Бундан олдинги қисмини ўқиш учун шу ерга босинг! Давоми:

31 yanvar kuni majlisning ikkinchi kuniga yigildik. Bu safar to`gridan-to`g`ri ertalab hammamiz majlis zaliga keldik. Majlis ish boshlamasdan Abdumannob Po`latov M.Malikov va meni chetga olib, "do`stlar, kecha akam noto`gri ish qildi. Hozir, u pushaymon. Kelinglar bugun majlisdan keyin yig`ilib birlashish qarorini qabul qili shaylik", dedi. Biz bu taklifdan xursand bo`ldik, albatta. Abdumannob taklifini Solihga xabar qildik. Bunisi nima, dedi, deng? Solih bizga, "Menga Abdurahim kerak emas. Men uchun uning kechagi gapi tashqariga chiqmasligi zarur edi. Endi Abdurahimning qo`lidan nima kelsa qilaversin. Men boshqa u bilan gaplash mayman", deb javob qildi. Bu javob ham umumiy nuqtai nazardan to`g`ri emasdi. Siyosatda bundan battariroq hollar ham bo`ladi. Oqibatа g`alaba bo`lsa,а chekinishlardan qo`rq maslik va uyalmaslik lozim. Gerdayish, kek, takabburlik kishi xarakterining salbiy belgilaridir. Hatto muvaffaqiyatga xalaqit beradigan mardlik, izchillikni ham yoqlab bo`lmaydi. Ha, Solih inson sifatida, mantiqan haq edi. Lekin eng to`g`ri ish biz Vashingitondayoq birlashdik, deb bayonot qabul qilganimizda, uning siyosiy ahamiyati mislsiz buyuk bo`lgan bo`lardi. Afsus, unday bo`lmadi.

 

Majlisning bu kuni, tojik muxolifati vakili Akbar To`rajonzodaning axborotini tinglashga bag`ishlandi. Unga axborot qilish uchun bir soat vaqt belgilandi. Kecha majlisning asosiy qatnashchilari hisoblangan bizning ikki "raisimizga" birgalikda10 minut vaqt ajratilgandi. Farqni qarang?! Ularni, ya'ni tojik qurolli muxolifatini o`z davrida lo`li Karimov "terrorist, Islom fundamentalizmining O`rta Osiyodagi asosiy suyanchi", deb eТlon qilgandi.

 

A. To`rajonzodani ham men birinchi marta ko`rib turibman. Demak, u majlisning birinchi kuni ham qatnashgan ekan. Men uni tanimaganim uchun unga eТtibor berma ganim, tabiiy, albatta. A. To`rajonzoda juda muloyim, mantiqli so`zlaydigan, muslim bir inson ekan. Menga uning so`zlash uslubi (manerasi), o`zini salmoqli tutushi juda yoqib tushdi. Shu erda men u kishi bilan biroz suhbat qildim. Undan so`ng bir kun mehmonxonada qatimizga ko`tarilayotib liftda birga bo`lib qoldik va shunda To`rajonzoda qatiga kelganda tushib bir muncha vaqt suhbat qildik. O`sha suhbatning majlisga va o`zbek muxolifatiga tegishli bo`lgan va To`rajonzoda bildirgan fikr larni ham bu erda keltirmoqchiman. Birinchidan, majlisning birinchi kuni tabiiy ravishda u odamga ham yoqmagan. Ikkinchidan, o`sha kun u Abdumannobnikiga meh monga borgan ekan. Uchinchidan, u Abdurahim nutqini to`la ma'qullamadi. Hatto, "Men, sen nima istaysanФ, deb Abdurahimdan so`radim. U menga "O`zbekiston birlashgan muxolifati raisdoshi bo`lishni istayman"-dedi. Men esa, unga yo`q, do`stim, Rais bitta bo`ladi, Alloh Yakkadir, dedim", dediа menga o`shanda To`rajonzo da. Men shunda To`rajonzodaga, "Eshonbobo, Siz qanday qaraysiz, bizning birlashgan muxolifatimizga kim raislik qilsa bo`lar", deb savol berdim. U menga "Hozircha shu Solihni oldilaringizga solsalaring bo`ladigan ko`rinadi. Ammo Muftini yonlaringda saqlanglar", deb javob berdi. Ko`rayapsizmi, xolis bir insonning xolisona javobi edi, bu. Ammo yakka raismi, raisdoshmi bo`lmoq uchun avval u sabil birlashgan muxolifat tuzilishi zarur edi, axir. Bizda esa, birlashgan muxolifatdan hech bir ko`rinish yo`q. Unday, birlashgan muxolifat dunyoga keladimi, yo`qmi, uni hali Alloh biladi?! Haqiqatda esa, Po`latovlar birlashish tarafdorlari emas va hech qachon bunday fikrda bo`lmaganlar. Chunki lo`li Karimov bu vaqtga kelib, Po`latovlarni orqaga qaytmas qilib buzib bo`lgandi, balki ularni buzishga hojat ham bo`lmagandir. Po`latov, To`rajonzodaga "raisdosh bo`lish" istagini bildirib uni ham aldayotgandi. U javob tildagi so`z edi, xolos. Po`latovning dili esa, allaqachon lo`lining qo`lida edi. Abdurahim uxlasa tushida O`zbekiston Prezidenti qoshida "yangidan tuziladigan jamoatchilik tashkilotlari va siyosiy partiyalar bilan sihlah komitetini" ko`rayotgandi. Chunki unga Amerika uchrashuvidan ancha muqaddam lo`li Karimov tarafidan shunday va'da berilgandi. Bu fikrga isbot bo`ladigan boshqa bir xabarni biroz quyida keltiraman.

 

Haftaning qolgan kunlari Vashingtondagi Amerika hukumati rasmiy idoralarida uchrashuvlarga bag`ishlandi. AQShning Paralamentida bo`ldik. Bizni senatorlar qabul qilishdi. A .Po`latov hamma joyda Solihga tosh otib, ya'ni uning jig`iga tegadigan qochiriq so`zlar qilib turdi. Biz M. Solihdan Po`latovning qochiriqlariga ahamiyat bermaysan, deganimiz sababli, unga javob qaytarmay yurdi. Faqat bir safar, bir siyosiy institutda uchrashuvda Solih Abdurahimning so`zlariga reaksiya qildi. Ammo u uncha katta eТtiborga olinmadi. Yig`ilganlar bu holni oddiy muxolif fikr shaklida qabul qilishdi.

 

Shunday qilib, Washingtonda bir hafta vaqt o`tib ketdi. Biz, amerikaliklar nazarida muxolifat sifatida katta muvaffaqiyat qozonmadik. Ammo o`sha zamonda Solih bir muncha eТtiborga sazovor bo`lganday tuyulgandi. To`g`risi biz o`sha to`la aniq bo`lmagan holatdan ancha xursand edik. M. Solih o`z raqibi mag`lubiyatidan ichida ancha mamnun ham edi, desam bo` ladi. Ammo zamon ko`rsatdiki, biz, ya'ni Qzbekiston muxolifati o`shanda Amerika siyosatdonlari oldida o`z uquvsizligimizni ko`rsatgan ekanmiz. Ammo u kunlarda biz o`zimizni bunday sezmasdik. Asosan yig`ilishdan mamnun edik. Shuning uchun o`zimizcha ayrim rejalar ham tuzgan edik. Masalan, A. Po`latovsiz Qzbekiston birlashgan muxolifati tuziladi. Uning tarkibiga to`rt guruh kiradi. Ular, "Biblik", "Erk", Qzbekiston davlat rejimiga qarshi diniy guruhlar, Karimov zulmi va boshqa xil tazyiqlar natijasida O`zbekiston hukumatidan chetlashtirilganlardan (M. Malikovlarga o`xshashlardan) iborat bo`ladi. Bu masala bo`yicha shu yil iyun oyiga qadar tashkiliy yig`ilish o`tkaziladi, deb kelishildi. Hatto fevraldayoq M. Malikov Moskvaga kelishi lozim edi. Amerikada o`tkazilgan o`sha yig`ilishga o`xshash uchrashuvlar ham davom etkazilishi lozim edi. Tarix ko`rsatdiki, bu ishlarning hech biri amalga oshmadi. Harakatlarimiz yana tarqoq holida qolaverdi.

 

Vashingtonda rasmiy ishlar tugagandan so`ng mendan tashqari barcha do`stlar Amerikada biroz sayr qilishmoqchi bo`ldilar. Birincidan, meni biror kishi siz qoling deyishmadi, ikkinchidan, o`zimda ham uncha qolishga xohish bo`lmadi. Aslida boshqalarni ham birov qolinglar, deb otashin bo`layotgani yo`qdi.

 

Shunday qilib, men shanba kuni yo`lga chiqadigan bo`ldim, boshqalar Amerikada qolishadigan bo`1lishdi. Meni M.Malikov ertalab, uyiga olib ketdi. Chunki kech qurun uchushim lozim edi. U meni o`sha kuni mehmon qildi. O`z uyi atrofidagi marketlarga biroz kezdirdi. Ozroq sovg`a-salomni ham ana shunda oldim. Asosan siyosat bilan bo`lib, shahar kezishni ham unutgandik. Malikovning Afg`onistonа urushida asir tushib, bu erga kelib qolgan qirim turklaridan bir qo`shnisi bor ekan. Malikov o`sha qo`shnisi mashinasida meni aeroportga chiqarib qo`ydi.а

 

M. Malikovnikida mehmondorchilikda o`tirganimizgda unikiga rahmatli Ergash aka telefon qilib, men bilan telefonda xayrlashdi. U kishi biz qayta uchrasha olmagani mizdan ancha afsuslandi. Ana shu telefon so`zlashuvida Ergash aka bizning tarqoqligimizdan tashvishdaligini so`zladi. Ayniqsa u odam, Po`latovning Vashington uchrashuvimizdagi so`zidan nihoyatda xijolatda ekanligini kuyinib so`zlagandi. To`g`risini aytsam, o`shanda menga, Ergash aka "Abdurahim o`sirib qo`ydi", degandi. Ana shunday qilib, Abdurahim Vashingtonda nafaqat o`zini, o`zi bilan birgalikda bizni, butun o`zbeklarni sharmanda qilib, O`zbekiston muxolifatini eng so`nggi imkoniyatdan mahrum bo`lishimizga sababchi bo`lgandi.

 

Shu bilan men Vashington safarini tugatib, Moskvaga qaytdim. Endi yangi ishlarni, ya'ni ga zeta ishlarini yaxshi yo`lga qo`yish kerak edi. Moskvaga kelib, ana shular bilan faol shug`ullanishga kirishib ketdim. Gazeta ishlari muhojirlikda men durust bajara olishim mumkin bo`lgan bir foydali ish edi. Buni men o`zim uchun, normal ish faoliyati, deb bilardim. Chindan ham 1995 yil to`la va 1996 yilning martiga qadar bizning sharoitimizda qilish mumkin bo`l gan va hatto uncha muncha odamning qo`lidan kelmaydigan ishlarni amalga oshirdik. Bu ishlar haqida bir muncha tartib bilan so`zlashga to`g`ri keladi.

 

Birinchidan, biz Vashingtonda M. Solih bilan uchta gazeta nashr etish va ularni O`zbekistonga etkazish masalasini kelishib olgandik. Ikkinchidan, Moskvada o`nga yaqin yosh yigitlar nima bilan shug`ullanishlarini bilmay o`tirishgandi. Ular masalasida ham aniq bir fikrga kelishgandik, ya'ni ulardan beshtasini (ikkitasi M.Solihning ukalari) gazetadalarda ishlatish, ikkitasini Turkiya - Russia orasida tijoriy ishlarda foydalanish va qolganlariga javob berish, ya'ni O`zbekistonga qaytarishga kelishgandik. Uchichidan, O`zbekiston birlashgan muxolifatini tuzish masalasida tashkiliy masalalar bilan shug`ullanish masalalari haqida anchaа aniq rejalar tuzilgandi. Uchinchi masalaga asosan bir qator uchrashuvlar o`tkazish, iloji boricha "Birlik"ning qurultoyini o`tkazish masalalari kirardi. Undan tashqari O`zbekiston mustaqil bo`lgandan so`ngra Karimov hokimiyatidan chetlashtirilganlar bilan uchrashuv o`tkazish va ularni aktiv faoliyatga jalb etish masalalari ham bor edi. Ammo bu uncha ham engil va qulay ish emasdi. Shuning uchun bu ishda M. Malikov yordamchi bo`lmog`i lozim edi. Amalda M.Malikov ishga kirishmadi. Oqibatda bu ish bitmay, hatto boshlanmay qolib ketdi.

 

Birinchi masala bo`yicha ishlar qisman bajarildi, ya'ni yigitlarni keshilganday bo`ldik. Ammo tijoratga belgilanganlar bizning taklifimizni qabul etishmadi. Bir tomondan ular to`g`ri qilshdi, shekilli. Chunki ularning barchasi oliy ma'lumotli kishilardi, savdoga o`ralashib qolishni istamadilar. Boshqa tomondan ular uncha ham haq emasdilar. Chunki "Kemaga kirganning joni bir", deydilar, ishimiz muxolifatlik bo`lsa umumiy qoidalarga barcha bo`yinsunmog`i kerak, axir. Buning sababini aniqlaga nimda shu narsa aniq bo`ldiki, ular biroz noto`g`ri tushuntirishlar oqibatida harakatga kirib qolishgan ekanlar. Ularning ko`pchiligi 1994 yil dekarida O`zbekistonga "g`alaba" bilan kirib boramiz, kabi mutlaqo noreal agitasiyaga uchgan kishilar bo`lib chiqishdi. Vatanga qaytishi lozim kishilar, O`zbekistonga etib olishi uchun zarur bo`lgan minimum mablag` bilan ta'minlanib, ular yo`lga chiqarib qo`yildi. Ammo ulardan biri ikki oy ham o`tar - o`tmas yana bizning oldimizga qaytib keldi. Bu yigit ning ismini ham yozsa bo`ladi. Uning ismi Xayrullo bo`lib, biroz shoirligi ham bor edi. Qolganlar ham yozuvchi yoki jurnalist edilar. Bu ham tabiiy bir hol ediki, chunki M. Solih shoir bo`lganligidan bu yigitlar uni eng avval shoir-ustoz sifatida o`ziga yaqin olishardi. Mening kuzatishlarimga ko`ra,а Xayrullo hukumatga yollangan ko`ri nardi. Bu shubha menimcha haq bo`lsa kerak, chunki bu yigit bolalarni juda tez-tez avantyuraga da'vat qilib turardi. Shu bilan baravar, bizdan yashirincha ularni O`zbekistonga qaytishga tashviqot qilardi. Shuning uchun Xayrullo qaytib kelgandan so`ngra muxbir yigitlarimiz tinmasdan ketamizga tushib, bizdan javob so`ray boshladi. Chunki Xayrulloning vazifasi bizning safimizni kamaytirishdan iborat edi (qiziq, Karimovning zulmini ko`ra bilaturib, rahmatli Narziqulov ham O`zbekistondan muhojirlar kelishini istamasdi). Aslida esa, 1995 yildaа "ERK" partiyasidan olti kishi "qonuniy hukumatni" to`ntarishda ayblanib sud qilingan va qattiq jazoga tortilgandilar. Ularning ichida hozir O`zbekistonga qaytishni istayotgan bizning muxbirlarimiz do`stlari, ularning hamkasblari ham bor bo`lib, ular ham o`sha "jinoyi ishlar" bo`yicha "javobgar" bo`lishlari lozim edi. Muxbirlarimizning bu erlarda yurishiga sabab ham shundan iborat edi. Bilmadim, qanday qilib bo`lsa-da, Xayrullo ularni O`zbekistonga qaytish xavfsiz ekanligiga ishontirgandi. Shuning uchun ular bizdan tinmasdan Vatanga ketishga ijozat so`rashardilar. Nihoyat, ba'zi bir ixtiyot choralarini ko`rgan bo`lib, uchta (Rustam, Pahlavon, Erkin) yigitimizga ketishga ijozat berdik. Mantiq bo`yicha Xayrullo bizning qoshimizda qolishi kerak edi. Chunki biz uni ilgari O`zbekistonga qaytarib yuborganimizda takror bizga qaytib kelib, "men O`zbekistonda qola olmayman, mening ustimdan jinoyi ish ochilgan", deb qancha yig`lagandi. Endi esa, hammadan oldin Xayrullobek yo`lga, O`zbekistonga jo`nashga tayyor bo`ldi. Chunki unga O`zbekistonda hech qanaqa xavf yo`q edi. Uning eng asosiy vazifasi biz bilan hamkorlik qilayotgan yosh jurnalistlarni O`zbekistonga, Karimov hukumati qo`liga qaytarishni tashkil etishdan iborat edi. U buni bajardi. O`zbekiston hukumati bir marta va'dasini bajarib, o`sha biz bilan biroz vaqt hamkorlik qilgan yigitlarni qamoqqa olmadi. Ular hozirgacha o`z mutaxassisliklari bo`yicha ishlashib yurishibdi. Xayrulloga esa, o`ziga xos mukofot ham berishdi. Uni "Bi-Bi Si" radiosining o`zbek shubasiga O`zbekistonning maxsus muxbiri qilib, Londonga jo`natishdi.

 

Qisqasi, men Vashingtondan qaytganimdan so`ngra Moskvada qolish juda qimmat bo`lganligi sababli Kievga ko`chishga to`g`ri keldi. Aslida ko`chish masalasi Vashington uchrashuvi oldidan hal bo`lgandi. Endi uzil-kesil Kievga ko`chdik. Gazetalarni nashrga tayyorlaydigan texnika, muxbirlar barchasi Kievga kelishdi. Faqat men Moskva va Kiev orasida ba'zi ishlarni qatnab bajaradigan bo`ldim. Chunki men Russiyada siyosiy qochoq sifatida qabul qilingandim. Menda bu haqda guvohnoma bor edi. Mazkur hujjatа menga bu ikki mamlakat orasida biroz erkin yurishimga imkon berardi.

 

8.1.9."Birlik"chilarning Vatandan tashqaridagi muhojirlik hayotidan ba'zi lavhalar.

