Бундан олдинги қисмини ўқиш учун шу ерга босинг! Davomi:

8.1.4. ''BIRLIK'' xalq harakati ikkinchi navbatdan tashqari qurultoyi.

а8.1.4.1. Qurultoy oldi voqealari.аааааааааааааааааааааааа ааа

 

1989 yili kuz oylari O`zbekiston KP MK 1-kotibi I. Karimovа ''BIRLIK'' Markaziy Kengashi (MK) a'zosi M. Solihni qabul qilgandan bir muncha vaqt so`ngа ''O`zbekiston adabiyoti va san'ati'' vaа ''Yosh Leninchi'' gazetalari ''BIRLIK'' xalq harakati Nizomini e'lon qildi.а Gazetalar chop etishgan "Birlik" Nizomi Harakat MK Hay'ati a'zolari tomonidan imzolangan bo`lib ular orasida, MK raisi A. Po`latovning imzosi yo`q edi. Demak, bu ''BIRLIK'' rahbariyati yagona positsiyada emasligi dan darak berardi. Chindan ham bundan boshlab Harakatda ikki guruh paydo bo`lgani kundan-kun ochiq ko`rina bohsladi. Hukumat, KGB ''BIRLIK''dagi bu holat ni zimdan va ochiqchasiga rivojlantirishga bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib bordi. Voqealarning rivojlanishi ''BIRLIK'' MK-da jiddiy bir qarorga kelishni toqoza qilmoqda edi. Shuning uchun 1989 yili oktyabr oyida Toshjkentda ''BIRLIK'' Markaziy Kengashini chaqirishga to`g`ri keldi. Bu MK yig`ilishi ham O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi majlislar zalida o`tkazildi. Majlisni chaqirish M. Solih va uning tarafdoplari tomonidan taklif etilgandi. Shuning uchun bo`lsa kerak, majlis A.Po`latov faoliyatini muhokama etishdan boshlandi. MK yig`ilishini istagan birodarlar majlisga A. Po`latov haqida bir xat tayyorlashgan ekanlar. Eng avval u xat maj lisga o`qib eshittirildi. Xatni Toshkent Politexnika instituti dotsenti Karimov (uning ismi yodimda yo`q) o`qib berdi. Ammo xat, uni tuzganlargaа to`la zarar keltirdi. Chunki xat shunday tuzilgandiki, uning maxsus tayyorlanganligi, mualliflarning noxolisligi shundaygina bilinib turardi. Xatda anchagina noaniqliklar, chalkashliklar, hatto ochiqdan-ochiq ko`rinib turgan yolg`onlar ishlatilgandi. Oqibat shu bo`ldiki,а xatda yolg`onlar, to`xmatlar juda ko`p bo`lganidan, unda keltirilgan A. Po`latovning haqiqiy salbiy xususiyatlari, eТtibordan chetda qolib ketdi. Majlis ahli ''jabrdiydani'' himoya qilishga o`tib ketdi. Ular xatni M. Solih va uning tarafdorlari tayyorlagan, ular hukumat tarafiga o`tib ketishmoqda, degan fikrni olg`a surib, A. Po`latovni jiddiy qo`llay boshlashdi. Biz, Samarqanddan kelishgan MK a'zolari ham xatni to`la ma'qullamadik, ya'ni A. Po`latovni qo`lladik. Darhaqiqat,а xat nihoyatda bemaza tuzilgandi. Hatto M. Solih o`shanda majlis minbariga chiqib, bu ''mazmunsiz'' xatdan xabari yo`qligini tan olishga majbur bo`lgandi. Shu bilan birga u ''A. Po`latov ''BIRLIK'' MK raisi bo`lishiga ortiq rozi bo`la olmayman'', deb ham e'lon qildi.

ааааа

Majlis davom etib, xat muhokamasi boshlangandan so`ng zalda nafaqat A. Po`latovni Raislikdaа saqlab qolish, aksincha xat mualliflarini aniqlash va ularni ''BIRLIK'' safidan chiqarish masalasi o`rtaga chiqa boshladi. Majlisda shundayа vaziyatа yuzaga kelgan bir vaqtdaа M. So lih ''A. Po`latov bilan ortiq barobar davom eta olmasligini'', bayon etib, majlisni tashlab keta boshladi. Samarqand vakillaridan men va B. Namozovа ikkimiz ''zaldan hech kim chiqmaydi. '''Birlik''da ixtilofga yo`l qo`yib bo`lmaydi'', deb majlis zali eshigini biroz ushlab turdik.а Ammo eshikni uzoq ushlab turish, M. Solih va uning ortidan majlisni tark etayotgan yana 25-30 kishiniа ortiq to`xtatib, ushlab turish mumkin bo`lmadi. Oqibatda biz eshikdan chekindik, ular majlisni tahslab ketishdi. Ammo men M. Solih bilan uning kabinetigacha bordim. Kabinetda ham men unga ''Solijon, yaxshi ish bo`lmadi. Majlisga qaytishimiz kerak. Po`latov masalasi boshqa hol. Uni kelajak ko`rsatadi. ''BIRLIK'' bo`linmasligi kerak'', dedim. M. Solih menga javob berib, ''Yo`q, domla, bo`lmaydi, bo`lmayapti. Biz yangi hukumat bilan murosa qilmoqchimiz. Aks holdaа repressiyaga duchor bo`lamiz. Men ikkinchi marta 37-yillar takrorlanishini istamayman. Po`latov esa buni xohlamayapti, u revolyutsiya istayapti'', dedi.

 

O`sha vaqt men M.Solihning fikr va qarorida biror o`zgarish yasay olmadim. O`sha voqea, o`sha tarix o`n yil ortda qoldi. Bu orada qancha suv oqdi, qancha voqealar, hodisalar tarixga aylandi. A. Po`latov ham, M. Solih ham uzoq musofirlik-muhojirlik davrini boshdan kechirdilar. Ammo ularning o`zaro munosabatlari yumshamadi. Demak, masala uncha ham ''revolyutsiya istash'' yoki istamaslikdalikda bo`lmagan ko`rinadi.

 

M. Solihga ergashib majlisni tashlab chiqqanlar, o`sha binodagi kichik zalda yig`ilishgandilar. Ularning oldigaа aynan mening missiyam bilan B. Namozov kirgandi. M. Solih huzuridan chiqib men ham kichik zalga keldim. Uzoq vaqt masala torshuvi davom etdi. Har bir tomon o`z fikrlarida qolishdi, biror umumiy xulosa chiqarmoq qiyin bo`ldi. Oxir-oqibat, majlisni tark etganlarni majlis zaliga qaytarish mumkin bo`lmadi.

 

Katta zalda ham majlis davom etardi. Ha, o`sha vaqt ko`pchilik Harakatning bo`linmasligi tarafdori bo`lishdilar. Ammo Samarqandliklardan tashqari viloyatlar vakillari bizdek jon kuydirmadilar. Bu A. Po`latov jabrdiyda, unga tuhmat qilinayapti, shuning uchun uni qo`llash kerak, degan fikr kuchliligi yoki viloyat vakillarining kamchilliklari emas,а balki hali ularda siyosiy go`daklik, siyosiy xomlik katta bo`lganligida, masalaning chuqur oqibatlarini yaxshi tushunib etmaslikda edi.

 

Biz, viloyat tashkilotlari Harakatning MK va uning Hay'ati tarkibida kelib chiqqan ixtilofni chuqur o`rganmadik, o`rgana olmadik. Uning asl sabablarini fikr-mulohaza etib, chuqur tahlil qilolmadik. Natijada, ''Po`latov''chilar ham, ''Solih''chilar ham, u ikki shaxs, shaxsiy fikrlari, shaxsiy munosabatlariga mos harakat qilishgan bo`lib qoldik. Ularning orasida esa, ko`proq shaxsiy manfaatlar yotgani yoki yotishi mumkinligi haqida yaxshi o`ylab ko`rmadik.а Nadijada, ular o`rtasida munosabatlar chuqurlashib ketavergan sayin Harakatdan putur keta boshladi. Afsus, biz bunga yo`l qo`ymasligimiz shart edi. Ammo biz, viloyat tashkilotlari voqeani o`z vaqtida yaxshi tushuna olmadik, Harakatа ichida ixtiloflarning oldini ololmadik.

 

Shunday qilib, ''BIRLIK''ning susayishida birinchidan bizning siyosiy xomligimiz, tajribasizligimiz asosiy sabablardan bo`lgan bo`lsa, ikkinchidan, bizning ana shu tajribasizligimizdan foydalangan KGB avval oramizga ixtilof tushirib, so`ngra asta - sekin izchillik bilan oramizni buzishi va uchuncidan, Harakat rahbariyatining noxolisligi, mayda-chuyda manfaatlarga uralashib qolishi sababdir.

 

Men Harakatning eng uyushgan tashkilotlaridan biri Samarqand viloyati tashkiloti rahbari sifatida doim, qo`limdan kelgunicha ''BIRLIK''ning yagona, jipslashgan tashkilotа bo`lib qolishi va uning keskin, izchil harakatlar qilishi tarafdori bo`lib qolishga intilgan bo`lsamda, A. Po`latov xususiyatidagi shaxsiy manfaatparastlik, shuhratparastlik, mahalliychilik kabi qusurlarni vaqtidaа seza olmaganim va uzoq vaqt uningа tarafdori bo`lib qolganim, A. Po`latovning Harakat Raisligi va raisdoshligida davomliа qolishidaа bir necha bor hal qiluvchi rol o`ynaganim bilan katta siyosiy xatogaа yo`l qo`yganman, deb hisoblayman, o`zimni.

 

Bugun, men uzoq muhojirlik zamoni xulosalariga suyanib, A. Po`latov va ungaа eng yaqin bo`lib qolishgan kishilar V. Inoyatova, O. Odilov, M. Narziqulov, Abdumonnop Po`latovlar va boshqa bir qator shularga o`xshashlar hech qachon, hatto birozgina bo`lsa-da ''BIRLIK'' g`oyalarining atrofida ham turmaganlar, ular faqat o`z shaxsiy manfaatlari uchun ''BIRLIK''dan niqof sifatida foydalanishganlar, xolos, deb hukm chiraishga haqliman. ''Ko`r, ko`rni qorongida topibdi'', deb xalq bejiz aytmagan, axir. Yuqorida nomlari keltirilgan kishilarning barchasi, hatto Harakatning eng avj vaqtlarida ham O`zbekiston hukumatiga bevosita va bilvosita xizmat etgan bo`lishilari kerak. Masalan, V. Inoyatova, Usmonova, Odilov, Narziqulov (rahmatli)larning josusligi umumga ma'lum va bu alohida isbotga muhtoj emas. Ular, mamlakat ichida Harakatni to`la va batomam sotib, tugatib bo`lib, 1993 yillardan e'tiboran ular o`z josuslik faoliyatlarini, ya'ni O`zbekiston havfsizlik komitetiga ishlayotganliklarini uncha ham niqoflab o`tirmaydigan bo`lib qolishgandilar. Chunki ular chet elda yurgan uch-to`rt "Birlik"chining "qudratini" yaxshi bilishardilar. Aslida ism sharflari keltirilgan guruh hech bir xususiyati bilan bir-biridan farq qilishmaydi. Masalan, ularning "mashhurlari" ikkala Po`latov ham 1995 yilga kelib, haqiqiy basharalarini to`la va batamom oshkor etdi, ya'ni ular I.Karimov yovuz rerjimi vintiklari ekanliklarini olamga namoyish qildi. Endi, ular kimliklarini hech bir ''BIRLIK'' niqofi bilan yopa olishmaydilar.

 

M. Solih haqida to`laroq xulosalar so`zlashga etarli ma'lumotlarim yo`q. Chunki men va Samarqand tashkiloti M.Solih bilan yaqindan muomalada va faoliyatda bo`lmadik. Lekin ba'zi ko`rinib turgan fikrlarni bayon etmasligim mumkin emas. Birinchidan, 1989 yil oktyabrda chaqirilgan ''BIRLIK'' Markaziy Kengashi majlisini o`tkazish va uni tashkil etishda uning ishtiroki, tashabbusi borligi aniq va isbot talab qilmaydi. Ikkichidan, A. Po`latovni ''parishtaga'' aylantirgan o`sha mashhum xatа Solih tarafdorlari tarafidan yozilganligi ham isbotga muhtoj emas.а Hatto bu holni biz, B. Namozov ikkimiz isbot etganmiz, deya olaman. O`sha majlis kuni tanaffusda, bizа Solih tarafdori, shoirа Mirza Kenjabek va yana bir yozuvchi, uning ismini unutdim, to`rttamiz birga tushlik qildik. Tushlikda biz M. Kenjabekkaа ''u xatni silar yozgansanlar, sen ham u jarayonda qatnashgansan'', deb mahkam yopishdik.а O`shanda M. Kenjabek "BIRLIK" Po`latovdan qutulishi kerak. Ammo qutulish usulini to`gri tanlamapmiz'', dedi, bizga tan berib. Demak, xat tayyorlanayotganidan M. Solih xabarsiz bo`lishi mumkin emasdi. To`gri, M. Solih xatni ko`rmagan, o`qimagan bo`lishi mumkin. Unga faqat og`zaki yoki telefondaа xat haqida xabar qilishgan bo`lishlari mumkin.а Solih va uning tarafdorlari A. Po`latov haqida o`z vaqtida to`gri xulosaga kelishgan va biror siyosiy o`yin yo`li bilan A. Po`latovni ''BIRLIK''dan chetlashtirish uchunа xatni tashkil etishni o`ylab topgan bo`lishlari mumkin. Ammo bu ish, bu yaxshi o`ylamay tashlangan qadam Harakatga o`rni to`lmas zarar, A. Po` latov shaxsiga esaа ''shuhrat'' keltirdi. A.Po`latovning shaxsiy kamchiliklari uzoq vaqt niqofda qolishiga sabab bo`ldi. Ana shu voqeadan so`ngа Po`latovni tanqid, deyarli Harakatni tanqidga aylanib qoldi. Bu ham so`zsiz M. Solih xatosi va kamchiligidir. Undan tashqari "BIRLIK" faoliyatidagi kamchilliklar bo`yicha A. Po`latovga qo`yilayotgan ayblar, M. Solih adresiga ham taalluqlidir. Chunki ''BIRLIK''dan chiqib, uning safini bo`shashtirib emas, balki Harakatda qolib, saflarni yanada jipslahstirib uni kuchlantirishа yo`llarini izlamoq lozim edi. Siyosatga yo`l olgan kishi uchun men sanaganlarning barchasi yutuq emas, xato va kamchilikdir.

