AQIDA HAQIDA SAVOL
VA JAVOBLAR
Mundarija
1. Agar sizdan "Seni kim yaratdi" deb so’rashsa
nima deb javob berasiz?
2. Agar sizdan "Robbing Kim?" deb so’rashsa nima deb javob berasiz?
3. Agar sizdan "Alloh sizni nima uchun
yaratdi?" deb so’rashsa nima deb javob berasiz?
4. Agar sizdan: "Dining nima?" deb so'rashsa
nima deb javob berasiz?
5. Agar sizdan "Payg'ambaring kim?" deb
so'rashsa nima deb javob berasiz?
7. Agar sizdan
"Laa ilaha illa Allaah" ma'nosi nima deb so'rashsa nima deb javob
berasiz?
8. Agar sizdan "Muhammadur rasululloh"ning
ma'nosi nima deb so'rashsa nima deb javob berasiz?
9. So'rashsaki, “Allohning bandalaridagi haqqi nima deb?”
qanday javob berasiz?
10. Agar sizdan "Shirk nima?" deb so'rashsa
qanday javob berasiz?
12. Agar sizdan "Ibodatning ma'nosi nima?" deb
so'rashsa nima deb javob berasiz?
13. Agar sizdan "Alloh qayerda?" deb so’rashsa
nima deb javob berasiz?
14. Agar sizdan "Alloh Biz bilan birgami?" deb
so'rashsa nima deb javob berasiz?
15. Agar sizdan "Islom ta'rifi nima?" deb
so'rashga nima deb javob berasiz?
16. Agar sizdan "Islom arkonlari nechta?" deb
so'rashsa nima deb javob berasiz?
18. Agar sizdan "Musulmon Dinini qayerdan
oladi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
19. Agar sizdan "Aqidang nima?" deb so'rashsa
nima deb javob berasiz?
22. Agar sizdan "Barcha Rasullar chaqirgan Tavhid
ta'rifi nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
23. Agar sizdan "Tavhid turlari nimalar?" deb
so'rashsa qanday javob berasiz?
24. Agar sizdan "Amallarning eng yaxshisi va eng
yomoni nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
25. Agar sizdan "Islom darajalari nechta?" deb
so'rashsa qanday javob berasiz?
26. Agar sizdan "Iymon nima?" deb so'rashsa
qanday javob berasiz?
27. Agar sizdan so'rashsaki: "Iymon arkonlari
nechta?" deb, qanday javob berasiz?
28. Agar sizdan "Alloh va banda o'rtasidagi ehson
nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
31. Agar sizdan so'rashsaki, "Nechta insonlar
qoladigan yoki bo'ladigan joylar bor?".
33. Agar sizdan "Qabr azobi haqida nima deysiz"
deb so'rashsa nima deb javob berasiz?
35. Agar sizdan "Mo'minlar Qiyomatda Robbilarini
ko'radimi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
36. Agar sizdan "Qur’on mushafiga iymoningiz
nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
37. Agar sizdan "Qur'on arab tilidami yoki boshqa
tildami?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?
38. "Allohning Ism va Sifatlari bormi?” deb
so'rashsa qanday javob berasiz?
39. Agar sizdan "Allohdan boshqa G'aybni
biladimi?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
40. Agar sizdan "Oxirgi soat qachon bo'ladi?"
deb so'rashsa qanday javob berasiz?
41. Agar sizdan "Amallarning qabul bo'lishi
shartlari nimalar?" deb so'ralsa nima deb javob berasiz?
42. Agar sizdan so'rashsaki, "Halol bo'lgan tavassul
turlari nechtadir?"
43. Agar sizdan so'rashsaki, "Dinda yaxshi bid'at
degan narsa bormi?"
44. Agar sizdan so'rashsaki, "Turli xil firqa,
guruhlarga bo'linish hukmi nima?"
Aytingkim: Alloh meni va barcha mavjud narsalarni yaratdi. Bunga dalil
Zumar surasining 62 - oyati.
اللَّهُ
خَالِقُ
كُلِّ شَيْءٍ
وَهُوَ عَلَى
كُلِّ شَيْءٍ
وَكِيلٌ
Uning mazmuni: Alloh barcha
narsaning yaratuvchisidir (39:62)
Aytingkim: Alloh mening Rabbim. Bunga dalil: Al An'om surasi
164-oyatdir. Ya’ni,
Uning mazmuni: "Allohdan o'zga
parvardigor qidirayinmi, vaholanki, U har narsaning Rabbi bo'lsa?!" (7:164)
Alloh mening Rabbim va
barcha insonlarning Rabbisi va atrofimizda biz ko'radigan barcha narsalarning Rabbisidir
va Alloh biz ko'rmaydigan narsalarning ham Rabbisidir.
Bundan tashqari, Fotiha
surasidagi الْحَمْدُ
للّهِ رَبِّ
الْعَالَمِي “Alhamdu
lillahi Rabbil 'Alamiin” kalomi mazmunan “Barcha
Hamd olamlar Rabbisi – Allohga” degan ma’noni bildiradi.
3. Agar sizdan "Alloh sizni nima uchun yaratdi?"
deb so’rashsa nima deb javob berasiz?
Aytingizkim: Alloh
barchamizni faqatgina Unga ibodat qilishimiz uchun yaratdi. Bunga dalil
Qur’ondan Az-zariyot surasi, 56-oyat. Alloh taolo aytadi, وَمَا
خَلَقْتُ
الْجِنَّ
وَالْإِنسَ
إِلَّا
لِيَعْبُدُونِ
Uning mazmuni: "Men jin va
insni faqat O'zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim."(51:56)
4. Agar sizdan: "Dining
nima?" deb so'rashsa nima
deb javob berasiz?
Aytingizkim:
Mening dinim Islom - to'g'ri dindir. Bunga dalil Oli Imron surasi 19-oyat,
إِنَّ
الدِّينَ
عِندَ اللّهِ
الإِسْلاَمُ
Uning
mazmuni: "Albatta, Alloh nazdida (maqbul) din, Islom (dini) dir."
(3:19)
Oli Imronning,
85-oyatida Alloh aytadiki,
وَمَن
يَبْتَغِ
غَيْرَ
الإِسْلاَمِ دِينًا
فَلَن
يُقْبَلَ
مِنْهُ
وَهُوَ فِي الآخِرَةِ
مِنَ
الْخَاسِرِي
Uning
mazmuni: "Kimki Islomdan o'zga dinni istasa (ixtiyor etsa), undan (u) sira
qabul qilinmagay va u oxiratda ziyon ko'ruvchilardandir. "(3:85)
5.
Agar sizdan "Payg'ambaring,
kim?" deb so'rashsa nima deb
javob berasiz?
Aytingizkim:
mening Payg'ambarim va barcha odamlarga payg'ambar bu Muhammad sallallohu
alayhi va sallam, Allohning elchisidir. Bunga
dalil Al-Ahzob surasi 40-oyat,
Uning mazmuni: "Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg'ambarlarning muhridir. Alloh barcha narsani biluvchi
zotdir."(33:40)
6. Agar, sizdan "Banda bilishi kerak bo'lgan eng birinchi narsa nima?" deb so'rashsa nima
deb javob berasiz?
Aytingizkim: Tavhid.
Bunga dalil Sahih Buxoriyda keltirilgan Ibn Abbos raziallahu anhudan rivoyat
qilingan hadis, Muhammad sallallohu alayhi va sallam Muoz ibn Jabalni Yamanga
jo'natganlarida unga aytgan ekanlarki, ma'nosi quyidagicha: "Sen
Yahudiy va Nasorolardan bo'lgan bir guruh odamlar oldiga bormoqdasan. Shu uchun
ham ularni eng birinchi bo'lib chaqirgan narsang faqatgina Allohga ibodat
qilishga chaqirish bo'lsin"
7. Agar, sizdan "Laa
ilaha illa Allaah" ma'nosi
nima deb so'rashsa nima deb javob berasiz?
Aytingizkim: Uning ma'nosi Allohdan o'zga ibodatga haqli zot yo'q. Bunga
dalil Qur'ondan "Muhammad" surasi, 19-oyat,
Uning mazmuni: "Bas, (ey, Muhammad,)
Allohdan o'zga
iloh yo'q
ekanini biling va o'z
gunohingiz uchun hamda mo'min
va mo'minalar(ning gunohlari) uchun mag'firat so'rang!
Alloh sizlarning (bu dunyodagi) kezadigan joylaringizni ham, (oxiratda)
boradigan joylaringizni ham bilur."(47:19)
Yana bir dalil, "Haj"
surasi 62-oyat,
Uning mazmuni: “Bunga (yana bir) sabab Allohning o'zigina haqiqiy Iloh ekani va sizlar Uni qo'yib iltijo qilayotgan narsa (but)lar esa ayni botil ekani hamda Allohning O'zigina eng oliy va buyuk zot ekanidir.” (22:62)
Aytingizkim, uning ma'nosi shuki, Muhammad barcha insoniyatga va jinlarga yuborilgan Allohning rasulidir. Bunga dalil Qur'ondan, "Sa'ba" surasi 28-oyat,
Uning mazmuni: "(Ey, Muhammad,) Biz Sizni, haqiqatan, barcha odamlarga xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi bo'lgan holingizda, (payg'ambar qilib) yubordik! Lekin, odamlarning
aksariyati (bu haqiqatni) bilmaslar." (34:28)
Va yana, biz Muhammad sallallahu alayhi va sallamga ergashishimiz lozim, u buyurgan narsalarini qilishimiz hamda qaytargan narsalaridan yiroq bo'lishimiz lozim, deb ayting. Bunga
dalil Qur’ondan, "Nur" surasi 54-oyat,
Uning mazmuni: "Ayting:
"Allohga bo'ysuningiz va Payg'ambarga bo'ysuningiz! Endi, agar yuz
o'girsangizlar, bas, (Payg'ambar) zimmasida o'ziga yuklangan narsa (Allohning
buyrug'ini yetkazish) bordir. Sizlarning zimmangizda esa o'zlaringizga
yuklangan narsa (unga bo'ysunish) bordir. Agar unga itoat etsangiz, hidoyat
topasizlar. Payg'ambar zimmasida faqat (sizlarga haq dinni) yetkazish
bordir." (24:54)
Va yana Alloh aytadiki, "Yosin" surasi 52-oyat,
Uning mazmuni: "Ular:
"Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan uyg'otdi?" -
deganlarida, (ularga aytilur): "Mana shu Rahmon va'da qilgan va
payg'ambarlar so'zlagan rost narsa (qiyomat)dir." (36:52)
"Oli-Imron" surasi 132-133-oyatlar,
Uning mazmuni: “Allohga va Payg'ambarga itoat qiling, shoyad, shunda rahm qilinsangizlar. Rabbingizdan (keluvchi) mag'firat va kengligi osmonlaru Yerga
teng, taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannat sari shoshilingiz!”
(3:132-133)
"Nur" surasi 52-oyat ,
Uning mazmuni: “Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa va Allohdan qo'rqib, taqvo qilsa, bas, aynan o'shalargina yutuq egalaridirlar.”(24:52)
"Ahzob" surasi 36-oyat,
Uning mazmuni: “Alloh va Uning payg'ambarlari bir ishni hukm qilganda - hech bir mo`min va mo`minaga (uni bajarish yoki bajarmaslik) ishlarida ixtiyor bo'lishi mumkin emasdir. Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoatsizlik qilsa, bas,
u aniq zalolat bilan yo'ldan ozibdi."(33:36)
Aytingizkim, Allohning bandalaridagi
haqqi bu bandalarning faqatgina unga ibodat qilishlaridir va ibodatda shirk
qilmasliklaridir. Bunga dalil, Muoz ibn Jabal rivoyat qiladilar, Muhammad
sallallahu alayhi wa sallam aytganlarki, mazmuni: "Allohning
bandalaridagi haqqi bu ularning faqatgina Unga ibodat qilishlari va shirk qilmasliklaridir
va bandalarning Allohdagi haqqi shuki shirk qilmaganlarni azoblamaslikdir"
(Sahih Buxoriy va Muslimda keltirilgan hadis)
Aytingizkim: Allohdan o'zgaga ibodat
qilishlik bu shirkdir. Demak, har bir inson faqatgina Allohga ibodat qiladi va
Allohga deb amal qiladi. Agar Allohdan o'zgaga qilinsa, u holda bu narsa Shirk bo'ladi. Bunga dalil,
"Niso" surasi 36-oyat,
Uning mazmuni: "Allohga ibodat qilingizlar
va Unga hech narsani sherik qilmangizlar! Ota-onalarga esa, yaxshilik qilingizlar! Shuningdek,
qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo'shniyu, begona qo'shni, yoningizdagi hamrohingiz,
yo'lovchi (musofir)ga va qo'l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)!
Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi." (4:36)
"Moida" surasi 72-oyat,
Uning mazmuni: “Kimki Allohga shirk keltirsa,
albatta, unga Alloh jannatni harom qilur va borar joyi do'zaxdir. Zolimlarga
(esa) yordamchilar bo'lmas.”(5:72)
11. Agar sizdan "Jonli narsalarning suratini chizish
hukmi nima?" deb so'rashsa qanday
javob berasiz?
Aytingizkim:
Jonli narsalarning suratini qilishlik bu katta gunohlardandir. Bunga dalil Ibn
Masud raziallohu anhudan rivoyat qilingan hadis, Muhammad sallallohu alayhi va
sallam aytgan ekanlarki, ma'nosi: "Shubhasiz, Qiyomat kunida eng qattiq
azoblanuvchi odamlar bu surat qiluvchilardir" (Buxoriy va Muslimda
keltirilgan) Va Abu Juhaifa raziallohu anhu aytgan ekanlarki, ma'nosi: "Muhammad
sallallohu alayhi va sallam bizlarni it va qon sotib pul olishlikdan
qaytardilar … va surat qiluvchilarni la'natladilar." (Sahih Buxoriydan kelgan hadis).
Agar sizdan "Jonli narsalarning suratini qilishlik
bilan shirk orasidagi bog'lanish nima?" deb so’rashsa nima deb javob
berasiz?
Aytingizkim,
Jonli narsalarning suratini qilishlik bu Alloh bilan musobaqa qilishlikdek gap.
