Бу
йил (ҳижрий
1428 йил 1-Рамазон,
мелодий
2007 йил 12-13
сентябрида
бошланган) муборак
Рамазон ойида
диндош
дўстларимиздан
Тожиалиев
Давронбек Рустамович
<Абдулазиз> http://www.ziyouz.com саитида бир
ойлик ”Муборак ой
туҳфаси” дастури бўйича
дарс ташкил қилди. Бу
савобли
ишнинг-дарснинг
мазмуни е-маил
адресларга
тарқатиб ҳам
турилди.
Жумладан
Давронбекдан
менга ҳам
Рамазон
дарслари
баён қилинган
мактублар
келиб турди.
Унинг бу савобли
иши учун Оллоҳу
таоло аэрини
юксак қилсин.
Ана ўша
дарсларни
саитимиз ўқувчиларига
такрор тақдим
қилишни
лозим топдим.
Улар
тубандигилардир(оригинал
матнлар
лотинда
бўлганлигидан
улар ўз ҳолида
берилмоқда):
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 1-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Bandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so`rasalar, Men ularga yaqinman.
Menga duo qilgan paytlarida duogo`ylarining duosini ijobat qilaman. Bas, haq
yo`lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da`vatimga) javob qilsinlar va Menga
iymon keltirsinlar. (Baqara surasi, 186-oyat).
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizdan (ushbu qilgan amalimizni) o`zing qabul ayla. Shubhasiz,
sen eshitguvchi, bilguvchisan! (Baqara surasi,
127-oyat).
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Birinchi hadis.
Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat
qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo`lsa, bas, Alloh va rasuli
uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish
uchun bo`lsa, uning hijrati o`sha narsaga bo`libdi».
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abu Bakr Siddiqning o`gitlari
"Men ham siz kabi bir odamman. Bilmadim, balki Rasululloh, sollallohu
alayhi va sallam, bajara olgan xizmatni menga ham taklif qilarsiz. Vaholanki,
Alloh taolo Muhammadni, alayhissalom, butun olamlardan afzal qildi va uni
balo-ofatlardan asradi. Men esa tobeman. O`z bilganimcha harakat qilishga
haqqim yo`q.
To`g`ri harakat qilsam, menga ergashing. To`g`ri yo`ldan
chiqsam, meni to`g`ri yo`lga solib qo`ying. Rasululloh, sollallohu alayhi va
sallam, vafot etayotganlarida ummatlaridan hech kimda bir cho`p zarrasi qadar
ham haqlari qolmagan edi. Mening esa vaqt-vaqti bilan paydo bo`ladigan bir
shaytonim bor. U kelganida mendan uzoqroq turingki, nogahon sizni urib
qo`ymayin yoxud soch-soqolingizni tortmayin.
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma`lum bir umr
ichida kun va tunlaringizni o`tkazmoqdasiz. Agar qo`lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o`tkazing. Buni
ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan
ishlash fursatini olib qo`ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga solib,
xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga
tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo`lmang. Tezroq bo`ling,
Haflatda qolmang. Chunki orqangizdan sizga yetishmoq uchun tez kelayotgan
ajalingiz bor. O`limdan qo`rqing, otalardan, o`g`illardan, aka-ukalardan ibrat
oling. Yashayotgan kishilarga
emas, o`lganidan so`ng ular ortda qoldirayotgan go`zal narsalarga havas
qiling..."
Saodat asri qissalari
Allohning fazli va rahmati
Vosila ibn Asqo`, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: "Ramazon oyi keldi. Biz
ahli suffa ham ro`za tuta boshladik. Har oqshom iftor vaqti kirishi bilan
Aqobada bay`at bergan ansorlar kelib har qaysisi bir kishidan bizni iftorlikka
olib ketishardi. Bir kuni hech kim kelmadi. Ro`zamizni ocholmay uxladik,
saharlik ham qilmadik. Ertasi kuni ham hech kimdan darak bo`lmadi. Nihoyat,
ahvolimizni janobi Payg`ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, bildirdik. Ul
zot bizga nihoyatda qayg`urib, biror yegulik bormi, deya ayollaridan birma-bir
so`rattirdilar. Biroq ularning hammalari bunga:
- Alloh
nomiga qasamki, bizda yegulik hech narsa yo`q, — deb javob yubordilar.
Shunda Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, to`planishimizni buyurdilar va biz
to`plangach:
— Allohim,
Sendan fazl va rahmat so`raymiz. Zero, rahmat yolg`iz Sening qo`lingdadir
va Sendan o`zga rahmat sohibi yo`qdir, — deya duo qildilar.
Biz "Omin", dedik.
Oradan ko`p
o`tmay, bir joydan bizga bir qo`yning qovurilgan tanasi va shunga yarasha non
keldi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qani, olinglar, yenglar, — dedilar.
Biz
to`ygunimizcha yedik. Shundan so`ng Sarvari koinot, sollallohu alayhi va
sallam, shunday deb marhamat qildilar:
— Biz Alloh taolodan uning fazilati va rahmatini ham tilagan edik. Bu bergani
Uning fazlidir. Shubha yo`qki, biz uchun rahmatini ham saqlab qo`yibdi".
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Tojialiyev Davronbek Rustamovich <AbdulAziz>
http://www.ziyouz.com - Ziyo istagan qalblar uchun!
http://islam.ziyouz.com
- Qalbingizni Islom nuri munavvar aylasin!
http://forum.ziyouz.com -
Haqiqiy o`zbekona forum.
http://cards.ziyouz.com -
Yaqinlaringizni ayyom bilan tabriklang.
http://photo.ziyouz.com -
O`zbekistonning islomiy obidalari fotogallereyasi. Assalomu
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun ramazonning 2-kuni. Allohim, tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizni o`zingga bo`yinsunguvchilardan qilgin va zurriyotimizdan
ham o`zingga itoat qiladigan kishilar chiqargin. Va bizga (qiladigan)
iboratlarimizni o`rgatgin va tavba-tazarrularimizni qabul et! Shubhasiz, sen
tavbalarni qabul qilguvchi, rahmlisan! (Baqara
surasi, 128-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Ikkinchi hadis.
Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki
bizning ishimizda yangilik qilsa, bu undan bo`lmasa, bas, u rad qilingandir»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abdulloh ibn Abbosning o`gitlari
— Ey gunoh ish qilgan kishi! Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin
bo`lma. Hech bir gunoh yo`qki, uni qilganingdan so`ng yanada kattasi orqasidan
kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda o`ng va chap tomondagi farishtalardan
uyalmasliging, sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Alloh taolo
sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib, kulishing qilgan
gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qo`ldan boy berib, qilolmay qolgan
bir gunoh ish uchun xafa bo`lishing gunohdan ko`ra kattaroqdir. Gunoh ish
qilayotganingda Alloh seni ko`rib turgani holda, qalbing cho`chib-titramasdan,
shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo`rqishing sodir etgan gunohingdan
kattaroqdir.
Xudo
xayringni bergur, bilasanmi, Alloh subhanahu va taolo Ayyubning, alayhissalom,
qay ishi uchun shunday ko`p sarvatini oldi va kasalliklarga duchor etdi? Bir
bechora bir zolim qo`lidan qutulmoq uchun uning huzuriga keldi. Ayyub,
alayhissalom, esa, unga yordam bermadi va (himoyaga muhtoj) u kimsani zolimning
zulmidan himoya qilmadi. Ittifoqo, Alloh ul zotni u katta musibatlarga duchor qildi.
Saodat asri qissalari
Eng shiddatli oyat
Muhammad ibn al-Muntashirdan:
«Bir odam Hazrati Umarga, roziyallohu anhu:
— Allohning kitobidagi eng shiddatli va qo`rqinchli oyatni bilaman, — dedi.
Umar, roziyallohu anhu, bir tayoq olib, uni astagina urdi va:
— O`zingcha qanday "tadqiqot" o`tkazdingki, bunday bir oyatni
uchratding? — degach, haligi kishi u yerdan ketdi.
Ertasiga Hazrati Umar, roziyallohu anhu, unga uchrashib:
— Sen aytmoqchi bo`lgan qaysi oyat edi? — deb so`radilar.
— "Kim biror yomonlik qilsa, albatta jazosini ko`radi" oyatidir.
Zero, hech yomonlik qilmagan odam yo`q. Shunga ko`ra, birortamiz ham azobdan
qutula olmaymiz (najot topolmaymiz), — dedi u kishi.
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bunga javoban:
— Bu oyat nozil bo`lganida biz shunchalar qo`rqdikki, hatto ovqat yeyolmay
qoldik. Nihoyat, Alloh taolo: "Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o`z
joniga jabr qilsa, so`ngra Allohdan mag`firat so`rasa, Allohning mag`firat
qilguvchi va mehribon ekanini topar – ko`rar" (Niso, 110) mazmunli oyati
karimani nozil qildi, — dedilar».
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 3-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro,
ularning orasiga o`zlaridan bo`lgan, ularga oyatlaringni tilovat qilib
beradigan, kitob va hikmatni (Qur`on va Hadisni) o`rgatadigan va ularni
poklaydigan bir payg`ambarni yubor! Shubhasiz, sen qudrat va hikmat sohibisan! (Baqara surasi, 129-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Uchinchi hadis.
Nu`mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Albatta halol ochiq-ravshan. Albatta harom ochiq-ravshan.
Uning o`rtasida shubhali narsalar bo`lib, uni ko`p insonlar bilishmaydi. Kimki
shubhadan taqvo qilsa, dini va obro`sini soflabdi. Kimki shubhaga voqe` bo`lsa,
haromga yo`liqibdi. Rioya qiluvchi qo`riqxona atrofiga borib, uning ichiga
kirib qolishi mumkin. Har bir podshohning qo`riqxonasi bor. Ogoh bo`ling,
Allohning qo`riqxonasi U harom qilgan narsalardir. Ogoh bo`ling, jasadda bir
parcha go`sht bor. Agar u isloh bo`lsa, jasadning barchasi isloh bo`ladi. Agar
u fasod bo`lsa, jasadning barchasi fasod bo`ladi. U ham bo`lsa qalbdir»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Hazrati Umarning o`gitlari
"Shu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qoronHuliklarida yo`l
ko`rsatuvchi bo`ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan
xabardor etadigan miqdorda o`rganingiz.
Qur`onga Hilof, ilmga manba bo`ling. Allohdan kunlik rizqingizni so`rang.
Gunohlariga pushaymon qiladiganlar bilan oshno bo`ling. Zero, ularning qalbi
har narsadan yupqadir.
Allohdan qo`rqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi.
Agar oxirat bo`lmasa edi, dunyoni bu tarzda ko`rmas edingiz.
Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko`rsatilgay. Har doim faqat
haqiqat bilan hukm eting...»
Saodat asri qissalari
Gapiruvchi bo`ri yoxud qiyomat alomati
Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "Bir bo`ri
suruvga hujum qilib, bir qo`yni olib qochdi. Cho`pon bo`rini quvib, qo`yni
tortib oldi. Shunda bo`ri tilga kirib:
— Allohdan qo`rqmaysanmi? Parvardigor menga yuborgan rizqni nega qaytarib
olyapsan? — dedi.
— Vo ajab? Bo`ri inson kabi gapirmoqda! — hayratini yashira olmadi cho`pon.
— Mening odamday gapirganimga ajablanyapsanmi? Bundan ham muhimroq narsa bor.
Yasribda Muhammad ismli bir zot odamlarga yangi dinni ta`lim bermoqda, — dedi
bo`ri.
Shundan so`ng cho`pon suruvini haydab Madinaga keldi. Qo`ylarni bir pana joyda
qoldirib, Payg`ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga keldi va
bo`lib o`tgan voqeani aytib berdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam,
odamlarni namozga chaqirishni buyurgach, cho`ponga:
— Ko`rganlaringni bularga ham so`zlab ber, — dedilar.
Cho`pon voqeani so`zlab berdi. Shunda Sarvari olam, sollallohu alayhi va
sallam, marhamat qildilar:
— Birodaringiz to`g`ri gapiryapti. Muhammadning qayoti izmida bo`lgan Allohga
qasamki, jonivorlar insonlar bilan gaplashmagunicha, kishining oyoq kiyimidagi
bog`ich ip tilga kirib, so`zlamagunicha va kishining soni, u ko`chada yo
safarda bo`lganida oilasining uyda nimalar qilganini xabar bermagunicha (ya`ni,
shunday zamonlar kelmay turib) qiyomat qoim bo`lmaydi».
