Бундан
олдинги қисмини
ўқиш учун шу
ерга босинг! Davomi:
8.1.1. Sovet Ittifoqdosh Respublikalarida
milliy ozodlik harakatlari jonlana boshladi.
Sovet
Ittifoqi 1970-1985 yillar orasida ''turg`unlik davri'', deb atalmish zamonni
boshdan kechirdi. Darhaqiqat, bu davr mamlakat xalq xo`jaligining hamma
sohasida tinchlik, sokinlk zamoni bo`ldi. Hech bir tarmoqda olg`a siljish
bo`lmadi, sezilmadi. Ishlab-chiqarish ko`rsatkichlari pasayb bordi. Shu bilan
birga bu davrda kishilar da, ularning ong va tafakkurida milliy uyg`onish
belgilari ham sezila boshladi. Milliy Respublikalarda milliy ozodlik ruhi
kurtaklari qayta ko`rina boshladi. Ayniqsa, Boltiq bo`yi Respublilikalarida bu
harakat ochiq ko`zga ko`rinib qoldi. Ammo u zamonda butun mamlakat bo`ylab
vaziyat bir-biriga juda o`xshab ketardi. Bizda, O`zbekistonda ham ayniqsa,
shoirlarning yosh avlodi, ba`zi yozuvchilar, publisistlar ijodida ba`zan
milliylik ruhi seziladigan bo`lib qolgandi. Ba`zi bir ommaviy matbu ot
vositalari chiqishlarida O`zbekistonning mustamlaka ekanligiga, uning ozod
etilishi lozimligiga ishoralar uchiray boshlagandi.
''Turg`unlik''
zamoni, Sovet Ittifoqi bosh hokimiyatida, yaТni KPSS Siyosiy byurosida nuqul
qariyalar to`planib qolishi bilan ham belgilanardi. 90-yillardan boshlab
Siyosiy byuro a'zolari tabiiy ravishda birin-ketin Allohning omonatini uza
boshlashdi. Nihoyat, 1982 yilning noyabrida Siyosiy byuro Bosh Kotibi(o`sha
zamon Sovetlar hukumati boshlig`i) L.I.Brejnev vafot etdi. 1983 yilda esa,
O`zbekiston qug`urchoq hukumati boshlig`i, Siyosiy byuro a`zoligiga nomzod,
O`zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibi Sh. Rashidov ham bu dunyo
tashvishlaridan qutuldi. So`ngra SSSR-da ketma-ket tez orada bir qator KPSS MK
Bosh kotiblari (Andropov, Chernenko) bu dunyodan haqiqiy dunyoga rihlat
etishdi. Oqibat, Sovet Ittifoqi rahbarligi nisbatan yosh hisoblangan M.S.
Gorbachev qo`liga o`tdi.
SSSRda
Gorbachev zamoni ''oshkoralik, demokratiya, jadallashtirish'' davri bo`lib
tarixdan o`rin oldi. Boshqacha bu davr ''SSSRda qayta qurush'' nomi bilan mash
hurdir. Bu zamonda So vet Ittifoqi Kompartiyasi yuqoridan "ba`zi
demokratik o`zgarishlar" yasashga, boshqariladigan islohotlar o`tkazish
tajribasini sinab ko`rishga urindi. Ammo uning uddasidan chiqa olishmadi.
Chunki Gorbachev hokimiyati qarama-qarshi ishorali ikki zariyatni
to`qnashtirmoqchi bo`ldi. Bu to`qnashuvdan yo rug`lik chiqarmi, deb
o`ylashgandilar. Ammo undan uchqun chiqdi, u portlashga, oТchirib bo`lmas
yong`inga aylandi. Uning oqibati o`laroq buyuk bir imperiya quladi, Sovet
Ittifoqi kabi ''yovuzlik'' makoni bitdi.
O`zbekiston ''BIRLIK'' xalq harakati
tug`ilish arafasi ana shunday alg`ov-dalg`ov bir zamon bo`lib, Harakatning
dunyoga kelishi oldidan mamlakatda siyosiy jarayon qisqacha shundanа iborat edi.
8.1.2.
''BIRLIK'' xalq harakati tashkil bo`lishi va uning ilk amaliy faoliyati.
8.1.2.1.
Harakatning ilk tashabbus guruhi.
SSSR-da ''Qayta qurush'' to`la
boshlanishi arafasida, ya'ni Sh. Rashidov (O`zkom partiya birinchi kotibi)
vafotidan so`ng O`zbekistonda alohida bir vaziyat maydon ga keldi. Bu erda
''paxta ishi'' (SSSR markaziy matbuot vositalarida uni ''o`zbek ishi'', deb
targ`ib etishdi.), deb atalmish mudhish bir ish boshlandi. Boshqa tomon dan
o`sha davrda O`zbekiston KP MK ideologiya kotibi bo`lib tayinlangan Ra`no
Abdullaeva ismli kimsaа ''ideologiya frontida''
yangi bir ''jang'' ochdi (Bu ham Mar kazdan, Moskvadan tushirilgan maxsus
koТrsatma bo`lib, O`zbekiston KP MK-da o`tirgan qug`irchoqlar qo`li bilan
amalga oshirilayotgan repressiya-qatag`on siyo sati edi, albatta). O`sha
''jang''larda g`alaba va ''buyuk'' yutuqlarga erishmoqа uchun qancha ''sallalar'' o`rniga
''kallalar'' ketganini faqat Allohg biladi. Bu xonim Mos kovning madadi bilan
O`zbekistonda yangi marosimlar yaratishga, ming yillik xalq bayramlari va
udumlarini majburiy yo`qotishga jiddiy kirishdi. Oqibatda, bir tomon da ''paxta
ishi'' bo`yicha qama-qama avjda bo`lsa, boshqa tomonda xalq milliy bayramlari,
udumlari ''diniy, eskilik sarqitlari''ga chiqarilib, kommunist ''rahbar'' o`z
ota si janozasiga chiqa olmay, janoza marosimi tugagancha xastaxonaga yotib
olishga majbur bo`lgan vaziyatа
maydongaа keldi.
Mamlakatda, yani SSSRda
''oshkoralik, demokratiya'' siyosati boshlangan bir zamonda, O`zbekistonda 1937
yillar qatag`on (repressiya) siyosati davrini eslatadigan g`alati bir
vaziyatа vujudga kelgandi. Bu vaziyat
beiz kechmadi, albatta. U siyosat, eng avval Respublika aholisini qandaydir
darajada tabaqalanishga olib keldi. Masa lan, ideologiyaа sohasidagi repressiyaga ziyolilarning bir
qismi ochiq qarshi chiqqan bo`lsa, unga xalq ommasi to`la qarshi bo`ldi. Ammo
xalq u zamonlar norozilikni ifodalash yo`llarini bilmasdi. Ular faqat partiya
tomonidan berilgan ideologik ko`rsatmalarga amal qilmaslik bilan unga qarshi
chiqa oldilar, xolos. U zamonlar piket, mitinglar tashkil etish va norozilik
ko`cha chiqishlari haqidaа hatto xayol
ham qilib bo`lmasdi.
R. Abdullaeva nomi bilan
''mashhur'' bo`lgan ideologik nuqtai nazarga yozuvchi va shoirlarning yosh
avlodi eng faol qarshi chiqishdi. Oliy maktablar olim va o`qituv chilarining
bir qismi ham bu siyosatga ochiq qarshi bo`lishdi. Masalan, R. Abdullaeva
ishtirokida Samarqand shahrida ideologiyaga bag`ishlab o`tkazilgan bir majlisda
men va boshqa bir guruh Samarqand shahar oliy maktablari olim-o`qituvchilari
qatnashdik. Yig`ilishda R. Abdullaeva fikrlariga, biz ochiq qat'iy qarshi
bo`ldik va so`z ga chiqishlar qilib, o`z fikrlarimizni majlis ahliga ayta
oldik. Ana shuning o`zi o`sha zamon uchun yangilik va jasurlik hisoblanardi.
Studentlar R. Abdullaeva ko`rsatgan umum yotoq "qoidalarini"
bajarmadilar. O`sha majlisda biz namoyish karona do`ppi kiyib o`tirdik. Chunki
Abdullaeva majlis zallarida barcha, xotin-qiz, erkak, yoshu-qari yalang bosh
o`tirishlarini; studentlarning yotoqxonalarda o`zbekcha to`n kiyib
yurmasliklarini; o`zbek qizlari yotoqxonada lozima (o`zbekcha qizlar ishtoni)
kiyib yurmasliklarini talab qilardi va uni madaniylik belgisi, deb isbotlashga
intilardi. Shuning uchun R. Abdullaeva qatnashayotgan majlisda, do`ppida
o`tirish partiya ideologiyasiga qarshi katta namoyish hisoblanardi.
1983 yildan so`ng O`zbekistonda
boshlangan ''paxta ishi'' va Moskva qug`irchogi R. Abdullaeva tashabbusida
olg`a surilgan ideologik siyosat bir qism ziyolilarda ''kosaning'' to`lishiga
sabab bo`ldi. Shunday bir vaziyatda, mavjud Markaziy hukumat impepialistik
siyosatidan, mahalliy hokimchalarning alchoqliklaridan sabr kosasi to`lganlar
o`zlariga hamrohlar, xayrxohlar axtara boshlshgandilar. ''BIRLIK''
harakatiningа ilk ibtidoiy ko`rtagi ham
o`sha voqealarga borib toqaladi.
Darhaqiqat, Harakatning ilk
yig`ilishini o`tkazib, uning eng birinchi varaqalarini ishlab chiqqanlar
Abdullaeva ideologiyasiga ochiq qarshi bo`lgan yosh shoiru-yozuv chilar va
ayrim olim-o`qituvchilar bo`ldi.
а
Nihoyat, biroz keyinroq,
''oshkoralik va demokratiya'' O`zbekistonda ham bir muncha kuch ola
boshlagandan so`ngra, Boltiq bo`yi, Kavkaz orti va boshqa bir qator
Respublikalarda xalq frontlari (jafhalari) maydonga chiqa boshlagandan keyin,
O`zbekistonda ham xalq harakati tuzishni niyat etganlar guruhi ilk dafa
O`zbekiston yozuvchilar birlashmasida yuzaga keldi. Bu guruhga haqiqatan R.
Abdullaeva ideologiyasini qabul qila olmagan, o`sha zamonda faol, nisbatan yosh
hisoblangan shoir lardan biri Muhammad Solih (Madaminov) sardorlik qilgandi.
"BIRLIK" harakati
tuzishni niyat etishganlar boshlang`ich guruhi kimlardan iborat bo`lganligi va
ular ilk yig`ilishlarini qaerda va qanday tarkibda o`tkazganligi biz
Samarqandliklarga maТlum emasdi. Hozir ham menda u haqda to`la ma'lumot yo`q.
Safar Bekjon o`z kitobida ''BIRLIK''ning ilk yig`ilishlariga oid ba`zi
ma`lumotlar keltiradi. Ammo u ma`lumotlarning haqqoniyligi S. Bekjonga havola.
а
8.1.2.2
Samarqandda ''BIRLIK'' xalq harakatining tashabbus guruhi tashkil etilishi.
1988 yil noyabr oyi boshlarida
''BIRLIK'' nomi bilan Toshkentlik bir guruh tashabbuskorlar milliy qadriyatlar,
ekologik problemalar tilga olingan dastur sifat, ko`proq varaqalarga o`xshash kichik-kichik materiallar tarqata boshlashdi.
Masalan, Samarqandgaа varaqalar o`sha yil
noyabr oyidan eТtiboran deyarli muntazam kelabosh ladi. ''BIRLIK''ning ilk
varaqalarini Toshkentda safarda bo`lgan, Samarqand universiteti dotsenti
Norjigit Rajabov Samarqandga keltirgandi. O`shandan boshlab, Toshkentdan
tarqatilayotgan ''BILRLIK''ka doir varaqa va boshqa materiallarni N. Rajabov
sistemali ravishda olib turdi va bizni ular bilan muntazam tanishtirib bordi.
O`sha zamonlar N. Rajabov Samarqand universiteti ''Funksional tahlil(analiz)''
kafedrasi muduri vazifasida ishlardi. Shu sabab, u kishida biroz vakolatа bor edi. U shu vakolatidan foydalanib, kafedra
qoshida e`lon taxtasi(doskasi) tashkil qildi. Har bir varaqa va boshqa
''BIRLIK'' ka tegishliа hujjatlar oТsha
taxtaga ilib qo`yi a digan bo`lindi. Shuning uchun Norjigit Rajabov Samarqandda
''BIRLIK''ni birinchi targ`ib eta boshlagan tarixiy shaxs hisoblanadi.
Samarqand viloyatida ''BIRLIK''а harakati
haqida maТlumotlarning tarqalishi va ''BIRLIK'' tashkilotining Samarqand guruhi
tuzulishida uning anchaginaа xizmati
singan. Tarix N. Rajabovning bu xolis xizmatlarini munosib taqdirlaydi, deb
o`ylayman. Aynan, shunday bo`lar, inshoolloh.
а
Samarqand shahrida va butun
viloyatda ''BIRLIK''ni, uning g`oyalarini targ`ib qilishni yaxshi yo`lga
qo`yish maqsadida N. Rajabov 1988 yil dekabr oyi boshlarida Samarqand
universitetida bir yig`ilish tashkil etdi. Bu majlis universitet bosh binosi
leksiya o`qiladigan auditoriyalardan birida o`tkaziladigan bo`ldi. Men o`shanda
maj lis belgilangan bino yoniga majlis boshlanish vaqtidan bir soat burun
keldim. Ammo auditoriyaga kirmasdan, bino atrofida yurib, uzoq fikr surdim.
Maqsad, faqat bitta savolga javob topish edi. Nima qilish kerak, majlisga
kirishmi yoki kirmaslik kerakmi? Oqibat, majlisga kirdim. Majlis binoning 3-chi
qatida talabalar leksiya tinglashi ga mo`ljallangan 75 - auditoriyada
o`tkazilishi lozim edi. Men kelsam, xona odamga liq to`lgan, partalar o`rtasida
va eshik oldida tik turganlar ham anchagina edi. Majlisga yig`ilganlar
menimcha, yuz kishidan oz emasdi. Xonaning oldingi o`rindiqlarida Samarqand
universiteti olim-o`qituvchilari o`tirishardi. Shu
sababli meni ham old qatorda o`tirishga taklif etishdi. Yig`ilishga universitet
rahbariyatidan, uningа kechki-sirtqi
bo`lim o`quv ishlari rektor o`rinbosari(prorektori), Dushan Fayziev ham
qatnashayotgan edi. D. Fayziev, o`zbek kitobxoniga yaxshi taniqli shoir,
dramatrug Dushan Faziydir.
Majlis
ish boshlaganidan so`ng ma`lum bo`ldiki, bu yig`inga anchagina hukumat
odamlari, so vet tuzumining ashaddiy idiologlari ham, shahar va viloyat
komsomol, partiya komitetlarining vakillari ham qatnashmoqda ekanlar. Ma`lumki,
''BIRLIK'' dunyoga kelibdiki, rasmiy hukumatning xushiga tushmagandi. Shuning
uchun ular bu yangi Harakatni go`dakligidayoq xalq ommasiga sovuq ko`rsatish va
unga xilma-xil yo`q erdagi tamg`alarni bosish yo`li bilan uni tugatib
yuborishmoqchi edilar. Shu bilan bir vaqtda elda endigina qayta uyg`ona
boshlagan milliy ozodlik ruhini ham butunlay so`ndirib, kurtakligidayoq ezib
tashlamoqchi bo`lishgandilar.
