Бундан олдинги қисмини ўқиш учун шу ерга босинг! Давоми:

8.1.12.6. 1995 yil Kiev shahridagi faoliyatimga oid ba'zi voqealar.

Kievda hammadan oldin gazetalarni nashr etish ishlarini yo`lga qo`yishga kirishdim va Alloh yordami ila bu ishni durust bir darajada amalga oshirdim.

 

Ukrainada sovetlar zamonidan bir qator do`stlarim bor edi. 1991 yili Ukraina xalq harakati "Ruh"ning 2 - umum Ukraina qurultoyiga qatnashib, "Ruh"chilar bilan alo qalar o`rnatishga muvofiq ham bo`lgandim. Ana shuа eski va yangi do`stlar yordamida gazeta nashr etish ishlarini tezda yuritib yubordik. Gazetalarimiz juda arzon ba hoda nashr qilinadigan bo`ldi. Biz oyda 5000 ming ("ERK" - 2500 nusxa, "FORUM" - 1500 nusxa, "BIRLIK" - 1000 nusxa)а nusxa gazeta nashr etishni rejalashtir dik va 1995 yil may oyidan gazetalarni muntazam chiqara boshladik. Gazetani nashr etishga nihoyati 200(ikki yuz) amerika dollari sarf qilardik. Ammo Moskvada bu ishni ming dollarga ham bajarish amri mahal edi.

а

Yana bir tarixiy holni yozib qo`yish lozim. Bizning Moskvadan Kievga ko`chimiz oldidan men va Maqsud Bekjon ikkimiz Kievga kelib sharoit bilan tanishib ketgandik. M. Solih Ukraina "Rux" partiyasi raisi Chernovilga bir xat yozib, undan bizga yordam berishlarini iltimos etgandi. O`shanda "Rux"chilar bizni juda yaxshi qarshilashdi. Biz uch kun Kievda mehmon xonada "Rux"chilar hisobidan yashadik. Bilmadim, biz ularning o`rnida shunday qila olarmidik?

 

Uch kunlik Kievga safarimiz davomida Chernobil bilan bir dafa uchrashdik, salom-alik qilishdik, u bizni boshqa bir xodimi bilan tanishtirdi va shu bilan uning bizga ko`rsatgan hurmati bitdi. Ko`p o`tmay u bizni unutdi. Yuqorida ta'kidlaganim kabi, Kievda bizga ozmi, ko`pmi yordam berganlar mening do`stlarim bo`ldi.

 

Gazetalarni tayyorlash ishlari bilan sakkiz kishi (olti muxbir, maqolalarni computerda teruvchi yana bir xodim va men) mashg`ul bo`ldik. 1995 yil iyulining oxiriga kelib xodimlarimiz soni kamaydi. Chunki Iyulda, yuqorida ta'kidlaganimizdek, muxbirlarning bir qismiga javob berishga to`g`ri keldi. Kievda yashaydigan uyimiz kirasi ham juda normal edi. Chunki Moskvada faqat yashash eriga 500$ lozim bo`layotgandi. Bu erda biz yashash er kirasi uchun 100-120$ sarflardik. Hammamiz bir uyda turardik. Hatto men uchun tayin yotar er yo`q edi. Chunki men ko`pincha yo`lda edim. Kievga kelsam yigitlarning birortasi polda yotib, menga o`z o`rinini berardi. Moskvada esa, "it yotish, mirza turish" bilan kun o`tkazardim. 1995 yilda, ishimiz eng avj ketayotgan, gazetamiz ma'lum darajada mablag` bilan ta'minlanayotgan bir zamonda ortiqcha harajatlar bo`lmasin, deb men Moskvada masjidu vokzallarda uxladim. Gazetalarni orqamda vokzalga tashidim.

 

Shu erda, men 1995 yil bajargan jismoniy mehnatlarim haqida tarix uchun bir-ikki og`iz so`z yozib qo`ymoqchiman.

 

Yuqorida so`z ketgan gazetachilar aslida Moskvaga Turkiyadan kelishgandi. Ular juda katta yuk, "ERK" gazetasining Istambulda nashr etilgan bir qator nomerlarini keltirihsgan edi. Gazetalar umum og`irligi eng oz 1-2 tonna kelardi. Bu Moskavaning bir chekka rayonida, bir o`zbekning garajida saqlanayotgan edi. Men har oyda kamida bir marta Moskvaga gazetalarning yangi nomerlarini keltirardim. Bunga qo`shimcha o`sha eski gazetalardan ham 3-4 ta upakovka olardimda O`zbekistonga jo`natardim. Biroz vaqtdan so`ng O`zbekistonga gazeta jo`natish mumkin bo`lmay qoldida, gazetalarni Qirg`izistonga jo`natadigan bo`ldim.

 

Moskvada, yo`llovchi (passajir) poezdlari vaqtincha to`xtab turuvchi "Nikolaevka", degan vokzal bor, u metroning "Rijskaya" stansiyasiga yaqin bir erda joylashgan.

а

Gazetalarimiz 25-30 kilogramm chamasida qutucha shaklida tayyorlanardi. Istanbuldan kelgan gazetalar ham taxminan shunaqa shaklda edi. Ana shunday pachkalardan 6-8 (qarayb 200-250 kg) donasini men avval Toshkentga, Andijonga va keyinroq Beshkikka jo`natib turdim. Oy orasi faqat eski gazetalarni jo`natish bilan ham mashg`ul bo`lardim. Eskilaridan odatda 3-4 pachkalab(100-150 kg), ba'zan haftada 2-3 marta jo`natgan vaqtlarim ham bo`lgan.

 

Qirg`izistonliklar har holda mening nozik yuklarimni olib turushdi. Aytish kerakki, Qirg`izistonliklar mening bu yuklarim uchun arzimagan haq olardi. Masalan, 1-2 dollar bahosida shirinlik, arzimagan narxdagi vedio yoki magnitafon kasetasiga o`xshash narsalarga ko`nishardi. Bu erda ham turli xil qiyinchiliklar ham bo`lardi, albatta. Masalan, qirg`iz pravodniklari ham birda qimmat so`rasa, boshqa safar qancha yolinsang ham dodingga quloq osmasdi va h.k. Ammo ko`proq pul bilan kelishishning iloji yo`q edi. Chunki o`zimiz masjidlarda yotib, provodniklarga bemalol uzatadigan mablag`imiz yo`q edi, axir.

 

Eng qizig`i va tashvishlisi, gazetalarni jo`natishni amalga oshirish edi. Bu juda ham jo`n bo`lmagan bir tashvish bilan amalga oshardi. Birinchidan, Qirg`izistondan keladigan poezdni Moskva shahar "Qozon" vokzalida kutib turardim. Poezd dam olishga "Nikolaevka"ga ketguncha provodniklar bilan ularga yuk berishim haqida kelishib olardim. Yukning nimadan iborat bo` lishini aniq aytardim, ya'ni gazetalardan namunalar ko`rsatardim. Undan so`ng gazetalarni o`sha erga, "Nikolaevka" vokzaliga olib borib, u erda poezdga yuklardim. "Nikolaevka" va bizning gazetalarimiz soqlanadigan er orasi bir balo uzoq masofa edi. Gazetalarni ФRijskayaФgacha metroda ilib kelishga urinardim. Bu ham juda qiyin ish edi. U erdan Vokzalning darvozasiga qadar taksi xizmatidan foydalanardim. Chunki boshqacha yo`l yo`q edi. Ammo darvozadan mening poezdim vagonlari turgan joy ham kamida 300 metrdan oz bo`lmasdi. Ana ko`ring, har qaysi 25-30 kg og`irlikdagi sakkiz pachka yukni 300-500 metr masofaga elkada temir yo`l relslaridan hatlab-hatlab tashish anchagina mushkul ish bo`lardi. Uni faqat bir bajarib ko`rgan kishi tasavvur qila oladi. Ammo men shu ishni yakka o`zim bajarardim. Agar bu ishga hammol ishlatsam pulimning hammasini vokzal hammollariga bergan bo`lardim. 1995 yilda mening yoshim ham keksalikka yotardi, men u zmon 57 yoshda edim. Bugun 1999 yili, Allohga hamdlar bo`lsin 61-yoshdaman. 1995 yilda men bilan birga ishlashgan yigitlar bilishadi, Moskvadagi bu ishlarning og`irligi, mushkulligi haqida men biror marta so`zlaganim yo`q va hisob - kitobda "hammollik ishlarim" ichun bir tiyin ham xarajat so`raganim yo`q. Men butun yil davomida umum, gazeta mablag`idan boshda kelishilgan oyiga 100$dan bir sent ham ortiq pul olmadim. Men tarafimdan bo`lgan barcha xarajatlar zarur qog`ozlar( kvitansiyalar, yo`l bilaetlari) bilan tastiqlangan bo`lardi. 1996 yildan esa, hamma narsa buzulib ketdi. Bu haqda ham o`z o`rinida so`z bo`ladi.

 

Boshqa bir joyda ham yozdim. Men bu ishlarni, ya'ni gazeta chiqarish, ularni O`zbekiston va Qirg`izistonga jo`natishda uchragan barcha qiyinmi, engilmi ishlarni zimmasiga tushgan har bir siyosiy muhojir bajarishi zarur va ularning burchi, deb bildim. Men bu yo`lda nima ish qilmayin uni doim o`z burchim, Vatan tashqarisida yurishim, muhojirligim mohiyati, deb bildim va shuning uchun qo`limdan, aqlimdan nima kelsaа ularning barchasini hech ikkilanmasdan qo`lladim. Men Vatan uchun, o`z g`oyam uchun zarur bo`lgan mehnatni bunisi jismoniy, bunisi esa aqliy, deb ajratmadim. Muhojirlikda kishilarimizni, "Rais", oddiy a'zo yoki professor, o`rta ma'lumotli xodimlarga bo`lishni xato, deb bildim.

 

Natijada, 1995 yil davomida 7 nomer "FORUM" va "ERK", 5 nomer "BIRLIK" gazetasini nashr qildik. "ERK" gazetasida nomerlar boshqacha sanalardi, men bu erda 1995 yilgi tartib nomerini hisobga olmoqdaman. Chunki "ERK" gazetasi 1994 yildan boshlab o`z nashrini yangilagandi. Shuning uchun "Erk"chilar gazeta nomerlarini 1994 yildan hisoblashardi. Hammasi bo`lib bir yilda 35 ming nusxa gazeta tayyorladik, nashr ettirdik va ularni O`zbekiston va Qirg`izistonga jo`natdik. Ammo ular kimlarga borib etdi yoki etmadi bizga qorong`i. Biroq Qirg`izistonda belgilangan manzilga gazetalar borib turdi. U erdan esa, gazetalarni Andijonlik va Farg`onalik kishilarimiz olishlari lozim edi. Bir dafa Beshkekdagi do`stimiz, gazetalar ko`payb ketdi, O`zbekistondan birodarlar kelishmayapti, deb shikoyat ham qilgandi. Shundan so`ng men O`z bekiston bilan bog`lanib, ishlarningа yurishib ketishini ham tashkillashtirdim. Qirg`izistondan kelgan xabarga ko`ra O`zbekistondan bir yuk mashinasi kelib, gazetlarni olib ketishgan. Bu voqea keyinroq "O`zbekistonga M.Solihning bir "Kamaz" kitoblari keltirilibdi" bo`lib mish-mishlarga aylandi. Bu mish-mshlarning manbasi va sabablarini 1996 yil voqealari tasvirlangan erda keltiraman.

 

1995 yilning avgustidan boshlab yangi gazetalarni jo`natishning boshqa yo`lini topdik. Ammo men butun yil bo`yi "Erk"ning Istanbuldan keltirilgan eski nomerlarini Qirg`izistonga jo`natib turdim. O`sha yili men Moskvadan Kievga eng keyingi marta oktyabrda keldim va boshqa Moskvaga 1995 yilda qaytmadim.

 

Yilning avgustidan boshlab, "Birlik" a'zosi, Harakatning Samarqand viloyat Oq-Daryo rayon tashkiloti raisi Qobiljon Diyorov bizga kelib qo`shildi. Qobiljon iyul oyida Moskvaga mening oldimgaа kelgandi. O`shanda men unga bizga kelib yordam berishini so`ragandim. Shuning uchun u bu erga kelgandi. Biz unga gazetalarni O`zbekistonga to`g`ridan-to`g`ri kiritish vazifasini yukladik. U bu ishni uch oy, ya'ni 1995 yil sentyabr-noyabr oylari davomidaа normal bajardi. Q.Diyorov yordamida bu uch oyda har oylik gazeta nusxalarining qarayb yarimi (2500 nusxa) O`zbekistonning Samarqand shahrigaа kiritildi. Bu ish ham uncha engil emasdi. Chunki Kievdan O`zbekistonga poezdlar yurmay qo`ygandi. Samoletga esa, pulimiz yo`q. Ammo haftada bir marta Xarkov- Toshkent poezdi qatnardi. Shuning uchun biz Qobiljonni o`sha yo`lga chiqarar edik. Gazetalarning Samarqandga keltirilgan nusxalarini tarqatishda Samarqand universiteti kafedra mudirlari Sulaymon Murodov va Xoliqnazar G`onievlar boshchilik qilishdi.

 

Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, Qobiljonga biz faqat poezdda borib kelish yo`l haqini berardik. Boshqa hamma harajatlari o`zidan edi. Qobiljon biroz tijorat qilardi. U har safar Kievga kelishda O`zbekistondan ba'zi narsalar (er yong`oq, turshak, mayiz va shunga o`xshash) keltirardi. Har doim uning yuki ikki-uch xalta, ya'ni 100 kg yaqin bo`lardi. Ana shu bilan u tirikchilik o`tkazardi. Bizga Harakatimiz a'zosi bo`lganligidangina xolis yordam etardi, barkat topqur.