Chunki Allohgina jonli narsalarni yarata oladi. Shu sabab ham biror kishi jonli
narsa suratini qilaman degani demak Alloh yarata oladigan narsani qila olaman
degani bo'ladi. Bunga dalil, Abu Hurayra radiallohu anhu rivoyat qilgan hadis,
Muhammad sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, ma'nosi: " Alloh
aytdi: "Mening yaratganimga o'xshagan narsani qilmoqchi bo'lganlardan ham
ko'ra yomonroq odamlar bormi?"
(Sahih Buxoriy va Sahih muslim)
Aytingizkim: Ibodat bu Alloh taolo
yaxshi ko'rgan va rozi bo'lgan barcha amallardir. Bunga dalil Qur'ondan
"Zumar" surasi 7-oyat,
Uning mazmuni: "Agar sizlar kofir
bo'lsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U O'z bandalarining
kofir bo'lishiga rozi bo'lmas. Agar shukr qilsangizlar (va imon
keltirsangizlar) U sizlar uchun rozi bo'lur. Hech bir ko'taruvchi (gunohkor)
o'zga (ko'taruvchi)ning yukini (gunohini) ko'tarmas. So'ngra qaytishlaringiz
Rabbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga qilib o'tgan amallaringiz xabarini
berur. Albatta, U dillardagi sirlarni biluvchidir." (39:7)
Aytgingizki: Alloh taolo Arshisi
yuqorisidadir. Bunga dalil: Toha surasi , 5-oyat:
Uning mazmuni: (U) Arsh uzra
musta’viy bo'lmish Rahmondir.(20:5) Oyatdagi “Istava”ning ma'nosi Yuqorida bo'lish,
Ko'tarilishdir.
Aytingizki: Alloh O'z Ilmi orqali biz
bilan birgadir. Bunga dalil, Hadid surasi, 4-oyat:
Uning mazmuni: “Sizlar qayerda
bo'lsangizlar, U sizlar bilan(Ilmi bilan) birgadir” (57:4)
Al An'om surasi, 3-oyat:
Uning mazmuni: “U osmonlarda ham,
Yerda ham Allohdir. Sir tutganu oshkor qilgan narsalaringizni bilur. Qilayotgan
ishlaringizni (ham) bilur. “(6:3)
Aytingizkim: Barcha ibodat turlarini
faqatgina Unga qilib taslim bo'lish, Uning buyruqlariga bo'ysunish va shirkdan
yiroq bo'lmoqlik. Bunga dalil Hajj surasi, 34-oyat:
Uning mazmuni: “Bas,
(barchalaringizning) ilohingiz bir Ilohdir. Bas, Ungagina bo'yinsuningiz va
itoat qiluvchilarga xushxabar bering!” (22:34)
Oli Imron surasi, 102-oyat:
Uning mazmuni: “Ey, imon
keltirganlar! Allohdan chinakam qo'rquv bilan qo'rqingiz va musulmon bo'lmay
dunyodan o'tmangiz!” (3:102)
Aytingizkim:Islom arkonlari 5-tadir.
Abdulloh ibn Umar radiallahu anhu rivoyat qiladilarki, Muhammad sallallohu
alayhi va sallam aytdilar: "Islom 5 arkonda(ustunga) qurilgan:
1. Laa ilaha illa
Alloh Muhammadur rasulloh (Allohdan o'zga ibodatga loyiq zot yo’q va Muhammad
Uning rasuli) deb shahodat berishlik;
2. Namoz o'qishlik;
3. Zakot
to'lashlik;
4. Hajj qilish
(qurbi yetsa);
5. Ramazon oyida
ro'za tutishlik.
(Buxoriy va Muslim)
Aytingizkim, Islom komildir,
to'liqdir. Bunga dalil Moida surasi,
3-oyat:
Uning mazmuni: “Ana, endi bugun, diningizni
kamoliga yetkazdim, ne'matimni tamomila berdim va sizlar uchun Islomni din
bo'lishiga rozi bo'ldim”.(5:3)
Aytingizkim, Musulmon Dinini Qur’on va
sahih hadislarni bu ummatning Salaf us Salihlari (Sahobiylar, tobeinlar va
ulardan keyingi avlod hamda ularga yaxshilikda ergashganlar) fahmlaridan oladi.
Bunga dalil Alloh taolo aytadiki:
Uning mazmuni: “Axir ularga tilovat
qilinayotgan (shu) Kitobni Biz Sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli
emasmi?!” (Ankobut surasi, 29:51)
Niso surasi, 59-oyat,
Uning mazmuni: “Bordiyu, biror narsada kelisha olmay qolsangiz, Allohga
va oxirat kuniga ishonadigan
bo'lsangiz, uni Allohga va Payg'ambariga havola qilingiz. Mana shu yaxshiroq va yechimi
chiroyliroq (ish) dir” (4:59, Niso surasi).
Niso surasi, 115 – oyat:
Uning mazmuni: “Kimda-kim hidoyat
unga aniq bo'lgandan keyin Payg'ambarga muxoliflik qilsa, mo'minlar yo'lidan
o'zgasiga ergashsa, Biz uni o'zi ketayotgan yo'liga qo'yib beramiz va
(oxiratda) uni jahannamda toblaymiz. Naqadar noxush joy u!” (4:115, Niso
surasi)
Aytingizkim,
Men Sunniyman, Ahlus Sunna Val Jamoa ya'ni Salaflar (Sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi
avlod)ning aqidasiga ergashuvchiman.
Bunga dalil
Al-'Irbad ibn Sariya raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis. Muhammad sallallohu
alayhi va sallam aytdilarki, ma'nosi: "Mening sunnatimga va (mendan
keyin keladigan) to'g'ri hidoyatda bo'lgan xalifalar (Xulofoi Roshidiyn)
Sunnatlariga ergashingiz. Uni(o'sha yo'lni) jag' tishingiz bilan mahkam
ushlangiz (ya'ni juda qattiq mahkam tutingiz) hamda dinga to'qib kiritilgan
narsalardan ogoh bo'lingiz, shubhasiz har bir to'qib kiritilgan yangi narsa bu
bid'atdir va har bir bid'at bu zalolatdir" (Imom Abu Davud va boshqalar
tomonidan keltirilgan ishonarlik hadis)
Aytingizkim,
Eng birinchi elchi, rasul Nuh alayhis salom va eng oxirgisi va payg'ambarlar
orasida eng yaxshisi bu Muhammad sallallohu alayhi va sallam.
Bunga dalil
Abu Hurayra raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Muhammad sallallohu alayhi va
sallam Qiyomatda odamlar to'planishi haqida aytganlarida "Ular Nuh
oldiga keladilar va aytadilar: "Ey Nuh! Siz yerdagi odamlarga
jo'natilgan eng birinchi rasul(elchi)siz, va Alloh sizni shukr qiluvchi banda
deb atadi" deb aytadilar"
(Buxoriy va Muslim da keltirilgan)
Muhammad
sallallohu alayhi va sallam eng oxirgi rasul ekanligiga dalil Al Ahzab surasi
40-oyat,
Uning
mazmuni: "Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi
emasdir, balki u Allohning elchisi va payg'ambarlarning muhridir. Alloh barcha
narsani biluvchi zotdir." (33:40)
Payg'ambarlarning
muhridan murod eng oxirgisi deganidir. Savban raziallahu anhu rivoyat
qiladilar: Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, mazmuni:
"Men payg'ambarlarning eng oxirgisiman va mendan keyin boshqa payg'ambar
bo'lmaydi" (Sahih Muslim)
Biz Alloh tomonidan
yuborilgan barcha payg'ambarlarga iymon keltiramiz hamda birortasini ham rad
etmaymiz. "Baqara" surasining 285-oyatida Alloh taolo aytadiki,
Uning mazmuni: "Payg'ambar (Muhammad)
o'ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va
mo'minlar ham. (Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va
payg'ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi. "Eshitdik
va itoat etdik. Ey, Rabbimiz, mag'firatingni (so'raymiz). Sengagina qaytish
(bor)", - dedilar."(2:285)
"Niso" surasining
150-151-oyatlarida Alloh taolo aytadi,
Uning mazmuni: "Allohga va payg'ambarlariga kufr keltiruvchilar, Alloh bilan payg'ambarlari o'rtasini uzishni xohlovchilar, biriga ishonamiz, biriga ishonmaymiz, deb o'rtacha yo'l tutuvchilar, ana o'shalar haqiqiy kofirlardir. Kofirlarga
esa xor etuvchi azobni tayyorlab qo'yganmiz."(4:150-151)
"Oli Imron" surasining 133-oyatida Alloh aytadi,
Uning mazmuni: "Rabbingizdan (keluvchi) mag'firat va kengligi osmonlaru
Yerga teng, taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannat sari
shoshilingiz!"(3:133)
Bundan tashqari bu
oxirgi ikki oyat Jannat va Do'zax hozir ham mavjud ekanligiga dalildir.
21. Agar sizdan
"Barcha Rasullar odamlarini yoki o'z qavmini nimaga chaqirishgan?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?
Aytingizkim,
Ular Yagona Allohga shirk keltirmasdan ibodat qilishga chaqirganlar. Bunga
dalil "Nahl" surasi, 36-oyat,
Uning mazmuni: "Darvoqe, Biz har bir
ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va tog'utdan (yolg'on ilohlardan, shaytondan)
yiroqlashinglar", (degan vahiy bilan) payg'ambar yuborganmiz. Shunda ular
orasida Alloh hidoyat qilganlari ham, shuningdek, yo'ldan ozishligi qat'iy
bo'lganlar ham bo'lgan. Bas, Yer yuzida sayr qilib, (payg'ambarlarini)
yolg'onchiga chiqarganlarning oqibati qanday bo'lganini ko'ringlar!" (16:36)
Aytingizkim, Tavhid bu ibodatni faqatgina Allohga qilish. Bunga dalil
"Niso" surasi 36-oyat,
Uning mazmuni: "Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik
qilmangizlar!..." (4:36)
"Ihlos" surasining 1-4-oyatlarida Alloh taolo
aytadiki,
Uning mazmuni: "(Ey, Muhammad,) ayting: "U Alloh
yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U
tug'magan va tug'ilmagan ham. Shuningdek, Unga biror tengqur ham yo'qdir."
(112:1-4)
23. Agar sizdan "Tavhid turlari nimalar?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
Aytingizkim, Tavhid
turlari 3-tadir:
1. Tavhid Ar
Rububiyya (Allohning Rububiyatda yagonaligi)
2. Tavhid Al Uluhiyya
(Allohning uluhiyatda yagonaligi)
3. Tavhid
Al Asma vas Sifat (Allohning Ism va
Sifatlarida yagonaligi)
Bunga dalil "Fotiha"
surasi 1-oyat,
Uning mazmuni: “Eng Mehribon va Eng Rahmli Alloh nomi bilan
boshlayman"(1:1)
"Maryam" surasi 65-oyat,
Uning mazmuni: "(U) osmonlar, Yer va
ularning orasidagi bor narsalarning murabbiysidir. Bas, Unga ibodat qiling va
ibodatida toqatli bo'ling! Unga teng biror (kuch)ni bilurmisiz?!" (19:65)
Murabbiydan murod
Robbisidir. Mana shu 2 oyat Tavhidning 3-ta turini o'z ichiga oladi.
(Eng)Mehribon va (Eng) rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). - Allohning Ism va
Sifatlari; (Ar Rahmon, Ar Rahim) (U) osmonlar, Yer va ularning orasidagi bor
narsalarning murabbiysidir. - Tavhid ar Rububiyya Bas, Unga ibodat qiling va
ibodatida toqatli bo'ling! Unga teng biror (kuch)ni bilurmisiz?! - Tavhid Al
Uluhiyya
Aytingizkim, amallarning eng
yaxshisi bu Tavhiddir va amallarning eng yomoni bu Shirkdir. Bunga dalil
"Niso" surasi 48-oyat,
Uning mazmuni: "Albatta, Alloh O'ziga
shirk keltirish (gunohi)ni kechirmagay va (lekin) ana shundan boshqa (gunohlar)ni O'zi xohlagan (banda)lariga kechirur. Kim Allohga sherik (shirk qilsa) keltirsa, demak, u ulkan gunohni to'qib
chiqaribdi." (4:48)
Va yana "Shuaro" surasining 100-102-oyatlarida Alloh taolo
aytadiki,
Uning
mazmuni: "Endi bizlar uchun na oqlovchilar bor, na biror qadrdon do'st. Bas,
qaniydi yana bir marta (yashashlik) bo'lsa-yu, bizlar ham mo'minlardan
bo'lsak." (26:100-102)
Demak, shirk
qilmasdan Tavhidda vafot etganlar uchun oxiri najot mavjud va mo'minlar
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam shafoatlariga muyassar bo'lishadi. Ammo
mushrik, ya'ni shirk ibodatini qilib vafot etgan har bir inson abadiy
do'zahdadir. Shu uchun ham shirk eng yomon gunoh, chunki u insonni adabiy olov,
do'zaxda qolib ketishiga sabab bo'ladi. Tavhid esa eng oliy amal, chunki u
insonni mana shu olovdan, do'zaxdan saqlaydi va abadiy Jannatga doxil
bo'lishiga sababchi bo'ladi. Alloh barchamizni Tavhid ahlidan qilsin va shu
holatda jonimizni olsin. Bizni shirkdan, shirk ahlidan hamda shirkka
yetaklovchi barcha yo'llardan (narsalardan) qaytarsin, omiyn.
25.
Agar sizdan "Islom
darajalari nechta?" deb
so'rashsa qanday javob berasiz?
Aytingizkim,
Islom darajasi 3 tadir: Islom, Iymon va Ehson. Bunga dalil Umar bin Al Xattob
rivoyat qilgan hadis (uzun hadis), Sahih Muslimda keltirilgan. Bu hadis Jabroil
alayhissalom Muhammad sallallohu alayhi va sallamdan Islom, Iymon va Ehson
haqida so'raganlari haqida.
