Бундан
олдингисини
ўқиш учун шу
ерга босинг! Давоми :
15.
Ўзбекистон
бирлашган
мухолифатини
тузишга ҳаракат.
“Бирлик”
халқ ҳаракатининг
Самарканд
вилоят
ташкилиоти
ўз
фоалиятида
доим сиёсий ҳаракатнинг
сафлари
жифслиги
тарафдори бўлиб
қолди. Мен
Самарқандликларнинг
раҳбарларидан
бири
сифатида бутун
фаолиятимни
ўша
жифсликка бағишлашга
уриндим. Бироқ
биз Самарқандлик
ларнинг ҳаракатни
жифслаштиришга
қаратилган
бутун
уринишлари
ўзларини Ўзбекистон
ҳукуматига
мухолифатнинг
лидерлри ҳисоблаган
ларнинг
шахсий
манфаатларига
зид келгани
учун кўзда
тутилган
натижа
бермади. Чет
элларда муҳожирликда
юриб қилинган
ўшандай
уринишлардан
қолган излар қуйида
келтирилади.
15.1 Muxolif kuchlarni aniq
maqsadga muvofiq yo`nalishda faoliyat ko`rsatishga boshqarish masalalari haqida
rejalar loyihasi. [Mazmuni quyida keltirilayotgan loyiha
”Birlik” xalq harakati va ”Erk” partiyasiga a’zo bo`lmagan, ammo O`zbekiston
hukumatiga muxolif fikrda bo`lgan kishilar taklifi bilan tayyorlangandi.]
Tuprog`i boy, xalqi mehnatsevar,
tuganmas tabiiy zohiralarga ega bir mamlakat fuqarosi keyingi 4-5 yil ichida
yarim och holga keldi. Mamlakat dunyo mamlakatlari bilan normal aloqalar
o`rnatish imkoniyatlarni deyarli qo`ldan chiqarib bo`ldi.
Buning asosiy sababi, SSSR
atalmish imperiya, Allohning inoyati bilan qulagandan keyin ham O`zbekistonda
davlat boshqaruvi kommunistlar qo`lida qolganligi va davlat tizimida, iqtisodda
va ijtimoiy hayotda hech qanday demokratik o`zgarishlar yuz bermaganligidadir.
Markazdan tushirilgan ko`rsatmalar
bilan ishlashga mukkasidan ketgan O`zbekiston kommunistik hukumati o`zini u
yoqdan - bu yoqqa urayotganday, qanaqadir ishlar bajarishga kirishayotganday
ko`rsatayapti. Ammo uning barcha harakatlari, bu hukumatning birorta jiddiy
siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy islohot o`tkazishga qodir emasligini oshkor
qilmoqda. Natijada, O`zbekistonda hatto yon qo`shni mamlakatlarda (Qozog`iston,
Qirg`iziston kabi) amalga oshirilayotgan islohotlar ham bo`lmayapti.
So`nggi 4-5 yil muddat ichida
qishloq xo`jaligi deyarli izdan chiqdi. Sanoat korxonalari to`xtab qoldi. Ilm,
ma’rifat, madaniyat va tabobat sohasida ishlar tugash holiga kelmoqda. Barcha
sohalardagi ilmli, bilimli, sof vijdonli mutaxassislar Respublikani tark etdi
va bu jarayon davom etmoqda. Ularning siyosiy faol qismi qamoqxonalarga
tashlandi va tashlanmoqda. Olimlarning yosh avlodi, vrachlar, qishloq
xo`jaligi, sanoat korxonalari mutaxassislari, turli darajadagi hunarmandlar
faqatgina kun ko`rish maqsadida o`z vazifalarini, ish erlarini tashlab
ketishmoqdalar. Ular o`zlariga mutlaqo mos bo`lmagan latta-putta bozorida
xilma-xil faoliyatlar bilan shug`ullanishga majbur qolishayapti.
Soni kundan-kun kamayib borayotgan
sanoat korxonalarida, ta’lim va davolash muassasalaridagi xodimlarning oylik
maoshlari 10 dollarga ham etmaydi. U ham oylab, hatto yillab kechiktirib
beriladi yoki umuman berilmaydi. Shunga qaramasdan mamlakatda hayotdan, davlat
siyosatidan shikoyat qilish qat’i man etilgan. Ko`p fikrlilik, erkin matbuot,
muxolifat kabi tushunchalar hamon orzuligicha qolmoqda.
Xullas, O`zbekistonda diktaturaning
mashhum bir ko`rinishini saqlab qolishga jiddiy kirishilgan. Biroq mamlakat
jiddiy inqirozga yuz tutgani aniq bir masaladir. Mamlakatda umum siyosiy
islohotlar bo`yicha jiddiy va dadil harakatlar qilinmasa vaziyat ayanchli bir
tus olishi ehtimoli bor.