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni
forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun ramazonning 4-kuni.
Allohim, tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida
qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik
ato etgin va bizni do`zax azobidan asragin! (Baqara surasi, 201-oyat)
Islomning o`zagi
bo`lgan hadislar
To`rtinchi hadis.
Ibn Mas`uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: “Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq
qilinishi jamlanadi. So`ngra quyuq qon bo`lib, o`sha kabi xalq qilinishi
jamlanadi. So`ngra parcha go`sht bo`lib, o`sha kabi xalq qilinishi jamlanadi.
So`ngra farishta yuborilib, unga ruh puflaydi. Va to`rt kalima, ya`ni rizqi,
ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish buyuriladi. Undan boshqa iloh
yo`q bo`lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qilib
yuradi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o`lchov) masofa qoladi. Bas,
uning o`sha vaqt yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do`zax ahlining amalini
qilib qo`yadi-da, do`zaxga kirib ketadi. Sizlardan biringiz do`zax ahlining
amalini qilib yuradi-da, hattoki u bilan do`zax orasida bir gaz masofa qoladi.
Bas, buning ham o`sha kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib,
jannatga kirib ketadi”, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar
o`gitlari
Usmon ibn Affonning o`gitlari
Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
"Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga
chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so`lG`in edi. Rasulullohning, sollallohu
alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg`ambarimizga salovot
aytgach, shunday dedi:
— Siz o`tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o`tishini
kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o`lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib
olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz.
Unutmangki, bu dunyo yolg`on va aldov ustiga bino bo`lgan.
"Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo`ymasin va sizlarni
aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab
qo`ymasin" (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o`tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So`ng sa`y-harakat qiling
va g`aflatda qolmang. Zero, siz g`aflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni
hisob-kitob qilishda sira g`aflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o`rgan,
baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o`g`illari,
birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga
naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun
harakat qiling. Alloh subhanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil
qilgan: "(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U)
xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog`dirgach, (bahorda) u sababli yer
o`simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so`ngra (kuzda)
shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur".
Saodat asri qissalari
Xotirjamlik siri
Abu Zabya, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar:
”Abdulloh ibn Mas`ud, roziyallohu anhu, vafotlaridan sal oldin xastalanib
qoldilar. Bemorni ko`rishga kelgan Usmon, roziyallohu anhu, undan so`radilar:
— Seni nima bezovta qilyapti?
— Gunohlarim.
— Ko`ngling nimani tusayotir?
— Rabbimning rahmatini.
— Senga bir tabib chaqiraymi?
— Aslida meni kasal qilgan Tabibdir.
— Senga biroz maosh yozdirishimga ruxsat berasanmi?
— Maoshga ehtiyojim yo`q.
— Hech bo`lmasa, keyin qizlaringga beriladi-ku!
Shunda Abdulloh ibn Mas`ud, roziyallohu anhu:
— Sen qizlarimni kambag`allikdan qiynalishadi deb xavotirdamisan? Men ularga
har kecha Voqea surasini o`qishni tayinlaganman. Zero, Payg`ambarimizning,
sollallohu alayhi va sallam: ”Har oqshom Voqea surasini o`qigan kishi hech
qachon tirikchilik zahmatini chekmaydi”, deb marhamat qilganlarini eshitgan
edim, — dedi.”
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday maktublardan voz
kechisni xohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar boshqa
birodarlaringizga ham ”Muborak Oy tuhfasi” dasturi yuborilishini istasangiz,
bizga ularning e-maillarini jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 5-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, ustimizdan sabru toqat yog`dirgil, qadamlarimizni sobit qil va
O`zing bizni bu kofir qavm ustiga g`olib qil! (Baqara
surasi, 250-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Beshinchi hadis.
Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Shubhali narsani shubhasiziga qo`y”, dedilar. (Ya`ni, shubhali narsani tark
qilib, shubhasiz narsani ol.) Termiziy va
Nasaiy rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Hazrat Alining (r.a.) vasiyati
Hazrati Ali (r.a.) o`g`li Hazrati Hasanga vasiyat qilgan edilar:
-Bilmagan narsang haqida so`zlama;
-vazifang bo`lmagan ishga kirishma, har ishni ahliga qoldir;
-falokat kelishidan qo`rqqan yo`lingni tark et, zero bir ishda falokat
sezilganda, uni tark etmoq qo`rquv bilan olg`a surmoqdan hayrlidir;
-o`zingdan kuchli zolimlar orasida sabr etmoqqa o`rgan, zero, haqsizlik
qarshisida haq uchun sabr etmoq eng yaxshi axloqdir;
-kishi dunyoda oxirati uchun nima hozirlagan bo`lsa, ertaga shu narsaga
erishadi;
-so`z ahli bo`lishdan ko`ra ish ahli bo`lgin.
Saodat asri qissalari
Yomonlikka yaxshilik
Abu Hurayradan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
”Bir kun bir ayol oldimga kelib:
— Men ham zino qildim, ham zinodan tug`ilgan bolamni o`ldirdim. Endi shu
gunohimdan tavba qilsam bo`ladimi? — deb so`radi.
— Sen uchun tavba yo`q! — dedim men ayolga. — Alloh ko`zingni ko`r qilsin, hech
bir qulaylik bermasin...
Shundan so`ng ayol yig`lab, tizzalariga urib chiqib ketdi. Ertasi kuni bomdod
namozini o`qib bo`lgach, bu voqeani aytgan edim – Janobi Payg`ambarimiz alayhissalom:
— Sen ayolga naqadar yomon javob beribsan. Sen axir "Ular Alloh bilan
birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o`ldirishni harom qilgan)
biron jonni nohaq o`ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan
birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo`lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir
necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba
qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o`shalarning
yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo`yur. Alloh mag`firatli,
mehribon Zotdir" (Furqon, 68-70) mazmunli oyatlarni o`qimaganmiding? —
deya marhamat qildilar.
Shundan so`ng darhol ayolni chaqirtirib, unga bu oyatlarni o`qib berdim. Ayol
sevinganidan o`sha zahoti sajda qildi va:
— Menga qutulish eshigini ochgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo`lsin, —
dedi”.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni xohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 6-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo`lsak, bizni azobingga giriftor
aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o`tganlarning
bo`yinlariga qo`ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz
yetmaydigan narsaga zo`rlama! Bizlarni afv et, (gunohlarimizni) mag`firat qil,
(holimizga) rahm ayla! O`zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O`zing
bizni g`olib qil! (Baqara surasi, 286-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Oltinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: “Befoyda so`zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan
(dalolat)dir”, dedilar. Imom Termiziy va Ibn
Mojalar rivoyati.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abu Umomaning o`gitlari
Sulaym ibn Omirdan,
roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "Abu Umoma bilan Shomda bir dafn
marosimida birga edik. Janoza o`qilgach, mayyitni ko`ma boshladilar. Shunda Abu
Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
— Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida
yashamoqdasiz. Va (qabrni ko`rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana
bunday qabrga ko`chib o`tishga majbursiz. Bu qabr yolg`izlik, qoronG`ulik uyidir, bo`rilar uyidir, siqilish va
tanglik-qiyinchilik uyidir.
Bu yerdan
esa qiyomatning mushkul, qiynoqli maydonlaridan biriga o`tasiz va u yerda
Allohning amri kelguniga qadar ushlanib turilasiz. Bu uzoq kutish asnosida bir
necha yuzlar oqaradi, bir qanchasi esa qorayadi. Shundan so`ng yana boshqa bir
maydonga ketasiz. U yerda sizni qoronG`u zulmat bosadi.
Keyin nur tarqatiladi. Bu nur faqat mo`minlarga beriladi, kofir va munofiqlar
bu nurdan benasibdirlar. Alloh subhanahu va taoloning Kitobidagi: "Yoki
(kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to`lqin va uning ustida (qora) bulut
qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o`xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir:
qo`lini chiqarib (qarasa) uni ko`ra olmas. Kimga Alloh nur (omonlik) bermasa,
bas, uning (uchun) hech qanday nur yo`qdir" (Nur, 40, mazmuni) oyati
karimasi bunga ishora etmoqda. U kun xuddi ko`r kimsa ko`zi ko`radigan
kishining ko`zidan foydalanolmagani kabi kofir va munofiq kimsalar mo`minning
nuridan foydalana olmaydilar. U kun erkak va ayol munofiqlar mo`minlarga:
"Bizga qaranglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib
foydalanaylik", — deydilar. (Ularga): "Ortingizga qaytib nur
istangizlar", deyilur" (Hadid, 13, mazmuni), Holbuki, bu munofiqlar
aldanishlari uchun bir xiyladir. Shundan so`ng munofiqlar
nur tarqatilgan joyga qaytib kelsalar ham, u yerda hech narsa topa olmaslar va
yana bir bor qaytayotganlarida: "So`ng ular bilan mo`minlar o`rtasida
darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob
(do`zax) bo`lur" (Hadid, 13, mazmuni).
Saodat asri qissalari
Noumid shayton
Tabaroniydan rivoyat qilinadi:
”Abu Farva ismli bir odam kelib Janobi
Payg`ambarimizdan:
— Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma`qulchiligi qolmagan bir kimsa
tavba qilsa bo`ladimi? — deb so`radi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga:
— Sen musulmon bo`lganmisan? — dedilar.
— Ha.
— Unday bo`lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil.
Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi.
— Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi?
— Ha.
U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko`rinmay
qolgunicha) takbir aytdi”.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu alaykum
va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 7-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin endi dillarimizni haq yo`ldan
og`dirma va bizga O`z huzuringdan rahmat ato et! Albatta Sengina barcha
yaxshiliklarni ato etguvchisan! (Oli-Imron
surasi, 8-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yettinchi hadis.
Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Sizlardan biringiz o`zi yaxshi ko`rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi
ko`rmaguncha haqiqiy mo`min bo`la olmaydi”, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Ubay ibn Ka`bning o`gitlari
”Mo`min to`rt vasfga egadir. U boshiga musibat kelsa, sabr qiladi. Bir
ne`mat berilsa, shukr qiladi, gapirsa, to`g`ri gapiradi va adolat bilan hukm
chiqaradi. Mo`minning besh
narsasi nurdir. Mo`min kishi haqida Alloh ”Nur`un a`la nur” (nur ustiga nur)
yog`dirgan. Inchunun, mo`minning yaxshi so`zi nur, bilimi nur, kirgan yeri nur,
chiqar joyi nur va qiyomat kuni boradigan joyi nurdir.
Kofir esa besh zulmat ichidadir. Uning so`zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va
chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili ham zulmatdir”.
Saodat asri qissalari
Xayrli oqibat
Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etishlariga yaqin qolgan soatlarda
qayta-qayta: ”Tong otdimi?2" deb so`rar, har gal unga: ”Hali tong otmadi”,
deb javob berishar edi. Nihoyat , ”Tong otdi”, deyishgach, Muoz ibn Jabal,
roziyallohu anhu:
— Tonggida otashga ketiladigan kechadan Allohning panohiga sig`inaman. Ey
o`lim, xush kelding, safo kelding. Sen umrim davomida menga ilk bor tashrif
buyurgan bir ziyoratchisan, bir faqir do`stiga murojaat etgan suyukli
mahramsan.
Allohim, bugungacha men Sendan qo`rqib keldim. Biroq bugun Sening rahmatingdan
umidvorman. Senga ayonki, dunyo molini to`plash, ariqlar ochib dalalarni
bog`-rog` qilish kabi ishlar bilan mashg`ul bo`lish uchun dunyoda qolmoqchi
emasman. Mayli, shiddatli issiqlarda chanqoq qolayin, dunyo hayotining
mashaqqatlarini tortayin, biroq zikr halqalarida olimlarning tizzalariga
tizzamni qo`yib seni zikr etish uchun, dunyoda qolmoq istayman, — deb iltijo
qildilar.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 8-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, albatta Sen odamlarni hech shak-shubhasiz keladigan bir KUNga
to`plaguvchisan. Albatta Alloh va`dasiga xilof qilmagay! (Oli-Imron surasi, 9-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Sakkizinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Albatta Alloh taolo marhamatlidir. Faqat marhamatli bo`lganni qabul
qiladi. Alloh taolo yuborgan payg`ambarlariga buyurgan narsalarini mo`minlarga
ham buyuradi. Bu haqda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Yuborgan
barcha payg`ambarlarimizga shunday dedik): «Ey
payg`ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar!
Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman» (Mo``minun surasi, 51-oyat),«Ey mo`minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza
narsalardan yenglar» (Baqara
surasi, 172-oyat). Bir kishi safarda uzoq yuradi. Sochlari to`zib,
kiyimlari changib ketadi. Va qo`lini osmonga cho`zib, «Ey Rabbim, ey Rabbim»,
deydi. Uning yeyayotgan taomi harom, ichayotgan ichimligi harom, kiyayotgan
kiyimi harom hamda ozuqasi harom. Qaerdan uning (duolari) ijobat qilinsin?!»
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Utba ibn G`azvonning o`gitlari
Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: "Utba ibn G`azvon,
roziyallohu anhu, Basrada hokim bo`lganida bizga bir xutba o`qidi. Allohga hamd
va sanodan so`ng shunday dedi:
«Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini
burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan, bir kosa suv
ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo`g`i bir tomchi kabi narsa qolgan,
xolos. Siz bu dunyodan so`ngsiz bir hayotga o`tish arafasidasiz. Shunday ekan,
qo`lingizda eng xayrli narsa nima bo`lsa, o`shani o`zingiz bilan olib ketishga
Hayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning
ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so`ngsiz bo`shliq insonlar bilan to`lajakdir. Bunga hayron
bo`lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik
masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha,
yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida
qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo`q
edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan
bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa`d ibn Molik ikkimiz bo`lishib, kiyim
qildik.
Bugun esa har birimiz bir o`lkaning hokimlarimiz. O`zimizcha buyuk, Alloh
nazdida esa kichik bo`lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini
tilayman".
Saodat asri qissalari
Yuksak martaba
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
"Janobi Payg`ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Qiyomat kuni martabalariga payg`ambar va shahidlar ham havas qiladigan va Alloh
dargohida nurli minbarlar ustidagi joylari bilan taniladigan kishilarning
xabarini berayinmi? — deya marhamat qildilar.
— Ular kimlar, yo Rasulalloh? — so`rashdi ashob.
— Allohning qullarini Alloqga va Alloh taoloni Uning qullariga sevdirish uchun
intilgan va yer yuzida zimmalariga irshod vazifasi yuklangan odamlardir.
— Yo Rasulalloh! Allohni Allohning qullariga sevdirmoq tushunarli. Biroq
Allohning qullarini Allohga sevdirish qanday bo`ladi? — deb so`radim.
— Ularni Alloh sevgan narsalarga tashviq etishadi va Alloh yomon ko`rgan
narsalardan qaytarishadi. Ular bunga quloq osib, amal qilishsa, Alloh ularni
sevadi, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam».
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni
forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 9-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli
amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg`ambaringga ergashdik. Bas,
bizni (O`zingning birligingga, payg`ambaringning haqligiga) guvohlik
beruvchilar qatoriga yozgin! (Oli-Imron surasi,
53-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
To`qqizinchi hadis.
Zarar berish ham yo`q. Zarar olish ham yo`q. «Muvatto`»
kitobida rivoyat qilingan.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Muoz ibn Jabalning o`gitlari
Muhammad ibn Siriyndan rivoyat qilinadi:
"Bir odam Muoz ibn Jabalning, roziyallohu anhu, yoniga keldi. Muoz ibn
Jabal mehmonlarini kuzatayotgan ekan. Kelgan odamga shunday dedi: "Senga
ikki narsani tavsiya etaman. Shuni bilgin, dunyodagi ulushing seni albatta
qidirib topadi. Sen undan ko`ra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin,
sen oxiratdagi ulushingni tanla. Qaerga borsang ham oxiratdagi ulushingni talab
qil.
o`g`lim! Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o`qi! Yana bir bor
o`qiy olishingni o`ylama. Shuni bilgin, mo`min kishi biri bajargan va biri
ortda qolgan ikki yaxshilik o`rtasida o`ladi.
Ro`za (nafl ro`za) tut, biroq oralatib tut. Namoz (nafl namoz) o`qi, biroq uyqu
uchun ham vaqt ajrat. Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman deb
to`g`rilikdan ayrilma va musulmon holda o`lishga intil. Mazlumning badduosidan
saqlan.
Kimda shu uch narsa bo`lsa, Allohning Hazabiga uchraydi: noo`rin (sababsiz)
kulmoq, istaksiz uxlamoq va ochiqmay turib ovqat yemoq.
Ochlik va qiyinchilik fitnasi bilan imtihon qilindingiz, sabr etdingiz.
Mo`l-ko`lchilik fitnasi bilan ham sinalursizlar. Men sizning ayollar fitnasiga
uchishingizdan ko`proq xavotirdaman. Ular oltin va kumush bilaguzuklar taqib,
Shom va Yamanning yupqa, bezakvor ko`ylaklarini kiyib, boyni charchatib qo`yurlar,
kambag`alni esa topolmagan narsalarini topishga majbur eturlar».
Saodat asri qissalari
Insonlar ikki hovuchdirlar
Tabaroniydan, raqmatuloqi alayq, rivoyat qilinadi:
”Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etar chog`i yig`ladilar. U kishidan:
— Nega yig`layapsan? — deb so`rashdi.
— Vallohi, men o`lim azobidan qiynalib yoki ortimda mol-dunyo qolib ketayotgani
bois yig`layotganim yo`q, — dedilar. — Janobi Payg`ambarimizning, sollallohu
alayhi va sallam: "Insonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi jannatda, bir
hovuchi esa do`zaxda", deganlarini eshitganman. Mana shu hovuchlardan
qaysi birida ekanimni bilmaganimdan yig`lamoqdaman", — dedilar Muoz ibn
Jabal, roziyallohu anhu”.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni
forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 10-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli
amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarga payg`ambarlaring orqali va`da qilgan narsalaringni
(jannat, mag`firat, visolingdan bahramand etish kabi ne`matlaringni) ato qil va
bizlarni qiyomat kunida rasvo qilmagil! Albatta, Sen va`dangta xilof
qilmagaysan! (Oli-Imron surasi, 194-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`ninchi hadis.
Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: “Din xayrixohlikdir”, deganlarida, sahobalar: “Kim uchun, ey
Rasululloh?” deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga,
kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga”, deb aytdilar. Imom
Muslim rivoyatlari.
(Allohga bo`lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib,
aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo`lgan xayrixohlik -
undagi narsalarga bo`ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo`lgan xayrixohlik- u
olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo`lgan xayrixohlik-
ularga haq yo`lda bo`lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo`lgan
xayrixohlik-amru-ma`ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan
bo`ladi... - tarj.)
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abu Dardoning o`gitlari
”Yaxshilaringizni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar
ekansiz, xayr-barakot ichrasiz. Chunki haqni qabul etgan ham haq bilan amal
qilgan kishi kabidir. Xalqni u mas`ul bo`lmagan narsalarga mas`ul qilmang va
Alloh nomidan hech kimni so`roqqa tutmang.
Ey inson o`g`li! Sen o`z amalingga boq. Zero, xalqdan ko`rganlarini
surishtiradigan kishi har doim qayG`u chekadi va hech qachon alami so`nmaydi.
Allohga Uni ko`rib turgandek ibodat qilingiz. O`zingizni o`liklardan sanangiz.
Bilingki, kun kechirishga yetgulik oz sarvat sizni yo`ldan ozdirib, G`aflatga
tushiruvchi katta boylikdan yaxshiroqdir. Yodingizda bo`lsin, yaxshilik
chirimaydi va yomonlik unutilmaydi.
Yaxshilik mol va farzandlarning ko`pligida emas. Yaxshilik keng fe`lli, axloqli
bo`lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo`lishdadir.
Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib
qo`ysangiz, albatta Allohdan mag`firat so`rang».
Saodat asri qissalari
Naqadar yomon ish
Abul Hasan, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: ”Nabiyning, sollallohu
alayhi va sallam, yonlarida o`tirar edik. Davradan kimdir turib ketdi, biroq
oyoq kiyimini unutib qoldirdi. Davradagilardan biri uning oyoq kiyimi ustiga
o`tirib oldi. Haligi kishi bir ozdan keyin qaytib kelib, oyoq kiyimini so`radi.
— Biz ko`rmadik, — deyishdi. Poyafzal egasi bezovtalanib qoldi. So`ng uning
oyoq kiyimi ustiga o`tirgan kishi:
— Mana, oyoq kiyiming, — dedi.
Shunda Payg`ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Musulmon kishini bezovta qilish naqadar yomon ish, — dedilar.
— Men hazillashdim, — dedi u kishi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yana o`sha gaplarini takrorladilar”.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 11-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlar o`z jonimizga jabr-zulm qildik. Agar bizlarni mag`firat va
rahm qilmasang, shubhasiz, ziyon ko`rguvchilardan bo`lib qolurmiz! (A`rof surasi, 23-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`n birinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: “Sizlarni nimalardan qaytargan bo`lsam, ulardan chetlaninglar.
Buyurgan narsamni qodir bo`lganingizcha bajaringlar. Chunki sizlardan avvalgilar
ko`p so`rash va payg`ambarlariga ixtilof qilish sababli halok bo`lishdi”,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Salmoni Forsiyning o`gitlari
”Mo`min kishi xuddi
shifokori yonida yurgan bemorga o`xshaydi. Bemorning yonida yurgan tabib uning
dorilarini bilib, ko`ngli bir narsani tusaganida: “Zinhor buni yeya ko`rma!
Mabodo yesang, seni o`limga olib boradi!” deya ogohlantirib turganidek, mo`min
kishining ko`ngli ham ko`p narsalarni istab qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan
qaytaradi va jonini olib, jannatga borguniga qadar nazorat ostida tutib
turadi”.
Saodat asri qissalari
Alloh xohlagan joyda
Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi:
”Bir yaqudiy Hazrati Umardan, roziyallohu anhu, so`radi:
— Qur`onda: “Jannatning kengligi osmonlar va yer barobarida...” (Ol-i-Imron,
133, mazmuni) deyilgan. Xo`sh, ayting-chi, unda do`zax qaerda bo`ladi?
Umar, roziyallohu anhu, sahobalarga:
— Bu odamning savoliga javob bering, — dedilar. Biroq hech kimdan javob
chiqmadi. Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, yahudiydan:
— Har kuni ko`rib turganingdek, kechqurun hamma yer zimistonga burkanadi.
Ayt-chi, tun cho`kkanida kunduz qaerda bo`ladi? — deb so`radilar.
— Alloh xohlagan joyda.
— Unday bo`lsa, do`zax ham Alloh taolo xohlagan joydadir.
Ittifoqo, yahudiy hayajonini yashirolmay:
— Ey mo`minlarning amiri! Alloh taologa qasamki, Alloh taolo nozil qilgan
kitobda (Tavrotda) ham xuddi sen aytganingday yozilgan, — dedi.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoqda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni
forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 12-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavm bilan birga qilib qo`ymagaysan! (A`rof surasi, 47-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`n ikkinchi hadis.
Sahl ibn Sa`ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir
kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, “Ey
Allohning rasuli, meni bir amalga yo`llab ko`yingki, u amal bilan meni Alloh
yaxshi ko`rsin va insonlar ham yaxshi ko`rsin”, deganida, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: “Dunyoda zohid bo`l, Alloh seni yaxshi ko`radi. Insonlar
huzuridagi narsadan behojat bo`l, insonlar seni yaxshi ko`radi”, dedilar. Ibn Moja rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abdulloh ibn Mas`udning
o`gitlari
”Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman.
Orangizda tonggacha losh (o`lik) kabi o`rnidan qimirlamay yotadigan va tong
otgach esa, olov pashshasi kabi u yoqdan-bu yoqqa sakraydigan kimsani
ko`rmayin.
Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. O`lim musulmon uchun sovG`adir.
