Quyida yoznlganlarni kirillda o`qish uchun shu erga bosing!

Xudosiz bilan munozara.

Muallif:а Mustafo Mahmud.

Aslidan, yaТni arabchadan Batukaev Shamsuddin Holidovich tarafidan ruschaga ag`darilgan variantidan o`zbekchaga tarjima qilindi.

 

Tug`magan va tug`ilmaydi.

Mening do`stim munozarani yaxshi ko`radi. U har doim bizni go`daklikda ayiblaydi, uning fikricha biz xayolparast hisoblanamiz. U bizning diniy eТtiqodlarimiz , ilohiy tushunchalarimiz(u dunoyodagi hayotga ishonish, jannatning mavjudligiga, go`zal chamanzorlarning borligiga ishonish kabilar) ustidan kulishga, bizni bu bilan masxaralashga urinadi. Uning hisobicha bu dunyodagi huzur halovatlar insonning joni uzilishi bilan butunlay yo`qolib ketadi. U aynan shu masala bo`yicha munozara qilmoq maqsadida Fransiya mamlakatidanа bu erga tashrif buyurgan. Uning fan doktori, degan ilmiy darajasi ham bor.а U menga istehzo bilan quyidagicha masala qo`ydi:

-Siz, Allohning mavjudligini isbotlamoq uchun har bir mahsulotning tayorlovchisi (yaratuvchisi) bor, har qanday yaratilgan narsa uchun uning o`z yaratuvchisi mavjud, har qanday mavjudodning ham o`z ijodkori bor, degan mantiq qonuniga asoslanasiz. YaТni biror mato bor bo`lsa, uning to`quvchisi ham bor. Qog`ozga chizilgan shaklning uni chizgan chizuvchisi, rassomi mavjud. Agar muallifi nomaТlum bo`lgan birorta haykalni yoki sanТat asarini ko`rsak, uning o`z-o`zidan dunyoga kelmaganini yaxshi bilamiz. Bezak buyumlari qanchalik go`zal va tarixiy bo`lmasin ularni yasagan ustalar bo`lganligi ham aniq. Demak, butun dunyo, koinot mavjud ekan, uni yaratgan,а tuzgan qudrat ham, yaТni hamma narsaga qodir Alloh ham mavjuddir, degan xulosa kelib chiqadi, deb o`ylaysizlar.

 

Men esa, unga javob berib:

-Biz ana shunday Yaratuvchining borligiga ishonamiz, Unga iymon keltiramiz va Uni tasdiqlaymiz, deyman.

 

U ham shashtidan to`xtamasdan deydi:

-Unday bo`lsa, Allohning o`zini, siz tasdiqlayotgan Yaratuvchini kim yaratgan? Bu masalada sizning fikringiz qanday va bunga qanday isbot keltirasiz?

Men masalani unga quyidagicha tushuntirishga kirishdim:

-Sen bemaТni savollarni qatorlashtirib tashlamoqdasan. Birinchidan, sen o`z savollaring bilan o`zingga qarama-qarshi kelmoqdasan. Chunki sen Allohni ЦYaratuvchi, deb tasdiqlab, yana uni kim yaratdi, demoqdasan. Sen bir vaqtning o`zida ham Yaratuvchi, ham Yaratilgan haqida bahs etmoqchisan. Bular qarama-qarshi va mutlaqo bir-biriga to`g`ri kelmaydigan fikrlardir. Sen qo`ygan masala yana boshqa tomondan ham maТnosizdir. Chunki sen Yaratuvchini o`zing yaratgan mantiq qonuniga (bu qonun insonlar yaratgan qonun bo`lib, u yaralgan zamon va makon mavjud va aniq) bo`ysundirmoq istaysan. Zamonni va makonni Yaratgan Alloh bu qonunlardan, zamon va makonda yaratilgan qonunlardan mutlaqo tashqarida va ulardan mutlaq buyukdir. U unday qonunlarga sig`maydi va bo`ysunmaydi. Allohni zamon va makon, va ular doirasidagi qonunlarga solib, ularga bog`lab tasavvur etish mumkin emas. Sabab va oqibat qonunlarini yaratgan Allohni insonlar yaratgan qonunlarga bo`ysunadi, deb hisoblab bo`lmaydi.

 

Sening bu so`zlaring, prujinalar yordamida harakatlanadigan qo`g`irchoqlarning, ularni yasagan odamlar ham biz singari harakat qiladi, deyishiga o`xshab ketadi. Chunki odamlarning harakati qo`g`irchoq harakatiga o`xshamasligini qo`g`irchoqqa qancha tushuntirmagin, u o`z harakatidan o`zgachasini ko`ra olmaydi. Xuddi o`sha qo`g`irchoq kabi, sen ham Allohning mavjudligini, uning hech qanday yaratuvchisi bo`lmasligini tasavvur qila olmaysan, xayolingga ham keltira olmaysan. Chunki seningcha atrofingdagi barcha narsalar bilan birga Alloh ham o`z Yaratuvchisiga ega bo`lishi kerak, deb hisoblaysan.

 

Sen Allohni odamlar oldiga tushmog`i uchunа maxsus parashyutga yoki payg`ambarlar uning huzuriga etishi uchun esa, qandaydir transport vositasiga muxtoj, deb o`ylaydigan kalta fahmlarga o`xshaysan. Ammo men Allohni bu kabi taТriflardan uzoq tutaman. U Qodir va buyuk Allohdir.

 

Olmon faylasufi Immanuil Kant ФSofа aqlning qarama-qarshiliklariФ nomli kitobida inson aqli bilimning cheksiz kengliklarini egallay olmaydi, aql narsa va hodisalarning ayrim qismlarinigina anglab olish uchun yaratilgan, deb tasdiqlaydi. Odam aqli Allohning mavjudligi tushunchasini to`la anglab etmaydi. Biz Allohga ishonuvchilar, Uni eng avval dilimiz bilan anglab etamiz, undan so`ngra angimizga, fikrlarimizga yo`l ochamiz. Chanqoqlik(suvga chanqoqlik) suvning mavjudligini isbotlagani kabi bizning haqiqatga intilishimiz ham uning (haqiqatning) borligining isbotidir.

 

Asl haqiqat bu dunyoda kam va deyarli yo`q. Ko`pincha u nohaqliklar orasida ko`rinmay, bilinmay qoladi. Ammo chin haqiqat, haq oqibatda g`alaba qiladi, albatta. U haqiqiy dunyo-narigi dunyoda, Allohning huzurida chinakamiga tantana qiladi.

 

Qadimgi yunon faylasufi, mantiq fanining asoschisi Aristotel(uni Marks ham buyuk mutafakkir, deb tan olgan), sabablar ketma-ketligining ko`p qiymatligida chalkashib qolgan ekan. Aristotel aytarkanki, masalan, qursi yog`ochdan yasaladi, yog`och daraxtdan olinadi, daraxt esa, urug`dan o`sadi, urug` uni yig`uvchi tomonidan tayorlanadi va h.k, va h.k. Shunday qilib, u bu ketma-ketlikning zamonda chegarasi yo`qligini tan olishga majbur bo`lib, uni eng birinchi (ibtidoga) manbaga, boshqa sababga bog`liq bo`lmagan holatga olib borishga, yaТni eng avvalgi turtkiga, endi hech qanday turtki zarur bo`lmagan sababga olib borish zarurligini ilg`ob etgan. Ana o`sha boshqa sababga zarurati bo`lmagan eng avvalgi Yaratuvchi( ilk turtki) O`zidan boshqa Yaratuvchiga muhtoj emas Yaratuvchini, biz Alloh, Qudratli Ega, deb bilamiz.

 

Mashhur sufiy, olim Ibn-Arabiy, ФYaratuvchini kim yaratganФ, kabi savolni mantiqsiz hisoblab, bunday savollar aqli noraso kishilardagina paydo bo`ladi, degan edi. Alloh butun borliqning mavjudligini, butun mavjudodni ko`rsatishga asos bo`ladiganа Yaratuvchi bo`lib, U mavjudodda Allohning mavjudligiga isbot izlab va istab bo`lmaydi. ФYorug`Ф, deyish kunduz degani, deb tasdiqlash zarur. Chunki u o`sha tasdiqqa bog`liq kunduz bo`la oladi. Kunduz, desak bundan yorug` ekanligi o`z-o`zidan ayon bo`ladi. ФMen dalil-isbotlarni yarataman, Mening haqligimga dalil-isbot shart emasФ- deyilgan Alloh so`zi bordir.

 

Bundan bizning, eru-osmon, quyosh, yulduzlar, oyning mavjudligi Allohdan, Alloh esa, isbotga muhtoj bo`lmay, er yuzidagi barcha narsalar mavjudligining isbotidir.

 

Dunyoning, koinotning barcha ko`rinishlarida, uning muntazam tartibida Allohu-taoloni kuzatsa bo`ladi. Uni tabiatningа mustahkam, buzilmas qonunlarida, dunyo tuzilishining go`zalligida, tugarak-atrofimizni qurshab turgan borliqning barcha takrorsizligida, hayotning shirinligi, ajoyibotlarida, daraxtlarning shildirab turgan yaproqlarida, tovusning chiroyli patlarida, kapalaklarning qanotlari, gullarning hidlarida, bulbullarning kuyida, chaqmoqning yarqirashi, shamolning guvlashida, kishilarning fikr-mulohaza va qilmishlarida, yulduz va planetalarning o`zaro aloqasida, mana shunday bir go`zal, ajoyibotni, yaТni koinot, deb atalmish tartibli dunyoni ko`rish va kuzatish mumkin. Bunday dunyoni o`z-o`zidan tasodifan paydo bo`lib qolgan desak, havoga uloqtirib yuborilgan harf va tovushlardan Viliyam Shekspirning buyuk sanТatlari o`z-o`zidan vujudga kelaveradi, degan bo`lamiz.

 

QurТoni Karim bizni bunaqa maТnosiz munozaralardan xolis etib, Ф Ey Muhammad ayting: ФU-Olloh Birdir. (YaТni Uning hech qanday sherigi yo`qdir. U yakka-yu yolg`izdir). Olloh(barcha hojatlar bilan) ko`zlanguvchidir(yaТni barcha hojatlar Undan so`raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug`magan va tug`ilmagandir(yaТni Ollohning o`g`il-qizi ham, ota-onasi ham yo`qdir. U azaliy va abadiy zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdirФ(112:1-4). (Ruscha orginalda bu va bunndan keyingi oyatlar I.Yu. Krachkovskiy va G.S. Sablukovlar tomonidan amalga oshirilgan QurТoni-Karimning ruschaga tarjimasidan foydalanilgan. Biz esa, oyztlarning o`zbekchasini QutТoni Karimning Alouddin Mansur tomonidan qilingan uzbekcha tarjimasidan oldik).

 

Ana shundan so`ngra ham do`stimiz o`z so`rovini davom ettirib, deydi:

- Nima uchun Siz Ollohni faqat Yagona, deb tasdiqlaysiz? Nima sababdan Ollohlar ko`p bo`lmaydi. Masalan, Ular ko`pchilik bo`lib, odamlar xudosi, hayvonlar xudosi, quyosh xudosi va h.k kabi vazifalarni bo`lib olgani yaxshi emasmi?

 

Mazkur savolni qo`ygan bizning do`stimizni QurТoni Karimdan keltirilgan oyatu-suralar bilan qanoatlantirib bo`lmaydi. Shuning uchun unga zamonaviy fanning isbotlari lozim bo`ladi. Shu sabab men unga javob berishda bugungi fan xulosalaridan misollar keltirib, dedim:

- Yaratuvchi, yaТni Olloh, Yakka va Yolg`izdir, chunki olam bir materialdan tashkil topib, bir reja bo`yicha qurilgandir. Masalan, Mendeleev jadvalidagi 92 Ц ta kimyoviy elementlar birgina vodoroddan Фaralashtirish-assimilyatsiyaФ usuli yordamida, atom quvvati-energiyasidan foydalanish natijasida yaratilgan. O`sha vodorod bilan osmondagi yulduzlar yaroqlaydi, quyosh koinotni yoritib va isitib turibdi. Butun hayot, barcha jonivorlar kimyoviy uglevododroddan tashkil topgan. Chunki butun jonli va o`simliklar dunyosi yonish natijasida faqat kulga, ko`mirga aylanadi, xolos.

 

Kit, tuya, quyon, kaptar, jiraf, timsoh, qurbaqa anatomiyasi ko`rsatadiki, bu hayvonlar (umuman hayvonot dunyosi) yagona anatomik reja bo`yicha yaratilib, ularning har biri ko`rinish, eshitish va farqli ko`rkamlik xususiyatlariga ega. Shu bilan bir qatorda, ularda suyak tuzilishi (skelet), qon tomirlari (arteriyalari), yurak qafasi, suyaklari, etlari va h.k. bir xildir. Bir hayvonda bo`lgan suyakka o`xshashi boshqasida ham albatta uchraydi. Masalan, kaptarning qanoti, qurbaqaning tirsagiga aynan o`xshashdir.Ularning suyaklari joylashish tartibi bo`yicha deyarli farq qilmas darajada bir-birini takrorlaydi. Jirafning uzun va tipiritikanning kalta bo`yinlarida ettidan umurtqa suyaklari bordir. Barcha hayvonlarda asab sistemasi, bosh va orqa miyadan, asab to`xtamlaridan tashkil topgan. Ovqat hazm qilish sistemasi-chi? U ham barcha hayvonlarda oshqozon, 12-barmoqli ichak, ingichka va katta ichaklardan tashkil etilgan; jinsiy sistema esa, o`rg`ochilarining tuxumdoni, bachadon, erkaklarining urug` jo`natish kanallari va ularning tuxumdonidan iboratdir. Hayvonlarning siydik sistemasi, buyrak, siydik yig`uvchi xalta va siydik chiqaruvchi kanallardan iborat etib tuzilgandir.

 

Hayvonot, o`simlik dunyosining va mikroorganizmlarning barcha xilma-xil ko`rinishiga qaramasdan, ularning qurilish sistemasida yagona bir xillik saqlanib qolgan. Bu deyarli barcha organizmlarning tuzilishiа va rivojlanishi asosida biologik tizim(struktura) birligi-kletka yotishini bildiradi.

 

Organizmlar tizimi(strukturasi) yagonaligi organik dunyoning paydo bo`lishi umumiyligini ko`rsatadigan umumbiologik qonuniyatlardan eng muhimilaridan biridir.

 

Odamzot va hayvonot dunyosidagi nafas olish, ko`payish va o`lim holatlari va xususiyatlari ham olamning paydo bo`lishidagi umumiylikni ko`rsatadigan omillardan hisoblanadi.

 

Mana shularni ko`rgan va bilganimizdan so`ngra Yaratuvchini Yolg`iz desak, buning qanday hayron qoladigan joyi bor?

 

Mukammallik, chin mukammallik tengsiz va o`xshashsizdir. Shu sababdan Mukammallik ko`p xil bo`lishga muhtojmi? Bu Mukammallikda biron bir kamchilik bormi? Unda almashtirishga, to`g`rilashga loyiq joylar qani? Haqiqatan, kamchiliklari, xatolari borlargina ko`pchilik bo`lishga muhtojdirlar. Undan tashqari yana bir oddiy haqiqat mavjud, yaТni birnecha Allohlar bo`lganda edi, ular o`rtalarida kelishmovchiliklar bo`lib, har biri o`zlari yaratgan mavjudodlarini o`z atrofiga tortib, dunyoni bo`linishga, yaТni uni(dunyoni) vayron bo`lishga, buzilishga olib kelishgan bo`lardilar. Olloh-Buyuk va Qudratlidir. Shuning uchun U hamkorlarga muhtoj emas.

 

Bizning suhbatdoshimiz uchun esa, Olloh haqidagi bu tushunchalar etarli emas. Shu sababdan u davom etadi:

- Barcha ikir-chikirlaru, buyuk ishlarga aralashishi, butun hayvonlar va jonli dunyoni boshqarishi, ularning barchasi Uni Ц Egani tanishi, anglashi, hatto bolalarining tog`lar orasidan o`ziga makon yasash ishlari, biror daraxtdan erga tushgan yaproqlar ham Uning izmidan ekanligi, hamma Ц hamma narsalar hisobi Uning ixtiyorida bo`lishligi, har bir hamilasi bor o`z hamilasini Uning izmi bilan ko`tarib yurib va Egasining izmi ila tug`ishigacha o`z ixtiyorida saqlaydigan Qudratli Ollohning mavjudligi tushunib bo`lmaydigan bir holdir. Demak, biror ovqatga tushgan pashsha ham Uning xohishi bilan tushgan, yog`ayotgan yomg`ir ham Uning himmati bilan to`xtagan, deb hisoblash, va tushunish kerakmi? Bu bilan Siz Allohni arzimagan mayda ahamiyatsiz yumushlar bilan band qilib qo`ymayapsizmi.

 

Men esa, uni juda eТtibor va diqqat bilan tingladim va unga javob berishga o`tdim:

- Seningcha Qodir Olloh qanday usul bilan ilohiy bo`lishi kerak? Agar U bu majburiyatlardan holi bo`lsa, O`zi yaratgan olamdan yuz o`girsa, uni taqdir ixtiyoriga tashlab qo`ysa, U qanday Yaratuvchi - Olloh bo`la oladi? U qanday qilib Ilohiy bo`la oladi, agar U telbalarcha bekorchi bo`lsa, O`zi yaratgan mavjudodlarning iltijolarini eshitmasa, ularni ko`rmasa, ular haqida qayg`urib, tashvishlanmasa U Qodir Yaratuvchi, Olloh bo`la oladimi? Muhim va muhim bo`lmagan, ahamiyatli va ahamiyatsiz, yuqori darajali va quyi darajali ishlarni seningcha qaysi usul bilan aniqlab olish mumkin? Olloh aralashishi lozim va nolozim ishlarni qanday belgilash kerak?

 

Sen ikir-chikir va hech narsaga arzimaydigan narsa, deb hisoblayotgan ovqatga tushgan pashsha katta tarixiy voqealarga sabab bo`lishi mumkinligini hech o`ylab ko`rganmisan? Seningcha tasodifan ovqatga tushgan pashsha ahamiyatsiz, unga eТtibor bermasa ham bo`laveradigan holmi, u tarixiy hodisalar yuz berishiga sabab bo`lmaydigan arzimas holatmi? Ana o`sha pashsha katta bir armiya ovqatlanadigan qozonga tushib, uni ichburma yoki vabo kasaliga muftalo etishi mumkin. Bu esa, katta urush va janglarda yutqazib, tarix yo`nalishini o`zgartirib yuborishi mumkin. Buyuk Zulqaynarin moskit bezgagi kasalligidan qurbon bo`lmaganmidi?

 

Ahamiyatsizgina ko`rinayotgan, biror asarga kirish so`zi fojiaviy xulosaga (epilogga) olib kelishi mumkin. Fojiaviy bosh so`z natijasiz tugashi ham mumkin. Bularning barchasi faqat Yakka Yagona O`ziga-Ollohga maТlum, faqat U bilguvchidir.

 

Nega sen Ollohning vazifalarini cheklamoqchi bo`lasan? Butun olamdagi, erdagi har bir chang zarrachasi-yu; osmondagi narsalar Undan yashirin bo`lmasagina, har bir narsa va hodisalar Unga aniq va maТlum bo`lsagina U ilohiydir, U Ollohdir. Olloh tinglovchi, eshituvchi, javob etguvchi, o`z yaratganlari haqida qayg`uruvchi Zotdir. Ana shundayligi bilan U ilohiydir.

 

Taqdir. U tanlanadimi yoki beriladimi?

Mazkur masala o`rtaga chiqqanda bizning do`st yanada quvonib ketdi. Chunki u endi mening tomog`imdan g`irt bo`g`dim; bu masalada meni hech narsa deya olmaydi, deb o`yladi. Shu sababli u uzoq sayradi:

- Har bir narsa uchun ham Olloh o`z taqdirini aniqlab qo`ygan, bizning barcha ishlarimiz ham avvaldan belgilab qo`yilgan, deb hisoblaymiz, shundaymi? Demak, men biror ishni xohlaymanmi, yo`qmi bari bir bajarishim zarur ekan-da. Agar hamma gap shunday bo`ladigan bo`lsa, nega meni Olloh tergaydi, sud(mahkama) qiladi? Bundan ko`rinadiki mening o`z ixtiyorim o`zimda ekanligi mutlaqo yolg`on ekanda. Bu sizlarning o`ylab chiqargan uydirmalaring ekan-da? Mening tug`ilishim yoki tug`ilmasligim, millatimni, tanamning rangini, Vatanni, kenglik, uzunlikni tanlashda menda biror shaklda ixtiyor bormi, shunday ixtiyor bo`lishi mumkinmi? Yo`q-ku, axir. Quyosh va oyning chiqishi yoki botishi mening izmimga bo`ysunadimi? Hamma narsa taqdir bilan belgilab qo`yilgan bo`lsa, mening hayotimda uchragan kamchilik va xatolar uchun men javobgarmanmi? Menda o`zgacha yo`l yo`q-ku, mening qiliqlarim taqdirning ishi-ku? Shunday ekan, Olloh nega meni jazolaydi? Agar men erkin, ozod bo`lsam, mening erkim Olloh erki qatori bo`lsa, sen meni U(Olloh) bilan tenglashib qolasan, U bilan sherik bo`lib qolasan deysan. Yana shu ham borki, materialistik faylasuflar insonga, uning xulqi-avtoriga jamiyatning taТsirini, tarixiy zaruratlarning mavjudligini tasdiqlashadi. Bunga nima deysan?

 

Mening suhbatdoshim ana shunday ulkan Фto`pФdan menga o`t ochib, o`zi bir muncha erkin nafas olganday bo`ldi. U meni tamom bo`ldi, uning joni uzildi, endi uni Фko`mishФ qoldi, deb o`ylay boshladi.

 

Men turdim-da, unga sekin, muloyimlik bilan javob bera boshladim:

- Sen sofizmga (Sofizm-bu shunday tushunchaki, unga asoslangan mulohazalar tashqi ko`rinishdan to`g`riga o`xshaydi-yu, aslida u mohiyatan noto`g`ri bo`ladi. YaТni u yoki bu xulosalar qilmoq uchun boshlang`ich maТlumotlar, holatlar noto`g`ri tanlangan bo`ladi.) tushib qolganligingni sezmayapsan. Ha, sening qilmishlaring Ollohga maТlum, Uning kitobida hamma qilinadigan ishlar yozib qo`yilgan. Ammo bu degani, sen ularni qilishga majbursan, seni ularni qilishga Olloh majbur qiladi, degani emas, albatta. U qilimishlar chindan ham avvaldan aniqlab qo`yilgan. Faqat Uning (Ollohning) ixtiyorida, O`zining bilishida aniqlab qo`yilgan. Masalan, sen farzanding uchunа biror xususiyatni xohlagan eding, u hayotda sodir bo`ldi, deylik. Ammo sen uni faqatgina xohlagan eding, biroq uni o`shanga majbur etmaganding, axir. Ko`rayapsanmi, sen u holni faqat xohlagan eding, hatto uning sodir bo`lishini uncha istaganing ham yo`q edi. Mana shunga o`xshash Olloh va sen; sen va farzanding o`rtasidagi hol bo`layapti bu erda.

 

Sen ko`targan boshqa masalaga, yaТni tug`ish, tug`ilishni, millatni, kenglik-uzunlikni tanlash va quyosh hamda oyni boshqara olmasligingga kelsak, bu sening boshqa katta xotangdir. Sendagi kamchilik va xota shundaki, biz Ollohga ishonuvchilar va sen erkinlikni, ozodlikni boshqa-boshqa tushunamiz. Sen mutlaq erkni, ozodlikni xohlamoqdasan. Yo`q, unday bo`lmaydi. O`ylab qaragin, inson(sen yoki men) tanasini tanlashda, uning oq yoki qora bo`lishini belgilashda, uzun yoki kalta bo`yli bo`lishini xohlashda erkin bo`la olamizmi? Quyoshning o`z orbitasidagi harakatini boshqa orbitaga ko`chira olamizmi? Sen esa, mutlaq erkin va ozod bo`lishni, butun koinotda xo`jayinlik qilishni so`ramoqdasan. Bunday erk, bunday ozodlik va Olamlarga Egalik faqat Yakka-yu - Yagona Yaratuvchining O`ziga xosdir. Shuning uchun QurТoni-Karimda, ФParvardigoringiz O`zi xohlagan narsani yaratur va (O`zi xohlagan ishni) ixtiyor qilur. Ular uchun ixtiyor yo`qdir. Olloh ularning shirklaridan pok va yuksakdirФ(28:68)-deyilgan.

 

Olloh o`z xohlaganini va tanlaganini yaratadi, boshqa hech kimda bunday erk yo`qdir.а Shuning uchunа Olloh seni pakana yoki darroz bo`lganing uchun yoki quyoshni o`z orbitasidan chiqarmaganing uchun hech qachon jazolamaydi. Bu maТnoda xohlabmi, xohlamaymi sen Ollohga bo`ysunishga majbursan, chunki bu erda boshqa yo`lа yo`q.

 

Munozara mavzusi sening va odamlarning javob berishi zarur bo`lgan vazifalari va bu vazifa- larni bajarishda ularga berilgan erkinliklarа haqida boradi. Bular shunday cheklanganliklarki, ularni biz quyida muhakama qilamiz va ular haqida gapiramiz.а

 

Sen o`z ehtiroslaringni, his-hayajoningni, g`azabingni bosishga qodirsan. Sen qalbing-diling bilan kurasha olasan, yomonlikka undayotgan hisiyotlarni to`xtatib, uni yaxshilikka bura olasan. Sen o`z mol-mulkingni xayr qilishga, o`zingni biror ishga, vaziyatga qurbon qilishga erkinsan. Xuddi shuningdek, haq va nohaq gapirishda, taqiqlangan narsalarga tegmaslikda erkinsan. Begona kishilarning nomus joylariga qarash yoki qaramasliging mumkin. Sen so`kinish va o`shak(ig`vo, yolg`on) aytish, to`xmat qilishdan saqlanishing ham mumkin. Mana shunaqa va shunga o`xshash masalalarda biz-odamlar haqiqatan ham erkinmiz. Biroq ularning barchasi uchun javob beramiz va javob berishga majburmiz. Bular bo`yicha biz juda qattiq so`roq etilamiz.

 

Biz aytayotgan erkinlik, nisbiy erkinlikdir. U erkinlik, har bir insonning o`z vazifalari va majburiyatlarini ado etish erkinligidir. Mutlaq erkinlik bo`lmaydi. Nisbiy erkinlik, haqiqiy erk bo`lib, u biror nisbat talab etmaydi.Uni biz tabiatan ko`ngullarimiz, qalblarimizda his etamiz. Xato va kamchiliklar qilib qo`ysak uni sezamiz va tavba qilamiz, yaxshi, xayrli-savobli ishlar sodir etganimizda esa, quvonamiz, xursand bo`lamiz. Biz har bir alohida holda o`zimizga maТqulini tanlaymiz, juda ko`p imkoniyatlarni bir-biriga solishtiramiz va yaxshisini, xayrlisini ajratamiz. Kasallik natijasi o`laroq titrayotgan yoki xat yozish bilan shug`ullanib qimirlayotgan barmoqlarni bir-biridan juda yaxshi va aniq farqlaymiz. Kasal qo`lning harakati majburan, erksiz bo`layotganligi va yozayotgani esa, erkin, o`z ixtiyori bilan harakat etayotganligini ochiq-oydin ko`rib va sezib turamiz. Agar ular har ikki holda ham majburiy harakatlanayotgan bo`lganda edi, biz ularni bir-biridan ajrata olmagan bo`lardik. Ana shunday, ko`rayapsizmi, bu erk shuni ko`rsatadiki, hech bir qiynoq va azoblar yordamida sevmagan yurakni sevishga zo`rlab, majbur etib bo`lmaydi. Masalan, tayoqlar, qo`rqitishlar natijasida ayolni echintirish mumkin, ammo uni hech qachon sevishga majbur qilib bo`lmas va majbur etib bo`lmaydi. Buning maТnosi shulki, Olloh bizning qalbimizni har qanday zo`ravonlik va majburlashdan holi, ozod qilib yaratdi. YaТni Olloh barcha qalblarni erkin va ozod qilib yaratdi. Shuning uchun Alloh mulohaza va fikrlashning asosi qilib, yurakni yaratdi. Bu dunyo qiynoq va azoblari hisobiga dindan qaytgan dindorning аyuragi sof bo`lib, u dildan, yurakdan o`z dinidan voz kechmagan bo`lsa, u dindor Olloh oldida gunohsiz va Ollohning marhamatiga sazovordir. Shuning uchun Olloh QurТoni-Karimda, Ф... Lekin kim qalbi iymon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning iymoniga ziyon etmas.) ... Ф(16.106)-deb, qalbni sof tutganlarni alohida ajratadi. аа

 

Sen yana bir jiddiy xatoga yo`l qo`yasan. Chunki sen erkinlikni Olloh erkidan yuqori qo`yishga urinasan. Erk haqida so`z yurgizayotganlarni esa, Olloh bilan hamkorlikda, Unga tenglikda, Uning yordamchilari ekanlikda, hatto Ollohning marhamatiga sheriklikda ayiblashga borib etasan. Sen masalani mana shunaqa tushunganingdan juda ko`p o`rinsiz xohishni va istaklarni qatorlashtirib tashlaysan. Bu esa, juda noto`g`ri tushunchalardir. Inson erki Olloh erkidan yuqori bo`lishi mumkin emas. Inson Ollohga yoqmaydigan qiliqlar, qilmishlar qilib qo`yishi mumkin. Ammo u hech qachon Olloh erkiga qarshi bora olmaydi. Bu esa, inson erki nisbiyligining boshqa bir tarafidir.

 

Buni bir misolda tushuntiramiz. Masalan, biror kishi boshqa bir odamni o`ldirmoqchi bo`lsa, demak, u Ollohga yoqmaydigan, Ollohning ko`rsatmalariga to`g`ri kelmaydigan ish qilgan bo`ladi. Ammo o`sha o`limning sodir bo`lmasligi, uning oldi olinishi uchun Olloh hech narsa qilmasligi mumkin. Chunki Olloh kishilarga erk, aql-farosat bergan, axir. Shu bilan birga o`sha jinoyatchi qo`lida qurbon bo`lishi lozim kishining Olloh belgilangan kuni bitmagan bo`lsa jinoyatchining har qanday harakati so`zsiz natijasiz qolaveradi. Bu ham Olloh irodasidir. Odamlarning erkinligi ham Ollohning marhamatidir.

 

Bizning erkimiz Yaratuvchi tomonidan yuborilgan, Uning izmi ila lozim topilgan buyuk savg`odir. Bizning erkimiz Ollohning marhamatidir. Biz uni Ollohdan tortib olmaganmiz. QurТonda aytilganidek, ФOlloh xohlamaganini, sizlar xohlamanglarФ(76:30).

 

Bizning istagimiz Ollohning marhamatidan kelib chiqadi, bu Uning savg`osidir, bu Uning buyukligi va sahiyligidan bo`lib, istagimiz Uning marhamati bilan to`g`ri kelganligidandir. Olloh va bizning oramizda ikkiyuzlamachilik, noahllik yo`q. Bizning fikr-mulohazalarimiz ham Olloh bilan raqobat qilishga qaratilmagan. Aynan shunaqa tartibdagi munozaralar Ollohning Yagonaligini inkor qilmaydi, o`z marhamatlari bilan Unga marhamat etadigan va Uning mulohazalarini muhakama qiladigan yordamchilar keltirib chiqarmaydi.

 

Bizga berilgan erk chindan ham Yaratganning marhamatidir, Uning inoyati va fikridir.

Taqdir va uning azaldan aniqlab qo`yilishi o`z erkingni tanlashda senda ixtiyorning yo`qligi, bunda o`z xususiyatlaring, odatlaring, tabiatan mashg`ulotlaring, tabiiy ehtiyojlaring va boshqalar hisobga olinmasligi masalasini o`rtaga qo`yib va bu erda qandaydir majburiylik bor deganlar va sen yana boshqa xatoga yo`l qo`ymoqdasiz va eng chuqur adashmoqdasiz. Olloh esa, ФAgar Biz xohlasak, ularga osmondan oyat-mo`Тjiza nozil qilib shu bilan bo`yinlari egilib qolardi.Ф(26:4), deb ochiq Ц ravshan aytib qo`yibdi. Bu suraning mazmuni shundan iboratki, Olloh xohlasa bizni haq yo`lga solib qo`yishga qodir. U bizni zarur usul bilan dinga boshqarib qo`ya oladi. Ammo U bularning barchasini qilmaydi, chunki majbur etish va zo`ravonlik Ollohga-Yaratuvchiga xos emas.

 

ФDinga zo`rlab (kiritish) yo`qdir. (Zero) haq yo`l zalolatdan ajrab bo`ldi.Ф(2:256), deyladi Olloh kalomida. Yana, Ф(Ey Muhammad) Parvardigoring xohlasa er yuzidagi barcha insonlar dinga ishongan bo`lib qolardi. Nima?! Kishilar dindor bo`lishi uchun ularni majbur etasanmi?Ф, deb taТkidlaydi Olloh. Aslo unday emas, Olloh hech kimni dinga kirishga majbur etmaydi. Dinga kirish kirmaslikda kishilar erkindirlar. Shu sababdan Olloh o`z rasuliga, Ф(Ey Muhammad) Alloh majbur etmayotgan bir holda sen kishilarni dinga majbur etasanmiФ, deb taТkidlaydi.

 

Taqdir va uning azaliy ekanligi Olloh tarafidan kishilarga yuklatilgan majburiyat, deb qarolmasligi kerak. Har bir kishi taqdiri, uning ruhiy intilishlari va aqliy qobiliyatlariga bog`liq shakldaа Olloh tomonidan azaliy belgilandir. Olloh har bir kishigaа uning mashg`uloti va maqsadlariga qarab ularning amalga oshishini xohlaydi. QurТonda, ФKimki (o`z amali bilan) oxirat ekinini (yaТni savobini) istar ekan, Biz unga ekinini(ng hosilini) mo`l-ziyoda qilurmiz. Kimki dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o`shandanm beramiz. ...Ф(42:20), deyilgani kabi Olloh kimga nima bersa u uniki, chunki Olloh kim nima sevsa, xohlasa o`shani unga beradi. ФUlarning dillarida maraz bor edi, bas, Olloh marazlarini yanada ziyoda qildi.Ф(2:10); ФKimki to`g`ri yo`ldan yursa, Olloh uning to`g`riligini kuchaytiradiФ(47:17)-deb karomat qilinadi Olloh kitobida. Mol-mulk hisobiga ozod etilgan asirlarga Olloh, ФAgar silarning ko`ngullaringda ezguliklar borligini Olloh bilsa, sizlarga o`zingizdan olingan narsadan yaxshiroq narsa berur va sizlarni mag`firat qilurФ(8:70)-deydi.

 

Alloh taqdirni kishilarning intilishlariga moslab azaliy etadi. YaТni ularning intilishlari ijobiy bo`lsa, taqdir ham yaxshi yo`l bilan, u yomon bo`lsa yomon yo`l bilan taqdir belgilab qo`yiladi. Bu esa, Ollohda ikkiyuzlamachilik yo`qligini ko`rsatadi. Taqdirning azaliyligi-bu kishining o`z tanlovidir, bu erda ikkiyuzlamachilik va qarama-qarshiliklar yo`q. Olloh bizning taqdirimizniа o`z intilishlarimizga bog`liq ravishda aniqlagandir. Shu sababdan bu erda inson erkiga nisbatan majburiylik, zo`ravonlik yo`qdir. Shunga ko`ra QurТoni Karimda, ФKimki zakot va boshqa sadaqotlarniа ado etsa va Ollohdan qo`rqsa, hamda go`zal aqibatni tasdiq etsa. Bas, Biz uni engil yo`lga muyassar qilurmiz. Kimki hasislik yo`liga yurib boyigan bo`lsa, o`zini behojat bilsa. Hamda go`zal oqibatni yolg`on desa. Bas, Biz uni og`ir yo`lga ФmuyassarФ qilurmizФ(92:5-10), deb taТkidlangandir. Badr jangiga atalib, Ф(Ey Muhammad) Siz otgan paytingizda, siz otmadingiz, balki Olloh otdiФ(8:17) , deb aytilgan, Olloh kalomida. Chunki u jangda Muhammadu-rasulloh(Olloh uni rahmat aylagan bo`lsin) qarshi tarafga otgan toshu-qumlardan dushmanlarning ko`zlari ko`r bo`lib qolgandi. Bu erda ikki istak, yaТni Ollohning va Uning qulining istaklari bir-biriga qo`shilib ketganini kuzatamiz.Taqdirni tushunishga yordam baradigan kalit ham aynan ana shu erda turubdi. O`z istagini amalga oshirishga, uni bajarishga intilish kishining o`ziga(Olloh quliga) bog`liq bo`lib, unga(qulga) bajara oladigan imkoniyat berish esa, Allohga bog`liqdir. Shuning uchun bu erda yaxshi, ezgu niyat, istak- yaxshilik va ezgulik bilan, yomon istak, niyat Ц yomonlik, yovuzlik bilan amalga oshadi.

 

Inson erki, ozodligi, erkinligi-o`zgaruvchan, nisbiy bo`lib, u holatlarga, vaziyatga bog`liq ravishda o`zgarib turishi mumkin. Odamzot o`z erki chegaralarini kengaytirishi mumkin. Masalan, o`z bilimini kengaytirish bilan, yaТni mehnat uskunalari, tez harakatlanish vositalari, aloqa yo`llari yaratish bilan odamzot o`z erkinlik sohasini so`zsiz kengaytiradi. U uzoq masofani bosib o`tish vaqtini qisqartirishi(masalan, piyoda yurishdan ko`ra avtomobilda yurish, undan ko`ra uchoqda uchish va h.k.), zamon va makondagi ayrim chegaralarni oshib o`tishi ham mumkin. Atrof muhitni o`rganish natijasida mazkur muhitga odamzot hukmron bo`lish va undan unumliroq foydalanish yo`llarini topa oladi. Shuningdek, odamzot issiqdan, sovuqdan, qorong`ulikdan saqlanish yo`llarini topdi; juda uzoq masofalarga ketish va nihoyatda balandliklarga chiqishni o`rgandi. Mana shunday qilib, odamzot o`z harakat erkinligini juda kengaytirdi.

 

Bilim turli xil cheklashlardan qutulish usuli bo`lib, odamzot istagini, erkini kengaytirish imkoniyatidir. Ammo inson erki chegaralarini kengaytirishning bosh vositasi Ollohga sig`inishdir. Ollohga yaqinlashish natijasidagina odamzot ulkan erkka erishadi va Uning O`zidan karomatlar va yordamlar ola biladi. Payg`ambarlar va ularning izdoshlari ana shunday vositalardan foydalanishganlar. Masalan, Qudratli Olloh Sulaymon alayhis-salomga jinlarni bo`yin egdirdi, uni shamol hukmdori etdi. Sulaymonni butun qushlar tilini biladigan qildi. Bularning barchasi Ollohning va faqat Uning karomati va qudratidir. Muso alayhis-salom(unga Allohning rahmati bo`lsin) Nil daryosi oqimini to`xtatdi. Iso payg`ambar (Ollohning unga rahmatlari bo`lsin) esa, o`liklarni turg`ozdi, ko`rlarning ko`zini ochdi, suv ustida oyoq bilan yura oldi, kasallarni davoladi va h.k. va h.k. Bularning barchasi Olloh yordamida bajarildi. Sulaymon, Muso va Iso nihoyatda dindor kishilar bo`lib, ular Yagona Allohning insonlarga yuborgan chin payg`ambarlari edilar.

 

Payg`ambarlarning mo`Тjizalari haqida va ularning izdoshlari karomatlari haqida, masofalarni qisqartira oladigan xususiyatlari haqida o`qiymiz va o`rganamiz, ularni bilamiz. Bu esa, uzluksiz chidam bilan mehnat qilish natijasida ruhan Ollohga yaqinlashish va Unga cheksiz muhabbat bilan insonga nasib bo`ladi. Bunday kishilarga Olloh zo`r bilim va boshqalar erisha olmaydigan karomatlar hadya etgan bo`ladi.

 

Abu-Hamid G`azaliy taqdir masalasini ikki og`iz so`z bilan ifodalab qo`ya qolgan: ФInson o`zi bilgan sohada erkin bo`lib, bilmagan joyda erksizdir.Ф Bundan ko`rinadiki, subТektiv bilim bilanmi yoki Ollohdan inoyat qilingan obТektiv bilim bilanmi bulardan qatТi nazar odamzot har safar o`z bilimini oshira borib, o`z erki chegarasini ham kengaytiraveradi.

 

Materiallistlar, odamzotni tarixiy muqarrarlikning asriga aylantirib chuqur xatoga yo`l qo`yadilar. Ular insonni misoli shamolda uchayotgan qo`lsiz, oyoqsiz va hech qanday istaksiz bir cho`p kabi iqtisod va jamiyat qonunlariga bo`ysunmay undan chiqa olmaydigan va qochib ham qutula olamydigan zanjirning bir xalqasiga aylatirilgan shaklda qaraydilar. Shuningdek, bu g`oya tarafdorlari bu holni Фsinfiy kurash muqarrarligiФning qonuni, deb tinmay takrorlashdan charchamaydilar. Biroq bu ilmiy jihatdan xatodir. Chunki insonlar orasidagi munosabatlarda muqarrarlik bo`lmaydi. Ko`pincha bu hollar taxminga oiddir. Jamiyatda insonning o`rni va mashinaning qismlari o`rni aynan ana shunisi bilan farq qiladilar. а

 

Quyoshning tutilishini juda katta aniqlik bilan anchagina vaqt oldindan (hatto bir necha yillar ilgaridan) eТlon etish mumkin. Ammo hech kim, hech bir zamon kishining ertasini, uning dilida, ko`ngulida nimalar saqlanganligini oldindan ayta olmaydi, unga hech kimsa qodir emas. Faqat ularni taxmin qilish mumkin, xolos.

 

MaТlumki, Marksning bashorati amalga oshmadi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda inqilob sodir bo`lmadi. Vaholanki, eng qoloq mamlakat Russiyada inqilob yuz berdi.

 

Marks kutgani kabi kapitalizm va kommunistik jamiyat o`rtasida kurash keskinlashmadi, ular tinch-totuv yashashga intildilar. Bundan tashqari kommunistik mamlakatlar o`zlari kapitalistlar bilan iqtisodiy aloqalar o`rnatishni boshlab berdilar. Shuningdek, kapitalistik jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshilik keskinlashmadi, kapitalizm tugamadi, aksincha kapitalistik ishlab chiqarish rivojlandi. Kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar sotsialistik lagerning o`zida yuzaga keldi, hatto sotsialistik lagerning o`zi tugadi. Mana bu insoniyat rivojlanishi tarixini va uning kelajagini materialistlar tomonidan noto`g`ri va xato talqin qilinishidir. Bu xatolar natijasida juda katta-katta adashishlarga kelindi. Materialistlar insonni muqarrarlik to`riga ilingan pashsha hisoblaydilar va ular inson erkin va uning erkinligi real ekanligini unutadilar.

 

Insonga atrof muhit va jamiyatning taТsiri borligi haqida, inson hayotda yakka o`zi yashamasligi, uning erki harakatsiz ekanligi haqidagi materialistlar davolariga bizning juda yaxshi javobimiz tayor.

 

Biz bu davolarni qabul qilmay, atrof muhitning jamiyatga taТsirini ayrim olingan erkka teskari taТsir kabi qaramay, erkinlikning dialektik maТnosini tasdiqlovchi va uni rad qilmaydi, deb javob qilamiz. Shaxsga tegishli (individual) erk, o`ziga qarshi harakatni yo`qotmasdan turib, u o`z Ц o`zicha o`zini isbot qila olmaydi. Agar kishi oldida tanlashi mumkin bo`lgan yo`llar bir qancha bo`lib va u ulardan birini tanlash erkiga ega bo`lsa, ana shu haqiqiy tanlash erki hisoblanadi.

 

Alloh nima sababdan yovuzlikka yo`l qo`yadi?

Mening do`stim o`z hujumini davom ettirib, dedy:

-Siz aytasizki, sizning Allohingiz makammal, rahimdil(mehribon), marhamatli va shuningdek hech kimni, qarini ham, go`dakni ham ayamaydigan barcha balolar: kasallik, keksalik, o`lim, zilzila, vulkanlar, mikroblar, zahar, sovuq, saraton(rak) kasalligi kabi yovuzliklarni ham U(Olloh) yaratdi. Agar Alloh shunaqa sevguvchi va yaxshi bo`lsa, nima uchun U bu qadar baloyu-yovuzliklarni ham yaratdi?

 

Mening suhbatdoshim ko`targan masala falsafaning eng munozarali muammolaridan hisoblanib, bu haqda juda ko`p fikrlar bor. Ammo men unga quyidagicha javob berdim:

-Alloh chindan ham rahimdil, mehribon, shafqatli. U hech vaqt yomon ish qilishga buyurmaydi. Ammo Uning baloyu-yovuzliklarga o`rin berishiа alohida bir donishmandlikdir. Chunkiа QuorТoni Karimda, ФAyitng(ey Muhammad): ФOlloh hech qachon bunday buzuq ishlarga buyurmaydiФ. Olloh shaТniga (o`zingiz) bilmaydigan narsaklarni aytaverasizlarmiФ! Parvardigorim haqiqatni(adolatni) marhamat etdilarФ(7:28)-deyiladi. Olloh faqat haqiqatni, adolatni marhamat etadi, U faqat muhabbat ila yaxshilikka boshqaradi, U faqat yaxshi qilmishlardan rozi bo`ladi. Ammo nima sababdan Alloh diktatorni, qatlni, o`g`rini bu dunyoda baТzan jazosiz qoldiradi? Chunki Olloh bizning erkin bo`lishimizni xohlaydi. Agar to`g`rilik va egrilik, Ollohga sajda qilish va gunohkorlik o`rtasida biz uchun tanlash erki bo`lmasa edi, inson erkinligi maТnosiz bo`lib qolgan bo`lardi, axir.

 

Aslida Alloh bizning barchamizni yaxshi va Unga sig`inuvchi dindorlar qilib qo`ya oladi. Biroq buning uchun bizdan erkni olib qo`yishi zarur bo`ladi. Olloh qoidalarida erk achchiq bo`lsa-da, u qullikdan juda afzal va baxtlidir, deyiladi. Shuning uchun Olloh bizni adashadigan, ihlos etadigan, o`rganadigan bir shaklda qoldirdi. Doshinmandlik shundaki, bu erda yuqorida tilga olingan yovuzliklarga ham o`rin bor. Ha-da, Olloh shaytonga ham bu olamda er bergan, axir. Shu sababdan, ФAgar Olloh odamlarni ular qilgan bor gunohlari bilan jazolasa edi, (er) yuzida biron joniborni qo`ynagan bo`lur edi. Ammo U zot ularni (jazolashni) belgilangan muddatgacha qoldirur.Ф(35:45)-deyiladi QurТoni Karimda.