Afsuski, O`zbekistonning bugungi
hukumati buni ko`rmayapti, tushunmayapti. Yoki u ularni ko`rishni va
tushunishni istamayapti. Ammo bu muammo muxolifat atalmish kuchlarga aniq va
ularni tashvishlantirmasligi mumkin emas. O`ylaymizki, mamlakatdagi vaziyatning
asl mohiyatini yaxshi biladigan va tushunadigan, ularni o`nglash yo`llarini
ishlab chiqadigan kishilar, guruhlar mamlakatda ham va uning tashqarisida ham
bor. Unday kishilar, ”Birlik” xalq harakati, ”Erk” partiyasi tarkibida, diniy
arboblar orasida, keyingi 4-5 yil davomida O`zbekiston hukumatidan
chetlashtirilgan kishilar ichida anchagina. Mamlakat aholisi esa, ijobiy
o`zgarishlarni intiq bo`lib kutmoqda. Shunisi ham haqiqatki, mamlakatning
ichkarisida muxolif guruh sifatida birorta siyosiy ish bajarish imkoniyati
deyarli tugatilgan. Afsuslar bo`lg`aykim, uning tashqarisidagi o`zlarini
muxolifatda hisoblaganlar esa, juda tarqoq holda qolmoqda. Ular negadir, jiddiy
bir dastur atrofida real ishlar olib bormoq uchun uyushmayotirlar. Bunday
uyushmaslikning maydonga kelishiga asosan o`zlarini ”rahbar” hisoblayotgan
ba’zi ”liderlar” o`rtasidagi shaxsiy ixtiloflar, ularning siyosiy nodonligi
to`siq bo`layapti. Bu ixtiloflarni o`rtadan olib tashlash va siyosiy
kompromissga keltirishga juda ko`p urinishlar qilindi. Bu ezgu harakatda
anchagina katta-kichiklar, hatto bir qator bizga do`st mamlakatlarning davlat
odamlari, millat vakillari (deputatlari) qatnashishdilar. Ammo natija har safar
nol bo`lib qolaverdi. Zamon esa, o`tmoqda, muhim va qimmatli tarixiy imkoniyatlar
ham o`tib bormoqda, ular izsiz, maqsadsiz yo`qotilmoqda. Mamlakat esa, inqiroz
bo`hroniga cho`kkandan - cho`kayapti. Mana shunday Vatan uchun juda ahamiyatli
bir davrda bundan buyon tarafkashlikka, siyosiy nodonlikka va befarlikka
chidash va harakatsiz u jarayonni kuzatish Vatan, xalq oldida jinoyatga teng
kuchlidir.
Shu sababdan yuqorida zikr etilgan
”rahbarlar”ga bog`lanmagan, ammo niyatlari ezgu, sa’y-harakatlari
O`zbekistondagi mustabid davlat rejimini chindan ham o`zgartirishga qaratilgan
bir qator kishilar O`zbekiston muxolifati faoliyatini aniq maqsadli yo`nalishga
boshqara oladigan, uyushgan, mustahkam intizomli tashkilot tuzishni niyat
qildilar. Bu tashkilotni ”O`zbekiston muxolifati Ishchi Qo`mitasi”(O`MIQ), deb
atash mumkin.
O`MIQ tarkibi quyidagi
vakillardan,
1. ”Birlik” xalq
harakati a’zolari,
2. ”Erk” dempartiyasi
a’zolari,
3. Diniy arboblardan,
4. 1991-1995 yillar davomida
O`zbekiston hukumatidan chetlashtirilgan sobiq mansabdorlardan,
5. Mamlakat ichidagi
vakillardan iborat bo`ladi.
Aytilganlardan kelib chiqib,
tubandagilar taklif eriladi:
I O`zbekiston muxolifati Ishchi
qo`mitasi ta’sis etish. U taxminan quyidagi guruhlardan tashkil etiladi:
a) Muxolifatning taktik va kelajak
(strategik) rejalarini va dasturini ishlab chiqish guruhi;
b) O`zbekiston davlat tizimi
(strukturasi) loyihasini va boshlang`ich davrda ishlaydigan qonunlar
loyihalarini tayyorlash guruhi;
v) Iqtisodiy islohotlar va
dasturlar loyihalarini tayyorlash guruhi;
g) Ta’lim-tarbiya, madaniyat,
tabobat, diniy va ilmiy sohalarda dasturlar loyihalarini tayyorlash guruhi;
d) Harbiy va xavfsizlik bilan
shug`ullanadigan guruh (Bu guruhning mamlakat ichida va tashqarisida keng
tarmoqlari bo`lishi shart);
e) Matbuot va matbaa masalalarini
tashkil etuvchi guruh;
j) Moddiy ta’minot guruhi (Bu erda
O`MIQ-ni va uning joylardagi tashkilotlarini to`la va etarli darajada moliyaviy
ta’minlash maqsadida fondlar, vaqflar tuzish tijoriy ishlar tashkil etish
ko`zda tutiladi).
Yuqorida sanalgan barcha guruhlar
o`z rahbarlariga ega bo`lib, ularning mamlakat ichkarisida va undan tashqarida
jiddiy va real ishlar olib bora oladigan
sodiq a’zolarga (xodimlarga) ega bo`lmoqlari lozim.
II O`MIQ-si guruhlar rahbarlaridan
iborat bo`lib, u saylangan rais tomonidan boshqariladi.
III Umumiy bayonotlar, muhim
e’lonlar O`MIQ raisi tarafidan bajariladi. Guruhlar rahbarlari ham O`MIQ
dasturi va rejalariga mos keladigan bayonotlar qilishlari mumkin.
IV Guruhlar O`MIQ-da tastiqlangan
ish rejalariga ega bo`ladilar.
V Guruh rahbarlari har oyda bir
marta o`z faoliyatlari haqida hisob berib turadilar.
