Бундан
олдинги қисмини
ўқиш учун шу
ерга босинг!
Давоми:
8.1.12.6.
1995 yil Kiev shahridagi faoliyatimga oid ba'zi voqealar.
Kievda hammadan oldin gazetalarni
nashr etish ishlarini yo`lga qo`yishga kirishdim va Alloh yordami ila bu ishni
durust bir darajada amalga oshirdim.
Ukrainada sovetlar zamonidan bir
qator do`stlarim bor edi. 1991 yili Ukraina xalq harakati "Ruh"ning 2
- umum Ukraina qurultoyiga qatnashib, "Ruh"chilar bilan alo qalar
o`rnatishga muvofiq ham bo`lgandim. Ana shuа
eski va yangi do`stlar yordamida gazeta nashr etish ishlarini tezda
yuritib yubordik. Gazetalarimiz juda arzon ba hoda nashr qilinadigan bo`ldi.
Biz oyda 5000 ming ("ERK" - 2500 nusxa, "FORUM" - 1500
nusxa, "BIRLIK" - 1000 nusxa)а
nusxa gazeta nashr etishni rejalashtir dik va 1995 yil may oyidan
gazetalarni muntazam chiqara boshladik. Gazetani nashr etishga nihoyati
200(ikki yuz) amerika dollari sarf qilardik. Ammo Moskvada bu ishni ming
dollarga ham bajarish amri mahal edi.
а
Yana bir tarixiy holni yozib
qo`yish lozim. Bizning Moskvadan Kievga ko`chimiz oldidan men va Maqsud Bekjon
ikkimiz Kievga kelib sharoit bilan tanishib ketgandik. M. Solih Ukraina
"Rux" partiyasi raisi Chernovilga bir xat yozib, undan bizga yordam
berishlarini iltimos etgandi. O`shanda "Rux"chilar bizni juda yaxshi
qarshilashdi. Biz uch kun Kievda mehmon xonada "Rux"chilar hisobidan
yashadik. Bilmadim, biz ularning o`rnida shunday qila olarmidik?
Uch kunlik Kievga safarimiz
davomida Chernobil bilan bir dafa uchrashdik, salom-alik qilishdik, u bizni
boshqa bir xodimi bilan tanishtirdi va shu bilan uning bizga ko`rsatgan hurmati
bitdi. Ko`p o`tmay u bizni unutdi. Yuqorida ta'kidlaganim kabi, Kievda bizga
ozmi, ko`pmi yordam berganlar mening do`stlarim bo`ldi.
Gazetalarni tayyorlash ishlari
bilan sakkiz kishi (olti muxbir, maqolalarni computerda teruvchi yana bir xodim
va men) mashg`ul bo`ldik. 1995 yil iyulining oxiriga kelib xodimlarimiz soni
kamaydi. Chunki Iyulda, yuqorida ta'kidlaganimizdek, muxbirlarning bir qismiga
javob berishga to`g`ri keldi. Kievda yashaydigan uyimiz kirasi ham juda normal
edi. Chunki Moskvada faqat yashash eriga 500$ lozim bo`layotgandi. Bu erda biz
yashash er kirasi uchun 100-120$ sarflardik. Hammamiz bir uyda turardik. Hatto
men uchun tayin yotar er yo`q edi. Chunki men ko`pincha yo`lda edim. Kievga
kelsam yigitlarning birortasi polda yotib, menga o`z o`rinini berardi. Moskvada esa, "it
yotish, mirza turish" bilan kun o`tkazardim. 1995 yilda, ishimiz eng avj
ketayotgan, gazetamiz ma'lum darajada mablag` bilan ta'minlanayotgan bir
zamonda ortiqcha harajatlar bo`lmasin, deb men Moskvada masjidu vokzallarda
uxladim. Gazetalarni orqamda vokzalga tashidim.
Shu erda, men 1995 yil bajargan
jismoniy mehnatlarim haqida tarix uchun bir-ikki og`iz so`z yozib
qo`ymoqchiman.
Yuqorida so`z ketgan gazetachilar
aslida Moskvaga Turkiyadan kelishgandi. Ular juda katta yuk, "ERK"
gazetasining Istambulda nashr etilgan bir qator nomerlarini keltirihsgan edi.
Gazetalar umum og`irligi eng oz 1-2 tonna kelardi. Bu Moskavaning bir chekka
rayonida, bir o`zbekning garajida saqlanayotgan edi. Men har oyda kamida bir marta Moskvaga gazetalarning yangi
nomerlarini keltirardim. Bunga qo`shimcha o`sha eski gazetalardan ham 3-4 ta
upakovka olardimda O`zbekistonga jo`natardim. Biroz vaqtdan so`ng O`zbekistonga
gazeta jo`natish mumkin bo`lmay qoldida, gazetalarni Qirg`izistonga jo`natadigan
bo`ldim.
Moskvada,
yo`llovchi (passajir) poezdlari vaqtincha to`xtab turuvchi
"Nikolaevka", degan vokzal bor, u metroning "Rijskaya"
stansiyasiga yaqin bir erda joylashgan.
а
Gazetalarimiz
25-30 kilogramm chamasida qutucha shaklida tayyorlanardi. Istanbuldan kelgan
gazetalar ham taxminan shunaqa shaklda edi. Ana shunday pachkalardan 6-8
(qarayb 200-250 kg) donasini men avval Toshkentga, Andijonga va keyinroq
Beshkikka jo`natib turdim. Oy orasi faqat eski gazetalarni jo`natish bilan ham
mashg`ul bo`lardim. Eskilaridan odatda 3-4 pachkalab(100-150 kg), ba'zan
haftada 2-3 marta jo`natgan vaqtlarim ham bo`lgan.
Qirg`izistonliklar
har holda mening nozik yuklarimni olib turushdi. Aytish kerakki,
Qirg`izistonliklar mening bu yuklarim uchun arzimagan haq olardi. Masalan, 1-2
dollar bahosida shirinlik, arzimagan narxdagi vedio yoki magnitafon kasetasiga
o`xshash narsalarga ko`nishardi. Bu erda ham turli xil qiyinchiliklar ham
bo`lardi, albatta. Masalan, qirg`iz pravodniklari ham birda qimmat so`rasa, boshqa
safar qancha yolinsang ham dodingga quloq osmasdi va h.k. Ammo ko`proq pul
bilan kelishishning iloji yo`q edi. Chunki o`zimiz masjidlarda yotib,
provodniklarga bemalol uzatadigan mablag`imiz yo`q edi, axir.
Eng
qizig`i va tashvishlisi, gazetalarni jo`natishni amalga oshirish edi. Bu juda
ham jo`n bo`lmagan bir tashvish bilan amalga oshardi. Birinchidan,
Qirg`izistondan keladigan poezdni Moskva shahar "Qozon" vokzalida
kutib turardim. Poezd dam olishga "Nikolaevka"ga ketguncha provodniklar
bilan ularga yuk berishim haqida kelishib olardim. Yukning nimadan iborat bo`
lishini aniq aytardim, ya'ni gazetalardan namunalar ko`rsatardim. Undan so`ng
gazetalarni o`sha erga, "Nikolaevka" vokzaliga olib borib, u erda
poezdga yuklardim. "Nikolaevka" va bizning gazetalarimiz soqlanadigan
er orasi bir balo uzoq masofa edi. Gazetalarni ФRijskayaФgacha metroda ilib
kelishga urinardim. Bu ham juda qiyin ish edi. U erdan Vokzalning darvozasiga
qadar taksi xizmatidan foydalanardim. Chunki boshqacha yo`l yo`q edi. Ammo darvozadan
mening poezdim vagonlari turgan joy ham kamida 300 metrdan oz bo`lmasdi. Ana
ko`ring, har qaysi 25-30 kg og`irlikdagi sakkiz pachka yukni 300-500 metr
masofaga elkada temir yo`l relslaridan hatlab-hatlab tashish anchagina mushkul
ish bo`lardi. Uni faqat bir bajarib ko`rgan kishi tasavvur qila oladi. Ammo men
shu ishni yakka o`zim bajarardim. Agar bu ishga hammol ishlatsam pulimning
hammasini vokzal hammollariga bergan bo`lardim. 1995 yilda mening yoshim ham
keksalikka yotardi, men u zmon 57 yoshda edim. Bugun 1999 yili, Allohga hamdlar
bo`lsin 61-yoshdaman. 1995 yilda men bilan birga ishlashgan yigitlar bilishadi,
Moskvadagi bu ishlarning og`irligi, mushkulligi haqida men biror marta
so`zlaganim yo`q va hisob - kitobda "hammollik ishlarim" ichun bir
tiyin ham xarajat so`raganim yo`q. Men butun yil davomida umum, gazeta
mablag`idan boshda kelishilgan oyiga 100$dan bir sent ham ortiq pul olmadim.
Men tarafimdan bo`lgan barcha xarajatlar zarur qog`ozlar( kvitansiyalar, yo`l
bilaetlari) bilan tastiqlangan bo`lardi. 1996 yildan esa, hamma narsa buzulib
ketdi. Bu haqda ham o`z o`rinida so`z bo`ladi.
Boshqa
bir joyda ham yozdim. Men bu ishlarni, ya'ni gazeta chiqarish, ularni
O`zbekiston va Qirg`izistonga jo`natishda uchragan barcha qiyinmi, engilmi
ishlarni zimmasiga tushgan har bir siyosiy muhojir bajarishi zarur va ularning
burchi, deb bildim. Men bu yo`lda nima ish qilmayin uni doim o`z burchim, Vatan
tashqarisida yurishim, muhojirligim mohiyati, deb bildim va shuning uchun
qo`limdan, aqlimdan nima kelsaа ularning
barchasini hech ikkilanmasdan qo`lladim. Men Vatan uchun, o`z g`oyam uchun
zarur bo`lgan mehnatni bunisi jismoniy, bunisi esa aqliy, deb ajratmadim.
Muhojirlikda kishilarimizni, "Rais", oddiy a'zo yoki professor, o`rta
ma'lumotli xodimlarga bo`lishni xato, deb bildim.
Natijada,
1995 yil davomida 7 nomer "FORUM" va "ERK", 5 nomer
"BIRLIK" gazetasini nashr qildik. "ERK" gazetasida nomerlar
boshqacha sanalardi, men bu erda 1995 yilgi tartib nomerini hisobga olmoqdaman.
Chunki "ERK" gazetasi 1994 yildan boshlab o`z nashrini yangilagandi.
Shuning uchun "Erk"chilar gazeta nomerlarini 1994 yildan
hisoblashardi. Hammasi bo`lib bir yilda 35 ming nusxa gazeta tayyorladik, nashr
ettirdik va ularni O`zbekiston va Qirg`izistonga jo`natdik. Ammo ular kimlarga
borib etdi yoki etmadi bizga qorong`i. Biroq Qirg`izistonda belgilangan
manzilga gazetalar borib turdi. U erdan esa, gazetalarni Andijonlik va
Farg`onalik kishilarimiz olishlari lozim edi. Bir dafa Beshkekdagi do`stimiz,
gazetalar ko`payb ketdi, O`zbekistondan birodarlar kelishmayapti, deb shikoyat
ham qilgandi. Shundan so`ng men O`z bekiston bilan bog`lanib, ishlarningа yurishib ketishini ham tashkillashtirdim.
Qirg`izistondan kelgan xabarga ko`ra O`zbekistondan bir yuk mashinasi kelib,
gazetlarni olib ketishgan. Bu voqea keyinroq "O`zbekistonga M.Solihning
bir "Kamaz" kitoblari keltirilibdi" bo`lib mish-mishlarga
aylandi. Bu mish-mshlarning manbasi va sabablarini 1996 yil voqealari
tasvirlangan erda keltiraman.
1995 yilning avgustidan boshlab
yangi gazetalarni jo`natishning boshqa yo`lini topdik. Ammo men butun yil bo`yi
"Erk"ning Istanbuldan keltirilgan eski nomerlarini Qirg`izistonga
jo`natib turdim. O`sha yili men Moskvadan Kievga eng keyingi marta oktyabrda
keldim va boshqa Moskvaga 1995 yilda qaytmadim.
