Бундан
олдинги қисмини
ўқиш учун шу
ерга босинг! Davomi:
8.1.4. ''BIRLIK'' xalq harakati ikkinchi navbatdan
tashqari qurultoyi.
а8.1.4.1. Qurultoy oldi voqealari.аааааааааааааааааааааааа ааа
1989
yili kuz oylari O`zbekiston KP MK 1-kotibi I. Karimovа ''BIRLIK'' Markaziy Kengashi (MK) a'zosi M.
Solihni qabul qilgandan bir muncha vaqt so`ngа
''O`zbekiston adabiyoti va san'ati'' vaа
''Yosh Leninchi'' gazetalari ''BIRLIK'' xalq harakati Nizomini e'lon
qildi.а Gazetalar chop etishgan
"Birlik" Nizomi Harakat MK Hay'ati a'zolari tomonidan imzolangan
bo`lib ular orasida, MK raisi A. Po`latovning imzosi yo`q edi. Demak, bu
''BIRLIK'' rahbariyati yagona positsiyada emasligi dan darak berardi. Chindan
ham bundan boshlab Harakatda ikki guruh paydo bo`lgani kundan-kun ochiq ko`rina
bohsladi. Hukumat, KGB ''BIRLIK''dagi bu holat ni zimdan va ochiqchasiga
rivojlantirishga bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib bordi. Voqealarning
rivojlanishi ''BIRLIK'' MK-da jiddiy bir qarorga kelishni toqoza qilmoqda edi.
Shuning uchun 1989 yili oktyabr oyida Toshjkentda ''BIRLIK'' Markaziy Kengashini
chaqirishga to`g`ri keldi. Bu MK yig`ilishi ham O`zbekiston yozuvchilar
uyushmasi majlislar zalida o`tkazildi. Majlisni chaqirish M. Solih va uning
tarafdoplari tomonidan taklif etilgandi. Shuning uchun bo`lsa kerak, majlis
A.Po`latov faoliyatini muhokama etishdan boshlandi. MK yig`ilishini istagan
birodarlar majlisga A. Po`latov haqida bir xat tayyorlashgan ekanlar. Eng avval
u xat maj lisga o`qib eshittirildi. Xatni Toshkent Politexnika instituti
dotsenti Karimov (uning ismi yodimda yo`q) o`qib berdi. Ammo xat, uni
tuzganlargaа to`la zarar keltirdi. Chunki
xat shunday tuzilgandiki, uning maxsus tayyorlanganligi, mualliflarning
noxolisligi shundaygina bilinib turardi. Xatda anchagina noaniqliklar,
chalkashliklar, hatto ochiqdan-ochiq ko`rinib turgan yolg`onlar ishlatilgandi.
Oqibat shu bo`ldiki,а xatda yolg`onlar,
to`xmatlar juda ko`p bo`lganidan, unda keltirilgan A. Po`latovning haqiqiy
salbiy xususiyatlari, eТtibordan chetda qolib ketdi. Majlis ahli
''jabrdiydani'' himoya qilishga o`tib ketdi. Ular xatni M. Solih va uning
tarafdorlari tayyorlagan, ular hukumat tarafiga o`tib ketishmoqda, degan fikrni
olg`a surib, A. Po`latovni jiddiy qo`llay boshlashdi. Biz, Samarqanddan
kelishgan MK a'zolari ham xatni to`la ma'qullamadik, ya'ni A. Po`latovni
qo`lladik. Darhaqiqat,а xat nihoyatda
bemaza tuzilgandi. Hatto M. Solih o`shanda majlis minbariga chiqib, bu
''mazmunsiz'' xatdan xabari yo`qligini tan olishga majbur bo`lgandi. Shu bilan
birga u ''A. Po`latov ''BIRLIK'' MK raisi bo`lishiga ortiq rozi bo`la
olmayman'', deb ham e'lon qildi.
ааааа
Majlis
davom etib, xat muhokamasi boshlangandan so`ng zalda nafaqat A. Po`latovni
Raislikdaа saqlab qolish, aksincha xat
mualliflarini aniqlash va ularni ''BIRLIK'' safidan chiqarish masalasi o`rtaga
chiqa boshladi. Majlisda shundayа
vaziyatа yuzaga kelgan bir
vaqtdaа M. So lih ''A. Po`latov bilan
ortiq barobar davom eta olmasligini'', bayon etib, majlisni tashlab keta
boshladi. Samarqand vakillaridan men va B. Namozovа ikkimiz ''zaldan hech kim chiqmaydi.
'''Birlik''da ixtilofga yo`l qo`yib bo`lmaydi'', deb majlis zali eshigini biroz
ushlab turdik.а Ammo eshikni uzoq ushlab
turish, M. Solih va uning ortidan majlisni tark etayotgan yana 25-30
kishiniа ortiq to`xtatib, ushlab turish
mumkin bo`lmadi. Oqibatda biz eshikdan chekindik, ular majlisni tahslab
ketishdi. Ammo men M. Solih bilan uning kabinetigacha bordim. Kabinetda ham men
unga ''Solijon, yaxshi ish bo`lmadi. Majlisga qaytishimiz kerak. Po`latov
masalasi boshqa hol. Uni kelajak ko`rsatadi. ''BIRLIK'' bo`linmasligi kerak'',
dedim. M. Solih menga javob berib, ''Yo`q, domla, bo`lmaydi, bo`lmayapti. Biz
yangi hukumat bilan murosa qilmoqchimiz. Aks holdaа repressiyaga duchor bo`lamiz. Men ikkinchi
marta 37-yillar takrorlanishini istamayman. Po`latov esa buni xohlamayapti, u
revolyutsiya istayapti'', dedi.
O`sha
vaqt men M.Solihning fikr va qarorida biror o`zgarish yasay olmadim. O`sha voqea, o`sha tarix
o`n yil ortda qoldi. Bu orada qancha suv oqdi, qancha voqealar, hodisalar
tarixga aylandi. A. Po`latov ham, M. Solih ham uzoq musofirlik-muhojirlik
davrini boshdan kechirdilar. Ammo ularning o`zaro munosabatlari yumshamadi.
Demak, masala uncha ham ''revolyutsiya istash'' yoki istamaslikdalikda
bo`lmagan ko`rinadi.
M. Solihga ergashib majlisni
tashlab chiqqanlar, o`sha binodagi kichik zalda yig`ilishgandilar. Ularning
oldigaа aynan mening missiyam bilan B.
Namozov kirgandi. M. Solih huzuridan chiqib men ham kichik zalga keldim. Uzoq
vaqt masala torshuvi davom etdi. Har bir tomon o`z fikrlarida qolishdi, biror
umumiy xulosa chiqarmoq qiyin bo`ldi. Oxir-oqibat, majlisni tark etganlarni
majlis zaliga qaytarish mumkin bo`lmadi.
Katta
zalda ham majlis davom etardi. Ha, o`sha vaqt ko`pchilik Harakatning
bo`linmasligi tarafdori bo`lishdilar. Ammo Samarqandliklardan tashqari
viloyatlar vakillari bizdek jon kuydirmadilar. Bu A. Po`latov jabrdiyda, unga
tuhmat qilinayapti, shuning uchun uni qo`llash kerak, degan fikr kuchliligi
yoki viloyat vakillarining kamchilliklari emas,а
balki hali ularda siyosiy go`daklik, siyosiy xomlik katta bo`lganligida,
masalaning chuqur oqibatlarini yaxshi tushunib etmaslikda edi.
Biz,
viloyat tashkilotlari Harakatning MK va uning Hay'ati tarkibida kelib chiqqan
ixtilofni chuqur o`rganmadik, o`rgana olmadik. Uning asl sabablarini
fikr-mulohaza etib, chuqur tahlil qilolmadik. Natijada, ''Po`latov''chilar ham,
''Solih''chilar ham, u ikki shaxs, shaxsiy fikrlari, shaxsiy munosabatlariga
mos harakat qilishgan bo`lib qoldik. Ularning orasida esa, ko`proq shaxsiy
manfaatlar yotgani yoki yotishi mumkinligi haqida yaxshi o`ylab ko`rmadik.а Nadijada, ular o`rtasida munosabatlar
chuqurlashib ketavergan sayin Harakatdan putur keta boshladi. Afsus, biz bunga
yo`l qo`ymasligimiz shart edi. Ammo biz, viloyat tashkilotlari voqeani o`z vaqtida
yaxshi tushuna olmadik, Harakatа ichida
ixtiloflarning oldini ololmadik.
Shunday
qilib, ''BIRLIK''ning susayishida birinchidan bizning siyosiy xomligimiz,
tajribasizligimiz asosiy sabablardan bo`lgan bo`lsa, ikkinchidan, bizning ana
shu tajribasizligimizdan foydalangan KGB avval oramizga ixtilof tushirib,
so`ngra asta - sekin izchillik bilan oramizni buzishi va uchuncidan, Harakat
rahbariyatining noxolisligi, mayda-chuyda manfaatlarga uralashib qolishi
sababdir.
Men
Harakatning eng uyushgan tashkilotlaridan biri Samarqand viloyati tashkiloti
rahbari sifatida doim, qo`limdan kelgunicha ''BIRLIK''ning yagona, jipslashgan
tashkilotа bo`lib qolishi va uning
keskin, izchil harakatlar qilishi tarafdori bo`lib qolishga intilgan bo`lsamda,
A. Po`latov xususiyatidagi shaxsiy manfaatparastlik, shuhratparastlik,
mahalliychilik kabi qusurlarni vaqtidaа
seza olmaganim va uzoq vaqt uningа
tarafdori bo`lib qolganim, A. Po`latovning Harakat Raisligi va
raisdoshligida davomliа qolishidaа bir necha bor hal qiluvchi rol o`ynaganim
bilan katta siyosiy xatogaа yo`l
qo`yganman, deb hisoblayman, o`zimni.
Bugun,
men uzoq muhojirlik zamoni xulosalariga suyanib, A. Po`latov va ungaа eng yaqin bo`lib qolishgan kishilar V.
Inoyatova, O. Odilov, M. Narziqulov, Abdumonnop Po`latovlar va boshqa bir qator
shularga o`xshashlar hech qachon, hatto birozgina bo`lsa-da ''BIRLIK''
g`oyalarining atrofida ham turmaganlar, ular faqat o`z shaxsiy manfaatlari
uchun ''BIRLIK''dan niqof sifatida foydalanishganlar, xolos, deb hukm
chiraishga haqliman. ''Ko`r, ko`rni qorongida topibdi'', deb xalq bejiz
aytmagan, axir. Yuqorida nomlari keltirilgan kishilarning barchasi, hatto
Harakatning eng avj vaqtlarida ham O`zbekiston hukumatiga bevosita va bilvosita
xizmat etgan bo`lishilari kerak. Masalan, V. Inoyatova, Usmonova, Odilov,
Narziqulov (rahmatli)larning josusligi umumga ma'lum va bu alohida isbotga
muhtoj emas. Ular, mamlakat ichida Harakatni to`la va batomam sotib, tugatib
bo`lib, 1993 yillardan e'tiboran ular o`z josuslik faoliyatlarini, ya'ni
O`zbekiston havfsizlik komitetiga ishlayotganliklarini uncha ham niqoflab
o`tirmaydigan bo`lib qolishgandilar. Chunki ular chet elda yurgan uch-to`rt
"Birlik"chining "qudratini" yaxshi bilishardilar. Aslida
ism sharflari keltirilgan guruh hech bir xususiyati bilan bir-biridan farq
qilishmaydi. Masalan, ularning "mashhurlari" ikkala Po`latov ham 1995
yilga kelib, haqiqiy basharalarini to`la va batamom oshkor etdi, ya'ni ular
I.Karimov yovuz rerjimi vintiklari ekanliklarini olamga namoyish qildi. Endi,
ular kimliklarini hech bir ''BIRLIK'' niqofi bilan yopa olishmaydilar.
M. Solih haqida to`laroq xulosalar
so`zlashga etarli ma'lumotlarim yo`q. Chunki men va Samarqand tashkiloti
M.Solih bilan yaqindan muomalada va faoliyatda bo`lmadik. Lekin ba'zi ko`rinib
turgan fikrlarni bayon etmasligim mumkin emas. Birinchidan, 1989 yil oktyabrda
chaqirilgan ''BIRLIK'' Markaziy Kengashi majlisini o`tkazish va uni tashkil
etishda uning ishtiroki, tashabbusi borligi aniq va isbot talab qilmaydi.
Ikkichidan, A. Po`latovni ''parishtaga'' aylantirgan o`sha mashhum xatа Solih tarafdorlari tarafidan yozilganligi ham
isbotga muhtoj emas.а Hatto bu holni biz,
B. Namozov ikkimiz isbot etganmiz, deya olaman. O`sha majlis kuni tanaffusda,
bizа Solih tarafdori, shoirа Mirza Kenjabek va yana bir yozuvchi, uning
ismini unutdim, to`rttamiz birga tushlik qildik. Tushlikda biz M.
Kenjabekkaа ''u xatni silar yozgansanlar,
sen ham u jarayonda qatnashgansan'', deb mahkam yopishdik.а O`shanda M. Kenjabek "BIRLIK"
Po`latovdan qutulishi kerak. Ammo qutulish usulini to`gri tanlamapmiz'', dedi,
bizga tan berib. Demak, xat tayyorlanayotganidan M. Solih xabarsiz bo`lishi
mumkin emasdi. To`gri, M. Solih xatni ko`rmagan, o`qimagan bo`lishi mumkin.
Unga faqat og`zaki yoki telefondaа xat
haqida xabar qilishgan bo`lishlari mumkin.а
Solih va uning tarafdorlari A. Po`latov haqida o`z vaqtida to`gri
xulosaga kelishgan va biror siyosiy o`yin yo`li bilan A. Po`latovni
''BIRLIK''dan chetlashtirish uchunа xatni
tashkil etishni o`ylab topgan bo`lishlari mumkin. Ammo bu ish, bu yaxshi
o`ylamay tashlangan qadam Harakatga o`rni to`lmas zarar, A. Po` latov shaxsiga
esaа ''shuhrat'' keltirdi. A.Po`latovning
shaxsiy kamchiliklari uzoq vaqt niqofda qolishiga sabab bo`ldi. Ana shu
voqeadan so`ngа Po`latovni tanqid,
deyarli Harakatni tanqidga aylanib qoldi. Bu ham so`zsiz M. Solih xatosi va
kamchiligidir. Undan tashqari "BIRLIK" faoliyatidagi kamchilliklar
bo`yicha A. Po`latovga qo`yilayotgan ayblar, M. Solih adresiga ham
taalluqlidir. Chunki ''BIRLIK''dan chiqib, uning safini bo`shashtirib emas,
balki Harakatda qolib, saflarni yanada jipslahstirib uni kuchlantirishа yo`llarini izlamoq lozim edi. Siyosatga yo`l
olgan kishi uchun men sanaganlarning barchasi yutuq emas, xato va kamchilikdir.
