi kuzatib bo`lardi. Biror narsaning ichida o`turib, unda
bo`layotgan harakatni sezib bo`lmaydi.
Ana
shu sabablarga ko`ra bizdan yiroqda, o`zimizdan tashqarida aqliy zarrachamiz
bo`lmay turib zamonning (vaqt, davrning) o`tishini qabul qila olmagan
bo`lardik.
Agar
bizning qabul qilish(idrok etish) qobiliyatimiz, xususiyatimiz sekund strelkasi
kabi sakrovchi bir ko`rinishda bo`lganda edi, biz o`sha vaqt sekundlarini hech
sezmagan bo`lardik. Bizning idrok etishimiz ham sekundlar o`tgani kabi hech
narsani idrok qilmasdan o`tib ketaverardi.
Bu,
inson borligining zarrachasi zamondan tashqarida abadiy mavjudligini
ko`rsatuvchi ajib bir xulosadir. Bu zarracha zamon o`tishini boshqa erdan turib
kuzatadi, uni idrok etadi, ammo unga aralashib, uning ichiga tushib qolmaydi.
Shu sababdan u keksaymas, charchamas, kuchsizlanmas va o`lmasdir. Tana(jism)
ko`milgandan so`ng ham bu zarracha yashab qoladi, uning hayoti alohida bir
xususiyatga o`tadi, u zamonlar harakatiga bo`yin egmaydi. Ana o`sha zarracha
ruhdir. Har birimiz o`zimizda uning borligini, mavjudligini, doimiyligini sezib
turamiz. Ko`rayapmizki, bu borliq, moddiy borliqdan mutlaqo farq qiladi, u
zamon ritmiga mos o`zgarmaydi, transformatsiyalanmaydi (bir turdan boshqasiga
o`tmaydi).
Bu
ichki bir holatdir, uni ichdan, ko`nguldan xursand, shod bo`lganda sezamiz. Ana
shunday holat ruhning tanada qatnashgan, borliq holati, deb ataladi. U shunday
bir kalit bo`lib, ichki ruhiy borliqni, muhim bir topishmoqni ochadi. Ana
o`shani ruh, deymiz.
Ruh
mavjudligini isbot etadigan yana bir hol, bu insonda, insoniyatda tug`ma erk
sezgisi borligidir. Inson moddiy muqarrarlik qonunlari bilan boshqariladigan
organik hayot ramkasidagi materiyadan iborat bo`lganda edi, unda o`sha tabiatan
erk sezishi maТnosiz bo`lib qolardi.
Yaxshi,
zamondan tashqarida, o`limdan kuchli, moddiy muqarrarlik nazariyasidan oliyroq
inson ruhi mavjud ekan, qayta tirilish haqida nima aytsa bo`ladi? Hozircha hech
kim u yoqdan qaytib kelmadi; kishi o`lganidan so`ng u dunyoda nimalar bo`lib,
nimalarni ko`rishganini so`zlab berishmadilar. Ammo eng So`nggi, Oxirgi,
Qiyomat Kun ham hali etib kelmadi; ochiq-oydin isbot bo`ladigan, So`nggi kun
haqiqiy faktga aylanadigan zamonga biroz muddat bor shekilli.
Darvoqe,
qayta tirilish haqida diniy haqiqat, aql va fanning tasdiqlari borligini
taТkidlash kifoya bo`lar, deb hisoblayman.
-
Xush, aql va fan qayta tirilishni qanday yo`l bilan tasdiqlashadi?
- Borliq, butun Olam haqidagi maТlumotlar,
ularning tashqiy ko`rinishlari har doim ilk boshlang`ich holat qaytib
turishini, hamma-hamma bor mavjudotda aylanib turishni kuzatish bilan qayta
tirilish ham mumkinligini tasdiqlaymiz. Qarang, kunduzdan so`ng aqshom, undan
so`ngra yana kunduz va yana shu kabi takrorlanaveradi. Quyosh chiqadi, botadi;
bahor, yoz keladi, yozdan keyin kuz, undan so`ngra qish va shunday cheksiz,
chegarasiz davom etaveradi. Ertalab turamiz, kechqurun yotamiz, yana turamiz va
yana yotamiz. Bu faktlarning barchasi borliqning doimiy qonunlari,
qoidalaridir. Tabiatning zamonda kechayotgan bu mustahkam doimiy qonun va
qonuniyatlari o`limdan so`ng hayot, tirilish borligini isbotlaydi va
tasdiqlaydi. Chunki tabiatda har bir narsa va hodisalar uchun
qaytarilish(qaytish) holi mavjuddir. Alloh o`zini Ilk Boshlovchi va Qayta
tiriltiruvchi, deb ataydi. Ф... U silarni ibtidoda yo`qdan qanday bor qilgan
bo`lsa, xuddi shunday U yaratgan holiga qaytursizФ(7:29). ФU avval-boshda
barcha narsani Uning O`zi yaratur. So`ngra yana qayta yaraturФ(10:4)-deb
taТkidlaydi Ollohu taolo.
Dunyoda mavjud barcha narsalar ilk asosiga
qaytmayaptilarmi? Atomdan to galaktikagacha o`z boshlang`ich asoslariga
qaytadilar-ku. Hatto madaniyat (sivilizatsiya) ham ilk ko`rinishiga
qaytadi. Shuningdek madaniyat elementlari, mayishiy ishlar, tarix ham o`z
boshlang`ich holatiga qaytish xususiyatiga ega. Mana shu kabi narsa va
hodisalardagi o`z ibtidosiga qaytish qayta tirilish va qayta tiklanishni isbot
qiladi.
Dunyoning tuzilishi asosida yotgan qoida va
qonunlarda hech bir xato-kamchiliklar belgisi yo`qdir. Bu esa, yana o`sha qayta
tirilishga ikkinchi xil isbot bo`lib xizmat qiladi. Chunki juda kichkina zarrachalardan
tortib, galaktikagacha bo`lgan butun boqliq o`ziga xos doimiy mustahkam
qonunlariga ega. Ular ana o`sha qonunlarga asosan harakatlar sodir etadi. Hatto
ko`zga ko`rinmas elektronlar ham o`z xususiyatlariga mos quvvat(energiya) bilan
taТminlanmasa, ular bir harakat orbitasidan ikkinchisiga o`ta olmaydi. Ular
aynan to`g`ri, maqsadga maТqul harakatlanmoqlari uchun o`zlariga zarur quvvat
miqdorini olmoqlari shart. Aks holda ular(ularning quvvatlari kam yoki ortiqcha
holda) yo kerakli orbitaga eta olmaydi, yoki uzoqqa o`tib ketadi. Shunaqa
mukammal va mustahkam qonunlarga amal qiladigan dunyoda hakamlarni (sudlarni)
yo politsiya(militsiya)ni sotib olish yo`li bilan birorta qotil yoki zolim
hukmdor jazodan qochib qoladi, deb o`ylab bo`ladimi? Mantiq va aql, farosat
unday gunohkor bandalar gunohlariga yarasha jazo olishini taqozo etadi. Ollohga
iymon keltirganlar shunday ekanligiga inonadilar. Chin adolat tantana qiladigan
oqibat, boshqa dunyo bo`lmasligi mumkin emas! Tafakkur va vijdon buni ko`rsatib
turibdi.
Biz insonlar, adolatli bo`lish, adolatni
izlash, uni sevish va doim adolatni xohlamoq uchun yaratilganmiz. Biroq u
adolat bu dunyoda juda ham kam uchraydi. BaТzi adolat hisoblanib, qabul
qilingan ФhaqiqatlarФ ham nihoyatda nisbiydir. Shu sababdan ko`p hollarda bu
dunyoda adolatning yo`qligidan shikoyat qiladilar. Haqiqatan ham bu dunyoda
adolat yo`q. Chunki kishilar(bandalar) haqiqiy adolatni o`rnatishga qodir emas.
Dunyo faqatgina nohaqlik va adolatsizliklardan iborat bo`lishi, umuman adolatning
bo`lmasligi ham mumkin emas-ku, axir. Shuning uchun donishmandlar, ФChanqoqlik,
suvning mavjudligini ko`rsatgani kabi, adolatga doim intilish, unga chanqoqlik,
aynan uning albatta borligini, uning o`rin topishini bildiradiФ-deb
hisoblaydilar. Bu yolg`onchi dunyoda chinakam adolat tantanasi sezilmasada,
chinakam tenglik, chin haqiqat barq urmasligi mumkin emas. Ana shunaqa
belgilarning barchasi qayta tirilishning ham, sodir etilgan gunohlar evaziga
loyiq jazo vaqti ham kelishini va u dunyo(chin dunyo)ning mavjud ekanligini
isbotlaydi va tasdiqlaydi.
Iymonli, Ollohga inonuvchilar uchun, Uning
qudratiga suyanadiganlar uchun hech qanaqa isbotlarning hojati yo`q. Chunki
ularning qalblari pok, u qalblarda shubhaga o`rin bo`lmaydi. Shu sababdan ular
hech qachon bunaqa savollar bilan boshlarini og`ritib ham o`tirmaydilar.
Endi, ФRuh, nima o`zi?Ф-degan savolga
to`laroq javob qilib ko`ramiz. QurТoni Karimda, ФUlar sizdan ruh-jon haqida
so`raydilar. Ayting: ФRuh yolg`iz Parvardigorim tomonidan inТom etilgan nurdir.
Sizlar ozginagina biluvchilarsizФ (17:85)-deyilgan. Boshqacha aytganda bu
sirdir. Bu sir haqida hech kim hech narsa bilmaydi. Ajabki, har doim ФruhФ
kalimasi bilan yonma-yon ФMening Ollohim inТomi bilanФ, degan jumla keladi. ФU
qullaridan kimni tanlasa, o`shanga O`z amri ila vahiy tushiradiФ(40:15), ФO`zi
xohlagan bandalariga O`z amri ila malaikolarni vahiy bilan tushirurФ(16:2),
ФOlloh amri ilagina ruh va malaikolar tushurlarФ(97:4), ФShunday qilib, Biz O`z
amrimiz bilan sizga Ruhni vahiy qildikФ(42:52). Ko`rayapsizmi, hamma erda, har
doim ФBiz amr etdikФ, ФOlloh amri ilaФ, ФUning amri ilaФ, deyilmoqda. Bundan
Olloh amri ruh bo`ladimi yoki Uning so`zi ruh bo`ladimi, kabi savol tug`iladi? аа
Olloh Isodan(Unga
Allohning rahmati yog`ilsin) so`zlab, Ф... Yo Maryam, albatta Olloh senga
O`zining So`zini xushxabar qilib beradiki, uning ismi al-Masih Iyso binni
MaryamdirФ(3:45). Ф... Va U Mariyamga Olloh So`zini va Uning Ruhini
tushirdiФ(4:171). Bu erda ФruhФ va ФamrФ so`zlari bir-biriga sinonim bo`la
oladimi? Bular barchasi taxmin, albatta. Haqiqatda esa, Bilguvchi O`zidan o`zga
hech kim, hech narsa bilmaydi.
Bundan so`ng baТzi kishilarning ruh bilan
muomala qilishlari, ular bilan so`zlashishlari va hatto o`lganlar ruhlarini
chaqirish kabi masalalar o`ta shubhali tuyuladi. Aslida ruhlar bilan muomala
hodisasi spiritizm(mistik oqim), deb yuritiladi. U XIX asrda aristokratik sinf
orasida juda keng tarqaldi. Ular, spiritizmga ishonuvchilar har xil usullar
bilan va mediumlar vositasi orqali o`lib ketgan kishilar ruhi bilan uchrashish
mumkin, deb hisoblaydilar, unga ishonishadilar.
УO`lganning ruhi bilan muomalaФ, deb
ataluvchi holatni Hindistonlik donishmandlar ruh qorong`i xonada bo`lgan vaqtda
mediumlarning o`zini tutish holati, deb, tasdiqlaydilar. Va u bilan muomalada,
deb tasavvur etilgan ruh-bu hayotiy(yorug` dunyobiy) ruh bo`lib, ular
qachonlardir bu dunyoda yashashgan o`liklarning sirlarini biluvchilar
bo`lishadi va ular o`sha sirlar yordamida tiriklarni masaxaralashadilar. а
Musulmon sufiylari esa, o`sha qorang`i
xonalarda ruh(allaqachonlar o`lib ketganlar ruhi) emas, balki mediumning aynan
o`zi bo`ladi, xolos, deb hisoblaydilar. Bu medium esa, o`lgan kimsaning ruhi
bilan emas, balkiа jin bilan uchrashadi.
U jin esa, marhum tirikligida unga yo`ldoshа
bo`lib, buning hisobiga jin marhumning sirlarini biladi. MaТlumki,
jinlar odatda ancha uzun umr ko`radilar. Shu sababdan ular inson
yo`ldoshlaridan keyin ham tirik qoladilar. Mana shu jinlar spirtizm seanslarida
qatnashadilar va ular tiriklarni masxaralamoq uchun marhum inson
yo`ldoshlarining ovozlarini, so`zlashish odatlarini, qiliqlarini, xarakterini
va boshqa xil xususiyatlariniа takrorlab,
marhumlarning sirlarini ochadilar. Jinlarning bu qiliqlari insonlarga
dushmanlikda qoidaga aylangan.
Sufiylar, bu holatni dunyoviy hayotda uchrab
turadigan hodisaga qiyos qilishadi. Masalan, biror maТmuriy idoraga yumush
bilan borib eshik qoqsak, bizning huzurimizga maТmuriyatning boshlig`i emas,
uning birorta xodimi peshvoz chiqadi. Chunki u boshliq, axir, har bir eshik
qoquvchilar huzuriga chiqavermaydi. Xuddi shu singari ruhlar dunyosida ham biz
bilan(Уbiz eshik qoquvchilar bilanФ) muomalada bo`layotganlarЦbu dunyoviy
ruhlar bo`lib, ular jinlar va shular darajasidagilardir.
Inson ruhi УbarzaxФlar(barzax arabcha so`z bo`lib, nozik, jonni achtuvchi, zo`riqtiradigan joy
yoki narsa maТnolarini beradi, yaТni o`lganlarning ruhlari qiyomatgacha
turadigan makon, dunyodir), deb ataluvchi mutlaqo boshqa dunyoda bo`ladi.
Ruhlarni hech qanday yo`l bilan chaqirish imkoniyati yo`q. Biroq baТzi qulay
hollarda ular ilgari kimni yoqtirgan, sevgan bo`lsa o`shalarning (tushda yoki
ochiqdan ochiq ham) huzurlariga kelishlari mumkin.
Biz spirtizm seanslarining juda ko`pida
qatnashib, ularni sinadik. Ammo u seanslarning birortasida ruhning
qatnashganini va u bilan muomala qilinganlikni isbotlaydigan holni uchratmadik.
Seans o`tkazuvchilar esa, bu haqda biror jo`yali dalil keltira
olmaydilar.
Bu fikr bir muncha haqiqatga yaqin. Ammo bu
masala haligacha munozara va muhokama uchun ochiq qolmoqda. Bu erda haqiqatdan
ko`ra nayrangbozlik va uydirmalar ko`p. Bu haqda so`ng so`z, yaТni xulosalovchi
so`z hali aytilmadi. Ishonamanki, sen biroz so`ng mening jinlar va mediumlar
haqidagi so`zlarim va hikoyalarim ustidan itehzoli kulasan. Senda kulish va
ishonmaslikka sabab bor. Sen o`z qalbingga ishonmaysan-u, yana qanday qilib sen
jinlarga ishonasan? Sen Ollohning O`zining mavjudligiga ishonmaysan-u, qanday
qilib, sen Uning shaytonlariga ishonasan?а
Sen bunday narsa va hodisalarga ishona olmaysan, albatta.
Agar sen bundan bir asr yoki undan ortiqroq
mukaddam tug`ilgan bo`lsang edi. Va senga birov kelib, ko`zga ko`rinmas nurlar
bor, ular bilan metallni kezish mumkin, uzoq-uzoq fazolarga uchadigan samoviy
apparatlar yasab, ularni uchirish, oy yuziga yo`ldoshlar qo`ndirsa bo`ladi,
deganda yoki fototeletayplar va boshqa bugungi fan mo`Тjizalari haqida aytib
berganda edi, sen faqat kulib qo`ya qolmas eding. Vaholanki, sen qaranglar,
degan bo`larding va Уmana bu odamlar jinni, mana bular yarim aql, aqldan ozgan
tizginini uzib ketibdiФ, deb baqirgan, chaqirgan ham sen bo`larding. Ammo bugun
ular ochiq-oydin faktlardir. Ha, haqiqatan shunday emasmi?
Vijdon.а
Endi mening suhbatdoshim boshqa mavzudan so`z
boshlab, dediki:
- Siz vijdonni qutlug` bir his, xususiyat,
noodatiy bir narsa kabi tasvirlaysiz. Aslida vijdon kishining insoniyat
jamiyatidagi xulq-avtorini va atrofini urab turgan muhitga munosabatini
belgilaydigan maТnaviy bir xislat va masТuliyatdir. Bu ijtimoiy bilish
natijasida hosil bo`lgan mahsulotdir. Uni misdan yasalgan buyumga o`xshatsa
bo`ladi. YaТni mis buyumni uzoq muddat sozlab, tekislab, qisib, bosib,
olovda(uchoqda) toblab chiroyli, ko`rkam buyumga keltirgani singari, vijdon ham
jamoatchilikning taТsirida shakllangan, ijtimoiy toblangan, silliqlangan
xislatdir. Uni biz ijtimoiy maТmurchilikka nisbatan transformatsiyalangan
xislat, deb bilamiz. Ana shunday vijdondan foyda kelsa, biz uni yaxshi, deymiz.
Agar u faqat yomonliklarga va ziyonga olib kelsa uni yomon, deb ataymiz. Siz esa,
vijdonni eng qimmat xazinalaring kabi saqlashga urinasiz.
а
Men
esa, uni eshitib o`tirib, Уha, shundayФ, deb yuborishga majbur bo`ldim. Ammo
shu bilan birga men unga quyidagicha javob qildim:
- Haqiqatan sen vijdonni materialistik nuqtai
nazardanа bir muncha durust ifodalading.
Ha, ular vijdonni ijtimoiy hayotda shakllangan, baqiriqlar, man etishlar
hokimiyati, deb tasdiqlaydilar. Bu ularning falsafasi. Vijdonni davrlar, asrlar
o`rtasida, kishilar va xalqlarning o`zaro munosabatlarida erishilgan eng oddiy
yutuq, deb hisoblash - bu sizning mantig`ingiz. Bu haqiqat emas, aksincha bu
undan ancha yiroq. Haqiqatda esa, vijdon-bu Olloh tomonidan inson tabiatiga
yuborilgan, yo`naltirilgan nurdir. Shu bilan birga vijdon inson tug`ilgandayoq
unga berilgan amal va kompasdir. U bizni doim haqiqatga boshlaydi, ijtimoiy
rivojlanishning barcha davrlarida u yarqirab turadi va o`z aksini kuzguda
ko`rganday akslanib turadi. Vijdonning ana shunday ekanligini rad etib
bo`lmaydigan isbotlar bor.
а
Jamiyat va ijtimoiy hayot, fikr-tafakkurdan
uzoq bo`lgan hayvonot dunyosiga bir nazar solsangchi. Mushukni, uning axloqi,
turmushini bir kuzatib boqchi. Mushuk yozilgandan so`ng, bulg`angan erni biror
amallab yopib qo`ymoq uchun u anchaа tashvishlanadi
va uni albatta yopadi. Mushuk bunday ibratli xususiyatni qaysi mushuklar
jamiyatida shakllantirdi, ekan? U hayvon qanday qilib, tozalik va ifloslik
farqiga etadi? Yoki o`sha mushuk dasturxondan biror narsani olib qochganda, uni
o`sha ondayoq tutib, uning aybi uchun jazolamoqchi bo`lsangiz, u o`z aybini
juda aniq sezib, ko`zlarini yumub, sizning hukmingizni qabul qilishini
kuzatganmisiz?а BaТzi mushuklar yosh
bolachalar bilan o`ynayotib birorta uy idishini sindirib qo`ysa, zudlik bilan u
o`zini biror pana joyga oladi. Chunki jonivor noto`g`ri harakat etganini darhol
sezadi. Bunday xususiyatlar boshqa aql-farosatdan yiroq hayvonlarda ham
uchraydi. Bu esa, vijdon atalmish sezgilar tug`ma ekanligini isbotlaydigan
maТlumotlardir. MaТlumki, mushuklar yoki boshqa shu xil hayvonlar dunyosida
hech qanaqa jamiyat yo`q. Mushuk o`z vijdoniy sezgilarini shakllantirgan
jamiyatda yashamaydi. Umuman olganda hayvonlar jamiyati, jumladan mushuklar
jamiyati kabi tushunchalarning o`zi hayotda uchramaydi, axir.
Jamiyat atamasi va shu kabi tushunchalar faqat
kishilar(insonlar) jamoasiga taalluqlidir. Jamiyat, aqlu-farosat,
fikr-tafakkurga ega bo`lgan insonlarning bir-birilari bilan birga yashashga
moslashish belgisidir. а
Kaptarning oilaviy sodiqligi, otning
yaxshiligi, uning o`z egasiga sodiq va mehr qo`yganligi, ot buni umrining to
so`nggi soatlarigacha saqlab qolishi, sherning mardligi, uning o`z o`ljasiga
hech qachon orqadan hujum qilmaslik xususiyati, tuyaning bahayoligi, ya'ni
u(tuya) begonani sezib qolsa, u urg`ochisi bilan bo`layotgan aloqasini ham
zudlik bilan to`xtatib qo`yishini va h.k. va hokazolarni tafakkur nimaligini
bilmaydigan hayvonlar dunyosida ko`rsatish mumkin. Mana shu kabilar barchasi
vijdonning ilohiyligini ko`rsatadigan va uni isbotlaydigan misollardir.
Hayvonlar, bu xususiyatlarni qaysi jamiyatda,
qanday hayvonlar jamiyatida o`rganadilar, ekan? Qohira sirkida sodir bo`lgan
ajib bir voqeani ko`ring. U erda sahnada o`yin ko`rsatilayotgan paytda jahli
chiqqan sher o`z boshqaruvchisi(dressirovshik)ning orqa tomonidan unga hamla
qilib, uning elkasidan tishlaydi va uni og`ir yarador etadi, oqibatda sher
boshqaruvchi o`ladi. Ana o`sha voqeadan so`ng sher ovqat emay qo`yadi. U
atrofidagi emaklarga ham, odamlarga ham ahamiyat bermay, harakat qilmay o`z
panjarasi (kletkasi)ga qamalib oladi. Ana shundan so`ngra u sherni hayvonot
bog`iga o`tkazishib, u zerikmasligi uchun uning yoniga yana bir urg`ochi sherni
ham kiritib qo`yishadi. Nomardligidan chuqur qayg`udagi sher УmehmonФni
panjaradan haydab chiqaradi. Shunaqa g`am - g`ussali holat bir muncha vaqt
davom etgandan so`ng, nihoyat sher o`zining o`sha УgunohkorФ barmog`ini chaynab
tashlaydi va shunday yo`l bilan u ko`ngulidagi yomon, noloyiq ruhni chiqargan
bo`ladi.
Ko`rdingizmi, hayvonlar ham qayg`uradilar,
ruhan qiynaladilar, g`am-g`ussa chekadilar, nojo`ya harakat va УgunohФlari
uchun o`zlarini o`zlari o`ldirishgacha borib etadilar. Aytingchi, bu sher qaysi
yirtqichlar jamiyatida bunday ibratli qiliqni o`rgandi? Yirtqichlar
jamiyatida(agar u bo`lsa) odamzotga keltirilgan og`ir musibat uchun o`zini-o`zi
o`ldirishga buyuradigan qonunlar yo`q-ku, axir.
Biz bu misolda, hatto odamlar orasida juda
kam uchraydigan mardlik, adab va vijdonni kuzatmoqdamiz. Shu bilan birga bu hol
vijdon mohiyatini materialistlarcha ifodalash va tasvir etishning xato ekanligini
ko`rsatadi.
Biz ko`rgan va kuzatgan voqealarni aniq bir
o`lchamga, qoidaga solib taТrif etib bo`lmaydi. Vijdon-bu inson tabiatiga,
tirik mavjudot tabiatiga singdirilgan, joylashtirilgan nur, jamiyat rivojlanishi
davrlari esa, bu ilohiy nurdan baТzi bir zanglar-u, changlarni olib tashlab,
uni yarqiratadi, tozalaydi, xolos. Jamiyat tuban ketsa, buning aksi bo`lib,
vijdonsizlik, qabohat yuz beradi.
Sher va uni boshqaruvchi(o`ynatuvchi) orasida
sodir bo`lgan ajoyib voqeada biz ular o`rtasida yuzaga kelgan o`zaro munosabat
va do`stlik yirtqichning ko`ngulini yumshatdi, uni tavba qilishga majbur qildi,
uning ilohiy vijdoni unga rohat bermadi, deb tushunamiz. Shuning uchun sher
musibat chekdi, unda tavba etish hissi uyg`ondi, o`z qilig`ining chuqur ayb,
gunoh ekanligini sezdi, natijada xuddi odamlar singari o`zini o`ldirishgacha
borib etdi. Payg`ambar afandimiz(Unga Allohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin),
aytganlari kabi, ochiq ijozat bo`lganda ham, ijozat bo`lmaganda ham, Уkishilar
senga maslahat bersalar-da, o`z qalbing, yuragingga ham quloq solib, u bilan
maslahatlashib ko`rgin, albattaФ.
Shu sababdan biz yomondan yaxshini, xatodan
to`g`rini, ijozat etilgandan, man etilganni ajratmoq uchun maxsus tasdiqlangan(kitob
qilib bosib chiqarilgan) shariat maorifiga (taТlimiga) alohida ehtiyoj
sezmaymiz. Chunki har bir muslim kishi qalbiga Olloh shariatini (qalb
shariatini) va aniq, to`g`ri tarozularni joylab qo`ygan. Biz qalblarimizni
moddiy iflosliklardan, ehtiros, ziyonlardan tozalashimiz uchun ijtimoiy
bilishning suyanchlariga muhtoj emasmiz. Buning uchun qalbimizga Olloh
tarafidan yuborilgan vijdon, deb ataluvchi sof nur- vijdonimiz bor. Vijdon
bizning qalblarimizni hamisha yuvib, tozalab turajak. Shuning uchun, УO,
inonuvchilar! Agar siz Rabbingizdan qo`rqsanglar, U sizga farqlarni
ko`rsatadiФ(8:29)-deb xitob etadi Ollohu subhona taolo.
Sufiy Muhammad ibn Abdu Jabirning
ko`rsatishicha, Olloh bandalariga: УSening qalbingda Mening vakilim va sening
maslahatching bo`la turib, yana nega mendan xafa bo`lasanФ-deb ko`rsatma
beradi.
Vijdon Ц mustahkam haqiqat va maТnaviy
donishmandlikdir. Qotillik hech qachon ezgulik bo`la olmaydi. Xuddi shunga
o`xshash o`g`irlik, yolg`on, zo`ravonlik, zinokorlik, so`kishishlar, uyatsizlik(behayolik),
ikkiyuzlamachilik, qo`pollik, rahmsizlik, sotqinlik kabi illatlar ham
maТnaviyatga qarama qarshi xislatlar bo`lib, ular Olloh taolo dini butun er
yuziga to`la hukmron bo`lmaguncha shundayligicha qolaveradi.
Shuningdek, muhabbat, mehribonlik, haqiqat,
mehr-shafqat, kechirimli bo`lish, yaxshilik, mardlik xislatlari ham hech qachon
maТnaviyatsizlik belgigisiga aylanib qolmaydi. Agar koinot va er yuzi vayron
bo`lib, Er sharida aqlu-farosat butunlay yo`qotilsagina bunday hol, sodir
bo`lishi mumkin. Inshoolloh, bunday falokat er yuzida sodir bo`lmaydi, bunday
hol hech zamon yuz bermaydi. Alloh subhonu taolo O`zi qo`rqlovchidir.
Haj
marosimlari butparastlikka kiradimi?
а
Nima uchun u holda bizning timsoliy
harakatlarimizga taТna toshini otasiz. Ha, biz buyuk Payg`ambarimiz(Unga
Ollohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin) muborak qabrlarini ziyorat qilamiz,
timsoliy(simvolik) toshlar otamiz, KaТaba atrofini aylanamiz, Safa va Marva
tepaliklari orasida yurishlar bajaramiz. Ammo ularning barchasi u erlarga,
qabrga sig`inish emas, balki u joylargaа
izzat-hurmat, timsoliy marosimlar o`tkazamiz. Ulug` avlodlarimiz yurgan
erlarni qayta eslaymiz, ular bajargan marosimlarni takrorlaymiz.
