Бундан
олдингисини
ўқиш учун
шуерга босинг!
Давоми :
Иккинчи
бўлим. 357-366
Турли
хил фиклар
тўплами.
1.
Турли хил
жойларда
ёзиб қўйилган
фикр ва
иборалар.
Муҳожирлик
ҳаётим
давомида
кимларнигдир
қабулхонасида,
вокзалларда
ва бошқа
турли
жойларда
кутиб ўтириш
каби вақтлар
кўп бўлганди.
Ана ўшандай
вақтларда
хаёлимдан
кечган баъзи
фикрларни ёки
ўша ўтирган
жойларимда қўлимга
тушиб қолган
газета Ц
журналларда
кўриб қолган қизиқарли
фикрларни
дафтарчамга
ёзиб қўярдим.
Ўшарлардан
йўқолиб
кетмай сақланиб
қолганларини
бу бўлимда
келтираман.
ФBismillohir
ramonir rahiym Al hamdi lillohi, alol-ominii, al-hamdu lillohi alal-imoni,
al-hamdu lillohi alas-sunnati val-jamoati, al-hamdu lillohi alas-sihhati
val-farog`ati, al-hamdu lillohi alal-islomi, al-hamdu lillohi alal-QurТoni,
al-hamdu lillohi ala kulli holii va sollallohu ala xayri xalqihi Muhammaddin va
olihi va ashabihi ajmaТyyn. Bi rahmonika yo arhamar-rahiminn.Ф
УEr sharining biror
joyida adolatsizlik bor bo`lsa, u butun olamdagi adolatga xavf soladi.Ф Martin
Lyuter King.
ФO`zbekiston, barcha resusrslari,
yaТni tabiiy boyliklari, intelektual imkoniyalari va h.k. jihatidan turk
davlatlari ichida ikkinchi o`rinda turgan mamlakat hisoblanadi. Agar uning
mavjud imkoniyatlari to`g`ri va aqlona ishga solinsa O`zbekiston yaqin o`n-o`n
besh yil ichida turk dunyosining markaziy davlatiga aylanishi mumkin. Afsuski,
bugun O`zbekistonda aholining, ayniqsa yoshlarning intelektual imkoniyatlarini
ochirish uchun emas, balki ularni yopib turush uchun keskin va planli ishlar
olib borilayaptiФ deb yozib qo`ygan ekanman. Biroq bu jumlalar qachon qog`ozga
tushirilgani ko`hsatilmagan.аа
***
2. Yaxshi maslahat
va nasihatlardan parchalar:
Ko`p yillar muqaddam amerikalik X. Jekson
Braun ismli bir kishi ota-onalar farzandlarga hayot yo`llarini qurib bermay,
balki ularni harakat - yashash xaritasi bilan taТminlamoqlari zarur, degan
ekan. Shuning uchun uning o`zi ham o`g`li yigit bo`la boshlaganda unga bir
qator maslahat va nasihatlarini bir varaqа
qog`ozga yozib, uni oddiy bir papkaga solib o`g`liga sovg`a qilgan ekan
U papka esa, o`sha o`gi`lning stoli ustida turarkan.
Oqibat, bir qancha zamon o`tib, o`g`il
otasiga, ФOta, sizning kitobingiz mening hayotimda eng yaxshi sovg`alardan
biridirФ, debdi. U ham o`z navbatida papkani o`z hayoti tajriblari bilan
to`ldirib, o`sha otaning nevarasiga qoldiribdi.
Ana o`sha maslahat va nasihatlarning
baТzilari quyidagilardir:
╖
Har
kuni uch turli xil kishiga birorta yaxshi gap ayt.
╖
Hech
bo`lmasa yilda bir marta quyosh chiqishini kutib ol.
╖
Minnatdorchilik
bildirishdan charchama.
╖
O`zingga
qanday munosabatni xohlasang, kishilarga ham shunday munosabatda bo`l.
╖
Yangi
do`stlar ortir. ammo eskilarini yo`qotma.
╖
Sir
saqlashni bil.
╖
Xatolaringni
tan ol.
╖
Mard
bo`l. Hech bo`lmasa o`zingni mard ko`rsatishga harakat qil.
╖
Bir
yil vaqting ketsa-da, Bibliyani to`la va yaxshilab o`qib chiq.
╖
Ollohdan
aql va mardlik tila.
╖
Jahl
ustida hech narsaga qo`l urma.