26. Agar
sizdan "Iymon nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
Aytingizkim, Iymon bu til bilan
so’zlashlik, qalb bilan e’tiqod qilishlik va jasad bilan amal qilishlikdir. Toat
bilan ziyoda bo’ladi, gunoh bilan noqis bo’ladi, ya'ni Islom qonunlariga
bo’ysunish orqali iymon oshadi, aksincha bo'lsa iymon pasayadi. Iymon oshishi
va pasayishiga dalil "Anfol" surasi 2-oyat,
Uning
mazmuni: "Mo'minlar
- Alloh (nomi) zikr etilganda - dillari qo'rquvda bo'ladigan, oyatlari ularga
tilovat qilinganda - imonlari ziyoda bo'ladigan, Parvardigorlarigagina tavakkul
qiladigan"(8:2)
Mana shu oyat iymon oshishi va pasayishiga ham
bir dalildir. Endi iymonning oshishi haqida ikkita oyat dalillar mavjud:
"Fath" surasi 4-oyat,
Uning
mazmuni: "U (Alloh) O'z iymonlariga yana imon
qo'shilishi uchun mo'minlarni dillariga taskin tushirgan zotdir. Osmonlar va
Yer qo'shinlari (farishtalari) faqat Allohnikidir. Alloh bilimli va hikmatli
zotdir." (48:4)
"Muddassir"
surasi 31-oyat,
Uning
mazmuni: "Biz faqat farishtalarni do'zax egalari
(qo'riqchilari) qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni sinash uchun
ularning sanoqini (o'n to'qqizta)
qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilgaylar va imon keltirgan
zotlarning imonlari yanada ziyoda bo'lgay hamda kitob berilgan kimsalar ham,
mo'minlar ham (bu xususda) shak-shubha qilmagaylar. Yana dillarida maraz
(munofiqlik) bo'lgan kimsalar va kofirlar: "Bu misol bilan Alloh nima
demoqchi?" - degaylar. Alloh O'zi xohlagan kimsalarni mana shunday yo'ldan
ozdirib qo'yar va O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning
qo'shinlarini (farishtalarning adadi va sifatini) Uning O'zigina bilur. U
(jahannam) insonlar uchungina bir eslatmadir." (74:31)
27.
Agar sizdan so'rashsaki: "Iymon arkonlari nechta?" deb, qanday javob berasiz?
Aytingizkim: Iymon 6-ta
arkonga ega. Bunga dalil Sahih Muslimda Umar bin Al Xattob rivoyat qilgan sahih
hadis, unda Jibril alayhis salom Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamdan
Iymon haqida so'raganlarida javob berdilarki: "Iymon bu Allohga, Uning
Farishtalariga, Uning Kitoblariga, Uning rasullariga, Qiyomat kuniga hamda
Qadarning yaxshisiyu yomoniga iymon keltirishlikdir". Shunda Jibril
alayhis salom "Siz haqiqatni aytdingiz" dedilar.
28.
Agar sizdan "Alloh va banda o'rtasidagi ehson
nima?" deb so'rashsa qanday javob berasiz?
Aytingizkim, Ehson bu
"Allohga Uni ko'rib turgandek ibodat qilish. Ammo agar Uni ko'rmasangizda
shubhasiz U sizni ko'radi" Bunga dalil ham yuqoridagi Umar bin Al Xattob
rivoyat qilgan uzun hadis.
29. Agar sizdan
"Allohni, Uning Rasulini va Uning dini(Islomni) masxara qilishlikning
hukmi nima?" deb so'rashsa qanday
javob berasiz?
Aytingizkim, bu katta
kufrdir. Kimki ataylab shunday qilsa, u holda, u Islomdan chiqqan hisoblanadi.
Bunga dalil "Tavba" surasi, 65-66-oyatlar:
Ularning
mazmuni: "Qasamki, agar ulardan (nega masxara
qilasiz, deb) so'rasangiz, albatta, ular: "Biz faqat (bahsga) cho'mib,
hazillashyapmiz", - deyishadi. Ayting: "Allohni, oyatlarini va
Rasulini masxara qilayotgan edingizmi?! Uzr aytmangiz! Imoningizdan keyin
(yana) kufrga ketgansiz. Agar sizlardan bir toifani (tavba qilgach) afv etsak,
boshqa bir toifani jinoyatchi bo'lganlari sababli azoblaymiz." (9:65-66)
30. Agar sizdan
"Mo'minlarga Qiyomatda mukofot nima va kofirlarga Qiyomatda mukofot
nima?" deb so'rashsa qanday javob
berasiz?
Aytingizkim,
Mo'minlarga mukofot bu Jannatdir. Bunga dalil "Al-Bayyina" surasi, 7-8-oyatlar:
Ularning mazmuni: "Albatta, imon keltirgan va
solih amallarni qilgan zotlar - aynan o'shalar xaloyiqning eng yaxshisidirlar.
Parvardigorlari huzuridagi ularning mukofotlari ostidan anhorlar oqib turadigan
mangu jannatlardir. Ular o'sha joyda abadul-abad qoluvchidirlar. Alloh ulardan
rozi bo'lur, ular (Allohdan) rozi bo'lurlar. Bu (mukofot) Parvardigoridan
qo'rqqan kishi uchundir." (98:7-8)
Kofirlarga
mukofot bu do'zaxdir. Bunga dalil
"Fotir" surasi 36-oyat:
Uning mazmuni: "Kofir bo'lgan kimsalarga esa jahannam o'ti
bordirki, na ularga hukm qilinib, o'la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi
yengillatilur. Har bir kofirni mana shunday jazolarmiz." (35:36)
Biz Alloh va Uning rasuli aytmagan shaxslarni
Jannatda deb ayta olmaymiz, chunki bu G'aybiy narsa. Alloh
taolo "Al-Isro" surasi 36-oyatda aytadiki, mazmunan:
"(Ey, inson), o'zing (aniq) bilmagan
narsaga
ergashma!"
31. Agar sizdan so'rashsaki, "Nechta insonlar qoladigan yoki bo'ladigan joylar bor?"
Aytingizkim, Ular 3-tadir.
1. Bu
dunyo hayoti va bu hayotning
oxiri bor. Bunga
dalil "Al-Imron" surasi 185-oyat:
Uning mazmuni:
"Har
bir
jon
o'lim (achchig'i)ni
totuvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringiz sizlarga
to'la-to'kis berilur. Bas, (o'sha
kuni) kim do'zaxdan
uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, demak, u (katta) yutuqqa
ega
bo'libdi. Bu dunyo hayoti
esa, faqat g'urur (aldov) matohidir." (3:185)
2. Barzax
ya'ni bu
dunyo bilan u dunyo o'rtasidagi
joy. Bunga dalil "Al-Mu'minun" surasi 100-oyat:
Uning mazmuni:
"Shoyad, men tark etgan
joyim (dunyo)da
yaxshi
amal
qilsam", - der. Yo'q! (U
aslo
qaytarilmas). Bu haqiqatan u
aytuvchisi
bo'lgan so'zdir. Ularning ortida, to
qayta
tiriladigan
kunlarigacha, (ikki dunyo o'rtasini to'sib
turadigan) bir to'siq
bordir." (23:100) (ikki dunyo o'rtasini
to'sib turadigan) bir to'siq degani shu Barzaxdir.
3. Qiyomat. Bunga dalil "Al-G'ofir" surasi 39-oyat:
Uning mazmuni:
"Ey, qavmim, bu
dunyo
hayoti
faqat
bir (arzimas) matodir. Albatta, oxiratgina (mangu) barqarorlik
diyoridir." (40:39)
32. Agar sizdan "Qiyomatga
yetaklovchi birinchi to'xtash
joyi nima?" deb so'rashsa
qanday javob berasiz?
Aytingizkim, u joy qabrdir. Bunga dalil Usmon raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, ma'nosi: "Shubhasiz
qabr bu Qiyomatning eng
birinchi to'xtash joyidir. Kimki undan
saqlansa (ya'ni qabr azobidan) undan keyingi keladigani osonroq
bo'ladi. Agar kimki undan
saqlanmasa, undan keyin keladigani
yomonroq bo'ladi." At Termiziy, Ibn Moja va Ahmadlar tomonidan
keltirilgan sahih hadis.
33. Agar sizdan "Qabr azobi
haqida nima deysiz" deb so'rashsa nima
deb javob berasiz?
Aytingizkim, Men qabr azobi haq ekanligiga iymon keltiraman. Bunga dalil Oisha raziallahu anho rivoyat qiladilarki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr azobi haqida so'raganlarida: "Qabr azobi haqdir, to'g'ridir"
deb javob berganlar (Buxoriy va Muslim).
Oisha radiallahu anha rivoyat qiladilarki ma'nosi: "Payg'ambar (sallallohu alayhi va sallam)
qabr fitnasidan, qabr azobidan hamda Dajjol fitnasidan
Allohdan panoh tilashlikni so'rardilar"
34. Agar sizdan "Qayta
tirilish haqida va amallar
daftari berilishi haqida
nima deysiz?" deb so'rashganida nima
deb javob berasiz?
Aytingizkim, Men bularning haqiqat ekanligiga shak shubha qilmayman.
Alloh taolo aytadiki,
"Tag'obun" surasi 7-oyat:
Uning mazmuni:
"Kofir bo'lgan kimsalar o'zlarini hech qachon qayta tirilmaymiz, deb gumon qildilar.
(Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Yo'q! Rabbimga qasamki, albatta, qayta
tiriltirilursizlar, so'ngra, albatta, sizlarga qilgan amallaringizning xabari
berilur. Bu Allohga osondir". (64:7)
Va yana Alloh taolo aytadiki "Al-Inshiqoq" surasi
7-12 oyatlar:
Ularning mazmuni: "Bas, kimning nomai a'moli o'ng
tomonidan berilsa, bas, u oson hisob bilan hisob-kitob qilinajak, va o'z (ining
jannnatdagi) ahli (oilasi)ga shodu xurram holda qaytajak. Ammo, kimning nomai
a'moli orqa tomonidan berilsa, bas, (o'ziga) o'lim tilab qolajak va do'zaxda
toblanajak." (84:7-12)
35. Agar sizdan "Mo'minlar Qiyomatda Robbilarini
ko'radimi?" deb so'rashsa qanday
javob berasiz?
Aytingizkim: Ha, Ular Qiyomatda va Jannatda
Uni (Alloh taoloni) ko'radilar. Bunga dalil, Alloh taolo aytadiki, ”Qiyomat" surasi 22-23-oyatlar:
Uning mazmuni:
"U
Kunda ba'zi yuzlar yashnovchi, Parvardigorlariga boqib turuvchidir."(75:22-23)
Kofirlar haqida esa, Alloh taolo aytadiki "Al-Mutaffifin" surasi 15-oyat:
Uning mazmuni: "Shubha yo'qki, ular o'sha (Qiyomat) Kunida Parvardigorlari (diydori)dan to'siluvchidirlar."(83:15)
Ya'ni kofirlar Alloh taoloni ko'rishsa to'siladilar.
Aytingizkim, Iymon keltiramanki Qur’on Allohning Kitobidir, Kalomidir va u yaratilmagan. Bunga dalil "Tavba" surasi 6-oyat:
"Agar mushriklardan birortasi
Sizdan himoya so'rasa, bas, uni himoyangizga oling, toki u Allohning kalomini
eshitsin. So'ngra uni xavfsiz joyiga yetkazib qo'ying! Bu ularning bilmaydigan
qavm bo'lganlaridandir." (9:6)
Allohning kalomini eshitsin,mana shu dalil. Jahmiyya adashgan
firqadagilar Qur’on bu Allohning Kalomi emas, yaratilgan deb aytishadi. Bu narsa
noto'g'ri aqida. Qur'on bu Allohning Kalomi va yaratilmagan. Kimki bunga qarshi
chiqsa kofir ekanligiga shak shubha yo'q.
Aytingizkim, Arab tilida. Bunda
dalil "Az-Zuxruf" surasi 3-oyat:
"Albatta, Biz uni sizlar anglashlaringiz uchun arabiy
Qur'on qildik!" (43:3)
Va yana Alloh taolo aytadiki "Ash-Shu'aro"
surasi193-195-oyatlar:
Ularning mazmuni: "Uni Ruhul-amin (Jabroil) olib tushdi qalbingizga, ogohlantiruvchi (payg'ambar)lardan bo'lishingiz uchun, aniq arab tilida." (26:193-195)
Aytingizkim, Ha, albatta Allohning O'ziga xos bo'lgan Ism va Sifatlari mavjud. Bungda dalil, "Al-A'rof" surasi180-oyat:
Uning mazmuni: "Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan
atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular)
qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar." (7:180)
Va Alloh taolo aytadiki "An-Nahl" surasi 60-oyat, mazmunan: "Oxiratga imon keltirmaydiganlarda yomon masal bordir. Allohda
esa eng oliy masal (sifat) bordir. U qudrat va hikmat egasidir."(16:60)
Aytingizkim, Allohdan o'zga hech kim g'aybni bilmaydi. Bunga dalil
"Al-'Imron" surasi 179-oyat:
Uning mazmuni: "Alloh
mo'minlarni sizlardagi hozirgi holatdek o'z hollariga tashlab qo'yuvchi emas. U
hali pok kimu, nopok kim ajrim etadi. Alloh sizlarni ilmi g'aybdan xabardor
qilmadi, lekin Alloh O'z payg'ambarlari ichidan xohlaganlarini (ilmi g'aybdan
qisman bildirish uchun) tanlab oladi. Bas, Allohga va Uning payg'ambarlariga
imon keltiringiz! Imon keltirib, taqvoli bo'lsangiz, sizlarga buyuk mukofot
(bordir)."(3:179)
Va Alloh taolo aytadiki
"Yunus" surasi 20-oyat:
Uning mazmuni: "Unga
(Muhammadga) Parvardigoridan biror mo'jiza tushirilsa edi!" - deyishadi.