Yilning avgustidan boshlab,
"Birlik" a'zosi, Harakatning Samarqand viloyat Oq-Daryo rayon
tashkiloti raisi Qobiljon Diyorov bizga kelib qo`shildi. Qobiljon iyul oyida
Moskvaga mening oldimgaа kelgandi. O`shanda
men unga bizga kelib yordam berishini so`ragandim. Shuning uchun u bu erga
kelgandi. Biz unga gazetalarni O`zbekistonga to`g`ridan-to`g`ri kiritish
vazifasini yukladik. U bu ishni uch oy, ya'ni 1995 yil sentyabr-noyabr oylari
davomidaа normal bajardi. Q.Diyorov
yordamida bu uch oyda har oylik gazeta nusxalarining qarayb yarimi (2500 nusxa)
O`zbekistonning Samarqand shahrigaа
kiritildi. Bu ish ham uncha engil emasdi. Chunki Kievdan O`zbekistonga
poezdlar yurmay qo`ygandi. Samoletga esa, pulimiz yo`q. Ammo haftada bir marta
Xarkov- Toshkent poezdi qatnardi. Shuning uchun biz Qobiljonni o`sha yo`lga
chiqarar edik. Gazetalarning Samarqandga keltirilgan nusxalarini tarqatishda
Samarqand universiteti kafedra mudirlari Sulaymon Murodov va Xoliqnazar
G`onievlar boshchilik qilishdi.
Shuni ham alohida ta'kidlash
kerakki, Qobiljonga biz faqat poezdda borib kelish yo`l haqini berardik. Boshqa
hamma harajatlari o`zidan edi. Qobiljon biroz tijorat qilardi. U har safar
Kievga kelishda O`zbekistondan ba'zi narsalar (er yong`oq, turshak, mayiz va
shunga o`xshash) keltirardi. Har doim uning yuki ikki-uch xalta, ya'ni 100 kg
yaqin bo`lardi. Ana shu bilan u tirikchilik o`tkazardi. Bizga Harakatimiz
a'zosi bo`lganligidangina xolis yordam etardi, barkat topqur.
Moskva Kiev orasida qatnab
yurarkanman, bir safar mana shunday qiziq holat bo`ldi. Bir kun men Moskvaga tezda etib borishim lozim bo`ldi.
Vokzalga kelsam bilet masalasi tangroq bo`lib, faqat o`tirib ketish mumkin
bo`lgan joylar qolgan ekan. U ham ancha kech, Moskvaga ertasi kuni tushdan
keyin etib bora oladigan poezdga ekan. Men o`sha umumiy joyga bilet oldim va
Moskvada meni chaqirgan do`stlarga telefonda voqeani so`zladim. Shunda
Moskvadagi do`stimiz (hozircha uning ismini yozmayman), "Yo`q, domla u
biletni topshiring kech bo`lsa ham yotib keladigan vagonga bilet oling, ishlar
biroz kech qolsa hech gap bo`lmaydi. Sizning yoshingizda 15 soat umumiy vagonda
o`tirib kelish to`g`ri kelmaydi", dedi. Shundan so`ng men biletni
almashtirdim. Boshqa vaqtlar o`zim o`tirib ham ketaverardim.
Xullas, Kievda bir yil to`la gazeta
chiqarish bilan faol shug`ullandik. 1995 yilning kuzi edi shekilli, bizga Yusuf
Ro`zimuradov ismli birisining Kievga kelishi xabar qilindi. Uni qabul qilib,
bir uyga joylashtirdik. Bu zamonda mening Turkiyaga borib kelishimga ham bir
sabab chiqib turgandi. Chunki men 1995 yilning so`nggiga kelib, ikki uy
qilmagan qizlarimni Turkiyaga keltirsam, degan qarorga kelgandim. Shuning uchun
Turkiyaga borib, u erdagi ahvol bilan tanishsam, deb turuvdim. Bunga yana bir partiyaviy
ish ham qo`shildi. Bu zamonga kelib, M. Solihning "Iqror" kitobi ham
nashrga tayyor bo`lib qoldi. Uni ham nashr etish lozim bo'ldi. Kitob ham
Turkiyada nashr etilishi lozim edi.
Shunday qilib, M. Solihning kitobi
va mening shaxsiy ishlarim bilan men Turkiyaga jo`naydigan bo`ldim. Bu erda ham
yana arzon yo`lni tanladim, ya'ni avtobus bilan Turkiyaga borishni lozim
topdim. Uchoq va avtobus yo`l haqlari orasida anchagina farq bor. Masalan,
avtobusda borish 60$ turardi, uchoqda uchish yo`l puliа 270-280 $-dan ozmasdi. Ammo u zamon biroz
pulimiz ham bor edi. Uchoqda ketsam ham mumkin edi. Ammo men o`zimga azob
yo`lni tanlab, umumiy pulimizni iqtisod qildim.
Bu zamonda, ya'ni 1995 yil noyabr
oyining ikkinchi yarimlarigacha biz Kievda to`rt kishi (Solihning ikki ukasi
(Muhammad va Maqsud), Pirmuhammad va men) faoliyat ko`rsatmoqda edik. Qobiljon
esa, yarim bizda, yarim o`z ishi bilan band. Ammo u ham Kievdaligida biz bilan
birga yashab turardi. Ko`pincha bitta-ikkitamizga polda yotishga to`g`ri
kelardi. Masalan, Qobiljon ham erda (polda)
uxlardi. Endi esa, bizga kelib Yu. Ro`zimuradov ham qo`shildi. Shunday qilib,
beshta asosiy va bir vaqtinchalik qo`shilgan kishi (Qbiljon vaqtinchalik
hisoblanardi) bilan Kievda endi oltita kishi bo`ldik.
Yu.
Ro`zimuradov Kievga kelganidan taxminan 20-25 kunlar so`ng men Istanbulga
jo`nadim. Bu o`tgan vaqt ichida Ro`zimuradov menga juda yaqmadi. Chunki uning
qiliqlari juda notabiiy edi. Kishilar bilan qiziqishlari biz o`rgangan ramkaga
sig`masdi. Ya'ni u bizning har birimiz to`g`risida barcha ikir-chikirlarni
bilishga jiddiy harakat qilardi. Maqsud (Solihning ukalaridan biri) bilan "juda
qalin", ichki sir edilar, shekilli. Yu. Ro`zimuradov ba'zan namoz ham
o`qib qo`ygan bo`lardi. Doim ertalabdan kechasigacha bizning oldimizda laqqilab
o`tirardi. Ba'zan namozlarning birortasini ham o`qimasdi. Hatto bir safar Qobiljon hazil aralash, uning bu qilig`ini
yuziga ham solgandi. Ammo u ko`zi bo`zrayb hech narsa, deyolmay qolgandi. Uning
oilasi bor bo`lib, bolalari yo`q edi. Uyida yoshgina xotini yakka qolardi.
Shunga qaramasdan uning doim bizning oldimizda kechasi soat 11-12 -gacha
o`tirishi odamni hayron qoldirardi.
Ro`zimuradov
Kievga kelganida unda kompyuterdan boshqa barcha texnika, kommunikatsiya aloqa
asboblari bor edi. Uning hatto cho`ntak magnitafoni ham bor edi. U magnitafon
Ro`zimuradovning cho`ntagida doim ishlab turgan bo`lardi. Oddiy odam uchun,
oddiy bir muxolifat kishisi uchun bizlar haqimizda bunchalik ma'lumotlarning
nima keragi bor. Undan tashqari bu qiliq insonlarning o`zaro etekasiga ham
to`g`ri kelmaydi, axir. U bizlar haqimizda ma'lumot to`plab, bizning har
so`zimizni yashirin yozib olarkan, buni hech kimsaga bildirmay qilayapman, deb
o`ylardi. Ammo uning nima bilan shug`ullanayotganini sezish uchun uncha matonat
ham zarurmasdi. Bilmadim, balki bu odam M. Solih va uning yonida yurgan
kishilar bilan shunday muomalada bo` lib, ular bunga ahamiyat bermagani uchun
biz bilan ham shunaqa erkin va ochiq muomala qilish mumkin, deb o`ylardi,
shekilli. Ammo men bungacha bu odam haqida bir qator hikoyalar eshitgandim. Bu
hikoyalarning birinchisini M. Solihning "jangarilari" so`zlab
berishgandi.
Bu
"jangarilar" kimlar? Ma'lumki, 1994 yili M. Solihning do`stlari
Turkiyaga 30-ga yaqin yoshlarni keltirihsgandilar. Bu bolalar u erda maqsadning
tayini bo`lmagan ishlar uchun jismoniy va harbiy tayyorgarlikdan o`tkazilgan.
Yu. Ro`zimuradov esa, ana shu bolalar bilan birga bo`lgan. U erga qanday borib
qolgan, u kompaniyaga Ro`zimuradov qanday aralashib qolgan, men buni hozir ham
tushuna olmayman. Taqdirning taqozosi bilan o`sha yigitlarning bir qismi
Moskvada bir muncha vaqt yashashdilar. Ularning ikkita-uchtasi men bilan bir
uyda qolishdi. Ana shu yigitlar menga Ro`zimuradovning odamgarchilik
xususiyatlari haqida so`zlashgandilar. Yigitlar menga so`zlashgan hikoyalarda
Yu. Ro`zimuradov juda noinsof odam bo`lib gavdalanardi. Ularning hikoyalarida
tasvirlangan Ro`zimuradovni bizning qishloqlarda "oq ko`z" odam,
deyishadi. Ya'ni hech kimga do`stligi yo`q, hatto tug`ishganlariga ham do`stligi
bo`lmagan kimsani "oq ko`z" atashadi. Yigitlar menga "Domla
bilasizmi, Yusuf aka bizga doim Shtirlis bo'lish kerak", deb, maqtanardi
deyishgandi. Bilmadim, muhojirlikdagi muxolifat a'zosiga
"Shtirlislik" nega zarur bo`libdi, kimlar orasida
"shtirlislik" qilmog`i kerak ekan? U yigitlarning yana bir gapini bu
erda yozib bo`lmaydi. Chunki u gapni ko`pchilikka mo`ljallangan kitobda
keltirishning hech imkoni yo`q. Ammo yigitlarning bu so`zlariga shubhalanishga
o`rin yo`q edi. Ular chin haqiqatni yurakdan kuyinib so`zlashardi. Ularning
so`zlarini tinglagan har qanday kishidaа
Ro`zimuradovga nisbatan nafrat uyg`onmasligi mumkin emasdi. Jumladan
menda ham Ro`zimuradovga nisbatan nafrat paydo bo`ldi, albatta. Men sovet zamonida
juda ko`p g`irromlik, aldamchiliklarni, zinokorliklarni, noinsoflikni
ko`rganman va eshitganman, ammo bu bolalar aytayotgan va Ro`zimuradov bajargan,
men bu erda yozishni uyat, deb bilgan holni uchiratmadim. Bunday xususiyat
odamzotiga isnod, deb aytish bilan holatni baholab bo`lmaydi. U qiliqni sodir
etgan kishini "oq ko`z", deb atash bilan qaniqmaydi, kishi. Bu zot
tom ma'noda odam emas, deb baholamoq zarur. Ikkinchi hikoyani esa, Vitaliy
Ponomarevdan eshitgandim. V. Ponomarev o`zbek muhojirlari haqida kitob
yozayotgan bo`lib, men Moskvadaligimda Yu.Ro`zimurodovga bag`ishlangan qismini
u menga o`qib bergandi.
O`z
vaqtida, Ro`zimuradov o`zining O`zbekistondan chiqib ketishi haqida bir afsona
to`qigan yoki unga to`qib berishganlar. "Erk"chilar, balki
partiyaning raisi ham Ro`zimuradov afsonasiga ishonishganlar. Shuning uchun uni
Istanbulda qabul qilishgan, hatto boyagi "jangari"larga boshliq qilib
qo`yishgan. V. Ponomarevning kitobida esa, Ro`zimuradov so`zlagan afsonadagi
faktlarning birortasi ham asli bilan to`g`ri kelmasligi ko`rsatilgan. Ponomarev
kitobidagi va muxolifat orasidagi Ro`zimuradov bir-biriga hech o`xshamasdi. Shu
sabab Ro`zimuradovdan shubhalanmasdan boshqa iloj yo`q edi. Men ham o`shandan
boshlab undan shubhalana boshlagandim.
Shuning
uchun men Ro`zimuradov Kievga kelganidan keyin uning shaxsiga shubha ostidan
qaray boshladim, albatta. Qobiljonni ham o`z shubhalarimdan xabardor etib
qo`ydim.