M. Solihning bir siyosiy kishi
sifatida, O`zbekistondagi mustabid rejimga muxolif harakat va partiya tashkil
etgan shaxs sifatida bir qator yutuqlari mavjud. Ammo bu erda M. Solih
faoliyatining "BIRLIK"-ga tegishli qismini men bilganimcha o`z fikr -
mulohazalarim doirasida tasvirlashga urindim, xolos.
Xullas, ''BIRLIK'' MK 1989 yil oktyabr
yig`ilishidan so`ng, Harakat rahbariyatida ixtilof tabora kuchayb boraverdi.
8.1.4.2.
II qurultoyning chaqirilishi.
''BIRLIK''da jipslikni yo`lga
qo`yish, uni bo`linishdan saqlab qolishga bir muncha urinishlar qilindi. Bu
borada bir necha marta Toshkentda norasmiy yig`ilishlar o`tkazildi. U
yig`ilishlarning baТzilarida bizning, Samarqandliklardan ham vakil qatnashdi.
Masalan, B. Namozov o`shanday yig`ilishlardan birida qatnashgandi. Bu yig`ilish
''BIRLIK''daа birlikni saqlash uchun A.
Po` latovning Raislikdan ketishi haqida bir qarorga kelishga bo`g`ishlangan
bo`lib va bunga A. Po`latov rozilik bergan edi. O`rtaga ''QUR'ON'' qo`yilib,
qo`l berilgandi. Mazkur norasmiy yig`ilishdan biroz keyin 1989 yil 29 oktyabrda
Markaziy Kengash takror majlisga yig`ildi. Bu majlisda A. Po`latov norasmiy
yig`ilishdagi kelishuvni tan olmadi. Natijada MK majlisi noyabr oyida navbatdan
tashqari Harakatning qurultoyini chaqirish zarur, degan qarorga keldi va
shunday qaror qabul etildi.
аааааааа
Shunday qilib, 1989 yil noyabr
oyida ''BIRLIK'' xalq harakatiа navbatdan
tashqariа 2- Qurultoyi chaqirildi.
Qurultoyda ''BIRLIK'' Nizomiga o`zgartirish kiritilib, to`rtta raisdoshlik
qoidasi joriy qilindi. Qurultoy, Harakat Markaziy Kengashi raisdoshlari etib,
Bekjon Tashmuhammedov (akademik), Zohid Haqnazarov(fan doktori, kompozitor),
Ahmad A'zam (yozuvchi), Shuhrat Ismatullaev (Toshkent universiteti
dotsenti)larni sayladi. ''BIRLIK'' MK a'zolari ham yangilandi. Bu erda
o`zgarishlarа miqdoriy bo`ldi. Shaxslar
nuqtai nazaridan o`zgarish bo`lmadi, desa ham bo`ladi. Masalan, 1-Qurultoyda MK
a'zoligiga 150 kishi saylangan bo`lsa endi ularning soni yuztadan ham oz
tarkibda saylanishdilar. Bu ham "BIRLIK" ichida boshlangan
tortishuvlarning bir ko`rsatkichi edi. A. Po`latovа vaа
M.Solih ikkalasi ham yana MK va HayТat aТzolari bo`lib qolishdilar.
Qurultoydan keyin ham Harakatda
boshlangan bo`linish xastaligi susaymadi. Guruhlar bir-birini ayblashda davom
etdilar. Hukumat esa bundan ustalik bilan foydalandi. O`sha zamondagi tushuncha
va xulosalarimizga binoan, biz, Samarqandliklar ham ko`proq M. Solih
tarafdorlarini qoralardik. Ammo ular bilan ko`ngul yaqinligi, insoniy iliq
munosabatlarimiz doim saqlanib qoldi. Bizning bir-birimizga eТtirozlarimiz doim
maslahat va nasihat shaklida bo`lardi. Shu bilan bir qatorda biz bu tarafni,
ya'ni A.Po`latov va uning Toshkent guruhini yaxshi tushunmasdan, ko`proq
ularningа so`zlariga qarab ish tutdik.
Biz sovet kishilari "uch yuzli" (so`zda, amalda va ko`ngulda har xil)
ekanligimiz, u yuzlarning qaysi biri qaerda ko`rinishini ''BIRLIK'' shafag`ida
yaxshi ajrata bilmadik. Kim ''BIRLIK''chiman, degan bo`lsa, ayniq sa u xalqning
eng og`ir ahvoli, jamiyatning xastaligi haqida chiroyli so`zlasa, o`sha
xalqparvar, vatanparvar, deb qabul qildik. Bu bizning xatomiz, siyosiy xom va
siyo siy yoshligimiz edi.
So`nggi tarix, ayniqsa muhojirlik
davriа juda yaxshi isbot etdiki, A.
Po`latov va uning atrofida uralashib yurgan bir guruh siyosatdan, milliy shuur,
milliy qadriyatdan uzoq, faqat shaxsiy manfaat uchun, alg`ov-dalg`ovlardan
foydalanib moddiy ahvolini o`nglab olishni ko`zda tutgan pastkash kishilar
ekanlar. Shuning uchun ular ''BIRLIK''-ni rivojlantirsh va uni siyosiy
tashkilot sifatida kamolotga etkazish uchun emas, balki uning ichida doim
ixtiloflar kelib chiqadigan vaziyatlar paydo qilishga va u vaziyatda o`zlarini
''BIRLIK'' himoyachilari qilib ko`rsatishga ustasi parang kishilar ekanligini
endi, ammo juda kech tushundik. Hayriyat, ''hechdan ko`ra, kech" bo`lgani
ham yomon emas. Nihoyat, Po`latovlar kimligini axirigacha tushunib etdik.
Ularning va o`zlarini ularga yaqin hisoblaganlarning (ba'zilarining ism
sharflari yuqorida keltirildi) kimligini muhojirlik davri to`la isbotladi. Ammo
bundan o`n yil burun A. Po`latov va uning guruhi o`z shaxsiy foydalari uchun
Harakat ichida ataylab xilma-xil g`avg`olar, vaziyatlar yaratishib turish va u
voqealarda o`zlarini ''jabrdiyda'' ko`rsata olishning uddasidan chiqa
bilishdilar.
8.1.5. ''BIRLIK'' xalq harakati III-V Qurultoylari.
8.1.5.1.
III qurultoy haqida.
Harakatning 2-Qurultoyidan so`ng
ko`p o`tmay uning navbatdagi qurultoyi vaqti ham etishib qoldi. Chunki
''BIRLIK'' Nizomiga muvofiq har yili uning qurultoyi o`tkazilishi lozim edi.
Ammo 1989 yil noyabridan 1990 yil may oyiga qadar ''BIRLIK''ning bo`linishi
orqaga qaytmas shakl oldi. M. Solih va uning
tarafdorlari Harakat faoliyatida qatnashishdan to`la bosh tortdilar. Ular A.
Po`latov bilan aloqani uzish shaklini o`zlarini ''BIRLIK''dan chetga olish, deb
hisobladilar.
Natijada,
1990 yil 26-27 mayda ''BIRLIK'' 3-Qurultoyi M. Solih va uning guruhi
ishtiroqisiz chaqirildi. Qurultoy Harakat MK-ning hisobotini tingladi, Nizomga
ba'zi o`zgartirishlar kiritdi, Dasturning yangi tahriri qabul qilindi. Endi
''BIRLIK'' xalq harakati MKni to`rtta raisdosh emas, uchta raisdosh
boshqaradigan bo`ldi.
''BIRLIK''ning
3-qurultoyi A. Po`latovni uch raisdoshning biri qilib sayladi. Ammo uni saylash
ancha tortishuvlarga sabab bo`ldi. Hatto qurultoyda A.Po`latov saylanmay
qoladigan vaziyat maydonga keldi. Qurultoyning tashkiliy masala qismi janjalga
aylanib ketadigan bo`ldi. Majlisda tashkiliy masala ko`rilayotganda uni
deyarliа boshqarish mumkin bo`lmay qoldi.
Natijada, majlisni boshqarish bir muncha vaqt qo`ldan-qo`lga o`tib turdi.
Chunki majlisda to`la tartibsizlik boshlangandi. Ana shunday minut sayin majlis
raisi olmashib turgan bir vaqtda Samarqandlik delegat B. Namozov ham majlisni
boshqarishga urinib ko`rdi. Chunki istagan jur'atli kishi o`zi minbarga chiqib
majlisga raislik qila boshlash mumkin bo`lib qolgandi. B. Namozov minbarda
majlis raisligini olib borayotgan bir zamonda zaldan A. Po`latov va uning
yonida o`tirganlar o`zaro suhbatlarida B. Namozovni KGB odami, deb
shivir-shivir boshlashdi. Chunki B.Namozov majlisda A. Po`latovchilarga qarshi
tarafga biroz yon bosmoqda edi. Po`latov va uning yonida o`tirganlar
shivir-shiviri hammaga eshitilgani, yo`q albatta. Chunki zalda shov-shuv, har
xil ovozlar baland edi. Ammo A. Po`latovga yaqin o`tirgan Olim Karimov uni juda
yaxshi eshitdi. U so`z aynan kimning og`zidan chiqqanini Olim akaа Karimov aniq biladi. Shivir-shivirni sezgan
va eshitgan majlis raisi B. Namozov, majlisni tark etib, zaldan chiqib keta
boshladi. Men darhol minbarga chiqib, Samarqand delegatsiyasi Qurultoyni
tashlab ketadi, deb e'lon qildim. Shu zamon Olim Karimov yugurib borib Borotni
shartta quchoqlab oldi va unga yalinib, undan zalgaа qaytishni iltimos qildi. Minbarga chiqib
majlis nomidan B. Namazov va Samarqand delegatlaridan sodir bo`lgan noqulaylik
va qo`pollik uchun uzr so`radi. Olim Karimov uzrini qabul qildik, unga ko`ra
biz zalda qolishni lozim topdik. Ana shu voqeadan so`ngra men Dadaxon
Hasanovdan majlisni boshqarishni iltimos qildim. Dadaxon aka zo`rma - zo`raki
minbarga chiqib, majlisni boshqarishga harakat qilib ko`rdi, bo`lmadi. Shundan
keyin majlisni boshqarishni o`zim qo`lga oldim va bir necha keskin so`zlar
so`zladim, undan so`ng tanaffus e'lon etdim. Tanaffusda tartishayotgan taraflar
bilan bir qator fikrlar almashdim.
Xullas,
tanaffusdan so`ng majlis ahlini bir muncha tartibga keltirish mumkin bo`ldi.
Tashkiliy masalani natijaga etkazishga erisha oldim. Oqibat, A.Po`latov
raisdoshlardan biri bo`lib saylandi. Hozirа
o`sha voqealardan qarayb o`n yil so`ngra, mazkur satrlar yozilayotgan zamon,
1999 yil fevral oyida eng avval o`zimni, o`zim so`kaman. Boshqa bir qator
''BIRLIK''chi do`stlar ham mening o`sha faoliyatimni keyingi vaqtlarda tez-tez
yuzimga solishadilar. A. Po`latovning raisdoshlikka qayta kelishida meni bosh
gunohkor hisoblaydilar.
''BIRLIK''
3-qurultoyida uchinchi raisdosh Zohid Haqnazarovmi yoki A. Po`latovmi, degan
masala ustida tortishuv bo`lgandi. Ko`plar qatori men ham Zohid Haqnazarovni
juda hurmat qilardim. U kishi chindan hurmatga sazovor, yuqori darajada ziyoli
inson edilar. Ammo Zohid aka bu safar Qurultoydaа xonimlari bilan birga qatnashdilar. Ular
ikkalalari baravar ''BIRLIK'' raisdoshligiga Z. Haqnazarovning ko`rsatilishiga
qarshi bo`ldilar. Men esa, bu holatni ko`rib, Zohid aka va uning xonimi
so`zlarini qanday eshitsam shundayа qabul
qildim va bundan foydalanib majlisni A. Po`latov tarafiga ag`dara oldim. Men o`sha zamon
so`zlangan so`zlarga chindan, yurakdan ishondim. Chunki menda Zohid Haqnazarov
nomzodiga zarracha ikkilanish bo`lishi mumkin emasdi.
Tarix ko`rsatdiki, o`shanda Z.
Haqnazarovning xonimi po`latovlar tomonidan maxsus chaqirilgan ekan. Chunki bu
safar ba'zi jiddiy Toshkentliklar Po`latovning ''BIRLIK'' rahbarligiga
kelishini haqiqatan istashmagan ekanlar. Ularning hisoblaricha Z. Haqnazarov
faqat kamtarlik nuqta'i nazaridan va xonimining go`ngliga qarab qarshilik
ko`rsatgan ekanlar. Uning xonimi esa, po`latovlarning ko`rsatmasi bo`yicha bu
holdan foydalanib qolgan ekan. Chunki biz ''Birlik''chilar faoliyatimizga
xonimlarimiz uncha ham rozi emasdilar. Jumladan Z. Haqnazarov xonimi ham bundan
istisno emasdilar. Nima, deymiz, o`sha vaqt birinchidan,а mening oldimda majlisni biror mantiqga
keltirish, uni yakunlash turardi. Ikkinchidan, men qulog`im bilan eshitgan
maТlumotlarga amal qildim. Qolaversa, u zamonlar, men A. Po`latov va uning
ukasi, ularning yonida yurgan ba'zi Toshkentlik hamtovoqlarini yaxshi
bilmasdim. Afsus, ularning kimligini juda kech aniqladim. Bu ham kamchillik,
nima qilayin, siyosiy tajribamiz yo`qligidan ketma-ket kamchillik va xatolarga
yo`l qo`ydik. Men ham bu xatolar ichida qoldim. Siyosatda izchillik, deyarli
xatolarga yo`l qo`ymaslik bosh masala bo`lsa-da, bizning tariximizda xatolar
ko`p bo`ldi. Oqibatda harakatimiz ko`p samarasiz qoldi.
Davlat hokimiyatini qo`lga olishni
niyat etgan Siyosy harakat (tashkilot) katta tayyorgarlik amaliyotidan o`tmog`i
zarur. U harakatda etuk kadrlar, etarli mol va
pul mablag`i bo`lmog`i shart. Siyosatni ba'zilar hisoblagani kabi,
"siyosat-yolg`on va aldashlardan iborat", deb qabul qilish mutlaqo
noto`g`ridir. Men siyosatga bunday qarashga qo`shila olmayman. Kuchli
siyosat-adolatlilikdir, rastgo`ylilikdir! Izchillik haqiqatdadir! Temur bobomiz
aytganidek, ''Kuch-bu adolatdadir!''