O`zbekistonda
uzoq zamonlardan so`ng endigina ko`zga tashlana boshlagan milliy ozodlik
g`oyasi ruhidagi bu harakatni tugatish plani (rejasi) Moskvada, KGBda ish lab
chiqilgan edi, albatta. Chunki u zamonlar O`zbekiston mahalliy hukumatini
umumdavlat siyosiy ishlariga aralahstirilmasdi. Shuning uchun bu yig`ilishda
qatnasha yotgan partiya va hukumat vakillari KGBning ko`rsatmasi bilan bu erga kelishgan
edilar. Ularning zimmasiga yig`ilish tashkilotchilarini millatchi, tartib
buzar, maqsadi ning tayini yo`q kishilarga chiqarib, majlisni buzish
yuklatilgan edi.
Xullas,
majlis boshlandi. Uni N. Rajabov ochdi va qisqaа
kirish so`zi so`zlab, majlisni boshqara boshladi. Ammo majlisni
boshqarish uncha ham jo`n bo`lmadi. Chunki haligi partiya Ц hukumat
''vakillari'' majlisga maxsus tayyorgarlik bilan kelishgandilar. Ular
majlisning tartibiga bo`yinsunishmas, KGBda tayyorlangan savol larni majlisni olib
boruvchiga ketma-ket berar, luqmalar tashlar, ish qilib, uni muvozanatdan
chiqarishga zo`r berib urinishardilar. Majlis ahli xilma-xilligi, ularning bir
qismi majlisni buzishga intilayotganlari sababli majlis boshqaruvchisi N.
Rajabov, majlisni olib borishda shosha boshladi, noxolis, makkorona ketma-ket
tashlana yotganа savollarga munosib javob
topa olmay u qiynala boshladi. Zalda majlis raisiga savol berishni
istaganlarning uzundan-uzun navbati maydonga keldi. N. Rajabov esa, ularning
savol va fikrlarini etarli darajada mantiqli rad eta olmay qoldi. Majlis zalida
shunday noqulay bir vaziyat vujudga kelgan vaqtda men o`rnimdan turdim va N.
Rajabovni almashtirdim. Chunki vaziyat shuni talab etardi. Men bo`lmasa boshqa
bir kishi bu ishni bajarishi lozim bo`lib qolgandi. Aziz o`quvchi meni ma`zur
tutsin, maqtanayapti, demasinlar. Ammo o`sha zamonda zalda mendan o`zga birorta
mardа joyidanа ko`tarilmadi. O`shanda ancha qiyinchlik bilan
bo`lsa-da , zaldagi majlisni buzishga qaratilgan xurujni men susaytirdim, majlisni
bizga zarur bo`lgan yo`nalishga bura bildim. ''BIRLIK'' olg`a surayotganа maqsadlarning mantiq`ini zalda gilarga
anglata va ma`qullata oldim. KGBda tayyorlangan savollari bilan navbatda
turganlarni, majlisni buzishni ko`zda tutib, tinmasdan luqma tashlayotganlarni
tinch lantirish usulini ham topa oldim.
Majlisni to`g`ri, bizning
maqsadimiz yo`liga boshqarar ekanman, majlis zalida o`tirgan bizning g`oyamiz
va fikrimizni qo`llashlari aniq bo`lgan do`ctlardan foydalandim. Shulardan biri
Samarqand Me'morchilik-qurulish instituti dotsenti Abdumalik Umurzaqov edi. Uni
majlisda faolliroq qanatshishga jalb etdim. Chunki menga uning mu lohazalari
tanish edi. U, yuqorida so`zlab o`tilgan ''paxta ishi'' va ''yangi idiologiya''
siyosatiga ochiq qarshilik, norozilik bildirgan ozchilik olimlarning biri edi.
Majlisni, nodo`stlar hujumidan saqlab, uni ko`zda tutilgan natija bilan
yakunlashda A.Umurzaqovning rolini alohida ta'kidlayman. Undan tashqariа ''BIRLIK''ning ilk varaqalari, dastur va
murojaatlarida asosan ekologik masalalarni, allaqachon olamga tarqalgan Orol
dengizi muammolarini ko`tarib chiqqan bo`lib, ularda hukumatga qarshi va unga
xavf soladigan hech bir siyosiy belgilar yo`q edi. ''BIRLIK'' u zamon norasmiy
bo`lsa-da xalq harakati nomi va maqomini ham olmagandi. Shuning uchun KGB
vahimachilariga Harakatning maqsadi umumdavlat maqsadlari, qolaversa kompartiya
programmasi va g`oyasidan tahsqarida emasligini tushuntirish yo`li bilan ularni
bir muncha tinchlantirish mumkin bo`lgandi.
Hukumat, Respublikaning kommunistik
qug`irchoq hukumati aholining kunlik turmushiga oid muammolarni, daryolarni
ifloslantirmaslik, ekin dalalariga zaharliа
ximikat lar bilan ishlov bermaslik kabi oddiy masalalarni ham o`rtaga
qo`ya olmas va ularni hal eta olmasdi. Ular butun borliqlari bilan Moskvaga
bog`langan edilar. Moskva siz, uning ko`rsatmalarisiz O`zbekistonda hech bir
ish qilinmasdi. Masalan, faqatgina paxta dalalarini depolatsiyalash natijasida
kishilar, bolalar xastalanmoqda,а halokа bo`lmoqda edi. Chaqaloq va go`daklar orasidaа o`lim ko`p va jigar, sariq xastaliklari bilan
aholining ikkidan biri xastalangan bo`lishiga qaramay,а Respublika huku matiа bunday problemalar bilan shug`ullana olmasdi.
Bunday masalalar mutlaqo ''Yuqorining'' vakolatiga qarashli edi. O`zbekiston а"hukumati" kursilarida o`tirganlar
uchun esa,а mansab asosiyа maqsad edi. Ular mansabdan ajrab qolishdan
ajaldan qo`rqqanday qo`rqardilar.а
Harakatа esa, "O`zbekiston
tabiati, moddiy va madaniy boyliklarini himoya qi lish" "Birlik"
harakati, deb atalib, ilk dafa aynan o`shanaqa yashirib bo`lmas, asosan
ekologik masalalarni ko`tarib chiqdi. Bu haqda matbuot sahifalarida ba`zi
materiallarni e'lon qilishga erishaа
boshladi .
Xullas, o`sha Samarqand
universitetida o`tkazilgan yig`ilish qatnashchilariningа ko`pchiligi ''BIRLIK''chi guruhlar o`rtaga
qo`yayotgan masala va problemalar muhim va dolzarb, deb hisoblash kerak, ularni
qo`llab-quvvatlash lozim, deganа fikrni
ma`qulladilar.
ааааааааааа
Samarqand shahrida erlashgan
institutlardan kelishgan olim-o`qituvchilarning bir qismi mazkur majlisda
''BIRLIK'' tarafdorlari ekanliklarini ko`rsatishdilar. Ular majlis da faol
qatnashib, ''BIRLIK''-chilar tarqatayotgan varaqa va bayonotlarni mazmunan va
mantiqan asoslashda yordamchi bo`ldilar. Ularning ko`pchilgi Samarqand
universiteti o`qituvchilari (dotsentlar: N. Rajabov, S.Muradov, X.G`aniev, B.
Namozovlar) bo`lib, bularning qatoridaа
A.Umurzaqov-Samarqandа
me`morchilik instituti dotsenti, I. Elmuradov - o`sha institut
assistenti ham turishgandilar. Vaqt kechishi davomida nomlari tilga olingan
do`stlar Samarqandda va viloyatda ''BIRLIK'' g`oyasini tarqatish va uni
targ`ibot, tashviqot qiluvchilarningа
yo`lboshchilariga aylandilar. Ular ayni vaqtda avtomatik ravishdaа Samarqandda ''BIRLIK'' shubasini tuzish
tashabbuskorlariga aylanib qolishdilar. O`sha majlisdan e`tiboran har hafta
payshanba kuni universitetda, soati 16-da "BIRLIK"ningа doimiy yig`ilishi o`tkaziladigan bo`lindi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan olimlar bu yig`ilishlarga qatnashib va
ularniа boshqarib borishdilar. N. Rajabov
guruh boshlig`i rolini bajarib bor di. Haftalik yig`ilishlar ham universitetda
o`tkaziladigan bo`lindi va bu holat bir qanchaа
zamon davom etdi.
Haftalik majlisga hech bir oldindan
tayyorlangan kun tartibisiz yig`ilishar edik. Yig`ilish mavzui va uning
yo`nalishi shu erda, yig`ilganlar bilan birgalikda aniqlanardi. Bu borada B.
Namo zov, X. G`aniev, A.Umurzaqov va men faolliroq edik. Deyarli, har safar
yig`ilish mavzuini biz belgilardik. Bu o`z-o`zidan bo`lardi, albatta. Masalan, yig`ilishga u er, bu erdan kishilar kelishardilar,
majlis boshlanardi. Hafta ichida Toshkentdan kelgan ba`zi materiallar bo`lardi,
yig`ilganlar eng avval u matetriallar bilan tanishtirilardi. Natijada,
Toshkentdan kelgan materiallarni muhokama etish va boshqa o`rtaga chiqayotgan
masalalarni qanday tushunishga qarab majlis yo`nalishi, uning ruhi o`z-o`zidan
yuzaga kelib qolardi. Ana shunday ma`noda majlis yo`nalishi B.Namozov va menning ixtiyorimizda
bo`lardi. Haqiqat yuzasidan, aytish kerakki ba`zan universitet fizika fakulteti
dotsenti Erkin Shermatov ham muhim masalalarni o`rtaga qo`yishga harakat qilib,
majlis kun tartibini tuzishga urinardi. U ko`pincha inson ekologiyasi, yaТni
insonning ruhini tozalash masalasini muhokama etishni taklif qilardi.
Darhaqiqat, bu zamonga kelib, sovet
kishilari ruhi masalasi muhim problemaga aylangan edi, ular chindan ham ruhan
tushkun va ularda insoniy ruh buzilgan, ular uch xil tarzda (tilda, ko`ngulda,
amalda boshqa-boshqa) yashashardilar. Bunday masalani ham e`tiborsiz qoldirib
bo`lmasdi, albatta. Shu sababdan, yig`ilishlarimizni bir necha dafa E.
Shermatov taklifiga muvofiq inson ruhi masalalariga tegishli leksiyalar
o`tkazishga bag`ishlaganmiz. Ammo o`sha zamon, o`sha qisqa vaqt bizdan bosh qa
yanada muhimroq, dolzarbroq masalalarni, ayniqsa ''BIRLIK'' Samarqand
tashkilotini tuzish, Harakatga a'zolar jalb etish va joylarda, ya'ni rayon,
qishloqlarda boshlang`ich tashkilotlar tashkil etish kabi kundalik tashkiliy
ishlar bilan jiddiy shug`ullanishni talab etardi.а Biz ana shu ishlarning barchasi bilan izchil
va jiddiy shug`ullandik. Natijada, haftalik yig`ilishimizga viloyatning bir
qator uzoq-yaqin rayonlaridan kishilar kela boshlashdi. Samarqand viloyatining
Ishtixon, Bulung`ur, Jomboy, Oq-Daryo, Past-Darg`om, Qo`shrabot, Katta-Qo`rgon,
Paxtachi, Payariq rayonlaridan ''BIRLIK'' xayrxohlari haftalik yig`ilishga
qatnasha boshladilar. Shahardagi barcha oliy maktab va O`rta maxsus bi lim
yurtlaridan, Samarqand shoyi to`qish fabrikasidan, qurulish trestlari va
brigadalaridan kishilar yig`ilishga keladigan bo`lishdilar. Endi, Samarqand
''BIRLIK'' tashabbus guruhi haftalik yig`ilishigaа har safar 40-50 odam qatnashadigan bo`ldi. Bu
o`sha zamon uchun katta vo qea edi. Mahalliy hokimiyatni tashvishga solarlik
yangilik edi.
аааааааа
Biz Samarqandda boshlagan bu ishlar
Toshkentdan, u erdagi tashabbus guruhidan mutlaqo aloqasiz, mustaqil olib
borilardi.U zamonlar Toshkehtliklar hatto bizning qanday darajada
mavjudligimizni ham durust bilishmasdilar.U zamonlar Samarqandlik 'BIRLIK''
tashabbus guruhi faollarining birortasini Toshkentlik ''BIRLIK''chi do`stlar
tanimasdilar. Chunki o`sha zamonlarga kelib joylarda ko`pgina kishilar
bir-birlaridan mustaqil, o`z ish va o`qish erlarida,а ''BIRLIK'' harakatini tuzishga kirishgan
kishilar saviyasi darajasiga etishgandilar. Toshkentlik "BIRLIK"
tashabbuschilarining varaqalari esa, jamiyatda yangilik, haqqoniylik, milliy
qadriyat, ozodlik uchun kurash yo`llarini o`zlaricha izlab yurganlarga bir imo,
turtki vazifasini o`tagandi, xolos.
Shuning uchun Respublikaning turli
burchaklaridan, kim Toshkentga borib, kim bizning huzurimizga kelib
''BIRLIK''ka qo`shilardi, ro`yxatga yozilishardi, a'zolar kun sayin ko`payardi.
U zamonlar, ''BIRLIK''ni chindan istabmi, yo`qmi bizga kim murojaat qilsa
bo`ldi, edi, u ro`yxatga kiritib qo`yilaverilardi. Aslida bu prinsip noto`gri
edi. Farqiga borilmay a'zolar ko`paytiraverish Harakatning keyingi faoliyatida
anchaginaа zararа keltirgani ham ma'lum.
''BIRLIK'' biroz jonlanib, uning
nomi odamlar tilidan tushmay qolgan bir vaqtga kelib, a'zolar qabul qilishni
bir muncha tartibga solishga urinish bo`ldi. Shu maqsadda ''BIRLIK''ka kirishni
istaganlar to`ldirishi uchun maxsus ariza blanki ham ishlab chiqildi. A'zolar
qabul qilishda ularni biroz bo`lsada saralashga harakat qilindi. Ammo bu
sa'y-harakatlar zarur darajada olib borilmay,а
ko`zda tutilgan natijalarni bermadi. A'zolar qabulidagi erkinlik
prinsipi davom etaverdi. Chunki ''BIRLIK'' ilk bosh dan unga kirish va undan
chiqish erkin, deb bayon etgandi. Bu erkinlik ham kompartiyaning ichki qattiq
intizomiga qarshi usul shaklida qabul qilingan edi. Chunki o`sha zamonlar
kishilar KPSSning nizom normalaridan ham juda bezgan edilar. Uning ustiga
''BIRLIK'' siyosiy harakat yoki partiya emasligini ham doim takrorlab tu rardi.