 

Shu bilan birga masalaga adolat yuzasidan yondashilsa hamma ishlarda yaxshilik asos bo`lib, yomonlik-yovuzlik alohida ulardan mustasnoligi namoyon bo`ladi. Masalan, kishi hayotining asosiy qismi sogТlik-salomatlikda o`tib, xastalik-kasallik, huzursiz vaqtlari juda kam va qisqa mudadli bo`ladi. Xuddi shunga o`xshash, Er qurТasi millonlarcha yillar davomida mavjud turishiga qaramay, zilzilalar sonoqli marta sodir boТlib, ularning davomligi minutlar bilan belgilanadi, xolos. Er yuzida millatlar-xalqlar minglab yillar yashashi davomida ular oТrtasidagi urush-janjallar ham kam sonli va ularning aksariyati kichik-kichik to`qnashuvlar boТlib, ular ham nisbatan qisqa muddadli boТlganlar. Shu bilan birga bu hodisalarning har birining oТziga yarasha ijobiy tomonlari ham bor. Xastalik(kasallik) kishida chidamlilikni tarbiyalaydi (Hozir dunyoda koТpgina kasalliklar dori Ц darmonlar ishlatilmasdan davolanadi). Azob Ц uqubat irodani, ruhni mustahkamlaydi, unda (og`irlikka) chidashni chiniqtiradi. Zilzila esa, Er sharini ichki(erosti) bosimdan qutultiradi. U er qabig`ini tahlikali portlashlardan saqlaydi, tog`larni erni o`z joyida ushlab turuvchi qutblar og`irligi sifatida kerakli joylariga qaytaradi; ularni cho`ktiradi yoki ko`taradi. Vulkanlar er tagida yashiringan ruda va boyliklarni erning yuziga chiqaradi, tuproqni (erning usti qabig`ini) vulkan rudalari bilan boyitadi. Urushlar harbiy ittifoqlarning tuzilishiga va shikoyatlarni, tinchlik bitimlarini hal etuvchi xalqaro mahkamalarning tuzilishiga sabab bo`ladi. Odatda urushlar davrida yangiliklar, yangi kashfiyotlar juda qisqa muddadda vujudga kelishi ham sir emas. Penitsilin, atom, reaktiv uchoqlar va shu kabilarning barchasi urushlar davrida maydonga keldi. Ilon zaharidan qimmatli dorilar olinsa, mikroblar yordamida chechakka qarshi emmlanadi. Demak, mikrob ham, zahar ham bu hayotda lozim narsalar hisoblanar ekan. Agar o`lim bo`lmaganda edi, bugun er yuzida odam o`tiradigan joy ham qolmagan bo`lardi. Bu yorug` dunyodagi yovuzlik, rassomlar chizgan rasmlardagi soyaga o`xshaydi. Chunki unga yaqindan qarasang, u soya ortiqchadek tuyuladi, ammo unga uzoqroqdan nazar tashlansa, u soya rasmga na faqat kerak, hatto rasmning butun ko`rinishi-husni u soyaga bog`liqligi bilinadi. Kasallik-chi? Kasal bo`lmasak, sog`lik-salomatlikning qadrini tushunarmidik? Sog`liq-bu boshimizdagi bizga ko`rinmaydigan tojdir. Uni faqat sog`ligimiz buzilganda, xasta bo`lganda sezamiz va qadrlaymiz. Shuningdek, xunuklik, badbasharalik bo`lmaganda go`zallikni, nafslikniа ajrata olarmidik!? Agar stixiyali kasofatlar, halokatlar bo`lib turmasa hayotning shirinliklarini, totliliklarini bilmagan bo`lardik. Shuning uchun ФYoyning botiq(egri) qismi, uning yoyligini belgilagani kabi olamdagi doimiy kamchiliklar uning haqiqiy mukammalligidirФ- degan edi Abu Ц Hamid G`azaliy.

 

Hayotdagi qiyinchiliklar, mushkulliklar odamzotning xususiyatini aniqlaydi. ФMashaqqatlar bo`lmaganda edi, barcha xo`jalarga (janoblarga) aylanardilar, sahiylik kambag`allashardi, mardlik esa, jonsiz holga tushgan bo`lardiФ-degan edi shoirlardan biri.

 

Haqiqatan qiyinchiliklar biz uchun bir sinovdir. Ular o`ziga yarasha bizni nazorat qilish bo`lib, ular bilan bizning Alloh oldidagi ahamiyatimiz darajasi o`lchanadi. ФBaxtsizlik kelganda: ФChindan ham biz Ollohga tegishlimiz va chindan ham biz Unga qaytamizФ-deguvchi sabrlilarni shodman qilФ-deyiladi QurТoni Karimda.

 

Chindan ham bu dunyodagi hayot inson yashami uzundan-uzoq romanining bir kichik bobidir, qolgan boblari esa, so`ngra birin-ketin kelajaklar. O`lim esa, o`sha cheksiz romanning boshlanishidir. Spektaklning faqat bir qisminigina ko`rib u haqda to`la xulosa chiqarib bo`lmaydi. Katta bir kitobning birgina sahifasi yoqimsiz bo`lsa, u kitobni otib yuborib bo`lmas, axir. Odatda natija eng so`nggida maТlum bo`ladi. Shu aytganlarimdan keyin bizning do`stimiz, g`am-g`ussasiz, og`riqsiz, keksaymas va o`limsiz hayot bilan nima ish qilarkan? Balki u mutlaq to`la qonli, oliy darajada to`lib-toshgan hayotni istayotgandir. Bunday hayot faqat Ollohga oiddir. Mutlaq mukammal faqat Yolg`iz Olohdir. Shunday ekan, yaТniа Unda hech bir kamchiliklar yo`q ekan, nima uchun U Yolg`iz bo`lmasligi kerak?

 

Masala shundaki, mening suhbatdoshim o`zi ФOllohФga aylanmaganicha hech narsaga rozi bo`lmaydi-da. Bu esa, o`z navbatida o`ta shakkoklikdir. Bu do`st fan doktori, uni ishontirish, hayron qoldirish uncha ham engil bo`lmaganlar toifasidandir. U mehnatsiz, harakatsiz, toppa-tayor jannatni xohlaydi. Biroq unday jannatga munosib bo`lmoq uchun u qanday ish va yumush bajardi ekan? Istagani darhol hozir bo`ladigan ФQudratli OllohФ bo`lmoq uchun bu fan doktori insoniyatga, jamiyatga, kishilarga qanday xizmat qildi, nimalar ko`rsatdi, ekan? Mening buvim bu doktordan donishmandliroq shekilli, chunki u hamisha, ФYaxshiliklar Ollohdan, yomonliklar bizlarning o`zimizdanФ, deb yuradi. Bu so`zlar oddiygina bo`lsalarda ularda barcha masalalarning echimi mujassamlashgandir. Masalan, Olloh daryolarda suvni oqizib, shamolni yurgizib qo`ygan. Ammo hasis bir kema kapitani esa, kemaga odamlarni va mollarni keragidan ortiqcha chiqardi va buning natijasida kema cho`kib ketdi. Endi u kapitan Ollohni ayiblay boshlaydi, taqdirni qarg`ay boshlaydi. Bunda Ollohning ayibi nimada? U daryoni yaratib, uni normal oqizib qo`ygan bo`lsa, suzish uchun qulay ob-havo bergan bo`lsa, bu insonga yana nima lozim?а Insonning to`ymaslik, hasislik xususiyati yaxshilikni yomonlikka aylantirib yuboradi. Shuning uchun kema cho`kish holida Olloh emas, nafs gadosi, shayton yo`liga yurgan kapitan ayibdordir. Bu holda mening buvimning ФYaxshiliklar Ollohdan, yomonliklarni biz qilamizФ, degan so`zlarida qanchalik haqoniylik borligi yaqol ko`rinib turibdi.ааааааа

 

QurТoni Karim borib etish(tushish) nasib bo`lmaganlarning ayiblari nimada?

Bu safar mening suhbatdoshim ketma-ket boshini qashilardi. Aftidan meni chalkashtirish uchun u so`zlar axtarardi. Nihoyat, u uzundan-uzun so`zlarini boshladi:

- Yaxshi. QurТoni Karim borib etmagan, kitoblar va payg`ambarlar yuborilmagan erlardagi kishilar haqida nimalar, deya olasan? Ularning gunohlari qanaqa? Dahshatli Mahkama (Sudlanish) kuni ular qaysi joyda bo`ladilar? Masalan, Uzoq Shimoldagi eskimoslar yoki Afrika jangalzorlaridagi odamlar nima qiladilar? Ularni Qiyomat kuni nimalar kutadi?

 

Men unga quyidagicha javob berdim:

- Birinchidan, seni biroz to`g`rilashga ijozat etgaysan. Chunki sen noo`rin va noto`g`ri savol qo`ymoqdasan. Olloh bu olamda hech kimni O`z mehridan mahrum qilmaganligini xabar qiladi. Masalan, ФXabarchimiz o`tmagan birorta ham xalq yo`qdir.Ф(35:24)-deyilgan QurТoni Karimda.

 

MaТlumki, QurТonda sanalgan payg`ambardan boshqa ham juda ko`p payg`ambarlar o`tgan bo`lib, ularning sonlari minglarcha bo`lganligi haqida xabarlar bor. QurТoni Karimda, ФAniqki, Biz sizdanilgari (ko`p) payg`ambarlar yuborganmiz. Ulardan Biz sizga hikoya qilib bergan kishilar ham bor, yana ulardan Biz sizga hikoya qilmagan ham bor bordirФ,(40:78)-deydi Ollohu taolo. Hatto asalariga, ФParvardigor, asalariga vahiy-amr qildi:: ФTog`larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan inlarga uya solginФ(16:68)-deb Olloh ko`rsatma beradi. Biz bilamizki, ular shunaqa uya quradilar

 

Olloh turli xil karomatlar bilan bandalariga taТsir ko`rsatadi. U taТsirlar: baТzan Jabrail keltirgan kitoblar ko`rinishida; baТzan bandalar qalbiga Olloh yo`naltgan nurlar shaklida; baТzan kishilar qalblaridagi quvonch va rohatlilik shaklida; baТzan donishmandlik, real ko`rinishda; baТzan Ollohga sajda, taqvodorlik, Ollohdan qo`rqish shaklida bo`ladi. Allohning bu marhamatlarini qalbida nafs va nozik sezgisi va intilishiа bo`lgan har bir kishi qabul qiladi. Ammo kitoblar, payg`ambarlar, karomatlar qanchalik ko`p bo`lmasin, qulog`iga paxta tiqib, qalblarini yopib olganlarga yordam bermaydi. Olloh har bir bandasiga o`z mehribonliklarini, marhamatlarini baravar ko`raman va bu haqda hech kimga hisobot bermayman, deydi. Olloh o`z donishmandligi bilan biror kishini saqlasa, boshqasini esa, uning arzimas dindorligi yoki savob ishi evoziga afv etadi. Bu Ollohning marhamatiga bog`liq. Kim bilsin, balki yarim yolong`och qadimiy negrning chinakamiga Ollohdan qo`rqib, chin qalbdan Unga qilgan birgina iltijosi, bizning ko`pmartalab qilgan duolarimizdan ko`ra muhimroq va qutqaruvchiroq bo`lar.

 

Qadimiy negrlarning dinlarini chinchiklab o`rganilsa, ularda payg`ambarlar va bizning muqaddas kitoblarimizga o`xshash kitoblar bo`lganligini ko`ramiz. Masalan, Mov-Mov qabilasi Mujayin ismli Ollohga ishonishadi. Qizig`i shundaki, ular uni(Mujayinni) yakka yagona, u tug`ilmaydi va tug`maydi, unga teng va o`xshash boshqa mavjudod yo`q, uni faqat izlaridan bilish mumkin va u yaratuvchi, u hammaga emak beradi va hammani quvvatlaydi, u shafqatli-rahmdil, xastaliklarni davolaydi, kambag`allarga yordam beradi, yomg`irlar yog`diradi, yolvorish-u, duolarni eshitadi, deb biladilar. Bulardan tashqari ular yashinni Mujayinning qilichi, mamaqoldiroq guldirashlari esa, uning qadamlari ovozi, deb tasdiqlaydilar. Mov-Movlarning bu Mujayini o`sha yagona Yaratuvchi-Ollohning o`zginasi emasmi? Agar ularning tarixida ularga bu bilimlarni keltirgan payg`ambarlari bo`lmagan bo`lsa, ulargaа bu bilimlar qaerdan keldi? Vaqtlar, zamonlar kechdi, odatda bo`ladigani kabi bu dinga buzg`unchilik aralashdi, ig`vogarlar, yolg`onchilar ko`paydi va oqibatda bu sof dinni buzdilar.

 

Niem-Niem qabilasida ham Yagona Yaratuvchiga ishonadilar va uni Mubili, deb ataydilar. Ularning tasdiqlashiga ko`ra, changalzorlardagi barcha narsalar faqat uning marhamati va xohishiga muvofiq qimirlaydi va harakatlanadi; u yovuz, jahl kishilarga yashin-chaqmoqlar yuboradi, yaxshilarni esa, hayotiy neТmatlar bilan mukofotlaydi, yaТni ularga tinchlik, asoyishtalik ato qiladi. Shuningdek, shayluk qabilasida ham yagona xudoga ishonishib, uni Juk, deb ataydilar. Ular Jukni yashirin va ochiq, u osmondadir, uning har erda va hamma erda uning borligi bilinib turadi, atrofni urab turgan butun borliq u tomonidan yaratilgan, deb aniqlaydilar.

 

Danka qabilasi ham bir xudoga ishonadi, uni Niyalak, deb atashadi. Bu esa, Фu osmondaФ, degan maТnoni beradi.

 

Yuqorida keltirilgan tasdiqlarni islom, deb atamasdan, yana boshqa nima, deb atash mumkin? Bu ko`rsatilganlar, nomlari keltirilgan qabilalarga payg`ambarlar yordamida Olloh tarafidan yuborilgan(nozil etilgan) samoviy karomatlar bo`lmay, boshqa nima ham bo`lishi mumkin? Darhaqiqat, bizda din bittadir! ФAlbatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo`lganlar, nasroniylar va sabiiylar(parishtalarga sig`inuvchilar) Ollohga, oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o`shalarga Parvardigorlari huzuridaajr bordir va ular uchun xafvu xatar, g`am-anduh yo`qdirФ(2:62), deb taТkidlaydi Olloh QurТoni Karimda. Ammo har doim insonlar bilib-bilmay zamonlar kechgan sayin dinning sofligi, beg`uborligiga putir etkazishadilar.

 

Yagona Ollohga iymon keltirganlar oxir zamonda, barcha oyoqqa turadigan kun, qiyomat kuni Rabbimizning marhamatiga, buyuk mukofotiga sazovor bo`ladilar.

 

Ollohning mehribonligi, mag`firati, marhamati xilma-xil shakl va ko`rinishda bo`ladi. Qarang, bu olamda ko`zi ojiz tug`ilganlar ham, ko`zi ravshan tug`ilganlar ham mavjud. Muso alayhis-salom davrida tug`ilib, uning karomatlarini, yaТni hassa bilan daryolar oqimini to`xtatib qo`yganligini o`z ko`zi bilan ko`rganlar, Iso aleyhis-salom zamonida yashab, uning o`liklarni tiriltirganliklarini ko`rganlar ham bor. Biz esa, o`sha karomatlar haqida eshitib, o`qiganmiz. Eshitgan narsalar, ularni ko`z bilan ko`rganga o`xshamasligi mumkin. Shu bilan birga ishonch (iymon), din u karomatlarga juda ham bog`liq emas. Chunki ko`pgina mag`rur kishilar payg`ambarlarning mo`Тzijalarini ko`rib turib ham ularni yolg`onchi, aldovchilikda, sehrgarlikda ayiblashganlar. Mening suhbatdoshim, Tavrot, Injil va QurТonni (tarjimada, albatta) o`qib chiqqanligiga shubha yo`q. U kitoblar uning ikkilanishlari, shubhalarini chuqurlashtirgan bo`lsa kerakki, u o`z holatini bir muncha o`nglamoq maqsadida suhbat mavzuyisini muqaddas kitoblar tushirilmagan changalzorlarda yashovchi odamlar taqdiriga burib yuborishga urinmoqda. Shuning uchun ham u bizdan, ФQurТonning maТnosi borib etmagan va muqaddas kitoblar tushirilmagan kishilar haqida siz qanday fikrdasiz?Ф, deb so`ramoqda va ilohiy adolatdan kamchilik topganday bo`lmoqda yoki buni u o`zicha zavq his qilmoqda. Shu sababdan bo`lsa kerak, u quyidagicha savolni o`rtaga tashladi:

- Nima uchun Olloh mehri-mehribonligi xilma-xil? Nima uchun Olloh birovlarga karomatlar ko`rsatish imkoniyatini ato etadi, boshqalar esa, ular haqida faqat eshitadi va kuzatadi, xolos?

 

- Shuni yaxshi bilmoq kerakki, karomatlar hamisha ham shafqat, mehribonlik belgisi bo`lavermay, baТzida ular azob-uqubatlardan iborat bo`ladi. Ollohdan ziyofatlar tushirishni so`ragan Iso aleyhis-salom(uni Rabbimiz rahmat aylagan bo`lsin) izdoshlariga, ФOlloh dedi: Men sizlarga uni tushirguchiman. Ammo shundan keyin sizlardan kimda-kim kofir bo`lsa, uni shunday azobga giriftor qilamanki, butun olamlardan biron odamni unday azoblamagaymanФ(5:115)- demaganmi, Ollohu taolo? Bu shuning uchunki, karomatlar nozil bo`lgandan keyin ham dinsiz qolganlarga yanada katta jazolar yoboriladi. Shuning uchun karomatlarni ko`rmasdan ishonganlar ko`p baxtli hisoblanib, unga ishonmaganlarning sho`ri bordir.

 

Bu haqda QurТonda juda ko`p ko`rsatmalar bor. Agar sen QurТoni Karimdagi ko`rsatmalarni bajarmas ekansan,а Qiyomat Kuni seni azobu-qiynoqlar kutadi. Qutblarda, changalzorlarda yashovchi eskimoslar uchun esa, ularda QurТoni Karim kabi ko`rsatmalar bo`lmaganligi sababli ularga engilliliklar bo`lishi mumkin. Olloh ularga nisbatan kechirimliroq, mehribonliroq munosabatda bo`lishi ham mumkin. Shuning uchun ularning umrida bir martagina sidqidildan Ollohga iltijosi Qiyomat Kuni inobatga olinsa, ajab emas. Ollohning birovga ko`proq yoki kamroq shafqatli, mehrli bo`lishi esa, ularning qalblarini Olloh naqadar bilishligiga bog`liqdir. Bu haqda QurТoni Karimda, Ф...а U zot ularning dillaridagi (sadiqat va vafo)ni biladi. Shu sababdan ularga sakinat-orom tushirdi va ularni g`alabaga yaqinlashtirdi. ...Ф(48:18) Ц deyiladi.

 

Biz yorug` dunyoga kelmasdan, hali ona qornida paydo bo`lmasdan, hali Olloh arshi atrofida ruh holida yurganimizdayoq bizning intilishlarimiz Ollohga aniq edi. Bizning oramizda Yaratganning atrofida, uning yaqinida bo`lish, uning jamoliga sazovor bo`lish baxtiga muyassar etilganlar, Olloh yaratgan neТmatlardan bahramand bo`lib, undan o`z rohat-farog`atini ko`zlab Ollohdan uzoqlashganlar ham bor, deb tasdiqlashadi sufiylar.

 

Bu yorug` dunyodagi nihoyatda qisqa bir zamonlik hayotimiz davrida ko`rgan-kechirganlarimiz hech narsa emas. Har bir, hatto salgina og`riq, ozgina xastalikningа va ularning to`xtatilishi sabablari va xususiyatlari Yagona Ollohning O`ziga maТlumdir. Shu sababdan mendan, ФAlloh, cho`chqani nima uchun cho`chqa qilib yaratdiФ, deb so`raganlarga, u cho`chqa bo`lganligi uchun ham Olloh unga cho`chqa hayot tarzini tanladi. Chunki uning yuragi cho`chqadir. Shuning uchun ham Olloh ishi mantiqli adolatlidir, deb javob qaytaraman. Har birimiz o`z tevarak-atrofimizda Ollohning mehri-shafqatiga sazovor kishilarni ko`rib va kuzatib turgan ekanmiz, bu adolatdir. Bunday donishmandlikni tushunib etish, chinakam adolatni ko`rish, undagi pardani ko`tara olish baxti har bir kishiga ham muyassar bo`lavermaydi. Ana shu sababdan ham u bir(narigi) dunyo mavjuddir. Hamma narsani Yaratuvchi Rabbimiz o`z vaqtidaа o`zi tushuntirib qo`yadi. Ana shuni tushunish ila, ana shunga ishonish ila biz o`z suhbatdoshimizdan farq qilamiz. Shu bilan birga suhbatdoshim senga aytib qo`yayki, insonlarni avval payg`ambarlar yordamida ogohlantirmasdan, Olloh hech kimni, hech qachon jazoga mahkum etmaydi-deyilgan QurТoni Karimda. ФBiz to bironа payg`ambar yubormaguncha azoblaguvchi emasmizФ(17:15)-deb, vaТda qilinadi Olloh tarafidan.

а

Balki endi senga etarlidir? Mening Фjonajon do`stimФ, men senga desam, sening savolingda bir tomondan dinga ishonishga o`xshash mulohaza bo`lib, shundan changalzorlardagi negrlarga achinayotgan ko`rinasan. Shunga qaramasdan bu savol mutlaqo dinsiz, Ollohga inonmaydigan, QurТoni Karim nuriga va aynan haqligiga shak keltiradigan kishining fikri ekanligi ko`rinib turibdi.

 

Sening bu savollaring seni juda qattiq jazoga duchor qiladimi, sen aldanib qolasanmi, degan tahlikadaman. U savollarda ko`nguldan qarama-qarshilik seziladi. Bu esa, o`ta pastkashlikdir. Sen doim bizga qarshi biror durustroq argument topishga intilasan, ammo senda u yo`q. Ko`rayapsanmi, savol va mulohazalaringda mantiq juda oz, bori ham juda oqsoqlanmoqda.аааааааааааааааааа

 

Jannat va jahannam.

Bu safar bizning suhbatdosh, mutlaqo o`ziga ishonib harakat etardi. Shu sababdan u o`zicha tamshanib olib, meni endi rosa to`ppaslamoqqa tayorlanib, so`zlarni tanlab-tanlab, nihoyat u maqsadga o`tdi:

- Olloh, bizni qanday jazolay oladi, U mehribon, shafqatli, rahmdil-ku, axir? Biz bir zumgina yashagan umrimizda yo`l qo`ygan arzimas gunohlarimizga shunchalar qattiq, cheksiz, chegarasiz azoblar berish adolatdanmi? Ф... jahannam o`tida bo`lib,а o`sha joyda mangu qolurlarФ(98:6)-deyiladi. Qudratli Olloh oldida biz kim va nimaga teng bo`libmizki, bizni U munchalar g`azablaydi va bizdan munchalar qattiq o`ch oladi? Odamzot koinotga nisbatan bilinar-bilinmas bir chang-ku, butun olamlar Egasi Olloh shan-shuhrati oldida esa, odam hechdir, yo`qdir, axir.

 

- O do`st, biz sening xatolaringni to`g`rilab qo`yamiz. Chunki odamzot koinotda sen aytganday changgina emas. Ollohning nazarida, yaТni Olloh oldida inson ФhechdirФ va Фyo`qdirФ, demoq katta xato va yangilishdir. Biz-insonlar Olloh hisobida juda buyuk zotmiz. Olloh bizni yaratib, bizga U O`z ruhidan puflagan emasmi? Malaikolarni odamga egilishga majbur etgan Olloh emasmi? Osmonni, Erni bizga merosga topshirgan Uning O`zi emasmi?а QurТoni Karimda, ФDarhaqiqat, Biz Odamа bolalarini aziz Ц mukarram qildik va ularni barru-bahrda-quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qo`ydik hamda ularga halol-pok narsalardan rizqu-ro`z berdik va ularni O`zimiz yaratgan juda ko`p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo`ydikФ(17:70)-deydi Olloh.

 

Bundan ko`rinadiki, bizda-insonda Ollohning ruhi bor, biz koinotga nisbatan hech qachon chang bo`lmaymiz. Biz faqat o`lchovlarda, koinot kengliklari o`lchovlariga nisbatan kichik ko`rinamiz. Aslida esa, biz koinotni zabt etamiz, uning qonunlarini tushunib, bilib olamiz, planetalar harakatlarini kuzata olamiz, ularning harakat yo`llarini chiza olamiz. Masalan, odamzot oyni ko`rmasdan uning usti, shakli chizmalarini tuzdi. Ularning qanchalik to`g`ri ekanliklarini esa, oyga tushib qaytgan ostranavtlar tasdiqlaydi. Bu bizning qalbimiz hisobiga biz koinotdan buyukligimizni ko`rsatmaydimi? Bu biz o`z mazmunimiz bilan koinotni to`la qamrab olganligimiz emasmi?

 

Odamzot qudrati haqida,

ФO`zingni kichik bir toychoq his etma,

Senda butun bir olam joylashgandirФ, deb hayqirgan shoir to`la haqlidir.

 

Sufiylar tasdiqlashganlari singari, odamzot qamrab bo`lmas bir kitobdir, koinot esa, u kitobning sahifalari ekanligi haqiqatdir. Demak, inson buyuk bir yaratilish bo`lib, uning yaratilishiа ulug` ish(kashfiyot)dir. Insonda Olloh ruhining zarrachasi erlashgan bo`lib, uning harakati va qilmishlari nazoratda, u oxir-oqibatda qilmishlari uchun javob berish majburiyatidadir.

 

ФCheklangan qisqa davrdaФ yo`l qo`yilgan gunohlar uchun Olloh bizni abadiy jazoga mahkum etadimi, deyish ham nuqul xatodir. Yorug` dunyoda, hayotligi zamonida Olloh buyurganini qilmaganlar, ularni ado etish uchun takror bu dunyoga qaytishni so`raganlar uchun Olloh jahannam azoblari abadiyligi haqida taТkidlab, ФAgar ular qaytarilganlarida edi, yana ilgargidek qilma deganlarni qilaverardilar. Ular yolg`onchilar-ku, axirФ(6:28)-deydi Ollohu taolo. Shuning uchun ularning gunohlari zamonda cheklanmagan gunohlardir. U gunohlar doimiylik xususiyatiga ega, ular hamma zamonlarda qayta-qayta va yana qayta takrorlanaveradi. Bordiyu ular abadiy yashaganlarida edi, ular abadiy gunohlarini takrorlayverardilar. Agar ularni yorug` dunyoga qaytarsalar, ular so`zsiz yana eski yashash tarzlariga qaytgan bo`lardilar. Chunki ular chindan ham yolg`onchilardir. Demak, bu ularning qalblaridagi asosiy xususiyat bo`lib, ular bu dunyodagi tasodiflarga bog`lanmagan abadiy gunohga mahkum xususiyatlardir. Olloh o`z kitobida ular haqida, ФOlloh ularning barchalarini qayta tiriltirgan kunda ular xuddi sizlarga ont ichganlari kabi, Olloh oldida ham ont icha boshlaydilar. O`ylaydilarki, ularning bu ontlariga asos va biror sabab bor. Ogoh bo`lingizkim, albatta ular g`irt yolg`onchi kimsalardir!Ф(58:18), deb taТkidlaydi.

 

Bu erda abadiy gunohning, gunohkorlikning boshqa ko`rinishini kuzatamiz. YaТni bu erda gunohkorlar eng so`nggi chegarasiga borib etadi, gunohkorlar yuzlaridan pardalar olinib, sirlar ochiladigan kungacha etib boradilar, ular Ollohu taolo bilan yuzma-yuz keladilar va Uning oldida ham yolg`on ontlarini to`qiy boshlaydilar. Bu esa, sharmandachilikning eng oxirgi chegarasi bo`lib, biz bu erda zamonda cheklanmagan, abadiy gunoh, gunohkorlik bilan yuzma-yuz kelamiz. Biz bunda o`zida abadiy yovuzlikni saqlab turgan qalbni ko`ramiz. Bunday qalb, bunday dil abadiy jazoga loyiq bo`lib, bu jazo adolatlidir. Bu haqda QurТoni Karimda, ФVa ular jahannamdan chiquvchi bo`lmaydilarФ(2:167)- deyilgan.

 

ФDarhaqiqat, ular keyin jahannamga ko`nikadilar, bu azob ular uchun mehribonlikdir. Jahannam ular uchun cheksiz abadiy muhit bo`lib qolaveradiФ- deydi, Ibn-Arabiy.

 

Gunohkorlar va jahannam olovi orasida bir-biriga yaqinlik borligiga shubha qilmaslik kerak. Chunki gunohkorlar ko`nglida hasad, g`arazgo`ylik, ashaddiylik, rashk, aldamchilik, g`azab o`ti doim yonib turadi. Ular qalbida jinoyi hislar avj qiladi. Bular barchasi chindan ham yong`in alangasiga juda o`xshaydi. Yong`in alangasi imorat va narsalarni kul etsa, dildagi olov insonniа yondiradi, uni kul qiladi. Qalbida yomonlik alangasi jo`sh urgan kishilar, tinch yashay olmaydilar. Ular albatta birorta olov keltirib chiqaradilar. Masalan, ular urush olovini keltirib chiqaradilar. Chunki ular yashay oladigan muhit olovdir. Olov ularning o`zligi, ixtiyori va tabiatidir. Unday dilu-qalblarning joyi jahannam deyish adolatdandir. Ular jannat neТmatlaridan foydalana bilmaydilar. Bordi-yu ular jannatga tushganlarida edi, ular u erdagilarni ham buzushgan bo`lardilar. Ular er yuzida ham doim tinchlik va osoyishtalikni buzub turdilar-ku, axir.

 

Biz ФjannatФ va ФjahannamФ tushunchalarining o`zini ham yaxshi tushunib etmog`imiz zarur. Masalan, baТzilar (masalan, bizning suhbatdoshimizga o`xshashlar) tasavvur etganlari kabi, jahannam faqat yong`in, lov-lovlab ko`kka ko`tarilayotgan alanga yoki go`sht qovurish uchun qaynatilayotgan bir qozon moy ham emas, balki u boshqacharoq, ancha keng va chuqurroq tushunchadir. Biz taТkidlaganimiz singari jahannamni aynan alangalanib turgan olov, deb qarab bo`lmaydi. Jahannamda gunohkorlar bir-biri bilan so`zlashishlari, o`zaro so`kishishlari mumkin. Jahannamda ФzahqumФ daraxti bo`lib, uning mevasi shaytonning kallasiga o`xshaydi. Jahannamdagilar kishanlangan bo`ladilar. Ular ФzahqumФning mevasidan eydilar, yiringli suvlarni ichadilar, ichlarini o`yib yuboruvchi qaynoq suvlarni ham ichishadi, bir-birlarini istagancha haqoratlaydilar, laТnatlaydilar. Jahannam, olovning, alanganing timsoli-simvolidir. Jahannamda azoblanish alangada kuygan(yongan) kabi kechadi. Bunday alanga haqida, ФHar safar u alangaga kirgan xalq o`ziga o`xshash boshqa xalqni laТnatlaydi. Ular olovda birga bo`lib qolishganlarida ikkinchisi birinchisi haqida, ФO Parvardigoro, ana o`shalar bizlarni yo`ldan ozdirganlar, bas, ularga do`zah azobini ikki barobar qilgin, deydilar. (Olloh) aytur : ФHar biringiz uchun ikki barobar (azob bo`lur), lekin sizlar bilmaysizlarФ(7:38)-deydi Qudratli Olloh. Ular jahannamda turib ham bir-birini laТnatlayveradilar. Ф... Uning uchun odamlar va toshlar yonilg`i hisoblanadi. ...Ф(25:24). Bu nomaТlumlik olovi va uning haqida aytilganlar, bo`lishi mumkin hisoblangan belgilardir, xolos. Shunga qaramasdan, so`nggi fikrdan gunohkorlar faqat maТnaviy qiynoqqa tashlanib, jismoniy jazolanmas ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Chindan ham jahannam jazosi aniq, uning azoblari, qiynoqlari nihoyatda ayanchli va taТsirli ekanligida shubhaga o`rin yo`q. Biz jahannam azobining va undagi olovning mavjudligiga ishonamiz va inonamiz. Ollohu akbar! Biz o`sha jazo, azobning kuchi haqida so`zlamoqdamiz, uning sifati, u olovning xususiyatlari haqida gapirmoqdamiz. Aslida u jazoning cheki yo`q, chegarasi juda kengdir. U olovning, u jazoning o`lchami Olloh ixtiyorida, Uning qo`lida, bizga u nomaТlum va sirdir. Biz keltirgan taТriflar QurТoni Karimda bayon etilgan jahannam haqidagi maТlumotlarga mos keladi, xolos. Biz bu erda QurТoni Karimdan o`zlashtirgan maТlumotlarimiz darajasida jahannam xususiyatlarini tushuntirishga harakat qildik. Yana bir bor shuni anglash kerakki, jahannam olovi, o`tinning yorug` dunyodagi kabi lov-lovlab yonishi emas. Jahannamda kuyadigan gunohkorlar jismi ham bu dunyodagi singari tirik lahmdan iborat odam badani emas. Ular yorug` dunyodagi olovda yog`och yongani kabi lov-lovlab yonmaydi, issiqning balandligidan inson suyaklariа chirsillab sinmaydi. Jannatda ham ahvol shunga o`xshash kechadi. Faqat bu erda jahannamdagilarning tamoman aksi sodir bo`ladi. Ammo jannat ham ko`katu-mevalarga to`lib - toshgan bozor, afsonaviy qushlar sayrab turgan bog` ham emas. Jannat ham QurТoni Karimda qanday ifodalangan bo`lsa, xuddi shunday bir makondir. Biz uni ham faqat QurТondan o`zlashtirgan tushunchalarimiz darajasida tasavvur qilamiz va ularga ishonamiz. Vallohu aТlam. QurТoni Karimda: ФOllohdan qo`rqqanlarga vaТda qilingan jannatning misoli-sifati (budir): ФUnda aynimagan suvdan bo`lgan daryolar ham, taТmi o`zgarmaydigan sutdan bo`lgan daryolar ham bordir ...Ф(47:15)`-deb Olloh vaТda beradi. Biz faqat jannatga o`xshash tasavvurlarni keltiramiz, uning taxminiy ko`rinishlari haqida gapiramiz. Aslida uning qandayligi esa, bizga nomaТlum bo`lib, u faqat Ollohning O`zigagina ravshandir. Shu sababdan ham, ФBas ularning qilib o`tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo`yilgan ko`zlar quvonchini (yaТni oxirat neТmatlarini) biron jon bilmasФ (32:17); ФJannat, u kengligi jihatidan koinot va erlar qadarlidirФ(3:133)-deb taТkidlaydi Ollohu taolo. Jannat, bu dunyoda biz ko`rib turgan bog`lar singari oddiy bog`lar bo`lmay, uning Фmevalari tugamaydigan va manТ etilmaydigan ko`pdan-ko`pdirФ(56:32). U mevalar terib olinsa tugab qolmaydi yoki ularni uzib olish qiyin bo`lgan mevalar emas. Mana masalan, jannatdagi ichimliklar haqida QurТoni Karimda, ФUlardan ularning boshlari ham og`rimas mast ham bo`lmaslarФ(56:19)-deyiladi. Demak, jannatdagi ichimliklarni ichsa bo`ladi, ammo ulardan bosh og`rimaydi, kishining xushi susaymaydi. Jannatdagi jamiyat haqida ham QurТoni Karim quyidagicha xabar qiladi: ФBiz ularni xijolat va tajang etadigan hamma narsalarni ularning ko`kraklaridan olib tashladikФ(7:43). Demak, bizning qalblarimiz shunday bir shaklda poklanadiki, tozalanadiki, biz unday tarzni, unday usulni bilmaymiz va bila olmaymiz. Shunday qilib, jannat ham taТrif Ц tafsilotlari to`lasincha bizga maТlum bo`lmagan ikkinchi bir makon, go`zal bir bog`u-bustondir. Biroq uning sokin, osoyishta, rohatbaxshligini inkor etib bo`lmaydi. Biz o`shanaqa makon- jannatning mavjudligiga iymon keltiramiz. Jannat - bu ruhlarga aniq seziladigan rohatbaxsh, maТnaviy rag`bat makoni bo`lsa, xuddi shuningdek, jahannam ham maТnaviy azob va jismoniy jazo hamda jismoniy azob makonidir. Biz faqat u rohatning va o`sha jazoning mavjudligini takror-takror taТkidlaymiz. Ularning asl xususiyatlari, to`la-to`kis ko`rinish va tafsilotlari Buyuk Olloh sir-asrorlaridandir.

 

Xullas, jannat yorug` dunyodagi katta maydonni egallagan guli-gulzor, mevazor bog`, jahannam esa, shaqirlab qaynab turgan katta qozon emas.

 

U dunyodagi (jahannamdagi) jazo, Ollohning o`z qullarini nimalargadir quruqdan-quruq zo`rlashi bo`lmay, balki ularning tozalanishini tushuntirish va ularning tuzalish usuli bo`lib, ularga mehr-shafqat, mehribonlikdir. Shuning uchun, ФAgar shukr qilib, iymonli bo`lsangizlar, Olloh sizlarni nega azoblasin?Ф(4:147-deydi Ollohu taolo.

 

Olohning jazosi har doim adolatlidir. Olloh haqiqiy dindorni, chindan ham Unga iymon keltirganlarni jazolamaydi, azoblamaydi. Ollohning mehr-shafqatini bilmaydigan, uni tan olishni istamaydiganlar uchun jazolar o`rnatilgan. Chunki ular tushunish va o`zini o`nglab olish imkoniyatlari va yo`llaridan voz kechganlardir. Olloh deydiki, ФVa Biz buyuk jazo oldidan kichigirog`ini totib ko`rishga imkon beramiz, balki ular yo`llaridan qaytarlarФ(32:21). Ko`rayapsizmi Olloh hech bir zamon jazolash tarafdori emas. Allohning usuli - g`ofil bandalarni abadiy olovga yuborish oldidan, ularni g`aflatdan, uyqudan uyg`otmoqchi bo`lib, ularga totib ko`rishlari uchun avval kichkina jazo berib ko`rmoqda, Фbalki tushunib etarlar, o`z yo`llaridan qaytarlarФ.

 

Olloh tarafidan yaratilgan barcha imkoniyatlar, yo`llar foyda bermagandan keyin va Ollohdan qaytganlar o`z yo`llarida davom etaverganlaridan so`ng, barcha to`g`rilash va tushuntirish yoТllari foyda bermagandan keyin u yaxshilikni bilmaganlar uchun nima qilmoq kerak? Endi ularni haqiqiy jazo bilan tanishtirmoqdan o`zga hech narsa qolmaydi. Buа tanishtirish esa, aslida o`sha mehribonlikning o`zidir. Agar Olloh ularni o`shanday ko`rlik, eТtiborsizlik holda qodirganida edi, u zamon rostdan ham adolatsizlik bo`lgan bo`lardi. Gunohkorlarni jahannam o`ti bilan qo`rqitish orqali ularni yomon qiliq va ishlardan qaytarish - bu Ollohning o`z bandalari taqdiri uchun tashvish chekishidir. Ollohning barcha ishlari-bu Uning bandalariga mehr-shafqati, mehribonligidandir. Alloh, ФAzobimni istagan kimsaga etkazurman.Rahmatim-mehribonligim esa, hamma narsadan kengdirФ (7:156)- deydi. Ollohning jazosi, Uning quloqsiz bandalariga rahm-shafqatidir. Ana endi biz suhbatdoshimiz, fan doktoridan, ФSizning tushunishingizcha, mustabid podshohga va uning qo`lida ezilgan, azob chekkan mazlumga ham, qotil va uning qurboniga ham Ollohning rahmi, mehribonligi bir xil darajada bo`lmog`i lozimmi? Olloh o`z mehriniа ularga bir xil bo`lib bersa adolat etgan bo`ladimi?Ф, deb so`rasak bo`lar.

 

Shafqat va yovuzlikni bir-biriga tenglashtirish mumkinmi? Olloh gunohkorlarni jazolashi mumkin emas, deb aytuvchilarga: ФEy, yoronlar Olloh aslida bu dunyoda ham jazolamaydimi? Xastalik, qarilik singari qusurlar yorug` dunyoda ko`rsatilganа jazolar emasmi? Mikroblar va boshqa xil zarar keltiruvchilarni nima uchunа va kim yaratdi? Bularning barchasi taqdirimiz Ollohning ixtiyorida, Uning qo`lida ekanligidan darak bermaydimi? Bularning barchasi Olloh xohlasa yorug` dunyoda ham, u bir dunyoda ham istagancha jazo bera olish imkoniyatiga ega ekanligidan ogohlar emasmi?Ф- deb so`roq qo`yamiz.

 

Din afyunmi?

Bizning suhbatdosh ko`zlarini pirpiratib yana boshladi:

- Din kambag`al va ekspluatatsiya qilinuvchi mazlumlarning xayolini og`dirish, qullikka chidash, kambag`alliklariga abadiy ko`niktirish uchun bir usul (afyun) deyuvchilarga nima deysan? Buning ustiga ular din mehnatkash ahli nargi bir dunyodagi (real bo`lmagan dunyodagi) jannat baxtiyorligi umidida yashamoqlari uchun, boylar esa, diniy qonunlar, qoidalar amal qiladigan jamiyatda yanada ko`proq boyishlari uchun yaratilgan, deb tasdiqlaydilar. Bunga qanday javob qilmoq lozim bo`ladi? Din Alloh tomonidan yuborilmagan; u o`ylab chiqarilgan; u bir ijtimoiy sinfning ikkinchisi bilan kurash olib boradigan qurolidir, deb hisoblovchilarga nima deya olasan?

а

Bu savol boshdan-oyoq materialistik nuqtai nazarni ifodalaydi, albatta. Ammo biz bu savolga mana qarang, qanday javob aytamiz:а

- Dinni afyun deguvchilar, qattiq xato qilayotibdilar. Aslida din barchaga baravar masТuliyatdir. U hech qachon kimgadir alohida engillik bermagan va bermaydi, u nimadandir qutulish usuli ham emas. Binobarin u hech zamon kimnidir o`z masТuliyatidan saqlab qoluvchi boshpona bo`lgan emas va shu sababdan din afyun bo`la olmaydi. QurТoni Karimda, Islomning vazifalarini ado etish o`yin emas, balki o`ta mashaqqatli va sharafli mehnat ekanligi aytiladi. Ф(Ey Muhammad) Dengizki, Ф(Xohlagan) amalni qilinglar. Bas, Olloh, Uning payg`ambari va mo`minlar qilgan amallaringizni ko`rib turar. ...Ф(9:105)-deyilgan Olloh kalomida. Biz har doim faollikni maТqullaymiz, ammo tushkinlik, irodasizlik, eТtiqodsizlikni Ollohga ishonchning, iymonning sustligidan, deb hisoblaymiz. Faollik keskin harakatlarni, bor kuch-quvvatni, barcha imkoniyatlarni ishga solishni talab etadi va undan so`ngra Ollohga, Olloh tomonidan belgilangan taqdirga suyanishni taqozo etadi. QurТoni Karimda aytilgani kabi, Ф... ishlaringizda ularga maslahat soling! Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Ollohga suyaning-tavakkal qiling!Ф(3:159). Ko`rdingizmi, avval maslahat, tayyorgarlik va undan so`ngra qaror qabul qilish aytilmoqda. Shu sababdan taqdirning taqozosiga ishonib tuyalarini tushovsiz haydab yuborgan bir kishiga Payg`ambarimiz(A.V.S) (Unga Allohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin), ФAvval tuyalaringni yaxshilab bog`lab qo`y va undan so`ngra Ollohga suyanФ, deganlar. Qarang, Фavval tuyalaringni yaxshilab bog`lab qo`y, so`ngra Ollohga suyanФ, yaТni eng avval o`zingga nima bog`li bo`lsa ularni bajar(tuyalarni mahkamlab bog`la), undan keyin ularning yo`qolib qolmasligini Ollohdan tilagin. Din-titiklik, ehtiyotkorlik, har bir ishga vijdonan yondashish, har bir so`z, har bir fikrning sog`lom bo`lishiga masТullikdir. Dinga ishonish, iymonli bo`lish hech qachon kishining afyun qabul qilgan holatini ifodalamaydi. Aqldan ozish, kayfiy holatda yurish, doim afyun qabul qilib yurish aynan materialistlarga xos xususiyatdir. Chunki ularning dunyo qarashlari aqli joyida, sog`lom kishilarnikiga o`xshamaydi. Ular dinni inkor etishadi, undan yuz o`girishadi, dinga bo`yin egishdan, uning oldidagi masТuliyatdan qochishadi. Ular o`zlarini faqat bir marta, yaТni hozir yashayaptilar, deb hisoblaydilar. O`lim ular hayotining eng so`nggi va butunlay tugashi, deb o`ylaydilar. Ularni hech kim kuzatmaydi, nazorat etmaydi, jismoniy o`limdan so`ng ular tirilmaydi, o`lim ular uchun hayotning batamom tugashi va ular uchun hech qanday hisobat yo`qdir. Ular nimaniа istasalar o`shani qilaveradilar. Ha, ana bu holat chindan ham aynan kafiylikning o`zi, haqiqatan ham bu aynan afyun qabul qilgan kishi holatidir.

 

Sof fikr-mulohazali, etti mahalla narida yashovchi qo`shnisi masТuliyatini o`z vazifasi, deb bilguvchi, bordiyu biror sabab bilan islom qonun qoidalarini bajara olmay qolsa, ruhan eziladigan muslim kishisi bilan materialistni tenglashtirish mumkin emas, albatta.

 

Boshqa tomondan bizning dinimiz islom, ijtimoiy zarurat natijasida, odamni odam tomonidan ekspluatatsiya qilish uchun qurol sifatida va boylarning boyliklarini, kambag`allarning muhtojliklarini saqlab qolish maqsadida yuzaga keldi(yaratildi), deyish haqiqatdan mutlaqo uzoq, bemaТni bir fikrdir. Tarixiy haqiqat ko`rsatadiki, Islom dini aynan mustabid rejimlarga, ekspluatatorlarga, boylarga qarshi inqilob sifatida yuzaga keldi, ko`zga ko`rindi. U ilk tashviqotlaridanoq barcha boyliklar faqat boylarning qo`lida to`planib, ularning mulklarini yanada ortirish, ko`paytirish uchun xizmat qilmasligini, u boyliklar va mulklar har bir muslimga, har bir kishiga tegishli ekanligini ochiq ko`rsatdi. Shuning uchun QurТoni Karimda, ФOltin va kumushlar yig`ib, uni Olloh yo`lida infoh-ehson qilmaydigan kimsalarga alamliа azob ФxushxabarimizniФ etkazingФ(9:34)-deyilgan. Ehson(zakat), sadaqa qilish mavjud mulkning 1/40 qismi shaklida belgilab qo`yildi. Hatto muslim kishi o`z o`lmas ovqatidan tashqari barcha mulkini sadaqa qilishi mumkin. Ф... Va Sizdan (Ey Muhammad) nimalarni ehsonа qilishni so`raydilar. (O`zingizdan) ortganini, deb javob qilingФ(2:219-220)-deb QurТoni Karimdaа ko`rsatma beradi Ollohu taolo. O`lmas ovqat va juda ham zaruratdan boshqasi ortganidir. Bu bilan Islom majburiy solihni, ixtiyoriy sadaqaga almashtirdi. Bu hol kishilarning majburiy solih to`lashiga nisbatan ko`p yaxshi va obro`lidir. Islom tartiblari o`rnatilishi natijasida aholining 90 foizidan ortig`irog`i hech qanaqa zo`ravonlik ishlatmasdan solihlar to`lashi, sadaqa etishi mumkin bo`ldi. Islom zolim shohlarning adolatsizligiga chek qo`yish, ularni tugatish dini bo`lib maydonga chiqdi. Bu din mustabidlarga qarshi inqilob, ekspluatatorlarga qarshi jang va qilich bo`ldi.

 

ФOlloh sizlarga bu dunyodagi ishlarda biringizni ikkinchingizdan ustun qilib qo`ydiФ(16:71), Ф... Va ayrimlarini ayrimlaridan baland darajali martabalarga ko`tarib qo`yganmizФ(43:32) singari QurТoni karim oyatlarini rukach qilib, materialistlar Islomni reaksion din deyishga borib etdilar. Biz esa, ularning bu fikrlarini aynan o`sha oyatlar bilan rad etamiz. Chunki bu suralar butun er yuzida, Qohirada, Damashqda, shunindek, London, Parij, Berlin va Moskvada bir xil, bir maТnoda yuradi, bir xil qabul qilinadi. Tevarak atrofingizga nazar tashlang, QurТoni Karimda aytilgan real, hayotiy tengsizlikni kuzatasiz. Masalan, mana Moskva ko`chalarini kuzatsak, u erda piyoda yurganlar, o`ta kambag`al-gadoyilar va xuddi shuningdek turli xil markadagi mashinalarda ko`krak kerib yurgan kishilarni ko`ramiz. Bu nima, bu nimani ko`rsatadi? kishilarning bu dunyoviy o`rinlari aynan bir xil emas va eng ahamiyatlisi ular teng emaslikligini, dunyoviy va sotsial(ijtimoiy) darajalari farqli ekanligini belgilamaydimi?

