Бундан
олдинги қисмини
ўқиш учун шу
ерга босинг! Давоми:
31
yanvar kuni majlisning ikkinchi kuniga yigildik. Bu safar to`gridan-to`g`ri
ertalab hammamiz majlis zaliga keldik. Majlis ish boshlamasdan Abdumannob
Po`latov M.Malikov va meni chetga olib, "do`stlar, kecha akam noto`gri ish
qildi. Hozir, u pushaymon. Kelinglar bugun majlisdan keyin yig`ilib birlashish
qarorini qabul qili shaylik", dedi. Biz bu taklifdan xursand bo`ldik,
albatta. Abdumannob taklifini Solihga xabar qildik. Bunisi nima, dedi, deng? Solih bizga, "Menga Abdurahim
kerak emas. Men uchun uning kechagi gapi tashqariga chiqmasligi zarur edi. Endi
Abdurahimning qo`lidan nima kelsa qilaversin. Men boshqa u bilan gaplash
mayman", deb javob qildi. Bu javob ham umumiy nuqtai nazardan to`g`ri
emasdi. Siyosatda bundan battariroq hollar ham bo`ladi. Oqibatа g`alaba bo`lsa,а chekinishlardan qo`rq maslik
va uyalmaslik lozim. Gerdayish, kek, takabburlik kishi xarakterining salbiy
belgilaridir. Hatto muvaffaqiyatga xalaqit beradigan mardlik, izchillikni ham
yoqlab bo`lmaydi. Ha, Solih inson sifatida, mantiqan haq edi. Lekin eng to`g`ri
ish biz Vashingitondayoq birlashdik, deb bayonot qabul qilganimizda, uning
siyosiy ahamiyati mislsiz buyuk bo`lgan bo`lardi. Afsus, unday bo`lmadi.
Majlisning
bu kuni, tojik muxolifati vakili Akbar To`rajonzodaning axborotini tinglashga
bag`ishlandi. Unga axborot qilish uchun bir soat vaqt belgilandi. Kecha
majlisning asosiy qatnashchilari hisoblangan bizning ikki
"raisimizga" birgalikda10 minut vaqt ajratilgandi. Farqni qarang?!
Ularni, ya'ni tojik qurolli muxolifatini o`z davrida lo`li Karimov
"terrorist, Islom fundamentalizmining O`rta Osiyodagi asosiy
suyanchi", deb eТlon qilgandi.
A.
To`rajonzodani ham men birinchi marta ko`rib turibman. Demak, u majlisning
birinchi kuni ham qatnashgan ekan. Men uni tanimaganim uchun unga eТtibor berma
ganim, tabiiy, albatta. A. To`rajonzoda juda muloyim, mantiqli so`zlaydigan, muslim bir inson
ekan. Menga uning so`zlash uslubi (manerasi), o`zini salmoqli tutushi juda
yoqib tushdi. Shu erda men u kishi bilan biroz suhbat qildim. Undan so`ng bir
kun mehmonxonada qatimizga ko`tarilayotib liftda birga bo`lib qoldik va shunda
To`rajonzoda qatiga kelganda tushib bir muncha vaqt suhbat qildik. O`sha
suhbatning majlisga va o`zbek muxolifatiga tegishli bo`lgan va To`rajonzoda
bildirgan fikr larni ham bu erda keltirmoqchiman. Birinchidan, majlisning
birinchi kuni tabiiy ravishda u odamga ham yoqmagan. Ikkinchidan, o`sha kun u
Abdumannobnikiga meh monga borgan ekan. Uchinchidan, u Abdurahim nutqini to`la
ma'qullamadi. Hatto, "Men, sen nima istaysanФ, deb Abdurahimdan so`radim.
U menga "O`zbekiston birlashgan muxolifati raisdoshi bo`lishni
istayman"-dedi. Men esa, unga yo`q, do`stim, Rais bitta bo`ladi, Alloh
Yakkadir, dedim", dediа menga
o`shanda To`rajonzo da. Men shunda To`rajonzodaga, "Eshonbobo, Siz qanday
qaraysiz, bizning birlashgan muxolifatimizga kim raislik qilsa bo`lar",
deb savol berdim. U menga "Hozircha shu
Solihni oldilaringizga solsalaring bo`ladigan ko`rinadi. Ammo Muftini
yonlaringda saqlanglar", deb javob berdi. Ko`rayapsizmi, xolis bir
insonning xolisona javobi edi, bu. Ammo yakka raismi, raisdoshmi bo`lmoq uchun
avval u sabil birlashgan muxolifat tuzilishi zarur edi, axir. Bizda esa,
birlashgan muxolifatdan hech bir ko`rinish yo`q. Unday, birlashgan muxolifat
dunyoga keladimi, yo`qmi, uni hali Alloh biladi?! Haqiqatda esa, Po`latovlar
birlashish tarafdorlari emas va hech qachon bunday fikrda bo`lmaganlar. Chunki
lo`li Karimov bu vaqtga kelib, Po`latovlarni orqaga qaytmas qilib buzib
bo`lgandi, balki ularni buzishga hojat ham bo`lmagandir. Po`latov, To`rajonzodaga
"raisdosh bo`lish" istagini bildirib uni ham aldayotgandi. U javob
tildagi so`z edi, xolos. Po`latovning dili esa, allaqachon lo`lining qo`lida
edi. Abdurahim uxlasa tushida O`zbekiston Prezidenti qoshida "yangidan
tuziladigan jamoatchilik tashkilotlari va siyosiy partiyalar bilan sihlah
komitetini" ko`rayotgandi. Chunki unga Amerika uchrashuvidan ancha
muqaddam lo`li Karimov tarafidan shunday va'da berilgandi. Bu fikrga isbot
bo`ladigan boshqa bir xabarni biroz quyida keltiraman.
Haftaning qolgan kunlari
Vashingtondagi Amerika hukumati rasmiy idoralarida uchrashuvlarga bag`ishlandi.
AQShning Paralamentida bo`ldik. Bizni senatorlar qabul qilishdi. A .Po`latov
hamma joyda Solihga tosh otib, ya'ni uning jig`iga tegadigan qochiriq so`zlar
qilib turdi. Biz M. Solihdan Po`latovning qochiriqlariga ahamiyat bermaysan,
deganimiz sababli, unga javob qaytarmay yurdi. Faqat bir safar, bir siyosiy
institutda uchrashuvda Solih Abdurahimning so`zlariga reaksiya qildi. Ammo u
uncha katta eТtiborga olinmadi. Yig`ilganlar bu holni oddiy muxolif fikr
shaklida qabul qilishdi.
Shunday qilib, Washingtonda bir
hafta vaqt o`tib ketdi. Biz, amerikaliklar nazarida muxolifat sifatida katta
muvaffaqiyat qozonmadik. Ammo o`sha zamonda Solih bir muncha eТtiborga sazovor
bo`lganday tuyulgandi. To`g`risi biz o`sha to`la aniq bo`lmagan holatdan ancha
xursand edik. M. Solih o`z raqibi mag`lubiyatidan ichida ancha mamnun ham edi,
desam bo` ladi. Ammo zamon ko`rsatdiki, biz, ya'ni Qzbekiston muxolifati
o`shanda Amerika siyosatdonlari oldida o`z uquvsizligimizni ko`rsatgan ekanmiz.
Ammo u kunlarda biz o`zimizni bunday sezmasdik. Asosan yig`ilishdan mamnun
edik. Shuning uchun o`zimizcha ayrim rejalar ham tuzgan edik. Masalan, A.
Po`latovsiz Qzbekiston birlashgan muxolifati tuziladi. Uning tarkibiga to`rt
guruh kiradi. Ular, "Biblik", "Erk", Qzbekiston davlat
rejimiga qarshi diniy guruhlar, Karimov zulmi va boshqa xil tazyiqlar
natijasida O`zbekiston hukumatidan chetlashtirilganlardan (M. Malikovlarga
o`xshashlardan) iborat bo`ladi. Bu masala bo`yicha shu yil iyun oyiga qadar
tashkiliy yig`ilish o`tkaziladi, deb kelishildi. Hatto fevraldayoq M. Malikov
Moskvaga kelishi lozim edi. Amerikada o`tkazilgan o`sha yig`ilishga o`xshash
uchrashuvlar ham davom etkazilishi lozim edi. Tarix ko`rsatdiki, bu ishlarning
hech biri amalga oshmadi. Harakatlarimiz yana tarqoq holida qolaverdi.
Vashingtonda rasmiy ishlar
tugagandan so`ng mendan tashqari barcha do`stlar Amerikada biroz sayr
qilishmoqchi bo`ldilar. Birincidan, meni biror kishi siz qoling deyishmadi,
ikkinchidan, o`zimda ham uncha qolishga xohish bo`lmadi. Aslida boshqalarni ham
birov qolinglar, deb otashin bo`layotgani yo`qdi.
Shunday qilib, men shanba kuni
yo`lga chiqadigan bo`ldim, boshqalar Amerikada qolishadigan bo`1lishdi. Meni
M.Malikov ertalab, uyiga olib ketdi. Chunki kech qurun uchushim lozim edi. U
meni o`sha kuni mehmon qildi. O`z uyi atrofidagi marketlarga biroz kezdirdi.
Ozroq sovg`a-salomni ham ana shunda oldim. Asosan siyosat bilan bo`lib, shahar
kezishni ham unutgandik. Malikovning Afg`onistonа urushida asir tushib, bu erga kelib qolgan
qirim turklaridan bir qo`shnisi bor ekan. Malikov o`sha qo`shnisi mashinasida
meni aeroportga chiqarib qo`ydi.а
M. Malikovnikida mehmondorchilikda
o`tirganimizgda unikiga rahmatli Ergash aka telefon qilib, men bilan telefonda
xayrlashdi. U kishi biz qayta uchrasha olmagani mizdan ancha afsuslandi. Ana
shu telefon so`zlashuvida Ergash aka bizning tarqoqligimizdan tashvishdaligini
so`zladi. Ayniqsa u odam, Po`latovning Vashington uchrashuvimizdagi so`zidan
nihoyatda xijolatda ekanligini kuyinib so`zlagandi. To`g`risini aytsam,
o`shanda menga, Ergash aka "Abdurahim o`sirib qo`ydi", degandi. Ana
shunday qilib, Abdurahim Vashingtonda nafaqat o`zini, o`zi bilan birgalikda
bizni, butun o`zbeklarni sharmanda qilib, O`zbekiston muxolifatini eng so`nggi
imkoniyatdan mahrum bo`lishimizga sababchi bo`lgandi.
Shu bilan men Vashington safarini
tugatib, Moskvaga qaytdim. Endi yangi ishlarni, ya'ni ga zeta ishlarini yaxshi
yo`lga qo`yish kerak edi. Moskvaga kelib, ana shular bilan faol shug`ullanishga
kirishib ketdim. Gazeta ishlari muhojirlikda men durust bajara olishim mumkin
bo`lgan bir foydali ish edi. Buni men o`zim uchun, normal ish faoliyati, deb
bilardim. Chindan ham 1995 yil to`la va 1996 yilning martiga qadar bizning
sharoitimizda qilish mumkin bo`l gan va hatto uncha muncha odamning qo`lidan
kelmaydigan ishlarni amalga oshirdik. Bu ishlar haqida bir muncha tartib bilan
so`zlashga to`g`ri keladi.
Birinchidan, biz Vashingtonda M.
Solih bilan uchta gazeta nashr etish va ularni O`zbekistonga etkazish
masalasini kelishib olgandik. Ikkinchidan, Moskvada o`nga yaqin yosh yigitlar
nima bilan shug`ullanishlarini bilmay o`tirishgandi. Ular masalasida ham aniq
bir fikrga kelishgandik, ya'ni ulardan beshtasini (ikkitasi M.Solihning
ukalari) gazetadalarda ishlatish, ikkitasini Turkiya - Russia orasida tijoriy
ishlarda foydalanish va qolganlariga javob berish, ya'ni O`zbekistonga
qaytarishga kelishgandik. Uchichidan, O`zbekiston birlashgan muxolifatini
tuzish masalasida tashkiliy masalalar bilan shug`ullanish masalalari haqida
anchaа aniq rejalar tuzilgandi. Uchinchi
masalaga asosan bir qator uchrashuvlar o`tkazish, iloji boricha
"Birlik"ning qurultoyini o`tkazish masalalari kirardi. Undan tashqari
O`zbekiston mustaqil bo`lgandan so`ngra Karimov hokimiyatidan
chetlashtirilganlar bilan uchrashuv o`tkazish va ularni aktiv faoliyatga jalb
etish masalalari ham bor edi. Ammo bu uncha ham engil va qulay ish emasdi.
Shuning uchun bu ishda M. Malikov yordamchi bo`lmog`i lozim edi. Amalda
M.Malikov ishga kirishmadi. Oqibatda bu ish bitmay, hatto boshlanmay qolib
ketdi.
Birinchi masala bo`yicha ishlar
qisman bajarildi, ya'ni yigitlarni keshilganday bo`ldik. Ammo tijoratga
belgilanganlar bizning taklifimizni qabul etishmadi. Bir tomondan ular to`g`ri
qilshdi, shekilli. Chunki ularning barchasi oliy ma'lumotli kishilardi, savdoga
o`ralashib qolishni istamadilar. Boshqa tomondan ular uncha ham haq emasdilar.
Chunki "Kemaga kirganning joni bir", deydilar, ishimiz muxolifatlik
bo`lsa umumiy qoidalarga barcha bo`yinsunmog`i kerak, axir. Buning sababini
aniqlaga nimda shu narsa aniq bo`ldiki, ular biroz noto`g`ri tushuntirishlar
oqibatida harakatga kirib qolishgan ekanlar. Ularning ko`pchiligi 1994 yil
dekarida O`zbekistonga "g`alaba" bilan kirib boramiz, kabi mutlaqo
noreal agitasiyaga uchgan kishilar bo`lib chiqishdi. Vatanga qaytishi lozim
kishilar, O`zbekistonga etib olishi uchun zarur bo`lgan minimum mablag` bilan
ta'minlanib, ular yo`lga chiqarib qo`yildi. Ammo ulardan biri ikki oy ham o`tar
- o`tmas yana bizning oldimizga qaytib keldi. Bu yigit ning ismini ham yozsa
bo`ladi. Uning ismi Xayrullo bo`lib, biroz shoirligi ham bor edi. Qolganlar ham
yozuvchi yoki jurnalist edilar. Bu ham tabiiy bir hol ediki, chunki M. Solih
shoir bo`lganligidan bu yigitlar uni eng avval shoir-ustoz sifatida o`ziga
yaqin olishardi. Mening kuzatishlarimga ko`ra,а
Xayrullo hukumatga yollangan ko`ri nardi. Bu shubha menimcha haq bo`lsa
kerak, chunki bu yigit bolalarni juda tez-tez avantyuraga da'vat qilib turardi.
Shu bilan baravar, bizdan yashirincha ularni O`zbekistonga qaytishga tashviqot
qilardi. Shuning uchun Xayrullo qaytib kelgandan so`ngra muxbir yigitlarimiz
tinmasdan ketamizga tushib, bizdan javob so`ray boshladi. Chunki Xayrulloning
vazifasi bizning safimizni kamaytirishdan iborat edi (qiziq, Karimovning
zulmini ko`ra bilaturib, rahmatli Narziqulov ham O`zbekistondan muhojirlar
kelishini istamasdi). Aslida esa, 1995 yildaа
"ERK" partiyasidan olti kishi "qonuniy hukumatni"
to`ntarishda ayblanib sud qilingan va qattiq jazoga tortilgandilar. Ularning
ichida hozir O`zbekistonga qaytishni istayotgan bizning muxbirlarimiz
do`stlari, ularning hamkasblari ham bor bo`lib, ular ham o`sha "jinoyi
ishlar" bo`yicha "javobgar" bo`lishlari lozim edi.
Muxbirlarimizning bu erlarda yurishiga sabab ham shundan iborat edi. Bilmadim,
qanday qilib bo`lsa-da, Xayrullo ularni O`zbekistonga qaytish xavfsiz
ekanligiga ishontirgandi. Shuning uchun ular bizdan tinmasdan Vatanga ketishga
ijozat so`rashardilar. Nihoyat, ba'zi bir ixtiyot choralarini ko`rgan bo`lib,
uchta (Rustam, Pahlavon, Erkin) yigitimizga ketishga ijozat berdik. Mantiq
bo`yicha Xayrullo bizning qoshimizda qolishi kerak edi. Chunki biz uni ilgari
O`zbekistonga qaytarib yuborganimizda takror bizga qaytib kelib, "men
O`zbekistonda qola olmayman, mening ustimdan jinoyi ish ochilgan", deb
qancha yig`lagandi. Endi esa, hammadan oldin Xayrullobek yo`lga, O`zbekistonga
jo`nashga tayyor bo`ldi. Chunki unga O`zbekistonda hech qanaqa xavf yo`q edi.
Uning eng asosiy vazifasi biz bilan hamkorlik qilayotgan yosh jurnalistlarni
O`zbekistonga, Karimov hukumati qo`liga qaytarishni tashkil etishdan iborat
edi. U buni bajardi. O`zbekiston hukumati bir marta va'dasini bajarib, o`sha
biz bilan biroz vaqt hamkorlik qilgan yigitlarni qamoqqa olmadi. Ular
hozirgacha o`z mutaxassisliklari bo`yicha ishlashib yurishibdi. Xayrulloga esa,
o`ziga xos mukofot ham berishdi. Uni "Bi-Bi Si" radiosining o`zbek
shubasiga O`zbekistonning maxsus muxbiri qilib, Londonga jo`natishdi.
Qisqasi, men Vashingtondan
qaytganimdan so`ngra Moskvada qolish juda qimmat bo`lganligi sababli Kievga
ko`chishga to`g`ri keldi. Aslida ko`chish masalasi Vashington uchrashuvi
oldidan hal bo`lgandi. Endi uzil-kesil Kievga ko`chdik. Gazetalarni nashrga
tayyorlaydigan texnika, muxbirlar barchasi Kievga kelishdi. Faqat men Moskva va
Kiev orasida ba'zi ishlarni qatnab bajaradigan bo`ldim. Chunki men Russiyada
siyosiy qochoq sifatida qabul qilingandim. Menda bu haqda guvohnoma bor edi.
Mazkur hujjatа menga bu ikki mamlakat
orasida biroz erkin yurishimga imkon berardi.
8.1.9."Birlik"chilarning
Vatandan tashqaridagi muhojirlik hayotidan ba'zi lavhalar.
Yuqorida men ''BIRLIK'' xalq
harakatiga oid o`zim aniq bilgan ba'zi voqealarni bayon etishga harakat qildim.