Biz tug`ilgandan to o`lganimizga qadar turli
xil yumushlar, tashvishlar bilan band emasmizmi?а Biz o`lgandan so`ng bolalarimiz ham xuddi
shunday yangidan o`z tashvishlarini boshlashadi. Ana shu Safadan boshlangan
simvolik sayohat, jimlik(sokinlik) yoki tugash-antiborliqdir; Marvagacha esa,
hayot va borliqniа anglatadigan
harakatdir. Falsafa mana shu: tugashdan(antiborliqdan), boshlanishga, so`ngra
takror borliqdan antiborliqqa takrorlanaveradi. Butun yaratilganlar ana shunday
mayatnik harakatidadirlar.
Bulardan so`ng sen, haj marosimlarida dunyo
harakatidagi sirlarning chuqur simvolik bayoni bor, deb hisoblamaysanmi?
Endi sen
masxara qilayotgan УettiФ soniga kelsak, bunga javob juda qulaydir. Bu erda ham
avval atrofimizga boqaylik, kundalik turmushimizda va boshqa hollarda etti soni
bilan bog`li narsalarni bir kuzataylik-chi, nimalarni ko`rarkanmiz. Qarang, masalan,
muzikada(do, re, mi, fa, sol, lya, si) ettita nota bor. Ettinchisi, УsiФ-dan
so`ng ular yana takrorlanadilar.а Shunga
o`xshash yorug`lik nurida etti spektr bo`lib, elektronlar yadro atrofida ettita
doira shaklda joylashgan. Odamzot hamlasi etti oydan so`ng to`la rivojlanish
darajasiga etadi. Shu sababdan etti oylik chala tug`ilgan chaqaloq yashab
ketadi. Ammo etti oydan ilgari dunyoga kelgan odam bolasi mutlaqo yashay
olmaydi. Er yuzining barcha burchaklarida hafta etti kundan iboratdir. Biroq bu
haqda hech qachon, hech kim o`zaro kelishuv yoki shartnoma imzolanmagan. Ana shularning hammasi nimalarnidir bildirmaydimi? Yoki bularning
barchasi nuqul tasodiflarmi?
Sen og`ayni, qadrdon kishingdan kelgan xatni
o`pib, tavob qilmaysanmi? Ha, shunday qilasan. Bu butparastlik emasmi? U holda
nega tosh o`pasiz, deb bizga taТna qilasan? Makkayu- Mukaramadagi u mubarak
toshni Payg`ambar afandimiz(Unga Ollohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin) o`z
kiyimlarida olib kelganlar va uni tavob qilganlar. Nima uchun biz ham shunday
qilmasligimiz kerak? Bu marosimlarda hech qanaqa butparastlik elementlari yo`q.
Biz toshni o`psak-da, tavob qilsak-da, biz toshga sig`inmaymiz. Bizning
harakatimizda hech qanaqa toshga sig`inish va uning qudratiga ishonish alomati
yo`qdir. Haj marosimlarida buyuk, qutlug` zotni xotirlash, eslash, unga chuqur
izzat-hurmatni ifodalashga qaratilgan bir timcol(cimvol) bordir, xolos.
Haj marosimlarida, haqiqatan aqliy kuzatishni
kengaytiradigan, Ollohdan qo`rquv hisini qalbda qayta tiklaydigan,
jonlantiradigan moslanishlar, usullar mavjuddir. Yolong`och tanaga(badanga)
kiyiladigan ikki bo`lak matoga kelsak, bu dunyoga yurgakda keluvding, bir
parcha kafanda ketishingni anglatadigan timcol bo`lib, Parvardigori Olam
huzurida barcha barabardir, degan bir holatni ifodalaydi. Bilasanki, bizda to`y
va boshqa xil marosimlarda kiyiladigan ko`p qimmat baho kiyimlar bor va ular
xilma-xildir. Ammo Olloh huzurida, Uning buyukligi oldida qimmat baho kiyimlar
kiyish va turli xil bezanishlardan voz kechish va Unga bo`yin egishni namoyish
etishning o`zi eng aТlo xususiyatdir, undan o`zgasi ortiqchadir. Bundan
tashqari haj kiyimi oddiygina bo`lib, uni hamma kiya oladi, barchaning bu
kiyimni kiyishga qurbi etadi. Bu kiyimda o`ta mulkdor ham, kambag`al ham,
magaraj-u, beduin, gado-yu, millioner ham, barcha baravar. Ha, bu kiyim Olloh
huzurida barchaning bir xil ekanligini ko`rsatadigan yana bir belgidir.
Kishilarning hech biri bu dunyodagi tutgan o`rni, mulkiga qarab ajratilmaydi.
Hajni butun musulmonlarning har yili bo`lib
turadigan buyuk bir yig`ilishi, konferensiyasi, desa bo`ladi. Juma kuni
o`qiladigan jamoa namozlari ham aslida kichik ko`rinishdagi hajni eslatadi.
Bularning barchasi fikr-mulohazali kishi
uchun butlarga sig`inish emasligi ochiq Цoydin ko`rinib turibdi.
Agar sen men bilan birga bo`lib, Arafat
tog`ida, u erdagi hajga kelgan kishilarni ko`rganingda edi, millionlab iymonli
kishilarning УOllohu AkbarФ, deyishlarini, QurТoni Karimni mutolaa
qilishlarini, yig`lab-yig`lab Ollohga etgan iltijolarini, Ollohga mehr-muhabbati
natijasida ularning erib ketishlarini ko`rganngda edi, sen ham so`zsiz ularga
qo`shilib, baqirib yig`lab yuborganingni bilmay qolgan bo`larding. U millionlab
kishilar ichiga singib ketib, Butun olamlarning kaliti qo`lida bo`lgan
Janoblarning Janobi - Buyuk Ollohga odamlarning bu dunyodayoq
yaqinlashganlarini, Unga sajdalarini o`z tanangda sezgan bo` larding.
Nima
uchun QurТoni Karim Muhammad (Unga Allohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin) tomonidan ijod etilgan kitob bo`lmasin?
Mening suhbatdoshim davom etardi:
- Men sening QurТonga bo`lgan hurmatingni bilaman, u qimmatli kitob,
albatta. Shu sababdan seni xafa qilmaslikka harakat qilaman. Lekin nima
sababdan QurТonni Muhammad(s.a.v.)
o`zi ijod etgan, deb bo`lmaydi? Muhammaddek(s.a.v.) qobiliyatli kishilar QurТonga o`xshash kitoblarni
yaratishi mumkin-ku. QurТonni Olloh yubordi(nozil qildi), deyishdan ko`ra, uni
Muhammadning(s.a.v.) ijodi, deyilsa
ko`proq mantiqqa mos bo`lardi. Men Ollohning osmondan biror narsa tashlaganini
ko`rmadim va bilmayman. Olloh, osmondan Jabrail ismli malaikoniа payg`ambarlarning birortasiga kitob
topshirish uchun yubordi, degan gapga bugun biz yashayotgan zamonda birorta
kishini ishontirish juda qiyin.
Men ham unga tezda javob qaytarib, dedimki:
- Ammo biz shunday bir asrda yashamoqdamizki,
bu asrda aynan o`sha malaikolarning kishilarga karomatlar uzatadigan ko`zga
ko`rinmas qudratlari mavjudligini isbot etish ham juda engillashdi. Chunki
hozir er yuzida hayratomuz hodisalar ham ko`payib bormoqda. O`zi
uchar likopchalar(O`UL-NLO) deysizmi, ulkan uchuvchi likopchalarmi, o`zga
planetalardan bizgacha etib kelayotgan har xil jismlar deysizmi va hakoza kabi
shov-shuvlar bilan bugun dunyo to`lib toshgan. Masalan, aniq chastotada efir
orqali torqatilayotgan radio to`lqinlari-chi? Havo orqali turli xil tasvirlar
tarqatilmoqda va ular apparatlarda maqsadga muvofiq o`lchamlarda
ko`rsatilmoqda. Fotokameralar, qorong`uda ko`ruvchi kishilar, oy yuziga inson
qadamini qo`yishi va h. k. ham mo`Тjizalarning, qudratli kuchning mavjudligini
tasdiqlovchi faktorlarga aylanib qolayapti.. Shunday ekan, Olloh malaikolaridan
birini o`z Payg`ambari-rasuliga yoborishi va uning zarur biror maТlumotni yoki
qandaydir xabarni unga etkazishi hech qanday hayron qolarli hol emas.
Haqiqatan, Jabrail ismli malaikoning mavjudligi, kichkina bir jumboq, yuqorida
taТkidlanganidek Olamda har kuni sodir bo`lib turgan jumboqlar undan ko`p
ahamiyatli va sirliroqdir. а
QurТoni karimni Muhammad alayhis-salom(Unga
Allohning marhamati va rahmatlari bo`lsin) ijod etmaganligini ko`rsatmoq uchun
u muqaddas kitobning o`ziga murojaat etmoq lozim. U kitob shunday bir o`ziga
xos janr va ifodali tilda yozilganki, uni bir kishi ijodi, deb hukm qilish
mumkin emas. Undagi chuqur fikrlar, sirlar, ifodalash tilining go`zalligi,
metaforasi, lingvistik nafisligi, stilning chiroyliligi u kitob inson tomonidan
ijod etilmaganligini ko`rsatadi. Uning ustiga Payg`ambarning (unga Ollohning
rahmatlari yog`ilgan bo`lsin) savodi chiqmaganligini, uningа o`qish, yozishni bilmaganligini, hech qachon
birorta sivilizatsiayali jamiyatda bo`lmaganligini, Arab yarim orolidan
tashqariga chiqmaganligini hisobga olinsa QurТoni Karimday murakkab kitobni u
yoza olmasligi yana ham oydinlashadi. Olloh, QurТoni Karimni undan emas,
deyuvchilarga ayt, deb buyuradi: УAyting: УAgar silar haq bo`lsanglar, Ollohdan
o`zga kuchingiz etgan barcha butlar-u va unda kimni xohlasangiz o`shani
yordamga chaqiringlarda QurТon suralariga o`xshash birgina sura
keltirnglar-chi!Ф(10:38). Bu erda, kimdan xohlasang o`shandan, jinlardan,
malaikolardan, mutafakir-u, olimlardan, dohilar-u, donishmandlardan yordam ol,
so`ra, ana ularning ko`magida QurТoni Karim suralariga o`xshash sheТrlar tuzib
ko`ringlar-chi, deyilmoqda. Bu chaqiriq, bu daТvat bugun ham o`z ahamiyatini,
mantiqini yo`qotgani yo`q. Istagan shavvozlar bugungi zamonimizda, bugun ham
urinib ko`rishlari mumkin. Biroq hanuz hech kim bunday sheТr bita olmadi, bita
olishmaydilar ham.а
Shunday qilib, biz QurТoni Karim
obТektivligiga qarasak, uni Muhammad (Unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) yoki
biror boshqa inson zoti ijod etmagani maТlum bo`ladi. Bordi-yu, bu kitob
odamzot (masalan, Muhammad alayhis-salom) ijodiy mahsuloti bo`lsa edi,
birinchidan, unda uning o`z shaxsiy xususiyatlari, kechmishlari, musibati-u,
quvonchlari izini qoldirgan bo`lardi. Bizga maТlumki, Payg`ambar afandimiz bir
yilda sevimli xotinini, jonajon amakisini birdaniga yo`qotish kabi musibatlarni
boshdan o`tkazdi. Ularning har ikkalsi ham uning eng ishongan do`stlari,
suyanchlari, uning g`oyasi, haqiqiy din targ`ibotchilari edilar. Ulardan o`zga
uning hayotda hech kimi, hech qanday suyanchi, yaqindan turib qo`llovchisi
mutlaqo yo`q edi. Ularni yo`qotish Payg`ambar hazratlari uchun nihoyatda og`ir
va katta, chuqur musibat edi. Shunga qaramasdan QurТoni Karimda bu voqealar haqida
birorta ishora ham uchratmaymiz. Shuningdek, Payg`ambar hazratlariga Ibrohim
ismi o`g`lining o`limi ham ko`p qayg`u keltirgandi. Ammo bu haqda ham QurТoni
Karimda birorta ham so`z aytilmaydi. QurТoni Karim butun insoniyat uchun
yaratilgan. Shuning uchun ham u Muhammad alayhis-salom hazratlari yashash
tarzidan holi kitobdir.
Bundan tashqari QurТoni Karimda Payg`ambar
hazratlariga pandu-nasihat qiluvchi, uning baТzi hadi-harakatlari va qilmishlari
uchun tanbeh beruvchi oyatlar ham kelib turgan. Hatto QurТoni Karimda
Payg`ambarga nisbatan baТzi taТnalar uchraydi. Masalan, Payg`ambar
hazratlarining ko`zi nogiron kishiga munosabati holini bir eslang. Bu haqda
Olloh Qurayishlilarga murojaat etib, УU(payg`ambar alayhis-salom) o`zining
oldiga ko`zi ojiz kishi kelgani uchun qosh chimirdi va (undan) yuz
o`girdi(qaytib ketdi). (Ey Muhammad) siz qaerdan bilasiz, ehtimol u poklanardi.
Yoki pandu-nasihat olardi-da va so`ng bu pand-nasihat unga yordam
etardiФ(80:1-4)-deydi.
BaТzan QurТoni Karimda Payg`ambar
hazratlariga tanbeh beriladi: УBiron payg`ambar uchun to erda g`olib
bo`lmagunicha, asir olish joiz emas edi. (Ey mo`minlar), sizlar dunyo
narsalarini istamoqdasiz. Olloh esa oxirat(neТmatlari sizlarniki bo`lishi)ni
istaydi. Olloh qudratli, hikmatlidir. Agar Ollohning hukmi azaliyda yozib
qo`yilmaganda edi, albatta sizlarga tovon olganlaring sababli ulug` azob etgan
bo`lardiФ(8:67-68).
BaТzida esa, QurТoni Karim Muhammadga(Unga
Ollohning shafqatu-rahmatlari bo`lsin) shunday ko`rsatmalar beradiki, hech bir
muallif hech bir zamon o`ziga-o`zi bunday deya olmagan bo`lardi. Masalan,
УAyting: УMen payg`ambarlar yangi-birinchisi emasman. Men (kelajakda) na
o`zimga va na sizlarga nimalar qilinishini bilmasman(yaТni g`aybdan xabardor
emasman)Ф(46:9)-deyiladi QurТoni Karimda.
O`zini Ollohning rasuli hisoblagan kishi o`z ixtiyori bilan o`ziga va
ummatlariga nimalar bo`lishligini bilmayman, deb shunchalar ochiqdan-ochiq
aytishi mumkinmi? Bunday bayonotlar unga ergashuvchilarni undan bezdirgan,
uning o`ziga ishonsizlik uyg`otgan bo`lardi, albatta. Ko`rinayaptiki, Olloh
oldida payg`ambar ham bir bandadir, Ollohning qulidir, xolos.
Yahudiylar, QurТoniy Karimning aynan shu
eridan foydalanishga urinishadilar. Ular: УO`zi va biz bilan nima qilinishini
bilmaydigan payg`ambardan hech qanday foyda yo`q. U ham hammamiz kabi
o`zgalarga foydasi tegmaydigan bir odamФ, deb asoslashga urinishadi.
Ko`rayapsanmi, kitobni o`zi ijod etgan kishi hech zamon bunaqa oyatlarni tuzmagan
bo`lardi. Ikkinchidan, QurТoni Karim matnini sinchiklab o`rgansak, unda
fikrlarning yangiligini, oyatlarning musiqiy ifodalanishini, tilning keng
ifodaligini, metaforaning boyligini, so`zlarning chuqur maТnoligini kuzatamiz.
Bunaqa go`zal bir ijodiy mahsulaot arab adabiyotida Islomgacha va undan so`ng
ham uchramaydi. Hozir esa arab tili poetik, prozaik va QurТoni Karim tili
kabiа uchta ko`rinish olgan. Shunday
qilib, QurТoni Karim tili arab tilining poetik va prozaik ko`rinishidan juda
farq qiladi. Har bir tildagi qo`shiqlarning musiqiyligi, ritm(vazn), qofiya,
o`lcham va boshqalarga boliq bir holdir. QurТoni Karimning musiqiyligi esa,
qofiyalarga bog`liq emas, musiqiylik kitobning o`ziga, uning asosiga
joylashtirilgan, ichki bir alohida musiqiylikdir. Bu erda misollar keltirib
o`tirishning hojati yo`q. Chunki arab tilini chuqur bilmagan kishi ularni
tushunmaydi.а
QurТoni Karim oyatlari bir xil ohangda
yangiramaydi. Masalan, so`z hafv-xatar ustida ketayotgan bo`lsa, oyatlardagi
tovushlar tog`dan nurab tushayotgan toshlarning yoki temirni kesishdagi
tovushni eslatib, quloqni qoqib turadi. Mana masalan, bir oyatda: УDarvoqe Biz
ularning ustiga nahs kunida bir dashatli bo`ron yubordikki, u odamlarni go`yoki
ular sug`urib olingan xurmo(daraxti)ning tanalaridek yulib-uchirib
keturФ(54:19-20)-deyiladi. Tarjimada, yaТni o`zbek/rus so`zlari bilan arab
so`zlarining ohangini, musiqiy ovozini ifodalash o`ta qiyin va amalga oshirib
bo`lmaydigan bir yumushdir. Ammo misol shaklida keltirilgan oyatda
qo`llanilgan, Уsor-sorФ-ga o`xshash so`zlar g`uvullash maТnosini, УmunkТarФ
esa, ag`darib tashlash mazmunini anglatadi. Bu so`zlar arabcha ohangda ancha
qo`pol eshitilib, xuddi toshlar ag`darilib tushayotganday quloqni qoqib oladi,
yaТni quloqni o`yib turadi.
Tabiiy falokatlar haqida gap ketganda,
masalan, butun olam toshqini haqidagi fikrlar qisqa, kesilib, telegrafdan
berilayotgan xabarlarga o`xshab chiqadi. Masalan, mana bu oyatdagi kabi:
УAytilgan edi: УEy er, suvingni yutgil; ey samo o`zingni tutgil! Va suvlar
ketdi va karomat sodir bo`ldiФ (11:44)-kabi jaranglaydi.
Bularning barchasi jumlalar tuzishdagi,
ularda so`zlarni joylashtirish, so`z va iboralar tanlashdagi o`ta ustalikni,
buyuk darajada mohirlikni ko`rsatadi. Tilning yorqin va keng ifodaligi,
so`zlarning engil va qiynalmasdan aytilishi, poetik ifoda QurТoni Karimda eng
yuqori darajada mukammal ko`rinishga ko`tarilgan.
Agar QurТoni Karim yana-yana chuquroq tahlil
qilinsa, undagi fikrlarning mislsiz nozik tanlanganligini, uslubu-didning
nafsligi, kompozitsiyalarning tengsizligi, boy metaforizmi takror-takror
namayon bo`laveradi.а Bu muqaddas kitobda
har bir so`z aynan o`z o`rnida turganini ko`rasiz. Butun kitob bo`ylab birorta
so`zni o`z o`rnidan boshqa erga o`tkazib yoki uni boshqa biror ekvivalenti
bilan almashtirib bo`lmaydi. Har bir so`z millionlab so`zlar ichidan sinchiklab
tekshirilib va chuqur o`ylab tanlangan. Bu erda oddiy muomalada juda kam
uchraydigan nihoyatda nafs til iboralari ishlatilgan. Bunday uslub, bunday
poeziya insoniyat madaniy tarixida uchramaydi. УBiz hosildor shamollar
yubordik, osmondan suv(yomg`ir) yog`dirib, sizlarni u bilan
sug`ordikФ(15:22)-deb keladi QurТoni karimda. Ilgarilari bir muncha boshqa
maТnoda, yaТni shamollar bulutlarni havoga ko`taradi va biror yo`nalishga
haydaydi, bulutlardan tushgan yomg`ir erni sug`oradi, uni hosildor etadi, deb
tushuntirilardi va shunday qabul qilingandi. Bugun esa, hodisaning aynan
QurТoni Karimda ko`rsatilganday sodir bo`lishi aniqlangan. Shamollar bulutlarni
musbat magnit qutblaridan haydashi bugun fanga maТlum boТldi. Musbat qutbdan
haydalgan bulutlar manfiy magnit qutbiga borib u erdagi bulutlar bilan
uchrashadi, undan chaqmoqlar va yomg`irlar vujudga keladi. Bu to`la maТnoda
aloqa-munosabat so`zining o`zginasidir. Shamollar qarama-qarshi jinsli gul changlarini
gullardan gullarga keltirib, haqiqiy maТnoda ularni hosildor etadi.
Shunday qilib, oyatda aytilgan Уhosildor
shamolФ iborasi to`g`ridan - to`g`ri ham, ko`chirma maТnoda ham erida
ishlatilganligi ilmiy jihatdan ham to`g`ri kelib turibdi.
Boshqa oyatlarda ham so`zlar va jumlalar
tanlashda mahoratning, ustalikning yuqori darajasini kuzatamiz. Masalan,
УMulklaringni o`rtada nohaq bo`lmanglar, so`ngra uni qoziga tushirasilar,
birovning mulkini o`zlashtirish jinoyat, buni yaxshi bilasilarФ(2:188). Bu
erda, УberasilarФ yoki УuzatasilarФ emas, aynan УtushirasilarФ, deyilmoqda.
Chunki УtushirilmoqФ, demak, u mulk pastga tushadi; uni ko`radigan va undan
olishi mumkin bo`lgan hakam(sud, sudya) mansabi yuqori bo`lsa-da, uning
qilimishi, pora olishi, pora oladigan qo`li past. Shuning uchun o`zaro nohaq
bo`linish natijasida mulkning bir qismi o`sha pastkashga tushadi. Hakamning
qo`li past bo`lganidan uning qilimishi va o`zi pastkashdir. QurТoni Karim
haqiqatan fikrlarni silliqlaydi, nozik tahrirdan o`takazadi. O`sha pora
oladigan qo`l chindan hampastkash qo`l. Ana shundan o`xshashi yo`q pastkashlik
tarzi (obrazi) iborasi tug`iladi. Asl maТno shuki, pastkashlikda, olchoqlikda,
qabihlikda poraxo`rga teng hech bir jinoyat yo`qdir. а
Urushga daТvat etilgan bir oyatda, УNima
sababdan silar УOlloh yo`lida urushga otlaninglarФ-deyilganda o`zlaringni
charchaganlikka soldinglar, erga yotib oldinglarФ(9:38)-deyiladi. Bu erda
QurТoni karim УtassakТaltumФ (sekinlatmoq) so`zi o`rnida УassakТaltumФ so`zini,
yaТni Уcharchab, tolib erga yotishФ-ni ishlatadi. Chunki ikkinchi so`zda
harflar bir-biri bilan qo`shilib ketib, bukilgan holda yoziladi. Shu sababdan
bu so`zа qo`rqoqlarni ifodalash uchun,
ularning qo`rquvdan pastga yiqilib, o`zlarini erga tashlashlarini tasvirlash
uchun qo`llanilmoqda. Bukik harflar o`sha qo`rqoqlarning qamotlariga mos
tanlanmoqda. Kambag`allik va nochorlikdan farzandlaridan voz kechmoqchi bo`lgan
ota-onalarga ham ikki xil ko`rinishda oyat nozil bo`lgan. Ularning birida,
УKambag`al bo`lganlaring uchun bolalaringni o`ldirmanglar, biz sizni ham,
ularni ham boqamizФ(6:15)-deyilsa, ikkinchi oyatda, У(Ey insonlar)
bolalaringizni yo`qchilikdan qo`rqib o`ldirmangizlar Ц ularga ham, sizlarga ham
Biz o`zimiz rizq berurmiz"Ф17:31)-deyiladi. Bu ikki oyatda ham Уbolalaringni
o`ldirmanglarФ, deyilayotgan bo`lsa-da, ular bir-biridan juda farq qiladi.
Chunki bu oyatlarning birinchisi hozir, shu zamonda eyishga hech vaqosi yo`q
kambag`allarga qaratilgan. Shu sababdan Muqaddas kitobda avval УSizni hamФ,
deyilmoqda, chunki ota-onalarda hech narsa yo`q; so`ngra Уularni hamФ
(farzandlarni ham), deyilmoqdaki, bu bilan farzandlar ham och qolmasligi vaТda
qilinmoqda. Ikkinchi oyat esa, butunlay boshqa holatga bog`ishlangan. Bu holda
ota-onalarning hozir, shu fursatda eb-ichadigan qurbi bor, ammo bolalar
ko`paysa, yaТni yana farzandlar tug`ilsa, ularni boqa olmaymiz, deb
qo`rqishadi. Shuning uchun bu oyatda avval Уularga beramizФ, deb farzandlar
tug`ilsa, qo`rqmanglar, biz ularga keragini, ularning rizqini beramiz, sizning
ulushingiz, qo`lingizdagi kamayib qolmaydi, deyilmoqda. Bunaqa darajada
aniqlik, ziyraklik bilan tasvir etish insonlar tarafidan ijod etilgan
kitoblarda uchramaydi.
Ibora, ifoda va jumlalardagi so`zlarning
oldinga yoki orqaga harakat(siljish)lari ham aniq bir maqsadga mos bajariladi.
QurТoni Karimda bayon etiladigan voqealar, ular hayotda qanday tartibda sodir
bo`lsa, xuddi o`shanday tartibda keltiriladi. Masalan, oilaga oid joylarda
erkak avval ko`rsatiladi. Chunki oilada erkak oilaning suyanchi, oilani
boquvchi va uni qo`rqlovchidir. Shu sababdan oilaga bog`ishlangan oyatlarda
doim erkak oldin tilga olinadi. Zina(nigohni noqonuniy buzish, o`ynash tutish)
haqidagi oyatda esa, ayol avval ko`rsatiladi. Chunki bunday voqealarda ayolda
ayb ko`proq hisoblanadi. Odatda ayollar o`z engiltakliklari, noo`rin
haddi-harakatlari bilan erkaklarni o`zlariga jalb qiladilar. Shuning uchun
bunaqa voqealarga bog`ishlangan oyatlarda ayollar avval keladi.
УZinakor ayol va erkak Цulardan har birini
yuz durradan uringlarФ(24:2). УO`g`ri erkak va o`g`ri xotinni o`g`rilik
qilganlari uchun barmoqlarini kesish bilan jazolanglarФ(5:42).
Eshitish va ko`rish haqidagi oyatlar ham
xuddi shunga o`xshash tartibda bayon qilingan. Har doim eshitish, ko`rishdan
oldin keladi. Masalan, QurТoni Karimda eshitish va ko`rish holatlari 16 marta
kuzatiladi: У... va sizga eshitish uchun quloq, ko`rish uchun ko`z va
yurak(dil) berdiФ(16:78). УBiz ularga quloq, ko`z, yurak berdikФ(42:25).
УUlarni ko`tar va ularga ko`rsatФ(19:39). УEshitish, ko`rish, yurakning har
biri uchun so`ralishi haqФ(17:8). УYashirinsangiz qulog`ingiz, ko`zlaringiz
guvohlik bermaydigan shaklda yashiriningФ(41:21). УUning o`xshashi yo`q, U Ц
eshituvchi, ko`ruvchiФ(42:9).
Keltirilgan oyatlarning barchasida eshitish ko`rishdan
ilgari kelmoqda. Chunki haqiqatan ham eshitish ko`rishdan o`tkirroq, tezroq,
to`laroq, mukammalroqdir. Biz jinlar haqida ko`p eshitganmiz, ammo ularni
ko`rmadik. Payg`ambarlar Olloh bilan so`zlashdilar, lekin uni ko`rmadilar.
Muhammad alayhis-salom(Unga Ollohning rahmatlari yog`ilsin) QurТoni Karimni
faqat eshitish orqali qabul qildi. Ona o`z bolasini, boshqa bir to`da bolalar
ichida bo`lganda uning ovozidan tez ajratadi, ko`pchilik orasidagi bolaning
yuzini tezda ilg`ab olishi-ko`rishi esa,а
ancha qiyinligi aniq. Odam uxlaganda ham eshitish qobiliyati yopilmaydi.
Quloq va ko`z anatomiyasini o`rganganlar yaxshi bilishadiki, quloq tuzilishi
ko`z tuzilishiga nisbatan ancha nozik va sezuvchanroqdir.
Farzandlardan avval mulkning ko`rsatilishi
ham aynan shu falsafaga qurilgan. У U kunda Olloh huzuriga buzilmagan, toza
qalb bilan kelishdan o`zga hech narsa, mulklari va o`g`illari (bolalari) foyda
bermasФ(26:88-89). УSizlarning mol-mulklaringiz va bola-chaqalaringiz faqat bir
fitna-imtihondir, xolos. Ulug` ajr-mukofot esa yolg`iz Ollohning
huzuridadirФ(64:15). У... Olloh huzurida mulk ham, farzandlar ham hech qanday
foyda keltira olmaydi: ular faqat o`t bilan do`stlashadilar, ular u erda abadiy
qoladilar.Ф(3:12). УUlar Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalarni o`zlari
uchun yaxshiliklar, deb o`ylamaydilarmi? Yo`q, Ular (buni g`aflatlari yanada
ziyoda bo`lishi uchunа qilinayotganini)
sezmaydilarФ(23:55-56). УBas, ularning mulki va bolalari sizni qiziqtirmasin!