Shuning uchun undagi nizomiy prinsiplar kompartiya nizomidagidek qattiq
chegaralangan bo`lsa odamlar bizning niyatlarimizga, so`zlarimizga
ishonmasliklari mumkin edi. Ular bizni kommunistlarning boshqa bir ko`rinishi,
bular ham hukumat tomonidan xalqni aldash uchun o`ylab chiqarilgan, deb
tushungan bo`lardilar. Ammo bu fikr va qarashlar to`g`ri bo`lmaganligini hayot
ko`rsatdi va buni ko`p marta isbot etdi. Biror siyosiy maqsadni ko`zda tutgan
ixtiyoriy harakat aniq programma, qat'iy intizomga ega bo`lmog`i zarur. O`rni
kelsa, siyosiy harakat va pertiyalar dastur, nizomlari, ularning jamiyatdagi
o`rni haqida alohida to`xtarmiz.
Shunday qilib, universitetda
o`tkazilgan majlisdan bir oy ham o`tmasdan Samarqand universiteti kompartiya
komiteti va uning rahbariyati ''BIRLIK'' tashabbus guruhi haftalik majlislarini
universitet binolarining hech birida o`tkazmasin, degan qarorga kelishdi.
Shundan so`ng bir muncha vaqt bir u binoda, bir bu binoda qochoq, yashirin
majilis o`tkazib turdik.
Nihoyat, men A.S.Pushkin nomli
Samarqand viloyat kutubxonasi majlislar zalida haftada bir marta soat 18-dan
20ga qadar yig`ilish o`tkazish haqida,, uning direktori Lyubovа Timofeevna (familiyasini unutdim) bilan kelishib
olishga erishdim. Lyubov Timofeevna bilan kelishuvimda ikki faktor asqatdi.
Ma`lumki, hukumat ''BIRLIK''ning
ilk qadamlaridanoq, uni millatchilar harakati, ular o`zbeklardan o`zga barcha
millat vakillariga qarshi, ayniqsa ular rus va ruszabon millatа vakillarining O`zbekistonda yashashlarini
istamaydilar, deb targ`ib qilishni avj oldirdi. Hatto hukumatning rasmiy va
norasmiy hujjatlarida ''BIRLIK''chilar rus va ruszabon millat vakillarini
O`zbekistondan haydab chiqarmoqchilar, degan ma'lumotlar ham tarqatildi.
Chindan ham Respublikadagi rus va ruszabon aholining asosiy qismi bu yolg`on
tashviqotga, bu alahsirashga inondilar. O`sha zamonlarda odamlar rasmiy matbuot
xabarlariga to`la ishonishardi. Matbuot esa, doim ''BIRLIK'' haqi da nuqul
yolg`on va bo`htonlarni tarqatib turardi.Masalan, 1989 yil 21-mart ''Navruz''
arafasi, kunlariа Samarqand ko`chalarida
elektr simi yog`ochlariga maxsus vara qalar yopishtirib chiqishdi. U
varaqalarda, ''Aziz, fuqarolar, biz o`zbeklarni himoya qilamiz! Milliy
urf-odatlarimizni joriy qilamiz! G`ayridinlarni Vatandan haydaymiz! Ishton
kiymagan xotin-qizlar oyoqlari kesiladi. ''BIRLIK'', degan mazmunda bir
alahsirash yozilgandi. Biz, bayram kunlari, yil boshida qon to`karmishmiz,
''g`ayridin larning'' oyogini kesar emishmiz, bayramni azaga aylatirarmishmiz.
Yovuzlikni, qarang! Ammo biz darhol, bu alahsirash, bu varaqa ig`vo ekanligini,
u "BIRLIK" ka dushmanlik uchun maxsus tashkil etilganligini isbot
etishga kirishdik. Shunga qaramasdan Samarqandda rus tilida nashr etiladigan
''Leninskiy put'', gazetasi yana bir ig`vogarona material bosib chiqardi.
Gazeta xabariga ko`ra, qo`lida bir chanta (diplomat) to`la boyagi, elektr
simlariga yopishtirilgan varaqalar bo`lgan,Timurbek ismli kishi militsiya
xodimlari tomonidan qo`lga olinganmish. Qarang, ko`chalar to`la varaqa yopishtirilgan
bo`lsa, rasmiy gazeta, yana rus tilida chiqadiganа matbuot organi, varaqani tarqatib yurgan
kishini tutib olganlari haqida xabar bosib tursa, bunga ishonmay bo`ladimi,
axir. "Gunohkor"ning ismini qarang,
u ham atayin "Timurbek", deb tanlangan.
Birinchidan,
mana shunday bir vaziyatda, ''BIRLIK''ni rus va ruszabon aholi dushmani etib
tasvirlab turilgan bir zamonda, ruszabon aholi vakilasi hisoblangan Lyubov
Timofeevna uchun ''BIRLIK'' vakillari bilan yaqinlashish, ular bilan yaxshiroq
tanishish o`ziga xos ahamiyatga ega edi. Chunki viloyat kutubxonasi aholi
orasida maxsus o`ringa ega bo`lgan bir muassasa edi. Ikkinchidan, men, Lyubov
Timofeevnani oldindan shaxsan tanirdim. Biz inson sifatida bir-birimizni yaxshi
bilardik, insoniy va siyosiy qarashlarimizda mushtaraklik mavjud edi. Shuning
uchun Lyubov Timofeevna menga ishondi, ya'ni, men bilan bu zalgaа keladigan kishilar ''fanatik'',
''fundamentalist'' yoki o`sha zamon atamasida aytiladigan "millatchi-buzg`unchi"
emasligiga ishondi. U bizga kutubxona majlislar zalida haftalik yig`ilish
o`tkazishga ijozat berdi. Kutubxona direktori bu masalani oldindan shahar va
viloyat partkomitetlarida balki muhokama qilgandir, ularning ''xo`pini''
("dobro"sini) olgandir, unisi bizga qorongi. Oqibat, biz 1989 yil
boshlariga yaqin kunlardan e`tiboran 100 kishiga moТljallangan, yumshoq
kursular qo`yilgan, chiroyli bir minbar ham o`rnatilgan viloyat kutubxonasi
majlislar zalida haftalik jig`ilishlarimizni o`tkaza boshladik. Biz u zaldan
1989 yil oktyabr-noyabr oylariga qadar foydalandik. Zamoni uchun bu hol hukumat
tarafidan bizga katta e'tibor hisoblanardi. Bu esa oddiy xalq oldida bizning
yutugimiz, hukumat bizni hisobga olayotgan bo`lib ko`rinardi. Biz va mahalliy
hoki miyat orasidagi bu biroz iliq munosabatning asosida ham o`sha ruszabon
aholi bilan o`rnatilgan normal munosabatlar yotar edi. Masalan, ''BIRLIK''ning
Samar qand tashabbusа guruhi tarkibida
ruslardan ham vakillar bor edi. Ulardan biri Qo`shrabot rayonida erlashgan Jush
oltin qazish koni ishchisi Nikolayа ismli
(familiyasi yodim da yo`q) birodarimiz tashabbuschilar ishida faol qatnashardi.
U do`stlari Bozorboy Suvanovа va Toshboy
Abduvahidovlar bilan Jushdan Samarqandga (bu oraliq yuz km. yo`l edi) haftalik
majlisga qatnashmoq uchun atay kelardilar. Majlisni tugatib, aqshom eng so`nggi
Samarqand-Jush avtobusi ila ular takror Jushga qaytardilar. Samarqand
viloyatida ''BIRLIK''ning eng birinchi boshlang`ich tashkiloti ham Qo`shrabotda
(Jushda) Nikaloylar tashabbusi bilan tashkil etilgandi. Bu voqea ham 1989 yili
amalga oshirilgandi. Qo`shrabot tashkiloti haqida so`z ketar ekan, Bozoboy
Suvanov va Toshboy Abduvahidov haqida ikki ogiz so`zlab o`tish zarur, deb
hisoblayman.
Bu erda
voqealarning xronologik tarixini to`la-to`kis eslay olmayman, albatta. Chunki
mazkur bayon O`zbekistondan juda uzoq bir o`lka, Norvegiyaning Bergen shahrida
1999 yil fevralida yozilmoqda. Butun arxiv Samarqandda qolgandi. Mening uyimda
qolgan arxiv O`zbekiston hukumati ko`rsatmasiga binoan militsiya tarafi dan
musodara qilingan. Uning bir qismi Xoliqnazar G`a nievda saqlanardi. Ularning
taqdiri nima bo`lgan, unisi menga noma`lum. Domla Xoliqnazar ham Karimov
qamoqxonasida ikki-uch marta yotib chiqqan, balki arxivni ''pora'' o`rniga top
shirib yuborgandir. Shuning uchun ko`pchilik voqealar sanasi yillari
ko`rsatilib, kunlari ko`rsatilmasligi mumkin.аааааааа
Shunday
qilib, 1989 yilning ko`klami edi chamamda, biznig uygaа
hali 30-ga ham to`lmagan bir yigit meni yo`qlab keldi. Men u vaqt uyda
edim, uni ichkariga taklif qildim. U o`zini menga "Bozorboy
Suvanovman", deb tanishtirdi. Biz uyda o`tirib biroz suhbatlashdik. Suhbat
davomida aniq bo`ldiki, u Samarqandga ''BIRLIK'' chilarni axtarib kelibdi, ammo
universitetda bir kimsani topa olmay, so`rab-surishtirib mening uy aderesimni
topa bilibdi. Bozorboy oliy ma`lumotli emasdi. U o`rta maxsus ma`lumotli bo`lib
o`zi mustaqil savod chiqargan, chuqur bilimli, o`qimishli inson edi. U rus
adabiyoti bilan juda yaxshi tanish edi. Ruschani bilish, rus adabiyoti va
san'ati bilan qiziqish bizning zamonimiz uchun alohida ahamiyatga ega
hisoblanardi. Bozorboyni Lev Tolstoy ijodi, uning falsafasi to`la ''asir''
etgandi. U so`zlarini nu qul Tolstoy falsafasi bilan bezardi. Shu bilan birga
uning so`zlarida, fikr-mulohazalarida milliylik, milliy qadriyat taqdiri va
uning hoziri, kelajagi masalalari yaxshi o`rin olgandi. Bozorboy, bir qancha
zamon o`sha Jush oltin qazish konida ishchi bo`lib ishlagan. Ayni zamonda hech
erda ishlamasdi. Samarqandga ''BIRLIK''ni istab kelgan edi.
Bozorboy
bilan suhbatimiz davomida ma`lum bo`ldiki, Jush oltin qazish shaxtalarida
texnika xavfsizligi yaxshi yo`lga qo`yilmagan, atrof-muhid tozaligi (ekologik
holat) buzilgan. Hatto qishloqlardagi kichik-kichik buloq suvlari ham
zaharlanmoqda emish. O`sha zamonlarda ahvol shunaqa ayanchli edi. Hozirlar
Bozorboylar yashayot gan erlarda ahvol qandayа
ekan?
Bozorboy,
sochlari tim qora, yuzi chuziqroq, ko`zlari qisiqdan kelgan, qozoq kelbatli,
jussasi chog`roq, jismoniyа tetik yigit
edi. U menda chuqur bilimi va mulohaza lari bilan juda yaxshi taassurot
qoldirdi. Vatanningа qay bir
burchaklarida yana qancha Bozorboylar bor va bo`lishi mumkin, degan xayol meni
to`la qamrab olgandi, o`shanda. Ana shu tasodifdan xursand bo`lib, Allohga
hamdlar aytib, Unga shukurullolar keltirgandim. Bozorboyday yigitlarning
Harakatimizni izlab yurishi, bu voqea edi men uchun. O`sha zamondan e`tuboran Bozorboyni
o`zimga do`st, deb bildim. U mening abadiy do`stim bo`lib qolajak. O`ylaymanki,
Bozorboy ham aynan shun day fikrdadir.
Men hayotda doim Bozorboylarni
izladim, ularga intildim, ularning yonida bo`lishga harakat qildim. Imkonim
boricha, qo`limdan kelganicha ularga yordam etdim, xuddi shunday kishilardan
o`zim ham yordam olishni istadim. Men 1988 yildan 1993 yilgacha O`zbekistonda
''BIRLIK'' harakatining faollaridan biri bo`lib qolgan ekanman, meni
Bozorboylar qo`llab-quvvatlagani, ular mening yonimda elkadosh turishgani
ruhlantirar va jasoratga, matonatga undardi. Hamon ularni elkadosh va suyanch
sezaman.
Bozorboy haqida bu yozilganlar juda
oz. U meni bir necha marta Qo`shrabot rayoni bo`ylab kezdirgan, oltin qazib
olish shaxtalarini, o`rta maktablarni birga borib ko`rganmiz. Qishloq
aholisining turmush sharoitlarini kuzatganmiz. Ammo bizningа bayonimiz maqsadi bir muncha o`zgacharoq
bo`lganligi sababli Bozorboy do`stimiz mavzuini shu erda to`xtatamiz.
Endi Toshboy Abduvahidov haqida
biroz hikoya qilaman. Toshboyni bizning majlisga Bozorboy ergashtirib kelgandi.
Toshboy ko`rinishdan Bozorboydan gavdali, ko`rkam yigit edi. Ammo u chapani,
tipik qishloq o`zbegi bo`lib, so`zlarida biroz qo`pollik, ba'zan radikallik
uchirab tursa-da, ammo u so`zlar lo`nda, yurakdan va jiddiy edi. Uning
so`zlaridagi radika likni ko`rib, sovet tuzumidan raso bezganlardan biri, deb
xulosa qilardi kishi. Toshboy ham o`rta masus ma'lumotga ega, u ham Jush oltin
qazish konida ishchi bo`lgan va hozir ishni tashlagan. Bizga qatnashaboshlagan
zamonlarda rayon partiya-hukumat rahbarlari bilan ''o`rtoqlashib'' tirikchilik
o`tkazish yo`lini topganlardan biri edi. Bu yigit ochiq ko`ngulligi, chapaniligi,
sidqidilligi bilan bizga yoqib qoldi. Toshboy o`qimishlilik, bilim jihatidan
Bozorboydan juda farqli edi. Ammo unda oddiylik, mardlik, o`ta tetiklik (xalqda
undaylarni ''olov'', deyishadi) bor edi. Toshboy
men bilan yakkama-yakka ko`p marta suhbat qil gan. Harakat haqida Toshboyda
o`ziga xos qarash va bir qator mulohazalar bo`lardi. Ularning ko`pchiligi
haqiqatan jonli va asosli edi. Masalan, u doim Hara katimizda harbiy qism
bo`lishi tarafdori edi. U ''BIRLIK'' liderlarini qo`rqlab yuruvchi doimiy harbiy
guruh bo`lishini qat`iy o`rtaga qo`yardi. Uning bu fikrlari chindan ham
haqiqatga yaqin edi. Zamon o`tishi bilan biz bir necha marta Toshboyning
fikrlariga o`xshash mulohazalarning to`gri ekanligiga ishonch hosil qildik.
Darhaqiqat, Toshboy harbiy,
qumondon (ofitser-subay) kelbatli odam edi. Unda harbiylarga xos shiddat,
jasurlik, radikallik bor edi.