Yuqorida men ''BIRLIK'' xalq harakatiga oid o`zim aniq bilgan ba'zi voqealarni bayon etishga harakat qildim. Shuning uchun unda keltirilgan hukmlar mas'uliyatini to`liq o`z zimmamga olaman. ''BIRLIK'' tarixi men keltirganlardan tashqari yana bir qator voqealar bilan bog`langandir. Ularni to`la bilmaganim yoki ma'lumotlar to`liq bo`lmagani sababli ularga til tekismaslikka harakat qildim. Masalan, Harakatning anchagina faollarini turli xil uydurma ''jinoyatlar'' bilan hibsga olishlar, ularni sud qilish jarayonlari, qamalganlarning bir qismini 1994 yilda I. Karimov ozod qilishga majbur bo`lgani va boshqa bir qancha hodisa va voqealar bu erda keltirilmadi. Chunki bu voqealarni to`la va xolis ifodalash uchun menda materiallar etarli emas. Chalkashliklar bo`lmasin, degan maqsadda ularni bayon etmadim.

 

''BIRLIK'' xalq harakati tarixiga oidа hech bir voqea e'tibordan chetda qolmas, deb o`ylayman. Safdoshlarning biri bo`lmasa, boshqa biri ular haqida to`la va xolis yozajaklar. Shunday qilib, 1992 yili Harakat faoliyati avval vaqtincha to`xtatilib, so`ngra qayta rasmiylashtirilmay, uning a'zolari va ba'zi faollari qamoqlarga tashlanaboshlagandan so`ng O`zbekistonda yangi vaziyat maydonga keldi. Ya'ni, bu zamon ''BIRLIK'' qayta rasmiylashish harakatida bo`lsada, aslida unga qarshi repressiya boshlab yuborilgan edi. Hukumat qamoqqa olishlarni Harakatning oddiy a'zolaridan boshlab yana bir marta ig`vokarona yo`l tutdi. Chunki ular qamoqqa olishlar Harakatning rahbarlaridan, ko`zga ko`ringan faollaridan boshlansaа mo`ljaldan ilgari xalqaro ijtimoiy jamiyatlar, inson huquqlari himoyachilari e'tiborini O`zbekistonga jalb qilish, balki xalq ichida ham sezilarli norozilik paydo bo`lishi mumkin, deb hisobladilar. Ammo ''Birlik'' ning ko`zga ko`ringan faollarini hibsga olish va ularni qattiq jazolash usullari; kimning qachon qamoqqa olinishi, jazolanishi, mamlakatdan chiqarib yuborilishi rejalari I. Karimovning alohida papkasida turardi. Shuning uchun 1992 yil kuz oylaridan boshlab ''BIRLIK'' MK raisdoshi A. Po`latov birinchilardan bo`lib O`zbekistondan chiqib ketdi. Keyingi voqealar ko`rsatdiki, A. Po`latov, umumman ikkala Po`latov ham Vatandan chiqib, bolalariga jabr qilib, ovora bo`lib yurmasalar ham bo`lar ekan. Chunki muhojirlik hayoti to`la isbot etdiki, Karimov hukumati ular bilan zimdan birga ekanlar. O`tgan besh yil davomida aka-uka po`latovlar siyosiy faoliyatdan mutlaqo chetda turdi. Bordi-yu, ho`ja ko`rsinga biror siyosiy ishga qo`l urishgan bo`lsalar, u ham Karimov hukumati siyosiy faoliyatini qo`llagan bo`lib chiqdi.

 

Xullas, A. Po`latov Turkiyaga borib, Istanbulda erlashdi. Uning ukasi, o`sha vaqtlar qamalib, sudda shartli jazolangan, rasmiylashtirilmagan, O`zbekiston inson huquq lari jamiyatining raisi Abdumannob Po`latov ham ilmiy safar bahonasida Rossiyaga chiqib ketgandi. O`zbekistonda ''Qorabog`'' harakati tuzishda va Tojikistonda mitinglarda qatnashgani uchun ''jinoyat''da ayblanayotgan ''BIRLIK'' MK a'zosi shoir Yodgar Obid ham avval Ozorboyjonga va u erdan Moskvaga kelib erlashdi. ''BIRLIK'' a'zosi ruszabon muxbir Anvar Usmonov va uning akasi professop Lerner Usmonovlar ham sovet rejimi qulagan zamonoq O`zbekistonni tark etishgandilar. 1991 yili to`satdan "BIRLIK"da paydo bo`lib qolgan Abdurashid Sharifov (Bu kishi Sovet davrida KGB-ning maxsus muxbiri vazifasini bajargan va uning turli xil topshiriqlarini bajarib yurgan. BaТzi bir kishilarning tasdiqlashlaricha haqiqatda ham KGB-ning xodimi bo`l gan), o`zini ''ozod'' muxbir, deb e'lon etgan ruszabon Albert Musin ham ''BIRLIK''chi nomi bilan muhojir sifatida Moskvaga keldilar.

 

O`zbekistonda Milliy Majlis tashkil etish tarafdorlaridan biri va aynan shu masala uchun ''davlatga qarshi'' faoliyatda ayblanib qamoqqa tashlangan, sud qilinib, ikki yarim yil shartli jazo berilgan Hazratqul Xudoyberdi ham 1993 yilning ikkinchi yarimidaа Vatanni tark etib, Moskvaga keldi.

 

Shunday qilib, 1993 yil oktyabrlarida "BIRLIK"dan, ikkita Po`latovlar, H.Xudoyberdi, Yodgor Obid, Anvar Usmonvlar (hammasi bo`lib besh kishi) O`zbekistondan tashqariga chiqib ulgurishgandilar.

 

1989 yildan boshlab, mening yurish-turishim, O`zbekiston bo`ylab qo`ygan har bir qadamim doim kuzatuvda bo`lgan bo`lsa-da, 1992 yilning ikkinchi yarimi va 1993 yil men uchun eng og`ir yillar bo`lib qoldi. 1992 yildan boshlab, men uzluksiz, doimiy ravishda erta-yu, kech kuzatuvda qoldim. Bu zamon menga barcha ma'muriy, ma'naviy va moddiy siquv, ta'qib usullarini ham qo`llashdi. Oqibat, 1993 yil dekabr oyida Vatandan chiqib keta olishga muyassar bo`ldim.

 

Shunday qilib, 1993 yil oxiriga kelib, yuqoridagi besh muxojir "BIRLIK"chiga men oltinchi bo`lib qo`shildim. Bulardan boshqa ikki kishi (Tohir Baqaev, Mahmud Inaqov ) o`z shaxsiy maqsadlari, tijoriy ishlar bilan Moskvaga kelishgandilar. Ular ham o`zlarini biroz vaqt muxojir hisoblab yurishdi. Ammo ishlarini o`rinlatib, yana O`zbekistonga qaytishib, endi u erda bemalol tijorat qilishmoqdalar.Yana ikkiа ''inson'' (Bahrom Hamroev, Madamin Narziqulov) ham 1993 yildan buyon Moskvada yashashadi. Har holda ular ham o`zlariniа ''muhojir'' hisoblaydilar. Ularning birini, Madamin Narziqulovni (1997 yilda, rahmatli bo`ldi, bechora) Abdumannob Po`latovа xalqaro tashkilotlar tomonidan O`zbekistonda inson huquqlarini paymol etilishiga qarshi kurashmoq uchun ajratilgan yordamni o`zа shaxsiy manfaatlarida yaxshiroq o`zlashtirmoq uchun Moskvaga maxsus chaqirgan edi. Shuning uchun rahmatli M. Narziqulov, "men, Harakat MK qarori bilan Vatandan chiqqanman", deyishni yoqtirardi. Shaxsiy, moddiy manfaatni ko`zlab, ya'ni o`z nafsi ovorachiligida Abm.Po`latov (Abdurahim va Abdumannobni qisqacha mos ravishda Ab. va Abm. shaklda yozamiz.)а tarafidan qilingan noxolis bir ish, "BIRLIK" MK qarori bo`lar emish?. Ikkinchisi (Bahrom Hamroev), Moskvaga qanday kelib qolganini Abdurahim Po`latovdan boshqa hech kim bilmaydi. Balki O`zbekistondaа ba'zi kimsalarga ham ma'lumdir, bu odam. Mening tushunishimcha, u o`zini Moskvada ''Raisdosh'' Po`latovga "ma'lumot to`plovchi", ya'ni "Po`latovning agentiman", deb hisoblaydi. Uning agentligi to`g`ri. Lekin, aslida, u kimning agenti, uyog`i menga aniq emas. Ammo u o`zini Po`latov agenti ekanligini uncha yashirib ham o`tirmaydi. Po`latov uchun josuslik ma'lumoti to`plash yoki Karimov hukumati uchun to`p lash orasida, amalda hech farq yo`q. Chunki muhojirlar haqida to`plash mumkin bo`lgan ma'lumotlar Po`latovga hech keragi yo`q, ularni Po`latov ham oqibatda, O`zbekistonga, Karimov qo`liga yuborishi alohida isbotga muhtoj emas. Unday ma'lumotlar so`nggi vaqtlarda Ab. Po`latovdan bevosita yoki bilvosita O`zbekiston xavfsizlik tashkilotiga, ya'ni Karimov qo`liga tushmoqda.

 

Nohaq, tuhmatdan qamoqqa olinib jazolangan, "BIRLIK"chi va "ERK"chilarning bir qismi Xalqaro progressiv jamoatchilikning qattiq talablari ostida 1994 yili "afv" etildi. Ularning ichida "BIRLIK" xalq harakati Andijon viloyat Kengashi raisi Po`lot Oxunov ham bor edi. U ham Vatanni tark etib, muhojirlik hayotini tanladi. Bu bilan "BIRLIK"chi muhojirlar soni etti kishiga chiqdi.

 

Shu kunlarda (mazkur satrlar yozilayotgan, 1999 yil mart oyida), Moskvada Abdufattoh Mannopov ismli kishi marhum M. Narziqulovning o`rnida ishlamoqda. Uni inson huquqlari bilan shug`ullanishga ham raxmatli M. Narziqulov jalb etgan. Bu odam "BIRLIK" endi maydonga kelib, uning avji juda baland bo`lgan zamonlar Harakatda qatnashib, so`ngra o`zini chetga olgan o`rtoqlardan biri hisoblanadi. M. Narziqulov marhamatiga sazovor bo`lgan odamdan istalgancha shubhalanish mumkin. Chunki, u rahmatliga insof, g`oya, milliylik kabi tushunchalar mutlaqo begona edi. "Do`stingni ko`rsat, men sening kimligingni aytaman", deb bekorga aytilmagan, axir. Men, 1998 yilning so`nggida bir qancha zamon A. Mannapov bilan Moskvada birga bo`ldim. Men qamoqda o`tirgan zamonda, mening huquqimni himoya etish bo`yicha u ma'lum harakatlar bajargan ham bo`ldi. Alloh meni kechirsin, men uning sidqidilligiga, haqiqiy goyaviy Vatanparvarligiga ishonch, qanoat hosil qilolmadim. Har holda u ham hozircha "BIRLIK" hisobidan chet eldagi sakkizinchi muxojir bo`lib sanalmoqda. Bulardan, H.Xudoyberdi va P.Oxunov Shvetsiyadan siyosiy boshpona olishdi. Abm.Po`latov 1993 yildan, Ab.Po`latov 1997 yildan AQShda boshponali bo`lishdi. Yo.Obid bir necha yil Moskvada qoldi va 1997 yili Moskva "Pen Klub"i yordamida Shvetsariyadan siyosiy boshpona oldi. A.Usmonov "OZODLIK" radiosining maxsus muxbiri sifatida avval Muyunxenda, so`ngra radio bilan birgalikda Pragada yashamoqda. A. Sharifov va L.Usmonovlar ham Shvetsiyadan boshpona olishdilar. Albert Musin ham uzoq muddat Moskvada qolib, 1997 yilda Filandiyada siyosiy boshponali bo`ldi.

 

Men avval boshda hech bir chet mamlakatga ketishni istamadim. Chunki men doim Vatanga tezroq qaytarmiz, degan umidda yurdim. Bu bir, ikkinchidan, Vatanga qaytish imkoni bo`lmasa, unga yaqinroq bir mamlakatdan, masalan, Russiya yoki Turkiyada turib siyosiy faoliyat bilan shug`ullanish samarali bo`ladi, degan fikr tarafdori bo`ldim va nihoyat uchunchidan, mening oilam ham ancha katta edi, faqat o`z farzandlarimа etti kishi bo`lib, ularning to`rttasi uyli, qolgan uchi hali bo`ydoq edilar. Bularni ham hisobdan tashqarida tuta olmasdim. Chunki ular ham O`zbekiston hukumati taqibi ostida qolmoqda edilar. Shuning uchun mening biror mamlakatga, O`zbekistondan uzog`roqqa ketishim ancha murakkab bir masala hisoblanardi. Tarix ko`rsatdiki, istaklar va imkoniyatlar hamisha ham bir-biriga mos bo`lavermaydi. Oqibatda, na faqat mening Vatanga qaytishim, hatto bolalarimning ham Vatandan chiqishlari zarurati maydonga keldi. Ular siyosiy faoliyat bilan mashg`ul bo`lmasalarda, mening o`rnimda hukumatning davomli tazyiq va taqiblariga duchor qilindilar. Uyli farzandlarimning to`rttalasi ham oliy ma'lumotli (vrach, injener, kompyuter programmisti, buxalter) mutaxasislar bo`lishiga qaramasdan, ularning barchasi ish vazifalaridan chetlashtirilib, Respublika bo`ylab boshqa hech joyda ishga qabul qilinmaydigan qilib qo`yishdilar. Katta o`g`ilimni qamoqqa olishib, undan mening "BIRLIK"ka oid arxivimni undirib olish hisobiga uni shartli qamoqdan bo`shatishdi. Qizlarim va xotinim mening ustimdan ochilgan "jinoyi" ish bo`yicha asabga teguvchi so`roq qilina boshlandi. Bir student qizim Institutda studentlar safidan chiqarildi. Samarqand universitetini muvafaqqiyatli tugatgan boshqa bir qizimni yosh mutaxassis sifatida ishga taqsimlamadilar. Qisqasi shunday bir vaziyat vujudga keldiki, natijada mening oldimda, yo hukumatga bo`yin egib, taslim bo`lish yo`li bilan (Karimov hukumati uchun shu etarli bo`lca) bolalarimni azob va haqoratlardan qutqarishim kerak yoki ularningа barchasini O`zbekistondan chiqarib olish bilanа bu bezoriliklarga barham berishim zarur bo`lgan masala ko`ndalang bo`1di. Bu masala haqida biror qarorga kelishdan avval farzandlarimning o`zlari bilan maslahatlashdim. Ya'ni qanday qarorni qo`llashlarini ulardan so`radim. Ular barchasi bir ovozdan, hukumatga taslim bo`lishimga qattiq qarshi bo`lishdilar. Ana shundan so`ngragina Vatanga yaqin orada qaytish umididan voz kechib, bolalarni O`zbekistondan chiqarib olishda yordam yo`llarini izlashga kirishdim.а Oqibatda, 1997-1998 yillarda uyli farzandlarimni O`zbekistondan Turkiyaga keltira oldim. Bir o`g`limni 1995 yildayoq Moskvaga keltirgandim. U hozir ham Moskvada qolmoqda. Ammo ikki qizim va xotinimni hali ham O`zbekistondan chiqara olganimcha yo`q.

 

Bolalarim Turkiyaga kelishgandan so`ng bir muncha zamon Istanbulda yashab, shu erda qolishni ham mo`ljalladik. Ammo Turkiyada davomli qolmoq, biror ishning boshini tutmoq uchun esa, u erda rasmiy "o`tirma izni" va "ishlash izni" lozim. Bir tarafdan bu "iznlarni" Turkiyada olish deyarli mumkin emas va juda murakkab masala, bu. Ikkinchidan, Turkiya hukumati Karimov hukumatiga ketma-ket vaТdalar berib, bizni, yaТni muxolifat aТzolarini mamlakatdan chiqarib yuborishlarini bayon qila boshladi. Qisqasi, Turkiyada qolishning o`zi ham ancha xavfli bo`la boshladi. Ana shundan so`nggina BMTga murojaat qilishga majbur bo`lib qoldim. Nihoyat, 1998 yil boshidan bu ishga kirishdim. Anqarada erlashgan BMT qochoqlar bilan ishlash Komissariyati bizni qabul qilib, bolalarimga tezda siyosiy qochoqlik maqomi berib, ularni Kanadaga yuborishlarini belgilab bergan bo`lsa-da, o`zim masalasi bir muncha problemali chiqdi. Chunki men hali 1994 yiliyoq Russiyada qochoqlik maqomiga ega bo`lgandim. Shu sababdan Bolalarim bilan baravarа men Anqaradaа BMT komissariyatida qochoq sifatida qabul qilinmadim. Men hujjatlarni Russiya dan rasmiylashtirishim yoki Russiyadan Kanadaga rasmiylashmog`im kerak bo`ldi.

 

8.1.10. Tarjimai holimga tegishli qisqa ma'lumot.

Men tug`ilgan zamonlar biz taraflarda bolalarning tug`ilganligi haqida guvohnomalar olish urf bo`lmagandi. Shu sababdan mening tug`ilish kunim aniq emas. Tug`ilgan yilim esa aniq, ya'ni "Muchal" hisobi bo`yicha tug`ilish yilim Palang yili-1938 yildir. Ma'lumki, O`rta Osiyoda tarixan "Muchal" hisobidan foydalanib kelishganlar. Hozir ham xalq orasida bu hisobdan foydalanish keng tarqalgan. Kishilar hamon tug`ilgan yillarni va turmushda uchiraydigan boshqa muhim voqealarni "Muchal" yili nomlari bilan xotirlaydilar. Shuning uchun mening tug`ilish yilim ham "Muchal" bo`yicha xotirlanib, hujjatlarda 1938 yil, 10 apelda tug`ilgan, deb rasmiylashtirilgan. Tug`ilish kunim, yani 10 aprel masalasi ham haqiqatga yaqindir. Chunki onam rahmatli "Palang yili, o`rik davchalab qolganda tug`ilgasan", derdi. Men tug`ilib o`sgan er, Samarqand viloyat, G`allaorol tuman, Qipchoqsuv qishloq o`lkasiga qarashli "Katta qishloq" nomli qishloqdir. U erlarda aprel oyi boshlarida o`rik gullayboshlaydi. Ma'lumki "Muchal" hisobiga ko`ra, mart oyining 20-laridan so`ng Yangi yil kirgan hisoblanadi. Bizning tomonlarda bu arafada bir hafta, o`n kun davomida, yil oshi, sumalak pishirish va boshqa shu kabi Yangi yil marosimlari o`tkazilib, bu arafada tug`ilgan bolalarning dunyoga kelgan haftasi aniq bo`ladi. Men esa, so`zsiz bu arafadan biroz keyinroq dunyoga kelganman. Aks holda Onam yangi yil marosimlariga bog`li voqealarni mutlaqoа so`zlagan bo`lardi.