Bas, ayting: "Albatta, g'aybiy ishlar Allohga xosdir. Kutinglar! Men ham
sizlar bilan birga kutuvchilardanman. Bas, ayting: "Albatta, g'aybiy
ishlar Allohga xosdir."(10:20)
Va yana Alloh taolo aytadiki
"Al-An'om" surasi 59-oyat:
Uning mazmuni: "G'ayb (yashirin
ishlar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan o'zga bilmas. Yana, quruqlik
va dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni
bilur. Yer zulmatlari (qa'ri)dagi urug'
bo'lmasin, ho'lu quruq bo'lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da
(yozilgan)dir." (6:59)
Aytingizkim, bu narsa G'aybiy
narsadir, shu uchun ham faqatgina Alloh biladi. Bunga dalil "Luqmon"
surasi 34-oyat:
Uning mazmuni: "Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo'lishi to'g'risida) bilim bordir. U (xohlagancha) yomg'ir
yog'dirur va bachadonlardagi narsa (homila)ni bilur. Biror jon ertaga nima ish
qilishini bilmas. Biror jon qayerda o'lishini bilmas. Albatta, Alloh biluvchi
va xabardor zotdir."(31:34)
Yana bir dalil "Fussilat" surasi 47-oyat:
Uning mazmuni: "Qiyomat ilmi
(haqida) Uning O'zigagina murojaat qilinur. Barcha mevalarning o'z shonalaridan
chiqishi ham, bir ayolning homila olib,
ko'z yorishi ham, albatta, Uning ilmi bilan bo'lur. U zot (mushriklarga): "Mening
"sheriklarim" qani"?! - deb nido qiladigan Kunda, ular:
"Bizlar Senga bildirurmizki, oramizda ("sheriklaring" borligiga)
birorta ham guvoh yo'qdir", - deydilar."(41:47)
Aytingizkim, 3 ta. Ular:
1. Islom.
Alloh kofirlarning amallarini qabul
qilmaydi. Bunga dalil "Furqon" surasi 23-oyat:
Uning mazmuni: "(Zotan) Biz ular qilgan har bir amalga kelib, uni sochilgan to'zon (kabi foydasiz) qilib qo'ygandirmiz." Ulardan murod kofirlardir. (25:23)
2. Ixlos.
Bunga dalil, Alloh taolo aytadiki, "Al-Baiyina"
surasi 5-oyat:
Uning mazmuni: "Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni (shirkdan) xolis qilgan, To'g'ri yo'ldan og’magan hollarida ibodat qilishga va namozni mukammal ado etishga hamda zakot berishga buyurilgan edilar. Mana shu To'g'ri (haqqoniy) dindir."(98:5)
3. Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ergashish. Ya'ni amalni Muhammad sallallohu alayhi va sallam
qilganlaridek qilish. Bunga dalil Oisha raziallahu anho rivoyat qilgan hadis,
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilarki: "Kimning amali
bizning yo'limiz(qilgan amalimiz, Sunnatimiz)ga to'g'ri kelmas,a u holda, u
amal rad etiladi(qabul qilinmaydi)" Sahih Muslim.
Aytingizkim, Halol bo'lgan Tavassul (Allohga yaqinlashish)
turlari 3 tadir:
1. Allohning Ism va Sifatlari orqali tavassul qilishlik.
Bunga dalil Alloh taolo aytadiki, "Al-A'rof" surasi 180-oyat:
Uning mazmuni: "Allohning chiroyli
ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan
og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha)
jazolanurlar."(7:180)
Va yana "An-Naml" surasi 19-oyat:
Uning mazmuni: "(Sulaymon) uni
so'zidan kulib, tabassum qildi va dedi: "Ey, Rabbim, menga va ota-onamga
in'om etgan ne'matinga shukr qilishga va O'zing rozi bo'ladigan yaxshi
amallarnigina qilishga meni muvaffaq etgin va meni O'z fazling bilan solih
bandalaring qatoriga kiritgin!"(27:19)
”meni O'z fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!”- mana shu
yerda Allohning Fazli, Marhamati orqali tavassul qilinmoqda.
2. Allohga o'zining solih amallari orqali Tavassul
qilishlik. Bunga dalil Alloh taolo aytadiki, "Al-'Imron" surasi
16-oyat:
Uning mazmuni: "(Ular): "Ey,
Rabbimiz, bizlar Senga imon keltirganmiz. Bas, bizning gunohlarimizni kechir va bizni do'zax
azobidan asra!" - deydilar." (3:16)
“Ey, Rabbimiz, bizlar Senga imon keltirganmiz” - mana shu yerda iymon
keltirganlari orqali Allohga tavassul qilinmoqda.
Va yana Alloh taolo aytadiki,
"Al-'Imron" surasi 53-oyat:
Uning mazmuni: "Ey, Rabbimiz, nozil
qilgan narsangga imon keltirdik va Payg'ambarga ergashdik. Shunday ekan, bizni
shahodat keltiruvchilar bilan birga
(qo'shib) yozgin!"(3:53)
3. Tirik solih kishining duosi orqali
tavassul qilishlik.
Aytingizkim, dindagi har bir bid'at
bu zalolatdir. Bunga dalil, 19-javobda keltilgan Al Irbod raziallahu anhu
rivoyat qilgan hadis, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytilarki, "Har
bir bid'at zalolatdir".
Aytingizkim, turli xil hizb, firqa,
guruhlarga bo'linish, ega bo'lishlik haromdir. Bunga dalil,
"Ar-Rum" surasi 31-32- oyatlar:
Uning mazmuni: "Unga o'zingizni
topshirgan hollaringizda (dinini mahkam tutinglar) va Undan qo'rqinglar hamda
namozni mukammal ado etinglar, mushriklardan bo'lmanglar! Ular (mushriklar)
dinlarini bo'lib yuborib, (turli) firqalarga ajralgandirlar. Har bir firqa o'z
nazdilaridagi narsa bilan shoddirlar." (30:31-32)
"Al-'Imron" surasi 103-oyat:
Uning mazmuni: "Hammangiz Allohning arqoni (Qur'on)ni mahkam
tuting va firqalarga bo'linmang va o'zaro adovatda bo'lgan paytlaringizda
dillaringizni (tutashtirib) oshno qilib qo'ygan Allohning ne'matini yodda
tuting. Uning ne'mati tufayli birodarlarga aylandingiz. Do'zax chohi yoqasida
turganingizda, sizlarni undan qutqardi. Shoyad haq yo'lni topgaysizlar, deb,
Alloh O'z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi." (3:103)
"Al-Anbiyo" surasi 92-oyat:
Uning mazmuni: "(Ey, insonlar,)
sizlarni ushbu diningiz (aslida) bir din
(ya'ni, Islom)dir. Men esa (barchalaringizning) Rabbingizdirman. Bas, Menga
ibodat qilingizlar!" (21:92)
"Al-Mujadila" surasi 22-oyat:
Uning mazmuni: "Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan
qavmning Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik qiluvchilar bilan - garchi
ular o'zlarining otalari, yoki o'g'illari,
yoki og'a-inilari, yoki qarindoshlari bo'lsalar-da - do'stlashayotganlarini
topmassiz. Aynan o'shalarning dillariga (Alloh) imonni bitib qo'ygandir va
ularni o'z (tomon)idan bo'lmish ruh bilan quvvatlantirgandir. U ularni ostidan
anhorlar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh
ulardan rozi bo'lur va ular ham (Allohdan) rozi bo'lurlar. Aynan o'shalar
Allohning hizbidirlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning hizbigina najot
topuvchilardir!"(58:22)
© 2007 www.sofislom.com
TAVHID RISOLASI
Mundarija
Ikkinchi dars.Tavhidning qismlari
Uchinchi
dars.Tavhidur-rububiyahni davomi
To'rtinchi dars.
Tavhidul-uluhiyah
Beshinchi dars.
Tavhidul-uluhiyaning davomi
Oltinchi dars.
O'tgan darsning davomi
Sakkizinchi dars. Ibodat turlari
To'qqizinchi dars. Tavhidul-asmoi vas-sifot
Barcha maqtov-olqishlar Alloh uchundir.Allohni maqtaymiz,undan yordam so’raymiz,nafslarimizni yomonliklaridan Allohnining panohiga o’tamiz.Alloh to’gri yo’lga to’g’irlab qo’ygan kishini adashtirguvchi yo’qdir va U adashtirib qo’ygan kishi u-n to’g’ri yo’l ko’rsatguvchi yo’qdir.Allohdan boshqaga sig’inishga,ibodat qilishga loyiq biron bir iloh yo’qligiga guvohlik beraman va Muhammad Uning quli va e’lchisi ekanligiga guvohlik beraman.
3. 102. Ey, imon
keltirganlar! Allohdan chinakam qo'rquv bilan qo'rqingiz va musulmon bo'lmay
dunyodan o'tmangiz! (Al-'Imran)
4. 1. Ey, odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti
(Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko'p erkak va ayollarni taratgan
Rabbingizdan qo'rqingiz! Shuningdek, o'rtalaringizdagi o'zaro muomalada nomi
keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzish)dan qo'rqingiz!
Albatta, Alloh sizlarni kuzatib turuvchidir. (An-Nisa)
33.70. Ey, mo’minlar, Allohdan qo'rqinglar va to'g'ri so'zlanglar! 71.
(Shunda Alloh) ishlaringizni o'nglar va gunohlaringizni mag'firat etar. Kimki
Allohga va Uning payg'ambariga itoat etsa, bas, u ulug' yutuqqa erishibdi.
(Al-Ahzab)
Payg’ambarimizga ,ahl-oilalariga,sahobalarga va qiyomat kunigacha bularga
ergashgan kishilarga Allohning maqtovlari va ko’p salomlari bo’lsin!
Allohning huzuriga borganimizda azobdan saqlanishlikka va
Jannatga olib kirishlikka sabab bo’ladi degan umid bilan bu Tavhid risolamizni
mana shu hojat hutbasi bilan boshladik.Alloh ishlarning eng yomoni bo’lgan
bidi’atdan bizni saqlab,so’zlarning eng to’g’ri bo’lgan O’zining kalomi va
yo’llarning eng yahshisi va haqiyqiysi bo’lgan rasuli Muhammad sallallohu
alayhi va sallam yo’lida sobit qilsin!
Hozirgi biz bilan zamondosh bo’lgan odamlar orasida haqiqiy iymon sohibi bo’lish kun o’tishi
bilan nihoyatda murakkablashib
bormoqda.Kuchayib borayotgan fitnalardan
Alloh taoloning o’zi saqlamasa chuqur adashib, razil umrga giriftor bo’lib qolish yaqqol ko’rinib qolgan.
Sadoat zamonasidagi sahobiylar hayoti va ularning
qilgan amallarini eslab ko'zlarimizga yoshlar olib Alloh taolodan ko'p mag'firat so'rab
qolamiz xolos.Chunki
ba'zan bizda deyarli Islomni nomidan boshqa hech narsa qolmaganday bo'lib tuyuladi.Payg'ambarimiz
sollallohu alayhi vasallam:"Insonlar orasida faqat
namozgina qoladi..." deb xabar berganlari buning isbotidir.Shuning uchun siz aziz musulmon birodarlar
bilan birgalikda bu fitnalardan saqlanib musulmon holdagina vafot etishimiz uchun ushbu tavhid risolamizni yozmoqdamiz.
Bizni vujudga keltirgan va ko'p marhamatlar
nasib qilayotgan Robbimiz
bizdan rozi bo'lib qolishini iltijo qilamiz! Omin!
Mo'minning niyati
Umar raziyallohu anhu aytadilar:men,Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi
so'zlarni aytayotganlarini eshitdim,u kishi:"Barcha amallar niyatlar
bilan (e'tibor qilinadi),har bir kishi o'zining qilgan
niyatiga qarab mukofot yoki
jazo oladi,bas kimki dunyo
uchun bir joydan boshqa
bir joyga hijrat qilib
borgan bo'lsa,o'sha narsaga yetadi,yoki bir ayol uchun bo'lsa, uni nikohlab oladi.Demak,uning hijrati nima maqsad
bilan bo'lgan bo'lsa,o'sha maqsadi
e'tiborga olinadi" (Bu hadisni Buxoriy
u kishidan boshqalar rivoyat
qilishgan).
Niyat qalb amalidir,jasadning boshqa bir a'zosiga
buning aloqasi yo'q.Mo'min kishi biron-bir ibodatni barpo qilishda niyatini qalbidan o'tkazadi,ya'ni ibodatning
qay turini barpo qilishda niyatini qalbidan o'tkazadi.Niyat har bir amalning avvalida bo'ladi.Har bir amal uchun niyat qilish lozimdir.Imom Buxoriy yuqoridagi hadisni
o'z hadis
to'plamlarining avvalida keltirganlar.Shuning uchun ba'zi
hadis olimlari:amallar turlicha
bo'ladi,niyatlar turlicha bo'lgani kabi,Buxoriy bu amallari
bilan Alloh taolo roziligini
niyat qilganlariga ishora tariqasida bu
hadisni kitoblarining avvalida keltirganlar,degan fikrlarni bildirishadi.Alloh taolo bularning hammarini o'z
rahmatiga olsin!Shuning
uchun,aziz birodarlar,biz ham har bir ishlarimizda Alloh taolo rozi bo'ladigan yaxshi niyat qilishingiz uchun biz ham bu mavzuni risolaning avvalida keltirdik.
La
ilaha illalloh deyishga,Alloh taoloni ibodatda yolg'izlashga tavhid deyiladi.Yolg'iz
Alloh taoloning O'zigagina ibodat qiluvchi va Undan boshqa hech bir narsaga
ibodat qilmaydigan kishiga muvahhid deyiladi.Muvahhid bo'lishni Alloh
taolo hammamizga nasib etsin! Payg'ambarlarning asosiy vazifalari insoniyatga
tavhidni buyurish bo'lgan.Payg'ambarlar orasida Muhammad sollallohu alayhi
vasallam payg'ambarimiz insoniyatdan tashqari jin toifasiga ham mana shu
buyruqni buyurish uchun yuborilganlar.Yana,bizga ma'lum bo'lishicha Muso
alayhissalom (u kishiga Allohning salomi bo'lsin) jinlarga ham payg'ambar
bo'lib kelganlar,lekin bu kishi faqat Banu Isroil qavmiga
yuborilgandirlar,barcha insonlarga emas. Alloh taoloning huzuriga tavhidsiz
borgan har qanday odam bo'lsa ham najot topa olmaydi.
Imom Abu Ja'far at-Tahoviy o'zlarining e'tiqod to'g'risida yozgan kitoblarida
quyidagi iborani keltiradilar:”Alloh taoloning tavhidi to'g'risida bizga
nasib qilgan tavhiqi (to'g'ri hayoti) bilan unga e'tiqod qilgan holda aytamiz:Albatta
Alloh yolg'izdir,Uning biror-bir sherigi yo'qdir.Payg'ambarlar chaqirig'ining
avvali ham tavhid bo'lgan.Alloh taolo A'rof surasining 59-oyatida:
"Qasamki,Nuhni o'z qavmiga yubordik.Bas,u:ey qovmim,Allohga ibodat
qilinglar!Sizlar uchun Undan o'zga biron iloh yo'qdir",deb xabar
berdi”(7:59).