 

Moskva Kiev orasida qatnab yurarkanman, bir safar mana shunday qiziq holat bo`ldi. Bir kun men Moskvaga tezda etib borishim lozim bo`ldi. Vokzalga kelsam bilet masalasi tangroq bo`lib, faqat o`tirib ketish mumkin bo`lgan joylar qolgan ekan. U ham ancha kech, Moskvaga ertasi kuni tushdan keyin etib bora oladigan poezdga ekan. Men o`sha umumiy joyga bilet oldim va Moskvada meni chaqirgan do`stlarga telefonda voqeani so`zladim. Shunda Moskvadagi do`stimiz (hozircha uning ismini yozmayman), "Yo`q, domla u biletni topshiring kech bo`lsa ham yotib keladigan vagonga bilet oling, ishlar biroz kech qolsa hech gap bo`lmaydi. Sizning yoshingizda 15 soat umumiy vagonda o`tirib kelish to`g`ri kelmaydi", dedi. Shundan so`ng men biletni almashtirdim. Boshqa vaqtlar o`zim o`tirib ham ketaverardim.

 

Xullas, Kievda bir yil to`la gazeta chiqarish bilan faol shug`ullandik. 1995 yilning kuzi edi shekilli, bizga Yusuf Ro`zimuradov ismli birisining Kievga kelishi xabar qilindi. Uni qabul qilib, bir uyga joylashtirdik. Bu zamonda mening Turkiyaga borib kelishimga ham bir sabab chiqib turgandi. Chunki men 1995 yilning so`nggiga kelib, ikki uy qilmagan qizlarimni Turkiyaga keltirsam, degan qarorga kelgandim. Shuning uchun Turkiyaga borib, u erdagi ahvol bilan tanishsam, deb turuvdim. Bunga yana bir partiyaviy ish ham qo`shildi. Bu zamonga kelib, M. Solihning "Iqror" kitobi ham nashrga tayyor bo`lib qoldi. Uni ham nashr etish lozim bo'ldi. Kitob ham Turkiyada nashr etilishi lozim edi.

 

Shunday qilib, M. Solihning kitobi va mening shaxsiy ishlarim bilan men Turkiyaga jo`naydigan bo`ldim. Bu erda ham yana arzon yo`lni tanladim, ya'ni avtobus bilan Turkiyaga borishni lozim topdim. Uchoq va avtobus yo`l haqlari orasida anchagina farq bor. Masalan, avtobusda borish 60$ turardi, uchoqda uchish yo`l puliа 270-280 $-dan ozmasdi. Ammo u zamon biroz pulimiz ham bor edi. Uchoqda ketsam ham mumkin edi. Ammo men o`zimga azob yo`lni tanlab, umumiy pulimizni iqtisod qildim.

 

Bu zamonda, ya'ni 1995 yil noyabr oyining ikkinchi yarimlarigacha biz Kievda to`rt kishi (Solihning ikki ukasi (Muhammad va Maqsud), Pirmuhammad va men) faoliyat ko`rsatmoqda edik. Qobiljon esa, yarim bizda, yarim o`z ishi bilan band. Ammo u ham Kievdaligida biz bilan birga yashab turardi. Ko`pincha bitta-ikkitamizga polda yotishga to`g`ri kelardi. Masalan, Qobiljon ham erda (polda) uxlardi. Endi esa, bizga kelib Yu. Ro`zimuradov ham qo`shildi. Shunday qilib, beshta asosiy va bir vaqtinchalik qo`shilgan kishi (Qbiljon vaqtinchalik hisoblanardi) bilan Kievda endi oltita kishi bo`ldik.

 

Yu. Ro`zimuradov Kievga kelganidan taxminan 20-25 kunlar so`ng men Istanbulga jo`nadim. Bu o`tgan vaqt ichida Ro`zimuradov menga juda yaqmadi. Chunki uning qiliqlari juda notabiiy edi. Kishilar bilan qiziqishlari biz o`rgangan ramkaga sig`masdi. Ya'ni u bizning har birimiz to`g`risida barcha ikir-chikirlarni bilishga jiddiy harakat qilardi. Maqsud (Solihning ukalaridan biri) bilan "juda qalin", ichki sir edilar, shekilli. Yu. Ro`zimuradov ba'zan namoz ham o`qib qo`ygan bo`lardi. Doim ertalabdan kechasigacha bizning oldimizda laqqilab o`tirardi. Ba'zan namozlarning birortasini ham o`qimasdi. Hatto bir safar Qobiljon hazil aralash, uning bu qilig`ini yuziga ham solgandi. Ammo u ko`zi bo`zrayb hech narsa, deyolmay qolgandi. Uning oilasi bor bo`lib, bolalari yo`q edi. Uyida yoshgina xotini yakka qolardi. Shunga qaramasdan uning doim bizning oldimizda kechasi soat 11-12 -gacha o`tirishi odamni hayron qoldirardi.

 

Ro`zimuradov Kievga kelganida unda kompyuterdan boshqa barcha texnika, kommunikatsiya aloqa asboblari bor edi. Uning hatto cho`ntak magnitafoni ham bor edi. U magnitafon Ro`zimuradovning cho`ntagida doim ishlab turgan bo`lardi. Oddiy odam uchun, oddiy bir muxolifat kishisi uchun bizlar haqimizda bunchalik ma'lumotlarning nima keragi bor. Undan tashqari bu qiliq insonlarning o`zaro etekasiga ham to`g`ri kelmaydi, axir. U bizlar haqimizda ma'lumot to`plab, bizning har so`zimizni yashirin yozib olarkan, buni hech kimsaga bildirmay qilayapman, deb o`ylardi. Ammo uning nima bilan shug`ullanayotganini sezish uchun uncha matonat ham zarurmasdi. Bilmadim, balki bu odam M. Solih va uning yonida yurgan kishilar bilan shunday muomalada bo` lib, ular bunga ahamiyat bermagani uchun biz bilan ham shunaqa erkin va ochiq muomala qilish mumkin, deb o`ylardi, shekilli. Ammo men bungacha bu odam haqida bir qator hikoyalar eshitgandim. Bu hikoyalarning birinchisini M. Solihning "jangarilari" so`zlab berishgandi.

 

Bu "jangarilar" kimlar? Ma'lumki, 1994 yili M. Solihning do`stlari Turkiyaga 30-ga yaqin yoshlarni keltirihsgandilar. Bu bolalar u erda maqsadning tayini bo`lmagan ishlar uchun jismoniy va harbiy tayyorgarlikdan o`tkazilgan. Yu. Ro`zimuradov esa, ana shu bolalar bilan birga bo`lgan. U erga qanday borib qolgan, u kompaniyaga Ro`zimuradov qanday aralashib qolgan, men buni hozir ham tushuna olmayman. Taqdirning taqozosi bilan o`sha yigitlarning bir qismi Moskvada bir muncha vaqt yashashdilar. Ularning ikkita-uchtasi men bilan bir uyda qolishdi. Ana shu yigitlar menga Ro`zimuradovning odamgarchilik xususiyatlari haqida so`zlashgandilar. Yigitlar menga so`zlashgan hikoyalarda Yu. Ro`zimuradov juda noinsof odam bo`lib gavdalanardi. Ularning hikoyalarida tasvirlangan Ro`zimuradovni bizning qishloqlarda "oq ko`z" odam, deyishadi. Ya'ni hech kimga do`stligi yo`q, hatto tug`ishganlariga ham do`stligi bo`lmagan kimsani "oq ko`z" atashadi. Yigitlar menga "Domla bilasizmi, Yusuf aka bizga doim Shtirlis bo'lish kerak", deb, maqtanardi deyishgandi. Bilmadim, muhojirlikdagi muxolifat a'zosiga "Shtirlislik" nega zarur bo`libdi, kimlar orasida "shtirlislik" qilmog`i kerak ekan? U yigitlarning yana bir gapini bu erda yozib bo`lmaydi. Chunki u gapni ko`pchilikka mo`ljallangan kitobda keltirishning hech imkoni yo`q. Ammo yigitlarning bu so`zlariga shubhalanishga o`rin yo`q edi. Ular chin haqiqatni yurakdan kuyinib so`zlashardi. Ularning so`zlarini tinglagan har qanday kishidaа Ro`zimuradovga nisbatan nafrat uyg`onmasligi mumkin emasdi. Jumladan menda ham Ro`zimuradovga nisbatan nafrat paydo bo`ldi, albatta. Men sovet zamonida juda ko`p g`irromlik, aldamchiliklarni, zinokorliklarni, noinsoflikni ko`rganman va eshitganman, ammo bu bolalar aytayotgan va Ro`zimuradov bajargan, men bu erda yozishni uyat, deb bilgan holni uchiratmadim. Bunday xususiyat odamzotiga isnod, deb aytish bilan holatni baholab bo`lmaydi. U qiliqni sodir etgan kishini "oq ko`z", deb atash bilan qaniqmaydi, kishi. Bu zot tom ma'noda odam emas, deb baholamoq zarur. Ikkinchi hikoyani esa, Vitaliy Ponomarevdan eshitgandim. V. Ponomarev o`zbek muhojirlari haqida kitob yozayotgan bo`lib, men Moskvadaligimda Yu.Ro`zimurodovga bag`ishlangan qismini u menga o`qib bergandi.

 

O`z vaqtida, Ro`zimuradov o`zining O`zbekistondan chiqib ketishi haqida bir afsona to`qigan yoki unga to`qib berishganlar. "Erk"chilar, balki partiyaning raisi ham Ro`zimuradov afsonasiga ishonishganlar. Shuning uchun uni Istanbulda qabul qilishgan, hatto boyagi "jangari"larga boshliq qilib qo`yishgan. V. Ponomarevning kitobida esa, Ro`zimuradov so`zlagan afsonadagi faktlarning birortasi ham asli bilan to`g`ri kelmasligi ko`rsatilgan. Ponomarev kitobidagi va muxolifat orasidagi Ro`zimuradov bir-biriga hech o`xshamasdi. Shu sabab Ro`zimuradovdan shubhalanmasdan boshqa iloj yo`q edi. Men ham o`shandan boshlab undan shubhalana boshlagandim.

 

Shuning uchun men Ro`zimuradov Kievga kelganidan keyin uning shaxsiga shubha ostidan qaray boshladim, albatta. Qobiljonni ham o`z shubhalarimdan xabardor etib qo`ydim.

 

Gazetalarimiz dekabrda nashr bo`lmaydigan bo`ldi.Chunki oyning 20-si bo`layotgandi, ammo bizning maketlarimiz hali tayyormasdi. Ammo men bu holni u zamonlar normal qabul qilgandim. Chunki Muhammadda (computerchimiz, bu ham Solihning ukasi) ham qator ishlar bor edi. Shu sabab uning qo`li bo`shamadi, gazetalar maketini vaqtida tayyorlay olmadi-da, deb qo`ya qolgandim. Hozirlar esa, bu ishda ham hech bo`lmaganda bir noxolis kishi qo`li bo`lganligini taxmin qilaman. Pastiroqda taxminimning ham isbotini ko`rsataman. Gazetalarimiz computerda terib qo`yilganiga ancha vaqt o`tishiga qaramasdan computerchimiz maketlarni tayyorlashni atay paysalga solganligini u zamonda tushunib etmadim. Chunki men ularga nihoyatda ishonardim. Biz chiqarayotgan uchta gazeta orasiga biror xil farq qo`ymasdim. Ularning nomlari uchta bo`lgani bilan ular bir vazifani bajarayapti, deb tushunardim. Haqiqatan ham shunday edi. Afsus, Yu. Ro`zimuradov, deb ataladigan kimsa avval M. Solihning kichik ukasi Maqsudni, biroz keyinroq uning boshqa bir ukasini, ya'ni computerchini (Muhammadni), men Turkiyada M. Solihning kitobi nashri bilan ovora bo`lib yurganimda esa, Solihning o`zini ham umumiy ishimizga dushmanligiа ko`rinib turgan maqsadga ishontiribdi. Ya'ni "Birlik" va "Forum" gazetalarini nashr etish "Erk"ka foydasiz", degan safsataga ularni ishontira olibdi. Gazetalar maketining dekabrda tayyor bo`lmaganligi, uni tayyorlashni pay salga solishlarining asosiy sababi ham ana shu erda turardi. 1995 yil so`nggida hali men Kievdaligimda, yaТni Istanbulga jo`nab ketgunumcha bu masalani o`rtaga chiqara olmay, men Istanbulga ketganimdan so`ng ishni Ro`zimuradov istagiga mos, ya'ni O`zbekiston hukumati niyatiga mos shaklda amalga oshirishga erishibdilar. Shu bilan yaxshigina yurishib turgan ish batamom to`xtashga yuz tutdi.

 

Shunday qilib, 1995 yil dekabrning so`nggiga qadar gazetalar maketi tayor bo`lmadi. Mening Itambulga jo`nash vaqtim ham kelib qoldi. Gazetalar bosilishi yangi yilning boshiga qoladigan bo`ldi. Bu orada Qobiljon ham yana Samarqandga borib keladigan bo`ldi. Qobuljonni Ro`zimuradovga O`zbekistondan piyoz sotishga kelgan tujjor, deb tanishtirgandik. U bunga ishonmaganligi ham bilinib turardi. Nima bo`lganda ham men Itanbulga jo`nashdan avval Qo biljonni Rossiyaga ketdi qilib, O`zbeikistonga kuzatib qo`ydik. Har ehtimolga qarshi bu safar gazeta olmay ketishni ma'qul topdik. Shu bilan birga men Qobiljonni yana bir marta Ro`zimuradov haqida ogohlantirib qo`ydim.

 

"Agar Yu. Ro`zimuradov men taxmin qilayotgan kishi bo`lsa, ya'ni bu odam O`zbekiston hukumati agenti bo`lsa, birinchidan, bu odam Sizning Rossiyaga ketayotganingizga ishonayotgani yo`q. Ikkinchidan, Siz haqda bu safar O`zbekistonga xabar jo`natilmaydi. Jo`natilganda ham Sizga bu safar hech bir xavf sezilmasligi kerak. Shuning uchun yanvarda Kievga kelib, yangi gazetalar bilan Samarqandga qayta ketishingizda ehtiyot bo`lmag`ingiz zarur bo`ladi. Chunki Sizni gazetalar bilan tutishga harakat qilishsa kerak, menimcha", deb Qobiljonga, tayinladim. Bu 1995 yil dekabrning oxirlari edi.

 

Voqealarning rivojlanishi qanday bo`ldi deng? Voqealar aynan men aytgan tartibda ketdi. Ammo chalkash eri shunda bo`ldiki, Qobiljon yanvarda Kievga kelib, yana gazetasiz Samarqandga qaytadi. Chunki yangi gazetalar yana tayyor bo`lmagan, eskilaridan Qobiljon olishni istamaydi. Uning ustiga Qobiljon ham eksperement (sinov) qilmoq uchun Samarqandga qaytishini Ro`zimuradovga atay bildirib, u bilan xayrlashib yo`lga chiqadi.