Ko`pchilik yoqtirmaydigan o`lim va kambag`allik qanday ajoyib narsalardir.
Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir ne`matdir. Qaysisi bilan imtihon
qilinsam ham, xotirjamdirman. Boy bo`lgan kezlar muhtojlarga yordam qilish,
faqirlikda esa sabr etish fazilati bor.
Banda imon cho`qqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon
kambag`allikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal ko`rmagunicha va uni
maqtagan va yomonlagan kishilarni bir xilda ko`rmagunicha imon cho`qqisiga
chiqa olmaydi.
O`zidan boshqa iloh bo`lmagan Allohga qasamki, musulmon holda tong ottirib,
kechqurun shu holda uyquga ketgan bandaga dunyoning musibatlari zarar bermaydi.
Barchangiz mehmonsiz, qo`lingizdagi dunyo moli esa omonatdir. Mehmon albatta
bir kuni ketadi va omonat egasiga beriladi.
Haq og`irdir, biroq tomoqdan oson o`tadi. Botil yengilgina, ammo kasallik
keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa,
uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topad”.
Saodat asri qissalari
G`aflatning sababi
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
”Bir safarda Abu Muso bilan birga edik. Tumonat odam yig`ilganini ko`rdik. Bir
kishi o`rtada turib, tinmay gapirar edi. Abu Muso menga:
— Ey Anas, kel Rabbimizni zikr etaylik. Ko`ryapsanki, bular dunyo uchun tinmay
gap sotmoqdalar. Ey Anas, bugungi insonlarda oxirat qayG`usi deyarli yo`q,
oxirat ular uchun hech bir ahamiyatga ega emas, — dedi.
— Nafsoniy orzu-istaklar va shayton ularni g`aflatga yetaklamoqda, — dedim.
— Yo`q, unday emas. Ularga dunyo naqd holda ko`rsatilgan, oxirat esa ulardan
pardalangan. Agar dunyoni ko`rganlari yanglig` oxiratni ham ko`rganlarida edi,
oxiratdan yuz o`girmas va dunyoga bu qadar o`ralashib qolmas edilar, — dedi Abu
Muso”.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com
tomonidan yuborilmoda. Agar bunday maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga
email orqali ma`lum qiling. Agar boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy
tuhfasi" dasturi yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini
jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda
qoldirishingiz mumkin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun ramazonning 13-kuni. Allohim, tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, biz bilan qavmimiz o`rtasida haq hukm qilgaysan. O`zing hukm
qilguvchilarning yaxshirog`idirsan! (A`rof
surasi, 89-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`n uchinchi hadis.
Ibn Mas`uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: “Allohdan boshqa iloh yo`q va mening Allohning rasuli ekanimga
guvohlik bergan musulmon kishining qoni halol emas, faqat uch narsaning birida
haloldir (ya`ni, o`ldirish joiz): ular oilali zinokor bo`lsa. Nafs nafs bilan,
ya`ni qasos. Jamoatdan ajrab, dinini tark qiluvchi”, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abu Zarr G`iforiy o`gitlari:
Sufyon as-Savriydan, roziyallohu anhu:
”Abu Zarr G`iforiy, roziyallohu anhu, Ka`ba yonida turib:
— Ey insonlar! Sizning foydangizni o`ylagan bir birodaringiz sifatida bir-ikki
og`iz gapirmoqchiman, — dedi.
Odamlar uning gaplarini eshitib atrofini o`rab olishdi. Abu Zarr G`iforiy
ulardan:
— Mobodo yo`lga chiqmoqchi bo`lsangiz safar uchun kerakli narsalar
tayyorlaysizmi, yo`qmi? — deya so`radi.
Odamlar:
— Albatta, tayyorlaymiz, — deb javob berishdi.
— Qiyomat safari eng uzoq safardir. Shunga yarasha tayyorgarlik ko`ring.
— Qanday hozirlik ko`rishimiz kerak?
— Katta tashvish-xavotirlardan xalos bo`lish uchun haj farzini ado etingiz.
Qiyomat kunida qattiq savol-javob bo`lishini o`ylab, issiq kunlarda ro`za tuting.
Qabrning dahshati va u yerdagi yolg`izlikni o`ylab, kechaning tim qoronG`usida
turib, namoz o`qing. Qiyomat kunining mashaqqatlarini o`ylab, doimo foydali
gaplarni ayting. Agar buni uddalay olmasangiz, zararli biror so`z aytib
yubormaslik uchun jim turing. Molingiz bilan muhtojlarga yordam bering.
Kuningizni ikkiga bo`lib, bir qismini oxiratga tayyorgarlik ishlari, qolganini
halol rizq-nasiba topish bilan o`tkazing. Uchinchi bo`limining esa sizga
foydasi yo`q, zarari bordir. Molingizni ham ikkiga bo`ling. Bir qismini
bola-chaqangiz uchun sarflab, qolganini oxiratingiz uchun ozuqa qiling.
Uchinchi qismining esa sizga foyda emas, zarari borligi uchun, unga
ehtiyojingiz yo`qdir.
Abu Zarr G`iforiy, roziyallohu anhu, so`zining oxirida baland ovozda:
— Ey insonlar! Azaldan bor bo`lgan, oxiri ham ko`rinmaydigan katta bir
hirs-ehtiros sizlarni o`ldirmasin, — deb hayqirdilar”.
Saodat asri qissalari
Jonbaxsh duo yoxud tirilgan murda
Abdulloh ibn Avndan, roziyallohu anhu, Anas ibn Molik, roziyallohu anhu,
rivoyat qiladilar: ”Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida,
Suffada edik. Rasuli akramning huzurlariga hijrat qilgan bir ayol keldi.
Payg`ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, uni ayollar yoniga, o`g`lini esa
bizning yonimizga yubordilar. Oradan ko`p o`tmay ayolning o`g`li Madinada
tarqalgan vabo xastaligiga chalinib, vafot etdi. Sarvari olam, sollallohu
alayhi va sallam, yigitning ko`zlarini yumganlaridan so`ng, jasadni
ko`tarishimizni buyurdilar. Uni yuvish uchun tayyorgarlik ko`rar ekanmiz, menga:
— Ey Anas! Bor, onasiga ayt, — dedilar.
Onasiga xabar berdim. Onasi kelib o`lgan o`g`lining oyoq uchi tomoniga o`tirdi
va oyoqlarini ushlab:
— Allohim! Men o`z xohishim bilan musulmon bo`ldim. Sening diningga kirdim.
Butlarga sig`inishni tark etdim. O`z xohishim bilan Senga yukindim va
Payg`ambaringni sevdim.
Allohim! Meni balo-musibatlarga duchor qilib, butparastlarni sevintirma va
toqatim yetmaydigan ushbu musibatni menga yuklama... — deb duo qildi.
Allohga qasamki, ayol duo qilib bo`lar-bo`lmas, o`lik oyoqlarini qimirlatib,
ko`zini ochdi va o`rnidan turib ketdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam,
vafot etgunlariga qadar o`sha yigit ham tirik edi...”.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 14-kuni. Allohim, tutayotgan
ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, ustimizdan sabru toqatni yog`dirgaysan va bizlarni faqat musulmon
bo`lgan holimizda o`ldirgaysan! (A`rof surasi,
126-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`n to`rtinchi hadis.
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: “Kishilar “La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh”,
deyishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular
bilan urushmoqqa buyurildim. Agar mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari
mendan omonda bo`ladi. Faqat Islom haqida unday emas (ya`ni, hadlarda). Va
ularning hisobi Alloh taologadir”, dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abu Hurayra o`gitlari
- Bu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo`qdir: pulni yaxshi ko`rish,
boshliq bo`lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh taolo
ulardan chiqish yo`lini ham ko`rsatib qo`ygan.
- Zolimning zulmidan ezilgan va qo`rquv bosgan tuvaloq inida yotgan joyida jon
beradi.
Saodat asri qissalari
Xushxabar
Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
”Ey imon keltirganlar, o`zlaringizni va oila a`zolaringizni yoqilg`isi odamlar
va toshlardan bo`lmish do`zaxdan saqlangizki, unda qattiqqo`l, Allohning
buyurganiga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni bajaradigan
farishtalar (turur)” (Tahrim, 6, mazmuni) mazmunli oyati karima nozil bo`lgach,
Janobi Payg`ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, sahobalariga o`qib
eshittirgan edilar, o`sha yerda turgan bir yosh yigit hushidan ketib yiqildi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, muborak qo`llarini yigitning
ko`kragiga qo`ydilar va yuragi urayotganini bilgach, unga: ”La ilaha illalloh”,
degin, dedilar. Yigit kalimani takrorlargach, Payg`ambarimiz, alayhissalom,
unga oxirati haqida xushxabar aytdilar.
Sahobalar so`rashdi:
— Yo Rasulalloh! Bu mujda oramizda faqat unga tegishlimi?
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ularga:
—Alloh taoloning: ”Bu mujda (va`da) Mening huzurimda (hisob-kitob uchun)
turishdan qo`rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavfda yashovchi
kishilar uchundir” deb marhamat etilgan oyatini eshitmaganmisiz? — deya javob
qildilar.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 15-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
”Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavmga maftun — aldanuvchi qilib qo`yma. Va
O`zing rahm aylab bizlarni bu kofir qavmdan qutqar”. (Yunus surasi, 85-86-oyatlar)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`n beshinchi hadis.
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: “Islom beshta narsa ustiga qurilgandir. Ular “La ilaha illallohu va
anna Muhammadan Rasululloh” kalimasini aytish, namozni qoim qilish, zakotni
berish, haj va ramazon ro`zasidir”, dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abu ad-Dardo o`gitlari
- Sen olim, yo o`rganuvchi yoki unga quloq tutuvchi bo`l. Lekin to`rtinchisi
bo`lmagilki, halokatga yuz tutasan.
- Kim ilm o`rganishga chiqish jihod emas, desa, uning aqli va fikrida noqislik
bor ekan.
- Mo`minning tanasida tilchalik Alloh sevgan parcha et yo`qdir. Alloh mo`minni
tili tufayli jannatga kiritadi. Kofirning vujudida tilchalik Allohga yoqimsiz
parcha et yo`qdir. Alloh taolo kofirni tili tufayli do`zaxga tashlaydi.
- Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham yeymiz. Ular
ichadilar, biz ham ichamiz. Ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz. Ularning
ko`p mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz.
Ular hisob berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz.
Saodat asri qissalari
Amalim qabul bo`lsin desangiz...
Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, ozod etilgan quli Abu Ayyub Sulaymondan:
"Bir payshanbadan jumaga o`tar kechasi Abu Hurayra, roziyallohu anhu,
oldimizga keldi va:
— Allohni yaxshi ko`rsangiz, orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya qilmagan, uni
buzgan kishi bo`lsa, bu yerdan ketsin, — dedi. Hech kim joyidan qimirlamadi.
Nihoyat, bu so`zni uch marta takrorlagach, bir yosh yigit o`rnidan turib, ikki
yildan beri bee`tibor tashlab qo`ygan va gaplashmayotgan ammasining oldiga
bordi. Ammasi:
— Kutilmagan hol? — dedi.
— Abu Hurayra aytdilar, — dedi yigit.
— Borib so`ra-chi, nima uchun bunday degan ekan?
Borib so`raganida Abu Hurayra yigitga shunday dedilar:
— Janobi Payg`ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Odam
bolalarining amallari har payshanba oqshomi, ya`ni juma kechasi Allohga taqdim
etiladi. Faqat orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya etmagan kimsaning
amallari qabul bo`lmaydi", deb marhamat qilganlarini eshitganim uchun
shunday degan edim".
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 16-kuni. Allohim, tutayotgan
ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, albatta Sen bizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani
ham bilursan, Alloh uchun yeru osmondagi biron narsa maxfiy emasdir. (Ibrohim surasi, 38-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`n oltinchi hadis.
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar kishilarning da`volariga qarab berilaverganida edi, ular qavmning
moli va qonlarini da`vo qilishgan bo`lar edi. Lekin da`vo qiluvchiga hujjat
keltirish va inkor qiluvchiga qasam ayttirish lozim bo`ladi», dedilar. Mana shu lafz bilan hasandir. Va ikki «Sahih» kitobida
keltirilgan.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abdulloh ibn Abbos o`gitlari
- Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg`ul bo`lish menga kechani
butunlay bedor o`tkazishdan mahbubroqdir.