Gazetalarimiz
dekabrda nashr bo`lmaydigan bo`ldi.Chunki oyning 20-si bo`layotgandi, ammo
bizning maketlarimiz hali tayyormasdi. Ammo men bu holni u zamonlar normal
qabul qilgandim. Chunki Muhammadda (computerchimiz, bu ham Solihning ukasi) ham
qator ishlar bor edi. Shu sabab uning qo`li bo`shamadi, gazetalar maketini
vaqtida tayyorlay olmadi-da, deb qo`ya qolgandim. Hozirlar esa, bu ishda ham
hech bo`lmaganda bir noxolis kishi qo`li bo`lganligini taxmin qilaman.
Pastiroqda taxminimning ham isbotini ko`rsataman. Gazetalarimiz computerda
terib qo`yilganiga ancha vaqt o`tishiga qaramasdan computerchimiz maketlarni
tayyorlashni atay paysalga solganligini u zamonda tushunib etmadim. Chunki men
ularga nihoyatda ishonardim. Biz chiqarayotgan uchta gazeta orasiga biror xil
farq qo`ymasdim. Ularning nomlari uchta bo`lgani bilan ular bir vazifani
bajarayapti, deb tushunardim. Haqiqatan ham shunday edi. Afsus, Yu.
Ro`zimuradov, deb ataladigan kimsa avval M. Solihning kichik ukasi Maqsudni,
biroz keyinroq uning boshqa bir ukasini, ya'ni computerchini (Muhammadni), men
Turkiyada M. Solihning kitobi nashri bilan ovora bo`lib yurganimda esa,
Solihning o`zini ham umumiy ishimizga dushmanligiа ko`rinib turgan maqsadga ishontiribdi. Ya'ni
"Birlik" va "Forum" gazetalarini nashr etish
"Erk"ka foydasiz", degan safsataga ularni ishontira olibdi.
Gazetalar maketining dekabrda tayyor bo`lmaganligi, uni tayyorlashni pay salga
solishlarining asosiy sababi ham ana shu erda turardi. 1995 yil so`nggida hali
men Kievdaligimda, yaТni Istanbulga jo`nab ketgunumcha bu masalani o`rtaga
chiqara olmay, men Istanbulga ketganimdan so`ng ishni Ro`zimuradov istagiga
mos, ya'ni O`zbekiston hukumati niyatiga mos shaklda amalga oshirishga
erishibdilar. Shu bilan yaxshigina yurishib turgan ish batamom to`xtashga yuz tutdi.
Shunday qilib, 1995 yil dekabrning
so`nggiga qadar gazetalar maketi tayor bo`lmadi. Mening Itambulga jo`nash
vaqtim ham kelib qoldi. Gazetalar bosilishi yangi yilning boshiga qoladigan
bo`ldi. Bu orada Qobiljon ham yana Samarqandga
borib keladigan bo`ldi. Qobuljonni Ro`zimuradovga O`zbekistondan piyoz sotishga
kelgan tujjor, deb tanishtirgandik. U bunga ishonmaganligi ham bilinib turardi.
Nima bo`lganda ham men Itanbulga jo`nashdan avval Qo biljonni Rossiyaga ketdi
qilib, O`zbeikistonga kuzatib qo`ydik. Har ehtimolga qarshi bu safar gazeta
olmay ketishni ma'qul topdik. Shu bilan birga men Qobiljonni yana bir marta Ro`zimuradov
haqida ogohlantirib qo`ydim.
"Agar
Yu. Ro`zimuradov men taxmin qilayotgan kishi bo`lsa, ya'ni bu odam O`zbekiston
hukumati agenti bo`lsa, birinchidan, bu odam Sizning Rossiyaga
ketayotganingizga ishonayotgani yo`q. Ikkinchidan, Siz haqda bu safar O`zbekistonga
xabar jo`natilmaydi. Jo`natilganda ham Sizga bu safar hech bir xavf
sezilmasligi kerak. Shuning uchun yanvarda Kievga kelib, yangi gazetalar bilan
Samarqandga qayta ketishingizda ehtiyot bo`lmag`ingiz zarur bo`ladi. Chunki
Sizni gazetalar bilan tutishga harakat qilishsa kerak, menimcha", deb
Qobiljonga, tayinladim. Bu 1995 yil dekabrning oxirlari edi.
Voqealarning
rivojlanishi qanday bo`ldi deng? Voqealar aynan men aytgan tartibda ketdi. Ammo
chalkash eri shunda bo`ldiki, Qobiljon yanvarda Kievga kelib, yana gazetasiz
Samarqandga qaytadi. Chunki yangi gazetalar yana tayyor bo`lmagan, eskilaridan
Qobiljon olishni istamaydi. Uning ustiga Qobiljon ham eksperement (sinov)
qilmoq uchun Samarqandga qaytishini Ro`zimuradovga atay bildirib, u bilan xayrlashib
yo`lga chiqadi.
Shunday
qilib, Qobiljon Samarqandga bora solib yana zudlik bilan Kievga qayta jo`naydi.
Chunki bu erda kimlargadir tezda biroz er yong`oq keltirib berishga va'da
qilgan bo`lganligidan, hatto uyida bir kecha ham tunamasdan orqaga Ukrainaga
qaytaveradi. Qobiljon yo`lda Kievga kelaversin, Samarqandda ushla-ushla,
qama-qama boshlanib ketadi. Qobiljonni tuta olishmaganligi uchun uning o`rniga
akasi Hakim Boboevni qamoqqa olishadilar. Unga qo`shib, professor X. G`oniev va
yana univesitet fizika fakulteti o`qituvchisini ham gazeta tarqatish
"aybi" bilan qamoqqa tashlashganlar. Mana sizga voqealar! Ularni
tahlil qilavering?! Men Qobiljonga 1995 yil dekabrining 18-19-da nimalarni so`zladim.
Qobiljon 1996 yil yanvarning 10-da Kievga kelib, O`zbekistonga takror
qaytgandan so`gnra esa, Samarqandda qama-qamalarning boshlanib ketishiga
qaramaysizmi?! Yu. Ro`zimuradovning josusligiga bundan tashqari yana qanaqa
isbot lozim edi.
Men
1996 yil 9-fevralda Istanbuldan Kievga keldim. M. Solihning "Iqror"
kitobidan ming nusxa yukni ham Kievga keltirdim. Bu yuk ham Istanbul-Kiev
yo`lida menga juda ko`p, katta tashvishlar berdi. Menincha, bu tashvishlarni M.
Solihning men taniydigan ukalari (Muhammad va Maqsudlar) ko`tara olmasdi yoki
bobosining mablag`ini sarflashgan bo`lishardi.
Kitoblarni
Ro`zimuradovga bildirmasdan mening bir tanishimnikiga yashirib qo`ydim va
Solihning ukalariga ham boshda bildirmadim. So`ngroq Ro`zimyuradovga aytmaslik
sharti bilan ularni bu adres bilan tanishtirdim. Shu sababdan kitoblar xavfsiz
saqlandi. Zamoni topilganda oz-oz O`zbekistonga yuborib turildi.
1996
yil 10-fevral kuni O`zbekistondan yuqorida ismlari (H. Boboev, X. G`oniev va
yana bir domla) keltirilgan kishilar bizning gazetalarimizni tarqatishda
"ayblanib" qamoqqa olingani haqida xabar oldik.
Bu
sovuq darakni eshitib, darhol M. Solihga bitta xat yozdim. Uni Pirmuhammadga berib
computerda terdirdim. Chunki u zamonlar men computerda juda sekin ishlardim.
Xatni zudlik bilan M.Solihga faksda jo`natdim. Xat taxminan, "Solijon,
Samarqandda yomon ishlar boshlandi. Kishilarimiz qamoqqa olinmoqda. Bizni
sotish sodir bo`ldi. Men bu ishda Yusufdan shubhalanmoqdaman. Boshqa tomondan
bu yigit Istanbulda ham ba'zi noto`g`ri muammolalarga aralash ekan.
Istanbuldagi birodarlar 26 ming $ qarz haqida so`zlashmoqda. Menimcha, zudlik
bilan Yusufni bizning oldimizdan uzoqlashtirish lozim, deb hisoblayman",
shaklda tuzilgandi. Hozir u xatning matni so`zma-so`z xotiramda yo`q, albatta,
Ammo mazmuni aynan shundayligi aniq.
Men bu
xat bilan Yu. Ro`zimuradovni asosan josuslikda aybladim. Istanbul bilan bog`li
pul masalasini, shunchaki qo`shib qo`ydim, xolos. Chunki Samarqandda uch kishi
qamoqqa olindi. Qobiljon qidiruvda. Bu voqeaga jiddiy qarash va buning
oqibatini tahlil qilish juda ham muhim, deb tushunardim. Shuning uchun katta
bir partiya, "Erk" partiyasining Raisi, ayni zamonda birgalikda olib
borayotgan ishlarimiz umumiy rahbariga ilk shubhalarimni ma'lum qildim. U odam
esa, bu ishlarga go`daklarcha munosabatda bo`ldi, desam etarli bo`lmaydi. Ana
shu erda birinchi marta M. Solihdan ham ixlosim juda qaytdi.
Bu
masalalarni shu erda biroz to`xtatib, Istanbuldan Kievga kirib kelishim va bu
erdagi yigitlar bilan ilk uchrashuvlarim haqida bir-ikki og`iz so`zlab o`tay.
Birinchidan, meni Kievdagi yigitlar kutib olishmadilar. Ammo biz mo`ljaldan
ancha kichigib keldik. Qizig`i shundaki, mening nima uchun kechigayotganim
bilan ham qiziqishmaganlar-da. O`sha kun, men Kievga kitoblar bilan kelgan kun,
8-mi, 9-nchi fevral edi. Kiev juda sovuq. Biz kechasi soati 02-da keldik.
Telefon avtomatlar ishlamaydi, yukim katta, uni avtobus ko`chaga tushirib
ketdi. Oxir oqibat, taksi tutdim va kitoblarni unga o`zim ortdim, mingta
kitobni mashinaga bir kishining ortishi ham uncha-muncha vaqtni oladi. Ish
qilib, bir balo qilib, soati 05-larda, men Istanbulga ketganimcha ma'lum
bo`lgan adresga bordim. U uyda bir xotincha o`tiribdi, bizning yigitlarimiz
yo`q. Xayriyat, u ayol ularning qaerdaligini bilarkan. Yigitlardan, Muhammad
topildi. Kitoblarni bir kecha o`sha uyda saqladik. Undan so`ng zudlik bilan
boshqa joyga ko`chirdik.
Samarqand
viloyat Past-Darg`om rayonidan Turkman Nafasov ismli kishi Kievda yashardi.
Uning uch xonali uyi bor edi. Unga men Samarqand universitetida dars berganman.
Men uning o`qituvchisi hisoblanardim. Bir-birimizga hurmatimiz durust edi. Shu
sababli kitoblarni unikiga keltirib qo`ydik. Buni Ro`zimuradovga aytmaslikka
kelishdik.
а
Shu
bilan bugun (8.02.96-da kelgan bo`lsam 9.02.96, agar 9.02.96-da bo`lsa 10.02.96
y.) kech kirdi. Yigitlarning yangi kvartirasiga keldim. Bu erda Pirmuhammad
bilan Qobiljon o`tirardi. Pirmuhammadning menga bergan xabariga ko`ra
"ERK" gazetasining yangi sonini 2500 nusxada chiqarishibdi. Uning
haqiga 200 $ pul tulashibdi. Qiziq, boshqa ikkita gazeta nega chiqarilmadi?
Ularning ham computer naborlari tayyor edi-ku? Uning ustiga nega 200$? Men
uchta gazetaga, besh ming nusxaga shuncha pul tulardim, nega bunday
bo`ldi?а Mening bu savollarimga Pirmat
"rais" shunday ko`rsatma berdi, deb javob qildi. "Tipogafiyaga
Pulni men Turkman akadan qarz olib berdim, qarzni darhol tulashim kerak. Menga
ikki yuz dollar bersangiz", deb qo`shimcha qildi. Men esa, uning
javoblaridan to`la qaniqish hosil qilmagan bo`l sam-da, masalaning mohiyatini
oxirigacha tushunishga harakat qilmadim. Shu bo`ldimi yoki yana boshqa gap
bo`ldimi, ish qilib, men Pirmatga Turkman bo`lsa, o`zimizniki ekan men unga
telefon qilaman, unga ertaga pulini olib borib berarsiz, deb javob qildim.
Darhol Turkmanga telefon qildim va unga ertaga pulini berishlarini aytdim. U
mening taklifimni qabul qildi.