 

Shunday qilib, Qobiljon Samarqandga bora solib yana zudlik bilan Kievga qayta jo`naydi. Chunki bu erda kimlargadir tezda biroz er yong`oq keltirib berishga va'da qilgan bo`lganligidan, hatto uyida bir kecha ham tunamasdan orqaga Ukrainaga qaytaveradi. Qobiljon yo`lda Kievga kelaversin, Samarqandda ushla-ushla, qama-qama boshlanib ketadi. Qobiljonni tuta olishmaganligi uchun uning o`rniga akasi Hakim Boboevni qamoqqa olishadilar. Unga qo`shib, professor X. G`oniev va yana univesitet fizika fakulteti o`qituvchisini ham gazeta tarqatish "aybi" bilan qamoqqa tashlashganlar. Mana sizga voqealar! Ularni tahlil qilavering?! Men Qobiljonga 1995 yil dekabrining 18-19-da nimalarni so`zladim. Qobiljon 1996 yil yanvarning 10-da Kievga kelib, O`zbekistonga takror qaytgandan so`gnra esa, Samarqandda qama-qamalarning boshlanib ketishiga qaramaysizmi?! Yu. Ro`zimuradovning josusligiga bundan tashqari yana qanaqa isbot lozim edi.

 

Men 1996 yil 9-fevralda Istanbuldan Kievga keldim. M. Solihning "Iqror" kitobidan ming nusxa yukni ham Kievga keltirdim. Bu yuk ham Istanbul-Kiev yo`lida menga juda ko`p, katta tashvishlar berdi. Menincha, bu tashvishlarni M. Solihning men taniydigan ukalari (Muhammad va Maqsudlar) ko`tara olmasdi yoki bobosining mablag`ini sarflashgan bo`lishardi.

 

Kitoblarni Ro`zimuradovga bildirmasdan mening bir tanishimnikiga yashirib qo`ydim va Solihning ukalariga ham boshda bildirmadim. So`ngroq Ro`zimyuradovga aytmaslik sharti bilan ularni bu adres bilan tanishtirdim. Shu sababdan kitoblar xavfsiz saqlandi. Zamoni topilganda oz-oz O`zbekistonga yuborib turildi.

 

1996 yil 10-fevral kuni O`zbekistondan yuqorida ismlari (H. Boboev, X. G`oniev va yana bir domla) keltirilgan kishilar bizning gazetalarimizni tarqatishda "ayblanib" qamoqqa olingani haqida xabar oldik.

 

Bu sovuq darakni eshitib, darhol M. Solihga bitta xat yozdim. Uni Pirmuhammadga berib computerda terdirdim. Chunki u zamonlar men computerda juda sekin ishlardim. Xatni zudlik bilan M.Solihga faksda jo`natdim. Xat taxminan, "Solijon, Samarqandda yomon ishlar boshlandi. Kishilarimiz qamoqqa olinmoqda. Bizni sotish sodir bo`ldi. Men bu ishda Yusufdan shubhalanmoqdaman. Boshqa tomondan bu yigit Istanbulda ham ba'zi noto`g`ri muammolalarga aralash ekan. Istanbuldagi birodarlar 26 ming $ qarz haqida so`zlashmoqda. Menimcha, zudlik bilan Yusufni bizning oldimizdan uzoqlashtirish lozim, deb hisoblayman", shaklda tuzilgandi. Hozir u xatning matni so`zma-so`z xotiramda yo`q, albatta, Ammo mazmuni aynan shundayligi aniq.

 

Men bu xat bilan Yu. Ro`zimuradovni asosan josuslikda aybladim. Istanbul bilan bog`li pul masalasini, shunchaki qo`shib qo`ydim, xolos. Chunki Samarqandda uch kishi qamoqqa olindi. Qobiljon qidiruvda. Bu voqeaga jiddiy qarash va buning oqibatini tahlil qilish juda ham muhim, deb tushunardim. Shuning uchun katta bir partiya, "Erk" partiyasining Raisi, ayni zamonda birgalikda olib borayotgan ishlarimiz umumiy rahbariga ilk shubhalarimni ma'lum qildim. U odam esa, bu ishlarga go`daklarcha munosabatda bo`ldi, desam etarli bo`lmaydi. Ana shu erda birinchi marta M. Solihdan ham ixlosim juda qaytdi.

 

Bu masalalarni shu erda biroz to`xtatib, Istanbuldan Kievga kirib kelishim va bu erdagi yigitlar bilan ilk uchrashuvlarim haqida bir-ikki og`iz so`zlab o`tay. Birinchidan, meni Kievdagi yigitlar kutib olishmadilar. Ammo biz mo`ljaldan ancha kichigib keldik. Qizig`i shundaki, mening nima uchun kechigayotganim bilan ham qiziqishmaganlar-da. O`sha kun, men Kievga kitoblar bilan kelgan kun, 8-mi, 9-nchi fevral edi. Kiev juda sovuq. Biz kechasi soati 02-da keldik. Telefon avtomatlar ishlamaydi, yukim katta, uni avtobus ko`chaga tushirib ketdi. Oxir oqibat, taksi tutdim va kitoblarni unga o`zim ortdim, mingta kitobni mashinaga bir kishining ortishi ham uncha-muncha vaqtni oladi. Ish qilib, bir balo qilib, soati 05-larda, men Istanbulga ketganimcha ma'lum bo`lgan adresga bordim. U uyda bir xotincha o`tiribdi, bizning yigitlarimiz yo`q. Xayriyat, u ayol ularning qaerdaligini bilarkan. Yigitlardan, Muhammad topildi. Kitoblarni bir kecha o`sha uyda saqladik. Undan so`ng zudlik bilan boshqa joyga ko`chirdik.

 

Samarqand viloyat Past-Darg`om rayonidan Turkman Nafasov ismli kishi Kievda yashardi. Uning uch xonali uyi bor edi. Unga men Samarqand universitetida dars berganman. Men uning o`qituvchisi hisoblanardim. Bir-birimizga hurmatimiz durust edi. Shu sababli kitoblarni unikiga keltirib qo`ydik. Buni Ro`zimuradovga aytmaslikka kelishdik.

а

Shu bilan bugun (8.02.96-da kelgan bo`lsam 9.02.96, agar 9.02.96-da bo`lsa 10.02.96 y.) kech kirdi. Yigitlarning yangi kvartirasiga keldim. Bu erda Pirmuhammad bilan Qobiljon o`tirardi. Pirmuhammadning menga bergan xabariga ko`ra "ERK" gazetasining yangi sonini 2500 nusxada chiqarishibdi. Uning haqiga 200 $ pul tulashibdi. Qiziq, boshqa ikkita gazeta nega chiqarilmadi? Ularning ham computer naborlari tayyor edi-ku? Uning ustiga nega 200$? Men uchta gazetaga, besh ming nusxaga shuncha pul tulardim, nega bunday bo`ldi?а Mening bu savollarimga Pirmat "rais" shunday ko`rsatma berdi, deb javob qildi. "Tipogafiyaga Pulni men Turkman akadan qarz olib berdim, qarzni darhol tulashim kerak. Menga ikki yuz dollar bersangiz", deb qo`shimcha qildi. Men esa, uning javoblaridan to`la qaniqish hosil qilmagan bo`l sam-da, masalaning mohiyatini oxirigacha tushunishga harakat qilmadim. Shu bo`ldimi yoki yana boshqa gap bo`ldimi, ish qilib, men Pirmatga Turkman bo`lsa, o`zimizniki ekan men unga telefon qilaman, unga ertaga pulini olib borib berarsiz, deb javob qildim. Darhol Turkmanga telefon qildim va unga ertaga pulini berishlarini aytdim. U mening taklifimni qabul qildi.

 

Shunday qilib, aqshom yotdik. Endi uxlab ketayotgan ekanman, bir zamon Pirmat hovliqib meni uyg`otardi. U "domla, domlajon, menga Turkman akaning qarzini bering, hozir unikiga borib, uni berib kelaman, bo`lmasa bo`lmaydi", deyardi menning boshimda. Yigitning ahvolini ko`rib unga qanday pul chiqarib berganimni ham sezmay qolibman. Bu ham meni hayron qoldirardi. Uyquga yotilgandan keyin, kechasi, bevaqt bu bola hovliqmoqda edi. Bu hodisalarga men hech tushuna olmasdim. O`sha zamon bu hol shundayligicha, meni hayron qildirganicha qoldi.

 

Xullas, computer naborlari tayyor turgan "BIRLIK" va "FORUM" gazetalarining chop etilmasligi va bu Pirmat bolaning kechasi tushakdan turib hovliqishi meni juda hayron qoldirgan bo`lsa-da, bu ancha vaqt jiddiy mulohazasiz va tahlilsiz qolib ketdi. Chunki bugungi aqshomdan ko`p o`tmay Samarqandda odamlarimizni qamoqqa olish boshlandi. Uning ustiga mening Moskvadagi o`g`lim xastaxonaga tushib opperatsiya bo`lib qoldi. Shu sabab tezda Moskvaga ketishga to`gri keldi va h.k.

 

Moskvada, o`g`lim "oshqozon yarasi" xastaligidan operatsiya bo`ldi. Uning oldida biroz zamon qolishga to`g`ri keldi. Bu vaqt ichida Moskvada Russiya musulmonlari Kongressi (Russiyada shunaqa toshkilot ham bor edi. Men ularga ham bir marta gazeta chop etishga yordam bergandim) ofisida yashab turishimga to`g`ri keldi. Bu ofisga Russiyaning butun o`lkalaridan va boshqa chet ellardan ham mehmonlar kelib-ketib turishardi. Shunday mehmonlardan biri Tataristonlik Afduravuf ismli kishi meni islomdagi yangi bir guruhga taklif etdi. Uni men biroz tingladim, ammo uning to`la maqsadiga tushunmagan bo`lsam-da, unga norozilik bildirmadim.

 

Shunday qilib, Moskvada yashab turgandim. Chunki o`g`lim ham hali o`zini juda o`nglab ololgancha yo`qdi. Kievdan shoshilinch xabar keldi. Men tezda Kievga qaytishim kerak emish. Odatda bizning "muxbirlarimiz" yo`q joydan muammolar chiqarib turishardi. Bu safar ham shunaqa biror ishg`ol chiqibdimi, deb apil-tapil yig`inib Kievga qaytdim.

 

Bilasizmi, bular, ya'ni Solihning ikki ukasi meni Ro`zimuradov bilan urushtirishga chaqirishgan ekan. Kievga kelib bildimki, men Solihga yozgan xatdan Ro`zimuradov to`la xabardor, xatni unga o`qib berishgan. Ro`zimuradov esa, menga qarshi "qilich yalang`ochlab" o`tiribdi. Men bu muxbir va texnik yigitlarimga, "Ha, nima bo`ldi yigitlar", dedim. Ro`zimuradov, "a yo`q, be yo`q" menga yopishib ketdi, "isbot qilib berasan (birdaniga senlashga o`tgan) men kimning narsasini o`g`irlabman va qaerda o`g`irlabman?" va hokazo va hokazolar. Lekin qarang, u menga nega meni josus atapsan, demaydi, "nega o`g`ri atapsan", deydi. Aslida men Solihga yozgan xatda uni ochiq josusga chiqarganim rost. Alloh meni isloh etsin, hozir ham bu fikrdan chekinmayman. Men uni josus atab tursam, nega u faqat o`g`irlikdan so`zlaydi, bu qaerdan keldi? Yuqorida Solihga yozilgan xat haqida gap ketganda aytganim kabi, Ro`zimuradovning josusligiga qo`shimcha Istanbulda bo`lgan va Ro`zimuradov aralashgan pulli masalalarni ham tilga olgandim. Bu erda gap ana shu haqda ketmoqda. U gaplarga ham mana yana uch yil o`tib ketdi, ammo o`sha Itanbuldagi Ro`zimuradov aralashgan pul masalalari ham bu gungacha hal bo`lmadi. Chunki uni Ro`zimuradov shunaqa chalkashtirib tashlagandiki, u ish faqat nargi dunyoda hal bo`ladi. Istanbulliklar o`z pullarini bu dunyoda Ro`zimureadov va uning sheriklaridan undirib ololmasalar kerak.

 

Xullas, Ro`zimuradov bilan oramizda masala qanday hal bo`ldi, bunisi uncha ahamiyatli emas. Har holda buni ham biroz tasvirlashga urinaman. Ammo mening Solihga yozgan xatim mazmuni nega buncha tez Ro`zimuradovga etkazildi yoki to`la o`qib berildi? Mana bunisi men uchun juda muhim edi. Samarqandda jiddiy ish boshlandi, kishilarimiz qamoqda turibdi. Gazetachilik ishimizga katta zarar etkazildi. Bularning sabablarini va bu ishlarga sababchilarni aniqlash, bundan so`ng bunaqa bo`lishiga yo`l qo`ymaslik yo`llari haqida qarorlar qabul qilish, mening shubhalarimni jiddiy o`rganish o`rniga, go`dak ham qilmaydigan ishni qilib, o`tiribdi mening bu "quroldoshlarim". Bunga nima, deysan, kishi?