 

Otam, Mamanazarov Yo`lyaxshi (1892-1952 y.) lalimikor g`allachilik dehqoni va chorvador o`tkan. Allohga shukr, otamning tug`ishgan va qarindoshlari juda ko`p bo`lib, ular o`zbeklar ing "Yuz" urug`idandir. Sovet zamonida otamni qulakka (kulak, ruscha so`z bo`lib, musht, demakdir. Bu erda kulak, mushtumzo`r ma'nosida ishlatilmoqda) chiqarishgan. Bir tuhmat va kolxozlashtirishga dushman hisoblab, 12 oy qamoqda tutishgan. Bir tasodif sabab, qamoqdan ozod bo`ladi va umrining oxiriga qadar, kolxozda ishlaydi, ammo hamisha sovet hukumati vaqtinchalik, xudo xohlasa, bu hukumat tugaydi, deb bu dunyodan o`tib ketdi, rahmatli. Otam rahmatli bashorati to`gri chiqdi. Afsus, biroz bu kech amalga oshdi.

 

Onam, Mamanazarova (bu otamning ismidan, onamning otasini esa, Davudboy, ataganlar) Xursandbibi (1901-1981), bir umr uy bekasi bo`lib yashaganlar. U kishi ham otamlarga qondosh, qarindosh bo`lib, o`zbek, "Yuz" qizidir.

 

Otam va onam o`qishni ham, yozishni ham bilishmasdilar. Ammo har ikkalasi ham o`zbek og`zaki ijodini ancha yashi bilishardilar. Otam, "Go`r o`g`li" dostonini yod bilardilar, uni do`mbirada xirgoyi qilardi. Onam, rahmatli, o`zbek maqollari tirik enitsklopediyasi edi. Dasturxon duolarining bir necha o`n xilini bilardi. Ularni shunaqa chiroyli aytardiki,а uni tinglagan kishi, duo emas, go`yo bir butun qo`shiq tinglaganday bo`lardi. Afsus, u duolarning birortasini yozib olmabman.

 

O`quvchi meni ma'zur tutsin, bu erda biroz urug`chilikni xotirladim. Ammo bu urug`chilikni targ`ib qilish maqsadida emas, balki ibrat uchun, tarixni bilish zarur, degan maqsadni ko`zlab, yozildi. Chunki, so`nggi yuz yil va undan ham ko`proq vaqt davomida dushman, bizni nasli turk (o`zbek) bo`lmagan yovuz insonlar qo`li bilan boshqardi. Bolshovoylar zamoniga qadar, ruslar bizni olmon va yahudiy generallari (gubernatorlar) qo`lida saqlagan bo`lsalar, bolshovoylar esa, ismlari musulmoncha bo`lib, o`zlari sotqin, alchoq, kelib chiqishi, qoni turk (o`zbek) bo`lmaganlarga topshirib qo`ydilar. Bugun ham biz rus istilochilaridan qutilsakda, o`z vaqtida istilochilar tanlagan sotqin va millatining tayini yo`q haromilar qo`l ostida qoldik. Afsus, bu holni ko`pchilik tushuna olmadi va tushina olmayapti. Men urug`im haqida biroz hiqoya qilar ekanman, ana shularni ko`zda tutmoqdaman. Ana o`sha olchoqlardan emasman, urug`im, ajdodim belgili, demoqchiman.

 

1947 yil sentyabridan meni maktabning 1-sinfiga olishgan. Chunki, bizning tomonlarda maktablar olmon-rus urushidan so`ng 1947-1948 o`quv yilidan, ya'ni 1947 yil sentyabrdan boshlab ishga tushirilgan. Biz urushdan keyingi ilk 1-sinf o`quvchilari hisoblanamiz.

 

O`rta maktabni 1957 yili tugatib, o`sha yili Samarqand davlat universiteti fiziko-matematika fakulteti 1-kursiga o`qishga kirdim. 1962а yili uning to`la kursini muvaffaqiyatli tugatdim. Universitetni bitirib, bir yil (1962-1963 o`quv yili) o`rta makatbda matematika o`qituvchisi bo`lib ishladim.

 

1963-1968 yillar davomida Toshkent qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash va irrigatsiyalash injenerlari institutida Katta o`qituvchi vazifasida ishladim. 1968-1972 yillarda O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Kibernetika institutida aspirant bo`lib, 1972 yil fevral oyida fiziko-matematika fanlari nomzodi ilmiy daraja uchun dissertatsiya yoqladim.

 

1972-1974 yillari Samarqand universiteti Hisoblash Markazi muduri, 1974-1980 yillarda o`sha universitet Elektron hisoblash mashinalarini matematik ta'minlash kafedrasi katta o`qi tuvchisi, 1980 yildan 1991 yilga qadar o`sha kafedra muduri vazifalarida ishladim. 1991 yil mayida esa, mening siyosiy dunyo qarashim rasmiy hukumat nuqta'i nazariga mos bo`lmagani uchun meni kafedra mudurligidan chetlashtirishdilar. Bu voqea 1991 yil avgustgacha, ya'ni Sovet Ittifoqida oshkoralik va demokratiya zamoni boshlanib, mamlakatda muxolif fikr, o`zgacha nuqtai nazar uchun tazyiq va taqiblar to`xtatilgan bir davrda "BIRLIK"chilardan ilk dafa menga nisbatan, aynan o`sha, o`zgacha fikrlaganim uchun qo`llanilgan ma'muriy jazo edi. Ammo o`sha zamonlar bu voqeaga "BIRLIK" rahbariyati tarafidan umuman ahamiyat berilmadi.

 

1991 yildan to 1993 yil iyuliga qadar kafedrada dotsent vazifasida ishlahsni davom etkazdim. 1993 yilga kelib esa, O`zbekistonda Oliy maktab o`qituvchilari uchun ish kontrakt sistemasida rasmiylashtirilishi joriy etildi. Bu jarayon Samarqand universitetida 1993 yil iyun oyining so`nggida o`tkazildi. Universitet rektori men bilan kontrakt tuzmadi. Hatto Rektor menga o`z xohishim bilan universitetdan, ishdan ketishni taklif etdi. Amalda, men o`sha ondan e'tiboran ishdan haydalgan hisoblanar edim. Bu bilan menga nisbatan ikkinchi marta yana boshqa xil ma'muriy jazo qo`llashdilar. Bunday ma'muriy jazolar bilan barobar, ayniqsa 1991-1993 yillari militsiya, KGB, prokuratura tarafidan doimiy ta'qib ostida qoldim. Oqibatda, 1993 yili O`zbekistondan chiqib ketishga majbur bo`ldim.

 

"BIRLIK" xalq harakatida 1988 yil noyabr oyidan boshlab uzluksiz faol qatnashdim. Hamon uning bayrog`ini baland ushlab turishga harakat qilmoqdaman.

 

1989 yili may oyida Toshkentda o`tkazilgan "BIRLIK"ning 1-ta'sis qurultoyida uning delegati bo`lib qatnashdim va unda Harakat Markaziy Kengashi a'zosi etib saylandim. Uning keyingi barcha Qurultoylarida Markaziy Kengash a'zoligiga takror-takror saylandim.

 

1989 yil sentyabrida "BIRLIK" xalq harakati Samarqand viloyat tashkilotining ta'sis konferensiyasi bo`lib o`tdi. U konferensiyada alternativ (muqobil) nomzodlar qatnashuvi yo`li bilan Harakatning Viloyat Kengashi Raisligiga saylandim. 1990 va 1991 yillari o`tkazilgan viloyat konferensiyalarida Viloyat Kengashi raisligiga takror saylashdilar. Ma'lumki, 1992 yildan boshlab Harakatning faoliyati majburiy to`xtatib qo`yildi. Ana shu sabab, u zamondan e'tiboran konferensiya va Qurultoylar o`tkazish imkoni bo`lmadi. Shunday qilib, u jarayon, ya'ni Nizom bo`yicha Harakatning yillik Qurultoyini va viloyat konferensiyalarini o`tkazish jarayoni to`xtab qoldi.

 

1993-1994 yillari Ukraina Fanlar Akademiyasi qoshidagi Mexanika Institutida "To`g`ri to`rtburchak shaklli plitalar va silindrik qoboriq jismlarning statik va dinamik masalalari" mavzusida fiziko-matematika fanlari doktori ilmiy darajasi uchun doktorlik dissertatsiyasi tayyorlab, Institutning Katta ilmiy kengashida muhokamadan o`tkazdim. Ammo O`zbekistondan kerakli rasmiy hujjatlar ololmaganim uchun himoyani oxiriga etkaza olmadim. Ukraina Fanlar Akademiyasi Mexanika Institutidan olingan, zaruriy muhrlar chekilgan mening dissertatsiyamga taalluqli barcha rasmiy hujjatlar, Samarqand universitetiga yuborilgan. Ularning ko`chirma nusxalari menda saqlanmoqda.

 

8.1.11. Hukumatning menga nisbatan qo`llagan taqiblari va o`tkazgan tazyiqlari haqida.аааааааааааа

Men, 1988 yil noyabr oyidan e'tiboran "BIRLIK" xalq harakati safida muqim turganim haqida biroz yuqorida so`zladim.

 

Darhaqiqat, biz, 1989 yil boshida G`oniev Xoliqnazar, Murodov Sulaymon, Norjigit Rajabov, Yo`lyaxshiev Aliboy - dotsentlar, Samarqand universiteti kafedra mudurlari, Borot Namozov - universitet fizika fakulteti o`qituvchisi, fiziko-matematika fanlari nomzodi, Umurzaqov Abdumalik - Samarqand Me'morchilik va Qurulish instituti dotsenti, tarkibda "BIRLIK" xalq harakati Samarqand viloyat tashkilotini tuzish tashabbus guruhini tashkil etib va 1989 yil sentyabr oyida viloyat konferensiyasini o`tkazib, Harakatning viloyat tashkilotini tuzdik.

 

Hukumat, ana o`sha zamondan e'tiboran, Samarqand viloyati va umuman Respublika bo`ylab mening har bir harakatimni doimiy va uzluksiz kuzatishni boshladi. Kuzatish shakllari turli xil bo`lardi. Uy telefonini tinglash, mening uyimga kelib-ketuvchilarni kuzatish va ularni tekshirish, shunga o`xshash boshqa kuzatuvlar sistemali doimiy shaklda yo`lga qo`yildi. O`zimni esa, ertalab soati beshdan, kechasi uyquga yotganimcha maxsus kishilar kuzatadigan bo` lishdi. Ba'zan ular men leksiya o`qiydigan auditoriya eshigi oldida soatlab o`tirishardilar. Ko`rsatma shunaqa bo`lardi-da, shekilli.

 

Men, aslida 1989 yildan bir muncha burun Sovet hukumati uchun ishonchsiz odam sifatida sovet KGBsi ro`yxatiga, tushgandim. Ana shu voqeani shu erda aytib o`tishni lozim topdim. Men, 1972 yil fevral oyida fan nomzodligiga dissertatsiya yoqladim. O`sha zamonlar, Tashkent qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash va irrigatsiyalash injenerlari institutida (TQXMII) ishlab, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi aspirantlari yotoqxonasida yashardim. Mening yonimga, Akademiyaning Ximiya Institutida aspirantura muddatini o`tagan Qirg`izistonlik Jo`ldosh ismli bir kishini ham joylashtirishdi. Biz, Jo`ldosh ikkimiz, turli xil mavzuda suhbatlar qilardik. Ba'zida suhbatimiz millatlar haqida ham bo`lardi, albatta. Men doim, o`z dunyo qarashimdan kelib chiqib, O`rta Osiyoning Ruslarga mustamlakaligini, zo`r berib Jo`ldoshga tushuntirishga harakat etardim. Men uni ham mustamlaka mamlakatning farzandi, deb qabul qilgandim-da. Ammo men xato qilgan bo`lib chiqdim. Ha, Jo`ldosh kompartiya a'zosi edi. Jo`ldosh, bizning uzundan uzoq suhbat va tortishuvlarimizdan o`zicha menga "millatchi", deb baho beribdi.а Dissertatsiya yoqlash arafasida, TQXMIIdan uch kishi, ya'ni men va yna boshqa ikki o`qituvchini, chet elda, ya'ni Jazoyirda ishlash uchun ro`yxatga olishdilar. Men, dissertatsiya himoyasi o`tkandan so`ng ancha vaqt Qarshida ish safarida qoldim. Bu vaqt ichida KGBidan aspirantlar yotoqxonasiga kelib, men haqimda hammadan oldin xonadoshim Jo`ldoshdan so`rab, surushtiribdilar (kim bilsin, balki u avvaldan meni kuzatishga yollangan agent bo`lgandir). Undan tashqari, mening yonimga kirib turishadigan Andijonlik N'ematjon va Toshkent viloyatiga qarashli Parkent rayonidan Adash Yo`ldoshevni (bu yigit men bilan birga akademik Vosil Qabulovich Qabulov rahbarligida aspirantura o`tayotgan edi) ham "mening ishim bo`yicha" so`roq qilishibdilar. Ish qilib, rosa tekshirishibdilar. Mening qirg`iz "do`stim", ularga meni mil latchi, ruslarga qarshi, revolyutsioner, deb, anglatibdi. Shundan so`ng, KGB yuqori tashkilotida Jo`ldhoshning "faktlariga" asoslanib, menga "millatchi, davlatga ishonchsiz kishi" tamg`asi bosilib, "hukm" chiqarilib hujjatlashtirib qo`yishibdilar. Men bundan mutlaqo xabarsiz edim, albatta.

 

Men Qarshidan kelganimdan so`ng bir qancha zamon o`tgach, N'ematjon ozgina masalaning uchini chiqarib, KGB xodimi uni so`roq qilgani va men haqimda undan so`rashganini, aytdi. Adash va Jo`ldoshlar esa, indashmadilar. Hay-nahay, ular KGBdan iymanishgan bo`lsalar kerak. Bu orada Institutda Jazoyirga ketadigan u ikki sherigim chaqirilib, fransuz tilini o`rganish mashg`ulotlariga qatnasha boshlashdilar, meni til o`rganish o`qishiga chaqirishmadi. Men esa, bu holga e'tibor ham bermadim. To`g`risini, aytganda, u mahallar bu ishning ahamiyatiga uncha tushunib ham etmagandim.

 

1972 yil sentyabridan, akademik V.Q. Qabulovning tavsiyasi bilan meni Samarqand universiteti Hisoblash Markaziga mudur etib o`tkazishdilar. Oktyabr yoki noyabr edi, meni O`zbekiston Oliy ta'lim vazirligiga chaqirishdi, u erdan KGBinng Toshkentdagi idorasiga olib ketishib, rosa "qayta tarbiyalashdi". Ularning aytishicha, "men Vosil Qabulovich Qabulovning shogirdi bo`lganim uchun afv etilmoqdaman. Ammo bundan buyon, og`zimga ehtiyot bo`lmog`im lozim, Jo`ldoshga so`zlagan fikrlardan yiroq bo`lishga majbur", emishman.

 

Ana shundagina, men nima uchun shereklarim bilan til o`rganishga chaqirilmaganimni tushunib etdim. Men bilan "suhbat" o`tkazgan KGB xodimi(uning ismi Mo`minov edi, menimcha) Jo`ldosh bilan uchrashganini tan oldi. Bilmadim, balki u Jo`ldoshboy,а suhbatlarimizni yashirin yozib ham olgandir, kasetalarni KGBga topshirgandir. U tarixiy kasetalar, balki hozir ham KGB arxivida saqlanayotgandir.

 

Shuning uchun ham ular men "Birlik"ka kirganim hamon meni alohida nazarotga olishdilar va jiddiy kuzata boshladilar. Bu sovet davridan boshlangan ta'qib bo`lib, menga nisbatan qo`llanilgan birinchi tazyiq edi.

 

Ikkinchidan, menga nisbatan ish erida bir qator maТmuriy choralar, qo`llashdilar:

a) 1990 yili O`zbekiston Oliy Sovetiga deputatlikka nomzodim ko`rsatilishiga bag`ishlab o`tkaziladigan majlislar, ataylab mavjud qonunlarni paymol etish yo`li bilan buzildi. Hatto saylovchilarni majlisga keltirmaslik uchun tartibni saqlash davlat organi-militsiyadan noqonuniy foydalanishdi, ya'ni militsiya saylovchilarni mening nomzodim deputatlikka ko`rsatiladigan majlisdaа qatnashsalar, ularni javobgarlikka tortish choralari qo`llashlarini aytib, qo`rqitishdilar. Masalan, Urgut rayon Jumabozor qishlog`ida voqea aynan shunday bo`lgandi.

а

b) 1991 yili siyosiy qarashlarimga ko`ra meni kafedra mudurligi vazifasidan chetlashtirishib, ma'muriy chora qo`llashdi. 1993 yili esa, Universitet Rektori men bilan ish kontrakti tuzmadi. Bu bilan men, 1993 yil iyul oyidan e'tiboran avtomatik ishdan haydaldim, shu bilanа yashash, tirikchilik manbaidan mahrum bo`ldim. Bu esa, Sovet Davlatining (1991 avgustidan O`zbekiston davlatining) mavjud qonunlariga mutlaqo zid chora edi.

 

v) 1989-1993 yillari, ayniqsa, 1991-1993 yillarda mening har qanday harakatim ikki KGB xodimi tomonidan doimiy, uzluksiz kechayu-kunduz kuzatiladigan bo`lindi. 1993 yildan boshlab kechalari ham men yashaydigan uy atrofida engil mashinalarda KGB xodimlari qorovulda turadigan bo`lishdi. 1993 yil yanvar-may oylari davomida men hech qanday sud hukmisiz uy qamog`ida qoldim. Bu holning sababini o`sha zamonlarda Samarqand shahar va viloyat prokuraturasi menga aytishmadi, ayta olmadi, ammo ular (shahar militsiyasi va shahar prokuraturasi) meni uy va ish joyim-Universitetdan tashqari hech bir erga yurgizmay qo`yishdi. Hatto, bu besh oy ichida qarindoshlarimda ta'ziya bo`lgandi, shahar prokuraturasidan ijozat olmasdan, ta'ziyaga ham shahardan chiqish imkoni bo`lmadi. Oqibatda, qancha yugur-yugurlar, telefonlar yordamida shaxsan shahar prokurori mas'uliyati ostida Samarqand shahar, Temir yo`l rayon Militsiya bo`limi tashkil etgan maxsus militsiya mashinasida, yonimda bir militsioner formada o`tirgan holda, ta'ziyaga borib kelish mumkin bo`ldi.а

 

g) 1989-1993 yil davomida Samarqand shahar va viloyat Militsiya bo`limiga, shahar Temir yo`l rayon militsiya bo`limiga, shahar va viloyat prokuratura bo`limlariga, viloyat KGB bo`limi xodimlari va uning boshlig`i oldiga xilma-xil bahonalar bilan chaqirilib va so`roq qilinib turdim. Boshda, ular choqirsa bo`ldi, ularning huzuriga boraverardim. Bizning boshqa a'zolarimiz ham shunday qilishardilar.1991 yildan e'tiboran, biz ulardan bizni maxsus chaqiruv qog`ozi (povestka) bilan chaqirishlarini talab qila boshladik. Ular ham endi bizni maxsus chaqiruv qog`oziа ila chaqirishadigan bo`lishdi. O`shanday qog`ozlar (povestkalar), 1994 yilda Russiyada siyosiy qochoq ekanligimni isbot qilib, qochoqlik guvohnomasi olishimda menga yordam berdi.