Shuning uchun unda keltirilgan hukmlar mas'uliyatini to`liq o`z zimmamga
olaman. ''BIRLIK'' tarixi men keltirganlardan
tashqari yana bir qator voqealar bilan bog`langandir. Ularni to`la bilmaganim
yoki ma'lumotlar to`liq bo`lmagani sababli ularga til tekismaslikka harakat
qildim. Masalan, Harakatning anchagina faollarini turli xil uydurma
''jinoyatlar'' bilan hibsga olishlar, ularni sud qilish jarayonlari,
qamalganlarning bir qismini 1994 yilda I. Karimov ozod qilishga majbur bo`lgani
va boshqa bir qancha hodisa va voqealar bu erda keltirilmadi. Chunki bu
voqealarni to`la va xolis ifodalash uchun menda materiallar etarli emas.
Chalkashliklar bo`lmasin, degan maqsadda ularni bayon etmadim.
''BIRLIK''
xalq harakati tarixiga oidа hech bir
voqea e'tibordan chetda qolmas, deb o`ylayman. Safdoshlarning biri bo`lmasa,
boshqa biri ular haqida to`la va xolis yozajaklar. Shunday qilib, 1992 yili
Harakat faoliyati avval vaqtincha to`xtatilib, so`ngra qayta
rasmiylashtirilmay, uning a'zolari va ba'zi faollari qamoqlarga
tashlanaboshlagandan so`ng O`zbekistonda yangi vaziyat maydonga keldi. Ya'ni,
bu zamon ''BIRLIK'' qayta rasmiylashish harakatida bo`lsada, aslida unga qarshi
repressiya boshlab yuborilgan edi. Hukumat qamoqqa olishlarni Harakatning oddiy
a'zolaridan boshlab yana bir marta ig`vokarona yo`l tutdi. Chunki ular qamoqqa
olishlar Harakatning rahbarlaridan, ko`zga ko`ringan faollaridan boshlansaа mo`ljaldan ilgari xalqaro ijtimoiy
jamiyatlar, inson huquqlari himoyachilari e'tiborini O`zbekistonga jalb qilish,
balki xalq ichida ham sezilarli norozilik paydo bo`lishi mumkin, deb
hisobladilar. Ammo ''Birlik'' ning ko`zga ko`ringan faollarini hibsga olish va
ularni qattiq jazolash usullari; kimning qachon qamoqqa olinishi, jazolanishi,
mamlakatdan chiqarib yuborilishi rejalari I. Karimovning alohida papkasida
turardi. Shuning uchun 1992 yil kuz oylaridan boshlab ''BIRLIK'' MK raisdoshi
A. Po`latov birinchilardan bo`lib O`zbekistondan chiqib ketdi. Keyingi voqealar
ko`rsatdiki, A. Po`latov, umumman ikkala Po`latov ham Vatandan chiqib, bolalariga
jabr qilib, ovora bo`lib yurmasalar ham bo`lar ekan. Chunki muhojirlik hayoti
to`la isbot etdiki, Karimov hukumati ular bilan zimdan birga ekanlar. O`tgan
besh yil davomida aka-uka po`latovlar siyosiy faoliyatdan mutlaqo chetda turdi.
Bordi-yu, ho`ja ko`rsinga biror siyosiy ishga qo`l urishgan bo`lsalar, u ham
Karimov hukumati siyosiy faoliyatini qo`llagan bo`lib chiqdi.
Xullas,
A. Po`latov Turkiyaga borib, Istanbulda erlashdi. Uning ukasi, o`sha vaqtlar
qamalib, sudda shartli jazolangan, rasmiylashtirilmagan, O`zbekiston inson
huquq lari jamiyatining raisi Abdumannob Po`latov ham ilmiy safar bahonasida
Rossiyaga chiqib ketgandi. O`zbekistonda ''Qorabog`'' harakati tuzishda va
Tojikistonda mitinglarda qatnashgani uchun ''jinoyat''da ayblanayotgan
''BIRLIK'' MK a'zosi shoir Yodgar Obid ham avval Ozorboyjonga va u erdan
Moskvaga kelib erlashdi. ''BIRLIK'' a'zosi ruszabon muxbir Anvar Usmonov va
uning akasi professop Lerner Usmonovlar ham sovet rejimi qulagan zamonoq O`zbekistonni
tark etishgandilar. 1991 yili to`satdan "BIRLIK"da paydo bo`lib
qolgan Abdurashid Sharifov (Bu kishi Sovet davrida KGB-ning maxsus muxbiri
vazifasini bajargan va uning turli xil topshiriqlarini bajarib yurgan. BaТzi
bir kishilarning tasdiqlashlaricha haqiqatda ham KGB-ning xodimi bo`l gan),
o`zini ''ozod'' muxbir, deb e'lon etgan ruszabon Albert Musin ham ''BIRLIK''chi
nomi bilan muhojir sifatida Moskvaga keldilar.
O`zbekistonda
Milliy Majlis tashkil etish tarafdorlaridan biri va aynan shu masala uchun
''davlatga qarshi'' faoliyatda ayblanib qamoqqa tashlangan, sud qilinib, ikki
yarim yil shartli jazo berilgan Hazratqul Xudoyberdi ham 1993 yilning ikkinchi
yarimidaа Vatanni tark etib, Moskvaga
keldi.
Shunday
qilib, 1993 yil oktyabrlarida "BIRLIK"dan, ikkita Po`latovlar,
H.Xudoyberdi, Yodgor Obid, Anvar Usmonvlar (hammasi bo`lib besh kishi)
O`zbekistondan tashqariga chiqib ulgurishgandilar.
1989
yildan boshlab, mening yurish-turishim, O`zbekiston bo`ylab qo`ygan har bir
qadamim doim kuzatuvda bo`lgan bo`lsa-da, 1992 yilning ikkinchi yarimi va 1993
yil men uchun eng og`ir yillar bo`lib qoldi. 1992 yildan boshlab, men uzluksiz,
doimiy ravishda erta-yu, kech kuzatuvda qoldim. Bu zamon menga barcha ma'muriy,
ma'naviy va moddiy siquv, ta'qib usullarini ham qo`llashdi. Oqibat, 1993 yil
dekabr oyida Vatandan chiqib keta olishga muyassar bo`ldim.
Shunday
qilib, 1993 yil oxiriga kelib, yuqoridagi besh muxojir "BIRLIK"chiga
men oltinchi bo`lib qo`shildim. Bulardan boshqa ikki kishi (Tohir Baqaev,
Mahmud Inaqov ) o`z shaxsiy maqsadlari, tijoriy ishlar bilan Moskvaga
kelishgandilar. Ular ham o`zlarini biroz vaqt muxojir hisoblab yurishdi. Ammo
ishlarini o`rinlatib, yana O`zbekistonga qaytishib, endi u erda bemalol tijorat
qilishmoqdalar.Yana ikkiа ''inson''
(Bahrom Hamroev, Madamin Narziqulov) ham 1993 yildan buyon Moskvada yashashadi.
Har holda ular ham o`zlariniа ''muhojir''
hisoblaydilar. Ularning birini, Madamin Narziqulovni (1997 yilda, rahmatli
bo`ldi, bechora) Abdumannob Po`latovа
xalqaro tashkilotlar tomonidan O`zbekistonda inson huquqlarini paymol
etilishiga qarshi kurashmoq uchun ajratilgan yordamni o`zа shaxsiy manfaatlarida yaxshiroq o`zlashtirmoq
uchun Moskvaga maxsus chaqirgan edi. Shuning uchun rahmatli M. Narziqulov,
"men, Harakat MK qarori bilan Vatandan chiqqanman", deyishni
yoqtirardi. Shaxsiy, moddiy manfaatni ko`zlab, ya'ni o`z nafsi ovorachiligida
Abm.Po`latov (Abdurahim va Abdumannobni qisqacha mos ravishda Ab. va Abm.
shaklda yozamiz.)а tarafidan qilingan
noxolis bir ish, "BIRLIK" MK qarori bo`lar emish?. Ikkinchisi (Bahrom
Hamroev), Moskvaga qanday kelib qolganini Abdurahim Po`latovdan boshqa hech kim
bilmaydi. Balki O`zbekistondaа ba'zi
kimsalarga ham ma'lumdir, bu odam. Mening tushunishimcha, u o`zini Moskvada
''Raisdosh'' Po`latovga "ma'lumot to`plovchi", ya'ni
"Po`latovning agentiman", deb hisoblaydi. Uning agentligi to`g`ri.
Lekin, aslida, u kimning agenti, uyog`i menga aniq emas. Ammo u o`zini Po`latov
agenti ekanligini uncha yashirib ham o`tirmaydi. Po`latov uchun josuslik ma'lumoti
to`plash yoki Karimov hukumati uchun to`p lash orasida, amalda hech farq yo`q.
Chunki muhojirlar haqida to`plash mumkin bo`lgan ma'lumotlar Po`latovga hech
keragi yo`q, ularni Po`latov ham oqibatda, O`zbekistonga, Karimov qo`liga
yuborishi alohida isbotga muhtoj emas. Unday ma'lumotlar so`nggi vaqtlarda Ab.
Po`latovdan bevosita yoki bilvosita O`zbekiston xavfsizlik tashkilotiga, ya'ni
Karimov qo`liga tushmoqda.
Nohaq, tuhmatdan qamoqqa olinib
jazolangan, "BIRLIK"chi va "ERK"chilarning bir qismi
Xalqaro progressiv jamoatchilikning qattiq talablari ostida 1994 yili
"afv" etildi. Ularning ichida "BIRLIK" xalq harakati
Andijon viloyat Kengashi raisi Po`lot Oxunov ham bor edi. U ham Vatanni tark
etib, muhojirlik hayotini tanladi. Bu bilan "BIRLIK"chi muhojirlar
soni etti kishiga chiqdi.
Shu kunlarda (mazkur satrlar
yozilayotgan, 1999 yil mart oyida), Moskvada Abdufattoh Mannopov ismli kishi
marhum M. Narziqulovning o`rnida ishlamoqda. Uni inson huquqlari bilan
shug`ullanishga ham raxmatli M. Narziqulov jalb etgan. Bu odam
"BIRLIK" endi maydonga kelib, uning avji juda baland bo`lgan zamonlar
Harakatda qatnashib, so`ngra o`zini chetga olgan o`rtoqlardan biri hisoblanadi.
M. Narziqulov marhamatiga sazovor bo`lgan odamdan istalgancha shubhalanish mumkin.
Chunki, u rahmatliga insof, g`oya, milliylik kabi tushunchalar mutlaqo begona
edi. "Do`stingni ko`rsat, men sening
kimligingni aytaman", deb bekorga aytilmagan, axir. Men, 1998 yilning
so`nggida bir qancha zamon A. Mannapov bilan Moskvada birga bo`ldim. Men qamoqda
o`tirgan zamonda, mening huquqimni himoya etish bo`yicha u ma'lum harakatlar
bajargan ham bo`ldi. Alloh meni kechirsin, men uning sidqidilligiga, haqiqiy
goyaviy Vatanparvarligiga ishonch, qanoat hosil qilolmadim. Har holda u ham
hozircha "BIRLIK" hisobidan chet eldagi sakkizinchi muxojir bo`lib
sanalmoqda. Bulardan, H.Xudoyberdi va P.Oxunov Shvetsiyadan siyosiy boshpona
olishdi. Abm.Po`latov 1993 yildan, Ab.Po`latov 1997 yildan AQShda boshponali
bo`lishdi. Yo.Obid bir necha yil Moskvada qoldi va 1997 yili Moskva "Pen
Klub"i yordamida Shvetsariyadan siyosiy boshpona oldi. A.Usmonov
"OZODLIK" radiosining maxsus muxbiri sifatida avval Muyunxenda,
so`ngra radio bilan birgalikda Pragada yashamoqda. A. Sharifov va L.Usmonovlar
ham Shvetsiyadan boshpona olishdilar. Albert Musin ham uzoq muddat Moskvada
qolib, 1997 yilda Filandiyada siyosiy boshponali bo`ldi.
Men avval boshda hech bir chet
mamlakatga ketishni istamadim. Chunki men doim Vatanga tezroq qaytarmiz, degan
umidda yurdim. Bu bir, ikkinchidan, Vatanga qaytish imkoni bo`lmasa, unga
yaqinroq bir mamlakatdan, masalan, Russiya yoki Turkiyada turib siyosiy
faoliyat bilan shug`ullanish samarali bo`ladi, degan fikr tarafdori bo`ldim va
nihoyat uchunchidan, mening oilam ham ancha katta edi, faqat o`z farzandlarimа etti kishi bo`lib, ularning to`rttasi uyli,
qolgan uchi hali bo`ydoq edilar. Bularni ham hisobdan tashqarida tuta olmasdim.
Chunki ular ham O`zbekiston hukumati taqibi ostida qolmoqda edilar. Shuning
uchun mening biror mamlakatga, O`zbekistondan uzog`roqqa ketishim ancha
murakkab bir masala hisoblanardi. Tarix ko`rsatdiki, istaklar va imkoniyatlar
hamisha ham bir-biriga mos bo`lavermaydi. Oqibatda, na faqat mening Vatanga
qaytishim, hatto bolalarimning ham Vatandan chiqishlari zarurati maydonga
keldi. Ular siyosiy faoliyat bilan mashg`ul bo`lmasalarda, mening o`rnimda
hukumatning davomli tazyiq va taqiblariga duchor qilindilar. Uyli
farzandlarimning to`rttalasi ham oliy ma'lumotli (vrach, injener, kompyuter
programmisti, buxalter) mutaxasislar bo`lishiga qaramasdan, ularning barchasi
ish vazifalaridan chetlashtirilib, Respublika bo`ylab boshqa hech joyda ishga
qabul qilinmaydigan qilib qo`yishdilar. Katta o`g`ilimni qamoqqa olishib, undan
mening "BIRLIK"ka oid arxivimni undirib olish hisobiga uni shartli qamoqdan
bo`shatishdi. Qizlarim va xotinim mening ustimdan ochilgan "jinoyi"
ish bo`yicha asabga teguvchi so`roq qilina boshlandi. Bir student qizim
Institutda studentlar safidan chiqarildi. Samarqand universitetini
muvafaqqiyatli tugatgan boshqa bir qizimni yosh mutaxassis sifatida ishga
taqsimlamadilar. Qisqasi shunday bir vaziyat vujudga keldiki, natijada mening
oldimda, yo hukumatga bo`yin egib, taslim bo`lish yo`li bilan (Karimov hukumati
uchun shu etarli bo`lca) bolalarimni azob va haqoratlardan qutqarishim kerak
yoki ularningа barchasini O`zbekistondan
chiqarib olish bilanа bu bezoriliklarga
barham berishim zarur bo`lgan masala ko`ndalang bo`1di. Bu masala haqida biror
qarorga kelishdan avval farzandlarimning o`zlari bilan maslahatlashdim. Ya'ni
qanday qarorni qo`llashlarini ulardan so`radim. Ular barchasi bir ovozdan,
hukumatga taslim bo`lishimga qattiq qarshi bo`lishdilar. Ana shundan
so`ngragina Vatanga yaqin orada qaytish umididan voz kechib, bolalarni
O`zbekistondan chiqarib olishda yordam yo`llarini izlashga kirishdim.а Oqibatda, 1997-1998 yillarda uyli
farzandlarimni O`zbekistondan Turkiyaga keltira oldim. Bir o`g`limni 1995
yildayoq Moskvaga keltirgandim. U hozir ham Moskvada qolmoqda. Ammo ikki qizim
va xotinimni hali ham O`zbekistondan chiqara olganimcha yo`q.
Bolalarim Turkiyaga kelishgandan
so`ng bir muncha zamon Istanbulda yashab, shu erda qolishni ham mo`ljalladik.
Ammo Turkiyada davomli qolmoq, biror ishning boshini tutmoq uchun esa, u erda
rasmiy "o`tirma izni" va "ishlash izni" lozim. Bir tarafdan
bu "iznlarni" Turkiyada olish deyarli mumkin emas va juda murakkab
masala, bu. Ikkinchidan, Turkiya hukumati Karimov hukumatiga ketma-ket vaТdalar
berib, bizni, yaТni muxolifat aТzolarini mamlakatdan chiqarib yuborishlarini
bayon qila boshladi. Qisqasi, Turkiyada qolishning o`zi ham ancha xavfli bo`la
boshladi. Ana shundan so`nggina BMTga murojaat qilishga majbur bo`lib qoldim.
Nihoyat, 1998 yil boshidan bu ishga kirishdim. Anqarada erlashgan BMT qochoqlar
bilan ishlash Komissariyati bizni qabul qilib, bolalarimga tezda siyosiy
qochoqlik maqomi berib, ularni Kanadaga yuborishlarini belgilab bergan
bo`lsa-da, o`zim masalasi bir muncha problemali chiqdi. Chunki men hali 1994
yiliyoq Russiyada qochoqlik maqomiga ega bo`lgandim. Shu sababdan Bolalarim bilan
baravarа men Anqaradaа BMT komissariyatida qochoq sifatida qabul
qilinmadim. Men hujjatlarni Russiya dan rasmiylashtirishim yoki Russiyadan
Kanadaga rasmiylashmog`im kerak bo`ldi.
8.1.10.
Tarjimai holimga tegishli qisqa ma'lumot.
Men tug`ilgan zamonlar biz
taraflarda bolalarning tug`ilganligi haqida guvohnomalar olish urf bo`lmagandi.
Shu sababdan mening tug`ilish kunim aniq emas. Tug`ilgan yilim esa aniq, ya'ni
"Muchal" hisobi bo`yicha tug`ilish yilim Palang yili-1938 yildir.
Ma'lumki, O`rta Osiyoda tarixan "Muchal" hisobidan foydalanib
kelishganlar. Hozir ham xalq orasida bu hisobdan foydalanish keng tarqalgan.
Kishilar hamon tug`ilgan yillarni va turmushda uchiraydigan boshqa muhim
voqealarni "Muchal" yili nomlari bilan xotirlaydilar. Shuning uchun
mening tug`ilish yilim ham "Muchal" bo`yicha xotirlanib, hujjatlarda
1938 yil, 10 apelda tug`ilgan, deb rasmiylashtirilgan. Tug`ilish kunim, yani 10
aprel masalasi ham haqiqatga yaqindir. Chunki onam rahmatli "Palang yili,
o`rik davchalab qolganda tug`ilgasan", derdi. Men tug`ilib o`sgan er,
Samarqand viloyat, G`allaorol tuman, Qipchoqsuv qishloq o`lkasiga qarashli
"Katta qishloq" nomli qishloqdir. U erlarda aprel oyi boshlarida
o`rik gullayboshlaydi. Ma'lumki "Muchal" hisobiga ko`ra, mart oyining
20-laridan so`ng Yangi yil kirgan hisoblanadi. Bizning tomonlarda bu arafada
bir hafta, o`n kun davomida, yil oshi, sumalak pishirish va boshqa shu kabi
Yangi yil marosimlari o`tkazilib, bu arafada tug`ilgan bolalarning dunyoga
kelgan haftasi aniq bo`ladi. Men esa, so`zsiz bu arafadan biroz keyinroq
dunyoga kelganman. Aks holda Onam yangi yil marosimlariga bog`li voqealarni
mutlaqoа so`zlagan bo`lardi.