 

Endi Ro`zimuradov va mening oramizda nima gap bo`ldi, degan savolga javob. U juda jonimga tegib bijinglayvergandan so`ng, to`g`risi unga qarshi qo`l ko`tarmoq chi bo`ldim. Ammo tepalashga yigitlar qo`yishmadilar-u, lekin men bu hamla bilan uning big`- big`idan qutuldim. Bundan so`ng u mening shahar bo`lab harakatimni uzoqdan kuzata boshladi. Bu safar ham undan do`q bilan qutildim. Bu Ro`zimuradov, deganlari juda qo`rqoq ekan. Bir kun kechqurun Turkmanning uyiga kelayotgandim, yana o`sha Ro`zimuradov meni kuzatmoqda edi. Qaysi bir bekatda uni qo`lidan olib tranvaydan tushirdim va unga, "bola menikini uncha tortaverma, seni ham, o`sha rahnomangni ham onasinikiga qaytarib tiqib qo`yaman-a (bu gaplarim uchun o`quvchi meni kechirsin. Chunki boshqacha yo`l yo`q edi, menda.)", dedim. Men "rahnoma", deganda Karimovni ko`zda tutdim, albatta. Men uchun uning rahnomasi yana kim bo`lishi mumkin? U ham buni juda yaxshi tushundi. Aq shom Kiev shahrining qorong`i bir ko`chasida mening shaxtimni, niyatimni u yaxshi angladi. To`g`risini aytganda, men Ro`zimuradovdan jismoniy baquvvatroq edim. Undan tashqari meni u yakka emas, deb tushungan bo`lishi ham mumkin. Bundan so`ng ham u meni kuzatgandir, balki. Ammo endi, u hech mening ko`zimga tushmaydigan bo`ldi. Har holda mening qorong`idagi hamlam uni jiddiy cho`chitgani sezilib turardi. Bizning aqshomgi uchrashuvimiz haqida u Solihning ukalariga "Karimov, ya'ni rahnoma eriga" Solihni qo`yib so`zlab beribdi. Bu haqda Muhammad (Solih ukalining buyugi) ehtiyotsizlik qilib, menga bildirib qo`ydi.

 

Oqibat shunday bo`ldiki, gazetalar chiqishi to`xtadi. O`lmas ovqatga kelib turadigan mablag` ham bitdi. Solihbey, pul tugadi, boshqa erdan mablag` topishga harakat qilmoqdaman, deb har zamonda bir telefon qilib qo`yadigan bo`ldi, xolos.

 

Haqiqatda esa, masalaning mohiyati bunda emasligini sezib yursam-da, uni yilning avgust oylariga kelib to`la anglab etdim. Ya'ni bu ayanchli bandalar Ro`zimuradov ning ig`vosiga uchib, yilning boshidayoq meni o`zlaridan uzoqlashtirish yo`liga kirishgan ekanliklarini endi to`la tushundim. Qizig`i shundaki, men Turkiyada, Solihning kitobini nashr qilmoq uchun Istanbul bo`ylab uyoqdan, bu yoqqa piyoda ovorayi-sarson kezib yurganimda, ular esa, bu ahmoqona qarorga kelishgan va o`zlaricha bu ishni amalga oshirish planlarini ham tuzib qo`yishganlar. Hatto men Turkiyadan kelganimdan meni "kompaniyadan" chetlahstirish variantini ham tayyorlab qo`yishgan lar. Shuning uchun boyagi Pirmat ertalabgacha ham uxlay olmay mendan qarz pulni undirishga harakat qilgan. Chunki u o`sha kuni ertalabgacha kutsa, ertalab esa, menga "kompaniyadan" chiqishim lozimligi aytiladigan bo`linsa, mendan pul unmay qoladi, deb, qo`rqqan, bechora. Solih ukalari Turkmanning qarzini o`tamay qo`yadi, men uyalib qolaman, deb o`ylaganda, axir. Nima deysiz, har kim vaziyatni o`z tafakkuri darajasida tushunadi-da. Men uchun bu dunyo zebi-zeynatlari, pulu-moli emas, uning ma'naviyati, ma'rifati, poklik va soflik muhim va ahamiyatli ekanligini bu ayanchli kishilar tafakkur qila olmaydilar, axir.

 

Shunday qilib, 1996 yil may oyidan boshlab men moliyaviy jihatdan faqat "Ozod"likdan oladigan 60-70$ qalam haqiga qarab qoldim. Ammo Kievda yotib turishim uchun Turkman o`z uyidan joy berdi. Undan ham Alloh rozi bo`lsin. 1996 yilda mening kun kechirishim uchun Ukrainalik do`stlarning ham hissasi sezilarli bo`lganligini alohida ta'kidlayman.

 

1996 yilgi turmush o`tkazish jarayonida yana bir holatni ham so`zlab o`tmog`im lozim. Men Istanbulga borib, u erda Anvar Ipak (Turkchasi Enver Ipek) ismli do`stimdan darak topdim. U Kievda tijorat bilan shug`ullanmoqda ekan. Men bu haqda darhol Istanbuldan Kievga telefon ochib, yigitlarga uni topib uchrashishlarini so`radim. O`zim Istanbuldan Kievga kelganimdan so`ng esa, Anvar bilan topishib, undan ham ancha foydalandik. Istanbuldan Kievga kelganimdan darhol, hali bu erda nimalar bo`lganligini tushunmasdan, tushunishga urinmasdan ham hamma narsadan avval, xuddi olamga olov tushganday Pirmatni Anvarga ishga joylab qo`y dim. Men uchun Kievda biror muammo bo`ladigan sabab yo`q edi. Uning ustiga Pirmat turkchani yaxshi bilardi, Anvarga tilmoch (tarjimon) kerak edi. Shu sabab bu ish tezda bitdi. Anvar Pirmatga 250$ maosh to`lash sharti bilan uni ishga oldi. Bu pul Kiev sharoiti uchun juda ham katta mablag` edi. Anvardan Alloh rozi bo`lsin. Ammo Pirmatboy, meni bir marta bir piyola choyga taklif etmadi. Chunki u Ro`zimuradovdan qo`rqardi. Shuning uchun u mendan uzoqroq bo`lishga harakat qildi. Bunday hollarda mendan boshqa kishi qaroridan so`zsiz qaytgan bo`lardi. Lekin men bu holatni Anvarga so`zlashni o`zim uchun nomunosib hisobladim. Ammo Anvar, menga ham emak uchun biroz yordam berib turdi. Hatto Anvar yordamida bir tijorat ishi ham boshladik, ammo sheriklarimiz qobiliyatsiz chiqib qolib, uni davom qila olmadik. Bu holning to`la sabablarini bu erda yozib o`tirishning hojati yo`q, deb o`ylayman. 1996 yilini mana shunaqa qilib o`tkazishga to`g`ri keldi.

 

Men 1996 yili to`la Kievda qolmadim. Birinchidan, yilning boshida (yilning fevraliga qadar) Turkiyada edim. Turkiyadan Kievga kelganimdan ko`p o`tmay Moskva dagi o`g`limning kasalxonaga tushib qolishi sabab Moskvagaа kelib, bu erda biroz vaqt turib qolishga to`g`ri keldi. Undan so`ng Kievga qaytdim, ammo bu erda uzoq qolmadim. Qisqasi, yilning ikkinchi yarimida yana Moskvaga ketdim va yuqorida so`zlaganim kabi, u erda chechenlardan birinikida (bular Dudaevchilarga qarshi edi) ancha vaqt yashadim. Biroq men g`oyaviy va ma'naviy jihatdan Dudaevlarchilar tarafdori edim. Rus - Chechen urushi, ularning o`zaro munosabatlari haqida o`z fikr larim bor edi. Ular haqida "Ozodlik" radiosida qator chiqishlar qilganman. U chiqishlarim matnlari alohida keltiriladi. Biroq u zamon Moskvada men uchun yashash masalasi bosh masala edi. Bu bir, undan tashqari menga uyidan joy va non bergan chechen musulmon bir kishi edi. Shuning uchun biz siyosiy masalalar haqida deyarli so`zlashmasdik. Siyosiy qarashlar haqida mening chechen og`ayinim ko`proq so`zlardi, u ham bo`lsa, ko`proq Islom tarixidan va o`zining sajarasidan so`zlardi. Uning aytishicha Chechenistonda ham bizdagi singari eshonlar (sayidiylar) bormish va mening og`aynim o`sha chechen eshonlaridan emish.

 

8.1.12.7. Kievda boshlagan tijoratga oid ishlarimiz haqida ikki og`iz so`z.

1996 yilning oxirida takror Kievga keldim. Chunki Turkmanning taklifi bilan Enver Ipak yordamida bu erda tijorat qilmoqchi bo`ldik. Bizga Po`lat Omonovich Kaza kov ismli boshqa bir kishi ham qo`shiladigan bo`ldi.

 

P.O. Kazakov, 30 yildan buyon Kievda yashavchi O`zbekistonning Navoyi viloyatida tugilib o`sgan, o`qish munosabati bilan Kievga kelib, bu erda qolib ketgan bir o`zbek kishi edi. Shu erdan uyli-joyli bo`lgan, oltita bolasi bor. Ularning beshtasi qiz, biri (eng kenjasi) o`g`il. Bunday ko`p bolalik Ukraina uchun juda kam uchraydi gan hol. Lekin Po`lat Omonovich ishni o`g`il tug`ilgancha davom etkazgan chapani o`zbeklardan, xotini ham bechora yaxshi aya ekan, xo`jasining aytganiga ko`nibdi. Gorbachevning kooperativchilikka ijozat berish siyosati davrida Po`lat Omonovich ham meditsina asboblari ishlab chiqarish kooperativi tashkil qilgan va sovet davrida yaxshigina faoliyat ko`rsatgan, ammo mustaqillikdan so`ng ahvol o`zgarib, 1996 yilga kelib kooperativ salkam sinish holida edi. Po`lat Omonovich o`zi juda yaxshi odam edi. Men yashagan hayot davomida menga juda yaqib qolgan kishilardan biri P.O. Kazakovdir. Ammo bu kishi siyosat bilan juda ham qiziqavermasdi. Lekin o`zi etarli darajada har taraflama zamonaviy bilimga ega ziyoli inson edi.

аа

Shunday qilib, uch tujjor, Enver, Turkman, P.O. Kazakov va bir garant vositachining (vositachi, ya'ni bu mendir) tijorat ishlari quyidagicha rejalashtirilgandi:

 

1. Enver Ipak bizga Turkiyadan nasiyaga kiyim - kechak keltirishga yordam beradi, biz esa, uni sotib (realizatsiya qilib) pulini to`laymiz.

 

2. Sotish ishlarini Turkman Nafasov tashkil qiladi. Chunki u xotini bilan birga bungacha ham aynan shu ishlarni bajarib yurishardi. Lekin Turkmanlar hozir Turkiyadan Ukrainaga keltirilgan molni olib sotadilar. Ya'ni Turkmanlarga mol fabrikadan so`ng uchinchi navbatda keladi. Bizning holimizda esa, ikkinchi navbat bo`ladigan bo`layotgandilar.

 

3. Enverning bitta sharti bor, ya'ni uning taklifiga ko`ra, birinchi marta keltiriladigan molning yarim narxini oldindan to`lash lozim. Bu mablag`ni Turkman va P.O. Kazakov topadigan bo`lishdi.

 

4. Men esa, faqat vositachi vazifasini o`tayman. To`g`risi, men Enver va Kievlik tujjorlarning bir-biriga ishonchli vositachisi (garant vazifasini) vazifasini o`tamog`im zarur. Shuning uchun men bu kompaniyada hech qanaqa mablag` bilan qatanashmayman, mablag` qo`shishni xohlaganimda ham menda bir sent pul yo`q. Kunlik yashashim hali chechennikida, hali Turkmannikida o`tib turibdi. Ammo tijorat yurishib ketsa, mening garantligim uchun oylik maosh tayinlanishlari ham kelishildi.

 

Xullas, bir necha marta qayta-qayta uchrashuvlardan so`ng bir qarorga kelindi va yuqorida sxemasi keltirilgan tijorat ishini boshlaydigan bo`ldik.

 

Nihoyat, Turkman va Enver mol keltirish uchun Turkiyaga jo`nab ketishdi. Bir haftadan so`ng birinchi guruh mollarni olib Turkman Kievga keldi. Ish boshlandi. Ammo davom etishi uncha durust bo`lmadi. Bu ishimizdan ko`zda tutilgan natija chiqmadi. Sabablari bir qator. Ular haqida so`zlab o`tirmayman. O`quvchilar tushu narli bo`lsin uchun bir narsani ta'kidlab o`taman, xolos. Tijoratimiz muvaffaqiyatli chiqmagan bo`lsa-da, uni boshlashgan o`sha to`rt kishi (Enver Ipak, Po`lat Kaza kov, Turkman va men) bugun ham juda yaxshi do`stlarmiz. Demak, oramizda hech qanaqa tushunmovchilik bo`lgani yo`q. Faqat ish yaxshi yurishmadi va faoliyat to`xtab qoldi.

 

Men, yuqorida Po`lat Omonovichga baho berdim. Enver Ipak, Turkiyadagi eng yaqin, eng qalin do`stlarimdandir. U menga Turkiyada bolalarim bilan yashagan zamonimda ham qo`lidan kelganicha moddiy va ma'naviy yordamini ayamadi. Turkman ham meni ustoz, deb biladi. Men ham uni yaxshi o`quvchilarimning biri sifatida ko`p hurmat qilaman.

 

Shuni ham takrorlashim kerakki, bizning tujjorligimiz 1997 yilning mart oyigacha davom etdi. Undan so`ng ham hali to`la tugamagandi. Ammo men ortiq bu holda, ya'ni Kievdagi muallaq holda yashay olmasligim uchun butunlay Turkiyaga ketishni lozim ko`rdim. Do`stlarni to`plab, oramizda bo`lgan mollarga bog`li barcha masala larni do`stona hal qilib, ulardan javob olib, Turkiyaga ketdim. Men ketgandan so`ngra, avval ham yaxshi yurishmayotgan umumiy tijoratimiz butunlay to`xtab qoldi.

 

Ana shundan so`ng Turkiya hayotim boshlandi. Bu endi 1997 yil voqealari bo`ladi.

 

8.1.12.8. 1997 yil, Turkiyada kechirgan turmushim haqida qisqacha ma'lumot.

Yangilishmasam, 1997 yil mart oyida (qaysi kunligi yodimdan ko`tarildi, chamamda 21 mart edi.) Istanbulga keldim. Aeroportdan (turkchada havo alani deyishadi, demak, havo alanidan) Ko`ksal Ustaga telefon qildim. U havo alaniga kelib meni u erdan oldi va ishxonasiga olib bordi.