 

Bu sanalganlar hukumat tomonidan menga ko`rsatilgan taqib va tazyiqlarning eng kattalari bo`lib, bundan tashqari juda ko`p, asabga teguvchi qator qiliqlar qilishganlarki, ularning barchasini sanayversanggiz, ular tugamaydi. O`sha asab buzor holatlardan yana birini, bu erda keltirib o`taman. Masalan, viloyat KGB bo`limi, viloyat va shahar prokuraturasi, viloyat Militsiya bo`limi tinmasdan so`roqlar qilishib, uyoqdan-buyoqqa sudrashib yurushsalarda, negadir, faqat shahar Temiryo`l rayon Militsiya bo`limi boshlig`i menga bir necha martalab, "Gazetada yozma shaklda siyosatdan chetlashdim, deb, e'lon eting, siz ham tinch bo`lasiz, biz ham tinch bo`lamiz", deb taklif qilardi. Rayon militsiya boshliq`i bunday takliflarini "yuqorining" ko`rsatmasi bilan amalga oshirayotgani aniq edi, albatta. Hozirlar balki, o`sha militsiya boshlig`ining "maslahati"ga quloq solsam ma'qul bo`larmidi, deb qolaman, ba'zan. Ammo bolalarim,а УYo`q, dada siz unday qila olmasdingizФ, deyishadi. Balki bolalarim haqdir.

 

Nihoyat 1993 yil oxirida O`zbekistondan chiqib ketish imkoni tug`ildi (bu imkoniyat ham hukumat tarafidan maxsus yaratilgandir) va tezda chiqib ketdim. Shundan buyon muhojirlikda yashamoqdaman. Ammo O`zbekistondan chiqish imkonining yaralishi ham bir uzun hikoya. Uni bu erda keltirmayman. Boshqa bir o`rni kelganda u haqda ham yozarman, inshoolloh.

 

8.1.12. Muhojirlikning menga oid tafsilotlari.

8.1.12.1. O`zbekistonni tark etish.

 

Taxminan 1993 yil may oylarida edi shekilli, O`zbekiston oliy o`quv yurtlaridaа ishlash uchun o`qituvchi-profeessorlarni kontrakt asosida qabul qilish joriy qilindi. Bu esa, aslida 1992 yili talabalar faolligi bitirilgandan so`ng, mamlakatning ziyoli qismiga qarshi qaratilgan kurashning navbatdagi noqonuniy tadbiri bo`lib, mamlakat progressiv ziyolilarini ham hukumatga to`la bo`ysuntirmoq maqsadida amalga oshirilgan bir chora edi. Mulk xususiy bo`lmagan yoki mulk xususiylashtirilmagan biror ish erida kontrakt sistemasi joriy etish iqtisodiy nuqtai nazardan ham, huquqiy jihatdan ham qonunbuzorlik, inson haq-huquqlarini qo`pol ravishda poymol qilishdan iborat bo`ladi. Ammo bizning ziyolilarimiz bu qonunbuzorlik, bezorilikni tushunmadilar. Xullas, Samarqand universitetida ish kontrakti tuzish kompaniyasi 1993 yil iyun oyida o`tkazildi. Universitet rektori men bilan ish kontrakti tuzmadi. Ammo o`sha zamon ish qonunlariga ko`ra men o`quv yili oxirigacha ishlash va yillik ta'til olish haqiga ega edim. Mening bu huquqimdan foydalanishimga to`sqin qilishmadilar. Ta'til vaqtida esa, ya'ni 1993 yilning iyul-avgust oylari davomida Universitet rektori professor Tolib Musaevich Mo`minov bilan yangi o`quv yilidan boshlab, ya'ni sentyabrdan e'tiboran meni O`zbekistondan tashqariga ilmiy safarga (komandirovkaga) yuborishini kelishish mumkin bo`ldi. T.M. Mo`minov bu erda "jasorat" ko`rsatdi, shekilli (yana ham bilmadim, vallahi aТlam). Chunki universitet ilmiy ishlar bo`yicha rektor o`rinbosori Isroil Ibragimovich Jumanov meni ilmiy safarga yuborishga qattiq qarshi bo`lishiga (ehtimol bu ham yuqorining ko`rsatmasidir) qaramasdan u menga safar hujjatlari rasmiylashtirishga buyruq bergandi. Har holda bu erda rektorning ham o`z hisobi bor edi. Birinchidan, unga hukumat tarafidan meni universitetdan chetlashtirish vazifasi qo`yilgandi, albatta. Boshqa tarafdan men ham universitet oldida gunohsiz, hatto uning obro`li o`qituvchilaridan biri qatorida turardim. Mening universitetdan "haydalishim" talabalar orasida qanday jonlanish keltirib chiqarishi ham hech kimga aniq emasdi. Lekin buni Universitet rahbariyati va viloyat hukumati hamisha hisobda tutishardi. Bunday bir vaziyatda zamonasining olimi, professor nomi bo`lgan bir ziyoli kishi uchun meni shunaqasiga hech bir asossiz ishdan haydab yuborish uncha oddiy ish emasdi. Shu sababdan T.M. Mo`minovga ham birorta murosa yo`li topmoq juda zarur edi. Bu ilmiy safar esa, o`sha yo`lning biri, balki eng qo`layi hisoblanardi. Chunki bu yo`lga men ham o`z xohishim bilan rozi bo`lmoqda edim. Rektor esa, meni Universitetdan, hatto O`bekistondan chiqarib yuborayotgan edi, axir. Shu bilan u "Yo`lyaxshiev problemasidan", hech bo`l maganda vaqtincha qutulmoqda edi.

 

Shunday qilib, men 1993-1994 o`quv yilidan boshlab Samarqand universitetida (O`zbekistonda) bir soat ham ishlamadim. O`quv yilining boshida ilmiy safarga hujjatlar to`g`lash bilan band bo`lib, bir-ikki oy vaqt Samarqandda yurgan bo`lsam-da, biror marta dars o`tmadim. Hujjatlarni rasmiylashtirgan hamon Vatanni tark etdim. Bu ketishim, hijrat ekanligini, O`zbekistonda Karimov rejimi bitmasa, endi Vatanga qaytmasligimni faqat bir kishiga bildirdim, xolos. U, katta qizimning xo`jasi, kuyovim Muhsin Xayitovich Abdualimov edi. Musinga tashakkurlar bo`lsin. Mening bu sirimni, menga zarur bo`lgan muddat ichida Musin o`z xonimi, mening qizim, farzandim bilan ham sheriklashmadi.

 

8.1.12.2. 1993 yil so`nggi va 1994 yil birinchi yarimida Ukrainada kechergan hayotim haqida.ааааааааааааааааааааааааа

1993 yil dekabr oyida Kiev shahriga, Ukraina Fanlar Akademiyasi (Uk FA) Mexanika Institutiga ilmiy safarga keldim. Bu shaharda 1994 yil iyungacha qoldim. Bu erda Samarqand Universiteti tomonidan belgilangan ish rejamni to`la bajardim, ya'ni fiziko-matematika fanlari doktori ilmiy darajasi olish uchun dissertasiya yozib tugatdim. Uk. FA Mexanika Instituti Katta Ilmiy Kengashida doklod qilib, uni himoyaga topshiradigan bo`ldim. O`zbekistondan, ya'ni Samarqand universitetidan lozim bo`lgan bir necha rasmiy hujjatlar (ish eridan xarateristika, fakultet va kafedradan bir-ikkita arzimas qog`ozlar va h.k.) berilmagani uchun formal himoya o`tkazil may qoldirildi.

 

Ukrainada, Ukraina Fanlar Akademiyasi yotxonasida, Kiev shahri Dobroxotova ko`chasida olti oy to`la rasmiy yashadim. Hatto olti oyga yotoqxonaga meni vaqtincha propiska qilishdi.

 

O`tgan bu besh-olti oy davomida ilmiy tekshirish ishlaridan tashqari bitta siyosiy maqola ham yozdim.U "O`zbekiston nimaga suyanmog`i lozim", degan mavzuda bo`lib, mafkuraga (ideologiyaga) bag`ishlangandi. Bu maqolani keyinchalik, to`g`risi 1999 yili Norvegiyada yurgan zamon boshqa bir qator maqolalar bilan birlashtirib ФO`zbekiston nimaga seyanadiФ nomi bilan kitobcha shaklida internetda eТlon qildim.

 

Kievda olti oydan ziyodroq vaqt qolar ekanman, u erdan Turkiyaga ketmoqchi bo`lib, bir qancha marta urinib ko`rdim. Ammo chet elga chiqadigan pasportim bo`lmaganligi sababli, uning uddasidan chiqa olmadim. Aldanib qolishdan qo`rqib, pasport olishda norasmiy yo`llardan foydalanmadim.

 

1994 yil iyun oyi ham tugab, ish ta'tillari ham boshlanib qoldi. Ammo mening ilmiy safarim muddadi avgustda bitmog`i lozim edi. Shuning uchun endi men avgustgacha bekor qolayotgandim. Nihoyat, Moskvadagi "BIRLIK"chilar (bu zamon, Yodgar Obid, Madamin Narziqulov, Hazratqul Xudoyberdi va Mahmud Inaqovlar Moskvaga kelib olishgandi) Turkiyaga ketishga yordam berishni va'da qilishib, meni Moskvaga chaqirib qolishdi. Shu chaqiriq sabab, Alloh oq yo`l bersin, deb Kievdan Moskvaga qaytdim.

 

8.1.12.3. Moskvadagi boshlang`ich uch oy haqida.

Men, aslida shaxsan Yodgor Obidning taklifi bilan 1994 yil 26 iyunda Kievdan Moskvaga keldim. Uning tasdiqlashicha, bu taklifga, o`sha zamonlarda Moskvada o`tirgan Madamin Narziqulov, Istanbulda Ab.Po`latov ham rozi bo`lishganlar. Ammo biroz so`ng ma'lum bo`ldiki, M. Narziqulov menga nisbatan butunlay boshqa rejalarni ko`zda tutgan ekan.

 

Men Kievdan Moskvaga kelganimda, Yo. Obidning Moskvadagi ijora uyida Yo. Obid va M. Narziqulovlar meni kutib olishdi. Ular, men hali o`tirib ulgurmasimdan mening darhol Grozniyga (Checheniston Paytaxti, hali u erda urush boshlanmagandi) ketishim va u erda menga yordam berishlari lozimligini, pasport va biletlar, hammasi hozir bo`lajagini, barcha zaruriy yordam etajaklarini aytishdi. "Grozniyda Yusuf ismli yigitimiz bor, u sizga barcha yordamni tashkil etadi", deyishdi. Men o`sha zamonlar Yusuf kim, u qaerdan paydo bo`lgan, bilmasdim. Ayni zamonda bu mening ikki "do`stimdan" uning kimligini chuqur shurushtirib ham o`tirmadim. Yusuf, deganlari, Ro`zimuradov Yusuf, "Erk" partiyasi a'zosi hisoblanib, shubhali bir zotligi menga bir muncha vaqt so`ng ma'lum bo`ldi. Shunday qilib, men ertasi kuniyoq, ya'ni 27 iyunda Grozniyga 29-da jo`naydigan bilet oldim. Biletxonadan to`g`ri Narziqulov oldiga bordim va unga biletni ko`rsatdim. U odam esa, Grozniyga jo`nash kuniga alohida e'tibor qilib, "bugun yo ertagayoq olmabsizda", dedi. "Sizlar bilan biroz diydorlashaylik, dedimda"- dedim chin ko`nguldan men, mutlaqo uning maqsadiga e'tibor bermay. Keyinroq ma'lum bo`ldiki, bu e'tiroz ham "kosa, kosa tagida nimkosa", qabilida bildirilgan ekan. Shu kuni kechasi, Muyunxendan Anvar Usmonov Yo. Obidning uyiga telefon qilib, mening Istanbulga kelishim hozircha maqsadga muvofiq emas, chunki I. Karimov Turkiyaga kelib ketgandan so`ng, bu erda ahvol bir muncha o`zgardi. Shuning uchun, "Rais", ya'ni Ab. Po`latov Yo`lyaxshievning, Istanbulga kelishini qoldirish va barcha hujjatlarni Shvetsiyaga ketishga hozirlash kerak, demoqda", deb xabar qildi. Bu xabardan so`ng, biz Yo. Obid ikkimiz, darhol ertagayoq, ya'ni 28 iyun kuniyoq biletni qayta topshirishga qaror qildik.

 

Ertalab (1994 yil 28 iyun), men bilet topshirishga, Yo. Obid o`z ishi bilan shaharga chiqib ketdik. Biletimni topshirib, Markaziy Osiyo inson huqiuqlarini himoya etish guruhi ish eri, Moskva shahar, Volgagradskiy ko`chasiga, M. Narziqulov o`tiradigan ishxonaga bordim. U erda M. Narziqulov (rahmatli) bir o`zi o`tirgan ekan. Men voqeani u kishiga so`zladim. Chinki o`sha zamonlar men uni ko`nguldan, safdosh, partiyadosh, g`oyadosh do`stа hisoblardim. Shuning uchun unga voqeani to`la ochiq so`zlashga harakat qildim. Haqiqatdan ham u odamga (umuman "BIRLIK"chilarning hammasiga) munosabatim har doim shunaqa do`stona edi. U zamonlar ularning hech biriga biror xil shubha bilan boqmasdim. Hatto biror xil gumon xayolimga kelishi mumkin emasdi. Menda "BIRLIK"chiga alohida hurmat, e'tibor bor edi. Men so`zlarimni tugatar-tugatmas M .Narziqulov o`zidan, ya'ni xushidan ketib qolayozdi.а Besh-o`n daqiqa nima deyarini bilmay, xushsiz, baqrayib o`tirgandan so`ng, xayoli biroz joyiga keli-da, o`zini o`nglab "o`zinggiz nima deysiz, o`zinggiz qanday qaraysiz, by masalaga", deya oldi. Men uning ahvolini, nima uchun bunday holga tushish sababini durustroq anglay olmasamda, darhol unga yarim hazil, yarim chin "partiya nima desa, shuni qilamizda", dedim. U esa, "Nega, ixtiyor o`zinggizda-da, siz nima desangguiz shu bo`ladi-da", deb qo`shimcha qildi. "Ko`ramizda", dedim-u, qo`ydim, men. Undan so`ng kimdir keldimi, nimadir bo`lib, dialogimiz to`xtab qoldi. Ancha vaqt bu masalaga qaytmadik. Rais aytgan vazifalarni bajarishga kirishdik. Har holda men shunday, deb o`ylay boshladim. Ammo Grozniyga borish biletini topshirib kelib, "men Turkiyaga emas, Shvetsiyaga ketishim kerak, ekan", deb so`zlaganimda M. Narziqulovning xushi uchib, sarosimaga tushib qolgan holatni hech ko`z oldimdan ketgaza olmasdim. Kallamda doim "nega shunday bo`ldi, nima uchun u odam bunday xushini yo`qotib qo`ydi", degan savol, kezaverardi. Ba'zan o`zimcha xulosa qilib, "ha, demak bu Shvetsiyasi juda ham go`zal va boy bir mamlakat ekanda. "Bu odamning (Narziqulovning) baxilligi bor ekan, u baxillik qilayapti. Mening Shvetsiya singari go`zal va boy mamlakatga ketishimni ko`rolmayaptida", deb qo`yardim o`zim, o`zimga. Bu voqeadan so`ng uning, "biletni 27 yoki 28-ga olmabsizda", degan e'tirozi ham tez-tez xayolimga tushadigan bo`lib qoldi.