 

M. Solihning bir siyosiy kishi sifatida, O`zbekistondagi mustabid rejimga muxolif harakat va partiya tashkil etgan shaxs sifatida bir qator yutuqlari mavjud. Ammo bu erda M. Solih faoliyatining "BIRLIK"-ga tegishli qismini men bilganimcha o`z fikr - mulohazalarim doirasida tasvirlashga urindim, xolos.

 

Xullas, ''BIRLIK'' MK 1989 yil oktyabr yig`ilishidan so`ng, Harakat rahbariyatida ixtilof tabora kuchayb boraverdi.

 

8.1.4.2. II qurultoyning chaqirilishi.

''BIRLIK''da jipslikni yo`lga qo`yish, uni bo`linishdan saqlab qolishga bir muncha urinishlar qilindi. Bu borada bir necha marta Toshkentda norasmiy yig`ilishlar o`tkazildi. U yig`ilishlarning baТzilarida bizning, Samarqandliklardan ham vakil qatnashdi. Masalan, B. Namozov o`shanday yig`ilishlardan birida qatnashgandi. Bu yig`ilish ''BIRLIK''daа birlikni saqlash uchun A. Po` latovning Raislikdan ketishi haqida bir qarorga kelishga bo`g`ishlangan bo`lib va bunga A. Po`latov rozilik bergan edi. O`rtaga ''QUR'ON'' qo`yilib, qo`l berilgandi. Mazkur norasmiy yig`ilishdan biroz keyin 1989 yil 29 oktyabrda Markaziy Kengash takror majlisga yig`ildi. Bu majlisda A. Po`latov norasmiy yig`ilishdagi kelishuvni tan olmadi. Natijada MK majlisi noyabr oyida navbatdan tashqari Harakatning qurultoyini chaqirish zarur, degan qarorga keldi va shunday qaror qabul etildi.

аааааааа

Shunday qilib, 1989 yil noyabr oyida ''BIRLIK'' xalq harakatiа navbatdan tashqariа 2- Qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda ''BIRLIK'' Nizomiga o`zgartirish kiritilib, to`rtta raisdoshlik qoidasi joriy qilindi. Qurultoy, Harakat Markaziy Kengashi raisdoshlari etib, Bekjon Tashmuhammedov (akademik), Zohid Haqnazarov(fan doktori, kompozitor), Ahmad A'zam (yozuvchi), Shuhrat Ismatullaev (Toshkent universiteti dotsenti)larni sayladi. ''BIRLIK'' MK a'zolari ham yangilandi. Bu erda o`zgarishlarа miqdoriy bo`ldi. Shaxslar nuqtai nazaridan o`zgarish bo`lmadi, desa ham bo`ladi. Masalan, 1-Qurultoyda MK a'zoligiga 150 kishi saylangan bo`lsa endi ularning soni yuztadan ham oz tarkibda saylanishdilar. Bu ham "BIRLIK" ichida boshlangan tortishuvlarning bir ko`rsatkichi edi. A. Po`latovа vaа M.Solih ikkalasi ham yana MK va HayТat aТzolari bo`lib qolishdilar.

 

Qurultoydan keyin ham Harakatda boshlangan bo`linish xastaligi susaymadi. Guruhlar bir-birini ayblashda davom etdilar. Hukumat esa bundan ustalik bilan foydalandi. O`sha zamondagi tushuncha va xulosalarimizga binoan, biz, Samarqandliklar ham ko`proq M. Solih tarafdorlarini qoralardik. Ammo ular bilan ko`ngul yaqinligi, insoniy iliq munosabatlarimiz doim saqlanib qoldi. Bizning bir-birimizga eТtirozlarimiz doim maslahat va nasihat shaklida bo`lardi. Shu bilan bir qatorda biz bu tarafni, ya'ni A.Po`latov va uning Toshkent guruhini yaxshi tushunmasdan, ko`proq ularningа so`zlariga qarab ish tutdik. Biz sovet kishilari "uch yuzli" (so`zda, amalda va ko`ngulda har xil) ekanligimiz, u yuzlarning qaysi biri qaerda ko`rinishini ''BIRLIK'' shafag`ida yaxshi ajrata bilmadik. Kim ''BIRLIK''chiman, degan bo`lsa, ayniq sa u xalqning eng og`ir ahvoli, jamiyatning xastaligi haqida chiroyli so`zlasa, o`sha xalqparvar, vatanparvar, deb qabul qildik. Bu bizning xatomiz, siyosiy xom va siyo siy yoshligimiz edi.

 

So`nggi tarix, ayniqsa muhojirlik davriа juda yaxshi isbot etdiki, A. Po`latov va uning atrofida uralashib yurgan bir guruh siyosatdan, milliy shuur, milliy qadriyatdan uzoq, faqat shaxsiy manfaat uchun, alg`ov-dalg`ovlardan foydalanib moddiy ahvolini o`nglab olishni ko`zda tutgan pastkash kishilar ekanlar. Shuning uchun ular ''BIRLIK''-ni rivojlantirsh va uni siyosiy tashkilot sifatida kamolotga etkazish uchun emas, balki uning ichida doim ixtiloflar kelib chiqadigan vaziyatlar paydo qilishga va u vaziyatda o`zlarini ''BIRLIK'' himoyachilari qilib ko`rsatishga ustasi parang kishilar ekanligini endi, ammo juda kech tushundik. Hayriyat, ''hechdan ko`ra, kech" bo`lgani ham yomon emas. Nihoyat, Po`latovlar kimligini axirigacha tushunib etdik. Ularning va o`zlarini ularga yaqin hisoblaganlarning (ba'zilarining ism sharflari yuqorida keltirildi) kimligini muhojirlik davri to`la isbotladi. Ammo bundan o`n yil burun A. Po`latov va uning guruhi o`z shaxsiy foydalari uchun Harakat ichida ataylab xilma-xil g`avg`olar, vaziyatlar yaratishib turish va u voqealarda o`zlarini ''jabrdiyda'' ko`rsata olishning uddasidan chiqa bilishdilar.

 

8.1.5. ''BIRLIK'' xalq harakati III-V Qurultoylari.

8.1.5.1. III qurultoy haqida.

Harakatning 2-Qurultoyidan so`ng ko`p o`tmay uning navbatdagi qurultoyi vaqti ham etishib qoldi. Chunki ''BIRLIK'' Nizomiga muvofiq har yili uning qurultoyi o`tkazilishi lozim edi. Ammo 1989 yil noyabridan 1990 yil may oyiga qadar ''BIRLIK''ning bo`linishi orqaga qaytmas shakl oldi. M. Solih va uning tarafdorlari Harakat faoliyatida qatnashishdan to`la bosh tortdilar. Ular A. Po`latov bilan aloqani uzish shaklini o`zlarini ''BIRLIK''dan chetga olish, deb hisobladilar.

 

Natijada, 1990 yil 26-27 mayda ''BIRLIK'' 3-Qurultoyi M. Solih va uning guruhi ishtiroqisiz chaqirildi. Qurultoy Harakat MK-ning hisobotini tingladi, Nizomga ba'zi o`zgartirishlar kiritdi, Dasturning yangi tahriri qabul qilindi. Endi ''BIRLIK'' xalq harakati MKni to`rtta raisdosh emas, uchta raisdosh boshqaradigan bo`ldi.

 

''BIRLIK''ning 3-qurultoyi A. Po`latovni uch raisdoshning biri qilib sayladi. Ammo uni saylash ancha tortishuvlarga sabab bo`ldi. Hatto qurultoyda A.Po`latov saylanmay qoladigan vaziyat maydonga keldi. Qurultoyning tashkiliy masala qismi janjalga aylanib ketadigan bo`ldi. Majlisda tashkiliy masala ko`rilayotganda uni deyarliа boshqarish mumkin bo`lmay qoldi. Natijada, majlisni boshqarish bir muncha vaqt qo`ldan-qo`lga o`tib turdi. Chunki majlisda to`la tartibsizlik boshlangandi. Ana shunday minut sayin majlis raisi olmashib turgan bir vaqtda Samarqandlik delegat B. Namozov ham majlisni boshqarishga urinib ko`rdi. Chunki istagan jur'atli kishi o`zi minbarga chiqib majlisga raislik qila boshlash mumkin bo`lib qolgandi. B. Namozov minbarda majlis raisligini olib borayotgan bir zamonda zaldan A. Po`latov va uning yonida o`tirganlar o`zaro suhbatlarida B. Namozovni KGB odami, deb shivir-shivir boshlashdi. Chunki B.Namozov majlisda A. Po`latovchilarga qarshi tarafga biroz yon bosmoqda edi. Po`latov va uning yonida o`tirganlar shivir-shiviri hammaga eshitilgani, yo`q albatta. Chunki zalda shov-shuv, har xil ovozlar baland edi. Ammo A. Po`latovga yaqin o`tirgan Olim Karimov uni juda yaxshi eshitdi. U so`z aynan kimning og`zidan chiqqanini Olim akaа Karimov aniq biladi. Shivir-shivirni sezgan va eshitgan majlis raisi B. Namozov, majlisni tark etib, zaldan chiqib keta boshladi. Men darhol minbarga chiqib, Samarqand delegatsiyasi Qurultoyni tashlab ketadi, deb e'lon qildim. Shu zamon Olim Karimov yugurib borib Borotni shartta quchoqlab oldi va unga yalinib, undan zalgaа qaytishni iltimos qildi. Minbarga chiqib majlis nomidan B. Namazov va Samarqand delegatlaridan sodir bo`lgan noqulaylik va qo`pollik uchun uzr so`radi. Olim Karimov uzrini qabul qildik, unga ko`ra biz zalda qolishni lozim topdik. Ana shu voqeadan so`ngra men Dadaxon Hasanovdan majlisni boshqarishni iltimos qildim. Dadaxon aka zo`rma - zo`raki minbarga chiqib, majlisni boshqarishga harakat qilib ko`rdi, bo`lmadi. Shundan keyin majlisni boshqarishni o`zim qo`lga oldim va bir necha keskin so`zlar so`zladim, undan so`ng tanaffus e'lon etdim. Tanaffusda tartishayotgan taraflar bilan bir qator fikrlar almashdim.

 

Xullas, tanaffusdan so`ng majlis ahlini bir muncha tartibga keltirish mumkin bo`ldi. Tashkiliy masalani natijaga etkazishga erisha oldim. Oqibat, A.Po`latov raisdoshlardan biri bo`lib saylandi. Hozirа o`sha voqealardan qarayb o`n yil so`ngra, mazkur satrlar yozilayotgan zamon, 1999 yil fevral oyida eng avval o`zimni, o`zim so`kaman. Boshqa bir qator ''BIRLIK''chi do`stlar ham mening o`sha faoliyatimni keyingi vaqtlarda tez-tez yuzimga solishadilar. A. Po`latovning raisdoshlikka qayta kelishida meni bosh gunohkor hisoblaydilar.

 

''BIRLIK'' 3-qurultoyida uchinchi raisdosh Zohid Haqnazarovmi yoki A. Po`latovmi, degan masala ustida tortishuv bo`lgandi. Ko`plar qatori men ham Zohid Haqnazarovni juda hurmat qilardim. U kishi chindan hurmatga sazovor, yuqori darajada ziyoli inson edilar. Ammo Zohid aka bu safar Qurultoydaа xonimlari bilan birga qatnashdilar. Ular ikkalalari baravar ''BIRLIK'' raisdoshligiga Z. Haqnazarovning ko`rsatilishiga qarshi bo`ldilar. Men esa, bu holatni ko`rib, Zohid aka va uning xonimi so`zlarini qanday eshitsam shundayа qabul qildim va bundan foydalanib majlisni A. Po`latov tarafiga ag`dara oldim. Men o`sha zamon so`zlangan so`zlarga chindan, yurakdan ishondim. Chunki menda Zohid Haqnazarov nomzodiga zarracha ikkilanish bo`lishi mumkin emasdi.

 

Tarix ko`rsatdiki, o`shanda Z. Haqnazarovning xonimi po`latovlar tomonidan maxsus chaqirilgan ekan. Chunki bu safar ba'zi jiddiy Toshkentliklar Po`latovning ''BIRLIK'' rahbarligiga kelishini haqiqatan istashmagan ekanlar. Ularning hisoblaricha Z. Haqnazarov faqat kamtarlik nuqta'i nazaridan va xonimining go`ngliga qarab qarshilik ko`rsatgan ekanlar. Uning xonimi esa, po`latovlarning ko`rsatmasi bo`yicha bu holdan foydalanib qolgan ekan. Chunki biz ''Birlik''chilar faoliyatimizga xonimlarimiz uncha ham rozi emasdilar. Jumladan Z. Haqnazarov xonimi ham bundan istisno emasdilar. Nima, deymiz, o`sha vaqt birinchidan,а mening oldimda majlisni biror mantiqga keltirish, uni yakunlash turardi. Ikkinchidan, men qulog`im bilan eshitgan maТlumotlarga amal qildim. Qolaversa, u zamonlar, men A. Po`latov va uning ukasi, ularning yonida yurgan ba'zi Toshkentlik hamtovoqlarini yaxshi bilmasdim. Afsus, ularning kimligini juda kech aniqladim. Bu ham kamchillik, nima qilayin, siyosiy tajribamiz yo`qligidan ketma-ket kamchillik va xatolarga yo`l qo`ydik. Men ham bu xatolar ichida qoldim. Siyosatda izchillik, deyarli xatolarga yo`l qo`ymaslik bosh masala bo`lsa-da, bizning tariximizda xatolar ko`p bo`ldi. Oqibatda harakatimiz ko`p samarasiz qoldi.

 

Davlat hokimiyatini qo`lga olishni niyat etgan Siyosy harakat (tashkilot) katta tayyorgarlik amaliyotidan o`tmog`i zarur. U harakatda etuk kadrlar, etarli mol va pul mablag`i bo`lmog`i shart. Siyosatni ba'zilar hisoblagani kabi, "siyosat-yolg`on va aldashlardan iborat", deb qabul qilish mutlaqo noto`g`ridir. Men siyosatga bunday qarashga qo`shila olmayman. Kuchli siyosat-adolatlilikdir, rastgo`ylilikdir! Izchillik haqiqatdadir! Temur bobomiz aytganidek, ''Kuch-bu adolatdadir!''