''BIRLIK''da
kadrlar masalasi etarli darajada hal etilmaganini ko`rdik, ammo mablag` qanday
edi? Harakatda moliyaviy ahvol qanday edi? Bugungi ma'lumotlar ''BIRLIK''ka
1989-1992 yillar davomida anchagina mablag` yig`ilganligini ko`rsatadi. Ammo u
mablag`ning sarflari haqida hozirgacha etarli hisobotlar yo`q. Bu haqda hech
kim, hech bir zamon hisobot bergani ham yo`q. ''BIRLIK'' xalq harakati nomiga
tushgan pul mablag`larning bir qismi haqida Hamid Rasulev ayrim raqamlarni
biladi. H. Rasulev biladigan raqamdagi pullar to`la A. Po`la tov qo`lida
qolganligi ham aniq.
8.1.5.2. IV va V qurultoylar haqida.
''BIRLIK''
xalq harakati yana ikki martaа o`z
qurultoylarini o`tkazdi. Masalan, uning 4-Qurul toyi 1991 yil oktyabr oyida
Toshkent shahri yaqinidagi Qozog`istonga qarashli bir qishloqda o`tkazildi.
Chunki o`sha zamonlar Toshkent shahrida Qurultoy o`tkazishga ijozat olib
bo`lmadi. Qurultoy juda oddiy va ozgina delegatlar bilan o`tkazildi. Harakat
Nizomi va Dasturiga deyarli birorta o`zgarish kiritilgani yo`q. Faqat kundalik
voqealar muhokama qilindi.
Nihoyat
Harakatning 5-Qurultoyi 1992 yili 23-24 may kunlari Toshkentda o`tkazildi.
Qurultoyda doimiy, hamisha ko`riladigan masalalar qarab chiqildi, ya'ni yillik
hisobot, Nizomga o`zgarishlar va Dasturning yangi tahriri ko`rib chiqildi va
shularga mos qarorlar qabul etildi. Nihoyat, yana tashkiliy masala, bu safar
ham tortishuv bilan o`tdi. Qurultoyda qatnashayotgan Qo`qonlik delagatlar va
Toshkentlik delegatlarning bir qismi ''BIRLIK'' MK Raisdoshligiga A. Po`latov
nomzodi qo`yilishiga qattiq qarshi chiqishdilar. Oqibatda, o`z vaqtida
''BIRLIK'' tashkil etgan mitinglarni, Fargona, Qo`qon, O`sh voqealarini kinoga
tushirgan kino operatorimiz Abdul aziz Mahmudov Harakat ichida Markazchilar
fraksiyasini tuzganligini e'lon etdi. A. Mahmudov guruhi, Qo`qonlik delegatlar
va yana boshqa bir qator delegatlar A. Po`latov nomzodiga qarshi ovoz berdilar.
Natijada, A. Po`latov ozgina farq bilan saylandi.
Bu
Qurultoyda ham A. Po`latovning raisdoshlikda qayta qolishida men hal qiluvchi
pol o`ynaganim tarixiy haqiqatdir. Ammo bu safar, A. Po`latovning raisdosh
bo`lib qolishida ''Mustaqil haftalik'' gazetasining Bosh muhariri Hamid Rasulev
ham asosiy rolni men o`ynaganman, deb hisoblaydi va o`zining bu harakati xato
bo`l ganligini ''Birlik'' gazetasining 1995 yili qayta tiklangan nashrida bir
necha marta ochiq yozdi va men bilan shaxsiy suhbatlarida takror-takror
so`zlagan eri bor. Darvoqe, H. Rasulev, iqtisod fanlari nomzodi, tug`ilib
o`sgan eri Toshkent shahri, 1967 yildan buyon Moskvada yashaydi. U
''oshkoralik'' davrida Moskvada o`zbek tilida nashr etiladigan ''Mustaqil
haftalik'' gazetasini rasmiylashtirgan, ''BIRLIK'' a'zosi. ''Mustaqil
haftalik'' gazetasi ''BIRLIK'' xalq harakati matbuot organiga aylan gandi.
Shuning uchun H. Rasulevning Harakatni targ`ib qilishda bebaho xizmati va o`rni
bor. Buni tarix unutmas, deb o`ylayman.
''BIRLIK''ning
5-Qurultoyida ikki marta majlisni men boshqardim. Uning asosiy qismini va
so`nggi tashkiliy masala qismini olib bordim. Zalda A. Po`latov nomzodi ustida
tortishuvlar bo`layotganda, men H. Pasulevni ham so`zga tortib Po`latovning
pozitsiyasini mustahkamlashga erishgandim. O`sha Qurultoyda H.Rasulev A.
Po`latov haqida ijobiy so`zlab, Qurultoydan uning nomzodini qo`llashni taklif
etgandilar. H.Rasulev o`sha nutqiga katta baho berib, ''Birlik'' 5-Qurultoyida
A.Po`latov ning raisdoshlikda saqlanib qolishiga faqat men sababchiman, deb
yuradi. Ammo H. Rasulev bu harakatidan ko`p afsuslanadilar. O`zining o`sha
pozitsiyasi noto`g`ri bo`lganligini ko`p marta ''BIRLIK''chilarga va
O`zbekistondan Moskvaga uning uyiga kelishgan mehmonlarga A. Po`latovning ko`p
xunuk nayranglari va moliyaviy buzuqliklari haqida so`zlab berganlar. Masalan,
H. Rasulening bu suhbatlarini "Birlik"chilardan, Tohir Baqaev, Bahrom
Hamraev, Mahmudjon Inaqov, Hazratqul Xudoyberdievа va men takror-takror tinglaganmiz.аааааа
Shu
erda yana bir faktorni eslab o`tish lozim ko`rinadi. ''BIRLIK'' tashkil
etilganda uning tarkibiga anchagina olimlar kirishgan, ularning bir qismi
Harakatning rahbariyati tarkibiga saylangan hamа
edilar. Ularning ichida haqiqiy ''Birlik''chi, Vatanparvarlari borligi
aniq edi. Ammo ular, ayniqsa Toshkentlik olimlar Harakatni birin-ketin tashlab
ketishdilar. Biz o`sha zamonlar bu hol sababini yaxshi anglab etmadik yoki
anglashga harakat ham qilmadik.
Endi
bir qancha vaqt o`tib, muhojirlikning azobi va "huzurini" boshdan
kechirib, aytish mumkinki, ''BIRLIK'' tarkibidan ilmli kishilarningа asta-sekin chiqib ketishlariga raisdosh
A.Po`latov salbiy xususiyatlari, uning shaxsiyatparastligi, shuhratparastligi,
molparastligi, mahalliychiligi asosiy sabab bo`lgandir. Chunki o`zini bilgan va
biroz o`zini hurmat qilgan kishi A.Po` latov xususiyatlarini qabul qilishi, uni
singdirishi mumkin emasdi.
''BIRLIK''
xalq harakatining faoliyati susayishi va hatto uning asta-sekin so`nish
jarayoni sabablaridan eng muhimi A.Po`latov shaxsiyatiga bog`liligi, ular uning
salbiy xususiyatlarida ekanligi juda kech ochildi. Bu kamchillik va xatolarni
vaqtida anglamaslik, ularning o`zgartirib bo`lmas zararlar keltirib
chiqarishiga yo`l qo`yib berish esa, bizning, ya'ni Harakat a'zolarining va
uning faollarining kechirib bo`lmas kamchiligimiz va buyuk xatomizdir.
8.1.6. "BIRLIK" xalq harakati
Samarqand viloyat tashkiloti faoliyati haqida ba'zi ma' lumotlar.
1988
yil dekabrida Samarqand shahrida "BIRLIK" xalq harakatining viloyat
tashkilotini tuzish va uning viloyat ta'sis konferensiyasini o`tkazish
tashabbus guruhini tuzdik. Konferensiya o`tkazilganga qadar Samarqand
universiteti kafedra mudurlaridan biri, Norjigit Rajabov tashabbus guruhini
boshqardi. 1988 yil dekabrdan 1989 yil sentyabriga qadar tashabbus guruhi
sistemali, doimiy shaklda ishlab turgan haftalik yig`ilish tashkil etdi. 1989
yil sentyabr Samarqand viloyatа
konferensiyasidan so`ng bu yig`ilish Viloyat Kengashi Ijroiya
Qo`mitasining haftalik majlisiga aylandi. Qo`mitaning bu yig`ilishlarida
O`zbekiston va dunyo siyosatiga oid taktik va kelajak (strategik) masalalar
hamda kunlik turmushga tegishli muammolar muhokama qilinardi.
Harakat
Viloyat Kengashining amaliy ishlaridan biri Samarqanddaа "Ulug`bek yulduzlari" nomli gazeta
nashr qilib, uning beshta sonini chop qilishga erishganligidir. Viloyat
tumanlaridan biri Ishtixonda ham "Erkin so`z" tuman gazetasi nashr
etila boshlandi. Bu ham tashkilotimiz amaliy ishlaridan hisoblanadi. Chunki u
zamonlar gazeta nashr etish anchgina mushkul ish hisoblanardi. Ikki gazeta ham
nolegal chop etilardi. Bu esa, yana ortiqcha tashvishlar keltirib chiqarardi.
"Erkin so`z"ning so`nggi soni 1991 yil 19-avgustda bosmaga berilib,
22-avgustda nashrdan chiqqanligi tarixiy ahamiyatga ega voqeadir. O`zbekistonda
ko`pgina mansabdorlar, masalan, I. Karimov, Sh. Mirsaidov kabilar Moskvadagi
(19-22 avgust, 1991 y.) davlat tuntarishini bayram qilayotgan va bizni qamoqqa
olishga tayyorgarlik kompa niyasini boshlab yuborgan bir zamonda, biz mavjud
kommunistik rejimga muxolif fikrni targ`ib qiluvchi "Erkin so`z"
tuman gazetasini nashr qilish bilan band edik.
Shu
kunlarda, u voqealardan ancha vaqt o`tib, ba'zi do`stlar 1991 yil 19-22
avgustida kim qanday pozitsiyada turgandi, deb ham tortishib yurishadi. Masalan,
"muhta ram" A. Po`latov va M.Solihlar hamon shu masalada ham nuqul
bir-birini ayblashadilar. Agar ular o`sha vaqtda konkret bir amaliy ish
qilishganlarida edi, tortishishga o`rin qolmasmidi. Har holda ular ham
o`zlaricha ehtiyoti shart GKCHP voqealariga munosabat bildirishga harakat
qilishgandilar.
Harakatning
Viloyat Kengashi bir qancha marta ommaviy norozilik namoyishlari o`tkazishga
tayyorgarilk ishlarini amalga oshirdi. Chunki miting yoki boshqa biror peket
kabi tadbir o`tkazmoq uchun shahar ijroiya komitetidan maxsus ijozat lozim edi.
Shuning uchun bunday tadbir alohida tayyorgarlik talab etardi, ya'ni Ijrokomga,
namoyish bilan bog`li barcha protseduralar aniq va ochiq ko`rsatilgan xat
tayyorlash zarur bo`lib, u ma'lum vaqt va e'tiborni talab qilardi. Biz bunday
xatlarning bir qanchasini tuzganmiz. Ammo hokimiyat aksariyat hollarda, bunday
tadbir o`tkazishga ijozat bermasdi. Buning uchun yo`q erdan bahonalar o`ylab
topishardi. 1991 yili miting o`tkazishga ijozat so`rolganda, Samarqand shahar
ijroiya komiteti, Iroqda bo`layotgan urushni bahona keltirib, unga ijozat
berishmagandilar. Qarang, juda kulguli bir hol-a?!. Iroqda bo`layotgan urush
bizning Samarqandda namoyish o`tkazishimizga xalaqit beradigan, noqulay
holatmish, chunki dunyo notinchmish, shuning uchun Samarqandda miting tashkil
etish mumkin emasmish. Ammo bir safar, 1990 yili yopiq binoda, ya'ni Samarqand
viloyat siyosiy maorif uyida "miting"(chunki miting tom ma'noda
ko`cha yurishidir, axir, shuning uchun qo`shtirnoq ishlatilmoqda.) o`tkazishga
ijozat olishga ham muvaffaq bo`lgan edik. Bundan tashqari, 1991 yili kuzda ham
200 kishidan ko`proq odam shaharning Registon maydonidan yangi shahar
qismigacha, ya'ni kompartiya viloyat komiteti ma'muriy binosi yoniga qadar
norozilik yurishi(marshi) ham o`tkazishni tashkil qila olgandik.аа
1989-1991
yillarda hokimiyatdan juda ko`p marta mitinglar o`tkazishga ijozat so`rolgan
bo`l sa-da, haqiqatda ularni o`tkazish tarafdori emasdik. Chunki mitinglar
o`tkazishning o`ziga yarasha bir qator problemalari, tashvishlari bor edi.
Birinchidan, mitinglarga hokimiyatni tashvishlantiradigan darajada, ko`z
qo`rqadigan miqdor da odam yig`ish engil ish bo`lmay, aksincha juda murakkab
bir muammo edi. Ikkinchidan, odam yig`ilganda ham miting jarayonida hokimiyat
tarafidan turli xil ig`vo lar tashkil etilish ehtimoli doim mavjud edi. Shuning
uchun, biz miting so`rardik, homiyat mas'ul kishilari esa, bizdan bunday
qilmaslikni iltimos qilishardi va biz darhol bu iltimosni qabul etishga
kirishardik, ko`pincha uni qabul qilardik.
"BIRLIK"
Samarqand Viloyat Kengashi faoliyati haqida so`zlanar ekan, Samarqandda
yashovchi tojik va o`zbeklar orasidagi milliy munosabatlarga oid masalalarga
to`xtamasdan bo`lmas. Masalan, 1989-1990 yillarda Samarqand shahrida
millatlararo nizo keltirib chiqarishga zo`r berib urinishlar bo`lganligi haqida
ham so`zlash lozimdir. Sovet KGBsi va Qorabog` arman millatchilarining
yuvunduxo`rlariga aylangan, o`zlarini tojik, deb ismlagan bir necha alchoqlar
yordamida 1989 yil sentyabr da, Samarqand shaharidagi "Spartak"
stadionida o`zbeklarga qarshi, ochiqdan-ochik o`zbeklarga dushmanlik ruhida
yozilgan shiorlar, plakatlar ko`tarishgan bir guruh (asosan maktab
o`quvchilaridan iborat) insonlarning mitinggini tashkil etishdilar. U mitingni
o`sha zamon Samarqand kompartiya shahar komiteti to`la qo`llab quvvatladi va
uni kompartiya shahar komiteti birinchi kotibi Nosir Yaqubov boshqardi. Bu esa,
miting bevosita Moskavaning marhamati bilan tashkil etilganiligidan darak
berardi. Aks holda, mashhum Farg`ona voqealaridan ko`p o`tmay Samarqandda
bunday milliy mojaro keltirib chiqarish olovini yoqadigan namoyishga kompartiya
shahar komiteti yo`lboshchilik qilishga jur'at qila olmagan bo`lardi. Shuni ham
ta'kidlash lozimki, o`sha zamon O`zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi I.