 

Darhaqiqat, kishilar orasida farq doim bo`lgan, bor va bo`ladi. U farqni hech kim, hech qachon yo`qota olmaydi. Hatto ashaddiy materialistlar, anarxistlar ham insonlarning mutlaq tengligi haqida gapirmaydilar. Chunki bunday tenglik bo`lmaydi va bo`lishi mumkin emas. Bir-biriga teng bo`lmagan ikki narsani tenglashtirib bo`ladimi, axir? Insonlar yorug` dunyoga kelgandan boshlaboq istarada, kuch Ц quvvatda, harakatlarida, epchillikda, aqlda bir-biriga teng bo`lmaydi. Ana shunday, ular tug`ilgandayoq bir-biridan farqli tug`iladilar. а

 

Iqtisodiy nazariyalar o`rtaga qo`yadigan tenglik, bu vaqt tengligidir. U hech qachon odamlar(kishilar) tengligi bo`la olmaydi. Bu tenglik kishilarning o`qishga, davolanishga sarflanadigan vaqtlar tengligidir. Bu deyarli barcha dinlarda juda yaxshi ko`rsatilgan tenglikdir. Lekin kishilar darajasini tenglashtirish-bu adolatsizlik bo`lib, tabiiylikni rad etishdir. Tabiiylik tabiat qonunlarining o`zgaruvchanligiga, ularning xilma-xilligiga asoslanadi. Bu qoida-qonunlar, o`simlik va hayvonlar dunyosimi yoki odamzot dunyosimi barchaga barobar va bir xil kuchga, qudratga egadir.

 

Bilasizmi, paxta necha xil navga ega? Xurma-yu, uzumlar-chi? Hayvonlar va odamlarda bu xilma-xillik yana ham ko`proqdir. Bu borliq, olam qonuni bo`lib, u doim o`zgaruvchan. bu qonundagi donolik, donishmandlik xususiyatlariniа yana qanday tushuntirish mumkin?

 

Agar bordi-yu, odamlar bir xil husnga ega shaklda tug`ilganlarida edi, inson go`zalligi, uning tashqi husni, chiroyi, istara issiqligi tushunchalari bo`lmagan bo`lardi. Hatto insonlar tug`ishga ham qiziqmay qo`yardilar. tug`ish, tug`ilish har bir tirik jonga, har bir tabiiy jonivorga xos xususiyat. Shuning uchun mutlaq bir xillik, aynanlik, tenglik tabiatning o`zini butunlay tugashga olib etgan bo`lardi.

 

Tabiatning maТmurchiligi va boyliklari uning tuhfalari xilma-xilligida bilinadi. Shu bilan birga din bu tabiiylik ila shundaygina kelishibа qo`ya qolmadi, yaТni boylar va kambag`allar orasidagi farqni o`zgarishsiz qoldirmadi. Aksincha Islom boylarning mulkiga kambag`allar foydasiga olinadigan solih solinadigan etib tasdiqlab qo`ydi. Boylar va kambag`allar o`rtasidagi farq ular uchun yana bir sinovа shaklida eТlon etildi. QurТoni Karimda, ФSizlarningа baТzilaringizni boshqalaringiz uchun sinovga yaratdik. Qani sabr qila olurmisizlar?Ф(25:20)-deb qo`yilgan. Ko`ramiz, baquvvatlar o`z kuch-quvvatlarini qani nimalarga qo`llar ekanlar? Ular quvvatlarini kuchsiz, zaiflarga yordam, ko`mak etish uchun ishlatadilarmi yoki zo`ravonliklar qilish, zulm o`tkazish uchun ishlatadilarmi? Boyliklar, mulklar masalasida ham shunga o`xshash fikrlarni aytish mumkin. Boylar, mulkdorlar o`z boylik va mulklari bilan qanday munosabatda bo`ladilar? U boyligu, mulklarni maТnisiz o`yin-kulgularga, kayfu-safolarga bekordan-bekor sarflaydilarmi yoki xayru-sadaqa qilib, yaxshiliklarga ishlatib, kambag`al va gadolarga yordam beradilarmi? Shu bilan birga kambag`allar ham o`z navbatida kuzatilib, sinaladi. Ularning irodasi, mehnatga intilishi imtihon qilinadi. Ular hasad, o`g`irlik, talon-torojga o`tib ketadilarmi yoki o`zini halol taТminlashga, o`z hayotini yaxshilamoq uchun mehnat qilishga intiladimi kabi sinovdan o`tkaziladi.

 

аDin doim adolatni targ`ibot qildi, kishilarni hayotdagi o`z ahvollarini yaxshilashga harakat qilishga daТvat etdi, u bir dunyoda muqarrar jazo borligini xotirlab turishni o`rgatdi va er yuzida qilishga ulgurmay qolinganlarni to`g`rilamoq maqsadida u bir dunyoda ham farqlash darajalari belgilandi. Bu holat, Ф... Shak-shubha yo`qki, oxirat darajalari necha barobar ulug` va afzalroqdir.Ф(17:21)-deb ko`rsatiladi QurТoni Karimda.

 

Islomni reaksion din, deb hisoblaydiganlarga, biz, Islomning ochiq yuzaga chiqish jarayoni odamzot tarixida buyuk ijobiy hodisadir, deb javob qaytaramiz.

 

Tarixning o`sha zamonida jamiyatdagi chuqur jarayonlarning mafkuraviy ifodasi shaklida Islom maydonga chiqdi. Bu din xalqlarga juda katta hayotiy va ijtimoiy afzalliklar va foyda keltirdi. Davlat boshqaruvа sistemasida boshqa barcha dinlarga nisbatan ko`proq muhim progressiv qonunlar yaratdi. Ular Islom vositasida rivojlanishning yuqori darajasiga ko`tarildi. Shaxs tushunchasi islomda butun insonlar uchun teng darajaga keltirildi. Masalan, bu hol QurТoni Karimda, Ф... kimki biron jonni o`ldirmagan va erda buzg`unchilik qilib yurmagan odamni(qalbni) o`ldirsa, demak, guyo barcha odamlarni o`ldiribdi va kimki biror kimsani jonlantirsa, hayot ato etsa, guyo barcha odamlarga hayot beribdi.Ф(5:32)-deb tasdiqlanadi. Agar biror hokim, hukmdor go`zal saray-yu, shaharlar, bog`lar yaratmoq yoki boshqa yurtlarni istilo etmoq maqsadida birorta begunoh kishining qonini to`ksa, u butun insoniyatni o`ldirgan hisoblanadi. Uning barcha xizmatlari, yutuqlari uni buyuk jazodan qutqara olmaydi.

 

Inson shaxsi, hech qachon, hech bir eski yoki yangi siyosatdonlarning nazariyalarida bunday yuksak martabaga, hurmatga sazovor bo`lganini tarix bilmaydi. Shaxs Islomda mutlaq qimmatga(qadriyatga) ega. Barcha boshqa siyosiy nazariyalarda esa, nisbiy, yaТni ularda shaxsga nisbiy qimmat berilgan. Shaxsа Islomda o`z mulki, erki, izzati uchun tashvish tortmaydi. Chunki ular Olloh qonunlari bilan nazorat qilinib va juda mahkam qo`rqlanadi.

 

Hammasi: kishilarning o`zaro so`rashib, salomlashishdan tortib, ularning jamiyatdagi o`rni, xulqi-avtorigacha QurТoni Karimda aniq belgilanib, batafsil bayon etib qo`yilgan.

 

QurТoni Karim zo`ravonlikni, jabr-zulmni, beboshlik, yaТni o`zini-o`zi boshqarishni taqiqlaydi. Olloh o`z rasuliga(U mukammal ba Ollohning vakilidir. Uni Olloh rahmatidan ajratmasin), Ф... Siz ularning ustida zo`rlaguvchi emassizФ(50:45)- deb, tayinlaydi. Bunga qo`shimcha Rasuli Ollohga, ФBas, siz pand-nasihat qiling. Zotan siz faqat bir pand-nasihat qiliguvchidirsiz, xolos! Siz ualrning hukmdori emassizФ (88:21)-deb Olloh taТkidlab qo`yadi. ФMo`minlar hech shak-shubhasizа og`a-inilardirФ(49:10)- deydi Ollohu taolo.

 

Olloh hukmdorga egilishni, ularni ilohiylashtirishni man etadi. Shuning uchun Olloh, Ф... va bir-birovlaringizni Ollohdan o`zga xudo qilib olmanglarФ(3:64); ФSizning Rabbingiz O`zidan boshqa hech kimga ibodat qilmaslingizni amr etdiФ(17:23)- deb qatТiy tayinlaydi.

 

Olloh odamlarni aldashni, nohaqlikni, o`rinsiz vahimalarni taqiqlaydi. Shu sabab Olloh QurТoni Karimda, Ф... ammo odamlarning aksariyati bilishmaydiФ(12:21), ФLekin ularning ko`pchiligi tushunishmaydiФ(40:57), ФAmmo juda katta qismi fikr-mulohaza etmaydiФ(29:63), ФUlar faqat gumonlargagina ergashadilar va yolg`on uydirmalar to`qiydilarФ(6:116)-deb ko`rsatmalar beradi.

 

Olloh irqiy kamsitish, millatchilikni qatТiy man etdi. ФOlloh nazdidagi eng qiymatlirog`ingiz,а taqvodorrog`ingizdirФ(49:13). ФU (Olloh) shunday zotki,, sizlarni bir jondan yaratdi(7:189)-deyiladi QurТoni Karimda.

 

Masalan, kapitalizm shaxsga, hatto boshqa birovni qul qilishi mumkin bo`lgan darajagacha erkinlik bergan bo`lsa, kommunizm bu erkinlikni batamom bitirdi, Islom esa o`rtalikni tanladi: ФErkaklar ham o`z mehnatlaridan nasiba olurlar, ayollar ham o`z mehnatlaridan nasiba olurlar.Ф(4:32)-deb ko`rsatilgan QurТoni Karimda. Kishi ishlab topishda to`la ozod, biroq u butun daromatni faqat o`zi olmasligi kerak. Chunki u daromatda undan tashqari hech narsa topa olmaydiganlar, kambag`allar haqi bor. QurТoni Karimda ko`rsatilishicha kambag`allar hissasi umumiy daromatning 2,5% miqdorida majburiy solih shaklida va 90% miqdorida ixtiyoriy sadaqa(hadya) bo`lishi mumkin. Majburiy solih, daromatning ichidagi Olloh haqi hisoblanadi. Musulmonlar qanchadan-qancha hadyalar, sadaqalar qilishadi, ammo bunda hech kim boshqa bir kimsani tashviqot qilmaydi.

 

Ko`rsatilgan go`zal nisbat bilan Islom daromatda shaxs uchun o`z erkini va kambag`allar uchun hissani saqladi. Shunday qilib, har bir mulkda kambag`allar hissasi Olloh tarafidan belgilanib qo`yildi. Shuning uchun QurТoni Karimda, ФVa biz sizlarni o`rta(adolatli) jamoa-millat qildikФ(2:143)-degan chaqiriq bor. Darhaqiqat, Islomda har bir kimsa uchun adolatli o`rtalik tanlangan. Biroq bu o`rtalik matematik maТnodagi markaz yoki o`rta arifmetik miqdor bo`lmay, balki u falsafiy-dialektik o`rtalik yoki birlashtirish o`rtaligi bo`ladi, u ikkita qarama-qarshi harakat qiluvchi(o`ng va chap) tomonlarni bir-biriga ulovchi, ularni qamrab oluvchi o`rtalik bo`ladi. Faqat ana shu o`rtalik adolatli yo`ldir. Biz buni to`g`ri haqqoniy yo`l, deb ataymiz. Kimki ana shu yo`ldan so`lga yoki o`ngga og`sa, demak, u to`g`ri haq yo`ldan ozdi va undan chiqib ketdi bo`ladi. ааа

 

QurТoni Karim bizni hech zamon cheklangan siyosiy qonunlar va fikrlashning aniq programmasi bilan chegaralab qo`ymaydi. Chunki Ollohga aydinki, zamonlar o`zgarib, har bir navbatdagi zamonda yana yangi qonunlarga ehtiyoj tug`ilaveradi. Shu sababdan Ollohdan qo`rquvchilar, iymonlilar uchun yangi-yangi kashfiyotlarga, fikr - mulohazalarga doim eshik ochiq, hamma davrlarda hech qanday taqiqlar yo`q, hech bir bilimga taqiq yo`q, hamma yo`llar ochiq.

 

Shuning uchun ham QurТoni Karim yuqorida eslatilgan siyosiyа vaziyatlar bilan chegaralanadi. U bizni hech bir doktorinaga bog`lab yoki unga qaram etib qo`ymaydi. Ana shu QurТoni Karimdagi tubsiz sirlardan iborat bo`lib, uning buyukligini bildiradigan belgidir. QurТoni Karimda kamchilik va etishmovchiliklar yo`qdir. Islomning boshqa bir progressiv jihati, uning har qanday progressni o`z ichida saqlab, uni belgilab bera olishidadir.

 

Din turg`unlik va cheklovchi xususiyatga ega, deb hisoblovchilarga, Islom hech qachon bunday xususiyatlarga ega bo`lmagan, u hamisha ilg`or g`oyalar, tafakkur va yangiliklar (progresslar) dini bo`lib kelgan, deymiz. Darhaqiqat, QurТoni Karim guvohlik berib, Ф(Ey Muhammad) ayting: ФErda aylanib yuringlar, (Olloh) qanday qilib yaratganini ko`ringlarФ(29:20). Ф bir qarab boqsinchi, Inson nimadan yaratilgan? U (erkakning) beli bilan (ayolning) ko`krak qafasi o`rtasidan otilib chiquvchi bir suvdan yaralgan-ku!Ф(86:7). ФAxir ular tuyalarning qanday yaratilganiga: osmonning qanday ko`tarib qo`yilganiga; tog`larning qanday tiklanganiga va erning qanday yoyib-tekislab qo`yilganiga 9ibrat nazari bilan) boqmaydilarmi?Ф(88:19) deya ko`rsatmalar keltiradi.

 

Bularning barchasi odamning yaratilishini, tog` va er jinsi qatlamining, osmon, planetalarning paydo bo`lishini sinchiklab ilmiy kuzatishga yaqqol ko`rsatmalardir. Bu esa, bugungi fanlar: geologiya, astronomiya, anatomiya, fizika, biologiya, ginekologiya ilmlari uchun eng zarur va noyob ko`rsatmalardir. Er qitТasi bo`ylab yuring, maТlumotlar to`plang, tadqiq eting, o`rganing, uqing, bilib oling, deb ko`rsatma berilmoqda. Ana shunday qilinsa, koinotning qanday tuzilganligi va yaratilganligini yaxshi tushunib etsa bo`ladi. Bu esa, bizga bugun evolyutsiya nomi bilan tanilgan ilmning o`zginasidir. Biz izlanishlarda uchrashi mumkin xatolardan qo`rqmasligimiz kerak. Chunki Islom tirishib mehnat qilib, adashsa, maqsadga erisha olmasa unga bir daraja mukofot va tinmay mehnat qilib, maqsadga erishganga ikki daraja mukofotа vaТda qiladi. Juda ham dindor bo`lganimiz sababli iqtisodiy va texnik taraqiyotda Ovropadan ortda qolib ketdik, ovropalilar dinga juda jo`n qaraganligi yoki ularning dinsizligi tenikaviy-texnologik rivojlanishga omil bo`ldi, natijada ular ilgarilab ketishdi, deb hisoblash haqiqatdan yiroq bir xulosadir.

 

Aslida biz dinimiz ko`rsatmalaridan, uning chaqiriqlaridan chekingan zamonlarda qoloqlikka mahkum bo`ldik. Musulmonlarning o`z diniga qattiq eТtiqod etib, uning ko`rsatmalariga izchil amal qilingan zamonlarda islom dunyosi mislsiz buyuk mavaffaqiyotlarga erishgan edi. O`sha zamonlarda keng maydonda(hududda) Islom madaniyati, fani, ilmi va taТlimoti hukmron bo`lgandi. Jahonning buyuk qomusiy olimlari etishib chiqqan edi. Tabobot ilmiga xizmati buyuk bo`lgan Abu ali Ibn Sino, faylasuf Ibn-Rujd, matematik Ibn-Hosim, anatom Ibn-Nafis, ximik Jobir Ibn-Xayomlar chuqur dindor, iymonli kishilar bo`lganlar. U olimlar chuqur tadqiqotlar olib borish va buyuk kashfiyotlar yaratishlari bilan bir vaqtda iymonli va chin dindor kishilar edilar. Ularning iymonli va dindor bo`lishlari ilmiy ishlariga halaqit bermagandi. Aksincha iymon ularni yana ham buyuk kashfiyotlarga ruhlantrgani aniq. Insoniyatning bugungi ilmi, fandagi barcha muvaffaqiyatlari sharq donishmandligi manbasiga suyanadi. Astronomiya, fizika, matematika va filologiya fanlari bo`yicha qator atamalar islomiy kalimalar bilan boyitilgan.

а

To`g`ri hozir g`arb texnikaviy va texnologik rivojlanish sohasida sharqdan-insoniyat tarixi, madaniyati va fani asosini yaratgan mamlakatlardan o`zib ketdi. Ammo bu muvaffaqiyat ularning progressga zo`r berib intilishi, tabiiy fanlar sohasida ommaviy kashfiyotlar yaratishiga zo`r berish, yaТni ilmga izchil intilishi hisobiga yuz berdi.

 

Diniy qarashlar natijasida vujudga kelgan qoloqlik katolik cherkovi hukmron bo`lgan davrga to`g`ri keladi. Chunki o`sha davrlarda hur fikr, ilm bilan, tadqiqot bilan shug`ullangan olimlarni taqib etish, ularni olovda yondirish kabi odatlar mavjud edi. Masalan, Galileo Galileyni tirik ko`mish, Jardano Brunoni o`tda yondirish kabi odatlar avj oldirilgan edi. Xristianlik hukmronligi zamonida ham cherkov xizmatchilari o`zlarining asosiy xizmat vazifalaridan, cherkovning asosiy nazariyalaridan chekindilar. Natijada, ular ham ilmiy fikrlarning rivojlanishiga to`sqinlik qila boshladi.

 

Ateistlar va Islomni tanqid qiluvchi ana o`shanaqa katolik hamda xristianchilikka xos bo`lganа xususiyatlarni Islomga ham tiqishtirib, katta xatoga yo`l qo`yishadi.

 

Islomda diniy vakillik tartibi(instituti) yo`q. Hech bir inson, hech qanaqa odam bolasi Olloh nomidan hukm yurgiza olmaydi. Olloh O`zi va bandalari o`rtasida bandalardan vositachi saqlamaydi. Gunohkor bandaning gunohini boshqa bir inson (banda) kecha oladigan darajaga ega bo`lishi aslo mumkin emas. Olloh unday vakilga, vositachiga muhtoj ham emas.

 

Islom hukmronlik qilgan davrga bir nazar solsak, bu zamonda dunyo progressiga bebaho hissa qo`shilganini, u progressning asosiy qismi, manbasi bo`lib turganini ko`ramiz. Bu holni jahon tarixi ochiq isbot qilib turibdi.

 

QurТoni Karimning suralari, maТrifatga, bilimni boyitishga, ilm o`rganishga qiziqish uyg`otadi; fan, ilm va din orasiga hech qanday to`siq qo`ymaydi. Masalan, Ф... va ayting: ФParvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin!Ф(20:114). ФAyting: Фbiladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo`lurmi?Ф (39:9) kabi oyatlar Olloh bilimni, bilim o`rganishni va bilimli bandasini ulug`layotganini ko`rsatmaydimi?

 

ФOlloh guvohlik beradiki, Olloh Yolg`izdir, Olloh, malaikolar(parishtalar) va ilm ahllari-adolat bilan hukm qilguvchi yolg`iz Ollohdan o`zga hech qanday tangri yo`qdir.Ф (3:18)-deyiladi QurТoni Karimda. Ko`rayapsizmi, Olloh O`zining Qutlug` ismi yoniga malaikolarning ismlarini va faqat bilimlarni egallaganlarni, ilm ahllarini qo`ymoqda.

 

QurТoni Karimda ilk oyat Фo`qiФ, deyilgan bo`lib, olimlarga Unda juda katta mukofot va hadyalar vaТda etilgandir: ФOralaringizdan kim ko`proq sig`insa, iymonliroq bo`lsa va kim ko`proq bilim-ilmga ega bo`lsa, o`shalarni Olloh (baland) darajaЦmartabalarga ko`tarurФ(58:11). ФBilim-ilmФ kalimasi QurТoni Karimda turli turlanishlar shaklida 850 marta uchraydi. Shu sababdan ham Islom va ilm-fan orasida ixtiloflar borligi, Islomning ilmga to`sqinlik qiladigan xususiyati borligi haqida fikr yurtuvchilar qanchalar nohaq ekanliklari ko`rinib qoladi. Dinga ishonish va sig`inish, dinniа tushuntirishning o`zi bir izlanishdir. Islom butun tarixi davomida qizg`in, shonli harakatda va rivojlanishda bo`lib keldi, hamon u xuddi shundaydir. QurТoni Karim kishilarni va boshqa harakatdagi narsalarni turg`unlikda tutish yoki rivojlanishga to`siq bo`lish kabi xususiyatlardan yiroq, u ulardan tozadir.

 

Islom rivojlanishning hech bir jabhasiga to`sqinlik qilmaydi. Ammo faqat u dinga ishonish, Ollohga iymon keltirishda va shariat qonunlariningа to`g`riligiga shubha qilishga qo`shilmaydi. Chunki Ollohning soni bittadan ko`p bo`lishi mumkin emas. Bu mutlaq haqiqatdir. Xuddi shuningdek, yaxshi yomon bo`lib, yomon yaxshi bo`lib ham qolmaydi. Masalan, hech qachon cho`chqa qo`y yoki teskarisi bo`lib qololmaydi. Shu kabi qotillik-mehribonlik, o`g`irlik-insoflilik, yolg`on-bezak bo`lib qola olmasligi ham barchaga ayon. Mana shunga o`xshash hollardan tashqari hamma narsa-yu, ishlarda, erkin fikrlash, erkin tadqiqot va rivojlanishga Islom keng yo`l qo`yadi. Islomning mantiqiy va aqliy mohiyati munozara-tortishuvlarga, suhbatlarga yo`l qo`yadi va aqliy bilimlarni farosat bilan qo`llash hamda ulardan foydalanishni taqozo etadi. QurТoni Karimda, ФTushunayapsanlarmi?Ф va ФSizlar, aqlga amal qilayapsanlarmi?Ф kabi savollar tez-tez uchrab turadi. Dindorlar jamiyati-bu bilimlilar jamiyatidir. ФOlloh nazgida(oldida) karlar va soqovlar eng yomon hayvonlar kabidir. Chunki ular hech narsani tushunmaydi va eshitmaydilarФ(8:22)- deydi Olloh. Shunga o`xshash, ФAxir ular er yuzida sayr qilib-aylanmaydilarmi, (ana o`shanda) ylar qalblari donolikni tushunardi, quloqlari tinglashga o`rganardi. Zero, ularning ko`zlari ko`r bo`lmay, ko`kraklaridagi ko`ngullar ko`rdirФ(22:46)-deyiladi, QurТoni Karimda. Tafakkurga hurmat Islom dinining ruhi; yaxshilik, adab uning ahloqi; Islomning qalbi esa, uchqundir. Islom hech qachon salbiy xususiyatga ega bo`lmadi va u doim barchaga barobar, ochiqdir. QurТoni Karimda aytib qo`yilibdiki: ФSizlarga qarshi urushuvchilar bilan Olloh yo`lida jang qilingiz vatajovuzkor bo`lmangizФ (2:190). ФAlbatta Olloh O`zining yo`lida guyo tutash binolardek bir safga tizilgan hollarida jihod qiladigan zotlarni sevarФ(61:4). Olloh yo`lida o`zini, mulkini, hatto bolalarini ayamaydiganlarni Olloh yoqtiradi, sevadi. Olloh yo`lida bo`ladigan janglarda bukilmaydigan, dushmanga elkasini burmay, yuzma-yuz solishadigan, din asoslarini ashaddiy turib, qattiq qo`rqlaydigalarni Olloh haqiqatdan ham yoqtiradi. Ana shunaqa noyob xususiyatli, yumshoq, mantiqiy, ilmiy va nuqul ijobiy taТlim-tarbiya bilan to`lib-toshgan kishilar dinni biror narsaga to`siq bo`luvchi, deb atovchilar bo`la olarmikanlar? Ha, bizning suhbatdoshimiz-fan doktori kabilar ham dunyoda uchrab turishadi. Chunki ular QurТoni Karimdan bir harf ham tushunmaydilar, undan birorta oyatni o`qib, maТnosini chaqib ko`rmaganlar.

 

Islomda ayollar o`rni.

Suhbatdoshim so`zlardi:

- Islomning xotin-qizlarga nisbatan reaksionligi haqidagi fikrga ham qo`shilmaysanmi? Islom davrida ayollarning kamsitilishini ko`rsatmoq maqsadida u o`z barmoqlarini sanay boshladi: ko`pxotinlilik, ayollarning yopinib yurishlari, oilada huquqsizligi(qulligi), erlariga so`zsiz bo`ysunishlari, xo`janing qul ayol bilan nikohsiz aloqada bo`lishi, meros bo`lishda erkaklarning haqqi ikki karra ko`pligi, deb u sonog`ini tugatdi.

 

Men ham unga sekin javob bera boshladim:

- Bu safar sening bizga eТtirozlaring anchagina, shu sababdan bu erda uzoqroq so`zlashga to`g`ri keladi. Shuning uchun so`zni biroz uzoqdan, Islom yuzaga kelmasdan ilgargi davrdan boshlamoq zarur bo`lmoqda. Senga juda yaxshi aniqki, Islom ko`pxudolik avj olgan bir makonda va zamonda dunyoga keldi va uning targ`iboti tarqala boshladi. O`sha zamonlarda onadan endi tug`ilgan chaqaloq qiz bo`lsa, u shunday tiriklayicha ko`mib tashlanardi. Erlar o`nta va undan ham ko`p xotinlarga ega edilar. Chindan ham qul xotinlarni xo`jalari fohishalik bilan pul topishga majbur etardilar. Ana shunday jamiyat mavjud bo`lgan makonda, Islomda belgilangani kabi erkaklarga to`rta ayolni xotinlikka(nikohga) olishni qatТiy qonuniyatga aylantirib qo`yilishi haqiqatan ilohiy bir majburiyat edi. Bu qonuniyat o`sha davr, hatto keyingi zamonlar uchun ham ayollarni ko`pgina ayb va uyatlardan, bevaqt o`limdan, ochlik va nihoyat qullik, fohishalikdan saqlanishga yordam usuli bo`lib qoldi. Ammo to`rt xotinlik holati erlar uchun majburiy xususiyatga ega bo`lmay, aksincha ularga bir qator majburiyatlar yuklaydi.

 

Xotinlarning ФkamsitilishiФ(emansipatsiyasi) tugatilgan Ovrupada ayollar ahvoli bundan durustmi? Yo`q, aksincha Ovropada axloqsizlik, bemaТnilik, maТnaviyatsizlik, xotin zotiga vaqtincha ko`ngul xushlik asbobi shaklda qarashlik avjga chiqqan. Erkaklar bitta ayol bilan faqat rasmiyat uchungina nigohda bo`lib, haqiqatda istagancha ayollar bilan nigohsiz aloqada bo`laverishadilar. Hatto bunday aloqalarda boshqa birovning nigohidagi ayollar ham istisno etilmaydi. Sen, ayollarga mana shunaqa munosabatni, shunaqa axloqni durust hisoblaysanmi?

 

Haqsiz, huquqsiz asir holda yashirincha, atrofidagilarning nafratiga sazovor bo`lib, nigohida boshqa ayol bo`lgan qandaydir kishi bilan tortinib-pisinib jinsiy aloqada bo`lgandan ko`ra, unga qonuniy, huquqi teng ikkinchi xotin sifatida yashash yanada yaxshi va axloqliroq emasmi? а

 

Islom tarafidan ijozat berilgan ko`pxotinlilik prinsipida uncha ham oddiy bo`lmagan bir qator muhim shartlar mavjud. Masalan, erning xotinlariga nisbatan adolatli bo`lishi, QurТoni Karimda belgilab qo`yilganiday xotinlarning barchasi hamma narsalarda (mol-mulk, eТtiboru-hurmat va h.k.) ayni(teng) huquqda bo`lishi kabilar. QurТoni Karim ko`rsatmalarini hech bir muslim buzishga haqli emaslar. ФAgar adolatli bo`lishga qodir bo`lmasanglar, faqat bittaФ, ФHar qancha urinsangizlar ham xotinlaringiz o`rtasida adolat qilishga qodir bo`lmaysizlarФ (4:129)-deb QurТoni Karim musulmonlarni ogohlantiradi. Demak, har kim ham hamma xotinlariga nisbatan adolatli bo`la olmas ekanlar. Buni har bir muslim kishi tushunishi shart va shunga muvofiq ish tutishga majbur. Payg`ambarlar va ularning hayotiy yo`ldoshlari (xotinlari) adolatliа bo`lishning timsoli bo`la oladilar.

 

Yopiq yurish payg`ambarimiz allayhis-salom(unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) hazratlari xotinlariga xos xususiyat edi. Chunki ular boshqalarga adabda ibrat bo`lishlari lozim edi. ФO`z uylaringda barqaror bo`linglarФ(33:33). Demak, ayol uchun eng hurmatli joy, uning o`z uyi, oilasidir. Ayol vazifasining eng asosiysi esa, o`z o`chog`ining qo`rqlovchisi bo`lish, boshqa ayollarga ibrat bo`lish, butun faoliyatini farzandlarini tarbiyalashdan iborat, deb bilishdir. Ayol ikki ijtimoiy holdan birini tanlashi lozim bo`ladi. Ularning biri, ayol-xotin, ona jamoat ishlari bilan band bo`ladi-da, bolalar esa, enagalar qo`lida yoki bola-bog`chalarida qoladi. Ikkinchisi, ona doim bolalari bilan birga, ularning tarbiyasi bilan band bo`ladi. Bu ijtimoiy holatlardan qaysi birini tanlash afzalligi o`z-o`zidan aniq. Chunki o`z onasi qo`lida, uning mehri muhabbati bilan taТminlangan bola so`zsiz sog`lom, yanada yaxshi tarbiyalangan, axloqliroq bo`lib etishadi. Ammo u bir oilada, yaТni xotin kishi doim jamoat ishida band bo`lgan olilada farzandlar bunday tarbiya ola bilishmaydilar. Biroq bu aytilganlardan darhol yomon xulosa chiqarmaslik kerak. Bundan, Islom ayollarning jamoat va davlat ishlarida aralashmasligini targ`ib qiladi, degan noto`g`ri xulosa kelib chiqmaydi. Bu erda faqat ayollar vazifalarining ahamiyati haqida so`z ketmoqda. Tarixda va shu zamonda ham ko`pgina musulmon ayollarining davlat va jamoat ishlarida eng yuqori mansablarda faoliyat ko`rsatganlari maТlum. Yozuvchi, shoir va olim darajasiga muyassar bo`lgan musulmon ayollar juda ko`p. Shu bilan birga ular har doim mehribon tarbiyachi onalar bo`lib qolishganlar. Ularning jumlasida katta janglarda qatnashib, buyuk qahramonlik ko`rsatgan jasoratli musulmon ayollari bo`lganligi tarixdan bizga aniq.

 

QurТoni Karimda aytilgan ayollar haqidagi oyatlar asosan payg`ambar hazratlari xotinlariga, yaТni ideal xotinlarga mos va xos xususiyatlardir. QurТoni Karimga ko`ra ideallik va reallik o`rtasida hech bir to`siq yo`q.

 

MaТlumki, Islomda erlar va xotinlar bir xil taloq huquqiga egadirlar. Faqat u muhim huquqni anglamoq va tushunib etmoq lozim. Xotinlar tarafidan aytiladigan taloqning o`ziga xos shartlari ham bor. Masalan, ayol nigoh o`qilayotgandayoq erkak tarafidan buzilmasligi kerak bo`lgan bir qator shartlar qo`ya olish huquqiga ega. Bordi-yu vaqt o`tishi bilan o`sha nigoh vaqtida erkak zimmasiga yuklatilgan shartlar u tomonidan buzilsa, xotin taloqqa haqli hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda Islom xotin kishiga Ovropa sistemasida bo`lmagan bir qator huquqlar beradi. Masalan, bizda xotin olishda savg`o berishadi, Ovropada esa, zep-sidirg`a berishligi maТlum. Undan tashqari bizda xotinlar nigohdan o`tgandan so`ngra o`ziga qarashli mulkning to`la va yagona egasi bo`lib qoladi. Ovropada esa, oliadagi mulkning egasi faqat erdir. Chunki ularning nigoh qonunlariga ko`ra nigohdan so`ngra oiladagi butun mulk yagona erga tegishli bo`lib qoladi.

 

Erning xotinlarini kaltaklashi, maТlum vaqt davomida xotinlarga yaqinlashmaslik hollari juda kam uchraydigan holatlardir. Bu kabi jazo usullari odatda o`ta yomon ayollarga nisbatan ishlatiladi. Aqlli, muomalali xotinlar ko`pchilikni tashkil etib, ular erlarining eТtibor va muhabbatiga sazovor bo`lgan ayollardir. Xotinni kaltaklash, u bilan er-xotinlik munosabatini vaqtincha to`xtatib turishning asl maТnosi QurТoni Karimda yashiringan sirlardan hisoblanib, boshqa tomondan bu hol bevosita ayollarning o`jarligi, qaysarligi, yaТni ularning o`z shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqadigan ayrim bir holatdir. Xotinlardagi bu xususiyatlar psixologiya fani tadqiqotlariga mos keladi. Fanning tasdiqlashicha ayollar xarakterida ayrim tabiiy psixologik xususiyatlar bo`lib, u xususiyatlar xurush qilganda ularni faqat jismoniy taТsir oqibatida susaytirish mumkin. Aslida odamlarda (ayollarda nisbatan ko`proq) uchraydigan bu psixologik xastalikni psixologiya fani ikki turga ajratadi. Ularning birinchisi, qaramlikka, bo`ysunishga maillik xohishi bo`lib, bunday psixologik xastalikka muftalo bo`lganlar faqat kaltaklanganda qanoatlanadilar, rohatlanadilar, aks holda ular tinchimaydilar. Ikkinchisi esa, hukmronlikka intilish bo`lib, bu xastalik fanda sadizm(kishilarni qiynash yo`li bilan rohatlanish), deb yuritiladi. YaТni bunday psixologik kasallikka yo`liqqanlar, hokimlik qilishdan, buyruq berishdan, kishilarni shaxsan o`zi qiynaganidan, o`z o`ljasiga azob-uqubat keltirganidan xursand bo`ladi, rohatlanadi, ruhlanadi. Bunaqa xotinlarni(erlarni ham) ularning qudratidan, hokimiyatidan mahrum etish lozim, albatta. Ulardan hukmronlik ФquroliniФ tortib olish kerak. Xotinlarda bu qurol, ularning ayolligi, xotinligi, yaТni ularning erlari bilan birga bo`lishga intilishidir. Shuning uchun ularni ana o`sha quroldan mahrum qilish, ular bilan er-xotin bo`lmay turish, ular bilan bir tushakda yotishni to`xtatib turish kerak bo`ladi. Bulardan ko`rinadiki, baТzi bir qaramlikka mail va kaltaklashdan rohatlanadiganlarni baТzan savalab turish zarur ekan. Chunki bu kaltak ularga azob berish va ularni kamsitish emas, aksincha bu ularga rohat bog`ishlaydi. Shu sababdan ham QurТoni karimda, Ф... pand-nasihat qilinglar, tashlanglar va ularning tushaklariga kirmanglar, ularni uringlarФ(4:34)-deyiladi. Shunday qilib, ko`rayapsizmi, psixologiya fanida bir necha tom-tom kitoblarda tasvirlangan o`jarlik, qaysarlik kasalligi va uni davolash usullari QurТoni Karimda juda qisqacha va ixcham lo`nda qilib keltirib qo`yilgan. Erkaklarning o`z ixtiyoridagi xotinlar bilan nigohsiz aloqada bo`lishlarini taТna-malomat etayotgan suhbatdoshimiz masalani boshqa tomonga burayotgani sezilib turibdi. YaТni bizning suhbatdosh masalaning mohiyatini Islomda zo`ravonlikka yo`l qo`yilgan, sharqshunos olimlar Islomda o`rta asrchilikka daТvatlar uchrashini ko`rsatishadi, deyishga olib borib taqamoqda. Ammo bu fikr haqiqatdan yiroqdir. Chunki Islom quldorlikni tugatishga daТvat etgan yagona din hisoblanadi.

 

Biz Injil(Evangelie) va Iso aleyhis-salom shogirdlari (apostollar)ning xalq ommasiga yo`naltirgan nomalari va ularning qullarga vasiyatlari bilan tanishar ekanmiz, unda qullar o`z xo`jalariga Parvardigorga sajda etgan singari bo`yin egishga ochiq daТvat etilganini ko`ramiz. Masalan, Injilda, ФO, qullar! Titrab, qaqshab, qo`rquv ila Parvardigorga sig`ingan kabi xo`jayinlaringga bo`yin eginglarФ-deyiladi. Injil hech bir joyda qullarning ozodligini talab etmaydi. Faqat xo`ja va qullar o`rtasida bir-biriga nisbatan hurmat saqlashga undaydi. Bibliyada esa, ozod inson qullar darajasidan ham tushkunlikda tasvirlanadi. Bu kitob vasiyatlariga muvofiq o`z shohlari uchun jangdan voz kechgan aholi ommaviy talon Ц toroj qilinib, qullikka, asoratga aylantiriladi. O`z shaharlari uchun janglar qilib, engilgan aholining esa, go`daklari, ayollari, qariyalari, barcha-barchasi birma-bir qirib tashlanishga mahkumdir. Demak, Islom din shaklida mashhur bo`lganiga qadar qullik va quldorlik real haqiqat bo`lib, o`sha davr diniy qarashlar sistemasi buni qabul etgan, qullarni esa, o`z xo`jalariga so`zsiz qaram bo`lishga, ularni sevishga chaqirganlar. Ammo QurТoni Karim qullarga erk berishga daТvat etgan birinchi va yagona illohiy kitobdir.

 

QurТoni Karim qullikni zudlik bilan tugatishni ko`zda tutmaydi. Chunki bu erda muhim ijtimoiy muammo bo`lib, u hisobga olingan. Bir o`ylab qarang-a, minglab savodsiz, erkinlik nimaligini bilmagan, erkin yashab ko`rmagan nodon kishilarni o`z holiga bo`shatib yuborish ommaviy falokatga, baxtsizlikka olib kelishi muqarrar edi. Shuning uchun qo`lida birorta hunari yo`q, uyi, mulki bo`lmagan erkin olomon ommaviy o`g`irlik, turli xil jinoyatlarga yo`l qo`yib, qullikdan bir necha marta battar holat yuzaga keltirgan bo`lardi. QurТoni Karim esa, quldorlikni tugatish muammosini hal etishning prinsipini qurdi, uni batamom hal etishningаа asoslarini yuzaga keltirdi. Masalan, bundan buyon yangi qullar paydo bo`lish yo`llari yopildi. Shu bilan quldorlikni butun tugatishga prinsipial yo`l ochildi. O`sha zamonlarda qullikka tushib qolishning manbalaridan biri urushlar hisoblanardi. Urushlar oqibatida asirga tushganlar qul qilib, sotilardilar. QurТoni Karim esa, ana o`sha asirlarni sotishni man etdi. Uning o`rniga asirlar maТlum miqdorda mol-mulk hisobiga ozod etiladigan, hatto tavba-tazarru hisobiga ham ularni bo`shatib yuborish shartlari eТlon qilindi.а QurТoni Karimda, ФYo ualarni ozod qilish bilan mehr-shafqat, rahm etinglar, so`ngra yo fidya-tovon(mulkka almashish) olursizlarФ (47:4)-deyilgan. Bu erda asirlarga rahmdillik, mehr-shafqat ko`rsatinglar, Olloh uchun ularni ozod etinglar, baТzida ularni mol-mulk hisobiga ham bo`shatinglar, deb ko`rsatma berilgan. Asirlarning mol-mulk hisobiga bo`shatilishi, ular erkin, ozod hisoblanib, o`z ona yurtiga bemalol ketish huquqiga ega demakdir. Shu yo`l bilan quldorchilik asta-sekin tugatilib borildi. Ana shunday asta-sekin ozod bo`lmaguncha qul ayollar o`z xo`jalari bilan nigohsiz yashab turdilar. Biroq Islom tartibi bo`yicha ularni xo`jalari sotishi, sovg`a etishi mumkin emas edi. U ayollar bolali bo`lsalar xo`jalari o`limidan so`ng to`la ozod bo`lardilar. Islom mustahkam din shakliga kirib, o`z tartib qoidalarini to`la joriy qilguncha o`shanaqa o`tish jarayoni bo`lganligi rost. Ammo u jarayon Islom qoidalariga mutlaqo dahldor emas. Aksincha Islomgacha bo`lgan davr qoldiqlaridir. Bizning suhbatdoshimiz, fan doktori ana shu tarixiy jarayonni Islomga yopishtirishga urinmoqda. Shular bilan birga yana bir tarixiy haqiqatni keltirmoq joiz ko`rinadi. O`sha uzoq zamonlarda qul ayolning o`z xo`jasi bilan nigohsiz aloqada bo`lishi uni kamsitish emas, balki u qul ayol izzatda hisoblanardi. Ayniqsa qul ayol o`sha holni o`ziga buyuk hurmat, deb qabul qilardi. Ammo Islom o`sha xo`ja va qul ayolni huquq jihatdan bir xil darajaga tushirganini eТtibordan chetda qoldirmaslik lozim.

 

Qarang, Olloh o`z bandalariga nimalar deydi: ФMenga inonuvchilar hech shak-shubhasiz og`a-inilardirФ(49:10), ФU (Olloh) shunday zotki, sizlarni bir jondan(Odamdan) yaratdiФ (7:189),а Ф... bir-birovlaringni Ollohdan o`zga xudo qilib olmanglarФ(3:64).

 

Payg`ambar afandimiz(Unga Ollohning rahmati va shafqatlari bo`lsin) quldorlikni tugatishga bebaho shaxsiy ibrat ko`rsatdilar. U zot o`z quli Zayid ibn Xorisni ozod etib, uni o`g`lim, deb eТlon etdi. Uning ustiga Zayidni o`z amakisi Jaxshaning qizi Zaynabga uylantirib ham qo`ydi. U o`zining bu marhamati bilan qullarni ozod qilish, quldorlikni tugatish Islom uchun eng muhim maqsadlardan biri ekanligini namoyish etdi. Shu kabi faktlar o`z zamonida va undan so`ng ham ibratga sazovor ulkan ish bo`lib qoldi.

 

Davlat boshqaruv muassasalarida erkaklarning foizi ko`proq bo`lishi va ijtimoiy hayotda ularning soni ortiqligi faqat musulmonlar dunyosiga emas, balki xristian mamlakatlariga ham xos bir xususiyatdir. Xotinlarning hukmdor bo`lishi insoniyat tarixida ancha kam uchraydigan hodisaligi hech kimga sir emas. Hukmdorlik, katta kashfiyotlar ochish(kashfiyotchilik), qonun va qoidalar chiqarib, fantaziyalarga maillik, turli xil murakkab vaziyatlarga(situatsiyalarga) tayor turishlik, jismoniy va ruhan baquvvatlik, alohida kuchli, mahkam muskullarga egalik, mustahkam iroda va xarakterga(xususiyatga) ega bo`lishlik va boshqaа shunga o`xshash xususiyatlarning barchasi odatda faqat erlarga xos bo`lib, tabiatan bu rol ularga bog`ishlangan. Hatto ko`proq ayollarga xos yumushlar: kiyim bichish-tikish, ovqatlar tayyorlash(pishirish) va boshqalarda ham erlar ayollardan o`zib ketgan, deb hazil qilgan ekan bir qiziqchi. Bu haqiqatan tabiiydir. Bu masalada munozaraga o`rin yo`q. Ko`rsatilgan xususiyatlar tashqi ko`rinishlar bo`lib, ularning mavjudligida dinning ham, QurТoni Karimning ham hech qanday taТsiri yo`q. Bundan ko`rinadiki, Yaratuvchi tomonidan xotinlarga mos shaklda belgilangan qobiliyat, aql, kuch-quvvat, chidam erlarga nisbatan farqlidir. Shu sababdan erkaklar o`z tabiiy yaratilishlariga ko`ra ayollar ustidan hukmrondir. Shuning uchun dunyoning biror mamlakatida ayol kishining Bosh vazir yoki Prezident mansabiga ko`tarilishi xalqaro sensatsiyaga(shov-shuvga) aylanib ketadi. Bu esa, o`sha tabiiy asosni, haqiqatni isbot etishga yordam beradigan holdir. Islom ana o`sha tabiiy asosni qonunlashtirdi, uni adolatli qonun-qoidalar asosiga qo`ydi.

а

Ana shundan kelib chiqib, er kishi merosda bir muncha ko`proq ulushga ega bo`ladi. Uni Islom ikki baravar qilib, belgiladi. Chunki Islom qonunlariga muvofiq er oilaning asosi suyanchi, uni qo`ruvchi va boquvchi himoyachisidir. Islomning ayollarga munosabati ham ayni adolatlidir. Bu Payg`ambarimiz alayhis-salom(Unga Allohning marhamat va rahmatlari bo`lsin) hayot tarzida, ularning xotinlariga bo`lgan munosabatlarida o`z ifodasini topgan. YaТni ularning xotinlariga nisbatan mehr-muhabbati, rahmdilligi, ularga doimiy eТtibori ibratga sazovordir. Bir hadisda, Ф Men uchun bu dunyoda mehr va mehribonlik - bu xotinlar bo`lib, mening quvonchim esa, namozu-duolardirФ-deyiladi.

 

Bu erda xotinlar tengsiz xushbo`ylikka ko`tarilmoqda, hatto ular payg`ambarningа namozu-duolari darajasiga tenglashtirilayapti. Ularga bundan ham oliyroq hurmat bo`lishi mumkinmi? Payg`ambar aleyhis-salom o`zining eng so`nggii vaТzlarida ham xotinlar haqida alohida vasiyat aytganlar.

 

Olloh ayollar uchun uy va oilani, erlar uchun esa, ijtimoiy hayotni tanladi. YaТni erlarga ijodiy faoliyat sohasida ulkan ishlarni topshirib, ayollarga eng qutlug`, eng muhim, eng qimmatli va eng ahamiyatli vazifa-inson avlodini tarbiyalashni ishonib topshirdi. Bu xotinlarga bo`lgan buyuk ishonchdir. Chunki xotinga eng aziz, eng qimmatli inson farzandini tarbiyalash vazifasi topshirilmoqda. Shuni kamsitish desa bo`ladimi?

 

Qalb(ruh).

Suhbatdoshim masalaning bu tomoni ancha murakkabligini sezib tursa-da, u so`zida davom etdi:

- Ruhning mavjudligi, inson o`lgandan so`ng qayta tirilishi uning so`nggi makoni qabr bo`lgan oddiy bir tana (murda) emasligi haqida senda qanday dalillar bor? Islom bu masalaga qanday qaraydi, singari savollarni o`rtaga chiqardi.