 

''BIRLIK''da kadrlar masalasi etarli darajada hal etilmaganini ko`rdik, ammo mablag` qanday edi? Harakatda moliyaviy ahvol qanday edi? Bugungi ma'lumotlar ''BIRLIK''ka 1989-1992 yillar davomida anchagina mablag` yig`ilganligini ko`rsatadi. Ammo u mablag`ning sarflari haqida hozirgacha etarli hisobotlar yo`q. Bu haqda hech kim, hech bir zamon hisobot bergani ham yo`q. ''BIRLIK'' xalq harakati nomiga tushgan pul mablag`larning bir qismi haqida Hamid Rasulev ayrim raqamlarni biladi. H. Rasulev biladigan raqamdagi pullar to`la A. Po`la tov qo`lida qolganligi ham aniq.

 

8.1.5.2. IV va V qurultoylar haqida.

''BIRLIK'' xalq harakati yana ikki martaа o`z qurultoylarini o`tkazdi. Masalan, uning 4-Qurul toyi 1991 yil oktyabr oyida Toshkent shahri yaqinidagi Qozog`istonga qarashli bir qishloqda o`tkazildi. Chunki o`sha zamonlar Toshkent shahrida Qurultoy o`tkazishga ijozat olib bo`lmadi. Qurultoy juda oddiy va ozgina delegatlar bilan o`tkazildi. Harakat Nizomi va Dasturiga deyarli birorta o`zgarish kiritilgani yo`q. Faqat kundalik voqealar muhokama qilindi.

 

Nihoyat Harakatning 5-Qurultoyi 1992 yili 23-24 may kunlari Toshkentda o`tkazildi. Qurultoyda doimiy, hamisha ko`riladigan masalalar qarab chiqildi, ya'ni yillik hisobot, Nizomga o`zgarishlar va Dasturning yangi tahriri ko`rib chiqildi va shularga mos qarorlar qabul etildi. Nihoyat, yana tashkiliy masala, bu safar ham tortishuv bilan o`tdi. Qurultoyda qatnashayotgan Qo`qonlik delagatlar va Toshkentlik delegatlarning bir qismi ''BIRLIK'' MK Raisdoshligiga A. Po`latov nomzodi qo`yilishiga qattiq qarshi chiqishdilar. Oqibatda, o`z vaqtida ''BIRLIK'' tashkil etgan mitinglarni, Fargona, Qo`qon, O`sh voqealarini kinoga tushirgan kino operatorimiz Abdul aziz Mahmudov Harakat ichida Markazchilar fraksiyasini tuzganligini e'lon etdi. A. Mahmudov guruhi, Qo`qonlik delegatlar va yana boshqa bir qator delegatlar A. Po`latov nomzodiga qarshi ovoz berdilar. Natijada, A. Po`latov ozgina farq bilan saylandi.

 

Bu Qurultoyda ham A. Po`latovning raisdoshlikda qayta qolishida men hal qiluvchi pol o`ynaganim tarixiy haqiqatdir. Ammo bu safar, A. Po`latovning raisdosh bo`lib qolishida ''Mustaqil haftalik'' gazetasining Bosh muhariri Hamid Rasulev ham asosiy rolni men o`ynaganman, deb hisoblaydi va o`zining bu harakati xato bo`l ganligini ''Birlik'' gazetasining 1995 yili qayta tiklangan nashrida bir necha marta ochiq yozdi va men bilan shaxsiy suhbatlarida takror-takror so`zlagan eri bor. Darvoqe, H. Rasulev, iqtisod fanlari nomzodi, tug`ilib o`sgan eri Toshkent shahri, 1967 yildan buyon Moskvada yashaydi. U ''oshkoralik'' davrida Moskvada o`zbek tilida nashr etiladigan ''Mustaqil haftalik'' gazetasini rasmiylashtirgan, ''BIRLIK'' a'zosi. ''Mustaqil haftalik'' gazetasi ''BIRLIK'' xalq harakati matbuot organiga aylan gandi. Shuning uchun H. Rasulevning Harakatni targ`ib qilishda bebaho xizmati va o`rni bor. Buni tarix unutmas, deb o`ylayman.

 

''BIRLIK''ning 5-Qurultoyida ikki marta majlisni men boshqardim. Uning asosiy qismini va so`nggi tashkiliy masala qismini olib bordim. Zalda A. Po`latov nomzodi ustida tortishuvlar bo`layotganda, men H. Pasulevni ham so`zga tortib Po`latovning pozitsiyasini mustahkamlashga erishgandim. O`sha Qurultoyda H.Rasulev A. Po`latov haqida ijobiy so`zlab, Qurultoydan uning nomzodini qo`llashni taklif etgandilar. H.Rasulev o`sha nutqiga katta baho berib, ''Birlik'' 5-Qurultoyida A.Po`latov ning raisdoshlikda saqlanib qolishiga faqat men sababchiman, deb yuradi. Ammo H. Rasulev bu harakatidan ko`p afsuslanadilar. O`zining o`sha pozitsiyasi noto`g`ri bo`lganligini ko`p marta ''BIRLIK''chilarga va O`zbekistondan Moskvaga uning uyiga kelishgan mehmonlarga A. Po`latovning ko`p xunuk nayranglari va moliyaviy buzuqliklari haqida so`zlab berganlar. Masalan, H. Rasulening bu suhbatlarini "Birlik"chilardan, Tohir Baqaev, Bahrom Hamraev, Mahmudjon Inaqov, Hazratqul Xudoyberdievа va men takror-takror tinglaganmiz.аааааа

 

Shu erda yana bir faktorni eslab o`tish lozim ko`rinadi. ''BIRLIK'' tashkil etilganda uning tarkibiga anchagina olimlar kirishgan, ularning bir qismi Harakatning rahbariyati tarkibiga saylangan hamа edilar. Ularning ichida haqiqiy ''Birlik''chi, Vatanparvarlari borligi aniq edi. Ammo ular, ayniqsa Toshkentlik olimlar Harakatni birin-ketin tashlab ketishdilar. Biz o`sha zamonlar bu hol sababini yaxshi anglab etmadik yoki anglashga harakat ham qilmadik.

 

Endi bir qancha vaqt o`tib, muhojirlikning azobi va "huzurini" boshdan kechirib, aytish mumkinki, ''BIRLIK'' tarkibidan ilmli kishilarningа asta-sekin chiqib ketishlariga raisdosh A.Po`latov salbiy xususiyatlari, uning shaxsiyatparastligi, shuhratparastligi, molparastligi, mahalliychiligi asosiy sabab bo`lgandir. Chunki o`zini bilgan va biroz o`zini hurmat qilgan kishi A.Po` latov xususiyatlarini qabul qilishi, uni singdirishi mumkin emasdi.

 

''BIRLIK'' xalq harakatining faoliyati susayishi va hatto uning asta-sekin so`nish jarayoni sabablaridan eng muhimi A.Po`latov shaxsiyatiga bog`liligi, ular uning salbiy xususiyatlarida ekanligi juda kech ochildi. Bu kamchillik va xatolarni vaqtida anglamaslik, ularning o`zgartirib bo`lmas zararlar keltirib chiqarishiga yo`l qo`yib berish esa, bizning, ya'ni Harakat a'zolarining va uning faollarining kechirib bo`lmas kamchiligimiz va buyuk xatomizdir.

 

8.1.6. "BIRLIK" xalq harakati Samarqand viloyat tashkiloti faoliyati haqida ba'zi ma' lumotlar.

1988 yil dekabrida Samarqand shahrida "BIRLIK" xalq harakatining viloyat tashkilotini tuzish va uning viloyat ta'sis konferensiyasini o`tkazish tashabbus guruhini tuzdik. Konferensiya o`tkazilganga qadar Samarqand universiteti kafedra mudurlaridan biri, Norjigit Rajabov tashabbus guruhini boshqardi. 1988 yil dekabrdan 1989 yil sentyabriga qadar tashabbus guruhi sistemali, doimiy shaklda ishlab turgan haftalik yig`ilish tashkil etdi. 1989 yil sentyabr Samarqand viloyatа konferensiyasidan so`ng bu yig`ilish Viloyat Kengashi Ijroiya Qo`mitasining haftalik majlisiga aylandi. Qo`mitaning bu yig`ilishlarida O`zbekiston va dunyo siyosatiga oid taktik va kelajak (strategik) masalalar hamda kunlik turmushga tegishli muammolar muhokama qilinardi.

 

Harakat Viloyat Kengashining amaliy ishlaridan biri Samarqanddaа "Ulug`bek yulduzlari" nomli gazeta nashr qilib, uning beshta sonini chop qilishga erishganligidir. Viloyat tumanlaridan biri Ishtixonda ham "Erkin so`z" tuman gazetasi nashr etila boshlandi. Bu ham tashkilotimiz amaliy ishlaridan hisoblanadi. Chunki u zamonlar gazeta nashr etish anchgina mushkul ish hisoblanardi. Ikki gazeta ham nolegal chop etilardi. Bu esa, yana ortiqcha tashvishlar keltirib chiqarardi. "Erkin so`z"ning so`nggi soni 1991 yil 19-avgustda bosmaga berilib, 22-avgustda nashrdan chiqqanligi tarixiy ahamiyatga ega voqeadir. O`zbekistonda ko`pgina mansabdorlar, masalan, I. Karimov, Sh. Mirsaidov kabilar Moskvadagi (19-22 avgust, 1991 y.) davlat tuntarishini bayram qilayotgan va bizni qamoqqa olishga tayyorgarlik kompa niyasini boshlab yuborgan bir zamonda, biz mavjud kommunistik rejimga muxolif fikrni targ`ib qiluvchi "Erkin so`z" tuman gazetasini nashr qilish bilan band edik.

 

Shu kunlarda, u voqealardan ancha vaqt o`tib, ba'zi do`stlar 1991 yil 19-22 avgustida kim qanday pozitsiyada turgandi, deb ham tortishib yurishadi. Masalan, "muhta ram" A. Po`latov va M.Solihlar hamon shu masalada ham nuqul bir-birini ayblashadilar. Agar ular o`sha vaqtda konkret bir amaliy ish qilishganlarida edi, tortishishga o`rin qolmasmidi. Har holda ular ham o`zlaricha ehtiyoti shart GKCHP voqealariga munosabat bildirishga harakat qilishgandilar.

 

Harakatning Viloyat Kengashi bir qancha marta ommaviy norozilik namoyishlari o`tkazishga tayyorgarilk ishlarini amalga oshirdi. Chunki miting yoki boshqa biror peket kabi tadbir o`tkazmoq uchun shahar ijroiya komitetidan maxsus ijozat lozim edi. Shuning uchun bunday tadbir alohida tayyorgarlik talab etardi, ya'ni Ijrokomga, namoyish bilan bog`li barcha protseduralar aniq va ochiq ko`rsatilgan xat tayyorlash zarur bo`lib, u ma'lum vaqt va e'tiborni talab qilardi. Biz bunday xatlarning bir qanchasini tuzganmiz. Ammo hokimiyat aksariyat hollarda, bunday tadbir o`tkazishga ijozat bermasdi. Buning uchun yo`q erdan bahonalar o`ylab topishardi. 1991 yili miting o`tkazishga ijozat so`rolganda, Samarqand shahar ijroiya komiteti, Iroqda bo`layotgan urushni bahona keltirib, unga ijozat berishmagandilar. Qarang, juda kulguli bir hol-a?!. Iroqda bo`layotgan urush bizning Samarqandda namoyish o`tkazishimizga xalaqit beradigan, noqulay holatmish, chunki dunyo notinchmish, shuning uchun Samarqandda miting tashkil etish mumkin emasmish. Ammo bir safar, 1990 yili yopiq binoda, ya'ni Samarqand viloyat siyosiy maorif uyida "miting"(chunki miting tom ma'noda ko`cha yurishidir, axir, shuning uchun qo`shtirnoq ishlatilmoqda.) o`tkazishga ijozat olishga ham muvaffaq bo`lgan edik. Bundan tashqari, 1991 yili kuzda ham 200 kishidan ko`proq odam shaharning Registon maydonidan yangi shahar qismigacha, ya'ni kompartiya viloyat komiteti ma'muriy binosi yoniga qadar norozilik yurishi(marshi) ham o`tkazishni tashkil qila olgandik.аа

 

1989-1991 yillarda hokimiyatdan juda ko`p marta mitinglar o`tkazishga ijozat so`rolgan bo`l sa-da, haqiqatda ularni o`tkazish tarafdori emasdik. Chunki mitinglar o`tkazishning o`ziga yarasha bir qator problemalari, tashvishlari bor edi. Birinchidan, mitinglarga hokimiyatni tashvishlantiradigan darajada, ko`z qo`rqadigan miqdor da odam yig`ish engil ish bo`lmay, aksincha juda murakkab bir muammo edi. Ikkinchidan, odam yig`ilganda ham miting jarayonida hokimiyat tarafidan turli xil ig`vo lar tashkil etilish ehtimoli doim mavjud edi. Shuning uchun, biz miting so`rardik, homiyat mas'ul kishilari esa, bizdan bunday qilmaslikni iltimos qilishardi va biz darhol bu iltimosni qabul etishga kirishardik, ko`pincha uni qabul qilardik.