Karimov edi. Agar bayon etilayotgan mitingni o`tkazish uchun Moskvadan ijozat
olingan bo`lmaganda edi, to`rtta odamning bir joyga, choyxo`rlikka yig`ili
shidan ham ajaldan qo`rqqanday qo`rqadigan I.Karimov Samarqandning markazida, u
o`zi tug`ilgan shaharda bunday ig`voning ochiq namoyiga yo`l qo`yarmidi? Aslo,
yo`q, I. Karimov bunga hech rozi bo`masdi, bo`la olmasdi. Chunki, bunday nozik
ish hisobiga I. Karimov qancha mol-dunyo bilan endigina erishgan mansabidan
ajrab qolishi hech gapmasdi, axir. Bordiyu, miting beboshlik bo`lib, Respublika
KP MKga bo`yinsunmasdan o`tkazilgan bo`lganda, shahar partiya komiteti 1-nchi
kotibi boshqargan voqeaga partiyaviy baho berilgan va hech bo`lmasa Mitingga
bevosita rahbarlik qilgan o`sha zamon kompartiya Samarqand shahar komiteti
birinchi kotibi Nosir Yaqubovga partiyaviy jazo berilgan bo`lmasmidi? Yo`q,
unday bo`lmadi. Chunki, bu hammasi yuqorida, Moskvada hal etilgandi. Bu ish
O`rta Osiyo-Turkistonning asl aholisi o`zbeklar (turklar)ni butunlay mag`lub qilish,
ularni millat sifatida yaramasga chirishga qaratilgan o`sha zamonlar sovet
KGBsida mas'ul kursilarni egallab turgan armanlar yovuz niyatli planining
Farg`onadan keyingi ikkinchi, navbatdagi qadami edi. Millati va umuman kelib
chiqishlarining tayini yo`q I. Karimov va Nosir Yaqubovlar uchun esa, kimning
qoni to`kilib, kimniki qolishi ahamiyatsiz, ular uchun eng muhimi birinchi
kotiblikda qolish, bosh masala hisoblanardi.
Moskvaning
ko`rsatmasini ko`r-ko`rona bajo keltirishga o`rgangan bu mas'uliyatsiz, kishilar
tashkil etgan namoyishdan so`ng shaharda chinakamiga nozik (kritik) holat
maydonga keldi. Shaharda o`zbeklarning javob mitingga chiqishi reallikka
aylanaboshladi. Samarqand qishloq xo`jaligi instituti, pedogogika, tibbiyot
instituti va Samarqand Davlat universiteti studentlari, shahardagi bir qator
korxonalar ishchi-xizmatchilari mitingga chiqish talablari bilan ''Birlik''
Samarqand tashabbus guruhiga murojaat qilishdi. Ular bizdan ko`p minglik ko`cha
yurishlariga yo`lboshchilik qilishni so`rar, hatto talab qilaboshlashdi. Aks
holda, har bir institut va korxonalar o`zlari alohida-alohida miting qilishni
o`rtaga qo`yishardi. Chunki Kompartiya shahar komiteti rahbarligida o`tkazilgan
bu ig`vokarona miting shahar nufusi asosiy qismi izzat-nafsiga tekkan edi.
Omma, student yoshlar o`ta otashiн edilar. Biz
o`shanda, zarracha mitingga mayillik ko`rsatsak tojik atalmish kishilar
shahardan haydab chiqilar, shahar ag`dar Ц tо`n tar bo`lar, holat Farg`onadan besh batar bo`lishi aniq
edi. Hatto shahardan tojik tilida so`zlashadigan birorta inson qolmasdan haydab
chiqarilishi turgan gap edi. Tayinlanganiga hali ikki oy ham bo`lmagan Islom
Karimov onasini uchqurg`onda ko`rardingiz, u zamon. Ammo biz, Farg`ona
qirg`inlarining asl tashkilotchilarini va ijrochilarning kimligini juda yaxshi
aniqlay olgan edik. Shuning uchun ommaning talabini qabul qilish, ya'ni javob
mitinggiga chiqish, yovuz niyatli dushmanning tegirmoniga suv quyish bo`lardi.
Ular ko`pdan istagan, Samarqandda o`zbeklar emas, tojiklar yashaydi, degan yolg`on
hukmni tasdiqlagan bo`lardik. Shuning uchun biz javob mitinggi istagan do`stlar
bilan tushuntirish tadbir - charolarini ko`rdik. Biz ularga "Shahar
bizniki, biz katta xalqmiz, biz aqlli bo`lmog`imiz lozim. Oramizda bir necha
bezorilar bo`lsa bordir. Ularning har bir bezoriliklariga bezorilik bilan javob
beriladimi? Biz bezorilargaа o`z
obro`mizga yarasha, boshqa xil javobimizni ko`rsatamiz", deb nasihat
qildik. Oqibatda, katta vayronagarchilikning oldini oldik. Kelajak, bizning
faoliyatimizni va miting uyushtiruv chilar ig`volarini tahlil etajak,
jinoyatchilarni munosib ravishda baholayajak va jazolayajak. Men bunga ishongim
keladi.
Endi esa, 1990 yili boshiga
kelamiz. Bu vaqt, chamamda,а fevral oyi
edi, bizning qo`limizga bir xat tushdi. Xat, 1989 yili KPSS MK Plenumida milliy
masala muhoka masida qo`llanishi uchun tayyorlangan edi. Mazkur xat KPSS MK
Birinchi Kotibi M.S.Gorbachevga nomlanlangan bo`lib, o`n bitta Tojikistonlik
sovet zamoni taniqli olim va yozuvchilari, va Moskvalik bir-ikkita akademik
nomi bo`lganlar tomonidan imzolangandi. Uning tushuntirish qismi o`n bir sahifa
va unga ilova qilingan "faktlar" to`kson ikki sahifadan iborat
bo`lganа yozuv mashinkasida ko`chirilgan,
jirkanch va iflos fikrlar bilan to`lib, toshgan katta bir "doston"(bu
iflos alahsirashga doston iborasi ham loyiq emas) edi, u xat. Hammasidan ham
xatning mazmuni kishi sochini tik turg`izardi. Chunki xat boshdan, oyog`i
millatchilikning o`ta yaramasа
chirkinliklari bilan to`lib toshgandi. Uning mazmuniga ko`ra, mavjud O`zbekiston
tuprog`ining yarimidan ko`proq qismi tojiklarning tuprog`i va ularning vatani,
deb e'lon etilardi. Respublika nufusiga ham shunaqa yirtqichlarcha tajovuzlar
yozilgandi, ya'ni xatda tasdiqlanishicha O`zbekistonda istiqamot etayotgan
aholining ham yarimidan ko`prog`i tojiklarmish, umuman O`rta Osiyo tojiklarning
tarixiy vatani emish-u, o`zbeklar (turklar) istilochilarmish. Ular bu tuproqni
XII asr boshlarida bosib olib, turklashtirishganmish. O`zbekistonning bugungi
hududi, qolaversa butun Turkiston yurti zudlik bilan Tojikiston respublikasiga
qo`shib berilishi zarur, deb qattiq talab qilinardi, u iflos xatda. Bordiyu bu
talab qontirilmasa, Samarqand va Buxoroda "ikkinchi Qorabog`"
boshlanishini "bashorat" qilardi, u xat mualliflari. Bu gaplar xatda
keltirilgan ig`vo va dushmanlikning ba'zi birlari, xolos. Aslida yuz sahifadan
ortiq "ilmiy ijod" o`zbeklarga, umuman turklarga dushmanlik bilan
to`lib-toshgan, qora loydan iborat, bir balo edi. U xatning to`la mazmunini
so`zlab tugatishning iloji yo`q, uni faqat shaxsan o`qib chiqmoq lozim.
O`qiganda ham uning mazmuni va maqsadini yaxshi tushunmoq, uqmoq uchun bir
necha marta qayta-qayta o`qimoq zarur. Maskur xatning kopiyasi (ko`chirmasi)
emas, asl, birinchi (imzolar asl bo`lib, siyohda edi) nusxasi negadir, KGB
Samarqand viloyat tashkiloti tomonidan bizga, "BIRLIK" xalq harakati
Samarqand viloyat tashkilotiga topshirildi.Qarang, Gorbachevga yozilgan xat
ning asl nusxasi bizga berilayapti, nega? Nima uchun bu xatning asl nusxasi
Samarqandlik KGBchilar qo`lida turibdi? Tojikistonliklar Moskvaga yo`llagan xat
nima uchun Samarqand bo`ylab kezib yuribdi? U xat zudlik bilan mo`ljallangan
manzilga, ya'ni KPSS MKga yuborilmasdan, bizga, "BIRLIK"likchilarga
o`rganib chiqish uchun berilmoqda, nega, nima uchun?. Bu iflos, hojatxonaga
ishlatilishi kerak bo`lgan qog`oz bilan biz tanishib chiqishimiz sovet
hukumatiga, KGBiga shunchalar zarurmi? Yoki sovet KGBisi biz o`zbeklarning
jonkuyar jonajonlarimi, do`stlarimi, bu xatni bizga yaxshilik uchun
berayotirlarmi? Ular bizga yaxshi xabardan, o`zbeklarga foydali xabardan darak
berayaptimi? Yana bir eТtiborni o`ziga jalbqila digan eri shundaki, xat,
Viloyat tashkiloti boshlig`i menga emas, mening yordamchim Borot Namozovga
berildi. Bu ham savol, nima uchun, axir? Xat ''Birlik'' ka, Xalq harakatiga
tanishish uchun xolis niyatda beriladigan bo`lsa, nega Harakatning Markaziy
Kengashiga emas, bizga, uning Viloyat tashkilotiga beriladi? Xatda ko`tarilgan
masalalar butun O`zbekistonga, hatto butun Turkistonga tegishliku, axir. Hega, shunday,
nima uchun xat bizga berilayapti? Ammo xatni yozganlar ham, uni
tarqatayotganlar ham, xat bilan Harakatning Markaziy Kengashini emas, bizni
xabardor etishni tanlaganlar ham faqat bitta yovuz niyatni ko`zda tutgandilar.
Ya'ni ularning iflos fikricha, Samarqandda tojik atalmish aholi bir muncha
g`uchroq yashashadi, shuning uchun xatdagi yovuz niyatda yozilgan yolg`on va
ig`volarni o`qib, biz o`zimizni tuta olmasdan xat mualliflari taxmin etganidek,
millatchiligimiz, "yirtqichligimiz" jo`shib, dodlab ko`chaga
chiqmog`imiz kerak edi. Xatdagi iflosliklar uchun biz Samarqand dagi
tojiklarga, hali siz shunaqamisiz, deb ularga dag`-dag`a qilishimiz va nihoyat
shaharda katta g`avg`o kelib chiqishiga sababchi bo`lishimiz mo`ljallangan edi.
Ammo biz boshni qo`llar orasiga qo`yib o`yladik va mutlaqo o`zgacha yo`l
tutdik. Vahimaga tushmaslik, ig`voga uchmaslik lozim, degan xulosaga keldik.
Xatni zudlik bilan ko`chirib olib, undan nusxalarni shahar, viloyat, Respublika
partiya organlariga tarqatish zarur, degan qat'iy qaror qildik
Shunday qilib, birgina o`zbeklar
emas, hammaning, tojikning ham, o`zbekning ham yovuz dushmani tarafidan ijod
etilgan, balki o`tkan yili sentyabrda "tojiklar" mitinggini tashkil
etganlar tarafidan tuzilgan, bu mashhum xatni B. Namozov KGB vakillaridan olgan
hamon mening oldimga keldi va biz ikkimiz birgalikda, bu xatni o`rganish
yo`llarini ishlab chiqdik. Birinchidan, xatda nima yozilishidan qat'i nazar,
biz uni ommalashtirmasdan, eng avval faqat ikkimiz sinchiklab o`rganib
chiqmog`i miz kerak, degan qarorga keldik. Shunga ko`ra xatni to`la ko`chirib
olishimiz lozim bo`ldi. Bizga xat bilan tanishib chiqmoq uchun faqat bir kunga
yaqin muddat qo`yishgandi. Xat bizning qo`limizda turgan zamon kunnig ikkinchi
yarimi edi. Shuning uchun bizning ixtiyorimizda, amalda faqat bir kecha
ishlashimiz qolayotgandi. Xatni bir kechada, ya'ni o`n ikki soatda qo`lda
ko`chirib olishning imkoni yo`q edi. Darhol, nusxa ko`chirib oilsh uchun u
zamonlar, Samarqandda kserio ham yo`q edi. Kimdadir, kserio bo`lsa ham bizning
ularga chiqish imkonimiz yo`qdi va bu xat bilan biror kishi oldiga chiqish ham
juda xavfli edi. Shunday qilib, qo`limizda birdan bir imkon, xatdan foto nusxa
olish qolayotgandi. Buning uchun ham ishonchli fotograf zarur edi. Nihoyat o`ta
ishonchli fotograf topdik va kechasi bilan uxlamasdan bir foto nusxa chiqarib
oldik. Undan so`ng imkonini topib, foto nusxalarni ko`paytirib, biz mo`ljalga
olgan kompartiya rahbariyatlari manzillariga jo`nat dik. Bizning bu yo`limiz,
ishni bu shaklda boshlab yuborishimiz Samarqand KGBchilarini tentak qilayozdi.
Ammo ishni bu xildaа boshlash bizga
"BIRLIK"chi sifatida sezilarli ochko keltirdi. Shundan eТtiboran
ular, ya'ni KGBchilar biz bilan ehtiyot bo`lib, ular biz bilan aloqa va
munosabatlarida etuk, siyosatni tushunadigan kishilar sifatida muomala
qilishadigan bo`lishdilar.
Shunday qilib, biz dushman
maqsadini aniq tushinib, uni etarli darajada to`g`ri baholadik. Shunga yarasha,
imkonimiz doirasida zarur darajada salmoqli va aql bilan harakat qildik.