 

Men ham biroz sukut saqlab, unga javob qaytara boshladim:

- Bu savol bugun haqiqatan ham murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Ruh haqida o`ylamasdan so`zlashlar ko`pincha adashishlarga olib keladi. O`rtaga qo`yilgan masalaniа isbotlaydigan ochiq-oydin dalillar bizda oz bo`lgani kabi, sizda uning teskarisiga ham dalillar kamdir. Keling, birgalashib fikr Ц mulohaza qilib qaraylik. MaТlumki, inson ikkilangan tabiatga ega. Ana shu ruhning mavjudligiga birinchi dalil. Odamda ikki xil tabiat bor: uning tashqiy, ko`rinib turgan tabiati-bu uning jismi-tanasi, jasadi bo`lib, u barcha moddiy xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirgan. Masalan, tananing og`irligini aniqlash, uni boshqa shunga o`xshash tana bilan qiyoslash mumkin. Tana, vaqtga mos o`z ko`rinishini o`zgartiradi, harakatlanadi, bir ko`rinishdan boshqa ko`rinishga o`tadi, xastalik hisobiga uning umumiy holati o`zgaradi, u ozadi, semiradi, uning rangida o`zgarish yuz beradi, rohatlanadi, uxlaydi, ochlikni, sovuqni, issiqni sezadi va h.k. va h.k. Insonning jismi-tanasiga xos tashqiy tabiati bilan bir qatorda uning sezgi xususiyati, yaТniа maxsus sezgi tabiati ham bor. Bularga ixlos, nafrat, qo`rquv, quvonch, xastalik, his-hayajon, asabiylashuv, kabi sezgi-hislar kiradi. Shunday qilib, tana tabiati va u bilan bog`liq turli xil holatlar moddiy xususiyatlar bilan aniqlanishi natijasi o`laroq inson jismi-tanasi va uning organik qalbi(ruhi)- bu ikkisi- materiyadir, deb tasdiqlash mumkin. а

 

Ammo odamda butunlay boshqa tabiat ham bor, u odamning(insonning) ichki dunyosi, ruhiy dunyosidir. Inson ichki dunyosi uning tana tabiatiga to`la qarama-qarshi bo`lib, undan farq qiladi. U tamoman o`zgacha xususiyatga ega tabiat, u o`zining doimiyligi, zamon va makon taТsirida o`zgarmasligi bilan ajralib turadi. Bu eng avval inson aqli, uning doimiy qobiliyatidir. U idrok, vijdon, estetik bilish(zehn etish), xohlasang - bu aqlni, vijdonni va barcha sezuvchi belgilarni o`zida idrok ettirgan, mujassamlashtirgan bizning ФMenФimizdir.

 

Falsafiy ФMenФ- butunlay boshqa, u tana ham emas, ochlik va to`qlikni sezadigan organik qalb (ruh) ham emas. ФMenФ-bu o`zida juda keng maТnoni majassamlashtirgan, nihoyatda chuqur tarz(obraz) va tushunchadir. Ana shu tarz(obraz) hisobiga inson madaniyat, maТnaviyat qimmatini, uning ahamiyatini biladi, tushunadi, qadrlaydi. Bu chindan ham ko`p maТnoli va ko`pqirrali sezgidir. Bu sezgi ustidan atrof muhitа hukmron bo`la olmaydi. U fazoda(makonda) o`zgarmaydi, transformatsiyalanmaydi, ozmaydi, semirmaydi, zamon(vaqt) taТsiriga tushmaydi, uning uchun o`tgan zamon, kelasi zamon hamda hozirgi zamon tushunchalari mavjud emas. U hozir ham, so`ngra ham doimiy, u vaqt(zamon) o`tishi bilan o`zgarmaydi. Bizning tasavvurimizda bu tushuncha abadiy va nihoyasizdir.

 

Shunday qilib, bu erda borliqning boshqa bir ko`rinishi namoyish bo`lmoqda. U transformatsiyalanmaydi, hajmga ega emas, unga zamon taТsir qilmaydi, unda og`irlik ham, shakl(obraz) ham yo`q. Shu bilan bir qatorda biz bunda doimiy borliqni, mavjudlikni kuzatmoqdamiz. U bilan tarixiy o`zgarishlarni solishtiramiz, qiyoslaymiz. Shunindek, u mutlaqdir, uning yordamida moddiy dunyodagi barcha nisbiyliklarni bilib ololamiz. Biz bu borliqni aniqlay bilamizmi, uni qanday qilib, to`g`ri aniqlay bilamiz? Uni juda yaxshiа aniqlasa bo`ladi. Chunki u ko`nguliy(qalbiy) bo`lib, uning xususiyati ruhiydir.

 

Bundan so`ng bizdan bu ikki tabiatning qaysi biri odam? Kim bu odam deganlari, uning tanasimi yoki ruhi, deb so`rashlari turgan gap.а Bu savolga to`g`ri javob bermoq uchun аo`z navbatida biz ham bu xususiyatlarning qaysi biri hukmronlik qilishini ajrata bilmog`imiz lozim.

 

Materialistlar inson-bu uning jismi(tanasi), deb hisoblaydilar. Ular biz yuqorida taТkidlagan aql, mantiq, estetik va maТnaviy sezishlar va h.k. barchasining hukmroni, egasi inson jismi(tanasi), deb tasdiqlaydilar. Tarz(obraz), deb artaladigan barcha ФMenФlar tana bilan bog`liq, u bilan muvofiqlikda, unga to`la bo`ysunadi, uning ko`rsatmalriga xizmat qiladi, deb tushuntirishadi.

 

Ularning bunday hukmlari xatodir. Ular chuqur adashadilar.

Haqiqatda esa, jism(tana) ergashuvchi, ergashtiruvchi emas. U ijro etuvchi, buyuruvchi emas. Biz tanamiz istak, xohishlarini to`xtatib qo`ygan vaqtlar nahot kam bo`lsa? Masalan, o`raza tutganda tananing ovqatga bo`lgan xohishini qaytargan bo`lmaymizmi? Olloh uchun shunday qilamiz. Ertalab, bomdodga turganimizda, tana hali uyquni davom ettirishni xohlamaydimi?а Tana, aql rejalashtirgan programma(dastur)ga muvofiq, uning ko`rsatmasiga qarab soatdan soatga, qadamma-qadam harakat qiladi. Bu erda kim ergashuvchi va kim dohiy, kim hukmron?

 

Vatanini, diniy eТtiqodlarini himoya qilmoq maqsadida o`zini qurbon qilishga otlangan kishi, o`z hayotini maqsadga, g`oyaga bog`ishlayotganda, butun tanasini granatalar bilan urab olib, yashin tezligida chopib dushman tanki ostiga o`zini tashlayotganda u kishining tanasi qaerda bo`lib, nima vazifa bajaradi? Bu harakatga buyuruvchi kim? Bunday hollarda shunday bir oniy zamon yuzaga keladiki, bunda ruh (moddiy maТnoda qalb) tanani butunlay rad etadi, tana unga birozgina ham qarshilik ko`rsatishga qodir bo`lmay qoladi. Bu holatni materialistik nazariyaning hech bir usuli bilan tushuntirib bo`lmaydi. Bunday hollarda tana hech qanaqa qarshilik ko`rsata olmaydi, tanada qarshi turadigan hech bir kuch yo`qdir. Bu erda tana ruhga faqat so`zsiz bo`ysunishdan o`zga choraga ega emas. Mana shunday vaziyatlarda inson tabiatiningа qaysi bir xususiyati yuqori ekanligi bilinib qoladi; bu ikki borliq, ikki tabiatdan qaysi biri insonlikni ifoda etishi ham bu erda o`z-o`zidan ko`rinadi, qo`yadi.

 

Hozirgi zamonda tana inson uchun ikkinchi mavjudot ekanligini ochiq isbotlaydigan ilmiy asoslar ham anchagina bor. Masalan, inson tanasining ko`pgina qismlari tabobat usullari yordamida ko`chirilayotganlari, ularning biri, ikkinchisi bilan almashtirilayotganlari ham buni tasdiqlamoqda. Jarrohlik yordamida insonning haqiqiy, tabiiy organlari o`rniga sunТiy organlar(protez va boshqa) qo`yilmoqda, tana qismlarining sintetik elementlari ishlatilmoqda. Elektron yuraklar, sunТiy buyrak, ko`z, hatto sunТiy qon haqida kim eshitmagan? ФOdam qismlari magaziniФ, yaТni sintetik yurak, qo`l, oyoq, sochlar, tishlar sotiladigan magazinlar haqida xabaringiz yo`qmi?

 

Odam tanasini qismlarga bo`lib tashlasa bo`ladi. Masalan, tananing turli organlarini kesib tashlash(amplutatsiya qilish), uning baТzi bir qismlarini ko`chirish, unga batereykalar o`rnatish, alyumeni bo`lakchalari qo`yish, sunТiy ko`z, tirsaklar, sochlar, elektron yuraklarni yasash va h.k. ko`rsatsa bo`ladi. Shunga o`xshash yana juda ko`p xil amaliyotlarni (operatsiyalarni) bajarish mumkin. Odam esa, har doim inson shaklida tirik qolaveradi. Chunki inson o`z tanasining qismi emas, inson uning ruhidir. Ruh tana(jism), deb atalmish ФmashinaФ ichida rulda o`tirgan boshqaruvchidir.

 

Qalb (Ruh) - boshqaruv, miyaning o`zidan emas, bosh miya hujayralaridan (kletkalaridan) chiqadi.

 

Miya ham tana hujayralari kabi unga yuborilgan buyruqlarni bajaradi, ularni har xil shakllarda ifodalaydi va oqibatda u, tanani boshqaruvchi hamda moddiy dunyoda yashovchi, qalb(ruh) ataluvchi ko`zga ko`rinmas qo`lning qo`lqopi bo`lib qolaveradi(Qalbni(ruhni) bunday taТriflashda olimlar bir fikrda emaslar, albatta).

 

Bundan insonda ikki xil tabiat, ikkita borliq mavjud, degan xulosa kelib chiqadi. Ulardan eng asosiysi, hukmroni bu ruh bo`lib, u abadiydir, ikkinchisi, o`tkinchisi bu tana bo`lib, u tugashga mahkumdir. Shunday qilib, insonda birinchi borliq ruh abadiyatga, ikkinchi borliq-tana tugashga jo`natiladi. Tana tugab, o`z asosi tuproqqa aylansa, ruh esa, qolgan dunyo bilan aralashib ketadi.

 

BidТatga cho`mib qolgan baТzi faylasuflar uchun ruh mavjudligini isbot qiladigan misol keltiramiz. Bu misol harakat bilan ifodalanadi.

 

BaТzi predmetlarning harakatini, ularning bevosita ustida o`tirib(ularning ustida turib) kuzatish bir muncha qiyin, hatto baТzidaа uа mumkin ham emas. Ularning harakati uzoqdan kuzatilganda yaxshi seziladi. Masalan, liftga kirgan kishi uning harakatini sezishi ancha mushkul. Chunki liftga chiqqan odam ayni zamonda liftning elementiga, bir qismiga aylanib qoladi. Liftdan tashqarida turgan kishi tirqishlardan qarab uning harakatini boshqa tinch turgan jismlarga nisbatan kuzatishi, sezishi mumkin. Xuddi shu holatni temir yo`lda bir tekis va sekin harakatlanayotgan poezdlarda ham kuzatsa bo`ladi. Lift ham, poezd ham turgan joylaridan yoki bekatlardan qimirlayotganda ulardan tashqariga qarolmasa ularning harakatlarini sezish mumkin emas. Bu quyoshning ustida turib, uni kuzatishga o`xshab ketadi. Vaholanki, quyosh harakatini oydan yoki er yuzidan turib kuzata olamiz, xolos. Shuningdek, er yuzida yashab, turli xil yumushlar bajarib, erning o`z harakatini seza olmaymiz. Uning harakatini esa, masalan oydan turib juda yaxshi kuzatib bo`lardi. Biror narsaning ichida o`turib, unda bo`layotgan harakatni sezib bo`lmaydi.

 

Ana shu sabablarga ko`ra bizdan yiroqda, o`zimizdan tashqarida aqliy zarrachamiz bo`lmay turib zamonning (vaqt, davrning) o`tishini qabul qila olmagan bo`lardik.

 

Agar bizning qabul qilish(idrok etish) qobiliyatimiz, xususiyatimiz sekund strelkasi kabi sakrovchi bir ko`rinishda bo`lganda edi, biz o`sha vaqt sekundlarini hech sezmagan bo`lardik. Bizning idrok etishimiz ham sekundlar o`tgani kabi hech narsani idrok qilmasdan o`tib ketaverardi.

 

Bu, inson borligining zarrachasi zamondan tashqarida abadiy mavjudligini ko`rsatuvchi ajib bir xulosadir. Bu zarracha zamon o`tishini boshqa erdan turib kuzatadi, uni idrok etadi, ammo unga aralashib, uning ichiga tushib qolmaydi. Shu sababdan u keksaymas, charchamas, kuchsizlanmas va o`lmasdir. Tana(jism) ko`milgandan so`ng ham bu zarracha yashab qoladi, uning hayoti alohida bir xususiyatga o`tadi, u zamonlar harakatiga bo`yin egmaydi. Ana o`sha zarracha ruhdir. Har birimiz o`zimizda uning borligini, mavjudligini, doimiyligini sezib turamiz. Ko`rayapmizki, bu borliq, moddiy borliqdan mutlaqo farq qiladi, u zamon ritmiga mos o`zgarmaydi, transformatsiyalanmaydi (bir turdan boshqasiga o`tmaydi).

 

Bu ichki bir holatdir, uni ichdan, ko`nguldan xursand, shod bo`lganda sezamiz. Ana shunday holat ruhning tanada qatnashgan, borliq holati, deb ataladi. U shunday bir kalit bo`lib, ichki ruhiy borliqni, muhim bir topishmoqni ochadi. Ana o`shani ruh, deymiz.

 

Ruh mavjudligini isbot etadigan yana bir hol, bu insonda, insoniyatda tug`ma erk sezgisi borligidir. Inson moddiy muqarrarlik qonunlari bilan boshqariladigan organik hayot ramkasidagi materiyadan iborat bo`lganda edi, unda o`sha tabiatan erk sezishi maТnosiz bo`lib qolardi.

 

Yaxshi, zamondan tashqarida, o`limdan kuchli, moddiy muqarrarlik nazariyasidan oliyroq inson ruhi mavjud ekan, qayta tirilish haqida nima aytsa bo`ladi? Hozircha hech kim u yoqdan qaytib kelmadi; kishi o`lganidan so`ng u dunyoda nimalar bo`lib, nimalarni ko`rishganini so`zlab berishmadilar. Ammo eng So`nggi, Oxirgi, Qiyomat Kun ham hali etib kelmadi; ochiq-oydin isbot bo`ladigan, So`nggi kun haqiqiy faktga aylanadigan zamonga biroz muddat bor shekilli.

 

Darvoqe, qayta tirilish haqida diniy haqiqat, aql va fanning tasdiqlari borligini taТkidlash kifoya bo`lar, deb hisoblayman.

- Xush, aql va fan qayta tirilishni qanday yo`l bilan tasdiqlashadi?

- Borliq, butun Olam haqidagi maТlumotlar, ularning tashqiy ko`rinishlari har doim ilk boshlang`ich holat qaytib turishini, hamma-hamma bor mavjudotda aylanib turishni kuzatish bilan qayta tirilish ham mumkinligini tasdiqlaymiz. Qarang, kunduzdan so`ng aqshom, undan so`ngra yana kunduz va yana shu kabi takrorlanaveradi. Quyosh chiqadi, botadi; bahor, yoz keladi, yozdan keyin kuz, undan so`ngra qish va shunday cheksiz, chegarasiz davom etaveradi. Ertalab turamiz, kechqurun yotamiz, yana turamiz va yana yotamiz. Bu faktlarning barchasi borliqning doimiy qonunlari, qoidalaridir. Tabiatning zamonda kechayotgan bu mustahkam doimiy qonun va qonuniyatlari o`limdan so`ng hayot, tirilish borligini isbotlaydi va tasdiqlaydi. Chunki tabiatda har bir narsa va hodisalar uchun qaytarilish(qaytish) holi mavjuddir. Alloh o`zini Ilk Boshlovchi va Qayta tiriltiruvchi, deb ataydi. Ф... U silarni ibtidoda yo`qdan qanday bor qilgan bo`lsa, xuddi shunday U yaratgan holiga qaytursizФ(7:29). ФU avval-boshda barcha narsani Uning O`zi yaratur. So`ngra yana qayta yaraturФ(10:4)-deb taТkidlaydi Ollohu taolo.

 

Dunyoda mavjud barcha narsalar ilk asosiga qaytmayaptilarmi? Atomdan to galaktikagacha o`z boshlang`ich asoslariga qaytadilar-ku. Hatto madaniyat (sivilizatsiya) ham ilk ko`rinishiga qaytadi. Shuningdek madaniyat elementlari, mayishiy ishlar, tarix ham o`z boshlang`ich holatiga qaytish xususiyatiga ega. Mana shu kabi narsa va hodisalardagi o`z ibtidosiga qaytish qayta tirilish va qayta tiklanishni isbot qiladi.

 

Dunyoning tuzilishi asosida yotgan qoida va qonunlarda hech bir xato-kamchiliklar belgisi yo`qdir. Bu esa, yana o`sha qayta tirilishga ikkinchi xil isbot bo`lib xizmat qiladi. Chunki juda kichkina zarrachalardan tortib, galaktikagacha bo`lgan butun boqliq o`ziga xos doimiy mustahkam qonunlariga ega. Ular ana o`sha qonunlarga asosan harakatlar sodir etadi. Hatto ko`zga ko`rinmas elektronlar ham o`z xususiyatlariga mos quvvat(energiya) bilan taТminlanmasa, ular bir harakat orbitasidan ikkinchisiga o`ta olmaydi. Ular aynan to`g`ri, maqsadga maТqul harakatlanmoqlari uchun o`zlariga zarur quvvat miqdorini olmoqlari shart. Aks holda ular(ularning quvvatlari kam yoki ortiqcha holda) yo kerakli orbitaga eta olmaydi, yoki uzoqqa o`tib ketadi. Shunaqa mukammal va mustahkam qonunlarga amal qiladigan dunyoda hakamlarni (sudlarni) yo politsiya(militsiya)ni sotib olish yo`li bilan birorta qotil yoki zolim hukmdor jazodan qochib qoladi, deb o`ylab bo`ladimi? Mantiq va aql, farosat unday gunohkor bandalar gunohlariga yarasha jazo olishini taqozo etadi. Ollohga iymon keltirganlar shunday ekanligiga inonadilar. Chin adolat tantana qiladigan oqibat, boshqa dunyo bo`lmasligi mumkin emas! Tafakkur va vijdon buni ko`rsatib turibdi.

 

Biz insonlar, adolatli bo`lish, adolatni izlash, uni sevish va doim adolatni xohlamoq uchun yaratilganmiz. Biroq u adolat bu dunyoda juda ham kam uchraydi. BaТzi adolat hisoblanib, qabul qilingan ФhaqiqatlarФ ham nihoyatda nisbiydir. Shu sababdan ko`p hollarda bu dunyoda adolatning yo`qligidan shikoyat qiladilar. Haqiqatan ham bu dunyoda adolat yo`q. Chunki kishilar(bandalar) haqiqiy adolatni o`rnatishga qodir emas. Dunyo faqatgina nohaqlik va adolatsizliklardan iborat bo`lishi, umuman adolatning bo`lmasligi ham mumkin emas-ku, axir. Shuning uchun donishmandlar, ФChanqoqlik, suvning mavjudligini ko`rsatgani kabi, adolatga doim intilish, unga chanqoqlik, aynan uning albatta borligini, uning o`rin topishini bildiradiФ-deb hisoblaydilar. Bu yolg`onchi dunyoda chinakam adolat tantanasi sezilmasada, chinakam tenglik, chin haqiqat barq urmasligi mumkin emas. Ana shunaqa belgilarning barchasi qayta tirilishning ham, sodir etilgan gunohlar evaziga loyiq jazo vaqti ham kelishini va u dunyo(chin dunyo)ning mavjud ekanligini isbotlaydi va tasdiqlaydi.

 

Iymonli, Ollohga inonuvchilar uchun, Uning qudratiga suyanadiganlar uchun hech qanaqa isbotlarning hojati yo`q. Chunki ularning qalblari pok, u qalblarda shubhaga o`rin bo`lmaydi. Shu sababdan ular hech qachon bunaqa savollar bilan boshlarini og`ritib ham o`tirmaydilar.

 

Endi, ФRuh, nima o`zi?Ф-degan savolga to`laroq javob qilib ko`ramiz. QurТoni Karimda, ФUlar sizdan ruh-jon haqida so`raydilar. Ayting: ФRuh yolg`iz Parvardigorim tomonidan inТom etilgan nurdir. Sizlar ozginagina biluvchilarsizФ (17:85)-deyilgan. Boshqacha aytganda bu sirdir. Bu sir haqida hech kim hech narsa bilmaydi. Ajabki, har doim ФruhФ kalimasi bilan yonma-yon ФMening Ollohim inТomi bilanФ, degan jumla keladi. ФU qullaridan kimni tanlasa, o`shanga O`z amri ila vahiy tushiradiФ(40:15), ФO`zi xohlagan bandalariga O`z amri ila malaikolarni vahiy bilan tushirurФ(16:2), ФOlloh amri ilagina ruh va malaikolar tushurlarФ(97:4), ФShunday qilib, Biz O`z amrimiz bilan sizga Ruhni vahiy qildikФ(42:52). Ko`rayapsizmi, hamma erda, har doim ФBiz amr etdikФ, ФOlloh amri ilaФ, ФUning amri ilaФ, deyilmoqda. Bundan Olloh amri ruh bo`ladimi yoki Uning so`zi ruh bo`ladimi, kabi savol tug`iladi? аа

 

Olloh Isodan(Unga Allohning rahmati yog`ilsin) so`zlab, Ф... Yo Maryam, albatta Olloh senga O`zining So`zini xushxabar qilib beradiki, uning ismi al-Masih Iyso binni MaryamdirФ(3:45). Ф... Va U Mariyamga Olloh So`zini va Uning Ruhini tushirdiФ(4:171). Bu erda ФruhФ va ФamrФ so`zlari bir-biriga sinonim bo`la oladimi? Bular barchasi taxmin, albatta. Haqiqatda esa, Bilguvchi O`zidan o`zga hech kim, hech narsa bilmaydi.

Bundan so`ng baТzi kishilarning ruh bilan muomala qilishlari, ular bilan so`zlashishlari va hatto o`lganlar ruhlarini chaqirish kabi masalalar o`ta shubhali tuyuladi. Aslida ruhlar bilan muomala hodisasi spiritizm(mistik oqim), deb yuritiladi. U XIX asrda aristokratik sinf orasida juda keng tarqaldi. Ular, spiritizmga ishonuvchilar har xil usullar bilan va mediumlar vositasi orqali o`lib ketgan kishilar ruhi bilan uchrashish mumkin, deb hisoblaydilar, unga ishonishadilar.

 

УO`lganning ruhi bilan muomalaФ, deb ataluvchi holatni Hindistonlik donishmandlar ruh qorong`i xonada bo`lgan vaqtda mediumlarning o`zini tutish holati, deb, tasdiqlaydilar. Va u bilan muomalada, deb tasavvur etilgan ruh-bu hayotiy(yorug` dunyobiy) ruh bo`lib, ular qachonlardir bu dunyoda yashashgan o`liklarning sirlarini biluvchilar bo`lishadi va ular o`sha sirlar yordamida tiriklarni masaxaralashadilar. а

 

Musulmon sufiylari esa, o`sha qorang`i xonalarda ruh(allaqachonlar o`lib ketganlar ruhi) emas, balki mediumning aynan o`zi bo`ladi, xolos, deb hisoblaydilar. Bu medium esa, o`lgan kimsaning ruhi bilan emas, balkiа jin bilan uchrashadi. U jin esa, marhum tirikligida unga yo`ldoshа bo`lib, buning hisobiga jin marhumning sirlarini biladi. MaТlumki, jinlar odatda ancha uzun umr ko`radilar. Shu sababdan ular inson yo`ldoshlaridan keyin ham tirik qoladilar. Mana shu jinlar spirtizm seanslarida qatnashadilar va ular tiriklarni masxaralamoq uchun marhum inson yo`ldoshlarining ovozlarini, so`zlashish odatlarini, qiliqlarini, xarakterini va boshqa xil xususiyatlariniа takrorlab, marhumlarning sirlarini ochadilar. Jinlarning bu qiliqlari insonlarga dushmanlikda qoidaga aylangan.

 

Sufiylar, bu holatni dunyoviy hayotda uchrab turadigan hodisaga qiyos qilishadi. Masalan, biror maТmuriy idoraga yumush bilan borib eshik qoqsak, bizning huzurimizga maТmuriyatning boshlig`i emas, uning birorta xodimi peshvoz chiqadi. Chunki u boshliq, axir, har bir eshik qoquvchilar huzuriga chiqavermaydi. Xuddi shu singari ruhlar dunyosida ham biz bilan(Уbiz eshik qoquvchilar bilanФ) muomalada bo`layotganlarЦbu dunyoviy ruhlar bo`lib, ular jinlar va shular darajasidagilardir.

 

Inson ruhi УbarzaxФlar(barzax arabcha so`z bo`lib, nozik, jonni achtuvchi, zo`riqtiradigan joy yoki narsa maТnolarini beradi, yaТni o`lganlarning ruhlari qiyomatgacha turadigan makon, dunyodir), deb ataluvchi mutlaqo boshqa dunyoda bo`ladi. Ruhlarni hech qanday yo`l bilan chaqirish imkoniyati yo`q. Biroq baТzi qulay hollarda ular ilgari kimni yoqtirgan, sevgan bo`lsa o`shalarning (tushda yoki ochiqdan ochiq ham) huzurlariga kelishlari mumkin.

 

Biz spirtizm seanslarining juda ko`pida qatnashib, ularni sinadik. Ammo u seanslarning birortasida ruhning qatnashganini va u bilan muomala qilinganlikni isbotlaydigan holni uchratmadik. Seans o`tkazuvchilar esa, bu haqda biror jo`yali dalil keltira olmaydilar.

 

Bu fikr bir muncha haqiqatga yaqin. Ammo bu masala haligacha munozara va muhokama uchun ochiq qolmoqda. Bu erda haqiqatdan ko`ra nayrangbozlik va uydirmalar ko`p. Bu haqda so`ng so`z, yaТni xulosalovchi so`z hali aytilmadi. Ishonamanki, sen biroz so`ng mening jinlar va mediumlar haqidagi so`zlarim va hikoyalarim ustidan itehzoli kulasan. Senda kulish va ishonmaslikka sabab bor. Sen o`z qalbingga ishonmaysan-u, yana qanday qilib sen jinlarga ishonasan? Sen Ollohning O`zining mavjudligiga ishonmaysan-u, qanday qilib, sen Uning shaytonlariga ishonasan?а Sen bunday narsa va hodisalarga ishona olmaysan, albatta.

 

Agar sen bundan bir asr yoki undan ortiqroq mukaddam tug`ilgan bo`lsang edi. Va senga birov kelib, ko`zga ko`rinmas nurlar bor, ular bilan metallni kezish mumkin, uzoq-uzoq fazolarga uchadigan samoviy apparatlar yasab, ularni uchirish, oy yuziga yo`ldoshlar qo`ndirsa bo`ladi, deganda yoki fototeletayplar va boshqa bugungi fan mo`Тjizalari haqida aytib berganda edi, sen faqat kulib qo`ya qolmas eding. Vaholanki, sen qaranglar, degan bo`larding va Уmana bu odamlar jinni, mana bular yarim aql, aqldan ozgan tizginini uzib ketibdiФ, deb baqirgan, chaqirgan ham sen bo`larding. Ammo bugun ular ochiq-oydin faktlardir. Ha, haqiqatan shunday emasmi?

 

Vijdon.а

Endi mening suhbatdoshim boshqa mavzudan so`z boshlab, dediki:

- Siz vijdonni qutlug` bir his, xususiyat, noodatiy bir narsa kabi tasvirlaysiz. Aslida vijdon kishining insoniyat jamiyatidagi xulq-avtorini va atrofini urab turgan muhitga munosabatini belgilaydigan maТnaviy bir xislat va masТuliyatdir. Bu ijtimoiy bilish natijasida hosil bo`lgan mahsulotdir. Uni misdan yasalgan buyumga o`xshatsa bo`ladi. YaТni mis buyumni uzoq muddat sozlab, tekislab, qisib, bosib, olovda(uchoqda) toblab chiroyli, ko`rkam buyumga keltirgani singari, vijdon ham jamoatchilikning taТsirida shakllangan, ijtimoiy toblangan, silliqlangan xislatdir. Uni biz ijtimoiy maТmurchilikka nisbatan transformatsiyalangan xislat, deb bilamiz. Ana shunday vijdondan foyda kelsa, biz uni yaxshi, deymiz. Agar u faqat yomonliklarga va ziyonga olib kelsa uni yomon, deb ataymiz. Siz esa, vijdonni eng qimmat xazinalaring kabi saqlashga urinasiz.

а

Men esa, uni eshitib o`tirib, Уha, shundayФ, deb yuborishga majbur bo`ldim. Ammo shu bilan birga men unga quyidagicha javob qildim:

- Haqiqatan sen vijdonni materialistik nuqtai nazardanа bir muncha durust ifodalading. Ha, ular vijdonni ijtimoiy hayotda shakllangan, baqiriqlar, man etishlar hokimiyati, deb tasdiqlaydilar. Bu ularning falsafasi. Vijdonni davrlar, asrlar o`rtasida, kishilar va xalqlarning o`zaro munosabatlarida erishilgan eng oddiy yutuq, deb hisoblash - bu sizning mantig`ingiz. Bu haqiqat emas, aksincha bu undan ancha yiroq. Haqiqatda esa, vijdon-bu Olloh tomonidan inson tabiatiga yuborilgan, yo`naltirilgan nurdir. Shu bilan birga vijdon inson tug`ilgandayoq unga berilgan amal va kompasdir. U bizni doim haqiqatga boshlaydi, ijtimoiy rivojlanishning barcha davrlarida u yarqirab turadi va o`z aksini kuzguda ko`rganday akslanib turadi. Vijdonning ana shunday ekanligini rad etib bo`lmaydigan isbotlar bor.

а

Jamiyat va ijtimoiy hayot, fikr-tafakkurdan uzoq bo`lgan hayvonot dunyosiga bir nazar solsangchi. Mushukni, uning axloqi, turmushini bir kuzatib boqchi. Mushuk yozilgandan so`ng, bulg`angan erni biror amallab yopib qo`ymoq uchun u anchaа tashvishlanadi va uni albatta yopadi. Mushuk bunday ibratli xususiyatni qaysi mushuklar jamiyatida shakllantirdi, ekan? U hayvon qanday qilib, tozalik va ifloslik farqiga etadi? Yoki o`sha mushuk dasturxondan biror narsani olib qochganda, uni o`sha ondayoq tutib, uning aybi uchun jazolamoqchi bo`lsangiz, u o`z aybini juda aniq sezib, ko`zlarini yumub, sizning hukmingizni qabul qilishini kuzatganmisiz?а BaТzi mushuklar yosh bolachalar bilan o`ynayotib birorta uy idishini sindirib qo`ysa, zudlik bilan u o`zini biror pana joyga oladi. Chunki jonivor noto`g`ri harakat etganini darhol sezadi. Bunday xususiyatlar boshqa aql-farosatdan yiroq hayvonlarda ham uchraydi. Bu esa, vijdon atalmish sezgilar tug`ma ekanligini isbotlaydigan maТlumotlardir. MaТlumki, mushuklar yoki boshqa shu xil hayvonlar dunyosida hech qanaqa jamiyat yo`q. Mushuk o`z vijdoniy sezgilarini shakllantirgan jamiyatda yashamaydi. Umuman olganda hayvonlar jamiyati, jumladan mushuklar jamiyati kabi tushunchalarning o`zi hayotda uchramaydi, axir.

 

Jamiyat atamasi va shu kabi tushunchalar faqat kishilar(insonlar) jamoasiga taalluqlidir. Jamiyat, aqlu-farosat, fikr-tafakkurga ega bo`lgan insonlarning bir-birilari bilan birga yashashga moslashish belgisidir. а

 

Kaptarning oilaviy sodiqligi, otning yaxshiligi, uning o`z egasiga sodiq va mehr qo`yganligi, ot buni umrining to so`nggi soatlarigacha saqlab qolishi, sherning mardligi, uning o`z o`ljasiga hech qachon orqadan hujum qilmaslik xususiyati, tuyaning bahayoligi, ya'ni u(tuya) begonani sezib qolsa, u urg`ochisi bilan bo`layotgan aloqasini ham zudlik bilan to`xtatib qo`yishini va h.k. va hokazolarni tafakkur nimaligini bilmaydigan hayvonlar dunyosida ko`rsatish mumkin. Mana shu kabilar barchasi vijdonning ilohiyligini ko`rsatadigan va uni isbotlaydigan misollardir.

 

Hayvonlar, bu xususiyatlarni qaysi jamiyatda, qanday hayvonlar jamiyatida o`rganadilar, ekan? Qohira sirkida sodir bo`lgan ajib bir voqeani ko`ring. U erda sahnada o`yin ko`rsatilayotgan paytda jahli chiqqan sher o`z boshqaruvchisi(dressirovshik)ning orqa tomonidan unga hamla qilib, uning elkasidan tishlaydi va uni og`ir yarador etadi, oqibatda sher boshqaruvchi o`ladi. Ana o`sha voqeadan so`ng sher ovqat emay qo`yadi. U atrofidagi emaklarga ham, odamlarga ham ahamiyat bermay, harakat qilmay o`z panjarasi (kletkasi)ga qamalib oladi. Ana shundan so`ngra u sherni hayvonot bog`iga o`tkazishib, u zerikmasligi uchun uning yoniga yana bir urg`ochi sherni ham kiritib qo`yishadi. Nomardligidan chuqur qayg`udagi sher УmehmonФni panjaradan haydab chiqaradi. Shunaqa g`am - g`ussali holat bir muncha vaqt davom etgandan so`ng, nihoyat sher o`zining o`sha УgunohkorФ barmog`ini chaynab tashlaydi va shunday yo`l bilan u ko`ngulidagi yomon, noloyiq ruhni chiqargan bo`ladi.

 

Ko`rdingizmi, hayvonlar ham qayg`uradilar, ruhan qiynaladilar, g`am-g`ussa chekadilar, nojo`ya harakat va УgunohФlari uchun o`zlarini o`zlari o`ldirishgacha borib etadilar. Aytingchi, bu sher qaysi yirtqichlar jamiyatida bunday ibratli qiliqni o`rgandi? Yirtqichlar jamiyatida(agar u bo`lsa) odamzotga keltirilgan og`ir musibat uchun o`zini-o`zi o`ldirishga buyuradigan qonunlar yo`q-ku, axir.

 

Biz bu misolda, hatto odamlar orasida juda kam uchraydigan mardlik, adab va vijdonni kuzatmoqdamiz. Shu bilan birga bu hol vijdon mohiyatini materialistlarcha ifodalash va tasvir etishning xato ekanligini ko`rsatadi.

Biz ko`rgan va kuzatgan voqealarni aniq bir o`lchamga, qoidaga solib taТrif etib bo`lmaydi. Vijdon-bu inson tabiatiga, tirik mavjudot tabiatiga singdirilgan, joylashtirilgan nur, jamiyat rivojlanishi davrlari esa, bu ilohiy nurdan baТzi bir zanglar-u, changlarni olib tashlab, uni yarqiratadi, tozalaydi, xolos. Jamiyat tuban ketsa, buning aksi bo`lib, vijdonsizlik, qabohat yuz beradi.

 

Sher va uni boshqaruvchi(o`ynatuvchi) orasida sodir bo`lgan ajoyib voqeada biz ular o`rtasida yuzaga kelgan o`zaro munosabat va do`stlik yirtqichning ko`ngulini yumshatdi, uni tavba qilishga majbur qildi, uning ilohiy vijdoni unga rohat bermadi, deb tushunamiz. Shuning uchun sher musibat chekdi, unda tavba etish hissi uyg`ondi, o`z qilig`ining chuqur ayb, gunoh ekanligini sezdi, natijada xuddi odamlar singari o`zini o`ldirishgacha borib etdi. Payg`ambar afandimiz(Unga Allohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin), aytganlari kabi, ochiq ijozat bo`lganda ham, ijozat bo`lmaganda ham, Уkishilar senga maslahat bersalar-da, o`z qalbing, yuragingga ham quloq solib, u bilan maslahatlashib ko`rgin, albattaФ.

 

Shu sababdan biz yomondan yaxshini, xatodan to`g`rini, ijozat etilgandan, man etilganni ajratmoq uchun maxsus tasdiqlangan(kitob qilib bosib chiqarilgan) shariat maorifiga (taТlimiga) alohida ehtiyoj sezmaymiz. Chunki har bir muslim kishi qalbiga Olloh shariatini (qalb shariatini) va aniq, to`g`ri tarozularni joylab qo`ygan. Biz qalblarimizni moddiy iflosliklardan, ehtiros, ziyonlardan tozalashimiz uchun ijtimoiy bilishning suyanchlariga muhtoj emasmiz. Buning uchun qalbimizga Olloh tarafidan yuborilgan vijdon, deb ataluvchi sof nur- vijdonimiz bor. Vijdon bizning qalblarimizni hamisha yuvib, tozalab turajak. Shuning uchun, УO, inonuvchilar! Agar siz Rabbingizdan qo`rqsanglar, U sizga farqlarni ko`rsatadiФ(8:29)-deb xitob etadi Ollohu subhona taolo.

 

Sufiy Muhammad ibn Abdu Jabirning ko`rsatishicha, Olloh bandalariga: УSening qalbingda Mening vakilim va sening maslahatching bo`la turib, yana nega mendan xafa bo`lasanФ-deb ko`rsatma beradi.

 

Vijdon Ц mustahkam haqiqat va maТnaviy donishmandlikdir. Qotillik hech qachon ezgulik bo`la olmaydi. Xuddi shunga o`xshash o`g`irlik, yolg`on, zo`ravonlik, zinokorlik, so`kishishlar, uyatsizlik(behayolik), ikkiyuzlamachilik, qo`pollik, rahmsizlik, sotqinlik kabi illatlar ham maТnaviyatga qarama qarshi xislatlar bo`lib, ular Olloh taolo dini butun er yuziga to`la hukmron bo`lmaguncha shundayligicha qolaveradi.

 

Shuningdek, muhabbat, mehribonlik, haqiqat, mehr-shafqat, kechirimli bo`lish, yaxshilik, mardlik xislatlari ham hech qachon maТnaviyatsizlik belgigisiga aylanib qolmaydi. Agar koinot va er yuzi vayron bo`lib, Er sharida aqlu-farosat butunlay yo`qotilsagina bunday hol, sodir bo`lishi mumkin. Inshoolloh, bunday falokat er yuzida sodir bo`lmaydi, bunday hol hech zamon yuz bermaydi. Alloh subhonu taolo O`zi qo`rqlovchidir.

 

Haj marosimlari butparastlikka kiradimi?

Suhbardoshim, qo`llarini bir-biriga ishqalab, ig`vokorona iljayib, tishlarini g`ijillatib, misoli so`nggi hal quluvchi zarbaga tayyorlanayotgan bokschi kabi ko`zlaridan olov chiqarib, menga gapira boshladi:

- Haj marosimlari, butparastlikning, sanamlarga sig`inishning o`zginasi emasmi? MaТlumki, KaТba toshdan yasalgan quruq bir bino, xolos. U binoga suykanish, uning atrofida aylanish, toshlar otish, Safa va Marva tog`lari o`rtalig`ida yurishlar, qora toshni o`pish(tavob qilish), etti marta aylanma tarixi, etti toshlar, etti marta yurish-bu hammasi sirli УettiФ raqamiga sig`inish, yaТni qadimgi xalqlar qo`llagan bidТatlarning ayni o`zginasi-ku, axir. Hojilarning kiyadigan oq kyimlari ham o`shalar jumlasiga kiradi. Bordiyu, diniy nafsoniyatingga tegayotgan bo`lsam, sendan uzr so`rayman. Ammo fanda, ilmiy tadqiqotlar borasida xafa bo`lishga o`rin bo`lmasligi kerak, deb meni biroz kuzatgan holda sekin u so`zini tugatdi va nihoyat u o`z so`zi davomida ichiga yig`ilib qolgan nafasini chiqarib ozgina engillashganday bo`ldi.

 

Bu masalada javobim nisbatan tayyor bo`lganligi sababli men ham hech gapni sezmaganday sekin so`zlay boshladim:

-Kichik mavjudotlar kattalari atrofida aylanma harakatda bo`ladilar, degan xulosa eng avval materialistik nazariyaga tegishli shekilli yoki bu noto`g`rimi? Qarang, elektron yadro atrofida, oy Quyosh atrofida, quyosh galaktika, galaktika yana boshqa o`zidan buyuk galaktika atrofida aylanadilar va h.k. Bu jarayon davom etib to eng katta, eng buyuk, mutlaq katta galaktikaga ketaveradi. Bizning tasavvurimizda bu jarayon cheksizdir. Ana o`sha eng buyuk, mutlaq katta galaktika - bu Ollohu subhonu taolodir. Bilasanmi, shuning uchun biz doim, УOllohu AkbarФ-deymiz. Buning lug`oviy maТnosi, УOlloh buyukdirФ bo`ladi. Ollohdan buyuk hech narsa yo`q va bo`lishi mumkin emas. Demak, fan ham tasdiqlayotgani kabi hamma jonli va jonsiz(inson tasavvurida) narsalar Uning atrofida aylanmoqlari lozim va haqiqatan ham ular Uning atrofida aylanib turadilar. Darhaqiqat, bu qonuniyatga ko`ra, sen ham quyosh sistemasining elementi sifatida beixtiyor Uning atrofida aylanaverasan. Bu ham mutlaqo sening xohishingga, xulosalaringga bog`liq bo`lmaydi.

 

Butun Borliq, butun Koinotda, harakatsiz, doimiy qimirlamas hech narsa yo`qdir. Faqat Yaratganning O`zi-Olloh qimirlamas, faqat U Abadiy, Qimirlamas, qolgan barchasi Uning atrofida doim uzluksiz aylanadilar. Sen yaxshigina o`zlashtirgan fizika fanining barcha katta-yu-kichik qonunlari buni tasdiqlaydi.

 

Biz esa, o`z ixtiyorimiz ila УOlloh uyiФ atrofida aylanamiz. Bu uy Ollohga sig`inish uchun odamzoti tomonidan tanlangan eng ilk, ibtidoiy bino, u uzoq zamonlardan boshlab Ollohga sig`inadigan joyning timsoliga, УOlloh uyiФga aylanib qoldi.

 

Sizlar, kommunistalar Moskva Kremlida yotgan quruq jasad arofidan aylanmaysilarmi? Siz uni ko`klarga ko`tarib, butun insoniyatga u yorug`lik, keltirdi, deb tasdiqlaysilar. SSSR-da hatto elektr yorug`i beradigan chiroqlar ham uning ismi bilan yuritilardi. Agar Shekspir qabri qaerdagiligini bilsanglar u erga ham yugurib borib, uning go`riga sig`ingan bo`lardinglar. Toshlardan yasalgan va bezatilgan haykalchalarni nomaТlum askarlar(soldatlar) simvoli hisoblab, ularga gulchambarlar qo`yadiganlar, silar emasmi?а

а

Nima uchun u holda bizning timsoliy harakatlarimizga taТna toshini otasiz. Ha, biz buyuk Payg`ambarimiz(Unga Ollohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin) muborak qabrlarini ziyorat qilamiz, timsoliy(simvolik) toshlar otamiz, KaТaba atrofini aylanamiz, Safa va Marva tepaliklari orasida yurishlar bajaramiz. Ammo ularning barchasi u erlarga, qabrga sig`inish emas, balki u joylargaа izzat-hurmat, timsoliy marosimlar o`tkazamiz. Ulug` avlodlarimiz yurgan erlarni qayta eslaymiz, ular bajargan marosimlarni takrorlaymiz.

 

Biz tug`ilgandan to o`lganimizga qadar turli xil yumushlar, tashvishlar bilan band emasmizmi?а Biz o`lgandan so`ng bolalarimiz ham xuddi shunday yangidan o`z tashvishlarini boshlashadi. Ana shu Safadan boshlangan simvolik sayohat, jimlik(sokinlik) yoki tugash-antiborliqdir; Marvagacha esa, hayot va borliqniа anglatadigan harakatdir. Falsafa mana shu: tugashdan(antiborliqdan), boshlanishga, so`ngra takror borliqdan antiborliqqa takrorlanaveradi. Butun yaratilganlar ana shunday mayatnik harakatidadirlar.

 

Bulardan so`ng sen, haj marosimlarida dunyo harakatidagi sirlarning chuqur simvolik bayoni bor, deb hisoblamaysanmi?

 

Endi sen masxara qilayotgan УettiФ soniga kelsak, bunga javob juda qulaydir. Bu erda ham avval atrofimizga boqaylik, kundalik turmushimizda va boshqa hollarda etti soni bilan bog`li narsalarni bir kuzataylik-chi, nimalarni ko`rarkanmiz. Qarang, masalan, muzikada(do, re, mi, fa, sol, lya, si) ettita nota bor. Ettinchisi, УsiФ-dan so`ng ular yana takrorlanadilar.а Shunga o`xshash yorug`lik nurida etti spektr bo`lib, elektronlar yadro atrofida ettita doira shaklda joylashgan. Odamzot hamlasi etti oydan so`ng to`la rivojlanish darajasiga etadi. Shu sababdan etti oylik chala tug`ilgan chaqaloq yashab ketadi. Ammo etti oydan ilgari dunyoga kelgan odam bolasi mutlaqo yashay olmaydi. Er yuzining barcha burchaklarida hafta etti kundan iboratdir. Biroq bu haqda hech qachon, hech kim o`zaro kelishuv yoki shartnoma imzolanmagan. Ana shularning hammasi nimalarnidir bildirmaydimi? Yoki bularning barchasi nuqul tasodiflarmi?

 

Sen og`ayni, qadrdon kishingdan kelgan xatni o`pib, tavob qilmaysanmi? Ha, shunday qilasan. Bu butparastlik emasmi? U holda nega tosh o`pasiz, deb bizga taТna qilasan? Makkayu- Mukaramadagi u mubarak toshni Payg`ambar afandimiz(Unga Ollohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin) o`z kiyimlarida olib kelganlar va uni tavob qilganlar. Nima uchun biz ham shunday qilmasligimiz kerak? Bu marosimlarda hech qanaqa butparastlik elementlari yo`q. Biz toshni o`psak-da, tavob qilsak-da, biz toshga sig`inmaymiz. Bizning harakatimizda hech qanaqa toshga sig`inish va uning qudratiga ishonish alomati yo`qdir. Haj marosimlarida buyuk, qutlug` zotni xotirlash, eslash, unga chuqur izzat-hurmatni ifodalashga qaratilgan bir timcol(cimvol) bordir, xolos.

 

Haj marosimlarida, haqiqatan aqliy kuzatishni kengaytiradigan, Ollohdan qo`rquv hisini qalbda qayta tiklaydigan, jonlantiradigan moslanishlar, usullar mavjuddir. Yolong`och tanaga(badanga) kiyiladigan ikki bo`lak matoga kelsak, bu dunyoga yurgakda keluvding, bir parcha kafanda ketishingni anglatadigan timcol bo`lib, Parvardigori Olam huzurida barcha barabardir, degan bir holatni ifodalaydi. Bilasanki, bizda to`y va boshqa xil marosimlarda kiyiladigan ko`p qimmat baho kiyimlar bor va ular xilma-xildir. Ammo Olloh huzurida, Uning buyukligi oldida qimmat baho kiyimlar kiyish va turli xil bezanishlardan voz kechish va Unga bo`yin egishni namoyish etishning o`zi eng aТlo xususiyatdir, undan o`zgasi ortiqchadir. Bundan tashqari haj kiyimi oddiygina bo`lib, uni hamma kiya oladi, barchaning bu kiyimni kiyishga qurbi etadi. Bu kiyimda o`ta mulkdor ham, kambag`al ham, magaraj-u, beduin, gado-yu, millioner ham, barcha baravar. Ha, bu kiyim Olloh huzurida barchaning bir xil ekanligini ko`rsatadigan yana bir belgidir. Kishilarning hech biri bu dunyodagi tutgan o`rni, mulkiga qarab ajratilmaydi.