Haqiqatan, 1991 yil avgust
voqealari vaziyatida bizda o`sha shiddat, men bilgan Toshboy shiddati
etishmadi. Harbiy va siyosiy kadrlar tayyorgarligi yo`qligi yaqol ko`rindi. Bir
asrda bir kelishi mumkin bo`lgan, hokimiyatni bemalol qo`lga olish imkoni
maydonga kelgan tarixiy bir vaziyat, etarli darajada siyosiy va harbiy tayyor
garlik yo`qligidan boy berildi.
Biroz ilgarilab bo`lsada, 1990
yilda bo`lib o`tgan bir voqeani shu erda so`zlab o`tmoqchiman. 1990 yilda, men
''BIRLIK'' Samarqand viloyat Kengashi a`zolaridan ba`zilariga Turkiston harbiy
okrugi Samarqand harbiy qumondonligi bilan aloqa o`rnatish va ular bilan
munosabatlarni yaxshi yo`lga qo`yish taklifini aytdim. Bu fikrni Kengash a'zosi
Borot Namozov bilan takror-takror muhokama qildik. Men harbiy qumondonlikka
bizdan vakil B. Namozov bo`lsin, degan fikrda bo`ldim. Afsus, do`stlar mening
fikrimni ma'qullamadilar. B. Namozovning o`zi esa, menga "domla, hali bu
ishga ertaroq, siz shoshayapsiz", deb u meni yupotdi. Undan so`ng esa,
kech bo`ldi. Boshqa, bu masalaga qaytishga vaqt ham topilmadi. Chunki
voqealarning rivojlanishi shunchalar tez ketdiki, ko`plar ularni kuzatib ham
ulgura olishmadi.
Haqiqatni aytsak, o`sha zamonda
mening do`stlarim qo`rqoqlik qilishgandilar. Lekin
mening o`zimda ham o`sha zamon tavakkalchilik etishmadi. O`sha zamonlardayoq
sovetlarning tugashiga to`la ishonsamda, Sovet hokimiyatining bunchalar yashin
tezligida qulashini taxmin qila olmagandim. Shuning uchun B. Namazovning
''shoshayapsiz'', deganiga qanoat hosil qilgandim.
1989
-1990 yillarda harbiylar bilan yaxshi aloqa o`rnatish va ularni ''BIRLIK''
g`oyalariga mayil etish, asrlar davomida bir bo`ladigan tarixiy vaziyatni qo`lga
olish, demak edi. Vaqtida shunday qilinganda edi, 1991 yil avgust inqirozi
vaziyatida marra bizniki bo`lardi. Bunday vaziyatlarni boy berish tarixda va
siyosat yurgizishda katta xato hisoblanadi. Biz, u zamon vaziyatni bir muncha
to`g`ri aniqladik, hatto qaror qabul qilmoqchi ham bo`ldik. Ammo tavakkal qila
olmadik, amaliy ishga kirishishda, sustkashlikka yo`l qo`ydik. To`g`risi, muhim
tarixiy bir masalani hal etishda siyosiy tajpiba etishmadi. Harakatning
Markaziy organi bunday masalalar bo`yicha quyi tashkilotlarga yordamchi va
maslahatchi bo`la olmadi. Ya'ni Harakatning markaziy organi vujudga kelayotgan
kritik vaziyatga o`z vaqtida to`la va etarli darajada siyosiy baho bera olmadi,
vaziyatga mos zaruriy qarorlar qabul qila olmadi. Biz, viloyat tashkilotlari
ham ba'zan sustkashlik, ba'zan qo`rqoqlik qildik, ya'ni buyuk xatoga yo`l
qo`ydik. Natijada, o`z vaqtida Respublikadagi harbiy qumondolik bilan zarur
aloqalar o`rnata olmadik.
Shunday
qilib, Toshboy Harakatni hokimiyatga olib kelishni tezlashtirish tarafdori edi.
Buning uchun uning fikricha qattiq tayyorgarlik (haqiqiy a'zolarni
ko`paytirish, harbiy guruhlar tuzish, pul to`plash), keskin harakatlar
bajaradigan guruhlar tuzish lozim edi. Ammo Toshboyning o`zi atrofida ham
uyushgan, keskin harakatchan ''radikallar'' juda oz edi.
Xullas,
Qo`shrabotda Bozorboy, Toshboy va Nikaloylar yordamida ''BIRLIK'' a'zolari, va
xayrxohlar ancha ko`payishib qolishgandi, har holda u erda faol ishlayotgan
guruhimiz tayyor edi. U guruh 1990 yili O`zbekiston Oliy Sovetiga xalq
deputatlari saylovlarida katta faoliyat ko`rsatishdi. 1990 yilgi saylovlarda
Akade mik Tashpo`lot Shirinqulov Qo`shrabotlik do`stlarimiz sa'y-harakatlari
hisobiga O`zbekiston xalq deputatligiga saylandi, deb hisoblayman. Ammo bu
akademik ham deputatlik muddati mabaynida Respublikada demokratik o`zgarishlar
tarafdori bola olmadi.
Ishtixon
rayonida ham bizning faollarimiz ancha ko`paydi. Ishtixonlik ''BIRLIK''chilarni
Ne`matjon BoТtaev boshqarardi. U rayon o`rta maktablaridan birida o`quv ishlari
bo`yicha mudir o`rinbosari bo`lib ishlardi. Ishtixon Samarqanddan 70 km. uzoqda
joylashgan, Ne`mat jonning maktabi esa, yana uzoqroqda edi. Masofa qanchalik
uzoqligiga qaramasdan, ular hamа payshanbalik
yig`ilishimizga 5-6 kishi bo`lishib har hafta kelishardilar. Ularning ichlarida
Eshonqul(to`la ismi sharfini unut dim) ismli birisi Ishtixon shaharida rus tili
o`qituvchisi bo` lib ishlardi, Boshqa bir Qo`chqor degani, rayon militsiyasida
ishlardi. Ammo
ular yo`lini to pib, yig`ilishga muntazam kelib turishga intilardi. Ular juda
faol yigitlarimiz hisoblanardilar. Ishtixonlik Ne`matjon va Eshonqullar etarli
darajada bilimli, to`la ziyoli insonlar edi. ''BIRLIK''ning barcha a'zolariа shularday saviyaga ko`tarilgan bo`lishganda
edi, O`zbekiston bugun eng baxtli Pespublika bo`lgan bo`lardi. Qo`chqorboyа ham juda ajoyib yigit,а o`rta maxsus ma`lumotli bo`lib, keskin
harakatchan odam edi. Chindan ham u haqiqiy polis odami edi. Uning ajoyib
bolalarcha gaplari bo`lardi. U doim menga "domla, kelininggiz hamlali,
xudo xohlasa, egiz o`g`illar tug`iladi, ismlarini Temurbek va Boburmirza
qo`yaman", derdi. Karomatni, niyatning xolisligini qarang ki, vaqti kelib,
kelin Qo`chqorboyga buyuk baxt, ikki egiz o`gil keltirsa bo`ladimi?!. U,
Temurbegu, Boburmirzalar sog`-salomat bo`lsinlar, XXI asr amir Temuri va
Boburmirzasi bo`lib etishsinlar. Mening bu bayonlarimni Qo`chqorboyning o`sha
egizlari o`qishsa va bundan ozmi-ko`pmi ibrat olsalar, men bu dunyoda yashab
amalga oshrihsni istagan niyatlarimning katta bir qismini a'lo darajada
bajargan hisoblayman.
Oqibatda, Ishtixonliklar eng
baquvvat, eng faol rayon tashkiloti tuzishga, ''Erkin so`z''а rayon gazetasi nashr etishga erishdilar.
O`zbekistonda siyosiy vaziyat ozgina yumshab, yangi imkoniyatlar yuzaga kelgan
zamonoq Ishtixonlik do`stlarning ''BIRLIK''ni qayta tiklashda faol harakatga
kirishajaklariga shubha qilmayman.Ammo ular,endi Harakat yangicha, ya'ni
''Birlik'' mutlaqo yangi bo`lajakligini va u zamon kimni,а qanday dasturni qo`llashlarini ham tushunib
etgandirlar, deb o`ylayman.
Bulung`ur rayonidan ham yig`ilishga
anchagina kishilar qatnayboshlashdi. Ular ichida Norqo`zi Ashirov (tish
doktori) va Tursunboy Mamanazarov, maktab o`qituv chisi asosiy tashkilotchilardan
edilar. Boshda bu rayonda bir qator kazo-kazo kishilar ''BIRLIK''ni qo`llay
boshlashdi. Ular ichida rayon maorif bo`limi boshlig`i, SSSR Oliyа Soveti xalq deputatligiga nomzodi
ko`rsatilgan, Mamayusuf ismli yana bir o`rtoq ham bor edi. Bu nomzod saylov
jarayonida qonun buzorlikka yo`l qo`yilish natijasida saylanmay qolgan, aslida
u saylanish uchun zarur bo`lgan ovoz to`plagan kishi edi. U anchagina
shikoyatlar yozib, hatto KPSS Bosh kotibi M. Gorbachev qabuligacha chiqa bilgan
bir inson edi. U zamonlar, KPSS Bosh kotibi bilan uchrashish, uning imzosi
bilan birorta xat olish bu katta voqea, hodisa hisoplanardi. Mamayusuf esa,
Moskvada, KPSS Markaziy Komitetida qabulda bo`lgan, qo`lida M.Gorbachev imzo
chekkan maktubi bor bir kishi edi. Shuning uchun bu yigitning bizning
yig`ilishlarga qatnashi ham hodisa edi. Haqiqatan u keyinroq O`zbekiston Oliy
Sovetiga o`tkazilgan saylovlarda, Respublika xalq deputat ligiga saylandi.
Rayon ''BIRLIK'' tashkiloti uning nomzodini to`la qo`llab-quvvatladi. Ammo bu
deputat ham, rayon maorif mudiri ham Harakatda uzoq qolmadilar. Ular
O`zbekiston hukumati ''qovog`iga'' qarab, ''BIRLIK''dan uzoqroq turishga intila
boshladilar. Oqibat, ular ko`p o`tmay Harakatdan butunlay chetlashdilar. Lekin
boshqa bir Bulung`urlik nomenkulatura kishisi, rayon mahalliy gazeta bosh
muhariri (afsus, uning ham ismi-sharifi xotiramda yo`q), ko`p yillik partiyaviy
ctajga ega kommunist, bizning yonimizda muqim qoldi. U bizni doim
qo`llab-quvvatladi. Chunki u ''BIRLIK'' g`oyasi va maqsadlarini kompartiya
g`oyasi va maqsadlari bilan mushtarak, deb bilardi. So`ng zamonlarda Kompartiya
amaliy ishlarda nizom va programmadan uzoqlashdi, partiya o`z xalqchiligini
yo`qotdi, deb tushunardi, u. Uning kompartiyasiа
aynan ''BIRLIK''ning o`zginasi edi. Uning fikricha, bir partiyani biz
''Birlik'', bosh muharir esa kompartiya, deb ataymiz, xolos. Bosh muharir haf
talik majlislarga kelgani yo`q. Ammo men u bilan bir necha marta yakkama-yakka
uchrashganman. Suhbatlarimiz hamisha ko`nguldan, issiq bo`lardi. U juda yaxshi
odam edi. G`irromligi, mu g`ambirligi, quvligi yo`q oddiy kishi edi. Uning
dilidagi, tilida edi. O`sha zamonga xos ''dili bir xil, tili ikkinchi xil,
amalda esa uchinchi xil'' yashashdan uzoq, juda ozchilikningа biri edi, u. Harakatimizda o`sha bosh muharir
kabi ''kommunistlar'' ko`proq bo`lganda edi, bugun O`zbekiston hukumatidaа I.Karimovа
guruhi kabi qipqizil o`g`rilar savlat to`kib o`tirmagan bo`lardi.
Afsus, ''BIRLIK''ka sof va g`oyaviy
mustahkam odamlar to`plash kabi muhim ishlar butun Respublika bo`ylab yaxshi
yo`lga qo`yilmadi. Harakatning Markaziy Ken gashi bu singari zarur ishlar bilan
jiddiy shug`ullanmadi. Ular kimningdir marhamati bilan ''poyandozlar''
to`shalgan yo`llar orqali hokimiyatga kelishni xayol qilishdan narisiniа ko`ra olmadilar. Shuning natijasida ular
asosan KGBning qo`lida qug`irchoqqa aylanib qoldilar. Bu fikr, bayonimiz
davomida takror-takror isbot etiladi, deb o`ylayman.
Qisqasi, 1989 yil ''BIRLIK''chilar
uchun, jumladan uning Samarqand guruhi uchun ham juda unumli yil bo`ldi, desak
bo`ladi. Yil boshidan Harakatning viloyat tashkilotini tuzish ishlari qizib
ketdi. Viloyatning Oq-Daryo rayonidan ham do`stlar bizga faol qo`shila
boshlashdi. Bu rayon tashabbuskorlarini Samarqand qishloq xo`jaligini
mexanizatsiyalash texnikumi o`qituv chisi Qobiljon Diyorov boshqara boshladi.
Past-Darg`omlik bir guruh
o`qituvchilar ''BIRLIK''ning rayon tashabbus guruhini tashkil etishdi. Ularga
o`rta maktab mudir o`rinbosari Abdujalil Abdullaevа va bolalar shoiri Meli Boboev sardorlik
qilishdi. 1989 yilning so`nggiga kelib, bu
rayonda Harakatning rayon konferensiyasi ham o`tkazildi. Unda shoir Meli
Boboevа ''BIRLIK'' rayon tashkiloti raisi
etib saylandi. Ammo ko`p o`tmay u hukumat tarafdoriga aylanib qoldi. Past-Darg`omliklar
M. Boboevsiz yig`ilishlarga qatnashni davom ettirdilar. Aslida Past-Darg`om
rayon tashkilotiga A. Abdullaev boshchilik qilmog`i lozim edi. U bilimli,
sidqidil, sofа o`qituvchi edi. Ammo rayon
konferensiya sida, ''o`zbekchilik'' qilinib, yoshi ulug`, shoir, o`quvchilari
bor, degan andisha bilan M. Bo boev tashkilotga Rais bo`lib qolgandi. Afsus, bu qarash, bu
''o`zbekchilik'' bizgaа juda pand berdi,
o`shanda. Ana shunga o`xshash ''andishalar'' ham bizning milliy
xastaligimizdir. ''Aql yoshda emas, boshda'', kabi naqlimiz borligiga qaramay,
qandaydir ''andishalar'', deb aqlli naqlga amal qilmaymiz. Biz,
urf-odatlarimizda ham jiddiy islohlar o`tkazishimiz zarur. Urf-odatlarning umum
milliyа rivojlanishimizga zararlilaridan
mutloq ozod bo`lmog`imiz shart va zarur.
Katta-Qo`rgon, Norpay, Paxtachi
rayonlaridan ham xayrxohlar, ishimizda faol qatnasha boshlashdi. Ayniqsa
Katta-Qo`rgondan hurmatli olim, tibbiyot fanlari doktori, professor, xirurg,
xirurg bo`lganda ham sobiq SSSRda mashhur xirurgа Hamraqul Hamdamov bizga sezilarli yordam berdi.