Shunday qilib, aqshom yotdik. Endi
uxlab ketayotgan ekanman, bir zamon Pirmat hovliqib meni uyg`otardi. U
"domla, domlajon, menga Turkman akaning qarzini bering, hozir unikiga
borib, uni berib kelaman, bo`lmasa bo`lmaydi", deyardi menning boshimda.
Yigitning ahvolini ko`rib unga qanday pul chiqarib berganimni ham sezmay
qolibman. Bu ham meni hayron qoldirardi. Uyquga yotilgandan keyin, kechasi,
bevaqt bu bola hovliqmoqda edi. Bu hodisalarga men hech tushuna olmasdim. O`sha
zamon bu hol shundayligicha, meni hayron qildirganicha qoldi.
Xullas, computer naborlari tayyor
turgan "BIRLIK" va "FORUM" gazetalarining chop etilmasligi
va bu Pirmat bolaning kechasi tushakdan turib hovliqishi meni juda hayron
qoldirgan bo`lsa-da, bu ancha vaqt jiddiy mulohazasiz va tahlilsiz qolib ketdi.
Chunki bugungi aqshomdan ko`p o`tmay Samarqandda odamlarimizni qamoqqa olish
boshlandi. Uning ustiga mening Moskvadagi o`g`lim xastaxonaga tushib
opperatsiya bo`lib qoldi. Shu sabab tezda Moskvaga ketishga to`gri keldi va
h.k.
Moskvada, o`g`lim "oshqozon
yarasi" xastaligidan operatsiya bo`ldi. Uning oldida biroz zamon qolishga
to`g`ri keldi. Bu vaqt ichida Moskvada Russiya musulmonlari Kongressi
(Russiyada shunaqa toshkilot ham bor edi. Men ularga ham bir marta gazeta chop
etishga yordam bergandim) ofisida yashab turishimga to`g`ri keldi. Bu ofisga
Russiyaning butun o`lkalaridan va boshqa chet ellardan ham mehmonlar
kelib-ketib turishardi. Shunday mehmonlardan biri Tataristonlik Afduravuf ismli
kishi meni islomdagi yangi bir guruhga taklif etdi. Uni men biroz tingladim, ammo uning to`la maqsadiga
tushunmagan bo`lsam-da, unga norozilik bildirmadim.
Shunday qilib, Moskvada yashab
turgandim. Chunki o`g`lim ham hali o`zini juda o`nglab ololgancha yo`qdi.
Kievdan shoshilinch xabar keldi. Men tezda Kievga qaytishim kerak emish. Odatda
bizning "muxbirlarimiz" yo`q joydan muammolar chiqarib turishardi. Bu
safar ham shunaqa biror ishg`ol chiqibdimi, deb apil-tapil yig`inib Kievga
qaytdim.
Bilasizmi, bular, ya'ni Solihning
ikki ukasi meni Ro`zimuradov bilan urushtirishga chaqirishgan ekan. Kievga
kelib bildimki, men Solihga yozgan xatdan Ro`zimuradov to`la xabardor, xatni
unga o`qib berishgan. Ro`zimuradov esa, menga qarshi "qilich
yalang`ochlab" o`tiribdi. Men bu muxbir va texnik yigitlarimga, "Ha,
nima bo`ldi yigitlar", dedim. Ro`zimuradov, "a yo`q, be yo`q"
menga yopishib ketdi, "isbot qilib berasan (birdaniga senlashga o`tgan)
men kimning narsasini o`g`irlabman va qaerda o`g`irlabman?" va hokazo va
hokazolar. Lekin qarang, u menga nega meni
josus atapsan, demaydi, "nega o`g`ri atapsan", deydi. Aslida men
Solihga yozgan xatda uni ochiq josusga chiqarganim rost. Alloh meni isloh
etsin, hozir ham bu fikrdan chekinmayman. Men uni josus atab tursam, nega u
faqat o`g`irlikdan so`zlaydi, bu qaerdan keldi? Yuqorida Solihga yozilgan xat
haqida gap ketganda aytganim kabi, Ro`zimuradovning josusligiga qo`shimcha
Istanbulda bo`lgan va Ro`zimuradov aralashgan pulli masalalarni ham tilga
olgandim. Bu erda gap ana shu haqda ketmoqda. U gaplarga ham mana yana uch yil
o`tib ketdi, ammo o`sha Itanbuldagi Ro`zimuradov aralashgan pul masalalari ham
bu gungacha hal bo`lmadi. Chunki uni Ro`zimuradov shunaqa chalkashtirib tashlagandiki,
u ish faqat nargi dunyoda hal bo`ladi. Istanbulliklar o`z pullarini bu dunyoda
Ro`zimureadov va uning sheriklaridan undirib ololmasalar kerak.
Xullas,
Ro`zimuradov bilan oramizda masala qanday hal bo`ldi, bunisi uncha ahamiyatli
emas. Har holda buni ham biroz tasvirlashga urinaman. Ammo mening Solihga
yozgan xatim mazmuni nega buncha tez Ro`zimuradovga etkazildi yoki to`la o`qib
berildi? Mana bunisi men uchun juda muhim edi. Samarqandda jiddiy ish
boshlandi, kishilarimiz qamoqda turibdi. Gazetachilik ishimizga katta zarar
etkazildi. Bularning sabablarini va bu ishlarga sababchilarni aniqlash, bundan
so`ng bunaqa bo`lishiga yo`l qo`ymaslik yo`llari haqida qarorlar qabul qilish,
mening shubhalarimni jiddiy o`rganish o`rniga, go`dak ham qilmaydigan ishni
qilib, o`tiribdi mening bu "quroldoshlarim". Bunga nima, deysan,
kishi?
Endi
Ro`zimuradov va mening oramizda nima gap bo`ldi, degan savolga javob. U juda
jonimga tegib bijinglayvergandan so`ng, to`g`risi unga qarshi qo`l ko`tarmoq
chi bo`ldim. Ammo
tepalashga yigitlar qo`yishmadilar-u, lekin men bu hamla bilan uning big`-
big`idan qutuldim. Bundan so`ng u mening shahar bo`lab harakatimni uzoqdan
kuzata boshladi. Bu safar ham undan do`q bilan qutildim. Bu Ro`zimuradov,
deganlari juda qo`rqoq ekan. Bir kun kechqurun Turkmanning uyiga kelayotgandim,
yana o`sha Ro`zimuradov meni kuzatmoqda edi. Qaysi bir bekatda uni qo`lidan
olib tranvaydan tushirdim va unga, "bola menikini uncha tortaverma, seni
ham, o`sha rahnomangni ham onasinikiga qaytarib tiqib qo`yaman-a (bu gaplarim
uchun o`quvchi meni kechirsin. Chunki boshqacha yo`l yo`q edi, menda.)",
dedim. Men "rahnoma", deganda Karimovni ko`zda tutdim, albatta. Men
uchun uning rahnomasi yana kim bo`lishi mumkin? U ham buni juda yaxshi
tushundi. Aq shom Kiev shahrining qorong`i bir ko`chasida mening shaxtimni,
niyatimni u yaxshi angladi. To`g`risini
aytganda, men Ro`zimuradovdan jismoniy baquvvatroq edim. Undan tashqari meni u
yakka emas, deb tushungan bo`lishi ham mumkin. Bundan so`ng ham u meni kuzatgandir,
balki. Ammo endi, u hech mening ko`zimga tushmaydigan bo`ldi. Har holda mening
qorong`idagi hamlam uni jiddiy cho`chitgani sezilib turardi. Bizning aqshomgi
uchrashuvimiz haqida u Solihning ukalariga "Karimov, ya'ni rahnoma
eriga" Solihni qo`yib so`zlab beribdi. Bu haqda Muhammad (Solih ukalining
buyugi) ehtiyotsizlik qilib, menga bildirib qo`ydi.
Oqibat shunday bo`ldiki, gazetalar
chiqishi to`xtadi. O`lmas ovqatga kelib
turadigan mablag` ham bitdi. Solihbey, pul tugadi, boshqa erdan mablag` topishga
harakat qilmoqdaman, deb har zamonda bir telefon qilib qo`yadigan bo`ldi,
xolos.
Haqiqatda
esa, masalaning mohiyati bunda emasligini sezib yursam-da, uni yilning avgust
oylariga kelib to`la anglab etdim. Ya'ni bu ayanchli bandalar Ro`zimuradov ning
ig`vosiga uchib, yilning boshidayoq meni o`zlaridan uzoqlashtirish yo`liga
kirishgan ekanliklarini endi to`la tushundim. Qizig`i shundaki, men Turkiyada,
Solihning kitobini nashr qilmoq uchun Istanbul bo`ylab uyoqdan, bu yoqqa piyoda
ovorayi-sarson kezib yurganimda, ular esa, bu ahmoqona qarorga kelishgan va
o`zlaricha bu ishni amalga oshirish planlarini ham tuzib qo`yishganlar. Hatto
men Turkiyadan kelganimdan meni "kompaniyadan" chetlahstirish
variantini ham tayyorlab qo`yishgan lar. Shuning uchun boyagi Pirmat
ertalabgacha ham uxlay olmay mendan qarz pulni undirishga harakat qilgan.
Chunki u o`sha kuni ertalabgacha kutsa, ertalab esa, menga
"kompaniyadan" chiqishim lozimligi aytiladigan bo`linsa, mendan pul
unmay qoladi, deb, qo`rqqan, bechora. Solih ukalari Turkmanning qarzini o`tamay
qo`yadi, men uyalib qolaman, deb o`ylaganda, axir. Nima deysiz, har kim
vaziyatni o`z tafakkuri darajasida tushunadi-da. Men uchun bu dunyo
zebi-zeynatlari, pulu-moli emas, uning ma'naviyati, ma'rifati, poklik va soflik
muhim va ahamiyatli ekanligini bu ayanchli kishilar tafakkur qila olmaydilar,
axir.
Shunday
qilib, 1996 yil may oyidan boshlab men moliyaviy jihatdan faqat
"Ozod"likdan oladigan 60-70$ qalam haqiga qarab qoldim. Ammo Kievda yotib
turishim uchun Turkman o`z uyidan joy berdi. Undan ham Alloh rozi bo`lsin. 1996
yilda mening kun kechirishim uchun Ukrainalik do`stlarning ham hissasi
sezilarli bo`lganligini alohida ta'kidlayman.
1996 yilgi turmush o`tkazish
jarayonida yana bir holatni ham so`zlab o`tmog`im lozim. Men Istanbulga borib,
u erda Anvar Ipak (Turkchasi Enver Ipek) ismli do`stimdan darak topdim. U
Kievda tijorat bilan shug`ullanmoqda ekan. Men bu haqda darhol Istanbuldan
Kievga telefon ochib, yigitlarga uni topib uchrashishlarini so`radim. O`zim Istanbuldan Kievga kelganimdan so`ng esa, Anvar bilan
topishib, undan ham ancha foydalandik. Istanbuldan Kievga kelganimdan darhol,
hali bu erda nimalar bo`lganligini tushunmasdan, tushunishga urinmasdan ham
hamma narsadan avval, xuddi olamga olov tushganday Pirmatni Anvarga ishga
joylab qo`y dim. Men uchun Kievda biror muammo bo`ladigan sabab yo`q edi. Uning ustiga Pirmat
turkchani yaxshi bilardi, Anvarga tilmoch (tarjimon) kerak edi. Shu sabab bu
ish tezda bitdi. Anvar Pirmatga 250$ maosh to`lash sharti bilan uni ishga oldi.
Bu pul Kiev sharoiti uchun juda ham katta
mablag` edi. Anvardan Alloh rozi bo`lsin. Ammo Pirmatboy, meni bir marta bir
piyola choyga taklif etmadi. Chunki u Ro`zimuradovdan qo`rqardi. Shuning uchun
u mendan uzoqroq bo`lishga harakat qildi. Bunday hollarda mendan boshqa kishi
qaroridan so`zsiz qaytgan bo`lardi. Lekin men bu holatni Anvarga so`zlashni
o`zim uchun nomunosib hisobladim. Ammo Anvar,
menga ham emak uchun biroz yordam berib turdi. Hatto Anvar yordamida bir
tijorat ishi ham boshladik, ammo sheriklarimiz qobiliyatsiz chiqib qolib, uni
davom qila olmadik. Bu holning to`la sabablarini bu erda yozib o`tirishning
hojati yo`q, deb o`ylayman. 1996 yilini mana shunaqa qilib o`tkazishga to`g`ri
keldi.