 

Hajni butun musulmonlarning har yili bo`lib turadigan buyuk bir yig`ilishi, konferensiyasi, desa bo`ladi. Juma kuni o`qiladigan jamoa namozlari ham aslida kichik ko`rinishdagi hajni eslatadi.

 

Bularning barchasi fikr-mulohazali kishi uchun butlarga sig`inish emasligi ochiq Цoydin ko`rinib turibdi.

 

 

Agar sen men bilan birga bo`lib, Arafat tog`ida, u erdagi hajga kelgan kishilarni ko`rganingda edi, millionlab iymonli kishilarning УOllohu AkbarФ, deyishlarini, QurТoni Karimni mutolaa qilishlarini, yig`lab-yig`lab Ollohga etgan iltijolarini, Ollohga mehr-muhabbati natijasida ularning erib ketishlarini ko`rganngda edi, sen ham so`zsiz ularga qo`shilib, baqirib yig`lab yuborganingni bilmay qolgan bo`larding. U millionlab kishilar ichiga singib ketib, Butun olamlarning kaliti qo`lida bo`lgan Janoblarning Janobi - Buyuk Ollohga odamlarning bu dunyodayoq yaqinlashganlarini, Unga sajdalarini o`z tanangda sezgan bo` larding.

 

Nima uchun QurТoni Karim Muhammad (Unga Allohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin) tomonidan ijod etilgan kitob bo`lmasin?

Mening suhbatdoshim davom etardi:

- Men sening QurТonga bo`lgan hurmatingni bilaman, u qimmatli kitob, albatta. Shu sababdan seni xafa qilmaslikka harakat qilaman. Lekin nima sababdan QurТonni Muhammad(s.a.v.) o`zi ijod etgan, deb bo`lmaydi? Muhammaddek(s.a.v.) qobiliyatli kishilar QurТonga o`xshash kitoblarni yaratishi mumkin-ku. QurТonni Olloh yubordi(nozil qildi), deyishdan ko`ra, uni Muhammadning(s.a.v.) ijodi, deyilsa ko`proq mantiqqa mos bo`lardi. Men Ollohning osmondan biror narsa tashlaganini ko`rmadim va bilmayman. Olloh, osmondan Jabrail ismli malaikoniа payg`ambarlarning birortasiga kitob topshirish uchun yubordi, degan gapga bugun biz yashayotgan zamonda birorta kishini ishontirish juda qiyin.

 

Men ham unga tezda javob qaytarib, dedimki:

- Ammo biz shunday bir asrda yashamoqdamizki, bu asrda aynan o`sha malaikolarning kishilarga karomatlar uzatadigan ko`zga ko`rinmas qudratlari mavjudligini isbot etish ham juda engillashdi. Chunki hozir er yuzida hayratomuz hodisalar ham ko`payib bormoqda. O`zi uchar likopchalar(O`UL-NLO) deysizmi, ulkan uchuvchi likopchalarmi, o`zga planetalardan bizgacha etib kelayotgan har xil jismlar deysizmi va hakoza kabi shov-shuvlar bilan bugun dunyo to`lib toshgan. Masalan, aniq chastotada efir orqali torqatilayotgan radio to`lqinlari-chi? Havo orqali turli xil tasvirlar tarqatilmoqda va ular apparatlarda maqsadga muvofiq o`lchamlarda ko`rsatilmoqda. Fotokameralar, qorong`uda ko`ruvchi kishilar, oy yuziga inson qadamini qo`yishi va h. k. ham mo`Тjizalarning, qudratli kuchning mavjudligini tasdiqlovchi faktorlarga aylanib qolayapti.. Shunday ekan, Olloh malaikolaridan birini o`z Payg`ambari-rasuliga yoborishi va uning zarur biror maТlumotni yoki qandaydir xabarni unga etkazishi hech qanday hayron qolarli hol emas. Haqiqatan, Jabrail ismli malaikoning mavjudligi, kichkina bir jumboq, yuqorida taТkidlanganidek Olamda har kuni sodir bo`lib turgan jumboqlar undan ko`p ahamiyatli va sirliroqdir. а

 

QurТoni karimni Muhammad alayhis-salom(Unga Allohning marhamati va rahmatlari bo`lsin) ijod etmaganligini ko`rsatmoq uchun u muqaddas kitobning o`ziga murojaat etmoq lozim. U kitob shunday bir o`ziga xos janr va ifodali tilda yozilganki, uni bir kishi ijodi, deb hukm qilish mumkin emas. Undagi chuqur fikrlar, sirlar, ifodalash tilining go`zalligi, metaforasi, lingvistik nafisligi, stilning chiroyliligi u kitob inson tomonidan ijod etilmaganligini ko`rsatadi. Uning ustiga Payg`ambarning (unga Ollohning rahmatlari yog`ilgan bo`lsin) savodi chiqmaganligini, uningа o`qish, yozishni bilmaganligini, hech qachon birorta sivilizatsiayali jamiyatda bo`lmaganligini, Arab yarim orolidan tashqariga chiqmaganligini hisobga olinsa QurТoni Karimday murakkab kitobni u yoza olmasligi yana ham oydinlashadi. Olloh, QurТoni Karimni undan emas, deyuvchilarga ayt, deb buyuradi: УAyting: УAgar silar haq bo`lsanglar, Ollohdan o`zga kuchingiz etgan barcha butlar-u va unda kimni xohlasangiz o`shani yordamga chaqiringlarda QurТon suralariga o`xshash birgina sura keltirnglar-chi!Ф(10:38). Bu erda, kimdan xohlasang o`shandan, jinlardan, malaikolardan, mutafakir-u, olimlardan, dohilar-u, donishmandlardan yordam ol, so`ra, ana ularning ko`magida QurТoni Karim suralariga o`xshash sheТrlar tuzib ko`ringlar-chi, deyilmoqda. Bu chaqiriq, bu daТvat bugun ham o`z ahamiyatini, mantiqini yo`qotgani yo`q. Istagan shavvozlar bugungi zamonimizda, bugun ham urinib ko`rishlari mumkin. Biroq hanuz hech kim bunday sheТr bita olmadi, bita olishmaydilar ham.а

 

Shunday qilib, biz QurТoni Karim obТektivligiga qarasak, uni Muhammad (Unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) yoki biror boshqa inson zoti ijod etmagani maТlum bo`ladi. Bordi-yu, bu kitob odamzot (masalan, Muhammad alayhis-salom) ijodiy mahsuloti bo`lsa edi, birinchidan, unda uning o`z shaxsiy xususiyatlari, kechmishlari, musibati-u, quvonchlari izini qoldirgan bo`lardi. Bizga maТlumki, Payg`ambar afandimiz bir yilda sevimli xotinini, jonajon amakisini birdaniga yo`qotish kabi musibatlarni boshdan o`tkazdi. Ularning har ikkalsi ham uning eng ishongan do`stlari, suyanchlari, uning g`oyasi, haqiqiy din targ`ibotchilari edilar. Ulardan o`zga uning hayotda hech kimi, hech qanday suyanchi, yaqindan turib qo`llovchisi mutlaqo yo`q edi. Ularni yo`qotish Payg`ambar hazratlari uchun nihoyatda og`ir va katta, chuqur musibat edi. Shunga qaramasdan QurТoni Karimda bu voqealar haqida birorta ishora ham uchratmaymiz. Shuningdek, Payg`ambar hazratlariga Ibrohim ismi o`g`lining o`limi ham ko`p qayg`u keltirgandi. Ammo bu haqda ham QurТoni Karimda birorta ham so`z aytilmaydi. QurТoni Karim butun insoniyat uchun yaratilgan. Shuning uchun ham u Muhammad alayhis-salom hazratlari yashash tarzidan holi kitobdir.

 

Bundan tashqari QurТoni Karimda Payg`ambar hazratlariga pandu-nasihat qiluvchi, uning baТzi hadi-harakatlari va qilmishlari uchun tanbeh beruvchi oyatlar ham kelib turgan. Hatto QurТoni Karimda Payg`ambarga nisbatan baТzi taТnalar uchraydi. Masalan, Payg`ambar hazratlarining ko`zi nogiron kishiga munosabati holini bir eslang. Bu haqda Olloh Qurayishlilarga murojaat etib, УU(payg`ambar alayhis-salom) o`zining oldiga ko`zi ojiz kishi kelgani uchun qosh chimirdi va (undan) yuz o`girdi(qaytib ketdi). (Ey Muhammad) siz qaerdan bilasiz, ehtimol u poklanardi. Yoki pandu-nasihat olardi-da va so`ng bu pand-nasihat unga yordam etardiФ(80:1-4)-deydi.

 

BaТzan QurТoni Karimda Payg`ambar hazratlariga tanbeh beriladi: УBiron payg`ambar uchun to erda g`olib bo`lmagunicha, asir olish joiz emas edi. (Ey mo`minlar), sizlar dunyo narsalarini istamoqdasiz. Olloh esa oxirat(neТmatlari sizlarniki bo`lishi)ni istaydi. Olloh qudratli, hikmatlidir. Agar Ollohning hukmi azaliyda yozib qo`yilmaganda edi, albatta sizlarga tovon olganlaring sababli ulug` azob etgan bo`lardiФ(8:67-68).

 

BaТzida esa, QurТoni Karim Muhammadga(Unga Ollohning shafqatu-rahmatlari bo`lsin) shunday ko`rsatmalar beradiki, hech bir muallif hech bir zamon o`ziga-o`zi bunday deya olmagan bo`lardi. Masalan, УAyting: УMen payg`ambarlar yangi-birinchisi emasman. Men (kelajakda) na o`zimga va na sizlarga nimalar qilinishini bilmasman(yaТni g`aybdan xabardor emasman)Ф(46:9)-deyiladi QurТoni Karimda. O`zini Ollohning rasuli hisoblagan kishi o`z ixtiyori bilan o`ziga va ummatlariga nimalar bo`lishligini bilmayman, deb shunchalar ochiqdan-ochiq aytishi mumkinmi? Bunday bayonotlar unga ergashuvchilarni undan bezdirgan, uning o`ziga ishonsizlik uyg`otgan bo`lardi, albatta. Ko`rinayaptiki, Olloh oldida payg`ambar ham bir bandadir, Ollohning qulidir, xolos.

 

Yahudiylar, QurТoniy Karimning aynan shu eridan foydalanishga urinishadilar. Ular: УO`zi va biz bilan nima qilinishini bilmaydigan payg`ambardan hech qanday foyda yo`q. U ham hammamiz kabi o`zgalarga foydasi tegmaydigan bir odamФ, deb asoslashga urinishadi. Ko`rayapsanmi, kitobni o`zi ijod etgan kishi hech zamon bunaqa oyatlarni tuzmagan bo`lardi. Ikkinchidan, QurТoni Karim matnini sinchiklab o`rgansak, unda fikrlarning yangiligini, oyatlarning musiqiy ifodalanishini, tilning keng ifodaligini, metaforaning boyligini, so`zlarning chuqur maТnoligini kuzatamiz. Bunaqa go`zal bir ijodiy mahsulaot arab adabiyotida Islomgacha va undan so`ng ham uchramaydi. Hozir esa arab tili poetik, prozaik va QurТoni Karim tili kabiа uchta ko`rinish olgan. Shunday qilib, QurТoni Karim tili arab tilining poetik va prozaik ko`rinishidan juda farq qiladi. Har bir tildagi qo`shiqlarning musiqiyligi, ritm(vazn), qofiya, o`lcham va boshqalarga boliq bir holdir. QurТoni Karimning musiqiyligi esa, qofiyalarga bog`liq emas, musiqiylik kitobning o`ziga, uning asosiga joylashtirilgan, ichki bir alohida musiqiylikdir. Bu erda misollar keltirib o`tirishning hojati yo`q. Chunki arab tilini chuqur bilmagan kishi ularni tushunmaydi.а

 

QurТoni Karim oyatlari bir xil ohangda yangiramaydi. Masalan, so`z hafv-xatar ustida ketayotgan bo`lsa, oyatlardagi tovushlar tog`dan nurab tushayotgan toshlarning yoki temirni kesishdagi tovushni eslatib, quloqni qoqib turadi. Mana masalan, bir oyatda: УDarvoqe Biz ularning ustiga nahs kunida bir dashatli bo`ron yubordikki, u odamlarni go`yoki ular sug`urib olingan xurmo(daraxti)ning tanalaridek yulib-uchirib keturФ(54:19-20)-deyiladi. Tarjimada, yaТni o`zbek/rus so`zlari bilan arab so`zlarining ohangini, musiqiy ovozini ifodalash o`ta qiyin va amalga oshirib bo`lmaydigan bir yumushdir. Ammo misol shaklida keltirilgan oyatda qo`llanilgan, Уsor-sorФ-ga o`xshash so`zlar g`uvullash maТnosini, УmunkТarФ esa, ag`darib tashlash mazmunini anglatadi. Bu so`zlar arabcha ohangda ancha qo`pol eshitilib, xuddi toshlar ag`darilib tushayotganday quloqni qoqib oladi, yaТni quloqni o`yib turadi.

 

Tabiiy falokatlar haqida gap ketganda, masalan, butun olam toshqini haqidagi fikrlar qisqa, kesilib, telegrafdan berilayotgan xabarlarga o`xshab chiqadi. Masalan, mana bu oyatdagi kabi: УAytilgan edi: УEy er, suvingni yutgil; ey samo o`zingni tutgil! Va suvlar ketdi va karomat sodir bo`ldiФ (11:44)-kabi jaranglaydi.

 

Bularning barchasi jumlalar tuzishdagi, ularda so`zlarni joylashtirish, so`z va iboralar tanlashdagi o`ta ustalikni, buyuk darajada mohirlikni ko`rsatadi. Tilning yorqin va keng ifodaligi, so`zlarning engil va qiynalmasdan aytilishi, poetik ifoda QurТoni Karimda eng yuqori darajada mukammal ko`rinishga ko`tarilgan.

 

Agar QurТoni Karim yana-yana chuquroq tahlil qilinsa, undagi fikrlarning mislsiz nozik tanlanganligini, uslubu-didning nafsligi, kompozitsiyalarning tengsizligi, boy metaforizmi takror-takror namayon bo`laveradi.а Bu muqaddas kitobda har bir so`z aynan o`z o`rnida turganini ko`rasiz. Butun kitob bo`ylab birorta so`zni o`z o`rnidan boshqa erga o`tkazib yoki uni boshqa biror ekvivalenti bilan almashtirib bo`lmaydi. Har bir so`z millionlab so`zlar ichidan sinchiklab tekshirilib va chuqur o`ylab tanlangan. Bu erda oddiy muomalada juda kam uchraydigan nihoyatda nafs til iboralari ishlatilgan. Bunday uslub, bunday poeziya insoniyat madaniy tarixida uchramaydi. УBiz hosildor shamollar yubordik, osmondan suv(yomg`ir) yog`dirib, sizlarni u bilan sug`ordikФ(15:22)-deb keladi QurТoni karimda. Ilgarilari bir muncha boshqa maТnoda, yaТni shamollar bulutlarni havoga ko`taradi va biror yo`nalishga haydaydi, bulutlardan tushgan yomg`ir erni sug`oradi, uni hosildor etadi, deb tushuntirilardi va shunday qabul qilingandi. Bugun esa, hodisaning aynan QurТoni Karimda ko`rsatilganday sodir bo`lishi aniqlangan. Shamollar bulutlarni musbat magnit qutblaridan haydashi bugun fanga maТlum boТldi. Musbat qutbdan haydalgan bulutlar manfiy magnit qutbiga borib u erdagi bulutlar bilan uchrashadi, undan chaqmoqlar va yomg`irlar vujudga keladi. Bu to`la maТnoda aloqa-munosabat so`zining o`zginasidir. Shamollar qarama-qarshi jinsli gul changlarini gullardan gullarga keltirib, haqiqiy maТnoda ularni hosildor etadi.

 

Shunday qilib, oyatda aytilgan Уhosildor shamolФ iborasi to`g`ridan - to`g`ri ham, ko`chirma maТnoda ham erida ishlatilganligi ilmiy jihatdan ham to`g`ri kelib turibdi.

 

Boshqa oyatlarda ham so`zlar va jumlalar tanlashda mahoratning, ustalikning yuqori darajasini kuzatamiz. Masalan, УMulklaringni o`rtada nohaq bo`lmanglar, so`ngra uni qoziga tushirasilar, birovning mulkini o`zlashtirish jinoyat, buni yaxshi bilasilarФ(2:188). Bu erda, УberasilarФ yoki УuzatasilarФ emas, aynan УtushirasilarФ, deyilmoqda. Chunki УtushirilmoqФ, demak, u mulk pastga tushadi; uni ko`radigan va undan olishi mumkin bo`lgan hakam(sud, sudya) mansabi yuqori bo`lsa-da, uning qilimishi, pora olishi, pora oladigan qo`li past. Shuning uchun o`zaro nohaq bo`linish natijasida mulkning bir qismi o`sha pastkashga tushadi. Hakamning qo`li past bo`lganidan uning qilimishi va o`zi pastkashdir. QurТoni Karim haqiqatan fikrlarni silliqlaydi, nozik tahrirdan o`takazadi. O`sha pora oladigan qo`l chindan hampastkash qo`l. Ana shundan o`xshashi yo`q pastkashlik tarzi (obrazi) iborasi tug`iladi. Asl maТno shuki, pastkashlikda, olchoqlikda, qabihlikda poraxo`rga teng hech bir jinoyat yo`qdir. а

 

Urushga daТvat etilgan bir oyatda, УNima sababdan silar УOlloh yo`lida urushga otlaninglarФ-deyilganda o`zlaringni charchaganlikka soldinglar, erga yotib oldinglarФ(9:38)-deyiladi. Bu erda QurТoni karim УtassakТaltumФ (sekinlatmoq) so`zi o`rnida УassakТaltumФ so`zini, yaТni Уcharchab, tolib erga yotishФ-ni ishlatadi. Chunki ikkinchi so`zda harflar bir-biri bilan qo`shilib ketib, bukilgan holda yoziladi. Shu sababdan bu so`zа qo`rqoqlarni ifodalash uchun, ularning qo`rquvdan pastga yiqilib, o`zlarini erga tashlashlarini tasvirlash uchun qo`llanilmoqda. Bukik harflar o`sha qo`rqoqlarning qamotlariga mos tanlanmoqda. Kambag`allik va nochorlikdan farzandlaridan voz kechmoqchi bo`lgan ota-onalarga ham ikki xil ko`rinishda oyat nozil bo`lgan. Ularning birida, УKambag`al bo`lganlaring uchun bolalaringni o`ldirmanglar, biz sizni ham, ularni ham boqamizФ(6:15)-deyilsa, ikkinchi oyatda, У(Ey insonlar) bolalaringizni yo`qchilikdan qo`rqib o`ldirmangizlar Ц ularga ham, sizlarga ham Biz o`zimiz rizq berurmiz"Ф17:31)-deyiladi. Bu ikki oyatda ham Уbolalaringni o`ldirmanglarФ, deyilayotgan bo`lsa-da, ular bir-biridan juda farq qiladi. Chunki bu oyatlarning birinchisi hozir, shu zamonda eyishga hech vaqosi yo`q kambag`allarga qaratilgan. Shu sababdan Muqaddas kitobda avval УSizni hamФ, deyilmoqda, chunki ota-onalarda hech narsa yo`q; so`ngra Уularni hamФ (farzandlarni ham), deyilmoqdaki, bu bilan farzandlar ham och qolmasligi vaТda qilinmoqda. Ikkinchi oyat esa, butunlay boshqa holatga bog`ishlangan. Bu holda ota-onalarning hozir, shu fursatda eb-ichadigan qurbi bor, ammo bolalar ko`paysa, yaТni yana farzandlar tug`ilsa, ularni boqa olmaymiz, deb qo`rqishadi. Shuning uchun bu oyatda avval Уularga beramizФ, deb farzandlar tug`ilsa, qo`rqmanglar, biz ularga keragini, ularning rizqini beramiz, sizning ulushingiz, qo`lingizdagi kamayib qolmaydi, deyilmoqda. Bunaqa darajada aniqlik, ziyraklik bilan tasvir etish insonlar tarafidan ijod etilgan kitoblarda uchramaydi.

 

Ibora, ifoda va jumlalardagi so`zlarning oldinga yoki orqaga harakat(siljish)lari ham aniq bir maqsadga mos bajariladi. QurТoni Karimda bayon etiladigan voqealar, ular hayotda qanday tartibda sodir bo`lsa, xuddi o`shanday tartibda keltiriladi. Masalan, oilaga oid joylarda erkak avval ko`rsatiladi. Chunki oilada erkak oilaning suyanchi, oilani boquvchi va uni qo`rqlovchidir. Shu sababdan oilaga bog`ishlangan oyatlarda doim erkak oldin tilga olinadi. Zina(nigohni noqonuniy buzish, o`ynash tutish) haqidagi oyatda esa, ayol avval ko`rsatiladi. Chunki bunday voqealarda ayolda ayb ko`proq hisoblanadi. Odatda ayollar o`z engiltakliklari, noo`rin haddi-harakatlari bilan erkaklarni o`zlariga jalb qiladilar. Shuning uchun bunaqa voqealarga bog`ishlangan oyatlarda ayollar avval keladi.

 

УZinakor ayol va erkak Цulardan har birini yuz durradan uringlarФ(24:2). УO`g`ri erkak va o`g`ri xotinni o`g`rilik qilganlari uchun barmoqlarini kesish bilan jazolanglarФ(5:42).

 

Eshitish va ko`rish haqidagi oyatlar ham xuddi shunga o`xshash tartibda bayon qilingan. Har doim eshitish, ko`rishdan oldin keladi. Masalan, QurТoni Karimda eshitish va ko`rish holatlari 16 marta kuzatiladi: У... va sizga eshitish uchun quloq, ko`rish uchun ko`z va yurak(dil) berdiФ(16:78). УBiz ularga quloq, ko`z, yurak berdikФ(42:25). УUlarni ko`tar va ularga ko`rsatФ(19:39). УEshitish, ko`rish, yurakning har biri uchun so`ralishi haqФ(17:8). УYashirinsangiz qulog`ingiz, ko`zlaringiz guvohlik bermaydigan shaklda yashiriningФ(41:21). УUning o`xshashi yo`q, U Ц eshituvchi, ko`ruvchiФ(42:9).

 

Keltirilgan oyatlarning barchasida eshitish ko`rishdan ilgari kelmoqda. Chunki haqiqatan ham eshitish ko`rishdan o`tkirroq, tezroq, to`laroq, mukammalroqdir. Biz jinlar haqida ko`p eshitganmiz, ammo ularni ko`rmadik. Payg`ambarlar Olloh bilan so`zlashdilar, lekin uni ko`rmadilar. Muhammad alayhis-salom(Unga Ollohning rahmatlari yog`ilsin) QurТoni Karimni faqat eshitish orqali qabul qildi. Ona o`z bolasini, boshqa bir to`da bolalar ichida bo`lganda uning ovozidan tez ajratadi, ko`pchilik orasidagi bolaning yuzini tezda ilg`ab olishi-ko`rishi esa,а ancha qiyinligi aniq. Odam uxlaganda ham eshitish qobiliyati yopilmaydi. Quloq va ko`z anatomiyasini o`rganganlar yaxshi bilishadiki, quloq tuzilishi ko`z tuzilishiga nisbatan ancha nozik va sezuvchanroqdir.

 

Farzandlardan avval mulkning ko`rsatilishi ham aynan shu falsafaga qurilgan. У U kunda Olloh huzuriga buzilmagan, toza qalb bilan kelishdan o`zga hech narsa, mulklari va o`g`illari (bolalari) foyda bermasФ(26:88-89). УSizlarning mol-mulklaringiz va bola-chaqalaringiz faqat bir fitna-imtihondir, xolos. Ulug` ajr-mukofot esa yolg`iz Ollohning huzuridadirФ(64:15). У... Olloh huzurida mulk ham, farzandlar ham hech qanday foyda keltira olmaydi: ular faqat o`t bilan do`stlashadilar, ular u erda abadiy qoladilar.Ф(3:12). УUlar Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalarni o`zlari uchun yaxshiliklar, deb o`ylamaydilarmi? Yo`q, Ular (buni g`aflatlari yanada ziyoda bo`lishi uchunа qilinayotganini) sezmaydilarФ(23:55-56). УBas, ularning mulki va bolalari sizni qiziqtirmasin! Olloh o`sha mulk va bolalar sababli ularni bu-hayotiy dunyoda jazolaydiФ(9:55). УBu yorug` dunyodagi hayot, yolg`onchi, o`tkinchi hayotligi, o`zaro kirdi-chiqdi, bir-birlaridan farq qilishga harakat qiladigan, boyligi, mulkining, bolalarining ko`pligi bilan ajralib turishga intiluvchi turmush ekanligini bilasizmi? Bular barchasi yomg`irdan so`ng pitirlab chiqadigan ko`ziqorinlarga o`xshab, faqat ular Ollohga ishonmovchilarni asir qiladiФ(57:19).

 

Shunga o`xshash misollarni QurТoni Karimda juda ko`p uchratish mumkin. Bu oyatlardagi sirlar shundaki, ko`pgina kishilar farzandlaridan ham molu-mulkini yuqori qo`yadilar, yaxshi ko`radilar. QurТoni Karimda keltirilgan ibora, ifodalarning grammatik tuzilishida ham ko`pgina sirli maТnolar yashiringan. Masalan, mana bu oyatda, ФAgar iymonli ikkita xalq bir-biri bilan urushmoqchi bo`lsalar, unda birini boshqasi bilan yarashtirib qo`yingФ(49:9). Bu oyatda avval boshda Уikkita xalqФ, deb yakka-yakka aytilgan bo`lsa, keyin Уurushmoqchi bo`lsalarФ ko`rinishida ko`plikka o`tilmoqda va yana yarashtirishga kelganda Уbirini ikkinchisi bilan yarashtirib qo`yishФ, yaТni faqat ikkita alohida-alohida xalq haqida fikr yuritilayapti. Masala shundaki, u ikki xalq urush boshlashsa, ular qo`shilib ketib ko`pchilik bo`ladi. Shuning uchun o`sha joyda ibora ko`plikda berilayapti. Yarashganda esa, ular ajralib yana ikkita alohida guruh bo`lib birlik shaklini oladi. Shu sababdan jumlaning ikkinchi qismida fikr ikkita xalqga qorata aytiladi. Shuning uchun bu oyatda bir ko`plik va yana qaytib ikkilik shaklda ifodalanmoqda. Har bir ko`makchi va bog`lovchilar ham QurТoni Karimda nihoyatda mos joylarda o`z ahamiyatiga qarab ishlatiladi yoki ular ishlatilish o`rinlariga qarab xilma-xil ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir qator oyatlarni kuzatib boqaylik-chi: УSizdan so`raydilar: Уqurbonlikka nima beraylik, qanaqa narsalarimizni qurbon qilaylik?Ф УAyting: mulkingizning eng yaxshisiniФ(2:219); УUlar (Ey Muhammad), sizdan ruh-jon haqida so`raydlar. ФAyting: УRuh-jon yolg`iz Parvardigorim biladigan ishlar(karomat)dandirФ (17:85)Ф; УSizdan oyning yangilanishlari haqida so`rashadi. Ayting: УUlar (oylar) odamlarga vaqtni, haj va bayramlarni belgilashlari uchun xizmat qiladiФ (2:189).а

 

QurТoni Karimda УAytingФ kalimasi tez-tez uchrab turadi. Masalan, bir oyatda o`qiymiz: У(Ey Muhammad), ular tog`lar(qiyomat kunida qanday bo`lishi)а haqida so`raydilar. Bas, ayting: УParvardigorim ularni joylaridan siljitib, (qum kabi) sochib yuboradilarФ(2:105). Bu oyatda esa, УBas aytingФ, deyilayapti, buning sababi shundaki, boshqa savollar ilgari so`ralib bo`lingandi. Tog`lar haqida hali savol berilmagandi. Bu Buyuk Hakamning sirlaridan biri. Shuning uchun endi УBasФ bog`lovchi ishlatilmoqda. Chunki Qiyomatda(oxiratda), yaТni Buyuk Mahkama bo`ladigan Kunda tog`larning kulma-paxun bo`lib uchib ketishi mumkin, albatta. а

УBandalarim sizdan (Ey Muhammad) Men haqimda so`ragan zamon, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo`ylarning duolarini ijobat qilaman. Bas, haq yo`lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (daТvatimga) javob qilsinlar va Menga iymon keltirsinlarФ(2:186)(182). Bu erda УAytingФ kalimasi ishlatilmaydi. Chunki bu oyatda masala bevosita Ollohga tegishli, Olloh o`z nomidan so`zlamoqda. Shu sababli Olloh O`zi uchun O`zi javob qilishga haqli.

 

Suralarda УMenФ va УBizФ olmoshlarning ishlatilishi ham turli xil maТnolarni anglatadi. Masalan, birdaniga bir qancha ilohiy xususiyatlar lozim bo`ladigan harakatlarda, odamning yaratilishi, kitoblar tushirish va ularni saqlashga o`xshash hodisalarda Olloh ko`plikda gapiradi: УAlbatta bu bilimni (yaТni QurТonni) Biz O`zimiz nozil qildik va shubhasiz, O`zimiz uni saqlaguvchimizФ(15:9). У(Ey insonlar), sizlarni Biz O`zimiz yaratdik-ku! Endi sizlarni yana qayta yaratishga(oxiratda) qodir ekanligimizni tasdiq etmaysizlarmi?!Ф(56:57). УSizlar (xotinlaringizning bachadoniga) to`kadigan maniy-urug` haqida hech o`ylab ko`rdinglarmi? Uni sizlar (komil inson qilib) yaraturmisizlar yoki Biz Yaratuvchimizmi?!Ф(56:58-59). УBiz ularni yaratdik va (barcha) aТzolarini mustahkam qildik va xohlagan vaqtimizda (ularni halok qilib, o`rinlariga) o`zlariga o`xshaganlarni almashtirib qo`yurmizФ(76:28).

 

Yuqoridagi oyatlarda qo`llanilgan УBizФ olmoshi odamzotning yaratilishida bir qator ilohiy xususiyatlarning birdaniga birga qo`shilib ishlatilayotganini ifodalaydi.

Olloh va uning bandalaridan birortasi bilan bo`lgan suhbat(so`zlashuv) haqida gap ketganda esa, shaxsiy olmosh ishlatiladi. Masalan, Ollohning Muso alayhis-salom bilan so`zlashuvida: УDarhaqiqat, Men Ollohdirman. Bas, sen Mengagina ibodat qil va Meni zikr qilish uchun namozni to`la-to`kis ado qil!Ф(20:14)-deyilib, faqat shaxsiy УmenФ olmoshi qo`llanilmoqda. Chunki bu erda faqat Ollohning O`zi qatnashmoqda.

 

Biz QurТoni Karim tilining nafisligini chidam(chidash-cabr) haqidagi ikkita oyatda ham uchratamiz. Ularni faqat bittagina harf(artikl) УlФ harfi bir-biridan ajratadi, farqlaydi. УEy o`g`ilcham, namozni to`kis ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o`zingga etgan balolarga sabr (chida) qil. Albatta, mana shu ishlaring maqsadga muvofig`idirФ(31:17). УAlbatta, kim (o`ziga etgan azob-aziyatlarga) sabr qilsa(chidasa) va (intiqom olmay) Olloh uchun kechirib yuborsa, shak-shubhasiz bu ish ishlarning maqsadga muvofig`idirФ(42:43).

 

Birinchi oyatda sabr(chidash) oddiy ifoda talab qilsa, ikkinchi oyatdagi sabr(chidash) chinakamiga sabrli, irodali bo`lishni talab qiladi. Ikkinchi oyatdagi sabr etishni kuchlantirish, odamlarning adolatsizligi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo`lgan ozor-aziyatlar bo`lganligi uchun ham zarurdir. Bu holda haqiqatan ham alohida bir iroda bilan sabr qilmoq zarur. Chunki senga adolatsizlik qilganlarga javob qaytarganingda atrofingni bir muncha tashvishga solishing mumkin. Shu sababdan, atrofni hisobga olib, senga nohaq ozor berganni afv eta olish, jahlga hay berish kabi sabr Ц taqot va chidamga ega bo`lmog`ing zarur. YaТni achig`ni ichga yutish lozimdir. Bu esa, haqiqatan katta iroda va sabr talab etadi. Birinchi oyatdagi sabr (chidam)-bu taqdirga tan berish, taqdir taqozosi ila uchraydigan tashvishlarga chidash, sabr etish haqida bormoqda. Bu albatta, ikkinchi oyatdagidan butunlay farq qiladi.

 

O`sha УlФ harfi boshqa oyatlarda ham xuddi shu maТnoni amalga oshiradi: УSizlar o`zlaringiz ichadigan suv haqida hech o`ylab ko`rdinglarmI? Uni bulutlardan sizlar yog`dirdinglarmi yoki Biz yog`diruvchimizmi?! Agar biz xohlasak, uni sho`r qilib qo`ygan bo`lur edik. Bas, shukur qilmaysizlarmi?!Ф (56:68-70). УSizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida hech o`ylab ko`rdinglarmi? Uni sizlar undirib-o`stirurmishsizlar yoki Biz undirguvchimizmi?! Agar Biz xohlasak, albatta uni quruq cho`p qilib qo`ygan bo`lur edikФ(56:63-65).аа

 

Shunday qilib, bu erda ham birinchi oyatda УBiz xohlasakФ- deyilsa, ikkinchisida, Уbiz xohlasak, albatta ... qo`ygan bo`lur edikФ-deyiladi. Chunki yomg`irning suvini sho`r qilish yoki umuman yomg`ir yog`dirish biror bandasining qo`lidan kelmaydi. Shu sabab birinchi oyatda xohishni kuchaytirishga hojat yo`q. Ikkinchi oyatda ifoda etilgan masalada esa, ekinlarni paymol qilish, ularni yo`qotib tashlashni bajaradigan birorta chiqib qolishi mumkin. Shuning uchun bu erda xohish, harakat kuchaytirilmoqda. Bu kuchaytirish arabchada o`sha УhaqiqatanФ maТnosini beradigan УlФ harfi(artikl) yordamida amalga oshiriladi.

 

Tilning noziklik xususiyati Ibrohim alayhis-salom(unga Allohning rahmatlari bo`lsin) xususiyatlarini taТriflashda o`z ko`rinishini yana namoyish qiladi: УU meni o`ldirur, so`ngra(Qiyomat kunida qayta) tiriltirurФ(26:81). УUning O`zigina meni to`ydirur va qondirurФ(26:79).

 

Masala to`ydirish va qondirish haqida ketayotganda Ollohning УO`ziginaФ, deb taТkidlanmoqda. Chunki bunday vazifani bajarishni daТvo qiluvchilar chiqib qolishi mumkin. Birinchi oyatda, yaТni o`ldirish va qayta tiriltirish masalasida bunday taТkid yo`q, chunki bu yumush Ollohdan o`zga hech kimning qo`lidan kelmaydi.

 

Shu singari tilning latofatini, qulayliklarini kishilarning o`zaro muomalalarida ham ko`plab uchratamiz. Masalan, Olloh musulmonlarga, УBas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman(2:152)-deydi. УEy boni Isroil, sizlarga inТom neТmatimni va sizlarni butun olamda afzal qilgan paytimni eslanglar!Ф(2:47). MaТlumki, yahudiylar hayotiy mayda-chuydalarga moslashgan, manfaatparastlik ruhi kuchli bir xalq. Shu sababli ular Ollohni ham faqat o`z shaxsiy foydalari uchun aniq bir maqsadlariga mos eslaydilar. Musulmonlar esa, aksincha faqat Olloh uchun, Unga cheksiz muhabbatlaridan kelib chiqib , Ollohdan, Unga ibodatdan boshqa hech bir maqsadni, manfaatni ko`zlamasdan Uni eslaydilar.

 

Xuddi shu kabi olimlar va tarbiyachi-o`qituvchilarga qarata, УMulohazalilar, Mendan qo`rqingФ(2:193). У Yonilg`isi odamlar va toshlardan iborat olovdan qo`rqingФ(2:22)-deyiladi. Bu erda mulohazali olimlarga faqat qo`rqing, deyilsa, boshqalarga odamlar-u, toshlar yonayotgan olovdan qo`rqing, deyilayapti.а Chunki baТzi savodi kam chiqqan, fikr Ц mulohazasi past kishilar Ollohning har qanday olovdan qudratli ekanligini yaxshi tushunib etmaydilar. Olimlar esa, masalani yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham Olloh bu ikki guruhga ikki xil murojaat qilmoqda.а

 

Shayton(iblis) ham o`z qasamida, УEndi Sening qudratingga qasamki, albatta ularning hammasini yo`ldan ozdirurmanФ(38:82) kabi so`zlarni ishlatadi. Chunki boshqa hech narsa qila olmasligiga ko`zi etardi. Shuning uchun ham u iblis Ollohning Buyukligiga ont ichib, u ham bandalarni ozdira olish darajasini namoyish qilmoqchi bolayapti. Xohlagan ishonsin, xohlagan ishonmasin Olloh bizning Unga sig`inishimizga muhtoj emas. Parvardigorimiz aytayaptiki, УUlar jahannamda, bular esa jannatda, ammo Men bundan xafa ham, xursand ham bo`lmayman, tashvishlanmayman. Ana shu holat Ibls uchun yakka-yagona tirqish bo`lib qoldi. U shu tirqishdan suqilib kirib, bandalarni Haq yo`ldan ozdirishga, undan adashtirishga, shivir-shivir, mish-mish qilib ularni avrashga harakat qiladi. Shuning uchun Iblis, УSening qudratingga qasamkiФ, deyishga majbur. Chunki ublisning imkoniyatlari juda cheklangan. Iblis(shayton) yana: У... Qasamki, meni yo`ldan ozdirganing sababli mudom Sening to`g`ri yo`ling ustida ularni (odam bolalarini) kutib o`tirurman. So`ngra ularning oldilaridan va ortlaridan, o`ngu-so`llaridan kelib ularni (to`g`ri yo`ldan) ozdirurman va (oqibatda) ularning ko`plarini (bergan neТmatlaringga) shukr qilgan hollarida topmaysanФ(7:16-17)-deb takrorlaydi. Ko`rayapsizmi, Iblis o`z so`zida olamning to`rtala tarafini ham sanaydi. Ammo ustidan(yuqoridan) va tagidan(pastdan), demaydi. Chunki yuqori Ц bu Ollohning buyukligi, past esa, bandasining yaratganga iltijosi, sajdasi, mo`munlik darajasidir. Olloh buyukligi qarshisida mo`minlar egallagan past joyda ularning oldiga tushmoq uchun Iblisga o`rin yo`qdir. а

 

Iymonlilar Ollohga sig`inadigan, Uning jamoliga yaqinlashtiradigan yo`llarni Iblis men sevgan er, deb hisoblaydi. Chunki bu erlar yaxshi, ezgu ishlar yo`li, duolar, zikrlar, namozlar o`qiladigan joylardir. Iblis ana shunday joylarda bo`lib, kishilarni(bandalarni) ozdirishga, ularni to`g`ri yo`ldan chekintirishga urinadi. Namoz o`qish, ibodat qilishlarini to`xtatib qo`yishgan, kayfi-safolar avjga chiqqan, ichkilikbozlik, buzg`unchiliklar bo`layotgan joylarda shaytonning bo`lishi shart emas. Chunki unday joylardagi kishilarni yo`ldan ozdirishga hojat qolmagan. Ular allaqachon to`g`ri yo`ldan, Haq yo`lidan chiqib bo`lishganlar. Ularda, u bandalarda Shaytonga zarur hech vaqo qolmagan. Mulohazali o`g`ri bo`m-bo`sh, hech narsasi yo`q uyning atrofida aylanib, vaqt sarflab yurmaydi.

 

QurТoni Karimda avval afv va undan so`ng jazo keladi. Bosh surada, УMehribon va rahmli Olloh bilanФ-deyiladi va undan so`ngra Уqiyomat kunining egasi- podshohiФ-deb keladi. Olloh O`zini doim xohlasa afv etadi, xohlasa jazolaydigan ko`rinishda xarakterlaydi. Ammo Olloh har qanday holda ham bandalariga o`ta mehribon va shafqatlidir.а

 

Ikkita maxsus hollardan o`zga barcha joylarda afv jazodan ilgari keladi. Biri o`g`irlik qilgani uchun qo`li kesiladigan o`g`ri jazosi haqida gap ketganda, ФU zot O`zi istagan kishisini azoblab, istagan kishisini mag`firat qilishini bilmadingizmi?Ф(5:40)-deyiladi. Chunki o`g`rining qo`lini kesish bu dunyo jazosi bo`lib, bundan so`ng oxiratda afv bordir. Ikkinchisi, yaТni afvdan avval jazo ko`rsatilish holati Qiyomat Kunida, xristianlarning Ollohga sig`inishdan bosh tortganliklari haqida bo`lib, Iso(unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) bilan Olloh o`rtasida suhbatida uchraydi. Masalan, Iso deydi: УAgar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag`firat qilsang, albatta Sen O`zing qudrat va hikmat EgasidirsanФ(5:118).а

 

аIso alayhis-salom, avval УSen mag`firat qilsangФ-demaydi, chunki odob yuzasidan dabdurustdan afv (mag`firat) so`rolmayapti. Chunki xristianlar Olloh huzurida katta gunohkordirlar, ular Unga sajda qilish va iymon ketirishdan bosh tortgan edilar.

 

Kitob tilining moslashuvchiligi, nozik va nafsligi kelgusi zamon, o`tgan zamon ichiga joylashtirilganligi bilan belgilanadi.

 

Qiyomat kunining barcha ko`rinishlari o`tgan zamonda ifodalangan: У... Sur chalingach ... У(18:99), УVa u Kunda osmon yorildi! Chunki (osmon) u Kunda zaif bo`lib qolgandiФ(69:16), УUlar saf tortgan hollarida Parvardigorlaringizga ro`paro` qilindilarФ (18:48).

 

Gap shundaki, hozir dunyoda nimalar mavjud bo`lsa, nima bo`lib o`tgan bo`lsa va bundan keyin nimalar sodir bo`ladigan bo`lsa, bular barchasi Olloh tushunchasida bo`lib o`tgan, sodir etilgan ishlardir. Olloh uchun hech bir sir yo`qdir. U hammasidan pok, tozadir.

 

QurТoni Karimda bir-biriga qarama-qarshi ikki xil zamon (vaqt) haqida fikr uchratamiz. Masalan, УOllohning farmoni (yaТni qiyomat) kelib qoldi. Bas, sizlar (ey mushriklar), uni shoshiltirmay qo`ya qolinglarФ(16:1)

 

Farmon allaqachon bo`ldi, ammo Olloh shoshmoqchi emas, yaТni qiyomat endi keladi, kelgusida sodir bo`ladurgandek ko`rinadi. Aslida masala fikrning qarama-qarshiligida emas, Ollohning O`zida, chunki Uning uchun hamma narsa bo`lib bo`lgan, ammo boshqa tomondan esa, hali vaqt bor, hali zamon yo`q, yaТni insonlar jamiyati bunga tayyor emas. Demak, bu oyatda hech qanaqa qarama-qarshilik yo`q. Haqiqatda, bu fikrning nafisu-noziligi, uning sirliligi, unda o`ziga xos maТno yashiringanligini bildiradi. Bularning barchasi yana bir bor Ollohning qudratini ko`rsatadigan mazmundir.

 

Keltirilgan bu oyatlar QurТoni Karimda uchraydigan uslublarning nozikligi, fikr-mulohazalarning yangiligi, ularningа tandirdan endi uzilgan non kabi lovullab turishi, metaforalarning (istiora) orginalligi, ibora va so`zlarning qatТiy tartib asosida joylashishi kabi xususiyatlarni ko`rsatish uchun ayrim misollar, xolos.

 

Bunday hodisa o`ta qadimiy kitoblarda ham, zamoniy, yangi kitoblarda ham uchramaydi. QurТoni Karim qarashlarining chuqur ilmiyligi haqida, undagi koinot, butun olam haqidagi suralar to`g`risida alohida so`z yuritishga to`g`ri keladi. U sirlarning ayrim qismlari hozir, bizning zamonimizda tajiriba va ularning natijalari Muhammad alayhis-salomga (unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) ham, uning safdoshlari, zamondoshlariga ham maТlum emas edi. Bu alohida boshqa mavzu, albatta.

 

QurТoni karim ijod etilgan bo`lishi mumkin emas.

Men suhbatdoshimga dedim:

- Yaxshisi, ilgargi suhbatlarimizdan ko`ra, QurТoni Karimning ilmiyligi haqida gaplashsak sening ilimiy aqlingga, ko`proq mos kelarmikin, deyman. QurТoni Karim nozil qilingan zamonlarda, yaТni bundan 1300 yil ilgari hozirgi zamon astronomiya fani, atom tuzilishi haqidagi fan, biologiya va anatomiyaga o`xshash fanlar va ularning ilmiy xulosalari kishilarga maТlum emas edi. U zamonlarda fazoviy jismlar, er, yulduzlar, planetalar haqida, dunyoning tuzilishi qonunlari, er yuzida hayotning paydo bo`lishi, odamning yaratilishi, ona qornida hamlaning paydo bo`lishi va uning yorug` dunyoga kelishi(tug`ilishi) haqida ilmiy xulosalarni kishilarga hech kim aytmagan va ayta olmas ham edilar. Ammo ajoyibot, mo`Тjiza shundaki, bugungi ilmiy xulosalar qachonlardir QurТoni Karimda aytilib, yozilib qo`yilganlarni fan yo`li bilan ilmiy jihatdan asoslayaptilar, xolos. а

 

QurТoni Karim bu mavzularga alohida boblar shaklida to`xtalib o`tirmagan, ularni birma-bir sinchiklab ifodalashga katta ahamiyat ham bermagan, albatta. Chunki QurТoni Karim eng avval inonuvchi-iymonlilarga mo`ljallangan. Shu sababdan u diniy kitob hisoblanadi, u yashash(hayotiy) dasturi(programmasi) va qonunlarning (shariatning) asosidir.

 

QurТoni karimda barcha ilmiy keng xulosalar birdaniga, boshdanoq ochib tashlanganda edi, musulmonlar juda ko`p tushunmovchilik, noaniqliklarga duch kelishgan bo`lardilar va bu chuqur ilmiy maТlumotlarning hammasini birdaniga tushunib etish qiyinlashardi. Shuning uchun QurТoni Karimda faqat ko`rsatmalar, imolar bor. Bu esa, QurТoni Karim bashoratlari ilmiy jihatdan ketma-ket ochila borishiga o`rin qoldiradi. Ilohiy kitobda bashoratlar ko`proq bayon etilgan. Unda ko`plab sirlar mujassamlashgan. U sirlarni kishilar yillar, zamonlar osha aniqlab boraverishadi. Va shunday qilib, QurТoni Karimning ilohiy kitobligi avloddan avlodga ko`rsatilib borilaveradi. УToki ularga Haq(Kitob) ekanligi aniq maТlum bo`lgunicha, albatta Biz ularga atrof-ofoqdagi va o`z vujudlaridagi(Bizning borligimiz va qudratimizga dalolat qiladigan) oyat-alomatlarimizni ko`rsatajakmiz. Axir(ularga) Parvardigoringizning barcha narsaga guvoh ekani (yaТni Olloh taolo ushbu QurТonda koinotdagi barcha narsani qamrab olib, O`z hukmini bayon qilayotgani sizning haq payg`ambar ekanligingizni isbotlash uchun) etarli emasmi?!Ф(41:53).

 

Olloh O`z karomatlaridan darak beradi, ularni ochiq namoyish qiladi. Chunki Olloh O`z kitobida berayotgan guvohliklari ularga (g`ofil bandalarga) etarli emas. Shuning uchun ularga nishona ko`rsatish zarurati tug`ildi. Olloh u nishonani ko`rsatadi. Bu bilan QurТoni Karim sirlari asrlar osha ochila boradi. Shu sababdan QurТoni Karimning ajoyibotlari va turli xil sirlari kundan-kunga ochila borishi, nishonalar ko`rinaverishi to`xtamasligi haqida u kitobda Olloh juda ko`p so`zlaydi.