Uning yoshi men bilan tengqur edi. U Samarqand tibbiyot institutida katta
xirurgiya kafedrasini boshqarardi. Afsus, bir tasodif, falokat yuz berib, uni
uzoq davom etgan xastalik tushakda qolishga majbur etdi. Jiddiy davolanishlar
yordamida yana u qatorga qaytdi. Ammo uning belidan past qismi normal ishlamay
yurishga ancha qiynaladigan bo`lib qoldi. U endi haqiqiy mayb, invalid edi.
Lekin uning boshi, qo`l va ko`zlari hamishagiday sog`lom edi. Shu sababdan u
kishi shahardan, ya'ni tibbiyot institutidan voz kechib, Katta-Qo`rgon shahriga
o`tgandi. Chunki uning butun qarindosh - urug`lari, yaqinlari
Katta-Qo`rg`ondaа yashashardi. Chunki H.
Hamdamov uchun qarindoshlariga yaqin yashashning har tomonlama qulayligi bordi.
Shuning uchun u Samarqandni tashlab Katta - Qo`rgonga ko`chgandi. Shunga
qaramasdan u Katta - Qo`rgon shahar xastaxonasida jarrohlik vazifasini ham
davom etkazardi. Haftada ikki-uch marta xastalarni jarrohdan o`tkazishda o`zi
qatnashar va shaxsan o`zlari ham jarrohlik qilardilar. Zamonamizning mashhur
olimi, ko`pqirrali bilim sohibi, madaniyatli, go`zal hulqliа kishi edi, H.Hamdamov.
H.Hamdamov ''BIRLIK''ning
Katta-Qo`rgon guruhiga otalik qildi. Yigitlar uni Harakatning rayon Kengashi
raysligiga saylashdilar. Hamroqul akaning oyoqda yurish, jismoniy harakat
tezligi emas, uning boshi bizga etarli edi. Hamroqul
akaning huzurigaа Katta-Qo`rgonga men
ko`p marta bordim. U bilan uzoq suhbatlar qildim. Biz bir-birimizgaа ''do`stim'', deb murojaat etardik.
Munosabatlarimiz chindan ham do`stona, suhbatlarimiz Vatan xususida, uning
ozodligi, mustaqilligi, kelajagi haqida bo`lardi.
1990
yili o`tkazilgan ''BIRLIK'' xalq harakati Samarqand viloyat koferensiyasiga
H.Hamdamov ham qatnashgandi. U odam uchun Samarqandga kelib-ketish nihoyatda
noqulay va katta tashvish edi. Ammo u jumard yigit Samarqandga kelib,
konferensiyaga qanashishni lozim hisobladi va keldi. Fan doktori, mashhur
xirurg H.Hamdamov uchun ''BIRLIK''ning viloyat konferesiyasida o`tirish katta
bir havas yoki obro` emasdi. U bu majlisdan ko`p buyuk xalqaro ilmiy
konferensiyalarda, hashamati jihatidan ''BIRLIK'' konferensiyasidan ancha
tantanali va salobatli viloyat kompartiya konferensiyalarida bir qancha marta
qatnashgan inson edi. Ammo uning milliy shuuri jushib, yoshlarga ibrat
ko`rsatmoq uchunа bu majlisga kelgandi.
Afsus, Hamroqul aka singari odamlarni Respublika bo`ylab axtarmadik, ularning
ko`pchiligini safimizga torta olmadik. Aksincha, safimizdagilarini ham
o`zimizdan cho`chitdik, qochirdik. Masalan, Toshkentda olimlar negadir Po`latov
bilan yaqindan aloqa qilishga toqatlari bo`lmasdi.
Samarqand
qishloq rayoni, Urgutda ham anchagina a'zolarimiz, xayrxoh tashviqotchilarimiz
paydo bo`ldi.а Urgut rayon Jumabozor
qishlog`idaа boshlang`ich tashkilot ham
tuzildi. Jumabozor qishlog`ida ikki mingdan ko`proq aholi yashaydi. Uning
atrofida ham aholi juda g`uch yashashadilar. U qishloqda yakshanba kuni katta
bozor bo`ladi. Eski zamonlarda katta bozor juma kuni bo`lgan. Qishloq nomi ham
shundan kelmoqda. U erda hozirlar qishloqni kengaytirish katta muammoga
aylangan. Undan tashqari u erda 1957 yil ''kolxozlar'' umumlashtirilgandan
buyon hudud, tuproq masalasida janjal davom etub keladi. Endi esa, yosh avlod
o`sib, qishloq kengayishi zaruratga aylangan bir zamonda, buа masala yana murakkab tus olgan.а Keyingi 30-40 yil davomida O`zbekiston sovet
hukymati bu masalani hal etmagan. Masala, Jumabozor qishlog`i tabiiy ravishda
kengayishi kerak bo`lgan er maydonida olma bog`i tashkil etilib, u bog` hech
bir kolxoz yoki boshqa birorta korxona hisobiga kiritilmagan er ustida
ketmoqda. Bu bog`dan yiliga katta hosil olinib, davlat hisobiga daromat
qilinmasligi ham aniqlangan. Ammo bu faktni hukumat darajasida hech tan
olishmaydilar. Jumabozorliklarning ta`kidlashlaricha, ularning qo`llarida bu
faktni isbotlash uchun rad qilib bo`lmas dalillari bor. Ular, bu bog`dan yiliga
yuz minglab olinayotgan daromatа Hakim
Ismailovich Jo`rabekovningа xususiga
o`zlashtirilmoqda, deb tastiqlashadilar. Shunday qilib, jumabozorliklar u
bog`ning xususiy egasi bu Jo`rabekovdir, deyishadi. Qiziq, bu fakt rost bo`lsa,
biz sovet davlati xususiy mulkchilikni tugatdi, hisoblab xato qilar ekanmiz.
Aslida sovet zamonida ham xususiy mulkdorlar bo`lgan ekan. Bu mumay daromat bir
yil emas, eng oz 30-40 yil davomida faqat bir kishiningа cho`ntagiga tushib turgan bo`lsa, uning hech
bir ortiqcha xarajati bo`lmasa? U mulkning hajmini hisob etishni hurmatli
o`quvchiga havola qilamiz. 1988 yilga qadar bunday pulning hajmi va qudratini
ko`rgan kishilar tirikdir, balki. U zamonlar sovetlarning 80-90 tiyini Amerika
bir dollariga teng hisoblanardi. Haqiqatan, shaharlarda "Berezka"
magazinlari bo`lib, ularda sovet rubli 1$=0.8rubl shaklda almashtirilardi. Bu
ma'lumotdan daromatning hajmini tasavvur etish qiyin emas. Undan tashqari, bu
xildagi xo`jalik faqat birgina Urgutda bo`lib, Respublikaning boshqa erlarida
bo`lmagan, deyish go`daklik bo`lardi.
Jumabozorliklardan
bir qator kishilar ''BIRLIK''ka aТzo boТlib kirar ekanlar, ular Harakat
yordamida I.H.Jo`rabekovgaа ham qarshi
kurash ochishmoqchi edilar. Ular, ''BIRLIK''а
shunaqa masalalarni ham o`rtaga qo`yishi va hal etishi kerak, deb
hisoblardilar. Ularda sovet tuzumiga norozilik kayfiyati, tuzumni yangilash,
o`zgartirish singari fikr-mulohaza yo`q edi. Ularning fikricha xastalik
tuzumda, mamlakatdagi qonun-qoidalarning buzuqligida emas, aksincha, ayrim
mansabdor shaxclarning noto`g`ri, nosof ish faoliyatlarida, sovet qonunlariga
rioya qilmasliklarida edi. Jumabozorliklarga xos xususiyatlardan yana biri,
Moskvadami, Toshkentda mi, uning farqi yo`q, ular hukumatning Bosh
rahbarlaridan norozi emasdilar. Ularning falsafasi bo`yicha ''Bosh kotib''
muqaddas, sof shaxs edi. Hamma balo, xastalikning manbai mansabi pastroq
bo`lganlarda edi. Shuning uchun ular qo`llaridagi ''rad qilish mumkin
bo`lmagan, ashyoviy dalillarning'' qudratiga ishonishardi. Bu dalillar Brejnev
yoki Rashidovgacha etib borganda, masala hal bo`lgan bo`lardi, deb juda-juda
inonardilar. Afsus, derdi, ular, biz dalillarni u zotlarga etkaza olmadik. Ammo
ular bu masala nega buncha uzoq, 30-40 yil davomida hal bo`lmagani, nahotki
shuncha zamonlar o`tib, kolxoz-sovzozlar xaritalari necha martalab qayta
tuzilib, u bog` har doim hisobdan chetda qolaverishi mohiyatiga chuqur qaray
olmasdilar. 30-40 yil zamon o`tib, muhim bir ijtimoyi masala hukumatning Bosh
rahbari e'tiboridanа doim chetda
qolaverishi mumkinmi, deb ular o`ylay olmasdi. Aslida, Jumabozorliklarni qiynab
yurgan bu masala ham sovet davlat tuzumining, o`sha ma'muriy - buyruqbozlik
siyosatining qusurlaridan bir ko`rinishi edi. Bu esa, Jumabozorliklarga hali
tushunarli emasdi.а
Biz,
o`z navbatida Jumabozorlik do`stlar materiallari bilan sinchiqlab tanishib
chiqdik. U materiallarni men, o`zim o`rganib chiqdim. Xulosa shu bo`ldiki,
buа mutlaqo tuzumga bog`li masala. Agar
''BIRLIK'' bu xil masalalar bilan alohida-alohida shug`ullana boshlasa, bunaqa
shikoyatlar soni kun sayin emas, soat sayinа
ko`paya veradi. Eng asosiysi, sovet tuzumi mavjud ekan, odamlar qonunlar
tartibi bilan emas, rahbarlarning buyruq va ko`rsatmalariga ko`ra yasharkanlar
bu xil muammolarni to`la, uzil-kesil hal etish mumkin emas. Masalani aynan shu
shaklda Jumabozorliklarga tushuntirishga harakat qildim. Bu jarayon davomida
Jumabozor qishlog`iga bir qancha marta borib keldim. Qishloq aholisi bilan
suhbatlar o`tkazdim. Ish qilib, kishilarni bunday masalalarni tuzumni
o`zgartirish yo`li bilangina hal etish mumkinligiga ishontirishga urindim.
Menimcha, bu tushuntirishlar izsiz qolmadi. Masalan, bundan so`ng
jumabozorliklar bilan birgalikda faol ishlasha boshladik. Jumabozorliklar ''BIRLIK''
maqsadi va dasturi asosida anchagina ishlarni amalga oshrishda bizga yordamchi
bo`ldilar. Birgalashib, O`zbekiston Oliy Soveti deputatligiga nomzod ko`r
satish va saylovlar o`tkazishda ancha harakatlar qildik. Hatto, Jumabozordan
mening nomzodimni deputatlikka ko`rsatish tashabbus guruhi tuzildi. Nomzod ko`r
satish majlisi o`tkazishga bir qator qiyinchiliklar bilan ijozat ham olindi.
Ammo majlisga qonunda ko`rsatilgan 300 saylovchi yig`ish mumkin bo`lmadi.
Chunki mahalliy hukumat, ya'ni rayon kompartiya hokimiyati bu ishga qattiq
qarshi turdi. Masalan, ertaga nomzod ko`rsatish majlisi bo`ladigan kechasi
Urgut rayon mlitsiyasi butun saylovchilar uylariga kirib ularning majlisga
chiqmasliklarini tayinlab chiqishibdilar. Natijada kishilar hukymatdan qo`rqib
majlisga kelishmadilar. Majlisga nihoyat 154 saylovchi yig`ilishdi, xolos.
Darhaqiqat,а o`sha zamonlar kishilar
hukumatdan nihoyatda qo`rqardilar. Chunki fuqaro istisnosiz, kattami, kichikmi,
ishchimi, o`qituvchi, olimmi, amaldor hamma u yoki bu xil ko`rinishda sovet
qonuniga zid faoliyat bilan turmush kechirardi. O`zgacha yashashning iloji ham
yo`qdi, axir. Shuning uchun istagan biror kishini har vaqt militsiya jinoyatchi
hisoblashi hech qiyinchilik tug`dirmasdi. Masalan, biror kolxozchi uyi oldiga bir
g`aram pichan (mollargaа qishliq emish
uchun tayyorlangan dag`al hashak ozuqa ) yig`qan bo`lsa, ''bu pichanni qaerdan
olding, o`g`irlagansan'', deyishlari va kolxochini bemalol qamoqqa olishlari
mumkin edi, u zamonlar. Chunki u kolxozchi bechorada pichan o`stiradigan er
yo`q, axir. Demak, u pichanni kolxoz yoki birorta boshqa sovxoz eridan
''jinoyatkorona'' o`g`irlik yo`li bilan yig`gan, deb hisoblashardilar. Shu
sababdan, saylovchilarning militsiya ogohlantirishidan qo`rqishi tabiiy bir hol
edi. Bu xildagi qo`rqish aholi nazdida ayb yo boshqa bir xil pastkasht
xususiyat hisoblanmasdi. Odamlarda, kolxoz yoki sovxozlarga tegishli ekinlar
ekilmaydigan erlarda bitadigan dag`al xashaklardan yig`ilgan mollar emishlarini
jinoyatkarona, o`g`irlik yo`li bilan yig`dim, degan his mavjud edi. Shuning
uchun ularning uyiga militsiya kelib, ''sen o`g`risan, davlat pichanini
o`g`irlabsan'', deb, ularni haydab ketaversa hech kimsa, hech narsa demasdi,
chunki bu holni ular normal qabul qilishardi. Aksincha, endi ''yig`-yig`''
qilishib, miltsiyaga pora to`plashardi. Militsiya ham ba`zidaа porani qo`lga kiritgandan so`ng
''odamgarchilik'' qilib, u bechora, ''o`g`ri'' kolxozchini bo`shatib yubo
rardi.
Shunday qilib, u zamonlar
hukumatdan qo`rqish, uning militsiyasidan uzoqroq yurishga intilish kishlarning
oddiy kundalik xususiyatiga, xarakteriga, yashash tarziga aylanib qolgandi.
Aynan shu holatni yaxshiroq anglash uchun yana bir voqeani so`zlab o`tish
ma`quldir, deb o`ylayman.
Ma`lumki, 1989 yili SSSR Oliy Sovetiga,
1990 yili O`zbekiston Oliy Sovetigaа xalq
deputatlari saylovlari bo`lib o`tgandi. 1991 yil mart oyida esa, Sovet
Ittifoqini saqlab qolish, ya'ni SSSRning yangi maqomi haqida, Ittifoqdosh
Respublikalar yangi shartnomani imzolashlari haqida umum xalq ovoz berishi
(referendum) o`tkazildi. Bu uchala tadbirda ham "Birlik" o`ziga xos
pozitsiyada turdi. Jumladan, referendumda ham shunday bo`ldi. ''BIRLIK''
Harakat sifatida referundumni baykot etish yoki saylov uchastkalariga
borganlar, saylov blyutenlarida ''yo`q'' so`zini qoldirsinlar, degan taklifni
o`rtaga tashladi va shu fikrniа butun
referendum arafasi davrida tashviq, targ`ib qildi. Chunki referendumga ko`ra
taklif etilayotgan SSSR yangi maqomi ham milliy Respublikalar suverentetini,
ularning milliy va moddiy manfaatlarini markaziy hukumat foydasiga suiiste'mol
qilinayotgan, SSSR yana imperialistik davlat shaklida saqlanib qolinayotgan
edi.