Dushmanning, turklar dushmanlarining ig`vosiga yo`l bermaslik uchun studentlar
orasida, Samarqand shaharida tojiklar g`uchroq yashaydigan mahallalarda
tushuntirish ishlari olib borishni yo`lga qo`ydik. Ish qilib, qo`limizda
bo`lgan barcha kuch va imkoniyatlar bilan shaharda mojaro chiqmasligiga harakat
qildik. Ammo o`zlarini "tojiklar vakili" ko`rsatib, go`yo
tojiklarning "manfaatlarini" qo`llayotgan, J.Mirsaidov, A.Yusufova,
O`. Bekmuradov va adashib ularga ergashib yurishgan besh - o`n kishi, Qorabog`
armanilari maslahati bilan ish yuritib, tojiklar va o`zbeklar orasida ixtilof
yaratuvchi igТvogarlarga aylanib qoldilar. Men ular tashkil etgan majlislarda
ham chiqishlar qilib, tushuntirish olib borganman. Tojiklar
"najotkorlari"ning har biri bilan uzundan - uzoq suhbatlar qilib,
ularning munofiqliklarini yuzlariga so`zlagan vaqtlar bo`lgan.
Xullas, "BIRLIK" xalq
harakati Samarqand Viloyat tashkiloti, uning Viloyat Kengashi o`sha zamon vaziyatga
jiddiy baho berib, shoshma-shosharlikka yo`l qo`yilmaganligi natijasida KGB va
Qorabog` armanilari ig`vosi amalga oshishiga yo`l berilmadi. Bordi-yu o`sha
zamonlar "BIRLIK"chilar jindak engillik qilib, jizzakilikka,
his-hayojongaа berilib, Samarqandda
tojik-o`zbek orasida ixtilof chikguday bo`lganda edi, I. Karimovga prezidentlik
tushida ham nasib bo`lmasdi. Ammo biz uchun u vaqt Samarqandday buyuk bir joyda
dushman ig`vosiga (turklar dushmani ig`vosiga) uchmaslik eng oliy maqsad edi.
Bugun I. Karimov O`zbekistonda
diktatorlik qilmoqda, xalqqa azob berib, uning ilg`or qismini tugatish bilan
izchil shug`ullanmoqda. O`sha kunlarga, hatto mana shu bugungi zulmdan, I.
Karimovning o`zbeklarga ochiq dushmanligi eshigidan qarab ham biz vaqtida qabul
etgan qarorimizni mutlaq to`g`ri edi, deb hisoblayman.
1989 yili SSSR Oliy Sovetiga, 1990
yili O`zbekiston Oliy Sovetiga deputatlar saylash kompaniyasida ham Harakatning
Samarqand tashkiloti xalq ichida anchagina targ`ibot va tashviqot ishlari olib
bordi. Masalan, men Samarqand viloyatining deyarli barcha rayonlarida saylov
oldi yig`ilishlarda, saylovchilarning deputatlikka nomzodlar bilan
uchrashuvlarida qatnashdim va nutqlar so`zlashga harakat qildim.Ularda
"BIRLIK"ning programmasini torg`ib qilishga urindim. Viloyat bo`ylab
bir necha rayondan mening nomzodimni O`zbekiston Oliy Soveti deputatligiga
ko`rsatish tashabbus guruhlari ham tashkil etildi yoki shunday guruh tuzishga
harakat qilindi. Ammo Viloyat KGB bo`limi va kompartiya viloyat komitetining
qattiq va oshkora qarshiligi natijasi o`laroq, qonunlarni ochiqdan-ochiq buzish
bilan mening nomzodimni deputatlikka koТrsatish majlislari buzildi va mening
nomzodim ro`yxatga olinmadi.Viloyat Kengashi a'zolari N.Rajabov, S.Muradov,
B.Namazov, X.G`aniev, A.Umirzaqovlar ham saylov kompaniyasida faol ishtiroq
etdilar. Oq-Daryo, Past-Darg`om, Ishtixon rayonlarida ham "Birlik"chi
do`stlarimiz saylov kompaniyasida ko`p ishlar bajarishdilar. Ishtixon rayon
saylov oldi yig`ilishlaridan birida Norjigit Rajabov Oliy Sovetga nomzod etib
ko`rsatildi. Toshkentning bevosita ko`rsatmasiga muvofiq uning ham nomzodi
ro`yxatga olinmadi.
1990 yili Toshkent viloyat
Oq-Qo`rg`on rayonida yashovchi mesxitiyali turklar bilan bo`lgan voqealar
Samarqandda ham bir qator problemalarni keltirib chiqardi. Chunki Samarqand
viloyatining Bulung`ur, Jomboy, Past-Darg`om, Ishtixon, Oq-Daryo rayonlarida
ular ancha g`uch yashashardilar. Bu turklarni, bu qardoshlari mizni haqiqatda
hukumatning maxsus yashirin ko`rsatmasiga muvofiq o`troq joylaridan majburan
haydashdilar. Buning uchun birinchidan, turklar yashayotgan qishloq va rayon
markazlariga ularni ko`chishga chaqiruvchi maxsusа tashviqotchilar tarqatildi. Ikkinchidan,
Past-Darg`om va Ishtixon rayonlarida (bu rayonlarda turklar nisbatan ko`proq
yashashardilar) rayon kompartiya rahbariyati mesxitiyali turklarga qarshi,
ularning ko`chib ketishlarini talab qilgan mahalliy aholi mitinglarini tashkil
etdilar va o`tkazishdilar. Kechalari partiya-hukumati tomonidan tayinlangan
maxsus kishilar uyma-uy yurishib, bu mitinglarga odamlarni da'vat etishdi. Bu
ishlar Mosk vaning ko`rsatmasiga muvofiq I. Karimov boshchiligida amalga
oshirildi. Bu esa, Moskva ko`rsatmasiga ko`ra I. Karimovning bevosita
ishtirokida mesxitiyalik turklarni O`zbekistondan majburiy haydash edi. Biz bu
jarayonga ham keskin qarshi turdik. Past-Darg`om, Ishtixon, Oq-Daryo va Jamboy
rayonlarida turk qardoshlar bilan uchrashuvlar o`tkazdik, ularni ko`chmaslikka
da'vat qildik. Lekin hukumat g`azabi kuchli edi. Ular ko`chib ketishdan boshqa
iloj topa olmadilar. Masalan, Oq-Daryo rayoni, Dahbet qishlog`ida yashovchi,
o`sha qishloqda maktab direktori vazifasida ishlab turgan, bir hurmatli kishi
bizga, "BIRLIK" viloyat tashkilotiga murojaat qildi. U murojaat bilan
bizga kelganida uning qo`lida bir xat bor edi. Xatda maktab direktori adresiga,
begunoh bu insonga qaratilgan bir qator so`kishlar, ya'ni ochiq, o`zbekcha
iflos, so`kish so`zlari va Dahbetdan zudlik bilan chiqib ketishi zarurligi
yozilgandi. Bir umr qishloqda o`qituvchilik qilgan, faqat bolalar tarbiyasi
bilan mash'g`ul bo`lganа bir inson uchun
bu o`rinsiz haqorat, dushmanning ishi edi, albatta. Uni aqli joyida bo`lgan bir
o`zbek yoki u o`qituvchining qishloqdoshi yozmaganligi menga aydin edi. Lekin u
bechora o`qituvchi uchun esa, juda alam qilarli bir holat edi. U, yoshi
ellikdan oshgan kishi o`sha mashhum xatni menga ko`rsatib, yig`lab yuborgandi.
Biz Dahbetlik o`qituvchini hurmat bilan qabul qilib, nasihatlar qildik.
Dahbetga uning uyiga bordik, u erda kishilar bilan suhbatlar o`tkazdik. Ammo
natija o`qituvchining ko`chib ketishi bilan tugadi. 1990 yillari Mesxitiya
turklarini O`zbekistondan to`la va batamom haydab yubormoq uchun O`zbekiston KP
MK 1-kotibi I. Karimovning shaxsan o`zi ko`rsatmasi bilan ana shunaqa, bemaza
tashviqotlar amalga oshirilgandi. Bu jarayonga
biz qarshi kurashgan bo`lsak-da, unga tusiq bo`la olmadik, unga tusiq bo`la
olmasdik ham. Chunki u ishlar Moskvaning o`sha zamondagi bosh rejasi bilan
amalga oshirila yotgandi. Bizning barcha harakatlarimiz, jarayonga nisbatan bizning
noroziligimiz bo`lib qolaverdi. Shunga ham shukur, hech bo`lmasa jim o`tirib,
kuzatuvchi bo`lib qolmadik. Har holda bu noinsoniylikka ochiqchasiga qarshi
bo`ldik.
1991
yili O`sh voqealari jarayonida ham bir muncha ishlar amalga oshirdik. Hatto
Samarqand shahar kompartiya komiteti bilan olishib, tortishib shahar bankida
O`shliklarga yordam hisobi ochishga erishganmiz. Bizning, ya'ni
"Birlik" Viloyat Kengashi talabiga ko`ra O`sh voqealari munosabati
bilan shahar kompartiya komitetida bir uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda
Samarqand shahar kompartiya komiteti 1-kotibi Nosir Norovich Yaqubov, shahar
ijroiya komiteti raisi Mustafa G`oniev qatnashdi. "BIRLIK" Biloyat
Kengashidan, men, B. Namozov va yana to`rtta "Birlik"chi qatnashdik. U,
uchrashuvda biz O`shdagi voqealar "hokimiyat tarafidan (Sovet hokimiyati
ko`zda tutilmoqda) ikki qondosh va qardosh elat o`rtasida ataylab tayyorlangan
ig`vo"- degan fikrni olg`a surdik. Bunda O`zbekiston va Qirg`iziston
hukumatlari ijrochilardir, deb tasdiqladik. O`shliklarga moddiy yordam tashkil
etish va O`shdagi mojarolarni shaxsan kuzatish, joyida zaruriy yordam tashkil
eta oladigan maxsus komissiya tuzish va O`shga yuborishni talab etdik. Shahar
kompartiya 1-kotibi boshliq mahalliy hokimiyat tarafi esa, to`la teskari fikrda
bo`lib, ular O`zbekiston hukumatining, ya'ni O`zbekiston KP MK 1-kotibi
faoliyatini qo`llab-quvvatlashni talab qilishdi. Shunda N.N.Yaqubov
"I.Karimov o`zbek lar otasi, u O`shda bizga otalik vazifasini
bajarmoqda"-dedi. Men esa, shartta o`rinimdan turdimda, "Yo`q!
Karimov o`zbeklarga ota bo`la olmaydi. U o`zbeklarning dushmani", deb
yubordim. Bu gap bilan Karimovga nihoyatda katta ayb qo`ymoqda edim. Respublika
bosh rahbarini "Dushman", atash, unday-bunday gapmasdi!? Ammo u
zamonlar bizda ancha kuch bor edi, bizdan qo`rqardilar. Shuning uchun bunaqa
haqoratlarni, u zamonlar ular eshitmaslikka olishardilar. Yig`ilish bizning
foydamizga hal bo`lgandi. Shu yig`ilish natijasi o`laroq, shahar bankida
O`shliklarga yordam hisobi ochilgandi. Bundan tashqari ham qator aholining
turli xil turmush sharoitlariga, moddiy va ma'naviy hayotiga tegishli masalalar
va tadbir-choralar ustida ish olib borilgandi. Men bu erda ularning nisbatan
ahamiyatlilari haqida qisqacha so`zladim.
ааааааааааа аааааааааааа
8.1.7.а
''BIRLIK''а qaytadan ta'qiqlandi.
Ma'lumki,
1991 yil 30 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar
o`tkazildi.
Sovet
zamonida sovet KGBsi tarbiyasini o`tagan, Vatan sotqini, xalq dushmani,
O`zbekiston kompartiyasi MKning 1-kotibi I. Karimov va endigina tashkil etilgan
"Erk" demokratik partiyasi Raisi M. Solih Prezidentlikka nomzod etib
ko`rsatilgan edilar. Saylov arafasi va saylov oldi kurashi, ularning tashkil
etilishi, o`tkazilishi, natijalari haqida bu erda so`zlab o`tirmayman. Chunki
mavzu uzun bo`lib, u boshqa xil bayon etilmog`i lozim.
Shunday
qilib, Prezidentlik saylovlaridan so`ng nihoyat 15 kun ham kechmasdan, ya'ni
1992 yil 16-yanvarda mamlakat paytaxtida "studentlar qo`zg`oloni",
atalmish g`alayon chiqdi. Bu g`alayon maxsus tayyorlangan bo`lib, u I.
Karimovning shaxsan o`zi boshchiligida O`zbekiston hukumati tomonidan tashkil
etilgandi. To`g`rirog`i shu yo`l bilan I. Karimov o`z muxoliflaridan qonli o`ch
olishni amalga oshirgandi. Shuning uchun bu ''qo`zg`olon'' tashkilotchilari
hamon aniqlanmadi va uning sabablari to`la tahlil qilinib, ular
ommalashtirilmadi. 1991 yil dekabr oyida o`tkazilgan O`zbekiston
prezidentligigaа saylovlar arafasida
talabalar I. Karimov nomzodiga to`la qarshi kafiyatda bo`lishganlarini namoyish
etdilar. Shu sabab talabalarning tashkiliy harakatiga xalaqit bermoq maqsadida
ularga navbatdan tashqari ta'til berishgandi. Endi esa, yangi 1992 yilning
boshida talabalar endigina o`qishlarini boshlashgandilar. Ular hali birorta
siyosiy harakat haqida xayol ham qila olganicha yo`q edi. Osmondan tushdimi,
erdan chiqdimi, birdan to`polonlar boshlanib ketdi. Demak, 1992 16 yanvarda
Toshkentlik talabalar ''qo`zg`olon''ga tayyormidilar? Talabalarni hukumatga
qarshi ko`tarishni mo`ljallayotgan biror tashkilot mavjudmi edi? Talabalarning
hukumatga qarshi biror xil harakatini tashkil etishda ''BIRLIK'' yoki ''ERK''
partiyasi qatnashishi ehtimoli bormidi? Bu savollarning barchasiga faqat
''Yo`q'' jabobi beriladi, xolos. Undayа
bo`lsa, u to`polonlarni kim tayyorladi? U qirg`in, u begunoh yosh yigitu-qizchalarning
qoni kimga zarur bo`ldi? Bu savollarning mantiqi va javobi yana o`sha prezident
saylovlari arafasiga borib taqalmaydimi? Ha, shunday, uning,
"qo`zg`olon"ning asosiy sababi talabalarning salov oldi
kafiyatidir.Ularning o`sha jangovar kafiyati uchun ulardan oТch olish
"qo'zg`oloni" edi, bu.