 

Masalan, QurТoni Karimda erning sharga o`xshashligi haqida bir juda qiyomat qiyos bor. Unda erning doiraviyligi Уkechaning kunduzga siljishiФ shaklida, yaТni misoli Уyarim sharФ kabi ifodalanadi: УU kunduz(kun) kechga ko`chib, kech esa kunduzga ko`chadiФ(39:8). УDa-haФ so`zi arab tilida ikki maТnoga ega bo`lgan yagona so`z bo`lib, u Уto`shashФ(yoyish) va Уyaxlitlash-dumaloqlashФ maТnolariga ega. Ana shu ajoyib so`zni Olloh er haqida gap ketganda o`z o`rnida qoyilmaqom ishlatgan. MaТlumki, er odamlar ko`z oldida yoyilib, to`shalib yotganday tuyuladi, shakli esa, dumaloqdir.

 

Bundan tashqari biz QurТoni Karimda tog`larning koinotda(kosmosda) suzishlarini o`qiymiz. Tog`lar esa, bizninfg tassavurimizda, bizning ko`z oldimizda erdan ajralmasdir. Demak, bu bilan butun er, Er qitТasi koinotda(kosmosda) suzadi, degan maТno kelib chiqadi. УKo`rarsan, qimirlamas tog`lar ham suzadilar, mavjudotni quruvchi parvardigorning ko`rsatmasi bilan tog`lar bulutlar singari suzadilarФ(28:90). Ko`rayapsizmi, tog`lar er yuzida joylashgan bo`lib, qimirlamas hisoblanadi. Lekin ular esa, kosmosda bulutlar misoli suzadilar. Birinchidan, tog`larning erdan ajralmasdan suzishi haqida so`z ketmoqda. Ikkinchidan, tog`larni bulutlarga o`xshatishda yana bir katta maТno bor. Bu erda bu solishtirish bilan tog`larning moddiy strukturasi mo`rtligini ko`rsatish ko`zda tutilmoqda. Masalan, bulutlar tomchilardan tuzilgani kabi tog`lar ham changlardan tashkil topganligiga ishora qilinmoqda.

 

Bundan so`ng kunduz va aqshomning sinxronligi (ketma-ketligi), ularning dunyo barpo bo`lgandan buyon bir-biri orqasidan ergashib yurishi haqida so`z ketadi. Quyosh oyni, Oy quyoshni quvayotgandek, ular bir-birini quvib eta olmaydi. Masalan, QurТoni Karimda, УNa quyosh uchun oyga etish mumkin bo`lur va na kecha kunduzdan o`zguchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) barchalari falakda suzib yurguvchidirФ (36:40). QurТoni Karimda erning shar shakldaligi haqida yana bir hikmat-eslatma bor: unda dunyo tuzilgandan buyon kecha va kunduz ikkita yarim sharlarga joylashgan kabi aynan bir zamonda boshlanib, bir vaqtda bir-biriga o`tadi. Er tekis bo`lganda edi, bunday bo`la olmasdi. Er tekis bo`lgan holda kecha va kunduz biri-biri orqasidan ergasha olmas edi.

 

Qiyomat Kunidagina kecha ham kunduz ham birga kiradi: У... bas, odamzot va hayvonat eydigan narsalardan iborat bo`lgan er naboboti u bilan aralashib, hatto er chiroy olib, yasan-tusan qilganida va erning ahli uning ustida kuchli-qudratlimiz, deb o`ylay boshlaganida, erga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni go`yo kuni-kecha obod bo`lmagandek vayronaga aylantirib qo`yurmizФ(10:24).

 

Ana o`sha Уkecha va kunduzФ so`zlarida erning doiraviy shaklda dumaloq ekanligini tasdiqlovchi asos yashiringan. Chunki Erning quyoshdan pana (yashiringan) qismi qorong`u, yaТni kecha bo`lib, unga ro`paro`, yaТni quyoshga qarab turgan er qismida yorug`-kunduz bo`lishini boshqacha aniqlab bo`lmaydi. Bu holat erning shar shaklini ko`rsatuvchi isbotdir. Agar er yaxlit-tekis bo`lganda edi, uning yuzi bo`ylab barcha joylarda vaqt bir xil saqlanib, kecha va kunduz tushunchalari bo`lmagan bo`lardi. а

 

Bunga qo`shimcha QurТoni Karimda botish va chiqishlar haqida fikrlar bir necha bor takror-takror uchraydi. Masalan, Olloh kitobida, УBas, chiqishlar(mashruq-u) va botishlarning (mag`riblarning) Parvardigoriga qasam ichurmanki,Ф(70:40)-deyilsa, uning boshqa erida, УIkki sharqning (yaТni quyoash va oy chiqadigan joylarning) ham, ikki g`arbning(quyosh va oy botadigan joylarning) ham ParvardiggoridirФ(55:17), deb keladi.

 

Er tekis bo`lganda edi, botish va chiqish bittadan bo`lardi. Inson Qiyomat Kunida shaytonga (Iblisga) qarata: УO! Sen va mening oralig`imizda ikki chiqish qadar masofa bo`lganda ediФ(7:38)- deb xitob qiladi. Er dumaloq bo`lmasa, unda ikkita chiqish bo`lolmaydi, axir.

 

QurТoni Karim matnida fazoviy jismlarning troektoriyasi, maydoni va ularning harakat izlari (orbitasi) haqida ham misollarda aytilgan fikrlar uchraydi. Masalan, У(Samodagi yulduzlar harakat qiladigan) yo`llar egasi bo`lgan osmonga qasamki ...Ф(51:7-8) yoki УQayta-qayta tushguvchilar egasi, osmonga qasamФ(86:11)-deb keladi. YaТni bundan ko`rinadiki, osmon ko`tarilgan, unga intilgan hamma narsani erga qaytaradi. Osmonga nimayiki otilmasin, u erning tortish kuchi taТsirida erga qaytadi.

 

Osmon kosmosga yo`naltirilgan radio to`lqinlarni ham qaytaradi, Osmon issiqlik nurlanishlarini qizil rangda erga qaytarib, kechalari uni ilitadi.

 

Osmonga otilgan, unga yo`naltirilgan hamma narsani u erga qaytargani kabi, kosmosdan tushishi mumkin bo`lgan narsalarga to`siqlik qiladi, ularni tutib qoladi. Shu xususiyati bilan er yuzini ajal tashuvchi ultra fioletiv(binafsha) nurlanishlar va meteoritlarning bostirib kelishidan asrab qoladi. Demak, osmon odamzod, yaТni er yuzi uchun suzg`uch(filtr) vazifasini bajarib, ona erimiz yoping`ichi (qopqog`i) hisoblanadi. QurТoni Karimda bu fikrni tasdiqlovchi oyatlar keltirilgan: УBiz osmonni tom(qopqoq) qilib qo`ydikФ(21:32), УOsmonni Biz qudrat bilan barpo qildik va u uchun chegarasiz kengliklar ochib qo`ydik. Darhaqiqat, Biz qudratlidirmizФ (51:47).

 

Bu tasdiq hozirgi zamon fan tilida УButun olam tortilish qonuniФ, deb yuritiladi. O`sha zamonlarda, hatto XIX asrlarda ham atom, deb ataluvchi zarracha eng kichik va bo`linmas hisoblanardi. QurТoni karimda esa, atomdan ham kichik zarrachalar, yaТni atomning bo`lakchalari ham mavjudligi haqida ko`rsatmalar bor. Eng aval, birinchi marta QurТoni Karim o`lchamlari atomdan kichik bo`lgan zarracha haqida eslatib o`tadi: УOsmonlar va erdagi bir zarra misolichalik, undan ham kichik(yoki) katta biron narsa (Olohdan) maxfiy bo`lmasФ(34:3).

 

Bu ko`rsatmalarning barchasi erning shar shakldaligi, osmon tabiati atom tuzulishi haqidagi bilimlarning odatdan tashqari sirlarini ochadi. Bu qadar chuqur fikrlar o`sha, bundan juda uzoq zamonda, yaТni insonlar qoloqа va qorong`ulikdaа bo`lgan bir asrda aqllining ham, aqlsizning ham xayoliga kelishi mumkin emas edi. Bunday nodir fikrlar faqat Parvardigorning Yolg`iz O`ziga munosib bo`lishiа va Uning qutlug` kitobi QurТoni Karimdagina uchrashi mumkin.

 

Odam yaratilishi va inson spermasining (maniyning) biologik cheklashlar turlaridagi xususiyatlarini QurТoni Karim shunday aniqlaganki, unga qoyil va hayronlar bo`lishdan o`zga iloj yo`q.

 

УVa albatta, U zot otilib chiqadigan nutfadan erkak Ц ayol juftlarni yaratgandirФ(53:45). Bunday biologik qonun fanda endi ochildi. Sperma (maniy) biologik turlarning cheklanishida qatnashadigan yagona faktor ekanligini endi, hozirgi bizning zamonimizda aniqlashga, bilishga muyassar bo`lindi.

 

Er yuzida qancha odam bo`lsa, ularning barmoqlarida shuncha ko`p xilma-xil chiziqlar yaratish, qayta tiriltirish imkoniyatlari borligi haqida, shuningdek, tana hujayralarining tiklanishi haqida QurТoni Karimda oyatlar keladi.а УInson Bizni uning (chirib, tuproqqa aylanib ketgan) suyaklarini hargiz to`play olmas, deb shubha qilurmi?! Yo`q, Biz uning barmoqlarini (ham) tiklab joyiga keltirishga qodir bo`lgan zotdirmizФ(75:3-4).

 

Olloh, УBiz uning barmoqlarini ham tiklab joyiga keltiramizФ, demoqda, yaТni ularni ilgari qanday bo`lsa, o`shanaqa shaklda, ilgargi chiziqlar bilan tiklanish haqida so`z ketmoqda. Ana shu barmoqlar uchlarini yaratish, tiklash iborasi va olamda odamizod paydo bo`lgandan buyon ikkita bir xil barmoq chiziqlari bo`lmaganlgi ham yana bir bor QurТoni Karim kishi (bandasi) tomonidan ijod qilinmaganligini isbot etadi, buning aslo mumkin emasligini ochiq ko`rsatadi.

 

QurТoni Karimda, eng zaif joy, masalan, eng zaif uy-bu o`rgimchak uyi(uyasi), deb eslatiladi. Ko`rayapsizmi, Olloh O`z kitobida, УO`rgimchak ipiФ, deyapti, Уo`rgimchak uyi(uyasi)Ф, zaif uya, demoqda. Chunki Уo`rgimchak ipiФ shunday oddiy va nozik bo`lsa-da, odamlar ishlatadigan ipdan to`rt marotaba mahkamroq ekan. Shu sababdan bu erda zaiflik faqat o`rgimchakning uyasiga(uyiga) nisbatan ishlatiladi, uning ipiga nisbatan emas. Shuning uchun bu uy(uya) yashirinmoq uchun eng noqulay joydir. U uyada biror muddat saqlanib turib bo`lmaydi, unga tasodifan tushib qolinganda ham u tuzoq vazifasini bajara olmaydi. Bu uy(uya) hatto o`rgimchakning o`z bolasi uchun ham panoh bo`la olmaydi. Chunki o`rgimchak o`z bolalarini eb qo`yishi mumkin. O`rgimchak bolalari ham o`z navbatida bir-birlarini eb qo`yishadi. O`rgimchaklar jinsiy aloqalari tugagandan so`ng erkagini eb qo`yishadilar. Ana shunday bo`lgach o`rgimchak uyi(uyasi) yashirinmoqqa yaramaydigan joyga yaxshi qiyos hisoblanadi. Ollohdan najot kutmaganlar uchun ham oqibat mana shunday bo`ladi, yashirinmoqqa o`rgumchak uyasi ham topilmaydi. Bunga tubandagi oyat juda mos keladi: УOllohdan o`zga Уdo`stlarФni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (o`zi uchun) uy qurib olib, (o`sha uyidan panoh istagan) o`rgimchakka o`xshaydi. Albatta, uylarning eng nimjoni o`rgimchak uyasidir. Agar bilsalar edi, (o`rgimchak uyasi kabi ojiz butlardan panoh istamagan bo`lur edila)rФ(29:41). Oyatning so`ngida УAgar bilsalar ediФ, deb kelishi bilimning keyinroq kelishini ko`rsatadi. O`rgimchak uyasi va ipi haqidagi biologik sir yaqindagina aniqlandi. Bunday biologik xulosa Muhammad alayhis-salomga(Unga Ollohning rahmatlari yog`ilsin) aniq bo`lmaganligiga shubha yo`qligi tabiiydir.

 

Shunga o`xshash chuqur maТno va sir УG`orФ surasida ham uchraydi. Unda, УUlar kahf g`orlarida uch yuz yil qoldilar va yana to`qqiz yilni ziyoda ham qildilarФ(18:25). Hozirgi zamonda esa, quyosh kalendari bo`yicha uch yuz yil, oy kalendarining uch yuz to`qqiz yiliga aynan mos ekanligi aniqlangan faktdir.

 

УMaryamФ surasida Olloh bibi Mariyam haqida so`z yuritadi. Maryam to`lg`oq tutib bezovta bo`lib, xurmo daraxtlari orasiga yashirinadi va Ollohdan o`z ajalini so`raydi. Ana o`sha vaqtda bir tovush(g`oyibdan) uni chaqiradi va u tovushа xurmo daraxtini silkitgin, erga u mevalardan nima tushsa uni egin deydi. Bu holatda QurТoni Karimda: УQani edi, mana shu (kundan) ilgari o`lib ketsamu, butunlay unutilib ketsam ediФ. Shunda (xurmo daraxtining) ortidan (Jabroil) nido qildi: УG`amgin bo`lma, Parvardigoringа (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo`ydi. (Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar. Endi sen eb Ц ichgin shod-xurram bo`lginФ(19:23-26) kabi keladi..

 

Qiziq, nima uchun xurmo daraxti haqida gapirilmoqda? Bir o`ylab, mulohaza qilib qaraylikchi, masala nimada ekan? Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlari ko`rsatadiki, xurmoning mevasi bachadonni qisishga (kengaytirishga) yordam beradigan xususiyatga ega ekan. Bu esa, so`zsiz bola tug`ilishini engillashtiradi va bola tug`ilgandan keyingi qon ketishini to`xtatishga katta yordam qiladi. Hozir xurmo mevasida inson terisini tortib-kengaytiradigan moddalar borligi aniqlangan. Hozirgi zamon tabobotida turli xil o`tlar(alf)dan tayorlangan dorilar ayollarning tug`ishini engillashtirishi, uning xafvsizligini taТminlashi, yiring ichaklarini tozalashi isbotlangan. Xurmo mevasining sifatini aniqlash va ulardan ayollar to`lg`og`i vaqtida foydalanish bu haqiqatan ilmiy donishmandlik bo`lib, bu haqda o`sha uzoq zamonlarda aytilishi katta xususiyat kasb etadi. Shu sababdan bu misollar ilmiy amaliyotdan kelib chiqadigan xulosalar bo`lib, ularning QurТoni Karimda ko`rsatilishi aynan va ko`chirma maТnoda chinakamiga bashoratdir. Shunga ko`ra QurТoni Karimni hech tomondan biron kitob yo hujjat kelib, uni botil qila olmasligi haqida, УUnga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmas, (chunki) u hikmat va hamdu sanolar egasi tomonidan nozil qilingandirФ(41:42), УAgar u Ollohdan boshqa birov tomonidan bo`lsa edi, unda ko`p qarama-qarshiliklarni topgan bo`lar edilar-ku?Ф(4:82)-deb taТkidlaydi, Ollohu taolo.

 

Nazariyalar, nuqtai nazarlar birin Ц ketin tug`ilaveradi, paydo bo`laveradi; ularning biri boshqasini rad ham etaveradi. Olimlar, tadqiqotchilar qanchalar urinmasinlar eng so`nggi niyatlariga-yu, maqsadlariga eta olmaydilar, yaТni barcha hayotiy va dunyoviy savollarga javob topib, eng so`nggi nuqtani qo`ya olmaydilar. QurТoni Karimda esa, bunday yangilanib turadigan, hatto biri ikkinchisini rad etadigan nuqtai nazarlar, fikr-mulohazalar mutlaqo uchramaydi, ular yo`q va bo`lishi mumkin emas. Ana shulardan keyin, QurТoni Karimning dunyoga kelishi buyuk mo`Тzija bo`lmay, u nima bo`lardi? Bu kitob haqiqatan mo`Тjiza, buyuk mo`Тjizadir, hatto u mo`Тjizalar to`plami, ularning majmuasidir. Chunki u, tarixlarda yozilmagan asl tarixiy voqealar to`g`risida so`zlaydi, hali kelib etmagan, ochilib ulgurmagan kelajakni bashorat qiladi. O`z mag`lubiyatlaridan so`ng g`alabaga erishgan vizantiyaliklar haqida QurТoni Karimda: УJuda yaqin joyda Rum mag`lub bo`ladi. (Lekin) ular(yaТni rumliklar) bu mag`lubiyatlaridan so`ng bir necha yil ichida albatta g`alaba qozonajaklarФ(30:2-4)-deyiladi. Arab tilida УbizТaФ so`zi bo`lib, u yuqoridagi oyatda Уbir nechaФ kabi tarjima qilinmoqda. Arablarda esa, 3-dan 9-gacha bo`lgan sonlar ham aynan shu so`z bilan ifodalanishi mumkin. Demak, 3-9 yil muddat ichida bashorat amalga oshmog`i lozim edi. Haqiqatan ham vizantiyaliklar o`z mag`lubiyatlaridan keyin 7 yil o`tib g`alabaga erishdilar.

 

Badr jangida erishilgan g`alaba haqida QurТoni Karim quyidagicha so`zlaydi: УYaqinda o`sha jamoat engilib, ortlariga qarab qochib qolurlarФ(54:45).

 

Makkaga kirish oldidan Payg`ambar alayhis-salom(Unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) tush ko`radi. Uning tushi haqida QurТoni Karimda, УQasamki, Olloh O`z payg`ambariga (u ko`rgan tushni) haqqi-rost qildi: albatta, sizlar (ey mo`minlar), inshoolloh Masjid-al-Haromga tinch-omon borishlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan yoki qisqardirgan holingizda xafv-xatarsiz kirursizlarФ (48:27)-deb keladi. Darhaqiqat, shunday ham bo`lgandi.

 

QurТoni Karimda maТlumotlarni o`qiymiz, ayni shu zamon ularga mos voqealarni hayotda, amaliyotda to`la ko`ramiz va kuzatamiz. Ibrohim alayhis-salomning(Unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) Ollohga etgan iltijosini qarang, УParvardigoro, albatta men zuriyotimdan (bir bo`lagini-o`g`lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayiting huzuridagi ekin-tikin o`smaydigan bir vodiyga joylashtirdim.а Parvardigoro, (ular) namozni to`kis ado qilsinlar, deb (shunday qildim). Bas, Sen O`zing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qo`ygil va ularni (barcha) mevalardan bahramand etgil. Shoyad shukr qilsalarФ(14:37). Ibrohim payg`ambar o`sha hosilsiz joylarni yashashga, hayot-turmush o`tkazishga yaraydigan vositalar bilan taТminlashni Ollohdan so`radi. Ana shunda Olloh Makka aholisiga mo`l-ko`lchilik va tabiiy boyliklar vaТda qildi. Olloh Makkaga iymonsizlarni kirgizmanglar deganida, shahar aholisi iqtisodiy inqiroz bo`lishidan qo`rqib qoldilar. Chunki ular o`z turmushlari-yu va mamlakatining rivojini o`sha turli dindagi kishilarning KaТabaga sig`inishga keluvchilardan tushadigan mablag`larga bog`liq, deb bilardilar. Endi esa, ularning keluvi keskin qisqarishi mumkin. Ular iqtisodiy qamalda qoladilar. Olloh ularni tinchlanishga chaqirdi. Bu chaqiriq QurТoni Karimda, УAgar sizlar kambag`allikdan qo`rqsangizlar, (bilingki) yaqinda (Olloh) xohlasa O`z fazlu karami bilan sizlarni boy-badavlat qilajakФ(9:28)- deb keladi.

 

Qarangki, Ollohning bu vaТdasi Arab Yarim orolidagi cho`llarning neftga nihoyatda boyligi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamonda bu cho`llardan neft uzluksiz chiqib turibdi va tugamasdir. Jahonda neftga ehtiyoj oshmoqda. Bu esa, uning narxini hisobsiz ravishda oshirmoqda. U cho`llar zamonlar osha tugamaydigan uran zahiralariga ega. Ana shular barchasi Olloh vaТda etgan tugamas boyliklar va boy-badavlatlikning o`zginasidir.

 

Bulardan tashqari QurТoni karimda siyosat, etika, harbiy harakatlar (qo`shinlar tortish), tinchlik (tinch-totuv yashash), jamiyat, oila va nihoyat inson, insoniyat turmushi, hayoti to`g`risida shunday fikr-mulohazalar keltirilganki, ularning barchasida insoniy jamiyatda inson haq-huquqlarini belgilaydigan mustahkam asoslar ifodalangan, yaxshilab bayon etilgandir. Ular shunaqa bir ajoyib uslubda, obrazli va chinakamiga go`zal ifodali tilda bayon qilinganki, insoniyat tarixi bunga barobar boshqa bir uslub, ifodani haligacha bilmaydi, bundan keyin ham bo`lmas.

 

QurТoni Karimdagi aql bovar qilmas sirlar to`g`risida Ibn-Arabiy janoblaridan (Islom olamining mashhur olimi) so`rashganlarida, u zot, УBu mutlaq haqiqatФ, deb qisqa va lo`nda javob bergan ekanlar.

 

QurТoni Karim so`zlari mutlaq haqiqatligi bilan ham haqdir. Darhaqiqat, harqanday buyuk olim, tadqiqotchi faqat nisbiy haqiqatni aniqlashi mumkin, xolos. Chunki har bir yakka kishi haqiqatan o`z nuqtai nazariga mos tomondan ko`ra biladi. Uning barcha tasavvurlari cheklangan va u kundan-kun, zamondan-zamonga o`zgarib turishi aniq. Biz har birimiz o`zimizcha turmushning, hayotning faqat bir yo`nalishini o`rgana olamiz, boshqa yo`nalishlarini qamrab olish va ularning hammasini yoritish kuchiga, imkoniyatiga ega emasmiz. Ana shu o`z tanlagan yo`nalishimizda nimaga erishmaylik u nisbiy bo`ladi, u nisbiy bilimni belgilaydi. Hamma tomonlama bilimga egalik , hamma narsalarni qamrab olish faqat Yakka Yagona Yaratuvchiga xos xususiyatdir. Mutlaq haqiqat va mutlaq bilimga ega U Yagona O`zidir-Ollohdir. Shu sababdan ham QurТoni Karim Uning O`zidan-Ollohdandir, deb bilamiz. Chunki U har bir narsada mutlaq haqiqatga erishgandir.

 

QurТoni Karim mazmuni haqida Payg`ambar alayhis-salomning(Unga Allohning rahmatlari yog`ilsin) o`zlaridan so`rashganlarida, rasulloh, УUnda sizgacha bo`lgan voqealar, hodisalar, sizlar o`rtangizda bo`ladigan narsa, voqealar va sizdan so`ng sodir bo`ladigan voqealar va hodisalar to`lasincha aks ettirilgandir. Bu keskin so`zdir, unda kinoya yo`qdir. Bu donolarcha eslatmadir, bu Ollohning uzilmas arqonidir, bu eng to`g`ri yo`l, bu yo`ldan qaytgan mag`rur- larni Olloh halok qilur. QurТoni Karimdan boshqa joydan haqiqat izlaganlarni Olloh chindan ham adashtirgay. Bunda til chalkashmaydi, tutilmaydi, javoblarning ko`pligidan aql tolmaydi va xiralashmaydi, olimlar undan to`yib qolmaydi va uning sirlari tugab qolmaydiФ-deb javob qaytargan ekanlar.

 

Darhaqiqat rassuloh haqdir. Ana shunaqa, bizning muqaddas kitobimiz, bilsangiz meningа suhdoshim! Shu keltirilgan misollarning o`zigina bu kitob inson tomonidan yaratilmaganligini, u odamlarning birortasi tarafidan tuzilmaganligini to`la isbotlay oladi. Aslida unda Уsirlar tugamasdirФ. Shunday qilib, bu muqaddas kitob Qodir Olloh tomonidan nozil qilinishidan o`zga hech bir holga mos kelmaydi.

 

QurТoni karim, Olloh nozil qilgan, Undan tushirilgan ilohiy kitobdir.

ааа

QurТoni Karim oyatlarida qarama-qarshi fikrlar uchraydimi?

Mening suhbatdoshimda yana bir qator savollar bor ekan, ularni u sanay boshladi:

- QurТoni Karimda bir-biriga qarama-qarshi fikrlar uchramaydi, deb tasdiqlaysan,а men esa, senga ulardan bir qanchasini sanayman: УBas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa iymon keltirmay kofir bo`lsinФ(18:29)-deyilsa, mana bu oyat, У(Ey insonlar), sizlar faqat Olloh xohlagan vaqtdagina (U zot tomonga yo`l tutishni) xohlarsizlarФ(76:30)-deb unga qarshi kelayapti. Undan tashqari QurТoni Karimda gunohkorlarning hisoboti to`g`risida gapiriladi va ulardan so`raydilar, УUlarning bu УguvohФliklari albatta (nomayi aТmollariga) yozilur va ular (qiyomat kunida) so`roqqa tutilurlar!Ф(43:19), УAlbatta u (QurТon) siz uchun ham, qavmingiz-ummatingiz uchun ham bir sharafdir va yaqinda (Qiyomat Kunida bu neТmati ilohiya xususida) so`ralursizlarФ(43:44). Boshqa bir joyda esa, УU jinoyatchi kimsalardan gunohlari haqida so`rolmas hamФ(28:78) Ц deyilgan unga qarshi fikr keladi. So`ngra ular basharalariga qarab tanilishlari haqida, У(Chunki u Kunda) jinoyatchi-osiy kimsalar siymo-belgilaridan tanilurlarФ(55:41)-deb keladi. Boshqa safar esa, ularni hech kim hech narsaga bog`lamaydi, deb ko`rsatiladi. Masalan, УVa hech kim uni bog`lab qo`ymas, uni kuzatib yurmasФ(89:26)-deyiladi. Har bir kishi o`zini-o`zi jazolaydi, deyilishi-chi? У(Va unga deyilur): УNomayi aТmolini o`qi! Bugun o`z nafsing o`zingga qarshi hisobchidirФ(17:14)- deyilishi-chi? Yana boshqa bir erda, УSo`ngra uzunligi etmish gaz bo`lgan zanjirga solib bog`langlarФ(69:32)-deb aytilgan. Bularga sen nima, deysan?

 

Bu savollarni jimlik bilan tinglab, so`ngra unga birma-bir tushuntira boshladim:

- Ey do`stim, sening eТtiboringni jalb etgan bu oyatlarda qarama-qarshiliklar aslo yo`qdir. Kel, mana bu, УXohlagan kishi iymon keltirsin, xohlamagan kimsa iymon keltirmay, kofir bo`lsinФ-oyati ustida mulohaza qilib qoraylik. Bu bandasining erkini, erkinligini va uning tanlash erkiga egaligini bildiradigan juda ham aniq Ц ravshan oyatdir. Inson hatto Olloh so`ziga inonishda, iymon keltirishda ham erkindir. Erkni biz Ollohdan zo`rlik bilan ola olmaymiz. U erkni Olloh bizga O`z xohish-irodasi ila inТom etdi. Boshqa oyat esa, Ollohning xohishi-irodasini tushuntirmoq uchun nozil qilindi. YaТni Уfaqat Olloh xohlagan vaqtdagina xohlarsizlarФ. Demak, bandaning erki boshqa tomondan Yaratuvchining, insonni Yaratgan Ollohning ixtiyorida va u(bandasi) Ollohga qarshi bo`la olmaydi. Bundan bandasining erki Ollohni qoniqtirmasligi mumkin, u (banda) gunohli yoki gunohsiz yo`lni tanlashi mumkin, ammo inson (Yaratganning bandasi) erki Olloh ixtiyori-irodasiga qarshi bo`la olmaydi. Barcha gunohu va boshqa narsa-hodisalar Ollohni qanoatlantiravermasa-da, Uning iroda-yu-ixtiyoridadir. Bu juda murakkab masala, buni chuqur tushuna bilish lozim. Bu haqda biz ilgari ham to`xtoldik. Biz ilohiy karomat-bu bandasi o`zi uchun o`zi tanlaganidir, deb taТkidladik. Chunki Olloh o`z bandasi(quli)ning turmush mashg`uloti, ko`ngul xohishiga mos taqdir tanlaydi. Bu demak, banda (qul) nimani xohlasa, uning ko`ngli nima istasa Olloh unga o`shani beradi. YaТni u nimani tanlasa shuni Olloh lozim ko`radi, o`shani uning (bandaning) ko`ngliga (qalbiga) kiritadi. Bu zo`ravonlik, ikkiyuzlamachilik va qarama-qarshiliklar yo`q, deganidir. Ko`rish-bu bandasining aniq tanlashi hisoblanadi. Bu masala, o`z erki va ilohiy ko`rish sirlarining eng muhim muammolaridan biridir. Sen aytgan qarama-qarshiliklarning asl mohiyati o`sha sirni, o`sha muhim muammoni ochishdan iboratdir. Hisobot haqidagi oyatlarning bir-biriga mos emasligi esa, har bir oyat alohida-alohida gunohkor bandalarga tegishligidandir. Bilasan, gunohkorlar xilma-xil bo`ladi. baТzilari uchun maТlum bir guvohliklar zarurati bo`lsa, baТzilari shunchalik ko`p gunohlar sodir etganki, ularning gunohlari yuzlarida, tashqi ko`rinishlarida iz qoldirgan bo`ladi, bundaylarni to`g`ridan-to`g`ri jahannamga uloqtirsa bo`laveradi. U erda o`z gunohlarini shunday rad etuvchilar ham uchraydi. Bular uchun esa, Ollohning qudrati ila ularning oyoqlari, qo`llari guvohlik o`tadilar. УBu kun Biz ularning og`izlarini muhrab qo`yurmiz. Va Bizga ularning qilib o`tgan ishlari haqida-ularning qo`llari so`zlar va oyoqlari guvohlik berurФ(36:65).

 

O`z-o`ziga hisob berib, tavba-tazarrular bilan o`zlarini o`zlari jazolaydiganlar ham u erda bo`lishadi. Ularni hech kim hech narsaga bog`lamaydi, majburlamaydi.а

 

U erda juda katta gunohkorlar ham ko`pdir. Masalan, zolim podshohlar va boshqalar Olloh huzurida yolg`on gapiradilar, yolg`ondakam ont ichadilar. Qiyomat Kunida hammasi bo`ladi, barchasi uchraydi. УU Kunda (yaТni Qiyomatda) Olloh ularning barchalarini qayta tiriltirganda ular xuddi sizlarga qasam ichayotganlaridek, U zotga ham qasam ichurlar va o`zlarini (shu yolg`on qasamlari sababli) biron (foyda) ustida, deb hisoblaydilar. Ogoh bo`lginkim, albatta ular g`irt yolg`onchi kimsalardir!Ф(58:18).

 

Bunday bandalar eng chuqurga tushirib, zanjirlar bilan bog`lab tashlanadiganlardir. Abu hamid G`ozaliy aytganidek, bu zanjirlar ular o`zlarini oqlashga sabablar keltirganlari uchundir.

 

Bungga qaramasdan mening hamrohimda yana savollar paydo bo`ldi va u menga:

- Man bu oyatda, УDarhaqiqat, yolg`iz Ollohning huzuridagina (Qiyomat) soati (qachon bo`lish to`g`risidagi) bilim bordir. U (O`zi xohlagan vaqtda, O`zi xohlagan joyga) yomg`ir yog`dirur va (onalarning) bachadonlaridagi hamlalarning (o`g`ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanligini) bilur. Biron jon (qalb) ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon(qalb) qayerda o`lishini ham bila olmasФ(31:34)-deyilgan, buni qanday tushunmoq kerak, bunga nima deysan, dedi.

 

Men ham unga javobimni davom ettirdim. Birinchidan, o`sha oyat, У... Faqat Ollohgina bilguvchi va ogohdirФ, deb tugaydi. Demak, bunday bilimlarni faqat Olloh egallagan, bularni O`zidan boshqa hech kim bilmaydi. QurТoni Karimda bunday tasdiqlar ko`p uchraydi. Masalan, УG`ayb ochqichlari(kalitlari) Uning huzuridadirkim, ularni yolg`iz O`zigina bilurФ(6:59)-deyiladi, QurТoni Karimda.

 

Hozirgi zamon taboboti ona hamlasining jinsini aniqlay oladi, olimlar sunТiy yo`l bilan yomg`ir yog`dirmoqdalar. Bunga sen nima, deysan-deb menga eТtiroz bildiradi mening suhbatdoshim. Men esa, unga QurТoni karimda keltirlayotgan yomg`ir, osmondan tushayotgan faqat suv tomchilari bo`lmay, kimyoviy tarkibida erni (tuproqni) to`ydiradigan, uni yaxshilaydigan, hosildorlikni oshiradigan moddalari bo`lgan yomg`irdir. U yomg`ir, ko`p qurg`oq erlarni qondiradigan, qurg`oqchilikni tugatadigan yomg`irdir. SunТiy yo`l bilan olingan yomg`ir, daryo va ariqlardan olingan faqatgina suv tomchilaridir, undan tashqari bu yomg`irlar juda keng va uzoq maydonlarni ho`llay olmaydi-ku, axir. Bunday yomg`irlar tuproqqa deyarli foyda keltirmaydi. QurТoni Karimda ko`rsatilgan yomg`irni odamlar yarata olmaydi. а

 

Ona qornidagi hamlaning jinsi va uni Ollohning bilishi bu har tomonlama, juda keng maТnoda bilishdir. Bu bilim tug`iladigan go`dakning kim bo`lishini, u bu dunyoda paydo bo`lganidan tortib, nimalar bilan shug`ullanishini ham biladigan bilimdir. Bunday maТlumotni esa, hech qanaqa taТlimot bera olmaydi. Tabobot xulosalariga kelsak, bilasanki, birinchidan, ular doim to`g`ri bo`lavermaydi. Bu erda qanchalab ehtimol-u, taxminlar bor. Hamlador ayol yo o`g`il yoki qiz tug`adi, albatta. Demak, tabobot xulosalari nisbiydir, yaТni nisbiy bilimdir.

 

Suhbatdosh menga yana savol qo`yadi:

- Olloh taxti (uyi), butun koinot va erni o`ziga joylaydigan taxt, u qanaqa taxtdir? Sakkizta malaikolar tutib turadigan minbarchi, u qanday minbar?

 

Men ham unga javob berishdan tolmayman- ey do`st, sening fikr-xayolingga (aqlingga) osmonu - er joylashmaydimi? Sen ular haqida fikr-mulohazalar yuritmaysanmi? Sen osmon erga nisbatan hech kimsasan-ku. Sen shunday qudratga ega bo`lganingda, Olloh shuncha narsalarni sig`dira olmasinmi?а Olamda barcha jonli-jonsiz: er quyosh, katta-kichik yulduz va planetalar faqat Ollohning qudrati ila kosmosda (koinotda) harakatlanmoqda. Agar Ollohning taxti, minbari ham boshqa jismlar kabi koinotda tursa nima bo`libdi. Buning hayron qoladigan joyi bormi?

 

U menga, Ollohning taxti va minbari nima? Shu haqda gapir, deydi. Men unga javob berishda davom etamanda, o`z navbatida undan quyidagilarni so`rayman: sen menga elektron nimaligi haqida gapir? Men senga taxt haqida aytaman. Sen menga elektr toki nimaligini ayt? Men senga taxt va minbar nimaligini tushuntiraman. Sen menga Erning tortish kuchi haqida bilganingni aytgin, vaqt(zamonni) ham tushuntir. So`ngra men senga javob berishga kirishaman. Sen aslida biror narsani to`la bilasanmi? Ularning asl mohiyatiga tushunib etgansanmi? Yo`q, sen hech narsa bilmaysan, og`ayni. Dunyodagi narsa va voqealarning birortasini ham mohiyatan tushunmagansan-da, yana sen mendan, Ollohning taxti, uning minbari haqida so`raysan. Dunyo-Olam sirlarga to`lib-toshgan, taxt va minbar ham ana shular jumlasidandir.

 

Suhbardoshim davom etadi:

- Bilasanki, Sulaymon (Unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) alayhis-salom kelishi haqida chumoli o`z hamrohlarini ogohlantirgani to`g`risida, У... bir chumoli: УEy chumolilar, uyalaringizga kiringlar, yana Sulaymon va uning askarlari (lashkarlari) o`zlari sezmagan hollarida sizlarni bosib Ц yanchib ketmasinlarФ(27:18)- deyiladi, QurТonda. Sen bu haqda , bu chumoli haqida nima deysan?

а

Men ham deyman:

- Agar sen do`stim, hasharotlar tabiati haqida ko`proq o`qib, ular bilan yaxshiroq tanish bo`lganingda edi, bunday savol qo`ymagan bo`larding. Hasharotlar haqida, masalan, bolari va chumolilarning o`z so`zlashuv xususiyatlari (tillari) to`g`risida fanda juda ko`plab maТlumotlar to`plangan. Chumolilar o`zaro aloqa tillariga egaligi hozirgi zamonda ilmiy tasdiqlangan fakt hisoblanadi.

 

Agar chumolilarda o`zaro tushunadigan aloqa usuli(maxsus tillari) bo`lmaganda edi, bunday ko`p, bunaqa yuz minglab bir erga to`dalashgan hasharotlarni boshqarish, ularga vazifalar bo`lish va mustahkam tartib va intizomga bo`ysundirish mumkin bo`lmasdi. Shu sababdan chumolilarning Sulaymon yurishi haqida xabar topib qolgan bo`lishida hech qanaqa hayratli joyi yo`q. Kishilar ham Ollohni ana shunday tushunib biladilar, axir.

 

Xullas, men va suhbatdoshim oramizda bir qator dialog davom etadi:

-Taqdir taxtasiga Olloh azaldan yozib qo`yganlarini yana qaytadan qanday o`zgartirishi mumkin? УOlloh O`zi xohlagan narsani (yaТni hukmni) o`chirar va (O`zi xohlagan hukmni) ustivor qilur. Asl kitob uning dargohidadirФ(13:39)-deyiladi bir joyda. Nahotki, sizning Parvardigoringizа hisoblarida xatoga yo`l qo`yadi. Unga nimadir uchirish, to`g`rilash yoki uni qoldirish, qoldirmaslikka hojat bormi? U ham biz kabi qanday qilsak yaxshiroq bo`lar, deb o`ylanib o`tiradimi? - deydi u kuyinib.

- Alloh faqat yomon narsani to`g`rilab, bandasining qanday bo`lishligida unga yordam beradi. U O`z ilohiy kitobida, УAlbatta, yaxshi amallar yomonlik-gunohlarni ketkazurФ(11:114)-deb qo`ygan. Shu bilan birga Olloh poklangan bandalar haqida, УVa ularga yaxshi amallar qilishni, ibodatlarni bajarishni, zakotlar keltirishni tushuntirdikФ(21:7)-deydi. Mana shunaqa usul bilan hech narsani o`chirmasdan Olloh faqat to`g`rilaydi. Sen eslagan oyatning siri ham shundadir-deyman, men unga.

 

- QurТoni karimda, УMen jin va insni faqat O`zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdimФ(51:56)-deyiladi. Sen buning maТnosini qanday tushunasan? Nima, Olloh shunchalar bizning sajdamizga muhtojmi?- deb so`raydi u.

 

- Yo`q, deyman men unga va davom etaman. Olloh bizning sajda-yu Ц ibodatlarimizga hech muhtoj emas, biz Unga sig`inish, ibodat qilishga muhtojmiz. Sen o`zing sevgan ayolni, biror kimsaning ko`rsatmasi yoki biror kishi seni unga majburlagani uchun sevib, erkalaysanmi? Sen unga mahliyo bo`lib qolgan bo`lsang, sen uning chiroyi, go`zalligi bilan mag`rurlasan, faxrlanasan, fikru-xayoling bir umr unga bog`langan, unga atalgan bo`lmaydimi? Xuddi shu kabi, xuddi o`sha his-tuyg`ular kabi, o`shanday mahliyo bo`lish, muhabbat, sevgi va ibodat, sajda Ollohga qaratilgan bo`ladi. Chunki Olloh maТnaviy go`zallarning go`zali, chiroylilarning chiroylisidir. Agar Uning shani, go`zalligini, Uning Qodirligini (hamma narsaga) sen ham bilganingda edi, sen Unga sajdayu-ibodat qilishni sharaf bilarding va buyuk baxt topgan bo`larding; ana shunda huzur Ц halovatning yuqori cho`qqisiga ko`tarilar eding.

 

Ollohni to`la anglab etish, Unga chindan, qalbdan sajda etish hisoblanadi. Ollohga, Uni to`la anglagan tartibda, faqat tafakkur bilan sajda va ibodat qilinadi. Ollohni anglash, Uni bilish - bu anglashlarning eng yuqori pog`onasi bo`lib, u bilishga olib boradigan uzoq yo`lning eng so`nggi nuqtasidir. U yo`l go`dak (odam bolasi) yorug` dunyoga kelgandan boshlanadi. Ilk bor odam bolasi onasining ko`kragini (ko`ksini) taniydi; ona ko`ksi bolaning eng birinchi istirohat makoni, qarindosh-urug`larini, jamiyatni va nihoyat o`z atrofini birin Ц ketin taniy boshlaydi. Keyinroq esa, u o`zini o`rab turgan atrofidagi narsa va kishilardan foydalanishni boshlaydi. Bu esa, boshqa turli xil foydalar, boyliklar keltiradigan kattaroq Уko`krakФdir, yaТni huzur Ц halovat joyidir. а

 

Odam bolasi endi katta kishi bo`ldi, endi u oltin, mulklar yig`ib olishi mumkin. Bular barchasi ikkinchi bir huzur-halovat bo`lib, u bilishga, atrofni his etishga, uni tanishga qaratilgan, yo`naltirilgan yo`ldir. Odam bolasi o`zini va o`z atrofini o`rganib bo`lgandan keyin, u er atrofini o`rgana boshlaydi, osmonga, koinotga ko`tarilishga, oy yuziga va boshqa yulduzlarga qadam qo`yishga intila boshlaydi. Uzoq, o`ziga nomaТlum planetalarni (sayyoralarni) o`rganmoq maqsadida ularga qarab kosmik apparatlar (kemalar) uchira boshlaydi. Bu bilan u butun olamni biladi, o`rganadi, yaТni uning huzur-halovati chegarasi yana kengayadi. Oxir oqibatda, u o`zining kimligini ko`proq tushunishga o`tadi. Endi bu kishining oldida, Уshuncha narsalarni o`rgandim, bildim, ammo men aslida kimmanФ-degan savol ko`ndalang bo`ladi. Mana shundan boshlab, u o`zini o`rganish yo`liga tushib oladi. U endi, o`z mohiyatini tushunishni, o`zining haqiqiy imkoniyatlarini bilishni istay boshlaydi. Demak, u o`z jismini, uning kuchi, epchilligini, o`z jismi va uning qobiliyatidan foydalana bilishni o`rganadi, ularni o`ziga va boshqalarga foyda keltiradigan tomonga boshqara boshlaydi. Bu esa, kishi uchun yana bir boshqa istirohatdir. Bu bilishning yuqori nuqtalaridan hisoblanadi. Chunki inson o`zini to`la-to`kis bilsa, u o`zini, o`z jismini Yaratganni, Parvardigorni bilgan, tanigan bo`ladi. Mana shu oxirgi bilish bo`lib, buni bilish orqali kishi o`z baxtining eng yuqori cho`qqisiga ko`tariladi. Chunki u ana shundan keyingina mukammallikning, go`zallardan go`zal baxtning eng buyuk cho`qqisiga chiqqan hisoblanadi. Ana shu bandasini sajdaga olib boradigan yo`lning boshlanishidir. Binobarin, hayotda qiyinchiliklar uchrar ekan, bu tikansiz gul bo`lmasligidandir. Cheksizlikning uchiga etishga intilgan kishi unga ko`tarilishi yo`lida mashaqqatlarga duch kelmasligi mumkin emas. Bandasining o`z Egasini tanishi, Uni bilishi, bandasi ko`zining ochilishi, undan g`aflat pardasining ko`tarilishini bildiradi. Bunday bilishning buyukligi qanchalar go`zal!

а

Jandalarga o`ralgan sufiylar, УHukmdorlar bizning huzur-halovatimizni sezishganlarida edi, ular bu huzur-halovatlarni egallamoq uchun biz bilan urush boshlashgan bo`lardilarФ-deyishadi. Buyuk Ollohga ibodat, sajda qilishdan rohatlanish Ц bu haqiqiy huzur-halovatdir. Ammo Olloh hech qachon bizga, ibodatimiz, sajdamiz va huzur-halovatimizga muhtoj emas. Ollohning huzurida bizning ibodatimiz oshib-toshib yotibdi. Biz Unga majburan emas, balki Uning Buyukligini va sharafini bilganimizdan ibodat va sajda qilamiz. Ollohga ibodatu-sajda qilish biz uchunа tahqirlanish emas, aksincha biz ibodat qilarkanmiz, o`zimizni nihoyatda ozod va erkin rohatli sezamiz, uni ulug`vorlik, deb bilamiz. Dunyoviy ishlardan, qullik tarzlaridan o`zimizni erkin va ozod sezamiz. Ehtiroz, his-tuyg`ular, boyliklarga intilish kabi istaklar qulligidan o`zni ozod hisoblaymiz. Biz faqat Ollohdan qo`rqamiz. Ammo boshqa hech kimdan va hech narsadan Undan qo`rqqanday qo`rqmaymiz. Agar biz kimdandir Ollohdan qo`rqqanday qo`rqsak, uni biz Ollohga sherik qilgan bo`lamiz. Bizni har qanday azobdan, jazodan qutqaradigan Yaratganning-Ollohning O`zidir. Ollohdan qutilib qoladigan, Uning huzurida javob bermaydigan zot er yuzida tug`ilmadi va tug`ilmaydi ham. Bu mutlaq haqiqat!

 

Ollohdan qo`rqish-bu chin qahramonlikdir. Unga Ц Yaratganga ibodat va sajda etish - bu qutulish, ozod bo`lishdir. Olloh huzurida o`zini past tutish-bu oliy janoblikdir. Ollohni to`la oxirigacha anglash va bilish, ana shu Unga sajda va chin sig`inishdir. Biz insonlar (bandasi) har doim naf, foyda va quvonch, xudsandchiliklar izlovchilarmiz. Ollohda esa, bular mujassam, Unda bularning hammasi tayyor, muhayo, Unga hech narsa kerak emas. Chindan ham Olloh O`z boyliklaridan hadya qilmoq uchun bizni yaratdi. U bizdan hech narsa olmoqchi emas. U bizdan hech narsa kutmaydi ham. U o`z mukammalliklari bilan taТminlamoq uchun bizni bino etdi. U eshituvchi, ko`ruvchidir. U bizga quloq va ko`z berdi. U hamma narsani bilguvchidir. Barcha bilimlarni egallamog`imiz uchun bizga U aql berdi. Uning Qudratiga muvaffaq bo`lmog`imiz uchun bizni U sezgilar (sezgi organlari) bilan taТminladi. УMening qulim (bandam), Menga itoatkor bo`l. Men seni ilohiy qudratli(karomatli) qilaman. Nimani Уpaydo bo`lФ-desang, u oldingda muhayo bo`ladigan bo`ladiФ-deydi Ollohu taolo. Olloh shunday ilohiy qudratni (karomatni) Isoga (unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) bermadimi? Ha, shunday bo`ldi. Iso payg`ambar, o`liklarni tiriltirdi, loydan qush uchirdi, kasallarni davoladi, ojizlarning ko`zlarini ochdi. Bularning bari Ollohdan, faqat Uning qudrati ila sodir bo`ldi. Isoning Ollohga cheksiz itoatkorligidan, Unga doim ibodatda bo`lganligidan Olloh Isoga ilohiy qudrat ato qildi.