Referendum
munosabati bilan, uning arafasida o`tkazilgan targ`ibot davrida bir voqea sodir
bo`lgandi. O`sha voqeani so`zlab o`tmoqchiman.
Urgut
rayoniga qarashli o`rta maktablardan biriga men, B. Namozov bilan birga
referendumda qanday ovoz berishni targ`ibot va tashviqot qilmoq uchun safarga
bordik. Afsus, maktab va u joylashgan qishloq nomlari yodimdan ko`tarildi.
Maktab rahbariyati bizga hurmat ko`rsatib, o`qituvchilar xonasidan joy ajratib
berishdi. Bizni tinglovchilar boshda faqat maktab o`qituvchilari bo`lishdi.
Biroz so`ngra maktab atrofida yashovchi boshqa kishilar ham suhbatimizga kela
boshlashdi. Suhbat ancha qizidi. Suhbatda asosan men so`zladim. Suhbat uch
soatdan ko`proq vaqt davom etdi. Kech kirib, tashqari qorong`ilashib qoldi.
Maktabda darslar tugab o`qituvchilar uylariga keta boshlashdi. Suhbat so`nggida
bir saylovchi ketmadi va biz bilan yakkama-yakka so`zlashmoq istagini bildirdi.
U odam invalid(mayb), ya'ni Vatan urushi nogironi (invalidi) bo`lib, bir oyogi
yo`q, yontayoqda yurardi. U deyarli butun suhbat davomida meni tinglab o`tirdi.
Men esa, suhbatda referendum haqida, undan ko`zda tutilayotgan maqsadlar
haqida, Sovet Ittifoqi, uning buguni va kelajagi haqida o`z qarashlarimni
so`zladim. O`rtaga qo`yilayotgan bu masala larda ''BIRLIK''ning positsiyasini
ularga tushuntirishga harakat qildim. Xullas, biz bilan alohida suhbat istagan bu
saylovchi o`shanda, ''Domla, siz juda to`g` ri so`zladingiz. Hammasi maТqul. Bizga qolsa sizning
fikringizga to`la qo`shilamiz. Ammo ertaga saylovga borib, siz aytganday
blyutenda ''yo`q''ni qoldirsak, saylovdan so`ng bizni militsiya qamab
qo`yadi-ku, axir. Buni sizlar, yaxshi o`ylamayapsilar, shekilli'', deb kuyinib
so`zladi.
Darhaqiqat, u saylovchiа urush invalidi sifatida, bir qator o`zining
xavfsizligi taТminlangan bo`lishligiga qaramasdan, uning hukumatdan
qo`rqayotganida katta asos bor edi. Bu o`sha sovet zamoni uchun juda tipik bir
hol edi. Chunki Sovet davlatida butun erkinlik, demokratiya, insonning barcha
huquqlariа ''Sovet davlati eng odilona
davlat, u jahonda eng insonparvar davlat, uning bosh rahbari, ya'ni KPSS Bosh
kotibi dunyoda insonlarning eng oliy sifatlisi'', deb barcha fuqaro, butun
matbuot, barcha birday to`ti kabi takrorlashdan iborat edi. Haqiqatan u
zamonlar mamlakatda shunday bir ko`rinish bor ediki, go`yo davlat siyosatini
barcha birday so`zsiz qo`llab-quvvatlayotganday tuyulardi. Chunki ommaviy
matbuot o`z ishini yuqori darajada bajarayotgandi. Mamlakatda matbuot organi
faqat bir g`oyani, bir xil tashviqotni oilb borardi. Kishilarda matbuotga
ishonish ko`nikmasi paydo etilgandi. Masalan, chindan ham fuqaro Sovet Ittifoqi
va sotsialistik lagerga kiruvchi bir necha mamlakatlardan tashqari dunyoning
barcha burchaklarida ochlik, yalang`ochlik hukm surmoqda, kishilar ochlikdan
qirilib ketmoqda, kapitalistik dunyo chiri moqda, shuning uchun ular urushlar
tarafdori, ular urush olovini yoquvchilar, ular faqat qirgin qurollarini ishlab
chiqarmoqdalar, deb ishonadigan bo`lib qolishgandilar. Ular fikrida
kapitalistik dunyoda inson izzat-nafsi, haq-huquqi mislsiz paymol qilinmoqda,
kabi xulosa yaratilgandi. Afsuslar bo`lsinkim,
hammasi teskari, teskari bo`lganda ham qanday, deng, to`lasincha, deametrial
aksi ekan. Biz bechora sovet xalqi, jumladan o`zbeklar, 1948 yilda qabul
etilgan, uning tagida Sovet Ittifoqi imzosi chekilgan ''Butun jahon Inson
Huquqlari deklaratsiyasi'' mavjudligidan xabarsiz ekanligimizni ham bilmas
ekanmiz.
Shunday
qilib, 1989 yil may oyiga qadar, ya'ni Harakatning 1-qurultoyigacha ham bir
muncha tashkiliy ishlar bajardik. Yuqorida ta'kidlaganimiz singari, bir qator
boshlang`ich tashkilotlar tuzdik. SSSR Oliy Sovetiga xalq deputatlari saylash
kompaniyasida qatnashdik. Bu saylovlarda nomzod ko`rsatish yoki deputat
saylashga urinmagan bo`lsak-da, u jarayonda saylovlar o`tkazish ayrim
tartib-qoidalarini o`rgandik. Saylov qonunlari bilan yaxshi tanishib chiqdik.
Nomzodlar ko`rsatish majlislarida, saylov oldi yig`ilish va uchrashuvlarda faol
qatnashishga intildik. Deputatlarga mo`ljallangan nakazlar tuzdik va ularni
deputatlikka nomzodlarga topshir dik. Qisqasi, bu jarayon, ya'ni saylov
jarayoni bizga yaxshi tajriba o`rnini o`tadi.
''BIRLIK''
xalq harakati 1-nchi ta`sis Qurultoyi oldidan Samarqandlik
tashabbuschilarningа amalga oshira bilgan
ishlari asosan shulardan iborat bo`ldi. Qurultoydan so`ngra, biz Samarqand
viloyat konferensiyasini tayyorlash va o`tkazishga jiddiy kirishdik. Samarqand
viloyat "BIRLIK" tashabbuschilari hisoblangan oliy maktab
professor-o`qituvchilari 1989 yili ta'tilga ketishmay, konferensiyaga
tayyorgarlik ishlariga yordam etishdi.
Ish
orasi Respublikada tashkil bo`layotgan ''BIRLIK''ning boshqa tashkilotlari
bilan aloqalarni mustahkamklashni davom ettirib turdik. Masalan, 1989 yil
avgust oyida Andijonа viloyat
konferensiyasi o`tkazildi. Samarqandan biz ikki kishi (men va N. Rajabov) unda
ishtiroq etdik.
Samarqandda
konferemsiya 1989а yilа sentyabr oyining 24-25-ida o`tkazildi. Ammo
ma'lumki, 1989 yil maydan to sentyabrgacha O`zbekiatonda ko`p jahonshumul
voqealar bo`lib o`tdi. ''BIRLIK'' Samarqand viloyat konferensiyasi
tafsilotlarini so`zlashdan oldin o`sha voqealarni biroz tasvirlab o`tmoqchiman.
Ulardan eng muhimi 1989 yil iyun oyi boshida sodir bo`lgan, go`yo o`zbeklar va
turklar (mesxitiya turklari) o`rtasida kelib chiqqan janjalli mojarodir. Shu
sabab, 1989 yil, O`zbekiston tarixiga ''Farg`ona voqealari'' nomi bilan
kiritilsa kerak. Iyun oyi boshlarida Farg`onada sodir bo`lgan, go`yoа o`zbeklar (turklar) va mesxitiya turklari
''o`rtasida jan jal'' voqealariа
o`zbeklar (turklar) tarixida qora dog` bo`lib qoladi. ''Mesxitiya
turklari'', deb atash ham dushmanning ishi. Mesxitiyaning asl tarixiy turkiy
nomi va umu man atamalar masalasida tarixchilar to`g`ri xulosalar chiqarar, deb
umid qilaman. Biz esa, Farg`onada boshlangan ig`voning tafsilotlari to`g`risida
biroz so`z yuritamiz. Birinchidan, u ig`vo to`lasincha KGB tarafidan
tayyorlanganligi aniq. Bunga etarlicha dalillar bor. Ikkinchidan, Farg`ona
voqealari juda uzoq davom etdi. Ular haqida istalgancha foto-vedio materiallar
yig`ilgan. Farg`ona voqealari bir yildan ko`proq vaqt davom etib, turklarning
va islomning bosh dushmani Stalin tomonidan 1944 yilda Mesxitiyadan badarg`a
qilingan qon, din qardoshlarimizni endi ularning ikkinchi vatani O`zbekistondan
1989 yili to`la va batamom badarg`a qilinishi bilan tuga di. Bu noinsoniy
bezorilik va beboshliklarda O`zbekistonning bugungi prezidenti atalmish
I.Karimov bosh jinoyatchilardandir. Chunki u turk qardoshlarimizga qarshi
tashkil etilgan so`nggi ig`voning bevosita tashkilotchisi va haqiqiy
ijrochisidir. Masalan, Karimov Moskva oldida yaltoqlik qilib, markazning
ko`rsatmasini a'lo darajada bajarmoq uchun 1990 yili Toshkent viloyat
Oq-Qo`rg`on rayoni va Respublikaning turklar to`plam yashayotgan boshqa viloyat
va rayonlarida tashkil qilingan, begunoh insonlar qoni to`kilishiga sabab
bo`lgan ig`volar, noo`rin harakatlar rejasi Karimovning bevosita ishtirokida
ishlab chqildi va shaxsan uning qo`li bilan amalga oshirildi. Shunday qilib,
jigarlarimiz, og`a-inilarimizni 1944 yildaа
o`z ona yurtlaridan badarg`a etgan kishiа
butun turklar (o`zbek, qozoq, qirg`iz, ozor, turkmanu-gagavuz,
tataru-uyg`ur, yaqutu-boshqirt, hamma-hamma turklarning) birinchi nomerali bosh
dushmani I.Stalin bo`lgan bo`lsa, 1989 yili esa xuddi shu ishni amal uchun,
mansab uchun, O`zbekistonning birinchi kotibi bo`lmoq uchun aynan takrorlagan
I.Karimov ham turklarning hozirgi zamondagi, bizning zamonimizdagi bosh va
asosiy dushmanidir. Shuni ta'kidlash kerakki, I. Karimov bolsheviklar, leninchi
bolshovoylar ''milliy siyosati''ning amaldagi niqobi sifatida O`zbekiston
hukumatida bosh ro`lga keltirildi.
Rus
imperializmi va undan so`ng leninchi bolshovoylarning O`rta Osiyodagiа ''milliy siyosati'', o`lkadagi aholining
asosiy qismini tashkil etgan katta millat o`zbek (turklar)ga qarshi qaratilgan
dushmanlik va yovuzlikdan iborat edi. Bu fikrniа
bir muncha aydinlashtirishga harakatа
qilaman.
XIX asr
ikkinchi yarimida O`rta Osiyo (O`rta Osiyo atamasi ham Turkiston so`zini
ishlatmaslik maqsadida istilochilar tomonidan iste'molga kiritilgan) istilo
etilgandan keyin bu tuproqda gubernatorlikа
boshqaruvi e'lon qilinib, davlat hokimiyati Petrograddan tayinlangan
gayridin, rus kishisining qo`lida bo`ldi. Mahalliy hokimiyatning eng pastki
qismida, masalan, qishloqda ba'zan erli, ammo shuuri past, irodasi bo`sh
kishilardan ham foydalanishdi. Ammo ularning asosiy vazifalari esa, rus guberna
tori uchun aholi orasida josuslik qilishdan iborat edi. Istilochilar davrida
milliy siyosat va milliy ta'lim-tarbiya, maorif ishlari butunlay boshqa asosga
quruldi. Bu siyosat da erli aholini deyarli savod chiqarmagan holda, faqat
jismoniy mehnatga yararli shaklda o`stirsh asosiy maqsad etib olindi. Bu yovuz
maqsadni amalga oshirish uchun milliy ta'lim-tarbiya usullarini, maktablarni
to`la ruslashtirish, aholini o`z tarixi, ilm va bilim asosini tashkil etgan o`z
milliy alfavitidan mahrum etish ishlari hech bir og`ishlarga yo`l qo`yilmay,
izchil, asta-sekin olib borildi. Millat ichidagi josuslar, ba'zi irodasi bo`sh
sotqinlar ruslashtirilgan maktablargaа
jalb etilib, ularga juda keng iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlar yaratib
qo`yildi. Shu yo`l bilan ruslashtirilgan, islom axloqi o`rgatilmaydigan
maktablarga aholini, yoshlarni ko`proq jalb etish yo`lga qo`yildi. Sistemali
ravishda talantli, milliy iroda va shuuri baland millat vakillari jismoniy
tugatilib turildi. Turkiston yurtining asosiy aholisi bo`lgan turklar uchun,
turk asllilar uchun alohida siyosat usullari ishlab chiqildi va ular orasida bu
usul ustalik bilan qo`llanildi.
Turkiston
istilo etilgan zamonda, hatto 1917 yil Oktyabr davlat to`ntarishi arafasida ham
uning ilmiy, tijoriy markazlarida (ya'ni shaharlarda) va qishloq xo`jalik,
dehqonchilik rivojlangan havzalarida istiqamot qiluvchi aholining mutloq
ko`pchiligi (sovetlar davrida ''o`zbeklar'', deb atala boshlangan) turklardan
iborat edi. Mus tamlakachilik siyosatining butun og`irligi va zahmatlari ham
shu xalq ustiga, uning zimmasiga yuklatildi. Ilmdan, madaniyatdan ajratib,
ularni ikkinchi sort (2-tur) odam larga, kimligini bilmas qullarga aylantirish
siyosati faqat ana shu turklar uchun ishlab chiqildi va uzoq bir zamon bu
siyosat amalda bo`ldi..
Istilochilar
o`lkadagi turklardan tashqari mayda va oz sonli aholidan sotqinlar sifatida
foydalanishdilar. Masalan, istilochi ruslar Samarqandni ishg`ol etishda
shaharda yashovchi mayda millat (hozir ularni tojiklar, deb yuritishadi) vakili
sotqinligidan foydalanishganlar. U sotqinning ismi tarixga ma'lum, uni
Kamolliddin xo`ja, ataydilar.
