Бундан олдинги қисмини ўқиш учун шу ерга босинг! Davomi:

8.1.1. Sovet Ittifoqdosh Respublikalarida milliy ozodlik harakatlari jonlana boshladi.

 

Sovet Ittifoqi 1970-1985 yillar orasida ''turg`unlik davri'', deb atalmish zamonni boshdan kechirdi. Darhaqiqat, bu davr mamlakat xalq xo`jaligining hamma sohasida tinchlik, sokinlk zamoni bo`ldi. Hech bir tarmoqda olg`a siljish bo`lmadi, sezilmadi. Ishlab-chiqarish ko`rsatkichlari pasayb bordi. Shu bilan birga bu davrda kishilar da, ularning ong va tafakkurida milliy uyg`onish belgilari ham sezila boshladi. Milliy Respublikalarda milliy ozodlik ruhi kurtaklari qayta ko`rina boshladi. Ayniqsa, Boltiq bo`yi Respublilikalarida bu harakat ochiq ko`zga ko`rinib qoldi. Ammo u zamonda butun mamlakat bo`ylab vaziyat bir-biriga juda o`xshab ketardi. Bizda, O`zbekistonda ham ayniqsa, shoirlarning yosh avlodi, ba`zi yozuvchilar, publisistlar ijodida ba`zan milliylik ruhi seziladigan bo`lib qolgandi. Ba`zi bir ommaviy matbu ot vositalari chiqishlarida O`zbekistonning mustamlaka ekanligiga, uning ozod etilishi lozimligiga ishoralar uchiray boshlagandi.

 

''Turg`unlik'' zamoni, Sovet Ittifoqi bosh hokimiyatida, yaТni KPSS Siyosiy byurosida nuqul qariyalar to`planib qolishi bilan ham belgilanardi. 90-yillardan boshlab Siyosiy byuro a'zolari tabiiy ravishda birin-ketin Allohning omonatini uza boshlashdi. Nihoyat, 1982 yilning noyabrida Siyosiy byuro Bosh Kotibi(o`sha zamon Sovetlar hukumati boshlig`i) L.I.Brejnev vafot etdi. 1983 yilda esa, O`zbekiston qug`urchoq hukumati boshlig`i, Siyosiy byuro a`zoligiga nomzod, O`zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibi Sh. Rashidov ham bu dunyo tashvishlaridan qutuldi. So`ngra SSSR-da ketma-ket tez orada bir qator KPSS MK Bosh kotiblari (Andropov, Chernenko) bu dunyodan haqiqiy dunyoga rihlat etishdi. Oqibat, Sovet Ittifoqi rahbarligi nisbatan yosh hisoblangan M.S. Gorbachev qo`liga o`tdi.

 

SSSRda Gorbachev zamoni ''oshkoralik, demokratiya, jadallashtirish'' davri bo`lib tarixdan o`rin oldi. Boshqacha bu davr ''SSSRda qayta qurush'' nomi bilan mash hurdir. Bu zamonda So vet Ittifoqi Kompartiyasi yuqoridan "ba`zi demokratik o`zgarishlar" yasashga, boshqariladigan islohotlar o`tkazish tajribasini sinab ko`rishga urindi. Ammo uning uddasidan chiqa olishmadi. Chunki Gorbachev hokimiyati qarama-qarshi ishorali ikki zariyatni to`qnashtirmoqchi bo`ldi. Bu to`qnashuvdan yo rug`lik chiqarmi, deb o`ylashgandilar. Ammo undan uchqun chiqdi, u portlashga, oТchirib bo`lmas yong`inga aylandi. Uning oqibati o`laroq buyuk bir imperiya quladi, Sovet Ittifoqi kabi ''yovuzlik'' makoni bitdi.

 

O`zbekiston ''BIRLIK'' xalq harakati tug`ilish arafasi ana shunday alg`ov-dalg`ov bir zamon bo`lib, Harakatning dunyoga kelishi oldidan mamlakatda siyosiy jarayon qisqacha shundanа iborat edi.

 

8.1.2. ''BIRLIK'' xalq harakati tashkil bo`lishi va uning ilk amaliy faoliyati.

8.1.2.1. Harakatning ilk tashabbus guruhi.

 

SSSR-da ''Qayta qurush'' to`la boshlanishi arafasida, ya'ni Sh. Rashidov (O`zkom partiya birinchi kotibi) vafotidan so`ng O`zbekistonda alohida bir vaziyat maydon ga keldi. Bu erda ''paxta ishi'' (SSSR markaziy matbuot vositalarida uni ''o`zbek ishi'', deb targ`ib etishdi.), deb atalmish mudhish bir ish boshlandi. Boshqa tomon dan o`sha davrda O`zbekiston KP MK ideologiya kotibi bo`lib tayinlangan Ra`no Abdullaeva ismli kimsaа ''ideologiya frontida'' yangi bir ''jang'' ochdi (Bu ham Mar kazdan, Moskvadan tushirilgan maxsus koТrsatma bo`lib, O`zbekiston KP MK-da o`tirgan qug`irchoqlar qo`li bilan amalga oshirilayotgan repressiya-qatag`on siyo sati edi, albatta). O`sha ''jang''larda g`alaba va ''buyuk'' yutuqlarga erishmoqа uchun qancha ''sallalar'' o`rniga ''kallalar'' ketganini faqat Allohg biladi. Bu xonim Mos kovning madadi bilan O`zbekistonda yangi marosimlar yaratishga, ming yillik xalq bayramlari va udumlarini majburiy yo`qotishga jiddiy kirishdi. Oqibatda, bir tomon da ''paxta ishi'' bo`yicha qama-qama avjda bo`lsa, boshqa tomonda xalq milliy bayramlari, udumlari ''diniy, eskilik sarqitlari''ga chiqarilib, kommunist ''rahbar'' o`z ota si janozasiga chiqa olmay, janoza marosimi tugagancha xastaxonaga yotib olishga majbur bo`lgan vaziyatа maydongaа keldi.

 

Mamlakatda, yani SSSRda ''oshkoralik, demokratiya'' siyosati boshlangan bir zamonda, O`zbekistonda 1937 yillar qatag`on (repressiya) siyosati davrini eslatadigan g`alati bir vaziyatа vujudga kelgandi. Bu vaziyat beiz kechmadi, albatta. U siyosat, eng avval Respublika aholisini qandaydir darajada tabaqalanishga olib keldi. Masa lan, ideologiyaа sohasidagi repressiyaga ziyolilarning bir qismi ochiq qarshi chiqqan bo`lsa, unga xalq ommasi to`la qarshi bo`ldi. Ammo xalq u zamonlar norozilikni ifodalash yo`llarini bilmasdi. Ular faqat partiya tomonidan berilgan ideologik ko`rsatmalarga amal qilmaslik bilan unga qarshi chiqa oldilar, xolos. U zamonlar piket, mitinglar tashkil etish va norozilik ko`cha chiqishlari haqidaа hatto xayol ham qilib bo`lmasdi.

 

R. Abdullaeva nomi bilan ''mashhur'' bo`lgan ideologik nuqtai nazarga yozuvchi va shoirlarning yosh avlodi eng faol qarshi chiqishdi. Oliy maktablar olim va o`qituv chilarining bir qismi ham bu siyosatga ochiq qarshi bo`lishdi. Masalan, R. Abdullaeva ishtirokida Samarqand shahrida ideologiyaga bag`ishlab o`tkazilgan bir majlisda men va boshqa bir guruh Samarqand shahar oliy maktablari olim-o`qituvchilari qatnashdik. Yig`ilishda R. Abdullaeva fikrlariga, biz ochiq qat'iy qarshi bo`ldik va so`z ga chiqishlar qilib, o`z fikrlarimizni majlis ahliga ayta oldik. Ana shuning o`zi o`sha zamon uchun yangilik va jasurlik hisoblanardi. Studentlar R. Abdullaeva ko`rsatgan umum yotoq "qoidalarini" bajarmadilar. O`sha majlisda biz namoyish karona do`ppi kiyib o`tirdik. Chunki Abdullaeva majlis zallarida barcha, xotin-qiz, erkak, yoshu-qari yalang bosh o`tirishlarini; studentlarning yotoqxonalarda o`zbekcha to`n kiyib yurmasliklarini; o`zbek qizlari yotoqxonada lozima (o`zbekcha qizlar ishtoni) kiyib yurmasliklarini talab qilardi va uni madaniylik belgisi, deb isbotlashga intilardi. Shuning uchun R. Abdullaeva qatnashayotgan majlisda, do`ppida o`tirish partiya ideologiyasiga qarshi katta namoyish hisoblanardi.

 

1983 yildan so`ng O`zbekistonda boshlangan ''paxta ishi'' va Moskva qug`irchogi R. Abdullaeva tashabbusida olg`a surilgan ideologik siyosat bir qism ziyolilarda ''kosaning'' to`lishiga sabab bo`ldi. Shunday bir vaziyatda, mavjud Markaziy hukumat impepialistik siyosatidan, mahalliy hokimchalarning alchoqliklaridan sabr kosasi to`lganlar o`zlariga hamrohlar, xayrxohlar axtara boshlshgandilar. ''BIRLIK'' harakatiningа ilk ibtidoiy ko`rtagi ham o`sha voqealarga borib toqaladi.

 

Darhaqiqat, Harakatning ilk yig`ilishini o`tkazib, uning eng birinchi varaqalarini ishlab chiqqanlar Abdullaeva ideologiyasiga ochiq qarshi bo`lgan yosh shoiru-yozuv chilar va ayrim olim-o`qituvchilar bo`ldi.

а

Nihoyat, biroz keyinroq, ''oshkoralik va demokratiya'' O`zbekistonda ham bir muncha kuch ola boshlagandan so`ngra, Boltiq bo`yi, Kavkaz orti va boshqa bir qator Respublikalarda xalq frontlari (jafhalari) maydonga chiqa boshlagandan keyin, O`zbekistonda ham xalq harakati tuzishni niyat etganlar guruhi ilk dafa O`zbekiston yozuvchilar birlashmasida yuzaga keldi. Bu guruhga haqiqatan R. Abdullaeva ideologiyasini qabul qila olmagan, o`sha zamonda faol, nisbatan yosh hisoblangan shoir lardan biri Muhammad Solih (Madaminov) sardorlik qilgandi.

 

"BIRLIK" harakati tuzishni niyat etishganlar boshlang`ich guruhi kimlardan iborat bo`lganligi va ular ilk yig`ilishlarini qaerda va qanday tarkibda o`tkazganligi biz Samarqandliklarga maТlum emasdi. Hozir ham menda u haqda to`la ma'lumot yo`q. Safar Bekjon o`z kitobida ''BIRLIK''ning ilk yig`ilishlariga oid ba`zi ma`lumotlar keltiradi. Ammo u ma`lumotlarning haqqoniyligi S. Bekjonga havola.

а

8.1.2.2 Samarqandda ''BIRLIK'' xalq harakatining tashabbus guruhi tashkil etilishi.

1988 yil noyabr oyi boshlarida ''BIRLIK'' nomi bilan Toshkentlik bir guruh tashabbuskorlar milliy qadriyatlar, ekologik problemalar tilga olingan dastur sifat, ko`proq varaqalarga o`xshash kichik-kichik materiallar tarqata boshlashdi. Masalan, Samarqandgaа varaqalar o`sha yil noyabr oyidan eТtiboran deyarli muntazam kelabosh ladi. ''BIRLIK''ning ilk varaqalarini Toshkentda safarda bo`lgan, Samarqand universiteti dotsenti Norjigit Rajabov Samarqandga keltirgandi. O`shandan boshlab, Toshkentdan tarqatilayotgan ''BILRLIK''ka doir varaqa va boshqa materiallarni N. Rajabov sistemali ravishda olib turdi va bizni ular bilan muntazam tanishtirib bordi. O`sha zamonlar N. Rajabov Samarqand universiteti ''Funksional tahlil(analiz)'' kafedrasi muduri vazifasida ishlardi. Shu sabab, u kishida biroz vakolatа bor edi. U shu vakolatidan foydalanib, kafedra qoshida e`lon taxtasi(doskasi) tashkil qildi. Har bir varaqa va boshqa ''BIRLIK'' ka tegishliа hujjatlar oТsha taxtaga ilib qo`yi a digan bo`lindi. Shuning uchun Norjigit Rajabov Samarqandda ''BIRLIK''ni birinchi targ`ib eta boshlagan tarixiy shaxs hisoblanadi. Samarqand viloyatida ''BIRLIK''а harakati haqida maТlumotlarning tarqalishi va ''BIRLIK'' tashkilotining Samarqand guruhi tuzulishida uning anchaginaа xizmati singan. Tarix N. Rajabovning bu xolis xizmatlarini munosib taqdirlaydi, deb o`ylayman. Aynan, shunday bo`lar, inshoolloh.

а

Samarqand shahrida va butun viloyatda ''BIRLIK''ni, uning g`oyalarini targ`ib qilishni yaxshi yo`lga qo`yish maqsadida N. Rajabov 1988 yil dekabr oyi boshlarida Samarqand universitetida bir yig`ilish tashkil etdi. Bu majlis universitet bosh binosi leksiya o`qiladigan auditoriyalardan birida o`tkaziladigan bo`ldi. Men o`shanda maj lis belgilangan bino yoniga majlis boshlanish vaqtidan bir soat burun keldim. Ammo auditoriyaga kirmasdan, bino atrofida yurib, uzoq fikr surdim. Maqsad, faqat bitta savolga javob topish edi. Nima qilish kerak, majlisga kirishmi yoki kirmaslik kerakmi? Oqibat, majlisga kirdim. Majlis binoning 3-chi qatida talabalar leksiya tinglashi ga mo`ljallangan 75 - auditoriyada o`tkazilishi lozim edi. Men kelsam, xona odamga liq to`lgan, partalar o`rtasida va eshik oldida tik turganlar ham anchagina edi. Majlisga yig`ilganlar menimcha, yuz kishidan oz emasdi. Xonaning oldingi o`rindiqlarida Samarqand universiteti olim-o`qituvchilari o`tirishardi. Shu sababli meni ham old qatorda o`tirishga taklif etishdi. Yig`ilishga universitet rahbariyatidan, uningа kechki-sirtqi bo`lim o`quv ishlari rektor o`rinbosari(prorektori), Dushan Fayziev ham qatnashayotgan edi. D. Fayziev, o`zbek kitobxoniga yaxshi taniqli shoir, dramatrug Dushan Faziydir.

 

Majlis ish boshlaganidan so`ng ma`lum bo`ldiki, bu yig`inga anchagina hukumat odamlari, so vet tuzumining ashaddiy idiologlari ham, shahar va viloyat komsomol, partiya komitetlarining vakillari ham qatnashmoqda ekanlar. Ma`lumki, ''BIRLIK'' dunyoga kelibdiki, rasmiy hukumatning xushiga tushmagandi. Shuning uchun ular bu yangi Harakatni go`dakligidayoq xalq ommasiga sovuq ko`rsatish va unga xilma-xil yo`q erdagi tamg`alarni bosish yo`li bilan uni tugatib yuborishmoqchi edilar. Shu bilan bir vaqtda elda endigina qayta uyg`ona boshlagan milliy ozodlik ruhini ham butunlay so`ndirib, kurtakligidayoq ezib tashlamoqchi bo`lishgandilar.