 

"BIRLIK" Samarqand Viloyat Kengashi faoliyati haqida so`zlanar ekan, Samarqandda yashovchi tojik va o`zbeklar orasidagi milliy munosabatlarga oid masalalarga to`xtamasdan bo`lmas. Masalan, 1989-1990 yillarda Samarqand shahrida millatlararo nizo keltirib chiqarishga zo`r berib urinishlar bo`lganligi haqida ham so`zlash lozimdir. Sovet KGBsi va Qorabog` arman millatchilarining yuvunduxo`rlariga aylangan, o`zlarini tojik, deb ismlagan bir necha alchoqlar yordamida 1989 yil sentyabr da, Samarqand shaharidagi "Spartak" stadionida o`zbeklarga qarshi, ochiqdan-ochik o`zbeklarga dushmanlik ruhida yozilgan shiorlar, plakatlar ko`tarishgan bir guruh (asosan maktab o`quvchilaridan iborat) insonlarning mitinggini tashkil etishdilar. U mitingni o`sha zamon Samarqand kompartiya shahar komiteti to`la qo`llab quvvatladi va uni kompartiya shahar komiteti birinchi kotibi Nosir Yaqubov boshqardi. Bu esa, miting bevosita Moskavaning marhamati bilan tashkil etilganiligidan darak berardi. Aks holda, mashhum Farg`ona voqealaridan ko`p o`tmay Samarqandda bunday milliy mojaro keltirib chiqarish olovini yoqadigan namoyishga kompartiya shahar komiteti yo`lboshchilik qilishga jur'at qila olmagan bo`lardi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, o`sha zamon O`zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi I. Karimov edi. Agar bayon etilayotgan mitingni o`tkazish uchun Moskvadan ijozat olingan bo`lmaganda edi, to`rtta odamning bir joyga, choyxo`rlikka yig`ili shidan ham ajaldan qo`rqqanday qo`rqadigan I.Karimov Samarqandning markazida, u o`zi tug`ilgan shaharda bunday ig`voning ochiq namoyiga yo`l qo`yarmidi? Aslo, yo`q, I. Karimov bunga hech rozi bo`masdi, bo`la olmasdi. Chunki, bunday nozik ish hisobiga I. Karimov qancha mol-dunyo bilan endigina erishgan mansabidan ajrab qolishi hech gapmasdi, axir. Bordiyu, miting beboshlik bo`lib, Respublika KP MKga bo`yinsunmasdan o`tkazilgan bo`lganda, shahar partiya komiteti 1-nchi kotibi boshqargan voqeaga partiyaviy baho berilgan va hech bo`lmasa Mitingga bevosita rahbarlik qilgan o`sha zamon kompartiya Samarqand shahar komiteti birinchi kotibi Nosir Yaqubovga partiyaviy jazo berilgan bo`lmasmidi? Yo`q, unday bo`lmadi. Chunki, bu hammasi yuqorida, Moskvada hal etilgandi. Bu ish O`rta Osiyo-Turkistonning asl aholisi o`zbeklar (turklar)ni butunlay mag`lub qilish, ularni millat sifatida yaramasga chirishga qaratilgan o`sha zamonlar sovet KGBsida mas'ul kursilarni egallab turgan armanlar yovuz niyatli planining Farg`onadan keyingi ikkinchi, navbatdagi qadami edi. Millati va umuman kelib chiqishlarining tayini yo`q I. Karimov va Nosir Yaqubovlar uchun esa, kimning qoni to`kilib, kimniki qolishi ahamiyatsiz, ular uchun eng muhimi birinchi kotiblikda qolish, bosh masala hisoblanardi.

 

Moskvaning ko`rsatmasini ko`r-ko`rona bajo keltirishga o`rgangan bu mas'uliyatsiz, kishilar tashkil etgan namoyishdan so`ng shaharda chinakamiga nozik (kritik) holat maydonga keldi. Shaharda o`zbeklarning javob mitingga chiqishi reallikka aylanaboshladi. Samarqand qishloq xo`jaligi instituti, pedogogika, tibbiyot instituti va Samarqand Davlat universiteti studentlari, shahardagi bir qator korxonalar ishchi-xizmatchilari mitingga chiqish talablari bilan ''Birlik'' Samarqand tashabbus guruhiga murojaat qilishdi. Ular bizdan ko`p minglik ko`cha yurishlariga yo`lboshchilik qilishni so`rar, hatto talab qilaboshlashdi. Aks holda, har bir institut va korxonalar o`zlari alohida-alohida miting qilishni o`rtaga qo`yishardi. Chunki Kompartiya shahar komiteti rahbarligida o`tkazilgan bu ig`vokarona miting shahar nufusi asosiy qismi izzat-nafsiga tekkan edi. Omma, student yoshlar o`ta otashiн edilar. Biz o`shanda, zarracha mitingga mayillik ko`rsatsak tojik atalmish kishilar shahardan haydab chiqilar, shahar ag`dar Ц tо`n tar bo`lar, holat Farg`onadan besh batar bo`lishi aniq edi. Hatto shahardan tojik tilida so`zlashadigan birorta inson qolmasdan haydab chiqarilishi turgan gap edi. Tayinlanganiga hali ikki oy ham bo`lmagan Islom Karimov onasini uchqurg`onda ko`rardingiz, u zamon. Ammo biz, Farg`ona qirg`inlarining asl tashkilotchilarini va ijrochilarning kimligini juda yaxshi aniqlay olgan edik. Shuning uchun ommaning talabini qabul qilish, ya'ni javob mitinggiga chiqish, yovuz niyatli dushmanning tegirmoniga suv quyish bo`lardi. Ular ko`pdan istagan, Samarqandda o`zbeklar emas, tojiklar yashaydi, degan yolg`on hukmni tasdiqlagan bo`lardik. Shuning uchun biz javob mitinggi istagan do`stlar bilan tushuntirish tadbir - charolarini ko`rdik. Biz ularga "Shahar bizniki, biz katta xalqmiz, biz aqlli bo`lmog`imiz lozim. Oramizda bir necha bezorilar bo`lsa bordir. Ularning har bir bezoriliklariga bezorilik bilan javob beriladimi? Biz bezorilargaа o`z obro`mizga yarasha, boshqa xil javobimizni ko`rsatamiz", deb nasihat qildik. Oqibatda, katta vayronagarchilikning oldini oldik. Kelajak, bizning faoliyatimizni va miting uyushtiruv chilar ig`volarini tahlil etajak, jinoyatchilarni munosib ravishda baholayajak va jazolayajak. Men bunga ishongim keladi.

 

Endi esa, 1990 yili boshiga kelamiz. Bu vaqt, chamamda,а fevral oyi edi, bizning qo`limizga bir xat tushdi. Xat, 1989 yili KPSS MK Plenumida milliy masala muhoka masida qo`llanishi uchun tayyorlangan edi. Mazkur xat KPSS MK Birinchi Kotibi M.S.Gorbachevga nomlanlangan bo`lib, o`n bitta Tojikistonlik sovet zamoni taniqli olim va yozuvchilari, va Moskvalik bir-ikkita akademik nomi bo`lganlar tomonidan imzolangandi. Uning tushuntirish qismi o`n bir sahifa va unga ilova qilingan "faktlar" to`kson ikki sahifadan iborat bo`lganа yozuv mashinkasida ko`chirilgan, jirkanch va iflos fikrlar bilan to`lib, toshgan katta bir "doston"(bu iflos alahsirashga doston iborasi ham loyiq emas) edi, u xat. Hammasidan ham xatning mazmuni kishi sochini tik turg`izardi. Chunki xat boshdan, oyog`i millatchilikning o`ta yaramasа chirkinliklari bilan to`lib toshgandi. Uning mazmuniga ko`ra, mavjud O`zbekiston tuprog`ining yarimidan ko`proq qismi tojiklarning tuprog`i va ularning vatani, deb e'lon etilardi. Respublika nufusiga ham shunaqa yirtqichlarcha tajovuzlar yozilgandi, ya'ni xatda tasdiqlanishicha O`zbekistonda istiqamot etayotgan aholining ham yarimidan ko`prog`i tojiklarmish, umuman O`rta Osiyo tojiklarning tarixiy vatani emish-u, o`zbeklar (turklar) istilochilarmish. Ular bu tuproqni XII asr boshlarida bosib olib, turklashtirishganmish. O`zbekistonning bugungi hududi, qolaversa butun Turkiston yurti zudlik bilan Tojikiston respublikasiga qo`shib berilishi zarur, deb qattiq talab qilinardi, u iflos xatda. Bordiyu bu talab qontirilmasa, Samarqand va Buxoroda "ikkinchi Qorabog`" boshlanishini "bashorat" qilardi, u xat mualliflari. Bu gaplar xatda keltirilgan ig`vo va dushmanlikning ba'zi birlari, xolos. Aslida yuz sahifadan ortiq "ilmiy ijod" o`zbeklarga, umuman turklarga dushmanlik bilan to`lib-toshgan, qora loydan iborat, bir balo edi. U xatning to`la mazmunini so`zlab tugatishning iloji yo`q, uni faqat shaxsan o`qib chiqmoq lozim. O`qiganda ham uning mazmuni va maqsadini yaxshi tushunmoq, uqmoq uchun bir necha marta qayta-qayta o`qimoq zarur. Maskur xatning kopiyasi (ko`chirmasi) emas, asl, birinchi (imzolar asl bo`lib, siyohda edi) nusxasi negadir, KGB Samarqand viloyat tashkiloti tomonidan bizga, "BIRLIK" xalq harakati Samarqand viloyat tashkilotiga topshirildi.Qarang, Gorbachevga yozilgan xat ning asl nusxasi bizga berilayapti, nega? Nima uchun bu xatning asl nusxasi Samarqandlik KGBchilar qo`lida turibdi? Tojikistonliklar Moskvaga yo`llagan xat nima uchun Samarqand bo`ylab kezib yuribdi? U xat zudlik bilan mo`ljallangan manzilga, ya'ni KPSS MKga yuborilmasdan, bizga, "BIRLIK"likchilarga o`rganib chiqish uchun berilmoqda, nega, nima uchun?. Bu iflos, hojatxonaga ishlatilishi kerak bo`lgan qog`oz bilan biz tanishib chiqishimiz sovet hukumatiga, KGBiga shunchalar zarurmi? Yoki sovet KGBisi biz o`zbeklarning jonkuyar jonajonlarimi, do`stlarimi, bu xatni bizga yaxshilik uchun berayotirlarmi? Ular bizga yaxshi xabardan, o`zbeklarga foydali xabardan darak berayaptimi? Yana bir eТtiborni o`ziga jalbqila digan eri shundaki, xat, Viloyat tashkiloti boshlig`i menga emas, mening yordamchim Borot Namozovga berildi. Bu ham savol, nima uchun, axir? Xat ''Birlik'' ka, Xalq harakatiga tanishish uchun xolis niyatda beriladigan bo`lsa, nega Harakatning Markaziy Kengashiga emas, bizga, uning Viloyat tashkilotiga beriladi? Xatda ko`tarilgan masalalar butun O`zbekistonga, hatto butun Turkistonga tegishliku, axir. Hega, shunday, nima uchun xat bizga berilayapti? Ammo xatni yozganlar ham, uni tarqatayotganlar ham, xat bilan Harakatning Markaziy Kengashini emas, bizni xabardor etishni tanlaganlar ham faqat bitta yovuz niyatni ko`zda tutgandilar. Ya'ni ularning iflos fikricha, Samarqandda tojik atalmish aholi bir muncha g`uchroq yashashadi, shuning uchun xatdagi yovuz niyatda yozilgan yolg`on va ig`volarni o`qib, biz o`zimizni tuta olmasdan xat mualliflari taxmin etganidek, millatchiligimiz, "yirtqichligimiz" jo`shib, dodlab ko`chaga chiqmog`imiz kerak edi. Xatdagi iflosliklar uchun biz Samarqand dagi tojiklarga, hali siz shunaqamisiz, deb ularga dag`-dag`a qilishimiz va nihoyat shaharda katta g`avg`o kelib chiqishiga sababchi bo`lishimiz mo`ljallangan edi. Ammo biz boshni qo`llar orasiga qo`yib o`yladik va mutlaqo o`zgacha yo`l tutdik. Vahimaga tushmaslik, ig`voga uchmaslik lozim, degan xulosaga keldik. Xatni zudlik bilan ko`chirib olib, undan nusxalarni shahar, viloyat, Respublika partiya organlariga tarqatish zarur, degan qat'iy qaror qildik

 

Shunday qilib, birgina o`zbeklar emas, hammaning, tojikning ham, o`zbekning ham yovuz dushmani tarafidan ijod etilgan, balki o`tkan yili sentyabrda "tojiklar" mitinggini tashkil etganlar tarafidan tuzilgan, bu mashhum xatni B. Namozov KGB vakillaridan olgan hamon mening oldimga keldi va biz ikkimiz birgalikda, bu xatni o`rganish yo`llarini ishlab chiqdik. Birinchidan, xatda nima yozilishidan qat'i nazar, biz uni ommalashtirmasdan, eng avval faqat ikkimiz sinchiklab o`rganib chiqmog`i miz kerak, degan qarorga keldik. Shunga ko`ra xatni to`la ko`chirib olishimiz lozim bo`ldi. Bizga xat bilan tanishib chiqmoq uchun faqat bir kunga yaqin muddat qo`yishgandi. Xat bizning qo`limizda turgan zamon kunnig ikkinchi yarimi edi. Shuning uchun bizning ixtiyorimizda, amalda faqat bir kecha ishlashimiz qolayotgandi. Xatni bir kechada, ya'ni o`n ikki soatda qo`lda ko`chirib olishning imkoni yo`q edi. Darhol, nusxa ko`chirib oilsh uchun u zamonlar, Samarqandda kserio ham yo`q edi. Kimdadir, kserio bo`lsa ham bizning ularga chiqish imkonimiz yo`qdi va bu xat bilan biror kishi oldiga chiqish ham juda xavfli edi. Shunday qilib, qo`limizda birdan bir imkon, xatdan foto nusxa olish qolayotgandi. Buning uchun ham ishonchli fotograf zarur edi. Nihoyat o`ta ishonchli fotograf topdik va kechasi bilan uxlamasdan bir foto nusxa chiqarib oldik. Undan so`ng imkonini topib, foto nusxalarni ko`paytirib, biz mo`ljalga olgan kompartiya rahbariyatlari manzillariga jo`nat dik. Bizning bu yo`limiz, ishni bu shaklda boshlab yuborishimiz Samarqand KGBchilarini tentak qilayozdi. Ammo ishni bu xildaа boshlash bizga "BIRLIK"chi sifatida sezilarli ochko keltirdi. Shundan eТtiboran ular, ya'ni KGBchilar biz bilan ehtiyot bo`lib, ular biz bilan aloqa va munosabatlarida etuk, siyosatni tushunadigan kishilar sifatida muomala qilishadigan bo`lishdilar.