Otam, Mamanazarov Yo`lyaxshi
(1892-1952 y.) lalimikor g`allachilik dehqoni va chorvador o`tkan. Allohga
shukr, otamning tug`ishgan va qarindoshlari juda ko`p bo`lib, ular o`zbeklar
ing "Yuz" urug`idandir. Sovet zamonida otamni qulakka (kulak, ruscha
so`z bo`lib, musht, demakdir. Bu erda kulak, mushtumzo`r ma'nosida
ishlatilmoqda) chiqarishgan. Bir tuhmat va kolxozlashtirishga dushman hisoblab,
12 oy qamoqda tutishgan. Bir tasodif sabab, qamoqdan ozod bo`ladi va umrining
oxiriga qadar, kolxozda ishlaydi, ammo hamisha sovet hukumati vaqtinchalik,
xudo xohlasa, bu hukumat tugaydi, deb bu dunyodan o`tib ketdi, rahmatli. Otam
rahmatli bashorati to`gri chiqdi. Afsus, biroz bu kech amalga oshdi.
Onam, Mamanazarova (bu otamning
ismidan, onamning otasini esa, Davudboy, ataganlar) Xursandbibi (1901-1981),
bir umr uy bekasi bo`lib yashaganlar. U kishi ham otamlarga qondosh, qarindosh
bo`lib, o`zbek, "Yuz" qizidir.
Otam va onam o`qishni ham, yozishni
ham bilishmasdilar. Ammo har ikkalasi ham
o`zbek og`zaki ijodini ancha yashi bilishardilar. Otam, "Go`r o`g`li"
dostonini yod bilardilar, uni do`mbirada xirgoyi qilardi. Onam, rahmatli,
o`zbek maqollari tirik enitsklopediyasi edi. Dasturxon duolarining bir necha
o`n xilini bilardi. Ularni shunaqa chiroyli aytardiki,а uni tinglagan kishi, duo emas, go`yo bir
butun qo`shiq tinglaganday bo`lardi. Afsus, u duolarning birortasini yozib olmabman.
O`quvchi meni ma'zur tutsin, bu
erda biroz urug`chilikni xotirladim. Ammo bu urug`chilikni targ`ib qilish
maqsadida emas, balki ibrat uchun, tarixni bilish zarur, degan maqsadni
ko`zlab, yozildi. Chunki, so`nggi yuz yil va undan ham ko`proq vaqt davomida
dushman, bizni nasli turk (o`zbek) bo`lmagan yovuz insonlar qo`li bilan
boshqardi. Bolshovoylar zamoniga qadar, ruslar bizni olmon va yahudiy
generallari (gubernatorlar) qo`lida saqlagan bo`lsalar, bolshovoylar esa,
ismlari musulmoncha bo`lib, o`zlari sotqin, alchoq, kelib chiqishi, qoni turk
(o`zbek) bo`lmaganlarga topshirib qo`ydilar. Bugun ham biz rus istilochilaridan
qutilsakda, o`z vaqtida istilochilar tanlagan sotqin va millatining tayini yo`q
haromilar qo`l ostida qoldik. Afsus, bu holni ko`pchilik tushuna olmadi va
tushina olmayapti. Men urug`im haqida biroz hiqoya qilar ekanman, ana shularni
ko`zda tutmoqdaman. Ana o`sha olchoqlardan emasman, urug`im, ajdodim belgili,
demoqchiman.
1947 yil
sentyabridan meni maktabning 1-sinfiga olishgan. Chunki, bizning tomonlarda
maktablar olmon-rus urushidan so`ng 1947-1948 o`quv yilidan, ya'ni 1947 yil
sentyabrdan boshlab ishga tushirilgan. Biz urushdan keyingi ilk 1-sinf
o`quvchilari hisoblanamiz.
O`rta
maktabni 1957 yili tugatib, o`sha yili Samarqand davlat universiteti
fiziko-matematika fakulteti 1-kursiga o`qishga kirdim. 1962а yili uning to`la kursini muvaffaqiyatli
tugatdim. Universitetni bitirib, bir yil (1962-1963 o`quv yili) o`rta makatbda
matematika o`qituvchisi bo`lib ishladim.
1963-1968
yillar davomida Toshkent qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash va
irrigatsiyalash injenerlari institutida Katta o`qituvchi vazifasida ishladim.
1968-1972 yillarda O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Kibernetika institutida
aspirant bo`lib, 1972 yil fevral oyida fiziko-matematika fanlari nomzodi ilmiy
daraja uchun dissertatsiya yoqladim.
1972-1974
yillari Samarqand universiteti Hisoblash Markazi muduri, 1974-1980 yillarda
o`sha universitet Elektron hisoblash mashinalarini matematik ta'minlash
kafedrasi katta o`qi tuvchisi, 1980 yildan 1991 yilga qadar o`sha kafedra
muduri vazifalarida ishladim. 1991 yil mayida esa, mening siyosiy dunyo
qarashim rasmiy hukumat nuqta'i nazariga mos bo`lmagani uchun meni kafedra mudurligidan
chetlashtirishdilar. Bu voqea 1991 yil avgustgacha, ya'ni Sovet Ittifoqida
oshkoralik va demokratiya zamoni boshlanib, mamlakatda muxolif fikr, o`zgacha
nuqtai nazar uchun tazyiq va taqiblar to`xtatilgan bir davrda
"BIRLIK"chilardan ilk dafa menga nisbatan, aynan o`sha, o`zgacha
fikrlaganim uchun qo`llanilgan ma'muriy jazo edi. Ammo o`sha zamonlar bu
voqeaga "BIRLIK" rahbariyati tarafidan umuman ahamiyat berilmadi.
1991
yildan to 1993 yil iyuliga qadar kafedrada dotsent vazifasida ishlahsni davom
etkazdim. 1993 yilga kelib esa, O`zbekistonda Oliy maktab o`qituvchilari uchun
ish kontrakt sistemasida rasmiylashtirilishi joriy etildi. Bu jarayon Samarqand
universitetida 1993 yil iyun oyining so`nggida o`tkazildi. Universitet rektori
men bilan kontrakt tuzmadi. Hatto Rektor menga o`z xohishim bilan
universitetdan, ishdan ketishni taklif etdi. Amalda, men o`sha ondan e'tiboran
ishdan haydalgan hisoblanar edim. Bu bilan menga nisbatan ikkinchi marta yana
boshqa xil ma'muriy jazo qo`llashdilar. Bunday ma'muriy jazolar bilan barobar,
ayniqsa 1991-1993 yillari militsiya, KGB, prokuratura tarafidan doimiy ta'qib
ostida qoldim. Oqibatda, 1993 yili O`zbekistondan chiqib ketishga majbur
bo`ldim.
"BIRLIK"
xalq harakatida 1988 yil noyabr oyidan boshlab uzluksiz faol qatnashdim. Hamon
uning bayrog`ini baland ushlab turishga harakat qilmoqdaman.
1989
yili may oyida Toshkentda o`tkazilgan "BIRLIK"ning 1-ta'sis
qurultoyida uning delegati bo`lib qatnashdim va unda Harakat Markaziy Kengashi
a'zosi etib saylandim. Uning keyingi barcha Qurultoylarida Markaziy Kengash
a'zoligiga takror-takror saylandim.
1989
yil sentyabrida "BIRLIK" xalq harakati Samarqand viloyat
tashkilotining ta'sis konferensiyasi bo`lib o`tdi. U konferensiyada alternativ
(muqobil) nomzodlar qatnashuvi yo`li bilan Harakatning Viloyat Kengashi
Raisligiga saylandim. 1990 va 1991 yillari o`tkazilgan viloyat
konferensiyalarida Viloyat Kengashi raisligiga takror saylashdilar. Ma'lumki,
1992 yildan boshlab Harakatning faoliyati majburiy to`xtatib qo`yildi. Ana shu
sabab, u zamondan e'tiboran konferensiya va Qurultoylar o`tkazish imkoni
bo`lmadi. Shunday qilib, u jarayon, ya'ni Nizom bo`yicha Harakatning yillik
Qurultoyini va viloyat konferensiyalarini o`tkazish jarayoni to`xtab qoldi.
1993-1994
yillari Ukraina Fanlar Akademiyasi qoshidagi Mexanika Institutida "To`g`ri
to`rtburchak shaklli plitalar va silindrik qoboriq jismlarning statik va
dinamik masalalari" mavzusida fiziko-matematika fanlari doktori ilmiy
darajasi uchun doktorlik dissertatsiyasi tayyorlab, Institutning Katta ilmiy
kengashida muhokamadan o`tkazdim. Ammo O`zbekistondan kerakli rasmiy hujjatlar
ololmaganim uchun himoyani oxiriga etkaza olmadim. Ukraina Fanlar Akademiyasi
Mexanika Institutidan olingan, zaruriy muhrlar chekilgan mening dissertatsiyamga
taalluqli barcha rasmiy hujjatlar, Samarqand universitetiga yuborilgan.
Ularning ko`chirma nusxalari menda saqlanmoqda.
8.1.11. Hukumatning menga nisbatan qo`llagan
taqiblari va o`tkazgan tazyiqlari haqida.аааааааааааа
Men,
1988 yil noyabr oyidan e'tiboran "BIRLIK" xalq harakati safida muqim
turganim haqida biroz yuqorida so`zladim.
Darhaqiqat,
biz, 1989 yil boshida G`oniev Xoliqnazar, Murodov Sulaymon, Norjigit Rajabov,
Yo`lyaxshiev Aliboy - dotsentlar, Samarqand universiteti kafedra mudurlari, Borot
Namozov - universitet fizika fakulteti o`qituvchisi, fiziko-matematika fanlari
nomzodi, Umurzaqov Abdumalik - Samarqand Me'morchilik va Qurulish instituti
dotsenti, tarkibda "BIRLIK" xalq harakati Samarqand viloyat
tashkilotini tuzish tashabbus guruhini tashkil etib va 1989 yil sentyabr oyida
viloyat konferensiyasini o`tkazib, Harakatning viloyat tashkilotini tuzdik.
Hukumat,
ana o`sha zamondan e'tiboran, Samarqand viloyati va umuman Respublika bo`ylab
mening har bir harakatimni doimiy va uzluksiz kuzatishni boshladi. Kuzatish
shakllari turli xil bo`lardi. Uy telefonini tinglash, mening uyimga
kelib-ketuvchilarni kuzatish va ularni tekshirish, shunga o`xshash boshqa
kuzatuvlar sistemali doimiy shaklda yo`lga qo`yildi. O`zimni esa, ertalab soati
beshdan, kechasi uyquga yotganimcha maxsus kishilar kuzatadigan bo` lishdi. Ba'zan ular men leksiya
o`qiydigan auditoriya eshigi oldida soatlab o`tirishardilar. Ko`rsatma shunaqa
bo`lardi-da, shekilli.
Men, aslida 1989 yildan bir muncha
burun Sovet hukumati uchun ishonchsiz odam sifatida sovet KGBsi ro`yxatiga,
tushgandim. Ana shu voqeani shu erda aytib o`tishni lozim topdim. Men, 1972 yil fevral oyida fan nomzodligiga
dissertatsiya yoqladim. O`sha zamonlar, Tashkent qishloq xo`jaligini
mexanizatsiyalash va irrigatsiyalash injenerlari institutida (TQXMII) ishlab,
O`zbekiston Fanlar Akademiyasi aspirantlari yotoqxonasida yashardim. Mening
yonimga, Akademiyaning Ximiya Institutida aspirantura muddatini o`tagan
Qirg`izistonlik Jo`ldosh ismli bir kishini ham joylashtirishdi. Biz, Jo`ldosh
ikkimiz, turli xil mavzuda suhbatlar qilardik. Ba'zida suhbatimiz millatlar
haqida ham bo`lardi, albatta. Men doim, o`z dunyo qarashimdan kelib chiqib,
O`rta Osiyoning Ruslarga mustamlakaligini, zo`r berib Jo`ldoshga tushuntirishga
harakat etardim. Men uni ham mustamlaka
mamlakatning farzandi, deb qabul qilgandim-da. Ammo men xato qilgan bo`lib
chiqdim. Ha, Jo`ldosh kompartiya a'zosi edi. Jo`ldosh, bizning uzundan uzoq
suhbat va tortishuvlarimizdan o`zicha menga "millatchi", deb baho beribdi.а Dissertatsiya yoqlash arafasida, TQXMIIdan
uch kishi, ya'ni men va yna boshqa ikki o`qituvchini, chet elda, ya'ni
Jazoyirda ishlash uchun ro`yxatga olishdilar. Men, dissertatsiya himoyasi
o`tkandan so`ng ancha vaqt Qarshida ish safarida qoldim. Bu vaqt ichida KGBidan
aspirantlar yotoqxonasiga kelib, men haqimda hammadan oldin xonadoshim
Jo`ldoshdan so`rab, surushtiribdilar (kim bilsin, balki u avvaldan meni
kuzatishga yollangan agent bo`lgandir). Undan tashqari, mening yonimga kirib
turishadigan Andijonlik N'ematjon va Toshkent viloyatiga qarashli Parkent
rayonidan Adash Yo`ldoshevni (bu yigit men bilan birga akademik Vosil
Qabulovich Qabulov rahbarligida aspirantura o`tayotgan edi) ham "mening
ishim bo`yicha" so`roq qilishibdilar. Ish qilib, rosa tekshirishibdilar.
Mening qirg`iz "do`stim", ularga meni mil latchi, ruslarga qarshi,
revolyutsioner, deb, anglatibdi. Shundan so`ng, KGB yuqori tashkilotida
Jo`ldhoshning "faktlariga" asoslanib, menga "millatchi, davlatga
ishonchsiz kishi" tamg`asi bosilib, "hukm" chiqarilib
hujjatlashtirib qo`yishibdilar. Men bundan mutlaqo xabarsiz edim, albatta.
Men
Qarshidan kelganimdan so`ng bir qancha zamon o`tgach, N'ematjon ozgina
masalaning uchini chiqarib, KGB xodimi uni so`roq qilgani va men haqimda undan
so`rashganini, aytdi. Adash va Jo`ldoshlar esa, indashmadilar. Hay-nahay, ular
KGBdan iymanishgan bo`lsalar kerak. Bu orada Institutda Jazoyirga ketadigan u
ikki sherigim chaqirilib, fransuz tilini o`rganish mashg`ulotlariga qatnasha
boshlashdilar, meni til o`rganish o`qishiga chaqirishmadi. Men esa, bu holga
e'tibor ham bermadim. To`g`risini, aytganda, u mahallar bu ishning ahamiyatiga
uncha tushunib ham etmagandim.
1972
yil sentyabridan, akademik V.Q. Qabulovning tavsiyasi bilan meni Samarqand universiteti
Hisoblash Markaziga mudur etib o`tkazishdilar. Oktyabr yoki noyabr edi, meni
O`zbekiston Oliy ta'lim vazirligiga chaqirishdi, u erdan KGBinng Toshkentdagi
idorasiga olib ketishib, rosa "qayta tarbiyalashdi". Ularning
aytishicha, "men Vosil Qabulovich Qabulovning shogirdi bo`lganim uchun afv
etilmoqdaman. Ammo bundan buyon, og`zimga ehtiyot bo`lmog`im lozim, Jo`ldoshga
so`zlagan fikrlardan yiroq bo`lishga majbur", emishman.
Ana
shundagina, men nima uchun shereklarim bilan til o`rganishga chaqirilmaganimni
tushunib etdim. Men bilan "suhbat" o`tkazgan KGB xodimi(uning ismi
Mo`minov edi, menimcha) Jo`ldosh bilan uchrashganini tan oldi. Bilmadim, balki
u Jo`ldoshboy,а suhbatlarimizni yashirin
yozib ham olgandir, kasetalarni KGBga topshirgandir. U tarixiy kasetalar, balki
hozir ham KGB arxivida saqlanayotgandir.
Shuning
uchun ham ular men "Birlik"ka kirganim hamon meni alohida nazarotga
olishdilar va jiddiy kuzata boshladilar. Bu sovet davridan boshlangan ta'qib
bo`lib, menga nisbatan qo`llanilgan birinchi tazyiq edi.
Ikkinchidan,
menga nisbatan ish erida bir qator maТmuriy choralar, qo`llashdilar:
a) 1990
yili O`zbekiston Oliy Sovetiga deputatlikka nomzodim ko`rsatilishiga bag`ishlab
o`tkaziladigan majlislar, ataylab mavjud qonunlarni paymol etish yo`li bilan
buzildi. Hatto saylovchilarni majlisga keltirmaslik uchun tartibni saqlash
davlat organi-militsiyadan noqonuniy foydalanishdi, ya'ni militsiya
saylovchilarni mening nomzodim deputatlikka ko`rsatiladigan majlisdaа qatnashsalar, ularni javobgarlikka tortish
choralari qo`llashlarini aytib, qo`rqitishdilar. Masalan, Urgut rayon Jumabozor
qishlog`ida voqea aynan shunday bo`lgandi.
а
b) 1991 yili siyosiy qarashlarimga
ko`ra meni kafedra mudurligi vazifasidan chetlashtirishib, ma'muriy chora
qo`llashdi. 1993 yili esa, Universitet Rektori men bilan ish kontrakti tuzmadi.
Bu bilan men, 1993 yil iyul oyidan e'tiboran avtomatik ishdan haydaldim, shu
bilanа yashash, tirikchilik manbaidan
mahrum bo`ldim. Bu esa, Sovet Davlatining (1991 avgustidan O`zbekiston davlatining)
mavjud qonunlariga mutlaqo zid chora edi.
v) 1989-1993 yillari, ayniqsa,
1991-1993 yillarda mening har qanday harakatim ikki KGB xodimi tomonidan
doimiy, uzluksiz kechayu-kunduz kuzatiladigan bo`lindi. 1993 yildan boshlab
kechalari ham men yashaydigan uy atrofida engil mashinalarda KGB xodimlari
qorovulda turadigan bo`lishdi. 1993 yil yanvar-may oylari davomida men hech
qanday sud hukmisiz uy qamog`ida qoldim. Bu holning sababini o`sha zamonlarda
Samarqand shahar va viloyat prokuraturasi menga aytishmadi, ayta olmadi, ammo
ular (shahar militsiyasi va shahar prokuraturasi) meni uy va ish
joyim-Universitetdan tashqari hech bir erga yurgizmay qo`yishdi. Hatto, bu besh
oy ichida qarindoshlarimda ta'ziya bo`lgandi, shahar prokuraturasidan ijozat olmasdan,
ta'ziyaga ham shahardan chiqish imkoni bo`lmadi. Oqibatda, qancha
yugur-yugurlar, telefonlar yordamida shaxsan shahar prokurori mas'uliyati
ostida Samarqand shahar, Temir yo`l rayon Militsiya bo`limi tashkil etgan
maxsus militsiya mashinasida, yonimda bir militsioner formada o`tirgan holda,
ta'ziyaga borib kelish mumkin bo`ldi.а
g) 1989-1993 yil davomida Samarqand
shahar va viloyat Militsiya bo`limiga, shahar Temir yo`l rayon militsiya
bo`limiga, shahar va viloyat prokuratura bo`limlariga, viloyat KGB bo`limi
xodimlari va uning boshlig`i oldiga xilma-xil bahonalar bilan chaqirilib va
so`roq qilinib turdim. Boshda, ular choqirsa bo`ldi, ularning huzuriga
boraverardim. Bizning boshqa a'zolarimiz ham shunday qilishardilar.1991 yildan
e'tiboran, biz ulardan bizni maxsus chaqiruv qog`ozi (povestka) bilan
chaqirishlarini talab qila boshladik. Ular ham endi bizni maxsus chaqiruv
qog`oziа ila chaqirishadigan bo`lishdi.