 

Endi men Shvetsiyaga ketmog`im, ya'ni u mamlakatdan boshpona olmog`im uchun harakat qilishim kerak bo`ldi. Buning uchun esa, tartib bo`yicha BMT "Qochoqlar bilan ishlash Boshqarmasi Oliy komissariyati"ning Russiya bo`limiga murojaat qilmog`im lozim deyishdi. BMTning qoidasi bo`yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga (MDH) kiruvchi davlatlardan kelgan qochoqlar eng avval Russiya qochoqlar bilan ishlash komitetiga (Migratsionnaya slujba-Migratsion xizmat) bosh urmoqlari zarur ekan. Agar Russiya MDH-dan kelgan u yoki bu qochoqni qabul etmagan holda, u qochoq bilan BMT komissariyati shug`ullanar ekan. Shunday qilib, mening oldimda Russiya qochoqlar bilan ishlash komitetiga murojaat qlish masalasi paydo bo`ldi. Demak, men birinchi navbatda Russiya Migratsion xizmat komitetiga bosh urushim va u erdan Russiya qochoq sifatida meni qabul qilishi yoki qabul qila olmasligi haqida qaror olishim kerak bo`ldi. Bunday qaror esa, M. Narziqulovning papkasida tayyor turibdi. Chunki ular, Moskvada uralashib yurgan to`rt-beshtasi umumiy ro`yxat bilan Russiya Migratsion xizmatiga murojaat qilishgan va ularni, ya'ni O`zbekistondan kelgan "qochoqlar" ni Russiya qabul qilmaydi, deyilgan qarorni, Russiya tarafidan salbiy javobni olishgan. Menga o`sha tayyor qarordan bittaа kserio nusxa bo`lsa bas, ish bitadi. Shu kserio nusxa bilan BMT Komissariyatiga boraman, ular mening masalam bilan shug`ullana boshlashadilar. O`sha zamonlar Shvetsiya MDH davlatlaridan kelgan (jumladan O`zbekistondan ham) qo choqlarni bir muncha yaxshiа qabul etmoqda edi. Shu kompaniyaga meni ham qo`shib yubo rishlari mumkin edi. Shu bilan bo`ldiydi, tamom, masala hal bo`lardi, qo`yardi. Yo`q, bu ishа unday jo`n bitmadi. Chunki ishning bunday jo`n bitishini M. Narziqulov istamadi. Papkada turgan tayyor qarordan bir nusxa (kserikisda yarim daqiqalik ish) ko`chirma olish mumkin bo`lmadi. M .Narziqulov shunday ko`zini luqqa yoshga to`ldirib, unday qaror yo`q, Russiya Migratsion xizmatidan uni olgan edig-u, ammo hozir yo`q, yo`qolib qolibdi, deb turib oldi. Natijada, ishni boshidan boshlashga to`g`ri keldi. Ya'ni buning uchun avval Russiya Prezidenti qoshidagi "Inson huquqlarini himoya etish komitetiga" xat yozib, xat ularning rezolyutsiyasi bilan "Migratsion xizmat komiteti"ga o`tkazilmog`i lozim. Ana shundan so`nggina komitetda qaror qabul qilinadi. Bu ish ham bajariladigan masala, albatta. Lekin bu orada bo` ladigan byurokratik mash-mashalar qanchalar vaqtni oladi va asabni eydi. Bilmadim, nima uchun M. Narziqulov men uchun ana shunaqa, ko`p vaqt talab, asab buzuvchi uzoq yo`lni tanladi. Chamamda, uning hisobicha nima bo`lsa bo`lsin, ish qilib meni yo`ldan urushi, meni Shvetsiyaga ketishdan voz kechtirishi juda zaruriy ishlardan biri edi. Buning uchun esa, vaqt lozim. Ammo menga bu mutlaqo tushunarli emasdi, chunki menda Vatandan tashqari hech bir erga ketish istagi yo`q edi. Men, O`z bekistonning ichida, juda bo`lmaganda Russiya yoki Turkiyada turib siyosiy kurash olib borish tarafdori edim va bu uchun qo`limdan nima kelsa, uni bajarishga hara kat qildim. Mening fikrimcha, Vatan uchun, O`zbekiston uchun zarur bo`lgan samarali siyosiy harakat O`zbekistonninng ichida, hech bo`lmasa unga yaqin o`lkalarda unumli bo`lishi mumkin edi. Men bu fikrda hamon muqimdirman. Chunki bu fikrga hech qanday alternativa yo`qdir. Shunga qaramasdan, hozircha olidimizda masala (problema) chiqdi, uini hal etmog`i miz va iloji boricha uni tezroq bir yoqli etishimiz zarur edi. Lekin M. Narziqulovga esa, butunlay boshqa masala, boshqa problema ahamiyatli edi. U kishi butunlay o`zgacha planni, o`zgacha maqsadni amalga oshirmoqchi edilar, shekilli. Balki u, rahmatli I. Karimov yuvundixo`rlarining (O`zbekis ton xavfsizlik komiteti) ko`rsatmasiga amal qilayotgandi. O`sha 1994 yil iyul oyidagi mening Shvetsiyaga ketish hujjatlarimni tayyorlash jarayonidagi M. Narziqu lovning menga bog`li problemasi, uning maqsadi nima edi, ular barchasi eng avval uning o`ziga ma'lum, albatta. Men faqat mulohazalar qiliaman, shubha va ehtimol larni, taxminlarni so`zlay olaman, xolos. Uni, er yashirdi, bu Allohning ishi. Uning mening shaxsimga oid problemalari va maqsadlarining bir qismi o`zi bilan ko`milib ketdi. Boshqa qismi esa (shubhalarim noo`rin bo`lsa Alloh meni kechirsin), O`zbekiston xavfsizlik boshqarmasida saqlanayotgan bo`lsa ajab emas. Bu dunyoda qolgan ma'lumotlar, oqibat jamiyatga oshkor bo`ladi, inshoolloh.

 

Shunday qilib, 28.06.94-da boshlangan va yarim daqiqada bitajakа ish, naqt bir oy cho`zildi, ammo mutlaqo hech narsa qilib bo`lmadi. Bu o`tgan bir oy davomida har ikki-uch kunda M. Narziqulovdan, "Madamin aka (unga "aka", deb murojaat qilardim) ishlar nima bo`ldi ", deb so`rab qo`yardim. Mening "Madamin akam", hali u bo`ldi, hali bu bo`ldi, unga telefon qildim, safarga ketibdi, bunga qo`ng`iroq qildim dam olishda ekan deb meni ovutib qo`yaverardi. Iyulning 25-laridan o`tgandan so`ng mening so`roqlarimda biroz asabiylik paydo bo`la boshladi. Chunki endi men M. Narziqulovning nayranggini jindak anglab, uning niyatini sezaboshladim. U ham mendagi bu o`zgarishni tushunib, menga Russiya Prezidenti qoshidagi "Inson huquqlarini himoya etish komissiyasi" raisi o`rinbosari Arutyunovning ish eri telefoni ni berishga majbur bo`ldi. Men darhol Arutyunovga telefon qildim. Butun problemalar bir marta telefon qilish bilan hal bo`di, qo`ydi. Birinchidan, Arutyutinov, darhol o`zining uy, ish, hatto dala havlisi telefonini ham menga berdi, xodimlarining biri bilan telefonda tanishtirdi. Bungacha, bir oydan ko`p vaqt o`tib ketdi, ammo bu Narzi qulov, deganlaridan hech kimning, hatto hammaga ochiq telefonlarni ham olib bo`lmadi. Bundan oldin ham bir-ikki dafa, "Madamin, aka balki kerakli odamlarga men o`zim telefon qilarman", desam, hech bir telefonga yaqinlashtirmasdi. Men esa, bir tomondan, o`z boshimchalik qilmayin, bu odam shu erda o`tiribdi, u yoki bu zarur odamlarni taniydi, har holda uning bu erdaа o`tirishi "BIRLIK" nomidan, deb tushunib, uning o`zidan natija kutardim. U esa, ishlarni paysalga solgandan, paysalga solardi. Mana Arutyunov birdaniga qator telefonlarni berib tashladi. Uning hech bir xavfi yo`q ekan, bu telefonlar menda bo`lsa ham bo`larkan, shu bilan olamga o`t tushmas ekan yoki uchinchi jahon urushi ham boshlanib ketmaskan. Shu ishni iyulning boshida, oyning birinchi haftasida, ikkinchi haftasida qilish mumkin emasmidi? Ha, niyat to`g`ri bo`lganda, mumkin edi. Ammo buni Narziqulov istamasdi. Chunki bu odamda niyat buzuq, maqsad boshqa edi. Endi esa, hech bo`lmasa Arutyunov ning ish telefonini berishdanа boshqa iloj qolmagandi. Chunki endi, ish ataylab paysalga solinayotgani, bu erda qandaydir noxolis maqsad borligi bilinib qoladigan bo`ldi. Shundan so`nggina faqat bir kishining telefoni, u ham bo`lsa ish telefon berildi. Russiya Prezidenti qoshidagi "Inson huquqlarini himoya etish komissiyasi" butun dunyoga ochiq bir tashkilot. Bu tashkilotdan bitta telefon nomerini aytish bir "tog`ga" tonnel qazish emas, axir. Undan tashqari, Russiyadagi ikir-chikirlardan bexabar menday bir odamning biror ishning uddasidan chiqqanimga qadar qancha suv oqadi. Bu orada yana bir gap bo`lar, deb, fikrlagan Narziqulov menga Arutyunovning faqat ish telefonini "marhamat", qildi, xolos. Ammo ana shu umumga ma'lum telefon mening qo`limga tushishi hamon, Allohga shukrki, ishim yurishib ketdi. M. Narziqulov esa, aynan ana shuni istamagandi. Nima qilsin, bechora, qancha tirishmasin vaziyatga qarshi turib bo`lmadi. Pardani jindak ochishga majbur bo`ldi. Menga ana shuning o`zi etarli edi. Endi esa, hatto matnini M. Narziqulov tayyorlashi lozim bo`lgan xat ham Arutyunov xodimlari tarafidan yoziladigan bo`ldi. Bizga faqat uni Arutyunov kabinetidan borib olish va "Migratsion xizmat" idorasiga shaxsan topshirish qoldi. Ammo ular xatni o`zlari pochta orqali ham yuborishlari mumkin edi, albatta. U holda vaqtdan ancha yut qazish bo`lardi. Shuning uchun o`sha xatni o`zim "Migratsion xizmat" idorasiga olib borishimni Arutyunovning xodimlariga telefonda aytdim. Ammo bu orada ikki dam olish kuni bor edi. Bu dam olishlar tugagancha men biroz xastalanib qoldim. 1978 yildan buyon meni oshqozon yarasi xastaligi vaqt-vaqt, ayniqsa bahor va kuz oylari bezovta qilardi. Og`riq boshlangan zamonda juda rohatsiz bo`lardim. Bu safar ham shunday bo`ldi. Uyda, uch kun o`zimni, o`zim davolashga harakat qilib ko`rdim, ammo bo`lmadi. Nihoyat, "Tibbiy tez yordam" xizmati orqali kasalxonaga ketishga to`g`ri keldi. 31 iyuldan to 22 avgustga qadar kasalxonada yotib davolanishga majbur bo`ldim. Shu sabab, bu zamon ichida hujjatlar bilan shug`llana olmadim.

 

Qarang, endi ana shu, men kasalxonada qolgan vaqt, qarayib bir oyа ichida mening "partiyadosh", "g`oyadosh" og`aynilarim boyagi Arutyunov idorasidan xatni olib, "Migratsion xizmati" idorasiga berishga vaqt topa olishmadilar. Hatto Arutyunovga telefonda mening kasalxonaga tushib qolganimni bildirishib, menga tegishli xatni pochta orqali "Migratsion xizmati"ga jo`natib qo`yishlarini so`rashsalar etardi. Uni ham qilishmadi. Nima uchun bunday bo`ldi? Menga bunday munosabatning sababi nimada yoki kimda? Yana bir holatga nazar soling, men kasalxonaga tushganimga qadar Yo.Obid bilan birga uning ijora uyida turayotgan edim. Hozir esa, men hali kasalxonada ekanligimda u boshqa erga ko`chib ketdi. Adres qoldirmadi, mening narsalarim, kitoblarim, kiyim-kechaklarimni birovning uyida shunday ochilgan, sochilgan holda qolidirib ketdi. Bunisi, endi, siyosiy hamkorlar orasidagi munosabat tugul, hatto oddiy insoniy munosabatning ham o`ta pastligidan darak. Kasalxonadan chiqqanimdan so`ng Yo. Obidni topib bo`lmadi. Oqibatda, uning eski ijora uyidan narsalarimni olish uchun ham men qanchalar sarson bo`ldim. Bu erda butun qusur, M. Narziqulovda edi, deb bilaman. Nima gap chiqqan bo`lsa, undan chiqqan. Kishilar orasiga g`ulg`ula solish, ularning inoqligini buzish "ustalaridan" edi, u bechora. Chunki Yo. Obid, yaxshigina shoir bo`lishiga qaramay, bir kayfiy va butunlay kufrga botib, izchil fikrga ega bo`lmagan kishi bo`lib qolgandi. Ammo, u hali (1995-dan boshlab Yo.Obid ham Narziqulovdan chetlashdi) unga biroz quloq osardi. Yo. Obid va Narziqulov o`zaro yaqinligida ham bir xunuk sabab bor edi. U sabab shunchalr xunuk pastkashlikdan iborat ediki, uni so`zlashga til ham bormaydi. Umuman, bu erda masalaning bir tomonini tushunish uncha murakkab emas. Ya'ni, M. Narziqulov ochiqchasiga mening Shvetsiyaga ketishimga qarshi va u mening hujjatlarim to`g`ri bo`lmasligi uchun qo`lidan nima kelsa o`shani qilishga harakat etmoqda. Lekin u vaqtlar men, Yo.Obidni mutlaqo tushuna olmasdim. Ammo keyinroq bu munosabatning sabablari bir muncha aydinlashdi. Ular haqida Yo. Obid va M. Narziqulovga* bag`ishlangan maxsus maqolada to`laroq yozaman.а Yana savol, savollar, nega, axir? Shu onga qadar, ya'ni men kasalxonaga tushganimga qadar, biz do`st edik, partiyadosh, g`oyadosh edik-ku! Bundan atigi ikki oy maqaddam meni Kievdan ular Moskvaga taklif etishgandilar-ku? Bordi-yu, masala mening Shvetsiyaga ketishimda bo`lib, bu ketishning umumiy ishimizga zarar keltiradigan biror eri bo`lsa, nega u haqda ochiq so`zlamaydilar? Aksincha, faqat zimdan, josuslar singari ish tutadilar, menga tegishli ishni nuqul buzishga urinadilar. Aslida, ko`proq Narziqulov shunday qilardi. Yo. Obid esa, men kasalxonadan chiqqanimdan so`ng nuqul mendan uzoqda bo`lishga intiladigan bo`lib qoldi. Bilmadim, nima bo`ldi, nima uchun bunday bo`lib qoldi? Mening Shvetsiyaga ketishimmi yoki boshqa biror yana jiddiyroq sabab ham bormi, bu erda? Nega bu Narziqulov men bilan besh-o`n minut ochiqchasiga maslahatlashishga, suhbatlashishga vaqt topmaydi? Nega bir kunda, uzog`i bilan bir haftada bitadigan ishni uch oyda ham bitirmaslikka harakat qiladi? Darhaqiqat, kasalxonadan chiqqanimdan so`ngra Russiya Prezidenti qoshidagi "Komissiya"ga va "Migratsion xizmati"ga bog`li ishlarni deyarli o`n kun ichida bitirdim. Russiya "Migratsion xizmati komiteti"dan olingan guvohnomada 31.10.94 y. berildi, degan muhr turibdi. 22.08.94-da kasalxonadan chiqdim, oktyabrning so`nggida hujjatni qo`limga olidim. Ammo men u hujjatni sentyabrdayoq olardim. Uni olishni men o`zim paysalga soldim. Biroz vaqt ikkilanib yurdim. Vatanga qaytsammikan, degan fikrdan ham to`la qutula olganimcha yo`q edi. Shuning uchun Moskvada yashab turgan erimdan ma'lumotnomani(spravkani) "Migratsion xizmati komiteti"ga topshirmay birmuncha vaqt o`tkazdim.

 

Ko`rinayaptiki, masalani faqat Narziqulovning baxilligi, yaТni mening Shvetsiyaga ketishimni ko`ra olmasligi bilan tushuntirish etarli emas. Bu erda undan chuqurroq boshqa bir masala borga o`xshaydi. Aytganimdek, ular barchasi raxmatli Narziqulov vijdoniga havola. Ammo Narziqulovning butun harakatlarida meni O`zbekiston ga qaytishga majbur etish belgilari sezilib turardi. Chunki u Moskvada ikkita "BIRLIK"chi birga bo`lishini hech xohlamasdi. Bir-ikkita "BIRLIK"-chiman, deb yurganlarni ham jiqqa musht qilib, urishdirib qo`ygandi. Hazratqulni ham o`z oldiga kelmaydigan qilib qo`ygandi. Ish qilib, u shunday qilardiki, Moskvada hech qana qa guruh yo`q, hech kim bu erda siyosat bilan shug`ullanmaydi, degan ko`rinish yasashga harakat qilardi. Hatto "Rais, O`zbekistonda yangi "Gorbachev" zamoni kel gunga qadar siyosat bilan shug`ullanmaslikni, buyurgan", deb takror-takror so`zlashdan tinmasdi. Uning maqsadi, balki vazifasi na faqat Moskvada, umuman dunyo ning hech bir nuqtasida "Birlik"chilar guruhi vujudga kelishiga xalaqit berish edi. U aslida mening Turkiyaga ketishimga ham hech qachon ichidan rozi bo`lmagan. Narziqulovning asl niyati, meni Grozniyga yuborib, Turkiyaga jo`natish emas, aksincha boshqa bir sotqin yardamida O`zbekistonga qaytarish va Karimov jallodlari qo`liga topshirishdan iborat bo`lgan. Men bu so`zlarni biroz ilgarilab ketib so`zladim. Chunki 1996 yili aniq bo`ldiki, Grozniyda menga Turkiyaga ketish uchun yordam beruvchi, Yusuf Ro`zimuradov josus bo`lib chiqdi. U M. Solihni doimiy kuzatish uchun uning yoniga yuborilgan edi. Narziqulov meni Turkiyaga yuborish bahonasi bilan o`sha josus yoniga yuborayotgan edi. Shuning uchun men 29-iyunga olgan bilet, uning mo`ljalidan ikki kungina farq qilsada unga juda uzoq ko`rinayot gan edi. Chunki men iloji boricha tezroq maxsus josus qo`liga topshirilishim zarur edi-da, axir. Ammo bu Anvar Usmon, qay go`rdandir chiqib, mening Grozniyga ketishimga halaqit berib tursa bo`ladimi?! Mana, endi Narziqulov qiliqlari biroz aydilashayapti. Narziqulovni sarosimaga solgan voqea, mening "Shvetsiyaga, kurortga ketishim" emas, balki uning plani, to`g`rog`i uning xo`jayinlarining plani buzilishida bo`layapti. Qarang, men o`z oyog`im bilan yugurib-elib, o`z qo`lim bilan Shvetsiyaga ketmaydigan hujjat oldim. Ammo u Narziqulovni shodlantirmadi, axir. Bu uni battar tashvishga solib qo`ydi. Nima uchun, nega bu odamni mening Rusiya da qolishim ham jiddiy tashvishlantirmoqda? Ha, hamma gap aytganimday, O`zbekistondan tashqariga muhojir chiqarmaslikda-da. Men esa, endi Russiyada hatto hujjatli muhojir bo`lib qoldim. Bu hol uchun mening "Madamin akam" O`zbekistondagi "og`a"laridan hech bo`lmaganda shapaloq olishi aniq. Men Russiyada qochoqlik hujjati olishimda esa, Alloh buyurgan bir tasodif yordam berdi. Bu mening muhojirlik hayotimda bo`lgan muhim voqealardan, deb hisoblayman. Shuning uchunа uning qisqacha tafsilotini bu erda keltiraman.