 

Shunday qilib, biz dushman maqsadini aniq tushinib, uni etarli darajada to`g`ri baholadik. Shunga yarasha, imkonimiz doirasida zarur darajada salmoqli va aql bilan harakat qildik. Dushmanning, turklar dushmanlarining ig`vosiga yo`l bermaslik uchun studentlar orasida, Samarqand shaharida tojiklar g`uchroq yashaydigan mahallalarda tushuntirish ishlari olib borishni yo`lga qo`ydik. Ish qilib, qo`limizda bo`lgan barcha kuch va imkoniyatlar bilan shaharda mojaro chiqmasligiga harakat qildik. Ammo o`zlarini "tojiklar vakili" ko`rsatib, go`yo tojiklarning "manfaatlarini" qo`llayotgan, J.Mirsaidov, A.Yusufova, O`. Bekmuradov va adashib ularga ergashib yurishgan besh - o`n kishi, Qorabog` armanilari maslahati bilan ish yuritib, tojiklar va o`zbeklar orasida ixtilof yaratuvchi igТvogarlarga aylanib qoldilar. Men ular tashkil etgan majlislarda ham chiqishlar qilib, tushuntirish olib borganman. Tojiklar "najotkorlari"ning har biri bilan uzundan - uzoq suhbatlar qilib, ularning munofiqliklarini yuzlariga so`zlagan vaqtlar bo`lgan.

 

Xullas, "BIRLIK" xalq harakati Samarqand Viloyat tashkiloti, uning Viloyat Kengashi o`sha zamon vaziyatga jiddiy baho berib, shoshma-shosharlikka yo`l qo`yilmaganligi natijasida KGB va Qorabog` armanilari ig`vosi amalga oshishiga yo`l berilmadi. Bordi-yu o`sha zamonlar "BIRLIK"chilar jindak engillik qilib, jizzakilikka, his-hayojongaа berilib, Samarqandda tojik-o`zbek orasida ixtilof chikguday bo`lganda edi, I. Karimovga prezidentlik tushida ham nasib bo`lmasdi. Ammo biz uchun u vaqt Samarqandday buyuk bir joyda dushman ig`vosiga (turklar dushmani ig`vosiga) uchmaslik eng oliy maqsad edi.

 

Bugun I. Karimov O`zbekistonda diktatorlik qilmoqda, xalqqa azob berib, uning ilg`or qismini tugatish bilan izchil shug`ullanmoqda. O`sha kunlarga, hatto mana shu bugungi zulmdan, I. Karimovning o`zbeklarga ochiq dushmanligi eshigidan qarab ham biz vaqtida qabul etgan qarorimizni mutlaq to`g`ri edi, deb hisoblayman.

 

1989 yili SSSR Oliy Sovetiga, 1990 yili O`zbekiston Oliy Sovetiga deputatlar saylash kompaniyasida ham Harakatning Samarqand tashkiloti xalq ichida anchagina targ`ibot va tashviqot ishlari olib bordi. Masalan, men Samarqand viloyatining deyarli barcha rayonlarida saylov oldi yig`ilishlarda, saylovchilarning deputatlikka nomzodlar bilan uchrashuvlarida qatnashdim va nutqlar so`zlashga harakat qildim.Ularda "BIRLIK"ning programmasini torg`ib qilishga urindim. Viloyat bo`ylab bir necha rayondan mening nomzodimni O`zbekiston Oliy Soveti deputatligiga ko`rsatish tashabbus guruhlari ham tashkil etildi yoki shunday guruh tuzishga harakat qilindi. Ammo Viloyat KGB bo`limi va kompartiya viloyat komitetining qattiq va oshkora qarshiligi natijasi o`laroq, qonunlarni ochiqdan-ochiq buzish bilan mening nomzodimni deputatlikka koТrsatish majlislari buzildi va mening nomzodim ro`yxatga olinmadi.Viloyat Kengashi a'zolari N.Rajabov, S.Muradov, B.Namazov, X.G`aniev, A.Umirzaqovlar ham saylov kompaniyasida faol ishtiroq etdilar. Oq-Daryo, Past-Darg`om, Ishtixon rayonlarida ham "Birlik"chi do`stlarimiz saylov kompaniyasida ko`p ishlar bajarishdilar. Ishtixon rayon saylov oldi yig`ilishlaridan birida Norjigit Rajabov Oliy Sovetga nomzod etib ko`rsatildi. Toshkentning bevosita ko`rsatmasiga muvofiq uning ham nomzodi ro`yxatga olinmadi.

 

1990 yili Toshkent viloyat Oq-Qo`rg`on rayonida yashovchi mesxitiyali turklar bilan bo`lgan voqealar Samarqandda ham bir qator problemalarni keltirib chiqardi. Chunki Samarqand viloyatining Bulung`ur, Jomboy, Past-Darg`om, Ishtixon, Oq-Daryo rayonlarida ular ancha g`uch yashashardilar. Bu turklarni, bu qardoshlari mizni haqiqatda hukumatning maxsus yashirin ko`rsatmasiga muvofiq o`troq joylaridan majburan haydashdilar. Buning uchun birinchidan, turklar yashayotgan qishloq va rayon markazlariga ularni ko`chishga chaqiruvchi maxsusа tashviqotchilar tarqatildi. Ikkinchidan, Past-Darg`om va Ishtixon rayonlarida (bu rayonlarda turklar nisbatan ko`proq yashashardilar) rayon kompartiya rahbariyati mesxitiyali turklarga qarshi, ularning ko`chib ketishlarini talab qilgan mahalliy aholi mitinglarini tashkil etdilar va o`tkazishdilar. Kechalari partiya-hukumati tomonidan tayinlangan maxsus kishilar uyma-uy yurishib, bu mitinglarga odamlarni da'vat etishdi. Bu ishlar Mosk vaning ko`rsatmasiga muvofiq I. Karimov boshchiligida amalga oshirildi. Bu esa, Moskva ko`rsatmasiga ko`ra I. Karimovning bevosita ishtirokida mesxitiyalik turklarni O`zbekistondan majburiy haydash edi. Biz bu jarayonga ham keskin qarshi turdik. Past-Darg`om, Ishtixon, Oq-Daryo va Jamboy rayonlarida turk qardoshlar bilan uchrashuvlar o`tkazdik, ularni ko`chmaslikka da'vat qildik. Lekin hukumat g`azabi kuchli edi. Ular ko`chib ketishdan boshqa iloj topa olmadilar. Masalan, Oq-Daryo rayoni, Dahbet qishlog`ida yashovchi, o`sha qishloqda maktab direktori vazifasida ishlab turgan, bir hurmatli kishi bizga, "BIRLIK" viloyat tashkilotiga murojaat qildi. U murojaat bilan bizga kelganida uning qo`lida bir xat bor edi. Xatda maktab direktori adresiga, begunoh bu insonga qaratilgan bir qator so`kishlar, ya'ni ochiq, o`zbekcha iflos, so`kish so`zlari va Dahbetdan zudlik bilan chiqib ketishi zarurligi yozilgandi. Bir umr qishloqda o`qituvchilik qilgan, faqat bolalar tarbiyasi bilan mash'g`ul bo`lganа bir inson uchun bu o`rinsiz haqorat, dushmanning ishi edi, albatta. Uni aqli joyida bo`lgan bir o`zbek yoki u o`qituvchining qishloqdoshi yozmaganligi menga aydin edi. Lekin u bechora o`qituvchi uchun esa, juda alam qilarli bir holat edi. U, yoshi ellikdan oshgan kishi o`sha mashhum xatni menga ko`rsatib, yig`lab yuborgandi. Biz Dahbetlik o`qituvchini hurmat bilan qabul qilib, nasihatlar qildik. Dahbetga uning uyiga bordik, u erda kishilar bilan suhbatlar o`tkazdik. Ammo natija o`qituvchining ko`chib ketishi bilan tugadi. 1990 yillari Mesxitiya turklarini O`zbekistondan to`la va batamom haydab yubormoq uchun O`zbekiston KP MK 1-kotibi I. Karimovning shaxsan o`zi ko`rsatmasi bilan ana shunaqa, bemaza tashviqotlar amalga oshirilgandi. Bu jarayonga biz qarshi kurashgan bo`lsak-da, unga tusiq bo`la olmadik, unga tusiq bo`la olmasdik ham. Chunki u ishlar Moskvaning o`sha zamondagi bosh rejasi bilan amalga oshirila yotgandi. Bizning barcha harakatlarimiz, jarayonga nisbatan bizning noroziligimiz bo`lib qolaverdi. Shunga ham shukur, hech bo`lmasa jim o`tirib, kuzatuvchi bo`lib qolmadik. Har holda bu noinsoniylikka ochiqchasiga qarshi bo`ldik.

 

1991 yili O`sh voqealari jarayonida ham bir muncha ishlar amalga oshirdik. Hatto Samarqand shahar kompartiya komiteti bilan olishib, tortishib shahar bankida O`shliklarga yordam hisobi ochishga erishganmiz. Bizning, ya'ni "Birlik" Viloyat Kengashi talabiga ko`ra O`sh voqealari munosabati bilan shahar kompartiya komitetida bir uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda Samarqand shahar kompartiya komiteti 1-kotibi Nosir Norovich Yaqubov, shahar ijroiya komiteti raisi Mustafa G`oniev qatnashdi. "BIRLIK" Biloyat Kengashidan, men, B. Namozov va yana to`rtta "Birlik"chi qatnashdik. U, uchrashuvda biz O`shdagi voqealar "hokimiyat tarafidan (Sovet hokimiyati ko`zda tutilmoqda) ikki qondosh va qardosh elat o`rtasida ataylab tayyorlangan ig`vo"- degan fikrni olg`a surdik. Bunda O`zbekiston va Qirg`iziston hukumatlari ijrochilardir, deb tasdiqladik. O`shliklarga moddiy yordam tashkil etish va O`shdagi mojarolarni shaxsan kuzatish, joyida zaruriy yordam tashkil eta oladigan maxsus komissiya tuzish va O`shga yuborishni talab etdik. Shahar kompartiya 1-kotibi boshliq mahalliy hokimiyat tarafi esa, to`la teskari fikrda bo`lib, ular O`zbekiston hukumatining, ya'ni O`zbekiston KP MK 1-kotibi faoliyatini qo`llab-quvvatlashni talab qilishdi. Shunda N.N.Yaqubov "I.Karimov o`zbek lar otasi, u O`shda bizga otalik vazifasini bajarmoqda"-dedi. Men esa, shartta o`rinimdan turdimda, "Yo`q! Karimov o`zbeklarga ota bo`la olmaydi. U o`zbeklarning dushmani", deb yubordim. Bu gap bilan Karimovga nihoyatda katta ayb qo`ymoqda edim. Respublika bosh rahbarini "Dushman", atash, unday-bunday gapmasdi!? Ammo u zamonlar bizda ancha kuch bor edi, bizdan qo`rqardilar. Shuning uchun bunaqa haqoratlarni, u zamonlar ular eshitmaslikka olishardilar. Yig`ilish bizning foydamizga hal bo`lgandi. Shu yig`ilish natijasi o`laroq, shahar bankida O`shliklarga yordam hisobi ochilgandi. Bundan tashqari ham qator aholining turli xil turmush sharoitlariga, moddiy va ma'naviy hayotiga tegishli masalalar va tadbir-choralar ustida ish olib borilgandi. Men bu erda ularning nisbatan ahamiyatlilari haqida qisqacha so`zladim.

ааааааааааа аааааааааааа

8.1.7.а ''BIRLIK''а qaytadan ta'qiqlandi.

Ma'lumki, 1991 yil 30 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar o`tkazildi.

 

Sovet zamonida sovet KGBsi tarbiyasini o`tagan, Vatan sotqini, xalq dushmani, O`zbekiston kompartiyasi MKning 1-kotibi I. Karimov va endigina tashkil etilgan "Erk" demokratik partiyasi Raisi M. Solih Prezidentlikka nomzod etib ko`rsatilgan edilar. Saylov arafasi va saylov oldi kurashi, ularning tashkil etilishi, o`tkazilishi, natijalari haqida bu erda so`zlab o`tirmayman. Chunki mavzu uzun bo`lib, u boshqa xil bayon etilmog`i lozim.

 

Shunday qilib, Prezidentlik saylovlaridan so`ng nihoyat 15 kun ham kechmasdan, ya'ni 1992 yil 16-yanvarda mamlakat paytaxtida "studentlar qo`zg`oloni", atalmish g`alayon chiqdi. Bu g`alayon maxsus tayyorlangan bo`lib, u I. Karimovning shaxsan o`zi boshchiligida O`zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgandi. To`g`rirog`i shu yo`l bilan I. Karimov o`z muxoliflaridan qonli o`ch olishni amalga oshirgandi. Shuning uchun bu ''qo`zg`olon'' tashkilotchilari hamon aniqlanmadi va uning sabablari to`la tahlil qilinib, ular ommalashtirilmadi. 1991 yil dekabr oyida o`tkazilgan O`zbekiston prezidentligigaа saylovlar arafasida talabalar I. Karimov nomzodiga to`la qarshi kafiyatda bo`lishganlarini namoyish etdilar. Shu sabab talabalarning tashkiliy harakatiga xalaqit bermoq maqsadida ularga navbatdan tashqari ta'til berishgandi. Endi esa, yangi 1992 yilning boshida talabalar endigina o`qishlarini boshlashgandilar. Ular hali birorta siyosiy harakat haqida xayol ham qila olganicha yo`q edi. Osmondan tushdimi, erdan chiqdimi, birdan to`polonlar boshlanib ketdi. Demak, 1992 16 yanvarda Toshkentlik talabalar ''qo`zg`olon''ga tayyormidilar? Talabalarni hukumatga qarshi ko`tarishni mo`ljallayotgan biror tashkilot mavjudmi edi? Talabalarning hukumatga qarshi biror xil harakatini tashkil etishda ''BIRLIK'' yoki ''ERK'' partiyasi qatnashishi ehtimoli bormidi? Bu savollarning barchasiga faqat ''Yo`q'' jabobi beriladi, xolos. Undayа bo`lsa, u to`polonlarni kim tayyorladi? U qirg`in, u begunoh yosh yigitu-qizchalarning qoni kimga zarur bo`ldi? Bu savollarning mantiqi va javobi yana o`sha prezident saylovlari arafasiga borib taqalmaydimi? Ha, shunday, uning, "qo`zg`olon"ning asosiy sababi talabalarning salov oldi kafiyatidir.Ularning o`sha jangovar kafiyati uchun ulardan oТch olish "qo'zg`oloni" edi, bu.