O`shanday qog`ozlar (povestkalar), 1994 yilda Russiyada siyosiy qochoq
ekanligimni isbot qilib, qochoqlik guvohnomasi olishimda menga yordam berdi.
Bu sanalganlar hukumat tomonidan
menga ko`rsatilgan taqib va tazyiqlarning eng kattalari bo`lib, bundan tashqari
juda ko`p, asabga teguvchi qator qiliqlar qilishganlarki, ularning barchasini
sanayversanggiz, ular tugamaydi. O`sha asab buzor holatlardan yana birini, bu
erda keltirib o`taman. Masalan, viloyat KGB bo`limi, viloyat va shahar
prokuraturasi, viloyat Militsiya bo`limi tinmasdan so`roqlar qilishib,
uyoqdan-buyoqqa sudrashib yurushsalarda, negadir, faqat shahar Temiryo`l rayon
Militsiya bo`limi boshlig`i menga bir necha martalab, "Gazetada yozma
shaklda siyosatdan chetlashdim, deb, e'lon eting, siz ham tinch bo`lasiz, biz
ham tinch bo`lamiz", deb taklif qilardi. Rayon militsiya boshliq`i bunday
takliflarini "yuqorining" ko`rsatmasi bilan amalga oshirayotgani aniq
edi, albatta. Hozirlar balki, o`sha militsiya boshlig`ining
"maslahati"ga quloq solsam ma'qul bo`larmidi, deb qolaman, ba'zan.
Ammo bolalarim,а УYo`q, dada siz unday
qila olmasdingizФ, deyishadi. Balki bolalarim haqdir.
Nihoyat 1993 yil oxirida
O`zbekistondan chiqib ketish imkoni tug`ildi (bu imkoniyat ham hukumat
tarafidan maxsus yaratilgandir) va tezda chiqib ketdim. Shundan buyon
muhojirlikda yashamoqdaman. Ammo O`zbekistondan chiqish imkonining yaralishi
ham bir uzun hikoya. Uni bu erda keltirmayman. Boshqa bir o`rni kelganda u
haqda ham yozarman, inshoolloh.
8.1.12. Muhojirlikning menga oid tafsilotlari.
8.1.12.1. O`zbekistonni tark etish.
Taxminan
1993 yil may oylarida edi shekilli, O`zbekiston oliy o`quv yurtlaridaа ishlash uchun o`qituvchi-profeessorlarni
kontrakt asosida qabul qilish joriy qilindi. Bu esa, aslida 1992 yili talabalar
faolligi bitirilgandan so`ng, mamlakatning ziyoli qismiga qarshi qaratilgan
kurashning navbatdagi noqonuniy tadbiri bo`lib, mamlakat progressiv
ziyolilarini ham hukumatga to`la bo`ysuntirmoq maqsadida amalga oshirilgan bir
chora edi. Mulk xususiy bo`lmagan yoki mulk xususiylashtirilmagan biror ish
erida kontrakt sistemasi joriy etish iqtisodiy nuqtai nazardan ham, huquqiy
jihatdan ham qonunbuzorlik, inson haq-huquqlarini qo`pol ravishda poymol
qilishdan iborat bo`ladi. Ammo bizning ziyolilarimiz bu qonunbuzorlik,
bezorilikni tushunmadilar. Xullas, Samarqand universitetida ish kontrakti
tuzish kompaniyasi 1993 yil iyun oyida o`tkazildi. Universitet rektori men
bilan ish kontrakti tuzmadi. Ammo o`sha zamon ish qonunlariga ko`ra men o`quv
yili oxirigacha ishlash va yillik ta'til olish haqiga ega edim. Mening bu
huquqimdan foydalanishimga to`sqin qilishmadilar. Ta'til vaqtida esa, ya'ni
1993 yilning iyul-avgust oylari davomida Universitet rektori professor Tolib
Musaevich Mo`minov bilan yangi o`quv yilidan boshlab, ya'ni sentyabrdan
e'tiboran meni O`zbekistondan tashqariga ilmiy safarga (komandirovkaga) yuborishini
kelishish mumkin bo`ldi. T.M. Mo`minov bu erda "jasorat" ko`rsatdi,
shekilli (yana ham bilmadim, vallahi aТlam). Chunki universitet ilmiy ishlar
bo`yicha rektor o`rinbosori Isroil Ibragimovich Jumanov meni ilmiy safarga
yuborishga qattiq qarshi bo`lishiga (ehtimol bu ham yuqorining ko`rsatmasidir)
qaramasdan u menga safar hujjatlari rasmiylashtirishga buyruq bergandi. Har
holda bu erda rektorning ham o`z hisobi bor edi. Birinchidan, unga hukumat
tarafidan meni universitetdan chetlashtirish vazifasi qo`yilgandi, albatta.
Boshqa tarafdan men ham universitet oldida gunohsiz, hatto uning obro`li
o`qituvchilaridan biri qatorida turardim. Mening universitetdan
"haydalishim" talabalar orasida qanday jonlanish keltirib chiqarishi
ham hech kimga aniq emasdi. Lekin buni Universitet rahbariyati va viloyat
hukumati hamisha hisobda tutishardi. Bunday bir vaziyatda zamonasining olimi,
professor nomi bo`lgan bir ziyoli kishi uchun meni shunaqasiga hech bir asossiz
ishdan haydab yuborish uncha oddiy ish emasdi. Shu sababdan T.M. Mo`minovga ham
birorta murosa yo`li topmoq juda zarur edi. Bu ilmiy safar esa, o`sha yo`lning
biri, balki eng qo`layi hisoblanardi. Chunki bu yo`lga men ham o`z xohishim
bilan rozi bo`lmoqda edim. Rektor esa, meni Universitetdan, hatto O`bekistondan
chiqarib yuborayotgan edi, axir. Shu bilan u "Yo`lyaxshiev
problemasidan", hech bo`l maganda vaqtincha qutulmoqda edi.
Shunday
qilib, men 1993-1994 o`quv yilidan boshlab Samarqand universitetida
(O`zbekistonda) bir soat ham ishlamadim. O`quv yilining boshida ilmiy safarga
hujjatlar to`g`lash bilan band bo`lib, bir-ikki oy vaqt Samarqandda yurgan
bo`lsam-da, biror marta dars o`tmadim. Hujjatlarni rasmiylashtirgan hamon
Vatanni tark etdim. Bu ketishim, hijrat ekanligini, O`zbekistonda Karimov rejimi
bitmasa, endi Vatanga qaytmasligimni faqat bir kishiga bildirdim, xolos. U,
katta qizimning xo`jasi, kuyovim Muhsin Xayitovich Abdualimov edi. Musinga
tashakkurlar bo`lsin. Mening bu sirimni, menga zarur bo`lgan muddat ichida
Musin o`z xonimi, mening qizim, farzandim bilan ham sheriklashmadi.
8.1.12.2. 1993 yil so`nggi va 1994 yil
birinchi yarimida Ukrainada kechergan hayotim haqida.ааааааааааааааааааааааааа
1993
yil dekabr oyida Kiev shahriga, Ukraina Fanlar Akademiyasi (Uk FA) Mexanika
Institutiga ilmiy safarga keldim. Bu shaharda 1994 yil iyungacha qoldim. Bu
erda Samarqand Universiteti tomonidan belgilangan ish rejamni to`la bajardim,
ya'ni fiziko-matematika fanlari doktori ilmiy darajasi olish uchun dissertasiya
yozib tugatdim. Uk. FA Mexanika Instituti Katta Ilmiy Kengashida doklod qilib,
uni himoyaga topshiradigan bo`ldim. O`zbekistondan, ya'ni Samarqand
universitetidan lozim bo`lgan bir necha rasmiy hujjatlar (ish eridan
xarateristika, fakultet va kafedradan bir-ikkita arzimas qog`ozlar va h.k.) berilmagani
uchun formal himoya o`tkazil may qoldirildi.
Ukrainada,
Ukraina Fanlar Akademiyasi yotxonasida, Kiev shahri Dobroxotova ko`chasida olti
oy to`la rasmiy yashadim. Hatto olti oyga yotoqxonaga meni vaqtincha propiska
qilishdi.
O`tgan bu
besh-olti oy davomida ilmiy tekshirish ishlaridan tashqari bitta siyosiy maqola
ham yozdim.U "O`zbekiston nimaga suyanmog`i lozim", degan mavzuda
bo`lib, mafkuraga (ideologiyaga) bag`ishlangandi. Bu maqolani keyinchalik,
to`g`risi 1999 yili Norvegiyada yurgan zamon boshqa bir qator maqolalar bilan
birlashtirib ФO`zbekiston nimaga seyanadiФ nomi bilan kitobcha shaklida
internetda eТlon qildim.
Kievda
olti oydan ziyodroq vaqt qolar ekanman, u erdan Turkiyaga ketmoqchi bo`lib, bir
qancha marta urinib ko`rdim. Ammo chet elga chiqadigan pasportim bo`lmaganligi
sababli, uning uddasidan chiqa olmadim. Aldanib qolishdan qo`rqib, pasport
olishda norasmiy yo`llardan foydalanmadim.
1994
yil iyun oyi ham tugab, ish ta'tillari ham boshlanib qoldi. Ammo mening ilmiy
safarim muddadi avgustda bitmog`i lozim edi. Shuning uchun endi men avgustgacha
bekor qolayotgandim. Nihoyat, Moskvadagi "BIRLIK"chilar (bu zamon,
Yodgar Obid, Madamin Narziqulov, Hazratqul Xudoyberdi va Mahmud Inaqovlar
Moskvaga kelib olishgandi) Turkiyaga ketishga yordam berishni va'da qilishib,
meni Moskvaga chaqirib qolishdi. Shu chaqiriq sabab, Alloh oq yo`l bersin, deb
Kievdan Moskvaga qaytdim.
8.1.12.3. Moskvadagi boshlang`ich uch oy
haqida.
Men,
aslida shaxsan Yodgor Obidning taklifi bilan 1994 yil 26 iyunda Kievdan
Moskvaga keldim. Uning tasdiqlashicha, bu taklifga, o`sha zamonlarda Moskvada
o`tirgan Madamin Narziqulov, Istanbulda Ab.Po`latov ham rozi bo`lishganlar.
Ammo biroz so`ng ma'lum bo`ldiki, M. Narziqulov menga nisbatan butunlay boshqa
rejalarni ko`zda tutgan ekan.
Men
Kievdan Moskvaga kelganimda, Yo. Obidning Moskvadagi ijora uyida Yo. Obid va M.
Narziqulovlar meni kutib olishdi. Ular, men hali o`tirib ulgurmasimdan mening
darhol Grozniyga (Checheniston Paytaxti, hali u erda urush boshlanmagandi)
ketishim va u erda menga yordam berishlari lozimligini, pasport va biletlar,
hammasi hozir bo`lajagini, barcha zaruriy yordam etajaklarini aytishdi.
"Grozniyda Yusuf ismli yigitimiz bor, u sizga barcha yordamni tashkil
etadi", deyishdi. Men o`sha zamonlar Yusuf kim, u qaerdan paydo bo`lgan,
bilmasdim. Ayni zamonda bu mening ikki "do`stimdan" uning kimligini
chuqur shurushtirib ham o`tirmadim. Yusuf, deganlari, Ro`zimuradov Yusuf,
"Erk" partiyasi a'zosi hisoblanib, shubhali bir zotligi menga bir muncha
vaqt so`ng ma'lum bo`ldi. Shunday qilib, men ertasi kuniyoq, ya'ni 27 iyunda
Grozniyga 29-da jo`naydigan bilet oldim. Biletxonadan to`g`ri Narziqulov oldiga
bordim va unga biletni ko`rsatdim. U odam esa, Grozniyga jo`nash kuniga alohida
e'tibor qilib, "bugun yo ertagayoq olmabsizda", dedi. "Sizlar
bilan biroz diydorlashaylik, dedimda"- dedim chin ko`nguldan men, mutlaqo
uning maqsadiga e'tibor bermay. Keyinroq ma'lum bo`ldiki, bu e'tiroz ham
"kosa, kosa tagida nimkosa", qabilida bildirilgan ekan. Shu kuni
kechasi, Muyunxendan Anvar Usmonov Yo. Obidning uyiga telefon qilib, mening
Istanbulga kelishim hozircha maqsadga muvofiq emas, chunki I. Karimov Turkiyaga
kelib ketgandan so`ng, bu erda ahvol bir muncha o`zgardi. Shuning uchun,
"Rais", ya'ni Ab. Po`latov Yo`lyaxshievning, Istanbulga kelishini
qoldirish va barcha hujjatlarni Shvetsiyaga ketishga hozirlash kerak,
demoqda", deb xabar qildi. Bu xabardan so`ng, biz Yo. Obid ikkimiz, darhol
ertagayoq, ya'ni 28 iyun kuniyoq biletni qayta topshirishga qaror qildik.
Ertalab
(1994 yil 28 iyun), men bilet topshirishga, Yo. Obid o`z ishi bilan shaharga chiqib
ketdik. Biletimni topshirib, Markaziy Osiyo inson huqiuqlarini himoya etish
guruhi ish eri, Moskva shahar, Volgagradskiy ko`chasiga, M. Narziqulov
o`tiradigan ishxonaga bordim. U erda M. Narziqulov (rahmatli) bir o`zi o`tirgan
ekan. Men voqeani u kishiga so`zladim. Chinki o`sha zamonlar men uni
ko`nguldan, safdosh, partiyadosh, g`oyadosh do`stа hisoblardim. Shuning uchun unga voqeani to`la
ochiq so`zlashga harakat qildim. Haqiqatdan ham u odamga (umuman
"BIRLIK"chilarning hammasiga) munosabatim har doim shunaqa do`stona
edi. U zamonlar ularning hech biriga biror xil shubha bilan boqmasdim. Hatto
biror xil gumon xayolimga kelishi mumkin emasdi. Menda "BIRLIK"chiga
alohida hurmat, e'tibor bor edi. Men so`zlarimni tugatar-tugatmas M .Narziqulov
o`zidan, ya'ni xushidan ketib qolayozdi.а
Besh-o`n daqiqa nima deyarini bilmay, xushsiz, baqrayib o`tirgandan
so`ng, xayoli biroz joyiga keli-da, o`zini o`nglab "o`zinggiz nima deysiz,
o`zinggiz qanday qaraysiz, by masalaga", deya oldi. Men uning ahvolini,
nima uchun bunday holga tushish sababini durustroq anglay olmasamda, darhol
unga yarim hazil, yarim chin "partiya nima desa, shuni qilamizda",
dedim. U esa, "Nega, ixtiyor o`zinggizda-da, siz nima desangguiz shu
bo`ladi-da", deb qo`shimcha qildi. "Ko`ramizda", dedim-u,
qo`ydim, men. Undan so`ng kimdir keldimi, nimadir bo`lib, dialogimiz to`xtab
qoldi. Ancha vaqt bu masalaga qaytmadik. Rais aytgan vazifalarni bajarishga
kirishdik. Har holda men shunday, deb o`ylay boshladim. Ammo Grozniyga borish
biletini topshirib kelib, "men Turkiyaga emas, Shvetsiyaga ketishim kerak,
ekan", deb so`zlaganimda M. Narziqulovning xushi uchib, sarosimaga tushib
qolgan holatni hech ko`z oldimdan ketgaza olmasdim. Kallamda doim "nega
shunday bo`ldi, nima uchun u odam bunday xushini yo`qotib qo`ydi", degan
savol, kezaverardi. Ba'zan o`zimcha xulosa qilib, "ha, demak bu
Shvetsiyasi juda ham go`zal va boy bir mamlakat ekanda. "Bu odamning
(Narziqulovning) baxilligi bor ekan, u baxillik qilayapti. Mening Shvetsiya
singari go`zal va boy mamlakatga ketishimni ko`rolmayaptida", deb
qo`yardim o`zim, o`zimga. Bu voqeadan so`ng uning, "biletni 27 yoki 28-ga
olmabsizda", degan e'tirozi ham tez-tez xayolimga tushadigan bo`lib qoldi.
Endi men Shvetsiyaga ketmog`im,
ya'ni u mamlakatdan boshpona olmog`im uchun harakat qilishim kerak bo`ldi.
Buning uchun esa, tartib bo`yicha BMT "Qochoqlar bilan ishlash Boshqarmasi
Oliy komissariyati"ning Russiya bo`limiga murojaat qilmog`im lozim
deyishdi. BMTning qoidasi bo`yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga (MDH)
kiruvchi davlatlardan kelgan qochoqlar eng avval Russiya qochoqlar bilan
ishlash komitetiga (Migratsionnaya slujba-Migratsion xizmat) bosh urmoqlari
zarur ekan. Agar Russiya MDH-dan kelgan u yoki bu qochoqni qabul etmagan holda,
u qochoq bilan BMT komissariyati shug`ullanar ekan. Shunday qilib, mening
oldimda Russiya qochoqlar bilan ishlash komitetiga murojaat qlish masalasi
paydo bo`ldi. Demak, men birinchi navbatda Russiya Migratsion xizmat komitetiga
bosh urushim va u erdan Russiya qochoq sifatida meni qabul qilishi yoki qabul
qila olmasligi haqida qaror olishim kerak bo`ldi. Bunday qaror esa, M.
Narziqulovning papkasida tayyor turibdi. Chunki ular, Moskvada uralashib yurgan
to`rt-beshtasi umumiy ro`yxat bilan Russiya Migratsion xizmatiga murojaat
qilishgan va ularni, ya'ni O`zbekistondan kelgan "qochoqlar" ni
Russiya qabul qilmaydi, deyilgan qarorni, Russiya tarafidan salbiy javobni
olishgan. Menga o`sha tayyor qarordan bittaа
kserio nusxa bo`lsa bas, ish bitadi. Shu kserio nusxa bilan BMT
Komissariyatiga boraman, ular mening masalam bilan shug`ullana boshlashadilar.