 

O`zbekistonda uzoq zamonlardan so`ng endigina ko`zga tashlana boshlagan milliy ozodlik g`oyasi ruhidagi bu harakatni tugatish plani (rejasi) Moskvada, KGBda ish lab chiqilgan edi, albatta. Chunki u zamonlar O`zbekiston mahalliy hukumatini umumdavlat siyosiy ishlariga aralahstirilmasdi. Shuning uchun bu yig`ilishda qatnasha yotgan partiya va hukumat vakillari KGBning ko`rsatmasi bilan bu erga kelishgan edilar. Ularning zimmasiga yig`ilish tashkilotchilarini millatchi, tartib buzar, maqsadi ning tayini yo`q kishilarga chiqarib, majlisni buzish yuklatilgan edi.

 

Xullas, majlis boshlandi. Uni N. Rajabov ochdi va qisqaа kirish so`zi so`zlab, majlisni boshqara boshladi. Ammo majlisni boshqarish uncha ham jo`n bo`lmadi. Chunki haligi partiya Ц hukumat ''vakillari'' majlisga maxsus tayyorgarlik bilan kelishgandilar. Ular majlisning tartibiga bo`yinsunishmas, KGBda tayyorlangan savol larni majlisni olib boruvchiga ketma-ket berar, luqmalar tashlar, ish qilib, uni muvozanatdan chiqarishga zo`r berib urinishardilar. Majlis ahli xilma-xilligi, ularning bir qismi majlisni buzishga intilayotganlari sababli majlis boshqaruvchisi N. Rajabov, majlisni olib borishda shosha boshladi, noxolis, makkorona ketma-ket tashlana yotganа savollarga munosib javob topa olmay u qiynala boshladi. Zalda majlis raisiga savol berishni istaganlarning uzundan-uzun navbati maydonga keldi. N. Rajabov esa, ularning savol va fikrlarini etarli darajada mantiqli rad eta olmay qoldi. Majlis zalida shunday noqulay bir vaziyat vujudga kelgan vaqtda men o`rnimdan turdim va N. Rajabovni almashtirdim. Chunki vaziyat shuni talab etardi. Men bo`lmasa boshqa bir kishi bu ishni bajarishi lozim bo`lib qolgandi. Aziz o`quvchi meni ma`zur tutsin, maqtanayapti, demasinlar. Ammo o`sha zamonda zalda mendan o`zga birorta mardа joyidanа ko`tarilmadi. O`shanda ancha qiyinchlik bilan bo`lsa-da , zaldagi majlisni buzishga qaratilgan xurujni men susaytirdim, majlisni bizga zarur bo`lgan yo`nalishga bura bildim. ''BIRLIK'' olg`a surayotganа maqsadlarning mantiq`ini zalda gilarga anglata va ma`qullata oldim. KGBda tayyorlangan savollari bilan navbatda turganlarni, majlisni buzishni ko`zda tutib, tinmasdan luqma tashlayotganlarni tinch lantirish usulini ham topa oldim.

 

Majlisni to`g`ri, bizning maqsadimiz yo`liga boshqarar ekanman, majlis zalida o`tirgan bizning g`oyamiz va fikrimizni qo`llashlari aniq bo`lgan do`ctlardan foydalandim. Shulardan biri Samarqand Me'morchilik-qurulish instituti dotsenti Abdumalik Umurzaqov edi. Uni majlisda faolliroq qanatshishga jalb etdim. Chunki menga uning mu lohazalari tanish edi. U, yuqorida so`zlab o`tilgan ''paxta ishi'' va ''yangi idiologiya'' siyosatiga ochiq qarshilik, norozilik bildirgan ozchilik olimlarning biri edi. Majlisni, nodo`stlar hujumidan saqlab, uni ko`zda tutilgan natija bilan yakunlashda A.Umurzaqovning rolini alohida ta'kidlayman. Undan tashqariа ''BIRLIK''ning ilk varaqalari, dastur va murojaatlarida asosan ekologik masalalarni, allaqachon olamga tarqalgan Orol dengizi muammolarini ko`tarib chiqqan bo`lib, ularda hukumatga qarshi va unga xavf soladigan hech bir siyosiy belgilar yo`q edi. ''BIRLIK'' u zamon norasmiy bo`lsa-da xalq harakati nomi va maqomini ham olmagandi. Shuning uchun KGB vahimachilariga Harakatning maqsadi umumdavlat maqsadlari, qolaversa kompartiya programmasi va g`oyasidan tahsqarida emasligini tushuntirish yo`li bilan ularni bir muncha tinchlantirish mumkin bo`lgandi.

 

Hukumat, Respublikaning kommunistik qug`irchoq hukumati aholining kunlik turmushiga oid muammolarni, daryolarni ifloslantirmaslik, ekin dalalariga zaharliа ximikat lar bilan ishlov bermaslik kabi oddiy masalalarni ham o`rtaga qo`ya olmas va ularni hal eta olmasdi. Ular butun borliqlari bilan Moskvaga bog`langan edilar. Moskva siz, uning ko`rsatmalarisiz O`zbekistonda hech bir ish qilinmasdi. Masalan, faqatgina paxta dalalarini depolatsiyalash natijasida kishilar, bolalar xastalanmoqda,а halokа bo`lmoqda edi. Chaqaloq va go`daklar orasidaа o`lim ko`p va jigar, sariq xastaliklari bilan aholining ikkidan biri xastalangan bo`lishiga qaramay,а Respublika huku matiа bunday problemalar bilan shug`ullana olmasdi. Bunday masalalar mutlaqo ''Yuqorining'' vakolatiga qarashli edi. O`zbekiston а"hukumati" kursilarida o`tirganlar uchun esa,а mansab asosiyа maqsad edi. Ular mansabdan ajrab qolishdan ajaldan qo`rqqanday qo`rqardilar.а Harakatа esa, "O`zbekiston tabiati, moddiy va madaniy boyliklarini himoya qi lish" "Birlik" harakati, deb atalib, ilk dafa aynan o`shanaqa yashirib bo`lmas, asosan ekologik masalalarni ko`tarib chiqdi. Bu haqda matbuot sahifalarida ba`zi materiallarni e'lon qilishga erishaа boshladi .

 

Xullas, o`sha Samarqand universitetida o`tkazilgan yig`ilish qatnashchilariningа ko`pchiligi ''BIRLIK''chi guruhlar o`rtaga qo`yayotgan masala va problemalar muhim va dolzarb, deb hisoblash kerak, ularni qo`llab-quvvatlash lozim, deganа fikrni ma`qulladilar.

ааааааааааа

Samarqand shahrida erlashgan institutlardan kelishgan olim-o`qituvchilarning bir qismi mazkur majlisda ''BIRLIK'' tarafdorlari ekanliklarini ko`rsatishdilar. Ular majlis da faol qatnashib, ''BIRLIK''-chilar tarqatayotgan varaqa va bayonotlarni mazmunan va mantiqan asoslashda yordamchi bo`ldilar. Ularning ko`pchilgi Samarqand universiteti o`qituvchilari (dotsentlar: N. Rajabov, S.Muradov, X.G`aniev, B. Namozovlar) bo`lib, bularning qatoridaа A.Umurzaqov-Samarqandа me`morchilik instituti dotsenti, I. Elmuradov - o`sha institut assistenti ham turishgandilar. Vaqt kechishi davomida nomlari tilga olingan do`stlar Samarqandda va viloyatda ''BIRLIK'' g`oyasini tarqatish va uni targ`ibot, tashviqot qiluvchilarningа yo`lboshchilariga aylandilar. Ular ayni vaqtda avtomatik ravishdaа Samarqandda ''BIRLIK'' shubasini tuzish tashabbuskorlariga aylanib qolishdilar. O`sha majlisdan e`tiboran har hafta payshanba kuni universitetda, soati 16-da "BIRLIK"ningа doimiy yig`ilishi o`tkaziladigan bo`lindi. Yuqorida nomlari zikr etilgan olimlar bu yig`ilishlarga qatnashib va ularniа boshqarib borishdilar. N. Rajabov guruh boshlig`i rolini bajarib bor di. Haftalik yig`ilishlar ham universitetda o`tkaziladigan bo`lindi va bu holat bir qanchaа zamon davom etdi.

 

Haftalik majlisga hech bir oldindan tayyorlangan kun tartibisiz yig`ilishar edik. Yig`ilish mavzui va uning yo`nalishi shu erda, yig`ilganlar bilan birgalikda aniqlanardi. Bu borada B. Namo zov, X. G`aniev, A.Umurzaqov va men faolliroq edik. Deyarli, har safar yig`ilish mavzuini biz belgilardik. Bu o`z-o`zidan bo`lardi, albatta. Masalan, yig`ilishga u er, bu erdan kishilar kelishardilar, majlis boshlanardi. Hafta ichida Toshkentdan kelgan ba`zi materiallar bo`lardi, yig`ilganlar eng avval u matetriallar bilan tanishtirilardi. Natijada, Toshkentdan kelgan materiallarni muhokama etish va boshqa o`rtaga chiqayotgan masalalarni qanday tushunishga qarab majlis yo`nalishi, uning ruhi o`z-o`zidan yuzaga kelib qolardi. Ana shunday ma`noda majlis yo`nalishi B.Namozov va menning ixtiyorimizda bo`lardi. Haqiqat yuzasidan, aytish kerakki ba`zan universitet fizika fakulteti dotsenti Erkin Shermatov ham muhim masalalarni o`rtaga qo`yishga harakat qilib, majlis kun tartibini tuzishga urinardi. U ko`pincha inson ekologiyasi, yaТni insonning ruhini tozalash masalasini muhokama etishni taklif qilardi.

 

Darhaqiqat, bu zamonga kelib, sovet kishilari ruhi masalasi muhim problemaga aylangan edi, ular chindan ham ruhan tushkun va ularda insoniy ruh buzilgan, ular uch xil tarzda (tilda, ko`ngulda, amalda boshqa-boshqa) yashashardilar. Bunday masalani ham e`tiborsiz qoldirib bo`lmasdi, albatta. Shu sababdan, yig`ilishlarimizni bir necha dafa E. Shermatov taklifiga muvofiq inson ruhi masalalariga tegishli leksiyalar o`tkazishga bag`ishlaganmiz. Ammo o`sha zamon, o`sha qisqa vaqt bizdan bosh qa yanada muhimroq, dolzarbroq masalalarni, ayniqsa ''BIRLIK'' Samarqand tashkilotini tuzish, Harakatga a'zolar jalb etish va joylarda, ya'ni rayon, qishloqlarda boshlang`ich tashkilotlar tashkil etish kabi kundalik tashkiliy ishlar bilan jiddiy shug`ullanishni talab etardi.а Biz ana shu ishlarning barchasi bilan izchil va jiddiy shug`ullandik. Natijada, haftalik yig`ilishimizga viloyatning bir qator uzoq-yaqin rayonlaridan kishilar kela boshlashdi. Samarqand viloyatining Ishtixon, Bulung`ur, Jomboy, Oq-Daryo, Past-Darg`om, Qo`shrabot, Katta-Qo`rgon, Paxtachi, Payariq rayonlaridan ''BIRLIK'' xayrxohlari haftalik yig`ilishga qatnasha boshladilar. Shahardagi barcha oliy maktab va O`rta maxsus bi lim yurtlaridan, Samarqand shoyi to`qish fabrikasidan, qurulish trestlari va brigadalaridan kishilar yig`ilishga keladigan bo`lishdilar. Endi, Samarqand ''BIRLIK'' tashabbus guruhi haftalik yig`ilishigaа har safar 40-50 odam qatnashadigan bo`ldi. Bu o`sha zamon uchun katta vo qea edi. Mahalliy hokimiyatni tashvishga solarlik yangilik edi.

аааааааа

Biz Samarqandda boshlagan bu ishlar Toshkentdan, u erdagi tashabbus guruhidan mutlaqo aloqasiz, mustaqil olib borilardi.U zamonlar Toshkehtliklar hatto bizning qanday darajada mavjudligimizni ham durust bilishmasdilar.U zamonlar Samarqandlik 'BIRLIK'' tashabbus guruhi faollarining birortasini Toshkentlik ''BIRLIK''chi do`stlar tanimasdilar. Chunki o`sha zamonlarga kelib joylarda ko`pgina kishilar bir-birlaridan mustaqil, o`z ish va o`qish erlarida,а ''BIRLIK'' harakatini tuzishga kirishgan kishilar saviyasi darajasiga etishgandilar. Toshkentlik "BIRLIK" tashabbuschilarining varaqalari esa, jamiyatda yangilik, haqqoniylik, milliy qadriyat, ozodlik uchun kurash yo`llarini o`zlaricha izlab yurganlarga bir imo, turtki vazifasini o`tagandi, xolos.

 

Shuning uchun Respublikaning turli burchaklaridan, kim Toshkentga borib, kim bizning huzurimizga kelib ''BIRLIK''ka qo`shilardi, ro`yxatga yozilishardi, a'zolar kun sayin ko`payardi. U zamonlar, ''BIRLIK''ni chindan istabmi, yo`qmi bizga kim murojaat qilsa bo`ldi, edi, u ro`yxatga kiritib qo`yilaverilardi. Aslida bu prinsip noto`gri edi. Farqiga borilmay a'zolar ko`paytiraverish Harakatning keyingi faoliyatida anchaginaа zararа keltirgani ham ma'lum.

 

''BIRLIK'' biroz jonlanib, uning nomi odamlar tilidan tushmay qolgan bir vaqtga kelib, a'zolar qabul qilishni bir muncha tartibga solishga urinish bo`ldi. Shu maqsadda ''BIRLIK''ka kirishni istaganlar to`ldirishi uchun maxsus ariza blanki ham ishlab chiqildi. A'zolar qabul qilishda ularni biroz bo`lsada saralashga harakat qilindi. Ammo bu sa'y-harakatlar zarur darajada olib borilmay,а ko`zda tutilgan natijalarni bermadi. A'zolar qabulidagi erkinlik prinsipi davom etaverdi. Chunki ''BIRLIK'' ilk bosh dan unga kirish va undan chiqish erkin, deb bayon etgandi. Bu erkinlik ham kompartiyaning ichki qattiq intizomiga qarshi usul shaklida qabul qilingan edi. Chunki o`sha zamonlar kishilar KPSSning nizom normalaridan ham juda bezgan edilar. Uning ustiga ''BIRLIK'' siyosiy harakat yoki partiya emasligini ham doim takrorlab tu rardi. Shuning uchun undagi nizomiy prinsiplar kompartiya nizomidagidek qattiq chegaralangan bo`lsa odamlar bizning niyatlarimizga, so`zlarimizga ishonmasliklari mumkin edi. Ular bizni kommunistlarning boshqa bir ko`rinishi, bular ham hukumat tomonidan xalqni aldash uchun o`ylab chiqarilgan, deb tushungan bo`lardilar. Ammo bu fikr va qarashlar to`g`ri bo`lmaganligini hayot ko`rsatdi va buni ko`p marta isbot etdi. Biror siyosiy maqsadni ko`zda tutgan ixtiyoriy harakat aniq programma, qat'iy intizomga ega bo`lmog`i zarur. O`rni kelsa, siyosiy harakat va pertiyalar dastur, nizomlari, ularning jamiyatdagi o`rni haqida alohida to`xtarmiz.