Olloh o`sha mulk va bolalar sababli ularni bu-hayotiy dunyoda jazolaydiФ(9:55).
УBu yorug` dunyodagi hayot, yolg`onchi, o`tkinchi hayotligi, o`zaro
kirdi-chiqdi, bir-birlaridan farq qilishga harakat qiladigan, boyligi,
mulkining, bolalarining ko`pligi bilan ajralib turishga intiluvchi turmush ekanligini
bilasizmi? Bular barchasi yomg`irdan so`ng pitirlab chiqadigan ko`ziqorinlarga
o`xshab, faqat ular Ollohga ishonmovchilarni asir qiladiФ(57:19).
Shunga o`xshash misollarni QurТoni Karimda
juda ko`p uchratish mumkin. Bu oyatlardagi sirlar shundaki, ko`pgina kishilar
farzandlaridan ham molu-mulkini yuqori qo`yadilar, yaxshi ko`radilar. QurТoni
Karimda keltirilgan ibora, ifodalarning grammatik tuzilishida ham ko`pgina
sirli maТnolar yashiringan. Masalan, mana bu oyatda, ФAgar iymonli ikkita xalq
bir-biri bilan urushmoqchi bo`lsalar, unda birini boshqasi bilan yarashtirib
qo`yingФ(49:9). Bu oyatda avval boshda Уikkita xalqФ, deb yakka-yakka aytilgan
bo`lsa, keyin Уurushmoqchi bo`lsalarФ ko`rinishida ko`plikka o`tilmoqda va yana
yarashtirishga kelganda Уbirini ikkinchisi bilan yarashtirib qo`yishФ, yaТni
faqat ikkita alohida-alohida xalq haqida fikr yuritilayapti. Masala shundaki, u
ikki xalq urush boshlashsa, ular qo`shilib ketib ko`pchilik bo`ladi. Shuning
uchun o`sha joyda ibora ko`plikda berilayapti. Yarashganda esa, ular ajralib
yana ikkita alohida guruh bo`lib birlik shaklini oladi. Shu sababdan jumlaning
ikkinchi qismida fikr ikkita xalqga qorata aytiladi. Shuning uchun bu oyatda
bir ko`plik va yana qaytib ikkilik shaklda ifodalanmoqda. Har bir ko`makchi va
bog`lovchilar ham QurТoni Karimda nihoyatda mos joylarda o`z ahamiyatiga qarab
ishlatiladi yoki ular ishlatilish o`rinlariga qarab xilma-xil ahamiyat kasb
etadi. Masalan, bir qator oyatlarni kuzatib boqaylik-chi: УSizdan so`raydilar:
Уqurbonlikka nima beraylik, qanaqa narsalarimizni qurbon qilaylik?Ф УAyting:
mulkingizning eng yaxshisiniФ(2:219); УUlar (Ey Muhammad), sizdan ruh-jon
haqida so`raydlar. ФAyting: УRuh-jon yolg`iz Parvardigorim biladigan
ishlar(karomat)dandirФ (17:85)Ф; УSizdan oyning yangilanishlari haqida
so`rashadi. Ayting: УUlar (oylar) odamlarga vaqtni, haj va bayramlarni
belgilashlari uchun xizmat qiladiФ (2:189).а
QurТoni Karimda УAytingФ kalimasi tez-tez
uchrab turadi. Masalan, bir oyatda o`qiymiz: У(Ey Muhammad), ular tog`lar(qiyomat
kunida qanday bo`lishi)а haqida
so`raydilar. Bas, ayting: УParvardigorim ularni joylaridan siljitib, (qum kabi)
sochib yuboradilarФ(2:105). Bu oyatda esa, УBas aytingФ, deyilayapti, buning
sababi shundaki, boshqa savollar ilgari so`ralib bo`lingandi. Tog`lar haqida
hali savol berilmagandi. Bu Buyuk Hakamning sirlaridan biri. Shuning uchun endi
УBasФ bog`lovchi ishlatilmoqda. Chunki Qiyomatda(oxiratda), yaТni Buyuk Mahkama
bo`ladigan Kunda tog`larning kulma-paxun bo`lib uchib ketishi mumkin, albatta. а
УBandalarim sizdan (Ey
Muhammad) Men haqimda so`ragan zamon, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan
paytlarida duogo`ylarning duolarini ijobat qilaman. Bas, haq yo`lga yurishlari
uchun (ular ham) Mening (daТvatimga) javob qilsinlar va Menga iymon keltirsinlarФ(2:186)(182).
Bu erda УAytingФ kalimasi ishlatilmaydi. Chunki bu oyatda masala bevosita
Ollohga tegishli, Olloh o`z nomidan so`zlamoqda. Shu sababli Olloh O`zi uchun
O`zi javob qilishga haqli.
Suralarda УMenФ va УBizФ olmoshlarning
ishlatilishi ham turli xil maТnolarni anglatadi. Masalan, birdaniga bir qancha
ilohiy xususiyatlar lozim bo`ladigan harakatlarda, odamning yaratilishi,
kitoblar tushirish va ularni saqlashga o`xshash hodisalarda Olloh ko`plikda
gapiradi: УAlbatta bu bilimni (yaТni QurТonni) Biz O`zimiz nozil qildik va
shubhasiz, O`zimiz uni saqlaguvchimizФ(15:9). У(Ey insonlar), sizlarni Biz
O`zimiz yaratdik-ku! Endi sizlarni yana qayta yaratishga(oxiratda) qodir
ekanligimizni tasdiq etmaysizlarmi?!Ф(56:57). УSizlar (xotinlaringizning bachadoniga)
to`kadigan maniy-urug` haqida hech o`ylab ko`rdinglarmi? Uni sizlar (komil
inson qilib) yaraturmisizlar yoki Biz Yaratuvchimizmi?!Ф(56:58-59). УBiz ularni
yaratdik va (barcha) aТzolarini mustahkam qildik va xohlagan vaqtimizda (ularni
halok qilib, o`rinlariga) o`zlariga o`xshaganlarni almashtirib
qo`yurmizФ(76:28).
Yuqoridagi oyatlarda qo`llanilgan УBizФ
olmoshi odamzotning yaratilishida bir qator ilohiy xususiyatlarning birdaniga
birga qo`shilib ishlatilayotganini ifodalaydi.
Olloh va uning bandalaridan birortasi bilan
bo`lgan suhbat(so`zlashuv) haqida gap ketganda esa, shaxsiy olmosh ishlatiladi.
Masalan, Ollohning Muso alayhis-salom bilan so`zlashuvida: УDarhaqiqat, Men
Ollohdirman. Bas, sen Mengagina ibodat qil va Meni zikr qilish uchun namozni to`la-to`kis
ado qil!Ф(20:14)-deyilib, faqat shaxsiy УmenФ olmoshi qo`llanilmoqda. Chunki bu
erda faqat Ollohning O`zi qatnashmoqda.
Biz QurТoni Karim tilining nafisligini
chidam(chidash-cabr) haqidagi ikkita oyatda ham uchratamiz. Ularni faqat
bittagina harf(artikl) УlФ harfi bir-biridan ajratadi, farqlaydi. УEy
o`g`ilcham, namozni to`kis ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar
hamda o`zingga etgan balolarga sabr (chida) qil. Albatta, mana shu ishlaring
maqsadga muvofig`idirФ(31:17). УAlbatta, kim (o`ziga etgan azob-aziyatlarga)
sabr qilsa(chidasa) va (intiqom olmay) Olloh uchun kechirib yuborsa,
shak-shubhasiz bu ish ishlarning maqsadga muvofig`idirФ(42:43).
Birinchi oyatda sabr(chidash) oddiy ifoda
talab qilsa, ikkinchi oyatdagi sabr(chidash) chinakamiga sabrli, irodali
bo`lishni talab qiladi. Ikkinchi oyatdagi sabr etishni kuchlantirish,
odamlarning adolatsizligi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo`lgan
ozor-aziyatlar bo`lganligi uchun ham zarurdir. Bu holda haqiqatan ham alohida
bir iroda bilan sabr qilmoq zarur. Chunki senga adolatsizlik qilganlarga javob
qaytarganingda atrofingni bir muncha tashvishga solishing mumkin. Shu sababdan,
atrofni hisobga olib, senga nohaq ozor berganni afv eta olish, jahlga hay
berish kabi sabr Ц taqot va chidamga ega bo`lmog`ing zarur. YaТni achig`ni
ichga yutish lozimdir. Bu esa, haqiqatan katta iroda va sabr talab etadi.
Birinchi oyatdagi sabr (chidam)-bu taqdirga tan berish, taqdir taqozosi ila
uchraydigan tashvishlarga chidash, sabr etish haqida bormoqda. Bu albatta,
ikkinchi oyatdagidan butunlay farq qiladi.
O`sha УlФ harfi boshqa oyatlarda ham xuddi
shu maТnoni amalga oshiradi: УSizlar o`zlaringiz ichadigan suv haqida hech
o`ylab ko`rdinglarmI? Uni bulutlardan sizlar yog`dirdinglarmi yoki Biz
yog`diruvchimizmi?! Agar biz xohlasak, uni sho`r qilib qo`ygan bo`lur edik.
Bas, shukur qilmaysizlarmi?!Ф (56:68-70). УSizlar ekayotgan ziroatlaringiz
haqida hech o`ylab ko`rdinglarmi? Uni sizlar undirib-o`stirurmishsizlar yoki
Biz undirguvchimizmi?! Agar Biz xohlasak, albatta uni quruq cho`p qilib qo`ygan
bo`lur edikФ(56:63-65).аа
Shunday qilib, bu erda ham birinchi oyatda
УBiz xohlasakФ- deyilsa, ikkinchisida, Уbiz xohlasak, albatta ... qo`ygan
bo`lur edikФ-deyiladi. Chunki yomg`irning suvini sho`r qilish yoki umuman yomg`ir
yog`dirish biror bandasining qo`lidan kelmaydi. Shu sabab birinchi oyatda
xohishni kuchaytirishga hojat yo`q. Ikkinchi oyatda ifoda etilgan masalada esa,
ekinlarni paymol qilish, ularni yo`qotib tashlashni bajaradigan birorta chiqib
qolishi mumkin. Shuning uchun bu erda xohish, harakat kuchaytirilmoqda. Bu
kuchaytirish arabchada o`sha УhaqiqatanФ maТnosini beradigan УlФ harfi(artikl)
yordamida amalga oshiriladi.
Tilning noziklik xususiyati Ibrohim
alayhis-salom(unga Allohning rahmatlari bo`lsin) xususiyatlarini taТriflashda
o`z ko`rinishini yana namoyish qiladi: УU meni o`ldirur, so`ngra(Qiyomat kunida
qayta) tiriltirurФ(26:81). УUning O`zigina meni to`ydirur va qondirurФ(26:79).
Masala to`ydirish va qondirish haqida
ketayotganda Ollohning УO`ziginaФ, deb taТkidlanmoqda. Chunki bunday vazifani
bajarishni daТvo qiluvchilar chiqib qolishi mumkin. Birinchi oyatda, yaТni
o`ldirish va qayta tiriltirish masalasida bunday taТkid yo`q, chunki bu yumush
Ollohdan o`zga hech kimning qo`lidan kelmaydi.
Shu singari tilning latofatini,
qulayliklarini kishilarning o`zaro muomalalarida ham ko`plab uchratamiz.
Masalan, Olloh musulmonlarga, УBas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni
eslayman(2:152)-deydi. УEy boni Isroil, sizlarga inТom neТmatimni va sizlarni
butun olamda afzal qilgan paytimni eslanglar!Ф(2:47). MaТlumki, yahudiylar
hayotiy mayda-chuydalarga moslashgan, manfaatparastlik ruhi kuchli bir xalq.
Shu sababli ular Ollohni ham faqat o`z shaxsiy foydalari uchun aniq bir
maqsadlariga mos eslaydilar. Musulmonlar esa, aksincha faqat Olloh uchun, Unga
cheksiz muhabbatlaridan kelib chiqib , Ollohdan, Unga ibodatdan boshqa hech bir
maqsadni, manfaatni ko`zlamasdan Uni eslaydilar.
Xuddi shu kabi olimlar va tarbiyachi-o`qituvchilarga
qarata, УMulohazalilar, Mendan qo`rqingФ(2:193). У Yonilg`isi odamlar va
toshlardan iborat olovdan qo`rqingФ(2:22)-deyiladi. Bu erda mulohazali
olimlarga faqat qo`rqing, deyilsa, boshqalarga odamlar-u, toshlar yonayotgan
olovdan qo`rqing, deyilayapti.а Chunki
baТzi savodi kam chiqqan, fikr Ц mulohazasi past kishilar Ollohning har qanday
olovdan qudratli ekanligini yaxshi tushunib etmaydilar. Olimlar esa, masalani
yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham Olloh bu ikki guruhga ikki xil murojaat
qilmoqda.а
Shayton(iblis) ham o`z qasamida, УEndi Sening
qudratingga qasamki, albatta ularning hammasini yo`ldan ozdirurmanФ(38:82) kabi
so`zlarni ishlatadi. Chunki boshqa hech narsa qila olmasligiga ko`zi etardi.
Shuning uchun ham u iblis Ollohning Buyukligiga ont ichib, u ham bandalarni
ozdira olish darajasini namoyish qilmoqchi bolayapti. Xohlagan ishonsin,
xohlagan ishonmasin Olloh bizning Unga sig`inishimizga muhtoj emas.
Parvardigorimiz aytayaptiki, УUlar jahannamda, bular esa jannatda, ammo Men
bundan xafa ham, xursand ham bo`lmayman, tashvishlanmayman. Ana shu holat Ibls
uchun yakka-yagona tirqish bo`lib qoldi. U shu tirqishdan suqilib kirib,
bandalarni Haq yo`ldan ozdirishga, undan adashtirishga, shivir-shivir,
mish-mish qilib ularni avrashga harakat qiladi. Shuning uchun Iblis, УSening
qudratingga qasamkiФ, deyishga majbur. Chunki ublisning imkoniyatlari juda
cheklangan. Iblis(shayton) yana: У... Qasamki, meni yo`ldan ozdirganing sababli
mudom Sening to`g`ri yo`ling ustida ularni (odam bolalarini) kutib o`tirurman.
So`ngra ularning oldilaridan va ortlaridan, o`ngu-so`llaridan kelib ularni
(to`g`ri yo`ldan) ozdirurman va (oqibatda) ularning ko`plarini (bergan
neТmatlaringga) shukr qilgan hollarida topmaysanФ(7:16-17)-deb takrorlaydi. Ko`rayapsizmi,
Iblis o`z so`zida olamning to`rtala tarafini ham sanaydi. Ammo
ustidan(yuqoridan) va tagidan(pastdan), demaydi. Chunki yuqori Ц bu Ollohning
buyukligi, past esa, bandasining yaratganga iltijosi, sajdasi, mo`munlik
darajasidir. Olloh buyukligi qarshisida mo`minlar egallagan past joyda ularning
oldiga tushmoq uchun Iblisga o`rin yo`qdir. а
Iymonlilar Ollohga sig`inadigan, Uning
jamoliga yaqinlashtiradigan yo`llarni Iblis men sevgan er, deb hisoblaydi.
Chunki bu erlar yaxshi, ezgu ishlar yo`li, duolar, zikrlar, namozlar
o`qiladigan joylardir. Iblis ana shunday joylarda bo`lib,
kishilarni(bandalarni) ozdirishga, ularni to`g`ri yo`ldan chekintirishga
urinadi. Namoz o`qish, ibodat qilishlarini to`xtatib qo`yishgan, kayfi-safolar
avjga chiqqan, ichkilikbozlik, buzg`unchiliklar bo`layotgan joylarda
shaytonning bo`lishi shart emas. Chunki unday joylardagi kishilarni yo`ldan
ozdirishga hojat qolmagan. Ular allaqachon to`g`ri yo`ldan, Haq yo`lidan chiqib
bo`lishganlar. Ularda, u bandalarda Shaytonga zarur hech vaqo qolmagan.
Mulohazali o`g`ri bo`m-bo`sh, hech narsasi yo`q uyning atrofida aylanib, vaqt
sarflab yurmaydi.
QurТoni Karimda avval afv va undan so`ng jazo
keladi. Bosh surada, УMehribon va rahmli Olloh bilanФ-deyiladi va undan so`ngra
Уqiyomat kunining egasi- podshohiФ-deb keladi. Olloh O`zini doim xohlasa afv
etadi, xohlasa jazolaydigan ko`rinishda xarakterlaydi. Ammo Olloh har qanday
holda ham bandalariga o`ta mehribon va shafqatlidir.а
Ikkita maxsus hollardan o`zga barcha joylarda
afv jazodan ilgari keladi. Biri o`g`irlik qilgani uchun qo`li kesiladigan
o`g`ri jazosi haqida gap ketganda, ФU zot O`zi istagan kishisini azoblab,
istagan kishisini mag`firat qilishini bilmadingizmi?Ф(5:40)-deyiladi. Chunki
o`g`rining qo`lini kesish bu dunyo jazosi bo`lib, bundan so`ng oxiratda afv
bordir. Ikkinchisi, yaТni afvdan avval jazo ko`rsatilish holati Qiyomat Kunida,
xristianlarning Ollohga sig`inishdan bosh tortganliklari haqida bo`lib,
Iso(unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) bilan Olloh o`rtasida suhbatida uchraydi.
Masalan, Iso deydi: УAgar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar
ularni mag`firat qilsang, albatta Sen O`zing qudrat va hikmat
EgasidirsanФ(5:118).а
аIso
alayhis-salom, avval УSen mag`firat qilsangФ-demaydi, chunki odob yuzasidan dabdurustdan
afv (mag`firat) so`rolmayapti. Chunki xristianlar Olloh
huzurida katta gunohkordirlar, ular Unga sajda qilish va iymon ketirishdan bosh
tortgan edilar.
Kitob tilining moslashuvchiligi, nozik va
nafsligi kelgusi zamon, o`tgan zamon ichiga joylashtirilganligi bilan
belgilanadi.
Qiyomat kunining barcha ko`rinishlari o`tgan
zamonda ifodalangan: У... Sur chalingach ... У(18:99), УVa u Kunda osmon
yorildi! Chunki (osmon) u Kunda zaif bo`lib qolgandiФ(69:16), УUlar saf tortgan
hollarida Parvardigorlaringizga ro`paro` qilindilarФ (18:48).
Gap shundaki, hozir dunyoda nimalar mavjud
bo`lsa, nima bo`lib o`tgan bo`lsa va bundan keyin nimalar sodir bo`ladigan
bo`lsa, bular barchasi Olloh tushunchasida bo`lib o`tgan, sodir etilgan
ishlardir. Olloh uchun hech bir sir yo`qdir. U hammasidan pok, tozadir.
QurТoni Karimda bir-biriga qarama-qarshi ikki
xil zamon (vaqt) haqida fikr uchratamiz. Masalan, УOllohning farmoni (yaТni
qiyomat) kelib qoldi. Bas, sizlar (ey mushriklar), uni shoshiltirmay qo`ya
qolinglarФ(16:1)
Farmon allaqachon bo`ldi, ammo Olloh
shoshmoqchi emas, yaТni qiyomat endi keladi, kelgusida sodir bo`ladurgandek
ko`rinadi. Aslida masala fikrning qarama-qarshiligida emas, Ollohning O`zida,
chunki Uning uchun hamma narsa bo`lib bo`lgan, ammo boshqa tomondan esa, hali
vaqt bor, hali zamon yo`q, yaТni insonlar jamiyati bunga tayyor emas. Demak, bu
oyatda hech qanaqa qarama-qarshilik yo`q. Haqiqatda, bu fikrning
nafisu-noziligi, uning sirliligi, unda o`ziga xos maТno yashiringanligini
bildiradi. Bularning barchasi yana bir bor Ollohning qudratini ko`rsatadigan
mazmundir.
Keltirilgan bu oyatlar QurТoni Karimda
uchraydigan uslublarning nozikligi, fikr-mulohazalarning yangiligi,
ularningа tandirdan endi uzilgan non kabi
lovullab turishi, metaforalarning (istiora) orginalligi, ibora va so`zlarning
qatТiy tartib asosida joylashishi kabi xususiyatlarni ko`rsatish uchun ayrim
misollar, xolos.
Bunday hodisa o`ta qadimiy kitoblarda ham,
zamoniy, yangi kitoblarda ham uchramaydi. QurТoni Karim qarashlarining chuqur
ilmiyligi haqida, undagi koinot, butun olam haqidagi suralar to`g`risida
alohida so`z yuritishga to`g`ri keladi. U sirlarning ayrim qismlari hozir,
bizning zamonimizda tajiriba va ularning natijalari Muhammad alayhis-salomga
(unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) ham, uning safdoshlari, zamondoshlariga ham
maТlum emas edi. Bu alohida boshqa mavzu, albatta.
QurТoni
karim ijod etilgan bo`lishi mumkin emas.
Men suhbatdoshimga dedim:
- Yaxshisi, ilgargi suhbatlarimizdan
ko`ra, QurТoni Karimning ilmiyligi haqida gaplashsak sening ilimiy aqlingga,
ko`proq mos kelarmikin, deyman. QurТoni Karim nozil qilingan zamonlarda, yaТni
bundan 1300 yil ilgari hozirgi zamon astronomiya fani, atom tuzilishi haqidagi
fan, biologiya va anatomiyaga o`xshash fanlar va ularning ilmiy xulosalari
kishilarga maТlum emas edi. U zamonlarda fazoviy jismlar, er, yulduzlar,
planetalar haqida, dunyoning tuzilishi qonunlari, er yuzida hayotning paydo
bo`lishi, odamning yaratilishi, ona qornida hamlaning paydo bo`lishi va uning
yorug` dunyoga kelishi(tug`ilishi) haqida ilmiy xulosalarni kishilarga hech kim
aytmagan va ayta olmas ham edilar. Ammo ajoyibot, mo`Тjiza shundaki,
bugungi ilmiy xulosalar qachonlardir QurТoni Karimda aytilib, yozilib
qo`yilganlarni fan yo`li bilan ilmiy jihatdan asoslayaptilar, xolos. а
QurТoni
Karim bu mavzularga alohida boblar shaklida to`xtalib o`tirmagan, ularni
birma-bir sinchiklab ifodalashga katta ahamiyat ham bermagan, albatta. Chunki
QurТoni Karim eng avval inonuvchi-iymonlilarga mo`ljallangan. Shu sababdan u
diniy kitob hisoblanadi, u yashash(hayotiy) dasturi(programmasi) va
qonunlarning (shariatning) asosidir.
QurТoni karimda barcha ilmiy keng xulosalar
birdaniga, boshdanoq ochib tashlanganda edi, musulmonlar juda ko`p
tushunmovchilik, noaniqliklarga duch kelishgan bo`lardilar va bu chuqur ilmiy
maТlumotlarning hammasini birdaniga tushunib etish qiyinlashardi. Shuning uchun
QurТoni Karimda faqat ko`rsatmalar, imolar bor. Bu esa, QurТoni Karim bashoratlari
ilmiy jihatdan ketma-ket ochila borishiga o`rin qoldiradi. Ilohiy kitobda
bashoratlar ko`proq bayon etilgan. Unda ko`plab sirlar mujassamlashgan. U
sirlarni kishilar yillar, zamonlar osha aniqlab boraverishadi. Va shunday
qilib, QurТoni Karimning ilohiy kitobligi avloddan avlodga ko`rsatilib
borilaveradi. УToki ularga Haq(Kitob) ekanligi aniq maТlum bo`lgunicha, albatta
Biz ularga atrof-ofoqdagi va o`z vujudlaridagi(Bizning borligimiz va
qudratimizga dalolat qiladigan) oyat-alomatlarimizni ko`rsatajakmiz.
Axir(ularga) Parvardigoringizning barcha narsaga guvoh ekani (yaТni Olloh taolo
ushbu QurТonda koinotdagi barcha narsani qamrab olib, O`z hukmini bayon
qilayotgani sizning haq payg`ambar ekanligingizni isbotlash uchun) etarli
emasmi?!Ф(41:53).
Olloh O`z karomatlaridan darak beradi, ularni
ochiq namoyish qiladi. Chunki Olloh O`z kitobida berayotgan guvohliklari ularga
(g`ofil bandalarga) etarli emas. Shuning uchun ularga nishona ko`rsatish
zarurati tug`ildi. Olloh u nishonani ko`rsatadi. Bu bilan QurТoni Karim sirlari
asrlar osha ochila boradi. Shu sababdan QurТoni Karimning ajoyibotlari va turli
xil sirlari kundan-kunga ochila borishi, nishonalar ko`rinaverishi
to`xtamasligi haqida u kitobda Olloh juda ko`p so`zlaydi.
Masalan, QurТoni Karimda erning sharga
o`xshashligi haqida bir juda qiyomat qiyos bor. Unda erning doiraviyligi
Уkechaning kunduzga siljishiФ shaklida, yaТni misoli Уyarim sharФ kabi
ifodalanadi: УU kunduz(kun) kechga ko`chib, kech esa kunduzga ko`chadiФ(39:8).
УDa-haФ so`zi arab tilida ikki maТnoga ega bo`lgan yagona so`z bo`lib, u
Уto`shashФ(yoyish) va Уyaxlitlash-dumaloqlashФ
maТnolariga ega. Ana shu ajoyib so`zni Olloh er haqida gap ketganda o`z o`rnida
qoyilmaqom ishlatgan. MaТlumki, er odamlar ko`z oldida yoyilib, to`shalib
yotganday tuyuladi, shakli esa, dumaloqdir.
Bundan tashqari biz QurТoni Karimda
tog`larning koinotda(kosmosda) suzishlarini o`qiymiz. Tog`lar esa, bizninfg
tassavurimizda, bizning ko`z oldimizda erdan ajralmasdir. Demak, bu bilan butun
er, Er qitТasi koinotda(kosmosda) suzadi, degan maТno kelib chiqadi.
УKo`rarsan, qimirlamas tog`lar ham suzadilar, mavjudotni quruvchi
parvardigorning ko`rsatmasi bilan tog`lar bulutlar singari suzadilarФ(28:90).
Ko`rayapsizmi, tog`lar er yuzida joylashgan bo`lib, qimirlamas hisoblanadi.
Lekin ular esa, kosmosda bulutlar misoli suzadilar. Birinchidan, tog`larning
erdan ajralmasdan suzishi haqida so`z ketmoqda. Ikkinchidan, tog`larni
bulutlarga o`xshatishda yana bir katta maТno bor. Bu erda bu solishtirish bilan
tog`larning moddiy strukturasi mo`rtligini ko`rsatish ko`zda tutilmoqda.
Masalan, bulutlar tomchilardan tuzilgani kabi tog`lar ham changlardan tashkil
topganligiga ishora qilinmoqda.
Bundan so`ng kunduz va aqshomning sinxronligi
(ketma-ketligi), ularning dunyo barpo bo`lgandan buyon bir-biri orqasidan
ergashib yurishi haqida so`z ketadi. Quyosh oyni, Oy quyoshni quvayotgandek,
ular bir-birini quvib eta olmaydi. Masalan, QurТoni Karimda, УNa quyosh uchun
oyga etish mumkin bo`lur va na kecha kunduzdan o`zguchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning)
barchalari falakda suzib yurguvchidirФ (36:40). QurТoni Karimda erning shar
shakldaligi haqida yana bir hikmat-eslatma bor: unda dunyo tuzilgandan buyon
kecha va kunduz ikkita yarim sharlarga joylashgan kabi aynan bir zamonda
boshlanib, bir vaqtda bir-biriga o`tadi. Er tekis bo`lganda edi, bunday bo`la
olmasdi. Er tekis bo`lgan holda kecha va kunduz biri-biri orqasidan ergasha
olmas edi.
Qiyomat Kunidagina kecha ham kunduz ham birga
kiradi: У... bas, odamzot va hayvonat eydigan narsalardan iborat bo`lgan er
naboboti u bilan aralashib, hatto er chiroy olib, yasan-tusan qilganida va
erning ahli uning ustida kuchli-qudratlimiz, deb o`ylay boshlaganida, erga
kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni go`yo kuni-kecha obod
bo`lmagandek vayronaga aylantirib qo`yurmizФ(10:24).