O`sha zamonlar Shvetsiya MDH davlatlaridan kelgan (jumladan O`zbekistondan ham)
qo choqlarni bir muncha yaxshiа qabul
etmoqda edi. Shu kompaniyaga meni ham qo`shib yubo rishlari mumkin edi. Shu
bilan bo`ldiydi, tamom, masala hal bo`lardi, qo`yardi. Yo`q, bu ishа unday jo`n bitmadi. Chunki ishning bunday
jo`n bitishini M. Narziqulov istamadi. Papkada turgan tayyor qarordan bir nusxa
(kserikisda yarim daqiqalik ish) ko`chirma olish mumkin bo`lmadi. M .Narziqulov
shunday ko`zini luqqa yoshga to`ldirib, unday qaror yo`q, Russiya Migratsion
xizmatidan uni olgan edig-u, ammo hozir yo`q, yo`qolib qolibdi, deb turib oldi.
Natijada, ishni boshidan boshlashga to`g`ri keldi. Ya'ni buning uchun avval
Russiya Prezidenti qoshidagi "Inson huquqlarini himoya etish
komitetiga" xat yozib, xat ularning rezolyutsiyasi bilan "Migratsion
xizmat komiteti"ga o`tkazilmog`i lozim. Ana shundan so`nggina komitetda
qaror qabul qilinadi. Bu ish ham bajariladigan masala, albatta. Lekin bu orada
bo` ladigan byurokratik mash-mashalar qanchalar vaqtni oladi va asabni eydi.
Bilmadim, nima uchun M. Narziqulov men uchun ana shunaqa, ko`p vaqt talab, asab
buzuvchi uzoq yo`lni tanladi. Chamamda, uning hisobicha nima bo`lsa bo`lsin,
ish qilib meni yo`ldan urushi, meni Shvetsiyaga ketishdan voz kechtirishi juda
zaruriy ishlardan biri edi. Buning uchun esa, vaqt lozim. Ammo menga bu mutlaqo
tushunarli emasdi, chunki menda Vatandan tashqari hech bir erga ketish istagi
yo`q edi. Men, O`z bekistonning ichida, juda bo`lmaganda Russiya yoki Turkiyada
turib siyosiy kurash olib borish tarafdori edim va bu uchun qo`limdan nima
kelsa, uni bajarishga hara kat qildim. Mening fikrimcha, Vatan uchun,
O`zbekiston uchun zarur bo`lgan samarali siyosiy harakat O`zbekistonninng
ichida, hech bo`lmasa unga yaqin o`lkalarda unumli bo`lishi mumkin edi. Men bu
fikrda hamon muqimdirman. Chunki bu fikrga hech qanday alternativa yo`qdir.
Shunga qaramasdan, hozircha olidimizda masala (problema) chiqdi, uini hal
etmog`i miz va iloji boricha uni tezroq bir yoqli etishimiz zarur edi. Lekin M.
Narziqulovga esa, butunlay boshqa masala, boshqa problema ahamiyatli edi. U
kishi butunlay o`zgacha planni, o`zgacha maqsadni amalga oshirmoqchi edilar,
shekilli. Balki u, rahmatli I. Karimov yuvundixo`rlarining (O`zbekis ton
xavfsizlik komiteti) ko`rsatmasiga amal qilayotgandi. O`sha 1994 yil iyul
oyidagi mening Shvetsiyaga ketish hujjatlarimni tayyorlash jarayonidagi M.
Narziqu lovning menga bog`li problemasi, uning maqsadi nima edi, ular barchasi
eng avval uning o`ziga ma'lum, albatta. Men faqat mulohazalar qiliaman, shubha
va ehtimol larni, taxminlarni so`zlay olaman, xolos. Uni, er yashirdi, bu
Allohning ishi. Uning mening shaxsimga oid problemalari va maqsadlarining bir
qismi o`zi bilan ko`milib ketdi. Boshqa qismi esa (shubhalarim noo`rin bo`lsa
Alloh meni kechirsin), O`zbekiston xavfsizlik boshqarmasida saqlanayotgan
bo`lsa ajab emas. Bu dunyoda qolgan ma'lumotlar, oqibat jamiyatga oshkor
bo`ladi, inshoolloh.
Shunday qilib, 28.06.94-da
boshlangan va yarim daqiqada bitajakа
ish, naqt bir oy cho`zildi, ammo mutlaqo hech narsa qilib bo`lmadi. Bu
o`tgan bir oy davomida har ikki-uch kunda M. Narziqulovdan, "Madamin aka
(unga "aka", deb murojaat qilardim) ishlar nima bo`ldi ", deb
so`rab qo`yardim. Mening "Madamin akam", hali u bo`ldi, hali bu
bo`ldi, unga telefon qildim, safarga ketibdi, bunga qo`ng`iroq qildim dam
olishda ekan deb meni ovutib qo`yaverardi. Iyulning 25-laridan o`tgandan so`ng
mening so`roqlarimda biroz asabiylik paydo bo`la boshladi. Chunki endi men M.
Narziqulovning nayranggini jindak anglab, uning niyatini sezaboshladim. U ham
mendagi bu o`zgarishni tushunib, menga Russiya Prezidenti qoshidagi "Inson
huquqlarini himoya etish komissiyasi" raisi o`rinbosari Arutyunovning ish
eri telefoni ni berishga majbur bo`ldi. Men
darhol Arutyunovga telefon qildim. Butun problemalar bir marta telefon qilish
bilan hal bo`di, qo`ydi. Birinchidan, Arutyutinov, darhol o`zining uy, ish,
hatto dala havlisi telefonini ham menga berdi, xodimlarining biri bilan
telefonda tanishtirdi. Bungacha, bir oydan ko`p vaqt o`tib ketdi, ammo bu Narzi
qulov, deganlaridan hech kimning, hatto hammaga ochiq telefonlarni ham olib
bo`lmadi. Bundan oldin ham bir-ikki dafa, "Madamin, aka balki kerakli
odamlarga men o`zim telefon qilarman", desam, hech bir telefonga
yaqinlashtirmasdi. Men esa, bir tomondan, o`z boshimchalik qilmayin, bu odam
shu erda o`tiribdi, u yoki bu zarur odamlarni taniydi, har holda uning bu
erdaа o`tirishi "BIRLIK"
nomidan, deb tushunib, uning o`zidan natija kutardim. U esa, ishlarni paysalga
solgandan, paysalga solardi. Mana Arutyunov birdaniga qator telefonlarni berib
tashladi. Uning hech bir xavfi yo`q ekan, bu telefonlar menda bo`lsa ham
bo`larkan, shu bilan olamga o`t tushmas ekan yoki uchinchi jahon urushi ham
boshlanib ketmaskan. Shu ishni iyulning boshida, oyning birinchi haftasida,
ikkinchi haftasida qilish mumkin emasmidi? Ha, niyat to`g`ri bo`lganda, mumkin
edi. Ammo buni Narziqulov istamasdi. Chunki bu odamda niyat buzuq, maqsad
boshqa edi. Endi esa, hech bo`lmasa Arutyunov ning ish telefonini
berishdanа boshqa iloj qolmagandi. Chunki
endi, ish ataylab paysalga solinayotgani, bu erda qandaydir noxolis maqsad
borligi bilinib qoladigan bo`ldi. Shundan so`nggina faqat bir kishining
telefoni, u ham bo`lsa ish telefon berildi. Russiya Prezidenti qoshidagi
"Inson huquqlarini himoya etish komissiyasi" butun dunyoga ochiq bir
tashkilot. Bu tashkilotdan bitta telefon nomerini aytish bir "tog`ga"
tonnel qazish emas, axir. Undan tashqari, Russiyadagi ikir-chikirlardan bexabar
menday bir odamning biror ishning uddasidan chiqqanimga qadar qancha suv oqadi.
Bu orada yana bir gap bo`lar, deb, fikrlagan Narziqulov menga Arutyunovning
faqat ish telefonini "marhamat", qildi, xolos. Ammo ana shu umumga
ma'lum telefon mening qo`limga tushishi hamon, Allohga shukrki, ishim yurishib
ketdi. M. Narziqulov esa, aynan ana shuni istamagandi. Nima qilsin, bechora,
qancha tirishmasin vaziyatga qarshi turib bo`lmadi. Pardani jindak ochishga
majbur bo`ldi. Menga ana shuning o`zi etarli edi. Endi esa, hatto matnini M.
Narziqulov tayyorlashi lozim bo`lgan xat ham Arutyunov xodimlari tarafidan
yoziladigan bo`ldi. Bizga faqat uni Arutyunov kabinetidan borib olish va
"Migratsion xizmat" idorasiga shaxsan topshirish qoldi. Ammo ular
xatni o`zlari pochta orqali ham yuborishlari mumkin edi, albatta. U holda
vaqtdan ancha yut qazish bo`lardi. Shuning uchun o`sha xatni o`zim
"Migratsion xizmat" idorasiga olib borishimni Arutyunovning
xodimlariga telefonda aytdim. Ammo bu orada ikki dam olish kuni bor edi. Bu dam
olishlar tugagancha men biroz xastalanib qoldim. 1978 yildan buyon meni
oshqozon yarasi xastaligi vaqt-vaqt, ayniqsa bahor va kuz oylari bezovta
qilardi. Og`riq boshlangan zamonda juda rohatsiz bo`lardim. Bu safar ham
shunday bo`ldi. Uyda, uch kun o`zimni, o`zim davolashga harakat qilib ko`rdim,
ammo bo`lmadi. Nihoyat, "Tibbiy tez yordam" xizmati orqali
kasalxonaga ketishga to`g`ri keldi. 31 iyuldan to 22 avgustga qadar kasalxonada
yotib davolanishga majbur bo`ldim. Shu sabab, bu zamon ichida hujjatlar bilan shug`llana
olmadim.
Qarang, endi ana shu, men
kasalxonada qolgan vaqt, qarayib bir oyа
ichida mening "partiyadosh", "g`oyadosh"
og`aynilarim boyagi Arutyunov idorasidan xatni olib, "Migratsion
xizmati" idorasiga berishga vaqt topa olishmadilar. Hatto Arutyunovga
telefonda mening kasalxonaga tushib qolganimni bildirishib, menga tegishli
xatni pochta orqali "Migratsion xizmati"ga jo`natib qo`yishlarini
so`rashsalar etardi. Uni ham qilishmadi. Nima uchun bunday bo`ldi? Menga bunday
munosabatning sababi nimada yoki kimda? Yana bir holatga nazar soling, men
kasalxonaga tushganimga qadar Yo.Obid bilan birga uning ijora uyida turayotgan
edim. Hozir esa, men hali kasalxonada
ekanligimda u boshqa erga ko`chib ketdi. Adres qoldirmadi, mening narsalarim,
kitoblarim, kiyim-kechaklarimni birovning uyida shunday ochilgan, sochilgan
holda qolidirib ketdi. Bunisi, endi, siyosiy hamkorlar orasidagi munosabat
tugul, hatto oddiy insoniy munosabatning ham o`ta pastligidan darak.
Kasalxonadan chiqqanimdan so`ng Yo. Obidni topib bo`lmadi. Oqibatda, uning eski
ijora uyidan narsalarimni olish uchun ham men qanchalar sarson bo`ldim. Bu erda
butun qusur, M. Narziqulovda edi, deb bilaman. Nima gap chiqqan bo`lsa, undan
chiqqan. Kishilar
orasiga g`ulg`ula solish, ularning inoqligini buzish "ustalaridan"
edi, u bechora. Chunki Yo. Obid, yaxshigina shoir bo`lishiga qaramay, bir
kayfiy va butunlay kufrga botib, izchil fikrga ega bo`lmagan kishi bo`lib
qolgandi. Ammo, u hali (1995-dan boshlab Yo.Obid ham Narziqulovdan chetlashdi)
unga biroz quloq osardi. Yo. Obid va Narziqulov o`zaro yaqinligida ham bir
xunuk sabab bor edi. U sabab shunchalr xunuk pastkashlikdan iborat ediki, uni
so`zlashga til ham bormaydi. Umuman, bu erda masalaning bir tomonini tushunish
uncha murakkab emas. Ya'ni, M. Narziqulov ochiqchasiga mening Shvetsiyaga
ketishimga qarshi va u mening hujjatlarim to`g`ri bo`lmasligi uchun qo`lidan
nima kelsa o`shani qilishga harakat etmoqda. Lekin u vaqtlar men, Yo.Obidni
mutlaqo tushuna olmasdim. Ammo keyinroq bu munosabatning sabablari bir muncha
aydinlashdi. Ular haqida Yo. Obid va M. Narziqulovga* bag`ishlangan maxsus
maqolada to`laroq yozaman.а Yana savol,
savollar, nega, axir? Shu onga qadar, ya'ni men kasalxonaga tushganimga qadar,
biz do`st edik, partiyadosh, g`oyadosh edik-ku! Bundan
atigi ikki oy maqaddam meni Kievdan ular Moskvaga taklif etishgandilar-ku?
Bordi-yu, masala mening Shvetsiyaga ketishimda bo`lib, bu ketishning umumiy
ishimizga zarar keltiradigan biror eri bo`lsa, nega u haqda ochiq
so`zlamaydilar? Aksincha, faqat zimdan, josuslar singari ish tutadilar, menga
tegishli ishni nuqul buzishga urinadilar. Aslida, ko`proq Narziqulov shunday
qilardi. Yo. Obid esa, men kasalxonadan chiqqanimdan so`ng nuqul mendan uzoqda
bo`lishga intiladigan bo`lib qoldi. Bilmadim, nima bo`ldi, nima uchun bunday bo`lib qoldi?
Mening Shvetsiyaga ketishimmi yoki boshqa biror yana jiddiyroq sabab ham bormi,
bu erda? Nega bu Narziqulov men bilan besh-o`n minut ochiqchasiga
maslahatlashishga, suhbatlashishga vaqt topmaydi? Nega bir kunda, uzog`i bilan bir haftada bitadigan ishni
uch oyda ham bitirmaslikka harakat qiladi? Darhaqiqat, kasalxonadan
chiqqanimdan so`ngra Russiya Prezidenti qoshidagi "Komissiya"ga va
"Migratsion xizmati"ga bog`li ishlarni deyarli o`n kun ichida
bitirdim. Russiya "Migratsion xizmati komiteti"dan olingan
guvohnomada 31.10.94 y. berildi, degan muhr turibdi. 22.08.94-da kasalxonadan
chiqdim, oktyabrning so`nggida hujjatni qo`limga olidim. Ammo men u hujjatni
sentyabrdayoq olardim. Uni olishni men o`zim paysalga soldim. Biroz vaqt
ikkilanib yurdim. Vatanga qaytsammikan, degan fikrdan ham to`la qutula
olganimcha yo`q edi. Shuning uchun Moskvada yashab turgan erimdan
ma'lumotnomani(spravkani) "Migratsion xizmati komiteti"ga topshirmay
birmuncha vaqt o`tkazdim.
Ko`rinayaptiki,
masalani faqat Narziqulovning baxilligi, yaТni mening Shvetsiyaga ketishimni
ko`ra olmasligi bilan tushuntirish etarli emas. Bu erda undan chuqurroq boshqa
bir masala borga o`xshaydi. Aytganimdek, ular barchasi raxmatli Narziqulov
vijdoniga havola. Ammo Narziqulovning butun harakatlarida meni O`zbekiston ga
qaytishga majbur etish belgilari sezilib turardi. Chunki u Moskvada ikkita
"BIRLIK"chi birga bo`lishini hech xohlamasdi. Bir-ikkita
"BIRLIK"-chiman, deb yurganlarni ham jiqqa musht qilib, urishdirib
qo`ygandi. Hazratqulni ham o`z oldiga kelmaydigan qilib qo`ygandi. Ish qilib, u
shunday qilardiki, Moskvada hech qana qa guruh yo`q, hech kim bu erda siyosat
bilan shug`ullanmaydi, degan ko`rinish yasashga harakat qilardi. Hatto
"Rais, O`zbekistonda yangi "Gorbachev" zamoni kel gunga qadar
siyosat bilan shug`ullanmaslikni, buyurgan", deb takror-takror so`zlashdan
tinmasdi. Uning maqsadi, balki vazifasi na faqat Moskvada, umuman dunyo ning
hech bir nuqtasida "Birlik"chilar guruhi vujudga kelishiga xalaqit
berish edi. U aslida mening Turkiyaga ketishimga ham hech qachon ichidan rozi
bo`lmagan. Narziqulovning asl niyati, meni Grozniyga yuborib, Turkiyaga
jo`natish emas, aksincha boshqa bir sotqin yardamida O`zbekistonga qaytarish va
Karimov jallodlari qo`liga topshirishdan iborat bo`lgan. Men bu so`zlarni biroz
ilgarilab ketib so`zladim. Chunki 1996 yili aniq bo`ldiki, Grozniyda menga Turkiyaga
ketish uchun yordam beruvchi, Yusuf Ro`zimuradov josus bo`lib chiqdi. U M. Solihni doimiy
kuzatish uchun uning yoniga yuborilgan edi. Narziqulov meni Turkiyaga yuborish
bahonasi bilan o`sha josus yoniga yuborayotgan edi. Shuning uchun men 29-iyunga
olgan bilet, uning mo`ljalidan ikki kungina farq qilsada unga juda uzoq
ko`rinayot gan edi. Chunki men iloji boricha tezroq maxsus josus qo`liga
topshirilishim zarur edi-da, axir. Ammo bu Anvar Usmon, qay go`rdandir chiqib,
mening Grozniyga ketishimga halaqit berib tursa bo`ladimi?! Mana, endi
Narziqulov qiliqlari biroz aydilashayapti. Narziqulovni sarosimaga solgan
voqea, mening "Shvetsiyaga, kurortga ketishim" emas, balki uning
plani, to`g`rog`i uning xo`jayinlarining plani buzilishida bo`layapti. Qarang,
men o`z oyog`im bilan yugurib-elib, o`z qo`lim bilan Shvetsiyaga ketmaydigan
hujjat oldim. Ammo u Narziqulovni shodlantirmadi, axir. Bu uni battar
tashvishga solib qo`ydi. Nima uchun, nega bu odamni mening Rusiya da qolishim
ham jiddiy tashvishlantirmoqda? Ha, hamma gap aytganimday, O`zbekistondan
tashqariga muhojir chiqarmaslikda-da. Men esa,
endi Russiyada hatto hujjatli muhojir bo`lib qoldim. Bu hol uchun mening
"Madamin akam" O`zbekistondagi "og`a"laridan hech
bo`lmaganda shapaloq olishi aniq. Men Russiyada qochoqlik hujjati olishimda
esa, Alloh buyurgan bir tasodif yordam berdi. Bu mening muhojirlik hayotimda
bo`lgan muhim voqealardan, deb hisoblayman. Shuning uchunа uning qisqacha tafsilotini bu erda keltiraman.
8.1.12.4. Russiyada qochoqlik guvohnomasi
olishimda sababchi bo`lgan tasodif.