 

Aslida bu safarga, 1997 yilning boshidan Turkiyaga otlanishimga yana boshqa sabab ham bor edi. Birinchidan, eng asosiy sabab, bu iqtisodiy ahvolim yomonlashib, chindan ham ilojsiz holga kelib qolgandi. Ikkinchidan, 1996 yilda masjidda, Moskva musulmonlari idorasining oshxonalarida yotib yurgan vaqtimda Russiyaning Saratov viloyatida Imomlik qilayotgan O`zbekistonli, u ham Karimov zulmidan qochoq bir mo`lla kishi (uning ismi Abdumannon edi) Turkiyada katta bir siyosiy arbob bilan uchrashtirishni va'da qilgandi. Biz, ya'ni men va Abdumannon yilning fevral oyida Turkiyaga kelishni va'dalashgandik. Ammo mo`lla Abdumannon va'da lashgan zamonda Moskvaga kelmadi. Uni ancha izlashga ham vaqt sarflagan bo`lsamda, ammo Abdumannonni topish engil bo`lmadi, qisqasi uni Russiyadan topa olmadim. Shuning uchun Allohga tavakkal etib, yakka o`zim Turkiyaga kelishga majbur bo`ldim.

 

1989 - 1990 yillari Samarqandga bir qator Turkiyalik ish odamlari, ziyolilar kelishgandilar. Ularning bir qismi o`sha zamonlarda bizlar, Samarqandlik "Birlik"chilar bilan uchrashib, tanishgandilar. Turkiyaga kelishga jazm qilarkanman, menda eng avval ana o`sha do`stlardan biror yordam bo` lar, degan umid bor edi. Meni havo alanida qarshilagan kishi, Ko`ksal Usta o`shaа ajoyib do`stlardan biri edi. Bundan keyingi ikki yilga yaqin Turkiyada o`tkazgan hayotim ko`rsatdiki, mening umidimda jon bor ekan. Ko`ksal va unga o`xshash boshqa do`stlar menga, oilamga ko`p moddiy, ma'naviy yordam etdilar. Ularning barchasidan Alloh rozi bo`lsin.

 

Shunday qilib, 1997 yil mart oyidan boshlab Turkiya hayotim ham boshlandi. 1996 yilning so`nggida Moskvada yana bir Turkiyalik do`st bilan ham tanishgan edim. Uning ismi Hamid edi. Hamid Moskvada Turkiya va Russiya o`rtasida qatnaydigan uchoqlarga bilet sotish bilan shug`ullanadigan shirkat tashkil etgan kishi edi. Men Turkiyaga, ya'ni Istanbulga borish uchun aynan o`sha Hamidning shirkatidan bilet olgandim. Shu sababdan Hamid menga Istanbuldagi ba'zi do`stlarining telefonlarini berib, Istanbuldagi odamlariga berish uchun qo`limga bir omonat ham berdi. Shuning uchun men Ko`ksalning ishxonasiga kelganimdan darhol Hamidning tanishlariga telefon qildim. Omonat juda ahamiyatli narsa bo`lsa kerak, ular tezda oldimga etib kelishdi. Omonat og`irligi va hajmi jihatidan kichkina bir narsa edi. Uning ahami yati nimadaligi Allohga va ularga ayon. Mening oldimga kelishgan kishilarning biri Jalol va boshqasi Mustafo ismli edi. Jalol, degani Hamidning qaynisi bo`larkan, Mustafo ularning sherigi ekan.

 

Jalol bilan Mustafo meni mehmonxonaga joylashtiramiz, deyishib Ko`ksalning qo`lidan olib ketishdi. Yo`lda ma'lum bo`ldiki, bu yigitlar meni biror mehmonxonaga olib borishadilarda, u erda qoldirishadi. Bu men uchun juda qulay bo`lmagan bir hol edi. Chunki menda pulning tayini yo`q. Shu sabab, biz ancha vaqt mehmonxona, ya'ni arzon mehmonxona axtardik. Axir bir joydan arzonini topdik. Ammo bu mehmonxona juda iflos, sovuq ekan. U erda ikki kecha yotishga to`g`ri keldi. Bu yigitlar, Jalol va Mustafo to`g`ri ish qilishmadi. Chunki men Ko`ksalning oldida qolganimda, u meni o`zi biror durustroq erga joylab qo`ygan bo`lardi.

 

Bu voqealardan so`ng Doktorga, ya'ni Namoz Normo`minga telefon qildim. U meni uyiga olib ketdi. Unikida bir kecha yotganimdan so`ng, Aziz Mahmud Hudoyi Hazratlari ismi bilan ataladigan Vaqifga bordik. U erda biz professor Komil Yilmaz bilan tanishdik. Ular menga Vaqifning musofirxonasidan joy berishdi. E-he bu er rosa zo`r joy edi. Bepul yotoq, bepul ovqat. Alloh rozi bo`lsin bu do`stlardan. Keyingi 4-5 yildan buyon "It yotish, mirza turish"da yurgan kishi, men uchun bu joy bir ajoyib kurortday tuyulib, jonim tinchlanib qoldi. Istagan vaqtim yotaman, istagan vaqtim yuraman. Men uchun salkam, mutlaq erkinlik boshlandi, bu erda.

 

Bu erga, Vaqifga joylashgandan so`ngа kichik taqsir (bu kishining ismi Muhammadamin, mufti Muhammad Yusuf Muhammad Sodiqning ukasi bo`ladilar) bilan xabarlashdim. Ammo Istanbulda to`xtashgan "Birlik"chi va "Erk"chi muhojirlar bilan xabarlashmadim. Chunki ularning unisidan (Mehammad Solih) ham, bunisidan (Abd. Po`latov) ham ko`ngul sovigandi. Bundan biroz o`tgandan keyin mening Istanbuldaligimdan Katta Taqsir xabar topibdi. U kishi ukasiga (kichik taqsirga) meni yoniga olishni tayinlabdi, shekilli. Bir kuni bu kishi, ya'ni kichik taqsir meni uyiga taklif qilib qoldi. Uning oldiga bordim va shunday qilib, kichik taqsir, Muhammad amin bilan ham bir haftaga yaqin vaqt birga yashadim. Bu erda ham qiziq voqeani kuzatganman. To`g`irisi, bu erda ham o`z go`lligimni yana bir bor kuzatganman, desam bo`ladi. Hayotimda uchiragan ana shu holni ham tarix uchun yozib qo`ymoqchiman.

 

Muhammadamin uchxonali uyda bir o`zi o`tirarkan. Bu uyni o`z vaqtida Katta Taqsir ijoraga olgan, so`ng u kishi Leviyaga ko`chgan, hozircha uning ukasi Muham madamin bu erda bir o`zlari yashar ekan.а Men ham bu erda biroz vaqt yashadim, Muhammadamin bilan bir qator suhbatlar qildim. Nihoyat, Taqsir (Mufti janoblari) meni ham shu erda, ukasi bilan yashayversin, degan ekanda, deb xulosa ham chiqargan bo`ldim. Go`llikka qaramaysizmi, sen kimsan, nega bu odamnikida yashay verasan, bir-ikki kun mehmon bo`lding, izzating bitdi, "bir kunlik mehmon kel mehmon, ikki kunlik mehmon ket mehmon", deyiladi maqolda, deydigan bir kishi yo`q. Go`llik sababli, xuddi otasinikiga kelgan o`g`ilday bir hafta indamay bemalol bu erda yashay veribman. Aslida esa, men bu anqovligim bilan olti kun ichida Muham madaminga ko`p noqulayliklar yaratgan ekanman. Menda ham doim bu erda qolaman, degan fikr yo`q edi-yu, lekin boyagi go`llik bor emasmi, shu sabab shoshmas dan bemalol yurgandim. Ammo hali vaqifda yashashdan ham voz kechganimcha yo`q edi. Hatto kichik Taqsir ilk bor chaqirganda, Doktorga telefon qilib, "Doktor, Taqsir oldiga chaqirayapti, orqasini o`ylamay, mayli kelaman, deb qo`ydim. Endi qanday bo`ladi? U kishi huzuriga boraymi yoki yo`q?", deb maslahat ham qil gandim. Doktor ham, "Kelaman, debsiz, borasizda endi", degandi. Xayriyat, bilibmi, bilmay Vaqifdagi do`stlarga joy topdim, demagan ekanman. Shuning uchun vaqifdagilar menga yangi joy topishning yo`lini qilib, joy ham topishdi. Vaqif meni o`sha yangi erga kochirishdi. Ana shu ko`chish vaqtida mening Taqsirnikida qolgan olti kun qanchalar Muhammadaminga og`ir kelganini sezib qoldim. Vaqif ko`rsatgan yangi joyga ko`chishim aniq bo`lib, u erni Doktor bilan ko`rib kelganimizdan so`ng Muhammadaminning uyiga keldim. Voqeani u kishiga ham so`zlab berdim. Bu zamon kun ancha kech bo`lib qolgan edi. Mening go`l ko`ngulim bugun ham bu erda, ya'ni Muhammadamin oldida yotib, ertaga ertalab, yangi erga ketish edi. Taqsirim, Muhammadaminning esa, bir kecha u yoqda tursin, mening yarim soat ham bu uyda qolishimga toqati qolmagan ekan. Chunki qiziq voqea ana shu zamon, mana shu kech kirgan zamon sodir bo`ldi. Muhammadaminning uyiga bir o`quvchi bola kelib-ketib turardi. Bugun ham u bolaа darslarini olib, kech kirganda endi yotog`iga ketishga otlandi. Men esa, o`z uyimdagiday bemalol o`tiribman. Chunki niyatim ertaga ketish edida. Ana shu erda taqsir chiday olmay, menga "siz ham ketsangiz bu bola yordamlashib (menda yordamlashishga loyiq narsaning o`zi yo`q. Kiyadigan kiyimlarim ustimda) chiqarishib qo`yadi", desa bo`ladimi? Bu axir, "nima seni qancha kun boqaman, ketadigan bo`lsang ket, axir", deyilgani emasmi? Ha, shunday edi. Nima ham qilamiz, shunaqa holni ham boshdan o`tkazdik. Moskvada, Narziqulov va Yo. Obidning qiliqlari bundan besh batar edi. Ammo men Muhammadaminni to`g`ri tushundim, Chunki men rostdan ham anqovlik qildim. Ular, Taqsirlar meni chindan ham yaxshi bilishmaydilar. Men bilan ichki sirmaslar. O`zlariga tegishli gapu-so`zdan mening xabardor bo`lishimni, balki istamaslar. Bu ham to`g`ri, albatta. Biz chet elda endigina tanishdik. Ularning uylariga keldi-ketdi kishilar ko`p, turli xil erlardan ketma-ket telefonlar bo`lib turadi, doim faksdan ma'lumotlar keladi. Men u erda yashasam istasam, istamasam u ma'lumotlarga ko`zim tushishi mumkin. Uyga kelgan mehmonlar bilan mening oldimda ular erkin, ochiq suhbatlasha olmasliklari mumkin, axir. Men, buni, biroz ilgariroq anglagan bo`lishim kerak edi.

 

Xullas, obro` bilanmi yoki obro`siz, ish qilib, Vaqifning ko`rsatgan yotog`iga ko`chdim. Bu er Turkcha "Yoshlilar huzur evi", deb atalarkan. Bizdagi, sovetlardagi "Qariyalar uyi"ga o`xshash joy. Ammo bu erda shart-sharoit ancha yaxshi edi. Birinchidan, bu uy faqat erkaklarga mo`ljallangan; ikkinchidan, bu erda yashayot ganlar musulmon, namoz, ro`zasini kanda qilmas kishilar. Bu uydan ikki-uchta aspirantlarga ham joy berilgan. Meni ham o`sha aspirantlar hisobiga kiritib qo`yishdi. Bir kishi yashashi uchun zarur bo`lgan barcha narsalar bilan ta'minlagan xona berishdi. Undan tashqari bu erda yana bir qator qulayliklar bor. Masalan, uch marta ovqat berishadi, har hafta kiyim-kechaklaringizni yuvib berishadi. Bu xizmatlarning barchasi bepul, Vaqif hisobidan amalga oshiriladi. Ana, marhamat, to`la yashash sharoiti mavjud, bemalol o`tiravering.

 

Darhaqiqat, men uchun minimum yashash shasroiti yaratildi. Lekin bu bilan mening shaxsiy muammolarim hal bo`lgani yo`q, albatta. Shu kunlarda, ya'ni Turkiyada endigina joylashgan kunlarda mening Vatandan chiqib ketganimga ham to`rt yil bo`layotgandi. Bu zamon ichida o`zimning va bolalarimning shaxsiy, hayotiy muammolari o`rtada uyulib turardi. Masalan, mamlakatda, ya'ni O`zbekistonda ishlash qobiliyatiga ega bolalarimni ishdan, o`qiyotganlarini o`qishdan haydashgan edi. Uning ustiga ikki bo`y etgan qizimlarimning uylanish problemlari ham sarson holda to`xtab turardi. Bu erda, Turkiyada esa, hozircha faqat mening o`zimgagina o`rtacha yashash sharoiti topildi.

 

Shunday qilib, bu orada uyda o`tirgan ikki uylanmagan qizlarimni ham Turkiyaga chaqirish yo`llarini qidira boshladim. Nima bo`lsa bo`lar qilib, ularni bu erga keltirish ga kirishdim. Ularni qabul qilishda ham Aziz Mahmud Xudoyi Vaqifidan yordam so`radim. Komil Yilmaz, keltiring qizlarni joy topamiz, dedi. Alloh rozi bo`lsin, Komilbeydan. Men Komilbeyga vaqtincha o`sha Vaqif musofirxonasidan joy ajratsangiz, dedim. U kishi bayram kunlari bu erga qurbonlik mollarni so`yuvchi qassob lar kelishadi, juda tiqilinch bo`ladi, qizlarga bu joy bo`lmaydi. Qizlar kelaversin, joy topamiz, hech bo`lmasa o`z uyimga olib ketaman, dedi, baraka topqur. Shunda qancha xursand bo`lgaimni aytmaysizmi? Ana shunaqa tashkiliy ishlarni bajarib qizlarimni Istanbulga chaqirdim. Ular aprel oyining boshida Istanbulga kelishdi. Ertaga Qurbon bayrami bo`ladigan kun kechasi ikki qizim, Nargiza va Farog`at Samarqand - Moskva - Istanbul yo`li bilan bu erga kelishdi. Qizlar Istanbuldagi Aziz Mahmud Xudoyi Vaqifiga qarashli qizlar uyiga erlashdilar. Turkiyada jumladan, Istanbulda diniy vaqiflar qoshida bir qancha qur'on qurslari, qizlar yotoqlari tashkil etilgan. U yotoqlarda universitetlar studentlari yashashadilar. Yotoqda yashovchilarning ko`pchiligi u erda yashashlari uchun pul to`laydilar. Shu bilan birga iqtisodiy ahvoli zaif bo`lgan oilalarning qizlari, bizga o`xshash musofirlar u erda pul to`lamay turishadi. Turkiyadagi vaqiflarning juda ko`pchiligida yordam sifatida butun turk jumhuriyatlaridan kelgan o`quvchi va talabalar uchun maxsus o`rinlar ajratilgan. Mening qizimlarim ham vaqtincha o`shalar hisobiga kiritildi. Ular yilning to sentyabr opyiga qadar o`sha yotoqda qolishdi.