 

Shunday qilib, universitetda o`tkazilgan majlisdan bir oy ham o`tmasdan Samarqand universiteti kompartiya komiteti va uning rahbariyati ''BIRLIK'' tashabbus guruhi haftalik majlislarini universitet binolarining hech birida o`tkazmasin, degan qarorga kelishdi. Shundan so`ng bir muncha vaqt bir u binoda, bir bu binoda qochoq, yashirin majilis o`tkazib turdik.

 

Nihoyat, men A.S.Pushkin nomli Samarqand viloyat kutubxonasi majlislar zalida haftada bir marta soat 18-dan 20ga qadar yig`ilish o`tkazish haqida,, uning direktori Lyubovа Timofeevna (familiyasini unutdim) bilan kelishib olishga erishdim. Lyubov Timofeevna bilan kelishuvimda ikki faktor asqatdi.

 

Ma`lumki, hukumat ''BIRLIK''ning ilk qadamlaridanoq, uni millatchilar harakati, ular o`zbeklardan o`zga barcha millat vakillariga qarshi, ayniqsa ular rus va ruszabon millatа vakillarining O`zbekistonda yashashlarini istamaydilar, deb targ`ib qilishni avj oldirdi. Hatto hukumatning rasmiy va norasmiy hujjatlarida ''BIRLIK''chilar rus va ruszabon millat vakillarini O`zbekistondan haydab chiqarmoqchilar, degan ma'lumotlar ham tarqatildi. Chindan ham Respublikadagi rus va ruszabon aholining asosiy qismi bu yolg`on tashviqotga, bu alahsirashga inondilar. O`sha zamonlarda odamlar rasmiy matbuot xabarlariga to`la ishonishardi. Matbuot esa, doim ''BIRLIK'' haqi da nuqul yolg`on va bo`htonlarni tarqatib turardi.Masalan, 1989 yil 21-mart ''Navruz'' arafasi, kunlariа Samarqand ko`chalarida elektr simi yog`ochlariga maxsus vara qalar yopishtirib chiqishdi. U varaqalarda, ''Aziz, fuqarolar, biz o`zbeklarni himoya qilamiz! Milliy urf-odatlarimizni joriy qilamiz! G`ayridinlarni Vatandan haydaymiz! Ishton kiymagan xotin-qizlar oyoqlari kesiladi. ''BIRLIK'', degan mazmunda bir alahsirash yozilgandi. Biz, bayram kunlari, yil boshida qon to`karmishmiz, ''g`ayridin larning'' oyogini kesar emishmiz, bayramni azaga aylatirarmishmiz. Yovuzlikni, qarang! Ammo biz darhol, bu alahsirash, bu varaqa ig`vo ekanligini, u "BIRLIK" ka dushmanlik uchun maxsus tashkil etilganligini isbot etishga kirishdik. Shunga qaramasdan Samarqandda rus tilida nashr etiladigan ''Leninskiy put'', gazetasi yana bir ig`vogarona material bosib chiqardi. Gazeta xabariga ko`ra, qo`lida bir chanta (diplomat) to`la boyagi, elektr simlariga yopishtirilgan varaqalar bo`lgan,Timurbek ismli kishi militsiya xodimlari tomonidan qo`lga olinganmish. Qarang, ko`chalar to`la varaqa yopishtirilgan bo`lsa, rasmiy gazeta, yana rus tilida chiqadiganа matbuot organi, varaqani tarqatib yurgan kishini tutib olganlari haqida xabar bosib tursa, bunga ishonmay bo`ladimi, axir. "Gunohkor"ning ismini qarang, u ham atayin "Timurbek", deb tanlangan.

 

Birinchidan, mana shunday bir vaziyatda, ''BIRLIK''ni rus va ruszabon aholi dushmani etib tasvirlab turilgan bir zamonda, ruszabon aholi vakilasi hisoblangan Lyubov Timofeevna uchun ''BIRLIK'' vakillari bilan yaqinlashish, ular bilan yaxshiroq tanishish o`ziga xos ahamiyatga ega edi. Chunki viloyat kutubxonasi aholi orasida maxsus o`ringa ega bo`lgan bir muassasa edi. Ikkinchidan, men, Lyubov Timofeevnani oldindan shaxsan tanirdim. Biz inson sifatida bir-birimizni yaxshi bilardik, insoniy va siyosiy qarashlarimizda mushtaraklik mavjud edi. Shuning uchun Lyubov Timofeevna menga ishondi, ya'ni, men bilan bu zalgaа keladigan kishilar ''fanatik'', ''fundamentalist'' yoki o`sha zamon atamasida aytiladigan "millatchi-buzg`unchi" emasligiga ishondi. U bizga kutubxona majlislar zalida haftalik yig`ilish o`tkazishga ijozat berdi. Kutubxona direktori bu masalani oldindan shahar va viloyat partkomitetlarida balki muhokama qilgandir, ularning ''xo`pini'' ("dobro"sini) olgandir, unisi bizga qorongi. Oqibat, biz 1989 yil boshlariga yaqin kunlardan e`tiboran 100 kishiga moТljallangan, yumshoq kursular qo`yilgan, chiroyli bir minbar ham o`rnatilgan viloyat kutubxonasi majlislar zalida haftalik jig`ilishlarimizni o`tkaza boshladik. Biz u zaldan 1989 yil oktyabr-noyabr oylariga qadar foydalandik. Zamoni uchun bu hol hukumat tarafidan bizga katta e'tibor hisoblanardi. Bu esa oddiy xalq oldida bizning yutugimiz, hukumat bizni hisobga olayotgan bo`lib ko`rinardi. Biz va mahalliy hoki miyat orasidagi bu biroz iliq munosabatning asosida ham o`sha ruszabon aholi bilan o`rnatilgan normal munosabatlar yotar edi. Masalan, ''BIRLIK''ning Samar qand tashabbusа guruhi tarkibida ruslardan ham vakillar bor edi. Ulardan biri Qo`shrabot rayonida erlashgan Jush oltin qazish koni ishchisi Nikolayа ismli (familiyasi yodim da yo`q) birodarimiz tashabbuschilar ishida faol qatnashardi. U do`stlari Bozorboy Suvanovа va Toshboy Abduvahidovlar bilan Jushdan Samarqandga (bu oraliq yuz km. yo`l edi) haftalik majlisga qatnashmoq uchun atay kelardilar. Majlisni tugatib, aqshom eng so`nggi Samarqand-Jush avtobusi ila ular takror Jushga qaytardilar. Samarqand viloyatida ''BIRLIK''ning eng birinchi boshlang`ich tashkiloti ham Qo`shrabotda (Jushda) Nikaloylar tashabbusi bilan tashkil etilgandi. Bu voqea ham 1989 yili amalga oshirilgandi. Qo`shrabot tashkiloti haqida so`z ketar ekan, Bozoboy Suvanov va Toshboy Abduvahidov haqida ikki ogiz so`zlab o`tish zarur, deb hisoblayman.

 

Bu erda voqealarning xronologik tarixini to`la-to`kis eslay olmayman, albatta. Chunki mazkur bayon O`zbekistondan juda uzoq bir o`lka, Norvegiyaning Bergen shahrida 1999 yil fevralida yozilmoqda. Butun arxiv Samarqandda qolgandi. Mening uyimda qolgan arxiv O`zbekiston hukumati ko`rsatmasiga binoan militsiya tarafi dan musodara qilingan. Uning bir qismi Xoliqnazar G`a nievda saqlanardi. Ularning taqdiri nima bo`lgan, unisi menga noma`lum. Domla Xoliqnazar ham Karimov qamoqxonasida ikki-uch marta yotib chiqqan, balki arxivni ''pora'' o`rniga top shirib yuborgandir. Shuning uchun ko`pchilik voqealar sanasi yillari ko`rsatilib, kunlari ko`rsatilmasligi mumkin.аааааааа

 

Shunday qilib, 1989 yilning ko`klami edi chamamda, biznig uygaа hali 30-ga ham to`lmagan bir yigit meni yo`qlab keldi. Men u vaqt uyda edim, uni ichkariga taklif qildim. U o`zini menga "Bozorboy Suvanovman", deb tanishtirdi. Biz uyda o`tirib biroz suhbatlashdik. Suhbat davomida aniq bo`ldiki, u Samarqandga ''BIRLIK'' chilarni axtarib kelibdi, ammo universitetda bir kimsani topa olmay, so`rab-surishtirib mening uy aderesimni topa bilibdi. Bozorboy oliy ma`lumotli emasdi. U o`rta maxsus ma`lumotli bo`lib o`zi mustaqil savod chiqargan, chuqur bilimli, o`qimishli inson edi. U rus adabiyoti bilan juda yaxshi tanish edi. Ruschani bilish, rus adabiyoti va san'ati bilan qiziqish bizning zamonimiz uchun alohida ahamiyatga ega hisoblanardi. Bozorboyni Lev Tolstoy ijodi, uning falsafasi to`la ''asir'' etgandi. U so`zlarini nu qul Tolstoy falsafasi bilan bezardi. Shu bilan birga uning so`zlarida, fikr-mulohazalarida milliylik, milliy qadriyat taqdiri va uning hoziri, kelajagi masalalari yaxshi o`rin olgandi. Bozorboy, bir qancha zamon o`sha Jush oltin qazish konida ishchi bo`lib ishlagan. Ayni zamonda hech erda ishlamasdi. Samarqandga ''BIRLIK''ni istab kelgan edi.

 

Bozorboy bilan suhbatimiz davomida ma`lum bo`ldiki, Jush oltin qazish shaxtalarida texnika xavfsizligi yaxshi yo`lga qo`yilmagan, atrof-muhid tozaligi (ekologik holat) buzilgan. Hatto qishloqlardagi kichik-kichik buloq suvlari ham zaharlanmoqda emish. O`sha zamonlarda ahvol shunaqa ayanchli edi. Hozirlar Bozorboylar yashayot gan erlarda ahvol qandayа ekan?

 

Bozorboy, sochlari tim qora, yuzi chuziqroq, ko`zlari qisiqdan kelgan, qozoq kelbatli, jussasi chog`roq, jismoniyа tetik yigit edi. U menda chuqur bilimi va mulohaza lari bilan juda yaxshi taassurot qoldirdi. Vatanningа qay bir burchaklarida yana qancha Bozorboylar bor va bo`lishi mumkin, degan xayol meni to`la qamrab olgandi, o`shanda. Ana shu tasodifdan xursand bo`lib, Allohga hamdlar aytib, Unga shukurullolar keltirgandim. Bozorboyday yigitlarning Harakatimizni izlab yurishi, bu voqea edi men uchun. O`sha zamondan e`tuboran Bozorboyni o`zimga do`st, deb bildim. U mening abadiy do`stim bo`lib qolajak. O`ylaymanki, Bozorboy ham aynan shun day fikrdadir.

 

Men hayotda doim Bozorboylarni izladim, ularga intildim, ularning yonida bo`lishga harakat qildim. Imkonim boricha, qo`limdan kelganicha ularga yordam etdim, xuddi shunday kishilardan o`zim ham yordam olishni istadim. Men 1988 yildan 1993 yilgacha O`zbekistonda ''BIRLIK'' harakatining faollaridan biri bo`lib qolgan ekanman, meni Bozorboylar qo`llab-quvvatlagani, ular mening yonimda elkadosh turishgani ruhlantirar va jasoratga, matonatga undardi. Hamon ularni elkadosh va suyanch sezaman.

 

Bozorboy haqida bu yozilganlar juda oz. U meni bir necha marta Qo`shrabot rayoni bo`ylab kezdirgan, oltin qazib olish shaxtalarini, o`rta maktablarni birga borib ko`rganmiz. Qishloq aholisining turmush sharoitlarini kuzatganmiz. Ammo bizningа bayonimiz maqsadi bir muncha o`zgacharoq bo`lganligi sababli Bozorboy do`stimiz mavzuini shu erda to`xtatamiz.

 

Endi Toshboy Abduvahidov haqida biroz hikoya qilaman. Toshboyni bizning majlisga Bozorboy ergashtirib kelgandi. Toshboy ko`rinishdan Bozorboydan gavdali, ko`rkam yigit edi. Ammo u chapani, tipik qishloq o`zbegi bo`lib, so`zlarida biroz qo`pollik, ba'zan radikallik uchirab tursa-da, ammo u so`zlar lo`nda, yurakdan va jiddiy edi. Uning so`zlaridagi radika likni ko`rib, sovet tuzumidan raso bezganlardan biri, deb xulosa qilardi kishi. Toshboy ham o`rta masus ma'lumotga ega, u ham Jush oltin qazish konida ishchi bo`lgan va hozir ishni tashlagan. Bizga qatnashaboshlagan zamonlarda rayon partiya-hukumat rahbarlari bilan ''o`rtoqlashib'' tirikchilik o`tkazish yo`lini topganlardan biri edi. Bu yigit ochiq ko`ngulligi, chapaniligi, sidqidilligi bilan bizga yoqib qoldi. Toshboy o`qimishlilik, bilim jihatidan Bozorboydan juda farqli edi. Ammo unda oddiylik, mardlik, o`ta tetiklik (xalqda undaylarni ''olov'', deyishadi) bor edi. Toshboy men bilan yakkama-yakka ko`p marta suhbat qil gan. Harakat haqida Toshboyda o`ziga xos qarash va bir qator mulohazalar bo`lardi. Ularning ko`pchiligi haqiqatan jonli va asosli edi. Masalan, u doim Hara katimizda harbiy qism bo`lishi tarafdori edi. U ''BIRLIK'' liderlarini qo`rqlab yuruvchi doimiy harbiy guruh bo`lishini qat`iy o`rtaga qo`yardi. Uning bu fikrlari chindan ham haqiqatga yaqin edi. Zamon o`tishi bilan biz bir necha marta Toshboyning fikrlariga o`xshash mulohazalarning to`gri ekanligiga ishonch hosil qildik.

 

Darhaqiqat, Toshboy harbiy, qumondon (ofitser-subay) kelbatli odam edi. Unda harbiylarga xos shiddat, jasurlik, radikallik bor edi.