Ana o`sha Уkecha va kunduzФ so`zlarida erning
doiraviy shaklda dumaloq ekanligini tasdiqlovchi asos yashiringan. Chunki
Erning quyoshdan pana (yashiringan) qismi qorong`u, yaТni kecha bo`lib, unga
ro`paro`, yaТni quyoshga qarab turgan er qismida yorug`-kunduz bo`lishini
boshqacha aniqlab bo`lmaydi. Bu holat erning shar shaklini ko`rsatuvchi
isbotdir. Agar er yaxlit-tekis bo`lganda edi, uning yuzi bo`ylab barcha
joylarda vaqt bir xil saqlanib, kecha va kunduz tushunchalari bo`lmagan
bo`lardi. а
Bunga qo`shimcha QurТoni Karimda botish va
chiqishlar haqida fikrlar bir necha bor takror-takror uchraydi. Masalan, Olloh
kitobida, УBas, chiqishlar(mashruq-u) va botishlarning (mag`riblarning)
Parvardigoriga qasam ichurmanki,Ф(70:40)-deyilsa, uning boshqa erida, УIkki
sharqning (yaТni quyoash va oy chiqadigan joylarning) ham, ikki
g`arbning(quyosh va oy botadigan joylarning) ham ParvardiggoridirФ(55:17), deb
keladi.
Er tekis bo`lganda edi, botish va chiqish
bittadan bo`lardi. Inson Qiyomat Kunida shaytonga (Iblisga) qarata: УO! Sen va
mening oralig`imizda ikki chiqish qadar masofa bo`lganda ediФ(7:38)- deb xitob
qiladi. Er dumaloq bo`lmasa, unda ikkita chiqish bo`lolmaydi, axir.
QurТoni Karim matnida fazoviy jismlarning
troektoriyasi, maydoni va ularning harakat izlari (orbitasi) haqida ham
misollarda aytilgan fikrlar uchraydi. Masalan, У(Samodagi yulduzlar harakat
qiladigan) yo`llar egasi bo`lgan osmonga qasamki ...Ф(51:7-8) yoki УQayta-qayta
tushguvchilar egasi, osmonga qasamФ(86:11)-deb keladi. YaТni bundan
ko`rinadiki, osmon ko`tarilgan, unga intilgan hamma narsani erga qaytaradi.
Osmonga nimayiki otilmasin, u erning tortish kuchi taТsirida erga qaytadi.
Osmon kosmosga yo`naltirilgan radio
to`lqinlarni ham qaytaradi, Osmon issiqlik nurlanishlarini qizil rangda erga
qaytarib, kechalari uni ilitadi.
Osmonga otilgan, unga yo`naltirilgan hamma
narsani u erga qaytargani kabi, kosmosdan tushishi mumkin bo`lgan narsalarga
to`siqlik qiladi, ularni tutib qoladi. Shu xususiyati bilan er yuzini ajal
tashuvchi ultra fioletiv(binafsha) nurlanishlar va
meteoritlarning bostirib kelishidan asrab qoladi. Demak, osmon odamzod, yaТni
er yuzi uchun suzg`uch(filtr) vazifasini bajarib, ona erimiz yoping`ichi
(qopqog`i) hisoblanadi. QurТoni Karimda bu fikrni tasdiqlovchi oyatlar
keltirilgan: УBiz osmonni tom(qopqoq) qilib qo`ydikФ(21:32), УOsmonni Biz
qudrat bilan barpo qildik va u uchun chegarasiz kengliklar ochib qo`ydik.
Darhaqiqat, Biz qudratlidirmizФ (51:47).
Bu tasdiq hozirgi zamon fan tilida УButun
olam tortilish qonuniФ, deb yuritiladi. O`sha zamonlarda, hatto XIX asrlarda
ham atom, deb ataluvchi zarracha eng kichik va bo`linmas hisoblanardi. QurТoni
karimda esa, atomdan ham kichik zarrachalar, yaТni atomning bo`lakchalari ham
mavjudligi haqida ko`rsatmalar bor. Eng aval, birinchi marta QurТoni Karim
o`lchamlari atomdan kichik bo`lgan zarracha haqida eslatib o`tadi: УOsmonlar va
erdagi bir zarra misolichalik, undan ham kichik(yoki) katta biron narsa
(Olohdan) maxfiy bo`lmasФ(34:3).
Bu ko`rsatmalarning barchasi erning shar
shakldaligi, osmon tabiati atom tuzulishi haqidagi bilimlarning odatdan
tashqari sirlarini ochadi. Bu qadar chuqur fikrlar o`sha, bundan juda uzoq
zamonda, yaТni insonlar qoloqа va
qorong`ulikdaа bo`lgan bir asrda
aqllining ham, aqlsizning ham xayoliga kelishi mumkin emas edi. Bunday nodir
fikrlar faqat Parvardigorning Yolg`iz O`ziga munosib bo`lishiа va Uning qutlug` kitobi QurТoni Karimdagina
uchrashi mumkin.
Odam yaratilishi va inson spermasining
(maniyning) biologik cheklashlar turlaridagi xususiyatlarini QurТoni Karim
shunday aniqlaganki, unga qoyil va hayronlar bo`lishdan o`zga iloj yo`q.
УVa albatta, U zot otilib chiqadigan nutfadan
erkak Ц ayol juftlarni yaratgandirФ(53:45). Bunday biologik qonun fanda endi
ochildi. Sperma (maniy) biologik turlarning cheklanishida qatnashadigan yagona
faktor ekanligini endi, hozirgi bizning zamonimizda aniqlashga, bilishga
muyassar bo`lindi.
Er yuzida qancha odam bo`lsa, ularning barmoqlarida
shuncha ko`p xilma-xil chiziqlar yaratish, qayta tiriltirish imkoniyatlari
borligi haqida, shuningdek, tana hujayralarining tiklanishi haqida QurТoni
Karimda oyatlar keladi.а УInson Bizni
uning (chirib, tuproqqa aylanib ketgan) suyaklarini hargiz to`play olmas, deb
shubha qilurmi?! Yo`q, Biz uning barmoqlarini (ham) tiklab joyiga keltirishga
qodir bo`lgan zotdirmizФ(75:3-4).
Olloh, УBiz uning barmoqlarini ham tiklab
joyiga keltiramizФ, demoqda, yaТni ularni ilgari qanday bo`lsa, o`shanaqa shaklda,
ilgargi chiziqlar bilan tiklanish haqida so`z ketmoqda. Ana shu barmoqlar
uchlarini yaratish, tiklash iborasi va olamda odamizod paydo bo`lgandan buyon
ikkita bir xil barmoq chiziqlari bo`lmaganlgi ham yana bir bor QurТoni Karim
kishi (bandasi) tomonidan ijod qilinmaganligini isbot etadi, buning aslo mumkin
emasligini ochiq ko`rsatadi.
QurТoni Karimda, eng zaif joy, masalan, eng
zaif uy-bu o`rgimchak uyi(uyasi), deb eslatiladi. Ko`rayapsizmi, Olloh O`z
kitobida, УO`rgimchak ipiФ, deyapti, Уo`rgimchak uyi(uyasi)Ф, zaif uya,
demoqda. Chunki Уo`rgimchak ipiФ shunday oddiy va nozik bo`lsa-da, odamlar
ishlatadigan ipdan to`rt marotaba mahkamroq ekan. Shu sababdan bu erda zaiflik
faqat o`rgimchakning uyasiga(uyiga) nisbatan ishlatiladi, uning ipiga nisbatan emas.
Shuning uchun bu uy(uya) yashirinmoq uchun eng noqulay joydir. U uyada biror
muddat saqlanib turib bo`lmaydi, unga tasodifan tushib qolinganda ham u tuzoq
vazifasini bajara olmaydi. Bu uy(uya) hatto o`rgimchakning o`z bolasi uchun ham
panoh bo`la olmaydi. Chunki o`rgimchak o`z bolalarini eb qo`yishi mumkin.
O`rgimchak bolalari ham o`z navbatida bir-birlarini eb qo`yishadi.
O`rgimchaklar jinsiy aloqalari tugagandan so`ng erkagini eb qo`yishadilar. Ana
shunday bo`lgach o`rgimchak uyi(uyasi) yashirinmoqqa yaramaydigan joyga yaxshi
qiyos hisoblanadi. Ollohdan najot kutmaganlar uchun ham oqibat mana shunday
bo`ladi, yashirinmoqqa o`rgumchak uyasi ham topilmaydi. Bunga tubandagi oyat
juda mos keladi: УOllohdan o`zga Уdo`stlarФni ushlagan kimsalarning misoli xuddi
(o`zi uchun) uy qurib olib, (o`sha uyidan panoh istagan) o`rgimchakka
o`xshaydi. Albatta, uylarning eng nimjoni o`rgimchak uyasidir. Agar bilsalar
edi, (o`rgimchak uyasi kabi ojiz butlardan panoh istamagan bo`lur
edila)rФ(29:41). Oyatning so`ngida УAgar bilsalar ediФ, deb kelishi bilimning
keyinroq kelishini ko`rsatadi. O`rgimchak uyasi va ipi haqidagi biologik sir
yaqindagina aniqlandi. Bunday biologik xulosa Muhammad alayhis-salomga(Unga
Ollohning rahmatlari yog`ilsin) aniq bo`lmaganligiga shubha yo`qligi tabiiydir.
Shunga o`xshash chuqur maТno va sir УG`orФ
surasida ham uchraydi. Unda, УUlar kahf g`orlarida uch yuz yil qoldilar va yana
to`qqiz yilni ziyoda ham qildilarФ(18:25). Hozirgi zamonda esa, quyosh
kalendari bo`yicha uch yuz yil, oy kalendarining uch yuz to`qqiz yiliga aynan
mos ekanligi aniqlangan faktdir.
УMaryamФ surasida Olloh bibi Mariyam haqida
so`z yuritadi. Maryam to`lg`oq tutib bezovta bo`lib, xurmo daraxtlari orasiga
yashirinadi va Ollohdan o`z ajalini so`raydi. Ana o`sha vaqtda bir
tovush(g`oyibdan) uni chaqiradi va u tovushа
xurmo daraxtini silkitgin, erga u mevalardan nima tushsa uni egin deydi.
Bu holatda QurТoni Karimda: УQani edi, mana shu (kundan) ilgari o`lib ketsamu,
butunlay unutilib ketsam ediФ. Shunda (xurmo daraxtining) ortidan (Jabroil)
nido qildi: УG`amgin bo`lma, Parvardigoringа
(oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo`ydi. (Mana shu qurib qolgan) xurmo
shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar. Endi sen eb Ц ichgin
shod-xurram bo`lginФ(19:23-26) kabi keladi..
Qiziq, nima uchun xurmo daraxti haqida
gapirilmoqda? Bir o`ylab, mulohaza qilib qaraylikchi, masala nimada ekan?
Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlari ko`rsatadiki, xurmoning mevasi bachadonni
qisishga (kengaytirishga) yordam beradigan xususiyatga ega ekan. Bu esa,
so`zsiz bola tug`ilishini engillashtiradi va bola tug`ilgandan keyingi qon
ketishini to`xtatishga katta yordam qiladi. Hozir xurmo mevasida inson terisini
tortib-kengaytiradigan moddalar borligi aniqlangan. Hozirgi zamon tabobotida
turli xil o`tlar(alf)dan tayorlangan dorilar ayollarning tug`ishini
engillashtirishi, uning xafvsizligini taТminlashi, yiring ichaklarini tozalashi
isbotlangan. Xurmo mevasining sifatini aniqlash va ulardan ayollar to`lg`og`i
vaqtida foydalanish bu haqiqatan ilmiy donishmandlik bo`lib, bu haqda o`sha
uzoq zamonlarda aytilishi katta xususiyat kasb etadi. Shu sababdan bu misollar
ilmiy amaliyotdan kelib chiqadigan xulosalar bo`lib, ularning QurТoni Karimda
ko`rsatilishi aynan va ko`chirma maТnoda chinakamiga bashoratdir. Shunga ko`ra
QurТoni Karimni hech tomondan biron kitob yo hujjat kelib, uni botil qila
olmasligi haqida, УUnga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik
kelmas, (chunki) u hikmat va hamdu sanolar egasi tomonidan nozil qilingandirФ(41:42),
УAgar u Ollohdan boshqa birov tomonidan bo`lsa edi, unda ko`p
qarama-qarshiliklarni topgan bo`lar edilar-ku?Ф(4:82)-deb taТkidlaydi, Ollohu
taolo.
Nazariyalar, nuqtai nazarlar birin Ц ketin
tug`ilaveradi, paydo bo`laveradi; ularning biri boshqasini rad ham etaveradi.
Olimlar, tadqiqotchilar qanchalar urinmasinlar eng so`nggi niyatlariga-yu,
maqsadlariga eta olmaydilar, yaТni barcha hayotiy va dunyoviy savollarga javob
topib, eng so`nggi nuqtani qo`ya olmaydilar. QurТoni Karimda esa, bunday
yangilanib turadigan, hatto biri ikkinchisini rad etadigan nuqtai nazarlar,
fikr-mulohazalar mutlaqo uchramaydi, ular yo`q va bo`lishi mumkin emas. Ana
shulardan keyin, QurТoni Karimning dunyoga kelishi buyuk mo`Тzija bo`lmay, u
nima bo`lardi? Bu kitob haqiqatan mo`Тjiza, buyuk mo`Тjizadir, hatto u
mo`Тjizalar to`plami, ularning majmuasidir. Chunki u, tarixlarda yozilmagan asl
tarixiy voqealar to`g`risida so`zlaydi, hali kelib etmagan, ochilib ulgurmagan
kelajakni bashorat qiladi. O`z mag`lubiyatlaridan so`ng g`alabaga erishgan
vizantiyaliklar haqida QurТoni Karimda: УJuda yaqin joyda Rum mag`lub bo`ladi.
(Lekin) ular(yaТni rumliklar) bu mag`lubiyatlaridan so`ng bir necha yil ichida
albatta g`alaba qozonajaklarФ(30:2-4)-deyiladi. Arab tilida УbizТaФ so`zi
bo`lib, u yuqoridagi oyatda Уbir nechaФ kabi tarjima qilinmoqda. Arablarda esa,
3-dan 9-gacha bo`lgan sonlar ham aynan shu so`z bilan ifodalanishi mumkin.
Demak, 3-9 yil muddat ichida bashorat amalga oshmog`i lozim edi. Haqiqatan ham
vizantiyaliklar o`z mag`lubiyatlaridan keyin 7 yil o`tib g`alabaga erishdilar.
Badr jangida erishilgan g`alaba haqida
QurТoni Karim quyidagicha so`zlaydi: УYaqinda o`sha jamoat engilib, ortlariga
qarab qochib qolurlarФ(54:45).
Makkaga kirish oldidan Payg`ambar
alayhis-salom(Unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) tush ko`radi. Uning tushi
haqida QurТoni Karimda, УQasamki, Olloh O`z payg`ambariga (u ko`rgan tushni)
haqqi-rost qildi: albatta, sizlar (ey mo`minlar), inshoolloh Masjid-al-Haromga
tinch-omon borishlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan yoki qisqardirgan
holingizda xafv-xatarsiz kirursizlarФ (48:27)-deb keladi. Darhaqiqat, shunday
ham bo`lgandi.
QurТoni Karimda maТlumotlarni o`qiymiz, ayni
shu zamon ularga mos voqealarni hayotda, amaliyotda to`la ko`ramiz va
kuzatamiz. Ibrohim alayhis-salomning(Unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) Ollohga
etgan iltijosini qarang, УParvardigoro, albatta men zuriyotimdan (bir
bo`lagini-o`g`lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli
Bayiting huzuridagi ekin-tikin o`smaydigan bir vodiyga joylashtirdim.а Parvardigoro, (ular) namozni to`kis ado
qilsinlar, deb (shunday qildim). Bas, Sen O`zing odamlarning dillarini ularga
moyil qilib qo`ygil va ularni (barcha) mevalardan bahramand etgil. Shoyad shukr
qilsalarФ(14:37). Ibrohim payg`ambar o`sha hosilsiz joylarni yashashga,
hayot-turmush o`tkazishga yaraydigan vositalar bilan taТminlashni Ollohdan
so`radi. Ana shunda Olloh Makka aholisiga mo`l-ko`lchilik va tabiiy boyliklar
vaТda qildi. Olloh Makkaga iymonsizlarni kirgizmanglar deganida, shahar aholisi
iqtisodiy inqiroz bo`lishidan qo`rqib qoldilar. Chunki ular o`z turmushlari-yu
va mamlakatining rivojini o`sha turli dindagi kishilarning KaТabaga sig`inishga
keluvchilardan tushadigan mablag`larga bog`liq, deb bilardilar. Endi esa,
ularning keluvi keskin qisqarishi mumkin. Ular iqtisodiy qamalda qoladilar.
Olloh ularni tinchlanishga chaqirdi. Bu chaqiriq QurТoni Karimda, УAgar sizlar
kambag`allikdan qo`rqsangizlar, (bilingki) yaqinda (Olloh) xohlasa O`z fazlu
karami bilan sizlarni boy-badavlat qilajakФ(9:28)- deb keladi.
Qarangki, Ollohning bu vaТdasi Arab Yarim
orolidagi cho`llarning neftga nihoyatda boyligi bilan ifodalanadi. Hozirgi
zamonda bu cho`llardan neft uzluksiz chiqib turibdi va tugamasdir. Jahonda
neftga ehtiyoj oshmoqda. Bu esa, uning narxini hisobsiz ravishda oshirmoqda. U
cho`llar zamonlar osha tugamaydigan uran zahiralariga ega. Ana shular barchasi
Olloh vaТda etgan tugamas boyliklar va boy-badavlatlikning o`zginasidir.
Bulardan tashqari QurТoni karimda siyosat,
etika, harbiy harakatlar (qo`shinlar tortish), tinchlik (tinch-totuv yashash),
jamiyat, oila va nihoyat inson, insoniyat turmushi, hayoti to`g`risida shunday
fikr-mulohazalar keltirilganki, ularning barchasida insoniy jamiyatda inson
haq-huquqlarini belgilaydigan mustahkam asoslar ifodalangan, yaxshilab bayon
etilgandir. Ular shunaqa bir ajoyib uslubda, obrazli va chinakamiga go`zal
ifodali tilda bayon qilinganki, insoniyat tarixi bunga barobar boshqa bir
uslub, ifodani haligacha bilmaydi, bundan keyin ham bo`lmas.
QurТoni Karimdagi aql bovar qilmas sirlar
to`g`risida Ibn-Arabiy janoblaridan (Islom olamining mashhur olimi)
so`rashganlarida, u zot, УBu mutlaq haqiqatФ, deb qisqa va lo`nda javob bergan
ekanlar.
QurТoni Karim so`zlari mutlaq haqiqatligi
bilan ham haqdir. Darhaqiqat, harqanday buyuk olim, tadqiqotchi faqat nisbiy
haqiqatni aniqlashi mumkin, xolos. Chunki har bir yakka kishi haqiqatan o`z
nuqtai nazariga mos tomondan ko`ra biladi. Uning barcha tasavvurlari cheklangan
va u kundan-kun, zamondan-zamonga o`zgarib turishi aniq. Biz har birimiz
o`zimizcha turmushning, hayotning faqat bir yo`nalishini o`rgana olamiz, boshqa
yo`nalishlarini qamrab olish va ularning hammasini yoritish kuchiga,
imkoniyatiga ega emasmiz. Ana shu o`z tanlagan yo`nalishimizda nimaga erishmaylik
u nisbiy bo`ladi, u nisbiy bilimni belgilaydi. Hamma tomonlama bilimga egalik ,
hamma narsalarni qamrab olish faqat Yakka Yagona Yaratuvchiga xos xususiyatdir.
Mutlaq haqiqat va mutlaq bilimga ega U Yagona O`zidir-Ollohdir. Shu sababdan
ham QurТoni Karim Uning O`zidan-Ollohdandir, deb bilamiz. Chunki U har bir
narsada mutlaq haqiqatga erishgandir.
QurТoni Karim mazmuni haqida Payg`ambar
alayhis-salomning(Unga Allohning rahmatlari yog`ilsin) o`zlaridan
so`rashganlarida, rasulloh, УUnda sizgacha bo`lgan voqealar, hodisalar, sizlar
o`rtangizda bo`ladigan narsa, voqealar va sizdan so`ng sodir bo`ladigan
voqealar va hodisalar to`lasincha aks ettirilgandir. Bu keskin so`zdir, unda
kinoya yo`qdir. Bu donolarcha eslatmadir, bu Ollohning uzilmas arqonidir, bu eng
to`g`ri yo`l, bu yo`ldan qaytgan mag`rur- larni Olloh halok qilur. QurТoni
Karimdan boshqa joydan haqiqat izlaganlarni Olloh chindan ham adashtirgay.
Bunda til chalkashmaydi, tutilmaydi, javoblarning ko`pligidan aql tolmaydi va
xiralashmaydi, olimlar undan to`yib qolmaydi va uning sirlari tugab
qolmaydiФ-deb javob qaytargan ekanlar.
Darhaqiqat rassuloh haqdir. Ana shunaqa,
bizning muqaddas kitobimiz, bilsangiz meningа
suhdoshim! Shu keltirilgan misollarning o`zigina bu kitob inson
tomonidan yaratilmaganligini, u odamlarning birortasi tarafidan
tuzilmaganligini to`la isbotlay oladi. Aslida unda Уsirlar tugamasdirФ. Shunday
qilib, bu muqaddas kitob Qodir Olloh tomonidan nozil qilinishidan o`zga hech
bir holga mos kelmaydi.
QurТoni karim, Olloh nozil qilgan, Undan
tushirilgan ilohiy kitobdir.
ааа
QurТoni
Karim oyatlarida qarama-qarshi fikrlar uchraydimi?
Mening suhbatdoshimda yana bir qator savollar
bor ekan, ularni u sanay boshladi:
- QurТoni Karimda bir-biriga qarama-qarshi
fikrlar uchramaydi, deb tasdiqlaysan,а
men esa, senga ulardan bir qanchasini sanayman: УBas, xohlagan kishi
iymon keltirsin, xohlagan kimsa iymon keltirmay kofir bo`lsinФ(18:29)-deyilsa,
mana bu oyat, У(Ey insonlar), sizlar faqat Olloh xohlagan vaqtdagina (U zot
tomonga yo`l tutishni) xohlarsizlarФ(76:30)-deb unga qarshi kelayapti. Undan
tashqari QurТoni Karimda gunohkorlarning hisoboti to`g`risida gapiriladi va
ulardan so`raydilar, УUlarning bu УguvohФliklari albatta (nomayi aТmollariga)
yozilur va ular (qiyomat kunida) so`roqqa tutilurlar!Ф(43:19), УAlbatta u
(QurТon) siz uchun ham, qavmingiz-ummatingiz uchun ham bir sharafdir va yaqinda
(Qiyomat Kunida bu neТmati ilohiya xususida) so`ralursizlarФ(43:44). Boshqa bir
joyda esa, УU jinoyatchi kimsalardan gunohlari haqida so`rolmas hamФ(28:78) Ц
deyilgan unga qarshi fikr keladi. So`ngra ular basharalariga qarab tanilishlari
haqida, У(Chunki u Kunda) jinoyatchi-osiy kimsalar siymo-belgilaridan
tanilurlarФ(55:41)-deb keladi. Boshqa safar esa, ularni hech kim hech narsaga
bog`lamaydi, deb ko`rsatiladi. Masalan, УVa hech kim uni bog`lab qo`ymas, uni
kuzatib yurmasФ(89:26)-deyiladi. Har bir kishi o`zini-o`zi jazolaydi,
deyilishi-chi? У(Va unga deyilur): УNomayi aТmolini o`qi! Bugun o`z nafsing
o`zingga qarshi hisobchidirФ(17:14)- deyilishi-chi? Yana boshqa bir erda,
УSo`ngra uzunligi etmish gaz bo`lgan zanjirga solib bog`langlarФ(69:32)-deb
aytilgan. Bularga sen nima, deysan?
Bu savollarni jimlik bilan tinglab, so`ngra
unga birma-bir tushuntira boshladim:
- Ey do`stim, sening eТtiboringni jalb etgan
bu oyatlarda qarama-qarshiliklar aslo yo`qdir. Kel, mana bu, УXohlagan kishi
iymon keltirsin, xohlamagan kimsa iymon keltirmay, kofir bo`lsinФ-oyati ustida
mulohaza qilib qoraylik. Bu bandasining erkini, erkinligini va uning tanlash
erkiga egaligini bildiradigan juda ham aniq Ц ravshan oyatdir. Inson hatto
Olloh so`ziga inonishda, iymon keltirishda ham erkindir. Erkni biz Ollohdan
zo`rlik bilan ola olmaymiz. U erkni Olloh bizga O`z xohish-irodasi ila inТom
etdi. Boshqa oyat esa, Ollohning xohishi-irodasini tushuntirmoq uchun nozil
qilindi. YaТni Уfaqat Olloh xohlagan vaqtdagina xohlarsizlarФ. Demak, bandaning
erki boshqa tomondan Yaratuvchining, insonni Yaratgan Ollohning ixtiyorida va
u(bandasi) Ollohga qarshi bo`la olmaydi. Bundan bandasining erki Ollohni
qoniqtirmasligi mumkin, u (banda) gunohli yoki gunohsiz yo`lni tanlashi mumkin,
ammo inson (Yaratganning bandasi) erki Olloh ixtiyori-irodasiga qarshi bo`la
olmaydi. Barcha gunohu va boshqa narsa-hodisalar Ollohni
qanoatlantiravermasa-da, Uning iroda-yu-ixtiyoridadir. Bu juda murakkab masala,
buni chuqur tushuna bilish lozim. Bu haqda biz ilgari ham to`xtoldik. Biz
ilohiy karomat-bu bandasi o`zi uchun o`zi tanlaganidir, deb taТkidladik. Chunki
Olloh o`z bandasi(quli)ning turmush mashg`uloti, ko`ngul xohishiga mos taqdir
tanlaydi. Bu demak, banda (qul) nimani xohlasa, uning ko`ngli nima istasa Olloh
unga o`shani beradi. YaТni u nimani tanlasa shuni Olloh lozim ko`radi, o`shani
uning (bandaning) ko`ngliga (qalbiga) kiritadi. Bu zo`ravonlik, ikkiyuzlamachilik
va qarama-qarshiliklar yo`q, deganidir. Ko`rish-bu bandasining aniq tanlashi
hisoblanadi. Bu masala, o`z erki va ilohiy ko`rish sirlarining eng muhim
muammolaridan biridir. Sen aytgan qarama-qarshiliklarning asl mohiyati o`sha
sirni, o`sha muhim muammoni ochishdan iboratdir. Hisobot haqidagi oyatlarning
bir-biriga mos emasligi esa, har bir oyat alohida-alohida gunohkor bandalarga
tegishligidandir. Bilasan, gunohkorlar xilma-xil bo`ladi. baТzilari uchun
maТlum bir guvohliklar zarurati bo`lsa, baТzilari shunchalik ko`p gunohlar
sodir etganki, ularning gunohlari yuzlarida, tashqi ko`rinishlarida iz
qoldirgan bo`ladi, bundaylarni to`g`ridan-to`g`ri jahannamga uloqtirsa
bo`laveradi. U erda o`z gunohlarini shunday rad etuvchilar ham uchraydi. Bular
uchun esa, Ollohning qudrati ila ularning oyoqlari, qo`llari guvohlik
o`tadilar. УBu kun Biz ularning og`izlarini muhrab qo`yurmiz. Va Bizga ularning
qilib o`tgan ishlari haqida-ularning qo`llari so`zlar va oyoqlari guvohlik
berurФ(36:65).
O`z-o`ziga hisob berib, tavba-tazarrular
bilan o`zlarini o`zlari jazolaydiganlar ham u erda bo`lishadi. Ularni hech kim
hech narsaga bog`lamaydi, majburlamaydi.а
U erda juda katta gunohkorlar ham ko`pdir.
Masalan, zolim podshohlar va boshqalar Olloh huzurida yolg`on gapiradilar,
yolg`ondakam ont ichadilar. Qiyomat Kunida hammasi bo`ladi, barchasi uchraydi.
УU Kunda (yaТni Qiyomatda) Olloh ularning barchalarini qayta tiriltirganda ular
xuddi sizlarga qasam ichayotganlaridek, U zotga ham qasam ichurlar va o`zlarini
(shu yolg`on qasamlari sababli) biron (foyda) ustida, deb hisoblaydilar. Ogoh
bo`lginkim, albatta ular g`irt yolg`onchi kimsalardir!Ф(58:18).
Bunday bandalar eng chuqurga tushirib,
zanjirlar bilan bog`lab tashlanadiganlardir. Abu hamid G`ozaliy aytganidek, bu zanjirlar
ular o`zlarini oqlashga sabablar keltirganlari uchundir.