╖
Biror
joyga (idora, uy, xona) kirar bo`lsang ishonch va maqsad bilan kir.
╖
Urushda
g`alaba qilmoq uchun jangda engilishga doim tayyor bo`l.
╖
O`shakka
(g`iybatga) aralashma. O`zing ham o`shak (g`iybat) qilma. Yo`qotadigan narsasi
yo`qlar bilan munosabatda juda ehtiyot bo`l.
╖
Murakkab
muammolarga duch kelganingda, harakatga - barakat qabilida ishonch bilan
harakat qil.
╖ Hamma ishni birdaniga qilishga urinma. Shoshmasdan, ammo darhol (tezda, zudlik bilan) rad etishga o`rgan.
╖
Hayotdan
odillik kutma.
╖
Afv
(kechirim) qudratli kuch ekanligini hech zamon unutma.
╖
Bajarilishi
zarur bo`lgan ishni zudlik bilan bajar, uni hech sekinlatma. ФQolgan ishga qor
yog`arФ-deydilar.
╖
ФBilmaymanФ-deyishdan
qo`rqma.
╖
ФAfv
eting, kechiring, uzrФ- deyishdan ham qochma.
╖
Hayotda
sinamoqchi bo`lgan voqealar ro`yxatini tuz. Vaqti-vaqti bilan u ro`yxatga qarab
qo`y.
╖
Onangni
xafa qilma, uni qadrla va sevgin.
***
3. Dillari Haqni
saqlab, tillari adolatdan so`zlab, qo`liyu-beli mehnatdan charchamas sof, toza,
ezgu niyatli kishilarni tarbiyalaymiz.
Ey, odamzot! Ey odam bolasi!
Qalbda Haqni saqlashni, tilda adolatni
so`zlashni, ko`zingiz doim tozalik va poklikni ko`rishini istaysizmi? U holda
bizning fikrlarimizni o`qib ko`ring!
Biz faqat Haq-Alloh, dedik. Alloh izmida
bo`lib, Yagona Unga iymon keltirganlar bizga safdoshdirlar.
Bizning shiorimiz Payg`ambar (S. A.V.)
nasihatlaridan iboratdir: Yo`limiz sevgi(Alloh sevgisi) yo`lidir! Bizning
saodatimiz oiladandir. O`lchov Haqning o`lchovidir. Haq-Alloh insholloh go`zal
kunlar ko`rsatajak! So`z (vaТda) bermoq omonatdir. Musulmon tunu-kun
qadrlanishini biladi.
4. Sovet zamonining
salbiy qusurlaridan,
axloqsizliklaridan biri hukumat mansabdorligini, amaldorligini sotib olish
mumkin bo`lganligi edi. Darhaqiqat, u zamon mansab, moddiy jihatdan yaxshi
yashashning, yaТni hech bir muhtojsiz yashashning asosiy manbasiga aylandi. Shu
bilan birga sovet sistemasidagi barcha mansablar, lavozimlarni sotib oluvchi
kishi ФdiplomliФ, yaТni u o`rta maxsus bilim yurtlarini-texnikumlarni yoki institut-universitetlarni
bitirgani haqida hujjatga ega bo`lmog`i shart edi. Bu shart esa, sovet
sistemasida boshqa bir xastalik deb atash mumkin bo`ladigan axloqsizlik,
tartibsixlikni, keltirib chiqargandi. Bu xastalik mamlakatning o`rta maxsus
o`quv yurtlarida, oliy maktablarda o`qish, ilm o`rganish, bilim olish normal
sistemasini izdan chiqardi. YaТni bu maktablarga o`quvchilar endi ilm-hunar
o`rganish, bilim olish, chinakamiga o`rta maxsus yoki oliy maТlumotli bo`lish
uchun emas, balki qanday yo`llar bilan bo`lmasin, ish qilib, ФdiplomliФ bo`lmoq
uchun kiradigan bo`lib qolishdi. Natijada, o`rta maxsus taТlim yurtlariga va
oliy maktablarga Фo`qishgaФ kirish va ularda o`qishni davom ettirish tom
maТnoda sotiladigan bo`lib qoldi.