 

U zamonlar turkcha so`zlashishni bilmayman. Turklarning so`zlarini biroz anglasamda, ular meni butunlay anglamaydilar. Asosiy zarur joylarda Doktor bechora doim tayyor. Chunki men uning tarjimonligiga muhtojman.

 

Qizlar kelishgandan so`ng biroz turkchani maktab yordamida o`rganish kerak, degan xulosaga keldik. Yana shu Vaqifga murojaat qildik. Ular bizni turkcha o`rgatadigan maktabga pulsiz (kirasiz) joylab qo`yishdi va yo`l haqimizni (yashash eridan maktabgacha avtobus puli) Vaqif hisobidan o`tashdilar. Biz, uch kishi, men qizlarim bilan ikki oy maktabga qatnab til, turkcha o`rganishdik. Maktabga joylashishimiz ham bir uzoq tarix. Chunki maktabni bepul qilish uchun Vaqif hukumatdan foydanalmoqchi bo`ldi, o`sha vaqtlar Turkiya hukumati Refahchilar qo`lida edi. Ammo axir oqibatda shunday bo`ldi. Bizning turkcha o`rganishimiz Turkiya vazirligi tomonidan yordam sifatida amalga oshirildi.

 

Til o`rganish biroz izga tushgandan so`ng, qizlar ishlamoqchi bo`lishdi, biroz vaqt ish izladik. Ammo ish topa olmadik. Asosan tilni yaxshi bilmasligimiz ko`p xalaqit berdi. Yana Ko`ksal do`st bir kichigiroq shirkati bor tanishidan qizlarga ish topib berdi. Ammo u erda qizlar uzoq ishlay olishmadilar. Ancha tashvishlar bilan Istanbul ga eskidan kelib qolgan o`zbeklar yordamida Lalelidan Narizaga ish topdik. Bizga, ya'ni Nargizaga ish bergan kishi Ahmad Yasaviy avlodiga mansub edi. Undan so`ng qizlar yashayotgan yotoqxona mudir o`rinbosari Fozilbeydan ikkinchi qizimga ham ikki oyga vaqtinchalik ish topishga yordam so`radim. Chunki ikki oydan keyin Farog`at Samarqandga qaytishi zarur bo`layotgandi. Shu vaqt ichida biroz pul yig`armizmi, deb o`ylagandik. Birinchidan, yo`l puli, ya'ni Farog`otni O`zbe kistonga qaytarish uchun zarur bo`lgan yo`l puli,а ikkinchidan, ozmi, ko`pmi sovg`a - salom deganday, ish qilib, yashashimizdan tashqari biroz pulga muhtojligimiz bor edi. Fozilbeydan yordam so`rashimiz sababi ham shu edi. Fozilbey (bu odamdan Alloh rozi bo`lsin) qandaydir bir ish odamiga telefon qilib, bizning muhtojligimizni unga so`zladi.U ish odami ishlovchi faqat ikki oy muddatga bo`lsa, uni ishga rasmiylashtirishning qizig`i bo`lmaydi, men u ish axtargan qizga ikki oylik ish haqini yordam shaklida shunday to`layman desa, bo`ladimi, omon bo`lg`ur. Fozilbeyning o`sha tanishidan Alloh rozi bo`lsin. Shunaqa bo`lib, biroz vaqtga qizlarning ishi masalasi bir ko`rimga keldi. Endi mana shu oldimizdagi ikki oy ichida Farog`atning Samarqandga qaytish yo`l puli masalasini hal qilishim kerak edi. Kallamdan turli xil fikrlar o`tib yurardi. Har ehtimolga qarshi qo`limdagi imkonlardan maksimum foydalanishni oylab yurardim. Bunga ham biroz sharoit bor edi. Hali qizlar Istanbulga kelganiga qadar Vaqifga tez-tez kelib turadigan ish odamlaridan biri, men bilan tanishib qolib, ahvolimni bilganidan so`ng menga 100$ atrofida oylik beradigan bo`ldi. Ana shu pullarni, yig`ib, Farog`atga yo`l puli qilishni ham mo`ljallab turib edim. Shu orada bir kun Doktor meni chaqipib, Siz Russiya turkcha tarjimon bo`lib borasiz, deb qoldi. Bu zamon iyunning axirlari edi, ikki-uch kundan so`ng Farog`at Samarkandga jo`naydigan bo`lib turuvdi. Hatto Istanbul-Olma-Ota yo`liga biletni ham gaplashib qo`ygan edim. Chunki Istanbul-Toshkent juda qimmat edi. Doktorga voqeani tushuntiruvdim. U buni to`xtading, qizingizni ham Moskvaga olib ketasiz, yo`lini ish odami to`laydi, dedi. Oqibatda shunday bo`ldi. Ammo biz birdan Moskvaga emas, avval Kievga, u erdan Russiyaga uchadigan bo`ldik. Doktorning ish odami shunaqa qaror qabul qildi. Chunki uning Ukrainada ham biroz ishi bor ekan. Men esa, "kambag`alning bir to`ygani, boy bo`lgani" qilib, qizimning yo`li bepul bo`ldi, deb bunga rozi bo`ldim.

а

Doktorning bu ish odami hali 30-ga ham kirmagan yosh yigit bo`lib, anchagina hovliqma odam ekan. Uning ismi Dovud Albayraq edi. Dovudbey avvaliga yo`lga chiqavermay bir-ikki kun vaqtimizni oldi. Bizning Olma-Ota variantimiz vaqti o`tib ketdi. Undan so`ng boshqa bir kun Dovudbey yana hovliqib, shosha-pisha jo`namiz-jo`namizga tushib qoldi. Oqibat, shoshqaloqlik bilan yo`lga chiqdik va oldindan aytilib yurilgan Russiyaga emas, Ukrainaga, Kievga jo`nadik.

 

Qizimni Samarqandga jo`natish Doktor aytganday bo`lmadi. Har holda Dovudbeyning ham biroz yordami bo`ldi, unga qo`shimcha o`z cho`ntagimdagi borimni ishlatib, ish qilib, bir amallab, Farog`at qizimni Kievdan Samarqandga jo`natdim. Men Dovud bilan Kievda ko`mir savdosini tashkil qilish bilan shug`ullanib ko`rdik. Aslida Moskvaga ketishimiz lozim edi, ammo Dovud negadir hech Moskvaga ketaylik demasdi. Qaerlargadir telefon qilardi. Lekin Moskvaga otlanishdan darak yo`q edi. Bir necha kundan so`ng Moskvaga safar masalasi butunlay kun tartibidan chiqdi. Kievda qolib, bu erdagi imkoniytlarni o`rganib, iloji bo`lsa ko`mirni Ukrainadan olishni tashkil etishga kelishdik, ya'ni bu qarorni tujjor Dovudbey qabul qildi, albatta. Chunki ish odami u, Dovud, men esa, bir tomondan Dovudni yaxshi bilmayman, u bilan Istanbulda ikki marta uchrashganman, unda ham doim Doktor Namoz biz bilan birga bo`lgan, boshqa tarafdan mening vazifam faqat tarjimonlik. Shuning uchun men bu ish odamiga, uning ustiga yaxshi tanimagan bir odamga doim maslahat beraverish qanday bo`lar, degan andishada bo`ldim.

 

Haqiqatda men o`sha zamon Dovudni jiddiy tujjor, deb qabul qilgandim. Menga shunday odam, deb tanishtirganlar, axir. Uning ustiga qaerda, kim bilan so`zlashmay lik, Dovud mening shirkatim unday, mana buncha odam ishlaydi, deydi. Men uning so`zlarini tarjima qilaman. Aslida Dovudning shirkati ikki kishidan iborat bo`lib barcha bori yo`g`i qarzga, kiraga olingan narsalar ekan. Bu holni men hali bilmayman. Chinki u kishilar bilan so`zlashganda oyiga 100 ming-150 ming amerika dollariga savdo qilishdan gapiradi. Bu summa, o`sha zamon Ukrainasi, Turkiya uchun ham juda yaxshigina tijorat ishini yurgizishga arziydigan mablag` hisoblanadi. Aslida esa, bu Dovudbeyda hammasi bo`lib sarmoya 10-15 ming dollar pul bo`lib, uni ham kimlardandir qarzga olingan ekan. Buni ham men uch-to`rt oydan so`ng bildim.

 

Xullas, biz Kievda 15 kunga yaqin qolib ketdik. Dovud Kievda bir kishi bilan tanishdi, u odam bizni bir necha Ukrainaliklar bilan uchrashtirdi, hech biridan jo`yali bir ish chiqmadi. Eng so`nggida boshqa birisi bilan tanishtirdi. Bunisi bizga biroz durust ko`rindi. Idorasi ham salobatli, eski sovet tashkilotlaridan birisining ma'muriy binosi edi, ya'ni Kiev shahar eski ta'minot bo`limi o`rnida tashkil etilgan temir sotish savdosi bilan shug`ullanadigan kompaniya edi. Bular bizni Ukraina ko`mir havzalari bilan tanishtirib, ishimizga yordam berishni va'da qilishdi. Qilinadigan ishlarning taxminiy rejasini ham imzoladik. Bu vaqt iyulning axirlari edi. Avgustning so`nggida, ya'ni bundan bir oydan keyin takror uchrashuvga kelishildi. Ammo biz hozir shu safar ko`mir namunalarini olib ketishni istadik. Ukraina tarafi bu ishni darhol bajara olishmadilar. Shuning uchun men ko`mir namunalarini olishga Kievda qoladigan bo`ldim, Dovud Istanbulga qaytadigan bo`ldi.

 

Mening Kievda qolishimdan asosiy maqsad, Ukraina ko`miridan namunalar topib ularni Istanbulga keltirsh edi. Namunalarni esa, Donbassdan keltirishlari lozim edi. Bu ish ham biroz cho`zilib ketdi. Oqibat, namunani olish mumkin bo`ldi. Ammo Istanbullga uchoq bir-ikki kun keyin bo`ladigan ekan. Chunki Aeroport jadvali shunaqa-da, axir. Meningа "shefim" esa, bir kunga ham chidolmay, Moskva orqali bo`lsa ham kel deb, telefon qilaverdi. Men ham "shef"ning buyrug`ini bajardim, ya'ni Istanbulga Moskvadan uchadigan bo`ldim. Bu zamon xonimim ham Moskvaga kelgan edi. Chunki bu vaqt xonimimni ham Istanbulga chaqirgan edim. Chunki oilaviy rejamiz bundan buyon Istanbulda yashash sharoiti yaratishdan iborat edi. Shuning uchun xonimimni ham qandaylir aylanish yo`llar bilan bosha ismdaа bir amallab Istanbulga keltirayotgandim. Dovudbeyning meni shoshtirishi bir tomondan menga yaxshi bo`ldi. Xonimimni Moskvada ko`radigan va u erdan uni o`zim Istanbulga jo`natib qo`yadigan bo`ldim. Haqiqatan, ishning buyog`i shunaqa bo`ldi, xonimimni o`zim yo`lga chiqarib qo`ydim. Ammo undan keyin o`zim Russiyadan chiqa olmadim. Pasportimni eskirgan hisoblashib, ruslar meni Moskvadan chiqarmadi. Hatto pasport rejimini buzgan hisoblashib menga jarima ham solishdi. Shuning uchun Aeroportda Istanbulga ketayotgan yo`lovchilardan biriga ko`mir namunalarini berib, o`zim Moskvada qolishga majbur bo`ldim. O`sha mendan ko`mir namunalarini olgan turk kishisi, yaxshi odam ekan. U mendan ikki-uch kilogramm og`irligidagi ko`mirni oldi va Aerovokzaldan o`z cho`ntak telefonidan Dovudga tele fon ochib, voqeani so`zladi. Men Moskvadan ucha olmaganimdan so`ng yana Kievga qaytdim. Ukrainada mening pasportimga eТtiroz bildirishmagandilar. Bu erga kelib Istanbulga telefon qilsam, namunalarning u erga kelmaganligini so`zlashdi. Chunki Men aeroportdan chiqib ketgandan so`ng, yana qiziq bo`libdi. Yo`lovchilarni so`nggi tekshiruvdan o`tkazishganlarida ruslar boyagi mening ko`mir namunalarimni o`tkazishmabdilar.а Kievda yana namuna izlash va uni keltirish bilan ancha vaqt ketkazdim. Vaqt esa ikki kun o`rniga o`n besh kunga cho`zilib ketdi. Bu ham o`sha Dovudning hovliqmaligidan bo`ldi. U shunaqa shoshiltirmaganda, Kievdan normal uchgan bo`lardim. Ishlarimiz ham problemsiz bitardi.

 

Shunday qilib, qaytadan Moskvadan Kievga keldim, qancha ovoragarchiliklar bilan yangidan ko`mir namunalari oldim. Endi bu namunalarni bojxonadan qonuniy o`tkazish yo`lini izlab ko`rdim. Ammo uch-to`rt kilo ko`mirni Ukraina bojxonasidan qonun-qoida yo`li bilan o`tkazishdan ko`ra o`n metr chuqurlikda quduqni igna bilan qazish afzal ko`rindi menga. Bu qonun-qoidani axtarib qaerlarga bormadim. Eng so`ng bojxona ma'muriyatiga bordim. Ular menga 7 punktdan iborat ko`rsatma berishdi. U punktlarning har biriga javob topmoq uchun eng qulay holda bir hafta vaqt sarflashga to`g`ri kelardi. Bu ahvolni ko`rib, tavakkal qildim. Aeroportga hamishagiday chiqaverdim. Ammo har ehtimolga qarshi ko`mir namunalaridan cho`ntaklarimga ham solib oldim. Alloh yo`limni to`g`rilab, Ukraina bojxonasi bu uch-to`rt kilo ko`mir bilan qiziqib ham o`tirishmadilar. Bojxonadan hech bir problemasiz o`tdim-ketdim. Ammo bu orada bir oyga yaqin vaqtni sarsonchilikka ketkazdik. Yana qaytarib aytaman, bu ovoragarchiliklar "buyuk" tujjorning, ya'ni Dovudning shoshqaloqligi oqibatida kelib chiqdi. Xayriyat, nihoyat ko`mir namunalari Istanbulga etib keldi.