Bungga qaramasdan mening hamrohimda yana
savollar paydo bo`ldi va u menga:
- Man bu oyatda, УDarhaqiqat, yolg`iz
Ollohning huzuridagina (Qiyomat) soati (qachon bo`lish to`g`risidagi) bilim
bordir. U (O`zi xohlagan vaqtda, O`zi xohlagan joyga) yomg`ir yog`dirur va
(onalarning) bachadonlaridagi hamlalarning (o`g`ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi,
baxtlimi-baxtsizmi ekanligini) bilur. Biron jon (qalb) ertaga nima ish
qilishini bila olmas. Biron jon(qalb) qayerda o`lishini ham bila
olmasФ(31:34)-deyilgan, buni qanday tushunmoq kerak, bunga nima deysan, dedi.
Men ham unga javobimni davom ettirdim.
Birinchidan, o`sha oyat, У... Faqat Ollohgina bilguvchi va ogohdirФ, deb
tugaydi. Demak, bunday bilimlarni faqat Olloh egallagan, bularni O`zidan boshqa
hech kim bilmaydi. QurТoni Karimda bunday tasdiqlar ko`p uchraydi. Masalan,
УG`ayb ochqichlari(kalitlari) Uning huzuridadirkim, ularni yolg`iz O`zigina
bilurФ(6:59)-deyiladi, QurТoni Karimda.
Hozirgi zamon taboboti ona hamlasining
jinsini aniqlay oladi, olimlar sunТiy yo`l bilan yomg`ir yog`dirmoqdalar. Bunga
sen nima, deysan-deb menga eТtiroz bildiradi mening suhbatdoshim. Men esa, unga
QurТoni karimda keltirlayotgan yomg`ir, osmondan tushayotgan faqat suv
tomchilari bo`lmay, kimyoviy tarkibida erni (tuproqni) to`ydiradigan, uni
yaxshilaydigan, hosildorlikni oshiradigan moddalari bo`lgan yomg`irdir. U
yomg`ir, ko`p qurg`oq erlarni qondiradigan, qurg`oqchilikni tugatadigan
yomg`irdir. SunТiy yo`l bilan olingan yomg`ir, daryo va ariqlardan olingan
faqatgina suv tomchilaridir, undan tashqari bu yomg`irlar juda keng va uzoq
maydonlarni ho`llay olmaydi-ku, axir. Bunday yomg`irlar tuproqqa deyarli foyda
keltirmaydi. QurТoni Karimda ko`rsatilgan yomg`irni odamlar yarata olmaydi. а
Ona qornidagi hamlaning jinsi va uni
Ollohning bilishi bu har tomonlama, juda keng maТnoda bilishdir. Bu bilim
tug`iladigan go`dakning kim bo`lishini, u bu dunyoda paydo bo`lganidan tortib,
nimalar bilan shug`ullanishini ham biladigan bilimdir. Bunday maТlumotni esa,
hech qanaqa taТlimot bera olmaydi. Tabobot xulosalariga kelsak, bilasanki,
birinchidan, ular doim to`g`ri bo`lavermaydi. Bu erda qanchalab ehtimol-u,
taxminlar bor. Hamlador ayol yo o`g`il yoki qiz tug`adi, albatta. Demak, tabobot
xulosalari nisbiydir, yaТni nisbiy bilimdir.
Suhbatdosh menga yana savol qo`yadi:
- Olloh taxti (uyi), butun koinot va erni
o`ziga joylaydigan taxt, u qanaqa taxtdir? Sakkizta malaikolar tutib turadigan
minbarchi, u qanday minbar?
Men ham unga javob berishdan tolmayman- ey
do`st, sening fikr-xayolingga (aqlingga) osmonu - er joylashmaydimi? Sen ular
haqida fikr-mulohazalar yuritmaysanmi? Sen osmon erga nisbatan hech
kimsasan-ku. Sen shunday qudratga ega bo`lganingda, Olloh shuncha narsalarni
sig`dira olmasinmi?а Olamda barcha
jonli-jonsiz: er quyosh, katta-kichik yulduz va planetalar faqat Ollohning
qudrati ila kosmosda (koinotda) harakatlanmoqda. Agar Ollohning taxti, minbari
ham boshqa jismlar kabi koinotda tursa nima bo`libdi. Buning hayron qoladigan
joyi bormi?
U menga, Ollohning taxti va minbari nima? Shu
haqda gapir, deydi. Men unga javob berishda davom etamanda, o`z navbatida undan
quyidagilarni so`rayman: sen menga elektron nimaligi haqida gapir? Men senga
taxt haqida aytaman. Sen menga elektr toki nimaligini ayt? Men senga taxt va
minbar nimaligini tushuntiraman. Sen menga Erning tortish kuchi haqida
bilganingni aytgin, vaqt(zamonni) ham tushuntir. So`ngra men senga javob
berishga kirishaman. Sen aslida biror narsani to`la bilasanmi? Ularning asl
mohiyatiga tushunib etgansanmi? Yo`q, sen hech narsa bilmaysan, og`ayni.
Dunyodagi narsa va voqealarning birortasini ham mohiyatan tushunmagansan-da,
yana sen mendan, Ollohning taxti, uning minbari haqida so`raysan. Dunyo-Olam
sirlarga to`lib-toshgan, taxt va minbar ham ana shular jumlasidandir.
Suhbardoshim davom etadi:
- Bilasanki, Sulaymon (Unga Ollohning
rahmatlari bo`lsin) alayhis-salom kelishi haqida chumoli o`z hamrohlarini
ogohlantirgani to`g`risida, У... bir chumoli: УEy chumolilar, uyalaringizga
kiringlar, yana Sulaymon va uning askarlari (lashkarlari) o`zlari sezmagan
hollarida sizlarni bosib Ц yanchib ketmasinlarФ(27:18)- deyiladi, QurТonda. Sen
bu haqda , bu chumoli haqida nima deysan?
а
Men ham deyman:
- Agar sen do`stim, hasharotlar tabiati
haqida ko`proq o`qib, ular bilan yaxshiroq tanish bo`lganingda edi, bunday
savol qo`ymagan bo`larding. Hasharotlar haqida, masalan, bolari va
chumolilarning o`z so`zlashuv xususiyatlari (tillari) to`g`risida fanda juda
ko`plab maТlumotlar to`plangan. Chumolilar o`zaro aloqa tillariga egaligi
hozirgi zamonda ilmiy tasdiqlangan fakt hisoblanadi.
Agar chumolilarda o`zaro tushunadigan aloqa
usuli(maxsus tillari) bo`lmaganda edi, bunday ko`p, bunaqa yuz minglab bir erga
to`dalashgan hasharotlarni boshqarish, ularga vazifalar bo`lish va mustahkam
tartib va intizomga bo`ysundirish mumkin bo`lmasdi. Shu sababdan chumolilarning
Sulaymon yurishi haqida xabar topib qolgan bo`lishida hech qanaqa hayratli joyi
yo`q. Kishilar ham Ollohni ana shunday tushunib biladilar, axir.
Xullas, men va suhbatdoshim oramizda bir
qator dialog davom etadi:
-Taqdir taxtasiga Olloh azaldan yozib qo`yganlarini yana qaytadan
qanday o`zgartirishi mumkin? УOlloh O`zi xohlagan narsani (yaТni hukmni)
o`chirar va (O`zi xohlagan hukmni) ustivor qilur. Asl kitob uning
dargohidadirФ(13:39)-deyiladi bir joyda. Nahotki, sizning Parvardigoringizа hisoblarida xatoga yo`l qo`yadi. Unga nimadir
uchirish, to`g`rilash yoki uni qoldirish, qoldirmaslikka hojat bormi? U ham biz
kabi qanday qilsak yaxshiroq bo`lar, deb o`ylanib o`tiradimi? - deydi u
kuyinib.
- Alloh
faqat yomon narsani to`g`rilab, bandasining qanday bo`lishligida unga yordam
beradi. U O`z ilohiy kitobida, УAlbatta, yaxshi amallar yomonlik-gunohlarni ketkazurФ(11:114)-deb
qo`ygan. Shu bilan birga Olloh poklangan bandalar haqida, УVa ularga yaxshi
amallar qilishni, ibodatlarni bajarishni, zakotlar keltirishni
tushuntirdikФ(21:7)-deydi. Mana shunaqa usul bilan hech narsani o`chirmasdan
Olloh faqat to`g`rilaydi. Sen eslagan oyatning siri ham shundadir-deyman, men
unga.
-
QurТoni karimda, УMen jin va insni faqat O`zimga ibodat qilishlari uchungina
yaratdimФ(51:56)-deyiladi. Sen buning maТnosini qanday tushunasan? Nima, Olloh
shunchalar bizning sajdamizga muhtojmi?- deb so`raydi u.
- Yo`q,
deyman men unga va davom etaman. Olloh bizning sajda-yu Ц ibodatlarimizga hech
muhtoj emas, biz Unga sig`inish, ibodat qilishga muhtojmiz. Sen o`zing sevgan
ayolni, biror kimsaning ko`rsatmasi yoki biror kishi seni unga majburlagani
uchun sevib, erkalaysanmi? Sen unga mahliyo bo`lib qolgan bo`lsang, sen uning
chiroyi, go`zalligi bilan mag`rurlasan, faxrlanasan, fikru-xayoling bir umr
unga bog`langan, unga atalgan bo`lmaydimi? Xuddi shu kabi, xuddi o`sha
his-tuyg`ular kabi, o`shanday mahliyo bo`lish, muhabbat, sevgi va ibodat, sajda
Ollohga qaratilgan bo`ladi. Chunki Olloh maТnaviy go`zallarning go`zali,
chiroylilarning chiroylisidir. Agar Uning shani, go`zalligini, Uning
Qodirligini (hamma narsaga) sen ham bilganingda edi, sen Unga sajdayu-ibodat
qilishni sharaf bilarding va buyuk baxt topgan bo`larding; ana shunda huzur Ц
halovatning yuqori cho`qqisiga ko`tarilar eding.
Ollohni to`la anglab etish, Unga chindan,
qalbdan sajda etish hisoblanadi. Ollohga, Uni to`la anglagan tartibda, faqat
tafakkur bilan sajda va ibodat qilinadi. Ollohni anglash, Uni bilish - bu
anglashlarning eng yuqori pog`onasi bo`lib, u bilishga olib boradigan uzoq
yo`lning eng so`nggi nuqtasidir. U yo`l go`dak (odam bolasi) yorug` dunyoga
kelgandan boshlanadi. Ilk bor odam bolasi onasining ko`kragini (ko`ksini)
taniydi; ona ko`ksi bolaning eng birinchi istirohat makoni,
qarindosh-urug`larini, jamiyatni va nihoyat o`z atrofini birin Ц ketin taniy
boshlaydi. Keyinroq esa, u o`zini o`rab turgan atrofidagi narsa va kishilardan
foydalanishni boshlaydi. Bu esa, boshqa turli xil foydalar, boyliklar
keltiradigan kattaroq Уko`krakФdir, yaТni huzur Ц halovat joyidir. а
Odam bolasi endi katta kishi bo`ldi, endi u
oltin, mulklar yig`ib olishi mumkin. Bular barchasi ikkinchi bir huzur-halovat
bo`lib, u bilishga, atrofni his etishga, uni tanishga qaratilgan,
yo`naltirilgan yo`ldir. Odam bolasi o`zini va o`z atrofini o`rganib bo`lgandan
keyin, u er atrofini o`rgana boshlaydi, osmonga, koinotga ko`tarilishga, oy
yuziga va boshqa yulduzlarga qadam qo`yishga intila boshlaydi. Uzoq, o`ziga
nomaТlum planetalarni (sayyoralarni) o`rganmoq maqsadida ularga qarab kosmik
apparatlar (kemalar) uchira boshlaydi. Bu bilan u butun olamni biladi,
o`rganadi, yaТni uning huzur-halovati chegarasi yana kengayadi. Oxir oqibatda,
u o`zining kimligini ko`proq tushunishga o`tadi. Endi bu kishining oldida,
Уshuncha narsalarni o`rgandim, bildim, ammo men aslida kimmanФ-degan savol
ko`ndalang bo`ladi. Mana shundan boshlab, u o`zini o`rganish yo`liga tushib
oladi. U endi, o`z mohiyatini tushunishni, o`zining haqiqiy imkoniyatlarini
bilishni istay boshlaydi. Demak, u o`z jismini, uning kuchi, epchilligini, o`z
jismi va uning qobiliyatidan foydalana bilishni o`rganadi, ularni o`ziga va
boshqalarga foyda keltiradigan tomonga boshqara boshlaydi. Bu esa, kishi uchun
yana bir boshqa istirohatdir. Bu bilishning yuqori nuqtalaridan hisoblanadi.
Chunki inson o`zini to`la-to`kis bilsa, u o`zini, o`z jismini Yaratganni,
Parvardigorni bilgan, tanigan bo`ladi. Mana shu oxirgi bilish bo`lib, buni
bilish orqali kishi o`z baxtining eng yuqori cho`qqisiga ko`tariladi. Chunki u
ana shundan keyingina mukammallikning, go`zallardan go`zal baxtning eng buyuk
cho`qqisiga chiqqan hisoblanadi. Ana shu bandasini sajdaga olib boradigan
yo`lning boshlanishidir. Binobarin, hayotda qiyinchiliklar uchrar ekan, bu
tikansiz gul bo`lmasligidandir. Cheksizlikning uchiga etishga intilgan kishi
unga ko`tarilishi yo`lida mashaqqatlarga duch kelmasligi mumkin emas.
Bandasining o`z Egasini tanishi, Uni bilishi, bandasi ko`zining ochilishi,
undan g`aflat pardasining ko`tarilishini bildiradi. Bunday bilishning buyukligi
qanchalar go`zal!
а
Jandalarga o`ralgan sufiylar, УHukmdorlar
bizning huzur-halovatimizni sezishganlarida edi, ular bu huzur-halovatlarni
egallamoq uchun biz bilan urush boshlashgan bo`lardilarФ-deyishadi. Buyuk
Ollohga ibodat, sajda qilishdan rohatlanish Ц bu haqiqiy huzur-halovatdir. Ammo
Olloh hech qachon bizga, ibodatimiz, sajdamiz va huzur-halovatimizga muhtoj
emas. Ollohning huzurida bizning ibodatimiz oshib-toshib yotibdi. Biz Unga
majburan emas, balki Uning Buyukligini va sharafini bilganimizdan ibodat va
sajda qilamiz. Ollohga ibodatu-sajda qilish biz uchunа tahqirlanish emas, aksincha biz ibodat
qilarkanmiz, o`zimizni nihoyatda ozod va erkin rohatli sezamiz, uni
ulug`vorlik, deb bilamiz. Dunyoviy ishlardan, qullik tarzlaridan o`zimizni
erkin va ozod sezamiz. Ehtiroz, his-tuyg`ular, boyliklarga intilish kabi
istaklar qulligidan o`zni ozod hisoblaymiz. Biz faqat Ollohdan qo`rqamiz. Ammo
boshqa hech kimdan va hech narsadan Undan qo`rqqanday qo`rqmaymiz. Agar biz
kimdandir Ollohdan qo`rqqanday qo`rqsak, uni biz Ollohga sherik qilgan
bo`lamiz. Bizni har qanday azobdan, jazodan qutqaradigan Yaratganning-Ollohning
O`zidir. Ollohdan qutilib qoladigan, Uning huzurida javob bermaydigan zot er
yuzida tug`ilmadi va tug`ilmaydi ham. Bu mutlaq haqiqat!
Ollohdan qo`rqish-bu chin qahramonlikdir.
Unga Ц Yaratganga ibodat va sajda etish - bu qutulish, ozod bo`lishdir. Olloh
huzurida o`zini past tutish-bu oliy janoblikdir. Ollohni to`la oxirigacha
anglash va bilish, ana shu Unga sajda va chin sig`inishdir. Biz insonlar
(bandasi) har doim naf, foyda va quvonch, xudsandchiliklar izlovchilarmiz.
Ollohda esa, bular mujassam, Unda bularning hammasi tayyor, muhayo, Unga hech
narsa kerak emas. Chindan ham Olloh O`z boyliklaridan hadya qilmoq uchun bizni
yaratdi. U bizdan hech narsa olmoqchi emas. U bizdan hech narsa kutmaydi ham. U
o`z mukammalliklari bilan taТminlamoq uchun bizni bino etdi. U eshituvchi,
ko`ruvchidir. U bizga quloq va ko`z berdi. U hamma narsani bilguvchidir. Barcha
bilimlarni egallamog`imiz uchun bizga U aql berdi. Uning Qudratiga muvaffaq
bo`lmog`imiz uchun bizni U sezgilar (sezgi organlari) bilan taТminladi. УMening
qulim (bandam), Menga itoatkor bo`l. Men seni ilohiy qudratli(karomatli)
qilaman. Nimani Уpaydo bo`lФ-desang, u oldingda muhayo bo`ladigan
bo`ladiФ-deydi Ollohu taolo. Olloh shunday ilohiy qudratni (karomatni) Isoga
(unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) bermadimi? Ha, shunday bo`ldi. Iso
payg`ambar, o`liklarni tiriltirdi, loydan qush uchirdi, kasallarni davoladi,
ojizlarning ko`zlarini ochdi. Bularning bari Ollohdan, faqat Uning qudrati ila
sodir bo`ldi. Isoning Ollohga cheksiz itoatkorligidan, Unga doim ibodatda
bo`lganligidan Olloh Isoga ilohiy qudrat ato qildi.
Ko`rayapsanmi, Ollohning quli (bandasi)
bo`lish, odatdagi kishilar orasidagi bir-biriga qul bo`lishdan, insonlar
orasidagi qullikdan mutlaqo farq qiladi. Bu qullik, kishilar tushunchasidagi
hayotiy (dunyoviy) qullik, xo`jayin (xo`ja) o`z qulidan foyda istaydigan va
shunday foydaga erishadigan holatni belgilamaydi. Ollohga qullik - bu Xo`ja o`z
qullariga (bandalariga) beradi va ularni barcha boyliklaru-neТmatlar bilan
taТminlaydigan qullikdir. Shuning uchun УMen jin va insonni faqat O`zimga
ibodat qilishlari uchungina yaratdimФ (51:56)- deydi Alloh.а Bu oyatning asl maТnosi, УMen odamlar va
jinlarni, ularga hamma narsani berish, yaТni ularga sevgi-muhabbatni ham,
yaxshi odatlarni ham, oliyjanoblik va ilohiylikni ham berdim, ularni Er
yuzidagi izdoshlarim etish uchun yaratdimФ-demakdir. а
Demak, bizning sig`inish, sajdalarimizga
Olloh hech qachon muhtoj emas. Biz Unga doim sig`inish, sajda etishga
muhtojmiz. Biz Uning oliyhimmatligi va cheki yo`q hadyalariga muhtojmiz. Olloh
chindan ham sahiydir. Biz Uning huzuriga xohlagan zamonda kirishimiz, qaerda
bo`lishimizdan (toza joylarda) qatТi nazar, Uni ogohlantirmasdan Unga
borishimiz, murojaat qilishimiz mumkin. Uning qabulxonasi butun Olamdir. Biz U
bilan qancha vaqt xohlasak, o`shancha vaqt Uning ishtirokida, Uning qabulida
qolishimiz mumkin. Biz Undan istaganimizni so`raymiz. U bilan nimani xohlasak
o`sha haqida so`zlashamiz. Biz ibodat (namoz) uchun joynamoz yozib УOllohu
AkbarФ, deyishimiz bilan Uning ishtirokida bo`lib qolamiz va Undan ko`nglimizga
sig`ganicha istaklar tilaymiz.
Bunday xo`jani (xo`jayinni) qaerda uchratsa
va topsa bo`ladi? Unga ogohsiz istagan zamonda kira olsak, Uning ishtirokida
xohlagancha bo`la olsak, nimani xohlasak o`shani ola bilsak, esak-ichsak va
kiysak, bundan ham buyukroq oliyhimmatlik biror erda mavjudmi?
Muhammad Abdu Ц Solih bu oliyhimmatlik haqida
quyidagicha sheТr bitibdi( uning erkin tarjimasi):
Men Allohga qul bo`lganim
uchun cheksiz buyukman,
Chunki U meni doim rad qilmasdan
qabul qiladi.
U ilohiy Buyuklik,
yuksaklikda tursa-da,
Men U bilan har joyda, har
doim uchrasha olaman.
УMen jin va insni faqat O`zimga ibodat
qilishlari uchungina yaratdimФ(51:56)-degan oyat sirlarining bir qismi ana shu sheТrda
bayon etilgan. Agar bu oyatni yana ham chuqurroq tahlil etsangiz va uning
maТnosini yanada yaxshiroq chaqsangiz undan ko`nglingiz yayraydi, hayratingiz
oshaveradi.
Din va
evolyutsiya.
Mening dinsiz hamrohim yana davom etdi:
-
Bizning zamonimizda, yaТni shu kunlarda
sizlarning ahvolingiz ancha murakkablashgan. Chunki fanning bugungi
muvaffaqiyatlari muhitida odamzodning zudlik bilan bir zumda yaratildi, degan
aqidani isbot qilmog`ingiz, uni ko`rsatmog`ingiz lozim bo`ladi. Sizlarning
tastig`ingizcha, Yaratuvchi bir parcha loyni oldi, uni izib aralashtirdi va
odam yasadi, unga pufladi va u odamga aylandi, qoldi. Bu ilmiy mantiqqa mutlaqo
mos kelmaydi-ku. Bugungi fan odamning paydo bo`lishi maТlum bir biologik davrni
o`taganligini ilmiy tasdiqlaydi. Bilasizki, odamzod hayvonot dunyosidan faqat
oilaviy tartib, tarz va tafakkur xususiyatlari bilan farq qiladi. Odam va
maymun etti avlod burun aynan bir xil bo`lgan o`tmish avlodimizning
bolalaridir. Barcha hayvonlar anatomik jihatdan o`xshashdirlar. Bu fanda rad
qilib bo`lmas darajada tasdiqlangan.
Bu erda ko`tarilgan masala haqiqatan ham
ancha katta ilmiy munozara ekanligini to`la anglagan holda men ham unga javob
qilishga kirishdim:
- Eng
avval savolning o`zini biroz to`g`rilab qo`ymoq kerak bo`layapti. Odamning
paydo bo`lishini sen o`zingcha juda oddiy qilib ko`rsatmoqdasan. YaТni
seningcha, Olloh bir parcha loyni ola solib, uni izib aralashtirib odam
shaklini yasab, unga puflagan va odam tayyor bo`lgan qolgan. Yo`q, u masala
aslo bunday sodda emas. Olloh odamni darhol, ayni zamonda, zudlik bilan
yaratgani yo`q. Ha, darhaqiqat, QurТoni Karimda odamzod yaratilishi hikoya
qilinadi. Biroq u hikoya sening aytganlaringga mutlaqo mos kelmaydi. U muqaddas
Kitobda odam yaratilishi qadamma-qadam, davrlar davomida, uzoq bir ilohiy zamon
davomida amalga oshirilgani haqida so`zlanadi. QurТoni Karimda hatto odamni
bevosita loydan yasaldi deyilmaydi, balki loydan chiqqan o`tmishdan paydo
bo`lgani haqida aytiladi, yaТni unda, У(Qasamki), Biz insonni (yaТni Odam
alayhis-salomni) loyning mag`zidan yaratdikФ(23:12)-deb keladi.
а
Odam yaratilishining boshida hech edi.
УAniqki, insonning ustiga zamondan u tilga olgulik bir narsa bo`lmagan
vaqt-muddat ham kelgandirФ)76:1).
Odamning yaratilishi qadamma-qadam bo`ldi,
dedik. Mana masalan, УNega sizlar Ollohni ulug`lashni (yaТni Unga ibodat
qilishni) o`ylamaysizlar? Holbuki, U zot sizlarni bosqichma-bosqich
yaratdi-ku!Ф(71:13-14). УAniqki, Biz sizlarni yaratdik, so`ng sizlarga surat
berdik, so`ngra parishtalarga: УOdamga sajda qilinglarФ-deyishimiz
bilan ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilardan bo`lmadiФ(7:11).
УEslang, Parvardigoringiz parishtalarga degan edi:
УAlbatta, men loydan bir odam yaratuvchidirman, Bas, qachon uni rostlab, unga
O`z ruhimdan puflab jon kirgizganimdan so`ngа
unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglarФ(38:71-72). Bundan
ko`rinayaptiki, odamni yaratishda davrlar o`tdi. Qarang, avval yaratiladi,
so`ngra Уrostlanadi, undan keyin ruhdan jon kiritiladi va h.k. Bu ketma-ketlik,
yana, so`ngra davrlarni, zamonlarni o`z ichiga oladi, axir. Har bir Уso`ngФ
millionlab yillardan iboratdir. У... Darvoqe, Parvardigoringizning nazdida bir
kun(lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga
barobardir.Ф(22:47)-deyiladi Allohning Kitobida.
Ana shundan so`ng odamzotning yaratilish
davrlarini va bosqichlarini kuzatib boqchi, QurТoni Karimda nima deyilayapti,
yaТni, УU insonni (yaТni Odamni) dastavval loydan yaratdi. So`ngra uning nasli
avlodini haqir bir suvdan iborat bo`lgan nutfadan paydo qildi. So`ngra uni (inson
qilib) rostlab, ichiga O`z (dargohidagi) jondan kiritdi. U zot sizlar uchun
quloq, ko`z, dillarni paydo qildiФ(32:7-9)-deyilmoqda bu ilohi Kitobda.
Ko`rayapsanmi, avval boshda loy, undan so`ng
arzimas suvdan nasl, avlod-bular barchasi odam yaratilishining ilk boshlanishi,
yo`qdan (hechdan) yaratilmoqda, aks holda u haqda biror gap aytilardi; undan
so`ng rostlash, shakl berish, so`ngra jon kiritish, ana shundan so`ng
unda(odamda) eshitish, sezish boshlandi va nihoyat odam tayyor bo`ldi. Bu
jarayonda odam uzoq bir davr davomida eng so`nggi bosqichda jonli, tafakkurli
zot shaklida gavdalanayapti. УLoy olindi-yu, unga pufladiФ va odam tayyor
bo`ldi qoldi bo`lmayapti-ku, bu erda. а
УOlloh sizlarning (otangiz Odamni) erdan
undirib o`stirdiФ(71:17). Bu bilan odam o`sishining ilmiy jarayoni barcha davr
va zamonlari bilan ko`rsatilayapti. Bu erda chigal joyi bitta, yaТni davr,
bosqichlar nimadan iborat? Va hayot daraxti faqat bitta otadanmi, kabi
masalalar bor.
Barcha jonli mavjudotlar kimyoviy tarkib
jihatidan loydan tashkil topgan. Va ularning hammasi bu dunyodagi (yorug`
dunyodagi) hayotini o`tagandan so`ng, yaТni ular o`lganlaridan so`ngra
o`zlarining ibtidoiy asoslariga tuproqqa aylanadilar. Bu masalada munozaraga
o`rin yo`q. Ammo УotaФ so`zida biz shunday bir maТnoni tushunamizki, u so`zsiz
loy asosdan kattaroq buyukroqdir. Bundan shunday bir masala chiqadi: eng
boshlang`ich, ilk kletka(hujayra) loydan paydo bo`ldimi, undan tug`ildimi?
Shunday qilib, paydo bo`lib, tug`ilib, so`ngra ko`payib, barcha jonli
mavjudotlarning va o`simliklarning kelib chiqishiga sabab bo`ldimi? Yoki o`sha
ibtidoda ko`plab boshlanishlar bo`lgan edimi? Har tur uchun alohida ibtido,
masalan, o`simlik uchun bir ibtido, jonli mavjudotlar rivojlanishining
ibtidosi, mayda suv jonivorlari (gubki) uchun alohida , boliq uchun alohida,
bir-biriga qo`shilib-aralashib ketishgan jonivorlar uchun ham, qushlar, odamlar
va h.k uchun ham alohida-alohida ibtidolar bo`lganmi?
Odamzod o`zining alohida olingan ibtido va
o`tmishiga ega. Shuningdek, hamma jonli mavjudotlar ham o`zlarining alohida
avlodi va o`tmishiga egadirlar.
Jonivorlarning barcha turlari anatomik
jihatdan yagonaligi, ularning har biri o`z ibtidosiga ega bo`lganligini rad
qila olmaydi. Aksincha u boshqacha bir xillilikni, yaТni hamma turlarning va
sinflarning Yaratuvchisi Yagonaligini ko`rsatadi. Chunki ular barchasi bir xil
materialdan yagona usul va rejaga asosan yaratilgan. Bu esa, ularning
shak-shubhasiz Yaratuvchisi Yakka-Yagonaligini isbot etadigan dalildir.
Turlarning anatomik yaqin va o`xshashliklaridan kelib chiqib, ularning ilk
hujayradan paydo bo`la boshlagandi, deb xulosa qilib bo`lmaydi.
Mana bu hayotiy(dunyoviy) misolga bir nazar
solgin-a. Masalan, ko`chalarni to`ldirib turgan transport vositalarini olaylik.