Sovet sistemasi tugash arafasida vaziyat
shunday tus olgan ediki, hatto mamlakatning boshlang`ich va o`rta maktalarida
ham o`quvchilarga baholar ularning ota-onalari o`qituvchiga qanday hadya
qilishiga mos bo`lib qolgandi. Bu esa, jamiyatni emiruvchi juda xunuk bir
kasallik edi. Chunki mamalaktning ilm, bilim va hunar o`rgatuvchilari, yosh
avlodni tarbiyalovchilari ochiq jinoyatchiga aylanib qolgandilar.
Sovet sistemasi jamiyat shaklida bitdi, ammo
afsuski, postsovet (sovetlardan keyingi) davlatlarida uning xastaliklari,
salbiy qusurlari yanada yomon ko`rinishlarda davom etmoqda. Demak, bu
davlatlarda jamiyat tozalanish, rivojlanish tarafga emas, yana ham buzilish,
emirilish tomonga qarab ketmoqda. Bu o`ta tahlikali va ayanchli bir holatdir.
аааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааа аа###
Russiya imperiyasida bolsheviklar davlat
to`ntarishidan keyin Turkistonni tashlab chiqib ketib Turkiyada o`troqli bo`lib
qolganlarning bolalaridan biri (Jumaboy aka, uning onasi qozoq va otasi o`zbek
turklaridan ekan) rus-sovet imperiyasi qulagandan so`ng ФTurkistonning bolasiФ,
deb boshlanadigan termalar yozishga kirishgan ekan. Ammo u uni tugatmagan holda, faqat qozoqlarga
atalgan termalar shaklida menga bergandi. Men uni baholi qudrat quyidagi
ko`rinishga keltirdim va unga ФTurkistonning bolalariФ, deb nom qo`ydim.
5. TURKISTONNINGа BOLALARI.
Turkistonning bolasi,ааааааааааа
Topganimiz bir qalam,а
Bu olamning lolasi.аааааа ааааааа Istaklar olam-olam.ааааааааа
Ochilamiz, yayraymiz,ааааааааа
Tiklanarmi Turkiston?а
Yovga qilich qayraymiz.аааааа
Qirg`izistonga salom!
ааааааааааааааааааааааа ааааааааааааааааааааааа
Nayzadir bizga qalam,аааааааа Turkman
Niyoza qoldi,аааа .аааааааааа
Daftar esa, bu olamаааааааааааа
Nelarni bosh-a soldi.
Bizni chetga chiqargan,ааааааа Ajib
bir zamon bo`ldi,аааааааааааааааааааааааа
Turkistonga bir salom!аааааааа Ul
Turkmaniston bo`ldi.
Qozoq, demish elimiz,ааааааааа
Yozmoqdamiz shu qalam,аааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааа
Yaylovlar-u, cho`limiz.аааааааа
Omonlikda bu olam.
Nursulton boshqon bo`ldi,ааа Pulida
niyoz bo`ldi,
Ul Qozog`iston bo`ldi!ааааааааа
Turkmanistonga salom.
Nuqtamizdir har qalam,аааааа Turkistonning
boy eli,ааааааа
Yozsak to`lar bir olam.аааааа
Vatanimiz naqd beli.
Bizni yurtga chorlagan,ааааааа
O`zbekiston lom bo`ldi,
Qozog`istonga salom!аааааааа Kimlarga
qaram bo`ldi.
(Davomi kaminai kam
taringa tegishli)
Qardoshimiz qirg`izlar,аааааааа Ojizimiz
bu qalam,
Gul-u, lola qirmizlar.ааааааааааа
Ginalar olam-olam.
Mamlakat ozod bo`ldi.ааааааа O`zbek
sana na bo`ldi?
Ul Qirg`iziton bo`ldi!аааааааааа
O`zbekistonga salom.
аааааааааа
Qoldi tojik, yana kim?
аааааааааа
Chinda qardosh uyg`urlar.
ааааа аааааDardi buyuk tuprog`im,
аааааааааааааааааааааа Do`g`u
Turkiston bo`ldi.
Nayzam bo`ldi bir qalam,
аааааааааа
Yozsam etmas bu olam.
аааааааааа
Qo`zg`ol qardosh vaqt bo`ldi,
аааааааааа
Uyg`uristonga salom!
Bashqir, tatar do`stlarim,
аааааааааа
Holingga men yig`larim.
аааааааааа
Zolim qo`lida mazlum,
аааааааааа
Ul Tatariston bo`ldi!
Bizning ojiz bu qalam,
аааааааааа
Qog`ozimdir keng olam.
аааааааааа
Bashqir sizga na bo`ldi?