VI Sir saqlash O`MIQ va uning
guruhlari uchun majburiydir. Sir saqlash prinsiplarini buzish, umumiy maqsadga
nomuvofiq harakat sodir etish qattiq va jidiy jazoga loyiq, deb hisoblanadi.
O`MIQ ish faoliyati Vatanda
demokratik rejim o`rnatilgunga qadar davom qiladi, deb belgilab
qo`yiladi.
O`MIQ-ning asosiy maqsadi
O`zbekistonda diktaturani demokratik yo`l bilan o`zgartirishdan va
konstitutsiyaga muvofiq Respublikada demokratik ochiq davlat maydonga kelishiga
ko`maklashishdan iboratdir.
O`MIQ yig`ilishlari har safar
konkret vaziyatni hisobga olgan holda o`tkaziladi. O`zaro munosabatlar,
aloqalar hozirgi zamon aloqa komunikatsiya vositalari orqali amalga oshiriladi.
Har qanday aloqa vositasidan
foydalanilganda sir saqlash, ba’zi bir masalalarning maxfiyligiga putir
erkazish mumkin emas. [Yuqorida matni keltirilgan loyiha Turkiyaga kelishgan
ba’zi o`zbek muhojirlari taklifi bilan tuzilgan edi. Biroq o`shalarning
sustligi balki beqarorligi oqibatida loyiha qog`ozda qolib ketdi.] Loyihani
tayorlovchi Aliboy Yo`lyaxshiev, 1996 yil.
Afsuski, bu loyiha ham
ba’zilarning qo`rqoqligi va boshqalarning befarqligi (to`g`rirog`i moddiy
ta’minotining o`ta joyidaligi) sabab qog`ozda qolib ketdi.
Vaqt
esa, o`tayotgandi, ammo O`zbekiston demokratik muxolifati hisoblangan ”Birlik”
harakati, ”Erk” partiyasi va boshqa muxolif harakatlarning Vatandagi mustabid rejimga
qarshi kurash natijalari hech bir shaklda ko`rinmay qolayotgandi. Bu vaqtga
kelib, ya’ni 1996 yilgi birlashish loyihasi yozilganidan so`ngra endi oradan
uch yilcha vaqt o`tib, Turkiyada yashab turishgan ”Birlik” va ”Erk”ning liderlari ham chet ellarga
ketishga majbur bo`lishgandilar. Ularning biri amerikaga, boshqasi Ovropaga
kelib joylashgandilar. Bu munosabat bilan esa, siyosiy ishlar yanada xurjun
bo`lgandi. Ularning har ikkalasi atrofida o`z tug`ishgan ukalaridan boshqa
deyarli hech kim qolmagandi. Ana shunday bir nozik vaqtda men va Abduvohid
Pattaev bilan birga yana bir marta harakatlarimizni ikki rais ishtrokida
jonlantirishga urinib ko`rdik va quyidagi yangi bir loyihani o`rtaga
chiqardik.
15.2
ЎЗБЕКИСТОН
БИРЛАШГАН
МУХОЛИФАТИ
ФОРУМИ
(ЎзБМФ) ёки ҲОРИЖИЙ
БЮРОСИ (ЎзБМҲБ)
.
Ватандаги
аянчли аҳволдан
келиб чиқиб,
у ерда ҳукм
сураётган
ноинсоний
режимга
самарали қарши
курашмоқ ва
уни
демократияга
кескин бошқармоқ
учун аниқ
ягона бир
режа ва
дастур
атрофида
жипслашган
ташкилот
зарурлиги
ортиқча
далил талаб қилмас
ҳақиқатга
айланганига
анча бўлди.
Бизнинг
фикримизча,
бундай
ташкилот,
Ўзбекистондаги
мустабид
режимга,
диктаторлик
зулмига қарши
сезиларли
таъсир
ўтказа
оладиган ташкилий
куч, яъни
ЎзБМФ ёки
ЎзБМҲБ,
бунгача ҳам
зулмга қарши
изчил ва
собит
курашаётган
"Бирлик" халқ
ҳаракати
("Бирлик" ХҲ),
"Эрк"
демокртик
партияси("Эрк"
ДП) ва "Ўзбекистон
Ислом ҳаракати"
(ЎзИҲ) [У
замонлар ҳали
бу ҳаракат
халқаро
террористлар
гуруҳига
киритилмаган
эди. Ҳақиқатда
эса, ЎзИҲ-ни
демократик
принсиплар
доирасида ҳаракат
этишга буриш,
ҳеч
бўлмаганда
ЎзИҲ
аъзоларининг
кўпчилигини
демократик
йўналишга қайтариш
имконияти
мавжуд эди]
бирлиги асосида
вужудга
келиши
мумкин ва
шундай ташкилот
тузи лиши
лозим.
Биз қуйида
муҳакама
учун ЎзБМФ
(ЎзБМҲБ)
таркиби ва
структураси
(тизими) лойиҳасини
келтирамиз:
I
Ташкилот
номи:
Ўзбекистон
бирлашган
мухолифати а)
Форуми
(ЎзБМФ); б) Ҳорижий
бюроси (ЎзБМҲБ);
в) Ҳорижий
Кенгаши (ЎзБМҲК)
ларидан бири
танланади.