Ular juda xilma-xil, qo`lda itarib (tortib) yuradigan aravachami,
tranvay-avtobusmi, poezd-uchoqmi, ularning barchasi geometrik jihatdan
bir-biriga juda o`zshash shakllardan, konstruksiyalardan iborat. Ammo ularning
hammasi bir xil konstruksiyadan yoki yagona geometrik sxemadan kelib chiqdi,
deb bo`lmaydi-ku. Darhaqiqat, ularning barchasi inson tomonidan
yaratildi(yasaldi), u insonning kashfiyotlaridir.
Qo`lda tortib (itarib) yuradigan aravacha o`z
ichki qonuniyatlariga ko`ra avval faetonga, keyinroq ford mashinalariga, undan
so`ngra poezdlarga aylanish va h.k. sodir bo`ldi, deya olmaymiz, axir.
Chindan ham shunday bo`lgani yo`q. Itarib yuriladigan aravacha bugun ham
o`sha-o`shaligicha qolayotir. Zamonlar o`tishi sayin avloddan avlodga o`ta
borib, bir-biridan qobiliyatliroq kashfiyotchi va injenerlar oldida yangi-yangi
g`oyalar paydo bo`lib, ular sekin Ц asta xilma-xil konstruksiyalarga ega bo`la
boshlashdilar. Bu shakl va konstruksiyalar kashfiyotchilar fikrlarida mustaqil
ravishda paydo bo`ldi va rivojlandi, mukammallashdi.
Darvin o`z talimotini bayon etayotib, u
tushib qolgan choh va o`nqir-cho`nqurlarni ko`rganmisan? Qara, Darvinning
УTurlar asoslariФ kitobini birgalashib qarab chiqaylik. Darvin УBiglФ kemasida olam
sayohati uyushtirdi va o`sha sayohat natijasida u barcha tirik jonivorlar
anatomik tuzilishi jihatidan bir xil, degan xulosa chiqardi. Bu Darvinning
birinchi kashfiyoti edi. Ko`pchilik umurtqali hayvonlarda skelet sxemalari bir
xildir. Maymunlarning qo`llari, qushlarning qanotlari bilan bir xil,
shuningdek, ko`rshapaloqlarda ham shunday. Ularning suyaklari solishtirilganda,
ular ham uncha farq qilinmasliklari aniqlangan. U suyaklarning har qaysisi mos
jonivorlarda o`ziga xos maxsus harakatlarni (funksiyalarni) bajarishga
mo`ljallangan. Masalan, qushlarning suyaklari (ular uchadigan bo`lganlari
uchun) yupqa, engil, yoyiq (yassi), yuqorgi qatlami patlar bilan qoplangan.
Jirafa bo`ynining uzunligi to`g`risida qanchalar afsonalar to`qilishiga
qaramasdan, unda ham faqat ettita umurtqa suyagi borligini bilamiz. Qarang,
odam bo`ynida ham shuncha umurtqa suyagi bor ekan. Tipratikanning bo`yni
bormi-yo`qligi umuman sezilmaydi, ammo unda ham suyaklar soni ettita. Odam
qo`li besh barmoqlidir. Maymun, quyon, qurbaqa, kaltakesak (echki emar)da ham
xuddi shunday beshtadan barmoqlar bor.
Hamlasini ko`tarib yurish muddati kitda,
maymunda va odamda to`qqiz oyni tashkil etib, bolalarini ikki yil emizadilar.
Maymunlar dumidagi umurtqa zvenosi - bu
odamlarda dumg`aza shaklida mavjud. O`sha odamdagiа УdumФning muskullari odamzodda mustahkam
dumg`azaga aylangan.
Odamning, kaptarning, quyon, eshak, otlar
yuraklarining har biri to`rttadan qorinchalarda(xaltachalar)dan tuzilgan
bo`lib, arteriya tormoqlanish plani va kanallari aynan bir xildir. Ularning
barchasida ovqat hazm etish apparatlari aynan o`xshash va yagonadir.
Shuningdek, ularning jinsiy sistemalari ham o`xshashdir. Ularda siydik
sistemasi, buyrak, siydik manbai(siydik to`planish joyi, siydik xaltasi),
qovuqdan iborat. Nafas sistemasi ham bir-biriga juda o`xshash. Suv va
quruqlikka moslashgan jonivorlarning o`pkalari boliqlarning suzish
po`pakchalariga o`xshashdir.
Mana shunaqa, ajoyib bir o`zaro mosliklarni
ko`rib, sezib qolgan Darvin tabiiy ravishda er yuzidagi barcha tirik dunyo bir
oilaga mansub, degan xulosaga keldi qo`ydi. Ammo uzoq zamonlar davomida
atrof-muhitning taТsirida ularda turlarga bo`linish yuz berdi, deb xulosa
chiqardi, Darvin. Shunday qilib, u ketma-ket xulosalar qilaverdi. Masalan, kit
Muz okeanida makon tutgani uchun qalin yog`dan iborat УpoltoФ kiydi, ayiq esa,
issiq po`stinga o`randi. Changalzorlarda yashovchi odamlar quyoshning jazirama
issig`iga qarshi qop-qora teri УkiyibФ olishdi. Bu teri go`yoki ularni issiqdan
saqlovchi zont vazifasini bajaradi. G`orlarda yashovchilar ko`rish qobiliyatini
yo`qotishgan. Chunki ular bunga (ko`rishga) muhtoj emaslar. Cho`llarda
yashovchi jonivorlarda esa, ko`rish xususiyati juda rivojlangan. Uzoq zamonlar
davomida asta-sekin rivojlanish jarayonida jonivorlarning qo`l-oyoqlari suvda
yashab qolganlari uchun suzish elementlariga, osmonga
ko`tariluvchilar(uchuvchilari) uchun qanotlarga, erda yashab qoluvchilar uchun
esa, oyoq va qo`llar bo`lib qoldilar, singari xulosalar eТlon qilindi.
Endi inson hamlasi rivojlanish jarayonini
(evolyutsiyasini) bir kuzatib boqaylik-chi. Hamla endi paydo bo`lgan ilk
zamonda burun teshiklari bilan nafas oladi, so`ngra ular yopilib, o`pka bilan
nafas ola boshlaydi. MaТlum bir zamon davomida uning dumi ham bo`ladi. Bir
muddat o`tkach u dum yo`qoladi. Undan so`ng u junlar bilan qoplanadi. so`ngra u
bularning barchasidan tozalanadi va nihoyat top-toza odam bolasi yorug` dunyoga
keladi.
Erning tosh qatlamlarini qazib, ularning
ketma-ketligini kuzatsa bo`ladi. U ketma-ketlik tirik mavjudotda biri paydo
bo`lib, boshqasi tugab ketishini, bir hujayralilarning ko`phujayralilarga
almashini, undan so`ng malyuskalarga, keyin mayda boliqchalarga, ulardan
boliqlar va quruqlikda yuruvchilar, sudralib yuruvchilarga, uchadigan va
sutemizuvchilarga, nihoyat odamlarga rivojlanishidan darak beradi.
Darhaqiqat, bunday xulosalar chiqarib, Darvin
ancha mukammal yutuqqa erishdi. U tirik mavjudot turlari orasida anatomik
o`xshashlik nazariyasini ochdi. Buni rivojlanishning qonuniyatli jarayoni, deb
atab u juda to`g`ri ish qildi. Ammo u bu qonuniyatlarni tushuntirishda chuqur
xatolarga yo`l qo`ydi. Darvin ketma-ket rivojlanish qonunlarini ko`rsatishga
urinib, uni ifodalashda xato yo`lga tushib qoldi.
Ketma-ket rivojlanish jarayoni Darvin taxminicha jonivorlar turlarining yashashi uchun stixiyali kurashi bilan tugaydi. Bu kurashda tanlash o`z-o`zidan tabiatan yuz beradi, yaТni zaiflar tugab, kuchlilar yashab qoladi. Shuning uchun yashab qolganlari hayotga ko`proq moslashgan, chidamli va kuchliroq, ular o`z turlarini, avlodlarini davom etkazish imkoniyatlariga ega.
Yaxshi, bu taТlimot hayotda faqat kuchlilar
yashab qolgan, deb tasdiqlayotgan bo`lsa-yu, ammo hozir ham, bizning kosmik
zamonimizda ham bemalol yashayotgan nihoyatda zaif, ammo cheksiz nafs, go`zal
jonivorlarning mavjudligini qanday tushuntirib bo`ladi. Rang-barang kapalaklar
yashashga moslashishlari jihatidan, oq qanotli(chaykalardan)lardan hech bir
farqi yo`q. Kapalaklar chaykalardan kuchli emasliklari aniq, chaykalar
suyakli(skletli), kapalaklar suyaksiz(skletsiz) jonivorlardir. Bu erda
masalaning mohiyati ularning go`zalligida, ular atrof-tuvarakni chiroyli,
go`zal etishga xizmat qilishidadir. Masala mana shunday qo`yiladigan bo`lsa,
materialist taТlimot birdaniga o`z suyanchini yo`qotadi, u asosidan ajraladi.
Mana shundan so`ngra eshaklar oilasida nima
uchun otlar ham yashab qolganini (ot eshakdan zaif); yovvoyi echkilar oilasida
nozik tabiat go`zal ohuning saqlanishini qanday tushunib bo`ladi? Endi biz,
olashaqshaq va tovusda patlar bor, ammo nima uchun tovus pati va qanotlari
buncha go`zal, chiroyligini qanday anglab etamiz? Kapalaklarning
rang-barangligi, hech kimsaga zararsiz chiroyga egaligini aytmaysizmi.
Bularning barchasida nozik did mohir Rasomning, buyuk va dono Ustoning qo`li
borligi ko`rinib turibdi.
Bularning barchsida biz, yashab qolish uchun
ayovsiz kurashlardan, tartibsizlik, vayronaliklar qoldiradigan stixiyali
urushlardan o`tgan qo`pol ishlarning natijasini emas, balki Buyuk Dohiyning
go`zal ijodini, qudratini ko`rib turibmiz.
Evolyutsiya taТlimotida Уsakrashlar
nazariyasiningФ tashabbuskori ikkinchi xatoga ham yo`l qo`yadi. Bu erda
УsakrashФ-bu avlodlarda rejalashtirilmagan aralashib ketishlar, erkak va
urg`ochi hujayralarning qo`shilib ketishlari, xromosomalar arashishi natijasida
ko`zda tutilmaganda yangi turlarning paydo bo`lib qolishidir.
BaТzida bu yangi turlar foydasiz bo`lib,
patologik jihatdan tug`ma kamchiliklarga ega va nogiron bo`ladilar, baТzida
juda foydali, masalan, suvda suzuvchilarning yassi qo`llari kabi. Tabiat bu
yangi turga zarur sharoit yaratadi, uning yashab qolishiga ko`maklashadi,
zarurati bo`lmaganlari, foydasizlarining tugab ketishiga yordam beradi.
Sakrash nazariyasi yangi turning hayotga tayyorgarlik
jarayonini va tabiiy tanlashni to`la rad etadi va yaxshi o`ylanmagan asosga
suyanadi. Bu uning asosiy kamchiligi va xatosidir.
Bizning atrofimizni o`rab turgan
ajoyibotlarni tushunib etmoq uchun bu nazariyani asos sifatida qabul qilish
mumkin emas.
Iskabtopar tuxumini qamishga qo`yadi. Har bir
tuxumda suvga cho`kib ketmaslik uchun ikkita po`pakchasi bo`ladi. Bu
hasharotga(iskabtoparga) Arximed qonunini kim o`rgatibdiki, u tuxumlarining
suvga cho`kib ketmasligini avvaldan taТminlab qo`ymoqda.
Sahroda o`sadigan o`simliklarning urug`lari
(danaklari) odatda qanotli bo`ladi. Chunki urug`lar boshqacha bo`lsa, ular
uzoq-uzoqlarga uchub keta olmaydi. sahroning boshqa joylarida yana shunaqa
o`simliklarning o`sishi qiyin bo`ladi. Sahro o`simliklariga o`rug`larini
shunday yo`l bilan tarqatishni, sahro o`simliklarining keng hududda o`sishini
taТminlashni ularga kim o`rgatdi ekan?
Chiroyli tikanlari bilan hasharotlarni o`ziga
jalb etib, ular bilan ozuqlanadigan o`tlar (alaflar) bor, bu dunyoda. Bunday o`t-alaflarning
xususiyat Ц qobiliyatlari va sifatlari, bilimlari qaysi aql bilan yaratilgan,
qanaqa УsakrashФ nazariyasiga moslasa bo`ladi? Biz bu erda fikrlovchi, kashf
etuvchi, yaratuvchi, hayot yo`llarini ixtiro etguvchi, barcha narsani qamrab
olguvchi Aqlning qarshisida turibmiz. Buyuk donishmand, Dono Yaratuvchisiz
bunday kashfiyotni, ixtironi tasavvur etishning imkoni yo`q.
У... Parvardigorimiz barcha narsaga o`z
xilqatini-shaklini ato etib, so`ngra (uni) to`g`ri yo`lga solib qo`ygan
zotdirФ(20:50)-deyiladi QurТoni Karimda.
УXromosomalar xaritasiФ nomi bilan ochilgan
kashfiyotlar Darvin taТlimotiga uchinchi to`siqni keltirib chiqardi. Endi,
bugun har bir turning o`ziga, faqat o`ziga xos xromosoma xaritasi borligi aniq.
Bundan ko`rinadiki, bir tur ikkinchisidan kelib chiqishi mumkin emas. Chunki
ularning xromosomalari bir-biri bilan aralasha olmaydi.
Bulardan keyin Darvin taТlimoti boshi berk
ko`chaga kirib qolgani maТlum bo`ladi. Haqiqatan, hayvonlar anatomik jihatdan
o`xshash bo`lsalarda, bu bilan Darvin taТlimotini isbot etib bo`lmaydi.
Hayotda evolyutsion jarayon ham haqiqat, ammo
uning bosqichlari va evolyutsion holati aniqlanmay qolmoqda. QurТoni Karimda
esa, evolyutsiya haqida juda yaxshi aytib qo`yilgan. Yaratilishning (odam
yaratilishining) bosqichlari ham ko`rsatilgan. Eslang, rostlash(turg`izish),
jon ato qilish va h.k. Fan hali bu bosqichlar, odam yaratilishi davrlari haqida
aniq xulosalar qila olganicha yo`q. Bu sohada ilmiy tadqiqotlar hali oldinda.
У... U insonni (yaТni odamni) dastavval
loydan yaratdi. So`ngra uning nasli avlodini haqir bir suvdan iborat bo`lgan
nutfadan paydo qildi. So`ngra uni(inson qilib) rostlab, ichiga O`z (dargohidan)
jondan kiritdi. U zot sizlar uchun quloq, ko`z, dillarni paydo qildiФ(32:7-9).
Ko`rayapsizmi, odam yaratilgandan so`ng eng avval uning avlodlari, nasli,
quloqsiz, ko`zsiz va dilsiz(qalbsiz) haqir(arzimas) bir tomchi suvdan
chiqqanligini ko`rsatish bilan bu oyat ahamiyatli va qimmatlidir. Darhaqiqat,
odamga jon kiritilgandan so`ng eshitish va ko`rish kelayapti, bu odam
yaratilishining so`nggi, oxirgi bosqichi hisoblanadi. Bu xulosa boshqa barcha
nazariyalarga nisbatan mantiqqa mos ishonchliroqdir.
УAniqki, insonning ustiga zamondan u tilga
olgulik bir narsa bo`lmagan vaqt-muddat ham kelgandir.Ф(76:1).
Bu nazariya qaysi ilmiy taТlimotdan orqada
qoladi yoki qanday ilmiy xulosaga to`g`ri kelmaydi? Haqiqatda ham bu masala
hali hal bo`lganicha yo`q. U hali jumboqligicha qolib turibdi. Hozircha hech
kim asl haqiqatni topganligini tasdiqlay olmaydi. Aslida biz o`ylayotganday ham
bo`lmagan, jarayon unday o`tmagan, shuningdek, olimlar tasavvur etayotganday
ham bo`lmagan bo`lishi ham mumkin. Masala hali echilmagan, u munozara va
muhokama uchun, o`rganish uchun ochiq qolmoqda. Fan bu masalada nimalar demasin,
ular barchasi farazlardan (gipotezalardan) nariga o`ta olganicha yo`q.
ааа
УAllohdan
o`zga ilohiyot yo`qdirФ so`zlarining maТnosi.
Mening dinsiz suhbatdoshim savollar,
masalalar qo`yishda charchamaslik-ka harakat qilardi. U nabatdagi savolga
o`tdi:
- УOllohdan
o`zga ilohiyot yo`qdirФ, degan tasdiqning ahamiyatini juda oshirib
yubormoqdasilar, desam menga qo`shilarsan. Bu so`zlarni siz go`yo barcha
qulflarga kalit (ochqich) singari ishlatasiz. Sizda shu kalimalar ila o`liklar
ko`miladi, shu kalimani takrorlab yangi tug`ilayotgan go`dak kutiladi, shu
so`zlar ila muhr bosiladi, shu kalimalarni tumor qilib osib yuriladi, shu
kalima bilan shiorlar bezatiladi, shu kalima devorlarga osib qo`yiladi. Shu
kalimalarni takror-takror aytib yurganlar jahannam azobidan qutiladi, deb
tasdiqlaysiz. Bu kalimalar nima o`zi, ular yovuz ruhlarni qamab qo`yiladigan
maxsus ko`zacha yoki sehrlangan(tilsimli) tumormi? U kalimalarni yuz ming marta
takrorlagan kimsa, albatta jannatiy bo`ladi, deb tasdiqlaysilar. O`zlaring
maТnosiga borib etmaydigan, Уta sin minФ, Уalif lam mimФ, Уkaam mimФ, Уalif lam
raaФ kabi harflar ketma-ketligini ilohiy bilasilar, ana shular silarni
jahannamdan qutqaradi, deb ishonasilar. Mana masalan, men ham УOllohdan o`zga
ilohiyot yo`qdirФ, dedim. Nima, shunday qilib men qiyomat jazosi(azobi)dan
qutulib qoldimmi? Sizlar shu erda ishtiroq etuvchilar guvohsiz, men o`sha
so`zlarni takrorladim, bo`ldimi? Demak, hamma narsa hal bo`ldi, menga jannat
tayyor, shundaymi? а
Ey, g`ofil banda, sen bir muhim narsani
tushunmayapsan. U kalimalar barcha yumushlari va borligi bilan Ollohga ishonch,
iymon keltirgan kishilarga qaratilgan, chin iymonlilarga mo`ljallangandir.
Faqatgina tilda УOllohdan o`zga ilohiyot yo`qФ, degan bilan maqsad hal
bo`lmaydi. U so`zlarni takrorlash kishining hayotiy (turmush) dasturi va kunlik
rejasiga aylanishi zarur. Kel, endi bir bu kalimalarning ahamiyatini,
qimmatini, maТnosini tahlil qilib ko`raylik-chi. УOllohdan o`zga ilohiyot
yo`qdirФ, deganimizda Ollohdan boshqa iloh yo`qligini tushunamiz, albatta.
УYo`qdirФ va Уo`zgaФ hamda tasdiq va inkor o`rtasida butun bir ishonch turibdi.
УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ-kalimada Уyo`qФ inkor so`zi ilohiylikni dunyodagi
barcha salbiy narsalarni ajratib, uni qo`rqlaydi. Hamma narsadan, bizning
qalblarimiz, ko`ngullarimiz sig`inadigan narsalardan, yaТni salbiy havas,
manfaatparastlik, tamagirlik, buyruq berishga mayillik, zolimlik, yaramas
istak, maТnaviyatsizlik kabi xislatlardan saqlaydi. Biz УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ,
deb o`sha salbiy xislatlarning barchasi Уyo`qФ, deymiz, u salbiylarga, sizga
sig`inmaymiz, siz Ollohdan uzoqsiz, deymiz. Ana shundan so`ng biz o`sha
narsalarni orzu qiluvchi, istovchi qalbimizga doim Уyo`qФ, deymiz . Chunki
inson ko`pincha qalbi xohishiga, uning ehtiroslari, odatlari,
hafsalasi(kayfiyati), talanti(qobiliyati), shuhrati va aqliga bo`ysunuvchi
bo`ladi. Kishi baТzida juda kekkayib, odamlarning taqdiri, jamiyatning
ochqichi(kaliti) qo`limda, ular faqat menga bog`langan, deb g`aflatga botib
qoladi. Shunday qilib, kishi baТzida qalbini Ollohga tenglashtirib qo`yganini
sezmay qoladi. Biz ana shunaqa qalblarga, Уyo`q, biz senga sig`inmaymiz, sen
Olloh emassan deymiz. Biz direktorlarga, raislar va shularga o`xshashlarga,
Уyo`q, sen Olloh emassanФ, deymiz.
УXudoФ(tangri) so`zining maТnosi, uning
ahamiyati, u harakatlanuvchi, harakatdaligidadir. Harakatda faqat Ollohning
O`zidir. Qolganlarning barchasi sabab va vositachi-vositalardir. Direktor,
ministr, rais, mulk-boylik, mansab, lavozim, hukmdorlik, aql va qobiliyatlari
bilan qalblarning barchasiga Уyo`q, sen xudo emassanФ, deb ularni rad etamiz.
Ammo har doim Уo`zgaФ so`zini qo`shib bitta istisno qilamiz va Buyuk Ollohning
kuchi va harakatini tasdiqlaymiz. ana shu Уyo`qФ va Уo`zgaФ, inkor va tasdiq
orasida to`la asos joylashgan. Shu sababdan kimki, moddiy boyliklar to`plash,
laganbardorlik, xushomadgo`ylik bilan band bo`lsa, ehtiroslarini qondirish,
ovinishlarga mahliyo bo`lish, o`z aqliga va fikrlariga alohida hurmat bilan,
berilish bilan ovora bo`lib qolsa, u kishi ana o`sha ilohlarga Уyo`qФ, deya
olmagan va natijada o`sha УxudochalargaФ sig`inayotganini o`zi ham sezmay
qolgan bo`ladi. Bunday kishilar УAllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deyayotganda
ular aniq yolg`on so`zlaydilar. Ular faqat tillari bilan go`yo to`ti qushlar
kabi chuldiramoqdalar.
Haqiqatda esa, so`zlar chuqur qalbdan
aytilib, qo`l va oyoqlar harakatlari bilan tasdiqlashi lozim.
УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, iborasi
o`z-o`zidan hech qanday nazoratsiz, Ollohning izmidan tashqarida
harakatlanadigan hech narsa yo`q, degan mantiqni anglatadi. U Yagonadir. Faqat
Uning qahridan qo`rqish mumkin, faqat Undangina mehr Ц shafqatlar kutish
mumkin. Hamma narsaga Yakka U O`zi munosib, loyiqdir. Kasallikdan,
mikroblardan, militsiya tayoqchalaridan, davlat harbiylaridan qo`rqib, u o`ylab
chiqargan ilohlarga Уyo`qФ, deya olmaganlar, ularga sig`inishlarini davom
ettirishgan va ularni (soxta ilohlarni) o`zining Yagona Yaratuvchisiga sherik
etgan bo`ladi. Bu aslo mumkin emas.
Unday odam УOllohdan o`zga iloh yo`qФ, deb
tilda takrorlayotgan bo`lsa-da , u yolg`on so`zlamoqda. УOllohdan
o`zga iloh yo`qdirФ-deyish, chin qalbdan Ollohga vaТda berish, o`ziga uni qonun
etib qabul qilish, uni o`z o`zgarmas shioriga aylantirish, uni hayot dasturiga,
harakat maqsadiga aylantirib o`sha so`zlarga amal qilib, ishlamoq va yashamoq,
demakdir. Ana shunday shior bilan harakat qilgan kishiga u haqiqatan tumor
bo`ladi, unga barcha eshiklar ochiladi, u kishini bu dunyo, u dunyoda saqlaydi,
jannatga ham eshik ochiq bo`ladi. Ammo uni quruq tildagina takrorlash mutlaqo
foydasizdir.
УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ-deyishning
maТnosi uning falsafiy talqinidan ham yuqoriroq, ko`proqdirki, u Ollohning
Yagonaligini ifodalamoqda va shu sabab unda sirlar ko`pdir.
Doktor Zaki Mahmud, УOllohdan o`zga iloh
yo`qdirФ, deb tasdiqlash tubandagi uch asosga suyanadi, deb ko`rsatadi:
1.
guvohlik beruvchining ishtirok etishi,
2.
guvoh bo`luvchi ham bo`lishi,
3- guvohlik aytilayotganda uni tinglovchi
kishilarning ishtirok etishlari zarur ekan.
а
Demak, УAllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deb
tasdiqlovchi bu so`zlarni aytayotganda, uning aytganligini tasdiqlovchi
kishining bo`lishi va shunday guvohlik amalga oshirilayotganda uni tinglab
o`tirgan boshqa kishilarning qatnashmoqlari ham zarur ekan. Ana shundagina siz
УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deb guvohlik bergan bo`lasiz. Ana shundagina siz
Ollohning, shaxsning va qolgan barcha modiy dunyoning mavjudligini tasdiqlagan
bo`lasiz. Islom ana shu xususiyati bilan idealistik va materialistik falsafani,
uning o`ngu-soluni rad etadi va ularning naq o`rtasini tanlaydi.
Islom idealistik falsafani ham rad etadi.
chunki bu falsafa bizning bilishimizdan tashqarida borliq va obТektiv bilimlar
borligini tan olmaydi. Idealistik falsafaga muvofiq barcha narsalar tushda xayolda
kechayotgandek, deb hisoblaydi. Masalan, sen(odam), radio, ko`cha, jamiyat,
gazeta, urush-bular barchasi misoli tushda, xayolda, ongimizda, tasavvurda
bo`layotibdi, bizni o`rab turgan dunyo, borliq go`yo yo`qdir.
Idealistlarning bu taТlimotini islom qabul
qilmaydi, uni rad etadi. Shuningdek, uning Allohning borligi haqidagi
guvohligini ham islom rad etadi. Chunki biz Ollohni, shaxsni va boshqa barcha
moddiy dunyoni, u - narigi dunyoni ham mavjud, deb ochiqdan-ochiq tasdiqladik.
Islom materialistik falsafani ham tan
olmaydi.Chunki bu falsafa Ollohni va narigi dunyoni yo`qqa chiqarib, faqat
moddiy borliqqa suyanadi. Islom real falsafani olg`a suradi va real
fikr-mulohazalarga suyanadi. Islom, butun obТektiv dunyo va Ollohning
mavjudligi taqozo qiladigan boshqa barcha boyliklar birgalikda mavjud, deb
hisoblaydi, ularning barchasini real, deb biladi. Islom o`ng va so`l fikrlar
bilan ifodalanadigan dialektikani yagona falsafaga birlashtiradi. Bu esa, o`z
navbatida har bir fikrni, mulohazani mustahkamlashni talab etadi.
УFarazu-taxminga qurilgan nuqtai nazarФ haqiqatga asoslana olmasligini yoqorida
eslatib o`tgandik.
УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, iborasi
o`z-o`zidan hech qanday nazoratsiz, Ollohning izmidan tashqarida harakatlanadigan
hech narsa yo`q, degan mantiqni anglatadi. U Yagonadir. Faqat Uning qahridan
qo`rqish mumkin, faqat Undangina mehr Ц shafqatlar kutish mumkin. Hamma narsaga
Yakka U O`zi munosib, loyiqdir. Kasallikdan, mikroblardan, militsiya
tayoqchalaridan, davlat harbiylaridan qo`rqib, u o`ylab chiqargan ilohlarga
Уyo`qФ, deya olmaganlar, ularga sig`inishlarini davom ettirishgan va ularni
(soxta ilohlarni) o`zining Yagona Yaratuvchisiga sherik etgan bo`ladi. Bu aslo
mumkin emas.
Unday odam УOllohdan o`zga iloh yo`qФ, deb
tilda takrorlayotgan bo`lsa-da , u yolg`on so`zlamoqda. Ollohdan o`zga iloh
yo`qdirФ-deyish, chin qalbdan Ollohga vaТda berish, o`ziga uni qonun etib qabul
qilish, uni o`z o`zgarmas shioriga aylantirish, uni hayot dasturiga, harakat maqsadiga
aylantirib o`sha so`zlarga amal qilib, ishlamoq va yashamoq, demakdir. Ana
shunday shior bilan harakat qilgan kishiga u haqiqatan tumor bo`ladi, unga
barcha eshiklar ochiladi, u kishini bu dunyo, u dunyoda saqlaydi, jannatga ham
eshik ochiq bo`ladi. Ammo uni quruq tildagina takrorlash mutlaqo foydasizdir.
УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ-deyishning
maТnosi uning falsafiy talqinidan ham yuqoriroq, ko`proqdirki, u Ollohning
Yagonaligini ifodalamoqda va shu sabab unda sirlar ko`pdir.
УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deb guvohlik
berish - bu hayot (turmush) rejasi(plani) va chin falsafiy mulohazani
anglatadi. Shuning uchun sen oddiygina qilib, УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ,
deganingda yolg`on so`zlading. Boshqa tarafdan sen materialistsan,
materialistik falsafani tanlay turib, Yagona Ollohni tan olaman, deyishing - bu
ikkinchi yolg`ondir. Shunday qilib, sen birinchidan, o`z falsafangga qarshi
chiqayapsan, ikkinchidan, sen turmushingda bu guvohlikka zarracha ham mos
yashay olmaysan. Ollohning Yagonaligi va Mavjudligiga guvohlik bergan kishi
esa, o`z ustiga ulkan majburiyat olgan bo`ladi. Siz materialistlar bunday
majburiyatga chiday olmaysilar.
Endi, Уalif lam mimФ, Уkaf xaa yaya ayn soodФ
... harflarga kelsak, bu erda sendan ham bir karra so`rashga ijozat ber:
bilmaydigan, tushunmaydigan kimsalar uchun lagorifm, elektr energiyasini
to`g`rilash kabi tushunchalar bir jumboq bo`lib, ular hech narsani anglatmaydi,
hech bir ahamiyat kasb etmaydi. Ammo ularni biladigan, tushunadigan
mutaxassislar, ilm odamlari uchun esa, juda ahamiyatga egadir. Xuddi shu
singari bu harflarning ham mohiyatini tushunganlarga, u juda muhim ahamiyatga
ega.
Mening bu gaplarimdan qo`rqib tushgan
suhbatdoshim:
- E, bu
harflar mohiyati haqida biror narsa senga aniqmi?-deb yuborganini sezmay qoldi.
Men ham miltiqdan otilgan o`q kabi unga javob
qildim:
- Bu to`lqinlantiruvchi bir mavzu,
u munozara va muhakama talab qiladi. Bu mavzu haqida alohida gaplashishga
to`g`ri keldi.
KAFа XAAа
YaYaа AYNа SOOD
Men suhbatdoshimga dedim:
- Sen suralar boshlanishi oldidan, УkafФ,
УsodФ, Уalif lam mim!Ф-larni uchratib, ularni o`qib, lablaringni qimirlatishdan
boshqa ularga hech bir ahamiyat bermading, albatta. Qiziq, u harflarni o`qib,
sen qanday xulosaga kelding ekan? Bular maТnosiz bir safsata bo`lsa kerak, deb
o`ylading shekilli?
- YaТni
bu bilan nima demoqchisan? -dedi suhbatdoshim.
- YaТni
sen nima o`ylading, axir-dedim,а men.
- Sizlarning payg`ambarlaringiz silar
ustilaringdan kulgan, silarni masxara qilgan, deb o`yladim.
-
Yaxshi. Kel og`ayni, bu suralarning mazmunini, ularning matnini tahlil
qilaylik, ualrni yaxshilab tekshiraylik-chi, qani ular maТnosiz va payg`ambar
bizni ahmoq qilgan ekanmi yoki bu erda boshqacha gap bormi, ko`rinadi qoladi.
Mana, birorta uncha murakkab bo`lmagan surani olamiz. Masalan, УQofФ surasini
qarab chiqamiz va uning ustida bir tajriba qilib qaraymiz. Mazkur sura matnida
uchraydigan УqofФ harflarni sanasak, ular 57-ta ekan. Endi boshqa УMariyamФ
surasini olamiz. Chunki bu sura ham УQofФ harfi bilan boshlanadi. Ularni sanab boqsak,
bu erda ham 57-ta УqofФ harflari borligini ko`ramiz. Bu sonlarni qo`shsak,
57+57=114- soni kelib chiqadi. Qara, bu QurТoni Karimdagi suralarning umumiy
sonini bermoqda. Eslaysanmi, УQofФ surasi qanday boshlanib, qanday tugallanadi?
U suraning boshlanishi, УQof. Ulug` QurТonga qasamkiФ kabi bo`lib, УBas, ushbu
QurТon bilan Mening vaТdamdan qo`rqadigan kishilarga pand-nasihat qiling!Ф, deb
tugallanadi. Bunda УqofФ QurТoni Karimning bir ramziy bo`lib kelayotganini
ko`ramiz.
Shunday qilib, u ikki sura ichida uchraydigan
УqofФ harflari sonlari yig`indisi QurТoni Karimdagi suralar umumiy sonini(114)
bildirib kelmoqda. Ana shuning uchun ham suralar aynan o`sha harf bilan
boshlanmoqda. U o`sha sirga ishoradir.
- Bu
tasodifning o`zginasi-ku, deb hayron bo`ladi, bizning dinsiz suhbatdoshimiz.
- Unday bo`lsa tahlilni, tajribani davom
ettiramiz. Qani, bu tasodiflar qanchalar bo`lishi mumkin ekan?
Endi QurТoni Karimni to`la komputerga o`tkazamiz
va undagi barcha УqofФ harflarini sanab chiqamiz. Bu ish bilan УqofФ-larning
suralarda o`rtacha joylashish darajasini aniqlaymiz.
- Uhu,
buni ham qilganmisiz?
- Ha,
qilganmiz.
-
Natija qanday?
-
Elektron aqlning (komputer) ko`rsatishicha, УqofФ harflarining QurТon bo`yicha
o`rtacha joylashish darajasi, УqofФ bilan boshlanadigan suralardagiga nisbatan
past ekan. Bu ham tasodifmi?
-
Nahotki, hech ishonib bo`lmaydi!
-
УRaТd-mamaqoldiroqФ surasi Уalif lam mim paaФ harflari bilan boshlanadi.
EHM(Elektron hisoblash mashinalari) ko`ratdiki, bu surada, УalifФ-625 marta,
УlamФ-479 marta, УmimФ-260 marta, УpaaФ-137 marta uchrar ekan. Harflarning sura
boshida kelish tartibiga qarab ularning soni kamayib borishi ham aniqlandi.
Elektron aql u harflarning QurТoni karimda
o`rtacha joylashish darajasini ham aniqladi. Ularning УMamaqoldiroqФ surasida
o`rtacha arifmetik uchrash darajasi butun QurТon matnidagiga ko`ra yuqori ekan.
Xuddi shunday holni УBaqaraФ surasida ham kuzatamiz. Bu erda УalifФ-4592,
УlamФ-3204, УmimФ-2195 marta uchrab, ular ham kamayib borish
tartibida joylashganlar.
Bundan tashqari EHM-ning ko`rsatishicha bu
harflar surada joylashgan boshqa harflarning o`rtacha uchrashiga nisbatan
ko`proq ekanligi ham aniqlandi.
УalifФ, УlamФ, УmimФ harflarining УOl-i
ImronФ surasida joylashishi ham yuqoridagi tartibga aynan o`xshaydi. Bu surada
masalan, УalifФ-2578, УlamФ-1885, УmimФ-1251 marta kamayib borish tartibida
joylashib, ular boshqa harflarga nisbatan surada ko`proq uchraydilar.
Aynan shunday hol УAnqabutФ surasida ham
saqlanadi. Bunda, УalifФ-784, УlamФ-554, УmimФ-344 marta uchraydi. Bu
harflarning surada uchrash darajasi boshqa harflarga nisbatan bu erda ham
yuqoridir. УRumФ surasida, УalifФ-547, УlamФ-394, УmimФ-318 marta uchrab, bu
erda ham yuqoridagi tartibni kuzatamiz.
Bu harflar bilan boshlanadigan, Makkada nozil
bo`lgan suralarning barchasida mazkur harflar soni qolgan boshqa Makkada nozil
etilgan suralarda uchraydigan bu xil harflardan ko`pdir. Madinada nozil bo`lgan
suralarda ham shu xususiyat saqlanadi.
УAТrofФ surasi boshlanadigan Уalif lam mim
soodФ harflari xuddi Уalif lam mimФ-larga o`xshashdirlar.
Shuningdek, УMariyamФ surasidagi Уqof, xaa
yaya ayn soodФ harflarning o`rtacha uchirash darajasi boshqa Makkada nozil
bo`lgan suralardagiga nisbatan yuqoridir. Уhom mimФ harflari bilan
boshlanadigan suralar bir erga yig`ilsa, ulardagi bu harflarning suralarda
o`rtacha uchrash darajasi boshqa Makkada nozil bo`lgan suralardaidan ko`pdir.
Shuningdek, УsoodФ va Уto`siqФ(yaТni УaТrofФ) kabi ikkita sura УsoodФ harfi
bilan boshlanadi. Ular birin-ketin nozil etilgani bizga maТlum. Shu suralardagi
o`sha harflarni yig`sangiz ularning soni QurТoni Karimdagi boshqa barcha
suralardagidan ko`p ekanligini ko`rasiz.
Shunga o`xshash, УIbrohimФ, УYusufФ, УYunusФ,
УHujurotФ, УHudФ suralari ham Уalif lam paaФ harflar bilan boshlanadi. Bu
suralarning to`rtalasi ham navbatma-navbat, birin-ketin nozil qilinganlar.
Ulardagi ana o`sha harflarni yig`sangiz EHM ko`rsatishicha ularning u suralarda
arifmetik o`rtacha uchrashi QurТondagi qolgan Makkada nozil bo`lgan
suralardagidan ko`pdir.
УYa sinФ surasida ham shunaqa belgilar bor.
Ammo bu erda teskari tartibdadir. Chunki УyaФ harfi arab alfavitida ham oxirgi
harf hisoblanadi. Shuning uchun bu surada УyaФ va УsinФ harflarining uchrash
darajasi QurТondagiа boshqa suralarga
nisbatan pastdir.
Bu faktlarni eshitayotgan suhbatdoshim chuqur
sukutga ketgan edi. Ammo men davom etardim.
- Bularning barchasi men o`ylab chiqargan uydirmalar
emas. Bu tajribani Misrli olim Rashad Xalifat Amerikada o`tkazgan. Mana bu
kitob o`sha tajribalar asosida tuzilgan. Ma ol, o`qib qara, unda hamma faktlar
yana ham to`laroq, tushunarliroq yozilgan.
Men ingliz tilida yozilib, Amerikada nashr
etilgan kitobni uning qo`liga tutdim. U kitobni olib, uni jimgina varaqlay
boshladi. Men esa, unga yana taТkidladim:
-
Bularning barchasini tasodif, deb o`ylamagin. Biz, qattiq qonunlar va zarracha
ham kamchillikka og`may hisoblangan harflar qarshisida turibmiz. U harflarning
har biri o`zicha qatТi o`lchangan va hisoblangan. Mana qara, QurТoni Karimda :
УOlloh haqiqiy-rost bo`lgan Kitobni va tarozi-adolatni nozil qilgan
zotdirФ42:17)- deb qo`yilgan.
Bu qanaqa tarozidir! Nihoyatda ingichka soch
tolasini ham torta oladigan haqiqat tarozisi oldida turibmiz. U torozi har bir
harfni o`lchay oladigan o`lchovchidir. Nima, Payg`ambar(Unga Ollohning
rahmatlari bo`lsin) УMamaqodiroqФ surasini tuzaman va unda Уalif lam mimФ
harflari QurТoni Karimdagi boshqa barcha suralarda uchraydigan shunaqa
harflardan ko`p bo`ladi, deb o`ylagan va shunday qilgan, deb sen
o`ylamoqdamisan? Bu mantiqqa sig`maydi-ku, axir.
Bilasanmi, u birorta kitob ijod qilmagan.
Buning bo`lishi mumkin emas edi. Chunki payg`ambarda savod chiqmagan edi. Kim
unga bu harflarni sanab bergan bo`lishi mumkin? Bugun bizga aniqki, bu ishni
faqat murakkab elektron qurulma - EHM bajara oladi, xolos. Bordi-yu, u
suralardagi harflarni sanay boshlashganda edi, faqat bitta suradagi harflarni
sanab chiqmoq uchun yillar kerak bo`lardi. O`sha zamon fani esa, bunday
hisoblarni bajara olmasdi. Muhammad alayhis-salomda (Unga Ollohning rahmatlari
bo`lsin) savod chiqmagan edi, binobarin u o`sha davr fani bilan tanisha olmas
va tanish ham emasdi. Shu sababdan payg`ambar u harflarni sanash uchun o`z
zamonasi fani natijalaridan ham foydalana olmas edi. Biz bu erda odatdan
tashqari ajoyib faktning qarshisida turibmiz. Bu qiyomat, o`ta yuksak talant.
Bunga QurТoni Karimning birdaniga nozil etilmagani, u bo`lib-bo`lib,
qismma-qism shaklida nozil etilganini hisobga olsak, unda avval u harflarni
sanab va joy-joyiga oldindan qo`yib qo`yish mumkin emasligi yana ham ko`rinib
qoladi.
Harflarning bunaqa joylashish xususiyati eng
katta sirlardandir. U faqat Ollohga, Qodir Parvardigorning O`zigagina aniq. Bu
xususiyatlarni har qanday elektron aqldan tezroq, aniqroq va tartibliroq
bo`lgan qudrat bila oladi. U qanday qudrat, U kim? U Yaratganning
O`zi-Ollohdir. Olloh barcha narsalarni o`z eТtiboridan chetda qoldirmaydi.
Suralar boshlanishida keltirilayotgan bu ayrim harflar Uning bilimini
isbotlashga xizmat qiladigan baТzi bir vositalardir. Bu ilohiy kitobning to`la
mazmuni, qudratlari sekin-asta ochila borsin uchun Olloh u harflarni kitob
mazmuniga kiritgandir.
УToki ularga Haq(Kitob) ekanligi Ц aniq
maТlum bo`lguncha albatta biz ularga atrof- ofoqdagi va o`z vujudlaridagi
oyat-alomatlarimizni ko`rsatajakmizФ (41:53)- deydi Ollohu taolo o`z kitobida.
Men bu bilan harflarning sirini ochdim,
demoqchi emasman. Ammo bu ochilishining, bilishning boshi, boshlanishi, biz
biladigan, biz etishishimiz mumkin bo`lgan ufqqa etishishdir. Aslida qaergacha,
qaysi ufqqacha borishni hech kim bilmaydi, uni bilish hech kimga berilmagan.
Shunday qilib, harflar bilan bo`lgan bu
faktlar va ular haqida EHM-da olingan xulosalar QurТoni Karim inson tomonidan
yaratilmaganligini to`la va batamom isbotlaydi.
Biz shunday hisoblar ro`porasida turibmizki,
ulardan ko`z yumib, hech kim QurТon kishi ijodiy mahsuloti, deb ayta olmaydi.
O, mening do`stim, mana shulardan so`ng ham ko`rmayapsanmi? Sen shunday so`zlar
qarshisida turibsanki, unday so`zni, unday nutqni aytish bandasi qo`lidan
kelmaydi!
MO`ТJIZALAR.
Mening dinsiz suhbatdoshim, hech qaniqmasdi.
U yana so`rashda davom etardi:
- Mana
shunday, mehribon, shafqatli Parvardigor, Uni hatto silar eТtiborli,
kechiruvchi, do`stlarcha munosabatda bo`luvchi, deb qanchalar ko`kka
ko`tarasilar. Qanday qilib, shunaqa ijobiy sifatlarga ega Olloh, O`z rasuliga
uning jonajon yakkayu-yagona farzandini hayvon kabi so`yishga buyura oladi? Menga
ana shu joyi tushunarli emas. Menimcha, buni umuman tushunib bo`lmaydi. Bunday
ikkita (rahm va razillik) bir-biridan uzoq xislatlarni birlashtirib bo`lmaydi.
Shunday emasmi? а
- O,
g`aflat bandasi, o`sha voqeani ham bir yaxshilab, sinchiklab o`rganib chiqsang
bo`lmasmidi?-dedimda, so`zimda davom etdim. MaТlumki, o`sha voqeaning natijasi
razillik, johillikni emas, balki rahmdillikni, yaxshilikni, yaТni sodiqlik,
ishonchni, Olloh o`z payg`ambarining irodasi, sodiqligini sinashni
ko`rsatadigan majoziy bir misol bo`lib chiqadi. Chunki hikoyaning xulosasida
johillik sodir bo`lmaydi. Sinovning maТnosi va mohiyati Ibrohim
alayhis-salomning (unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) o`g`liga bo`lgan
mehr-muhabbatining, dunyoviy muhabbatning bir qisminiа Уso`yishdanФ iborat bo`lib chiqmoqda.
Bilamizki, Ismoil, Ibrohim alayhis-salom
keksayib qolgan chog`ida topilgan o`g`il edi. Natijada payg`ambar o`g`liga
qattiq mehr qo`yib, unga to`la bog`lanib qoldi. Hatto u Parvadigorga
mehr-muhabbatni unutayozdi. Ana shuning uchun Olloh O`z rasuli oldiga nihoyatda
og`ir va katta sinov qo`ydi. Payg`ambarning qalbi, uning mehri-muhabbati
Ollohdan tashqari yana kimga ham munosib bo`ladi? Shu sabab payg`ambarga buyruq
keldi. Ibrohim alayhis-salom Parvardigor buyrug`ini bajardi, sevimli o`g`li
bo`g`iziga pichoq qo`ydi. Ammo mehribon, rahmdil Olloh Ismoilni ozod qildi,
pichoq uning bo`g`iziga botmadi.
-
Ibrohimning olovga kirishi va uning yonmagani haqidagi mo`Тjizaga qanday
qaraysan? Shuningdek, Muso payg`ambarning (unga Ollohning rahmatlari bo`lsin)
hassasi ilonga aylanishi, uning hassa bilan daryolarni ikkiga bo`lib yuborishi,
hatto uning qo`lini yashirib qo`yishganda, qo`ldiqdan yorug` berib turishi kabi
hodisalarga ishonib bo`ladimi? Bularning barchasi aynan o`sha aldamchilik va
sirk o`yinlari emasmi? Nega Olloh O`z kuch-qudratini o`shanaqa misollar orqali
ko`rsatadi? Bular o`z mohiyati bilan chegaradan chiqib ketadi. Bular maТnosiz,
bemaТni bir gap. Bularsiz ham koinotdagi mustahkam qonuniyatlar, aqlning
cheksiz qobiliyati, dunyo tuzilishidagi tartib, qonunlar, galatikadagi xatosiz
harakatlarning o`zi Ollohning kuchini, qudratini ko`rsatishga yaqqol misol
bo`la olmaydimi?, deb mening suhbatdoshim savolini davom qildi.
-
Mening birodarim, sen mo`Тjizani noto`g`ri tasavvur etib, uni tushunmayapsan-
deb men ham davom qildim. Mo`Тjiza senga akrobatik o`yin, xiyla, absurd bo`lib аtuyuladi.
Mayli, seningcha shunday ham bo`laversin, asl mohiyat bunda emas. Masalaning
mohiyatini quyidagicha tushunishga harakat qilamiz. Masalan, sen taxminan uch
ming yil orqaga qaytsang-da, misr faraonlari huzuriga zamonaviy radiopriyomnik
bilan kirsang, bilasanmi bu priyomnik (o`zi gapiruvchi apparat) ularda qanday
taasurat qoldirgan bo`lishi mumkin edi. Faraon va uning atrofidagilarning
hayratdan yuraklari tars yorilardi. Ular bunday karomatga absurd, deb
qichqirishgan bo`lardilar. Biz esa, bu radiopriyomnik ekanligini yaxshi
bilamiz, bu o`z mohiyati va maТnosiga ega hodisa, buning hech qanday mo`Тjizaga
aloqasi yo`q. Bu elektrodinamik qonunlarga muvofiq havo to`lqinlarining
tebranish hodisasidir.
Zangori ekranda xilma-xil mo`Тjizalar
namoyish qilinadigan televizor bilan qodimiy Vavilonda paydo bo`lib qolsang ham
bundan kam bo`lmagan holatga duch kelarding. Tranzistorli radiopriyomnikdan
ajoyib muzika tinglagan Assiriyalik hukmdor hayratidan chapak chalib
yuborganini sezmay qolgan bo`lardi.
Tarix bir ibratli misolni saqlab qolgan.
Masalan, bosqinchi, mustamlakachilar Afrika changalzorlarining biriga o`z uchoqlarini
qo`ndirishgan. O`shanda o`sha erda yashovchi yovvoyi qabilarda nimalar bo`lgan
deng?а Ular osmondan xudo tushib keldi,
deb hisoblab, vahima qilishib erga cho`kkalashganlar, qo`rqinchli holatda
barabanlarini ura boshlashgan, jonivorlar so`yishib, qurbonliklar qila
boshlaganlar. Bu holni ular o`zlari ichidagi barcha tartib qoidalarning
buzilishi kabi qabul qilishgan. Bizga esa, bu erda hech qanaqa absurd yo`qligi
aniq. Uchoqlarning parvozi va ularning erga qo`nishi aniq matematik va fizik
qonunlarga mos bajarilishini yaxshi bilamiz. Bu parvozа va qo`nishlar erning o`ziga tortish va butun
olam tortilish qonunlarini buzmaydi. Bu qonuniyatlar boshqa qonuniyatlarga
o`tib turadi. Bu harakat va harakatning qaytishi qonunidir. Bunda biz
qonunlarning buzilishini emas, balki ularning to`la va xatosiz bajarilishi
guvohi bo`lamiz.
Suvning daraxt tanasi bo`ylab ko`tarilishi
erа tortish qonuniga mos kelmaydi, ammo
bu uni buzish emas. Balki bu bir necha fizik qonunlarning birgalikda ishlash
xususiyatini ko`rsatadi. Bu erda bosim qonunining kopillyar xususiyatini
ko`ramiz. Bu qonunlar birgalashib suvni daraxt tanasi bo`ylab faqat yoqoriga
harakat qildiradi, aslo aksincha emas.
Demak, biz bu hollarning hech birida tafakkur
va mantiq doirasidan chiqib ketmayapmiz. Bu hodisalarning hech biri ko`z
bog`lash (fokus qilish) va xiylalardan iborat emas. Afrika changalzorlarida ham
odamlar o`sha biz bilgan qonunlarni bilmasliklaridan uchoqni ko`rib hayratga
tushdilar. Xuddi shunga o`xshash sen ham payg`ambarlar mo`Тjizalarini, ularning
xususiyatlarini, Ollohning ularga qarashi va munosabatlarini bilmaysan va shu
sabab ulardan hayratga tushasan. Hamma balo ana shu sening bilmasligingdadir..
Shuning uchunа
sen ularni maТnosiz, mantiqsiz va absurd hisoblamoqdasan. Vaholanki, ular
barchasi ilohiydir va biz yaxshi biladigan, tushunadigan Olloh qonunlariga
to`la mos ravishda sodir bo`lgan edi. Demak, bu bilish bizning bilishimiz
mumkin bo`lgan mantiqiy doiradan yuqori oliy bir doiraga (status-maqomga)
tegishlidir. Chunki inson aqli Ц bizning aqlimizа faqat cheklangan bilimlarni egallashga
yaratilgan va chekli bilishga tayyorlangan. Bu mo`Тjizalar bilan Olloh hech bir
qonunni buzmayapti. Olloh shunday qilib bizni oliy statut, oliy qonunlar va buyuk
aql, biz erisha olmas tafakkurga guvoh etadi, xolos. а
Darvoqe,
bexiizmitlar(diniy eТtiqodlardan biri) ham senga o`xshab qattiq adashgandilar.
Mo`Тjizalarni, aql bavar qilmas hodisalarni ular ham haqorat va aqlni paymol
etish, deb bilgandilar. Ana shuning uchun ham ular QurТoni Karimdan qaytishdi.
QurТoni Karimning mazmunini o`zlariga maТqul tarzda talqin qila boshlashdi.
Masalan, ular Musoning(unga Ollohning rahmatkari bo`lsin) hassasi daryoni
ikkiga bo`lgani yo`q, aksincha u hassa haq va nohaqni ajratish belgisi(simvoli)
edi, deb tushuntirishga urindilar. Musoning qo`li haqidagi voqeani ham
noto`g`ri talqin etishdi. U qo`lni ezgulikka, yaxshilikka xizmat qiladigan qo`l
tarzi(obrazi), deb hisobladilar. Iso alayhis-salom (unga Ollohning rahmatlari
bo`lsin) mo`Тjizalari, o`liklarni tiriltirishiga o`zlaricha maТno berishib, u
faqat ruhni tiriltirgan, odamning jismini emas, deb daТvo qiladilar.
Ko`rlarning ko`zlari ochilishini ham tafakkurni(fikrni) qayrash, qaytarish, deb
hisoblaydilar. Shu kabi tafsil va taТbirlar yordamida QurТoni Karim ahamiyatini
kamsitish, uning mazmunini buzishga olib boradilar.
Ular mo`Тjizalarga ishonmay, ularni
noto`g`riа va mantiqqa mos emas, ular
umumiy qonuniyatlarni buzadi, deb hisoblaganlari uchun shunday bo`ldi. Senda
ham shunday bo`lmoqda. Biz yashayotgan zamon shunday bir davrki, bunda hech
narsa hayratli emas, bu zamonda hech narsa kishini hayron qoldirmaydi. Biz,
odamzot oyog`i oyga tekkan, uzoq-uzoq sayyoralarga turli xil kosmik apparatlar
jo`natilayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Odamzod aqli shunchalar qudratga ega
bo`lsa, u shunchalar bilimlarni o`zlashtirishga qodir ekan, ilohiy bilim,
ilohiy bilish inson tafakkuridan juda katta va kengroq ekanligiga shubha
bo`lishi mumkin emas. Mana bu oyatga quloq tut: УEy, jin va ins jamoasi! Agar
sizlar osmonlar va er chegaralaridan o`tib ketishga qodir bo`lsangizlar, u
holda o`tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch-qudrat bilan o`ta
olursizlarФ(55:33).
Ko`rganlarimiz inson bilimlaridir. Ilohiy
bilimlar ulardan so`zsiz qudratliroqdir, bunga shubha yo`q. Olloh yo`l bermasa
inson hech narsa qila olmasligi aniq. Ilohiy bilimni bemaТno taТriflashlardan,
ayniqsa dinsizlar nuqtai nazaridan xolis va toza tutaman. Haqiqatan Olloh hamma
narsaga Qodirdir.
Din
ahamiyati.
Endi mening dinsiz suhbatdoshim tubandagi
mazmunda so`zlay boshladi:
- Menga qara, sen aytayotganday chindan ham
jannat bo`lsa, birinchilardan bo`lib unga men kiraman. Chunki ko`pchilik
saqoldor va saqolchalar qo`yishib olib o`zini dindor hisoblaganlardan ko`ra men
ko`proq taqvodorman.
-YaТni
men ko`proq dindorman, demoqchimisan? Bu bilan yana nimalar,
demoqchisan?-deyman men
- Men
hech kimga ziyon keltirmayman, o`g`irlik qilmayman, birovning joniga qasd
qilgum yo`q, pora olmayman, biron kimsaga dushmanligim yo`q, yovuzlik
qilmayman, tirik jonivorlarga zarar keltirmayman, hammaga faqat yaxshiliklarni
istayman, kishilarga zarur bo`lganа
narsalarning barchaga barobar etarli bo`lishini xohlayman, hamisha sof
vijdon bilan yotib, turaman, demoqchiman. Mening shiorim: Уbarchaga yaxshiliklar
yaratishdanФ, iboratdir. Bu chindan ham iymon, din emasmi? Siz,
din-kishilarning o`zaro yaxshi munosabatlari, deysiz-ku, axir.
- Sen
sanagan bu yaxshi xislatlarning boshqa alohida ismi, nomi bor. Ular boshqacha
ataladi. Uni maТnaviyat va moral (axloq), deb ataydilar. Bular barchasi
iymonning talablari, ammo ular hali iymon va din emas. Sen iymon talablarini
iymon, deb qabul qilmoqchi bo`layapsan. Iymon esa, faqat boshqa bir muhim narsa
bilan, Ollohni anglash, Uni chinakamiga bilish bilan belgilanadi. Sen
Parvardigorni chindan, ikkilanmasdan tanishing, bilishing kerak. Eng muhimi va
masalaning eng avvali Olloh bilan munosabatingni tubdan yaxshilamog`ing zarur
bo`ladi. Sen o`z Ollohingni Buyuk, Afv etuvchi, Javob beruvchi, Ko`rib turuvchi
va o`zingga eng yaqin, deb bilmog`ing kerak. Sen Uning huzuriga egilib, tiz
cho`kib, odob bilan sodiq qulning xo`jasiga xurmat ila tavallo qilgani kabi
itaotkorona borishing shart.а Parvardigor
va sen o`rtalaringda mana shunaqa beg`araz chin yurakdan munosabat o`rnatilgan
bo`lsa, buni iymon va din, desa bo`ladi.
Sening qarashlaring, atrofdagilar bilan
yaxshi munosabatlaring iymon talablari bo`lib, mohiyat eТtibori bilan ular
Parvardigor bilan bo`ladigan munosabatlardan farq qilmaydi. Ammo u munosabatlar
Allohning Yagonaligini va mavjudligini tan olgandan keyingi iymonni aniqlaydi.