1991
yil 31 avgustda O`zbekiston, endi I. Karimov tarafidan hamа mustaqil, deb e'lon qilindi. Sovet Ittifoqi
ortiq yo`q. Ammo SSSR rasmiy ravishda hali torqama gan, uning Prezidenti M.
Gorbachev hali o`z vazifasini o`tab turgan bo`lsa-da, Ittifoqdosh Respublikalar
o`z mustaqilliklarini birin-ketin e'lon qilishib, ''uy-uylariga'' kirib
olishganlar.
O`zbekistonda
1991 yil 19 avgustа voqealarini(GKChP)
to`la qo`llab quvatlangani uchun I. Karimovа
B. Eltsingami, M. Gorbachevga suyanishni aniqlay olmay sarosimaga
tushgan, Respublikada ahvol juda ham barqaror emas; Talabalar ancha faol,
Farg`ona vodiysida xalq ancha jonlangan, u erda bir qator yosh moТllavachchalar
''Adolat'' guruhi tuzishib, davlatning tartibni saqlash va huquqni himoya etish
organlari bilan musaboqalashib turishibdi; ''BIRLIK'' bo`linib, uning faolligi
biroz susaygan bo`lsa-da, to`la zaiflashmagan; Yangi ''ERK'' partiyasi hukumat
bilan iliq ''muomala''da tursa-da, uning a'zolari soni kun sayin o`smoqda. Ular
o`z matbuotidan unumli foydalanib turishibdi. Respublika ichki ishlar
vazirligi, Respublika KGB tashkiloti mustaqillikka qadar to`la Moskvaga
bo`yinsunardi. Hozir esa, I. Karimov hukumati bu organlar ustidan mutlaq hokim
bo`la olganicha yo`q. Hozircha I. Karimov to`la ishonadigan birdan-bir quvvatli
kuch bu harbiylardir. Chunki ular sovetlar zamonida to`la ruslashtirilgandi.
Uning ustiga Respublikadagi milliy uyganish harakatlari KGB tarafidan ruslarga
qarshi harakat qilib ko`rsatilganligi uchun O`zbekiston hududidagi rus harbiy
qumodonlar millatining tayini yo`q I. Karimov bilan mutlaq yaxshi aloqada, ular
faqat unga bir muncha ishon moqda edilar.
1991
yil O`zbekiston prezidentligiga saylovlar arafasida mana shunday vaziyat
maydonga kelgan edi.
I.
Karimov hali sovetlar davrida tashkil etilgan O`zbekiston Oliy Soveti
deputatlari tomonidan ''saylangan'' prezident hisoblanardi. I. Karimov,
oddiyа askarlarning 70 foizidan ortig`i
ruslar va harbiy qumodonlikning to`la ruslardan iboratligidan ularga suyanib,
hokimiyatni davom etiraversa ham bo`laverardi. U holda xalqaro progressiv
jamoatchilik ko`z o`ngida I. Karimov hokimiyati xunuk ko`rinib qolgan bo`lardi.
Shuning uchun mug`ambir I. Karimov o`z xususiyatiga mos yo`lni, afg`or ommani,
dunyo jamoatchiligini aldash yo`lini tanladi. Haqiqatan Sovet hukumati tugab,
O`zbekiston o`z boshiga qoladigan bir vaqtda ruslashgan armiya yordamida
hokimiyatni ochiqdan-ochiqchasiga ushlab turish va uniа mustahkamlash xalqaro miqyosda juda ko`rimsiz
bir ish bo`lardi. Endigina ''Yovuz imperiya'' iskanjasidan qutilgan mamlakat
biroz bo`lsa-da ozodlik, erkinlik talab, ozodlikka, erkka intiluvchi ko`rinishi
kerak edi, axir. U zamonlar dunyoning bir qismi O`zbekistonni musulmon
mamlakati qabul qilsa, boshqa qismi mustamlaka iskanjasida ezilgan, ozodlik
orzusida zahmat chekkanlarа mamlakati,
deb qabul etgandi. Bunday xalqaro munosabatniа
e'tibordan chetda qoldirib bo`lmasdi. Shu sababdan I.Karimov tashqi
ko`rinishdan demokratiya o`yini ko`rsatishga kirishdi.
Xullas,
I.Karimovа O`zbekistonda, 1991 yil 30
dekabrda Prezidentlik saylovlari o`tkazib, o`zini xalq ''saylagan, ligitimli''
Prezident e'lon qilish yo`lini tanladi. Ammo yasama saylovdan so`ng esa,
ilgaridan rejalashtirib qo`yilgan niyatlarini birin-ketin amalga oshira
boshladi.Yuqorida sanalgan, Karimov yakka hokimligiga xalaqit berishi mumkin
bo`lgan, barcha kichigu-katta to`siqlarni bir-bir supurib tashlay boshladi.
Shunday
qilib, 1991 yilgi Prezident saylovlaridan so`ng I. Karimov eng avval talabalar bilan
orani ochiq qildi. Chunki I. Karimov talabalardan juda qo`rqardi. Ulardan
qo`rqqanidan saylovlar arafasida institutlarda tanaffus e'lon etib, talabalarni
shaharlardan chiqarib, tarqatib yuborishgandilar. Endi esa, ularni tashkiliy
ravishda biror harakatа qila olmaydigan
holga keltirish kerak bo`lmoqda. ''Nima uchun Toshkentga buncha ko`p talabalar
yig`ilib qolgan? 1989-1991 yillarda barcha mitinglarni ham shular tashkil
etishgandi, axir'', deb kuyinardi I. Kari mov o`z-o`ziga. Nihoyat,а ''Toshkent shaharida talabalar sonini keskin
kamaytirish, ularni bu shahardan quvish kerak'', dedi I.Karimov, bir kun o`z
yugurdaklariga. Ammo Karimov hech bir zamon o`z atrofidagilarga ishonmasdi va
hozir ham ishonmaydi. Shu sababdan, u shaxsan o`zi boshliq Toshkent shahrida
talabalar sonini mutlaq kamaytirish rejasi ishlab chiqildi. Bu reja zudlik
bilan amalga oshirildi. U rejaning amaldagi ko`rinishi 1992 yil 16-yanvarida
sodir bo`lgan ''studentlar qo`zg`oloni'' edi. U reja Karimovning shaxsan o`zi
tarafidan ishlab chiqilib, yordamchilari (Baxtiyor Nazarov va boshqalar),
Respublika Ichki ishlar vazirligi va KGB tashkilotining bevosita ishtirokida
amalga oshirildi. Bu xulosa isbotga muhtojmi? Aslida bu erda hech narsa isbot
talab emas, hammasi hukumat tomonidan tashkil etilgani ko`rinib turgan bir
holdir. Shunga qaramasdan bir necha faktlarni sanab o`tamiz. Birinchidan,а ''qo`zg`olonФdan so`ng darhol butun
Respublika bo`ylab, hatto kattaroq rayon markazlarida ham ''universitetlar''
tashkil etishib, mamlakat paytaxt shahrida universitet va institutlarda
o`qiyotgan yoshlarni, u ''yangi universitetlarga'' ko`chirish haqida Prezident
I. Karimov farmoni e'lon etildi. Ikkinchidan, qiziq ustida, xo`ja ko`rsinga
1992 yil 16 yanvar voqealarini isloh qilish uchun O`zbekiston Oliy Soveti
maxsus komissiyasi tuzilgani haqida ham xabar tarqatildi. Buа komissiya nima ish qilgani yoki biror ish
bajarib, qandaydir xulosalar chiqargani hamon hech kimga aniq emas.U
komissiyaning xulosalari haqida hech bo`lmasa yolg`on ma'lumotlar ham e'lon etilmadi.
Nega, nima uchun, axir? Talabalar qurbon bo`lishiga sabab bo`lgan, uning
oqibatida o`nlab ''yangi universitetlar'' tashkil etishga majbur bo`lingan
masala haqida shunday indalmasdan qo`yilaversa, bu nima, degani bo`ladi?
Uchichidan, talabalarni Toshkentdan haydab ulgurmay, ''BIRLIK'' xalq harakati
faoliyatini uch oyga to`xtatish haqida hukumat qarori joriy qilindi. Vaholanki,
O`zbekistonda mavjud qonunlarga muvofiq Harakatning faoliyatini to`xtatish yoki
to`xtatmasligi haqida faqat sud (mahkama) hukm chiqara oladi. Shu bilan birga
"ERK" partiyasi ham chetda qolmadi, u ham ba'zi imkonlaridan mahrum
bo`ldi. Chunki I. Karimov hisobi bo`yicha endi bu ikki harakatni qo`llaydigan
uyushgan, tashkiliy kuch yo`q edi. Endi ularning asosi qo`porib tashlangandi.
To`rtinchidan, Farg`ona vodiysida tashkil bo`lgan ''Adolat'' guruhiga saylov
oldi va'dalarini bajarish o`rniga, guruhning o`zini tugatib, harakatning
faollarini qamoqqa olishni boshlab yubordi. U guruhning ba'zi bir amirlari
zo`rma-zo`raki qochib qutula olishdi, xolos. Bular barchasi ''studentlar
qo`zg`oloni'' tashkilotchilari I. Karimov boshlig`idagi O`zbekiston
hukumatining o`zi ekanligini to`la isbot etadi. I. Karimov Toshkentda
o`qiyotgan talabalarni tarqatib yuborish natijasida juda ko`p ''quyonlarni''
bir o`q bilan ura oldi.
Darhaqiqat,
1992 yilning boshida voqealar yuqorida ko`rsatilgani kabi kechdi. Biz, o`sha
voqealar jarayonida ''BIRLIK''chi va ''ERK''-chiligimizni pesh-pesh etgan
bo`lsakda, aslida siyosiy go`dakligimizni yana bir bor ko`rsatdik. Voqealarni
chuqur tahlil qilish, uning asl mohiyatini ochish, ularni qayta-qayta tahlildan
o`tkazish va jiddiy, keskin siyosiy xulosalar chiqarish, ta'sirli, dadil
qarorlar qabul qilish, talabalar harakati yo`lboshchiligini qo`lga olish va
unga qo`rqmasdan rahbarlik etish o`rniga, hech narsaga arzimas, ikkinchi
darajali boshqa ishlar bilan shug`ullandik. Ko`proq, u voqealar bizga aloqasi
yo`qligini, biz, uа
"qo`zg`olon"ga aralash emasligimizni isbotlash bilan ovora
bo`ldik. To`g`ri, ''BIRLIK'' ham, ''ERK'' ham qon to` kilishiga olib kelgan u
mashhum ig`voning tashkilotchisi bo`lishi mumkin emasdi. Ammo bizning
ishtirokimizsiz jinoyat sodir etilgan, begunoh talabalar qoni to`kilgan edi.
Qolaversa, talabalar chindan ham bizning ishonchimiz, suyangan kuchimiz edilar.
Ularning boshida ig`vo aslida biz uchun, bizni zaiflashtirmoq va tugatmoq
maqsadida tashkil etilayotgandi. Biz esa, ularni butun imkoniyatlarimiz ila
qo`llash o`rniga, ulardan uzoqda turishga urindik, ularga aloqamiz yo`qligini
hukumatga ko`rsatishga zo`r berib intildik. Bu mutlaqo xato pozitsiya edi.
Ig`vo hukumat tarafidan tashkil qilingan ekan, biz talabalar bilan birga
ig`vogarlarga qarshi "jang"ga kirmog`imiz shart edi. I. Karimov esa,
o`z jinoyatini xaspo`shlash va ig`vodan ko`zda tutilgan maqsad bo`yicha
erishilgan yutug`ini mustahkamlashni izchil davom ettirdi. U bir tarafda
ommaviy matbuot vositalari orqali ''ko`z yoshi'' to`kib, ''qora kuchlarni''
aniqlash va ularni shafqatsiz jazolashni va'da qilib, ''ozroq shoshmang,
avgustda (1992 yil avgusti, demoqchi) mana bunday bo`ladi'', deb bosh
barmog`ini ko`rsatib, ikkinchi tomonda O`zbekistondagi barcha progressiv
muxolif kuchlarni bitta-bitta haqiqatdan shafqatsiz jazolashni va ularni
tugatush ishlarini butun Respublika bo`ylab boshlab yubordi.
''BIRLIK''
xalq harakati, ''ERK'' partiyasi va boshqa katta-kichik jamoatchilik
uyushmalarini tugatush maqsadida O`zbekiston ''Asosiy Qonuni''ga xilof ravishda
ularni qayta rasmiylashtirish haqida hukumat qarori qabul qilindi. Chunki endi
I. Karimov ''saylangan'' Prezident, u o`zi istagancha ularni
''rasmiylashtirishni'' amalga oshiradi. Kimni qoldiradi, kimni o`chiradi, buni
endi Karimovning yakka o`zi hal etadi. Unga endi hech qanday yordamchi,
maslahatchi, ko`p fikrlilik kerak emas. I. Karimov endi O`zbekistonda
''sharqona demokratiya'', ya'ni Karimov diktaturasini o`rnatadi. Unga
diktatura, yakka hokimlik juda zarur. Chunki I. Karimov sovet davrida
O`zbekiston hokimiyati boshida uncha uzoq muddat o`tirmagan bo`lsa-da, u Moskva
ko`rsatmalarini to`la va so`zsiz bajarmoq uchun juda ko`p jinoyatlar qilib
ulgurdi. Shuning uchun bu qo`li qon hukumat boshlig`i muxolif fikrda bo`lgan
kimsalarni hukumatga yaqinlashtira olmaydi. Hatto ularning mamlakatda bo`lishi
ham I. Karimov uchun kattaа xavf
tug`diradi.
KPSS
Siyosiy byurosi tomonidan O`zbekistonga rahbar qilib tayinlangan I. Karimov, bu
hokimiyatni uzoqroq qo`lda saqlamoq uchun Moskva oldida istagan alchoqlikni
qildi. U erdan yuborilgan har qanday pastkashlik va jinoyatlarni bosh qoqmay
sodir etdi. Endi esa, Moskva yo`q, ammo sodir etilgan jinoyatlar sovumaganicha
kishilar ko`z oldida turibdi. Shuning uchun unga endi o`sha qonli jinoyatlarni
has-po`shlash uchun, ularning izlarini ''yopib'' yubormoq uchun hokimiyat
kerak, hokimiyat bo`lganda ham mutlaq hukmdorlik zarur. Aksincha, u jinoyatlar
ochilib ketishi va Karimovning jinoyatchi guruhi sharmisor bo`lishi turgan gap.
Ammo Karimov qo`lida hokimiyat turibdi, uni hech kimsaga bermoqchi emas.