- Sulaymon alayhissalomga yo ilmni yoki mol-dunyoni tanlash ixtiyori berildi.
Shunda u zot ilmni tanladilar. Keyin u kishiga mol-mulk ham ato etildi.
- Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil bo`lgach, azizu
mukarram bo`ldim.
- Insonlarga yaxshilikni o`rgatuvchi muallim haqqiga barcha narsalar, hatto
dengizdagi baliqlar istig`for aytadi.
- Nujum ilmiga ergashmanglar, chunki u sehr va folbinlikka olib boradi.
- Kim bir namozni ataylab tark etsa, Allohga g`azablanib turgan holida
yo`liqadi.
Saodat asri qissalari
Naqd savob
Omir ibn Sa`d ibn Abi Vaqqosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"Bir kuni Abdulloh ibn Umarning uyida edim. Ittifoqo, Habbob kirib keldi
va:
— Ey Abdulloh, Abu Hurayrani ko`rmaysanmi? Janobi Payg`ambarimizning,
sollallohu alayhi va sallam: "Marhumning uyidan chiqib (janoza) namozini
o`qigach, dafn etilguniga qadar birga bo`lgan kishi har biri Uhud tog`icha
keladigan ikki ajr oladi va janoza namozini o`qiganidan so`ng qaytgan kishi ham
Uhud tog`idek ajrga ega bo`ladi", deya marhamat qilganlarini gapiryapti, —
dedi.
Ibn Umar unga:
— Borib Oyishadan so`ra-chi, Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, haqiqatan
ham shunday deb aytganmikanlar? — dedi.
Habbob ketgach, Ibn Umar yerdan toshchalarni olib qo`lida aylantirib turdi.
Habbob qaytib:
— Ha, Abu Hurayra to`g`ri gapirgan ekan, — degach, qo`lidagi toshchalarni otib:
— Vallohi, biz tog`day-tog`day ajr xirmonlaridan quruq qolibmiz, — dedi.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar boshqa
birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi yuborilishini
istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 17-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigorim, meni va zurriyotimdan (bo`lgan bolalarimni) namozni to`kis ado
etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. (Ibrohim
surasi, 40-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`n yettinchi hadis.
Vobisa ibn Ma`baddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Yaxshilik va gunoh haqida so`rash uchun keldingmi?» dedilar. Shunda
bu zot: «Ha», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbingdan
fatvo so`ra. Yaxshilik -nafs va qalb unga xotirjam bo`lganidir. Gunoh - nafs
xira bo`lib, qalb beqaror bo`lganidir. Agar kishilar senga fatvo
berishsa ham va berdirishsa ham», dedilar. Imom Ahmad va Doramiylar
rivoyati.
Navvos ibn Sam`ondan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik husni xulqdir. Yomonlik -
nafsing kirlanib, kishilar undan xabardor bo`lishlarini karih ko`rganingdir»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abdulloh ibn Umar
o`gitlari
- Agar biror kishi xufton va bomdod namozlarida jamoatga chiqmasa, uni munofiq,
deb gumon qilardik.
- Misvok ishlatilgandan keyin o`qilgan namoz misvok qilmasdan o`qilgan yetmish
besh namozdan ko`ra fazilatlidir.
- Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo`lgan eng muhim a`zo tildir.
- Bir bandaga dunyo molidan nima yetsa, saxiy bo`lsa ham, Alloh nazdidagi
darajasi pasayadi.
- Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo`lgan eng muhim a`zo
tildir.
Saodat asri qissalari
Shahidlar havas qilgan martaba
Abu Dardodan, roziyallohu anhu:
«Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
–Alloh subhanahu va taolo qiyomat kuni bir necha kishilarni yuzlari nurli va
olmosdan yasalgan minbarlar ustida turgan holatda qabrlaridan turg`izadi. Hamma ularga havas bilan qaraydi. Holbuki, ular
payg`ambarlar ham, shahidlar ham emas.
Shunda bir badaviy arab tiz cho`kib:
— Yo Rasulalloh, ularni bizga ta`riflang, tanib olaylik, — dedi.
— Bular turli qabilalardan va har xil uzoq
joylardan bo`lganlari holda bir yerda to`planishib, Allohni zikr qilganlardir,
— deya marhamat etdilar Payg`ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam».
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com
tomonidan yuborilmoda. Agar bunday maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga
email orqali ma`lum qiling. Agar boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy
tuhfasi" dasturi yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini
jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda
qoldirishingiz mumkin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun ramazonning 18-kuni. Allohim, tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha
mo`minlarni mag`firat qilgil. (Ibrohim surasi,
41-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`n sakkizinchi hadis.
Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam ”Albatta Alloh taolo har bir narsada yaxshilik bo`lishini yozdi. Agar
qatl qilsalaringiz, qatlni chiroyli qilinglar. Agar qurbonlik qilsalaringiz,
qurbonlikni chiroyli qilinglar. Sizlarning biringiz (qurbonlik qiladigan
bo`lsa) tig`ini o`tkirlab, uni tinchitsin” dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abdulloh ibn Muborak o`gitlari
- Kishi ilm o`rganishda davom etayotgan pallada olimdir. ”Olim bo`ldim, endi
bas”, deb xulosa chiqargan chog`idan boshlab johildir.
- Ilm o`rganmasdan turib, ulug`likka intilgan kishiga hayronman.
- Ilmiga baxillik qilgan kishi uchta narsaning bittasi bilan balolanadi yoki
o`lib ketadi: ilmi behuda ketadi yoki podshoh bilan musibatlanadi yoki yod
olgan ilmini esdan chiqaradi.
- Haromdan topilgan bir dirhamni tark etish yuz ming dirhamni sadaqa qilishdan
afzaldir.
- Mas`uliyatsiz, kayfu safo ichra yashash ishtiyoqi va gunohlar qalbni butunlay
o`rab oladi. Yaxshilik va haqiqat tuyg`ulari endi qalbga qanday qilib kirsin?!
- Niyatlarga ko`ra qancha-qancha ishlar ulug` bo`ladi, yana qancha-qancha katta
ishlar niyatlarga ko`ra arzimasga aylanadi.
Saodat asri qissalari
Rasululloh o`rgatgan duo
Abu Umomadan, roziyallohu anhu:
"Xolid ibn Valid Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, kechalari
dahshatli tushlar ko`rayotgani, bu hol uni namozdan chalg`itayotganini kuyinib
so`zladi. Shunda Alloh rasuli unga:
Ey Xolid! Bir duo borki, uni uch marta o`qib tugatmasingdanoq Alloh taolo seni
bu holdan qutqaradi, —dedilar.
— Ota-onam sizga fido bo`lsin, yo Rasulalloh! O`sha duoni menga o`rgating, —
dedi Xolid ibn Valid.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, quyidagi duoni o`qidilar:
"Allohning azobidan, jazosidan, qullarining yomonligidan, shaytonlarning
bug`zu adovatidan (gij-gijlashidan) va yonimda bo`lishlaridan Allohning
kalimalari panohiga qochaman".
Oyisha, roziyallohu anho, deydilar: Oradan bir necha kun o`tgach, Xolid ibn
Valid yana kelib:
— Yo Rasulalloh! Ota-onam sizga fido bo`lsin! Sizni haq payg`ambar etib
yuborgan Allohga qasamki, siz menga o`rgatgan duoni uch bora (uch kecha)
o`qimasimdan Alloh taolo avvalgi mushkul holdan meni xalos ayladi. Bundan buyon
kechalari arslonning iniga kirsam-da, parvoyimga kelmas, — dedi".
Amr ibn Shuayb ham bobosidan rivoyat qilib, "Birortalaringiz uyquda
qo`rqsangiz, ushbu duoni o`qisin", deb aytganlar. Abdulloh ibn Os,
roziyallohu anhu, esa har doim bolalariga bu duoni o`rgatar edilar.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com
tomonidan yuborilmoda. Agar bunday maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga
email orqali ma`lum qiling. Agar boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy
tuhfasi" dasturi yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini
jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda
qoldirishingiz mumkin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun ramazonning 19-kuni. Allohim, tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarga o`z huzuringdan rahmat — marhamat ato etgin va
bizlarning ishimizni O`zing o`nglagin! (Kahf
surasi, 10-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`n to`qqizinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam “Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni
gapirsin yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa,
ko`shnisini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa,
mehmonini hurmat qilsin”, dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Anas ibn Molik o`gitlari
- Kishi tilini tiymagunicha Allohga haqiqiy taqvo qila olmaydi.
- Banda tilini asramasa, taqvodor bo`lolmaydi.
- Badbaxtlik to`rttadir: ko`zning quruqligi, qalbning qattiqligi,
orzu-havasning uzunligi, dunyoga hirs qo`yish.
- Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmaydi.
- Banda tilin asramasa, taqvodor bo`lolmaydi.
Saodat asri qissalari
Payg`ambarni yig`latgan oyat
Abdullohdan, roziyalllohu anhu:
Janobi Payg`ambarimiz:
— Menga Qur`on o`qib berasanmi? — dedilar.
— Yo Rasulalloh! Qur`on Sizga nozil bo`lgan bo`lsa-yu men o`qib beraymi? —
dedim.
— Men uni boshqa birovdan eshitishni xohlayman, — dedilar Faxri koinot.
Shundan so`ng "Niso" surasini o`qiy boshladim va:
"Har bir ummatdan (o`z payg`ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va
sizni (ey, Muhammad), ularga guvoh qilib keltirganimizda (ularning holi) ne
kechur?!" oyatiga yetganimda:
— Bas, yetar, — dedilar.
Qarasam, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yig`layotgan ekanlar.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday maktublardan voz
kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar boshqa
birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi yuborilishini
istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 20-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigorim, men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni
so`rayman. Yana men Sendan (yo) Parvardigorim, ular mening huzurimga
kelishlaridan panoh berishingni so`rayman! (Mu`minun
surasi, 97-98-oyatlar)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yigirmanchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga kelib, “Menga vasiyat qiling”, dedi. Shunda u zot:
“g`azab qilma”, deb bir necha bor qaytardilar. Va yana “g`azab qilma”, dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Salmon Forsiy o`gitlari
- Mo`min kishi xuddi shifokori yonida yurgan bemorga o`xshaydi. Bemorning
yonida yurgan tabib uning dorilarini bilib, ko`ngli biror narsani tusaganida,
“Zinhor buni yeya ko`rma! Mabodo yesang, seni o`limga olib boradi!” deya
ogohlantirib turganidek, mo`min kishining ko`ngli ham ko`p narsalarni istab
qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan qaytaradi va jonini olib, jannatga
borguniga qadar nazorat ostida tutib turadi.
- O`lmog`im, keyin tirilmog`im, so`ng o`lib, yana tirilmog`im birovning
avratiga qarashimdan va birovning mening avratimga qarashidan uch karra
sevimliroqdir.
Saodat asri qissalari
Ilohiy hikmat
Abdulloh ibn Mug`affaldan, roziyallohu anhu:
Bir ayol johiliyat davrida yomon yo`lda edi. Bir odam uning yonidan o`tarkan,
shilqimlik qildi. Ayol:
— Meni o`z holimga qo`y. Alloh subhanahu va taolo barcha iflosliklar bilan
birga butparastlikni ham bekor qilib, Islom dinini nozil etdi, — dedi u.
Bu gapdan so`ng haligi odam ayoldan uzoq ketsa hamki, ko`zlarini undan uzmay
borar edi. Nihoyat, yuzi bilan bir devorga urildi. So`ng voqeani borib
Payg`ambarimizga, sollalllohu alayhi va sallam, aytdi. Payg`ambarimiz,
sollallohu alayhi va sallam unga:
— Sen Alloh taolo yaxshilik istagan banda ekansan. Zero, Alloh taolo bir quliga
yaxshilik iroda qilsa, sodir etgan gunohi uchun darhol uni jazolaydi va biror
bandasiga yomonlik istasa, unga qiyomat kuni jazo berish maqsadida, gunohlarida
davom etish imkonini beradi, — dedilar.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 21-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, (O`zingga) iymon keltirdik. Bas sen Bizlarni mag`firat qilgin va
bizlarga rahm ayla: Sen O`zing rahm qilguvchilarning yaxshirog`idirsan! (Mu`minun surasi, 109-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yigirma birinchi hadis.