Boshqa payg'ambarlar ham (Allohning ularga salomi bo'lsin) eng birinchi tavhidga chaqirganlari to'g'risida Alloh taolo bizga Qur'on orqali bildirdi.Ibnu Abbos raziyallohu anhumo rivoyat qiladilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam :"Odamlar to La ilaha illalloh deb guvohlik bermagunlaricha ular bilan jang qilishga buyurildim",dedilar (Buxoriy va Muslim rivoyat qilishdi). Alloh taoloni yolg'iz deyish - Uning O'zigagina ibodat qilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslik degani bo'ladi. Yolg'iz Allohni iloh deb, Unga ibodat qilmayotgan odam yolg'onchi bo'lib, Allohdan boshqasiga ibodat qilayotgani aniqdir.Alloh taolodan boshqa bir narsaga ibodat qilib o'tgan kishi jannatdan mahrum bo'lib, azobga giriftor bo'ladi. Ey Alloh, biz sendan jannatni so'rab,do'zaxdan Sening panohingga o'tamiz!
Muhtaram mudarris
o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilsinlar:
1.Tavhid deb nimaga aytiladi?
2.Allohning yolg'iz O'zini iloh deb,Unga ibodat qilmayotgan odamni dunyo va
oxiratda baxtli bo'lgan muvahhid desa bo'ladimi?
3.Niyat haqida gapirib bering.
Ikkinchi dars.Tavhidning qismlari
Tavhid uch qismga bo'linadi:
1.Tavhidur-rububiyah
2.Tavhidul-ululiyah
3.Tavhidul-asmoi vas-sifot
Tavhidur-rububiyah
Alloh taoloni fe'llarida
yolg'izlashga tavhidur-rububiyah deyiladi,ya'ni Alloh
taoloning fe'llari
faqat Uning O'zigagina xosdir.Maxluqlarning fe'llari
esa bularning o'zlariga xos tarzdadir.Ko'zimizga
ko'rinib turgan borliq,mavjudotning barchasiga maxluq deyiladi. Osmonlar,yer,quyosh,oy,boshqa
sayyoralar,yulduzlar,farishtalar,jinlar,odamlar,hayvonlar olami,o'simliklar
olami va bundan boshqa ko'p narsalarga maxluq deyiladi.Bu narsalar o'z-o'zidan
paydo bo'lib qolgani yo'q va adashgan faylasuflar aytganlaridek ham emas.
Faylasuflar,Alloh taolo o'z marhamati bilan insoniyatga xizmat qilishi uchun
yaratgan bu mavjudotlarni tabiat in'omlari yoki bularni hayron qoldirganda
tabiat mo'jizalari deyishdi. Alloh taoloning maxluqlarini mo'jizalarini tabiat
mo'jizasi yoki tabiat in'omi deyish muvahhidlarga zid bo'lgan faylasuflar
sifatlaridandir.
Ey aziz birodar,Alloh taolo sizni O'z marhamatiga olsin,bu
maxluqot,mavjudotlarni yaratish fe'liga ega bo'lgan Alloh taolodan boshqa bir
zot bor degan odamni aqlli odam desa bo'ladimi? Albatta yo'q!Bu maxluqotning
barchasini Alloh taolo yaratgan.Bularning harakatlarini ham Uning O'zi
yaratgan.Biron-bir maxluq Alloh unga yaratgan harakatdan boshqa bir harakatga
qodir bo'la olmaydi.Hammalari doim Alloh taologa bo'yinsunib turadi.Inson bir
kunda necha xil harakat qilganining hisobiga yeta olmaydi.Insonning har bir
soniyada qilib turgan fe'lini ham Alloh taolo yaratgan.Mana shunday diniy
tushunchada bo'lish haqiqiy mo'minlarning sifatlari bilan sifatlanishdir.Mana
shunday diniy tushunchada bo'lmagan odam Alloh taoloning huzurida najot topa
olmaydi.Insonlar fe'llarini o'zlari yaratadi,Alloh taolo bunga qodir emas,degan
bir qancha toifalar adashib ketishdi.Eng to'g'ri e'tiqod bo'lgan ahli sunnat
val-jamoat e'tiqodidan ajralib qolishdi.Alloh taolo barchamizni zalolatdan
saqlsin!
Bu maxluqlarning
Xoliqi (Yaratuvchisi) Alloh taolo ekan,bularga rizq,hayot va hayotdan keyin mamotni ham Alloh taoloning O'zi taqsimlab,belgilab qo'ydi.
Biror bir maxluq boshqa bir maxluqqa sening rizqini men beryapman,deyishga haqqi yo'q.Ishlarining ham barchasini boshqarib turuvchi Alloh taoloning O'zidir.
Ey aziz birodar,Alloh taolo sizni O'z marhamatiga olsin,shunday
qudratli zot bo'lgan Alloh taologina ibodat qilishga loyiq,boshqasi
emas.Uning sherigi yo'qdir.Shunday qudratli zot bo'lgan Alloh taoloni qo'yib,faryodini eshitmaydigan yulduzga,duosiga quloq sololmaydigan buloqqa,go'shtu-qon bilan ishi yo'q qabrga
va bundan boshqa narsalarga ibodat qilayotgan odamlarni kim desa bo'ladi...
Al-Xoliq faqat Alloh taoloning O'zi
ekanligi har qanday kofir ham,mushrik
ham tan olishga majburdir,tan oladi ham.Tan olmayman degan qalbidagi narsaning teskarisini tili bilan aytayotgan yolg'onchidir.Alloh taolo Luqmon surasining 25-oyatida:
Uning mazmuni: "Qasamki,agar ularda "Osmonlar va
yerni kim yaratgan?",deb so'rasangiz albatta
Alloh deyishadi"(31:25),degan.Ey Alloh
Sendan jannatni so'rab,do'zaxdan panoh so'raymiz.
O'quvchiga beriladigan savollar:
1.Tavhid necha qismga bo'linadi?
2.Rizqlar taqsimlanib va umrlar o'lchanib qo'yilga ekan,siz Alloh taologa duo
qilishda ko'proq nima haqida so'ragan bo'lar edingiz?
3.Yaratishga qodir bo'la olmaydigan narsa iloh bo'la oladimi?
Uchinchi dars.Tavhidur-rububiyahni davomi
Olamlarning
Xoliqi yagona Alloh taoloning O'zidir.Bu tavhid haq tavhiddir.Bunda biror-bir
shak-shubha yo'qdir.Odam bolasidan biror-bir toifa bu tavhidga qarshilik
qilmagan.Alloh taologa maqtovlar bo'lsinki,qalblarni bu tavhidni iqror qilishga
moyil qilib yaratgan.Tug'iladigan har bir bola bu salomat qalb bilan
tug'iladi.Uning aqli bo'lmasa ham,hali ko'p narsani tushunmasa ham islomiy
tabiatda tug'iladi.Agar shu yoshligida vafot etsa jannat ahlidan bo'ladi degan
rivoyat ham bor,agarchi u yahudiy,nasroniy yoki majusiy (otashparst) ota-onadan
tug'ilib,yoshligidan vafot etgan bo'lsa ham.Tavhidur-rububiyah hammaga
aniq,ma'lum bo'lsada,bir qancha toifalar bu to'g'risida chuqur kirib
ketishdi.Aniq narsa bayonga muhtoj bo'lmaydi.
Zolimlarning zolimrog'i bo'lib,
o'zini rab deyishgacha borgan podshoh Firavn ham bu tavhidni iqror qilgan.Alloh
taolo buni bizga xabar berdi.
Alloh taolo Anbiyo surasining
22-oyatida:
Uning mazmuni: " Agar Allohdan boshqa ilohlar bo'lganida edi, albatta buzulib ketar edi"(21:22). Ya'ni osmonlar va yerda Alloh taolodan boshqa ilohlar bo'lganida edi, bu nozik nizom bilan doim harakatda bo'lib turgan osmonlar va yer buzilib ketar edi. Podshoh bitta bo'ladi. Agar podshohlar ko'p bo'lsa, hech qachon biror-bir narsaga ittifoq qila olmaydilar.
Abu Hanifa rohimahullohdan (Alloh u kishini O'z rahmatiga olsin) hikoya qiladilar: Zindiqlar (ya'ni ichki holatlari kofirlashib ketgan kishilar, ba'zi rivoyatlarda ahli kalomlar) bir necha kishi bo'lib bu kishidan yaratuvchining mavjudligi to'g'risida so'rashdi. Shunda Abu Hanifa ularga:" Bu masalga kirishdan oldin menga dengizdagi og'ir yuklar ortilgan kema haqida gapiringlarchi...Unda tijorat qilinadigan turli mollar bor, lekin biror-bir qo'riqlab turuvchi qorovuli ham, kemani haydovchisi ham yo'q. Ammo bu kema boradi, keladi, sayr qiladi, katta to'lqinlarga uchrab ulardan qutulguncha ularni kesib o'tadi, xohlagan tomoniga sayr qiladi, lekin uni haydab turgan haydovchisi yo'q", dedilar.
Shunda zindiqlar:" Bu aqlli odamning gapi emas" deyishdi. Abu Hanifa ularga:" Sizlarga musibat bo'lsin, bu mavjudot, undagi balandlik va pastliklar borligi aniq, chiroyli qilib qo'yilgan narsalari bor bo'lib, yaratuvchisi - bor qiluvchisi bo'lmasinmi?" Ularga bu juda chiroyli, yorqin javob bo'ldi. Ularga haqiqatga qaytishib, Abu Hanifa oldida musulmon bo'lishdi.
Tavhidul-rububiyah ma'lumdir. Alloh taolo O'z payg'ambalarini bu uchun yubormadi. Tavhidul-uluhiyah tavhidur-rububiyahni o'z ichiga oladi. Alloh taoloninig huzuriga borganimda do'zaxdan najot topib, jannatga doxil bo'lsam deb umid qilgan odam tavhidul-uluhiyahga muvahhid bo'lmog'i lozimdir.
Savollar:
1.Alloh taoloning borligi to'g'risida musulmon bo'lmagan odam sizdan so'rasa,
qanday javob berasiz?
2.Yaratuvchi zotni gapirib bering.
3.Tavhidur-rububiyahni qisqacha tushuntirib bering.
To'rtinchi dars.
Tavhidul-uluhiyah
Alloh taolo va Uning rasuli Muhammad sollallohu
alayhi vasallam shari'at qonunlariga kiritgan ibodatning barcha turlariga
yolg'iz Alloh taoloning O'zi haqli, Uning biror-bir sherigi yo'q deb, ilmiga
amal qolgan kishini muvahhid deyiladi.
So'zimizning boshida aytamizki, dunyo va oxiratdagi barcha baxtu-saodat mana shu tavhidga muvahhid bo'lgan kishidadir. Kimniki Alloh taolo tavhidga muvahhid qilgan bo'lsa, Alloh taologa maqtov va olqishlar aytsin! Chunki, bu odamni Alloh taolo yaxshi ko'ribdi, huzuridagi rohat maskaniga olib boradigan yo'ldan yurishni nasib etibdi. Al-hamdu lillahi robbil-'alamin!
Ishning avvali ham, oxiri ham shu tavhiddir.Hayotining avvalida, endi tili chiqayotgan bolaga "La ilaha illalloh" o'rgatilganda bu kalimani talaffuz qilsa, muvahhid bo'ladi. Aql yuritish yoshiga yetganda,"tavhid kalimasini aytgin, oldin sen yosh eding, aqling yo'q edi", deb aytilmaydi, balki tahorat va namozga buyuriladi. Avvalgi vojib ham, oxirgi vojib ham shu tavhiddir. Hadisi sharifda payg'ambarimiz Rasulolloh sollallohu alayhi vasallam:"Kimniki oxirgi kalomi La ilaha illalloh bo'lsa, jannatga kiradi", dedilar.
Yuqoridagi ibodatning barcha turlari yolg'iz Alloh taolo uchun dedik. Bular: duo qilish, namoz o'qish, maqtash (ya'ni Allohga hos bo'lgan maqtov) ulug'lash, muhabbatning eng oliysi, Allohga hos bo'lgan umid, qurbonlik qilish, nazr qilish, yordam so'rash va boshqalar. Bu ibodat turlari to'g'risida yana to'xtalib o'tamiz, inshaalloh (agar Alloh xohlasa)!
Tavhidul-uluhiyani kofirlar inkor qiladilar. Kim musulmon, kim kofir yo mushrik ekanligini mana shu tavhid ajratadi, agarchi bir-biriga yaqin bo'lgan odamlar bo'lsa ham, shu tavhid tufayli oralari uzoqlashadi. Bu tavhidga muvahhid bo'lmagan kishini boshqa bir muvahhid kishi qalbidan yaxshi ko'rishligiga iymon ro'xsat bermaydi. Biz Alloh taolo uchun yaxshi ko'rib va Alloh taolo uchun yomon ko'rib iymonimizni mukammal qilamiz. Hadisi sharifda payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:"Kimki Alloh uchun yaxshi ko'rsa, Alloh uchun yomon ko'rsa, Alloh uchun bersa va Alloh uchun qaytarsa haqiqatda iymonini mukammal qilibdi", dedilar.
Savollar:
1.Muvahhid bo'lmagan ota yo onaga muvahhid bo'lgan bola qanday muomalada
bo'lmog'i lozim? (bu savolni javobida mudarris quyidagi nuqtani unutmasligi
kerak, ya'ni har qanday ota-ona hurmatlidir, xizmat qilinishiga haqlidir. Biz
Alloh taologa gunohkor bo'lib qolmaydigan ishlarda ota-onaga yaxshilik qilishga
buyurilganmiz).
2.Muvahhid bo'lmagan odam, odamlar uchun dunyodagi hayotlarida yaxshi bir amal
qilsa Alloh taologa xush bo'ladimi? Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam
hayotlaridan bunga misol keltira olasmi?
3.Yahud va nasorolar muvahhidmi?