Shunday
qilib, 1994 yil 22 avgustda kasalxonadan chiqganimdan darhol Shvetsiyaga ketish
hujjatlari masalasi bilan bevosita shug`ullanaboshladim. Men tez orada Moskva
shahar "Migratsion xizmati" boshlig`i Smedovich tomonidan qabul
bol`dim. U erda ma'lum bo`ldiki, Arutyunov va Alekseeva (Moskvada joylashgan
Xalq aro inson huquqlarini himoya etish tashkiloti a'zosi, sovet zamoni taniqli
inson huquqlari himoyachilaridan biri) unga men haqimda telefon qilishgan
ekanlar. Smedovich hodimlaridan birini chaqirib, unga men bilan shug`ullanishni
topshirdi. Xodim mening qo`limdagi bor hujjatlarni olib, "Moskvada
yashayotgan erdan ham bir spravka (ma'lumotnoma) keltiring, undan so`ng,
sizning masalanggizni qaraymiz", deb ko`rsatma berdi. Men uning huzuridan
ketar ekanman, "Ma'lumotnomani keltirishni qanchalik tezlatsanggiz,
ishinggiz shunchalik tezlashadi", deb qo`shimcha qildi, u xodim. Bu
uchrashuvda yana bir narsa ma'lum bo`ldiki, Moskva, umuman Russiya O`zbekistondan
qochoq qabul etmas ekan. Demak, "Migratsion xizmati komiteti" men
haqimda ham Russiya qabul qila olmaydi, shaklida qaror chiqaradi. Chunki
qoidaga ko`ra boshqacha holning o`zi yo`q. Bordi-yu, Russiya meni qabul
qilishni rad etgan qaror tayyor bo`ldi zamon, BMT meni birorta O`zbekistondan
uzoq mamlakatga, balki "Madamin akamni" yig`latib, Shvetsiyaga
erlashtirishi mumkin. Demak, mening biror mamlakatga siyosiy muhojir bo`lishim
hal bo`lgan masala edi. Faqat bu holni, yaТni Russiyadan boshqa biror joyga ketishni
men hali istamasdim. Ana shuning uchun ham "ma'lumotnoma" keltirishni
ancha vaqt atay paysalga solib yurdim. Bu paysalga solishda ham ikkita sabab
bor edi. Ammo ular juda tez hal bo`ladigan ishlardi. Birinchidan, men ijorada
turayotgan uy bekasi JEK(Uylarga komunal xizmat ko`rsatish komiteti)ga, uyida
ijorachi borligini bildirishni uncha istamayotgan edi. Ikkinchidan, bu ishni
JEKning o`zida biroz pora bilan hech kimga zararsiz bajarsa ham bo`lardi. Uning
uchun esa, men o`zim aniq va keskin qarorga kelishim lozim edi. Chunki biroz
pul harajat qilib, spravka olinsa, "Migratsion xizmati komiteti",
meni Russiyada qoldirmasa, men ketishni istamasam, faqat pul bekorga suvga
oqiziladi. Uninng ustiga pulning o`zi ham yo`q. Uni ham qarz olish kerak
bo`ladi, hali. Ammo meni Russiyada qodirishlari aniq bo`lsa, "Madamin
akamni shod" qilib, pora bilan bo`lsa ham spravka olish niyatim bor.
Hazratqul Xudoy berdi ham mening bu fukrim tarafdori edi. Darvoqe, bu vaqtlar,
Hazratqul Xudoyberdi hali Moskvada yashardi. Uning Shvetsiyaga ketishi uchun
butun hujjatlar tayyor bo`lgan, ammo Hazratqulning ham uzoqqa ketgisi yo`q.
Shuning uchun jo`najga uncha ham shoshilmay turibdi. Chunki Hazratqul ham
muxolifat kurashini bu erda, ya'ni Moskvada yaxshiroq uyushtirish mumkin, deb
hisoblaydi. Lekin yashashga hech narsamiz yo`q. Hazratqul, Shvetsiyaning
Moskvadagi Elchixonasida qurulishda ishlab turgandi, u ish ham tugab qoldi.
Ikkimiz ham ishsiz, faqat u-bu yordamlar bilan kun o`tkazib turibmiz.
Hazratqulning oilasi ham Moskvada, ular besh kishi (uch bola, er-xotin). Hali
sentyabr, bu vaqtlar "ERK"chilarni, ularning gazeta chiqarayotganini,
"FORUM" va "ERK" gazetalarini nashr etishni tiklaganlarini
bilmaymiz. Bu xabar hali so`ng, noyabrning oxirida bizga ma'lum bo`ladi.
Shuning uchun hozir, shu kunlarda hech bo`lmasa ikki-uch oyga birorta ishning
yo`lini qilish haqida o`ylay boshladik. Bir jamiyat ham tuzmoqchi bo`ldik.
Uning nomini "O`zbekiston" yoki "Turkiston" atamoqchi
bo`ldik, tashkilotning nizomini va boshqa uni rasmiylashtirishga zarur bo`lgan
bir qator hujjatlar to`g`riladik. Nizomni men yozdim va mashinkada ko`chirdim.
Uning taqdiri haqida ham "Yo. Obid va M. Narziqu lov"ga bag`ishlangan
maqolada ma'lumotlar keltiriladi.
Xullas,
Hazratqul ikkimiz bir e'lon matni yozdik. U e'lon bo`yicha biz universal
mutaxassislar edik. Unda, "Uy tozalash, ovqat pishirish, pol va potolok
ta'miri, vodaprovod va kanalizatsiya ta'miri, uylarda devorlarga gulli qog`oz
yopishtirish kabi ish va xizmatni bajaramiz. Undan tashqari tushki va kechki
ovqatlarni uylarga keltirib beramiz", deb yozgandik. E'lon matnini men bir erda yozuv mashinkasida ko`paytirib
keldim. Ularni ko`chalarga yopishtira boshladik. E'londa bizning shirkatimiz
adresi etib, men yashayotgan uy manzeli ko`rsatilgan edi. Uy bekasi yaxshi odam
edi, bizning bu "biznesimiz"ga monelik bildirmadi. Ammo oldindan
aytib qo`yayki, bu e'longa biror ishongan kimsa topilmadi. Chunki biror kishi
biz ko`rsatgan telefonga qo`ng`iroq qilishmadi. Lekin bu e'lonning shaxsan
menga katta yordami bo`ldi.
Kunlardan
bir kun, Moskva shahar "Migratsion xizmati" idorasiga navbatdagi
kelishimda, idora eshigi oldiga o`sha e'lonimizni yopishtirayotgan edim. Idora
rahbari Smidovich meni ko`rib qoldi, u ishga kelayotgan ekan. U mening oldimda
to`xtab, mening mashg`ulotim bilan qiziqdi. Smidovich yosh kishi edi, uning
yoshi taxminan meining o`g`lim qatori edi. Uning otasi yoshidagi bir kishi,
professor odam shunaqa tashvishga tushib qolganiga rahmi keldi, ichi achidi.
Shuning uchun bo`lsa kerak, u bizning e'lonimizdan, bir nomer yirtib oldi. Har
holda u bizga telefon qilish uchun emas, e'lonni ko`rgan boshqa kishilarni
qiziqtirish uchun qildi bu ishni, albatta. Shu bilan birga u menga "hozir
mening oldimga kiring", dedi. Men e'lonlarimni yopishtirib bo`lib, uning
qabuliga kirdim. U yana boyagi xodimini chaqirib, mening ishim haqida so`radi.
Xodim yashash eridan spravka keltirmayapti, keltirsin, darhol hal etamiz, dedi.
Ana shu
erda Smedovich, "Moskvada qolishni istaysizmi", deb so`radi, mendan.
Men esa, unga "Qanday, yazshi bo`lardi", dedim. U, "bir ilojini
qilib, spravka keltiring", dedi, menga va o`z xodimiga "bu kishiga
yordam etish lozim", deb ko`rsatma berdi. Shu voqeadan so`ng, men
Russiyada qochoqlik maqomi olishim mumkinligiga ishondim va spravka
to`g`rilashga ishonch bilan kirishdim. 1994 yilning hisobida yigirma ming rubl
pora bilan JEKdan spravka oldim. Natijada, menga "31.10.94 y.
berilgan" muhri ila "Russiyada siyosiy qochoq", degan guvohnoma
topshirildi.
Mazkur e'lon bizga klient keltirmasa
ham mening Russiyada siyosiy qochoqligimni rasmiylashtirishga yordam etdi. Men
o`z xohishim bilan Shvetsiyaga ketishdan voz kechdim, undan ko`ra Russiyada,
Moskvada qolishni afzal ko`rdim. Bu voqeadan so`ng "partiyadosh,
akam" Narziqulovning menga munosabatini kuzatdim. Agar uning menga
munosabati faqat baxillikdan kelayotgan bo`lsaydi, endi tamom edi. U kishi
tinchlanishi, hovuri biroz tushishi lozim edi.Unday bo`lmadi. Endi esa,
Narziqulov, deganlari menga qarshi boshqa kompaniya boshladi. Unga Yodgar kafiy
ham qo`shulib olib, Moskva bo`ylab, o`zlari taniydigan kishilarga meni ig`vo
qila boshladilar. Ular taniydigan kishilar kimlar? Ular, A.Petrov, M.
Alekseeva, A. Kovalev va shunga o`xshash bir necha kishilarni tanishardi.
Chunki ular Moskvaga mendan biroz ilgari kelishgan, shuning uchun Moskvadagi
inson huquqlarini himoya etish tashkilotlarining bir qator xodimlari bilan
tanishishgan, albatta. Yo. Obid va M. Narziqulovning sasiq ig`vosi nima, deng?
"Men, I. Karimovning hamshahari emishman. Shuning uchun men u bilan
hamtovoqmishman, josuslik bilan shug`ullanayotganmishman, chet elga
ketmayotganimning ham sababi shu emish". Ana shu kabi sasiq, bo`lmag`ur
mish-mishlarni yuqorida ismlari keltirilgan kishilarga so`zlashdilar. Bu
haqiqatan "qo`rqqan oldin musht ko`tarar", bo`ldi. Chunki M.
Narziqulov qancha urinmasin, Ollohga shukrki, uning niyati amalga oshmadi. Eng qizig`i uning niyati buzuqligi, asli kimligi bilinib
qoldi. Mafkurasi buzuq odamlar emasmi, Yo`lyaxshiev "bizning basharamizni
ochib qo`ymasin", deb shubhalanib, "to`ydan oldin nag`ora
chalishni" boshlab yuborishdi. Men Russiyaga qochoq o`laroq kelib,
O`zbekistondan kelgan kishilarni (hatto u kim bo`lishidan qat'i nazar)а Russiyadagi kimlargadir gap-so`z qilib
yurishdan ham battariroq pastkashlik bo`lmaydi, degan aqidaga amal qiladigan
yuksak mafkura tarafdori ekanligimni, umuman dunyoda shunday kishilar borligini
ular tushunmasdilar, tushuna olmasdilar. Chunki ular butun umrini shikoyatlar
bilan, kimlarnidir, kimgadir ig`vo qilish bilan o`tkazdilar. Ular, aqida, axloq
kotegoriyalaridan mutlaqo uzoqdagi kishilar edilar. "BIRLIK"ka ham
ular aynan shu xususiyatlari uchun ketirilgan kimsalar edilar. Bir zamonlar,
Usmon Azim (u ham shoir, yozuvchi, Yo.Obidning hamkori, kollegasi), menga
"Domla, bilasizmi, Yo.Obid, kim?", degandi. "U, o`z zamonida, R.
Abdullaevaga, biz yosh yozuvchilarni "bular millatchilar", deb
yomonlagan va sotgan, kishi mana shu bugungi Yo. Obid bo`ladilar", deb
menga tushuntirishga harakat qilgandi, Usmon Azim. Ammo menga o`sha vaqt Usmon
Azim juda yoqmagandi. Yo. Obid yaxshi kishi bo`lgani uchun emas, aksincha u
hamkorini gap qilayotgani uchun yoqmagandi. Nima qilasiz, bu sovet yozuvchilari
shunaqa tarbiya olishgan-da. Ular bir-birini ig`vo qilmasa yashay
olishmaydilar-da, axir. Agar bir-birini eb tamomlashgan bo`lsalar, atrofidagi tanish
bilishlariga yopishadilar, ular. Chunki ularda mafkura shu. Shundan boshqa hech
narsa yo`q, ularda.
Shuningdek, men Yo. Obid bilan
Moskvada turgan vaqtimda undan mashhurroq (hech bo`lmaganda men uchun mashhur)
yozuvchi O`tkir Hoshimov haqida bir savol so`radim. Savolim, "Yodg`or aka,
O`tkir Hoshimovni biz yaxshi yozuvchi sifatida taniymiz. Ammo u odam keyingi
zamonlarda O`zbekiston KP MK-ga a'zo saylanib, Karimov atrofida juda o`ralashib
qoldi. Uning sababi nima? Aslida O`. Hoshimov odam sifatida qanaqa inson",
degan shaklda bo`ldi. Ammo Yodgorning menga so`zlagan javobini bu erda yozish u
yoqda tursin normal inson tilga ham ololmaydi. Balki Yodgor haqiqatni
so`zlagandir. Ammo men undan O`. Hoshimovning kasalligi haqida emas, uning
yozuvchiligi, odamligi haqida so`ragandim. Nima uchun xalq harakatida
qatnashmaganligini bilmoq istagandim, undan. Ammo u o`z javobi bilan jindak
bo`lsa-da insof, odamgarchilikdan mutlaqo uzoq odam ekanligini ko`rsatdi. Uning
so`zlarini eshitib hurrasi uchib ketadi odamning. Chunki u odam insofsizlikdan,
tuhmatdan zig`ircha sezkanmaydi. Uning uchun yolg`on so`zlash bir ermak, o`yin.
U yolg`on to`qib, kishilarga zarar keltirganidan rohatlanadiganlarning turidan.
U har qanday kishi haqida shunaqaа
yolg`onlar, tuhmatlar so`zlayverishdan tab tormaydi.
8.1.12.5.а Moskvadagi muhojirlik davrining boshqa ba'zi
tafsilotlari.
Yuqorida takidlangani kabi 1994
yilning ikkinchi yarimidan boshlab Moskvada yashay boshladim. Moskva hayotimning
birinchi to`rt oyi haqida yuqorida biroz so`ladim. Uning birinchi (1994 yil,
iyul) oyini Yo.Obid bilan birga, uning ijora uyida yashadim. Mening
oziq-ovqatim Tolib Yoqubov yordami va qisman Yo.Obid hisobidan, o`tib turdi.
Hazratqul Xudoyberdi va Bahrom Hamroev ham menga biroz moddiy yordam berishdi.
Ammo bir muncha vaqt so`ng, B. Hamroev bergan yordamini (yordam ham aytarli
emasdi, ya'ni u menga bahosi o`n dollar bo`lgan bir ishton olib bergandi)
ustalik bilan qaytarib oldi. Bahromboy o`z "beminnat xizmatini"
mendan qanday qilib undirib olish usulini to`la yozsam,а unga inson zoti ishonmasmi, deganа shubham bor.
Yo. Obid bilan birga yashagan bir
oyda kuzatilgan ba'zi voqealar axloqiy va siyosiy ahamiyatga ega, deb
o`ylayman. Birinchidan, 1994 yil iyul oyining boshlarida, taxminan oyning
10-larida Kievda tayyorlagan "O`zbekiston nimaga suyanadi" nomli,
mafkura masalalariga bag`ishlangan maqolamning qo`l yozmasini tanishib chiqish
uchun men Yo.Obidga berdim va imkoni bo`lsa uni "OZODLIK"danа o`qib berishni undan so`radim. Maqola hajmi
mening qo`l yozuvimda 50 sahifa edi. Mashinkada yozilsa 20-25 sahifaga yaqin
material bo`lardi. Yo. Obid uni o`qib chiqib menga "materialinggizni 3-4
sahifa hajmida qisqartirib besanggiz, uniа
radioda oqib berish mumkin bo`ladi", dedi. Bu taklif menga uncha
yoqmadi, ammo bu javobning ichki mohiyatiga ham uncha ahamiyat bermadim. Chunki
men u zamonlar birinchidan, "OZODLIK" radiosi nima-yu, unda
eshitirishlar qanday tartibda olib boriladi farqiga bormasdim. Keyin bilsam Radioda
chiqish qilgan kishi haq ham olarkan. Unaqa, "OZODLIK" radiosida
chiqish qilib, unga gonorar olish kabi masalalarni mutlaqo bilmasdim. Bular
barchasi men tushunmaydigan va tushunishga qiziqmaydigan masalalar edi.
Bilmagan narsaga menda qiziqish qaerdan bo`lsin, axir. Lekin mening maqolam,
sport ma'lumoti emasligi aniq edi, albatta. U qisqar tirilish uchun emas, balki
to`la shaklda birorta matbuot organida e'lon qilinadigan anchagina salmoqli
material edi. Yo.Obid menga, "materialni qisqartiring", deganda,
"maqolani to`la yaxshilab o`qidinggizmi?", deb tabiiy ravishda savol
berdim, unga. U, "ha, o`qidim, o`qib chiqdim. Ha, silar olim odamsizlarda,
maqola yaxshi yozil gan", dedi. Men, xolis, oqа ko`ngul odam bo`lganimdan bu bahoni, bir
do`stning xolis bahosi, deb aynan eshitganim kabi to`g`ri qabul qildim,
qo`ydim. Ikkinchidan, yaxshi niyatli odam aqliga darhol shubha, ters fikrmas,
yaxshi va to`g`ri, xolis fikr keladi, axir. Odamzotning yutug`ini ko`rsa havas
o`rnida hasad oyg`onadigan kishilar ham hayotda oz emasligini bilsamda,
yonimdagi bu "Birlik"chi Obid ham o`shalardan, o`sha sinfdan ekanligi
uxlasam tushimga ham kirmasdi, u zamon. Menda Alloh bergan bir xususiyat bor,
kishilarni ajratishda doim kechigib yuraman. Hamisha kim men bilan biroz iliq
gaplashsa shunga ishonib qolaman. Mana bu erda ham u mening "g`oyadosh
shoir akam" (men Yo.Obidga ham "aka", deb murojaat qilardim.
Hamid Rasulevа esa, uni "isqirt
shoir", deyardi. Aslida, bu atama Yodgorga juda xos va mos edi) esa,
maqolani juda yaxshi o`qib chiqib, shunday bir material o`ziniki bo`lmaganidan
hasadi jo`shib, joni halqumiga tiqilganidan "kosa, kosa tagida
nimkosa" qabilida so`zlayotgan eri ekan. Men esa, Yodgar nima uchun 50
sahifali materialni 3-4 sahifaga keltirishni taklif etganligi va buning asl
mohiyatini bu voqealardan biron yil o`tib ketgandan keyingina, 1995 yil ning
iyun, iyullariga kelib,а tushunaman.
Yo.Obidning yonida yasharkanman,
inson xususiyatini belgilaydigan yana boshqa bir qator holatlarni ham kuzatdim.