Rus imperiyasining ''oliy
maqsadlaridan'' biri Turkistonda turklarni to`la tugatish va batamom bitirish
edi. Ular Turkistonning ismini ham, jismini ham yo`qotmoqchi edilar. Shuning
uchun bu tuproqda, bu tuproqning chin sohiblari o`rnida boshqa bir chatish,
duragay millat, istilochilarga to`la tobe guruh tiklamoqchi bo`lgandilar. Ular
Samarqandni qo`lga olgan hamon, uni bosqinchilarga sotgan sotqinning avlodi
asosida bunday chatish guruhni yaratishga kirishdilar. Shu sababdan sotqinlar
uchun ma'lum darajada iqtisodiy va siyosiy vakolatlar yaratildi.а Chunki turklar tugatilib, ularning o`rnida,
madaniy saviyasi past, tarixiа yo`q,
aslining tayini bo`lmagan aholi guruhi yaratilgan zamonа metropoliya uchun hech qanday xavfа tug`ilmaydi, deb xulosa etishgandilar.а
Shunday qilib, bu mamlakatda,
Turkiston yurtida sotqin, alchoqlarga yo`l ochish o`sha ruslar istilosining
ibtidosidan boshlangan buyuk bir qusurdir. Eng achinarli joyi shundaki, mana
shu bosqinchi siyosatining natijalariga xalq ommasi bugun ko`nikma hosil
qilgan.
Chor istilochilari o`z
imperialistik rejalarini to`liq amalga oshirib ulgurmasdan hokimiyatgaа leninchi bolshovoylar keldi. Bular milliy siyosatda
misli ko`rilmagan yovuz usullar ishlatishdilar. Imperator uddalay olmagan ishni
ular amalga oshirdi, ya'ni bir butun buyuk o`lkani, Turkistonni bo`laklab
tashladi. Ular Turkiston tuprog`ida beshta ''millat'' va beshta ''davlat''
yasashdi. Sotqinlik va alchoqlikni tarix ko`rmagan va bilmagan darajada
rag`batlantirdi, uni avj oldirdi. Millatning ilg`or qismini da vomli jismoniy
tugatib borish maqsadida, ''bosmachilarga qarshi kurash va ularni tugatish'',
''quloqlarni sinf sifatida tugatish'', ''xalq dushmanlariga qarshi kurash'',
''nemis - fashistlariga qarshi Vatan urushi'' va nihoyatа ''paxta ishi'' kabi ig`volar o`ylab
chiqarilib,а to`qilibа turildi.
Bu o`yinlarning har biridaа Turkiston bo`ylab minglab-millionlab faqat
o`zbeklar (turklar) qirib tashlandi. Ayniqsa, har safar ularning ko`zga
ko`ringan olimlari, ziyoli lari, harbiy qumondonlari saralab yo`qotilardi.
Oqibatda, Respublika haqiqiy alchoqlar, sotqin, madaniy va ma'naviy saviyasi
past, kelib chiqishining tayini yo`q kishilar ''rahnomaligida'', ularning
''yo`l boshchiligida'' qoldirildi. Bu sotqin ''rahbarchalar'' hech bir zamon,
biror sohada mustaqil fikr yoki ish yuritmadi va ular biror xil ishа yurita olish ilm-farosat va shuurga ega ham
emas edilar. Masalan, O`zbekistonga (umuman Turk respublikalarining barchasida
ham shunday bo`ldi) bosh rahbar likka alchoq, laganbardor, sotqin shaxs
tanlanishi va tayinlanishi bilan bir qatorda, uning asli, milliy kelib chiqishi
turk (o`zbek) bo`lmasligigaа sovet
davrida alohida e'ti bor berildi. O`zbekistonga rahbar tanlash uzoq davomli bir
jarayon edi. Hatto u bo`lajak ''rahbar'' qaerdadir, qandaydir usullar bilan
maxsus tayyorgarlikdan o`tgan bo`lardi. O`zbekiston ''rahbari'' tayyorlanadigan
maktabni faqat KPSS Siyosiy buyurosi va KGB bilardi, xolos. Bir asrga yaqin
sovet davri davomida asliа kelib chi
qishi, tarixan ildizi turk bo`lgan shaxs O`zbekistonda Bosh mansabga,
O`zbekiston Kompartiyasi (KP) Markaziy Komiteti (MK) 1-kotibligi mansabiga
tayinlanmadi. Bu fikrni asoslab dalil keltira boshlansa ancha ko`p joy oladi.
Undan tashqari isboti o`z-o`zidan ko`rinib va bilinib turgan voqealarni takror
isbotlab o`tirishga hojat bormi? Qiziqqan kishilar O`zSSR KP MK Birinchi
kotiblari tarjimai hollarini ozgina sinchiklab o`rganishsa etarlidir. Ularning
barchasi sotqin, kelib chiqishi betayin, biri tojik, biri lo`li, boshqasi
qulmi, yana kimdir?! Ularda yana bir muhim hol kuzatiladi, ya'ni Sh.
Rashidovdan boshqa ularning barchasidaа
xotinlari ham mahalliy millat qizlaridan emaslar. Xuddu shuningdek I.
Karimov ham, birinchidan, uning asli o`zbek emas. Hatto Karimovga turk-o`zbek
urug`larining birortasining qoni ham qo`shilmagan. Islom Karimov, bundan
ikki-uch asr mukaddam o`tiroqlashgan lo`lilar (mazangi-tavoqtarashlar)dandir.
I.Karimovning ota tarafidan urug`lari, unga juda yaqin qarindoshlari Samarqand
viloyat, Oq-Daryo rayoni Dahbetа sovxozi,
Dahbet qishlog`iga yaqin erlashgan lo`lilar qishlog`ida yashashadilar. Ammo
Kari mov bu faktni butun imkoniyatlari bilan xalqdan yashirib keladi.
Ikkinchidan, Karimovning xotini ham mahalliy millat qizi emas. I.Karimov
haqiqatan Samarqandda tug`ilgan. Ammo el orasida maxsus tarqatilgan va
tarqatilayotgan ''I. Karimov detdomist (etimxonada o`sgan deyilmoqchi)'' kabi
mish-mishlarda zarracha asos yo`q. Uning otasiа
umrining so`ngiga qadar ''Zagot kontora'' direktori vazifasida ishlagan.
Karimov otasining oilasi o`z zamonida hech narsaga muhtoj bo`lmay yashashgan.
Chunki sovet ''Zagotkontora''lari sovet kishilariga juda yaxshi maТlumki, u
tashkilot rahbarining bolasi ''detdomist'' bo`lmaydi. Chunki
"Zagotkontora" mudiri hech zamon moddiy muhtoj kishi bo`lmagan.
Men I.Karimovning kelib chiqishi
haqida yozarkanman, uni lo`lilardan, deb hisoblar ekanman, u shaxs sifatida
(lo`li bo`lgani uchun) O`zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi qilib tayinlanishga
haqli emas edi, demoqchi emasman. Unday fikrdan mutlaqo uzoqman. Hatto uning
hozirgi mustaqil O`zbekiston Respublikasiga Prezident bo`lib saylanishiga ham
eТtiroz bildirishga haqim yo`q. Chunki ixtiyoriy bir demokratik rejimdagi mamlakatda,
uning har bir fuqarosi, millati, uning terisi ranggi, diniy eТtiqotidan qatТi
nazarа bab-baravar haq-huquq va
imkoniytalarga ega bo`lmoqlari shart. Bu erda, masala birinchidan, sovet
davrida o`tkazilgan yovuz siyosat haqida, u davrda alchoqlikni, laganbardorlikni,
millatga dushmanlikni rivojlantirish siyosati haqida ketmoqda. Ikkinchidan,
I.Karimovning O`zbekiston Prezidenti vazifasida o`tirib o`tkazayotgan siyosati
haqida va o`z asli kelib chiqishini ommadan yashirayotgani haqida ketmoqda. Shu
kunlarda O`zbekistonda I.Karimov o`tkazayotgan yovuz siyosatni, millatga bu
qadar dushmanlikni, zulmni rus istilochilari, hatto qonxo`r kommunistlar ham
o`tkaza olmagandilar.ааааа
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 1989
yili, Sovet Ittifoqining barcha burchaklarida alg`ov-dalg`ov boshlangan, Baltiq
bo`yi Respublikalari SSSR tarkibidan chiqib ketayotgan, ikki qondosh, dindosh,
qardosh urug`ni maxsus pichoqlashtirishga erishgan bir davrda O`zbekistonday
bir Respublikaga, Turkistonning tarixiy markaziga, turklar tarixining
uchog`igaа o`zbekni-asli turkni KPSS MK
(istilochi ruslar) tomonidan bosh rahbar qilib qo`yilishiga ishonib bo`ladimi?
Bunday bo`lishiga ishonish, hatto buning mumkinligiga ozroq umid qilish hech
narsadan mutlaqo xabarsizlik, go`daklik bo`lardi. Ammo o`sha zamon baТzilar I.
Karimovni o`zbek, demokrat, deb qabul qilishdi. I. Karimov shaxsiga munosabatda
ham Abdurahim Po`latov siyosatda go`dakligini ko`rsatgandi. Chunki A.Po`latov
va boshqa bir qator "Birlik"-chilar 1989 yili OТzbekistonga keltirilgan1-Kotibni
juda iliq va demokrat qabul qilishgandilar.
8.1.3 ''BIRLIK''ning I-TA`SISа QURULTOYIа
HAQIDA.
1989
yil 28 may kuni Toshkentda ''BIRLIK''xalq harakati birinchi Qurultoyi
chaqirildi. Qurultoyga Samarqanddan 15 kishi delegat bo`lib qatnashdi. Hozir
ularning 15-tasining ham ism-shariflarini birma-bir keltira olmayman. Shuning
uchun bu erda ularning bir nechasining ismlarini keltiraman. Samarqandlik
delegatlar ichida Yo`lyaxshiev Aliboy, Muradov Sulay mon, Namozov Borot,
Rajabov Norjigit, Umurzaqov Abdumalik, Elmurodov Isrofillar borligini aniq
eslayman.
Qurultoy
juda ko`tarinki ruhda boshlandi va shunday ruhda davom etdi, aynan shunday
ruhda tantanali yopildi. Qurultoy majlislari Toshkent shahar, Pushkin ko`chasi,
1-binoda, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi majlislar zalida o`tkazildi.
Qurultoyga oid barcha tafsilotlarni ikir-chikiriga qadar birma-bir eslash va
barcha holatlarni aynan takrorlash juda qiyin, albatta. Men maskur bayonni,
oyma-oy hisoblaganda Qurultoydan roppa-rosa to`qqiz yilu, sakkiz oy so`ng (1999
yil fevral oyida) yozmoqdaman. Qurultoyga taalluqli asosiy va muhim holatlar, u
erda qabul qilingan qarorlar, tashkiliy masala va bashqa xil nozik
tafsilotlarni yaxshi xotirlay man. Shuning uchun Qurultoyning o`sha yoddan
chiqmas tafsilotlarini bayon etishga harakat qilaman.
Hammasidan
avval, Qurultoy delegatlari tarkibi va ularning saviyasi haqida
so`zlamoqchiman. Delegatlar, o`z unvon va ilmiy darajalari jihatidan o`sha
zamonlar O`zbekistonda o`tkaziladigan va o`tkazilishi mumkin bo`lgan majlislarning
istagan biridan kam emacdi. Qurultoyga delegat sifatida taniqli akademiklar,
fan doktorlari, professorlar, Respublikada xizmat ko`rsatgan o`qituvchilar,
institut va universitetlarning faol-a'lochi studentlari, maktablarning yuqori
sinf o`quvchilari qatnashmoqda edilar. ааааааааааа
Qisqasi,
delegatlar har tomonlama O`zbekiston aholisining ilg`or va faol qismi
vakillaridan tashkil topgandilar. Qurultoyning ana shu tarafi eng avval ochiq
ko`zga tashlanib turardi. Ikkinchi tarafdan, o`sha zamonlar uchun katta
qiziqish tug`dirdirishi mumkin bo`lgan tasodif ham e'tiborni o`ziga tortardi.
Qarang, Moskvada SSSR xalq deputatlari 1-Qurultoyi davom etib turgan bir vaqtda
Toshkentda ''BIRLIK'' 1- Qurultoy o`tkazmoqda. Bu hol, delegatlar uchun ham,
Respublika aholisi uchun ham qiziq bir qiyosiy holat edi. O`sha zamonlarda
bunday hollar kishilarni qiziqtirmay qolmasdi. Taqdirni qarang, 1989 yilda
1-qurultoylarini o`tkazishganа
''BIRLIK''а ham, SSSR xalq
deputatlari ham ko`p o`tmay bo`linib va tarqab ketdilar. Masalan, ''BIRLIK''
o`sha yili kuzidayoq bo`linib qolgan bo`lsa, SSSR xalq deputatlari undan ikki
yil soТngra butunlay tarqab ketdilar. Uchinchi mening yodimda saqlanib qolgan
taassurot, tashkilotning ''BIRLIK'' xalq harakati, deb tantanali e'lon etilishi
edi. Bu tarixiy bayonotni Qurultoy minbaridan texnika fanlari doktori,
professor Olim Karimov e'lon etgan edi. Ammo Qurultoy qarori bo`yicha Harakat
avvalgi ''O`zbekiston tabiati, moddiy va madaniy boyliklarini himoya qilish
''Birlik'' harakati '' nomini saqlab qolmog`i kerak edi. ''Xalq harakati''
jumlasi qavs ichida ''shaxsiy'' foydalanish uchun yoziladigan bo`lgandi. Chunki
bizda, O`zbekistonda xalq harakati (jafha, front ) tuzishga kishilar hali erkin
botina olmayotgandilar.
Nihoyat,
yodda qolgan eng muhim tafsilot bu Qurultoyda o`tkazilgan tashkiliy masaladir.
1-Qurultoyda qabul qilingan Harakat Nizomida yakka Rais saylash tartibi qabul
etilgandi. Shuning uchun qancha nomzod ko`rsatilmasin faqat ularning birigina
saylanmog`i lozim edi.
74
yildan ko`proq sovet davri tarixida bunday ochiq, erkin majlis ilk bor
o`tkazilmoqda. Shuning uchun bo`lsa kerak, delegatlar o`zlarini juda erkin
tutishar, kimni lozim ko`rishsa o`shaning nomzodini Raislikka
ko`rsatishardilar. Shunday qilib, ''BIRLIK''а
xalq harakati Markaziy Kengashi Raisligiga nomzod etib bir qator
do`stlarа ko`rsatildi. Ularning orasida
taniqli shoir Erkin Vohid, yosh shoirlardan Muhammad Solih, Usmon Azim, texnika
fanlari doktori Abdurahim Po`latov va boshqalar bor edi. A. Po`latovdan
tashqari barcha nomzodlar o`z nomzodlarini turli xil sabablar bilan qaytarib
olishdilar. Jumladan M. Solih ham A. Po`latov nomzodini qo`llab, o`z nomzodini
ro`yxatdan chiqarishlarini so`radi.
Xullas,
Qurultoy Abdurahim Po`latovni ko`tarinki ruhda ''BIRLIK'' xalq harakati Markaziy
Kengashi raisi etib sayladi. Bu ham yodda qolar bir tantanali tarixiy moment
edi. Qurultoy 150 kishilik ''BIRLIK'' xalq harakati Markaziy Kengashi (MK)
a'zolarini ham sayladi.а ''BIRLIK'' MK
Raisligiga nomzodlarning barchasiа MK
a'zolari etib saylanishdi, jumladan E.Vahidov va Muhammad Solih ham MK a'zolari
bo`ldilar. Samarqandliklardan 12 kishi MK a'zoligiga saylandilar. Jumladan men
ham ular qatorida MK-ga saylandim.