 

8.1.12.4. Russiyada qochoqlik guvohnomasi olishimda sababchi bo`lgan tasodif.

Shunday qilib, 1994 yil 22 avgustda kasalxonadan chiqganimdan darhol Shvetsiyaga ketish hujjatlari masalasi bilan bevosita shug`ullanaboshladim. Men tez orada Moskva shahar "Migratsion xizmati" boshlig`i Smedovich tomonidan qabul bol`dim. U erda ma'lum bo`ldiki, Arutyunov va Alekseeva (Moskvada joylashgan Xalq aro inson huquqlarini himoya etish tashkiloti a'zosi, sovet zamoni taniqli inson huquqlari himoyachilaridan biri) unga men haqimda telefon qilishgan ekanlar. Smedovich hodimlaridan birini chaqirib, unga men bilan shug`ullanishni topshirdi. Xodim mening qo`limdagi bor hujjatlarni olib, "Moskvada yashayotgan erdan ham bir spravka (ma'lumotnoma) keltiring, undan so`ng, sizning masalanggizni qaraymiz", deb ko`rsatma berdi. Men uning huzuridan ketar ekanman, "Ma'lumotnomani keltirishni qanchalik tezlatsanggiz, ishinggiz shunchalik tezlashadi", deb qo`shimcha qildi, u xodim. Bu uchrashuvda yana bir narsa ma'lum bo`ldiki, Moskva, umuman Russiya O`zbekistondan qochoq qabul etmas ekan. Demak, "Migratsion xizmati komiteti" men haqimda ham Russiya qabul qila olmaydi, shaklida qaror chiqaradi. Chunki qoidaga ko`ra boshqacha holning o`zi yo`q. Bordi-yu, Russiya meni qabul qilishni rad etgan qaror tayyor bo`ldi zamon, BMT meni birorta O`zbekistondan uzoq mamlakatga, balki "Madamin akamni" yig`latib, Shvetsiyaga erlashtirishi mumkin. Demak, mening biror mamlakatga siyosiy muhojir bo`lishim hal bo`lgan masala edi. Faqat bu holni, yaТni Russiyadan boshqa biror joyga ketishni men hali istamasdim. Ana shuning uchun ham "ma'lumotnoma" keltirishni ancha vaqt atay paysalga solib yurdim. Bu paysalga solishda ham ikkita sabab bor edi. Ammo ular juda tez hal bo`ladigan ishlardi. Birinchidan, men ijorada turayotgan uy bekasi JEK(Uylarga komunal xizmat ko`rsatish komiteti)ga, uyida ijorachi borligini bildirishni uncha istamayotgan edi. Ikkinchidan, bu ishni JEKning o`zida biroz pora bilan hech kimga zararsiz bajarsa ham bo`lardi. Uning uchun esa, men o`zim aniq va keskin qarorga kelishim lozim edi. Chunki biroz pul harajat qilib, spravka olinsa, "Migratsion xizmati komiteti", meni Russiyada qoldirmasa, men ketishni istamasam, faqat pul bekorga suvga oqiziladi. Uninng ustiga pulning o`zi ham yo`q. Uni ham qarz olish kerak bo`ladi, hali. Ammo meni Russiyada qodirishlari aniq bo`lsa, "Madamin akamni shod" qilib, pora bilan bo`lsa ham spravka olish niyatim bor. Hazratqul Xudoy berdi ham mening bu fukrim tarafdori edi. Darvoqe, bu vaqtlar, Hazratqul Xudoyberdi hali Moskvada yashardi. Uning Shvetsiyaga ketishi uchun butun hujjatlar tayyor bo`lgan, ammo Hazratqulning ham uzoqqa ketgisi yo`q. Shuning uchun jo`najga uncha ham shoshilmay turibdi. Chunki Hazratqul ham muxolifat kurashini bu erda, ya'ni Moskvada yaxshiroq uyushtirish mumkin, deb hisoblaydi. Lekin yashashga hech narsamiz yo`q. Hazratqul, Shvetsiyaning Moskvadagi Elchixonasida qurulishda ishlab turgandi, u ish ham tugab qoldi. Ikkimiz ham ishsiz, faqat u-bu yordamlar bilan kun o`tkazib turibmiz. Hazratqulning oilasi ham Moskvada, ular besh kishi (uch bola, er-xotin). Hali sentyabr, bu vaqtlar "ERK"chilarni, ularning gazeta chiqarayotganini, "FORUM" va "ERK" gazetalarini nashr etishni tiklaganlarini bilmaymiz. Bu xabar hali so`ng, noyabrning oxirida bizga ma'lum bo`ladi. Shuning uchun hozir, shu kunlarda hech bo`lmasa ikki-uch oyga birorta ishning yo`lini qilish haqida o`ylay boshladik. Bir jamiyat ham tuzmoqchi bo`ldik. Uning nomini "O`zbekiston" yoki "Turkiston" atamoqchi bo`ldik, tashkilotning nizomini va boshqa uni rasmiylashtirishga zarur bo`lgan bir qator hujjatlar to`g`riladik. Nizomni men yozdim va mashinkada ko`chirdim. Uning taqdiri haqida ham "Yo. Obid va M. Narziqu lov"ga bag`ishlangan maqolada ma'lumotlar keltiriladi.

 

Xullas, Hazratqul ikkimiz bir e'lon matni yozdik. U e'lon bo`yicha biz universal mutaxassislar edik. Unda, "Uy tozalash, ovqat pishirish, pol va potolok ta'miri, vodaprovod va kanalizatsiya ta'miri, uylarda devorlarga gulli qog`oz yopishtirish kabi ish va xizmatni bajaramiz. Undan tashqari tushki va kechki ovqatlarni uylarga keltirib beramiz", deb yozgandik. E'lon matnini men bir erda yozuv mashinkasida ko`paytirib keldim. Ularni ko`chalarga yopishtira boshladik. E'londa bizning shirkatimiz adresi etib, men yashayotgan uy manzeli ko`rsatilgan edi. Uy bekasi yaxshi odam edi, bizning bu "biznesimiz"ga monelik bildirmadi. Ammo oldindan aytib qo`yayki, bu e'longa biror ishongan kimsa topilmadi. Chunki biror kishi biz ko`rsatgan telefonga qo`ng`iroq qilishmadi. Lekin bu e'lonning shaxsan menga katta yordami bo`ldi.

 

Kunlardan bir kun, Moskva shahar "Migratsion xizmati" idorasiga navbatdagi kelishimda, idora eshigi oldiga o`sha e'lonimizni yopishtirayotgan edim. Idora rahbari Smidovich meni ko`rib qoldi, u ishga kelayotgan ekan. U mening oldimda to`xtab, mening mashg`ulotim bilan qiziqdi. Smidovich yosh kishi edi, uning yoshi taxminan meining o`g`lim qatori edi. Uning otasi yoshidagi bir kishi, professor odam shunaqa tashvishga tushib qolganiga rahmi keldi, ichi achidi. Shuning uchun bo`lsa kerak, u bizning e'lonimizdan, bir nomer yirtib oldi. Har holda u bizga telefon qilish uchun emas, e'lonni ko`rgan boshqa kishilarni qiziqtirish uchun qildi bu ishni, albatta. Shu bilan birga u menga "hozir mening oldimga kiring", dedi. Men e'lonlarimni yopishtirib bo`lib, uning qabuliga kirdim. U yana boyagi xodimini chaqirib, mening ishim haqida so`radi. Xodim yashash eridan spravka keltirmayapti, keltirsin, darhol hal etamiz, dedi. Ana shu erda Smedovich, "Moskvada qolishni istaysizmi", deb so`radi, mendan. Men esa, unga "Qanday, yazshi bo`lardi", dedim. U, "bir ilojini qilib, spravka keltiring", dedi, menga va o`z xodimiga "bu kishiga yordam etish lozim", deb ko`rsatma berdi. Shu voqeadan so`ng, men Russiyada qochoqlik maqomi olishim mumkinligiga ishondim va spravka to`g`rilashga ishonch bilan kirishdim. 1994 yilning hisobida yigirma ming rubl pora bilan JEKdan spravka oldim. Natijada, menga "31.10.94 y. berilgan" muhri ila "Russiyada siyosiy qochoq", degan guvohnoma topshirildi.

 

Mazkur e'lon bizga klient keltirmasa ham mening Russiyada siyosiy qochoqligimni rasmiylashtirishga yordam etdi. Men o`z xohishim bilan Shvetsiyaga ketishdan voz kechdim, undan ko`ra Russiyada, Moskvada qolishni afzal ko`rdim. Bu voqeadan so`ng "partiyadosh, akam" Narziqulovning menga munosabatini kuzatdim. Agar uning menga munosabati faqat baxillikdan kelayotgan bo`lsaydi, endi tamom edi. U kishi tinchlanishi, hovuri biroz tushishi lozim edi.Unday bo`lmadi. Endi esa, Narziqulov, deganlari menga qarshi boshqa kompaniya boshladi. Unga Yodgar kafiy ham qo`shulib olib, Moskva bo`ylab, o`zlari taniydigan kishilarga meni ig`vo qila boshladilar. Ular taniydigan kishilar kimlar? Ular, A.Petrov, M. Alekseeva, A. Kovalev va shunga o`xshash bir necha kishilarni tanishardi. Chunki ular Moskvaga mendan biroz ilgari kelishgan, shuning uchun Moskvadagi inson huquqlarini himoya etish tashkilotlarining bir qator xodimlari bilan tanishishgan, albatta. Yo. Obid va M. Narziqulovning sasiq ig`vosi nima, deng? "Men, I. Karimovning hamshahari emishman. Shuning uchun men u bilan hamtovoqmishman, josuslik bilan shug`ullanayotganmishman, chet elga ketmayotganimning ham sababi shu emish". Ana shu kabi sasiq, bo`lmag`ur mish-mishlarni yuqorida ismlari keltirilgan kishilarga so`zlashdilar. Bu haqiqatan "qo`rqqan oldin musht ko`tarar", bo`ldi. Chunki M. Narziqulov qancha urinmasin, Ollohga shukrki, uning niyati amalga oshmadi. Eng qizig`i uning niyati buzuqligi, asli kimligi bilinib qoldi. Mafkurasi buzuq odamlar emasmi, Yo`lyaxshiev "bizning basharamizni ochib qo`ymasin", deb shubhalanib, "to`ydan oldin nag`ora chalishni" boshlab yuborishdi. Men Russiyaga qochoq o`laroq kelib, O`zbekistondan kelgan kishilarni (hatto u kim bo`lishidan qat'i nazar)а Russiyadagi kimlargadir gap-so`z qilib yurishdan ham battariroq pastkashlik bo`lmaydi, degan aqidaga amal qiladigan yuksak mafkura tarafdori ekanligimni, umuman dunyoda shunday kishilar borligini ular tushunmasdilar, tushuna olmasdilar. Chunki ular butun umrini shikoyatlar bilan, kimlarnidir, kimgadir ig`vo qilish bilan o`tkazdilar. Ular, aqida, axloq kotegoriyalaridan mutlaqo uzoqdagi kishilar edilar. "BIRLIK"ka ham ular aynan shu xususiyatlari uchun ketirilgan kimsalar edilar. Bir zamonlar, Usmon Azim (u ham shoir, yozuvchi, Yo.Obidning hamkori, kollegasi), menga "Domla, bilasizmi, Yo.Obid, kim?", degandi. "U, o`z zamonida, R. Abdullaevaga, biz yosh yozuvchilarni "bular millatchilar", deb yomonlagan va sotgan, kishi mana shu bugungi Yo. Obid bo`ladilar", deb menga tushuntirishga harakat qilgandi, Usmon Azim. Ammo menga o`sha vaqt Usmon Azim juda yoqmagandi. Yo. Obid yaxshi kishi bo`lgani uchun emas, aksincha u hamkorini gap qilayotgani uchun yoqmagandi. Nima qilasiz, bu sovet yozuvchilari shunaqa tarbiya olishgan-da. Ular bir-birini ig`vo qilmasa yashay olishmaydilar-da, axir. Agar bir-birini eb tamomlashgan bo`lsalar, atrofidagi tanish bilishlariga yopishadilar, ular. Chunki ularda mafkura shu. Shundan boshqa hech narsa yo`q, ularda.

 

Shuningdek, men Yo. Obid bilan Moskvada turgan vaqtimda undan mashhurroq (hech bo`lmaganda men uchun mashhur) yozuvchi O`tkir Hoshimov haqida bir savol so`radim. Savolim, "Yodg`or aka, O`tkir Hoshimovni biz yaxshi yozuvchi sifatida taniymiz. Ammo u odam keyingi zamonlarda O`zbekiston KP MK-ga a'zo saylanib, Karimov atrofida juda o`ralashib qoldi. Uning sababi nima? Aslida O`. Hoshimov odam sifatida qanaqa inson", degan shaklda bo`ldi. Ammo Yodgorning menga so`zlagan javobini bu erda yozish u yoqda tursin normal inson tilga ham ololmaydi. Balki Yodgor haqiqatni so`zlagandir. Ammo men undan O`. Hoshimovning kasalligi haqida emas, uning yozuvchiligi, odamligi haqida so`ragandim. Nima uchun xalq harakatida qatnashmaganligini bilmoq istagandim, undan. Ammo u o`z javobi bilan jindak bo`lsa-da insof, odamgarchilikdan mutlaqo uzoq odam ekanligini ko`rsatdi. Uning so`zlarini eshitib hurrasi uchib ketadi odamning. Chunki u odam insofsizlikdan, tuhmatdan zig`ircha sezkanmaydi. Uning uchun yolg`on so`zlash bir ermak, o`yin. U yolg`on to`qib, kishilarga zarar keltirganidan rohatlanadiganlarning turidan. U har qanday kishi haqida shunaqaа yolg`onlar, tuhmatlar so`zlayverishdan tab tormaydi.

 

8.1.12.5.а Moskvadagi muhojirlik davrining boshqa ba'zi tafsilotlari.

Yuqorida takidlangani kabi 1994 yilning ikkinchi yarimidan boshlab Moskvada yashay boshladim. Moskva hayotimning birinchi to`rt oyi haqida yuqorida biroz so`ladim. Uning birinchi (1994 yil, iyul) oyini Yo.Obid bilan birga, uning ijora uyida yashadim. Mening oziq-ovqatim Tolib Yoqubov yordami va qisman Yo.Obid hisobidan, o`tib turdi. Hazratqul Xudoyberdi va Bahrom Hamroev ham menga biroz moddiy yordam berishdi. Ammo bir muncha vaqt so`ng, B. Hamroev bergan yordamini (yordam ham aytarli emasdi, ya'ni u menga bahosi o`n dollar bo`lgan bir ishton olib bergandi) ustalik bilan qaytarib oldi. Bahromboy o`z "beminnat xizmatini" mendan qanday qilib undirib olish usulini to`la yozsam,а unga inson zoti ishonmasmi, deganа shubham bor.

 

Yo. Obid bilan birga yashagan bir oyda kuzatilgan ba'zi voqealar axloqiy va siyosiy ahamiyatga ega, deb o`ylayman. Birinchidan, 1994 yil iyul oyining boshlarida, taxminan oyning 10-larida Kievda tayyorlagan "O`zbekiston nimaga suyanadi" nomli, mafkura masalalariga bag`ishlangan maqolamning qo`l yozmasini tanishib chiqish uchun men Yo.Obidga berdim va imkoni bo`lsa uni "OZODLIK"danа o`qib berishni undan so`radim. Maqola hajmi mening qo`l yozuvimda 50 sahifa edi. Mashinkada yozilsa 20-25 sahifaga yaqin material bo`lardi. Yo. Obid uni o`qib chiqib menga "materialinggizni 3-4 sahifa hajmida qisqartirib besanggiz, uniа radioda oqib berish mumkin bo`ladi", dedi. Bu taklif menga uncha yoqmadi, ammo bu javobning ichki mohiyatiga ham uncha ahamiyat bermadim. Chunki men u zamonlar birinchidan, "OZODLIK" radiosi nima-yu, unda eshitirishlar qanday tartibda olib boriladi farqiga bormasdim. Keyin bilsam Radioda chiqish qilgan kishi haq ham olarkan. Unaqa, "OZODLIK" radiosida chiqish qilib, unga gonorar olish kabi masalalarni mutlaqo bilmasdim. Bular barchasi men tushunmaydigan va tushunishga qiziqmaydigan masalalar edi. Bilmagan narsaga menda qiziqish qaerdan bo`lsin, axir. Lekin mening maqolam, sport ma'lumoti emasligi aniq edi, albatta. U qisqar tirilish uchun emas, balki to`la shaklda birorta matbuot organida e'lon qilinadigan anchagina salmoqli material edi. Yo.Obid menga, "materialni qisqartiring", deganda, "maqolani to`la yaxshilab o`qidinggizmi?", deb tabiiy ravishda savol berdim, unga. U, "ha, o`qidim, o`qib chiqdim. Ha, silar olim odamsizlarda, maqola yaxshi yozil gan", dedi. Men, xolis, oqа ko`ngul odam bo`lganimdan bu bahoni, bir do`stning xolis bahosi, deb aynan eshitganim kabi to`g`ri qabul qildim, qo`ydim. Ikkinchidan, yaxshi niyatli odam aqliga darhol shubha, ters fikrmas, yaxshi va to`g`ri, xolis fikr keladi, axir. Odamzotning yutug`ini ko`rsa havas o`rnida hasad oyg`onadigan kishilar ham hayotda oz emasligini bilsamda, yonimdagi bu "Birlik"chi Obid ham o`shalardan, o`sha sinfdan ekanligi uxlasam tushimga ham kirmasdi, u zamon. Menda Alloh bergan bir xususiyat bor, kishilarni ajratishda doim kechigib yuraman. Hamisha kim men bilan biroz iliq gaplashsa shunga ishonib qolaman. Mana bu erda ham u mening "g`oyadosh shoir akam" (men Yo.Obidga ham "aka", deb murojaat qilardim. Hamid Rasulevа esa, uni "isqirt shoir", deyardi. Aslida, bu atama Yodgorga juda xos va mos edi) esa, maqolani juda yaxshi o`qib chiqib, shunday bir material o`ziniki bo`lmaganidan hasadi jo`shib, joni halqumiga tiqilganidan "kosa, kosa tagida nimkosa" qabilida so`zlayotgan eri ekan. Men esa, Yodgar nima uchun 50 sahifali materialni 3-4 sahifaga keltirishni taklif etganligi va buning asl mohiyatini bu voqealardan biron yil o`tib ketgandan keyingina, 1995 yil ning iyun, iyullariga kelib,а tushunaman.

 

Yo.Obidning yonida yasharkanman, inson xususiyatini belgilaydigan yana boshqa bir qator holatlarni ham kuzatdim. Ulardan ikkitasi haqida so`lab o`taman.