 

Haqiqatan, 1991 yil avgust voqealari vaziyatida bizda o`sha shiddat, men bilgan Toshboy shiddati etishmadi. Harbiy va siyosiy kadrlar tayyorgarligi yo`qligi yaqol ko`rindi. Bir asrda bir kelishi mumkin bo`lgan, hokimiyatni bemalol qo`lga olish imkoni maydonga kelgan tarixiy bir vaziyat, etarli darajada siyosiy va harbiy tayyor garlik yo`qligidan boy berildi.

 

Biroz ilgarilab bo`lsada, 1990 yilda bo`lib o`tgan bir voqeani shu erda so`zlab o`tmoqchiman. 1990 yilda, men ''BIRLIK'' Samarqand viloyat Kengashi a`zolaridan ba`zilariga Turkiston harbiy okrugi Samarqand harbiy qumondonligi bilan aloqa o`rnatish va ular bilan munosabatlarni yaxshi yo`lga qo`yish taklifini aytdim. Bu fikrni Kengash a'zosi Borot Namozov bilan takror-takror muhokama qildik. Men harbiy qumondonlikka bizdan vakil B. Namozov bo`lsin, degan fikrda bo`ldim. Afsus, do`stlar mening fikrimni ma'qullamadilar. B. Namozovning o`zi esa, menga "domla, hali bu ishga ertaroq, siz shoshayapsiz", deb u meni yupotdi. Undan so`ng esa, kech bo`ldi. Boshqa, bu masalaga qaytishga vaqt ham topilmadi. Chunki voqealarning rivojlanishi shunchalar tez ketdiki, ko`plar ularni kuzatib ham ulgura olishmadi.

Haqiqatni aytsak, o`sha zamonda mening do`stlarim qo`rqoqlik qilishgandilar. Lekin mening o`zimda ham o`sha zamon tavakkalchilik etishmadi. O`sha zamonlardayoq sovetlarning tugashiga to`la ishonsamda, Sovet hokimiyatining bunchalar yashin tezligida qulashini taxmin qila olmagandim. Shuning uchun B. Namazovning ''shoshayapsiz'', deganiga qanoat hosil qilgandim.

 

1989 -1990 yillarda harbiylar bilan yaxshi aloqa o`rnatish va ularni ''BIRLIK'' g`oyalariga mayil etish, asrlar davomida bir bo`ladigan tarixiy vaziyatni qo`lga olish, demak edi. Vaqtida shunday qilinganda edi, 1991 yil avgust inqirozi vaziyatida marra bizniki bo`lardi. Bunday vaziyatlarni boy berish tarixda va siyosat yurgizishda katta xato hisoblanadi. Biz, u zamon vaziyatni bir muncha to`g`ri aniqladik, hatto qaror qabul qilmoqchi ham bo`ldik. Ammo tavakkal qila olmadik, amaliy ishga kirishishda, sustkashlikka yo`l qo`ydik. To`g`risi, muhim tarixiy bir masalani hal etishda siyosiy tajpiba etishmadi. Harakatning Markaziy organi bunday masalalar bo`yicha quyi tashkilotlarga yordamchi va maslahatchi bo`la olmadi. Ya'ni Harakatning markaziy organi vujudga kelayotgan kritik vaziyatga o`z vaqtida to`la va etarli darajada siyosiy baho bera olmadi, vaziyatga mos zaruriy qarorlar qabul qila olmadi. Biz, viloyat tashkilotlari ham ba'zan sustkashlik, ba'zan qo`rqoqlik qildik, ya'ni buyuk xatoga yo`l qo`ydik. Natijada, o`z vaqtida Respublikadagi harbiy qumondolik bilan zarur aloqalar o`rnata olmadik.

 

Shunday qilib, Toshboy Harakatni hokimiyatga olib kelishni tezlashtirish tarafdori edi. Buning uchun uning fikricha qattiq tayyorgarlik (haqiqiy a'zolarni ko`paytirish, harbiy guruhlar tuzish, pul to`plash), keskin harakatlar bajaradigan guruhlar tuzish lozim edi. Ammo Toshboyning o`zi atrofida ham uyushgan, keskin harakatchan ''radikallar'' juda oz edi.

 

Xullas, Qo`shrabotda Bozorboy, Toshboy va Nikaloylar yordamida ''BIRLIK'' a'zolari, va xayrxohlar ancha ko`payishib qolishgandi, har holda u erda faol ishlayotgan guruhimiz tayyor edi. U guruh 1990 yili O`zbekiston Oliy Sovetiga xalq deputatlari saylovlarida katta faoliyat ko`rsatishdi. 1990 yilgi saylovlarda Akade mik Tashpo`lot Shirinqulov Qo`shrabotlik do`stlarimiz sa'y-harakatlari hisobiga O`zbekiston xalq deputatligiga saylandi, deb hisoblayman. Ammo bu akademik ham deputatlik muddati mabaynida Respublikada demokratik o`zgarishlar tarafdori bola olmadi.

 

Ishtixon rayonida ham bizning faollarimiz ancha ko`paydi. Ishtixonlik ''BIRLIK''chilarni Ne`matjon BoТtaev boshqarardi. U rayon o`rta maktablaridan birida o`quv ishlari bo`yicha mudir o`rinbosari bo`lib ishlardi. Ishtixon Samarqanddan 70 km. uzoqda joylashgan, Ne`mat jonning maktabi esa, yana uzoqroqda edi. Masofa qanchalik uzoqligiga qaramasdan, ular hamа payshanbalik yig`ilishimizga 5-6 kishi bo`lishib har hafta kelishardilar. Ularning ichlarida Eshonqul(to`la ismi sharfini unut dim) ismli birisi Ishtixon shaharida rus tili o`qituvchisi bo` lib ishlardi, Boshqa bir Qo`chqor degani, rayon militsiyasida ishlardi. Ammo ular yo`lini to pib, yig`ilishga muntazam kelib turishga intilardi. Ular juda faol yigitlarimiz hisoblanardilar. Ishtixonlik Ne`matjon va Eshonqullar etarli darajada bilimli, to`la ziyoli insonlar edi. ''BIRLIK''ning barcha a'zolariа shularday saviyaga ko`tarilgan bo`lishganda edi, O`zbekiston bugun eng baxtli Pespublika bo`lgan bo`lardi. Qo`chqorboyа ham juda ajoyib yigit,а o`rta maxsus ma`lumotli bo`lib, keskin harakatchan odam edi. Chindan ham u haqiqiy polis odami edi. Uning ajoyib bolalarcha gaplari bo`lardi. U doim menga "domla, kelininggiz hamlali, xudo xohlasa, egiz o`g`illar tug`iladi, ismlarini Temurbek va Boburmirza qo`yaman", derdi. Karomatni, niyatning xolisligini qarang ki, vaqti kelib, kelin Qo`chqorboyga buyuk baxt, ikki egiz o`gil keltirsa bo`ladimi?!. U, Temurbegu, Boburmirzalar sog`-salomat bo`lsinlar, XXI asr amir Temuri va Boburmirzasi bo`lib etishsinlar. Mening bu bayonlarimni Qo`chqorboyning o`sha egizlari o`qishsa va bundan ozmi-ko`pmi ibrat olsalar, men bu dunyoda yashab amalga oshrihsni istagan niyatlarimning katta bir qismini a'lo darajada bajargan hisoblayman.

 

Oqibatda, Ishtixonliklar eng baquvvat, eng faol rayon tashkiloti tuzishga, ''Erkin so`z''а rayon gazetasi nashr etishga erishdilar. O`zbekistonda siyosiy vaziyat ozgina yumshab, yangi imkoniyatlar yuzaga kelgan zamonoq Ishtixonlik do`stlarning ''BIRLIK''ni qayta tiklashda faol harakatga kirishajaklariga shubha qilmayman.Ammo ular,endi Harakat yangicha, ya'ni ''Birlik'' mutlaqo yangi bo`lajakligini va u zamon kimni,а qanday dasturni qo`llashlarini ham tushunib etgandirlar, deb o`ylayman.

 

Bulung`ur rayonidan ham yig`ilishga anchagina kishilar qatnayboshlashdi. Ular ichida Norqo`zi Ashirov (tish doktori) va Tursunboy Mamanazarov, maktab o`qituv chisi asosiy tashkilotchilardan edilar. Boshda bu rayonda bir qator kazo-kazo kishilar ''BIRLIK''ni qo`llay boshlashdi. Ular ichida rayon maorif bo`limi boshlig`i, SSSR Oliyа Soveti xalq deputatligiga nomzodi ko`rsatilgan, Mamayusuf ismli yana bir o`rtoq ham bor edi. Bu nomzod saylov jarayonida qonun buzorlikka yo`l qo`yilish natijasida saylanmay qolgan, aslida u saylanish uchun zarur bo`lgan ovoz to`plagan kishi edi. U anchagina shikoyatlar yozib, hatto KPSS Bosh kotibi M. Gorbachev qabuligacha chiqa bilgan bir inson edi. U zamonlar, KPSS Bosh kotibi bilan uchrashish, uning imzosi bilan birorta xat olish bu katta voqea, hodisa hisoplanardi. Mamayusuf esa, Moskvada, KPSS Markaziy Komitetida qabulda bo`lgan, qo`lida M.Gorbachev imzo chekkan maktubi bor bir kishi edi. Shuning uchun bu yigitning bizning yig`ilishlarga qatnashi ham hodisa edi. Haqiqatan u keyinroq O`zbekiston Oliy Sovetiga o`tkazilgan saylovlarda, Respublika xalq deputat ligiga saylandi. Rayon ''BIRLIK'' tashkiloti uning nomzodini to`la qo`llab-quvvatladi. Ammo bu deputat ham, rayon maorif mudiri ham Harakatda uzoq qolmadilar. Ular O`zbekiston hukumati ''qovog`iga'' qarab, ''BIRLIK''dan uzoqroq turishga intila boshladilar. Oqibat, ular ko`p o`tmay Harakatdan butunlay chetlashdilar. Lekin boshqa bir Bulung`urlik nomenkulatura kishisi, rayon mahalliy gazeta bosh muhariri (afsus, uning ham ismi-sharifi xotiramda yo`q), ko`p yillik partiyaviy ctajga ega kommunist, bizning yonimizda muqim qoldi. U bizni doim qo`llab-quvvatladi. Chunki u ''BIRLIK'' g`oyasi va maqsadlarini kompartiya g`oyasi va maqsadlari bilan mushtarak, deb bilardi. So`ng zamonlarda Kompartiya amaliy ishlarda nizom va programmadan uzoqlashdi, partiya o`z xalqchiligini yo`qotdi, deb tushunardi, u. Uning kompartiyasiа aynan ''BIRLIK''ning o`zginasi edi. Uning fikricha, bir partiyani biz ''Birlik'', bosh muharir esa kompartiya, deb ataymiz, xolos. Bosh muharir haf talik majlislarga kelgani yo`q. Ammo men u bilan bir necha marta yakkama-yakka uchrashganman. Suhbatlarimiz hamisha ko`nguldan, issiq bo`lardi. U juda yaxshi odam edi. G`irromligi, mu g`ambirligi, quvligi yo`q oddiy kishi edi. Uning dilidagi, tilida edi. O`sha zamonga xos ''dili bir xil, tili ikkinchi xil, amalda esa uchinchi xil'' yashashdan uzoq, juda ozchilikningа biri edi, u. Harakatimizda o`sha bosh muharir kabi ''kommunistlar'' ko`proq bo`lganda edi, bugun O`zbekiston hukumatidaа I.Karimovа guruhi kabi qipqizil o`g`rilar savlat to`kib o`tirmagan bo`lardi.

 

Afsus, ''BIRLIK''ka sof va g`oyaviy mustahkam odamlar to`plash kabi muhim ishlar butun Respublika bo`ylab yaxshi yo`lga qo`yilmadi. Harakatning Markaziy Ken gashi bu singari zarur ishlar bilan jiddiy shug`ullanmadi. Ular kimningdir marhamati bilan ''poyandozlar'' to`shalgan yo`llar orqali hokimiyatga kelishni xayol qilishdan narisiniа ko`ra olmadilar. Shuning natijasida ular asosan KGBning qo`lida qug`irchoqqa aylanib qoldilar. Bu fikr, bayonimiz davomida takror-takror isbot etiladi, deb o`ylayman.

 

Qisqasi, 1989 yil ''BIRLIK''chilar uchun, jumladan uning Samarqand guruhi uchun ham juda unumli yil bo`ldi, desak bo`ladi. Yil boshidan Harakatning viloyat tashkilotini tuzish ishlari qizib ketdi. Viloyatning Oq-Daryo rayonidan ham do`stlar bizga faol qo`shila boshlashdi. Bu rayon tashabbuskorlarini Samarqand qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash texnikumi o`qituv chisi Qobiljon Diyorov boshqara boshladi.

 

Past-Darg`omlik bir guruh o`qituvchilar ''BIRLIK''ning rayon tashabbus guruhini tashkil etishdi. Ularga o`rta maktab mudir o`rinbosari Abdujalil Abdullaevа va bolalar shoiri Meli Boboev sardorlik qilishdi. 1989 yilning so`nggiga kelib, bu rayonda Harakatning rayon konferensiyasi ham o`tkazildi. Unda shoir Meli Boboevа ''BIRLIK'' rayon tashkiloti raisi etib saylandi. Ammo ko`p o`tmay u hukumat tarafdoriga aylanib qoldi. Past-Darg`omliklar M. Boboevsiz yig`ilishlarga qatnashni davom ettirdilar. Aslida Past-Darg`om rayon tashkilotiga A. Abdullaev boshchilik qilmog`i lozim edi. U bilimli, sidqidil, sofа o`qituvchi edi. Ammo rayon konferensiya sida, ''o`zbekchilik'' qilinib, yoshi ulug`, shoir, o`quvchilari bor, degan andisha bilan M. Bo boev tashkilotga Rais bo`lib qolgandi. Afsus, bu qarash, bu ''o`zbekchilik'' bizgaа juda pand berdi, o`shanda. Ana shunga o`xshash ''andishalar'' ham bizning milliy xastaligimizdir. ''Aql yoshda emas, boshda'', kabi naqlimiz borligiga qaramay, qandaydir ''andishalar'', deb aqlli naqlga amal qilmaymiz. Biz, urf-odatlarimizda ham jiddiy islohlar o`tkazishimiz zarur. Urf-odatlarning umum milliyа rivojlanishimizga zararlilaridan mutloq ozod bo`lmog`imiz shart va zarur.