Beshinchi dars. Tavhidul-uluhiyaning davomi
Barcha
payg'ambarlar ummatlariga (bu so'zning bayoni inshaAlloh keladi) Alloh
taoloning O'zigagina ibodat qilish bo'lgan tavhidul-uluhiyaga da'vat qilishgan.
Bu da'vatni ijobat qilib ergashganlarga jannat bashiratini berishgan. Ijobat
qilmasdan o'z kofirligini va mushrikligida qolganlarni do'zax azobidan
ogohlantirishgan.
Kofirlar, mushriklar payg'ambarlar bilan Allohning borligi, hayot berib keyin
vafot ettirishi yo rizq berishiligi to'g'risida husumat qilishmagan. Bu
narsalarga kofirlar ham mushriklar ham iqror bo'lishgan. Balki yolg'iz Alloh
taoloning O'zigagina ibodat qilishda husumat qilishgan. Payg'ambarlarni
qiynashgan, hatto ba'zilarini qatl qilishgan. Har bir qabila o'z millatini
fahrlab solih bir farzandining haykalini yasab, unga ibodat qilib kelgan. Bu
haykalni ziynatlagan, ulug'lagan va oldida bayramlar o'tkazib kelgan. Haykal,
but va sanamlar yasab, ularni ulug'lash qachon paydo bo'lgan, degan savolga
javob beramiz. Mufassirlar (Qur'onning ma'nosini kengaytirib bayon
qiluvchilar)ning aytishlaricha, Odam alayhissalom bilan Nuh alayhissalom
oralarida o'nta avlod o'tdi. Ularning barchalari Islomda edilar. Sanamlar
(toshdan o'yilgan haykal)ga ibodat qilishning avvali, vafot etgan solih
kishilarni ulug'lash bilan boshlandi. O'sha zamonda bir necha solih kishilar
vafot etganda, ular bilan zamondosh bo'lgan qovmlari ularning qabrlari ustiga
masjidlar bino qilishgan. O'sha solih kishilarning holatlari xotira bo'lib
qolishligi, qilgan ibodatlari eslatma bo'lishligi va qovmlari o'sha kishilarga
o'xshab yurishlari uchun bino qilgan masjidlarining ichlariga ularning
suratlarini chizishdi (Shu o'rinda eslatamizki, biz suratkashlikdan, surat osib
qo'yishdan qaytarilganmiz.Kechirilmaydigan gunoh bo'lgan shirk mana shundan
boshlangan). Oradan bir zamon o'tib haykaltaroshlar bu suratlarning
haykallarini yasashib, suratlar o'rniga haykallarini o'rnatishdi. Oradan yana
bir zamon o'tgach, mana shu sanamlarini ulug'lab, ibodat qila boshlashdi. Bu
sanamlarga o'sha solih kishilarning nomlari qo'yildi. Bularning nomlari to'g'risida
Alloh taolo Qur'onida bizga xabar bergan. Yer yuzidagi avvalgi shirk mana
shunday boshlandi. Tavhidning ziddida shirk turadi. Muvahhidning ziddida
mushrik turadi. Davomi keyingi darsda, inshaalloh!
Savollar:
1.Nima uchun qabrlar ustiga bino qilishadi, bezakli toshlar o'rnatishadi yoki
boshqa narsalar topib qilishadi?
2.Shirkning boshlanishi haqida gapirib bering.
3.Tavhidga da'vat qilayotgan odamga aziyat yetkazmasligi mumkinmi?
Oltinchi dars. O'tgan darsning davomi
Masjidlarning ichlariga o'rnatilgan sanamlarga ibodat qilish kuchayib ketdi. Ish og'irlashib ketgach, Alloh taolo O'z marhamati bilan bu odamlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi avvalgi rasulini yubordi.Bu kishi Nuh alayhissalom edilar. Nuh alayhissalom ularga yolg'iz Alloh taoloning O'zigagina ibodat qilishni, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikni buyurdilar. U kishiga qavmlari: " Sen bu da'vating bilan ochiqdan-ochiq adashgansan" deyishar edi. " Ota-bobolarimizni bu haykallar ostida ko'rar edik" deyishar edi. Shirk mana shunday boshlandi. Nuh alayhissalom ularni to'qqiz yuz ellik yil tavhidga da'vat qildilar, ular esa tavhidga unamas edilar, Nuh alayhissalomga juda ko'p aziyat berishar edi. Keyin Aloh taolo bir to'fon yuborib, ularning barchasini suvga g'arq qildi. Faqat Nuh alayhissalom va bu kishiga ergashgan ozgina musulmonlarni Alloh taolo bir kemada saqlab qoldi. Tavhidga unamagan Nuh alayhissalomning o'g'lini ham Alloh taolo halok qildi. Alloh taolo payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamgacha bo'lgan barcha payg'ambarlarning tavhidga unamagan ummatlarini turli azoblar bilan halok qilib keldi. Ey Alloh, bizni, zurriyotlarimizni va barcha mo'minlarni vafotimizga qadar muvahhidlikda bo'lib qolishimizni nasib et! Omin!
Har bir pamg'ambarning ummati ikki qismga bo'linadi. Bir qabilaga Alloh taolo
payg'ambar yuborsa, shu qabila payg'ambarga ummat hisoblanadi. Payg'ambarimiz
Muhammad sollallohu alayhi vasallam barcha insonlar va jinlarga
yuborilgandirlar. Bu kishining da'vatini qabul qilib ergashganlarga
ummatul-ijobah deyilib, bular qanday tilda gaplashmasin yo qanday tanali
bo'lmasin hammalariga musulmon deyiladi. Payg'ambarimiz da'vatlarini ijobat
qilmaganlarga ummatul-da'vah deyiladi. Hozirgi zamonimizda har qanday odam yo
ijobat qilib musulmon bo'lgan, yo ijobat qilmasdan kofirligida qolgan.
O'tgan zamonda mushriklarning mushrikligi aniq bo'lib ajralib turar edi.
Mushrik bo'lib payg'ambarga ergashganman demas edi. Qaysi e'tiqodda bo'lsa,
shuni da'vo qilar edi.Bizning jaholat to'lib ketgan zamonimizda ish boshqacha
tus olgan. Musulmonligida sodiq bo'lmagan kishi ham "men musulmonman"
deyishi odat bo'lib qoldi. Ahyon-ahyonda o'zini hotirjam qilmoqchi bo'lib,
Islomiy amallardan bittasini qilib qo'yadi. Alloh taolo Baqara surasining
85-oyatida shu ishni qilgan Banu Isroil qavmini qoralagan:
Uning
mazmuni: "Kitobning
ba'zisiga iymon keltirib, ba'zisiga kofir bo'lasizlarmi?"(2:85) deb, keyin ularga rasvolik va
oxiratda ashaddiy azob bo'lishini zikr qilgan.
Ey aziz birodar, Alloh taolo sizni O'z
marhamatiga olsin, Allohning huzuriga borganimizda do'zaxdan najot topib, jannatga
kiradigan baxtli-saodatli kishi bo'lsam, deb umid qilgan bo'lsangiz, muvahhid bo'lish
tashvishida bo'ling.Har bir aytayotgan so'zim, qilayotgan amalim tavhidga zid bo'lmayaptimikan,
deb fikr yuriting. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Kim
muvahhid bo'lgan holda vafot etsa jannatga kiradi, va kim mushrik holda vafot
etsa do'zaxga kiradi", degan ma'noda hadis aytganlar. Demak,
tavhidul-uluhiyahga muvahhid bo'lmagan kishgi najot topmaydi.
Savollar:
1.Ummatning ikki qismga bo'linishini tushuntirib bering.
2.Darsning oxiridagi hadisning ma'nosini tushuntirib bering.
3.Dunyoda nechta millat bor va Muhammad sollallohu alayhi vasallam yo'llaridan
boshqa biror-bir najot topishga sabab bo'ladigan yo'l bormi?
Tavhidning ziddida shirk turadi.
Kechirilmaydigan eng yomon gunoh shirkdir. Odam bolasi oxiratga borganda asosan
shirk keltirganligi tufayli badbaxt bo'lib, azobga giriftor bo'ladi. Shirk
keltirgan odamga mushrik deyiladi. Shirk - Allohga bir narsani sherik
qilish degani. Masalan: toshga, daraxtga, quyoshga, oyga, payg'ambarga,
avliyoga, yulduga, farishtaga yo bundan boshqa narsalarga.
Alloh taolo Niso surasining 116-oyatida:
Uning
mazmuni: "
Shubhasiz Alloh, Unga shirk keltirmog'likni kechirmaydi va bundan boshqasini
xohlagan kishidan kechiradi",(4:116) dedi.
Yana Moida surasining 72-oyatida:
Uning
mazmuni: "
Albatta kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qiladi va
borar joyi doi'zax bo'ladi",(5:72) dedi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi
vasallam: Allohni qo'yib boshqasiga ibodat qilish yoki Alloh bilan
boshqasiga ham ibodat qilish, boshqasini ham ulug'lash halokatga olib boradi,
degan ma'nolarda hadislarida aytganlar.
Shirk - ibodatni o'z o'rnidan boshqa
o'rniga qo'yishdir. Kimki Xoliq bilan maxluqni tenglashtirsa, odamlarning eng
ahmoqrog'i ekanligida shak-shubha yo'qdir va bu odam aqli ketib qolib, hayvon
bilan tenglashib qoladi. Bu odam hech qachon jannatga kirmaydi va biror-bir
kishi bunga yordam ham bera olmaydi, agar otasi, onasi, eri, xotini yo farzandi
bo'lsa ham.
Sakkizinchi dars. Ibodat
turlari
Alloh taoloning maxluqi bo'lgan
tuya, mol, qo'y, echki, tovuq yo bundan boshqa hayvonlar faqat Alloh uchun,
Allohning nomi bilan so'yiladi. Xalq, vatan, hurriyat, ota, ona, bola, non,
dasturxon, suv, yer, osmon, quyosh, oy yo bundan boshqa narsalar bilan qasam
ichish qasamdir. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bundan qaytardilar.
Bir ishni odamlar ko'rsin, eshitsin, bilsin, deb qilgan odamning bu ishi,
ibodati qabul qilinmaydi, savobdan mahrum bo'lib, gunohkor bo'lib qoladi.
Mushrik hollarida vafot etgan otalarini payg'ambarimiz sollallohu alayhi
vasallam: " Otam do'zaxda" dedilar. Kunlardan bir kun
payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam otam, onam qayerda? deb
eslaganlarida, Alloh taolo Baqara surasining 119-oyatida: " Siz do'zax
ahli haqida so'ralmaysiz", dedi. Qur'on yetti xil qiro'atda o'qildi,
boshqa qiroatda: " Siz do'zax ahli haqida savol qilmang", deb
Alloh aytdi. Shundan keyin payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam
ota-onalarini boshqa boshqa eslamagan ekanlar, deb mufassirlar yuqoridagi
oyatga shu tavsirni berishgan. Alloh taolo Zumar surasining 65-oyatida:
Uning
mazmuni: "(Ey
Muhammad), qasamki, agar shirk keltirsangiz, albatta qilgan amalingiz behuda
ketar va albatta ziyon ko'rguvchilardan bo'lib qolasiz",(39:65) dedi. Demak, shirkni Alloh taolo -
banda tavba qilib haq yo'lga qaytmasa - hech kimdan kechmaydi. Ey Alloh bizni
o'zing shirkdan saqlagin, Sen eng mehribon bo'lgan zotsan!
Haqiqiy mo'min kishi Allohdangina qo'rqib aziz insonga aylanadi. Haqiqiy mo'min
bo'lmagan odam Allohdan boshqa bir shaxs yo jindan qo'rqib xor bo'ladi. Kimki
Allohdan qo'rqqancahlik boshqasidan ham qo'rqsa, katta shirk keltirgan bo'ladi.
Alloh taolo mo'minlarni O'ziga do'st tutgan, duosini ijobat qilaman degan,
sizlarni albatta jannatga kiritaman degandan keyin mo'min faqat Allohdangina
qo'rqib, boshqalar orasida aziz bo'lib yurishimizni nasib etishingni so'raymiz!
Savollar:
1.Shirkni tushuntirib bering.
2.Shirk haqidagi oyatlarni yoddan ayting.
3.Shirkdan saqlanish uchun nima qilgan bo'lar edingiz?
4.Shirk keltirgan odam tavba qilsa bo'ladimi?
Payg'ambarimi sollallohu alayhi vasallam : " Sizlar uchun men
qo'rqadiga narsaning eng qo'rqinchlirog'i kichkina shirk", dedilar. "
U nima?" deyilganda, " riyo" dedilar.Bizning xalq
orasida ho'jako'rsin degan ibora bilan aytiladigan ishlar ham riyodir.
Balog'at yoshiga yetgan kishi o'ziga o'zi bir narsaga erishsam yo shuni qila
olsam o'n rakat namoz o'qir edim, yo uch kun ro'za tutgan bo'lar edim kabi
ibodatlarni vojib qilishga nazr deyiladi. Nazr faqat Alloh taolo uchun bo'ladi.
Boshqasiga qilsa harom bo'ladi, shirk bo'ladi. Masalan: "Oshqozonim
tuzalib ketsa uch kun ro'za tutaman" desa, oshqozoni tuzalganda uch kun
ro'za tutib berishi vojib bo'ladi. Gunoh bo'ladigan narsaga nazr qilish mumkin
emasdir. Mabodo johillik vaqtida farzand ko'rmasdan yurgan bir kishi:
"Agar o'g'il ko'rsam, do'stlarimni mast qiluchi ichimlik bilan
sug'oraman" degan bo'lsa, farzand ko'rgan vaqtida aql yuritadigan,
muvahhid bo'lgan bo'lsa, albatta bu ahdiga vafo qilmaydi. Ba'zi ulamolarimiz
payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nazrdan qaytarganlar deb, nazr qilishni
makruh deyishadi. Lekin namoz, ro'za va boshqa shu kabi toatlar bu qaytariq
ostiga kirmaydi. Bizning hozirgi zamonamizda: "Agar tijoratimdan katta
foyda ko'rsam falon maqbaraning oldiga borib bir qon chiqaraman, yo o'sha
maqbaraga bir narsa atab berib kelaman" degan johilona gaplar shariatga
to'g'ri kelmaydi. Bu amallar shirkdan holi bo'lmaydi yoki shirk yana ham
rivojlanib ketishi uchun xizmat qilib beradi. O'tgan zamondagi budparastlar shu
so'zlarni arab yo boshqa tilda aytishar edi, bu yerda hozir maqbaralar bo'lsa,
ularda budlar bo'lar edi. Ey Alloh, Johillikdan o'zing bizni saqlagin,
oshqozonga, nafsga qul bo'lmasdan Sening O'zinggagina qul bo'lishimizni nasib
etgin! Omin!