 

Ko`rayapsanmi, Ollohning quli (bandasi) bo`lish, odatdagi kishilar orasidagi bir-biriga qul bo`lishdan, insonlar orasidagi qullikdan mutlaqo farq qiladi. Bu qullik, kishilar tushunchasidagi hayotiy (dunyoviy) qullik, xo`jayin (xo`ja) o`z qulidan foyda istaydigan va shunday foydaga erishadigan holatni belgilamaydi. Ollohga qullik - bu Xo`ja o`z qullariga (bandalariga) beradi va ularni barcha boyliklaru-neТmatlar bilan taТminlaydigan qullikdir. Shuning uchun УMen jin va insonni faqat O`zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdimФ (51:56)- deydi Alloh.а Bu oyatning asl maТnosi, УMen odamlar va jinlarni, ularga hamma narsani berish, yaТni ularga sevgi-muhabbatni ham, yaxshi odatlarni ham, oliyjanoblik va ilohiylikni ham berdim, ularni Er yuzidagi izdoshlarim etish uchun yaratdimФ-demakdir. а

 

Demak, bizning sig`inish, sajdalarimizga Olloh hech qachon muhtoj emas. Biz Unga doim sig`inish, sajda etishga muhtojmiz. Biz Uning oliyhimmatligi va cheki yo`q hadyalariga muhtojmiz. Olloh chindan ham sahiydir. Biz Uning huzuriga xohlagan zamonda kirishimiz, qaerda bo`lishimizdan (toza joylarda) qatТi nazar, Uni ogohlantirmasdan Unga borishimiz, murojaat qilishimiz mumkin. Uning qabulxonasi butun Olamdir. Biz U bilan qancha vaqt xohlasak, o`shancha vaqt Uning ishtirokida, Uning qabulida qolishimiz mumkin. Biz Undan istaganimizni so`raymiz. U bilan nimani xohlasak o`sha haqida so`zlashamiz. Biz ibodat (namoz) uchun joynamoz yozib УOllohu AkbarФ, deyishimiz bilan Uning ishtirokida bo`lib qolamiz va Undan ko`nglimizga sig`ganicha istaklar tilaymiz.

 

Bunday xo`jani (xo`jayinni) qaerda uchratsa va topsa bo`ladi? Unga ogohsiz istagan zamonda kira olsak, Uning ishtirokida xohlagancha bo`la olsak, nimani xohlasak o`shani ola bilsak, esak-ichsak va kiysak, bundan ham buyukroq oliyhimmatlik biror erda mavjudmi?

 

Muhammad Abdu Ц Solih bu oliyhimmatlik haqida quyidagicha sheТr bitibdi( uning erkin tarjimasi):

Men Allohga qul bo`lganim uchun cheksiz buyukman,

Chunki U meni doim rad qilmasdan qabul qiladi.

U ilohiy Buyuklik, yuksaklikda tursa-da,

Men U bilan har joyda, har doim uchrasha olaman.

 

УMen jin va insni faqat O`zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdimФ(51:56)-degan oyat sirlarining bir qismi ana shu sheТrda bayon etilgan. Agar bu oyatni yana ham chuqurroq tahlil etsangiz va uning maТnosini yanada yaxshiroq chaqsangiz undan ko`nglingiz yayraydi, hayratingiz oshaveradi.

 

Din va evolyutsiya.

Mening dinsiz hamrohim yana davom etdi:

- Bizning zamonimizda, yaТni shu kunlarda sizlarning ahvolingiz ancha murakkablashgan. Chunki fanning bugungi muvaffaqiyatlari muhitida odamzodning zudlik bilan bir zumda yaratildi, degan aqidani isbot qilmog`ingiz, uni ko`rsatmog`ingiz lozim bo`ladi. Sizlarning tastig`ingizcha, Yaratuvchi bir parcha loyni oldi, uni izib aralashtirdi va odam yasadi, unga pufladi va u odamga aylandi, qoldi. Bu ilmiy mantiqqa mutlaqo mos kelmaydi-ku. Bugungi fan odamning paydo bo`lishi maТlum bir biologik davrni o`taganligini ilmiy tasdiqlaydi. Bilasizki, odamzod hayvonot dunyosidan faqat oilaviy tartib, tarz va tafakkur xususiyatlari bilan farq qiladi. Odam va maymun etti avlod burun aynan bir xil bo`lgan o`tmish avlodimizning bolalaridir. Barcha hayvonlar anatomik jihatdan o`xshashdirlar. Bu fanda rad qilib bo`lmas darajada tasdiqlangan.

 

Bu erda ko`tarilgan masala haqiqatan ham ancha katta ilmiy munozara ekanligini to`la anglagan holda men ham unga javob qilishga kirishdim:

- Eng avval savolning o`zini biroz to`g`rilab qo`ymoq kerak bo`layapti. Odamning paydo bo`lishini sen o`zingcha juda oddiy qilib ko`rsatmoqdasan. YaТni seningcha, Olloh bir parcha loyni ola solib, uni izib aralashtirib odam shaklini yasab, unga puflagan va odam tayyor bo`lgan qolgan. Yo`q, u masala aslo bunday sodda emas. Olloh odamni darhol, ayni zamonda, zudlik bilan yaratgani yo`q. Ha, darhaqiqat, QurТoni Karimda odamzod yaratilishi hikoya qilinadi. Biroq u hikoya sening aytganlaringga mutlaqo mos kelmaydi. U muqaddas Kitobda odam yaratilishi qadamma-qadam, davrlar davomida, uzoq bir ilohiy zamon davomida amalga oshirilgani haqida so`zlanadi. QurТoni Karimda hatto odamni bevosita loydan yasaldi deyilmaydi, balki loydan chiqqan o`tmishdan paydo bo`lgani haqida aytiladi, yaТni unda, У(Qasamki), Biz insonni (yaТni Odam alayhis-salomni) loyning mag`zidan yaratdikФ(23:12)-deb keladi.

а

Odam yaratilishining boshida hech edi. УAniqki, insonning ustiga zamondan u tilga olgulik bir narsa bo`lmagan vaqt-muddat ham kelgandirФ)76:1).

 

Odamning yaratilishi qadamma-qadam bo`ldi, dedik. Mana masalan, УNega sizlar Ollohni ulug`lashni (yaТni Unga ibodat qilishni) o`ylamaysizlar? Holbuki, U zot sizlarni bosqichma-bosqich yaratdi-ku!Ф(71:13-14). УAniqki, Biz sizlarni yaratdik, so`ng sizlarga surat berdik, so`ngra parishtalarga: УOdamga sajda qilinglarФ-deyishimiz bilan ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilardan bo`lmadiФ(7:11). УEslang, Parvardigoringiz parishtalarga degan edi: УAlbatta, men loydan bir odam yaratuvchidirman, Bas, qachon uni rostlab, unga O`z ruhimdan puflab jon kirgizganimdan so`ngа unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglarФ(38:71-72). Bundan ko`rinayaptiki, odamni yaratishda davrlar o`tdi. Qarang, avval yaratiladi, so`ngra Уrostlanadi, undan keyin ruhdan jon kiritiladi va h.k. Bu ketma-ketlik, yana, so`ngra davrlarni, zamonlarni o`z ichiga oladi, axir. Har bir Уso`ngФ millionlab yillardan iboratdir. У... Darvoqe, Parvardigoringizning nazdida bir kun(lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga barobardir.Ф(22:47)-deyiladi Allohning Kitobida.

 

Ana shundan so`ng odamzotning yaratilish davrlarini va bosqichlarini kuzatib boqchi, QurТoni Karimda nima deyilayapti, yaТni, УU insonni (yaТni Odamni) dastavval loydan yaratdi. So`ngra uning nasli avlodini haqir bir suvdan iborat bo`lgan nutfadan paydo qildi. So`ngra uni (inson qilib) rostlab, ichiga O`z (dargohidagi) jondan kiritdi. U zot sizlar uchun quloq, ko`z, dillarni paydo qildiФ(32:7-9)-deyilmoqda bu ilohi Kitobda.

 

Ko`rayapsanmi, avval boshda loy, undan so`ng arzimas suvdan nasl, avlod-bular barchasi odam yaratilishining ilk boshlanishi, yo`qdan (hechdan) yaratilmoqda, aks holda u haqda biror gap aytilardi; undan so`ng rostlash, shakl berish, so`ngra jon kiritish, ana shundan so`ng unda(odamda) eshitish, sezish boshlandi va nihoyat odam tayyor bo`ldi. Bu jarayonda odam uzoq bir davr davomida eng so`nggi bosqichda jonli, tafakkurli zot shaklida gavdalanayapti. УLoy olindi-yu, unga pufladiФ va odam tayyor bo`ldi qoldi bo`lmayapti-ku, bu erda. а

 

УOlloh sizlarning (otangiz Odamni) erdan undirib o`stirdiФ(71:17). Bu bilan odam o`sishining ilmiy jarayoni barcha davr va zamonlari bilan ko`rsatilayapti. Bu erda chigal joyi bitta, yaТni davr, bosqichlar nimadan iborat? Va hayot daraxti faqat bitta otadanmi, kabi masalalar bor.

 

Barcha jonli mavjudotlar kimyoviy tarkib jihatidan loydan tashkil topgan. Va ularning hammasi bu dunyodagi (yorug` dunyodagi) hayotini o`tagandan so`ng, yaТni ular o`lganlaridan so`ngra o`zlarining ibtidoiy asoslariga tuproqqa aylanadilar. Bu masalada munozaraga o`rin yo`q. Ammo УotaФ so`zida biz shunday bir maТnoni tushunamizki, u so`zsiz loy asosdan kattaroq buyukroqdir. Bundan shunday bir masala chiqadi: eng boshlang`ich, ilk kletka(hujayra) loydan paydo bo`ldimi, undan tug`ildimi? Shunday qilib, paydo bo`lib, tug`ilib, so`ngra ko`payib, barcha jonli mavjudotlarning va o`simliklarning kelib chiqishiga sabab bo`ldimi? Yoki o`sha ibtidoda ko`plab boshlanishlar bo`lgan edimi? Har tur uchun alohida ibtido, masalan, o`simlik uchun bir ibtido, jonli mavjudotlar rivojlanishining ibtidosi, mayda suv jonivorlari (gubki) uchun alohida , boliq uchun alohida, bir-biriga qo`shilib-aralashib ketishgan jonivorlar uchun ham, qushlar, odamlar va h.k uchun ham alohida-alohida ibtidolar bo`lganmi?

 

Odamzod o`zining alohida olingan ibtido va o`tmishiga ega. Shuningdek, hamma jonli mavjudotlar ham o`zlarining alohida avlodi va o`tmishiga egadirlar.

 

Jonivorlarning barcha turlari anatomik jihatdan yagonaligi, ularning har biri o`z ibtidosiga ega bo`lganligini rad qila olmaydi. Aksincha u boshqacha bir xillilikni, yaТni hamma turlarning va sinflarning Yaratuvchisi Yagonaligini ko`rsatadi. Chunki ular barchasi bir xil materialdan yagona usul va rejaga asosan yaratilgan. Bu esa, ularning shak-shubhasiz Yaratuvchisi Yakka-Yagonaligini isbot etadigan dalildir. Turlarning anatomik yaqin va o`xshashliklaridan kelib chiqib, ularning ilk hujayradan paydo bo`la boshlagandi, deb xulosa qilib bo`lmaydi.

 

Mana bu hayotiy(dunyoviy) misolga bir nazar solgin-a. Masalan, ko`chalarni to`ldirib turgan transport vositalarini olaylik. Ular juda xilma-xil, qo`lda itarib (tortib) yuradigan aravachami, tranvay-avtobusmi, poezd-uchoqmi, ularning barchasi geometrik jihatdan bir-biriga juda o`zshash shakllardan, konstruksiyalardan iborat. Ammo ularning hammasi bir xil konstruksiyadan yoki yagona geometrik sxemadan kelib chiqdi, deb bo`lmaydi-ku. Darhaqiqat, ularning barchasi inson tomonidan yaratildi(yasaldi), u insonning kashfiyotlaridir.

 

Qo`lda tortib (itarib) yuradigan aravacha o`z ichki qonuniyatlariga ko`ra avval faetonga, keyinroq ford mashinalariga, undan so`ngra poezdlarga aylanish va h.k. sodir bo`ldi, deya olmaymiz, axir. Chindan ham shunday bo`lgani yo`q. Itarib yuriladigan aravacha bugun ham o`sha-o`shaligicha qolayotir. Zamonlar o`tishi sayin avloddan avlodga o`ta borib, bir-biridan qobiliyatliroq kashfiyotchi va injenerlar oldida yangi-yangi g`oyalar paydo bo`lib, ular sekin Ц asta xilma-xil konstruksiyalarga ega bo`la boshlashdilar. Bu shakl va konstruksiyalar kashfiyotchilar fikrlarida mustaqil ravishda paydo bo`ldi va rivojlandi, mukammallashdi.

 

Darvin o`z talimotini bayon etayotib, u tushib qolgan choh va o`nqir-cho`nqurlarni ko`rganmisan? Qara, Darvinning УTurlar asoslariФ kitobini birgalashib qarab chiqaylik. Darvin УBiglФ kemasida olam sayohati uyushtirdi va o`sha sayohat natijasida u barcha tirik jonivorlar anatomik tuzilishi jihatidan bir xil, degan xulosa chiqardi. Bu Darvinning birinchi kashfiyoti edi. Ko`pchilik umurtqali hayvonlarda skelet sxemalari bir xildir. Maymunlarning qo`llari, qushlarning qanotlari bilan bir xil, shuningdek, ko`rshapaloqlarda ham shunday. Ularning suyaklari solishtirilganda, ular ham uncha farq qilinmasliklari aniqlangan. U suyaklarning har qaysisi mos jonivorlarda o`ziga xos maxsus harakatlarni (funksiyalarni) bajarishga mo`ljallangan. Masalan, qushlarning suyaklari (ular uchadigan bo`lganlari uchun) yupqa, engil, yoyiq (yassi), yuqorgi qatlami patlar bilan qoplangan. Jirafa bo`ynining uzunligi to`g`risida qanchalar afsonalar to`qilishiga qaramasdan, unda ham faqat ettita umurtqa suyagi borligini bilamiz. Qarang, odam bo`ynida ham shuncha umurtqa suyagi bor ekan. Tipratikanning bo`yni bormi-yo`qligi umuman sezilmaydi, ammo unda ham suyaklar soni ettita. Odam qo`li besh barmoqlidir. Maymun, quyon, qurbaqa, kaltakesak (echki emar)da ham xuddi shunday beshtadan barmoqlar bor.

Hamlasini ko`tarib yurish muddati kitda, maymunda va odamda to`qqiz oyni tashkil etib, bolalarini ikki yil emizadilar.

 

Maymunlar dumidagi umurtqa zvenosi - bu odamlarda dumg`aza shaklida mavjud. O`sha odamdagiа УdumФning muskullari odamzodda mustahkam dumg`azaga aylangan.

 

Odamning, kaptarning, quyon, eshak, otlar yuraklarining har biri to`rttadan qorinchalarda(xaltachalar)dan tuzilgan bo`lib, arteriya tormoqlanish plani va kanallari aynan bir xildir. Ularning barchasida ovqat hazm etish apparatlari aynan o`xshash va yagonadir. Shuningdek, ularning jinsiy sistemalari ham o`xshashdir. Ularda siydik sistemasi, buyrak, siydik manbai(siydik to`planish joyi, siydik xaltasi), qovuqdan iborat. Nafas sistemasi ham bir-biriga juda o`xshash. Suv va quruqlikka moslashgan jonivorlarning o`pkalari boliqlarning suzish po`pakchalariga o`xshashdir.

 

Mana shunaqa, ajoyib bir o`zaro mosliklarni ko`rib, sezib qolgan Darvin tabiiy ravishda er yuzidagi barcha tirik dunyo bir oilaga mansub, degan xulosaga keldi qo`ydi. Ammo uzoq zamonlar davomida atrof-muhitning taТsirida ularda turlarga bo`linish yuz berdi, deb xulosa chiqardi, Darvin. Shunday qilib, u ketma-ket xulosalar qilaverdi. Masalan, kit Muz okeanida makon tutgani uchun qalin yog`dan iborat УpoltoФ kiydi, ayiq esa, issiq po`stinga o`randi. Changalzorlarda yashovchi odamlar quyoshning jazirama issig`iga qarshi qop-qora teri УkiyibФ olishdi. Bu teri go`yoki ularni issiqdan saqlovchi zont vazifasini bajaradi. G`orlarda yashovchilar ko`rish qobiliyatini yo`qotishgan. Chunki ular bunga (ko`rishga) muhtoj emaslar. Cho`llarda yashovchi jonivorlarda esa, ko`rish xususiyati juda rivojlangan. Uzoq zamonlar davomida asta-sekin rivojlanish jarayonida jonivorlarning qo`l-oyoqlari suvda yashab qolganlari uchun suzish elementlariga, osmonga ko`tariluvchilar(uchuvchilari) uchun qanotlarga, erda yashab qoluvchilar uchun esa, oyoq va qo`llar bo`lib qoldilar, singari xulosalar eТlon qilindi.

 

Endi inson hamlasi rivojlanish jarayonini (evolyutsiyasini) bir kuzatib boqaylik-chi. Hamla endi paydo bo`lgan ilk zamonda burun teshiklari bilan nafas oladi, so`ngra ular yopilib, o`pka bilan nafas ola boshlaydi. MaТlum bir zamon davomida uning dumi ham bo`ladi. Bir muddat o`tkach u dum yo`qoladi. Undan so`ng u junlar bilan qoplanadi. so`ngra u bularning barchasidan tozalanadi va nihoyat top-toza odam bolasi yorug` dunyoga keladi.

 

Erning tosh qatlamlarini qazib, ularning ketma-ketligini kuzatsa bo`ladi. U ketma-ketlik tirik mavjudotda biri paydo bo`lib, boshqasi tugab ketishini, bir hujayralilarning ko`phujayralilarga almashini, undan so`ng malyuskalarga, keyin mayda boliqchalarga, ulardan boliqlar va quruqlikda yuruvchilar, sudralib yuruvchilarga, uchadigan va sutemizuvchilarga, nihoyat odamlarga rivojlanishidan darak beradi.

 

Darhaqiqat, bunday xulosalar chiqarib, Darvin ancha mukammal yutuqqa erishdi. U tirik mavjudot turlari orasida anatomik o`xshashlik nazariyasini ochdi. Buni rivojlanishning qonuniyatli jarayoni, deb atab u juda to`g`ri ish qildi. Ammo u bu qonuniyatlarni tushuntirishda chuqur xatolarga yo`l qo`ydi. Darvin ketma-ket rivojlanish qonunlarini ko`rsatishga urinib, uni ifodalashda xato yo`lga tushib qoldi.

 

Ketma-ket rivojlanish jarayoni Darvin taxminicha jonivorlar turlarining yashashi uchun stixiyali kurashi bilan tugaydi. Bu kurashda tanlash o`z-o`zidan tabiatan yuz beradi, yaТni zaiflar tugab, kuchlilar yashab qoladi. Shuning uchun yashab qolganlari hayotga ko`proq moslashgan, chidamli va kuchliroq, ular o`z turlarini, avlodlarini davom etkazish imkoniyatlariga ega.

 

Yaxshi, bu taТlimot hayotda faqat kuchlilar yashab qolgan, deb tasdiqlayotgan bo`lsa-yu, ammo hozir ham, bizning kosmik zamonimizda ham bemalol yashayotgan nihoyatda zaif, ammo cheksiz nafs, go`zal jonivorlarning mavjudligini qanday tushuntirib bo`ladi. Rang-barang kapalaklar yashashga moslashishlari jihatidan, oq qanotli(chaykalardan)lardan hech bir farqi yo`q. Kapalaklar chaykalardan kuchli emasliklari aniq, chaykalar suyakli(skletli), kapalaklar suyaksiz(skletsiz) jonivorlardir. Bu erda masalaning mohiyati ularning go`zalligida, ular atrof-tuvarakni chiroyli, go`zal etishga xizmat qilishidadir. Masala mana shunday qo`yiladigan bo`lsa, materialist taТlimot birdaniga o`z suyanchini yo`qotadi, u asosidan ajraladi.

 

Mana shundan so`ngra eshaklar oilasida nima uchun otlar ham yashab qolganini (ot eshakdan zaif); yovvoyi echkilar oilasida nozik tabiat go`zal ohuning saqlanishini qanday tushunib bo`ladi? Endi biz, olashaqshaq va tovusda patlar bor, ammo nima uchun tovus pati va qanotlari buncha go`zal, chiroyligini qanday anglab etamiz? Kapalaklarning rang-barangligi, hech kimsaga zararsiz chiroyga egaligini aytmaysizmi. Bularning barchasida nozik did mohir Rasomning, buyuk va dono Ustoning qo`li borligi ko`rinib turibdi.

 

Bularning barchsida biz, yashab qolish uchun ayovsiz kurashlardan, tartibsizlik, vayronaliklar qoldiradigan stixiyali urushlardan o`tgan qo`pol ishlarning natijasini emas, balki Buyuk Dohiyning go`zal ijodini, qudratini ko`rib turibmiz.

 

Evolyutsiya taТlimotida Уsakrashlar nazariyasiningФ tashabbuskori ikkinchi xatoga ham yo`l qo`yadi. Bu erda УsakrashФ-bu avlodlarda rejalashtirilmagan aralashib ketishlar, erkak va urg`ochi hujayralarning qo`shilib ketishlari, xromosomalar arashishi natijasida ko`zda tutilmaganda yangi turlarning paydo bo`lib qolishidir.

 

BaТzida bu yangi turlar foydasiz bo`lib, patologik jihatdan tug`ma kamchiliklarga ega va nogiron bo`ladilar, baТzida juda foydali, masalan, suvda suzuvchilarning yassi qo`llari kabi. Tabiat bu yangi turga zarur sharoit yaratadi, uning yashab qolishiga ko`maklashadi, zarurati bo`lmaganlari, foydasizlarining tugab ketishiga yordam beradi.

 

Sakrash nazariyasi yangi turning hayotga tayyorgarlik jarayonini va tabiiy tanlashni to`la rad etadi va yaxshi o`ylanmagan asosga suyanadi. Bu uning asosiy kamchiligi va xatosidir.

 

Bizning atrofimizni o`rab turgan ajoyibotlarni tushunib etmoq uchun bu nazariyani asos sifatida qabul qilish mumkin emas.

 

Iskabtopar tuxumini qamishga qo`yadi. Har bir tuxumda suvga cho`kib ketmaslik uchun ikkita po`pakchasi bo`ladi. Bu hasharotga(iskabtoparga) Arximed qonunini kim o`rgatibdiki, u tuxumlarining suvga cho`kib ketmasligini avvaldan taТminlab qo`ymoqda.

 

Sahroda o`sadigan o`simliklarning urug`lari (danaklari) odatda qanotli bo`ladi. Chunki urug`lar boshqacha bo`lsa, ular uzoq-uzoqlarga uchub keta olmaydi. sahroning boshqa joylarida yana shunaqa o`simliklarning o`sishi qiyin bo`ladi. Sahro o`simliklariga o`rug`larini shunday yo`l bilan tarqatishni, sahro o`simliklarining keng hududda o`sishini taТminlashni ularga kim o`rgatdi ekan?

 

Chiroyli tikanlari bilan hasharotlarni o`ziga jalb etib, ular bilan ozuqlanadigan o`tlar (alaflar) bor, bu dunyoda. Bunday o`t-alaflarning xususiyat Ц qobiliyatlari va sifatlari, bilimlari qaysi aql bilan yaratilgan, qanaqa УsakrashФ nazariyasiga moslasa bo`ladi? Biz bu erda fikrlovchi, kashf etuvchi, yaratuvchi, hayot yo`llarini ixtiro etguvchi, barcha narsani qamrab olguvchi Aqlning qarshisida turibmiz. Buyuk donishmand, Dono Yaratuvchisiz bunday kashfiyotni, ixtironi tasavvur etishning imkoni yo`q.

 

У... Parvardigorimiz barcha narsaga o`z xilqatini-shaklini ato etib, so`ngra (uni) to`g`ri yo`lga solib qo`ygan zotdirФ(20:50)-deyiladi QurТoni Karimda.

 

УXromosomalar xaritasiФ nomi bilan ochilgan kashfiyotlar Darvin taТlimotiga uchinchi to`siqni keltirib chiqardi. Endi, bugun har bir turning o`ziga, faqat o`ziga xos xromosoma xaritasi borligi aniq. Bundan ko`rinadiki, bir tur ikkinchisidan kelib chiqishi mumkin emas. Chunki ularning xromosomalari bir-biri bilan aralasha olmaydi.

 

Bulardan keyin Darvin taТlimoti boshi berk ko`chaga kirib qolgani maТlum bo`ladi. Haqiqatan, hayvonlar anatomik jihatdan o`xshash bo`lsalarda, bu bilan Darvin taТlimotini isbot etib bo`lmaydi.

 

Hayotda evolyutsion jarayon ham haqiqat, ammo uning bosqichlari va evolyutsion holati aniqlanmay qolmoqda. QurТoni Karimda esa, evolyutsiya haqida juda yaxshi aytib qo`yilgan. Yaratilishning (odam yaratilishining) bosqichlari ham ko`rsatilgan. Eslang, rostlash(turg`izish), jon ato qilish va h.k. Fan hali bu bosqichlar, odam yaratilishi davrlari haqida aniq xulosalar qila olganicha yo`q. Bu sohada ilmiy tadqiqotlar hali oldinda.

 

У... U insonni (yaТni odamni) dastavval loydan yaratdi. So`ngra uning nasli avlodini haqir bir suvdan iborat bo`lgan nutfadan paydo qildi. So`ngra uni(inson qilib) rostlab, ichiga O`z (dargohidan) jondan kiritdi. U zot sizlar uchun quloq, ko`z, dillarni paydo qildiФ(32:7-9). Ko`rayapsizmi, odam yaratilgandan so`ng eng avval uning avlodlari, nasli, quloqsiz, ko`zsiz va dilsiz(qalbsiz) haqir(arzimas) bir tomchi suvdan chiqqanligini ko`rsatish bilan bu oyat ahamiyatli va qimmatlidir. Darhaqiqat, odamga jon kiritilgandan so`ng eshitish va ko`rish kelayapti, bu odam yaratilishining so`nggi, oxirgi bosqichi hisoblanadi. Bu xulosa boshqa barcha nazariyalarga nisbatan mantiqqa mos ishonchliroqdir.

 

УAniqki, insonning ustiga zamondan u tilga olgulik bir narsa bo`lmagan vaqt-muddat ham kelgandir.Ф(76:1).

 

Bu nazariya qaysi ilmiy taТlimotdan orqada qoladi yoki qanday ilmiy xulosaga to`g`ri kelmaydi? Haqiqatda ham bu masala hali hal bo`lganicha yo`q. U hali jumboqligicha qolib turibdi. Hozircha hech kim asl haqiqatni topganligini tasdiqlay olmaydi. Aslida biz o`ylayotganday ham bo`lmagan, jarayon unday o`tmagan, shuningdek, olimlar tasavvur etayotganday ham bo`lmagan bo`lishi ham mumkin. Masala hali echilmagan, u munozara va muhokama uchun, o`rganish uchun ochiq qolmoqda. Fan bu masalada nimalar demasin, ular barchasi farazlardan (gipotezalardan) nariga o`ta olganicha yo`q.

ааа

УAllohdan o`zga ilohiyot yo`qdirФ so`zlarining maТnosi.

Mening dinsiz suhbatdoshim savollar, masalalar qo`yishda charchamaslik-ka harakat qilardi. U nabatdagi savolga o`tdi:

- УOllohdan o`zga ilohiyot yo`qdirФ, degan tasdiqning ahamiyatini juda oshirib yubormoqdasilar, desam menga qo`shilarsan. Bu so`zlarni siz go`yo barcha qulflarga kalit (ochqich) singari ishlatasiz. Sizda shu kalimalar ila o`liklar ko`miladi, shu kalimani takrorlab yangi tug`ilayotgan go`dak kutiladi, shu so`zlar ila muhr bosiladi, shu kalimalarni tumor qilib osib yuriladi, shu kalima bilan shiorlar bezatiladi, shu kalima devorlarga osib qo`yiladi. Shu kalimalarni takror-takror aytib yurganlar jahannam azobidan qutiladi, deb tasdiqlaysiz. Bu kalimalar nima o`zi, ular yovuz ruhlarni qamab qo`yiladigan maxsus ko`zacha yoki sehrlangan(tilsimli) tumormi? U kalimalarni yuz ming marta takrorlagan kimsa, albatta jannatiy bo`ladi, deb tasdiqlaysilar. O`zlaring maТnosiga borib etmaydigan, Уta sin minФ, Уalif lam mimФ, Уkaam mimФ, Уalif lam raaФ kabi harflar ketma-ketligini ilohiy bilasilar, ana shular silarni jahannamdan qutqaradi, deb ishonasilar. Mana masalan, men ham УOllohdan o`zga ilohiyot yo`qdirФ, dedim. Nima, shunday qilib men qiyomat jazosi(azobi)dan qutulib qoldimmi? Sizlar shu erda ishtiroq etuvchilar guvohsiz, men o`sha so`zlarni takrorladim, bo`ldimi? Demak, hamma narsa hal bo`ldi, menga jannat tayyor, shundaymi? а

 

Ey, g`ofil banda, sen bir muhim narsani tushunmayapsan. U kalimalar barcha yumushlari va borligi bilan Ollohga ishonch, iymon keltirgan kishilarga qaratilgan, chin iymonlilarga mo`ljallangandir. Faqatgina tilda УOllohdan o`zga ilohiyot yo`qФ, degan bilan maqsad hal bo`lmaydi. U so`zlarni takrorlash kishining hayotiy (turmush) dasturi va kunlik rejasiga aylanishi zarur. Kel, endi bir bu kalimalarning ahamiyatini, qimmatini, maТnosini tahlil qilib ko`raylik-chi. УOllohdan o`zga ilohiyot yo`qdirФ, deganimizda Ollohdan boshqa iloh yo`qligini tushunamiz, albatta. УYo`qdirФ va Уo`zgaФ hamda tasdiq va inkor o`rtasida butun bir ishonch turibdi. УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ-kalimada Уyo`qФ inkor so`zi ilohiylikni dunyodagi barcha salbiy narsalarni ajratib, uni qo`rqlaydi. Hamma narsadan, bizning qalblarimiz, ko`ngullarimiz sig`inadigan narsalardan, yaТni salbiy havas, manfaatparastlik, tamagirlik, buyruq berishga mayillik, zolimlik, yaramas istak, maТnaviyatsizlik kabi xislatlardan saqlaydi. Biz УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deb o`sha salbiy xislatlarning barchasi Уyo`qФ, deymiz, u salbiylarga, sizga sig`inmaymiz, siz Ollohdan uzoqsiz, deymiz. Ana shundan so`ng biz o`sha narsalarni orzu qiluvchi, istovchi qalbimizga doim Уyo`qФ, deymiz . Chunki inson ko`pincha qalbi xohishiga, uning ehtiroslari, odatlari, hafsalasi(kayfiyati), talanti(qobiliyati), shuhrati va aqliga bo`ysunuvchi bo`ladi. Kishi baТzida juda kekkayib, odamlarning taqdiri, jamiyatning ochqichi(kaliti) qo`limda, ular faqat menga bog`langan, deb g`aflatga botib qoladi. Shunday qilib, kishi baТzida qalbini Ollohga tenglashtirib qo`yganini sezmay qoladi. Biz ana shunaqa qalblarga, Уyo`q, biz senga sig`inmaymiz, sen Olloh emassan deymiz. Biz direktorlarga, raislar va shularga o`xshashlarga, Уyo`q, sen Olloh emassanФ, deymiz.

 

УXudoФ(tangri) so`zining maТnosi, uning ahamiyati, u harakatlanuvchi, harakatdaligidadir. Harakatda faqat Ollohning O`zidir. Qolganlarning barchasi sabab va vositachi-vositalardir. Direktor, ministr, rais, mulk-boylik, mansab, lavozim, hukmdorlik, aql va qobiliyatlari bilan qalblarning barchasiga Уyo`q, sen xudo emassanФ, deb ularni rad etamiz. Ammo har doim Уo`zgaФ so`zini qo`shib bitta istisno qilamiz va Buyuk Ollohning kuchi va harakatini tasdiqlaymiz. ana shu Уyo`qФ va Уo`zgaФ, inkor va tasdiq orasida to`la asos joylashgan. Shu sababdan kimki, moddiy boyliklar to`plash, laganbardorlik, xushomadgo`ylik bilan band bo`lsa, ehtiroslarini qondirish, ovinishlarga mahliyo bo`lish, o`z aqliga va fikrlariga alohida hurmat bilan, berilish bilan ovora bo`lib qolsa, u kishi ana o`sha ilohlarga Уyo`qФ, deya olmagan va natijada o`sha УxudochalargaФ sig`inayotganini o`zi ham sezmay qolgan bo`ladi. Bunday kishilar УAllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deyayotganda ular aniq yolg`on so`zlaydilar. Ular faqat tillari bilan go`yo to`ti qushlar kabi chuldiramoqdalar.

 

Haqiqatda esa, so`zlar chuqur qalbdan aytilib, qo`l va oyoqlar harakatlari bilan tasdiqlashi lozim.

 

УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, iborasi o`z-o`zidan hech qanday nazoratsiz, Ollohning izmidan tashqarida harakatlanadigan hech narsa yo`q, degan mantiqni anglatadi. U Yagonadir. Faqat Uning qahridan qo`rqish mumkin, faqat Undangina mehr Ц shafqatlar kutish mumkin. Hamma narsaga Yakka U O`zi munosib, loyiqdir. Kasallikdan, mikroblardan, militsiya tayoqchalaridan, davlat harbiylaridan qo`rqib, u o`ylab chiqargan ilohlarga Уyo`qФ, deya olmaganlar, ularga sig`inishlarini davom ettirishgan va ularni (soxta ilohlarni) o`zining Yagona Yaratuvchisiga sherik etgan bo`ladi. Bu aslo mumkin emas.

 

Unday odam УOllohdan o`zga iloh yo`qФ, deb tilda takrorlayotgan bo`lsa-da , u yolg`on so`zlamoqda. УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ-deyish, chin qalbdan Ollohga vaТda berish, o`ziga uni qonun etib qabul qilish, uni o`z o`zgarmas shioriga aylantirish, uni hayot dasturiga, harakat maqsadiga aylantirib o`sha so`zlarga amal qilib, ishlamoq va yashamoq, demakdir. Ana shunday shior bilan harakat qilgan kishiga u haqiqatan tumor bo`ladi, unga barcha eshiklar ochiladi, u kishini bu dunyo, u dunyoda saqlaydi, jannatga ham eshik ochiq bo`ladi. Ammo uni quruq tildagina takrorlash mutlaqo foydasizdir.

 

УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ-deyishning maТnosi uning falsafiy talqinidan ham yuqoriroq, ko`proqdirki, u Ollohning Yagonaligini ifodalamoqda va shu sabab unda sirlar ko`pdir.

 

Doktor Zaki Mahmud, УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deb tasdiqlash tubandagi uch asosga suyanadi, deb ko`rsatadi:

1.      guvohlik beruvchining ishtirok etishi,

2.      guvoh bo`luvchi ham bo`lishi,

3- guvohlik aytilayotganda uni tinglovchi kishilarning ishtirok etishlari zarur ekan.

а

Demak, УAllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deb tasdiqlovchi bu so`zlarni aytayotganda, uning aytganligini tasdiqlovchi kishining bo`lishi va shunday guvohlik amalga oshirilayotganda uni tinglab o`tirgan boshqa kishilarning qatnashmoqlari ham zarur ekan. Ana shundagina siz УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deb guvohlik bergan bo`lasiz. Ana shundagina siz Ollohning, shaxsning va qolgan barcha modiy dunyoning mavjudligini tasdiqlagan bo`lasiz. Islom ana shu xususiyati bilan idealistik va materialistik falsafani, uning o`ngu-soluni rad etadi va ularning naq o`rtasini tanlaydi.

 

Islom idealistik falsafani ham rad etadi. chunki bu falsafa bizning bilishimizdan tashqarida borliq va obТektiv bilimlar borligini tan olmaydi. Idealistik falsafaga muvofiq barcha narsalar tushda xayolda kechayotgandek, deb hisoblaydi. Masalan, sen(odam), radio, ko`cha, jamiyat, gazeta, urush-bular barchasi misoli tushda, xayolda, ongimizda, tasavvurda bo`layotibdi, bizni o`rab turgan dunyo, borliq go`yo yo`qdir.

 

Idealistlarning bu taТlimotini islom qabul qilmaydi, uni rad etadi. Shuningdek, uning Allohning borligi haqidagi guvohligini ham islom rad etadi. Chunki biz Ollohni, shaxsni va boshqa barcha moddiy dunyoni, u - narigi dunyoni ham mavjud, deb ochiqdan-ochiq tasdiqladik.

 

Islom materialistik falsafani ham tan olmaydi.Chunki bu falsafa Ollohni va narigi dunyoni yo`qqa chiqarib, faqat moddiy borliqqa suyanadi. Islom real falsafani olg`a suradi va real fikr-mulohazalarga suyanadi. Islom, butun obТektiv dunyo va Ollohning mavjudligi taqozo qiladigan boshqa barcha boyliklar birgalikda mavjud, deb hisoblaydi, ularning barchasini real, deb biladi. Islom o`ng va so`l fikrlar bilan ifodalanadigan dialektikani yagona falsafaga birlashtiradi. Bu esa, o`z navbatida har bir fikrni, mulohazani mustahkamlashni talab etadi. УFarazu-taxminga qurilgan nuqtai nazarФ haqiqatga asoslana olmasligini yoqorida eslatib o`tgandik.

 

УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, iborasi o`z-o`zidan hech qanday nazoratsiz, Ollohning izmidan tashqarida harakatlanadigan hech narsa yo`q, degan mantiqni anglatadi. U Yagonadir. Faqat Uning qahridan qo`rqish mumkin, faqat Undangina mehr Ц shafqatlar kutish mumkin. Hamma narsaga Yakka U O`zi munosib, loyiqdir. Kasallikdan, mikroblardan, militsiya tayoqchalaridan, davlat harbiylaridan qo`rqib, u o`ylab chiqargan ilohlarga Уyo`qФ, deya olmaganlar, ularga sig`inishlarini davom ettirishgan va ularni (soxta ilohlarni) o`zining Yagona Yaratuvchisiga sherik etgan bo`ladi. Bu aslo mumkin emas.

 

Unday odam УOllohdan o`zga iloh yo`qФ, deb tilda takrorlayotgan bo`lsa-da , u yolg`on so`zlamoqda. Ollohdan o`zga iloh yo`qdirФ-deyish, chin qalbdan Ollohga vaТda berish, o`ziga uni qonun etib qabul qilish, uni o`z o`zgarmas shioriga aylantirish, uni hayot dasturiga, harakat maqsadiga aylantirib o`sha so`zlarga amal qilib, ishlamoq va yashamoq, demakdir. Ana shunday shior bilan harakat qilgan kishiga u haqiqatan tumor bo`ladi, unga barcha eshiklar ochiladi, u kishini bu dunyo, u dunyoda saqlaydi, jannatga ham eshik ochiq bo`ladi. Ammo uni quruq tildagina takrorlash mutlaqo foydasizdir.

 

УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ-deyishning maТnosi uning falsafiy talqinidan ham yuqoriroq, ko`proqdirki, u Ollohning Yagonaligini ifodalamoqda va shu sabab unda sirlar ko`pdir.

 

УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deb guvohlik berish - bu hayot (turmush) rejasi(plani) va chin falsafiy mulohazani anglatadi. Shuning uchun sen oddiygina qilib, УOllohdan o`zga iloh yo`qdirФ, deganingda yolg`on so`zlading. Boshqa tarafdan sen materialistsan, materialistik falsafani tanlay turib, Yagona Ollohni tan olaman, deyishing - bu ikkinchi yolg`ondir. Shunday qilib, sen birinchidan, o`z falsafangga qarshi chiqayapsan, ikkinchidan, sen turmushingda bu guvohlikka zarracha ham mos yashay olmaysan. Ollohning Yagonaligi va Mavjudligiga guvohlik bergan kishi esa, o`z ustiga ulkan majburiyat olgan bo`ladi. Siz materialistlar bunday majburiyatga chiday olmaysilar.

 

Endi, Уalif lam mimФ, Уkaf xaa yaya ayn soodФ ... harflarga kelsak, bu erda sendan ham bir karra so`rashga ijozat ber: bilmaydigan, tushunmaydigan kimsalar uchun lagorifm, elektr energiyasini to`g`rilash kabi tushunchalar bir jumboq bo`lib, ular hech narsani anglatmaydi, hech bir ahamiyat kasb etmaydi. Ammo ularni biladigan, tushunadigan mutaxassislar, ilm odamlari uchun esa, juda ahamiyatga egadir. Xuddi shu singari bu harflarning ham mohiyatini tushunganlarga, u juda muhim ahamiyatga ega.

 

Mening bu gaplarimdan qo`rqib tushgan suhbatdoshim:

- E, bu harflar mohiyati haqida biror narsa senga aniqmi?-deb yuborganini sezmay qoldi.

 

Men ham miltiqdan otilgan o`q kabi unga javob qildim:

- Bu to`lqinlantiruvchi bir mavzu, u munozara va muhakama talab qiladi. Bu mavzu haqida alohida gaplashishga to`g`ri keldi.

 

KAFа XAAа YaYaа AYNа SOOD

Men suhbatdoshimga dedim:

- Sen suralar boshlanishi oldidan, УkafФ, УsodФ, Уalif lam mim!Ф-larni uchratib, ularni o`qib, lablaringni qimirlatishdan boshqa ularga hech bir ahamiyat bermading, albatta. Qiziq, u harflarni o`qib, sen qanday xulosaga kelding ekan? Bular maТnosiz bir safsata bo`lsa kerak, deb o`ylading shekilli?

 

- YaТni bu bilan nima demoqchisan? -dedi suhbatdoshim.

- YaТni sen nima o`ylading, axir-dedim,а men.

- Sizlarning payg`ambarlaringiz silar ustilaringdan kulgan, silarni masxara qilgan, deb o`yladim.

- Yaxshi. Kel og`ayni, bu suralarning mazmunini, ularning matnini tahlil qilaylik, ualrni yaxshilab tekshiraylik-chi, qani ular maТnosiz va payg`ambar bizni ahmoq qilgan ekanmi yoki bu erda boshqacha gap bormi, ko`rinadi qoladi. Mana, birorta uncha murakkab bo`lmagan surani olamiz. Masalan, УQofФ surasini qarab chiqamiz va uning ustida bir tajriba qilib qaraymiz. Mazkur sura matnida uchraydigan УqofФ harflarni sanasak, ular 57-ta ekan. Endi boshqa УMariyamФ surasini olamiz. Chunki bu sura ham УQofФ harfi bilan boshlanadi. Ularni sanab boqsak, bu erda ham 57-ta УqofФ harflari borligini ko`ramiz. Bu sonlarni qo`shsak, 57+57=114- soni kelib chiqadi. Qara, bu QurТoni Karimdagi suralarning umumiy sonini bermoqda. Eslaysanmi, УQofФ surasi qanday boshlanib, qanday tugallanadi? U suraning boshlanishi, УQof. Ulug` QurТonga qasamkiФ kabi bo`lib, УBas, ushbu QurТon bilan Mening vaТdamdan qo`rqadigan kishilarga pand-nasihat qiling!Ф, deb tugallanadi. Bunda УqofФ QurТoni Karimning bir ramziy bo`lib kelayotganini ko`ramiz.

 

Shunday qilib, u ikki sura ichida uchraydigan УqofФ harflari sonlari yig`indisi QurТoni Karimdagi suralar umumiy sonini(114) bildirib kelmoqda. Ana shuning uchun ham suralar aynan o`sha harf bilan boshlanmoqda. U o`sha sirga ishoradir.

 

- Bu tasodifning o`zginasi-ku, deb hayron bo`ladi, bizning dinsiz suhbatdoshimiz.

- Unday bo`lsa tahlilni, tajribani davom ettiramiz. Qani, bu tasodiflar qanchalar bo`lishi mumkin ekan?

 

Endi QurТoni Karimni to`la komputerga o`tkazamiz va undagi barcha УqofФ harflarini sanab chiqamiz. Bu ish bilan УqofФ-larning suralarda o`rtacha joylashish darajasini aniqlaymiz.

- Uhu, buni ham qilganmisiz?

- Ha, qilganmiz.

- Natija qanday?

- Elektron aqlning (komputer) ko`rsatishicha, УqofФ harflarining QurТon bo`yicha o`rtacha joylashish darajasi, УqofФ bilan boshlanadigan suralardagiga nisbatan past ekan. Bu ham tasodifmi?

- Nahotki, hech ishonib bo`lmaydi!

- УRaТd-mamaqoldiroqФ surasi Уalif lam mim paaФ harflari bilan boshlanadi. EHM(Elektron hisoblash mashinalari) ko`ratdiki, bu surada, УalifФ-625 marta, УlamФ-479 marta, УmimФ-260 marta, УpaaФ-137 marta uchrar ekan. Harflarning sura boshida kelish tartibiga qarab ularning soni kamayib borishi ham aniqlandi.

 

Elektron aql u harflarning QurТoni karimda o`rtacha joylashish darajasini ham aniqladi. Ularning УMamaqoldiroqФ surasida o`rtacha arifmetik uchrash darajasi butun QurТon matnidagiga ko`ra yuqori ekan. Xuddi shunday holni УBaqaraФ surasida ham kuzatamiz. Bu erda УalifФ-4592, УlamФ-3204, УmimФ-2195 marta uchrab, ular ham kamayib borish tartibida joylashganlar.

 

Bundan tashqari EHM-ning ko`rsatishicha bu harflar surada joylashgan boshqa harflarning o`rtacha uchrashiga nisbatan ko`proq ekanligi ham aniqlandi.

 

УalifФ, УlamФ, УmimФ harflarining УOl-i ImronФ surasida joylashishi ham yuqoridagi tartibga aynan o`xshaydi. Bu surada masalan, УalifФ-2578, УlamФ-1885, УmimФ-1251 marta kamayib borish tartibida joylashib, ular boshqa harflarga nisbatan surada ko`proq uchraydilar.

 

Aynan shunday hol УAnqabutФ surasida ham saqlanadi. Bunda, УalifФ-784, УlamФ-554, УmimФ-344 marta uchraydi. Bu harflarning surada uchrash darajasi boshqa harflarga nisbatan bu erda ham yuqoridir. УRumФ surasida, УalifФ-547, УlamФ-394, УmimФ-318 marta uchrab, bu erda ham yuqoridagi tartibni kuzatamiz.

 

Bu harflar bilan boshlanadigan, Makkada nozil bo`lgan suralarning barchasida mazkur harflar soni qolgan boshqa Makkada nozil etilgan suralarda uchraydigan bu xil harflardan ko`pdir. Madinada nozil bo`lgan suralarda ham shu xususiyat saqlanadi.

 

УAТrofФ surasi boshlanadigan Уalif lam mim soodФ harflari xuddi Уalif lam mimФ-larga o`xshashdirlar.

 

Shuningdek, УMariyamФ surasidagi Уqof, xaa yaya ayn soodФ harflarning o`rtacha uchirash darajasi boshqa Makkada nozil bo`lgan suralardagiga nisbatan yuqoridir. Уhom mimФ harflari bilan boshlanadigan suralar bir erga yig`ilsa, ulardagi bu harflarning suralarda o`rtacha uchrash darajasi boshqa Makkada nozil bo`lgan suralardaidan ko`pdir. Shuningdek, УsoodФ va Уto`siqФ(yaТni УaТrofФ) kabi ikkita sura УsoodФ harfi bilan boshlanadi. Ular birin-ketin nozil etilgani bizga maТlum. Shu suralardagi o`sha harflarni yig`sangiz ularning soni QurТoni Karimdagi boshqa barcha suralardagidan ko`p ekanligini ko`rasiz.