аааааааааа
Tataristonga salom!
Savashda tengsiz bo`lding,
аааааааааа
Maydonda jo`shding, to`lding!
аааааааааа
Botir-u, mardlar yurti,
аааааааааа
Ul Checheniston bo`ldi!
Nayza uchli bu qalam,
ааааааааааа
G`azabimdir bir olam.
ааааааааааа
Savash maydoni bo`ldi,
ааааааааааа Chechenistonga salom!
Chunki
chechenlarning milliy bayrog`ida bo`rining rasmi tushirilgan. Afsonalarga ko`ra
turklar ham o`zlarini bo`zqurtlar, yaТni kulrang bo`rilar deb hisoblashadilar.
Bu ellatlar qadimda otalarini bo`ri emizganligiga ishonadilar. Shuning uchun
men ham qadimiy afsonalarga amal qilib, chechenlarni turklarning yoniga
qo`yishni lozim hisobladim.
6. Ўзбекистоннинг
ички аҳволига
оид бир сўз (8.12.03 да
ёзилган экан).
8.12.03 Ц da yozib qo`yilgan bir O`zbekistonning ichki
ahvoliga atalgan bir ibora: УBu
qanday mamlakatki, bu erda haqiqiy o`g`ri va muttahamlar erkin, o`z bilganlaricha o`ynab yuribdilar, ular hech
narsadan va hech kimdan hayiqmaydilar-da, mag`rur yurishadi. Ular bu dunyoning
barcha qulayliklariga egalar. To`g`rilar esa, mazlum holdalar, ular doim
tahlika va qo`rquvda, ularni har tarafdan xatar kutadi.Ф
1995 yili ФForumФ va
ФBirlikФ gazetalarining yangi nashri tiklanib, ularning bir qancha sonlari chiqarilgandi.
O`sha gazetalarda baТzi qiziq voqealar haqida ham qisqa maТlumotlar berish
uchun to`plangan hikoyachalar:
8. Amerika qitТasida yashagan qadimiy odam.
O`tgan yili Ganduras changalzorida topilgan qoldiq
suyaklar Markaziy Amerikada hozirgacha taxmin qilinganidan ancha avval odamizot
yashaganligi haqida guvohlik beradi.
Topilmalar bu yurtda sivilizatsiyaning
rivojlanishi haqida tasavvurlarni butunlay o`zgartirib yuboradi. Jumladan,
tadqiqot natijalari bu qitТada eradan 1000 yil ilgari madaniyat bo`lganligi
haqida maТlumot beradi. Bu esa eng qadimiy hisoblangan mayi madaniyatidan ko`p
qadimiyroqdir.
Qoldiqlar yog`ingarchilik ko`p bo`lib turadigan
g`orlardan birida topildi. G`or ikkita amerikalik va ikkita ganduraslik
tadqiqotchilar saТy-harakati natijasida topildi. Ular g`orga tushib u erda
ko`plab odam bosh suyaklari va boshqa suyaklar yotganining guvohi bo`ldilar.
O`tgan yili sentyabr oyida Jeyms Breydi
boshligida bir guruh mutaxassislar u g`orni borib ko`rib, 23-ta har xil
joylarda odam qoldiqlari borligini kuzatdilar.
Qazilmalarning yoshini aniqlaydigan yangi
usullar yordamida g`ordan topilgan suyaklarning Mayi davridan ancha burun
yashagan kishilarga mansub ekanligini aniqladilar. Undan tashqari bu topilmalar
mayilar emas, balki ular eng qadimiy madaniyatga ega bo`lganliklaridan darak
beradi.
Breydining fikricha, g`or to`la o`rganilganicha
yo`q. Shuning uchun u shu yilning oxirigacha G. Vashington universiteti
studentlarining ekspeditsiyasini tashkil etmoqchi. YUSIS.
9. Parhezda o`tirganlar uchun ayanchli maТlumot.
O`z tanasining semizligini kamaytirishga
harakat qiluvchilar, odatda organizm parhez oqibatlarini parhez muddatida kam
quvvat sarflash natijasida o`nglaydi, deb hadiksirashadi. Amerikaning Rokfeller
instituti tadqiqotchilari bu xavfni tasdiqladilar. Hatto ancha uzoq muddat
parhez saqlanganda ham organizm kam quvvat sarflashni davom ettiraveradi.