 

Bu zamon orasida xonimim allaqachon Istanbulga kelgandi. Bir qizim ham Istanbulda yashayotgandi. Ular hali boyagi qizlar yotog`ida turishardi. U erda, qizlar yotog`ida undan so`ng ham ular bir muncha vaqt qolishga to`g`ri keldi. Chunki Turkiyada o`qishlar oktyabr oyida boshlanadi. Xonimim va Nargiza qizim 1997 yil oktyabr oyiga qadar qizlar yotog`ida qolishdi. O`qishlar boshlangandan so`ng biz yana Aziz Mahmud Vaqifi musofirxonasiga ko`chdik. U erda ham bir oydan ko`proq vaqt yashashga to`g`ri keldi. Hozirlar yodimdan ko`tarildi, menimcha 1997 yil noyabrdami, kiraga uy topildi.

 

Bu uyni jig`ozlashda ham Ko`ksalbey ko`p yordamchi bo`ldi. Uning taklifi bilan O`zar Usta ismli yana bir ajoyib odam bizga yordamga keldi. O`zarbeydan Alloh rozi bo`lsin. Bizning uyimizga bolalari, xonimi bilan kelib turdi.а Har safar kelishganlarida uyga zarur bo`lgan turli xil jig`ozlar keltirib turishdi. Uy uchun dekarativ gullarni ham ular keltirdilar. Uyimizni jig`ozlashda Dovud ham yordamchi bo`ldi, ammo buning yordami xolisona emasdi.

 

Shunday qilib, 1997 yilning so`nggi oylaridan boshlab, oyiga 150$ kiraga bir uy tutib yashay boshladik. Hozircha uch kishi, men xonimim va bir qizim bilan turardik.

 

Xonimimning so`zlashiga qaraganda, O`zbekistonda katta qizim moddiy jihatdan ko`p qiynalgan. Ammo u bolalar doktori bo`lishiga qaramay ularning yashashi eng ayanchli ahvolga tushib qolibdi. Kuyovim oliy ma'lumotli, qizim oliy ma'lumotli doktor, yashash esa og`ir. Maoshlari quruq nonga ham etmaydi. Mana sizga hayot. O`g`ilimning ahvoli ham maqtanadigan emas. Yana bir uyli qizimning non topishi boshqalarininkiga nisbatan durustroq bo`lgan bo`l sa-da, turmushi yaxshi bo`lmadi. Noinsof kuyovim qizimga azob berdi. Mening mamlakatda emasligimdan, hukumatning bizga, mening bolalarimga sovuq munosabatidan foydalanib, kuyov bo`lmish nomardlarcha qizimga hukumatdan ham ko`ra ko`proq azob berdi. Natijada, u qizim ajralish majburiyatida qoldi. Yana bir qizim universitetni bitirsa-da, unga ish berishmadi. Men esa, faqat xonimim va uydagi ikki qizimga biroz yordam berib tura oldim, xolos. Shuning uchun hanimim O`zbekistondagi katta qizimga yordam berish ilojini topish haqida ko`p so`zlab turardi. Ammo meni esa, ajralgan qizimga yordam kerakmasmi, degan savol qiynardi. Shunga qaramasdan xonimimning ko`ngliga bo`la, unga eТtiroz bildirmasdim, dilimni unga ochmasdim. Oxir oqibat bir kun, xonimimga qizlarning har ikkalasini ham, katta qizni ham, ajralgan qizni ham chaqiramiz, ya'ni Allohning yordamiga suyanib ularning har ikkisini ham Istanbulga keltiramiz, dedim. Alloh yordami bilan shunday ham bo`ldi, qizlar bolalari bilan 1998 yilning boshida Istanbulga kelishdi. Ular haqiqatda ikki oila edi. Katta qizim ikki bolasi, xo`jasi bilan, u birisi uchta bolasi bilan edilar. Shunday qilib endi biz uch kishi turgan erga katta-bola bo`lib yana sakkiz kishi qo`shildi. Bir iloj qilib yashay boshladik. Allohga shukr, emak-ichmog`imiz har holda O`zbekistondagidan ko`ra yomon bo`lmadi. Qizlarning til o`rga nishiga Sharqi Turkistonliklar yordam berishdi. Ular bizni Qodriya opa ismli bir kishi bilan tanishtirishdi. Qodriya opa va Sharqiy Turkistonlik do`stlardan Alloh rozi bo`lsin. Mening ikki qizimga Qodriya opa pulsiz turkchadan dars berdi. Kuyovim turkchani mustaqil o`rganishga kirishdi. U tezda Lalilidan ruscha-turkcha tarjimon bo`ladigan ish ham topdi. Ammo qolganlarga ish topa olmadik. Ancha vaqt ish izladik, bo`lmadi, topilmadi. Do`stlarning yordami bilan yashab turdik. Bu erda asosiy yordamni Ko`ksabey berib turdi. U bizning uy kiramizni davomli o`tab turgan kishi hisoblanadi. Aziz Mahmud Vaqifi doimiy ravishda, har oy go`shtdan tashqari barcha xil emakliklar (ularda buni arsaq, deyishadi. Arsaq bu-makaron, gurunch, shakar, choy, yog`, shirinlik va shunga uxshash narsalardir) berib turardi. Hajmi jihatidan bu narsalar o`n bir kishi uchun bir oyga to`la etarli emasdi, albatta, Lekin bu juda katta yordam edi, Chunki biz deyarli makaron, gurunch sotib olmasdik. Vaqifdan olgan choy esa, ortib, oshib yotardi. Boshqa do`stlar ham ozdir-ko`pdir qo`llaridan kelgan yordamlarini bizdan hech ayashganlari yo`q. Ularning hammasidan Alloh rozi bo`lsin.

 

Shunday qilib, 1998 yil boshidan boshlab biz nevaralar bilan birgalikda odam boshi o`n bir kishi Istanbullda yashayboshladik. Bundan ko`rinadiki, uy kiramizdan tashqari o`n bir kishining eb-ichishi ham bir muncha mablag` talab qiladi. Kiyish bor, yurish bor, deganday hammasi pul talab qiladi. Buncha kishining faqat hadyalarga qarab qolishi juda og`ir bir holatligi o`z-o`zidan ko`rinib turibdi. Hali 1997 yildayoq Istanbulga kelib ulgurgan bir qizim bu erda ishlardi, ya'ni o`z emagiga etarli mablag`ni o`zi topardi. Kuyov yigit ham tarjimonlik bilan oilasi emak - ichmagiga etarli bo`lmasa ham biroz pul topadigan bo`lib qoldi. Ammo qolganlarimiz to`lasincha yordam, hadyalar bilan kun o`tkazmoqda edik. Shuning uchun taxminan 1998 yil mart oylaridan boshlab, jiddiy bir shaklda tinmasdan ish axtardik. Lekin Istanbulda ish topish uncha engil bo`lavermadi. Istanbulda o`z xususiy dorixonasi bor Sobirbey ismli bir o`zbekni tanirdim, kunlardan bir kun undan doktor qizni ishga joylashtirishga maslahat va yordam so`radim, U bizni shahardagi bir-ikki xususiy poliklinikalari bo`lgan doktorlar bilan tanishtirdi. Ammo ular bizga ish berisha olma dilar. Chinki tilimizda hali etishmovchiliklar sezilarli edi. Haqiqatdan ham shunday edi. Qizlar, doktor qizim ham, computerchi qizim ham turkchani oddiy muomalaga etarli darajada o`zlashtirgan bo`lsalarda, mutaxasisliklari bo`yicha etarli darajada muomala qila olmasdilar. Shundan so`ng doktor qiz mutaxasusligi bo`yicha biroz praktika qilishi uchun Sobirbey unga dorixonaga kelib, sotuvchilarga yordam etishga izin berdi. Dorixona bilan biz yashaydigan er orasida ancha masofa bor edi. Sobirbey yo`l kiradan ham biroz yordam tashkil etdi. Uning ustiga dorixonada igna oluvchilarni (ukol qilishni) ham mening doktor qizimga boshqarib qo`ydi. Bundan ham biroz pul tushib turdi. Lekin bu pullar dengizdan tomchi edi. Baribir hali yashashimiz yordamlar hisobida qolayotgan edi. Chunki men, xonimim, yana bir qizim ishlamasdik.

 

Computerchi qizim bilan ish uzlab juda ko`p joylarga bordik. Ammo ba'zan tildagi kamchilik, ba'zan esa, komputerda programmalash kamchiliklari asar qilib ishga joylasha olmadik. Ikki marta qizimga ish topganday bo`ldik, ammo u ishlar ham tezda to`xtab qoldi. Bir erda kompaniya iflos (inqirozga uchirab) bo`lib, ish to`xtab qolgan bo`lsa, boshqasida sekretarlik ishi edi, u ish qizga hech to`g`ri kelmadi.

 

O`zbek(sovet) diplomlarini Turkiyada tiklashga urinib ko`rdik. Biroq bu masalada ham ko`p qiyinchiliklarni boshdan o`tkazdik. Turkiya Maorif vazirligida bizdan SSSRda o`n yillikni bitirganimiz haqida guvohnomani so`radi. Bolalarniki bor edi-yu, ammo meniki qaerda qolib ketgan, Alloh biladi, mening esimda yo`q. Men universitetni 1962 yilda tugatganman, undan so`ng biror marta ham attestatga muhtojlik sezmagandim. Endi bular mendan bundan o`ttiz yil burungi hujjatni talab qilishadi, Vo, Alloh (turklar, mashalloh, deyishadi, yo mashalloh!), bu hujjatni bugun men qaerdan topaman.

 

Xullas, sanayversam Turkiyada ovoragarchilik, yashash tashvishlari juda oshib ketdi. Ana shundan keyingina BMT qochoqlar bilan ishlash Bosh boshqarmasi Anqara bo`limiga murojaat qilishga majbur bo`ldim. U erda meni juda yaxshi qabul qilishdi va tushunishdi. Ikkala qizlarimni ham oilalari bilan tezda qabul qilishdi. Ularga qochoqlik hujjati berishdi, boshpona beradigan mamlakatni ham hal qilishdi. Biroz moddiy yordam tashkil etishdi. Ammo bosh muhojir, bosh qochoq men bo`lishimga qaramasdan o`zimning ishim biroz xurjun bo`lib qoldi. Chunki men 1994 yili Russiyada siyosiy qochoqlik maqomi olgandim. Shu sabab Anqarada menga "Siz bilan Russiya shug`ullanishi lozim yoki Siz ularning hisobidan chiqmog`ingiz kerak", deyishdilar.

 

Shunday qilib, men uchun Russiyaga borish zaruriyati maydonga chiqdi. Men esa, darhol Russiyaga keta olmasdim. Chunki bunga menda moddiy imkoniyat yo`q edi. Undan tashqari yana bir problem chiqib turgandi, ya'ni hammamizning Turkiyada yurish vizalarimiz muddati o`tib ketgandi. BMT Komissariyatida bizga vizalarni yangilash lozim, deyishgandi. Biz katta oilamiz, Turkiyadan biror erga chiqib kelish ancha-muncha pul turadi. Turkiyaga eng yaqin mamlakatlar bu Kibriz yoki Ozorboyjon hisoblanadi. 1998 yil iyul oyida bo`lgandi bu voqealar. O`sha zamon hisobida Ozorboyjon chegarasiga chiqib kelish uchun bizga kamida ming dollar pul kerak edi. Bizda esa, bir dollar ham pul yo`q. Uning ustiga men Russiyaga borib kelishim zarur unga hech bo`lmaganda besh yuz kerak.

 

1998 yil o`rtalarida mana shunaqa muammolar oldimda turardik.

 

Oilam haqida.

Farzandlarim va ularga O`zbekiston hukumati munosabati.

Allohga shukr, men ko`p farzandli hisoblanaman, ya'ni etti nafar farzandlarim bor. Mening siyosiy faoliyatim va Vatandan chetga hijrat etishim natijasida ular O`zbekiston hukumatining ko`pgina zahmatlarini boshdan kechirishga majbur bo`ldilar. Ularning har biri haqida bu erda qisqacha ma'lumotlar keltiraman.

 

1. Yo`lyaxshiev Bahodir - o`g`lim, eng buyuk farzandim, 1963 yilda tug`ilgan. Oliy ma'lumotli injener-avtomobilist. Samarqand avtotrestlaridan birida bosh injener vazifasida ishlardi. Men rasmiy hukumatga muxolifatda bo`lganligim uchun u vazifasidan bo`shatildi. 1996 yil ning may oyida u ota uyidan chiqib ketyotganda, uy eshigi oldida onasi va ukalari guvohligida ushlanib, qamoqqa olindi (Demak, mening uyim atrofida doim maxsus kuzatuvchilar turgan ekanda). Unga, 1990 yilda, ya'ni hali sovetlar davrida nashr etilgan "Birlik" gazetasini tarqatdi, degan "ayb" qo`yildi. Uni uch kun qaerdadir qamoqda saqlashdilar. Chunki bu uch kun davomida uning qaerdaligidan hech kim xabardor bo`lmadi. Uni izlab, Samarqanddan topib ham bo`lmadi. Onasi viloyat hokimi qabuliga kirib o`g`lini topib berishlarini so`raganda, Viloyat hokimi bu ishdan xabarsizligini so`zladi. Nihoyat uch kundan so`ng, mening kutubxonamda saqlanayotgan, "Birlik" faoliyatiga oid 1991 yil avgustga qadar bo`lgan arxiv materiallarini musadora qilrish hisobiga shartli qamoqdan ozod qilindi.Ya'ni o`g`lim, mening arxivimni hukumat odamlariga pora o`rnida berdi. Bu bilan u hukumatdan qutulmadi, ishdan haydaldi va uzoq zamon, ya'ni to O`zbekistonniа tark etganga qadar ishsiz qoldi. Oqibatda, u 1996-1997 yillarda non topish uchun har xil yumushlar bilan band bo`lishga majbur bo`ldi. Hukumat unga bundan tashqari yana ko`p xilma-xil asabga teguvchi qilgiliklar ko`rsatdi. Nihoyat, 1997 yil so`nggida u ikki bolasi va xonimi bilan birgalikda O`zbekistonni tark etib Turkiyaga kelishga muvaffaq bo`ldi. U hozir oilasi bilan birtgalikda Kanada mamlakatidan siyosiy boshpona topdi.