 

Katta-Qo`rgon, Norpay, Paxtachi rayonlaridan ham xayrxohlar, ishimizda faol qatnasha boshlashdi. Ayniqsa Katta-Qo`rgondan hurmatli olim, tibbiyot fanlari doktori, professor, xirurg, xirurg bo`lganda ham sobiq SSSRda mashhur xirurgа Hamraqul Hamdamov bizga sezilarli yordam berdi. Uning yoshi men bilan tengqur edi. U Samarqand tibbiyot institutida katta xirurgiya kafedrasini boshqarardi. Afsus, bir tasodif, falokat yuz berib, uni uzoq davom etgan xastalik tushakda qolishga majbur etdi. Jiddiy davolanishlar yordamida yana u qatorga qaytdi. Ammo uning belidan past qismi normal ishlamay yurishga ancha qiynaladigan bo`lib qoldi. U endi haqiqiy mayb, invalid edi. Lekin uning boshi, qo`l va ko`zlari hamishagiday sog`lom edi. Shu sababdan u kishi shahardan, ya'ni tibbiyot institutidan voz kechib, Katta-Qo`rgon shahriga o`tgandi. Chunki uning butun qarindosh - urug`lari, yaqinlari Katta-Qo`rg`ondaа yashashardi. Chunki H. Hamdamov uchun qarindoshlariga yaqin yashashning har tomonlama qulayligi bordi. Shuning uchun u Samarqandni tashlab Katta - Qo`rgonga ko`chgandi. Shunga qaramasdan u Katta - Qo`rgon shahar xastaxonasida jarrohlik vazifasini ham davom etkazardi. Haftada ikki-uch marta xastalarni jarrohdan o`tkazishda o`zi qatnashar va shaxsan o`zlari ham jarrohlik qilardilar. Zamonamizning mashhur olimi, ko`pqirrali bilim sohibi, madaniyatli, go`zal hulqliа kishi edi, H.Hamdamov.

 

H.Hamdamov ''BIRLIK''ning Katta-Qo`rgon guruhiga otalik qildi. Yigitlar uni Harakatning rayon Kengashi raysligiga saylashdilar. Hamroqul akaning oyoqda yurish, jismoniy harakat tezligi emas, uning boshi bizga etarli edi. Hamroqul akaning huzurigaа Katta-Qo`rgonga men ko`p marta bordim. U bilan uzoq suhbatlar qildim. Biz bir-birimizgaа ''do`stim'', deb murojaat etardik. Munosabatlarimiz chindan ham do`stona, suhbatlarimiz Vatan xususida, uning ozodligi, mustaqilligi, kelajagi haqida bo`lardi.

 

1990 yili o`tkazilgan ''BIRLIK'' xalq harakati Samarqand viloyat koferensiyasiga H.Hamdamov ham qatnashgandi. U odam uchun Samarqandga kelib-ketish nihoyatda noqulay va katta tashvish edi. Ammo u jumard yigit Samarqandga kelib, konferensiyaga qanashishni lozim hisobladi va keldi. Fan doktori, mashhur xirurg H.Hamdamov uchun ''BIRLIK''ning viloyat konferesiyasida o`tirish katta bir havas yoki obro` emasdi. U bu majlisdan ko`p buyuk xalqaro ilmiy konferensiyalarda, hashamati jihatidan ''BIRLIK'' konferensiyasidan ancha tantanali va salobatli viloyat kompartiya konferensiyalarida bir qancha marta qatnashgan inson edi. Ammo uning milliy shuuri jushib, yoshlarga ibrat ko`rsatmoq uchunа bu majlisga kelgandi. Afsus, Hamroqul aka singari odamlarni Respublika bo`ylab axtarmadik, ularning ko`pchiligini safimizga torta olmadik. Aksincha, safimizdagilarini ham o`zimizdan cho`chitdik, qochirdik. Masalan, Toshkentda olimlar negadir Po`latov bilan yaqindan aloqa qilishga toqatlari bo`lmasdi.

 

Samarqand qishloq rayoni, Urgutda ham anchagina a'zolarimiz, xayrxoh tashviqotchilarimiz paydo bo`ldi.а Urgut rayon Jumabozor qishlog`idaа boshlang`ich tashkilot ham tuzildi. Jumabozor qishlog`ida ikki mingdan ko`proq aholi yashaydi. Uning atrofida ham aholi juda g`uch yashashadilar. U qishloqda yakshanba kuni katta bozor bo`ladi. Eski zamonlarda katta bozor juma kuni bo`lgan. Qishloq nomi ham shundan kelmoqda. U erda hozirlar qishloqni kengaytirish katta muammoga aylangan. Undan tashqari u erda 1957 yil ''kolxozlar'' umumlashtirilgandan buyon hudud, tuproq masalasida janjal davom etub keladi. Endi esa, yosh avlod o`sib, qishloq kengayishi zaruratga aylangan bir zamonda, buа masala yana murakkab tus olgan.а Keyingi 30-40 yil davomida O`zbekiston sovet hukymati bu masalani hal etmagan. Masala, Jumabozor qishlog`i tabiiy ravishda kengayishi kerak bo`lgan er maydonida olma bog`i tashkil etilib, u bog` hech bir kolxoz yoki boshqa birorta korxona hisobiga kiritilmagan er ustida ketmoqda. Bu bog`dan yiliga katta hosil olinib, davlat hisobiga daromat qilinmasligi ham aniqlangan. Ammo bu faktni hukumat darajasida hech tan olishmaydilar. Jumabozorliklarning ta`kidlashlaricha, ularning qo`llarida bu faktni isbotlash uchun rad qilib bo`lmas dalillari bor. Ular, bu bog`dan yiliga yuz minglab olinayotgan daromatа Hakim Ismailovich Jo`rabekovningа xususiga o`zlashtirilmoqda, deb tastiqlashadilar. Shunday qilib, jumabozorliklar u bog`ning xususiy egasi bu Jo`rabekovdir, deyishadi. Qiziq, bu fakt rost bo`lsa, biz sovet davlati xususiy mulkchilikni tugatdi, hisoblab xato qilar ekanmiz. Aslida sovet zamonida ham xususiy mulkdorlar bo`lgan ekan. Bu mumay daromat bir yil emas, eng oz 30-40 yil davomida faqat bir kishiningа cho`ntagiga tushib turgan bo`lsa, uning hech bir ortiqcha xarajati bo`lmasa? U mulkning hajmini hisob etishni hurmatli o`quvchiga havola qilamiz. 1988 yilga qadar bunday pulning hajmi va qudratini ko`rgan kishilar tirikdir, balki. U zamonlar sovetlarning 80-90 tiyini Amerika bir dollariga teng hisoblanardi. Haqiqatan, shaharlarda "Berezka" magazinlari bo`lib, ularda sovet rubli 1$=0.8rubl shaklda almashtirilardi. Bu ma'lumotdan daromatning hajmini tasavvur etish qiyin emas. Undan tashqari, bu xildagi xo`jalik faqat birgina Urgutda bo`lib, Respublikaning boshqa erlarida bo`lmagan, deyish go`daklik bo`lardi.

 

Jumabozorliklardan bir qator kishilar ''BIRLIK''ka aТzo boТlib kirar ekanlar, ular Harakat yordamida I.H.Jo`rabekovgaа ham qarshi kurash ochishmoqchi edilar. Ular, ''BIRLIK''а shunaqa masalalarni ham o`rtaga qo`yishi va hal etishi kerak, deb hisoblardilar. Ularda sovet tuzumiga norozilik kayfiyati, tuzumni yangilash, o`zgartirish singari fikr-mulohaza yo`q edi. Ularning fikricha xastalik tuzumda, mamlakatdagi qonun-qoidalarning buzuqligida emas, aksincha, ayrim mansabdor shaxclarning noto`g`ri, nosof ish faoliyatlarida, sovet qonunlariga rioya qilmasliklarida edi. Jumabozorliklarga xos xususiyatlardan yana biri, Moskvadami, Toshkentda mi, uning farqi yo`q, ular hukumatning Bosh rahbarlaridan norozi emasdilar. Ularning falsafasi bo`yicha ''Bosh kotib'' muqaddas, sof shaxs edi. Hamma balo, xastalikning manbai mansabi pastroq bo`lganlarda edi. Shuning uchun ular qo`llaridagi ''rad qilish mumkin bo`lmagan, ashyoviy dalillarning'' qudratiga ishonishardi. Bu dalillar Brejnev yoki Rashidovgacha etib borganda, masala hal bo`lgan bo`lardi, deb juda-juda inonardilar. Afsus, derdi, ular, biz dalillarni u zotlarga etkaza olmadik. Ammo ular bu masala nega buncha uzoq, 30-40 yil davomida hal bo`lmagani, nahotki shuncha zamonlar o`tib, kolxoz-sovzozlar xaritalari necha martalab qayta tuzilib, u bog` har doim hisobdan chetda qolaverishi mohiyatiga chuqur qaray olmasdilar. 30-40 yil zamon o`tib, muhim bir ijtimoyi masala hukumatning Bosh rahbari e'tiboridanа doim chetda qolaverishi mumkinmi, deb ular o`ylay olmasdi. Aslida, Jumabozorliklarni qiynab yurgan bu masala ham sovet davlat tuzumining, o`sha ma'muriy - buyruqbozlik siyosatining qusurlaridan bir ko`rinishi edi. Bu esa, Jumabozorliklarga hali tushunarli emasdi.а

 

Biz, o`z navbatida Jumabozorlik do`stlar materiallari bilan sinchiqlab tanishib chiqdik. U materiallarni men, o`zim o`rganib chiqdim. Xulosa shu bo`ldiki, buа mutlaqo tuzumga bog`li masala. Agar ''BIRLIK'' bu xil masalalar bilan alohida-alohida shug`ullana boshlasa, bunaqa shikoyatlar soni kun sayin emas, soat sayinа ko`paya veradi. Eng asosiysi, sovet tuzumi mavjud ekan, odamlar qonunlar tartibi bilan emas, rahbarlarning buyruq va ko`rsatmalariga ko`ra yasharkanlar bu xil muammolarni to`la, uzil-kesil hal etish mumkin emas. Masalani aynan shu shaklda Jumabozorliklarga tushuntirishga harakat qildim. Bu jarayon davomida Jumabozor qishlog`iga bir qancha marta borib keldim. Qishloq aholisi bilan suhbatlar o`tkazdim. Ish qilib, kishilarni bunday masalalarni tuzumni o`zgartirish yo`li bilangina hal etish mumkinligiga ishontirishga urindim. Menimcha, bu tushuntirishlar izsiz qolmadi. Masalan, bundan so`ng jumabozorliklar bilan birgalikda faol ishlasha boshladik. Jumabozorliklar ''BIRLIK'' maqsadi va dasturi asosida anchagina ishlarni amalga oshrishda bizga yordamchi bo`ldilar. Birgalashib, O`zbekiston Oliy Soveti deputatligiga nomzod ko`r satish va saylovlar o`tkazishda ancha harakatlar qildik. Hatto, Jumabozordan mening nomzodimni deputatlikka ko`rsatish tashabbus guruhi tuzildi. Nomzod ko`r satish majlisi o`tkazishga bir qator qiyinchiliklar bilan ijozat ham olindi. Ammo majlisga qonunda ko`rsatilgan 300 saylovchi yig`ish mumkin bo`lmadi. Chunki mahalliy hukumat, ya'ni rayon kompartiya hokimiyati bu ishga qattiq qarshi turdi. Masalan, ertaga nomzod ko`rsatish majlisi bo`ladigan kechasi Urgut rayon mlitsiyasi butun saylovchilar uylariga kirib ularning majlisga chiqmasliklarini tayinlab chiqishibdilar. Natijada kishilar hukymatdan qo`rqib majlisga kelishmadilar. Majlisga nihoyat 154 saylovchi yig`ilishdi, xolos. Darhaqiqat,а o`sha zamonlar kishilar hukumatdan nihoyatda qo`rqardilar. Chunki fuqaro istisnosiz, kattami, kichikmi, ishchimi, o`qituvchi, olimmi, amaldor hamma u yoki bu xil ko`rinishda sovet qonuniga zid faoliyat bilan turmush kechirardi. O`zgacha yashashning iloji ham yo`qdi, axir. Shuning uchun istagan biror kishini har vaqt militsiya jinoyatchi hisoblashi hech qiyinchilik tug`dirmasdi. Masalan, biror kolxozchi uyi oldiga bir g`aram pichan (mollargaа qishliq emish uchun tayyorlangan dag`al hashak ozuqa ) yig`qan bo`lsa, ''bu pichanni qaerdan olding, o`g`irlagansan'', deyishlari va kolxochini bemalol qamoqqa olishlari mumkin edi, u zamonlar. Chunki u kolxozchi bechorada pichan o`stiradigan er yo`q, axir. Demak, u pichanni kolxoz yoki birorta boshqa sovxoz eridan ''jinoyatkorona'' o`g`irlik yo`li bilan yig`gan, deb hisoblashardilar. Shu sababdan, saylovchilarning militsiya ogohlantirishidan qo`rqishi tabiiy bir hol edi. Bu xildagi qo`rqish aholi nazdida ayb yo boshqa bir xil pastkasht xususiyat hisoblanmasdi. Odamlarda, kolxoz yoki sovxozlarga tegishli ekinlar ekilmaydigan erlarda bitadigan dag`al xashaklardan yig`ilgan mollar emishlarini jinoyatkarona, o`g`irlik yo`li bilan yig`dim, degan his mavjud edi. Shuning uchun ularning uyiga militsiya kelib, ''sen o`g`risan, davlat pichanini o`g`irlabsan'', deb, ularni haydab ketaversa hech kimsa, hech narsa demasdi, chunki bu holni ular normal qabul qilishardi. Aksincha, endi ''yig`-yig`'' qilishib, miltsiyaga pora to`plashardi. Militsiya ham ba`zidaа porani qo`lga kiritgandan so`ng ''odamgarchilik'' qilib, u bechora, ''o`g`ri'' kolxozchini bo`shatib yubo rardi.

 

Shunday qilib, u zamonlar hukumatdan qo`rqish, uning militsiyasidan uzoqroq yurishga intilish kishlarning oddiy kundalik xususiyatiga, xarakteriga, yashash tarziga aylanib qolgandi. Aynan shu holatni yaxshiroq anglash uchun yana bir voqeani so`zlab o`tish ma`quldir, deb o`ylayman.

 

Ma`lumki, 1989 yili SSSR Oliy Sovetiga, 1990 yili O`zbekiston Oliy Sovetigaа xalq deputatlari saylovlari bo`lib o`tgandi. 1991 yil mart oyida esa, Sovet Ittifoqini saqlab qolish, ya'ni SSSRning yangi maqomi haqida, Ittifoqdosh Respublikalar yangi shartnomani imzolashlari haqida umum xalq ovoz berishi (referendum) o`tkazildi. Bu uchala tadbirda ham "Birlik" o`ziga xos pozitsiyada turdi. Jumladan, referendumda ham shunday bo`ldi. ''BIRLIK'' Harakat sifatida referundumni baykot etish yoki saylov uchastkalariga borganlar, saylov blyutenlarida ''yo`q'' so`zini qoldirsinlar, degan taklifni o`rtaga tashladi va shu fikrniа butun referendum arafasi davrida tashviq, targ`ib qildi. Chunki referendumga ko`ra taklif etilayotgan SSSR yangi maqomi ham milliy Respublikalar suverentetini, ularning milliy va moddiy manfaatlarini markaziy hukumat foydasiga suiiste'mol qilinayotgan, SSSR yana imperialistik davlat shaklida saqlanib qolinayotgan edi.