Payg`ambar oliy janoblari debdilarki: УSo`rolgan narsa, uni iltijo qilguvchidan
avval Olloh qo`lida bo`lurФ.
Allohga mehr qo`yib, Uni sevganlar U yaratgan
barcha narsa va jonivorlarni sevadilar, ularga yaxshi munosabatda bo`ladilar.
Sen odamlar bilan yaxshi munosabatda bo`la turib, yorug` kundan boshqa hech
vaqoni ko`rmasang, ularni tan olishni xohlamasang, qancha harakat qilganing
bilan iymonsiz (dinsiz) bo`lib qolaverasan.
Sening odamlar orasida ijobiy xulqing , bu
aqlning ishi, axloq normalariga mos bir xususiyat, xarakter bo`lib, uning din,
haqiqiy iymon bilan mutlaqo aloqasi yo`q. Sen bu erda ham kishilarni faqat
shaxsiy foydangga ishlatmoqchisan. Sening yaxshi xulqing dunyoviy hayotni
yo`lga qo`yib olmoq uchun bir vosita bo`lib; u hech qachon din va iymon bo`la
olmaydi. Aslida u dinsizlikning o`zginasidir.
-
Bilasanmi, baТzan u yoqlarda ... bizning atrofimizda qandaydir kuchlar
borligini sezaman- dedi, mening dinsiz do`stim.
- Kuch,
deyapsanmi?-so`rayman, men.
- Ha,
Borliq(Butun Olam) atrofida nomaТlum kuchlar bor. Bunga ishonchim komil-deb
tasdiqlaydi, u.
- Bu
kuchni sen qanday tushunasan, uni qanday tasavvur etasan? Uni sen Eshituvchi,
Ko`ruvchi, o`ylovchi, o`z yaratganlarini Kuzatuvchi, kitoblar nozil etguvchi,
payg`ambar yuboruvchi, chaqiriq va iltijolarga javob qaytarguvchi shaklida
tasavvur etasanmi yoki yo`q?-deb so`rayman men undan.
- Yo`q,
deb davom etadi u. Men buni tasdiqlamayman. Bunga ishonmayman va uni sen
aytganday tasavvur etmayman. Uning ustiga sening taТrifingni bir go`daklik, deb
hisoblayman. U kuchga hech qanaqa buyuklik mos emas.
- Unday
bo`lsa, u kuch so`qur elektromagnit kuchidir. U misli ermak (ermak uchun o`yin)
uchun Borliqni (Butun Olamni) boshqaradi. U shunday bir Xo`jasiz (Egasiz)
kuchdir. Sen bu buyuk(ulkan) kuchni shunday taТrif etmoqdasan, shundaymi?
-
Balki, bo`lishi mumkin. ...
- Sen,
do`stim o`z Tangringni juda yomon tasavvur qilasan. U senga ko`z ato qildi. Sen
esa, Uni so`qur hisoblaysan. U tafakkur berdi, sen Uni aqlsizga, tafakkursizga
chiqarmoqdasan. Shuning uchun sening axloqingda ancha yaxshi xususiyatlar
uchrasa-da, sen chindan ham xudosiz, dinsiz kishisan. Sening barcha bu yaxshi
xulqi-avtoringdan yuzaga kelgan ishlaring Qiyomat Kuni izsiz yo`qoladi, kul
bo`lib changib ketadi.
- Bu
dahshat, shafqatsizlik emasmi?
-Yo`q!
Bu aynan adolatdir. Chunki sen shuncha narsa, hodisalarning barchasi
o`z-o`zidan bo`ldi, deb hisoblamoqdasan. Sening mulahazang bo`yicha seni ravon
yo`lga chiqargan, hayotning nurli yo`nalishlarini ko`rsatgan usta tashkilotchi,
mehribon rahbar, zukko o`qituvchi mavjud emas, U yo`q. Bu bilan sen o`z
Yaratuvchingga nisbatan adolatsizlikka yo`l qo`yapsan. Uning O`zini va
karomatlarini rad etayapsan. Iymonli, Ollohga inonuvchi axloqi va iymonsiz,
Ollohga inonmovchi axloqi orasidagi farqlar tashqi ko`rinishdan deyarli
sezilmasa-da, ular yuqorida ko`rsatilgan illatlar bilan bir-biridan jiddiy
shaklda ajralib turadi.
Ana xuddi shunaqa ikki kishi xastaxona qurayapti
deylik. Ulardan dinsizi, УMen kishilar uchun bu buyuk xastaxonani qurdimФ-desa,
dindori, УOllohga shukrkim, U menga bu xastaxonani qurush baxtiga muyassar
bo`lishimni nasib etdiФ-deydi. Bu ikki fikr mazmuniga ko`ra bir-biriga yaqin
bo`lsa-da, mohiyati jihatidan, iymon nuqtai nazaridan ular bir-biridan juda
katta farq qiladi. Chunki ularning ikkinchisi barcha sharafu-shanlarni,
sharafu-shanlarning chin Egasiga, Xo`jasiga bog`ishlamoqda,
o`ziga(shaxsga)-qurulishni yasaganga, unga cho`ntagidan mablag` sarflaganga
hech narsa qoldirmayapti. U o`ziga faqat bir oddiygina vositachilikni olmoqda.
Bu uchun ham Ollohga shukrona qilayapti. УO, Parvadigorim, senga ming rahmat,
sen meni shu ezgulikka sababchi etdingФ-deyapti. Kibr va hayo, dimoqdorlik va
itoatkorlik, qudrat va qudratsizlik orasida farq nihoyatda kattaligini
tushuntirishga hojat yo`qdir.
Shuning uchun sizning barcha ezgu ishlaringiz
ham o`sha maТbudalar-butlarga sig`inadigan dinsizlikka singib ketadi. Yagona Yaratganga
sig`inilmasa, Unga ibodat qilinmasa, u qilingan barcha yaxshi qilmishlar
ibodatsiz, sajdalarsiz o`sha so`qur elektromagnit kuchlarga atalgan-sig`inilgan
bo`lib chiqadi.
- Nega
endi men ibodat qilishim kerak ekan? Kimga silar ibodat qilasanlar? Bu
ibodatlarning zarurligini ko`rmayapman. Silar bajarayotgan bunchalik
harakatlarning nima hojati bor, oddiy yuvoshlik va og`zaki itoatkorlik bilan
cheklanib qo`ya qolsa bo`lmaydimi?-deb eТtiroz bildiradi mening suhbatdoshim.
- Sen
bilsang, ibodatdagi donishmandlik yoki uning maqsadi shundaki, kishilarda o`ta
erkinlikdan, boylikdan yuzaga keladigan soxta mag`rurlikni sindirish lozim.
Bunday kibr, man-manlikdan faqat qalbdan, peshonani erga tekkazib sajda qilish
va tilda, УEng Buyuk Parvardigorimni tilim va qalbim bilan tozalayman va
poklaymanФ, demoq bilan qutilish mumkin. Va nihoyat, sen hech bo`lmasa Olloh
huzurida o`z o`rningni bilmog`ing kerak. Olloh Oliy(Buyuk), sen quyi, past, sen
ersan U butun olamlarning Yagona egasi, Uning qo`lida barcha hurlik va ozodlik.
Mana shuni nihoyat tushunib etishing kerak. QurТoni Karimda, УOdamlar: УIymon
keldirdikФ, deyishlari bilan, imtihon qilinmagan hollarida qo`yib qo`yiladilar,
deb o`ylaydilarmi?Ф(29:2)-deyilgan.
Unda ibodatdagi harakatlar nimaga kerak,
faqat qalbimiz bilan itoatkorligimiz etarli emasmi?- deyish mumkin. U holda
sendan, Уnima uchun senda jism (tana) yaratilgan? Nima uchun sen o`z sevgiling
bilan og`zaki muhabbat bildirish bilan cheklanib qolmay, u bilan
quchoqlashasan, o`pishasan? Nega sovg`alar, hadyalar haqida so`zlab qo`ya
qolmay unga qalbingni va qanchalar molingni hadya qilasanФ, deb so`ramoqchiman.
Olloh esa, sening jismingni yaratdi. Sen esa, qalbingni toza tutib, Unga doim
ochib, ko`rsatib turishing kerak. Aslida qalbingda nimani saqlasang o`sha
oqibatda yuzaga chiqadi, albatta. Agar Ollohga itoatkorlik haqiqatan iymon
bilan bo`lsa, uni egilib, sajda ila ifodalaydilar, bordiyu u itoatkorlikda
soxtalik bo`lsa, unda faqat tildagina takrorlash mumkin, xolos.
- Sen
jannatga tushishingga ishonching komilmi?-deb shubhasini davom ettirdi mening
bu dinsiz hamrohim.
- Biz
hammamiz eng avval jahannamga boramiz-deb javob etishni boshlayman, men.
Ollohni tanib, Undan qo`rqib yashaganlar u jazolardan ajratib olinadilar. Hech
kim oldindan hech narsani bilmaydi. Kim u azoblardan qutiladi, kim undan qutila
olmaydi uni faqat qalblarni Bilguvchi Parvardigorning O`zi biladi. Afsuski, men
bajarayotgan ishlar noto`g`ri, qora ishlardir, deb bilaman. BaТzan to`g`ri ish
qilsam-da, xohishimа uncha yaxshi
bo`lavermaydi, baТzan esa istagim sof bo`lib, ixlos etishmaydi. Birimiz biror
ish qilib, o, qanday yaxshi, savob ish qildim, deb, o`ylaydi, aslida esa, u
dunyoviy turmush uchun, o`zini ko`z-ko`z qilmoq uchun, o`zini kishilar
oldidagina yaxshi ko`rsatmoq uchun bajargan bo`lib chiqadi. Ko`pincha
adashamiz, bizni yo`ldan uradigan narsalar juda ko`p, kibrga berilib, soxta,
yolg`on barqarorlik-osoyishtalikka moyil bo`lib qolganimizni sezmay qolamiz.
Olloh esa, bizda sog`lom aql bo`lishini va doim bardam bo`lib to`g`ri yo`l tutishimizni
talab qiladi. а
- Inson chinakamiga sodiq bo`la oladimi?- deb
so`raydi, mening bu do`stim.
- Haqiqiy sodiqlikka o`z-o`zidan erisha
olmaydi, kishi. Darhaqiqat, insonlar qalbini poklab, chin sodiqlikka
yo`naltiruvchi Yaratganning O`zidir. Shu sababdan QurТoni Karimda, УmuxlasinaФ,
yaТni УpoklashФ, degan so`z tez-tez takrorlanib, u УmuxlisinaФ(УsodiqlikФ)
so`zi o`rnida ishlatiladi. Ammo Olloh vaТda berib aytadiki: УUndan kimki iltijo
qilsa, Unga kimki borishni istasa ularga to`g`ri yo`lni ko`rsaturФ. YaТni kimki
o`ziga kelib, insofga minib aqlini ishga solib, Ollohga murojaat qilsa, unga
o`sha to`g`ri yo`l, sodiqlik yo`li ko`rsatilur, deyilmoqda.
а
Shunday qilib, Olloh O`z bandasiga to`g`ri
yo`l ko`rsatadi, uning qalbini poklaydi. Qalbi pok, sof inson, doim sodiq
insondir.
аааааааааааааааааааааааааааааа
Dunyoviy
turmushning baxtiga erishdik.
O`z hukmini o`qib eshittirish uchun minbarga
chiqqan hakam(sud) kabi yana so`z boshladi, mening suhbatdoshim:
-
Munozaramiz qancha muddat davom etmasin, u qanday natija bilan tugamasin yutuq
biz tomonda bo`ladi. Chunki biz dunyoviy turmush baxtiga muyassar bo`ldik, siz
esa, umidlar egasi bo`lib qolaverdingiz. Sen nima desang, deyaver, ammo biz
yorug` dunyo neТmatlaridan o`z ulushimizni ola oldik. Bizlar uchun hamma
narsaga ijozat bor: o`yin kechalari, restaranlar, ichimliklar(spirtli
ichimliklar, albatta), xotin-qizlar va boshqa ko`ngul ochar tomoshalar va
ulardan hech tortinmasdan rohatlanish imkoniyatlari biz uchun ochiq qolmoqda.
Sizga atalganlari esa, o`raza, ibodat, qo`rqish(Ollohdan, albatta) va umiddir.
- Ana
xolos! Sen sanayotgan narsalar baxtni belgilaydimi, hali? Eh, g`aflat bandasi,
sen baxt, deb hisoblagan bu vaqtinchalik rohatlarga yaxshilab mulohaza bilan
nazar solganingda edi, ularning barchasida chuqur baxtsizlikni kuzatgan
bo`larding.
-
Qanday qilib, nima uchun, qanaqasiga bu baxtsizlik? U holda baxt nimada?-deb
jig`ibiyroni chiqadi mening suhbatdoshimning.
-
Chunki sen baxtning belgilari, deb sanagan rohat omillari o`z mohiyati bilan
his-tuyg`ular bo`lib, sening unga mahliyoliging aynan o`sha dunyoviy
his-tuyg`ularga qullikdir. Bilasanmi, och qolmasdan to`yish hisini sezib
bo`lmaydi. Kishi keragidan ortiqcha eb qo`ysa, uning ham yana o`z ovorachiligi
bor. Juda to`yib ketishning ham o`ziga yarasha salbiy ko`rinishlari mavjud,
yaТni u kishini ortiqcha bezovta va lanj qiladi, hatto u holat asta-sekin aqlni
o`tmas qilib, befarqlikka o`rgatadi. Birorta yoki bir qancha xotin-qizlarni
ortiqcha quchoqlash, o`pish baxtni, doimiy turg`un baxtiyorlikni belgilaydi,
deb tasdiqlash to`g`ri bo`ladimi? Qalb tuyg`ulari va ehtiros hech qachon
turg`un bo`la olmaydi. O`ynaydigan xotinlar ularni maqtashlarini, ularga
xushomat qilishlarini yoqdiradilar va doimiy sovg`alar olishni istovchi
bo`ladilar. Masalan, bir-birini sevishganlar o`zaro qo`shilishgandan so`ng,
bir-birlarini to`laroq bila boshlaydilar, sevgining avvalida o`ylagan, xayol
etgan hislar sekin yo`qola boradi, nihoyat to`la tushunmovchilik kelib chiqadi.
Bunday sevishni baxtli, deb bo`ladimi? Ular xohishlariga erishib, ehtiroslar
qondirilgandan so`ng, bir-birilarining eng kichik kamchiliklarini ham seza va
ko`ra boshlaydilar.
O`ta boylik, katta mulkka hirs qo`yish ham u
mulkka, boylikka qul bo`lish emasmi? Odamzot o`z boyligi va mulkining
xizmatkoriga aylansa, u mulkni ko`paytirish va uni saqlashga berilib ketadi.
Oqibatda, yiqqan mulku-boyliklariga mahliyo bo`lib, uning chinakamiga quliga
aylanadi. Darhaqiqat, hokimiyat, yoqori mansab-lavozim kishini o`zidan ketib
qolishga, balandparvozlikka, takabburlikka va beboshlikka olib bormaydimi?
Zolimа hukmdor sherga, sher mingan
kishiga o`xshamaydimi? Afsuski, u bugun sher ustida, ammo u ertaga o`sha sherga
emish bo`lishini biladimi? Yo`q, bilmaydi. Spirtli ichimliklar ichish,
nashavandlik qilish, qimor o`ynash, buzuqlik-fohishabozlik, oilaga xiyonat
qilish, uning ustiga ustakcha u ishlarni doim yashirincha, begona ko`zlardan
yashirib amalga oshirish, bunda Ollohdan qo`rqmaslikа baxtmi, baxtiyorlikmi?а Yo`q, aksincha bularning barchasi
maТnaviyatdan qochish va yolg`on, engil sevgi-muhabbat, turli xil ermaklar
girdobiga tushib qolish emasmi? Sen aytgan u rohatu-farog`atlar progressni
bildiradimi yoki maymunlar darajasigacha pastlashishnimi, tafakkursiz hayvonlar
misoli yashashnimi? QurТoni Karimda iymonsiz, inonmovchilar haqida, УKofir
bo`lgan kimsalar esa, (mana shu hayotiy dunyoning o`tkinchi lazzatlaridan)
foydalanib, chorva hayvonlari eganidek eb-icharlar va jahannam ularning joylari
bo`lurФ(47:12)-deb haqiqat ko`rsatilgan. а
Olloh u bandalarning huzur-halovatlarini rad
etmaydi, ammo bu hayvonlar huzur-halovatidir. Shumi hali baxt? Bu baxt emas, bu
hayotiy shahvatlar, kishining ko`zi to`ymasligi, burunidan chiqqancha eb-ichish
kayfi, eb to`ymaslik kabi ehtiroslari bo`lib, chin baxtga muyassar bo`lish
yo`li emas, u. Bu yo`l baxtsizlik yo`lidir. Haqiqiy rohatli-halovatli holatsiz,
psixologik tinchliksiz, kishilarga(ayniqsa mansabdor kishilarga),
mulkka(narsalarga) mutelik va ularga qullikdan chinakamiga, qalbdan ozod
bo`lmay turib to`la baxt va baxtiyorlik bo`lishi mumkinmi? Aslida qalbning
sofligi va osoyishtaligi, kishilar o`rtasidagi do`stlik, murosasozlik, Olloh va
insonlar orasidagi o`zaro ishonch, bir-biriga aynan moslik haqiqiy baxt emasmi?
Kishi o`z kuchini, boyliklar-u, bor mulkini boshqalarga, do`stlari,
dindoshlariga ishlata boshlasagina, uning kishilarga bo`lgan yaxshi
munosabatlari, ezguliklari, ko`ngul osoyishtaligi haqiqiy baxtiyorlik belgisiga
aylanadi. Ana shunaqa turmush, yaxshiliklar, ezgulik qilmoq uchun kechirilgan
hayot bo`ladi. Ana shundagina u ezgu-niyatlar, yaxshi harakatlar, ibodat va
Ollohga itoatkorlik bilan yashagan hisoblanadi. Ana shunday bo`lsa, Olloh uning
tinchligini, osoyishtaligini oshiradi, unga yana ham ko`proq yordam va inoyatni
yog`diradi. Bunday baxt iymondan tashqarida, Ollohga inonishdan tashqarida ham
bo`lishi mumkinmi?
Juldur kiyimlarni afzal ko`rgan sufiylar,
УBiz shunday istirohat sohiblarimizki, bordiyu buni hukmdorlar sezib qolishsa,
ular biz bilan darhol urush qilgan bo`lardilarФ- deb bejiz aytishmaganlar.
Kimki, Olloh bilan
aloqadan, U bilan munosabatdan rohatlanish hisiga muyassar bo`lgan bo`lsa, ular
sufiylar so`zining naqadar haq ekanligiga takror-takror iqror bo`ladilar.
- Sen ham ilgari biz
kabi spirtli ichimliklar ichguvchi, o`yinqaroq emas edingmi, dunyoviy baxtdan,
bu dunyoning ishratlaridan rohatlanmaganmiding? Senga nima bo`ldi, nega sen
bularning barchasidan uzoqlashding-deb taТna qila boshladi, mening
suhbatdoshim.
а- Olloh o`zgartiruvchi, faqat U O`zi
doimiy-o`zgarmas-dedim men unga.а -
Bularning hammasi Ollohning inoyatidan deyishingni bilaman. Ammo sening bunda
xizmating, ulushing va intilishlaring qaerda qoladi, ular nimalarda o`z aksini topadi?
- Men atrofimga
sinchiklab boqdim va o`lim haqligi va muqarrarligini ko`rdim. Olamda mustahkam
bir ko`rinish va qattiq intizom mavjudligini payqadim. Unda maТnosiz
narsalarga, harakatlarga o`rin yo`qligini sezdim. Agar mening hayotim sen
o`ylayotganday oqibati yo`q, arzimas bir o`yin bo`lganda va oqibati hech bo`lsa
edi, unda men yig`lamagan, tavba-tazarru qilmagan, haqiqatni izlamagan,
adolatga intilmagan bo`lardim. Ammo unday emasligini aniq ko`rib turibman.
Men aniq qonunlarga
muvofiq o`z orbitalari bo`ylab doimiy harakatdagi yulduzlarni ko`rayapman. Men
o`zaro so`zlashayotgan hasharotlarni, bir-birini ko`radigan, eshitadigan va
sezadigan o`simliklarni ko`rayapman. Yuksak darajada vijdonli hayvonlarni
ko`rmoqdaman. Men bir necha o`n millionlab hujayralari va sistemalaridan
terilgan to`la mos va mukammal qobiliyatga ega inson miyasini ko`rdim. Bu
miyaning birorta asabi(nervi) harakatsiz holiga tushib qolsa, odam organlaridan
birortasi o`z faoliyatini albatta yo`qotadi. Masalan, ko`r bo`lib qolish,
so`zlashdan qolish, aqlning o`zgarib qolishi va h.k. kabi hollar ro`y beradi.
Ammo bunday hollar, juda kam uchraydi. Chunki odam tanasi ancha oddiy
ko`rinishga ega bo`lsa-da, uning miyasi juda mukammal va mustahkam qo`rqlangan.
Ana shunday bir ulkan stakanni xafv-xatarsiz va sog`lom saqlayotgan kim ekan?
Ana o`sha miyani bunchalar ham mukammal etib taТminlagan kim ekan, axir? Men
daraxtlarning yaproqlarida, tovusning patida, kapalakning qanotlarida odatdan
tashqari go`zalliklarni kuzatdim. Bulbul sayrashi va qushlarning
churqillashlarida nozik musiqani tingladim. Qaerga ko`z qirini tashlamay,
qaerga nazar qilmay men Buyuk Rassomning ijodini, Usta MeТmorning loyihasini,
Talantli Kashfiyotchining kashfiyotini ko`rdim. Men tabiatni tasodif va
stixiyalardan holi mukammal va mustahkam bino shaklida ko`rdim. Bundan tashqari
tabiatdagi har bir narsa: УMen haqimda O`ylovchining O`zi qayg`urgan, meni
Qodir kashfiyotchi yasaganФ-deb aytib turibdi. Men QurТoni Karimni o`qidim. U
mening ruhimda ilgari odamlar bilan so`zlashganimda sezmagan, eshitmagan mayin
ovoz va ritmni uyg`otdi, aqlimdaа yorqinlik
paydo bo`ldi. QurТoni Karim o`n uch asr muqaddam nozil qilingan
bo`lsa-da(kitobning asl nusxasi yozilgan vaqt ko`zda tutilayapti. Hozir esa, 14
asrdan oshdi, tarjimon), unda davlat
siyosati, oila va oilaviy tarbiya, din asoslari, turmush, jamiyat, inson,
koinot kabi masalalar bo`yicha aytilgan xulosaviy fikrlar bugun ham eng so`nggi
fikrlar bo`lib qolmoqda. QurТon, savodi chiqmagan, o`qish-yozishni bilmagan,
sivilizatsiyadan (maТdaniyatdan) uzoq, qoloq xalqning qoloq bir kishisiga nozil
qilinishiga qaramasdan u bugunda paydo bo`layotgan barcha yangi-yangi fanlarga
to`la mos kelib turibdi. Ko`rayapsanmi, Muhammad alayhis-salom u kitobning
mazmuniga biror narsa qo`shib yoki undan biror parcha olib tashlash
kuchi-qudratiga mutlaqo ega emasdi. Men esa, ana shu Payg`ambarning tarjimoyi
holini, u qilgan ishlar va so`zlagan gaplari haqida o`qidim. Shundan keyingina
men o`zimga-o`zim: УHa, u payg`ambar, u faqat payg`ambardan boshqa kishi
bo`lishi mumkin emas! Bu Olam, bu Borliq uchun QurТoni Karimni yozganа Buyuk Qudratli Qodir Ollohdan o`zga kashfiyotchi
ham bo`lishi mumkin emasФ- dedim.
а
- Sen xato
qilayotgan, adashayotgan bo`lsangchi, hamma narsa kulga aylanib, undan keyin
hech narsa qolmasachi? Unda nima bo`ladi- debа
miyig`ida kulib qo`yadi, mening dinsiz suhbatdoshim.
- Men hech narsadan achinmayman.
Chunki men haq yo`lda turibman. Men hayotimni o`ta baxtiyor o`tkazdim. Asl
hayot qanday bo`lishi shart bo`lsa men ana o`shanday yashadim. Ammo mening
aytganlarim va kutganlarim haq bo`lsa, siz, silar uchun afsusu-g`am-g`ussalar
cheki bo`lmaydi, lekin u zamon vaqt o`tgan bo`lib, bu afsuslar o`rniga
tushmaydi. Men aytganlar esa, chin haqiqatdir! Keyinroq bu men aytganlar sen
uchun kutilmagan voqea bo`lishi aniq. Bunga zarracha shubha qilmasa bo`ladi-deb
unga javob qaytardim. So`zlarimni davom etakaza turib, men suhbatdoshimning
ko`zlariga tikildim va uning yuzlari, ko`zlarida qo`rqinchlar dengizini
payqadim, uning kipriklari uchardi, ko`zlari alanglardi. Shunga qaramasdan, u
o`z shubhalarini engib, gapirishga harakat qildi:
- Hali ko`rasan va
unga guvoh bo`larsan, biz oqibatda chirib bitamiz. Bizdan chirigan tanadan
o`zga hech vaqo qolmaydi.
-Sen buni
tasdiqlamoqchimisan?-deyman unga men. Bu vaqt uning ko`zlarida takror paydo
bo`lgan qo`rqinchlar ko`lini biroz tarqatishga urinib:
- Ha, tasdiqlayman-deb
javob qaytaradi, u.
- Yolg`on
gapirayapsan-deb men so`zimni davom etkazdim. Bu shunday ishdirki, uni hech
qachon tasdiqlab bo`lmaydi. Insonlar bu dunyodan ko`z yumganlaridan so`ng sodir
bo`ladigan voqealar haqida hukm aytish faqat Yagona Yaratganning O`ziga-Ollohga
tegishlidir.
O`sha kechasi dinsiz
sherigim bilan uzoq suhbatdan so`ng uyimga qaytayotib, uning ko`nglida
birmuncha shubhalar uyg`otganimga ishonch hosil qildim. Men uning betayin
falsafasida shunday bir choh yasadimki, vaqt o`tgan sayin u choh kengayaboradi,
uni ehtirozli gaplari bilan yopa olmaydi. Unga tinchlik, xotirjamlik tilab,
o`zimcha, УBalki paydo bo`lgan qo`rquv uni o`z fikrlaridan qaytarib, haq
yo`liga boshqararФ-deb o`yladim. Kimki inkor bilan o`zida haqiqatning eshik va
teshiklarini yopib qo`ygan bo`lsa, unda faqat qo`rqinchlar va vahimalar
teshiklari qoladi.
U g`ofil bandani
to`g`ri yo`lga solish mening qo`limdan kelmasligini bilaman. Chunki Olloh O`z
rasuliga, УDarhaqiqat(Ey Muhammad) kimni istagan bo`lsang o`shani to`g`ri
yo`lga boshqara olmassan, lekin Olloh har kimsaga to`g`ri yo`l
ko`rsatguvcgidirФ-deb nasihat qiladi.
Ollohga shukrkim, U
bizni haqiqat yo`liga boshqardi, bizni ko`ruvchi, eshitguvchi, o`ylovchi(fikrlovchi)
etib yaratdi. Ilohim, U bizni bu yo`ldan adashtirmagay! Ollohu Akbar!
Tarjimaning ilk qo`l yozmasi 1996 yil 2-febral kuni,
Ramazonning 13-kuni Istanbul shaharida tugatildi. Tarjimon :
Aliboy Yo`lyaxshi.
Hayotim davomida
uchragan turli xil tashvishlar, aniqsa siyosiy faoliyatim bilan bog`li
tashvishlarim tufayli mazkur qo`l yozmani faqat 2003 may oyida koputerda terish
imkoni yaratildi.а Ollohga shukronalar
bo`lsinkim, tarjimani 2003 yil 16 may kuni komputerda teribа bitirdim.
Ollohga hamdlar
bo`lsinkim, mana endi 2004 yil mart oyidagina УXudosiz bilan munozaraФа kitobining o`zbekcha tarjimasini internet
sahifada eТlon qilish imkoniyati yaraldi.
╠юЁшё ┴■ърщэшэу қрырьшур
ьрэёєс ъшЄюс Ёєё Єшышфр У┴шсыш , ╩юЁрэ ш эрєърФ фхс рЄрырфш. ┴є ъшЄюсэш эр°Ё ¤Єурэ
эр°Ёш╕Єэшэу рфЁхёш:
╙ъЁршэр, 04111, у.╩шхт-111,р/ а 63
e-mail: ansarf@ukrpack.net
Yuqoridagi matnni kirillda o`qish uchun
shu erga bosing!