Aksincha, hokimiyatni diktaturaga aylantirish uchun zarur bo`lgan eng muhim
qadam qo`yildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu qadam Toshkent shaharida
to`plangan talabalarni tarqatib yuborishdan iborat edi. Bu ish a'lo darajada
bajarildi. Endi Karimov uchun Yagona hukmdorlikka yo`l ravon, ochiqdir. Chindan
ham shunday bo`ldi. Masalan, bugun, 1999 yilda ham O`zbekistonda Karimov
mustabid hokimligi davom etib turibdi. Xalqning yarimi qamoqxonalarda
azob-uqubatda o`lib ketayotgan bo`lsa, qolgan yarimi ochlik va yalang`ochlikda
o`z uylarida jon bermoqda. Karimov, haqiqatda 1991 yili prezident saylovida
ham, 1995 yil uning vakolatini cho`zish referendumida ham saylanmagan
''prezident''. Bu hol unga juda yaxshi ma'lum. Shuning uchun, mana o`n
yildirki, uni saylashni istamagan o`zbek xalqidanа u o`ch olmoqda.
Tarix
usta hakamdir. Zamonlar kelar, Karimov kirdikorlari
ham oshkor bo`lajak. XIX asr ikkinchi yarimida rus bosqinchilari ulug`
shahrimiz Samarqandni ishgol qilishida ularga josuslik ma'lumotlari to`plab
bergan sotqinlar ismi bugun hammaga oshkor. I. Karimovning, yovuz niyatliligi,
josusligi o`zbeklarga (turklarga) dushman bo`lganligi ham oshkor bo`lishiga
hech shubha yo`q.
Shunday
qilib, ''BIRLIK'' xalq harakati qayta rasmiylashtirmoq uchun zarur bo`lgan
barcha hujjatlarni Respublika Adiliya Vazirligiga topshirgan bo`lsada, uni
rasmiylashtirishmadi. Aksincha, 1992 yilning ikkinchi yarimidan boshlab
''BIRLIK''chilarni turli xil uydurmaа
''jinoyat lar'' bilan qamoqqa tashlay boshlashdi. Natijada, 1992 yil
so`ngidan boshlab, Harakatning faollari Vatanni tashlab ketishga majbur bo`lib
qolishdi va ular O`zbekistondan chiqib keta boshlashdi. Endi ularning oldida
uzun muhojirlik hayoti turardi.
8.1.8. O`zbekiston rasmiy hukumati va
muxolifat vakillarining Vashingiton uchrashuvi.ааааааааааа
1994
yilning so`nggi oylari men uchun ancha tashvishli o`tdi. Chindan ham mayda,
ammo vaqtni ko`p oladigan yoz-chiz kabi ishlar anchagina bo`ldi. Bu zamon
ichida Abm. Po`latov va M. Narziqulovga bo`lgan munosabatlarim ham deyarli
aniq, xulosaviy ko`rinish oldi, ya'ni men ular haqida o`z so`nggi fikrlarim va
xulosalarimni bir nuqtaga keltirdim. Hali Amerikaga jo`namasimdan H. Rasulev
bilan o`tkazilgan bir suhbatda men unga "Hamid aka, Abdumannob va Madamin,
deganlari Karimov va uning guruhidan hech tarafi bilan farq qilmaydigan
maxluqlar ekan, degan hulosaga keldim", desam, u kishi rosa yotib
kulgandi. Chunki H. Rasulev mendan ancha ilgariroq ularning kimligini aniqlab,
o`z hulosalarini chiqarib qo`ygandi. U Po`latovlarni allaqachon normal odamzot
ro`yxatidan uchirib, Narziqulovga "bo`sh-mahkam" va Yo. Obidga
"isqirt shoir", deb laqablar ham qo`yib olgandi. Ammo men doim
"Hamid aka, borimiz to`rttagina muhojirmiz, ularni ham "mahkam-u,
isqirt"ga chiqarib yuborsangiz, bu qanday gap?. Yaxshi-yomon bir-birimizga
suyanch va yordamchi bo`lib ish qilmog`imiz zarurmasmi?", deyardim. U
menga, "mayli, shunday, deb yuravering qani, ko`ramiz nima
bo`larkin", deya kinoya qilardi. Muhojirlik davri ko`rsatdiki, ularning
ikkisi, kichkina Po`latov va Narziqulov O`zbekiston hukumatida o`tirgan o`g`rilardan
ming battar kishilar ekan. Ularning xususiyatlarini men o`z ustimda amalda
sinab ko`rdim. Endi katta Po`latov masalasi qolmoqda. H. Rasulevning taТrificha
bularning barchasining o`qituvchisi Abdurahim, ya'ni katta Po`latovdir. Lekin
men, 1989-93 yillar davomida "Birlik" harakatida faoliyat ko`rsatib
yurib, uning xususida yaxshi fikrda edim. Samarqand viloyatida to`rt yildan
ko`proq rasmiy siyosatga muxolifatda ishlab uni O`zbekistonning ilg`or ziyolisi
sifatida ko`p ta'rif va targ`ib qilganman. Shuning uchun H. Rasulevning bir
qator hikoyalari bilan fikrimni buza olmasdim, albatta. Shu sababdan bu
masalada, ya'ni katta Po`latovga baho berishda H. Rasulev bilan mening
fikrlarim diamerial qarama-qarshi edi.
1994
yilni mana shunaqa tugallab, yangi, 1995 yilni "FORUM" gazetasining
2-sonini va Amerikaga safar uchun lozim bo`lgan hujjatlarni tayyorlash ishlari
bilan boshlashga to`g`ri keldi. Chunki 1995 yil yanvarning so`nggida Amerikada
siyosiy uchrashuv boshlanishi lozim edi.
Shunday
qilib, 27-yanvarda Moskvadan chiqilib, 28-da Amerikaga boriladigan bo`lindi.
Programmaga ko`ra yanvarning 30-da uchrashuv majlisi boshlanishi lozim edi.Viza
va biletlar tayyorlab qo`yildi. Men, Paxlavon ismli muxbir yigit va Irina ismli
yana bir rus xonimi muxolifat vakili sifatida Moskvadan Amerikaga keladigan
bo`ldik. Moskva-Frankfurt-Vashingiton reisini bajaradigan uchoqda uchadigan
bo`lganimiz uchun M. Solih bizga Olmoniyada qo`shiladigan bo`ldi. Nima
bo`ldi-yu, Irina biz bilan birga ucha olmaydigan bo`lib, u bizdan bir kun so`ng
Vasingitonga keldi.
Xullas,
28-yanvar kechqurun biz Vasingitonga kelib etdik. Bizni "Amerika
ovozi" radiosi xodimi Javdat Sobir kutib oldi. Javdat juda muloyim, tili
shirin yigit edi. Kimga qanday, bimayman-u, ammo Javdat menga yoqib qoldi. Biz
belgilangan mehmonxonaga joylashdik. Menga Adurahim bilan bir xonada joy
ajratilgan ekan. Ammo bu erda hali Abdurahim yo`q ekan. U Vashingitonga bizdan
bir kun ilgari kelgan bo`lsa-da hamon bu erga kelmabdi. Keyin bilsam, u ukasi
Abdumannob nikida to`xtab, mehmonxonaga hali kelib ulgurmagan ekan. Biz
Amerikaga kelishimizning keyingi kuni, 29-yanvar yakshanba bo`lib,а dam olish kuni kechga bizni uchrashuv
tashkilotchilarining boshlig`i o`z uyiga mehmondorlikka chaqirgan edi.
Taklif
etilgan vaqtda biz adresga bordik. U erga borganlar: mezmonlar, ikki Po`latov,
M. Solih, Paxlavon, Javdat Sobir, O`zbekistonning AQShdagi sobiq buyuk elchisi
Muhammad bobur Malikov va mendan iborat edik. Mezmonlar ham ko`pchilik
emasdilar. Ular, uy xo`jasi va bekasi, uchrashuv tashkilotchilaridan yana bir
ayol kishidan iboratа bo`lib uch kishi
edilar.
Biz
to`la yig`ilib bo`lganimizda siyofat dasturxoni hali to`liq tayyor
bo`lmaganligidan biroz o`zaro suhbat etishimizga imkon bo`ldi. Shunda birinchi
bo`lib, M. Solih "Abdurahim, men bu erga oramizdagi ixtiloflarni
yig`ishtirib umumiy ishlarimizni rivojlantirish masalalarini muhokama etishni
istab kelganman. Siz bunga qanday qaraysiz", deb murojaat qildi. Men bu
erda Solih so`zlarini aynan birma-bir keltirayapman, deb hukm qilmayman. Chunki
u suhbat magnit lentasiga yozib olingani yo`q. O`sha zamon Solihning
Abdurahimga eng ilk so`zlari mazmunan men keltirganday bo`lgandi. Abdurahim unga
"So`z bilan ish bir xil bo`lishi kerak. Biz sizda buni ko`rmayapmiz",
deb javob qaytardi. Shu holatda dasturxonga taklif bashlanib, o`sha kun mavzu
to`xtab qoldi. Ertasi kuni 30-yanvar uchrashuvning birinchi hayajonli kuni, bu
kunа yig`ilishga chiqqanimizga qadar yana
birga yig`ilishdik. Bu safar mehmonxonada, M. Solih xonasida o`zbeklar
kechagidek tarkibda jig`ilishdik. Faqat bugun boyagi rus Irina xonim ham kelib
ulgurib, u ham bu xonada paydo bo`ldi. Ammo u o`zbekchani tushunmasdi. Bizning
suhbatlarimiz o`zaro o`zbekcha edi, albatta. Solih bugun ham Abdurahim oldiga
kechagi masalani qo`ydi va bir qo`shimcha qildi. U, "Abdurahim, siz
"Ozodlik"da meni Islom fudamentalizmida va terrorizmda aybladingiz.
So`zlaringizni dalillar keltirib isbotlab beringchi?", dedi. Abdurahim bu
savolni javobsiz qoldirdi. Ixtiloflar masalasida esa, hech qanaqa murosaga rozi
emasligini ochiq aytdi. Shu erdayoq ahvol juda bir xunuk tus oldi. Hammamiz
nihoyatda tajang bo`ldik va shunday bir holatda majlisga bormoq uchun
tashqariga chiqishdik. Majlis bo`ladigan er mehmonxonadan uzoq emasdi. Shuning
uchun sekin oyoqda yura boshladik. Men va M. Malikov ikkimiz Abdurahimni
yonimizga olib yo`lda takror undan iltimos qildik, ya'ni Solih taklifini qabul
qilish, bu erda, Amerkaliklar olidida O`zbekiston muxolifati bitta ekanligini
ko`rsataylik qabilida, unga ko`p yolindik. Ammo u bizga "yo`q, men o`z planimdagi
ishni bajaraman", deb javob berdi. Men o`shandayoq unga "Agar Siz
shunday qiladigan bo`lsanggiz "Birlik" boshqa bo`lmaydi. U qayta
tuzilishi ham mumkin. Menimcha aniq qayta tuziladi", dedim. Ana shunda ilk
dafa undan hafsalam pir bo`ldi.
30 yanvar
1995 yil.
Majlis boshlandi. Majlis bo`ladigan
xona 40-50 kishiga mo`ljallangan zal va bizga, ya'ni uchrashuv qatnashchilari
uchun mo`ljallangan ruscha "П" harpi shaklida stol hozirlangandi. Harfning
qarama-qarshi yoqlariga "Birlik" va "Erk", usti qismiga
uchrashuv tashkilotchilari va O`zbekiston hukumati vakillari o`tiradigan etib
qo`yilgandi. O`zbekiston rasmiy hukumati nomidan Respublika Adliya Vaziri
Alisher Mardiev hamda O`zbekistonning AQSh-dagi Buyuk elchisi Sodiq Sofaev
ishtiroq etayotgandi. M. Malikovga ham biz
tarafda, "Birlik" tarafda joy qo`yilgandi. Stolning ustida bizning
familiyalarimiz yoziqli turardi. Jumladan Malikovning ham familiyasi yoziqli
turgandi. Demak, uchrashuv tashkilotchilari uni ham muxolifat vakili sifatida
qabul etishganlar.
Bizning
qo`limizga avvaldan tarqatilgan uchrashuv programmasida muxolifat nomidan
so`zlovchilar M. Malikov, A. Po`latov va M. Solih tartibda ko`rsatilgan edi.
Ammo majlis davomida biroz o`zgarish ro`y (sababi menga aniq emas) berib, so`z berilishida
Po`latov va Solih o`rinlari almashtirildi, ya'ni endi avval Solih va undan
so`ng Po`latov so`zlaydigan bo`lib qoldi. Bu o`zgarish kim tarafidan
kiritilgani ham menga aniq emas.
Majlisni
kecha bizni mehmon etgan kishi ochdi va kirish so`zi so`zladi. Birinchi so`zа O`zbekiston hukumati vakili A. Mardievga
berildi. Muxolifat ham, hukumat vakillari ham so`z matnlarini ruscha
tayyorlashgan va ruscha so`zlardilar. Mardievning so`zi kompartiya viloyat
komitetining yillik hisobotiga o`xshash bir ma'ruza bo`ldi. Undan so`ng
tashkilotchilar so`zladilar. Ish qilib muholifatdan faqat M. Malikovga so`z
berildi va shu bilan majlisningа birinchi
yarimi tugadi. Ammo Malikov va Mardiev so`zlari shunchalar farq qilardiki, qo`yavering.
Men M. Malikovni bundan ilgari tanimasdim. U haqida faqat uncha muncha xabarlar
eshitgandim, ayniqsa u elchilikdan chetlashtirilgandan so`ng Amerikada
muhojirlikda qolgandan keyin biroz uning shaxsiga menda qiziqish paydo
bo`lgandi. M. Malikov anchagina bama'ni, siyosiy va umumiy savodi joyida kishi
ekan. Shuning uchun hukumat vakili Mardiev va muxolifat nomidan ilk chiqish
yasagan Malikov so`zllarini tinglagan uchrashuv tashkilotchilari va zalga bizni
ko`rish va tinglash uchun kelishgan Amerbkada yashovchi o`zbeklar, uchrashuvga
qiziqib kelishgan boshqa qatnashchilar muxolifat vakili rasmiy hukumat
vakilidan kamida bir kalla yuqori ekan, degan xulosaga kelishdi, desam zarracha
mubolag`a bo`lmaydi. Ana shunday kayfiyatda tanaffusga chiqdik. Tanaffus
vaqtida A. Mardiev mening oldimga kelib, men bilan so`rashib, "domla
qaerlarda yuribsiz", deb dardlashgan bo`ldi. Chunki biz bir-birimizni juda
yaxshi tanirdik. Mardiev Samarqandlik bo`lib, 1989-1992 yillari Samarqand
Hokimining birinchi o`rin bosari lavozimida ishlagan va biz baТzan qarama-qarshi
taraf, ba'zida esa, bir taraf turib ko`p marta uchrashganmiz, tortishganmiz.