Men
1996 yili to`la Kievda qolmadim. Birinchidan, yilning boshida (yilning fevraliga qadar)
Turkiyada edim. Turkiyadan Kievga kelganimdan ko`p o`tmay Moskva dagi
o`g`limning kasalxonaga tushib qolishi sabab Moskvagaа kelib, bu erda biroz vaqt turib qolishga
to`g`ri keldi. Undan so`ng Kievga qaytdim, ammo bu erda uzoq qolmadim. Qisqasi,
yilning ikkinchi yarimida yana Moskvaga ketdim va yuqorida so`zlaganim kabi, u
erda chechenlardan birinikida (bular Dudaevchilarga qarshi edi) ancha vaqt
yashadim. Biroq men g`oyaviy va ma'naviy jihatdan Dudaevlarchilar tarafdori
edim. Rus - Chechen urushi, ularning o`zaro munosabatlari haqida o`z fikr larim
bor edi. Ular haqida "Ozodlik" radiosida qator chiqishlar qilganman.
U chiqishlarim matnlari alohida keltiriladi. Biroq u zamon Moskvada men uchun
yashash masalasi bosh masala edi. Bu bir, undan tashqari menga uyidan joy va
non bergan chechen musulmon bir kishi edi. Shuning uchun biz siyosiy masalalar
haqida deyarli so`zlashmasdik. Siyosiy qarashlar haqida mening chechen
og`ayinim ko`proq so`zlardi, u ham bo`lsa, ko`proq Islom tarixidan va o`zining
sajarasidan so`zlardi. Uning aytishicha Chechenistonda ham bizdagi singari
eshonlar (sayidiylar) bormish va mening og`aynim o`sha chechen eshonlaridan
emish.
8.1.12.7. Kievda boshlagan tijoratga oid ishlarimiz haqida ikki og`iz so`z.
1996
yilning oxirida takror Kievga keldim. Chunki Turkmanning taklifi bilan Enver
Ipak yordamida bu erda tijorat qilmoqchi bo`ldik. Bizga Po`lat Omonovich Kaza
kov ismli boshqa bir kishi ham qo`shiladigan bo`ldi.
P.O.
Kazakov, 30 yildan buyon Kievda yashavchi O`zbekistonning Navoyi viloyatida
tugilib o`sgan, o`qish munosabati bilan Kievga kelib, bu erda qolib ketgan bir
o`zbek kishi edi. Shu erdan uyli-joyli bo`lgan, oltita bolasi bor. Ularning
beshtasi qiz, biri (eng kenjasi) o`g`il. Bunday ko`p bolalik Ukraina uchun juda
kam uchraydi gan hol. Lekin Po`lat Omonovich ishni o`g`il tug`ilgancha davom
etkazgan chapani o`zbeklardan, xotini ham bechora yaxshi aya ekan, xo`jasining
aytganiga ko`nibdi. Gorbachevning kooperativchilikka ijozat berish siyosati
davrida Po`lat Omonovich ham meditsina asboblari ishlab chiqarish kooperativi
tashkil qilgan va sovet davrida yaxshigina faoliyat ko`rsatgan, ammo
mustaqillikdan so`ng ahvol o`zgarib, 1996 yilga kelib kooperativ salkam sinish
holida edi. Po`lat Omonovich o`zi juda yaxshi odam edi. Men yashagan hayot
davomida menga juda yaqib qolgan kishilardan biri P.O. Kazakovdir. Ammo bu
kishi siyosat bilan juda ham qiziqavermasdi. Lekin o`zi etarli darajada har
taraflama zamonaviy bilimga ega ziyoli inson edi.
аа
Shunday
qilib, uch tujjor, Enver, Turkman, P.O. Kazakov va bir garant vositachining
(vositachi, ya'ni bu mendir) tijorat ishlari quyidagicha rejalashtirilgandi:
1.
Enver Ipak bizga Turkiyadan nasiyaga kiyim - kechak keltirishga yordam beradi,
biz esa, uni sotib (realizatsiya qilib) pulini to`laymiz.
2.
Sotish ishlarini Turkman Nafasov tashkil qiladi. Chunki u xotini bilan birga
bungacha ham aynan shu ishlarni bajarib yurishardi. Lekin Turkmanlar hozir
Turkiyadan Ukrainaga keltirilgan molni olib sotadilar. Ya'ni Turkmanlarga mol
fabrikadan so`ng uchinchi navbatda keladi. Bizning holimizda esa, ikkinchi
navbat bo`ladigan bo`layotgandilar.
3.
Enverning bitta sharti bor, ya'ni uning taklifiga ko`ra, birinchi marta
keltiriladigan molning yarim narxini oldindan to`lash lozim. Bu mablag`ni
Turkman va P.O. Kazakov topadigan bo`lishdi.
4. Men
esa, faqat vositachi vazifasini o`tayman. To`g`risi, men Enver va Kievlik
tujjorlarning bir-biriga ishonchli vositachisi (garant vazifasini) vazifasini
o`tamog`im zarur. Shuning uchun men bu kompaniyada hech qanaqa mablag` bilan
qatanashmayman, mablag` qo`shishni xohlaganimda ham menda bir sent pul yo`q.
Kunlik yashashim hali chechennikida, hali Turkmannikida o`tib turibdi. Ammo
tijorat yurishib ketsa, mening garantligim uchun oylik maosh tayinlanishlari
ham kelishildi.
Xullas,
bir necha marta qayta-qayta uchrashuvlardan so`ng bir qarorga kelindi va
yuqorida sxemasi keltirilgan tijorat ishini boshlaydigan bo`ldik.
Nihoyat,
Turkman va Enver mol keltirish uchun Turkiyaga jo`nab ketishdi. Bir haftadan so`ng
birinchi guruh mollarni olib Turkman Kievga keldi. Ish boshlandi. Ammo davom
etishi uncha durust bo`lmadi. Bu ishimizdan ko`zda tutilgan natija chiqmadi.
Sabablari bir qator. Ular haqida so`zlab o`tirmayman. O`quvchilar tushu narli
bo`lsin uchun bir narsani ta'kidlab o`taman, xolos. Tijoratimiz muvaffaqiyatli
chiqmagan bo`lsa-da, uni boshlashgan o`sha to`rt kishi (Enver Ipak, Po`lat Kaza
kov, Turkman va men) bugun ham juda yaxshi do`stlarmiz. Demak, oramizda hech
qanaqa tushunmovchilik bo`lgani yo`q. Faqat ish yaxshi yurishmadi va faoliyat
to`xtab qoldi.
Men, yuqorida Po`lat Omonovichga
baho berdim. Enver Ipak, Turkiyadagi eng yaqin, eng qalin do`stlarimdandir. U
menga Turkiyada bolalarim bilan yashagan zamonimda ham qo`lidan kelganicha
moddiy va ma'naviy yordamini ayamadi. Turkman ham meni ustoz, deb biladi. Men
ham uni yaxshi o`quvchilarimning biri sifatida ko`p hurmat qilaman.
Shuni ham takrorlashim kerakki,
bizning tujjorligimiz 1997 yilning mart oyigacha davom etdi. Undan so`ng ham
hali to`la tugamagandi. Ammo men ortiq bu holda, ya'ni Kievdagi muallaq holda
yashay olmasligim uchun butunlay Turkiyaga ketishni lozim ko`rdim. Do`stlarni
to`plab, oramizda bo`lgan mollarga bog`li barcha masala larni do`stona hal
qilib, ulardan javob olib, Turkiyaga ketdim. Men ketgandan so`ngra, avval ham
yaxshi yurishmayotgan umumiy tijoratimiz butunlay to`xtab qoldi.
Ana shundan so`ng Turkiya hayotim
boshlandi. Bu endi 1997 yil voqealari bo`ladi.
8.1.12.8. 1997 yil, Turkiyada kechirgan
turmushim haqida qisqacha ma'lumot.
Yangilishmasam,
1997 yil mart oyida (qaysi kunligi yodimdan ko`tarildi, chamamda 21 mart edi.)
Istanbulga keldim. Aeroportdan (turkchada havo alani deyishadi, demak, havo alanidan)
Ko`ksal Ustaga telefon qildim. U havo alaniga kelib meni u erdan oldi va
ishxonasiga olib bordi.
Aslida
bu safarga, 1997 yilning boshidan Turkiyaga otlanishimga yana boshqa sabab ham
bor edi. Birinchidan, eng asosiy sabab, bu iqtisodiy ahvolim yomonlashib,
chindan ham ilojsiz holga kelib qolgandi. Ikkinchidan, 1996 yilda masjidda,
Moskva musulmonlari idorasining oshxonalarida yotib yurgan vaqtimda Russiyaning
Saratov viloyatida Imomlik qilayotgan O`zbekistonli, u ham Karimov zulmidan
qochoq bir mo`lla kishi (uning ismi Abdumannon edi) Turkiyada katta bir siyosiy
arbob bilan uchrashtirishni va'da qilgandi. Biz, ya'ni men va Abdumannon
yilning fevral oyida Turkiyaga kelishni va'dalashgandik. Ammo mo`lla Abdumannon
va'da lashgan zamonda Moskvaga kelmadi. Uni ancha izlashga ham vaqt sarflagan
bo`lsamda, ammo Abdumannonni topish engil bo`lmadi, qisqasi uni Russiyadan topa
olmadim. Shuning uchun Allohga tavakkal etib, yakka o`zim Turkiyaga kelishga
majbur bo`ldim.
1989 -
1990 yillari Samarqandga bir qator Turkiyalik ish odamlari, ziyolilar
kelishgandilar. Ularning bir qismi o`sha zamonlarda bizlar, Samarqandlik
"Birlik"chilar bilan uchrashib, tanishgandilar. Turkiyaga kelishga
jazm qilarkanman, menda eng avval ana o`sha do`stlardan biror yordam bo` lar,
degan umid bor edi. Meni havo alanida qarshilagan kishi, Ko`ksal Usta
o`shaа ajoyib do`stlardan biri edi.
Bundan keyingi ikki yilga yaqin Turkiyada o`tkazgan hayotim ko`rsatdiki, mening
umidimda jon bor ekan. Ko`ksal va unga o`xshash boshqa do`stlar menga, oilamga
ko`p moddiy, ma'naviy yordam etdilar. Ularning barchasidan Alloh rozi bo`lsin.
Shunday
qilib, 1997 yil mart oyidan boshlab Turkiya hayotim ham boshlandi. 1996 yilning so`nggida
Moskvada yana bir Turkiyalik do`st bilan ham tanishgan edim. Uning ismi Hamid
edi. Hamid Moskvada Turkiya va Russiya o`rtasida qatnaydigan uchoqlarga bilet
sotish bilan shug`ullanadigan shirkat tashkil etgan kishi edi. Men Turkiyaga,
ya'ni Istanbulga borish uchun aynan o`sha Hamidning shirkatidan bilet olgandim.
Shu sababdan Hamid menga Istanbuldagi ba'zi do`stlarining telefonlarini berib,
Istanbuldagi odamlariga berish uchun qo`limga bir omonat ham berdi. Shuning uchun men Ko`ksalning ishxonasiga kelganimdan
darhol Hamidning tanishlariga telefon qildim. Omonat juda ahamiyatli narsa
bo`lsa kerak, ular tezda oldimga etib kelishdi. Omonat og`irligi va hajmi
jihatidan kichkina bir narsa edi. Uning ahami yati nimadaligi Allohga va ularga
ayon. Mening oldimga kelishgan kishilarning biri Jalol va boshqasi Mustafo
ismli edi. Jalol, degani Hamidning qaynisi bo`larkan, Mustafo ularning sherigi
ekan.
Jalol
bilan Mustafo meni mehmonxonaga joylashtiramiz, deyishib Ko`ksalning qo`lidan
olib ketishdi. Yo`lda ma'lum bo`ldiki, bu yigitlar meni biror mehmonxonaga olib
borishadilarda, u erda qoldirishadi. Bu men uchun juda qulay bo`lmagan bir hol edi. Chunki
menda pulning tayini yo`q. Shu sabab, biz ancha vaqt mehmonxona, ya'ni arzon
mehmonxona axtardik. Axir bir joydan arzonini topdik. Ammo bu mehmonxona juda
iflos, sovuq ekan. U erda ikki kecha yotishga to`g`ri keldi. Bu yigitlar, Jalol
va Mustafo to`g`ri ish qilishmadi. Chunki men Ko`ksalning oldida qolganimda, u
meni o`zi biror durustroq erga joylab qo`ygan bo`lardi.