 

Kunladan bir kun Yo.Obid hech joyida o`tira olmay qoldi. Hayajoni qalbiga sig`may qoldi shekilli, menga biroz ochilgan bo`ldi. "Bilasizmi, men bilan Karimovning ministrlaridan biri uchrashuv taklif qilayapti. Nima qilsam ekan, uchrashuvga borayinmi?", dedi, to`satdan, u. Men bu odamning hayajonini tushunmasdim. Nima bo`libdi, uchrashishni istasa istabdi-da, uning uchun shuncha hayajonga hojat nima? Bordi-yu, Karimov uchrashmoqchi bo`lsa bu odam nima qilar ekan, degan fikr kechardi, mening xayolimdan. Shunga qaramasdan men unga, ha uchrashib ko`ring, nima deyar ekan dedim. Shu voqea sabab bo`lib, uning o`zi menga yana boshqa bir voqeani so`zlab, berdi. Uning bu hikoyasi ham his va hayajonlar bilan to`lib-toshgandi. Yo. Obid menga hikoya so`zlayotgan mahalda, O`zbekistonnig Moskvadagi Bosh elchisi o`zgargandi. Avvalgi elchi esa, Ne'mat Yusupovichа Abdullaev, ismli kishi edi. Bu N.Yu.Abdullaevni men ancha yaxshi tanirdim, shaxsan uning o`zini (jumladan uning o`zini ham juda yaqindan bo`lmasa-da tanirdim) emas, uning otasini, amakisini va boshqa qarindoshlarini etarli darajada yaqindan tanirdim. Ular Samarqandlik, uning otasi Samarqandda anchagina ko`zga ko`ringan kishi, viloyat hakamlari kollegiyasi a'zosi. Ayniqsa, uning amakisi, O`zbekistonda mashhur Navoiyshunos olim, O`zSSR FA akademigi, Vohid Abdullaevich Abdullaevdir. Ammo bu Abdullaevlar, O`zSSR KP MK kotibi vazifasida ishlagan R.H.Abdullaevaga aloqasi yo`q. Ular o`zlarini tojik hisoblaydilar.а Bu Abdullaevlar hayotida bir voqea sodir bo`lmaganda, ularning tojikligiga men ahamiyat bermagan bo`lardim. Rahmatli, akademik V.A.Abdullaev o`z o`limidan biroz oldin pasportini o`zgartirib, millatini tojik yozdirgan ekanlar. Bilmadim, bu ish ham sovet KGBsi tarafidan bajarilganmikin? Lekin yoshi 70-dan oshgan bir akademikning pasportini almashtirish KGBiga shuncha ham zarurmidi? Qizig`i shundaki, Yodgor "akam"-ning hikoyasi esa, "O`zbekistonning Moskvadagi eski elchisi akademik Abdullaevning jiyani N.Yu.Abdullaev haqida bo`lib, u Namanganlik mening juda yaqin do`stlarimning qarindoshi bo`larkan, men buniа vaqtida bilmabman. O`z vaqtida buni bilsam edi, u bilan uchrashib, u-bu masalalarni hal qilardim", degan mazmunda edi. Buni qarang, ministrning uchrashish taklifiga o`zida yo`q hayajonda, qandaydir tanishining qarindoshi elchidan xabarsiz qolganiga bunchalar qayg`u va hasrat qiladurgan odam, bu Yo.Obidlari qanaqa muxolif, qanaqa rejimga qarshi kurashmoqchi, bu odam? Hech tushunib bo`lmaydi. Har holda men tushuna olmasdim. Elchini tanib (uning o`zini emas, qandaydir tanishining tanishi bo`la turib), ministrning uchrashuvga chaqiruvini eshitib shunchalar xursand bo`layotgan "revolyutsioner", kurashchi, vatanparvar tasodifan Prezident Karimov e'tiboriga tushib qolsa nima qilar ekan? Shunday bo`lsa, uning yuragi yorilib, o`lib qolardimi, deb o`ylayman. O`quvchi meni kechirsin. Men bunday keskin so`zlarkanman, bunga menda asos bor. Chunki, keyin aniqlandiki, Yodgor "akam"ning "ministri" butunlay boshqa odam bo`lib, O`zbekistondagi ministrlardan biri, Baxtiyor Hamidov bilan otdosh bo`lgan, biroq O`zbekiston hukumatiga mutlaqo aloqasi bo`lmagan bir kishi ekan. Ko`rayapsizmi, hech narsadan, hech narsa dumiga nag`ora toqib yuribdi, bu "akam". Bundaylarni kim atamoq lozim? Shuning uchun men otashin bo`lmoqdaman, shuning uchun men ularni mafkurasiz, axloqsiz, deb atamoqdaman. Chunki ular hech bir zamon g`oya, g`urur, shuur, Vatan, el-millat kabi qadriyatlarning ko`chasidan o`tmagan. Ular hamisha "yuqoriga" hamkasbini, qo`shnisini, hech kim topolmay qolsa xotinini ig`vo qilish bilan yashab kelganlar. Ular o`z tor shaxsiy manfaati, pul, mansab turgan joyda xotin-yu, qizini berib yuboradiganlar turidandir. Afsus, bechora o`zbek mana shunaqa ayanchli kishilarni o`zining xaloskorlari safiga qo`shib yuirishibdi. O`zbeklarning manfaati, ularning zolimlar qo`lida ezilayotgani haqida Narziqulovlar, Yo.Obidlar so`zlab tursa yig`lashdan boshqa ilojing qolmaydi?! Zulm nima, haq-huquq nima, xalq, millat manfaati nimaligini anglatish, tushuntirish, ularni baholash Narziqulov va Yo. Obidlarga yoki shularga o`xshashlarga qolgan bo`lsa O`zbekistonda Karimovning o`g`ri hukumati hali uzoq zamonlar yashamog`i kerak. Millatning xaloskori shular bo`lsa, "Echki ning, qo`yga "orqang ochiq", deb, kulishi to`g`ridir.

 

Shunday qilib, bir oyga yaqin men Yo.Obidning oldida yashashimga to`g`ri keldi. Bu davr davomida u odamning insoniyligi, siyosiy saviyasi haqida menda ba'zi bir fikrlar tug`ila boshlagan bo`lsa-da, uning shaxsi haqida to`la xulosalar yasamagandim. U vaqtlar Yo.Obid haqida "siyosiy saviyasi past, odamgarchiligining tayini yo`q, bir kishi, shekilli", deb qo`ya qolgandim.

 

Moskvaga kelishimga bir oy to`lar-to`lmas, 1994 yil 31 iyulda xastaxonaga tushib qolib, u erda bir oy hayot o`tkazish, ya'ni davolinishda bo`ldim.

 

U bo`ldi, bu bo`ldi, ish qilib, 1994 yil sentyabr oyining boshidan e'tiboran to`la Moskvada yashay boshladim. Moskva shahar, Dokukina ko`chasi, 2-bino, 5-uy, 5-xonadonda bir xonani ijorara oldim. Bu manzilda, menga qadar Albert Musin, H.Xudoyberdi va yana bir Tojikistonlik muhojir (Abduvohid Ikramov) ham yashash gan ekanlar. U erni, aslida o`sha do`stlar menga taklif qilishdi va bir oylik ijora haqini ham to`lashdilar. Ulardan, Alloh rozi bo`lsin. Shunday qilib, ular meni bir oyga o`rnashtirib qo`yishdi. Tolib Yoqubov ham bir erga men uchun 80$ pul qoldirgandi uni ham oldim. Ish qilib, "Tish bergan Alloh, rizqi-nasibani ham O`zi beradi", deb bekorga aytishmagan shekilli, u erdan, bu erdan yashashga loyiq non puli uchun mablag` chiqib turdi. Birinchi sezilarli yordamni 1994 yil sentyabr-oktyabr oylarida Istanbuldan, Ab. Po`latovdan oldim. U, sentyabr oxiri oktyabrda menga, Moskvaga ikki dafa 250$ dan, 500$ pul yubordi. Shu bilan yashash masalasi bir muncha joyiga tushdi. Bu ish, bu ko`mak uchun Abdurahimdan ko`p minnatdorman. Ammo, biroz nozik joyi shundaki, u yordamning bir muncha minnati ham bo`ldi. Ular haqida bu erda so`zlab o`tirmayman. Chunki Po`latovlar haqida boshqa maqolalarimda ancha gapiriladi.

 

Ab. Po`latovning yordami bilan ikki-uch oyga mening yashash masalam hal bo`lgan bo`lsa-da, masala umumiy holda hal bo`lmagandi. Yashashning biror doimiyroq yo`lini topish kerak bo`layotgan edi. Shuning uchun biz Hazratqul ikkimiz yuqorida tilga olingan e'lonlarni o`ylab topgan edik. Undan tashqari biz boshqa bir ishni tashkil etmoqchi bo`ldik. Bu ishning yagona tashabbuskori men bo`ldim. Hazratqul esa, faqat mening fikrlarimni og`zaki ma'qulladi.

 

Men Moskvada yashayotgan o`zbeklarning milliy, madaniy, diniy uyushmasini tashkil etish kerak, degan fikrga keldim. Shunday uyushmani yaxshi tashkil eta olsak, shu bahonada bir-ikki kishining yashamog`i uchun ham, bizning siyosiy faoliyatimiz uchun ham foydali, bo`lar, deb o`yladim. Uyushmani "O`zbekiston" yoki "Turkiston" milliy, madaniy markazi", deb ismlashni taklif etmoqchi bo`ldim. Uning Nizomini yaxshilab yozib chiqdim. Kimlargadir yolinib, yolvarib Nizomni kompyuterda ko`chirdim. Eng so`nggi variantini ko`chirishiga biroz haq ham to`ladim. Ammo bu ishim haqida hech kimsaga so`z ochmadim. Qog`ozlar to`la tayyor bo`ldi, deb hisoblaganimdan so`ngra maslahat uchun Hazratqulga ko`rsatdim. Mening niyatim bizni taniydiganlardan hech kimga bildirmasdan bu uyushmani tashkil etish edi.Ya'ni, o`sha zamonlar yonimizda bo`lgan M. Narziqulov, Yo.Obid, M. Inaqov va Albert Musinlarga bildirmaslikni ko`zda tutgandim. Ammo Hazratqul materiallar bilan tanishib chiqqach, A. Musinni qo`shib olaylik, degan fikrda qattiq turdi. Men buni juda istamasamda, oqibat rozi bo`ldim. Oqibatda, "Nizom"ning qo`l yozmasini tanishib chiqish uchun A. Musingaа ham berdik. Ammo biz boshqa hech kim bilan shereklashmoqchi emasligimizni ham ta'kidladik. Shunga qaramas dan, u darholа bu ishdan M. Narziqulovni xabardor qildi. Rahmatli M. Narziqulov "BIRLIK"chi muhojirlarga yordami bo`lishi mumkin bo`lgan barcha ishlarga ular ning uyushgan guruhi biror shaklda ko`zga tashlanishiga ichdan, qalbdan qarshi kishi sifatida bu harakatga bor kuch va imkonlari bilan qarshi turdi va qizg`in qarshi kurashdi. Natijada, mening muhojirlik hujjatimni rasmiylashtirishda yuzaga kelgan jarayon boshlandi.

 

Bu vaqtga kelib, chet elda "BIRLIK"ning faoliyati ham deyarli to`xtagan edi. Harakat nomidan hech kim biror ko`zga tashlanadigan ish qilmayotgan edi. Shuning uchun siyosiy faoliyatlarimizga ham bir muncha jon kiritishimiz zarur bo`lmoqda edi. Shu munosabat bilan biz, men va Hazratqul Istanbulga bir necha marta Ab. Po`latovga xat yozdik. Masalan, men o`zim Abdurahimga uch maratabo xat yozdim va har safar uni Moskvaga kelishga taklif qildim. Chunki o`sha zamonda muhojir "BIRLIK"chilarning asosiy qismi Moskvada to`xtab, bu erda bir qator siyosiy va iqtisodiy ishlarni yo`lga qo`yish imkonlari mavjud edi. Ammo Ab. Po`la tov, "uning hujjatlari joyida emasligini" bahona qilib, bizning takliflarimizni qabul etmadi va Moskvaga kelmadi. Po`latovlarning Moskvadagi "vakili", rahmatli Narziqulov ham "Rais (A. Po`latov, demoqchi), "BIRLIK" faoliyatini vaqtincha to`xtadi", deganlar, biz hozir siyosat bilan shug`ullanmasligimiz lozim", deb bizga "Birlik" nomidan biror faoliyat ko`rsatishimizga nuqul xalaqit berardi. Shu sababdan Hazratqul Xudoyberdining qat'i talabi bilan "O`zbekiston (Turkiston) milliy madaniy uyushmasini" tuzush tashkiliy majlisi chaqirildi va mazkur yig`i lishda "BIRLIK"ning muhojirlikda faoliyati xususida ham masala ko`riladigan bo`ldi.

 

Majlis, 1994 yil 10 sentyabrida o`tkazildi. Majlisga Hamid Rasulev - "Mustaqil haftalik" gazetasi muhariri, Tohir Boqaev - "BIRLIK" Buxoro viloyati guruhining boshlig`i, Bahrom Hamroev - "BIRLIK" Zarafshon shahri guruhuing boshlig`i, Hazratqul Xudoyberdi - "BIRLIK" Toshkent viloyat Kengashi raisi, Aliboy Yo`lyaxshiev - "BIRLIK" Samarqand viloyat Kengashi raisi, Albert Musin - erkin muxbir qatnashdilar. Majlis "O`zbekiston milliy va madaniy uyushmasi" tuzilganligi va "Muhojirlikda faoliyat ko`rsatuvchi "BIRLIK" ishchi guruhi" tuzilganligi haqida qaror qabul qilganligini e'lon etdi. Yig`ilish H. Xudoyberdini "BIRLIK" ishchi guruhi" raisi etib sayladi. Bu haqda Moskvada nashr etiladigan "Ekspress Xronika" gazetasida xabar berildi. Yig`ilishda qabul qilingan qarorlarga ko`raа yangi tuzulganа "Ishchi guruhi" BIRLIK"ning bundan avval saylangan rahbar organlari vakolatlarini hech bir holda almashtirish haqiga ega emasdilar. Aksincha "Ishchi guruhi" ishi Harakatning chet ellardagi faoliyatini jonlantirib, "BIRLIK" MK va MK Raisdoshlariga sezilarli yordam etishdan iborat bo`lishi edi. Ammo bu majlis va uning qarorlariа Po`latovlar tarafidan ularning vakolatlariga tajovuz sifatida qabul qilindi. Po`latovlar fikri qanday bo`lishiga qaramasdan Hazratqul keng faoliyat boshlab yubordi. Chinki bu vaqtlar "BIRLIK" harakat sifatida deyarli yo`q bo`lish holiga kelgandi. O`sha yili sentyabr - dekabr oylari "BIRLIK" ishchi guruhi" Moskvada bir qator siyosiy tadbirlar o`tkazdi. Masalan, "O`zbekiston prezidenti nomiga norozilik xati", Moskva shahar A.S.Pushkin maydonida O`zbekistonda nohaq qamoqlarda saqlanayotgan maxbuslarni ozod etishlarini talab etgan miting o`tkazish, O`zbekistondagi siyosiy ahvolga jiddiy e'tibor lozimligidan kelib chiqib, dunyo mamlakatlari davlat boshliqlari nomiga tashkil etilgan va ularga jo`natilgan xat, Russiya Prezidenti va Parlamenti nomlariga yozilgan, "Chechenistonda urush harakatlariga qarshi taklif" kabi nomalar ulardan bir qismdir. "Madaniy markaz"ni rasmiylashtirish uchun eng asosiy shartlardan biri tashkilot faoliyat ko`rsatadigan joy, manzil(ofis, adres) masalasi aniq bo`lishi kerak bo`ldi. Bu masalada biz Hamid Rasulevdan yordam so`radik. Chunki birinchidan, Hamid aka Russiya fuqarosi bo`lib, ikkinchidan, uning shaharda o`z hisobida kvartirasi(uyi) bor edi. Ammo "Mustaqil haftalik" gazetasiga bog`li o`tgan ba'zi holatlarni rukach qilib, u bizga rad javobi berdi. Shundan so`ng biz Moskvadagi inson huquqlarini himoya etuvchi tashkilotlardan biri, "Moskva Xelsinki gruhi"ga qarashli, Aleeksey Smirnov rahbarlik qilayotgan guruhdan adres masalasida yordam so`rashga majbur bo`ldik. O`sha zamonlarda, "Inson huquqlarini himoya qilish O`rta Osiyo guruhi" ham Smirnovlar idorasida joylashgan edi. Bu guruhning ijrochi direktori Albert Musin hisoblanib, ammo bu tashkilotning nomi bor edi-yu o`zi mutlaqo faoliyat ko`rsatmasdi. O`rta Osiyo guruhi rasmiylashmagan di. Smirnov bizning iltimosimizni rad etmadi, masalaga mayillik bildirdi, biroq "silarga, ya'ni O`rta Osiyoliklarga tegishli bir tashkilot ham bor. Yangisini tuzgandan ko`ra uni ishga solsalaring ham yomon bo`lmasdi, ammo u erda Abm. Po`latov ham hisobda"-deb qo`shimcha qildi. Oqibatda, menga uning ishxonasiga kelib "Inson huquqlarini himoya qilish O`rta Osiyo guruhi"ni va "O`zbekiston milliy madaniy markazi"ni ham rasmiylashtirish bo`yicha hujjatlarni tayyorlash bilan shug`ullanishga ijozat berildi. Ammo "O`zbekiston milliy madaniy markazi"ni rasmiylashtirish uchun zarur bo`lgan hujjatlar tayyor bo`lgandan so`ngra, Smirnov ham ishni, ya'ni bizga uning adresidan foydalanishga ijozat berishni bir muncha paysalga sola boshladi. U endi ko`proqа bizni "Milliy va madaniy markaz"ni emas, faqat inson huquqlari guruhini rasmiylashtirishga unday boshladi. Chunki inson huquqlarini himoya qilish O`rta Osiyo guruhi nomigagina bo`lib, guruh norasmiy edi. Uning ijorachi direktori, o`rtoq A. Musin ham, Abm. Po`latovning "moliyaviy" vakili M. Narziqulpov ham bu "mayda ish" bilan shug`ullanishni istamasdilar. Bu guruhga ularda ihtiyoj ham bo`lmagandi. Oxir oqibatda, biz Smirnovning bu taklifini qabul etdik. Bir tomondan biz bunga majbur qolgandik. Chunki bizning siyosiy hayotimiz va turmush o`tkazmog`imiz bizni biror tashkilotda ishlashimizni taqozo qilmoqda edi. Bu masala biz uchun hayotiy zaruratga aylangandi.