Abu Sa`laba al-Xushaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: “Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe
qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi, undan o`tib ketmanglar. Va narsalarni
harom qildi, uni buzmanglar. Va unutmasdan sizlarga rahmat qilgan holda ko`p
narsalarda sukut qildi, sizlar u haqda bahs qilmanglar”, dedilar. Doraqutniy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Said ibn Musayyib o`gitlari
- Masjidda o`tirish - Rabbi bilan o`tirish, demakdir. Shunday bo`lgach, u yerga
kirgan odam faqat yaxshi narsalardan so`zlamog`i kerak.
- Masjidda aytilgan dunyoviy so`zlar xuddi hayvonlar yam-yashil o`tlarni yegani
kabi hasanotni (yaxshi amallarni) yeydi.
- Molini haloldan topmagan, undan haqlarini chiqarib turmagan, u bilan obro`-sharafini
saqlamagan kishida yaxshilik yo`qdir.
Saodat asri qissalari
Menga ishonasizmi?
Sevimli Payg`ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar
va ulkan qoya ustidan turib:
— Ey Abdul Muttalib o`g`illari, ey Fihra o`g`illari, ey Zuhra o`g`illari, —
deya qabila ulug`larini ismlari bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga
to`pladilar va ularga shunday xitob qildilar:
— Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu tog`ning etagida dushman otliqlari
bor! Hozir ustingizga bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam,
ishonasizmi?
Hammalari baravariga:
— Ha, ishonamiz. Chunki hozirgacha sendan
yolg`on gap eshitmadik, —dedilar.
— Unday bo`lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini,
Allohga ishonmaganlar o`sha kunda buyuk azobga duchor bo`lishlarining xabarini
beraman. Sizni shunday azobdan ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat
qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com
tomonidan yuborilmoda. Agar bunday maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga
email orqali ma`lum qiling. Agar boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy
tuhfasi" dasturi yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini
jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda
qoldirishingiz mumkin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun ramazonning 22-kuni. Allohim, tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan hayoti dunyoga) chiqargin. Bas agar yana
(tug`yonga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz (o`z jonimizga) jabr
qilguvchidirmiz! (Mu`minun surasi, 107-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yigirma ikkinchi hadis.
Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir amalning
xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do`zaxdan uzoq qilsin», desam, u
zot: «Sen juda katta narsa so`rading. Albatta u Alloh oson qilgan kishiga
yengildir. Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni
qoim qilasan. Zakotni berasan. Ramazon ro`zasini tutasan. Baytullohni haj
qilasan. Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro`za pardadir. Sadaqa
xatolarni xuddi suv o`tni o`chirgandek o`chiradi», dedilar. Kishining kechaning
o`rtasidagi namozi haqida quyidagi oyatni o`qidilar: «Ularning yonboshlari o`rin-joylaridan yiroq bo`lur.
(Ya`ni, tunlarini ibodat bilan o`tkazishib, oz uxlaydilar.) Ular
Parvardigorlariga ko`rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga
rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o`tgan
amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qo`yilgan ko`zlar quvonchini
(ya`ni, oxirat ne`matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi,
16-17-oyat). So`ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak
cho`kqisining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim.
Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho`qqisi -
jihoddir. Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» dedilar.
Men: «Ha, ey Rasululloh», dedim. U zot tillarini ushlab, «Sen mana buni
tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham
jazolanamizmi?» desam, u zot: «Onang farzandidan ajragur, kishilarning yuzlari
bilan do`zaxga ag`darilishlari faqat tillari gapirgan narsalar sababidandir»,
dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Usmon ibn Affon o`gitlari
- Qullik - amal etish, amal bilan hukmlarni muhofaza qilish, va`daga vafo,
boriga rizo, yo`g`iga sabrdir.
- Sizdan avval o`tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So`ng
sa`y-harakat qiling va g`aflatda qolmang. Zero, siz g`aflatga tushib qolsangiz
hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira g`aflatga tushilmaydi.
- Siz o`tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o`tishini
kutmoqdasiz... Unutmangki, bu dunyo yolg`on va aldov ustiga bino bo`lgan.
- Dunyoda ekinlar ekib-o`rgan, baland koshonalar qurgan, uzoq vaqt zavqu safo
surgan dunyoning o`g`illari, do`stlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib
yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham unga
shunday berilmang. Oxirat uchun harakat qiling.
Saodat asri qissalari
Xurmo pishgan kunlarda
Abu Dardo, roziyallohu anhu, Hazrati Payg`ambarimizning, sollallohu alayhi va
sallam, suyukli sahobalaridan biri edi. Barcha namozlarini masjidi nabaviyda,
Payg`ambarimizning ortlarida turib o`qishga
harakat qilardi. Shuning uchun masjidga erta kelar va kech qaytar edi. Rasuli
akramning namozdan keyingi suhbatlarini diqqat bilan tinglardi. Biroq xurmo
terish mavsumi boshlanganida Abu Dardo namozga kech kelib erta ketadigan
bo`ldi. Bu hol Payg`ambarimizning diqqatlarini tortdi. Abu Dardoni yonlariga
chaqirib:
— Sening masjidga kelib-ketishingda bir o`zgarish ko`ryapman.
Nima bo`ldi? — deb so`radilar.
Abu Dardo shunday dedi:
— Shu kunlarda qo`shnimizning xurmo daraxti mevalarini to`ka boshladi. Xurmolar
bizning hovliga tushyapti. Bolalarim, qo`shnimdan beso`roq ulardan yeb
qo`yishmasin, deb xavotirdaman. Bomdodga kelishdan oldin to`kilgan
xurmolarni to`plab, qo`shnimning bog`iga o`tkazib qo`yaman. Shu sabab
masjidga kech kelyapman. Men masjiddaligimda ham daraxtlardan xurmo to`kiladi.
Ularni yig`ib qo`shnimnikiga qo`yish uchun shoshilaman. Shunday qilsam
bolalarim harom yemaydi, qo`shnimga ham zarar yetmaydi.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, Abu Dardoning bu so`zlaridan mamnun
bo`ldilar va uning haqqiga duo qildilar.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com
tomonidan yuborilmoda. Agar bunday maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga
email orqali ma`lum qiling. Agar boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy
tuhfasi" dasturi yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini
jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda
qoldirishingiz mumkin.
Muborak oy tuhfasi. 23-kun
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun ramazonning 23-kuni. Allohim, tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, O`zing bizlardan jahannam azobini daf` qilgin. Darhaqiqat uning
azobi ketmas — mangu (azobdir)! (Furqon surasi,
65-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yigirma uchinchi hadis.
Abu Zarr va Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Qayda bo`lmasin, Allohdan taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni
ergashtir, uni o`chirib yuboradi. Kishilarga chiroyli xulq bilan muomalada
bo`l», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Hazrat Huzayfa o`gitlari
- Bugun munofiqlar Payg`ambar zamonidagidan ko`proqdir. Burungilar nifoqlarini
ichda saqlashardi. Bugungilar ochiqdan-ochiq nifoq qilishadi. Yashirin nifoq
iymonning samimiyligi va kamoliga to`sqinlik qiladi. Munofiqlikdan qo`rqqan
odam undan uzoq bo`ladi. O`zining nifoqdan uzoqdaligini aytib yuruvchi kimsa
esa munofiqlikka yaqin turadi.
- Ixlos insonning zohiri ham, botini ham bir xil bo`lganidir.
Saodat asri qissalari
Xushu` va xuzu` xosiyati
Janglarning birida Hazrati Alining oyog`iga o`q tegdi. O`q oyoq suyagiga ham
ancha botgani uchun chiqara olishmadi. Bir tabib chaqirdilar. Tabib Hazrati
Aliga qarab shunday dedi:
— Bu o`qni faqat hushdan ketkazuvchi dori bilan olsa bo`ladi. Yo`qsa, og`riqqa
chidayolmaysiz.
Hazrati Ali aytdilar:
— Hushdan ketkazadigan doriga zarurat yo`q. Bir oz sabr qilinglar, namoz vaqti
kirsin. Men namoz o`qiy boshlaganimda olib tashlaysiz.
Namoz vaqti kirdi. Hazrati Ali namozga turdilar. Tabib Hazrati Alining oyog`ini
yorib, o`qni chiqardi. Yarani bog`lab qo`ydi. Hazrati Ali namozlarini bitirib,
tabibdan so`radilar:
— O`qni chiqardingizmi?
— Ha, chiqardim, — dedi tabib.
— Men hech narsa sezganim yo`q, — dedilar Hazrati Ali roziyalloqi anqi.
Namozdagi xushu`-xuzu` Hazrati Alini go`yo boshqa olamga olib ketgandek edi.
Shuning uchun ham vujudlaridagi og`riqni aslo sezmadilar.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 24-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, O`zing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan
shod-xurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin! (Furqon surasi, 74-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yigirma to`rtinchi hadis.
Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam bizga va`z aytdilar, undan qalblar vahimaga tushdi
va ko`zlardan yosh oqdi. Shunda biz: ”Ey Rasululloh, vidolashuvchi mav`iza
bo`lsa kerak, bizga vasiyat qiling”, desak, u zot: ”Sizlarga Allohdan taqvo
qilishni hamda agar qul boshliq bo`lsa, uning so`zini eshitib itoat etishni
vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi biringiz yashaydigan bo`lsa, ko`p
ixtiloflarni ko`radi. Ana shu paytda mening sunnatimni va to`g`ri yo`lda
yuruvchi xulafoi roshidinlar sunnatini o`zingizga lozim topib, uni oziq
tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir bid`at zalolatdir”,
dedilar. Abu Dovud va Termiziylar
rivoyati.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Hazrat Muoviya o`gitlari
- Kimki ilmini yozmasa, uning ilmini ilm hisoblamayman.
- Hammani rozi qilishim mumkin, faqat ne`matga hasad qilguvchini rozi qila
olmayman. Chunki uni faqatgina ne`matning ketishi rozi qiladi.
- Ey o`g`ilginam, hasaddan saqlangin. Chunki u dushmaningga yetmasdan, sening
o`zingga bilinadi.
Saodat asri qissalari
Alloh ko`rib turibdi
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo`shishdek yomon
odatni qat`iy taqiqladilar.
Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko`chalarida kezib
yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o`tirdi. Kutilmaganda uy
ichida ona bilan qizi o`rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi:
— Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo`shib yubor!
— Xalifa sutga suv qo`shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon!
— Bilaman.
— Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman?
— E-e, qo`shaversang-chi, Umar seni ko`rib turgani yo`q!
— Umar ko`rmasa ko`rmas, ammo Alloh ko`rib turibdi-ku...
Hazrati Umar shundan so`ng uyga qaytdilar. O`g`illari Osimni
imon-e`tiqodli, go`zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 25-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, O`zing rahmat-mehribonlik va ilm jihatidan barcha narsadan
kengdirsan. Bas tavba-tazarru` qilgan va Sening yo`lingga ergashgan kishilarni
O`zing mag`firat qilgin va ularni do`zax azobidan saqlagin. (G`ofir surasi, 7-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yigirma beshinchi hadis.
Abu Mas`ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: ”Avvalgi payg`ambarlar kalomidan topilgan narsa – ”Agar
uyalmasang, xohlagan narsangni qil”, deb aytilganidir”, dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Hazrati Ali o`gitlari
- Yordamini o`zgalardan darig` tutmagan inson zikri keng yoyiladi.
- O`zgalarga ozor berishdan saqlanish yaxshilik alomatlaridandir.
- Kechirish - eng yaxshi g`alabadir.
- Ishining mazasi bo`lmagan kishining nasabi ish bermay qo`yadi.
- Ichimizda saqlar ekanmiz, har qanday sir bizning asirimizdir. Oshkor etgan
paytimizdan boshlab biz uning asiriga aylanamiz.
- Sukut saqlang, uning eng oz foydasi - omonlikdir.