Qurultoyda
bo`lib o`tgan boshqa tarix uchun uncha ahamiyati bo`lmagan ikir-chikir holatlar
haqida yozishga hojat yo`q. Ammo delegatlarning biri so`zlagan nutq ham meni
o`sha zamon juda katta ruhlandirgan edi. U nutq shoir Erkin Vahidov nutqi edi.
Sevimli (o`sha zamon uchun) o`zbek shoiri Gurujiston paytaxti Tibilisida qon
to`kilishiga qarshiа bir she'r o`qib
bergandi. She'r uncha uzun emasdi. She'rda ''Tiflisida qon to`kkan kommunist
bo`lsa men kompartiya biletimni otganim bo`lsin'' deyilardi. Chindan ham hali
1989 yillari bunday she'r yozish, bunday qadam mardlik va jasurlik sanalardi.
O`shanda E. Vahidov menga dunyoda eng jasur kishi tuyulgandi. Afsuski, ko`p
o`tmay bu ''jasur'' shoir qo`rqoqlikning ham misli ko`rilmagan namunasini
namoyish qildi. Natijada kishilarda shoirlar barchasi E. Vahidovga o`xshash
bo`lsalar, ular siyosatga yaqin kelmasin, degan fikr paydo bo`ldi. E. Vahidov
O`zbekiston Oliy Soveti deputati bo`lib qolgach, uni Oliy Sovet ''Oshkoralik''
komissiyasiga rais etdilar. Ana shunday muhim komissiyaning raisi hali sovetlar
davrida ''kompartiya biletini otishni istagan'' "jasur" shoir E.
Vahidovа oshkoralik haqida biror og`iz
so`zlashga, matbuotda birorta zig`irdek maqolani ochiq yozishga jur'at qila
olmasa, nima deysiz?! Hatto O`zbekiston xalq deputati, ''Oshkoralik''
komissiyasining raisini ko`chada duppaslab ketishganda ham Oliy Sovet Kengashi
majlisida bir og`iz so`z ayta olmagan shoirni kim, desa bo`ladi?! Ha,
''BIRLIK'' tarixida, Harakatga tasodifan kirib qolgan E.Vahidovlar anchagina
uchradi. Tarix ko`rsatdiki, bu xil ''BIRLIK''chilar faqat oddiy a'zolar orasida
emas, balki Harakatning rahbarligiga saylangan "birodarlarimiz" ham
''jasur''likda ulardan uzoq emas ekanlar. Bu ma'noda, ''jasur''lik ma'nosida
''BIRLIK'' rahbarlari ham E. Vahidovlardan qolishmasliklarini ko`rsatdilar.
Ularning ''jasurlik'' va ''g`oyaviy'' izchilliklari haqida o`rni kelgan
joydaа so`zlab o`tamiz.
Shu
bilan Qurultoy baland ruhda tantanali yopildi. Delegatlar uy-uylariga tarqab
ketishdi. Biz Samarqandliklar, Toshkentlik "BIRLIK"chi birodarlar
bilan ilk dafa ana shu qurultoyda tanishdik. Qurultoydan so`ngra markaz bilan
aloqalarimiz ancha durust yo`lga qo`yildi. Biz MK yig`ilishlariga sistemali
qatnashadigan bo`ldik. Endi Toshkentdan varaqa, gazeta va ko`rgazmalarniа davomli va sistemali oladigan bo`ldik.а
ааааааааааа
I. Karimovning "BIRLIK" bilan
uchrashuvi.
I.Karimov
endigina OТzbekistonga 1-kotib qilib tayinlangan vaqt edi. Hali I. Karimov
''Birlik'' vakillari bilan uchrashmagandi. Ammo I.Karimov O`zbekiston KP MK
1-kotibi qilib tayinlangandan keyinoq darhol SSSR xalq deputatlari qurultoyida dabdabali
nutq so`zlab ulgurgandi. Darhaqiqat, Karimovning o`sha nutqi tashqaridan
qaralganda o`z zamonasi uchun katta kashfiyot, jasoratga oТxshab ketardi. Ammo
u nutq maxsus rejani ko`zda tutib, KPSS Markaziy komitetida tayyorlanganligini,
uning Siyosiy buyuroga qadar taqalib kelgan O`zbekistondagi ''paxta ishi''ni
ortiq davom ettirmaslik, bu ishni to`xtatishga tayyorgarlik qadami shaklida
amalga oshiril ganligini ko`pchilik tushunmasdi. Nutq O`zbekistonda emas,
Moskvada tayyorlanganligini biluvchilar esa, bu haqida so`zlay olmasdilar.
Afsuski, ko`pchilik qatori Toshkentlik ''Birlik''chilar, jumladan Harakat
Markaziy Kengashi Raisi A. Po`latov ham bu chalg`ituvchi nutqdan mamnun, balki
sehrlangan edi. Men o`shanda bir yumush bilan Toshkentga tushgandim. Shu
sababdan yozuvchilar uyushmasida A. Po`latov bilan uchrashish imkonim bo`ldi.
Men A. Po`latovga I.Karimov haqida ikki og`iz xarakteristika berdim. U
xarakteristika, ''Adurahim, silar, Karimovni juda iliq qabul etdinglar. U
Samarqandlik, men Samarqandliklarni yaxshi bilaman. Bu odamdan ehtiyot bo`lish
kerak'', degan mazmunda bo`ldi. U esa, menga ''Aliboy aka, nima deyapsiz,
Qashqar Daryoda 1-kotib bo`lib ishlagan, Qarshiliklar, aytishayapti, Karimov
demokrat odammish. Oliy Covet Qurultoyidagi so`zini ham qarang''- deb javob
qildi. Men esa, unga bu yangi 1-kotibning asl basharasi, biroz so`ngroq
ochlilishi haqida so`zlagan bo`ldim.
Xullas, Rais mening so`zlarimni
eТtiborsiz qoldirdi. Keyinroq bilsam, I.Karimov Harakatning rahbariyati bilan
uchrashish niyatini tarqatgan ekan. Jumladan A. Po`latov yaqin kunlarda I.
Karimov bilan uchrashuvga hozirlanayotgan va undan marhamatlar, balki sadaqalar
umida yurilgan bir vaqtda men unga I. Karimovdan uzoqroq bo`lish kerak, debman.
Ayni zamonda, A. Po`latov, o`zi bilan chiqisha olmay ''BIRLIK''dan chiqib,
yangi partiya tuzgan M.Solihni vaqtinchalikа
I. Karimov ''hurmatiga'' sazovor bo`lgani uchun hamon sotqin hisoblaydi.
O`sha zamonlar I. Karimov ''BIRLIK''chilarni qabul qilishni anchagina targ`ib
qildirdi. Ammoа 1-sekretar ''BIRLIK''
nomidan vakillar guruhi yoki Harakatningа
Raisi A. Po`latovni emas, M. Solihning yakka o`zini qabul qildi. Ana shu
voqeadan buyon A. Po`latov tinmasdan og`zidan va qo`lidan kelgancha M. Solihni
sotqin, deb keladi. O`sha qabul tarixini bilganimcha tahlil va taТriflashga
harakat qilaman.
Darhaqiqat, O`zbekiston KP MK yangi
1-kotibi ''BIRLIK'' vakillari bilan uchrashuv e'lon etib, oqibatda Harakatning
Raisi yoki uning vakillari bilan emas, "BIRLIK" Markaziy Kengashi
a'zolaridan biri shoir M. Solih bilan uchrashuv tashkil etdi. Bu bizga, yaТni УBirlikФchilarga
nisbatan har tomonlama ig`vo edi, albatta. Bu ig`voda I. Karimov nimani ko`zda
tutgan, uning asl maqsadi nima edi, unga bunday qilishni kim maslahat berdi? Bu
savollarga aynan javob topish murakkab. Ammo uni mantiqan tahlil qilsa bo`ladi,
albatta. Masalaga oddiyroq qarolsa (balki to`g`risi ham shudir), ''BIRLIK''
rasmiy tashkilot emas, O`zbekiston KP MK esa, harakatdagi rasmiy hukumat,
hokimiyat. Bordi-yu KP MK 1-kotibi ''BIRLIK'' raisi bilan uchrashib, uni rais
sifatida qabul etsa, ''BIRLIK'ning norasmiyligi de-fakto bo`lib qoladi. Uchrashuvgacha
yoki undan so`ngra darhol Harakatni rasmiylashtirish zarur bo`ladi. Moskva,
chunonchi O`zbekiston hukumati esa, bunga hali tayyor emas. Demak, KP MK
1-kotibi ''BIRLIK'' raisi A. Po`latovni qabul qila olmaydi, u bilan rasmiy
uchrashuv o`tkaza olmaydi. Ammo o`sha vaqtdagi vaziyat SSSRа Markaziy huku matidan va uning ko`rsatmasiga
muvofiq O`zbekiston bosh rahbaridan ''Birlik''а
tashkilotini e'tiborsiz qoldirmaslik va uni tuzgan insonlar bilan
uchrashish zarurligini talab etardi. Boshqa narafdan esa, milliy uyg`onish
g`oyasidagi bu tashkilot Moskvaga mutlaqo kerak emasdi, bu ortiqcha tashvish
edi, undan tezda va batamom qutulish ham zarur edi. O`zbekistonga endigina
1-kotib qilib tayinlangan I. Karimov uchun ham kommunistik rasmiy hukumatga
parallel xalq hukumati juda noqulay liklar keltirib chiqarishi ko`rinib turgan
bir hol edi. Shuning uchun I. Karimov oldidaа
''BIRLIK''chilar bilan uchrashish, bu birinchi, bunda Moskva
ko`rsatmalarini o`rniga qo`yib bajarish, bu ikki, nihoyat O`zbekistonda Karimov
yakka hokimiyatini mustahkamlash, bu uch, kabiа
mutlaqo bir-biriga teskari manfaatlar turardi. Ular ni bir joyda, mushtarak
masalalar shakliga keltirshа juda ham
engil va jo`nа bo`lmagan uchta marakkab
masala аedi. Bu muammolarni echishda
Karimov yakka emasdi, albatta. Juda ko`p imkoniyatlari mavjud, katta tajribaga
egaа Sovet KGB tashkilotidek uning
yordamchisi va maslahatchisi bor edi. Bu hamma narsaga qodir tashkilot
masalaning echimini topdi. O`zbekiston KP KM yangi 1-kotibiа ''BIRLIK'' vakili sifatida, uning Markaziy
Kengashi a'zosi, qolaversa Harakatni tashkil etuvchilarning asosiylaridan biri,
yoshlar va ziyolilar orasida taniqli shoir Muhammad Solihni qabul qiladigan
bo`lindi. Qarang, bu qabulni har tarafdan kuzatmang, u maqsadga, ayniqsa
hukumat maqsadiga juda mos. Birinchidan, rasmiy qabul, Respublikada taniqli,
zamonaviy yoshlar orasida ancha mashhur shoir bilan Respublika Bosh rahbari
uchrashuv o`tkazmoqda. Uchrashuv to`la rasmiy, qoidalar joyida, ''BIRLIK''ning
maqomi haqida so`z ham yo`q. Ikkinchidan, M. Solih ''BIRLIK'' hara katidaа ko`zga ko`ringan shaxs, Harakat Markaziy
Kengashi, uning Hay'ati a'zosi, Harakatni tashkil etgan tashabbuskorlarning
sardori, etarli darajada ''BIRLIK'' harakati nomidan vakolatli bir vakil bilan
uchrashilmoqda.а Istalgan joyda,
''BIRLIK'' vakillari yoki vakili bilan uchrashdim, deyishga arziydi. Uchrashuv
mavzusi ham Moskvada yaxshilab ishlab chiqilgan, albatta. Bizga u mavzu noma'lum,
u faqat KGB,а I. Karimov va M.Solihlarga
aniq. Zamon kelib, u tarixiy uchrashuv mavzu va uning mazmunini M. Solih to`la
va xolis bayon etar. Uni tarix ko`rsatadi. Har holda KGB tarafidan tayyorlangan
programma bilan ish yuritgan O`zbekiston KP MK 1-kotibi uchrashuvga ''BIRLIK''
harakatini rivojlatirishni maqsad qilib olmagani ham aniq. Uchrashuvda M.
Solihning oldiga uni chalg`ituvchi, sehrlovchi,а
tashqi ko`ri nishdan ''BIRLIK'' manfaatiga qaratilgan, aslida uning
ichiga uzoq ta'sir etuvchiа ''zahar''
to`ldirilgan bir qator takliflar qo`yilgan bo`lishi ham tabiiydir.
OТsha vaqt nima bo`lsa, bo`ldi,
uchrashuv tashkil etildi. To`g`ri, agar uchrashuv ''BIRLIK''chilar bilan
o`tkazildi, deyilsa, u yolg`on, Harakatning bitta vakilini qabul qilish, uning
vakillari bilan uchrashuv bo`lolmaydi. Ammo hech kim hali rasmiy ravishda
''BIRLIK'' bilan uchrashildi, deyotgani ham yo`qda. Demak, ''BIRLIK'' bu holga
qanday qaramog`i va qanaqa baho bermog`i lozim edi? Bu savolga javob haqida
jiddiy fikr-mulohaza yuritilgandan so`nggina mantiqli bir xulosaga kelish
mumkin edi. Bu haqda Harakatning MK va uning Hay'ati jiddiy o`ylamog`i,
vahimalarga berilmasligi, asoslimi, yo`qmi har xil mish-mishlar tarqalishiga
yo`l qo`ymaslik lozim edi. Uchrashuv voqeasini ''BIRLIK''-ning zarariga emas,
aksincha uning foydasiga boshqarish usullarini izlab topmoq shart edi. Undan,
siyosiy yutuq yaratmoq lozim edi. Uning o`rniga nima bo`ldi? O`rtaga hasad
chiqdi, ya'ni A. Po`latov 1-kotib nega meni emas, M. Solihni qabul qiladi, deb
unga hasad qila boshladi. Yuqori da ko`rsatganimiz kabi, Kompartiyaning
Respublika 1-kotibi norasmiy tashkilot rahbarini rasmiy ravishda qabul qila
olmasdi, axir. Siyosat bilan shugТullanmoqchi bo`lgan shavvoz buni tushunmog`i
lozim emasmidi? Muhim siyosiy xulosalar chiqarish, bu ishga M. Solihning o`zini
faol jalb qilish, hukumatga orada hech narsa bo`lmaganday ko`rsatish, Harakat
va uning rahbariyatini yanada jips tutishа
kerakmasmidi? Yo`q, bunday to`g`ri va juda zarur siyosiy xulosa
chiqarish o`rnigaа A.Po`latovа o`z hasadiga chiday olmay, darholа M. Solihni sotqin e'lon qildi. M. Solih ham
siyosiy xomlik qilib, unga tumshuq qildi. Aslida, A. Po`latov qilmagan, qila
olmagan fikr mulohazalarni M. Solih qilsa ham bo`lardi va Harakatning rivoji
uchun zarur bo`lgan siyosiy xulosalar qilmog`i shart edi. Afsus, unday aqlli
qadam qo`yilmadi,а u zamonlar.
Oqibatda,а voqealar KGB foydasiga ular
rejalashtirishganidan ham go`zalliroq va tezroq bir shaklda rivojlandi.аааааааааааааааааааа