 

1991 yil 31 avgustda O`zbekiston, endi I. Karimov tarafidan hamа mustaqil, deb e'lon qilindi. Sovet Ittifoqi ortiq yo`q. Ammo SSSR rasmiy ravishda hali torqama gan, uning Prezidenti M. Gorbachev hali o`z vazifasini o`tab turgan bo`lsa-da, Ittifoqdosh Respublikalar o`z mustaqilliklarini birin-ketin e'lon qilishib, ''uy-uylariga'' kirib olishganlar.

 

O`zbekistonda 1991 yil 19 avgustа voqealarini(GKChP) to`la qo`llab quvatlangani uchun I. Karimovа B. Eltsingami, M. Gorbachevga suyanishni aniqlay olmay sarosimaga tushgan, Respublikada ahvol juda ham barqaror emas; Talabalar ancha faol, Farg`ona vodiysida xalq ancha jonlangan, u erda bir qator yosh moТllavachchalar ''Adolat'' guruhi tuzishib, davlatning tartibni saqlash va huquqni himoya etish organlari bilan musaboqalashib turishibdi; ''BIRLIK'' bo`linib, uning faolligi biroz susaygan bo`lsa-da, to`la zaiflashmagan; Yangi ''ERK'' partiyasi hukumat bilan iliq ''muomala''da tursa-da, uning a'zolari soni kun sayin o`smoqda. Ular o`z matbuotidan unumli foydalanib turishibdi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Respublika KGB tashkiloti mustaqillikka qadar to`la Moskvaga bo`yinsunardi. Hozir esa, I. Karimov hukumati bu organlar ustidan mutlaq hokim bo`la olganicha yo`q. Hozircha I. Karimov to`la ishonadigan birdan-bir quvvatli kuch bu harbiylardir. Chunki ular sovetlar zamonida to`la ruslashtirilgandi. Uning ustiga Respublikadagi milliy uyganish harakatlari KGB tarafidan ruslarga qarshi harakat qilib ko`rsatilganligi uchun O`zbekiston hududidagi rus harbiy qumodonlar millatining tayini yo`q I. Karimov bilan mutlaq yaxshi aloqada, ular faqat unga bir muncha ishon moqda edilar.

 

1991 yil O`zbekiston prezidentligiga saylovlar arafasida mana shunday vaziyat maydonga kelgan edi.

 

I. Karimov hali sovetlar davrida tashkil etilgan O`zbekiston Oliy Soveti deputatlari tomonidan ''saylangan'' prezident hisoblanardi. I. Karimov, oddiyа askarlarning 70 foizidan ortig`i ruslar va harbiy qumodonlikning to`la ruslardan iboratligidan ularga suyanib, hokimiyatni davom etiraversa ham bo`laverardi. U holda xalqaro progressiv jamoatchilik ko`z o`ngida I. Karimov hokimiyati xunuk ko`rinib qolgan bo`lardi. Shuning uchun mug`ambir I. Karimov o`z xususiyatiga mos yo`lni, afg`or ommani, dunyo jamoatchiligini aldash yo`lini tanladi. Haqiqatan Sovet hukumati tugab, O`zbekiston o`z boshiga qoladigan bir vaqtda ruslashgan armiya yordamida hokimiyatni ochiqdan-ochiqchasiga ushlab turish va uniа mustahkamlash xalqaro miqyosda juda ko`rimsiz bir ish bo`lardi. Endigina ''Yovuz imperiya'' iskanjasidan qutilgan mamlakat biroz bo`lsa-da ozodlik, erkinlik talab, ozodlikka, erkka intiluvchi ko`rinishi kerak edi, axir. U zamonlar dunyoning bir qismi O`zbekistonni musulmon mamlakati qabul qilsa, boshqa qismi mustamlaka iskanjasida ezilgan, ozodlik orzusida zahmat chekkanlarа mamlakati, deb qabul etgandi. Bunday xalqaro munosabatniа e'tibordan chetda qoldirib bo`lmasdi. Shu sababdan I.Karimov tashqi ko`rinishdan demokratiya o`yini ko`rsatishga kirishdi.

 

Xullas, I.Karimovа O`zbekistonda, 1991 yil 30 dekabrda Prezidentlik saylovlari o`tkazib, o`zini xalq ''saylagan, ligitimli'' Prezident e'lon qilish yo`lini tanladi. Ammo yasama saylovdan so`ng esa, ilgaridan rejalashtirib qo`yilgan niyatlarini birin-ketin amalga oshira boshladi.Yuqorida sanalgan, Karimov yakka hokimligiga xalaqit berishi mumkin bo`lgan, barcha kichigu-katta to`siqlarni bir-bir supurib tashlay boshladi.

 

Shunday qilib, 1991 yilgi Prezident saylovlaridan so`ng I. Karimov eng avval talabalar bilan orani ochiq qildi. Chunki I. Karimov talabalardan juda qo`rqardi. Ulardan qo`rqqanidan saylovlar arafasida institutlarda tanaffus e'lon etib, talabalarni shaharlardan chiqarib, tarqatib yuborishgandilar. Endi esa, ularni tashkiliy ravishda biror harakatа qila olmaydigan holga keltirish kerak bo`lmoqda. ''Nima uchun Toshkentga buncha ko`p talabalar yig`ilib qolgan? 1989-1991 yillarda barcha mitinglarni ham shular tashkil etishgandi, axir'', deb kuyinardi I. Kari mov o`z-o`ziga. Nihoyat,а ''Toshkent shaharida talabalar sonini keskin kamaytirish, ularni bu shahardan quvish kerak'', dedi I.Karimov, bir kun o`z yugurdaklariga. Ammo Karimov hech bir zamon o`z atrofidagilarga ishonmasdi va hozir ham ishonmaydi. Shu sababdan, u shaxsan o`zi boshliq Toshkent shahrida talabalar sonini mutlaq kamaytirish rejasi ishlab chiqildi. Bu reja zudlik bilan amalga oshirildi. U rejaning amaldagi ko`rinishi 1992 yil 16-yanvarida sodir bo`lgan ''studentlar qo`zg`oloni'' edi. U reja Karimovning shaxsan o`zi tarafidan ishlab chiqilib, yordamchilari (Baxtiyor Nazarov va boshqalar), Respublika Ichki ishlar vazirligi va KGB tashkilotining bevosita ishtirokida amalga oshirildi. Bu xulosa isbotga muhtojmi? Aslida bu erda hech narsa isbot talab emas, hammasi hukumat tomonidan tashkil etilgani ko`rinib turgan bir holdir. Shunga qaramasdan bir necha faktlarni sanab o`tamiz. Birinchidan,а ''qo`zg`olonФdan so`ng darhol butun Respublika bo`ylab, hatto kattaroq rayon markazlarida ham ''universitetlar'' tashkil etishib, mamlakat paytaxt shahrida universitet va institutlarda o`qiyotgan yoshlarni, u ''yangi universitetlarga'' ko`chirish haqida Prezident I. Karimov farmoni e'lon etildi. Ikkinchidan, qiziq ustida, xo`ja ko`rsinga 1992 yil 16 yanvar voqealarini isloh qilish uchun O`zbekiston Oliy Soveti maxsus komissiyasi tuzilgani haqida ham xabar tarqatildi. Buа komissiya nima ish qilgani yoki biror ish bajarib, qandaydir xulosalar chiqargani hamon hech kimga aniq emas.U komissiyaning xulosalari haqida hech bo`lmasa yolg`on ma'lumotlar ham e'lon etilmadi. Nega, nima uchun, axir? Talabalar qurbon bo`lishiga sabab bo`lgan, uning oqibatida o`nlab ''yangi universitetlar'' tashkil etishga majbur bo`lingan masala haqida shunday indalmasdan qo`yilaversa, bu nima, degani bo`ladi? Uchichidan, talabalarni Toshkentdan haydab ulgurmay, ''BIRLIK'' xalq harakati faoliyatini uch oyga to`xtatish haqida hukumat qarori joriy qilindi. Vaholanki, O`zbekistonda mavjud qonunlarga muvofiq Harakatning faoliyatini to`xtatish yoki to`xtatmasligi haqida faqat sud (mahkama) hukm chiqara oladi. Shu bilan birga "ERK" partiyasi ham chetda qolmadi, u ham ba'zi imkonlaridan mahrum bo`ldi. Chunki I. Karimov hisobi bo`yicha endi bu ikki harakatni qo`llaydigan uyushgan, tashkiliy kuch yo`q edi. Endi ularning asosi qo`porib tashlangandi. To`rtinchidan, Farg`ona vodiysida tashkil bo`lgan ''Adolat'' guruhiga saylov oldi va'dalarini bajarish o`rniga, guruhning o`zini tugatib, harakatning faollarini qamoqqa olishni boshlab yubordi. U guruhning ba'zi bir amirlari zo`rma-zo`raki qochib qutula olishdi, xolos. Bular barchasi ''studentlar qo`zg`oloni'' tashkilotchilari I. Karimov boshlig`idagi O`zbekiston hukumatining o`zi ekanligini to`la isbot etadi. I. Karimov Toshkentda o`qiyotgan talabalarni tarqatib yuborish natijasida juda ko`p ''quyonlarni'' bir o`q bilan ura oldi.

 

Darhaqiqat, 1992 yilning boshida voqealar yuqorida ko`rsatilgani kabi kechdi. Biz, o`sha voqealar jarayonida ''BIRLIK''chi va ''ERK''-chiligimizni pesh-pesh etgan bo`lsakda, aslida siyosiy go`dakligimizni yana bir bor ko`rsatdik. Voqealarni chuqur tahlil qilish, uning asl mohiyatini ochish, ularni qayta-qayta tahlildan o`tkazish va jiddiy, keskin siyosiy xulosalar chiqarish, ta'sirli, dadil qarorlar qabul qilish, talabalar harakati yo`lboshchiligini qo`lga olish va unga qo`rqmasdan rahbarlik etish o`rniga, hech narsaga arzimas, ikkinchi darajali boshqa ishlar bilan shug`ullandik. Ko`proq, u voqealar bizga aloqasi yo`qligini, biz, uа "qo`zg`olon"ga aralash emasligimizni isbotlash bilan ovora bo`ldik. To`g`ri, ''BIRLIK'' ham, ''ERK'' ham qon to` kilishiga olib kelgan u mashhum ig`voning tashkilotchisi bo`lishi mumkin emasdi. Ammo bizning ishtirokimizsiz jinoyat sodir etilgan, begunoh talabalar qoni to`kilgan edi. Qolaversa, talabalar chindan ham bizning ishonchimiz, suyangan kuchimiz edilar. Ularning boshida ig`vo aslida biz uchun, bizni zaiflashtirmoq va tugatmoq maqsadida tashkil etilayotgandi. Biz esa, ularni butun imkoniyatlarimiz ila qo`llash o`rniga, ulardan uzoqda turishga urindik, ularga aloqamiz yo`qligini hukumatga ko`rsatishga zo`r berib intildik. Bu mutlaqo xato pozitsiya edi. Ig`vo hukumat tarafidan tashkil qilingan ekan, biz talabalar bilan birga ig`vogarlarga qarshi "jang"ga kirmog`imiz shart edi. I. Karimov esa, o`z jinoyatini xaspo`shlash va ig`vodan ko`zda tutilgan maqsad bo`yicha erishilgan yutug`ini mustahkamlashni izchil davom ettirdi. U bir tarafda ommaviy matbuot vositalari orqali ''ko`z yoshi'' to`kib, ''qora kuchlarni'' aniqlash va ularni shafqatsiz jazolashni va'da qilib, ''ozroq shoshmang, avgustda (1992 yil avgusti, demoqchi) mana bunday bo`ladi'', deb bosh barmog`ini ko`rsatib, ikkinchi tomonda O`zbekistondagi barcha progressiv muxolif kuchlarni bitta-bitta haqiqatdan shafqatsiz jazolashni va ularni tugatush ishlarini butun Respublika bo`ylab boshlab yubordi.

 

''BIRLIK'' xalq harakati, ''ERK'' partiyasi va boshqa katta-kichik jamoatchilik uyushmalarini tugatush maqsadida O`zbekiston ''Asosiy Qonuni''ga xilof ravishda ularni qayta rasmiylashtirish haqida hukumat qarori qabul qilindi. Chunki endi I. Karimov ''saylangan'' Prezident, u o`zi istagancha ularni ''rasmiylashtirishni'' amalga oshiradi. Kimni qoldiradi, kimni o`chiradi, buni endi Karimovning yakka o`zi hal etadi. Unga endi hech qanday yordamchi, maslahatchi, ko`p fikrlilik kerak emas. I. Karimov endi O`zbekistonda ''sharqona demokratiya'', ya'ni Karimov diktaturasini o`rnatadi. Unga diktatura, yakka hokimlik juda zarur. Chunki I. Karimov sovet davrida O`zbekiston hokimiyati boshida uncha uzoq muddat o`tirmagan bo`lsa-da, u Moskva ko`rsatmalarini to`la va so`zsiz bajarmoq uchun juda ko`p jinoyatlar qilib ulgurdi. Shuning uchun bu qo`li qon hukumat boshlig`i muxolif fikrda bo`lgan kimsalarni hukumatga yaqinlashtira olmaydi. Hatto ularning mamlakatda bo`lishi ham I. Karimov uchun kattaа xavf tug`diradi.

 

KPSS Siyosiy byurosi tomonidan O`zbekistonga rahbar qilib tayinlangan I. Karimov, bu hokimiyatni uzoqroq qo`lda saqlamoq uchun Moskva oldida istagan alchoqlikni qildi. U erdan yuborilgan har qanday pastkashlik va jinoyatlarni bosh qoqmay sodir etdi. Endi esa, Moskva yo`q, ammo sodir etilgan jinoyatlar sovumaganicha kishilar ko`z oldida turibdi. Shuning uchun unga endi o`sha qonli jinoyatlarni has-po`shlash uchun, ularning izlarini ''yopib'' yubormoq uchun hokimiyat kerak, hokimiyat bo`lganda ham mutlaq hukmdorlik zarur. Aksincha, u jinoyatlar ochilib ketishi va Karimovning jinoyatchi guruhi sharmisor bo`lishi turgan gap. Ammo Karimov qo`lida hokimiyat turibdi, uni hech kimsaga bermoqchi emas. Aksincha, hokimiyatni diktaturaga aylantirish uchun zarur bo`lgan eng muhim qadam qo`yildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu qadam Toshkent shaharida to`plangan talabalarni tarqatib yuborishdan iborat edi. Bu ish a'lo darajada bajarildi. Endi Karimov uchun Yagona hukmdorlikka yo`l ravon, ochiqdir. Chindan ham shunday bo`ldi. Masalan, bugun, 1999 yilda ham O`zbekistonda Karimov mustabid hokimligi davom etib turibdi. Xalqning yarimi qamoqxonalarda azob-uqubatda o`lib ketayotgan bo`lsa, qolgan yarimi ochlik va yalang`ochlikda o`z uylarida jon bermoqda. Karimov, haqiqatda 1991 yili prezident saylovida ham, 1995 yil uning vakolatini cho`zish referendumida ham saylanmagan ''prezident''. Bu hol unga juda yaxshi ma'lum. Shuning uchun, mana o`n yildirki, uni saylashni istamagan o`zbek xalqidanа u o`ch olmoqda.