 

Referendum munosabati bilan, uning arafasida o`tkazilgan targ`ibot davrida bir voqea sodir bo`lgandi. O`sha voqeani so`zlab o`tmoqchiman.

 

Urgut rayoniga qarashli o`rta maktablardan biriga men, B. Namozov bilan birga referendumda qanday ovoz berishni targ`ibot va tashviqot qilmoq uchun safarga bordik. Afsus, maktab va u joylashgan qishloq nomlari yodimdan ko`tarildi. Maktab rahbariyati bizga hurmat ko`rsatib, o`qituvchilar xonasidan joy ajratib berishdi. Bizni tinglovchilar boshda faqat maktab o`qituvchilari bo`lishdi. Biroz so`ngra maktab atrofida yashovchi boshqa kishilar ham suhbatimizga kela boshlashdi. Suhbat ancha qizidi. Suhbatda asosan men so`zladim. Suhbat uch soatdan ko`proq vaqt davom etdi. Kech kirib, tashqari qorong`ilashib qoldi. Maktabda darslar tugab o`qituvchilar uylariga keta boshlashdi. Suhbat so`nggida bir saylovchi ketmadi va biz bilan yakkama-yakka so`zlashmoq istagini bildirdi. U odam invalid(mayb), ya'ni Vatan urushi nogironi (invalidi) bo`lib, bir oyogi yo`q, yontayoqda yurardi. U deyarli butun suhbat davomida meni tinglab o`tirdi. Men esa, suhbatda referendum haqida, undan ko`zda tutilayotgan maqsadlar haqida, Sovet Ittifoqi, uning buguni va kelajagi haqida o`z qarashlarimni so`zladim. O`rtaga qo`yilayotgan bu masala larda ''BIRLIK''ning positsiyasini ularga tushuntirishga harakat qildim. Xullas, biz bilan alohida suhbat istagan bu saylovchi o`shanda, ''Domla, siz juda to`g` ri so`zladingiz. Hammasi maТqul. Bizga qolsa sizning fikringizga to`la qo`shilamiz. Ammo ertaga saylovga borib, siz aytganday blyutenda ''yo`q''ni qoldirsak, saylovdan so`ng bizni militsiya qamab qo`yadi-ku, axir. Buni sizlar, yaxshi o`ylamayapsilar, shekilli'', deb kuyinib so`zladi.

 

Darhaqiqat, u saylovchiа urush invalidi sifatida, bir qator o`zining xavfsizligi taТminlangan bo`lishligiga qaramasdan, uning hukumatdan qo`rqayotganida katta asos bor edi. Bu o`sha sovet zamoni uchun juda tipik bir hol edi. Chunki Sovet davlatida butun erkinlik, demokratiya, insonning barcha huquqlariа ''Sovet davlati eng odilona davlat, u jahonda eng insonparvar davlat, uning bosh rahbari, ya'ni KPSS Bosh kotibi dunyoda insonlarning eng oliy sifatlisi'', deb barcha fuqaro, butun matbuot, barcha birday to`ti kabi takrorlashdan iborat edi. Haqiqatan u zamonlar mamlakatda shunday bir ko`rinish bor ediki, go`yo davlat siyosatini barcha birday so`zsiz qo`llab-quvvatlayotganday tuyulardi. Chunki ommaviy matbuot o`z ishini yuqori darajada bajarayotgandi. Mamlakatda matbuot organi faqat bir g`oyani, bir xil tashviqotni oilb borardi. Kishilarda matbuotga ishonish ko`nikmasi paydo etilgandi. Masalan, chindan ham fuqaro Sovet Ittifoqi va sotsialistik lagerga kiruvchi bir necha mamlakatlardan tashqari dunyoning barcha burchaklarida ochlik, yalang`ochlik hukm surmoqda, kishilar ochlikdan qirilib ketmoqda, kapitalistik dunyo chiri moqda, shuning uchun ular urushlar tarafdori, ular urush olovini yoquvchilar, ular faqat qirgin qurollarini ishlab chiqarmoqdalar, deb ishonadigan bo`lib qolishgandilar. Ular fikrida kapitalistik dunyoda inson izzat-nafsi, haq-huquqi mislsiz paymol qilinmoqda, kabi xulosa yaratilgandi. Afsuslar bo`lsinkim, hammasi teskari, teskari bo`lganda ham qanday, deng, to`lasincha, deametrial aksi ekan. Biz bechora sovet xalqi, jumladan o`zbeklar, 1948 yilda qabul etilgan, uning tagida Sovet Ittifoqi imzosi chekilgan ''Butun jahon Inson Huquqlari deklaratsiyasi'' mavjudligidan xabarsiz ekanligimizni ham bilmas ekanmiz.

 

Shunday qilib, 1989 yil may oyiga qadar, ya'ni Harakatning 1-qurultoyigacha ham bir muncha tashkiliy ishlar bajardik. Yuqorida ta'kidlaganimiz singari, bir qator boshlang`ich tashkilotlar tuzdik. SSSR Oliy Sovetiga xalq deputatlari saylash kompaniyasida qatnashdik. Bu saylovlarda nomzod ko`rsatish yoki deputat saylashga urinmagan bo`lsak-da, u jarayonda saylovlar o`tkazish ayrim tartib-qoidalarini o`rgandik. Saylov qonunlari bilan yaxshi tanishib chiqdik. Nomzodlar ko`rsatish majlislarida, saylov oldi yig`ilish va uchrashuvlarda faol qatnashishga intildik. Deputatlarga mo`ljallangan nakazlar tuzdik va ularni deputatlikka nomzodlarga topshir dik. Qisqasi, bu jarayon, ya'ni saylov jarayoni bizga yaxshi tajriba o`rnini o`tadi.

 

''BIRLIK'' xalq harakati 1-nchi ta`sis Qurultoyi oldidan Samarqandlik tashabbuschilarningа amalga oshira bilgan ishlari asosan shulardan iborat bo`ldi. Qurultoydan so`ngra, biz Samarqand viloyat konferensiyasini tayyorlash va o`tkazishga jiddiy kirishdik. Samarqand viloyat "BIRLIK" tashabbuschilari hisoblangan oliy maktab professor-o`qituvchilari 1989 yili ta'tilga ketishmay, konferensiyaga tayyorgarlik ishlariga yordam etishdi.

 

Ish orasi Respublikada tashkil bo`layotgan ''BIRLIK''ning boshqa tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamklashni davom ettirib turdik. Masalan, 1989 yil avgust oyida Andijonа viloyat konferensiyasi o`tkazildi. Samarqandan biz ikki kishi (men va N. Rajabov) unda ishtiroq etdik.

 

Samarqandda konferemsiya 1989а yilа sentyabr oyining 24-25-ida o`tkazildi. Ammo ma'lumki, 1989 yil maydan to sentyabrgacha O`zbekiatonda ko`p jahonshumul voqealar bo`lib o`tdi. ''BIRLIK'' Samarqand viloyat konferensiyasi tafsilotlarini so`zlashdan oldin o`sha voqealarni biroz tasvirlab o`tmoqchiman. Ulardan eng muhimi 1989 yil iyun oyi boshida sodir bo`lgan, go`yo o`zbeklar va turklar (mesxitiya turklari) o`rtasida kelib chiqqan janjalli mojarodir. Shu sabab, 1989 yil, O`zbekiston tarixiga ''Farg`ona voqealari'' nomi bilan kiritilsa kerak. Iyun oyi boshlarida Farg`onada sodir bo`lgan, go`yoа o`zbeklar (turklar) va mesxitiya turklari ''o`rtasida jan jal'' voqealariа o`zbeklar (turklar) tarixida qora dog` bo`lib qoladi. ''Mesxitiya turklari'', deb atash ham dushmanning ishi. Mesxitiyaning asl tarixiy turkiy nomi va umu man atamalar masalasida tarixchilar to`g`ri xulosalar chiqarar, deb umid qilaman. Biz esa, Farg`onada boshlangan ig`voning tafsilotlari to`g`risida biroz so`z yuritamiz. Birinchidan, u ig`vo to`lasincha KGB tarafidan tayyorlanganligi aniq. Bunga etarlicha dalillar bor. Ikkinchidan, Farg`ona voqealari juda uzoq davom etdi. Ular haqida istalgancha foto-vedio materiallar yig`ilgan. Farg`ona voqealari bir yildan ko`proq vaqt davom etib, turklarning va islomning bosh dushmani Stalin tomonidan 1944 yilda Mesxitiyadan badarg`a qilingan qon, din qardoshlarimizni endi ularning ikkinchi vatani O`zbekistondan 1989 yili to`la va batamom badarg`a qilinishi bilan tuga di. Bu noinsoniy bezorilik va beboshliklarda O`zbekistonning bugungi prezidenti atalmish I.Karimov bosh jinoyatchilardandir. Chunki u turk qardoshlarimizga qarshi tashkil etilgan so`nggi ig`voning bevosita tashkilotchisi va haqiqiy ijrochisidir. Masalan, Karimov Moskva oldida yaltoqlik qilib, markazning ko`rsatmasini a'lo darajada bajarmoq uchun 1990 yili Toshkent viloyat Oq-Qo`rg`on rayoni va Respublikaning turklar to`plam yashayotgan boshqa viloyat va rayonlarida tashkil qilingan, begunoh insonlar qoni to`kilishiga sabab bo`lgan ig`volar, noo`rin harakatlar rejasi Karimovning bevosita ishtirokida ishlab chqildi va shaxsan uning qo`li bilan amalga oshirildi. Shunday qilib, jigarlarimiz, og`a-inilarimizni 1944 yildaа o`z ona yurtlaridan badarg`a etgan kishiа butun turklar (o`zbek, qozoq, qirg`iz, ozor, turkmanu-gagavuz, tataru-uyg`ur, yaqutu-boshqirt, hamma-hamma turklarning) birinchi nomerali bosh dushmani I.Stalin bo`lgan bo`lsa, 1989 yili esa xuddi shu ishni amal uchun, mansab uchun, O`zbekistonning birinchi kotibi bo`lmoq uchun aynan takrorlagan I.Karimov ham turklarning hozirgi zamondagi, bizning zamonimizdagi bosh va asosiy dushmanidir. Shuni ta'kidlash kerakki, I. Karimov bolsheviklar, leninchi bolshovoylar ''milliy siyosati''ning amaldagi niqobi sifatida O`zbekiston hukumatida bosh ro`lga keltirildi.

 

Rus imperializmi va undan so`ng leninchi bolshovoylarning O`rta Osiyodagiа ''milliy siyosati'', o`lkadagi aholining asosiy qismini tashkil etgan katta millat o`zbek (turklar)ga qarshi qaratilgan dushmanlik va yovuzlikdan iborat edi. Bu fikrniа bir muncha aydinlashtirishga harakatа qilaman.

 

XIX asr ikkinchi yarimida O`rta Osiyo (O`rta Osiyo atamasi ham Turkiston so`zini ishlatmaslik maqsadida istilochilar tomonidan iste'molga kiritilgan) istilo etilgandan keyin bu tuproqda gubernatorlikа boshqaruvi e'lon qilinib, davlat hokimiyati Petrograddan tayinlangan gayridin, rus kishisining qo`lida bo`ldi. Mahalliy hokimiyatning eng pastki qismida, masalan, qishloqda ba'zan erli, ammo shuuri past, irodasi bo`sh kishilardan ham foydalanishdi. Ammo ularning asosiy vazifalari esa, rus guberna tori uchun aholi orasida josuslik qilishdan iborat edi. Istilochilar davrida milliy siyosat va milliy ta'lim-tarbiya, maorif ishlari butunlay boshqa asosga quruldi. Bu siyosat da erli aholini deyarli savod chiqarmagan holda, faqat jismoniy mehnatga yararli shaklda o`stirsh asosiy maqsad etib olindi. Bu yovuz maqsadni amalga oshirish uchun milliy ta'lim-tarbiya usullarini, maktablarni to`la ruslashtirish, aholini o`z tarixi, ilm va bilim asosini tashkil etgan o`z milliy alfavitidan mahrum etish ishlari hech bir og`ishlarga yo`l qo`yilmay, izchil, asta-sekin olib borildi. Millat ichidagi josuslar, ba'zi irodasi bo`sh sotqinlar ruslashtirilgan maktablargaа jalb etilib, ularga juda keng iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlar yaratib qo`yildi. Shu yo`l bilan ruslashtirilgan, islom axloqi o`rgatilmaydigan maktablarga aholini, yoshlarni ko`proq jalb etish yo`lga qo`yildi. Sistemali ravishda talantli, milliy iroda va shuuri baland millat vakillari jismoniy tugatilib turildi. Turkiston yurtining asosiy aholisi bo`lgan turklar uchun, turk asllilar uchun alohida siyosat usullari ishlab chiqildi va ular orasida bu usul ustalik bilan qo`llanildi.

 

Turkiston istilo etilgan zamonda, hatto 1917 yil Oktyabr davlat to`ntarishi arafasida ham uning ilmiy, tijoriy markazlarida (ya'ni shaharlarda) va qishloq xo`jalik, dehqonchilik rivojlangan havzalarida istiqamot qiluvchi aholining mutloq ko`pchiligi (sovetlar davrida ''o`zbeklar'', deb atala boshlangan) turklardan iborat edi. Mus tamlakachilik siyosatining butun og`irligi va zahmatlari ham shu xalq ustiga, uning zimmasiga yuklatildi. Ilmdan, madaniyatdan ajratib, ularni ikkinchi sort (2-tur) odam larga, kimligini bilmas qullarga aylantirish siyosati faqat ana shu turklar uchun ishlab chiqildi va uzoq bir zamon bu siyosat amalda bo`ldi..

 

Istilochilar o`lkadagi turklardan tashqari mayda va oz sonli aholidan sotqinlar sifatida foydalanishdilar. Masalan, istilochi ruslar Samarqandni ishg`ol etishda shaharda yashovchi mayda millat (hozir ularni tojiklar, deb yuritishadi) vakili sotqinligidan foydalanishganlar. U sotqinning ismi tarixga ma'lum, uni Kamolliddin xo`ja, ataydilar.