Amerikalik olimlar kishilar o`z og`irliklarini tushirishdagi qiyinchiliklarni
tushuntirib beradilar. Bunda yagona samarali usul jismoniy tarbiyani
kuchaytirishdan iborat ekan. Kam eyish yoki juda ko`p ovqat eyish holatga juda
sekin taТsir ko`rsatar ekan.
Olimlarning aniqlashicha, o`z og`irligining 10%-ni
kamaytirgan odam organizmida moddalar almashuvi 25%-ga pasayadi. Aksincha,
og`irlikning o`n foyizga ortishi quvvatning 16% ko`p sarflanishiga olib keladi.
Tadqiqot olib borgan olimlar guruhining rahbari
Rudalf Loybelning taТkidlashicha ФBu kishi ovqatining kamayishi yoki qisqa
vaqtga jismoniy shug`ullanishni kuchaytirishi uning og`irligini nazorat
qilishga imkon bermaydiФ.
Odatda organizm 60% kaloriya quvvatni kishi dam
olayotganida sarflaydi, 10% -ni esa, u egan ovqatni hazm qilishga sarflaydi, quvvatning
qolgan qismi kuyib ketadi, deyiladi.
Olim erishgan natijalarga qaraganda, semiz va
ozg`in kishilar o`rtasida sezilarli farq yo`q. Og`irlikni kamaytirish bir necha
faktlardan birgalikda foydalanish natijasida amalga oshishi mumkin.а Reyter.
10. Xilma-xil daraklar:
Chin yurtida qiziq voqea yuz berdi. Bir yosh
juvon bitta qizoloq tug`di va tezda o`z onalik ishlariga kirishib ketdi. Ammo u
xotin negadirа yana juda qattiq dard seza
boshladi va vrachga (doktorga) murojaat etishga majbur bo`ldi. Doktor esa,
oldin u ayolga eТtibor bermadi. Biroq birozdan so`ngra, doktorda u xotinda
biror narsa borligidan gumon qilib, uni kasalxonaga jo`natishni lozim topdi. U
erda juvonga hali u hamilador ekanligini va bir-ikki kun ichida bola
tug`ilajagini aytishdi. Jarrohlar ahvolni o`z holiga tashlab qo`yishmay ayolni
operatsiya qilishdi. Shunday qilib, o`sha xotin birinchi tug`ishidan yigirma
kun o`tgach yana bitta bolali bo`ldi.ааааааааааааааааааааааааааааааааа
***
Shu yil fevral oyida (1995 yil.) Canadaning
Toronto shaharida siam egizaklarini ajratish bo`yicha murakkab operatsiya
amalga oshirildi. Bu Pokistonlik Nido Va Hiro Jamol ismli boshlari (kallalari)
birlashib ketgan holdaа tug`ilgan
opa-singillar edilar. Afsuski u operatsiyani muvaffaqiyatli, deb bo`lmadi.
Chunki egizaklardan Nido ismlisi tomirida qon qotib qolishi sababli nobud
bo`ldi. Ammo Hiro ismli qizchaning sog`ligi juda yaxshi, u har xil so`zlarni
chuldiraydi hamda kuylaydi. Bu voqeadan xabardorlar qizcha katta bo`lib, o`z
yarimining yo`qolganini bilganda u o`zini qanday his etar ekan, deb
tashvishlanmoqdalar.
Qizig`i shundaki, ular uch kishi (uchta qizoloq
bo`lib) tug`ilishgandilar. Ularning uchuinchisiа
Faria ismli edi. Hiro qardoshi Farianing sog`lom o`sganligidan xursand
bo`ladi, albatta deb umid qilinmoqda.
***
Rasmiy statistika maТlumotlariga muvofiq Buyuk
Britaniada so`nggi 20 yil ichida to`la bo`lmagan oilalar soni uch baravarga
ko`paygan. Masalan, 1971 yilda o`shanday oilalar 8%-ni tashkil etgan bo`lsa,
1993 yilda bu ko`rsatkich 22%-ga ko`tarilgani kuzatilgan. Bu esa, mamlakatdagi
oilalarning to`rtdan biriga to`g`ri keladi. Bunday oilalarda ona Фxo`jayinФ
bo`lgan, albatta. Ularning 7,3% umuman erga chiqmagan, 6,4 foyizi erdan
ajralgan va 4,5% esa eridan ayri yashaydilar.
***
Birmingem maktablarining birida o`qituvchi
quloqsiz o`quvchilarni tinchitishning samarali bir usulini namoyish etdi.