 

Shunday qilib, men, endi yangi tashkilotning, ya'ni "Inson huquqlarini himoya qilish Markaziy Osiyo" guruhining hujjatlarini tayyorlashga kirishdim. Ular ham ko`p o`tmay tayyor bo`ldi. Ammo tashkilotning ta'sis majlisini o`tkazishni biroz vaqtga kechiktirdik. Chunki Vashingitondan Abm. Po`latov kelayotgan edi. U o`sha zamonlar Markaziy Osiyoda asosiy "inson himoyachisi" hisoblanardi. Shu erda yana bir narsani ta'kidlab qo`shim kerakki, hujjatlar tayyorlash davomida na A.Musin (aslida, ijorachi direktor sifatida hujjatlarni Musin tayyorlashi kerak edi.), na Narziqulov bu ishlarga zig`ircha qiziqqanlari yo`q. Barcha chizish va yozishlarni men yakka o`zim bajardim. Bu ishga Hazratqul ham aralashgani yo`q. Chunki Hazratqul u zamon "BIRLIK"ning ishchi guruhi" ishlari bilan juda band edi.аа ааааааааа

 

Ana shunday qilib, "O`zbekiston" milliy madaniy markazi ishlarini vaqtincha to`xtatib, uning o`rniga A.Smirnovning taklifi bilan "Inson huquqlarini himoya qilish Markaziy Osiyo" guruhini rasmiylashtirishni tashkil etish ishlari bilan mashg`ul bir zamonda, "Erk"chilar o`z gazetalari "ERK" va O`zbekiston birlashgan muxolifati gazetasi "FORUM"ni qayta nashr qila boshlashganlari haqida xabar topib qoldik. U erda Namoz Normo`min va Jahongir Mamatovlarning, birgalashib ishlashga chaqiriqlari bor edi. Shuning uchun men va Hazratqul Xudoyberdi ikkimiz gazetalarni chiqara boshlagan tashkilotchilar bilan darhol aloqa o`rnatish va ular bilan hamkorlik qilish to`g`ri ish bo`ladi degan fikrga keldik. Bir iloj qilib, ko`p o`tmay ulardan bir qismini topdik. Ular muxbir va computerda ishlovchilardan iborat bo`lib, o`n kishiga yaqin mutaxassislar edi, Moskva shaharida erlashgandilar.Gazetalar M. Solih rahbarligida va uning bevosita ishtirokida nashr etilmoqda edi. Biz, ikkimiz ularga "FORUM" gazetasini chiqarishda hamkorlik taklif qildik. Taklifimiz qabul qilindi. Ammo gazetalarni nashr qilishda moddiy mablag` masalasi problemali bo`lganligidan men va Hazratqulga har oyda 100 $-dan haq bera olishlarini so`zlashdilar. Bu pul, ayniqsa Haziratqul uchun juda oz edi. Chunki u uch bolasi va xotini bilan Moskvada ijorada yashamoqda edi. Bu pul men uchun ham katta emasdi. Chunki men ham Moskvada faqat ijoraga 50 $ to`lab turmoqda edim. Shunday bo`lishiga qaramasdan men bu shartga vaqtincha rozi bo`ldim. Chunki menda boshqa hech bir kelim yo`q edi. Hazratqulda ham ahvol mendan farqli bo`lmasa-da, uning Shvetsiyaga ketish imkoni zapasda turardi. Chunki Hazratqulning qochoqlik maqomi allaqachon hal bo`lgan va u faqat yo`lga chiqishini aytishi qolgan edi.U eca, siyosiy faoliyatimiz Moskvada samarali bo`ladi, degan fikrda Shvetsiyaga jo`nashni paysalga solib turgandi. Agar uning yashashi uchun o`rtacha sharoit bo`lsa edi, Hazratqul Shvetsiyaga ketmoqchi emasdi. Ammo Hazratqul 1994 yil dekabr oyiga qadar haq olmasdan "FORUM" gazetasini nashr ettirishga yardam berdi. Gazetaning 2-soni qo`l yozmasini tayyorlashda qatnashdi. Lekin u bolalarini qiynab qo`ymaslik uchun 1995 yil boshida Shvetsiyaga ketishga majbur qoldi. Oqibatda, "FORUM" bilan shug`ullanish ham menga, bir o`zimga qoldi.

 

Gazetalarga bog`li ishlarni boshlaganimizcha yo`q edi. Menimcha, 1994 yil oktyabrning boshida Abm. Po`latov Vashingitondan Moskvaga keldi. Uning Markaziy Osiyoda, ya'ni Qirg`izistonda ham ishlari bor edi. Shuning uchun u tezda Qirg`izistonga jo`nab ketdi. Siyosiy faoliyatimizga tegishli ishlarni muhokama etish va inson huquqlari himoyasi "Markaziy Osiyo" guruhi tuzilishi masalalarini oyning so`nggiga qoldirdik. Ammo u Qirg`izistonga jo`nagunga qadar men, Hazratqul, M. Narziqulov va Abdumannob to`rttalamiz uzun davom etgan bir suhbat o`tkazdik. To`rt kishilik suhbat ancha vaqtni egan bo`lsa-da hech bir natija bermadi. Oqibat, men kechasi Abdumannobning oldida, mehmonxonada qoladigan bo`ldim, boshqalar mehmonxonadan chiqib ketishdi. Bu hol, yaТni mening Abdumannobning oldida qolishim Narziqulovga juda yoqmadi. Lekin Narziqulov (balki uchrashuvdan shubhalanib umrida birinchi bor) adashayotgandi. Chunki Abm. Po`ltovning shumligi hech kimsaga ma'lum emasdi. Uning ichida nima borligini anglash qiyindi. Ish qilib, biz ikkimiz Moskvadagi qimmatbaho mehmonxonalardan birida bir aqshom kechaladik. Ammo uxlamadik, faqat suhbatni davom etkazdik. Juda ko`p gaplar so`zlandi. "BIRLIK"ning Ishchi guruhi" haqida ham, M. Narziqulov faoliyati haqida ham, yangidan tuziladigan milliy va huquqiy tashkilotlar haqida ham, barcha, barcha problemalar haqida bir-bir so`zlandi. Bir kechalik suhbatdan har birimiz alohida-alohida xulosalar chiqardik. O`rtaga chiqqan so`zlar esa, umumiy munosabatlarimizga zarari yo`qdekа tuyulardi, ammo ularning samimiyligi shubhali edi.

 

Ertasi kuni do`stlar (Hazratqul, Bahrom) mendan, "domla, qani kechasi bilan nima ish bajardinggiz, ukanggiz ikkingiz (Abdumannob deyilmoqda) qanday problemlarni hal etdingiz?", deb so`rashdilar. Men ularga, "Do`stlar, bir kechalik uyqusiz davom etgan suhbatdan xulosam shulki, agar Abdumonnob sof va pok inson bo`lsa, ya'ni grant mablag`larini to`g`ri sarflashayotgan bo`lsa, Narziqulov boshqa Moskvada bir kun ham ishlamaydi", deb javob berdim. O`sha suhbatdan so`ng Abm. Po`latov Qirg`zistonga jo`nab ketdi va oktyabrning so`nggida takror Moskvaga keldi. Bu vaqt men "Markaziy Osiyo" inson huquqlari himoyasi guruhi hujjatlarini tayyorlab, majlis o`tkazishni kutib turgan edim.

 

Shunday qilib, inson huquqlarini himoya qilish Markaziy Osiyo guruhini ta'sis etish majlisi noyabrning 3-da o`tkaziladigan bo`ldi. Undan oldin men Abm. Po`latov bilan takror uzoq davom etgan suhbatda bo`ldim. Suhbatning asosiy mazmuni o`sha inson huquqlari himoyasi "Markaziy Osiyo" guruhi tashkiliy masalalari haqida bo`ldi. Biz ikkimizning kelishishimiz bo`yicha Guruhga M. Narziqulov rais, men ijrochi direktor, A. Musin mas'ul kotib bo`ladigan bo`lindi. Chunki tayyorgarlik davomida hamma ish mening qo`limdan o`tayotgandi, majlisdan so`ng ham shunday qolmog`i lozim edi. Hozirgacha ham asosiy ish, hujjatlarni rasmiylashtirish, ularga imzo chekish va h.k. ijrochi direktor qo`lida edi. Rais esa, faqat rasmiyatiga edi, xolos. Ammo majlis o`tkazilgandan keyin butunlay boshqa o`yin amalga oshirildi, ya'ni Abdumannobning meni qanday laqqillatgani yuzaga chiqdi.

 

Guruhning Nizomi bo`yicha ijorachi Direktor Guruh Yuqori organi Kengashga a'zo bo`lishi shart emasdi. Shuning uchun men ataylab Guruhning Kengashiga kirmadim. Ammo majlis ham ancha janjalli o`tdi, uning buzilib ketishiga oz qoldi. U erda ham men oraga tushib, kishilarni murosaga keltirib, majlisni Abdumannob istagan shaklda o`tishini ta'minladim. Majlis bir ovoz farqi bilan (u ovoz ham A. Musin ovozi edi. Aslida Musin o`sha erda sotqinlik qildi) M. Narziqulovni Guruhga Rais qilib sayladi. Kengash bir qator russiyaliklar bilan to`lg`azildi. Mening haqimda, ya'ni ijorachi Direktor haqida alohida buyruq chiqariladigan bo`ldi. Shu bilan majlis tugadi, tamom.

 

Shundan so`ng Abm. Po`latov Amerikaga jo`nab ketdi, biz esa, o`z problemlarimiz bilan Moskvada qoldik. Biroz vaqt o`tgandan so`ng Abm. Po`latov M. Narziqulovga meni guruhga yaqinlashtirmaslik haqida ko`rsatma berib ketganligi ma'lum bo`ldi. Chunki men og`zaki kelishuvga ishongandim, buyruq bilan ijrochi Direktor bo`lmog`im lozim edi. Guruhning saylangan Kengashi a'zosi emasdim. To`g`ri, endi ular nimani xohlasa o`shani qila olardilar. Shunday ham bo`ldi. Xuddi shunga o`xshash bir vaqtlar I. Karimov ham Namanganlik "Adolat"chilarga saylov oldidan "O`zbekiston Islam Respublikasi bo`ladi", deb va'da berib, saylovdan so`ngra esa, "Adolat"chilarni qirib tashlashga buyruq bergandi. Po`latovning qo`lida ham Karimovning vakolati kabi imkon bo`lganda mening ustimdan guruhga yaqinlashtirish yoki yaqinlashtirmaslik emas, meni yo`qotish haqida ko`rsatma chiqishi aniq edi. Shu voqealardan so`ng bir kun Abdumannob Amerikadan menga telefon qilib, mendan kechirim so`ragan ham bo`ldi. Bunday odamlarda uyat, degan tushuncha bo`lmaydi-da. Meni shunchalar aldab, yana telefonda uzr so`raydi, yangi va'dalar qilgan bo`ladi. Noinsoflikni, munofiqlikni qarang, men unga yana bir marta ishonishim va uning yangi nayranggi qurboni bo`lishim kerak emish.

 

Shu erda yana bir voqeani ham so`zlab o`tish kerakka o`xshayapti. O`sha majlis arafasida Smirnov 50 $ haq to`lanadigan bir vazifaga meni tayinlagani haqida buyruq chiqardi. Ammo Smirnov bu pulni Hazratqul bilan sheriklashasilar, deb ta'kidlab qo`ydi. Men bu haqda Hazratqulga so`zladim. Bu holdan xursand bo`lishib, uni lozim joyda birgalashib ishlatishga kelishib ham oldik. Qarang, biz bechoralar, tovuq ostiga qo`yilmagan tuxumdan jo`ja sanab yuribmiz. Majlis o`tgandan so`ngra esa, "ukamiz" Abdumannob marhamati bilan o`sha ikki kishiga mo`ljallangan 50$-ni ham yo`qqa chiqarilibdi, imzolangan buyruq qaytarib olinibdi. Bilasizmi, u 50$, undan so`ng kimga beriladigan bo`ldi? U pul O`zbekistonda Vatannig mustaqilligiga jon-jahdlari bilan qarshi kurashgan, Farg`ona, O`sh, Qo`qon voqealari tashkilotchilari "Inter klub" a'zosi, O`zbekiston Russiya tarkibidan tushib qolgandan so`ngra jinoyatlaridan qo`rqib, Moskvaga kelib olgan Sergey ismli rus yigitiga beriladigan bo`ldi. U Sergey deganlari ko`p o`tmay ularning og`izlariga Е jo`natdi. Chunki u haqiqiy istilochilar vakili edi. Ammo uning kimligi Po`latovga ham, Narziqulovga ham quyoshning yorug`iday aydin edi. Hatto Narziqulov Sergeyning kimligini juda yaxshi bilgan holda, uni Guruhga maxsus chaqirib olgandi. Alloh meni afv etsin, Narziqulov aniq KGBga ishlardi. Aslida Po`latovlar ham undan avlo emasdilar. Ahvol esa, shunday ediki, biz uchunа o`sha 50 $ juda hayotiy zarur edi. Ayni zamonda Abm. Po`latov Moskva mehmonxonalaridan birida har kuni 100 $-dan mehmoxona haqi to`lab yashamoqda edi. Mehmonxona pulini bizning muhtojligi mizga ishlatib, o`zi biz bilan bizlar yashayotgan kvartirada tursa nima bo`lardi? Yo`q, bo`lmaydi, uа kishi yumshoq yotoqda kuniga 100 $, faqat yotog`iga sarflab shahona yashashi kerak. Chunki Abdumannob "oddiy muhojir" emas, axir. U "huquq himoyachilarining raisi"-da, unga maxsus, lyuks sharoitlar bo`lmog`i lozim. Biz "bechora, oddiy kishilarga", hatto bizlarning ikkimizgaа oyiga 50$-ni ham ep ko`rmasligi kerak. Narziqulov ham oyiga 300$-dan ko`proq haq olardi. Kvartira kirasi ham grant hisobidan edi. Biz esa, ikki kishi oyiga 50$-ga muhdojmiz, ammo partiyadoshlarimiz, "inson huquqlari himoyachilari" buni bizga ep ko`rishmaydi. Mana sizga g`oyadoshlik, mana sizga partiyadoshlik. Bulardan o`zinggiz kerakli xulosalar yasayverasiz.

 

Shunday qilib, biz Hazratqul ikkimiz inson huquqlarini himoya qilish Markaziy Osiyo guruhini rasmiylashtirish uchun zarur bo`lgan barcha ishlarni (qora mehnatni ) qilib, undan chetda qolib ketaverdik. Abdumannob "ukamiz", Madamin akasi bilan "Ekishda yo`q, tikishda yo`q, xirmonda hozir", bo`lib qolishdi. Noinsoflarcha o`yin qilib, g`oyadoshlik, partiyadoshlikka sidqidildan ishongan kishilarni aldash yo`li bilan o`zlarini "zafar" qozondi hisoblashib, biri Moskvada, ikkinchisi Vashingtonda hech narsa bo`lmagandik yashay verishdilar. Abm. Po`latov hamon, o`zini "inson huquqlari himoyachisi", deb hisoblashga uyalmayapti. Takror aytaman, bunday odamlarnning xarakteri, insonlik xususiyati, ularning uyatsizligida, mafkurasizligi, iymonsizligidadir.

 

"O`zbekiston" uyushmasini tashkil etish ishlarini davom etkazishda manzil (tashkilotning adresi) problemasi hal bo`lmadi. Smirnov ham endi manzil xususida xiylaga o`ta boshladi, erta-indin, deyish boshlandi. Uning ustiga "Forum" gazetasi ishlarini jonlantirish masalasi ham bizni kutib turardi. Ular bilan ham jiddiy shug`ullanmoq zarur edi. Shu sabab "O`zbekiston" tashkilotini tuzish tashvishlarini biroz yig`ishtirib, gazeta ishi bilan shug`ullandik, uning ikkinchi nomeri qo`l yozmasini tayyorladik. Shular bilan mashg`ul bo`lib, yangi 1995 yilga ham kelib qoldik. Yilning birinchi kunlaridayoq Hazratqul Shvetsiyaga jo`nadi. Moskavaga esa, yangi xabar keldi. Yangi, 1995 yilning yanvar oyida Vashingtonda O`zbekiston rasmiy hukumati va muxolifat o`rtasida uchrashuv o`tkaziladi, unda mening qatnashishim ko`zda tutilgan, mazmunda xabar oldim. Uchrashuvni Amerika Demokratik jarayonlarga yordam instituti tashkil etayotgandi. Shu sabab, bu vaqtga kelib, Amerika safariga tayyorgarlik ishlari ham qo`shimcha bo`ldi. Menda pasport ham yo`q edi. Shuning uchun pasport to`g`rilash va unga viza olish ishlari bilan ham biroz vaqt band bo`lish lozim bo`ldi. Ayniqsa, Amerikaga "FORUM"ning yangi sonini olib bormoq kerak, degan fikr meni juda shoshtirib qo`ydi. Chunki bu gazeta Amerika xalqaro jamg`armalarining biri tomonidan moliyaviy qo`llab-quvvatlanmoqda edi. Bu masalada ham Ab. Po`latov janjal chiqarib ulgurgandi. Shuning uchun u erda gazetaning moliyaviy tomonini ham bir yoqlama qilish ishlari bo`lib, unda nashr etilgan gazeta nushxasi qo`lda bo`lsa yaxshiroq bo`lar, degan fikr bor edi. Ammo oldimizda qolayotgan vaqt davomida gazetaning qo`l yozmasi, uning computer maketini tayyorlash mumkin edi-yu, nashriyotda nashr etish masalasi ancha muammo bo`lib turardi. Haqiqatda ham o`shanda gazetani nashr qila olmadik. Amerikaga uning computerda terilgan variantini olib borishga majbur bo`ldim.

 

Amerikadagi uchrashuvdan so`ngra yana boshqa masalalar o`rtaga chiqdi. Endi ular bilan faol shug`ullanish zarur bo`ldi. Shuning uchun "O`zbekiston" milliy va madaniy markaz masalasi yana orqaga qoldi va undan so`ng orada boshqa ko`p ishlar, tashvishlar o`tib, u ish qolib ketdi. Keyingi tashvishlar haqida ham eri kelganda so`zlanajak.

давомига ўтиш ...

 

Hosted by uCoz