Ulardan ikkitasi haqida so`lab o`taman.
Kunladan bir kun Yo.Obid hech
joyida o`tira olmay qoldi. Hayajoni qalbiga sig`may qoldi shekilli, menga biroz
ochilgan bo`ldi. "Bilasizmi, men bilan Karimovning ministrlaridan biri
uchrashuv taklif qilayapti. Nima qilsam ekan, uchrashuvga borayinmi?",
dedi, to`satdan, u. Men bu odamning hayajonini tushunmasdim. Nima bo`libdi,
uchrashishni istasa istabdi-da, uning uchun shuncha hayajonga hojat nima?
Bordi-yu, Karimov uchrashmoqchi bo`lsa bu odam nima qilar ekan, degan fikr
kechardi, mening xayolimdan. Shunga qaramasdan
men unga, ha uchrashib ko`ring, nima deyar ekan dedim. Shu voqea sabab bo`lib,
uning o`zi menga yana boshqa bir voqeani so`zlab, berdi. Uning bu hikoyasi ham his
va hayajonlar bilan to`lib-toshgandi. Yo. Obid menga hikoya so`zlayotgan
mahalda, O`zbekistonnig Moskvadagi Bosh elchisi o`zgargandi. Avvalgi elchi esa,
Ne'mat Yusupovichа Abdullaev, ismli kishi
edi. Bu N.Yu.Abdullaevni men ancha yaxshi tanirdim, shaxsan uning o`zini
(jumladan uning o`zini ham juda yaqindan bo`lmasa-da tanirdim) emas, uning
otasini, amakisini va boshqa qarindoshlarini etarli darajada yaqindan tanirdim.
Ular Samarqandlik, uning otasi Samarqandda anchagina ko`zga ko`ringan kishi,
viloyat hakamlari kollegiyasi a'zosi. Ayniqsa, uning amakisi, O`zbekistonda
mashhur Navoiyshunos olim, O`zSSR FA akademigi, Vohid Abdullaevich
Abdullaevdir. Ammo bu Abdullaevlar, O`zSSR KP MK kotibi vazifasida ishlagan
R.H.Abdullaevaga aloqasi yo`q. Ular o`zlarini tojik hisoblaydilar.а Bu Abdullaevlar hayotida bir voqea sodir
bo`lmaganda, ularning tojikligiga men ahamiyat bermagan bo`lardim. Rahmatli,
akademik V.A.Abdullaev o`z o`limidan biroz oldin pasportini o`zgartirib, millatini
tojik yozdirgan ekanlar. Bilmadim, bu ish ham sovet KGBsi tarafidan
bajarilganmikin? Lekin yoshi 70-dan oshgan bir akademikning pasportini
almashtirish KGBiga shuncha ham zarurmidi? Qizig`i shundaki, Yodgor
"akam"-ning hikoyasi esa, "O`zbekistonning Moskvadagi eski elchisi
akademik Abdullaevning jiyani N.Yu.Abdullaev haqida bo`lib, u Namanganlik
mening juda yaqin do`stlarimning qarindoshi bo`larkan, men buniа vaqtida bilmabman. O`z vaqtida buni bilsam
edi, u bilan uchrashib, u-bu masalalarni hal qilardim", degan mazmunda
edi. Buni qarang, ministrning uchrashish taklifiga o`zida yo`q hayajonda,
qandaydir tanishining qarindoshi elchidan xabarsiz qolganiga bunchalar qayg`u
va hasrat qiladurgan odam, bu Yo.Obidlari qanaqa muxolif, qanaqa rejimga qarshi
kurashmoqchi, bu odam? Hech tushunib bo`lmaydi. Har holda men tushuna olmasdim.
Elchini tanib (uning o`zini emas, qandaydir tanishining tanishi bo`la turib),
ministrning uchrashuvga chaqiruvini eshitib shunchalar xursand bo`layotgan
"revolyutsioner", kurashchi, vatanparvar tasodifan Prezident Karimov
e'tiboriga tushib qolsa nima qilar ekan? Shunday bo`lsa, uning yuragi
yorilib, o`lib qolardimi, deb o`ylayman. O`quvchi
meni kechirsin. Men bunday keskin so`zlarkanman, bunga menda asos bor. Chunki,
keyin aniqlandiki, Yodgor "akam"ning "ministri" butunlay
boshqa odam bo`lib, O`zbekistondagi ministrlardan biri, Baxtiyor Hamidov bilan
otdosh bo`lgan, biroq O`zbekiston hukumatiga mutlaqo aloqasi bo`lmagan bir
kishi ekan. Ko`rayapsizmi, hech narsadan, hech narsa dumiga nag`ora toqib
yuribdi, bu "akam". Bundaylarni kim atamoq lozim? Shuning uchun men
otashin bo`lmoqdaman, shuning uchun men ularni mafkurasiz, axloqsiz, deb
atamoqdaman. Chunki ular hech bir zamon g`oya, g`urur, shuur, Vatan, el-millat
kabi qadriyatlarning ko`chasidan o`tmagan. Ular hamisha "yuqoriga"
hamkasbini, qo`shnisini, hech kim topolmay qolsa xotinini ig`vo qilish bilan
yashab kelganlar. Ular o`z tor shaxsiy manfaati, pul, mansab turgan joyda
xotin-yu, qizini berib yuboradiganlar turidandir. Afsus, bechora o`zbek mana
shunaqa ayanchli kishilarni o`zining xaloskorlari safiga qo`shib yuirishibdi.
O`zbeklarning manfaati, ularning zolimlar qo`lida ezilayotgani haqida
Narziqulovlar, Yo.Obidlar so`zlab tursa yig`lashdan boshqa ilojing qolmaydi?!
Zulm nima, haq-huquq nima, xalq, millat manfaati nimaligini anglatish,
tushuntirish, ularni baholash Narziqulov va Yo. Obidlarga yoki shularga
o`xshashlarga qolgan bo`lsa O`zbekistonda Karimovning o`g`ri hukumati hali uzoq
zamonlar yashamog`i kerak. Millatning xaloskori shular bo`lsa, "Echki
ning, qo`yga "orqang ochiq", deb, kulishi to`g`ridir.
Shunday qilib, bir oyga yaqin men
Yo.Obidning oldida yashashimga to`g`ri keldi. Bu davr davomida u odamning
insoniyligi, siyosiy saviyasi haqida menda ba'zi bir fikrlar tug`ila boshlagan
bo`lsa-da, uning shaxsi haqida to`la xulosalar yasamagandim. U vaqtlar Yo.Obid
haqida "siyosiy saviyasi past, odamgarchiligining tayini yo`q, bir kishi,
shekilli", deb qo`ya qolgandim.
Moskvaga kelishimga bir oy
to`lar-to`lmas, 1994 yil 31 iyulda xastaxonaga tushib qolib, u erda bir oy
hayot o`tkazish, ya'ni davolinishda bo`ldim.
U bo`ldi, bu bo`ldi, ish qilib,
1994 yil sentyabr oyining boshidan e'tiboran to`la Moskvada yashay boshladim.
Moskva shahar, Dokukina ko`chasi, 2-bino, 5-uy, 5-xonadonda bir xonani ijorara
oldim. Bu manzilda, menga qadar Albert Musin, H.Xudoyberdi va yana bir
Tojikistonlik muhojir (Abduvohid Ikramov) ham yashash gan ekanlar. U erni,
aslida o`sha do`stlar menga taklif qilishdi va bir oylik ijora haqini ham
to`lashdilar. Ulardan, Alloh rozi bo`lsin. Shunday qilib, ular meni bir oyga
o`rnashtirib qo`yishdi. Tolib Yoqubov ham bir
erga men uchun 80$ pul qoldirgandi uni ham oldim. Ish qilib, "Tish bergan
Alloh, rizqi-nasibani ham O`zi beradi", deb bekorga aytishmagan shekilli,
u erdan, bu erdan yashashga loyiq non puli uchun mablag` chiqib turdi. Birinchi
sezilarli yordamni 1994 yil sentyabr-oktyabr oylarida Istanbuldan, Ab.
Po`latovdan oldim. U, sentyabr oxiri oktyabrda menga, Moskvaga ikki dafa 250$
dan, 500$ pul yubordi. Shu bilan yashash masalasi bir muncha joyiga tushdi. Bu
ish, bu ko`mak uchun Abdurahimdan ko`p minnatdorman. Ammo, biroz nozik joyi
shundaki, u yordamning bir muncha minnati ham bo`ldi. Ular haqida bu erda
so`zlab o`tirmayman. Chunki Po`latovlar haqida boshqa maqolalarimda ancha
gapiriladi.
Ab. Po`latovning
yordami bilan ikki-uch oyga mening yashash masalam hal bo`lgan bo`lsa-da,
masala umumiy holda hal bo`lmagandi. Yashashning biror doimiyroq yo`lini topish
kerak bo`layotgan edi. Shuning uchun biz Hazratqul ikkimiz yuqorida tilga
olingan e'lonlarni o`ylab topgan edik. Undan tashqari biz boshqa bir ishni
tashkil etmoqchi bo`ldik. Bu ishning yagona tashabbuskori men bo`ldim.
Hazratqul esa, faqat mening fikrlarimni og`zaki ma'qulladi.
Men
Moskvada yashayotgan o`zbeklarning milliy, madaniy, diniy uyushmasini tashkil
etish kerak, degan fikrga keldim. Shunday uyushmani yaxshi tashkil eta olsak,
shu bahonada bir-ikki kishining yashamog`i uchun ham, bizning siyosiy
faoliyatimiz uchun ham foydali, bo`lar, deb o`yladim. Uyushmani
"O`zbekiston" yoki "Turkiston" milliy, madaniy
markazi", deb ismlashni taklif etmoqchi bo`ldim. Uning Nizomini yaxshilab
yozib chiqdim. Kimlargadir yolinib, yolvarib Nizomni kompyuterda ko`chirdim. Eng so`nggi variantini
ko`chirishiga biroz haq ham to`ladim. Ammo bu ishim haqida hech kimsaga so`z
ochmadim. Qog`ozlar to`la tayyor bo`ldi, deb hisoblaganimdan so`ngra maslahat
uchun Hazratqulga ko`rsatdim. Mening niyatim bizni taniydiganlardan hech kimga
bildirmasdan bu uyushmani tashkil etish edi.Ya'ni, o`sha zamonlar yonimizda
bo`lgan M. Narziqulov, Yo.Obid, M. Inaqov va Albert Musinlarga bildirmaslikni
ko`zda tutgandim. Ammo Hazratqul materiallar bilan tanishib chiqqach, A.
Musinni qo`shib olaylik, degan fikrda qattiq turdi. Men buni juda istamasamda,
oqibat rozi bo`ldim. Oqibatda, "Nizom"ning qo`l yozmasini tanishib
chiqish uchun A. Musingaа ham berdik.
Ammo biz boshqa hech kim bilan shereklashmoqchi emasligimizni ham ta'kidladik.
Shunga qaramas dan, u darholа bu ishdan
M. Narziqulovni xabardor qildi. Rahmatli M. Narziqulov "BIRLIK"chi
muhojirlarga yordami bo`lishi mumkin bo`lgan barcha ishlarga ular ning uyushgan
guruhi biror shaklda ko`zga tashlanishiga ichdan, qalbdan qarshi kishi sifatida
bu harakatga bor kuch va imkonlari bilan qarshi turdi va qizg`in qarshi
kurashdi. Natijada, mening muhojirlik hujjatimni rasmiylashtirishda yuzaga
kelgan jarayon boshlandi.
Bu vaqtga kelib, chet elda
"BIRLIK"ning faoliyati ham deyarli to`xtagan edi. Harakat nomidan
hech kim biror ko`zga tashlanadigan ish qilmayotgan edi. Shuning uchun siyosiy
faoliyatlarimizga ham bir muncha jon kiritishimiz zarur bo`lmoqda edi. Shu munosabat bilan biz, men va Hazratqul Istanbulga bir
necha marta Ab. Po`latovga xat yozdik. Masalan, men o`zim Abdurahimga uch
maratabo xat yozdim va har safar uni Moskvaga kelishga taklif qildim. Chunki
o`sha zamonda muhojir "BIRLIK"chilarning asosiy qismi Moskvada
to`xtab, bu erda bir qator siyosiy va iqtisodiy ishlarni yo`lga qo`yish
imkonlari mavjud edi. Ammo Ab. Po`la tov, "uning hujjatlari joyida
emasligini" bahona qilib, bizning takliflarimizni qabul etmadi va Moskvaga
kelmadi. Po`latovlarning Moskvadagi "vakili", rahmatli Narziqulov ham
"Rais (A. Po`latov, demoqchi), "BIRLIK" faoliyatini vaqtincha
to`xtadi", deganlar, biz hozir siyosat bilan shug`ullanmasligimiz
lozim", deb bizga "Birlik" nomidan biror faoliyat
ko`rsatishimizga nuqul xalaqit berardi. Shu sababdan Hazratqul Xudoyberdining
qat'i talabi bilan "O`zbekiston (Turkiston) milliy madaniy
uyushmasini" tuzush tashkiliy majlisi chaqirildi va mazkur yig`i lishda
"BIRLIK"ning muhojirlikda faoliyati xususida ham masala ko`riladigan
bo`ldi.
Majlis, 1994 yil 10 sentyabrida
o`tkazildi. Majlisga Hamid Rasulev - "Mustaqil haftalik" gazetasi
muhariri, Tohir Boqaev - "BIRLIK" Buxoro viloyati guruhining
boshlig`i, Bahrom Hamroev - "BIRLIK" Zarafshon shahri guruhuing
boshlig`i, Hazratqul Xudoyberdi - "BIRLIK" Toshkent viloyat Kengashi
raisi, Aliboy Yo`lyaxshiev - "BIRLIK" Samarqand viloyat Kengashi
raisi, Albert Musin - erkin muxbir qatnashdilar. Majlis "O`zbekiston
milliy va madaniy uyushmasi" tuzilganligi va "Muhojirlikda faoliyat
ko`rsatuvchi "BIRLIK" ishchi guruhi" tuzilganligi haqida qaror
qabul qilganligini e'lon etdi. Yig`ilish H. Xudoyberdini "BIRLIK"
ishchi guruhi" raisi etib sayladi. Bu haqda Moskvada nashr etiladigan
"Ekspress Xronika" gazetasida xabar berildi. Yig`ilishda qabul
qilingan qarorlarga ko`raа yangi
tuzulganа "Ishchi guruhi"
BIRLIK"ning bundan avval saylangan rahbar organlari vakolatlarini hech bir
holda almashtirish haqiga ega emasdilar. Aksincha "Ishchi guruhi" ishi
Harakatning chet ellardagi faoliyatini jonlantirib, "BIRLIK" MK va MK
Raisdoshlariga sezilarli yordam etishdan iborat bo`lishi edi. Ammo bu majlis va
uning qarorlariа Po`latovlar tarafidan
ularning vakolatlariga tajovuz sifatida qabul qilindi. Po`latovlar fikri qanday
bo`lishiga qaramasdan Hazratqul keng faoliyat boshlab yubordi. Chinki bu
vaqtlar "BIRLIK" harakat sifatida deyarli yo`q bo`lish holiga
kelgandi. O`sha yili sentyabr - dekabr oylari "BIRLIK" ishchi
guruhi" Moskvada bir qator siyosiy tadbirlar o`tkazdi. Masalan,
"O`zbekiston prezidenti nomiga norozilik xati", Moskva shahar
A.S.Pushkin maydonida O`zbekistonda nohaq qamoqlarda saqlanayotgan maxbuslarni
ozod etishlarini talab etgan miting o`tkazish, O`zbekistondagi siyosiy ahvolga
jiddiy e'tibor lozimligidan kelib chiqib, dunyo mamlakatlari davlat boshliqlari
nomiga tashkil etilgan va ularga jo`natilgan xat, Russiya Prezidenti va
Parlamenti nomlariga yozilgan, "Chechenistonda urush harakatlariga qarshi
taklif" kabi nomalar ulardan bir qismdir. "Madaniy markaz"ni
rasmiylashtirish uchun eng asosiy shartlardan biri tashkilot faoliyat
ko`rsatadigan joy, manzil(ofis, adres) masalasi aniq bo`lishi kerak bo`ldi. Bu
masalada biz Hamid Rasulevdan yordam so`radik. Chunki birinchidan, Hamid aka
Russiya fuqarosi bo`lib, ikkinchidan, uning shaharda o`z hisobida
kvartirasi(uyi) bor edi. Ammo "Mustaqil haftalik" gazetasiga bog`li
o`tgan ba'zi holatlarni rukach qilib, u bizga rad javobi berdi. Shundan so`ng
biz Moskvadagi inson huquqlarini himoya etuvchi tashkilotlardan biri,
"Moskva Xelsinki gruhi"ga qarashli, Aleeksey Smirnov rahbarlik
qilayotgan guruhdan adres masalasida yordam so`rashga majbur bo`ldik. O`sha
zamonlarda, "Inson huquqlarini himoya qilish O`rta Osiyo guruhi" ham
Smirnovlar idorasida joylashgan edi. Bu guruhning ijrochi direktori Albert
Musin hisoblanib, ammo bu tashkilotning nomi bor edi-yu o`zi mutlaqo faoliyat
ko`rsatmasdi. O`rta Osiyo guruhi rasmiylashmagan di. Smirnov bizning
iltimosimizni rad etmadi, masalaga mayillik bildirdi, biroq "silarga, ya'ni
O`rta Osiyoliklarga tegishli bir tashkilot ham bor. Yangisini tuzgandan ko`ra uni ishga solsalaring ham yomon
bo`lmasdi, ammo u erda Abm. Po`latov ham hisobda"-deb qo`shimcha qildi.
Oqibatda, menga uning ishxonasiga kelib "Inson huquqlarini himoya qilish
O`rta Osiyo guruhi"ni va "O`zbekiston milliy madaniy markazi"ni
ham rasmiylashtirish bo`yicha hujjatlarni tayyorlash bilan shug`ullanishga
ijozat berildi. Ammo "O`zbekiston milliy madaniy markazi"ni
rasmiylashtirish uchun zarur bo`lgan hujjatlar tayyor bo`lgandan so`ngra,
Smirnov ham ishni, ya'ni bizga uning adresidan foydalanishga ijozat berishni
bir muncha paysalga sola boshladi. U endi ko`proqа bizni "Milliy va madaniy markaz"ni
emas, faqat inson huquqlari guruhini rasmiylashtirishga unday boshladi. Chunki
inson huquqlarini himoya qilish O`rta Osiyo guruhi nomigagina bo`lib, guruh
norasmiy edi. Uning ijorachi direktori, o`rtoq A. Musin ham, Abm. Po`latovning
"moliyaviy" vakili M. Narziqulpov ham bu "mayda ish" bilan
shug`ullanishni istamasdilar. Bu guruhga ularda ihtiyoj ham bo`lmagandi. Oxir
oqibatda, biz Smirnovning bu taklifini qabul etdik. Bir tomondan biz bunga
majbur qolgandik. Chunki bizning siyosiy hayotimiz va turmush o`tkazmog`imiz
bizni biror tashkilotda ishlashimizni taqozo qilmoqda edi. Bu masala biz uchun
hayotiy zaruratga aylangandi.