O`qituvchi joyida tinch o`tira olmaydigan bebosh o`quvchiniа bir erga bog`lab qo`yib, uning og`zini
elimlab tashladi. Ammo bu Фtopqir o`qituvchiФ o`quvchining otasi oldida
kechirim so`rashga majbur bo`ldi. Uning jamoadoshlariа o`qituvchiniа
kafillikka olishlariga to`g`ri keldi. Lekin o`quvchining ochchiqlangan
otasi uchun esa, bu hol kamday ko`rindi. U o`qituvchiga durustroq jazo bermoq
uchun yaxshi advokat bilan maslahatlashmoqda. O`quvchining ota-onasi chindan
ham qo`rqib qolishdi. Chunki ularning bolasi astma kasaliga mubtalo edi.
O`qituvchining bu ratsional qilig`i kasallikni qo`zg`atib qo`yishi va oqibati
ayanchli tugash ehtimoli bor edi, axir. REUTER materiallari asosida tayorlangan
edi.
ааааааааааааааааааааааааааааа
***
Litva davlati Chechenistondan kelishi mumkin
bo`lgan etim va boshqa xil muhtoj bolalarni qabul qila olmasligini bildirdi. Bu
haqda vazirlar qo`mitasi qaror qabul qilganligini Litva hukumati matbuot
xizmati xabar qildi. Bunga sabab qilib, mamlakatga ФQochoqlar va ko`chib
keluvchilar haqidaФ qonun yo`qligi, Litva davlatida vaziyat uncha ham engil
emasligi ko`rsatildi. Bu haqda qabul qilingan hujjatlarda 20 mingga yaqin
bolalar ota-onasiz yashayotganiligi, 13 mingga yaqin bolalar istiqamot
qilayotgan ko`p farzandli oilalar davlatdan nomigagina yordam olayotganligi
ko`rsatiladi.аа Interfaks.
ааааааааааааааааааааааааааааа
***
10.1 Juda qiziq.
Mumiyolangan shirintomoq xotin.
Uning ismi Jadmaatesankih bo`lib, Iso
aleyhissalom tug`ilishidan burun IX asrda yashab o`tgan. Uning eri o`sha
davrning mashhur qohinlaridan (ruhoniylaridan) hisoblangan. Bu haqda uning
qabridagiа yuksak darajada mumiyolangan
sag`anaga bitilgan yozuvlar yordamida bilish mumkin bo`ldi. Bu sag`ana Misrda
olib borilgan ilmiy tadqiqotlar davrida topilgan. Sag`ana egachisi juda yosh-35
yoshida vafot qilgan bo`lib, uning o`limi sababini uzoq zamonlar davomida
mutaxassislar aniqlay bilishmadilar. Bir muncha urinishlardan so`ng
komputerlashtirilgan usul yordamida, nihoyat u yosh xotinning o`limi sababi
aniqlandi.а Mumiyolangan sag`anada
saqlanayotgan qohin xotini shirinlikka juda o`ch birisi bo`lib, u tish og`rig`i
tufayli jon bergan ekan. Bunday fikr eng avval Kandaning Ontario viloyatida
joylashgan Qirollik muzeyining Misrdan keltirilgan eksponatlar bilan
ishlaydigan xodimi Nikolas Milla tomonidan aytildi. Jumladan, menimcha bu
sag`anada yotgan xotin shirinxo`r bo`lgan bo`lsa kerak va uning shu xususiyati
o`limiga ham sabab bo`lgan, dedi N. Milla.
Doktor Piter Levin rahbarlligidagi
mutaxassislar sag`anadagi xotin shaklini komputer yordamidaа tikladi. Ammo uning yonoqlari nihoyatda
besunokayligi hayron qoldirardi. Chunki bechora ayolni gazaklashgan tishi
qiynagan edi-da, axir. Tekshirishlar shuni ko`rsatki, uning chap jag`ining
yuqori qismida gazakdanа shishi bo`lgan.
Vrachlarning tasdiqlaricha hali penitsilin ishlatilmagan o`sha qadimiy davrda
shunaqa jag`ning tish og`ri natijasida gazak olishi kishining o`limiga sabab
bo`lishi mumkin ekan.
Millaning fikriga ko`ra, u ayol afyun qabul qilgan bo`lishi mumkin. Chunki og`riq bunga majbur qilganligiga ishonchim komil, deydi Milla.