 

Rus imperiyasining ''oliy maqsadlaridan'' biri Turkistonda turklarni to`la tugatish va batamom bitirish edi. Ular Turkistonning ismini ham, jismini ham yo`qotmoqchi edilar. Shuning uchun bu tuproqda, bu tuproqning chin sohiblari o`rnida boshqa bir chatish, duragay millat, istilochilarga to`la tobe guruh tiklamoqchi bo`lgandilar. Ular Samarqandni qo`lga olgan hamon, uni bosqinchilarga sotgan sotqinning avlodi asosida bunday chatish guruhni yaratishga kirishdilar. Shu sababdan sotqinlar uchun ma'lum darajada iqtisodiy va siyosiy vakolatlar yaratildi.а Chunki turklar tugatilib, ularning o`rnida, madaniy saviyasi past, tarixiа yo`q, aslining tayini bo`lmagan aholi guruhi yaratilgan zamonа metropoliya uchun hech qanday xavfа tug`ilmaydi, deb xulosa etishgandilar.а

 

Shunday qilib, bu mamlakatda, Turkiston yurtida sotqin, alchoqlarga yo`l ochish o`sha ruslar istilosining ibtidosidan boshlangan buyuk bir qusurdir. Eng achinarli joyi shundaki, mana shu bosqinchi siyosatining natijalariga xalq ommasi bugun ko`nikma hosil qilgan.

 

Chor istilochilari o`z imperialistik rejalarini to`liq amalga oshirib ulgurmasdan hokimiyatgaа leninchi bolshovoylar keldi. Bular milliy siyosatda misli ko`rilmagan yovuz usullar ishlatishdilar. Imperator uddalay olmagan ishni ular amalga oshirdi, ya'ni bir butun buyuk o`lkani, Turkistonni bo`laklab tashladi. Ular Turkiston tuprog`ida beshta ''millat'' va beshta ''davlat'' yasashdi. Sotqinlik va alchoqlikni tarix ko`rmagan va bilmagan darajada rag`batlantirdi, uni avj oldirdi. Millatning ilg`or qismini da vomli jismoniy tugatib borish maqsadida, ''bosmachilarga qarshi kurash va ularni tugatish'', ''quloqlarni sinf sifatida tugatish'', ''xalq dushmanlariga qarshi kurash'', ''nemis - fashistlariga qarshi Vatan urushi'' va nihoyatа ''paxta ishi'' kabi ig`volar o`ylab chiqarilib,а to`qilibа turildi.

 

Bu o`yinlarning har biridaа Turkiston bo`ylab minglab-millionlab faqat o`zbeklar (turklar) qirib tashlandi. Ayniqsa, har safar ularning ko`zga ko`ringan olimlari, ziyoli lari, harbiy qumondonlari saralab yo`qotilardi. Oqibatda, Respublika haqiqiy alchoqlar, sotqin, madaniy va ma'naviy saviyasi past, kelib chiqishining tayini yo`q kishilar ''rahnomaligida'', ularning ''yo`l boshchiligida'' qoldirildi. Bu sotqin ''rahbarchalar'' hech bir zamon, biror sohada mustaqil fikr yoki ish yuritmadi va ular biror xil ishа yurita olish ilm-farosat va shuurga ega ham emas edilar. Masalan, O`zbekistonga (umuman Turk respublikalarining barchasida ham shunday bo`ldi) bosh rahbar likka alchoq, laganbardor, sotqin shaxs tanlanishi va tayinlanishi bilan bir qatorda, uning asli, milliy kelib chiqishi turk (o`zbek) bo`lmasligigaа sovet davrida alohida e'ti bor berildi. O`zbekistonga rahbar tanlash uzoq davomli bir jarayon edi. Hatto u bo`lajak ''rahbar'' qaerdadir, qandaydir usullar bilan maxsus tayyorgarlikdan o`tgan bo`lardi. O`zbekiston ''rahbari'' tayyorlanadigan maktabni faqat KPSS Siyosiy buyurosi va KGB bilardi, xolos. Bir asrga yaqin sovet davri davomida asliа kelib chi qishi, tarixan ildizi turk bo`lgan shaxs O`zbekistonda Bosh mansabga, O`zbekiston Kompartiyasi (KP) Markaziy Komiteti (MK) 1-kotibligi mansabiga tayinlanmadi. Bu fikrni asoslab dalil keltira boshlansa ancha ko`p joy oladi. Undan tashqari isboti o`z-o`zidan ko`rinib va bilinib turgan voqealarni takror isbotlab o`tirishga hojat bormi? Qiziqqan kishilar O`zSSR KP MK Birinchi kotiblari tarjimai hollarini ozgina sinchiklab o`rganishsa etarlidir. Ularning barchasi sotqin, kelib chiqishi betayin, biri tojik, biri lo`li, boshqasi qulmi, yana kimdir?! Ularda yana bir muhim hol kuzatiladi, ya'ni Sh. Rashidovdan boshqa ularning barchasidaа xotinlari ham mahalliy millat qizlaridan emaslar. Xuddu shuningdek I. Karimov ham, birinchidan, uning asli o`zbek emas. Hatto Karimovga turk-o`zbek urug`larining birortasining qoni ham qo`shilmagan. Islom Karimov, bundan ikki-uch asr mukaddam o`tiroqlashgan lo`lilar (mazangi-tavoqtarashlar)dandir. I.Karimovning ota tarafidan urug`lari, unga juda yaqin qarindoshlari Samarqand viloyat, Oq-Daryo rayoni Dahbetа sovxozi, Dahbet qishlog`iga yaqin erlashgan lo`lilar qishlog`ida yashashadilar. Ammo Kari mov bu faktni butun imkoniyatlari bilan xalqdan yashirib keladi. Ikkinchidan, Karimovning xotini ham mahalliy millat qizi emas. I.Karimov haqiqatan Samarqandda tug`ilgan. Ammo el orasida maxsus tarqatilgan va tarqatilayotgan ''I. Karimov detdomist (etimxonada o`sgan deyilmoqchi)'' kabi mish-mishlarda zarracha asos yo`q. Uning otasiа umrining so`ngiga qadar ''Zagot kontora'' direktori vazifasida ishlagan. Karimov otasining oilasi o`z zamonida hech narsaga muhtoj bo`lmay yashashgan. Chunki sovet ''Zagotkontora''lari sovet kishilariga juda yaxshi maТlumki, u tashkilot rahbarining bolasi ''detdomist'' bo`lmaydi. Chunki "Zagotkontora" mudiri hech zamon moddiy muhtoj kishi bo`lmagan.

 

Men I.Karimovning kelib chiqishi haqida yozarkanman, uni lo`lilardan, deb hisoblar ekanman, u shaxs sifatida (lo`li bo`lgani uchun) O`zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi qilib tayinlanishga haqli emas edi, demoqchi emasman. Unday fikrdan mutlaqo uzoqman. Hatto uning hozirgi mustaqil O`zbekiston Respublikasiga Prezident bo`lib saylanishiga ham eТtiroz bildirishga haqim yo`q. Chunki ixtiyoriy bir demokratik rejimdagi mamlakatda, uning har bir fuqarosi, millati, uning terisi ranggi, diniy eТtiqotidan qatТi nazarа bab-baravar haq-huquq va imkoniytalarga ega bo`lmoqlari shart. Bu erda, masala birinchidan, sovet davrida o`tkazilgan yovuz siyosat haqida, u davrda alchoqlikni, laganbardorlikni, millatga dushmanlikni rivojlantirish siyosati haqida ketmoqda. Ikkinchidan, I.Karimovning O`zbekiston Prezidenti vazifasida o`tirib o`tkazayotgan siyosati haqida va o`z asli kelib chiqishini ommadan yashirayotgani haqida ketmoqda. Shu kunlarda O`zbekistonda I.Karimov o`tkazayotgan yovuz siyosatni, millatga bu qadar dushmanlikni, zulmni rus istilochilari, hatto qonxo`r kommunistlar ham o`tkaza olmagandilar.ааааа

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 1989 yili, Sovet Ittifoqining barcha burchaklarida alg`ov-dalg`ov boshlangan, Baltiq bo`yi Respublikalari SSSR tarkibidan chiqib ketayotgan, ikki qondosh, dindosh, qardosh urug`ni maxsus pichoqlashtirishga erishgan bir davrda O`zbekistonday bir Respublikaga, Turkistonning tarixiy markaziga, turklar tarixining uchog`igaа o`zbekni-asli turkni KPSS MK (istilochi ruslar) tomonidan bosh rahbar qilib qo`yilishiga ishonib bo`ladimi? Bunday bo`lishiga ishonish, hatto buning mumkinligiga ozroq umid qilish hech narsadan mutlaqo xabarsizlik, go`daklik bo`lardi. Ammo o`sha zamon baТzilar I. Karimovni o`zbek, demokrat, deb qabul qilishdi. I. Karimov shaxsiga munosabatda ham Abdurahim Po`latov siyosatda go`dakligini ko`rsatgandi. Chunki A.Po`latov va boshqa bir qator "Birlik"-chilar 1989 yili OТzbekistonga keltirilgan1-Kotibni juda iliq va demokrat qabul qilishgandilar.

 

8.1.3 ''BIRLIK''ning I-TA`SISа QURULTOYIа HAQIDA.

 

1989 yil 28 may kuni Toshkentda ''BIRLIK''xalq harakati birinchi Qurultoyi chaqirildi. Qurultoyga Samarqanddan 15 kishi delegat bo`lib qatnashdi. Hozir ularning 15-tasining ham ism-shariflarini birma-bir keltira olmayman. Shuning uchun bu erda ularning bir nechasining ismlarini keltiraman. Samarqandlik delegatlar ichida Yo`lyaxshiev Aliboy, Muradov Sulay mon, Namozov Borot, Rajabov Norjigit, Umurzaqov Abdumalik, Elmurodov Isrofillar borligini aniq eslayman.

 

Qurultoy juda ko`tarinki ruhda boshlandi va shunday ruhda davom etdi, aynan shunday ruhda tantanali yopildi. Qurultoy majlislari Toshkent shahar, Pushkin ko`chasi, 1-binoda, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi majlislar zalida o`tkazildi. Qurultoyga oid barcha tafsilotlarni ikir-chikiriga qadar birma-bir eslash va barcha holatlarni aynan takrorlash juda qiyin, albatta. Men maskur bayonni, oyma-oy hisoblaganda Qurultoydan roppa-rosa to`qqiz yilu, sakkiz oy so`ng (1999 yil fevral oyida) yozmoqdaman. Qurultoyga taalluqli asosiy va muhim holatlar, u erda qabul qilingan qarorlar, tashkiliy masala va bashqa xil nozik tafsilotlarni yaxshi xotirlay man. Shuning uchun Qurultoyning o`sha yoddan chiqmas tafsilotlarini bayon etishga harakat qilaman.

 

Hammasidan avval, Qurultoy delegatlari tarkibi va ularning saviyasi haqida so`zlamoqchiman. Delegatlar, o`z unvon va ilmiy darajalari jihatidan o`sha zamonlar O`zbekistonda o`tkaziladigan va o`tkazilishi mumkin bo`lgan majlislarning istagan biridan kam emacdi. Qurultoyga delegat sifatida taniqli akademiklar, fan doktorlari, professorlar, Respublikada xizmat ko`rsatgan o`qituvchilar, institut va universitetlarning faol-a'lochi studentlari, maktablarning yuqori sinf o`quvchilari qatnashmoqda edilar. ааааааааааа

 

Qisqasi, delegatlar har tomonlama O`zbekiston aholisining ilg`or va faol qismi vakillaridan tashkil topgandilar. Qurultoyning ana shu tarafi eng avval ochiq ko`zga tashlanib turardi. Ikkinchi tarafdan, o`sha zamonlar uchun katta qiziqish tug`dirdirishi mumkin bo`lgan tasodif ham e'tiborni o`ziga tortardi. Qarang, Moskvada SSSR xalq deputatlari 1-Qurultoyi davom etib turgan bir vaqtda Toshkentda ''BIRLIK'' 1- Qurultoy o`tkazmoqda. Bu hol, delegatlar uchun ham, Respublika aholisi uchun ham qiziq bir qiyosiy holat edi. O`sha zamonlarda bunday hollar kishilarni qiziqtirmay qolmasdi. Taqdirni qarang, 1989 yilda 1-qurultoylarini o`tkazishganа ''BIRLIK''а ham, SSSR xalq deputatlari ham ko`p o`tmay bo`linib va tarqab ketdilar. Masalan, ''BIRLIK'' o`sha yili kuzidayoq bo`linib qolgan bo`lsa, SSSR xalq deputatlari undan ikki yil soТngra butunlay tarqab ketdilar. Uchinchi mening yodimda saqlanib qolgan taassurot, tashkilotning ''BIRLIK'' xalq harakati, deb tantanali e'lon etilishi edi. Bu tarixiy bayonotni Qurultoy minbaridan texnika fanlari doktori, professor Olim Karimov e'lon etgan edi. Ammo Qurultoy qarori bo`yicha Harakat avvalgi ''O`zbekiston tabiati, moddiy va madaniy boyliklarini himoya qilish ''Birlik'' harakati '' nomini saqlab qolmog`i kerak edi. ''Xalq harakati'' jumlasi qavs ichida ''shaxsiy'' foydalanish uchun yoziladigan bo`lgandi. Chunki bizda, O`zbekistonda xalq harakati (jafha, front ) tuzishga kishilar hali erkin botina olmayotgandilar.

 

Nihoyat, yodda qolgan eng muhim tafsilot bu Qurultoyda o`tkazilgan tashkiliy masaladir. 1-Qurultoyda qabul qilingan Harakat Nizomida yakka Rais saylash tartibi qabul etilgandi. Shuning uchun qancha nomzod ko`rsatilmasin faqat ularning birigina saylanmog`i lozim edi.

 

74 yildan ko`proq sovet davri tarixida bunday ochiq, erkin majlis ilk bor o`tkazilmoqda. Shuning uchun bo`lsa kerak, delegatlar o`zlarini juda erkin tutishar, kimni lozim ko`rishsa o`shaning nomzodini Raislikka ko`rsatishardilar. Shunday qilib, ''BIRLIK''а xalq harakati Markaziy Kengashi Raisligiga nomzod etib bir qator do`stlarа ko`rsatildi. Ularning orasida taniqli shoir Erkin Vohid, yosh shoirlardan Muhammad Solih, Usmon Azim, texnika fanlari doktori Abdurahim Po`latov va boshqalar bor edi. A. Po`latovdan tashqari barcha nomzodlar o`z nomzodlarini turli xil sabablar bilan qaytarib olishdilar. Jumladan M. Solih ham A. Po`latov nomzodini qo`llab, o`z nomzodini ro`yxatdan chiqarishlarini so`radi.

 

Xullas, Qurultoy Abdurahim Po`latovni ko`tarinki ruhda ''BIRLIK'' xalq harakati Markaziy Kengashi raisi etib sayladi. Bu ham yodda qolar bir tantanali tarixiy moment edi. Qurultoy 150 kishilik ''BIRLIK'' xalq harakati Markaziy Kengashi (MK) a'zolarini ham sayladi.а ''BIRLIK'' MK Raisligiga nomzodlarning barchasiа MK a'zolari etib saylanishdi, jumladan E.Vahidov va Muhammad Solih ham MK a'zolari bo`ldilar. Samarqandliklardan 12 kishi MK a'zoligiga saylandilar. Jumladan men ham ular qatorida MK-ga saylandim.