Saodat asri qissalari
Qabrdan kelgan nido
Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, zamonida taqvodor, namozini doimo masjidda
jamoat bilan o`qiydigan bir yigit bor edi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, uni
nihoyatda yaxshi ko`rar edilar. Yigitning juda qarib qolgan otasi bor edi.
Yigit har kuni xufton namozidan so`ng otasini ziyorat qilgani kelardi.
Yo`l bo`yidagi uylardan birida yashovchi ayol bu yigitga oshiq bo`lib qoldi. Ayol
har kun yigitning yo`lini poylab, uni o`ziga og`dirishga harakat qilardi.
Nihoyat, bir safar yigit o`zini boshqara olmay, ayolning ortidan ergashdi.
Biroq ostonadan kirar ekan, Allohni esga olib, hushyor tortdi va: "Taqvo
qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biror vasvasa ushlasa, (Allohni)
eslaydilar, bas, (to`g`ri yo`lni) ko`ra boshlaydilar" (A`rof, 201) mazmunli
oyati karimani o`qidi-yu, hushsiz yiqildi.
Ayol darhol bir joriyasini chaqirdi. Ikkalasi yigitni otasining uyiga eltib,
eshikni taqillatdilar. Eshikni ochgan ota ostonada behush yotgan o`g`lini
ko`rdi. Uni ichkariga oldilar. Yigit yarim tunda o`ziga keldi.
— O`g`lim, senga nima bo`ldi? — so`radi ota.
— Hech narsa, hammasi joyida.
Ota:
— Xudo haqqi, menga to`g`risini ayt, — deb qo`ymagach, yigit bo`lgan
voqeani gapirib berdi.
— O`g`lim, sen qaysi oyatni
o`qiding? — deya so`radi otasi.
Yigit o`sha oyatni takror o`qigach, yana hushdan ketdi. Qancha urinishmasin,
o`ziga kelmadi. Yigit jon taslim qilgan edi. O`sha kechadayoq uni yuvib, dafn
etishdi.
Ertalab bo`lgan voqeani Hazrati Umarga, roziyallohu anhu, yetkazdilar. Hazrati
Umar, roziyallohu anhu, kelib, yigitning otasiga ta`ziya izhor qilgach:
— Nega meni chaqirmadingiz? — dedilar.
— Ey mo`minlarning amiri! Vaqt allamahal bo`lib qolgan edi, sizni bezovta
qilgimiz kelmadi, — dedi ota.
— Unday bo`lsa, yuring, birga qabr boshiga boraylik, — dedi xalifa va ikkovlon u
yerga yetgach:
— Ey falonchi! — deb marhum yigitni chaqirdi va: "Parvardigori (huzurida)
turishdan (ya`ni, Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o`tgan barcha
amallariga javob berishidan) qo`rqqan kishi uchun ikki jannat bordir"
(Rahmon, 46) mazmunli oyatni o`qidi.
Ittifoqo, qabrdan yigitning:
— Ey Umar! Siz eslatgan ikki jannatni Rabbim menga ikki bora in`om qildi, —
degan ovozi eshitildi.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 26-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va
zurriyotlari orasidagi solih-mo`min bo`lgan kishilarni ham O`zing ularga va`da
qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta Sening O`zinggina qudrat va
hikmat sohibidirsan. O`zing ularni barcha yomonliklardan asragin. Kimni o`sha
Kundagi (qiyomatdagi) yomonliklardan asrasang, bas haqiqatan unga rahm-shafqat
qilibsan. Mana shu buyuk baxtdir. (G`ofir
surasi, 8-9-oyatlar)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yigirma oltinchi hadis.
Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan “Agar farz namozlarini o`qisam, ramazon ro`zasini tutsam, halolni
halol va haromni harom, desam, bularga biror narsani qo`shmasam, jannatga
kiramanmi?” deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ha”, deb javob
qildilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Abu Bakr Siddiq o`gitlari
- To`g`ri harakat qilsam, menga ergashing. To`g`ri yo`ldan chiqsam, meni to`g`ri
yo`lga solib qo`ying.
- Qabrga tayyorgarliksiz kirgan kishi kemasiz dengizga tushgan odamga
o`xshaydi.
- Dunyo - mo`minlarning bozori, kecha va kunduz - sarmoyalari, go`zal amallar -
tijorat mollari, jannat - foydalari, jahannam esa zararlaridir.
- Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma`lum bir umr ichida kun va
tunlaringizni o`tkazmoqdasiz. Agar qo`lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih
amallar bilan o`tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan
amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo`ymasdan turib,
imkoniyatlaringizni ishga soling, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini
unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi
bo`lmang. Tezroq bo`ling, g`aflatda qolmang... Yashayotgan kishilarga emas,
o`lganidan so`ng ular ortda qoldirayotgan go`zal narsalarga havas qiling!
Saodat asri qissalari
Eng sara ozuqa
Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar:
”Hazrati Ali, roziyallohu anhu, bilan birga aylanib yurar edik. Jabbon qabristoni
yonidan o`tayotganimizda, qabristonga qarab:
— Ey qabrlarda yotganlar, ey suyaklari chirib, tuproqqa qorishganlar, ey
qorongHuliklarda yolg`iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so`rasangiz,
mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz o`ksiz va yetim qoldi va xotinlaringiz
boshqa turmush qurishdi. Bizda
ana shunday xabarlar. Sizlarda qanday xabarlar bor? — deb so`radilar.
So`ngra men tomonga burilib:
— Ey Kumayl, agar ularga javob qilish uchun izn berilganida: "Ozuqaning
eng yaxshisi taqvodir", deb aytishgan bo`lar edi, — dedilar.
Birozdan keyin esa yig`lab, bunday dedilar:
— Ey Kumayl, qabr amallar sandig`ir. Buni faqat o`lganingdan so`ng bilasan...”
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 27-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigor, O`zing bizlardan bu azobni aritgin. Albatta bizlar iymon
keltirguvchidirmiz! (Duxon surasi,
12-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yigirma yettinchi hadis.
Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: “Ey Rasululloh,
menga Islomdan bir so`z aytingki, men sizdan boshqa biror kishidan u haqda
so`ramayin”, deganda, u zot: “Allohga imon keltirdim, deb aytib, so`ngra
istiqomatda (ya`ni, sobitqadamlikda) bo`l”, dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Ulamolarning aytishlaricha, bu Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning so`zlarni jamlovchi hadislari bo`lib, Alloh
taoloning quyidagi so`ziga muvofiqdir: “Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb, so`ngra (yolg`iz Allohga
toat-ibodat qilishda) to`g`ri -ustivor bo`lgan zotlarning oldilariga (o`lim
paytida) farishtalar tushib, (derlar): “Qo`rqmanglar va g`amgin bo`lmanglar” (Fussilat surasi, 30-oyat). Jumhur ulamolar fikricha, bu
oyat va hadisning ma`nosi – “Imon keltirib, Allohning toatida bardavom
bo`lganlar”dir.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Muoz ibn Jabal o`gitlari
- Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo`yadi. Ular odamlarni
yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari
e`tiborli bo`ladi. Har bir quruq va ho`l narsalar, hattoki dengizdagi
baliqlar-u hasharotlar, barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning
haqqiga istig`for aytadi.
- Ilm o`rganinglar, zero uni o`rganish - Allohdan qo`rqish, uni talab qilish
-ibodat, muzokarasi - tasbeh, uni izlash - jihod, bilmaganga o`rgatish -sadaqa,
uni o`z ahliga bildirish - Allohga qurbatdir.
- Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do`st, to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi dalil,
xursandlig-u xafalik paytda ko`makchi, do`stlar oldida vazir, begonalar oldida
yaqin do`st va jannat yo`lining minorasidir.
- Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o`qi! Yana bir bor o`qiy
olishingni o`ylama. Shuni bilginki, mo`min kishi biri bajarilgan va biri ortda
qolgan ikki yaxshilik o`rtasida o`ladi.
Saodat asri qissalari
Muomaladagi ehtiyotkorlik
Oyisha, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar:
”Bir odam Janobi Payg`ambarimizning, alayhissalom, yonlariga kirish uchun
ruxsat so`radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qanday yomon odam bu. Qavmi va yaqinlari yuzidagi dog`dir, — dedilar.
Biroq ichkari kirganida unga ochiq chehra bilan muomala qilib, iltifot
ko`rsatdilar. U chiqib ketgach, boshqa bir kishi kirishga ruxsat so`radi.
— Naqadar yaxshi inson. Oilasi iftixor qilgulik bir farzanddir, — dedilar.
Lekin Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, bu kishiga avvalgi odamga
ko`rsatilganchalik iltifot qilmadilar. U kishi chiqqach, Oyisha onamiz:
— Yo Rasulalloh, birinchi kishini yomon deganingiz holda unga yaxshi muomala
qildingiz. Ikkinchisini yaxshi deb turib, unchalik iltifot etmadingiz, — deb
so`radi.
Payg`ambarimiz, alayhissalom:
— Ey Oyisha, insonlar orasida shundaylari borki, fe`li yomon bo`lgani uchun
ulardan ehtiyot bo`lish kerak, — deya marhamat qildilar”.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday
maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar
boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi
yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating.
Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalamu
alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun
ramazonning 28-kuni. Allohim,
tutayotgan ro’zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur'oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, O'zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o'tgan zotlarni
mag'firat qilgin va qalblarimizda iymon keltirgan zotlar uchun biron
g'illi-g'ash qilmagan. Parvardigoro, albatta Sen mehribon va rahmlidirsan! (Hashr surasi, 10-oyat)
Islomning o'zagi bo'lgan hadislar
Yigirma sakkizinchi hadis.
Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilingan, Jabroil alayhissalomning
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan imon, Islom, ehson, Qiyomat haqida
so'ragan savollari haqidagi Imom Muslim «Sahih»larida kelgan mashhur hadisdir.
Buyuk sahobalar o'gitlari
Abu Muso al-Ash'ariy o'gitlari
- Har bir narsaning chegarasi bo'ladi. Islomning chegaralari quyidagilar:
taqvo, kamtarlik, sabr, shukr. Taqvo - ishlarning asosi, kamtarlik -kibrdan
uzoq bo'lish, sabr - do'zaxdan najot topish, shukr - jannat bilan
mukofotlanishdir.
Hazrat Jobir o'gitlari
- Kim katta gunoh qiluvchilardan bo'lmasa, shafoatga muhtoj
bo'lmaydi.
Saodat asri qissalari
Uch harakat tarixi
Sa'saa ibn Savxondan:
«Badaviy arablardan biri Alining, roziyallohu anhu, oldiga kelib:
— Ey amiral mo'minin, siz: "Laa ya'kuluhu alla'l-xootuun" (Al-Haaqqa,
37) oyatini (zohiriy ma'nosi: "qonli yiringni faqat qadam bosganlar
yeydi") qanday tushunasiz? Nahotki, qadam bosmaydigan insonlar ham bo'lsa?
— deb so'radi.
Ali, roziyallohu anhu, kulimsirab:
— Sen so'zni yanglish talaffuz qilmoqdasan. "Laa ya'kuluhu
alla'lxootuun" emas "illa'l-xootiuun". (Jahannamda qonli yiringni
faqat gunohkorlar yeydi"), deb to'g'ri
o'qigin, –dedilar.
— Ha, ey amiral mo'minin. To'g'risi siz aytganingizday bo'ladi, — dedi u arab.
Shundan so'ng Hazrati Ali, roziyallohu anhu, yonlarida turgan Abu Asvad
ad-Dualiyga o'girilib:
— Bugun arab bo'lmagan bir necha millatlar musulmon bo'lib, arablarga
qo'shildilar. Shu sababli arab tili buzilishga yuz tutdi. Xalqqa shunday narsani o'rgatginki, u bilan arabiy tilni
buzilishdan muhofaza eta olaylik, — dedilar.
Shundan keyin Abu Asvad yozuvda ustun, o'tra, asra usulini qo'llay
boshladi".
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com
tomonidan yuborilmoda. Agar bunday maktublardan voz kechisni hohlasangiz bizga
email orqali ma'lum qiling. Agar boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy
tuhfasi" dasturi yuborilishini istasangiz, bizga ularning e-maillarini
jo'nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda
qoldirishingiz mumkin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun ramazonning 29-kuni.