а
***
10.2 Ulkan
kutubxona.
Misr Arab Respublikasi Iskandariya shahrida diametri 60 metr keladigan doira shaklidaagi ulkan kutubxona qurulmoqda.U qadimgi misrliklar sig`inadigan quyosh gartishini (diskini) eslatadi. Iskandariya kutubxonasi meТmorlari uni dunyo madaniyatining mashТaliga aylanadigan etib loyihalashtirganlar.
а
Kutubxona qurulib bitishi uchun 150 mln. amerika dollariа sarflanadi. Bu mablag`ni Misr davlati ajratish qobilyatiga ega emas. Uniing hissasi faqat 6,9 gektardan iborat er maydoni va 1991 yili 20 mln dollar sarflanib qurib bitirilgan kongresslar sarayidan iborat bo`ldi. Bu saray kutubxonaning ajralmas qismi bo`lib qoladi, albatta. Uning hozirgi zamon darajasida to`la jihozlangan to`rtta zali bo`lib, eng kattasi 1700 o`ringa ega.
Bunday ulkan kutubxonaning Iskandariya shahrida qurushga asosiy sabab bu shaharning tarixidir. Tarixiy maТlumotlarga ko`ra, yangi eragacha 332 yilda Iskandar Zulqaynar tomonidan bu shaharga asos solingan bo`lib, ko`p o`tmay u Misrning yangi paytaxtiga va qadimiy dunyo eng buyuk madaniy markazlaridan biriga aylangan. O`sha davr mutafakkirlari bu shaharda yashash va uning kutubxonasidan foydalanishni o`zlariga sharaf bilganlar. Iskandariyadagi qadimiy kutubxona eramizgacha 285 yilda qurulib, tez orada butun dunyo donishmandligi makoniga aylandi.
Kutubxonada dunyo bilimlariа barcha sohasiga oid yarim million papiruslar yig`ilgan edi. U kutubxonada buyuk matematik va fizik Arxemed, Фgeometriyaning otasiФ Evklid, geografik va tarixchi Strabenlar ishlagan edilar.
Afsuski, eragacha 48 yili Iskandariya shahri Yuliy Stezar tomonidan qamal qilinganda yong`in hiqib, kutubxonaning ham bir qismi katta zarar ko`rdi. Yangi eraning 273 yili imperator Avreliana Iskandariyani zabt etganda kutubxonani buzib unga o`t qo`yib yubordi. Undagi papiruslarning bir qismigina Seraneumga o`tkazildi. Qolganlari ham keyingi urushlar davrida yo`q etildi.
Ana o`sha kutubxonaning hozirgi zamon aksini tiklash uchun uning loyihasini yaratish dunyo tanlovi eТlon qilindi. Tanlovda 77 mamlakatdan 1400 loyiha ishtirok etdi. 1989 yili yuqori malakali meТmor va kutubxonachilardan tashkil topganа hakamlar hayТati Norvegiya firmasi ФSnoxettaФ taqdim etgan loyihani tanladi.
Kutubxona qurulishini mablag` bilan taТminlash xalkaro komissiyasi tuzildi. Komissiyaga 30-dan ziyod mamlakatdan siyosiy va jamoat arboblari jalb etildi. Bu komissiya Misr Arab Respublikasi Prezidenti rafiqasi Suzana xonim Mubarak boshchiligida faoliyat ko`rsatmoqda. Komissiya tarkibiga boobro` kishilar kiritilgan. Ular qatorida Fransiya prezidenti Fransua Mitteran, Arab Amirliklari Prezidenti Shayh Ziyod bin Sulton an-Nahayin, Ispaniya qirolichasi Sofiyaxonim, Iordoniya qirolichasi Nur, Monako malikasi Karolin xonlar bor.
Kutubxonani uning qadimiy joyida qurushga harakat natijasiz qoldi.
Kutubxona binosi hammasi bo`lib 8 million dona kitob saqlashga mo`ljallangan.
***
10.3 Hozir taТtil.
- Iyul oyida necha kun bor?- onasi o`g`lidan
so`radi.
- Bilmayman-dedi o`g`il.
- Nega, sen maktabda o`qiysan-ku? Dedi onasi.
- hozir taТtildamiz- dedi o`g`il.
10.4 Geografiya darsida.
- Boltaboy xaritadan qizil dengizni ko`rsatib ber?