II
Ташкилотнинг
таркиби :
"Бирлик" ХҲ,
"Эрк" ДП, ЎзИҲ
асосида таркиб
топиб,
Ташкилотга
Ватандаги
режимга қарши
Ўзбекистон
фуқаролари,
Ватндаги
турли хил
сиёсий ва
ижтимоий
ташкилотлар;
чет
эллардаги
янги ва эски
муҳожирлар,
уларнинг
ташкилотлари
қўшилишлари
учун низомий
муҳит
яратилади.
III Бошқарув
органи :
Марказий Кенгаш,
яъни
Ташкилотнинг
номига мос,
Форум ёки Ҳорижий
бюро
Марказий
Кенаши, деб
юритилади.
Агар
Ташкилот Ҳорижий
Кенгаш, деб
аталадиган
бўлса, бу орган
ҳам Ҳорижий
Кенгаш, деб
аталгани маъқул
ҳисобланади.
Марказий
Кенгаш илк
сафар етти
кишидан иборат
таркибда
сайланади.
Улардан бири
МК раис, унга
иккита
ўринбосарлар,
қолган
тўртаси МК
аъзолари
етиб
сайланиши лозим.
Бирлашган
мухолифат МК
раиси сайланишига
боғли
бўлмаган ҳолда
номлари
саналган
учта
ташкилот
лидерлари МК
автомат
аъзолари ҳисобланмоқлари
лозим.
"Бирлик"
ХҲ, "Эрк" ДП ва
ЎзИҲ ЎзБМ-га
ўз
структуралари
билан яхлит
кирган бўлиб,
улар жорий
замонда
ЎзБМ-нинг қанотлари
ҳисобланмоқ
лари лозим.
Аммо
уларнинг
фаолиятлари
муҳожирликда
ягона
дастурга ва
режага мослаштирилади.
ЎзБМ ҳорижда
қоларкан, бутун
сиёсий
фаолият
ягона раҳбарлик
асосида, яъни
мухолифатнинг
бутун сиёсий,
иқтисодий
ишлари унинг
МК ва МК
Раиси номидан
юргизилади.
ЎзБМ МК ҳорижда
мухолифатнинг
тактик
(жорий) ва стратегик
(келажак)
ягона умумий
сиёсатини умумдунёвий
демократик
принсиплар
асоси да қайта
кўриб чиқади
ва уни
жиддий, изчил
амалга
оширишда фаол
ҳаракат қилади.
ЎзБМ
тузишнинг
баъзи
принсиплари :
1. ЎзБМ
"Бирлик" ХҲ,
"Эрк" ДП ва
ЎзИҲ
таркибда
тузилиши
бошланғич
шарт ҳисобланмоғи
зарур.
2. Диний
эътиқодлари ҳисобидан
Ватанни тарк
этишга
мажбур
бўлганларни
ва
ислом
мамлакатларида
диний
мактабларда
ўқиб, Ватанга
қайтишни
истамаганларни
ЎзБМ
таркибига жалб
этиб, уларни
демократик
сиёсий
фаолиятда
фаол қатнашишга
даъват этиш
лозим.
3. ЎзБМ
тузиш
мажилисига қадар,
унинг
асосини
ташкил этиши
мўлжалланаётган
уч ташкилот
биргаликда
бўлажак БМ
Низоми лойиҳасини
тайёрласинлар.
Мажилис эса,
ЎзБМ ташкил
этилганини
эълон қилиш
билан бир қаторда
унинг
Низомини ҳам
тасдиқлаши
керак.
4.
Ўзбекистон
бирлашган
мухолифати Марказий
Кенгаши Раилигига
нисбатан
холис,
одамохун,
босиқ шахс
танланмоғи
мақсадга
мувофиқ, ҳисобланади.
5. ЎзБМ
тузиш
мажилисида
унинг МК бир
ойлик иш
режаси ҳам қабул
қилинади. Ўша
муддатда
Ташкилотнинг
йиллик иш
режаси ва
дастури лойиҳаси
тайёрланиб,
МК
навбатдаги
мажилисида
уни тасдиққа қўйилиши
керак.
6. Долзарб
ишлардан
бири дарҳол
ЎзБМ умумий
матбуот
органи
ташкил этилиши
зарур.
"Форум" ёки
"Куч
бирликда"
номи билан
газета нашр
этиш таклиф
этилади.
7. Ватанда аҳвол
нормаллашиб,
мухолифат
Ватанга қайтса,
ўша замондан
эътиборан
ЎзБМ МК ўз
фаолиятини
тўхтатган ҳисобланиб,
ЎзБМ
таркибига
кирган
партия ва таш килотлар
мустақил
фаолият
юритиш ҳуқуқига
эга
бўладилар.
Ўзбекистон
Бирлашган
Мухолифатини
тузиш
мажилисини
Овропада
ўтказиш бир қатор
қулайликларга
эга. Дарҳақиқат,
сиёсий муҳожирларнинг
аксарияти
айни замонда
Овропада
тўхтаган.
Бунинг
устига
мамлакатлар бўйлаб
кезиш
имконига эга
бўлмаган
янгидан
келган бир
неча муҳожирлар
ҳам
Овропададир.
Йиғилишга
уларнинг ҳам қатнашиши
ўз аҳамиятига
эга, деб ҳисоблаймиз.