Bu voqealardan so`ng Doktorga,
ya'ni Namoz Normo`minga telefon qildim. U meni uyiga olib ketdi. Unikida bir
kecha yotganimdan so`ng, Aziz Mahmud Hudoyi Hazratlari ismi bilan ataladigan
Vaqifga bordik. U erda biz professor Komil Yilmaz bilan tanishdik. Ular menga
Vaqifning musofirxonasidan joy berishdi. E-he bu er rosa zo`r joy edi. Bepul
yotoq, bepul ovqat. Alloh rozi bo`lsin bu do`stlardan. Keyingi 4-5 yildan buyon
"It yotish, mirza turish"da yurgan kishi, men uchun bu joy bir ajoyib
kurortday tuyulib, jonim tinchlanib qoldi. Istagan vaqtim yotaman, istagan
vaqtim yuraman. Men uchun salkam, mutlaq erkinlik boshlandi, bu erda.
Bu erga, Vaqifga joylashgandan
so`ngа kichik taqsir (bu kishining ismi
Muhammadamin, mufti Muhammad Yusuf Muhammad Sodiqning ukasi bo`ladilar) bilan
xabarlashdim. Ammo Istanbulda to`xtashgan "Birlik"chi va
"Erk"chi muhojirlar bilan xabarlashmadim. Chunki ularning unisidan
(Mehammad Solih) ham, bunisidan (Abd. Po`latov) ham ko`ngul sovigandi. Bundan
biroz o`tgandan keyin mening Istanbuldaligimdan Katta Taqsir xabar topibdi. U
kishi ukasiga (kichik taqsirga) meni yoniga olishni tayinlabdi, shekilli. Bir
kuni bu kishi, ya'ni kichik taqsir meni uyiga taklif qilib qoldi. Uning oldiga
bordim va shunday qilib, kichik taqsir, Muhammad amin bilan ham bir haftaga
yaqin vaqt birga yashadim. Bu erda ham qiziq voqeani kuzatganman. To`g`irisi,
bu erda ham o`z go`lligimni yana bir bor kuzatganman, desam bo`ladi. Hayotimda
uchiragan ana shu holni ham tarix uchun yozib qo`ymoqchiman.
Muhammadamin uchxonali uyda bir
o`zi o`tirarkan. Bu uyni o`z vaqtida Katta Taqsir ijoraga olgan, so`ng u kishi
Leviyaga ko`chgan, hozircha uning ukasi Muham madamin bu erda bir o`zlari
yashar ekan.а Men ham bu erda biroz vaqt
yashadim, Muhammadamin bilan bir qator suhbatlar qildim. Nihoyat, Taqsir (Mufti
janoblari) meni ham shu erda, ukasi bilan yashayversin, degan ekanda, deb
xulosa ham chiqargan bo`ldim. Go`llikka qaramaysizmi, sen kimsan, nega bu
odamnikida yashay verasan, bir-ikki kun mehmon bo`lding, izzating bitdi,
"bir kunlik mehmon kel mehmon, ikki kunlik mehmon ket mehmon", deyiladi
maqolda, deydigan bir kishi yo`q. Go`llik sababli, xuddi otasinikiga kelgan
o`g`ilday bir hafta indamay bemalol bu erda yashay veribman. Aslida esa, men bu
anqovligim bilan olti kun ichida Muham madaminga ko`p noqulayliklar yaratgan
ekanman. Menda ham doim bu erda qolaman, degan fikr yo`q edi-yu, lekin boyagi
go`llik bor emasmi, shu sabab shoshmas dan bemalol yurgandim. Ammo hali vaqifda
yashashdan ham voz kechganimcha yo`q edi. Hatto kichik Taqsir ilk bor
chaqirganda, Doktorga telefon qilib, "Doktor, Taqsir oldiga chaqirayapti,
orqasini o`ylamay, mayli kelaman, deb qo`ydim. Endi qanday bo`ladi? U kishi
huzuriga boraymi yoki yo`q?", deb maslahat ham qil gandim. Doktor ham,
"Kelaman, debsiz, borasizda endi", degandi. Xayriyat, bilibmi, bilmay
Vaqifdagi do`stlarga joy topdim, demagan ekanman. Shuning uchun vaqifdagilar
menga yangi joy topishning yo`lini qilib, joy ham topishdi. Vaqif meni o`sha
yangi erga kochirishdi. Ana shu ko`chish vaqtida mening Taqsirnikida qolgan
olti kun qanchalar Muhammadaminga og`ir kelganini sezib qoldim. Vaqif
ko`rsatgan yangi joyga ko`chishim aniq bo`lib, u erni Doktor bilan ko`rib
kelganimizdan so`ng Muhammadaminning uyiga keldim. Voqeani u kishiga ham
so`zlab berdim. Bu zamon kun ancha kech bo`lib qolgan edi. Mening go`l
ko`ngulim bugun ham bu erda, ya'ni Muhammadamin oldida yotib, ertaga ertalab,
yangi erga ketish edi. Taqsirim, Muhammadaminning esa, bir kecha u yoqda
tursin, mening yarim soat ham bu uyda qolishimga toqati qolmagan ekan. Chunki
qiziq voqea ana shu zamon, mana shu kech kirgan zamon sodir bo`ldi.
Muhammadaminning uyiga bir o`quvchi bola kelib-ketib turardi. Bugun ham u
bolaа darslarini olib, kech kirganda endi
yotog`iga ketishga otlandi. Men esa, o`z uyimdagiday bemalol o`tiribman. Chunki
niyatim ertaga ketish edida. Ana shu erda taqsir chiday olmay, menga "siz
ham ketsangiz bu bola yordamlashib (menda yordamlashishga loyiq narsaning o`zi
yo`q. Kiyadigan kiyimlarim ustimda) chiqarishib qo`yadi", desa bo`ladimi?
Bu axir, "nima seni qancha kun boqaman, ketadigan bo`lsang ket,
axir", deyilgani emasmi? Ha, shunday edi. Nima ham qilamiz, shunaqa holni
ham boshdan o`tkazdik. Moskvada, Narziqulov va Yo. Obidning qiliqlari bundan
besh batar edi. Ammo men Muhammadaminni
to`g`ri tushundim, Chunki men rostdan ham anqovlik qildim. Ular, Taqsirlar meni
chindan ham yaxshi bilishmaydilar. Men bilan ichki sirmaslar. O`zlariga
tegishli gapu-so`zdan mening xabardor bo`lishimni, balki istamaslar. Bu ham
to`g`ri, albatta. Biz chet elda endigina tanishdik. Ularning uylariga
keldi-ketdi kishilar ko`p, turli xil erlardan ketma-ket telefonlar bo`lib
turadi, doim faksdan ma'lumotlar keladi. Men u erda yashasam istasam, istamasam
u ma'lumotlarga ko`zim tushishi mumkin. Uyga kelgan mehmonlar bilan mening
oldimda ular erkin, ochiq suhbatlasha olmasliklari mumkin, axir. Men, buni,
biroz ilgariroq anglagan bo`lishim kerak edi.
Xullas,
obro` bilanmi yoki obro`siz, ish qilib, Vaqifning ko`rsatgan yotog`iga
ko`chdim. Bu er Turkcha "Yoshlilar huzur evi", deb atalarkan.
Bizdagi, sovetlardagi "Qariyalar uyi"ga o`xshash joy. Ammo bu erda
shart-sharoit ancha yaxshi edi. Birinchidan, bu uy faqat erkaklarga
mo`ljallangan; ikkinchidan, bu erda yashayot ganlar musulmon, namoz, ro`zasini
kanda qilmas kishilar. Bu uydan ikki-uchta aspirantlarga ham joy berilgan. Meni
ham o`sha aspirantlar hisobiga kiritib qo`yishdi. Bir kishi yashashi uchun
zarur bo`lgan barcha narsalar bilan ta'minlagan xona berishdi. Undan tashqari
bu erda yana bir qator qulayliklar bor. Masalan, uch marta ovqat berishadi, har
hafta kiyim-kechaklaringizni yuvib berishadi. Bu xizmatlarning barchasi bepul,
Vaqif hisobidan amalga oshiriladi. Ana, marhamat, to`la yashash sharoiti
mavjud, bemalol o`tiravering.
Darhaqiqat,
men uchun minimum yashash shasroiti yaratildi. Lekin bu bilan mening shaxsiy muammolarim
hal bo`lgani yo`q, albatta. Shu kunlarda, ya'ni Turkiyada endigina joylashgan
kunlarda mening Vatandan chiqib ketganimga ham to`rt yil bo`layotgandi. Bu
zamon ichida o`zimning va bolalarimning shaxsiy, hayotiy muammolari o`rtada
uyulib turardi. Masalan, mamlakatda, ya'ni O`zbekistonda ishlash qobiliyatiga
ega bolalarimni ishdan, o`qiyotganlarini o`qishdan haydashgan edi. Uning ustiga
ikki bo`y etgan qizimlarimning uylanish problemlari ham sarson holda to`xtab
turardi. Bu erda, Turkiyada esa, hozircha faqat mening o`zimgagina o`rtacha
yashash sharoiti topildi.
Shunday
qilib, bu orada uyda o`tirgan ikki uylanmagan qizlarimni ham Turkiyaga
chaqirish yo`llarini qidira boshladim. Nima bo`lsa bo`lar qilib, ularni bu erga
keltirish ga kirishdim. Ularni qabul qilishda ham Aziz Mahmud Xudoyi Vaqifidan
yordam so`radim. Komil Yilmaz, keltiring qizlarni joy topamiz, dedi. Alloh rozi
bo`lsin, Komilbeydan. Men Komilbeyga vaqtincha o`sha Vaqif musofirxonasidan joy
ajratsangiz, dedim. U kishi bayram kunlari bu erga qurbonlik mollarni so`yuvchi
qassob lar kelishadi, juda tiqilinch bo`ladi, qizlarga bu joy bo`lmaydi. Qizlar
kelaversin, joy topamiz, hech bo`lmasa o`z uyimga olib ketaman, dedi, baraka
topqur. Shunda qancha xursand bo`lgaimni aytmaysizmi? Ana shunaqa tashkiliy
ishlarni bajarib qizlarimni Istanbulga chaqirdim. Ular aprel oyining boshida
Istanbulga kelishdi. Ertaga Qurbon bayrami bo`ladigan kun kechasi ikki qizim,
Nargiza va Farog`at Samarqand - Moskva - Istanbul yo`li bilan bu erga kelishdi.
Qizlar Istanbuldagi Aziz Mahmud Xudoyi Vaqifiga qarashli qizlar uyiga
erlashdilar. Turkiyada jumladan, Istanbulda diniy vaqiflar qoshida bir qancha
qur'on qurslari, qizlar yotoqlari tashkil etilgan. U yotoqlarda universitetlar
studentlari yashashadilar. Yotoqda yashovchilarning ko`pchiligi u erda
yashashlari uchun pul to`laydilar. Shu bilan birga iqtisodiy ahvoli zaif
bo`lgan oilalarning qizlari, bizga o`xshash musofirlar u erda pul to`lamay
turishadi. Turkiyadagi vaqiflarning juda ko`pchiligida yordam sifatida butun turk
jumhuriyatlaridan kelgan o`quvchi va talabalar uchun maxsus o`rinlar
ajratilgan. Mening qizimlarim ham vaqtincha o`shalar hisobiga kiritildi. Ular
yilning to sentyabr opyiga qadar o`sha yotoqda qolishdi.
U zamonlar turkcha so`zlashishni
bilmayman. Turklarning so`zlarini biroz anglasamda, ular meni butunlay
anglamaydilar. Asosiy zarur joylarda Doktor bechora doim tayyor. Chunki men
uning tarjimonligiga muhtojman.
Qizlar kelishgandan so`ng biroz
turkchani maktab yordamida o`rganish kerak, degan xulosaga keldik. Yana shu
Vaqifga murojaat qildik. Ular bizni turkcha o`rgatadigan maktabga pulsiz
(kirasiz) joylab qo`yishdi va yo`l haqimizni (yashash eridan maktabgacha
avtobus puli) Vaqif hisobidan o`tashdilar. Biz, uch kishi, men qizlarim bilan
ikki oy maktabga qatnab til, turkcha o`rganishdik. Maktabga joylashishimiz ham
bir uzoq tarix. Chunki maktabni bepul qilish uchun Vaqif hukumatdan
foydanalmoqchi bo`ldi, o`sha vaqtlar Turkiya hukumati Refahchilar qo`lida edi.