Shunday
qilib, men, endi yangi tashkilotning, ya'ni "Inson
huquqlarini himoya qilish Markaziy Osiyo" guruhining hujjatlarini
tayyorlashga kirishdim. Ular ham ko`p o`tmay tayyor bo`ldi. Ammo tashkilotning
ta'sis majlisini o`tkazishni biroz vaqtga kechiktirdik. Chunki Vashingitondan
Abm. Po`latov kelayotgan edi. U o`sha zamonlar Markaziy Osiyoda asosiy
"inson himoyachisi" hisoblanardi. Shu erda yana bir narsani ta'kidlab
qo`shim kerakki, hujjatlar tayyorlash davomida na A.Musin (aslida, ijorachi
direktor sifatida hujjatlarni Musin tayyorlashi kerak edi.), na Narziqulov bu
ishlarga zig`ircha qiziqqanlari yo`q. Barcha chizish va yozishlarni men yakka
o`zim bajardim. Bu ishga Hazratqul ham aralashgani yo`q. Chunki Hazratqul u
zamon "BIRLIK"ning ishchi guruhi" ishlari bilan juda band
edi.аа ааааааааа
Ana
shunday qilib, "O`zbekiston" milliy madaniy markazi ishlarini
vaqtincha to`xtatib, uning o`rniga A.Smirnovning taklifi bilan "Inson
huquqlarini himoya qilish Markaziy Osiyo" guruhini rasmiylashtirishni
tashkil etish ishlari bilan mashg`ul bir zamonda, "Erk"chilar o`z
gazetalari "ERK" va O`zbekiston birlashgan muxolifati gazetasi
"FORUM"ni qayta nashr qila boshlashganlari haqida xabar topib qoldik.
U erda Namoz Normo`min va Jahongir Mamatovlarning, birgalashib ishlashga
chaqiriqlari bor edi. Shuning uchun men va Hazratqul Xudoyberdi ikkimiz
gazetalarni chiqara boshlagan tashkilotchilar bilan darhol aloqa o`rnatish va
ular bilan hamkorlik qilish to`g`ri ish bo`ladi degan fikrga keldik. Bir iloj
qilib, ko`p o`tmay ulardan bir qismini topdik. Ular muxbir va computerda
ishlovchilardan iborat bo`lib, o`n kishiga yaqin mutaxassislar edi, Moskva
shaharida erlashgandilar.Gazetalar M. Solih rahbarligida va uning bevosita
ishtirokida nashr etilmoqda edi. Biz, ikkimiz ularga "FORUM"
gazetasini chiqarishda hamkorlik taklif qildik. Taklifimiz qabul qilindi. Ammo
gazetalarni nashr qilishda moddiy mablag` masalasi problemali bo`lganligidan
men va Hazratqulga har oyda 100 $-dan haq bera olishlarini so`zlashdilar. Bu
pul, ayniqsa Haziratqul uchun juda oz edi. Chunki u uch bolasi va xotini bilan
Moskvada ijorada yashamoqda edi. Bu pul men uchun ham katta emasdi. Chunki men
ham Moskvada faqat ijoraga 50 $ to`lab turmoqda edim. Shunday bo`lishiga qaramasdan men
bu shartga vaqtincha rozi bo`ldim. Chunki menda boshqa hech bir kelim yo`q edi.
Hazratqulda ham ahvol mendan farqli bo`lmasa-da, uning Shvetsiyaga ketish
imkoni zapasda turardi. Chunki Hazratqulning qochoqlik maqomi allaqachon hal
bo`lgan va u faqat yo`lga chiqishini aytishi qolgan edi.U eca, siyosiy
faoliyatimiz Moskvada samarali bo`ladi, degan fikrda Shvetsiyaga jo`nashni
paysalga solib turgandi. Agar uning yashashi uchun o`rtacha sharoit bo`lsa edi,
Hazratqul Shvetsiyaga ketmoqchi emasdi. Ammo Hazratqul 1994 yil dekabr oyiga
qadar haq olmasdan "FORUM" gazetasini nashr ettirishga yardam berdi.
Gazetaning 2-soni qo`l yozmasini tayyorlashda qatnashdi. Lekin u bolalarini
qiynab qo`ymaslik uchun 1995 yil boshida Shvetsiyaga ketishga majbur qoldi. Oqibatda, "FORUM" bilan shug`ullanish ham menga,
bir o`zimga qoldi.
Gazetalarga
bog`li ishlarni boshlaganimizcha yo`q edi. Menimcha, 1994 yil oktyabrning
boshida Abm. Po`latov Vashingitondan Moskvaga keldi. Uning Markaziy Osiyoda,
ya'ni Qirg`izistonda ham ishlari bor edi. Shuning uchun u tezda Qirg`izistonga
jo`nab ketdi. Siyosiy faoliyatimizga tegishli ishlarni muhokama etish va inson
huquqlari himoyasi "Markaziy Osiyo" guruhi tuzilishi masalalarini
oyning so`nggiga qoldirdik. Ammo u Qirg`izistonga jo`nagunga qadar men,
Hazratqul, M. Narziqulov va Abdumannob to`rttalamiz uzun davom etgan bir suhbat
o`tkazdik. To`rt kishilik suhbat ancha vaqtni egan bo`lsa-da hech bir natija
bermadi. Oqibat, men kechasi Abdumannobning oldida, mehmonxonada qoladigan
bo`ldim, boshqalar mehmonxonadan chiqib ketishdi. Bu hol, yaТni mening
Abdumannobning oldida qolishim Narziqulovga juda yoqmadi. Lekin Narziqulov
(balki uchrashuvdan shubhalanib umrida birinchi bor) adashayotgandi. Chunki
Abm. Po`ltovning shumligi hech kimsaga ma'lum emasdi. Uning ichida nima
borligini anglash qiyindi. Ish qilib, biz ikkimiz Moskvadagi qimmatbaho
mehmonxonalardan birida bir aqshom kechaladik. Ammo uxlamadik, faqat suhbatni
davom etkazdik. Juda ko`p gaplar so`zlandi. "BIRLIK"ning Ishchi guruhi"
haqida ham, M. Narziqulov faoliyati haqida ham, yangidan tuziladigan milliy va
huquqiy tashkilotlar haqida ham, barcha, barcha problemalar haqida bir-bir
so`zlandi. Bir kechalik suhbatdan har birimiz alohida-alohida xulosalar
chiqardik. O`rtaga chiqqan so`zlar esa, umumiy munosabatlarimizga zarari
yo`qdekа tuyulardi, ammo ularning
samimiyligi shubhali edi.
Ertasi
kuni do`stlar (Hazratqul, Bahrom) mendan, "domla, qani kechasi bilan
nima ish bajardinggiz, ukanggiz ikkingiz (Abdumannob deyilmoqda) qanday
problemlarni hal etdingiz?", deb so`rashdilar. Men ularga, "Do`stlar,
bir kechalik uyqusiz davom etgan suhbatdan xulosam shulki, agar Abdumonnob sof
va pok inson bo`lsa, ya'ni grant mablag`larini to`g`ri sarflashayotgan bo`lsa,
Narziqulov boshqa Moskvada bir kun ham ishlamaydi", deb javob berdim.
O`sha suhbatdan so`ng Abm. Po`latov Qirg`zistonga jo`nab ketdi va oktyabrning
so`nggida takror Moskvaga keldi. Bu vaqt men "Markaziy Osiyo" inson
huquqlari himoyasi guruhi hujjatlarini tayyorlab, majlis o`tkazishni kutib turgan
edim.
Shunday
qilib, inson huquqlarini himoya qilish Markaziy Osiyo guruhini ta'sis etish
majlisi noyabrning 3-da o`tkaziladigan bo`ldi. Undan oldin men Abm. Po`latov
bilan takror uzoq davom etgan suhbatda bo`ldim. Suhbatning asosiy mazmuni o`sha
inson huquqlari himoyasi "Markaziy Osiyo" guruhi tashkiliy masalalari
haqida bo`ldi. Biz ikkimizning kelishishimiz bo`yicha Guruhga M. Narziqulov
rais, men ijrochi direktor, A. Musin mas'ul kotib bo`ladigan bo`lindi. Chunki
tayyorgarlik davomida hamma ish mening qo`limdan o`tayotgandi, majlisdan so`ng
ham shunday qolmog`i lozim edi. Hozirgacha ham asosiy ish, hujjatlarni
rasmiylashtirish, ularga imzo chekish va h.k. ijrochi direktor qo`lida edi.
Rais esa, faqat rasmiyatiga edi, xolos. Ammo majlis o`tkazilgandan keyin
butunlay boshqa o`yin amalga oshirildi, ya'ni Abdumannobning meni qanday
laqqillatgani yuzaga chiqdi.
Guruhning
Nizomi bo`yicha ijorachi Direktor Guruh Yuqori organi Kengashga a'zo bo`lishi
shart emasdi. Shuning uchun men ataylab Guruhning Kengashiga kirmadim. Ammo
majlis ham ancha janjalli o`tdi, uning buzilib ketishiga oz qoldi. U erda ham
men oraga tushib, kishilarni murosaga keltirib, majlisni Abdumannob istagan
shaklda o`tishini ta'minladim. Majlis bir ovoz farqi bilan (u ovoz ham A. Musin
ovozi edi. Aslida Musin o`sha erda sotqinlik qildi) M. Narziqulovni
Guruhga Rais qilib sayladi. Kengash bir qator russiyaliklar bilan to`lg`azildi.
Mening haqimda, ya'ni ijorachi Direktor haqida alohida buyruq chiqariladigan
bo`ldi. Shu bilan majlis tugadi, tamom.
Shundan
so`ng Abm. Po`latov Amerikaga jo`nab ketdi, biz esa, o`z
problemlarimiz bilan Moskvada qoldik. Biroz vaqt o`tgandan so`ng Abm. Po`latov M.
Narziqulovga meni guruhga yaqinlashtirmaslik haqida ko`rsatma berib ketganligi
ma'lum bo`ldi. Chunki men og`zaki kelishuvga ishongandim, buyruq bilan ijrochi
Direktor bo`lmog`im lozim edi. Guruhning saylangan Kengashi a'zosi emasdim.
To`g`ri, endi ular nimani xohlasa o`shani qila olardilar. Shunday ham bo`ldi.
Xuddi shunga o`xshash bir vaqtlar I. Karimov ham Namanganlik
"Adolat"chilarga saylov oldidan "O`zbekiston Islam Respublikasi
bo`ladi", deb va'da berib, saylovdan so`ngra esa,
"Adolat"chilarni qirib tashlashga buyruq bergandi. Po`latovning
qo`lida ham Karimovning vakolati kabi imkon bo`lganda mening ustimdan guruhga
yaqinlashtirish yoki yaqinlashtirmaslik emas, meni yo`qotish haqida ko`rsatma
chiqishi aniq edi. Shu voqealardan so`ng bir
kun Abdumannob Amerikadan menga telefon qilib, mendan kechirim so`ragan ham
bo`ldi. Bunday odamlarda uyat, degan tushuncha bo`lmaydi-da. Meni shunchalar
aldab, yana telefonda uzr so`raydi, yangi va'dalar qilgan bo`ladi.
Noinsoflikni, munofiqlikni qarang, men unga yana bir marta ishonishim va uning
yangi nayranggi qurboni bo`lishim kerak emish.
Shu
erda yana bir voqeani ham so`zlab o`tish kerakka o`xshayapti. O`sha majlis
arafasida Smirnov 50 $ haq to`lanadigan bir vazifaga meni tayinlagani haqida
buyruq chiqardi. Ammo Smirnov bu pulni Hazratqul bilan sheriklashasilar, deb
ta'kidlab qo`ydi.
Men bu haqda Hazratqulga so`zladim. Bu holdan xursand bo`lishib, uni lozim
joyda birgalashib ishlatishga kelishib ham oldik. Qarang, biz bechoralar, tovuq
ostiga qo`yilmagan tuxumdan jo`ja sanab yuribmiz. Majlis o`tgandan so`ngra esa,
"ukamiz" Abdumannob marhamati bilan o`sha ikki kishiga mo`ljallangan
50$-ni ham yo`qqa chiqarilibdi, imzolangan buyruq qaytarib olinibdi. Bilasizmi,
u 50$, undan so`ng kimga beriladigan bo`ldi? U pul O`zbekistonda Vatannig
mustaqilligiga jon-jahdlari bilan qarshi kurashgan, Farg`ona, O`sh, Qo`qon
voqealari tashkilotchilari "Inter klub" a'zosi, O`zbekiston Russiya
tarkibidan tushib qolgandan so`ngra jinoyatlaridan qo`rqib, Moskvaga kelib
olgan Sergey ismli rus yigitiga beriladigan bo`ldi. U Sergey deganlari ko`p
o`tmay ularning og`izlariga Е jo`natdi. Chunki u haqiqiy istilochilar vakili
edi. Ammo uning kimligi Po`latovga ham, Narziqulovga ham quyoshning yorug`iday
aydin edi. Hatto Narziqulov Sergeyning kimligini juda yaxshi bilgan holda, uni
Guruhga maxsus chaqirib olgandi. Alloh meni afv etsin, Narziqulov aniq KGBga
ishlardi. Aslida Po`latovlar ham undan avlo emasdilar. Ahvol esa, shunday ediki, biz
uchunа o`sha 50 $ juda hayotiy zarur edi.
Ayni zamonda Abm. Po`latov Moskva mehmonxonalaridan birida har kuni 100 $-dan
mehmoxona haqi to`lab yashamoqda edi. Mehmonxona pulini bizning muhtojligi
mizga ishlatib, o`zi biz bilan bizlar yashayotgan kvartirada tursa nima
bo`lardi? Yo`q, bo`lmaydi, uа kishi
yumshoq yotoqda kuniga 100 $, faqat yotog`iga sarflab shahona yashashi kerak.
Chunki Abdumannob "oddiy muhojir" emas, axir. U "huquq
himoyachilarining raisi"-da, unga maxsus, lyuks sharoitlar bo`lmog`i
lozim. Biz "bechora, oddiy kishilarga", hatto bizlarning
ikkimizgaа oyiga 50$-ni ham ep
ko`rmasligi kerak. Narziqulov ham oyiga
300$-dan ko`proq haq olardi. Kvartira kirasi ham grant hisobidan edi. Biz esa,
ikki kishi oyiga 50$-ga muhdojmiz, ammo partiyadoshlarimiz, "inson
huquqlari himoyachilari" buni bizga ep ko`rishmaydi. Mana sizga
g`oyadoshlik, mana sizga partiyadoshlik. Bulardan o`zinggiz kerakli xulosalar
yasayverasiz.
Shunday
qilib, biz Hazratqul ikkimiz inson huquqlarini himoya qilish Markaziy Osiyo
guruhini rasmiylashtirish uchun zarur bo`lgan barcha ishlarni (qora mehnatni )
qilib, undan chetda qolib ketaverdik. Abdumannob "ukamiz", Madamin
akasi bilan "Ekishda yo`q, tikishda yo`q, xirmonda hozir", bo`lib
qolishdi. Noinsoflarcha o`yin qilib, g`oyadoshlik, partiyadoshlikka sidqidildan
ishongan kishilarni aldash yo`li bilan o`zlarini "zafar" qozondi
hisoblashib, biri Moskvada, ikkinchisi Vashingtonda hech narsa bo`lmagandik
yashay verishdilar. Abm. Po`latov hamon, o`zini "inson huquqlari
himoyachisi", deb hisoblashga uyalmayapti. Takror aytaman, bunday
odamlarnning xarakteri, insonlik xususiyati, ularning uyatsizligida,
mafkurasizligi, iymonsizligidadir.
"O`zbekiston"
uyushmasini tashkil etish ishlarini davom etkazishda manzil (tashkilotning
adresi) problemasi hal bo`lmadi. Smirnov ham endi manzil xususida xiylaga o`ta
boshladi, erta-indin, deyish boshlandi. Uning ustiga "Forum" gazetasi
ishlarini jonlantirish masalasi ham bizni kutib turardi. Ular bilan ham jiddiy
shug`ullanmoq zarur edi. Shu sabab "O`zbekiston" tashkilotini tuzish
tashvishlarini biroz yig`ishtirib, gazeta ishi bilan shug`ullandik, uning
ikkinchi nomeri qo`l yozmasini tayyorladik. Shular bilan mashg`ul bo`lib, yangi
1995 yilga ham kelib qoldik. Yilning birinchi kunlaridayoq Hazratqul
Shvetsiyaga jo`nadi. Moskavaga esa, yangi xabar keldi. Yangi, 1995 yilning
yanvar oyida Vashingtonda O`zbekiston rasmiy hukumati va muxolifat o`rtasida
uchrashuv o`tkaziladi, unda mening qatnashishim ko`zda tutilgan, mazmunda xabar
oldim. Uchrashuvni Amerika Demokratik jarayonlarga yordam instituti tashkil
etayotgandi. Shu sabab, bu vaqtga kelib, Amerika safariga tayyorgarlik ishlari
ham qo`shimcha bo`ldi. Menda pasport ham yo`q edi. Shuning uchun pasport
to`g`rilash va unga viza olish ishlari bilan ham biroz vaqt band bo`lish lozim
bo`ldi. Ayniqsa, Amerikaga "FORUM"ning yangi sonini olib bormoq
kerak, degan fikr meni juda shoshtirib qo`ydi. Chunki bu gazeta Amerika xalqaro
jamg`armalarining biri tomonidan moliyaviy qo`llab-quvvatlanmoqda edi. Bu
masalada ham Ab. Po`latov janjal chiqarib ulgurgandi. Shuning uchun u erda
gazetaning moliyaviy tomonini ham bir yoqlama qilish ishlari bo`lib, unda nashr
etilgan gazeta nushxasi qo`lda bo`lsa yaxshiroq bo`lar, degan fikr bor edi.
Ammo oldimizda qolayotgan vaqt davomida gazetaning qo`l yozmasi, uning computer
maketini tayyorlash mumkin edi-yu, nashriyotda nashr etish masalasi ancha
muammo bo`lib turardi. Haqiqatda ham o`shanda gazetani nashr qila olmadik.
Amerikaga uning computerda terilgan variantini olib borishga majbur bo`ldim.
Amerikadagi
uchrashuvdan so`ngra yana boshqa masalalar o`rtaga chiqdi. Endi ular bilan faol
shug`ullanish zarur bo`ldi. Shuning uchun "O`zbekiston" milliy va
madaniy markaz masalasi yana orqaga qoldi va undan so`ng orada boshqa ko`p
ishlar, tashvishlar o`tib, u ish qolib ketdi. Keyingi tashvishlar haqida ham
eri kelganda so`zlanajak.