Мажилис
Стокголм
(Шветсия) ёки
Осло
(Норвегия) шаҳарларининг
бирида
ўтказилишини
таклиф этамиз.
Йиғилиш
Ослода
ўтказиладиган
вариант маъқул
топилса, унга
боғлиқ барча
ташкилий
ишларни
(мажилис
ўтадиган жой,
меҳмонларга
ётоқ,
ёзиш-чизиш
ишлари учун
техника ва
ш.к ташкил
этиш) биз ўз
зиммамизга
олишимиз
мумкин.
Ҳаражат
талаб ишлар
учун маблағ
топиш
масаласини ҳам
биргалашиб ҳал
қилиш таклиф
этилади. 22.11.99 й.
Ташаббус
гуруҳи.
Менимча,
1997 йили ”Бирлик”
халқ ҳаракатининг
раисдоши А.
Пўлотов АҚШ қочоқлик
мақоми олиб,
Вашингтонда,
ундан бироз
кейинроқ эса,
“Эрк”
партиясининг
раиси М.Солиҳ
Норвегиядан қочоқлик
мақоми олиб,
Осло шаҳрида
жойлашгандилар.
Тайёрланган
лойиҳа ва
таклифимизни
АҚШ –
дагиларга
хабар қилишни
Абдувоҳид
Паттаев,
Норвегиядагиларга
хабар қилишни
эса, мен
зиммамизга
олдик. Шу
сабаб билан
М. Солиҳга
тубандиги
хат юзага
келди.
“Ассалому
алайкум
Солижон
[шоирлар
ичида М.Солиҳни
шундай
аташадилар.
Шу сабаб мен ҳам
унга ҳамиша
“Солижон”
исми билан
мурожаат қиламан]!
Соғмисиз,
бардаммисиз,
ишларингиз
жойидами?
Мана
биз бир лойиҳа
тайёрладик.
Унинг
матнини мен
ёздим. А.Паттаевнинг
баъзи
фикр-мулаҳозалари
ҳисобга
олиниб,
ўзгартирилган
вариантини Сизга
жўнатаяпман.
Бир қараб чиқиб,
фикрларинггизни
билдирарсиз.
Бошқалар
нисбатан
биздан узоқда
бўлганлари
сабабли бу
матнни ҳали
Сиздан ўзга ҳеч
кимса
кўргани ва ўқий
олганича йўқ.
Бизнинг
таклифларимиз
шулардан
иборат. Навбат
сизларга.
Солижон,
менда алоҳида
бир фикр,
яъни таклиф
бор. Юқорида
номлари
тилга
олинган
Ташкилотлар Лидерлари
БМ МК
Раислигига даъвогар
бўлмасаларинг
муросага
келиш қийин
бўлмасди, деб
ўйлайман.
Менимча,
умумий
ишнинг тез
амалга ошиши
ва яхшироқ
самара
бериши учун
биргалашиб,
Ватанданми,
унинг ташқарисиданми
бирорта
умумга маъқул
номзод
топишга ҳаракат
қилинса
дуруст
бўларди. Агар
шундай
бўлади ган бўлса,
лойиҳа бир
мунча бошқача
кўринишни
олиши керак
бўлади. ЎзИҲ-ни
демократик
принсиплар
доирасида ҳаракат
этишга буриш
бизнинг
сиёсатимизда
ижобий
кўрсаткич
бўлар, деб ҳисоблайман.
Бундан
кейинги ҳаракатларни
ҳам бамаслаҳат
қилармиз,
деган
ниятдаман.
Сизга
чуқур ҳурмат
билан,
Алибой
Йўляхшиев.
PS: Лойиҳа
тагида имзо
бўлишига
Абдувоҳид
Паттаев
розилик
бермади.
Ўзбекча
грамматик таҳрирга
муҳтож
ерлари учун
узр ва ёрдам
сўраймиз.”
Шунингдек
мен М. Солиҳдан
жавоб
олганимдан
кейин А. Паттаевга
ушбу қисқа
хабарни
юбордим:
”Ассалому
аллайкум
Абдувоҳиджон!
Қалайсиз, соғмисиз,
саломатмисиз?
Сўнгги
ўзгаришлар
шунақа бўлди.
Соли бошқаларни
кўндирсанглар
мен, кўнганим
бўлсин,
деяп-ку, аммо
яна ҳам Аллоҳ
билади? Сизда
нима гаплар?
Сизга ҳурмат
билан, А.
Йўляхшиев.”
Яна
такрор
афсуслар
айтишга
мажбурмиз. Чунки бизнинг
навбатдаги
саъй – ҳаракатимиз
ҳам бирор
натижа
бермади. Бу
сафар ҳам
Америкадан ҳеч
бўлмаса М.
Солиҳнинг
жавоби каби
жавоб ҳам
ололмадик.
Америкаликлар
акамга бор,
укамга бор қилишдиларда
шу билан
бизнинг
ибратли
таклифимиз
эътиборсиз қолиб
кетди.
16. Yosh avlodga bir murojaat.
Bir
necha marta takror-takror aytayotganimdek, men butun muhojirlik hayotimni,
O`zbekistondagi mustabid rejimga qarshi salmoqli, haqiqatan muhim ishlarni
amalga oshira oladigan harakatchan, ko`ptarmoqli muxolif tashkil bo`lishi yo`lida
sarflashga urindim. Shunday harakatlarimdan yana biri tubandagi maktubda
ifodalagan.