Ammo axir oqibatda shunday bo`ldi. Bizning turkcha o`rganishimiz Turkiya
vazirligi tomonidan yordam sifatida amalga oshirildi.
Til o`rganish biroz izga tushgandan
so`ng, qizlar ishlamoqchi bo`lishdi, biroz vaqt ish izladik. Ammo ish topa
olmadik. Asosan tilni yaxshi bilmasligimiz ko`p xalaqit berdi. Yana Ko`ksal
do`st bir kichigiroq shirkati bor tanishidan qizlarga ish topib berdi. Ammo u
erda qizlar uzoq ishlay olishmadilar. Ancha tashvishlar bilan Istanbul ga
eskidan kelib qolgan o`zbeklar yordamida Lalelidan Narizaga ish topdik. Bizga,
ya'ni Nargizaga ish bergan kishi Ahmad Yasaviy avlodiga mansub edi. Undan so`ng
qizlar yashayotgan yotoqxona mudir o`rinbosari Fozilbeydan ikkinchi qizimga ham
ikki oyga vaqtinchalik ish topishga yordam so`radim. Chunki ikki oydan keyin
Farog`at Samarqandga qaytishi zarur bo`layotgandi. Shu vaqt ichida biroz pul
yig`armizmi, deb o`ylagandik. Birinchidan, yo`l puli, ya'ni Farog`otni O`zbe
kistonga qaytarish uchun zarur bo`lgan yo`l puli,а ikkinchidan, ozmi, ko`pmi sovg`a - salom
deganday, ish qilib, yashashimizdan tashqari biroz pulga muhtojligimiz bor edi.
Fozilbeydan yordam so`rashimiz sababi ham shu edi. Fozilbey (bu odamdan Alloh
rozi bo`lsin) qandaydir bir ish odamiga telefon qilib, bizning muhtojligimizni
unga so`zladi.U ish odami ishlovchi faqat ikki oy muddatga bo`lsa, uni ishga
rasmiylashtirishning qizig`i bo`lmaydi, men u ish axtargan qizga ikki oylik ish
haqini yordam shaklida shunday to`layman desa, bo`ladimi, omon bo`lg`ur.
Fozilbeyning o`sha tanishidan Alloh rozi bo`lsin. Shunaqa bo`lib, biroz vaqtga
qizlarning ishi masalasi bir ko`rimga keldi. Endi mana shu oldimizdagi ikki oy
ichida Farog`atning Samarqandga qaytish yo`l puli masalasini hal qilishim kerak
edi. Kallamdan turli xil fikrlar o`tib yurardi. Har ehtimolga qarshi qo`limdagi
imkonlardan maksimum foydalanishni oylab yurardim. Bunga ham biroz sharoit bor
edi. Hali qizlar Istanbulga kelganiga qadar Vaqifga tez-tez kelib turadigan ish
odamlaridan biri, men bilan tanishib qolib, ahvolimni bilganidan so`ng menga
100$ atrofida oylik beradigan bo`ldi. Ana shu pullarni, yig`ib, Farog`atga yo`l
puli qilishni ham mo`ljallab turib edim. Shu orada bir kun Doktor meni
chaqipib, Siz Russiya turkcha tarjimon bo`lib borasiz, deb qoldi. Bu zamon
iyunning axirlari edi, ikki-uch kundan so`ng Farog`at Samarkandga jo`naydigan
bo`lib turuvdi. Hatto Istanbul-Olma-Ota yo`liga biletni ham gaplashib qo`ygan
edim. Chunki Istanbul-Toshkent juda qimmat edi. Doktorga voqeani
tushuntiruvdim. U buni to`xtading, qizingizni ham Moskvaga olib ketasiz,
yo`lini ish odami to`laydi, dedi. Oqibatda shunday bo`ldi. Ammo biz birdan
Moskvaga emas, avval Kievga, u erdan Russiyaga uchadigan bo`ldik. Doktorning
ish odami shunaqa qaror qabul qildi. Chunki uning Ukrainada ham biroz ishi bor
ekan. Men esa, "kambag`alning bir to`ygani, boy bo`lgani" qilib,
qizimning yo`li bepul bo`ldi, deb bunga rozi bo`ldim.
а
Doktorning bu ish odami hali 30-ga
ham kirmagan yosh yigit bo`lib, anchagina hovliqma odam ekan. Uning ismi Dovud
Albayraq edi. Dovudbey avvaliga yo`lga chiqavermay bir-ikki kun vaqtimizni oldi.
Bizning Olma-Ota variantimiz vaqti o`tib ketdi. Undan so`ng boshqa bir kun
Dovudbey yana hovliqib, shosha-pisha jo`namiz-jo`namizga tushib qoldi. Oqibat,
shoshqaloqlik bilan yo`lga chiqdik va oldindan aytilib yurilgan Russiyaga emas,
Ukrainaga, Kievga jo`nadik.
Qizimni
Samarqandga jo`natish Doktor aytganday bo`lmadi. Har holda Dovudbeyning ham
biroz yordami bo`ldi, unga qo`shimcha o`z cho`ntagimdagi borimni ishlatib, ish
qilib, bir amallab, Farog`at qizimni Kievdan Samarqandga jo`natdim. Men Dovud
bilan Kievda ko`mir savdosini tashkil qilish bilan shug`ullanib ko`rdik. Aslida
Moskvaga ketishimiz lozim edi, ammo Dovud negadir hech Moskvaga ketaylik
demasdi. Qaerlargadir telefon qilardi. Lekin Moskvaga otlanishdan darak yo`q
edi. Bir necha kundan so`ng Moskvaga safar masalasi butunlay kun tartibidan
chiqdi. Kievda qolib, bu erdagi imkoniytlarni o`rganib, iloji bo`lsa ko`mirni
Ukrainadan olishni tashkil etishga kelishdik, ya'ni bu qarorni tujjor Dovudbey
qabul qildi, albatta. Chunki ish odami u, Dovud, men esa, bir tomondan Dovudni
yaxshi bilmayman, u bilan Istanbulda ikki marta uchrashganman, unda ham doim
Doktor Namoz biz bilan birga bo`lgan, boshqa tarafdan mening vazifam faqat
tarjimonlik. Shuning
uchun men bu ish odamiga, uning ustiga yaxshi tanimagan bir odamga doim
maslahat beraverish qanday bo`lar, degan andishada bo`ldim.
Haqiqatda men o`sha zamon Dovudni
jiddiy tujjor, deb qabul qilgandim. Menga shunday odam, deb tanishtirganlar,
axir. Uning ustiga qaerda, kim bilan so`zlashmay lik, Dovud mening shirkatim
unday, mana buncha odam ishlaydi, deydi. Men uning so`zlarini tarjima qilaman.
Aslida Dovudning shirkati ikki kishidan iborat bo`lib barcha bori yo`g`i
qarzga, kiraga olingan narsalar ekan. Bu holni men hali bilmayman. Chinki u
kishilar bilan so`zlashganda oyiga 100 ming-150 ming amerika dollariga savdo
qilishdan gapiradi. Bu summa, o`sha zamon Ukrainasi, Turkiya uchun ham juda
yaxshigina tijorat ishini yurgizishga arziydigan mablag` hisoblanadi. Aslida
esa, bu Dovudbeyda hammasi bo`lib sarmoya 10-15 ming dollar pul bo`lib, uni ham
kimlardandir qarzga olingan ekan. Buni ham men uch-to`rt oydan so`ng bildim.
Xullas, biz Kievda 15 kunga yaqin
qolib ketdik. Dovud Kievda bir kishi bilan tanishdi, u odam bizni bir necha
Ukrainaliklar bilan uchrashtirdi, hech biridan jo`yali bir ish chiqmadi. Eng
so`nggida boshqa birisi bilan tanishtirdi. Bunisi bizga biroz durust ko`rindi.
Idorasi ham salobatli, eski sovet tashkilotlaridan birisining ma'muriy binosi
edi, ya'ni Kiev shahar eski ta'minot bo`limi o`rnida tashkil etilgan temir
sotish savdosi bilan shug`ullanadigan kompaniya edi. Bular bizni Ukraina ko`mir
havzalari bilan tanishtirib, ishimizga yordam berishni va'da qilishdi.
Qilinadigan ishlarning taxminiy rejasini ham imzoladik. Bu vaqt iyulning
axirlari edi. Avgustning so`nggida, ya'ni bundan bir oydan keyin takror
uchrashuvga kelishildi. Ammo biz hozir shu safar ko`mir namunalarini olib
ketishni istadik. Ukraina tarafi bu ishni darhol bajara olishmadilar. Shuning
uchun men ko`mir namunalarini olishga Kievda qoladigan bo`ldim, Dovud
Istanbulga qaytadigan bo`ldi.
Mening Kievda qolishimdan asosiy
maqsad, Ukraina ko`miridan namunalar topib ularni Istanbulga keltirsh edi.
Namunalarni esa, Donbassdan keltirishlari lozim edi. Bu ish ham biroz cho`zilib
ketdi. Oqibat, namunani olish mumkin bo`ldi. Ammo Istanbullga uchoq bir-ikki
kun keyin bo`ladigan ekan. Chunki Aeroport jadvali shunaqa-da, axir.
Meningа "shefim" esa, bir kunga
ham chidolmay, Moskva orqali bo`lsa ham kel deb, telefon qilaverdi. Men ham
"shef"ning buyrug`ini bajardim, ya'ni Istanbulga Moskvadan uchadigan
bo`ldim. Bu zamon xonimim ham Moskvaga kelgan edi. Chunki bu vaqt xonimimni ham
Istanbulga chaqirgan edim. Chunki oilaviy rejamiz bundan buyon Istanbulda
yashash sharoiti yaratishdan iborat edi. Shuning uchun xonimimni ham qandaylir
aylanish yo`llar bilan bosha ismdaа bir
amallab Istanbulga keltirayotgandim. Dovudbeyning meni shoshtirishi bir
tomondan menga yaxshi bo`ldi. Xonimimni Moskvada ko`radigan va u erdan uni
o`zim Istanbulga jo`natib qo`yadigan bo`ldim. Haqiqatan, ishning buyog`i
shunaqa bo`ldi, xonimimni o`zim yo`lga chiqarib qo`ydim. Ammo undan keyin o`zim
Russiyadan chiqa olmadim. Pasportimni eskirgan hisoblashib, ruslar meni
Moskvadan chiqarmadi. Hatto pasport rejimini buzgan hisoblashib menga jarima
ham solishdi. Shuning uchun Aeroportda Istanbulga ketayotgan yo`lovchilardan
biriga ko`mir namunalarini berib, o`zim Moskvada qolishga majbur bo`ldim. O`sha mendan ko`mir namunalarini olgan turk kishisi, yaxshi
odam ekan. U mendan ikki-uch kilogramm og`irligidagi ko`mirni oldi va
Aerovokzaldan o`z cho`ntak telefonidan Dovudga tele fon ochib, voqeani
so`zladi. Men Moskvadan ucha olmaganimdan so`ng yana Kievga qaytdim. Ukrainada
mening pasportimga eТtiroz bildirishmagandilar. Bu erga kelib Istanbulga telefon
qilsam, namunalarning u erga kelmaganligini so`zlashdi. Chunki Men aeroportdan
chiqib ketgandan so`ng, yana qiziq bo`libdi. Yo`lovchilarni so`nggi
tekshiruvdan o`tkazishganlarida ruslar boyagi mening ko`mir namunalarimni
o`tkazishmabdilar.а Kievda yana namuna
izlash va uni keltirish bilan ancha vaqt ketkazdim. Vaqt esa ikki kun o`rniga
o`n besh kunga cho`zilib ketdi. Bu ham o`sha Dovudning hovliqmaligidan bo`ldi.
U shunaqa shoshiltirmaganda, Kievdan normal uchgan bo`lardim. Ishlarimiz ham
problemsiz bitardi.
Shunday qilib, qaytadan Moskvadan
Kievga keldim, qancha ovoragarchiliklar bilan yangidan ko`mir namunalari oldim.