 

Shunga o`xshash, УIbrohimФ, УYusufФ, УYunusФ, УHujurotФ, УHudФ suralari ham Уalif lam paaФ harflar bilan boshlanadi. Bu suralarning to`rtalasi ham navbatma-navbat, birin-ketin nozil qilinganlar. Ulardagi ana o`sha harflarni yig`sangiz EHM ko`rsatishicha ularning u suralarda arifmetik o`rtacha uchrashi QurТondagi qolgan Makkada nozil bo`lgan suralardagidan ko`pdir.

 

УYa sinФ surasida ham shunaqa belgilar bor. Ammo bu erda teskari tartibdadir. Chunki УyaФ harfi arab alfavitida ham oxirgi harf hisoblanadi. Shuning uchun bu surada УyaФ va УsinФ harflarining uchrash darajasi QurТondagiа boshqa suralarga nisbatan pastdir.

 

Bu faktlarni eshitayotgan suhbatdoshim chuqur sukutga ketgan edi. Ammo men davom etardim.

- Bularning barchasi men o`ylab chiqargan uydirmalar emas. Bu tajribani Misrli olim Rashad Xalifat Amerikada o`tkazgan. Mana bu kitob o`sha tajribalar asosida tuzilgan. Ma ol, o`qib qara, unda hamma faktlar yana ham to`laroq, tushunarliroq yozilgan.

 

Men ingliz tilida yozilib, Amerikada nashr etilgan kitobni uning qo`liga tutdim. U kitobni olib, uni jimgina varaqlay boshladi. Men esa, unga yana taТkidladim:

- Bularning barchasini tasodif, deb o`ylamagin. Biz, qattiq qonunlar va zarracha ham kamchillikka og`may hisoblangan harflar qarshisida turibmiz. U harflarning har biri o`zicha qatТi o`lchangan va hisoblangan. Mana qara, QurТoni Karimda : УOlloh haqiqiy-rost bo`lgan Kitobni va tarozi-adolatni nozil qilgan zotdirФ42:17)- deb qo`yilgan.

 

Bu qanaqa tarozidir! Nihoyatda ingichka soch tolasini ham torta oladigan haqiqat tarozisi oldida turibmiz. U torozi har bir harfni o`lchay oladigan o`lchovchidir. Nima, Payg`ambar(Unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) УMamaqodiroqФ surasini tuzaman va unda Уalif lam mimФ harflari QurТoni Karimdagi boshqa barcha suralarda uchraydigan shunaqa harflardan ko`p bo`ladi, deb o`ylagan va shunday qilgan, deb sen o`ylamoqdamisan? Bu mantiqqa sig`maydi-ku, axir.

 

Bilasanmi, u birorta kitob ijod qilmagan. Buning bo`lishi mumkin emas edi. Chunki payg`ambarda savod chiqmagan edi. Kim unga bu harflarni sanab bergan bo`lishi mumkin? Bugun bizga aniqki, bu ishni faqat murakkab elektron qurulma - EHM bajara oladi, xolos. Bordi-yu, u suralardagi harflarni sanay boshlashganda edi, faqat bitta suradagi harflarni sanab chiqmoq uchun yillar kerak bo`lardi. O`sha zamon fani esa, bunday hisoblarni bajara olmasdi. Muhammad alayhis-salomda (Unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) savod chiqmagan edi, binobarin u o`sha davr fani bilan tanisha olmas va tanish ham emasdi. Shu sababdan payg`ambar u harflarni sanash uchun o`z zamonasi fani natijalaridan ham foydalana olmas edi. Biz bu erda odatdan tashqari ajoyib faktning qarshisida turibmiz. Bu qiyomat, o`ta yuksak talant. Bunga QurТoni Karimning birdaniga nozil etilmagani, u bo`lib-bo`lib, qismma-qism shaklida nozil etilganini hisobga olsak, unda avval u harflarni sanab va joy-joyiga oldindan qo`yib qo`yish mumkin emasligi yana ham ko`rinib qoladi.

 

Harflarning bunaqa joylashish xususiyati eng katta sirlardandir. U faqat Ollohga, Qodir Parvardigorning O`zigagina aniq. Bu xususiyatlarni har qanday elektron aqldan tezroq, aniqroq va tartibliroq bo`lgan qudrat bila oladi. U qanday qudrat, U kim? U Yaratganning O`zi-Ollohdir. Olloh barcha narsalarni o`z eТtiboridan chetda qoldirmaydi. Suralar boshlanishida keltirilayotgan bu ayrim harflar Uning bilimini isbotlashga xizmat qiladigan baТzi bir vositalardir. Bu ilohiy kitobning to`la mazmuni, qudratlari sekin-asta ochila borsin uchun Olloh u harflarni kitob mazmuniga kiritgandir.

 

УToki ularga Haq(Kitob) ekanligi Ц aniq maТlum bo`lguncha albatta biz ularga atrof- ofoqdagi va o`z vujudlaridagi oyat-alomatlarimizni ko`rsatajakmizФ (41:53)- deydi Ollohu taolo o`z kitobida.

 

Men bu bilan harflarning sirini ochdim, demoqchi emasman. Ammo bu ochilishining, bilishning boshi, boshlanishi, biz biladigan, biz etishishimiz mumkin bo`lgan ufqqa etishishdir. Aslida qaergacha, qaysi ufqqacha borishni hech kim bilmaydi, uni bilish hech kimga berilmagan.

 

Shunday qilib, harflar bilan bo`lgan bu faktlar va ular haqida EHM-da olingan xulosalar QurТoni Karim inson tomonidan yaratilmaganligini to`la va batamom isbotlaydi.

 

Biz shunday hisoblar ro`porasida turibmizki, ulardan ko`z yumib, hech kim QurТon kishi ijodiy mahsuloti, deb ayta olmaydi. O, mening do`stim, mana shulardan so`ng ham ko`rmayapsanmi? Sen shunday so`zlar qarshisida turibsanki, unday so`zni, unday nutqni aytish bandasi qo`lidan kelmaydi!

 

MO`ТJIZALAR.

Mening dinsiz suhbatdoshim, hech qaniqmasdi. U yana so`rashda davom etardi:

- Mana shunday, mehribon, shafqatli Parvardigor, Uni hatto silar eТtiborli, kechiruvchi, do`stlarcha munosabatda bo`luvchi, deb qanchalar ko`kka ko`tarasilar. Qanday qilib, shunaqa ijobiy sifatlarga ega Olloh, O`z rasuliga uning jonajon yakkayu-yagona farzandini hayvon kabi so`yishga buyura oladi? Menga ana shu joyi tushunarli emas. Menimcha, buni umuman tushunib bo`lmaydi. Bunday ikkita (rahm va razillik) bir-biridan uzoq xislatlarni birlashtirib bo`lmaydi. Shunday emasmi? а

 

- O, g`aflat bandasi, o`sha voqeani ham bir yaxshilab, sinchiklab o`rganib chiqsang bo`lmasmidi?-dedimda, so`zimda davom etdim. MaТlumki, o`sha voqeaning natijasi razillik, johillikni emas, balki rahmdillikni, yaxshilikni, yaТni sodiqlik, ishonchni, Olloh o`z payg`ambarining irodasi, sodiqligini sinashni ko`rsatadigan majoziy bir misol bo`lib chiqadi. Chunki hikoyaning xulosasida johillik sodir bo`lmaydi. Sinovning maТnosi va mohiyati Ibrohim alayhis-salomning (unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) o`g`liga bo`lgan mehr-muhabbatining, dunyoviy muhabbatning bir qisminiа Уso`yishdanФ iborat bo`lib chiqmoqda.

 

Bilamizki, Ismoil, Ibrohim alayhis-salom keksayib qolgan chog`ida topilgan o`g`il edi. Natijada payg`ambar o`g`liga qattiq mehr qo`yib, unga to`la bog`lanib qoldi. Hatto u Parvadigorga mehr-muhabbatni unutayozdi. Ana shuning uchun Olloh O`z rasuli oldiga nihoyatda og`ir va katta sinov qo`ydi. Payg`ambarning qalbi, uning mehri-muhabbati Ollohdan tashqari yana kimga ham munosib bo`ladi? Shu sabab payg`ambarga buyruq keldi. Ibrohim alayhis-salom Parvardigor buyrug`ini bajardi, sevimli o`g`li bo`g`iziga pichoq qo`ydi. Ammo mehribon, rahmdil Olloh Ismoilni ozod qildi, pichoq uning bo`g`iziga botmadi.

 

- Ibrohimning olovga kirishi va uning yonmagani haqidagi mo`Тjizaga qanday qaraysan? Shuningdek, Muso payg`ambarning (unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) hassasi ilonga aylanishi, uning hassa bilan daryolarni ikkiga bo`lib yuborishi, hatto uning qo`lini yashirib qo`yishganda, qo`ldiqdan yorug` berib turishi kabi hodisalarga ishonib bo`ladimi? Bularning barchasi aynan o`sha aldamchilik va sirk o`yinlari emasmi? Nega Olloh O`z kuch-qudratini o`shanaqa misollar orqali ko`rsatadi? Bular o`z mohiyati bilan chegaradan chiqib ketadi. Bular maТnosiz, bemaТni bir gap. Bularsiz ham koinotdagi mustahkam qonuniyatlar, aqlning cheksiz qobiliyati, dunyo tuzilishidagi tartib, qonunlar, galatikadagi xatosiz harakatlarning o`zi Ollohning kuchini, qudratini ko`rsatishga yaqqol misol bo`la olmaydimi?, deb mening suhbatdoshim savolini davom qildi.

 

- Mening birodarim, sen mo`Тjizani noto`g`ri tasavvur etib, uni tushunmayapsan- deb men ham davom qildim. Mo`Тjiza senga akrobatik o`yin, xiyla, absurd bo`lib аtuyuladi. Mayli, seningcha shunday ham bo`laversin, asl mohiyat bunda emas. Masalaning mohiyatini quyidagicha tushunishga harakat qilamiz. Masalan, sen taxminan uch ming yil orqaga qaytsang-da, misr faraonlari huzuriga zamonaviy radiopriyomnik bilan kirsang, bilasanmi bu priyomnik (o`zi gapiruvchi apparat) ularda qanday taasurat qoldirgan bo`lishi mumkin edi. Faraon va uning atrofidagilarning hayratdan yuraklari tars yorilardi. Ular bunday karomatga absurd, deb qichqirishgan bo`lardilar. Biz esa, bu radiopriyomnik ekanligini yaxshi bilamiz, bu o`z mohiyati va maТnosiga ega hodisa, buning hech qanday mo`Тjizaga aloqasi yo`q. Bu elektrodinamik qonunlarga muvofiq havo to`lqinlarining tebranish hodisasidir.

 

Zangori ekranda xilma-xil mo`Тjizalar namoyish qilinadigan televizor bilan qodimiy Vavilonda paydo bo`lib qolsang ham bundan kam bo`lmagan holatga duch kelarding. Tranzistorli radiopriyomnikdan ajoyib muzika tinglagan Assiriyalik hukmdor hayratidan chapak chalib yuborganini sezmay qolgan bo`lardi.

 

Tarix bir ibratli misolni saqlab qolgan. Masalan, bosqinchi, mustamlakachilar Afrika changalzorlarining biriga o`z uchoqlarini qo`ndirishgan. O`shanda o`sha erda yashovchi yovvoyi qabilarda nimalar bo`lgan deng?а Ular osmondan xudo tushib keldi, deb hisoblab, vahima qilishib erga cho`kkalashganlar, qo`rqinchli holatda barabanlarini ura boshlashgan, jonivorlar so`yishib, qurbonliklar qila boshlaganlar. Bu holni ular o`zlari ichidagi barcha tartib qoidalarning buzilishi kabi qabul qilishgan. Bizga esa, bu erda hech qanaqa absurd yo`qligi aniq. Uchoqlarning parvozi va ularning erga qo`nishi aniq matematik va fizik qonunlarga mos bajarilishini yaxshi bilamiz. Bu parvozа va qo`nishlar erning o`ziga tortish va butun olam tortilish qonunlarini buzmaydi. Bu qonuniyatlar boshqa qonuniyatlarga o`tib turadi. Bu harakat va harakatning qaytishi qonunidir. Bunda biz qonunlarning buzilishini emas, balki ularning to`la va xatosiz bajarilishi guvohi bo`lamiz.

 

Suvning daraxt tanasi bo`ylab ko`tarilishi erа tortish qonuniga mos kelmaydi, ammo bu uni buzish emas. Balki bu bir necha fizik qonunlarning birgalikda ishlash xususiyatini ko`rsatadi. Bu erda bosim qonunining kopillyar xususiyatini ko`ramiz. Bu qonunlar birgalashib suvni daraxt tanasi bo`ylab faqat yoqoriga harakat qildiradi, aslo aksincha emas.

 

Demak, biz bu hollarning hech birida tafakkur va mantiq doirasidan chiqib ketmayapmiz. Bu hodisalarning hech biri ko`z bog`lash (fokus qilish) va xiylalardan iborat emas. Afrika changalzorlarida ham odamlar o`sha biz bilgan qonunlarni bilmasliklaridan uchoqni ko`rib hayratga tushdilar. Xuddi shunga o`xshash sen ham payg`ambarlar mo`Тjizalarini, ularning xususiyatlarini, Ollohning ularga qarashi va munosabatlarini bilmaysan va shu sabab ulardan hayratga tushasan. Hamma balo ana shu sening bilmasligingdadir..

 

Shuning uchunа sen ularni maТnosiz, mantiqsiz va absurd hisoblamoqdasan. Vaholanki, ular barchasi ilohiydir va biz yaxshi biladigan, tushunadigan Olloh qonunlariga to`la mos ravishda sodir bo`lgan edi. Demak, bu bilish bizning bilishimiz mumkin bo`lgan mantiqiy doiradan yuqori oliy bir doiraga (status-maqomga) tegishlidir. Chunki inson aqli Ц bizning aqlimizа faqat cheklangan bilimlarni egallashga yaratilgan va chekli bilishga tayyorlangan. Bu mo`Тjizalar bilan Olloh hech bir qonunni buzmayapti. Olloh shunday qilib bizni oliy statut, oliy qonunlar va buyuk aql, biz erisha olmas tafakkurga guvoh etadi, xolos. а

 

Darvoqe, bexiizmitlar(diniy eТtiqodlardan biri) ham senga o`xshab qattiq adashgandilar. Mo`Тjizalarni, aql bavar qilmas hodisalarni ular ham haqorat va aqlni paymol etish, deb bilgandilar. Ana shuning uchun ham ular QurТoni Karimdan qaytishdi. QurТoni Karimning mazmunini o`zlariga maТqul tarzda talqin qila boshlashdi. Masalan, ular Musoning(unga Ollohning rahmatkari bo`lsin) hassasi daryoni ikkiga bo`lgani yo`q, aksincha u hassa haq va nohaqni ajratish belgisi(simvoli) edi, deb tushuntirishga urindilar. Musoning qo`li haqidagi voqeani ham noto`g`ri talqin etishdi. U qo`lni ezgulikka, yaxshilikka xizmat qiladigan qo`l tarzi(obrazi), deb hisobladilar. Iso alayhis-salom (unga Ollohning rahmatlari bo`lsin) mo`Тjizalari, o`liklarni tiriltirishiga o`zlaricha maТno berishib, u faqat ruhni tiriltirgan, odamning jismini emas, deb daТvo qiladilar. Ko`rlarning ko`zlari ochilishini ham tafakkurni(fikrni) qayrash, qaytarish, deb hisoblaydilar. Shu kabi tafsil va taТbirlar yordamida QurТoni Karim ahamiyatini kamsitish, uning mazmunini buzishga olib boradilar.

 

Ular mo`Тjizalarga ishonmay, ularni noto`g`riа va mantiqqa mos emas, ular umumiy qonuniyatlarni buzadi, deb hisoblaganlari uchun shunday bo`ldi. Senda ham shunday bo`lmoqda. Biz yashayotgan zamon shunday bir davrki, bunda hech narsa hayratli emas, bu zamonda hech narsa kishini hayron qoldirmaydi. Biz, odamzot oyog`i oyga tekkan, uzoq-uzoq sayyoralarga turli xil kosmik apparatlar jo`natilayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Odamzod aqli shunchalar qudratga ega bo`lsa, u shunchalar bilimlarni o`zlashtirishga qodir ekan, ilohiy bilim, ilohiy bilish inson tafakkuridan juda katta va kengroq ekanligiga shubha bo`lishi mumkin emas. Mana bu oyatga quloq tut: УEy, jin va ins jamoasi! Agar sizlar osmonlar va er chegaralaridan o`tib ketishga qodir bo`lsangizlar, u holda o`tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch-qudrat bilan o`ta olursizlarФ(55:33).

 

Ko`rganlarimiz inson bilimlaridir. Ilohiy bilimlar ulardan so`zsiz qudratliroqdir, bunga shubha yo`q. Olloh yo`l bermasa inson hech narsa qila olmasligi aniq. Ilohiy bilimni bemaТno taТriflashlardan, ayniqsa dinsizlar nuqtai nazaridan xolis va toza tutaman. Haqiqatan Olloh hamma narsaga Qodirdir.

 

Din ahamiyati.

Endi mening dinsiz suhbatdoshim tubandagi mazmunda so`zlay boshladi:

- Menga qara, sen aytayotganday chindan ham jannat bo`lsa, birinchilardan bo`lib unga men kiraman. Chunki ko`pchilik saqoldor va saqolchalar qo`yishib olib o`zini dindor hisoblaganlardan ko`ra men ko`proq taqvodorman.

 

-YaТni men ko`proq dindorman, demoqchimisan? Bu bilan yana nimalar, demoqchisan?-deyman men

 

- Men hech kimga ziyon keltirmayman, o`g`irlik qilmayman, birovning joniga qasd qilgum yo`q, pora olmayman, biron kimsaga dushmanligim yo`q, yovuzlik qilmayman, tirik jonivorlarga zarar keltirmayman, hammaga faqat yaxshiliklarni istayman, kishilarga zarur bo`lganа narsalarning barchaga barobar etarli bo`lishini xohlayman, hamisha sof vijdon bilan yotib, turaman, demoqchiman. Mening shiorim: Уbarchaga yaxshiliklar yaratishdanФ, iboratdir. Bu chindan ham iymon, din emasmi? Siz, din-kishilarning o`zaro yaxshi munosabatlari, deysiz-ku, axir.

 

- Sen sanagan bu yaxshi xislatlarning boshqa alohida ismi, nomi bor. Ular boshqacha ataladi. Uni maТnaviyat va moral (axloq), deb ataydilar. Bular barchasi iymonning talablari, ammo ular hali iymon va din emas. Sen iymon talablarini iymon, deb qabul qilmoqchi bo`layapsan. Iymon esa, faqat boshqa bir muhim narsa bilan, Ollohni anglash, Uni chinakamiga bilish bilan belgilanadi. Sen Parvardigorni chindan, ikkilanmasdan tanishing, bilishing kerak. Eng muhimi va masalaning eng avvali Olloh bilan munosabatingni tubdan yaxshilamog`ing zarur bo`ladi. Sen o`z Ollohingni Buyuk, Afv etuvchi, Javob beruvchi, Ko`rib turuvchi va o`zingga eng yaqin, deb bilmog`ing kerak. Sen Uning huzuriga egilib, tiz cho`kib, odob bilan sodiq qulning xo`jasiga xurmat ila tavallo qilgani kabi itaotkorona borishing shart.а Parvardigor va sen o`rtalaringda mana shunaqa beg`araz chin yurakdan munosabat o`rnatilgan bo`lsa, buni iymon va din, desa bo`ladi.

 

Sening qarashlaring, atrofdagilar bilan yaxshi munosabatlaring iymon talablari bo`lib, mohiyat eТtibori bilan ular Parvardigor bilan bo`ladigan munosabatlardan farq qilmaydi. Ammo u munosabatlar Allohning Yagonaligini va mavjudligini tan olgandan keyingi iymonni aniqlaydi. Payg`ambar oliy janoblari debdilarki: УSo`rolgan narsa, uni iltijo qilguvchidan avval Olloh qo`lida bo`lurФ.

 

Allohga mehr qo`yib, Uni sevganlar U yaratgan barcha narsa va jonivorlarni sevadilar, ularga yaxshi munosabatda bo`ladilar. Sen odamlar bilan yaxshi munosabatda bo`la turib, yorug` kundan boshqa hech vaqoni ko`rmasang, ularni tan olishni xohlamasang, qancha harakat qilganing bilan iymonsiz (dinsiz) bo`lib qolaverasan.

 

Sening odamlar orasida ijobiy xulqing , bu aqlning ishi, axloq normalariga mos bir xususiyat, xarakter bo`lib, uning din, haqiqiy iymon bilan mutlaqo aloqasi yo`q. Sen bu erda ham kishilarni faqat shaxsiy foydangga ishlatmoqchisan. Sening yaxshi xulqing dunyoviy hayotni yo`lga qo`yib olmoq uchun bir vosita bo`lib; u hech qachon din va iymon bo`la olmaydi. Aslida u dinsizlikning o`zginasidir.

 

- Bilasanmi, baТzan u yoqlarda ... bizning atrofimizda qandaydir kuchlar borligini sezaman- dedi, mening dinsiz do`stim.

- Kuch, deyapsanmi?-so`rayman, men.

- Ha, Borliq(Butun Olam) atrofida nomaТlum kuchlar bor. Bunga ishonchim komil-deb tasdiqlaydi, u.

 

- Bu kuchni sen qanday tushunasan, uni qanday tasavvur etasan? Uni sen Eshituvchi, Ko`ruvchi, o`ylovchi, o`z yaratganlarini Kuzatuvchi, kitoblar nozil etguvchi, payg`ambar yuboruvchi, chaqiriq va iltijolarga javob qaytarguvchi shaklida tasavvur etasanmi yoki yo`q?-deb so`rayman men undan.

 

- Yo`q, deb davom etadi u. Men buni tasdiqlamayman. Bunga ishonmayman va uni sen aytganday tasavvur etmayman. Uning ustiga sening taТrifingni bir go`daklik, deb hisoblayman. U kuchga hech qanaqa buyuklik mos emas.

 

- Unday bo`lsa, u kuch so`qur elektromagnit kuchidir. U misli ermak (ermak uchun o`yin) uchun Borliqni (Butun Olamni) boshqaradi. U shunday bir Xo`jasiz (Egasiz) kuchdir. Sen bu buyuk(ulkan) kuchni shunday taТrif etmoqdasan, shundaymi?

 

- Balki, bo`lishi mumkin. ...

 

- Sen, do`stim o`z Tangringni juda yomon tasavvur qilasan. U senga ko`z ato qildi. Sen esa, Uni so`qur hisoblaysan. U tafakkur berdi, sen Uni aqlsizga, tafakkursizga chiqarmoqdasan. Shuning uchun sening axloqingda ancha yaxshi xususiyatlar uchrasa-da, sen chindan ham xudosiz, dinsiz kishisan. Sening barcha bu yaxshi xulqi-avtoringdan yuzaga kelgan ishlaring Qiyomat Kuni izsiz yo`qoladi, kul bo`lib changib ketadi.

 

- Bu dahshat, shafqatsizlik emasmi?

 

-Yo`q! Bu aynan adolatdir. Chunki sen shuncha narsa, hodisalarning barchasi o`z-o`zidan bo`ldi, deb hisoblamoqdasan. Sening mulahazang bo`yicha seni ravon yo`lga chiqargan, hayotning nurli yo`nalishlarini ko`rsatgan usta tashkilotchi, mehribon rahbar, zukko o`qituvchi mavjud emas, U yo`q. Bu bilan sen o`z Yaratuvchingga nisbatan adolatsizlikka yo`l qo`yapsan. Uning O`zini va karomatlarini rad etayapsan. Iymonli, Ollohga inonuvchi axloqi va iymonsiz, Ollohga inonmovchi axloqi orasidagi farqlar tashqi ko`rinishdan deyarli sezilmasa-da, ular yuqorida ko`rsatilgan illatlar bilan bir-biridan jiddiy shaklda ajralib turadi.

 

Ana xuddi shunaqa ikki kishi xastaxona qurayapti deylik. Ulardan dinsizi, УMen kishilar uchun bu buyuk xastaxonani qurdimФ-desa, dindori, УOllohga shukrkim, U menga bu xastaxonani qurush baxtiga muyassar bo`lishimni nasib etdiФ-deydi. Bu ikki fikr mazmuniga ko`ra bir-biriga yaqin bo`lsa-da, mohiyati jihatidan, iymon nuqtai nazaridan ular bir-biridan juda katta farq qiladi. Chunki ularning ikkinchisi barcha sharafu-shanlarni, sharafu-shanlarning chin Egasiga, Xo`jasiga bog`ishlamoqda, o`ziga(shaxsga)-qurulishni yasaganga, unga cho`ntagidan mablag` sarflaganga hech narsa qoldirmayapti. U o`ziga faqat bir oddiygina vositachilikni olmoqda. Bu uchun ham Ollohga shukrona qilayapti. УO, Parvadigorim, senga ming rahmat, sen meni shu ezgulikka sababchi etdingФ-deyapti. Kibr va hayo, dimoqdorlik va itoatkorlik, qudrat va qudratsizlik orasida farq nihoyatda kattaligini tushuntirishga hojat yo`qdir.

 

Shuning uchun sizning barcha ezgu ishlaringiz ham o`sha maТbudalar-butlarga sig`inadigan dinsizlikka singib ketadi. Yagona Yaratganga sig`inilmasa, Unga ibodat qilinmasa, u qilingan barcha yaxshi qilmishlar ibodatsiz, sajdalarsiz o`sha so`qur elektromagnit kuchlarga atalgan-sig`inilgan bo`lib chiqadi.

 

- Nega endi men ibodat qilishim kerak ekan? Kimga silar ibodat qilasanlar? Bu ibodatlarning zarurligini ko`rmayapman. Silar bajarayotgan bunchalik harakatlarning nima hojati bor, oddiy yuvoshlik va og`zaki itoatkorlik bilan cheklanib qo`ya qolsa bo`lmaydimi?-deb eТtiroz bildiradi mening suhbatdoshim.

 

- Sen bilsang, ibodatdagi donishmandlik yoki uning maqsadi shundaki, kishilarda o`ta erkinlikdan, boylikdan yuzaga keladigan soxta mag`rurlikni sindirish lozim. Bunday kibr, man-manlikdan faqat qalbdan, peshonani erga tekkazib sajda qilish va tilda, УEng Buyuk Parvardigorimni tilim va qalbim bilan tozalayman va poklaymanФ, demoq bilan qutilish mumkin. Va nihoyat, sen hech bo`lmasa Olloh huzurida o`z o`rningni bilmog`ing kerak. Olloh Oliy(Buyuk), sen quyi, past, sen ersan U butun olamlarning Yagona egasi, Uning qo`lida barcha hurlik va ozodlik. Mana shuni nihoyat tushunib etishing kerak. QurТoni Karimda, УOdamlar: УIymon keldirdikФ, deyishlari bilan, imtihon qilinmagan hollarida qo`yib qo`yiladilar, deb o`ylaydilarmi?Ф(29:2)-deyilgan.

 

Unda ibodatdagi harakatlar nimaga kerak, faqat qalbimiz bilan itoatkorligimiz etarli emasmi?- deyish mumkin. U holda sendan, Уnima uchun senda jism (tana) yaratilgan? Nima uchun sen o`z sevgiling bilan og`zaki muhabbat bildirish bilan cheklanib qolmay, u bilan quchoqlashasan, o`pishasan? Nega sovg`alar, hadyalar haqida so`zlab qo`ya qolmay unga qalbingni va qanchalar molingni hadya qilasanФ, deb so`ramoqchiman. Olloh esa, sening jismingni yaratdi. Sen esa, qalbingni toza tutib, Unga doim ochib, ko`rsatib turishing kerak. Aslida qalbingda nimani saqlasang o`sha oqibatda yuzaga chiqadi, albatta. Agar Ollohga itoatkorlik haqiqatan iymon bilan bo`lsa, uni egilib, sajda ila ifodalaydilar, bordiyu u itoatkorlikda soxtalik bo`lsa, unda faqat tildagina takrorlash mumkin, xolos.

 

- Sen jannatga tushishingga ishonching komilmi?-deb shubhasini davom ettirdi mening bu dinsiz hamrohim.

 

- Biz hammamiz eng avval jahannamga boramiz-deb javob etishni boshlayman, men. Ollohni tanib, Undan qo`rqib yashaganlar u jazolardan ajratib olinadilar. Hech kim oldindan hech narsani bilmaydi. Kim u azoblardan qutiladi, kim undan qutila olmaydi uni faqat qalblarni Bilguvchi Parvardigorning O`zi biladi. Afsuski, men bajarayotgan ishlar noto`g`ri, qora ishlardir, deb bilaman. BaТzan to`g`ri ish qilsam-da, xohishimа uncha yaxshi bo`lavermaydi, baТzan esa istagim sof bo`lib, ixlos etishmaydi. Birimiz biror ish qilib, o, qanday yaxshi, savob ish qildim, deb, o`ylaydi, aslida esa, u dunyoviy turmush uchun, o`zini ko`z-ko`z qilmoq uchun, o`zini kishilar oldidagina yaxshi ko`rsatmoq uchun bajargan bo`lib chiqadi. Ko`pincha adashamiz, bizni yo`ldan uradigan narsalar juda ko`p, kibrga berilib, soxta, yolg`on barqarorlik-osoyishtalikka moyil bo`lib qolganimizni sezmay qolamiz. Olloh esa, bizda sog`lom aql bo`lishini va doim bardam bo`lib to`g`ri yo`l tutishimizni talab qiladi. а

 

- Inson chinakamiga sodiq bo`la oladimi?- deb so`raydi, mening bu do`stim.

 

- Haqiqiy sodiqlikka o`z-o`zidan erisha olmaydi, kishi. Darhaqiqat, insonlar qalbini poklab, chin sodiqlikka yo`naltiruvchi Yaratganning O`zidir. Shu sababdan QurТoni Karimda, УmuxlasinaФ, yaТni УpoklashФ, degan so`z tez-tez takrorlanib, u УmuxlisinaФ(УsodiqlikФ) so`zi o`rnida ishlatiladi. Ammo Olloh vaТda berib aytadiki: УUndan kimki iltijo qilsa, Unga kimki borishni istasa ularga to`g`ri yo`lni ko`rsaturФ. YaТni kimki o`ziga kelib, insofga minib aqlini ishga solib, Ollohga murojaat qilsa, unga o`sha to`g`ri yo`l, sodiqlik yo`li ko`rsatilur, deyilmoqda.

а

Shunday qilib, Olloh O`z bandasiga to`g`ri yo`l ko`rsatadi, uning qalbini poklaydi. Qalbi pok, sof inson, doim sodiq insondir.

аааааааааааааааааааааааааааааа

Dunyoviy turmushning baxtiga erishdik.

O`z hukmini o`qib eshittirish uchun minbarga chiqqan hakam(sud) kabi yana so`z boshladi, mening suhbatdoshim:

- Munozaramiz qancha muddat davom etmasin, u qanday natija bilan tugamasin yutuq biz tomonda bo`ladi. Chunki biz dunyoviy turmush baxtiga muyassar bo`ldik, siz esa, umidlar egasi bo`lib qolaverdingiz. Sen nima desang, deyaver, ammo biz yorug` dunyo neТmatlaridan o`z ulushimizni ola oldik. Bizlar uchun hamma narsaga ijozat bor: o`yin kechalari, restaranlar, ichimliklar(spirtli ichimliklar, albatta), xotin-qizlar va boshqa ko`ngul ochar tomoshalar va ulardan hech tortinmasdan rohatlanish imkoniyatlari biz uchun ochiq qolmoqda. Sizga atalganlari esa, o`raza, ibodat, qo`rqish(Ollohdan, albatta) va umiddir.

 

- Ana xolos! Sen sanayotgan narsalar baxtni belgilaydimi, hali? Eh, g`aflat bandasi, sen baxt, deb hisoblagan bu vaqtinchalik rohatlarga yaxshilab mulohaza bilan nazar solganingda edi, ularning barchasida chuqur baxtsizlikni kuzatgan bo`larding.

 

- Qanday qilib, nima uchun, qanaqasiga bu baxtsizlik? U holda baxt nimada?-deb jig`ibiyroni chiqadi mening suhbatdoshimning.

 

- Chunki sen baxtning belgilari, deb sanagan rohat omillari o`z mohiyati bilan his-tuyg`ular bo`lib, sening unga mahliyoliging aynan o`sha dunyoviy his-tuyg`ularga qullikdir. Bilasanmi, och qolmasdan to`yish hisini sezib bo`lmaydi. Kishi keragidan ortiqcha eb qo`ysa, uning ham yana o`z ovorachiligi bor. Juda to`yib ketishning ham o`ziga yarasha salbiy ko`rinishlari mavjud, yaТni u kishini ortiqcha bezovta va lanj qiladi, hatto u holat asta-sekin aqlni o`tmas qilib, befarqlikka o`rgatadi. Birorta yoki bir qancha xotin-qizlarni ortiqcha quchoqlash, o`pish baxtni, doimiy turg`un baxtiyorlikni belgilaydi, deb tasdiqlash to`g`ri bo`ladimi? Qalb tuyg`ulari va ehtiros hech qachon turg`un bo`la olmaydi. O`ynaydigan xotinlar ularni maqtashlarini, ularga xushomat qilishlarini yoqdiradilar va doimiy sovg`alar olishni istovchi bo`ladilar. Masalan, bir-birini sevishganlar o`zaro qo`shilishgandan so`ng, bir-birlarini to`laroq bila boshlaydilar, sevgining avvalida o`ylagan, xayol etgan hislar sekin yo`qola boradi, nihoyat to`la tushunmovchilik kelib chiqadi. Bunday sevishni baxtli, deb bo`ladimi? Ular xohishlariga erishib, ehtiroslar qondirilgandan so`ng, bir-birilarining eng kichik kamchiliklarini ham seza va ko`ra boshlaydilar.

 

O`ta boylik, katta mulkka hirs qo`yish ham u mulkka, boylikka qul bo`lish emasmi? Odamzot o`z boyligi va mulkining xizmatkoriga aylansa, u mulkni ko`paytirish va uni saqlashga berilib ketadi. Oqibatda, yiqqan mulku-boyliklariga mahliyo bo`lib, uning chinakamiga quliga aylanadi. Darhaqiqat, hokimiyat, yoqori mansab-lavozim kishini o`zidan ketib qolishga, balandparvozlikka, takabburlikka va beboshlikka olib bormaydimi? Zolimа hukmdor sherga, sher mingan kishiga o`xshamaydimi? Afsuski, u bugun sher ustida, ammo u ertaga o`sha sherga emish bo`lishini biladimi? Yo`q, bilmaydi. Spirtli ichimliklar ichish, nashavandlik qilish, qimor o`ynash, buzuqlik-fohishabozlik, oilaga xiyonat qilish, uning ustiga ustakcha u ishlarni doim yashirincha, begona ko`zlardan yashirib amalga oshirish, bunda Ollohdan qo`rqmaslikа baxtmi, baxtiyorlikmi?а Yo`q, aksincha bularning barchasi maТnaviyatdan qochish va yolg`on, engil sevgi-muhabbat, turli xil ermaklar girdobiga tushib qolish emasmi? Sen aytgan u rohatu-farog`atlar progressni bildiradimi yoki maymunlar darajasigacha pastlashishnimi, tafakkursiz hayvonlar misoli yashashnimi? QurТoni Karimda iymonsiz, inonmovchilar haqida, УKofir bo`lgan kimsalar esa, (mana shu hayotiy dunyoning o`tkinchi lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari eganidek eb-icharlar va jahannam ularning joylari bo`lurФ(47:12)-deb haqiqat ko`rsatilgan. а

 

Olloh u bandalarning huzur-halovatlarini rad etmaydi, ammo bu hayvonlar huzur-halovatidir. Shumi hali baxt? Bu baxt emas, bu hayotiy shahvatlar, kishining ko`zi to`ymasligi, burunidan chiqqancha eb-ichish kayfi, eb to`ymaslik kabi ehtiroslari bo`lib, chin baxtga muyassar bo`lish yo`li emas, u. Bu yo`l baxtsizlik yo`lidir. Haqiqiy rohatli-halovatli holatsiz, psixologik tinchliksiz, kishilarga(ayniqsa mansabdor kishilarga), mulkka(narsalarga) mutelik va ularga qullikdan chinakamiga, qalbdan ozod bo`lmay turib to`la baxt va baxtiyorlik bo`lishi mumkinmi? Aslida qalbning sofligi va osoyishtaligi, kishilar o`rtasidagi do`stlik, murosasozlik, Olloh va insonlar orasidagi o`zaro ishonch, bir-biriga aynan moslik haqiqiy baxt emasmi? Kishi o`z kuchini, boyliklar-u, bor mulkini boshqalarga, do`stlari, dindoshlariga ishlata boshlasagina, uning kishilarga bo`lgan yaxshi munosabatlari, ezguliklari, ko`ngul osoyishtaligi haqiqiy baxtiyorlik belgisiga aylanadi. Ana shunaqa turmush, yaxshiliklar, ezgulik qilmoq uchun kechirilgan hayot bo`ladi. Ana shundagina u ezgu-niyatlar, yaxshi harakatlar, ibodat va Ollohga itoatkorlik bilan yashagan hisoblanadi. Ana shunday bo`lsa, Olloh uning tinchligini, osoyishtaligini oshiradi, unga yana ham ko`proq yordam va inoyatni yog`diradi. Bunday baxt iymondan tashqarida, Ollohga inonishdan tashqarida ham bo`lishi mumkinmi?

 

Juldur kiyimlarni afzal ko`rgan sufiylar, УBiz shunday istirohat sohiblarimizki, bordiyu buni hukmdorlar sezib qolishsa, ular biz bilan darhol urush qilgan bo`lardilarФ- deb bejiz aytishmaganlar.

 

Kimki, Olloh bilan aloqadan, U bilan munosabatdan rohatlanish hisiga muyassar bo`lgan bo`lsa, ular sufiylar so`zining naqadar haq ekanligiga takror-takror iqror bo`ladilar.

 

- Sen ham ilgari biz kabi spirtli ichimliklar ichguvchi, o`yinqaroq emas edingmi, dunyoviy baxtdan, bu dunyoning ishratlaridan rohatlanmaganmiding? Senga nima bo`ldi, nega sen bularning barchasidan uzoqlashding-deb taТna qila boshladi, mening suhbatdoshim.

 

а- Olloh o`zgartiruvchi, faqat U O`zi doimiy-o`zgarmas-dedim men unga.а - Bularning hammasi Ollohning inoyatidan deyishingni bilaman. Ammo sening bunda xizmating, ulushing va intilishlaring qaerda qoladi, ular nimalarda o`z aksini topadi?

 

- Men atrofimga sinchiklab boqdim va o`lim haqligi va muqarrarligini ko`rdim. Olamda mustahkam bir ko`rinish va qattiq intizom mavjudligini payqadim. Unda maТnosiz narsalarga, harakatlarga o`rin yo`qligini sezdim. Agar mening hayotim sen o`ylayotganday oqibati yo`q, arzimas bir o`yin bo`lganda va oqibati hech bo`lsa edi, unda men yig`lamagan, tavba-tazarru qilmagan, haqiqatni izlamagan, adolatga intilmagan bo`lardim. Ammo unday emasligini aniq ko`rib turibman.

Men aniq qonunlarga muvofiq o`z orbitalari bo`ylab doimiy harakatdagi yulduzlarni ko`rayapman. Men o`zaro so`zlashayotgan hasharotlarni, bir-birini ko`radigan, eshitadigan va sezadigan o`simliklarni ko`rayapman. Yuksak darajada vijdonli hayvonlarni ko`rmoqdaman. Men bir necha o`n millionlab hujayralari va sistemalaridan terilgan to`la mos va mukammal qobiliyatga ega inson miyasini ko`rdim. Bu miyaning birorta asabi(nervi) harakatsiz holiga tushib qolsa, odam organlaridan birortasi o`z faoliyatini albatta yo`qotadi. Masalan, ko`r bo`lib qolish, so`zlashdan qolish, aqlning o`zgarib qolishi va h.k. kabi hollar ro`y beradi. Ammo bunday hollar, juda kam uchraydi. Chunki odam tanasi ancha oddiy ko`rinishga ega bo`lsa-da, uning miyasi juda mukammal va mustahkam qo`rqlangan. Ana shunday bir ulkan stakanni xafv-xatarsiz va sog`lom saqlayotgan kim ekan? Ana o`sha miyani bunchalar ham mukammal etib taТminlagan kim ekan, axir? Men daraxtlarning yaproqlarida, tovusning patida, kapalakning qanotlarida odatdan tashqari go`zalliklarni kuzatdim. Bulbul sayrashi va qushlarning churqillashlarida nozik musiqani tingladim. Qaerga ko`z qirini tashlamay, qaerga nazar qilmay men Buyuk Rassomning ijodini, Usta MeТmorning loyihasini, Talantli Kashfiyotchining kashfiyotini ko`rdim. Men tabiatni tasodif va stixiyalardan holi mukammal va mustahkam bino shaklida ko`rdim. Bundan tashqari tabiatdagi har bir narsa: УMen haqimda O`ylovchining O`zi qayg`urgan, meni Qodir kashfiyotchi yasaganФ-deb aytib turibdi. Men QurТoni Karimni o`qidim. U mening ruhimda ilgari odamlar bilan so`zlashganimda sezmagan, eshitmagan mayin ovoz va ritmni uyg`otdi, aqlimdaа yorqinlik paydo bo`ldi. QurТoni Karim o`n uch asr muqaddam nozil qilingan bo`lsa-da(kitobning asl nusxasi yozilgan vaqt ko`zda tutilayapti. Hozir esa, 14 asrdan oshdi, tarjimon), unda davlat siyosati, oila va oilaviy tarbiya, din asoslari, turmush, jamiyat, inson, koinot kabi masalalar bo`yicha aytilgan xulosaviy fikrlar bugun ham eng so`nggi fikrlar bo`lib qolmoqda. QurТon, savodi chiqmagan, o`qish-yozishni bilmagan, sivilizatsiyadan (maТdaniyatdan) uzoq, qoloq xalqning qoloq bir kishisiga nozil qilinishiga qaramasdan u bugunda paydo bo`layotgan barcha yangi-yangi fanlarga to`la mos kelib turibdi. Ko`rayapsanmi, Muhammad alayhis-salom u kitobning mazmuniga biror narsa qo`shib yoki undan biror parcha olib tashlash kuchi-qudratiga mutlaqo ega emasdi. Men esa, ana shu Payg`ambarning tarjimoyi holini, u qilgan ishlar va so`zlagan gaplari haqida o`qidim. Shundan keyingina men o`zimga-o`zim: УHa, u payg`ambar, u faqat payg`ambardan boshqa kishi bo`lishi mumkin emas! Bu Olam, bu Borliq uchun QurТoni Karimni yozganа Buyuk Qudratli Qodir Ollohdan o`zga kashfiyotchi ham bo`lishi mumkin emasФ- dedim.

а

- Sen xato qilayotgan, adashayotgan bo`lsangchi, hamma narsa kulga aylanib, undan keyin hech narsa qolmasachi? Unda nima bo`ladi- debа miyig`ida kulib qo`yadi, mening dinsiz suhbatdoshim.

 

- Men hech narsadan achinmayman. Chunki men haq yo`lda turibman. Men hayotimni o`ta baxtiyor o`tkazdim. Asl hayot qanday bo`lishi shart bo`lsa men ana o`shanday yashadim. Ammo mening aytganlarim va kutganlarim haq bo`lsa, siz, silar uchun afsusu-g`am-g`ussalar cheki bo`lmaydi, lekin u zamon vaqt o`tgan bo`lib, bu afsuslar o`rniga tushmaydi. Men aytganlar esa, chin haqiqatdir! Keyinroq bu men aytganlar sen uchun kutilmagan voqea bo`lishi aniq. Bunga zarracha shubha qilmasa bo`ladi-deb unga javob qaytardim. So`zlarimni davom etakaza turib, men suhbatdoshimning ko`zlariga tikildim va uning yuzlari, ko`zlarida qo`rqinchlar dengizini payqadim, uning kipriklari uchardi, ko`zlari alanglardi. Shunga qaramasdan, u o`z shubhalarini engib, gapirishga harakat qildi:

 

- Hali ko`rasan va unga guvoh bo`larsan, biz oqibatda chirib bitamiz. Bizdan chirigan tanadan o`zga hech vaqo qolmaydi.

 

-Sen buni tasdiqlamoqchimisan?-deyman unga men. Bu vaqt uning ko`zlarida takror paydo bo`lgan qo`rqinchlar ko`lini biroz tarqatishga urinib:

 

- Ha, tasdiqlayman-deb javob qaytaradi, u.

 

- Yolg`on gapirayapsan-deb men so`zimni davom etkazdim. Bu shunday ishdirki, uni hech qachon tasdiqlab bo`lmaydi. Insonlar bu dunyodan ko`z yumganlaridan so`ng sodir bo`ladigan voqealar haqida hukm aytish faqat Yagona Yaratganning O`ziga-Ollohga tegishlidir.

 

O`sha kechasi dinsiz sherigim bilan uzoq suhbatdan so`ng uyimga qaytayotib, uning ko`nglida birmuncha shubhalar uyg`otganimga ishonch hosil qildim. Men uning betayin falsafasida shunday bir choh yasadimki, vaqt o`tgan sayin u choh kengayaboradi, uni ehtirozli gaplari bilan yopa olmaydi. Unga tinchlik, xotirjamlik tilab, o`zimcha, УBalki paydo bo`lgan qo`rquv uni o`z fikrlaridan qaytarib, haq yo`liga boshqararФ-deb o`yladim. Kimki inkor bilan o`zida haqiqatning eshik va teshiklarini yopib qo`ygan bo`lsa, unda faqat qo`rqinchlar va vahimalar teshiklari qoladi.

 

U g`ofil bandani to`g`ri yo`lga solish mening qo`limdan kelmasligini bilaman. Chunki Olloh O`z rasuliga, УDarhaqiqat(Ey Muhammad) kimni istagan bo`lsang o`shani to`g`ri yo`lga boshqara olmassan, lekin Olloh har kimsaga to`g`ri yo`l ko`rsatguvcgidirФ-deb nasihat qiladi.

 

Ollohga shukrkim, U bizni haqiqat yo`liga boshqardi, bizni ko`ruvchi, eshitguvchi, o`ylovchi(fikrlovchi) etib yaratdi. Ilohim, U bizni bu yo`ldan adashtirmagay! Ollohu Akbar!

 

Tarjimaning ilk qo`l yozmasi 1996 yil 2-febral kuni, Ramazonning 13-kuni Istanbul shaharida tugatildi. Tarjimon : Aliboy Yo`lyaxshi.

Hayotim davomida uchragan turli xil tashvishlar, aniqsa siyosiy faoliyatim bilan bog`li tashvishlarim tufayli mazkur qo`l yozmani faqat 2003 may oyida koputerda terish imkoni yaratildi.а Ollohga shukronalar bo`lsinkim, tarjimani 2003 yil 16 may kuni komputerda teribа bitirdim.

 

Ollohga hamdlar bo`lsinkim, mana endi 2004 yil mart oyidagina УXudosiz bilan munozaraФа kitobining o`zbekcha tarjimasini internet sahifada eТlon qilish imkoniyati yaraldi.

 

╠юЁшё ┴■ърщэшэу қрырьшур ьрэёєс ъшЄюс Ёєё Єшышфр У┴шсыш , ╩юЁрэ ш эрєърФ фхс рЄрырфш. ┴є ъшЄюсэш эр°Ё ¤Єурэ эр°Ёш╕Єэшэу рфЁхёш:

╙ъЁршэр, 04111, у.╩шхт-111,р/ а 63

e-mail: ansarf@ukrpack.net

Yuqoridagi matnni kirillda o`qish uchun shu erga bosing!

 

 

 

 

 

Hosted by uCoz