2003
yildan boshlab AQSh va Ovropada o`qishib har turli sohalarda mutaxassis
bo`lishgan bir qator yoshlar bilan e-mailda tanishish mumkin bo`ldi. Ular
o`qishlarini tugatishganlaridan keyin Vatanga qaytishmay, dunyoning turli
burchaklarida ishlab yurishardilar. Bu yoshlar bilan tanishishda Fazliddin
Yaqubov ismli ukamizning juda katta savobga arzugulik vositachilik mehnati ham bor.
Maktubning yozilishi tarixi ko`rsatilmay qolgan ekan. Uning mazmuniga ko`ra,
maktub 2005 yil Andijon fojialaridan avval, ammo Ukrainadagi “Sariq inqilob”
voqealaridan keyin yozilgan. Demak, maktub taxminan 2004 yilning oxiri yoki
2005 yilning boshida yozilgandir. Mana yosh avlodga murojaat qilingan
maktubning o`zi :
16.1 “Assalomu alaykum navqiron do`stlar!
Siz
azizlardan holu-ahvol so`rab, darhol maqsadga o`tmoqchiman. Inshoolloh, siz
go`zal Vatanimiz O`zbekiston kelajagida muhim, balki asosiy rolni o`ynaydigan
kishilarsiz. Siz va sizning mashaqqatli mehnatingiz oqibatida Mening Vatanim
O`zbekistonda insofli, dunyo hamjamiyati oldida uyalmaydigan davlat tuzimi
vujudga kelishida men ham sizlarga maslahatchi bo`lsam, qo`limdan kelgan
nimalar bilandir u jarayonda qatnashsam,
o`zimni ko`p baxtiyor his etgan bo`lardim.
Demak,
biz O`zbekistonning bugunini yaxshi bilamiz, desam adashmagan bo`lamanmi?
Birinchidan,
bilamizki, mamlakatimiz, juda boy mamlakatdir. Uning er osti va er usti
boyliklari shunchalar ko`pki qo`yaverasiz, tuprog`i-chi, bizning mamlakatning
tuprog’i va havosi dunyoning juda ko`p joylarida uchramaydi. U erda
ekin-tikinning juda ko`p xilidan yilda
eng oz ikki marta hosil ko`tarish mumkin. O`zbekiston ning changi ham oltin, desak xato qilmagan bo`lamiz.
Ikkinchidan, biz juda buyuk, tengsiz madaniy,
ilmiy, siyosiy tarixga, iqtisodiy urfu
odatga, bozorchilik usullariga ega mamlakat bo`lib, tarixiy va zamonaviy hunar
mandchilikka ham boy o`lkaga sohibmiz.
Uchinchidan,
mamlakatimiz odamlari, ya’ni mamlakat aholisi esa, o`ta mehnatkash, mehnat
sevar, o`ta chidamli (Ammo millatimning
bu sifati menga uncha ham yoqmaydi. Na chora, bu ham fakt. “Sassiq deb,
burunni kesib tashlay olmaymiz.” Bori shu.) bir xalqdir. Agar men, bizning
xalqimiz, bizning vatandosh dunyoda eng ko`p mehnat qiladigan va mehnatiga eng
kam haq oladigan (yoki haq olmaydigan) xalq, desam silar ham bu so`zga
qo`shilasilar, deb o`ylayman.
To`rtinchidan,
afsuslar bo`lg`aykim, do`stlar, biz bugun dunyoda diktatorlik rejimining
qaqshatqich zulmi ostida qolayotgan juda g`arib yagona mamlakatmiz. Ha, ba’
zilar, diktatorlik rejimlarini sanaganda, Chin, Shimoliy Koreya va Kubani ham
ko`rsatadilar. Biroq O`zbekistondagi rejim u sanalganlarning hech biridagi
rejimga o`x shamaydi. Chunki bizdagi rejimni millatning ashaddiy dushmani
boshqarmoqda. Juda yaxshi bilib qo`yingki, bizning yurtimizni boshqarayotgan
kishi, odamzotini, ayniqsa o`zbeklarni yoqtirmaydi. U odam, onasiga ham,
otasiga ham do`st bo`la olmaydigan bir zotdir. U, odamzotini yomon ko`radi.
Shuning uchun ham O`zbekis tonda u o`rnatgan rejim odamzotiga dushmanlik
rejimidir. Shu sababdan u rejim barcha boshqa rejimlardan dahshatliroqdir.
Agar
siz biroz bo`lsa-da Gurjiston (Gruziya) va Ukrainadagi so`nggi siyosiy
voqealarni kuzatgan bo`lsangiz, bir muhim holatga e’tibor bergandirsiz. Har
ikki mamlakatda ham hokimiyat norozilik namoyishiga chiqqanlarga kuch
qo`llashlari mumkin edi. Ammo unday bo`lmadi. Agar ana o`sha holat bizda
bo`lganda edi…. Olloh ko`rsatmasin, menimcha, maydon qurbonlarga to`lib
ketgan bo`lardi.
Beshinchidan,
do`stlar bizning millat juda sust, ya’ni passivdir (passivity). “Oq tuya
ko`rdingmi? Yo`q. Qora tuya ko`rdingmi? Yo`q,” “Och qornim, tinch qulog`im”,
deyilgan maqollarga juda mos bir
xalqimiz bor. Bizda, ya’ni bugungi O`zbekistonda ziyolilar-intelligensiya
(intellectuals) ham passiv, hatto yo`q, u rivojlanmagan, desak to`g`riroq
bo`ladi.