Siyosiy masalalarda doim bir-birimizga muxolif bo`lsak, milliy masalalarda,
ayniqsa arman millatchilari va SSSR KGBsi ig`vosiga uchgan tojik millatchilari
bilan kurashda hamfikr ham edik. Shuning uchun mana bu erda, dunyoning uzoq bir
mamlakatida, ayniqsa hozirgina majlisda to`la engilganidan so`ngra menga
"mehribonchilik" ko`rsatmoqda edi, bu Mardiev, deganlari.
Majlisning
tanaffusdan keyingi qismi boshlandi. Endi birinchi bo`lib M.Solihga so`z berildi. U o`z
so`zini Malikov maqomida ancha tartibli, faqat "Erk" partiyasining
nuqtayi nazari doirasida, muxolifatning ichki ixtiloflariga til tekkizmay,
O`zbekistonda diktatura bor va unga muxolifat ham mavjud, uning vakillari biz,
yaТni shu erda o`tirganlar degan ma'noda so`zladi. Uning so`zidan
"Birlik" va "Erk" alohida-alohida muxolif harakatlar ekan,
degan ma'no chiqmasdi. Haqiqatan Solihning so`zi tinglovchilar tarafidan
O`zbekistonda nodemokratik davlat rejimi bor va unga qarshi tabiiy muxolifat
mavjud, u esa "Birlik" harakati va "Erk" partiyasi, deb
qabul qilindi. M. Solih bu so`zi bilan tinglovchilarda juda yaxshi taassurot
qoldirtdi. U Malikov so`zlarini to`ldirib, hatto a'lo baho olgandi, desa bo`lardi.
Ammo Po`latov so`zlagandan so`ngra hamma ish buzildi. Chunki A. Po`latov
majlisda bizning ichimizda bo`lgan barcha ikir-chikirlarni o`rtaga solsa
bo`ladimu? Ayniqsa o`sha erda ham M. Solihni islom fundamentalizmida va
terrorizmda ochiq aybladi. Solih esa, uning so`zlariga chidab tinglamasdan
luqma tashlashni boshlab, unga so`zlashga xalaqit bera boshladi. Solihning bu
jizzakiligi majlis tashkilotchilari va tinglovchilarda yomon iz qoldirdi. Uning
jiddiy, his-hayajonini saqlay biladigan siyosatchiligiga shubha paydo bo`ldi. Bungacha
tasavvurda gavdalangan yuksak Solih endi pastga tusha boshladi. Nihoyat,
Abdurahim so`zini tugatdi. Bizning fikrimizcha endi Solih Po`latovga qarshi
qo`shimcha so`lamasligi lozim edi. Shuning uchun men Malikovdan iltimos qilib,
stolning qarshisiga o`ting va Solihni Po`latovga qarshi so`zlashdan to`xtating,
dedim. Ammo u taklifni o`zimga qaytardi. Men shunday ishni bajardim. O`rnimdan
turub Solihning yoniga bordim va undan qarshi so`zlamaslgini iltimos qildim. Lekin
foydasi bo`lmadi, u bariа bir so`zladi.
Achchig`ini Po`latovga to`kib soldi. Natija nima bo`ldi? Natija, Solih navbatda
turib so`zlaganda olgan bahosini yo`qotdi hisob. Po`latov-ku, o`z so`zi bilan
o`zini tamom qilgandi. Solih esa, unga qarshi so`z qilaman, deb o`zini
yo`qotayozdi. Ammo aytishim kerakki, o`sha kuni majlisdan biror narsaga ilinsa
ilinadigani Malikov bilan Solih ekan, degan xulosa qilindi. Po`latovning so`zi
esa, oshga tushgan pashsha bo`ldi, xolos. Buning isboti uchun o`sha majlisda
kuzatilgan bir holni eslab o`taman. Masalan, Po`latov majlisda so`zlamoqchi
bo`lgan matnni ko`paytirib majlis zalida o`tirganlar olidiga qo`yib chiqqandi. Ularning
aksariyati amerikalik o`zbeklardi. Ammo majlis tugagandan so`ngra ma'lum
bo`ldiki, birorta kishi u matnlarni qo`liga olishmabdi. Yig`laging kelardi bu
holga. Haqiqatan Abdurahimning o`zining ham yig`lagisi kelgandi, o`sha payt.
Majlisning birinchi kuni shu bilan
tugadi. Majlis boshlanmasdan avval Adumannob bizlarniа kechqurun uyiga mehmondorlikka taklif
etgandi. Majlis tugagandan so`ng esa, M. Solih meni va Pahlavonni boshqa bir
mehmondorchilikka olib bordi. Biz qunoqlikka borgan joy Vashingiton
mehmonxonalaridan biri edi. Ma'lum bo`1diki, bizni, ya'ni Solihni bu erga Anvar
Oltoyli chaqirgan ekan. Bu erda bizga Ro`zi Nazar o`g`liа bilan qo`shildi. Ro`zi Nazar va uning o`g`li
(ismini unutdim) majlisda qatnashgan o`zbeklardan bo`lib chiqdi.
Ro`zi
Nazar
nafaqador 70-dan oshgan kishi edi. Ammo nihoyatda tetik, hech uni bunday yoshda
demasdi, kishi. Uning o`g`li esa, 30-larga yaqin yoshda bo`lib, turkchada,
bugungi bizning o`zbekchada juda yaxshi so`zlashardi. Ingliz va olmon tilini
ona tili hisoblardi. Chunki uning onasi, Ro`zi akaning xonimi olmon ayoli edi. Ro`zi
Nazar rus-olmon urushida olmonlarga asir tushib, Amerikaliklar qo`liga o`tib qolgan,
olmon va AQSh razvetkasida ishlagan, hozir esa, o`sha tashkilotdan nafaqada
edi.
Anvar Oltoyli haqida ham ikki og`iz so`z. Men bu kishi bilan ilk dafa
uchrashmoqda edim. Menga tushuntirishlaricha, bu kishi O`zbekiston sovetlar
tarkibidan tushib qolgan hamonoq, I. Karimovga iqtisod ishlari bo`yicha
yordamchimi, maslahatchimi bo`lib ishlagan. Karimov o`zbeklarning onasini
"bo`g`oz" qilayotgan hodisada Sh. Mirsaidov bilan birga u ham
ishtiroqchilardan biri bo`lgan va o`sha zamon lo`li Karimovga birgina Anvar
Oltoyli darhol javob qaytarganmish. Aytishlaricha hodisa bunday bo`lgan, bir
zamon O`zbekiston Prezidenti maТmuriyati idorasida Karimov, Mirsaidov, Oltoyli
(ulardan boshqalar ham bo`lgan deyishadi) yig`ilib qolingan bir vaqtda o`zbek
millati haqida so`z ketadi va lo`li Karimov "bunday millatning, ya'ni
o`zbeklarning onasini ... kerak", deb ochiqchasiga so`kinadi. Afsuski,
haqiqatan u lo`li hozirgacha o`zbeklarning onasini ... davom etkazmoqda. Shu
erning o`zida, darhol "yo`q, bu buyuk xalqni hurmat qilish kerak",
deya olgan birgina Anvar Oltoyli bo`lgan ekan. O`sha hodisadan ko`p o`tmay
Oltoyli yordamchilik "buyuk" lavozimni ham tark etgan. Ammo Adurahim bu kishi
to`risida anchagina salbiy gaplar tarqatib yuradi. Bizning Vashingiton
yig`ilishimizdan so`ng ham Anvar Oltoyli A. Po`latovning "siyosiy"
faoliyatida biroz vaqt o`rin olib turdi. Menda Anvar Oltoylining qanday
odamligi haqida hech qanday ma'lumot yo`q. Shuning uchun u kishi yaxshi odam
yoki yomon odam deyishga menda asosа
mutlaqo yo`q. A. Po`latovning aytishicha, M. Solihni moliyaviy
taТminlovchi Oltoyli emish. Agar Oltoylining "gunohi" faqat Solihga
moliya yordami bo`lsa, tushunarli. Bu erda yana o`sha hasad bor. Nima uchun
menga emas, Solihga, degan bemazachilik yotibdi buning tagida. Mana bugun ham
Oltoyli Solihni mehmon qilmoqda, bu ham xarajat, Solihga "moliyaviy
yordam"dir balki.а Bilmadim,
Po`latov yana nimalarni ko`zda tutadi, menga uyog`i qorong`i. Yanada bo`lsa,
Vallohu aТlam! Alam qiladigan joyi shundaki, imkoniyatlarni birlashtirib,
birgalikda samarali ish qilaylik, harakatimizga moddiy yordam bera oladigan
kishilarni ham ko`paytiraylik, emas, aksincha nima uchun unga yordam beradi
menga yordam bermaydi, kabi nuqul hasislik va hasadga to`lib-toshgan
his-hayajonlarning guvohi bo`lasan kishi.
Javdat Sobirning aytishicha,
Amerikalik o`zbeklar ham ikkiga bo`linishib, bir qismi Abdurahim taraf, boshqa
qism esa, Solih taraf emishlar. Ro`zi aka "Solihchilar" qismining
"boshlig`i" hisoblanar ekan. "Po`latovchilar" tarafining
"boshlig`i" Ergash aka ismli birisi ekan. Ergash aka ham majlisga
qatnashgandi. Hatto majlis tanaffusida Ergash aka bilan so`zlashib, tanishdim.
Alohida uchrasharmiz, deya niyat ham qilishdik. Demak, bir zamonlar
bolshovoylar zulmidan hijrat qilgan, hozirda amerikalik o`zbeklar ikki guruh
bo`lishib, katta umidlar bilan majlisga kelishgan. Ular majlisda faqat bu ikki
"buyukning" janjalini ko`rishdi. Uning asosiy sababchisi ham
Abdurahim Po`latov bo`ldi. Abdurahimning nutqi matnini Ergash aka ergashtirib
kelganlar ham olishni ep ko`rmadilar.
Majlis tugagandan so`ng yana bir
voqea ko`zga tashlandi. YaТni majlisning tanaffusida menga
"mehribonchilik" ko`rsatayotgan ministr A. Mardiev majlisdan keyin
esa, bir og`iz xayr deyishni ham nasiya qilib, "dumni tugib"
qolibdilar. Bilasizmi, nima uchun bunday bo`ldi? Chunki majlisning ikkinchi
yarimi to`la ular foydasiga hal bo`lgandi. Muxolifatning ixtilofini dunyo
sahnasiga chiqarib, ular o`z vazifalarini "aТlo" bajargandilar.
Majlisdan ko`zda tutilgan maqsadlariga erishgandilar. Endi huku mat vakilining
bizga alchoqlanishiga hojat qolmagandi. Hukumat ming yilda bajara olmaydigan
ishni Po`latov besh daqiqada hal etib qo`ya qolgandi.
а
Shunday qilib, Anvar Oltoyli
ziyofatidan so`ng, aqshom bir zamon yotoqqa keldik. Mehmon xonada biz yotishimiz
lozim bo`lgan xonada Adurahim yana yo`q edi. Chunki uning ukasinikida ham
siyofat bordi. Shuning uchun u Adumannobnikida bo`lishi kerak edi. Ammo
Abdurahim majlisdan so`ng mehmonxonaga kelib, biz birga yashaydigan xonada
menga bir xatcha qoldiribdi. U qog`ozda, "Aliboy aka, mening nutqim maxsus
maqsadni ko`zlaydi. Hademay natijasini ko`rasiz. Hammasi aТlo bo`ladi, yaqinda
Vatanga qaytamiz," deb yozilgandi. Bu xat o`sha kechasi menga uyqu
bermadi. Men bu bilan Abdurahim nimani ko`zda tutayotganini tushunishga
intilardim. Shu xat bahona hali Amerikaga kelishga tayyorgarlik ishlari bilan
yurgan bir zamonda Moskvada bo`lgan bir voqea yodimga tushdi. O`sha voqeani ham
bu erda keltirib o`taman.
аHali Amerikaga jo`nashimizga anchagina vaqt bordi. Men va
Bahrom Hamroev Moskvadagi bir ishxonadan Po`latov Abdurahimning uyiga
Istanbulga telefon qildik. Bahrom so`zlashdi. Adurahim uyda yo`q ekan, Bahrom
yangasi, Abdurahimning xotini bilan gaplashdi. Qisqasi, Bahrom telefonni
qo`yib, "domla, tabriklayman, yaqinda Vatanga qaytamiz ekan. Yanga shunaqa,
deyaptilar", deya hovliqdi. Biroz so`ng hovuridan tushib, Bahrom takror,
"domla, Abdurahim aka uyida yo`q ekan. Yanga bilan so`zlashdim.U kishi
juda jiddiy,Vatanga qaytamiz, akanggiz shunday, deyapti", dedi mengaФ
dedi. Shu bilan u zamon gap tugab, o`sha joyda qolib ketdi. Men Bahromning
so`zlaridan gap nimada ekanini yaxshi tushuna olmadim. Shu bilan bu voqeadan
bir muncha vaqt o`tdi, biz hali Amerikaga jo`nashga tayyorgarlik bilan shug`ullanib
yurgan davrda Abdurahimning o`zi Istanbuldan menga Moskvagaа qator dafa telefon qildi. Har safar
Vashingitonda "Erk"ni, ya'ni partiyaning raisini mag`lubiyatga uchratishimiz
haqida gapirdi. U menga har doim "Bu juda zarur. Men sizga hali hech
kimning xabari yo`q (xotinining Bahromga maqtanganidan xabarsiz) axborotni
aytayin, Vashingitonda yutuqqa erishsak Vatanga so`zsiz qaytamiz", derdi. Men
esa, unga doim bir xil javob qaytarardim, "Abdurahim, nima deyapsiz, biz
Amerikada ham janjal va tortishish bilan sharmanda bo`lamizmi? Yo`q, biz
nihoyat birlashmog`imiz lozim", derdim. U esa, "Aliboy aka, Siz
bilmaysiz vaqt o`t gan, Solih bilan birlashib bo`lmaydi", deb javob
qilardi. Mana bugun majlisda masalaning mohiyatini ko`rdim. Ministrning
xayrlashuvni nasiya qilishi ham ana shundan darakchi edi. Ana endi chindan ham
mag`lub bo`ldik. Ammo "Erk" Abdurahimga emas, aksincha muxolifat
o`zbek millatining yovuz dushmani lo`li Karimovga to`la batamom uzoq yillarga
mag`lub bo`lganini ko`rdim. Endi "natijani ko`ramiz", qani Abdupahim
Po`latov qachon O`zbekistonga qaytar ekan?! Ana shunaqa xayollar bilan kechani
o`tkazdim.