 

Tarix usta hakamdir. Zamonlar kelar, Karimov kirdikorlari ham oshkor bo`lajak. XIX asr ikkinchi yarimida rus bosqinchilari ulug` shahrimiz Samarqandni ishgol qilishida ularga josuslik ma'lumotlari to`plab bergan sotqinlar ismi bugun hammaga oshkor. I. Karimovning, yovuz niyatliligi, josusligi o`zbeklarga (turklarga) dushman bo`lganligi ham oshkor bo`lishiga hech shubha yo`q.

 

Shunday qilib, ''BIRLIK'' xalq harakati qayta rasmiylashtirmoq uchun zarur bo`lgan barcha hujjatlarni Respublika Adiliya Vazirligiga topshirgan bo`lsada, uni rasmiylashtirishmadi. Aksincha, 1992 yilning ikkinchi yarimidan boshlab ''BIRLIK''chilarni turli xil uydurmaа ''jinoyat lar'' bilan qamoqqa tashlay boshlashdi. Natijada, 1992 yil so`ngidan boshlab, Harakatning faollari Vatanni tashlab ketishga majbur bo`lib qolishdi va ular O`zbekistondan chiqib keta boshlashdi. Endi ularning oldida uzun muhojirlik hayoti turardi.

 

8.1.8. O`zbekiston rasmiy hukumati va muxolifat vakillarining Vashingiton uchrashuvi.ааааааааааа

1994 yilning so`nggi oylari men uchun ancha tashvishli o`tdi. Chindan ham mayda, ammo vaqtni ko`p oladigan yoz-chiz kabi ishlar anchagina bo`ldi. Bu zamon ichida Abm. Po`latov va M. Narziqulovga bo`lgan munosabatlarim ham deyarli aniq, xulosaviy ko`rinish oldi, ya'ni men ular haqida o`z so`nggi fikrlarim va xulosalarimni bir nuqtaga keltirdim. Hali Amerikaga jo`namasimdan H. Rasulev bilan o`tkazilgan bir suhbatda men unga "Hamid aka, Abdumannob va Madamin, deganlari Karimov va uning guruhidan hech tarafi bilan farq qilmaydigan maxluqlar ekan, degan hulosaga keldim", desam, u kishi rosa yotib kulgandi. Chunki H. Rasulev mendan ancha ilgariroq ularning kimligini aniqlab, o`z hulosalarini chiqarib qo`ygandi. U Po`latovlarni allaqachon normal odamzot ro`yxatidan uchirib, Narziqulovga "bo`sh-mahkam" va Yo. Obidga "isqirt shoir", deb laqablar ham qo`yib olgandi. Ammo men doim "Hamid aka, borimiz to`rttagina muhojirmiz, ularni ham "mahkam-u, isqirt"ga chiqarib yuborsangiz, bu qanday gap?. Yaxshi-yomon bir-birimizga suyanch va yordamchi bo`lib ish qilmog`imiz zarurmasmi?", deyardim. U menga, "mayli, shunday, deb yuravering qani, ko`ramiz nima bo`larkin", deya kinoya qilardi. Muhojirlik davri ko`rsatdiki, ularning ikkisi, kichkina Po`latov va Narziqulov O`zbekiston hukumatida o`tirgan o`g`rilardan ming battar kishilar ekan. Ularning xususiyatlarini men o`z ustimda amalda sinab ko`rdim. Endi katta Po`latov masalasi qolmoqda. H. Rasulevning taТrificha bularning barchasining o`qituvchisi Abdurahim, ya'ni katta Po`latovdir. Lekin men, 1989-93 yillar davomida "Birlik" harakatida faoliyat ko`rsatib yurib, uning xususida yaxshi fikrda edim. Samarqand viloyatida to`rt yildan ko`proq rasmiy siyosatga muxolifatda ishlab uni O`zbekistonning ilg`or ziyolisi sifatida ko`p ta'rif va targ`ib qilganman. Shuning uchun H. Rasulevning bir qator hikoyalari bilan fikrimni buza olmasdim, albatta. Shu sababdan bu masalada, ya'ni katta Po`latovga baho berishda H. Rasulev bilan mening fikrlarim diamerial qarama-qarshi edi.

 

1994 yilni mana shunaqa tugallab, yangi, 1995 yilni "FORUM" gazetasining 2-sonini va Amerikaga safar uchun lozim bo`lgan hujjatlarni tayyorlash ishlari bilan boshlashga to`g`ri keldi. Chunki 1995 yil yanvarning so`nggida Amerikada siyosiy uchrashuv boshlanishi lozim edi.

 

Shunday qilib, 27-yanvarda Moskvadan chiqilib, 28-da Amerikaga boriladigan bo`lindi. Programmaga ko`ra yanvarning 30-da uchrashuv majlisi boshlanishi lozim edi.Viza va biletlar tayyorlab qo`yildi. Men, Paxlavon ismli muxbir yigit va Irina ismli yana bir rus xonimi muxolifat vakili sifatida Moskvadan Amerikaga keladigan bo`ldik. Moskva-Frankfurt-Vashingiton reisini bajaradigan uchoqda uchadigan bo`lganimiz uchun M. Solih bizga Olmoniyada qo`shiladigan bo`ldi. Nima bo`ldi-yu, Irina biz bilan birga ucha olmaydigan bo`lib, u bizdan bir kun so`ng Vasingitonga keldi.

 

Xullas, 28-yanvar kechqurun biz Vasingitonga kelib etdik. Bizni "Amerika ovozi" radiosi xodimi Javdat Sobir kutib oldi. Javdat juda muloyim, tili shirin yigit edi. Kimga qanday, bimayman-u, ammo Javdat menga yoqib qoldi. Biz belgilangan mehmonxonaga joylashdik. Menga Adurahim bilan bir xonada joy ajratilgan ekan. Ammo bu erda hali Abdurahim yo`q ekan. U Vashingitonga bizdan bir kun ilgari kelgan bo`lsa-da hamon bu erga kelmabdi. Keyin bilsam, u ukasi Abdumannob nikida to`xtab, mehmonxonaga hali kelib ulgurmagan ekan. Biz Amerikaga kelishimizning keyingi kuni, 29-yanvar yakshanba bo`lib,а dam olish kuni kechga bizni uchrashuv tashkilotchilarining boshlig`i o`z uyiga mehmondorlikka chaqirgan edi.

 

Taklif etilgan vaqtda biz adresga bordik. U erga borganlar: mezmonlar, ikki Po`latov, M. Solih, Paxlavon, Javdat Sobir, O`zbekistonning AQShdagi sobiq buyuk elchisi Muhammad bobur Malikov va mendan iborat edik. Mezmonlar ham ko`pchilik emasdilar. Ular, uy xo`jasi va bekasi, uchrashuv tashkilotchilaridan yana bir ayol kishidan iboratа bo`lib uch kishi edilar.

 

Biz to`la yig`ilib bo`lganimizda siyofat dasturxoni hali to`liq tayyor bo`lmaganligidan biroz o`zaro suhbat etishimizga imkon bo`ldi. Shunda birinchi bo`lib, M. Solih "Abdurahim, men bu erga oramizdagi ixtiloflarni yig`ishtirib umumiy ishlarimizni rivojlantirish masalalarini muhokama etishni istab kelganman. Siz bunga qanday qaraysiz", deb murojaat qildi. Men bu erda Solih so`zlarini aynan birma-bir keltirayapman, deb hukm qilmayman. Chunki u suhbat magnit lentasiga yozib olingani yo`q. O`sha zamon Solihning Abdurahimga eng ilk so`zlari mazmunan men keltirganday bo`lgandi. Abdurahim unga "So`z bilan ish bir xil bo`lishi kerak. Biz sizda buni ko`rmayapmiz", deb javob qaytardi. Shu holatda dasturxonga taklif bashlanib, o`sha kun mavzu to`xtab qoldi. Ertasi kuni 30-yanvar uchrashuvning birinchi hayajonli kuni, bu kunа yig`ilishga chiqqanimizga qadar yana birga yig`ilishdik. Bu safar mehmonxonada, M. Solih xonasida o`zbeklar kechagidek tarkibda jig`ilishdik. Faqat bugun boyagi rus Irina xonim ham kelib ulgurib, u ham bu xonada paydo bo`ldi. Ammo u o`zbekchani tushunmasdi. Bizning suhbatlarimiz o`zaro o`zbekcha edi, albatta. Solih bugun ham Abdurahim oldiga kechagi masalani qo`ydi va bir qo`shimcha qildi. U, "Abdurahim, siz "Ozodlik"da meni Islom fudamentalizmida va terrorizmda aybladingiz. So`zlaringizni dalillar keltirib isbotlab beringchi?", dedi. Abdurahim bu savolni javobsiz qoldirdi. Ixtiloflar masalasida esa, hech qanaqa murosaga rozi emasligini ochiq aytdi. Shu erdayoq ahvol juda bir xunuk tus oldi. Hammamiz nihoyatda tajang bo`ldik va shunday bir holatda majlisga bormoq uchun tashqariga chiqishdik. Majlis bo`ladigan er mehmonxonadan uzoq emasdi. Shuning uchun sekin oyoqda yura boshladik. Men va M. Malikov ikkimiz Abdurahimni yonimizga olib yo`lda takror undan iltimos qildik, ya'ni Solih taklifini qabul qilish, bu erda, Amerkaliklar olidida O`zbekiston muxolifati bitta ekanligini ko`rsataylik qabilida, unga ko`p yolindik. Ammo u bizga "yo`q, men o`z planimdagi ishni bajaraman", deb javob berdi. Men o`shandayoq unga "Agar Siz shunday qiladigan bo`lsanggiz "Birlik" boshqa bo`lmaydi. U qayta tuzilishi ham mumkin. Menimcha aniq qayta tuziladi", dedim. Ana shunda ilk dafa undan hafsalam pir bo`ldi.

 

30 yanvar 1995 yil.

Majlis boshlandi. Majlis bo`ladigan xona 40-50 kishiga mo`ljallangan zal va bizga, ya'ni uchrashuv qatnashchilari uchun mo`ljallangan ruscha "П" harpi shaklida stol hozirlangandi. Harfning qarama-qarshi yoqlariga "Birlik" va "Erk", usti qismiga uchrashuv tashkilotchilari va O`zbekiston hukumati vakillari o`tiradigan etib qo`yilgandi. O`zbekiston rasmiy hukumati nomidan Respublika Adliya Vaziri Alisher Mardiev hamda O`zbekistonning AQSh-dagi Buyuk elchisi Sodiq Sofaev ishtiroq etayotgandi. M. Malikovga ham biz tarafda, "Birlik" tarafda joy qo`yilgandi. Stolning ustida bizning familiyalarimiz yoziqli turardi. Jumladan Malikovning ham familiyasi yoziqli turgandi. Demak, uchrashuv tashkilotchilari uni ham muxolifat vakili sifatida qabul etishganlar.

 

Bizning qo`limizga avvaldan tarqatilgan uchrashuv programmasida muxolifat nomidan so`zlovchilar M. Malikov, A. Po`latov va M. Solih tartibda ko`rsatilgan edi. Ammo majlis davomida biroz o`zgarish ro`y (sababi menga aniq emas) berib, so`z berilishida Po`latov va Solih o`rinlari almashtirildi, ya'ni endi avval Solih va undan so`ng Po`latov so`zlaydigan bo`lib qoldi. Bu o`zgarish kim tarafidan kiritilgani ham menga aniq emas.

 

Majlisni kecha bizni mehmon etgan kishi ochdi va kirish so`zi so`zladi. Birinchi so`zа O`zbekiston hukumati vakili A. Mardievga berildi. Muxolifat ham, hukumat vakillari ham so`z matnlarini ruscha tayyorlashgan va ruscha so`zlardilar. Mardievning so`zi kompartiya viloyat komitetining yillik hisobotiga o`xshash bir ma'ruza bo`ldi. Undan so`ng tashkilotchilar so`zladilar. Ish qilib muholifatdan faqat M. Malikovga so`z berildi va shu bilan majlisningа birinchi yarimi tugadi. Ammo Malikov va Mardiev so`zlari shunchalar farq qilardiki, qo`yavering. Men M. Malikovni bundan ilgari tanimasdim. U haqida faqat uncha muncha xabarlar eshitgandim, ayniqsa u elchilikdan chetlashtirilgandan so`ng Amerikada muhojirlikda qolgandan keyin biroz uning shaxsiga menda qiziqish paydo bo`lgandi. M. Malikov anchagina bama'ni, siyosiy va umumiy savodi joyida kishi ekan. Shuning uchun hukumat vakili Mardiev va muxolifat nomidan ilk chiqish yasagan Malikov so`zllarini tinglagan uchrashuv tashkilotchilari va zalga bizni ko`rish va tinglash uchun kelishgan Amerbkada yashovchi o`zbeklar, uchrashuvga qiziqib kelishgan boshqa qatnashchilar muxolifat vakili rasmiy hukumat vakilidan kamida bir kalla yuqori ekan, degan xulosaga kelishdi, desam zarracha mubolag`a bo`lmaydi. Ana shunday kayfiyatda tanaffusga chiqdik. Tanaffus vaqtida A. Mardiev mening oldimga kelib, men bilan so`rashib, "domla qaerlarda yuribsiz", deb dardlashgan bo`ldi. Chunki biz bir-birimizni juda yaxshi tanirdik. Mardiev Samarqandlik bo`lib, 1989-1992 yillari Samarqand Hokimining birinchi o`rin bosari lavozimida ishlagan va biz baТzan qarama-qarshi taraf, ba'zida esa, bir taraf turib ko`p marta uchrashganmiz, tortishganmiz. Siyosiy masalalarda doim bir-birimizga muxolif bo`lsak, milliy masalalarda, ayniqsa arman millatchilari va SSSR KGBsi ig`vosiga uchgan tojik millatchilari bilan kurashda hamfikr ham edik. Shuning uchun mana bu erda, dunyoning uzoq bir mamlakatida, ayniqsa hozirgina majlisda to`la engilganidan so`ngra menga "mehribonchilik" ko`rsatmoqda edi, bu Mardiev, deganlari.