Oltinchidan,
sovet zamoni kishilarni yoppasiga axloqsizlikka olib keldi. Bugun bizda
kishilar oddiy o`zaro munosabatlarida ham yolg`on so`zlashdan, bir-biriga
nohaqlik, adolatsizlik qilishdan, birovning molini ochiqchasiga
o`zlashtirishdan, qisqasi, haromdan zarracha tortinmaydigan bo`lib qolishdi.
Kattalarning kichiklarga, mazlumga, g`aribga, muhtojga mehri, kichiklarning
kattalarga hurmati, kabi tushunchalar O`zbekistonda tanqis topilmalarga aylanib
qoldi. Davlat hokimiyatiga o`ta axloqsiz, mafkurasiz kishilarning kelib qolishi
natijasida sovetlar hokimiyati tugaganidan keyingi o`tgan o`n yildan ko`proq
vaqt ichida esa, aholi orasidagi salbiy xususiyatlar faqat chuqurlashdi, xolos.
Ettinchidan,
aholining axloqi, mafkuraviy xususiyatlari buzilishi oqibati o`laroq
mamlakatda, koorupsiya(corruption), ya’ni poraxo`rlik, guruhchilik(grouping)-mahalliychilik
kabi illatlar nufus orasida juda chuqur ildiz otgan. Hatto bu illatlar
kishilarning yashash tarziga aylanib qoldi. Ya’ni bu illatlar faqat davlat
idoralari, amaldorlari orasida emas, oddiy kishilar orasida ham odat tusiga
kirib qoldi. Oqibatda, jamiyatning eng sog`lom, sof, toza qismi bo`lishi zarur
bo`lgan o`qutuvchilar, ta’lim – tarbiya bilan shug`ulanuvchilar ham
boshdan-oyoq o`sha illatlarga butunlay botib qoldilar. Shunday ekan, ular kimlarni tarbiyalamoqda
yoki kimlarni tarbi yalaydilar???
Xullas,
do`stlar O`zbekiston haqida fikr yuritilganda yoqoridagilardan boshqa yana
qator muammolarni, salbiy sifatlarni sanash mumkin. Ammo menimcha, shu
sanalganlarning o`zi ham biz qanday masalalar oldida turganimizni ko`rishga,
tushunishga etarlidir.
Aytilganlardan
kelib chiqib, biz nimalar qilishimiz kerak, degan savol tug`iladi, albatta. Ana
shu nima qilmoq kerak? Deyilgan problema ustida men siz bilan ish qilarmiz, deb
o`ylamoqdaman. Bu masalalar ustida bungacha
ham, hozir ham anchagina kishilar ishladi va ishladik, ishlayapmiz va
ishlaymiz, deb yurishganlar ham oz emaslar. Biroq hech kim hech narsa qilgani
yo`q va qilishmoqchiga ham o`xshamaydilar. Bordiyu, bugungi rejim qulab,
ularning o`rniga hozir o`zlarini siyosatdon, hisoblab yurganlarning birortasi
hokimiyatga kelib qolsa, ular bugungilardan durustroq biror ish boshlashlariga
insofli biror kishi ishonishi qiyin bo`lib turibdi.
Shunday
qilib, aziz va qadrdon mening yosh do`stlarim biz, qanday kishilar guruhi bo`lmog`imiz
kerak? Agar biz, biror siyosiy partiyami
yoki boshqacha bir tashkilotmi tuzadigan bo`lsak, u qanday partiya yoki qanday
ommaviy tashkilot bo`lmog`i zarur?
Eng
avval, bizning partiyamiz yoki ommaviy tashkilotimiz a’zolari bo`ladigan
odamlarimiz, ya’ni safdoshlarimiz ko`pchilik bo`lishi, jamoatimiz kengish va
katta bo`lmo g`i kerak, albatta. Ularning axloqi, mafkurasi, dunyo qarashi kabi
masalalar oldimizda ko`ndalang keladi. Ularning ilmli va keng bilimdon
bo`lishlari, ya’ni ilm-fan, texnik-texnologik bilimliliklari masalasi ham juda
muhimdir. Bu sanalganlar esa eng birinchisidir.
Ikkinchi
masala, har bir tashkilot, o`zining mustahkam, turg`un bir mulkiga, mablag`iga
ega bo`lmasa, u maqsadlarini amalga oshirishi mumkin bo`lmagan bir umidga
aylanib qoladi. Demak, bo`lajak harakatning mulkiy asosi bo`lishi shartdir.