Qabrlardan yordam so'rash yo ularni Alloh bilan o'zining orasida vosita qilish
yo bir avliyoni o'zi va Alloh o'rtasiga qo'yib duo qilish ham shirk
amallaridandir. Bu yerda avliyo deyilgani, vafot etib ketgan avliyo haqidadir.
To'qqizinchi
dars. Tavhidul-asmoi vas-sifot
Albatta Alloh taoloning ismlari va
sifatlari bor deb iymon keltiramiz. Mana shu najot topuvchi va eng to'g'ri
e'tiqodda bo'lgan ahli sunnat val-jamoatning e'tiqodidir. Alloh taoloning
ismlari va sifatlari yo'qqa chiqargan chiqargan toifalar adashib ketishdi.
Alloh taolo O'zining Qur'oni Karimida qanday ismlar bilan ismlagan bo'lsa va
qanday sifatlar bilan sifatlagan bo'lsa, biz ham Alloh taoloni mana shu ismlar
bilan ismlaymiz va sifatlar bilan sifatlaymiz.
© 2007 www.sofislom.com
FIQH
MASALALARI BO`YICHA SAVOL VA JAVOBLAR
Shayx Yahya bin Ali Al-Hajuriyning “Al-Mabaadee al-Mufeedah fit-Tawheedi
wal-Fiqhi wal-‘Aqeedah”nomli risolasi asosida tayyorlandi. © 2007 www.sofislom.com
Mundarija
1. Agar
sizga "Har bir amal nima bilan qilinishi kerak?" deyilsa, nima deb
javob berasiz?
2. Agar sizdan
"Niyatni ovoz bilan aytish hukmi nima?" deb so'rashsa nima deb javob
berasiz?
3. Agar
sizdan "Bid'at nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?
4.
Agar sizdan "Alloh taolo suvni nega yaratdi?" deb so'rashsa qanday
javob berasiz?
5. Agar
sizdan "Hojatxonaga borishda nima aytish kerak" deb so'rashsa nima
deb javob berasiz?
6. Namoz
tahoratsiz qabul bo'ladimi?
7.
Tahoratda badanning qaysi qismlari tozalanadi?
8.
Tahoratda doimo o'ng tomondan boshlash va o’sha badan qismlarini yaxshilab
tozalash kerak.
9.
Muhammad sallallohu alayhi va sallam qanday tahorat olganlar?
11. Agar
namoz vaqti yaqinlashganda suv umuman topa olmasangiz tayammum qilishingiz
mumkinmi?
12.
Tahorat olgandan so'ng qanday duo o’qiladi?
13.
Tahoratni buzuvchi amallar nimalar?.
14. Musulmon
kuniga nechta marotaba namoz o'qishi kerak?
16. Kimki
Muazzinni azon tilovatini eshitsa uning aytganini aytishi kerak.
17. “Namoz
o'qish uchun tursang, qiblaga yuzlangin” kalomi hususida.
18.
Namoz ichida qo'lni ko'tarishlik 4 joyda bo'ladi.
19. Eng
birinchi "Allaahu Akbar" dan keyin qaysi duo o'qiladi?
22.
Namozni musulmon shoshmasdan, osonlik bilan yaxshilab o'qishi kerakligi
hususida.
23.
Fotiha surasidan so’ng zam sura o’qish hususida
24.
Ruku' va sajdada aytiladigan duolar nimalar?
26.
Muhammad sallallohu alayhi vasallamga salovat aytish duosi.
27.
Salovotdan keyin va salom berishdan oldin o'qiladigan duo
28.
Uxlashdan oldin va uyqudan turgandan keyin aytiladigan duo
29.
Ovqat yeyishni boshlashdan oldin Bismilloh deyishlik kerak.
30.
Qo'shniga va boshqa musulmonlarga ozor berishlik haromdir.
33.
Kofirlarga o'xshashlikdan, ya'ni ularning urf-odatlari, qiliqlarini
qilishlikdan saqlaningiz.
34.
Majlisdan yoki biror o'tirishdan so'ng o'qiladigan duo:
1. Agar sizga "Har bir amal nima bilan
qilinishi kerak?" deyilsa, nima deb
javob berasiz?
Aytingizkim, har bir ibodat
amali niyat bilan bo'lishi kerak. Va niyatning joyi bu qalbdir. Bunga dalil
Umar bin Al Xattob raziallohu anhu aytadiki, Payg'ambar sallallohu alayhi va
sallam dedilar: "Shubhasiz, har bir amal niyatlarga bog'liq".
(Sahih Buxoriy va Muslim)
2.
Agar sizdan "Niyatni ovoz bilan aytish hukmi
nima?" deb so'rashsa nima deb javob
berasiz?
Aytingizkim,
Niyatning joyi bu qalbda. Shu uchun ham ovoz bilan aytishlik bu bid'atdir.
Bunga dalil, Oyisha onamiz raziallohu anha aytadilarki, Payg'ambarimiz
sallallohu alayhi va sallam "Kimki bizga tegishli bo'lmagan amalni
qilsa, u holda u (amal) qabul emasdir, rad etiladi"
(Sahih, Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
3. Agar sizdan "Bid'at nima?" deb so'rashsa nima deb javob berasiz?
Aytingizkim, Bid'at bu Muhammad sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan
keyin ibodat niyatida yangi to'qilgan amal va u amalga Qur'on yoki Sahih
Sunnatdan dalil yo'qdir.
4. Agar sizdan "Alloh taolo suvni nega
yaratdi?" deb so'rashsa qanday
javob berasiz?
Aytingizkim, Alloh taolo suvni tozalash uchun yaratdi. Bunga dalil
"Al-Furqon" surasi 48-oyat:
Uning mazmuni: "U O'z rahmati
(yomg'iri) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Osmondan pok
suv (yomg'ir) yog'dirdik."(25:48)
"Al-Anfal"
surasi 11-oyat:
Uning mazmuni: "Uning tarafidan
xotirjamlik uchun sizlarni mudroq bostirgani, tushirib, u bilan sizlarni
poklash, shaytonning vasvasasini sizlardan daf etish, dillaringizga (o'zaro)
aloqa paydo qilish va u bilan qadamlaringizni sobit (mustahkam) qilishni iroda
etganini eslang!" (8:11)
Demak, Alloh suvni bizlar o'zimizni
tozalashimiz, poklashimiz uchun yaratgan.
5. Agar sizdan "Hojatxonaga borishda nima
aytish kerak" deb so'rashsa nima
deb javob berasiz?
Aytingizkim,
Anas bin Malik raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Payg'ambarimiz sallallohu
alayhi va sallam hojatxonaga borganlarida
"Allaahumma inni a'uzu bika minal xubsi
val-xabais" der edilar.
(Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Duoning
ma'nosi: "Ey Alloh men Senga erkak
va ayol jinlardan panoh tilab iltijo qilurman". Hojatxonada o'z hojatini
chiqarayotganda Qiblaga o'girilmasligi, o'zini tozalaganda o'ng qo'lini
ishlatmasligi kerak bo'ladi. Bu haqda Sahih Muslimda Salmon Al-Farsiy
raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis mavjud.
6. Namoz tahoratsiz qabul bo'ladimi?
Yo'q Namoz
tahoratsiz qabul bo'lmaydi. Bunga dalil, Ibn Umar raziallohu anhu rivoyat
qiladilarki, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytadilar: "Tahoratsiz namoz qabul bo'lmaydi"
(Sahih, Muslim rivoyati).
7. Tahoratda badanning qaysi qismlari tozalanadi?
Tahoratda
badanning quyidagi qismlari tozalanadi:
1. Yuz.
Bunga og'izni chayqash, burun ichiga suv tortib purkab chiqarish va yuzni
o'zini yuvish kiradi. Yuz deganda peshonadagi soch chiqqan joydan dahan
tagigacha bo'lgan joy tushuniladi.
2. Qo'l.
Qo'lni tirsakkacha u bilan qo'shib tozalash.
3. Bosh.
Ya'ni boshga ho'l qo'llar bilan mash tortish.
4. Oyoq.
Oyoqlarni to'pig'i bilan qo'shib yuvish.
Bunga dalil
"Al-Ma'idah" surasi 6-oyat:
Uning mazmuni: "Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta,
yuzlaringizni, qo'llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash
tortingizlar va oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingizlar)!..."(5:6)
8. Tahoratda doimo o'ng tomondan boshlash va o’sha badan qismlarini
yaxshilab tozalash kerak.
Muhammad
sallallohu alayhi va sallam masalan, yuzlaridan keyin avval o'ng qo'llarini
tirsakkacha yuvganlar, keyin esa chap qo'l, so'ngra boshlariga mash tortganlar,
undan keyin esa avval o'ng oyoqlarini to'piqlari bilan qo'shib, so'ngra chap
oyoqlarini to'piqlari bilan qo'shib yuvganlar. Bu haqda Sahih Muslimda, Abu
Hurayra raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis mavjud.
Imom Abu
Davudning Sunanlarida Abu Hurayra raziallohu anhu rivoyat qiladilarki,
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kiyinayotganingda
va tahorat olayotganingda o'ng tomondan boshlagin"
9. Muhammad sallallohu alayhi va sallam qanday tahorat olganlar?
Muhammad sallallohu alayhi va sallamning tubandagi tartibda tahorat
olardilar:
a) Tahoratni namoz uchun deb dilingizda niyat qilardi va
"Bismillah" deb boshlardilar.
b) 2 qo'llarini oshig'igacha 3 marta yuvar edilar.
c) og'iz chayqash va burun tozalashni bir vaqtda qilar edilar va buni 3
marta takrorlar edilar.
d) yuzlarini 3 marta yuvar edilar.
e) qo'llarini (o'ng qollaridan boshlab) tirsaklari bilan qo'shib 3 marta
yuvar edilar. Tirsakni yaxshilab yuvish muhim. Muhammad sallallohu alayhi va
sallam shunday yuvardilarki qo'lning tirsakdan tepa qismi ham ozgina yuvilar
edi.
f) boshlariga bir marta mash tortar edilar. Mash tortishda boshning
oldingi qismidan boshlab to orqa bo'yin boshigacha mash tortar edilar.
g) keyin qo'llarini yana orqaga qaytarardilar. Ya'ni mash qilishda
qollarini boshning oldingi qismidan boshlab orqa bo`yin boshigacha mash qilib,
so`ngra orqaga mash qilar
edilar.
h) oyoqlarini to'piqlari bilan qo'shib 3 marta yuvar edilar. Bularning
barchasi Usmon raziallohu anhudan Sahih Buxoriy va Muslimda rivoyat qilingan.
Namozdan oldin misvok ishlatish ham sunnatdir.
10. Agar oyoq kiyimi kiyganda tahoratda bo'lsa u holda keyingi tahorat
olishda oyoq kiyimi ustidan mash qilish mumkinmi?
Musofir odam 3 kecha va kunduz shunday qilishi mumkin. Musofir bo'lmaganlar uchun
esa 1 kecha va kunduz. Mash tortganda o'sha oyoq kiyimining ustki qismidan mash tortiladi. Bu oyoq kiyimiga
paypoq ham kiradi.(ya’ni paypoqning ustidan ham mash qilish joiz)
11. Agar
namoz vaqti yaqinlashganda suv umuman topa olmasangiz tayammum qilishingiz
mumkinmi?
Alloh
taolo aytadiki, "Al-Ma'idah" surasi 6-oyat:
Uning mazmuni: "Ey, imon
keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo`llari
ingizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va
oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingizlar)! Agar junub bo'lsangiz, obdon
poklaningizlar (cho'milingizlar)! Agar
bemor yoki safarda bo'lsangiz, yoki sizlardan biror kishi hojatxonadan (chiqib)
kelsa, yoxud xotinlaringiz bilan surkalishgan (qovushgan) bo'lsangizu, (lekin)
suv topmasangiz, pok tuproqqa tayammum qilib, undan yuzlaringiz va
qo'llaringizga surting! Alloh sizlarga biror qiyinchilik (paydo) qilishni ravo
ko'rmaydi, aksincha, sizlarni poklash va ne'mat(lar)ini sizlarga mukammal
berishni xohlaydi, zora shukr qilsangizlar."(5:6)
12. Tahorat olgandan so'ng qanday duo o’qiladi?
Tahorat olgandan so'ng
"Ashhadu
anlaa ilaaha illa Allaah, va anna Muhammadan abdhu va rasuluh", yoki boshqa sahih duolar ham o'qish
mumkin. Buning ma'nosi: "Allohdan ozga ibodatga loyiq zot yuq va Muhammad
Uning quli va rasuli ekanligiga guvohlik beraman." Kimki yaxshi, to'liq tahorat olib, mana shu shahodatni takrorlasa, unga Jannatning 8 ta eshigi ochilar ekan
va u inson qaysi biridan xohlasa, o`shasidan kirar
ekan ma'nodagi hadis mavjud, Sahih Musmimda, Umar bin xattob rivoyat qilganlar.
13. Tahoratni buzuvchi amallar nimalar?
Tahoratni
buzuvchi amallar quyidagilar:
1)
Insonning oldi yoki orqa chiqarish
yo'llaridan najosat
yoki havo chiqishi;
2) Uxlash;
3) Jinsiy
aloqani qilish;
Bu haqda
Imom At-Termiziy Basra bint Safvan raziallohu anha rivoyat qilgan hasan hadisni
keltirganlar. Hamda Imom Ahmad va boshqalar tomonidan keltirilgan Abdullah Ibn
Amr tomonidan rivoyat qilingan sahih hadis mavjud.