Allohim, tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida
qabul qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, yolg`iz O`zingga tavakkul qildik va O`zingga inobat-tavba qildik.
Yolg`iz Sengagina qaytishimiz bordir! (Mumtahana
surasi, 4-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
Yigirma to`qqizinchi hadis.
Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning orqalarida edim. U zot: “Ey bolakay, senga bir kalima o`rgataymi?
Allohga rioya qil, seni saqlaydi. Allohga rioya qil, yo`nalishingni topasan.
Agar so`rasang, Allohdan so`ragin. Agar yordam tilasang ham, Allohdan tilagin.
Bilginki, agar ummat biror narsada senga yordam berishga jamlansa, faqatgina
Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo`ygan narsanigina yordam bera oladi, xolos.
Agar ummat biror narsada senga zarar berishga jamlansa, faqatgina Alloh senga
(taqdir) qilib yozib qo`ygan narsanigina zarar bera oladi, xolos. Qalam
ko`tarilib, sahifalar qurib bo`lgan”, deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Termiziyning boshqa rivoyatlarida: “Allohga rioya qil, yo`nalishingni
topasan. Allohni kengchilikda tanigin, seni qiyinchilikda taniydi. Bilginki,
albatta xato qilmaganing to`g`ri qilganing uchun emas. Va to`g`ri qilmaganing
xato qilganing uchun emas. Bilginki, albatta nusrat sabr bilan birga bo`ladi.
Shodlik aziyatlar bilan birga bo`ladi. Va qiyinchilik bilan yengillik bo`ladi”,
deyilgan.
Buyuk sahobalar o`gitlari
No`mon ibn Bashir o`gitlari
- Shaytonning bir talay tuzoqlari bor: Allohning ne`matlari bilan gerdaymoq,
Allohning berganlari bilan maqtanmoq, Allohning bandalariga kibr-havo qilmoq,
Allohning axloq asoslaridan chiqib, havoyi nafsga berilmoq shunday tuzoqlar
jumlasidandir.
Abu Juhayfa o`gitlari
- Ulug`lar bilan o`tir, ulamolar bilan birga yur, hukamolar bilan do`st
bo`l.
Saodat asri qissalari
"Ya, arhamarrohimiyn!"
Lays ibn Sa`ddan, roziyallohu anhu:
”Zayd ibn Horisa, roziyallohu anhu, toiflik bir odamdan bir xachirni kiraga
olgani haqida gapirib berdilar.
— Seni xohlagan joyimda tushirish sharti bilan xachirni kiraga beraman, — dedi
xachirning egasi.
Ikkovlon yo`lga tushdik. Xachirning egasi bir xarobaga yetib borgach, menga:
— Tush! — dedi.
Xachirdan tushdim, xaroba ichida bir necha o`liklarni ko`rdim. Xachirning egasi
meni ham o`ldirmoqqa chog`lanayotgan ekan. Men:
— Ikki rakat namoz o`qib olay! — dedim.
— O`qiy qol. Sendan oldin mana bu o`liklar ham namoz o`qishgan, biroq
namoz-niyozlari o`zlariga hech bir foyda bergani yo`q, — dedi u.
Namoz o`qib bo`lganimdan so`ng haligi odam meni o`ldirmoqchi bo`lib
ilgarilagan edi, "Ya, arhamarrohimiyn", dedim. Ittifoqo: "Uni
o`ldirma!" degan ovoz eshitildi. U odam qo`rqib, bu ovoz egasini topish
uchun tashqariga chiqdi, biroq hech kim ko`rinmagach, yana ortga qaytdi. Men bu
safar uch marta: "Ya, arhamarrohimiyn" deb baqirdim. Shu payt bir
otliq ichkariga kirdi. Qo`lida temir nayza, nayzaning uchi olovli edi. U
nayzasini qaroqchining ko`ksiga sanchib, orqasidan chiqardi. Qaroqchi o`ldi.
Otliq menga qarab:
— Birinchi bor ”Ya, arhamarrohimiyn” deganingda men yettinchi qavat osmonda
edim. Ikkinchi marta duo qilganingda eng pastki qavatga tushdim. Uchinchi marta
duo etganingda, bu yerga yetib keldim, — dedi”.
PS. Ushbu maktub www.ziyouz.com tomonidan yuborilmoda. Agar bunday maktublardan voz
kechisni hohlasangiz bizga email orqali ma`lum qiling. Agar boshqa
birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi yuborilishini
istasangiz, bizga ularning e-maillarini jo`nating. Fikr-mulohazalaringizni forumda qoldirishingiz mumkin.
Assalomu
alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Bugun
ramazonning 30-kuni. Allohim,
tutayotgan ro`zalaringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul
qilsin!
Qur`oniy duolar
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarni bu kofir bo`lgan kimsalarga maftun-aldanguvchi qilib
qo`ymagin, bizlarni(ng gunoxlarimizni) mag`firat qilgin. Parvardigoro, albatta
Sen O`zing qudrat va hikmat sohibidirsan! (Mumtahana
surasi, 5-oyat)
Islomning o`zagi bo`lgan hadislar
O`ttizinchi hadis.
Shayximiz Hofiz Abulbaqo Xolid ibn Yusuf Nobilisiy Dimashqiydan, u Abu Tolib
Abdulloh, Abu Mansur Yunus, Abulqosim Husayn ibn Hibatulloh al-Misriy, Abu
Ya`lo Hamza va Abu Tohir Ismoildan, ular Hofiz Abulqosim Ali ibn Husayn, ya`ni
Ibn Asokirdan, u Dimashq xatibi Abul Qosim Ali ibn Ibrohim ibn Abbos
al-Husayniydan, u Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Yahyo ibn Salvondan, u
Abulqosim Fazl ibn Ja`fardan, u Abu Bakr Abdurahmon ibn Qosim ibn Faraj
al-Hoshimiydan, u Abu Mishardan, u Said ibn Abdulazizdan, u Rabiy`a ibn
Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan, u Abu Zarrdan (r.a.), Abu Zarr Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan, u zot Jabroil alayhissalomdan, Jabroil (a.s.)
esa Alloh taolodan quyidagilarning xabar berdilar: “Alloh taolo: “Ey
bandalarim, Uzimga zulmni harom qildim va sizlarning oralaringizda ham uni
harom qildim, bas, zulm qilmanglar! Ey bandalarim, sizlar kechayu kunduz xato
qilasizlar. Men esa ahamiyat bermasdan gunohlaringizni kechiraman. Bas, Menga
istig`for aytinglar, gunohlaringizni kechaman. Ey bandalarim, barchangiz
ochsiz, faqatgina Men taomlantirganlargina unday emas. Bas, Mendan taom talab
qilinglar, sizlarni taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalong`ochsiz,
faqatgina Men kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab
qilinglar, Men sizlarni kiyintiraman. Ey bandalarim, agar avvallaringizu
oxirlaringiz, insu jinlar fojir qalbli kishi bo`lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib
qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar taqvoli
qalb kishilari bo`lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo`lib qolmaydi.
Bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar bir tepalikda turib
Mendan so`rashsa, Men har bir kishi so`ragan narsasini bersam, mulkimdan biror
narsa kamaymaydi. Faqatgina dengizga ninani bir marta tiqib olgandagi
kamayganchalik ozayadi, xolos. Ey bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men
uni sizlarga saqlab beraman. Kimki yaxshisini topsa, Alloh azza va jallaga hamd
aytsin. Kimki bundan boshqasini topsa, faqatgina o`zini malomat qilsin”, dedi”.
Buyuk sahobalar o`gitlari
Hazrati Umar o`gitlari:
- Ey insonlar, ilm o`rganinglar. Alloh taoloning huzurida Uning o`zi sevgan bir
libos bo`lib, ilmning bir bobini o`rgangan kishiga o`sha libosni kiygizadi.
Agar olim bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun uch marta tanbeh
beradi. Garchi bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay,
tanbeh berilaveradi).
- Kunduzlari ro`zador, kechalari qoyim (bedor) bo`lgan mingta obidning o`limi
halol-haromni ajrata oluvchi bir olimning o`limidan yengilroqdir.
- Kim bir hadisni aytsa, keyin unga odamlar amal qilishsa, uni aytgan odamga
amal qilgan kishining ajri barobarida savob beriladi.
- Quruqlik va dengizda yo`l topadigan miqdorda yulduzlar ilmini o`rganing,
qolganidan o`zingizni tiying.
- Gunoh qilishdan tiyilish gunohga tavba qilishdan osonroqdir.
- E`tiqodingizga ko`ra yashamayotgan bo`lsangiz, yashayotganingiz kabi e`tiqod
qila boshlaysiz.
Saodat asri qissalari
Oxiratdagi xayru saodat
Kanona al-Adviydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
”Umar, roziyallohu anhu, harbiy qo`mondonlarga: "Qo`shiningiz ichidagi
Qur`onni bilguvchilarning ro`yxatini menga bering. Maoshlarini orttirib,
Qur`oni karimni o`rgatish uchun xalq orasiga yuboraman", deya xat yozdi.
Abu Muso al-Ash`ariy, roziyallohu anhu, Hazrati Umarga: "Mening atrofimda
ayni paytda uch yuz kishidan oshiq Qur`on bilimdonlari mavjud" deya javob
maktubi yubordi.
Shunda Hazrati Umar quyidagi maktubni yozdi: "Mehribon va rahmli Alloh
nomi bilan. Allohning quli Umardan, Abdulloh ibn Qaysning atrofidagi Qur`on
homiylariga. Sizlarga Allohning salomi bo`lsin.
Birodarlar, unutmangki, Qur`on siz uchun oxiratda xayru saodat, dunyoda esa,
baland qadr-qimmat va hayot (tiriklik) manbaidir. Bas, shunday ekan, uning
ortidan ketishingiz kerak. U sizning ortingizdan ketmasin. Zero, Qur`on kimning
ortidan ketsa, u kimsa yuztuban yiqiladi, dumalab-dumalab, jahannamga qulaydi.
Qur`onning orqasidan ketgan kishini Qur`on Firdavs jannatiga olib boradi.
Shunday qilingki, Qur`on sizlarga da`vogar emas, shafoatchi bo`lsin. Zero,
shafoatchisi Qur`on bo`lgan kishi jannatiy, da`vogari Qur`on bo`lgan kishi esa
do`zaxiydir.
Shuni ham bilingki, Qur`onning har bir oyati hidoyat manbai, bir ilm
chechagidir. Qur`on buyuk marhamat sohibi Allohning ulug` Kitobidir. Alloh u
bilan ko`r ko`zlarni, kar quloqlarni va qulflog`li qalblarni ochadi. Bilingki,
banda kechaning bir qismida turib, og`zini misvoklab, tahorat olgach, takbir
aytib, Qur`on o`qiy boshlasa, Alloh subhanahu va taolo unga: "O`qi, o`qi!
Shu toza-pokiza va xushbo`y og`zing-la o`qi. Senga muborak bo`lsin",
deydi. Bilingki, namoz ichida Qur`on o`qish fazilatlarning ko`rinmas xazinasi,
xayr va barakot dasturxonidir. Shunday ekan, bu buyuk foydani qo`lga kiritmoq
uchun kuchingiz yetgunicha harakat qiling. Chunki namoz zulmat pardasini
yirtuvchi bir nurdir. Zakot yaxshilik yo`lini ko`rsatuvchi bir mayoqdir. Ro`za
yomonliklardan asraguvchi bir qalqondir. Sabr rohatbaxsh bir nurdir. Binobarin,
Qur`onga hurmat bilan munosabatda bo`ling, unga bepisand va past nazarda
qaramang. Haq taolo Qur`onni hurmat qilganlarga baland darajotlar beradi. Unga
bepisand bo`lganlarni esa kamsitadi. Qur`onni yodlab, uning amrlariga rioya
qilganlarning duosi Alloh dargohida mutlaqo qabul bo`ladi. Alloh xohlasa, bu
dunyoda beradi, xohlasa, oxiratga qoldiradi. Alloh dargohidagi mukofotlar
tavakkul qilganlar uchun dunyo manfaatlaridan yanada ustun va
bitmas-tuganmasdir”.
HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK
BO`LSIN!!!