 

Majlisning tanaffusdan keyingi qismi boshlandi. Endi birinchi bo`lib M.Solihga so`z berildi. U o`z so`zini Malikov maqomida ancha tartibli, faqat "Erk" partiyasining nuqtayi nazari doirasida, muxolifatning ichki ixtiloflariga til tekkizmay, O`zbekistonda diktatura bor va unga muxolifat ham mavjud, uning vakillari biz, yaТni shu erda o`tirganlar degan ma'noda so`zladi. Uning so`zidan "Birlik" va "Erk" alohida-alohida muxolif harakatlar ekan, degan ma'no chiqmasdi. Haqiqatan Solihning so`zi tinglovchilar tarafidan O`zbekistonda nodemokratik davlat rejimi bor va unga qarshi tabiiy muxolifat mavjud, u esa "Birlik" harakati va "Erk" partiyasi, deb qabul qilindi. M. Solih bu so`zi bilan tinglovchilarda juda yaxshi taassurot qoldirtdi. U Malikov so`zlarini to`ldirib, hatto a'lo baho olgandi, desa bo`lardi. Ammo Po`latov so`zlagandan so`ngra hamma ish buzildi. Chunki A. Po`latov majlisda bizning ichimizda bo`lgan barcha ikir-chikirlarni o`rtaga solsa bo`ladimu? Ayniqsa o`sha erda ham M. Solihni islom fundamentalizmida va terrorizmda ochiq aybladi. Solih esa, uning so`zlariga chidab tinglamasdan luqma tashlashni boshlab, unga so`zlashga xalaqit bera boshladi. Solihning bu jizzakiligi majlis tashkilotchilari va tinglovchilarda yomon iz qoldirdi. Uning jiddiy, his-hayajonini saqlay biladigan siyosatchiligiga shubha paydo bo`ldi. Bungacha tasavvurda gavdalangan yuksak Solih endi pastga tusha boshladi. Nihoyat, Abdurahim so`zini tugatdi. Bizning fikrimizcha endi Solih Po`latovga qarshi qo`shimcha so`lamasligi lozim edi. Shuning uchun men Malikovdan iltimos qilib, stolning qarshisiga o`ting va Solihni Po`latovga qarshi so`zlashdan to`xtating, dedim. Ammo u taklifni o`zimga qaytardi. Men shunday ishni bajardim. O`rnimdan turub Solihning yoniga bordim va undan qarshi so`zlamaslgini iltimos qildim. Lekin foydasi bo`lmadi, u bariа bir so`zladi. Achchig`ini Po`latovga to`kib soldi. Natija nima bo`ldi? Natija, Solih navbatda turib so`zlaganda olgan bahosini yo`qotdi hisob. Po`latov-ku, o`z so`zi bilan o`zini tamom qilgandi. Solih esa, unga qarshi so`z qilaman, deb o`zini yo`qotayozdi. Ammo aytishim kerakki, o`sha kuni majlisdan biror narsaga ilinsa ilinadigani Malikov bilan Solih ekan, degan xulosa qilindi. Po`latovning so`zi esa, oshga tushgan pashsha bo`ldi, xolos. Buning isboti uchun o`sha majlisda kuzatilgan bir holni eslab o`taman. Masalan, Po`latov majlisda so`zlamoqchi bo`lgan matnni ko`paytirib majlis zalida o`tirganlar olidiga qo`yib chiqqandi. Ularning aksariyati amerikalik o`zbeklardi. Ammo majlis tugagandan so`ngra ma'lum bo`ldiki, birorta kishi u matnlarni qo`liga olishmabdi. Yig`laging kelardi bu holga. Haqiqatan Abdurahimning o`zining ham yig`lagisi kelgandi, o`sha payt.

 

Majlisning birinchi kuni shu bilan tugadi. Majlis boshlanmasdan avval Adumannob bizlarniа kechqurun uyiga mehmondorlikka taklif etgandi. Majlis tugagandan so`ng esa, M. Solih meni va Pahlavonni boshqa bir mehmondorchilikka olib bordi. Biz qunoqlikka borgan joy Vashingiton mehmonxonalaridan biri edi. Ma'lum bo`1diki, bizni, ya'ni Solihni bu erga Anvar Oltoyli chaqirgan ekan. Bu erda bizga Ro`zi Nazar o`g`liа bilan qo`shildi. Ro`zi Nazar va uning o`g`li (ismini unutdim) majlisda qatnashgan o`zbeklardan bo`lib chiqdi.

 

Ro`zi Nazar nafaqador 70-dan oshgan kishi edi. Ammo nihoyatda tetik, hech uni bunday yoshda demasdi, kishi. Uning o`g`li esa, 30-larga yaqin yoshda bo`lib, turkchada, bugungi bizning o`zbekchada juda yaxshi so`zlashardi. Ingliz va olmon tilini ona tili hisoblardi. Chunki uning onasi, Ro`zi akaning xonimi olmon ayoli edi. Ro`zi Nazar rus-olmon urushida olmonlarga asir tushib, Amerikaliklar qo`liga o`tib qolgan, olmon va AQSh razvetkasida ishlagan, hozir esa, o`sha tashkilotdan nafaqada edi.

 

Anvar Oltoyli haqida ham ikki og`iz so`z. Men bu kishi bilan ilk dafa uchrashmoqda edim. Menga tushuntirishlaricha, bu kishi O`zbekiston sovetlar tarkibidan tushib qolgan hamonoq, I. Karimovga iqtisod ishlari bo`yicha yordamchimi, maslahatchimi bo`lib ishlagan. Karimov o`zbeklarning onasini "bo`g`oz" qilayotgan hodisada Sh. Mirsaidov bilan birga u ham ishtiroqchilardan biri bo`lgan va o`sha zamon lo`li Karimovga birgina Anvar Oltoyli darhol javob qaytarganmish. Aytishlaricha hodisa bunday bo`lgan, bir zamon O`zbekiston Prezidenti maТmuriyati idorasida Karimov, Mirsaidov, Oltoyli (ulardan boshqalar ham bo`lgan deyishadi) yig`ilib qolingan bir vaqtda o`zbek millati haqida so`z ketadi va lo`li Karimov "bunday millatning, ya'ni o`zbeklarning onasini ... kerak", deb ochiqchasiga so`kinadi. Afsuski, haqiqatan u lo`li hozirgacha o`zbeklarning onasini ... davom etkazmoqda. Shu erning o`zida, darhol "yo`q, bu buyuk xalqni hurmat qilish kerak", deya olgan birgina Anvar Oltoyli bo`lgan ekan. O`sha hodisadan ko`p o`tmay Oltoyli yordamchilik "buyuk" lavozimni ham tark etgan. Ammo Adurahim bu kishi to`risida anchagina salbiy gaplar tarqatib yuradi. Bizning Vashingiton yig`ilishimizdan so`ng ham Anvar Oltoyli A. Po`latovning "siyosiy" faoliyatida biroz vaqt o`rin olib turdi. Menda Anvar Oltoylining qanday odamligi haqida hech qanday ma'lumot yo`q. Shuning uchun u kishi yaxshi odam yoki yomon odam deyishga menda asosа mutlaqo yo`q. A. Po`latovning aytishicha, M. Solihni moliyaviy taТminlovchi Oltoyli emish. Agar Oltoylining "gunohi" faqat Solihga moliya yordami bo`lsa, tushunarli. Bu erda yana o`sha hasad bor. Nima uchun menga emas, Solihga, degan bemazachilik yotibdi buning tagida. Mana bugun ham Oltoyli Solihni mehmon qilmoqda, bu ham xarajat, Solihga "moliyaviy yordam"dir balki.а Bilmadim, Po`latov yana nimalarni ko`zda tutadi, menga uyog`i qorong`i. Yanada bo`lsa, Vallohu aТlam! Alam qiladigan joyi shundaki, imkoniyatlarni birlashtirib, birgalikda samarali ish qilaylik, harakatimizga moddiy yordam bera oladigan kishilarni ham ko`paytiraylik, emas, aksincha nima uchun unga yordam beradi menga yordam bermaydi, kabi nuqul hasislik va hasadga to`lib-toshgan his-hayajonlarning guvohi bo`lasan kishi.

 

Javdat Sobirning aytishicha, Amerikalik o`zbeklar ham ikkiga bo`linishib, bir qismi Abdurahim taraf, boshqa qism esa, Solih taraf emishlar. Ro`zi aka "Solihchilar" qismining "boshlig`i" hisoblanar ekan. "Po`latovchilar" tarafining "boshlig`i" Ergash aka ismli birisi ekan. Ergash aka ham majlisga qatnashgandi. Hatto majlis tanaffusida Ergash aka bilan so`zlashib, tanishdim. Alohida uchrasharmiz, deya niyat ham qilishdik. Demak, bir zamonlar bolshovoylar zulmidan hijrat qilgan, hozirda amerikalik o`zbeklar ikki guruh bo`lishib, katta umidlar bilan majlisga kelishgan. Ular majlisda faqat bu ikki "buyukning" janjalini ko`rishdi. Uning asosiy sababchisi ham Abdurahim Po`latov bo`ldi. Abdurahimning nutqi matnini Ergash aka ergashtirib kelganlar ham olishni ep ko`rmadilar.

 

Majlis tugagandan so`ng yana bir voqea ko`zga tashlandi. YaТni majlisning tanaffusida menga "mehribonchilik" ko`rsatayotgan ministr A. Mardiev majlisdan keyin esa, bir og`iz xayr deyishni ham nasiya qilib, "dumni tugib" qolibdilar. Bilasizmi, nima uchun bunday bo`ldi? Chunki majlisning ikkinchi yarimi to`la ular foydasiga hal bo`lgandi. Muxolifatning ixtilofini dunyo sahnasiga chiqarib, ular o`z vazifalarini "aТlo" bajargandilar. Majlisdan ko`zda tutilgan maqsadlariga erishgandilar. Endi huku mat vakilining bizga alchoqlanishiga hojat qolmagandi. Hukumat ming yilda bajara olmaydigan ishni Po`latov besh daqiqada hal etib qo`ya qolgandi.

а

Shunday qilib, Anvar Oltoyli ziyofatidan so`ng, aqshom bir zamon yotoqqa keldik. Mehmon xonada biz yotishimiz lozim bo`lgan xonada Adurahim yana yo`q edi. Chunki uning ukasinikida ham siyofat bordi. Shuning uchun u Adumannobnikida bo`lishi kerak edi. Ammo Abdurahim majlisdan so`ng mehmonxonaga kelib, biz birga yashaydigan xonada menga bir xatcha qoldiribdi. U qog`ozda, "Aliboy aka, mening nutqim maxsus maqsadni ko`zlaydi. Hademay natijasini ko`rasiz. Hammasi aТlo bo`ladi, yaqinda Vatanga qaytamiz," deb yozilgandi. Bu xat o`sha kechasi menga uyqu bermadi. Men bu bilan Abdurahim nimani ko`zda tutayotganini tushunishga intilardim. Shu xat bahona hali Amerikaga kelishga tayyorgarlik ishlari bilan yurgan bir zamonda Moskvada bo`lgan bir voqea yodimga tushdi. O`sha voqeani ham bu erda keltirib o`taman.

 

аHali Amerikaga jo`nashimizga anchagina vaqt bordi. Men va Bahrom Hamroev Moskvadagi bir ishxonadan Po`latov Abdurahimning uyiga Istanbulga telefon qildik. Bahrom so`zlashdi. Adurahim uyda yo`q ekan, Bahrom yangasi, Abdurahimning xotini bilan gaplashdi. Qisqasi, Bahrom telefonni qo`yib, "domla, tabriklayman, yaqinda Vatanga qaytamiz ekan. Yanga shunaqa, deyaptilar", deya hovliqdi. Biroz so`ng hovuridan tushib, Bahrom takror, "domla, Abdurahim aka uyida yo`q ekan. Yanga bilan so`zlashdim.U kishi juda jiddiy,Vatanga qaytamiz, akanggiz shunday, deyapti", dedi mengaФ dedi. Shu bilan u zamon gap tugab, o`sha joyda qolib ketdi. Men Bahromning so`zlaridan gap nimada ekanini yaxshi tushuna olmadim. Shu bilan bu voqeadan bir muncha vaqt o`tdi, biz hali Amerikaga jo`nashga tayyorgarlik bilan shug`ullanib yurgan davrda Abdurahimning o`zi Istanbuldan menga Moskvagaа qator dafa telefon qildi. Har safar Vashingitonda "Erk"ni, ya'ni partiyaning raisini mag`lubiyatga uchratishimiz haqida gapirdi. U menga har doim "Bu juda zarur. Men sizga hali hech kimning xabari yo`q (xotinining Bahromga maqtanganidan xabarsiz) axborotni aytayin, Vashingitonda yutuqqa erishsak Vatanga so`zsiz qaytamiz", derdi. Men esa, unga doim bir xil javob qaytarardim, "Abdurahim, nima deyapsiz, biz Amerikada ham janjal va tortishish bilan sharmanda bo`lamizmi? Yo`q, biz nihoyat birlashmog`imiz lozim", derdim. U esa, "Aliboy aka, Siz bilmaysiz vaqt o`t gan, Solih bilan birlashib bo`lmaydi", deb javob qilardi. Mana bugun majlisda masalaning mohiyatini ko`rdim. Ministrning xayrlashuvni nasiya qilishi ham ana shundan darakchi edi. Ana endi chindan ham mag`lub bo`ldik. Ammo "Erk" Abdurahimga emas, aksincha muxolifat o`zbek millatining yovuz dushmani lo`li Karimovga to`la batamom uzoq yillarga mag`lub bo`lganini ko`rdim. Endi "natijani ko`ramiz", qani Abdupahim Po`latov qachon O`zbekistonga qaytar ekan?! Ana shunaqa xayollar bilan kechani o`tkazdim.

 

давомига ўтиш

Hosted by uCoz