4) Tuya
go'shti yeyish;
Bunga dalil
Jobir bin Samura razillahu anhu rivoyat qiladilarki: "Bir kuni Muhammad
sallallohu alayhi va sallam oldilariga bir kishi kelib: "Tuya go'shti
yesam tahorat qilishim kerakmi?" deb so'radilar. U (Sallallohu alayhi va
sallam): "Ha" deb javob berdilar." Sahih, Muslim rivoyati.
5)
Murtadlik, ya'ni Islomdan chiqish.
Murtadlik tahoratni hamda insonning Islomda
bo`lishini yoqqa chiqaradi. Bunga dalil Alloh taolo
aytadiki, "Al-Ma'idah"surasi 5-oyat:
Uning mazmuni: "...Kimki,
imondan kufrga qaytsa, (qilgan savobli) ishi, albatta, zoye bo'lur va u oxiratda ziyon
ko'ruvchilardandir."(5:5)
6) Hushdan ketishi (Inson o'zini yo’qotishi).
Bunga jinnilik,
hushdan ketish, mast bo'lish hamda biror dori ichganda inson o'zini bilmasdan
qolsa bu ham tahoratni buzuvchi omildir. Ulamolar bunga ijmo' qilishgan.
14. Musulmon kuniga necha marotaba namoz o'qishi kerak?
Musulmon uchun
har kuni 5 mahal namoz o'qishi farzdir. Bunga dalil Talha bin Ubaydullah
raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamdan Islom haqida so'raganlarida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Har
kuni (kunduz va kecha) da 5 mahal namoz
o'qishlik"ni ham aytdilar. Sahih Buxoriy va Muslim.
15. Agar sizdan “Mana shu 5 mahal farz namozda necha rakat
o'qish kerak?” deb so'rashsa, nima deb
javob berasiz?
Aytingizkim: Jami
farz namoz rakatlari 17 rakat. Zuhr (peshin) namozi: 4 rakat farz. Asr namozi:
4 rakat farz. Mag'rib (shom) namozi: 3 rakat farz. 'Isha (xufton) namozi: 4
rakat farz va Fajr(bomdod) namozi: 2 rakat farz.
Namoz vaqti
kelganda namozga azon aytish kerak bo'ladi. Ayol kishilar uchun azon aytish
kerak emas.
16. Kimki Muazzinning azon tilovatini eshitsa, uning aytganini takrorlab turishi lozim.
Bunga dalil, Abu
Sa'id al Xudri raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Rasululloh sallallohu
alayhi vasallam aytdilar: "Agar azonni eshitsang Muazzin aytganini
takrorlagin" Sahih Buxoriy va Muslim.
17. “Namoz o'qish uchun tursang, qiblaga yuzlangin” kalomi hususida.
Bunga dalil,
"Al-Baqara" surasi 144- oyat:
Uning mazmuni: "Goho yuzingizni (vahiy kutib) osmon
bo'ylab o'girib turishingizni ko'rayapmiz. (Xotirjam bo'ling,) Sizni o'zingiz
rozi bo'ladigan qibla (Ka'ba)ga (yuz) o'girtiramiz. Yuzingizni Masjidi Harom
(Ka'ba) tomonga buring! (Ey, mo'minlar, sizlar ham) qayerda bo'lsangizlar,
yuzlaringizni o'sha tarafga buringiz! Ahli kitoblar bu - Parvardigorlaridan
(kelgan) haqiqat (ilohiy farmon) ekanini yaxshi biladilar. Alloh ularning qilmishlaridan
g'ofil emasdir."(2:144)
18. Namoz ichida qo'lni ko'tarishlik 4 joyda bo'ladi.
Bunga
dalil, Abdulloh bin Umar raziallohu anhu rivoyat qiladilarki: "Payg'ambar
sallallohu alayhi vasallam namozga 'Allohu Akbar' deb kirar edilar (ya'ni, Allohu
Akbar deb namozni boshlar edilar) va qo'llarini ko'kraklarigacha ko'tarar
edilar. Hamda ruku'ga borayotganlarida qo'llarini ko'tarar edilar.
"Samiallahu liman hamidah" deganlarida qo'llarini ko'tarar edilar. Va
2- rakatdan 3-rakatni o'qish uchun turganlarida qo'llarini ko'tarar
edilar." Ibn Umar raziallohu anhu ham shunday qilar edilar. Sahih Buxoriy
va Muslim. 4-qo'l ko'tarish holatini faqat Imom Buxoriy rahihamullah o’zlarining
sahihlarida keltirganlar.
Aytingizkim, turli xil sahih duolar bor. Masalan, eng sahih duo:
"Allaahumma ba'id bayni va bayna
xatayaaya kamaa ba'adta baynal mashrigi val mag'ribi. Allahumma taqqini min
xatayaana kamaa yunaqqa as savbul
abyad minad danasi Allahumma ag'silni min xatayaaya bissalji val maai val
barid." (Sahih Buxoriy va sahih Muslim rivoyati)
Ma'nosi shuki, "Ey Allohim, men bilan xatolarim
orasini mag'rib bilan mashriq o'rtasini uzoq qilganing kabi yiroq etgin. Ey
Alloh! Oppoq libos kirlikdan tozalangani kabi meni xatolarimdan pokiza qilgin. Ey Alloh! meni xatolarimdan qor bilan, suv bilan dol bilan
yuvgin-poklagin!."
20. Fotiha surasini tilovat
qilishdan oldin "Auzu billahi minash shaytonir rojiym Bismillahir rohmanir
rohiym" deb aytish kerak.
Bunga dalil, Alloh taolo aytadiki,
"An-Nahl" surasi 98-oyat:
Uning mazmuni: "Qachonki, Qur'on o'qisangiz,
albatta, quvg'in etilgan shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini
so'rangiz!"(16:98)
Anas bin Malik raziallohu anhu
rivoyat qiladilarki, "Payg'ambar, Abu Bakr va Umar namozlarini
'Alhamdulillahi rabbil a'lamiyn' bilan ovoz chiqarib boshlar edilar."
(Sahih Buxoriy va Muslim rivoyati)
Boshqa rivoyatda aytiladiki, "Demak
ular "Bismillahir rahmanir rahiym"ni ovoz chiqarib aytmas
edilar." Imom Ahmad va An Nasoiylar tomonidan keltirilgan sahih hadis.
Demak A’uzu billahi va basmalani ovoz
chiqarmasdan aytar ekanmiz.
Bunga dalil, U'baada bin Saamit
raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam
aytdilar ma'nosi: "Fotiha surasini (namozda) tilovat qilmagan odam
uchun namoz yo'qdir" ya'ni, namozi qabul bo'lmaydi. (Sahih Buxoriy va
Muslim rivoyati)
Shu o'rinda qaysi namozlarda ovoz
chiqarib o'qishlikni aytib o'tsak: Bomdodning 2 rakat farzi, Shomning birinchi
2 rakat farzi hamda Xuftonning birinchi 2 rakat farzlarida ovoz chiqarib
tilovat qilinadi. Bundan xulosa shuki, sanalgan namozlar farzlarining boshqa rakatlarida, qolgan namozlar farzlarining hamma rakatlarida va sunnat namozlarida ovoz chiqarilmay o`qiladi.
Ruku'ga borganda, undan tikka
turganda, sajdada, tashahhudga o'tirganlarida yaxshilab toki suyaklari oldingi
o'z joylariga tushguncha keyingi holatga o'tmasliklari kerak.
Masalan, ruku'da shunday tekis turish
kerakki beliga kosada suv quyilsa suv to’kilmasligi kerak va ruku'dan turganda
ham toki to'liq bemalol turguncha sajdaga bormasligi kerak, bu haqda sahih Buxory
va muslimda hadis mavjud.
"Fotiha surasidan keyin zam sura
o'qiladi va undan so'ngra "Allaahu Akbar" deyilib ruku'ga
boriladi. Ruku'dan "Sami'allaahu liman hamidah, Rabbana va lakal
hamd" deyilib turiladi. So'ngra yana "Allaahu Akbar"
deb qo'llari bilan sajdaga boradi." (Sahih Buxoriy va Muslim)
Huzayfa raziallohu anhu rivoyat
qiladilarki, Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam ruku'da:
"Subhana Rabbiyal a'ziym”, va sajdada "Subhaana Rabbiyal
A'alaa"larni aytar edilar. (Sahih, Muslim rivoyati)
Subhana Rabbiyal A'ziymni ma'nosi:
"Buyuk Robbim aybu nuqson va
tenglardan pok"
Subhana Rabbiyal A'alaning manosi
"Oliy Robbim aybu nuqson va tenglardan
pok"
Bularni kamida 3 marta aytish kerak bo'ladi.
Sajdada aytilganidan boshqa duolarni ham
qoshib aytish joiz, chunki sajdada qilingan duo qabul bo'ladi, inshaAllaah. Bu
haqda Sahih Muslimda Ibn Abbos raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis mavjud.
Eng sahih tashahhud duosi bu Sahih
Buxoriy va Muslimda Ibn Masud radiyallahu anhu tomonidan rivoyat qilingan
hadisda keltirilgan: Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aydilarki:
"Namozda o'tirganingizda quyidagini aytinglar:
"At-Tahiyyatu Lillahi vas-Salavatu
Vat-Tayyibat. As-Salamu 'alaika ayyugan-Nabi va Rahmatullahi va Barakatuh. As-Salamu
'alaina va 'ala 'Ibaadillahis-Salihiiyn. Ash-Hadu an La ilaha illa Alloh va
ash-hadu anna Muhammadan 'abduhu va rasuluh"
Buning ma'nosi, "Barcha
qutlovlar, duolar va shirin so'zlar Alloh uchundir. Ey payg'ambar senga salom
bo'lsin va senga Allohning rahmati va barakotlari bolsin, bizlarga va Allohning
solih bandalariga salom bo’lsin. Allohdan o'zga ibodatga loyiq zot yo'q deb
guvohlik beraman va Muhammad sallallohu alayhi vasallam uning bandasi va
elchisi deb guvohlik beraman."
"Allaahumma salli 'ala
Muhammadin va 'ala Aali Muhammadin kama sallaita 'ala Aali Ibrahiym. Va barik 'alaa Muhammadin va 'ala
Aali Muhammadin kama barokta 'ala Aali
Ibrahiyma fil 'Alamiyn. Innaka Hamiidum Majid." Sahih, Muslim
rivoyati.
"A'uzu billahi min 'azabi jahannam
va min azabil qabri va min fitnatil mahyo val mamati va min fitnatil masihid
dajjal" Sahih Muslimdan, Abu Hurayra tomonidan rivoyat qilingan.
Ma'nosi: "Jahannam azobidan,
qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan hamda masiyhid dajjol fitnasidan Allohga
iltijo qilaman."
Hudayfa raziallohu anhu rivoyat
qiladilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uxlamoqchi bo'lsalar
"Bismika Allahumma, amuutu va
ahyaa", Uyqudan uyg'onganlarida esa,
"Al hamdulillahillaziy
ahyanaba'ada ma amatana va ilaihin-nushuur" deb aytar edilar. (Sahih, Buxoriy
rivoyati).
Uxlashdan oldingi duo manosi: "Ey
Alloh! Sening isming bilan o'lib, Sening isming bilan yashayman(tirik
b`olaman)" Uyqudan turganda aytiladigan duo manosi: "Bizga
o'ldirgandan so'ng(yana) hayot bergan Allohga hamd bolsin. Qaytishlik
ungadir!"
29. Ovqat yeyishni boshlashdan oldin
Bismilloh deyishlik kerak.
Abu Salama raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, Payg'ambarimiz sallallohu
alayhi va sallam unga aytdilar: "Ey bola, Bismillah degin va o'ng
qo'ling bilan yegin hamda o'zingga yaqin bo'lgan joydan yegin (ya'ni tovoqdagi
ovqatning)" U (Abu Salama) dedi: "O'sha vaqtdan boshlab shu ovqat
yeyish odoblariga rioya qilib kelaman"
Ibn Amr
raziallohu anhu rivoyat qiladilarki Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam
dedilar: "Musulmon shunday insonki
uning tili va qo'lidan (boshqa) musulmonlar saqlangandirlar", ya'ni u tili
va qo'li orqali boshqa musulmonlarga ozor bermaydi. (Sahih Buxoriy va Muslim)
Agar biror
musulmonning uyiga kirmoqchi bo'lsangiz kirishdan oldin ruhsat so'rang va
salomlashing. Bunga dalil "An-Nur" surasi 27-oyat:
Uning mazmuni: "Ey, imon keltirganlar! O'z
uylaringizdan o'zga uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz!
Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora, (bu gapdan) eslatma olsangizlar."
(24:27)
Demak, biz biror musulmonning uyiga kirmoqchi bo'lsak, "Assalomu
alaikum, kirsam bo'ladimi?" deb ruhsat surashimiz kerak ekan.
Bu haqda Sahih Buxoriy va Muslimda
Ibn Masud raziallohu anhu rivoyat qilgan hadis mavjud.
32. Alloh taolo sizu bizni ota onamizga yaxshilik
qilishimiz va ularning aytganlarini qilishimizni buyurgandir.
Bunga dalil, "Al-Isro"
surasi 23-oyat:
Uning mazmuni: "Rabbingiz, Uning
O'zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi.
Ey, inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga
yetsalar, ularga "uf" demagin va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt!" (17:23)
33. Kofirlarga o'xshashlikdan, ya'ni ularning urf-odatlari, qiliqlarini
qilishlikdan saqlaningiz.
Payg'ambarimiz
sallallohu alayhi va sallam aytdilarki, manosi: "Kimki bir qavmga o'xshasa, demak u o'shalardandir" Imom
Ahmad va boshqalar tomonidan keltirilgan, Ibn Umar rivoyat qilgan sahih hadis.
34. Majlisdan yoki biror o'tirishdan so'ng o'qiladigan duo:
"Subhanaka Allahumma va bihamdika ashhadu an
laa ilaha illa anta astag'firuka va atuvbu ilayk"
Ma'nosi: "Ey Alloh. Sen barcha aybu nuqsondan
pokdirsan. Senga hamdlar aytaman. Guvohlik beramanki, Sendan o'zga ibodatga
loyiq zot yuq. Sendan istig'for so`rayman va Senga tavbalar qilaman." Imom
Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar tomonidan
keltirilgan hadis.
©
2007 www.sofislom.com