Uchinchi,
tashkilot salmoqli, harakatchan, haqiqatan muhim ishlarni amalga oshira
oladigan bo`lishi uchun menimcha u tubandagidek harakatdagi qismlarga ega
bo`lishi zarurdir:
1 –
Dunyo qarashni, ya’ni mafkuraviy asoslarni ishlab chiqadigan mutaxassislar
guruhi;
2 –
Hozirgi zamon ilmi, fan, texnik-texnologiya masalalarini koordinatsiyalash va
ularning samarali tadbiqi bo`yicha ishlaydigan guruh;
3 –
Iqtisod, iqtisodiy problemalar, ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiya bilan
ta’minlash masalalari bilan shug`ulanuvchilar, Tashkilot mablag`i manbaisini
tashkil etuvchilar guruhlari;
4 –
Siyosat, siyosiy texnologiya masalalari bilan shug`ulanuvchilar guruhi,
5 –
Barcha turdagi maktab, ta’lim-tarbiya masalalari bilan shug`ulanuvchi va yosh
avlod bilan ishlash guruhi;
6 -
Madaniyat, san’at, adabiyot masalalari bilan shug`ullanuvchi guruh;
7 –
Ijtimoiy masalalar: sog`likni saqlash, sotsial ta’minot, go`daklar-onalar
himoyasi, inson huquqlari masalalari bilan shug`ulanuvchi guruh;
8 –
Qonunchilik, qonunchilik himoyasi, tartibni saqlash masalalari;
9 –
Mudofaa masalalari bilan shug`ullanuvchi guruh;
10 –
Tashqiy siyosat masalalari bilan shug`ullanish guruhi va hokazo …
Xullas,
tuzilishi maqsad qilinayotgan tashkilotning a'zolari kimlar bo'lishi kerak?
Menimcha, ular asosan, a) yosh ziyolilarni-intellegentlarni; b) yosh
ishbilarmon, biznesmenlarni; v) mayda hunarmandlarni, g) student va yuqori sinf
o`quvchilaridan iborat yoshlarni o'z ichiga olishi kerakdir.
Demak,
bundan ko`rinadiki, tashkilotni tuzish tashabbuskorlari, yoqorida sanalgan
sifatli kishilarni o'z atrofiga to'plashlari lozim bo'ladi.
Yuqorida
keltirilgan tartibdagi masalalar muhokama qilish uchun bir fikr shaklida
aytilmoqda. Ular biror tashkilot nizomi shaklida tartibga kelishi uchun unday
tashkilot tuzadigan kishilarning juda ko`pchiligi muhokamasidan o`tishi kerak
bo`ladi, albatta. Muhokamalarning eng so`nggida balki butunlay boshqacha nizom
o`rtaga chiqishi ham juda mumkin.
Men, bizning do’stlarimizning, sog`lom (ham jismoniy, ham ma’naviy), sof (yolg`on so`zlamaydigan, yolg`ondan qo`rqadigan), toza (halolni haromdan ajratadigan), insofli, adolatli, bilimli, odobli, axloqli, muslim kishilar bo`lishini istayman. Balki men bir kishi uchun juda ko`p sifatlar sanab yuborgandirman. Biroq bugun bizning mamlakatimizdagi kishilarning ko`pchiligida aynan ana shu sifatlar etishmaydi. Agar bizda, tubdan yangi tashkilot tuzishni maqsad qilayotganlarda ham shu sifatlar bo`lmas ekan, u holda birinchidan, biz ham ulardan, bizdan oldingiladridan farqli bo`lmay qolamiz va ikkinchidan, biz ham hech kimga ibrat bo`la olmaymiz.
Yana bir taklif, Olloh nasib etsa, biz biror tashkilot tuzsak, uning nomini O`zbekiston Haqiqatga Umid demokratik partiyasi (O`zHUDP yoki qisqaroq HUDP ) yoki oddiyroq Umid demokratik partiyasi (UDP), deb atashni istardim.
Endi esa, o`zim haqimda qisqa ma’lumot: Men, Aliboy Yo`lyaxshievman. Keyingi vaqtlarda ba’zan Aliboy Yo`lyaxshi, deb ham imzo qo`yaman. Aslida bizning ismlarimizga istilochilar ilashtirgan “ev” dumdan ham batamom qutilishimiz zarur. 1938 yilda tug`ilganman. 1962 yili Samarqand universiteti matematika fakultetini tamomladim. O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Toshkent Kibernetika institutida aspiranturani o`tadim va o`sha erda (1972 yil) fan nomzodligiga ilmiy ish himoya qildim. Biroz vaqt Toshkentda, asosan Samarqand universitetida 30 yildan ko`proq ishladim. Sovetlarning Moskva, Kiev va boshqa shaharlaridagi universitetlarda ilmiy majlislar qatnashchisi bo`lganman. Va nihoyat nasibalar sochilgan ekan, 1993 yildan buyon chet ellarda muhojirman. Ollohga shukr hozir ikki O`g`lim va to`rt qizim bor. Ularning ham hammasi muhojirlar bo`lib, beshtasi Kanadada va bir o`g`lim Norvegiyada (Norwayda) yashaydilar. Shukrki, o`nta nevaralarim ham bor. Bir qizim 2000 yili tushunib bo`lmagan bir holda Samarqandda vafot bo`ldi, uni Olloh rahmat qilsin, omin.
Hozircha
ana shu gaplar, do`stlarim. Omon bo`ling, ishlaringizga Ollohu taolo baraka va
omadlar bersin. Qurbon bayramingiz qutlug` bo`lsin. Uy ichingiz va
yaqinlaringizning barchasiga mening bayram tabrigimni etkazarsiz, degan umidda
qolaman. Sizga Haj ibodatini ado etish nasib qilsin, omin.
Sizga,
uy ichingiz va yaqinlaringizning barchasiga qizg`in salom va duolar bilan
Aliboy.
Fikr
va mulohazalaringizni kutaman.”