 

Qurultoyda bo`lib o`tgan boshqa tarix uchun uncha ahamiyati bo`lmagan ikir-chikir holatlar haqida yozishga hojat yo`q. Ammo delegatlarning biri so`zlagan nutq ham meni o`sha zamon juda katta ruhlandirgan edi. U nutq shoir Erkin Vahidov nutqi edi. Sevimli (o`sha zamon uchun) o`zbek shoiri Gurujiston paytaxti Tibilisida qon to`kilishiga qarshiа bir she'r o`qib bergandi. She'r uncha uzun emasdi. She'rda ''Tiflisida qon to`kkan kommunist bo`lsa men kompartiya biletimni otganim bo`lsin'' deyilardi. Chindan ham hali 1989 yillari bunday she'r yozish, bunday qadam mardlik va jasurlik sanalardi. O`shanda E. Vahidov menga dunyoda eng jasur kishi tuyulgandi. Afsuski, ko`p o`tmay bu ''jasur'' shoir qo`rqoqlikning ham misli ko`rilmagan namunasini namoyish qildi. Natijada kishilarda shoirlar barchasi E. Vahidovga o`xshash bo`lsalar, ular siyosatga yaqin kelmasin, degan fikr paydo bo`ldi. E. Vahidov O`zbekiston Oliy Soveti deputati bo`lib qolgach, uni Oliy Sovet ''Oshkoralik'' komissiyasiga rais etdilar. Ana shunday muhim komissiyaning raisi hali sovetlar davrida ''kompartiya biletini otishni istagan'' "jasur" shoir E. Vahidovа oshkoralik haqida biror og`iz so`zlashga, matbuotda birorta zig`irdek maqolani ochiq yozishga jur'at qila olmasa, nima deysiz?! Hatto O`zbekiston xalq deputati, ''Oshkoralik'' komissiyasining raisini ko`chada duppaslab ketishganda ham Oliy Sovet Kengashi majlisida bir og`iz so`z ayta olmagan shoirni kim, desa bo`ladi?! Ha, ''BIRLIK'' tarixida, Harakatga tasodifan kirib qolgan E.Vahidovlar anchagina uchradi. Tarix ko`rsatdiki, bu xil ''BIRLIK''chilar faqat oddiy a'zolar orasida emas, balki Harakatning rahbarligiga saylangan "birodarlarimiz" ham ''jasur''likda ulardan uzoq emas ekanlar. Bu ma'noda, ''jasur''lik ma'nosida ''BIRLIK'' rahbarlari ham E. Vahidovlardan qolishmasliklarini ko`rsatdilar. Ularning ''jasurlik'' va ''g`oyaviy'' izchilliklari haqida o`rni kelgan joydaа so`zlab o`tamiz.

 

Shu bilan Qurultoy baland ruhda tantanali yopildi. Delegatlar uy-uylariga tarqab ketishdi. Biz Samarqandliklar, Toshkentlik "BIRLIK"chi birodarlar bilan ilk dafa ana shu qurultoyda tanishdik. Qurultoydan so`ngra markaz bilan aloqalarimiz ancha durust yo`lga qo`yildi. Biz MK yig`ilishlariga sistemali qatnashadigan bo`ldik. Endi Toshkentdan varaqa, gazeta va ko`rgazmalarniа davomli va sistemali oladigan bo`ldik.а

ааааааааааа

I. Karimovning "BIRLIK" bilan uchrashuvi.

I.Karimov endigina OТzbekistonga 1-kotib qilib tayinlangan vaqt edi. Hali I. Karimov ''Birlik'' vakillari bilan uchrashmagandi. Ammo I.Karimov O`zbekiston KP MK 1-kotibi qilib tayinlangandan keyinoq darhol SSSR xalq deputatlari qurultoyida dabdabali nutq so`zlab ulgurgandi. Darhaqiqat, Karimovning o`sha nutqi tashqaridan qaralganda o`z zamonasi uchun katta kashfiyot, jasoratga oТxshab ketardi. Ammo u nutq maxsus rejani ko`zda tutib, KPSS Markaziy komitetida tayyorlanganligini, uning Siyosiy buyuroga qadar taqalib kelgan O`zbekistondagi ''paxta ishi''ni ortiq davom ettirmaslik, bu ishni to`xtatishga tayyorgarlik qadami shaklida amalga oshiril ganligini ko`pchilik tushunmasdi. Nutq O`zbekistonda emas, Moskvada tayyorlanganligini biluvchilar esa, bu haqida so`zlay olmasdilar. Afsuski, ko`pchilik qatori Toshkentlik ''Birlik''chilar, jumladan Harakat Markaziy Kengashi Raisi A. Po`latov ham bu chalg`ituvchi nutqdan mamnun, balki sehrlangan edi. Men o`shanda bir yumush bilan Toshkentga tushgandim. Shu sababdan yozuvchilar uyushmasida A. Po`latov bilan uchrashish imkonim bo`ldi. Men A. Po`latovga I.Karimov haqida ikki og`iz xarakteristika berdim. U xarakteristika, ''Adurahim, silar, Karimovni juda iliq qabul etdinglar. U Samarqandlik, men Samarqandliklarni yaxshi bilaman. Bu odamdan ehtiyot bo`lish kerak'', degan mazmunda bo`ldi. U esa, menga ''Aliboy aka, nima deyapsiz, Qashqar Daryoda 1-kotib bo`lib ishlagan, Qarshiliklar, aytishayapti, Karimov demokrat odammish. Oliy Covet Qurultoyidagi so`zini ham qarang''- deb javob qildi. Men esa, unga bu yangi 1-kotibning asl basharasi, biroz so`ngroq ochlilishi haqida so`zlagan bo`ldim.

 

Xullas, Rais mening so`zlarimni eТtiborsiz qoldirdi. Keyinroq bilsam, I.Karimov Harakatning rahbariyati bilan uchrashish niyatini tarqatgan ekan. Jumladan A. Po`latov yaqin kunlarda I. Karimov bilan uchrashuvga hozirlanayotgan va undan marhamatlar, balki sadaqalar umida yurilgan bir vaqtda men unga I. Karimovdan uzoqroq bo`lish kerak, debman. Ayni zamonda, A. Po`latov, o`zi bilan chiqisha olmay ''BIRLIK''dan chiqib, yangi partiya tuzgan M.Solihni vaqtinchalikа I. Karimov ''hurmatiga'' sazovor bo`lgani uchun hamon sotqin hisoblaydi. O`sha zamonlar I. Karimov ''BIRLIK''chilarni qabul qilishni anchagina targ`ib qildirdi. Ammoа 1-sekretar ''BIRLIK'' nomidan vakillar guruhi yoki Harakatningа Raisi A. Po`latovni emas, M. Solihning yakka o`zini qabul qildi. Ana shu voqeadan buyon A. Po`latov tinmasdan og`zidan va qo`lidan kelgancha M. Solihni sotqin, deb keladi. O`sha qabul tarixini bilganimcha tahlil va taТriflashga harakat qilaman.

 

Darhaqiqat, O`zbekiston KP MK yangi 1-kotibi ''BIRLIK'' vakillari bilan uchrashuv e'lon etib, oqibatda Harakatning Raisi yoki uning vakillari bilan emas, "BIRLIK" Markaziy Kengashi a'zolaridan biri shoir M. Solih bilan uchrashuv tashkil etdi. Bu bizga, yaТni УBirlikФchilarga nisbatan har tomonlama ig`vo edi, albatta. Bu ig`voda I. Karimov nimani ko`zda tutgan, uning asl maqsadi nima edi, unga bunday qilishni kim maslahat berdi? Bu savollarga aynan javob topish murakkab. Ammo uni mantiqan tahlil qilsa bo`ladi, albatta. Masalaga oddiyroq qarolsa (balki to`g`risi ham shudir), ''BIRLIK'' rasmiy tashkilot emas, O`zbekiston KP MK esa, harakatdagi rasmiy hukumat, hokimiyat. Bordi-yu KP MK 1-kotibi ''BIRLIK'' raisi bilan uchrashib, uni rais sifatida qabul etsa, ''BIRLIK'ning norasmiyligi de-fakto bo`lib qoladi. Uchrashuvgacha yoki undan so`ngra darhol Harakatni rasmiylashtirish zarur bo`ladi. Moskva, chunonchi O`zbekiston hukumati esa, bunga hali tayyor emas. Demak, KP MK 1-kotibi ''BIRLIK'' raisi A. Po`latovni qabul qila olmaydi, u bilan rasmiy uchrashuv o`tkaza olmaydi. Ammo o`sha vaqtdagi vaziyat SSSRа Markaziy huku matidan va uning ko`rsatmasiga muvofiq O`zbekiston bosh rahbaridan ''Birlik''а tashkilotini e'tiborsiz qoldirmaslik va uni tuzgan insonlar bilan uchrashish zarurligini talab etardi. Boshqa narafdan esa, milliy uyg`onish g`oyasidagi bu tashkilot Moskvaga mutlaqo kerak emasdi, bu ortiqcha tashvish edi, undan tezda va batamom qutulish ham zarur edi. O`zbekistonga endigina 1-kotib qilib tayinlangan I. Karimov uchun ham kommunistik rasmiy hukumatga parallel xalq hukumati juda noqulay liklar keltirib chiqarishi ko`rinib turgan bir hol edi. Shuning uchun I. Karimov oldidaа ''BIRLIK''chilar bilan uchrashish, bu birinchi, bunda Moskva ko`rsatmalarini o`rniga qo`yib bajarish, bu ikki, nihoyat O`zbekistonda Karimov yakka hokimiyatini mustahkamlash, bu uch, kabiа mutlaqo bir-biriga teskari manfaatlar turardi. Ular ni bir joyda, mushtarak masalalar shakliga keltirshа juda ham engil va jo`nа bo`lmagan uchta marakkab masala аedi. Bu muammolarni echishda Karimov yakka emasdi, albatta. Juda ko`p imkoniyatlari mavjud, katta tajribaga egaа Sovet KGB tashkilotidek uning yordamchisi va maslahatchisi bor edi. Bu hamma narsaga qodir tashkilot masalaning echimini topdi. O`zbekiston KP KM yangi 1-kotibiа ''BIRLIK'' vakili sifatida, uning Markaziy Kengashi a'zosi, qolaversa Harakatni tashkil etuvchilarning asosiylaridan biri, yoshlar va ziyolilar orasida taniqli shoir Muhammad Solihni qabul qiladigan bo`lindi. Qarang, bu qabulni har tarafdan kuzatmang, u maqsadga, ayniqsa hukumat maqsadiga juda mos. Birinchidan, rasmiy qabul, Respublikada taniqli, zamonaviy yoshlar orasida ancha mashhur shoir bilan Respublika Bosh rahbari uchrashuv o`tkazmoqda. Uchrashuv to`la rasmiy, qoidalar joyida, ''BIRLIK''ning maqomi haqida so`z ham yo`q. Ikkinchidan, M. Solih ''BIRLIK'' hara katidaа ko`zga ko`ringan shaxs, Harakat Markaziy Kengashi, uning Hay'ati a'zosi, Harakatni tashkil etgan tashabbuskorlarning sardori, etarli darajada ''BIRLIK'' harakati nomidan vakolatli bir vakil bilan uchrashilmoqda.а Istalgan joyda, ''BIRLIK'' vakillari yoki vakili bilan uchrashdim, deyishga arziydi. Uchrashuv mavzusi ham Moskvada yaxshilab ishlab chiqilgan, albatta. Bizga u mavzu noma'lum, u faqat KGB,а I. Karimov va M.Solihlarga aniq. Zamon kelib, u tarixiy uchrashuv mavzu va uning mazmunini M. Solih to`la va xolis bayon etar. Uni tarix ko`rsatadi. Har holda KGB tarafidan tayyorlangan programma bilan ish yuritgan O`zbekiston KP MK 1-kotibi uchrashuvga ''BIRLIK'' harakatini rivojlatirishni maqsad qilib olmagani ham aniq. Uchrashuvda M. Solihning oldiga uni chalg`ituvchi, sehrlovchi,а tashqi ko`ri nishdan ''BIRLIK'' manfaatiga qaratilgan, aslida uning ichiga uzoq ta'sir etuvchiа ''zahar'' to`ldirilgan bir qator takliflar qo`yilgan bo`lishi ham tabiiydir.

 

OТsha vaqt nima bo`lsa, bo`ldi, uchrashuv tashkil etildi. To`g`ri, agar uchrashuv ''BIRLIK''chilar bilan o`tkazildi, deyilsa, u yolg`on, Harakatning bitta vakilini qabul qilish, uning vakillari bilan uchrashuv bo`lolmaydi. Ammo hech kim hali rasmiy ravishda ''BIRLIK'' bilan uchrashildi, deyotgani ham yo`qda. Demak, ''BIRLIK'' bu holga qanday qaramog`i va qanaqa baho bermog`i lozim edi? Bu savolga javob haqida jiddiy fikr-mulohaza yuritilgandan so`nggina mantiqli bir xulosaga kelish mumkin edi. Bu haqda Harakatning MK va uning Hay'ati jiddiy o`ylamog`i, vahimalarga berilmasligi, asoslimi, yo`qmi har xil mish-mishlar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik lozim edi. Uchrashuv voqeasini ''BIRLIK''-ning zarariga emas, aksincha uning foydasiga boshqarish usullarini izlab topmoq shart edi. Undan, siyosiy yutuq yaratmoq lozim edi. Uning o`rniga nima bo`ldi? O`rtaga hasad chiqdi, ya'ni A. Po`latov 1-kotib nega meni emas, M. Solihni qabul qiladi, deb unga hasad qila boshladi. Yuqori da ko`rsatganimiz kabi, Kompartiyaning Respublika 1-kotibi norasmiy tashkilot rahbarini rasmiy ravishda qabul qila olmasdi, axir. Siyosat bilan shugТullanmoqchi bo`lgan shavvoz buni tushunmog`i lozim emasmidi? Muhim siyosiy xulosalar chiqarish, bu ishga M. Solihning o`zini faol jalb qilish, hukumatga orada hech narsa bo`lmaganday ko`rsatish, Harakat va uning rahbariyatini yanada jips tutishа kerakmasmidi? Yo`q, bunday to`g`ri va juda zarur siyosiy xulosa chiqarish o`rnigaа A.Po`latovа o`z hasadiga chiday olmay, darholа M. Solihni sotqin e'lon qildi. M. Solih ham siyosiy xomlik qilib, unga tumshuq qildi. Aslida, A. Po`latov qilmagan, qila olmagan fikr mulohazalarni M. Solih qilsa ham bo`lardi va Harakatning rivoji uchun zarur bo`lgan siyosiy xulosalar qilmog`i shart edi. Afsus, unday aqlli qadam qo`yilmadi,а u zamonlar. Oqibatda,а voqealar KGB foydasiga ular rejalashtirishganidan ham go`zalliroq va tezroq bir shaklda rivojlandi.аааааааааааааааааааа

давомига ўтиш ...

Hosted by uCoz