- Him, negadir men uni ko`rmayapman. Bu
xaritada barcha dengizlar ko`k.
10.5
O`ylashga undaydigan savollar:
1. Aqlni qarzga olib bo`lmaydi. O`zgalar aqli bilan
yuradiganlar uni qaerdan olishadi?
2. Do`stni sotib olish mumkin emas.
Uni sotish-chi?
3. Haqiqat bizni to`rt tomondan
urab turgan bo`lsa, baТzilar qanday qilib unga elkasi (teskari) bilan qaraydi?
10.6 Mag`zini chaqing(O`ylab ko`ring):
Bizning yashash darajamizga
qanchalar suv qo`yilmasin, u hech ko`tarilmayapti.
Bir-birlaringning sochlaringni
yulishni bas qilinglar. Busiz ham, qarang dunyoda qancha kallar bor.
Qarang, hokimiyat shoxchalarida
qanchalar rangsiz yaproqlar mavjud.
Tiliga ehtiyot bo`lganlar,
tishlarini butun saqlashga erishadilar.
Do`st kulfatda seziladi, deydilar.
Ammo bugun kulfat, musibat juda ko`p-u, do`stlar negadir ko`paymayaptilar.
Dumaloq stol atrofida ham burchakka
surib qo`yish mumkin.
Otashin bo`lib ketdim. Ammo boshqa
durust hol topmadim
10.7 ES (Ovropa
Ittifoqi)-ning dunyodagi hissasi (1995 yilgi maТlumot). Rivojlanayotgan mamlakatlarga
yordamning - 53%-ti, Jahon valyuta qo`r-qutining (rezervining)-32%-ti, Avtomobillar
ishlab chiqarishning-27%-ti, Butun jahon ishlab chiqarishining -23%-ti, Er yuzi
aholisining -3%-ti, Atrof muhitni ifloslashning - 16%-ti, Dunyoda ishlatilgan
quvvatning-13%-ti, Dunyo eksportining -19%-tiа
ES mamlakatlariga tegishli ekan.
10.8
Ўзбекистонда
давлат
тизими ҳақида
бир фикр.а
Ўзбекистонда
давлат
тизими ҳақида
ҳам баъзи
фикрларни
хаёлимдан
ўтказиб юрардим.
Шундай
фикрлардан
бирини ёзиб қўйган
эканман. Бироқ бу
ёзувларнинг ҳам
қачон
ёзилганлиги
кўрсатилмаган
экат. Ҳар ҳолда
улар 1995
йилнинг
сўнгги, 1996
йилнинг
бошларида қоғозга
туширилган
бўлса керак.
Ана ўша ёзувларни
тубунда
келтираман:
I qism:
1. G`oya-mafkura,
yaТni davlat g`oyasi bo`ishi lozim. Mening fikrimcha bunday g`oya, bunday
mafkura, asosida Islom tarbiyasi turgan milliy birlik bo`lishi mumkindir.
2. Davlat tuzumi.
Konstitutsion demokratik Respublikadir.
3. Davlat
hokimiyatining tizimi :
a) Oliy hokimiyat -
Parlament (bizda: Oliy majlis yoki Millat vakillari Majlisi deb atalishi
mumkin);
b) Ijroiya hokimiyat: Prezident
(bizda Davlat raisi deb atalishi mumkin) va Vazirlar kobineti;
v) Mahkama hokimiyati;
4. Erkin matbuot.
Eslatma: Parlament, Prezident
va vazirlar kobineti, Mahkama hokimiyati funksiyalari (ish usuli va foaliyati)
qonunlar bilan keskin belgilanib, ular bir-biri ishlariga qonundan tashqarida
aralasha olmaydigan darajada aniq chegaralab qo`yiladi.
II qism:
Iqtisodiy siyosat va tashqiy
siyosat.
III qism:
Amaliyoat: I-II qismlarda
ko`rsatilganlarni jahon demokratik prinsiplari darajasida turmushda amalga
oshirish.
Buning
uchun esa, ilmli va bilimli kishilar (kadrlar armiyasi) zarur. Demak, muxolifat
o`zi taklif etayotgan davlat sistemasi va uning siyosati, iqtisodiy rejalarining
har bir oddiy mehnatkash qozonida sezilishini taТminlashga qodir usullar va
ularni amalga oshiradigan ilmli, bilimli davlat odamlariga-kadrlarga ega
bo`lmog`i zarur.