 

2. Yo`lyaxshieva Gavhar - qizim, 1964 yilda tug`ilgan. Oliy ma'lumotli bolalar doktori (vrach). Samarqand shahar bolalar poliklinikasida bo`lim boshqaruvchi vazifasida ishlardi. U vazifasidan chetlashtirildi. Otasi ustidan ochilgan "jinoyi ishga guvoh" sifatida O`zbekiston xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat komitetida bir qancha marta so`roqlarga duchor etildi. Viloyat KGBsida soatlab o`tirishga majbur qilindi. 1997 yilda ikki bolasi va boyi bilan birgalikda bu qizim ham O`zbekistonni tark etib, Turkiyaga kelish imkoniga ega bo`ldi. Hozir, u ham Kanadada siyosiy muhojir sifatida boshpona oldi.

 

3. Noralieva (bu uning boyining familiyasidir) Mavluda - qizim, 1966 yilda tug`ilgan. Oliy ma`lumotli matematik (programmist) - computer programmisti. O`zbekiston Respublikasi Jizzax viloyat statistika boshqarmasida bo`lim boshlig`i vazifasida ishlardi. Uning avval vazifasi pasaytirildi va biroz keyin butunlay ishdan bo`shatildi. Insofsiz kuyov bo`limishim ham nomardlik qilib, hukumatning bizga, mening bolalarimga munosabatidan cho`chib, uchta bolasi bo`lishiga qaramasdan, qizimdan ajralishni lozim ko`rdi. Alloh o`zi isloh aylasin uni. Bu qizim ham 1997 yil so`nggida uch bolasi bilan Turkiyaga qochoq kelishga majbur bo`ldi. Hozir bu qizim ham Kanadadan boshponali bo`lib, o`sha mamlakatda yashamoqda.

 

4. Yo`lyaxshieva Zuhra - qizim,1967 yili tug`ilgan. Oliy ma'lumotli buxgalter, ishdan haydalgan, turmushi buzilib, hozir bo`doq qolmoqda. Hukumatning taqiblariga qaramasdan O`zbekistondan chiqishni istamayapti.

 

5. Yo`lyaxshiev Xayrullo - o`g`lim, 1970 yilda tug`ilgan. O`rta ma1lumoti bor. Samarqandda uch kishilik guruh bilan mayda hususiy tijorat bilan shug`illanardi. U guruhda mening bolam bo`lganligi uchun 1995 yilidayoq ularning shirkatlarini yopishdi. Natijada, mening bolam ishsiz qolishga majbur bo`ldi. Qizig`i shundaki, uning sheriklari boshqa sherkat ochib, ishlarini davom qilishdi. Biroq mening bolam hech erdan ish topa olmadi. Oqibatda u, o`sha zamonlaroq, ya`ni 1995 yiliyoq Moskvaga kelib, bir eski zavodga (Moskva stankastroitelniy zavodiga) ishga joylashdi. Ishlar kasod bo`lib Zavod yopilgandan so`ng u Moskvada bir tujjorning qo`lida vaqtinchalik ishchi sifatida ishlab turibdi. O`zbekistonga qaytishning imkoni yo`q.

 

6. Yo`lyaxshieva Nargiza - qizim, 1974 yilda tug`ilgan. 1995 yili mening qizim bo`lganligi sabab, Samarqand Me'morchilik instituti 3-kursidan o`qishdan chetlashtiril gan. Samarqand shaharida hech bir ishxona ishga olmadi. 1999 yil may oyiga qadar onasi bilan Samarqand shahrida qolishga majbur bo`ldi. Shu kunlarda Moskvaga kelgan, u erda siyosiy qachoqlik maqomi olishni kutib turibdi.

 

7. Yo`lyaxshieva Farog`at - qizim, 1975 yilda tug`ilgan. 1998 yili Samarqand universiteti adliya fakultetini bitirdi. Ammo mening qizim bo`lganligi sabab uni yosh mutaxassis sifatida ishga taqsim etishmadi. 1993 yildan hozirga qadar onasi yonida Samarqand shahrida qolishga majbur bo`ldi. Hozir Moskvaga keilhsga muvaffaq bolib, bu shaharda siyosiy muxojirllik maqomi olishni kutmoqda.

 

Siyosatga mutlaqo aralashmagan ayol kishi bo`lishiga qaramasdan xonimimni ham hukumat tinch qo`ymadi. Birinchidan, u yashagan uy davomli KGB kontrolida tutilib, uning asabini buzishgan bo`lsalar, ikkinchidan, mening ustimdan ochilgan "jinoyi" ishga guboh hisoblashib tergovga chgaqirib turishdilar.

 

Yoqorida so`zlanganlardan tashqari, mening tug`ishgan aka-ukalarim va ularning bolalari, jiyanlarimga ham bir qator tazyiqlar o`tkazildi va o`tkazilmoqda. Masalan, akam, Yo`lyaxshiev Rahim (1932 yilda tug`ilgan), ukam Yo`lyaxshiev Omon (1942 yilda tug`ilgan) ustidan ig`vo, dumoloq xat uyushtirishib, ularni "xalq dushmani ning" tug`ushganlari, deb aybladilar. Ishlab turgan vazifalaridan chetlashtirdilar. Xuddi shu "ayb" bilan Omon ukam va Rahim akamning ishlab turgan ikkiа o`g`lini ham ishdan chetlashtirishdi va hakoza,а va h.k.

а

Xullas, O`zbekistonda mening familiyamda bo`lgan barcha tug`ishganlarimga ko`plab tazyiqlar o`tkazildi va o`tkazilmoqda. Oqibatda, biz to`rt oila, 18 kishi (etti farzandim, etti nevara, bir kelin, bir kuyov) O`zbekistonni tark etishga majbur bo`ldik.

 

O`z oilam va bolalarim haqida bu kunga qadar bo`lganа qisqacha ma'lumotlar shulardan ibo rat. Tug`ishganlarim, aka-ukamlarim va eng yaqin boshqa qarindoshlarim haqida, ularga hukumatning o`tkazgan zulmlari to`g`risida bu erda deyarli hech narsa yozmadim. Aslida ular ham men uchun juda ko`p zulm chekdilar, azobda qoldilar. U qonunsizliklar va g`animliklar haqida boshqa bir erda alohida kengroq so`zlarman.

 

So`ng so`z.

Kitob 1999 yil yozib tugatilgan bo`lsa ham moddiy mablag` yo`qligi sabab hamon uni nashr qilish mumkin bo`lmadi. Internetga ko`chirish ham turli xil sabablar bilan ancha kechikdi. Bu oradaа dunyoda ham, mennig hayotimda ham uncha muncha voqealar, o`zgarishlar sodir bo`ldi.

 

"Birlik" tarixiga tegishli qismda ahamiyatli o`zgarishlar bo`lgani yo`q, albatta. Chunki ular o`t mish tarixga aylangan voqealardir.а Biroq olamda, jumladan mening hayotimda sezarli o`zgarishlar ro`y berdi. Ammo kitobning asosiy matnini birinchi variantda qoldirib, keyingi o`zgarishlarni so`ng so`z shaklida kiritishni lozim topdim.

 

Birinchidan, matnda keltirilgan qocoqlik maqomi kutayotgan xonimim, ikki qizim va bir o`glim muhojir sifatida boshpona oldilar. Xonimim ikki qizi ila Kanadagdagi bolalarim oldida erlashdilar. Moskvadagi o`g`lim Norvegiyaga mening oldimga keldi. Bu hol bizni O`zbekistondagi jallodlar xavfidan biroz uzoqlashtirgan bo`lsa-da, yashashimizda juda noqulaylikа yaratdi. Chunki oilamning asosiy qismi, ya'ni ikki uyli qizim, katta o`g`lim oilasi bilan va xonimim, ikki bo`ydoq qizlarim bilan Kanada da qolmoqda, men va yana bir o`g`lim Norvegiyada qolmoqdamiz.а Bolalarimning ba'zilarini mana sakkiz yildir ko`rganim yo`q. Ikkinchidan, bu o`tgan zamon ichida bizning oilamiz boshiga bir musibat ham tushdi. Qizlarimdan biri (Zuhro, u haqida yuqorida ozgina so`zladim) O`zbekistonda, tushunib bo`lmas bir holatda vafot qildi. Alloh uni rahmat etgan bo`lsin, amin. Voqea 2000 yil fevralida sodir bo`ldi. Qizim bilan bo`lgan hodisa tafsilotlari haqida O`zbekistondagi mas'ul organlar (na milit siya, na med ekspertiza) bizga birorta hujjat bermadilar."Gumon iymondan ayradi", degan gap bor. Ammo gumonlarim (shubhalarim) hamin qadar. Na iloj, biz uchun haqiqatan "Osmon baland, er qattiq bo`ldi", bolamiz ketdi, biroq hech narsa bilmaymiz. Kimga bosh urib, kimdan yordam so`rashga imkon yo`q. Vo, Alloh bu qanday alomat?! Rahmatli qizim, bizdan ancha mustaqil yashardi. U mening nuqtai nazarimdan juda yiroq bo`lib, siyosiy masalalar bilan hech qiziqmasdi. Shu sababdan ham O`zbekistondan chiqishni istamagandi. Bilmadim nima bo`ldi, eng og`ir musibat, zulm siyosatdan yiroq bir kimsa boshiga tushdi. Nahotki O`zbekiston hukumati qo`li bo`lsa, bu hodisada, balki jinoyatda?

 

Hayot ekan, bu dunyoning achchig`i ham, chuchugi ham yonma - yon yurar ekan. Alloh bizga bunday bir achchiq yashamni ham nasib etdi. Noinsof qotil va zolimlarga ham Alloh g`azabi bordir, inshoolloh.

 

Kitob Internetga ko`chirilganga qadar Anvar Oltoyli haqida yangi xabar tarqaldi. U O`z bekistonga takror qaytganmish, Karimov qo`lida yana ishlay boshlaganmish. Bu maТlumotlarning qanchalik haqiqatligi va haqiqat emasligini tastiqlashga menda isbot yo`q. Ammo bu xabarda jon bor ko`rinadi. Demak, Anvar Oltoylisi ham shubhali odamdir. U ham O`zbekistonda Karimov o`rnatgan o`zbeklarni qatag`on etish mashinasining bir vintidir. Uni Karimov istagan erda qo`llay olishi mumkin. Ammo Karimov anoyilardan emas, u vintni chirigancha qo`llaydi va undan so`ng uni Уmusorga-cho`pgaФ, yaТni zindonga otadi. Anvar Oltoyli taqdiri ham shunday bo`lish ehtimoli juda baland.

 

Bu erda yana bir narsaga ham eТtiborni jalb etishni lozim hisoblayman. Masalan, kitobning asosiy matnida M. Solih shaxsiga ham bir muncha tanqidiy fikrlar bildirildi. Shu bilan birga shuni ham alohida taТkidlaymanki, Karimov o`z qatag`on siyosatining asosiy nishini M.Solih shaxsiga qaratdi. Natijada, M. Solih oilasida O`zbekiston hukumatining insofsizlarcha zulmini chekmagan deyarli birorta kishi qolmadi. M. Solihning tug`ishganlari (ukalari) hech bir gunohi yo`qligiga qaramasdan uzoq muddatli qamoq zajolariga tortildi. O`zi esa, chet elda siyosiy muhojir bo`lishiga qaramasdan karimov hukumati tarafidan davomli tahlikada qolmoqda. Uni sirtdan УsudФ qilishib, unga o`n besh yil qamoq jazosi eТlon qilishdi. BaТzi maТlumotlarga ko`ra M. Solihni jismoniy yo`qotish uchun karimovchilar maxsus terroristik guruhlarni yollagandir. Qisqasi, o`zlarini Karimov hukumatiga muxolifda hisoblaganlar ichida boshqa birorta kimsa M .Solih kabi jabr Ц zulmda qolmadi. Ammo Karimovning M. Solihga o`tkazayotgan zulmi, unga ketma Ц ket xatolarga yo`l qo`yishga haq bermaydi. Aksincha zulmga qarshi xatosiz va samarali ishlash va kurashish lozimligini ko`rsatadi.

 

Karimov hukumatining M. Solihga nisbatan bunchalik davomli va jiddiy zulmi, qatag`onlaridan ko`rinadiki, Karimovа M.Solih shaxsidan juda katta tahlikadadir.

ааааааааааа

УБирликФ халқ ҳаракати ҳақида ўз билганларимни юқоридаги ҳикоя билан тўхтатишни лозим кўрдим.

 

8.1.12.3 қисмда * билан кўрсатилган Ё.Обид ва Д.Нарзиқуловлар билан кечирган бир неча ойлик ҳаёт, уларнинг шахси ва сиёсий қарашлари ҳақида баъзи хулосалар қилишга асос яратди. Уларнинг менга нисбатан узлуксиз нохолис, сирли ҳаракатлари оқибатида Ватанда мени нималар кутаётганини билмасамда, Ўзбекистонга қайтмасам бўлмайдиган кўринаяпти деган фикрга келдим. Ўша вақтлар ана ўша Ёдгор Обид ва Дамин Нарзиқуловларга қолдириш учун уларга атаб икки элли хатлар ёздим. Уларни тубанда келтираман. Улар, у хатларда ёзилган фикрлар бу икки шахс образини, шунингдек уларга ўхшаш ўзларини УмухолифатФ санаб юрган бошқалар образларини ҳам тасаввур қилишга ёрдам берар деб ҳисоблайман. Келажак авлод кимнинг кимлигини билишларига ёрдам берадиган ўша хатлар мана булардир:ааа

давомига ўтиш ...

Hosted by uCoz