Endi bu namunalarni bojxonadan qonuniy o`tkazish yo`lini izlab ko`rdim. Ammo
uch-to`rt kilo ko`mirni Ukraina bojxonasidan qonun-qoida yo`li bilan
o`tkazishdan ko`ra o`n metr chuqurlikda quduqni igna bilan qazish afzal
ko`rindi menga. Bu qonun-qoidani axtarib qaerlarga bormadim. Eng so`ng bojxona
ma'muriyatiga bordim. Ular menga 7 punktdan iborat ko`rsatma berishdi. U
punktlarning har biriga javob topmoq uchun eng qulay holda bir hafta vaqt
sarflashga to`g`ri kelardi. Bu ahvolni ko`rib, tavakkal qildim. Aeroportga
hamishagiday chiqaverdim. Ammo har ehtimolga qarshi ko`mir namunalaridan
cho`ntaklarimga ham solib oldim. Alloh yo`limni to`g`rilab, Ukraina bojxonasi
bu uch-to`rt kilo ko`mir bilan qiziqib ham o`tirishmadilar. Bojxonadan hech bir
problemasiz o`tdim-ketdim. Ammo bu orada bir oyga yaqin vaqtni sarsonchilikka
ketkazdik. Yana qaytarib aytaman, bu ovoragarchiliklar "buyuk"
tujjorning, ya'ni Dovudning shoshqaloqligi oqibatida kelib chiqdi. Xayriyat,
nihoyat ko`mir namunalari Istanbulga etib keldi.
Bu zamon orasida xonimim allaqachon
Istanbulga kelgandi. Bir qizim ham Istanbulda
yashayotgandi. Ular hali boyagi qizlar yotog`ida turishardi. U erda, qizlar
yotog`ida undan so`ng ham ular bir muncha vaqt qolishga to`g`ri keldi. Chunki
Turkiyada o`qishlar oktyabr oyida boshlanadi. Xonimim va Nargiza qizim 1997 yil
oktyabr oyiga qadar qizlar yotog`ida qolishdi. O`qishlar boshlangandan so`ng
biz yana Aziz Mahmud Vaqifi musofirxonasiga ko`chdik. U erda ham bir oydan
ko`proq vaqt yashashga to`g`ri keldi. Hozirlar yodimdan ko`tarildi, menimcha
1997 yil noyabrdami, kiraga uy topildi.
Bu uyni
jig`ozlashda ham Ko`ksalbey ko`p yordamchi bo`ldi. Uning taklifi bilan O`zar
Usta ismli yana bir ajoyib odam bizga yordamga keldi. O`zarbeydan Alloh rozi
bo`lsin. Bizning uyimizga bolalari, xonimi bilan kelib turdi.а Har safar kelishganlarida uyga zarur bo`lgan
turli xil jig`ozlar keltirib turishdi. Uy uchun dekarativ gullarni ham ular
keltirdilar. Uyimizni jig`ozlashda Dovud ham yordamchi bo`ldi, ammo buning
yordami xolisona emasdi.
Shunday
qilib, 1997 yilning so`nggi oylaridan boshlab, oyiga 150$ kiraga bir uy tutib
yashay boshladik. Hozircha uch kishi, men xonimim va bir qizim bilan turardik.
Xonimimning
so`zlashiga qaraganda, O`zbekistonda katta qizim moddiy jihatdan ko`p
qiynalgan. Ammo u bolalar doktori bo`lishiga qaramay ularning yashashi eng
ayanchli ahvolga tushib qolibdi. Kuyovim oliy ma'lumotli, qizim oliy ma'lumotli
doktor, yashash esa og`ir. Maoshlari quruq nonga ham etmaydi. Mana sizga hayot.
O`g`ilimning ahvoli ham maqtanadigan emas. Yana bir uyli qizimning non topishi
boshqalarininkiga nisbatan durustroq bo`lgan bo`l sa-da, turmushi yaxshi bo`lmadi.
Noinsof kuyovim qizimga azob berdi. Mening mamlakatda emasligimdan, hukumatning
bizga, mening bolalarimga sovuq munosabatidan foydalanib, kuyov bo`lmish
nomardlarcha qizimga hukumatdan ham ko`ra ko`proq azob berdi. Natijada, u qizim
ajralish majburiyatida qoldi. Yana bir qizim universitetni bitirsa-da, unga ish
berishmadi. Men esa, faqat xonimim va uydagi ikki qizimga biroz yordam berib
tura oldim, xolos. Shuning uchun hanimim O`zbekistondagi katta qizimga yordam
berish ilojini topish haqida ko`p so`zlab turardi. Ammo meni esa, ajralgan
qizimga yordam kerakmasmi, degan savol qiynardi. Shunga qaramasdan xonimimning
ko`ngliga bo`la, unga eТtiroz bildirmasdim, dilimni unga ochmasdim. Oxir oqibat
bir kun, xonimimga qizlarning har ikkalasini ham, katta qizni ham, ajralgan
qizni ham chaqiramiz, ya'ni Allohning yordamiga suyanib ularning har ikkisini
ham Istanbulga keltiramiz, dedim. Alloh yordami bilan shunday ham bo`ldi,
qizlar bolalari bilan 1998 yilning boshida Istanbulga kelishdi. Ular haqiqatda
ikki oila edi. Katta qizim ikki bolasi, xo`jasi bilan, u birisi uchta bolasi
bilan edilar. Shunday qilib endi biz uch kishi turgan erga katta-bola bo`lib
yana sakkiz kishi qo`shildi. Bir iloj qilib yashay boshladik. Allohga shukr,
emak-ichmog`imiz har holda O`zbekistondagidan ko`ra yomon bo`lmadi. Qizlarning
til o`rga nishiga Sharqi Turkistonliklar yordam berishdi. Ular bizni Qodriya
opa ismli bir kishi bilan tanishtirishdi. Qodriya opa va Sharqiy Turkistonlik
do`stlardan Alloh rozi bo`lsin. Mening ikki qizimga Qodriya opa pulsiz
turkchadan dars berdi. Kuyovim turkchani mustaqil o`rganishga kirishdi. U tezda
Lalilidan ruscha-turkcha tarjimon bo`ladigan ish ham topdi. Ammo qolganlarga
ish topa olmadik. Ancha vaqt ish izladik, bo`lmadi, topilmadi. Do`stlarning yordami
bilan yashab turdik. Bu erda asosiy yordamni Ko`ksabey berib turdi. U bizning
uy kiramizni davomli o`tab turgan kishi hisoblanadi. Aziz Mahmud Vaqifi doimiy
ravishda, har oy go`shtdan tashqari barcha xil emakliklar (ularda buni arsaq,
deyishadi. Arsaq bu-makaron, gurunch, shakar, choy, yog`, shirinlik va shunga
uxshash narsalardir) berib turardi. Hajmi jihatidan bu narsalar o`n bir kishi
uchun bir oyga to`la etarli emasdi, albatta, Lekin bu juda katta yordam edi,
Chunki biz deyarli makaron, gurunch sotib olmasdik. Vaqifdan olgan choy esa,
ortib, oshib yotardi. Boshqa do`stlar ham ozdir-ko`pdir qo`llaridan kelgan
yordamlarini bizdan hech ayashganlari yo`q. Ularning hammasidan Alloh rozi
bo`lsin.
Shunday
qilib, 1998 yil boshidan boshlab biz nevaralar bilan birgalikda odam boshi o`n
bir kishi Istanbullda yashayboshladik. Bundan ko`rinadiki, uy kiramizdan
tashqari o`n bir kishining eb-ichishi ham bir muncha mablag` talab qiladi.
Kiyish bor, yurish bor, deganday hammasi pul talab qiladi. Buncha kishining
faqat hadyalarga qarab qolishi juda og`ir bir holatligi o`z-o`zidan ko`rinib
turibdi. Hali 1997 yildayoq Istanbulga kelib ulgurgan bir qizim bu erda
ishlardi, ya'ni o`z emagiga etarli mablag`ni o`zi topardi. Kuyov yigit ham
tarjimonlik bilan oilasi emak - ichmagiga etarli bo`lmasa ham biroz pul
topadigan bo`lib qoldi. Ammo qolganlarimiz to`lasincha yordam, hadyalar bilan
kun o`tkazmoqda edik. Shuning uchun taxminan 1998 yil mart oylaridan boshlab,
jiddiy bir shaklda tinmasdan ish axtardik. Lekin Istanbulda ish topish uncha
engil bo`lavermadi. Istanbulda o`z xususiy dorixonasi bor Sobirbey ismli bir
o`zbekni tanirdim, kunlardan bir kun undan doktor qizni ishga joylashtirishga
maslahat va yordam so`radim, U bizni shahardagi bir-ikki xususiy
poliklinikalari bo`lgan doktorlar bilan tanishtirdi. Ammo ular bizga ish
berisha olma dilar. Chinki tilimizda hali etishmovchiliklar sezilarli edi.
Haqiqatdan ham shunday edi. Qizlar, doktor qizim ham, computerchi qizim ham turkchani
oddiy muomalaga etarli darajada o`zlashtirgan bo`lsalarda, mutaxasisliklari
bo`yicha etarli darajada muomala qila olmasdilar. Shundan so`ng doktor qiz
mutaxasusligi bo`yicha biroz praktika qilishi uchun Sobirbey unga dorixonaga
kelib, sotuvchilarga yordam etishga izin berdi. Dorixona bilan biz yashaydigan
er orasida ancha masofa bor edi. Sobirbey yo`l kiradan ham biroz yordam tashkil
etdi. Uning ustiga dorixonada igna oluvchilarni (ukol qilishni) ham mening
doktor qizimga boshqarib qo`ydi. Bundan ham biroz pul tushib turdi. Lekin bu
pullar dengizdan tomchi edi. Baribir hali yashashimiz yordamlar hisobida
qolayotgan edi. Chunki men, xonimim, yana bir qizim ishlamasdik.
Computerchi qizim bilan ish uzlab
juda ko`p joylarga bordik. Ammo ba'zan tildagi kamchilik, ba'zan esa,
komputerda programmalash kamchiliklari asar qilib ishga joylasha olmadik. Ikki
marta qizimga ish topganday bo`ldik, ammo u ishlar ham tezda to`xtab qoldi. Bir
erda kompaniya iflos (inqirozga uchirab) bo`lib, ish to`xtab qolgan bo`lsa, boshqasida
sekretarlik ishi edi, u ish qizga hech to`g`ri kelmadi.
O`zbek(sovet)
diplomlarini Turkiyada tiklashga urinib ko`rdik. Biroq bu masalada ham ko`p
qiyinchiliklarni boshdan o`tkazdik. Turkiya Maorif vazirligida bizdan SSSRda
o`n yillikni bitirganimiz haqida guvohnomani so`radi. Bolalarniki bor edi-yu,
ammo meniki qaerda qolib ketgan, Alloh biladi, mening esimda yo`q. Men
universitetni 1962 yilda tugatganman, undan so`ng biror marta ham attestatga
muhtojlik sezmagandim. Endi bular mendan bundan o`ttiz yil burungi hujjatni
talab qilishadi, Vo, Alloh (turklar, mashalloh, deyishadi, yo mashalloh!), bu
hujjatni bugun men qaerdan topaman.
Xullas,
sanayversam Turkiyada ovoragarchilik, yashash tashvishlari juda oshib ketdi.
Ana shundan keyingina BMT qochoqlar bilan ishlash Bosh boshqarmasi Anqara
bo`limiga murojaat qilishga majbur bo`ldim. U erda meni juda yaxshi qabul
qilishdi va tushunishdi. Ikkala qizlarimni ham oilalari bilan tezda qabul
qilishdi. Ularga qochoqlik hujjati berishdi, boshpona beradigan mamlakatni ham
hal qilishdi. Biroz moddiy yordam tashkil etishdi. Ammo bosh muhojir, bosh
qochoq men bo`lishimga qaramasdan o`zimning ishim biroz xurjun bo`lib qoldi.
Chunki men 1994 yili Russiyada siyosiy qochoqlik maqomi olgandim. Shu sabab
Anqarada menga "Siz bilan Russiya shug`ullanishi lozim yoki Siz ularning
hisobidan chiqmog`ingiz kerak", deyishdilar.
Shunday
qilib, men uchun Russiyaga borish zaruriyati maydonga chiqdi. Men esa, darhol
Russiyaga keta olmasdim. Chunki bunga menda moddiy imkoniyat yo`q edi. Undan
tashqari yana bir problem chiqib turgandi, ya'ni hammamizning Turkiyada yurish
vizalarimiz muddati o`tib ketgandi. BMT Komissariyatida bizga vizalarni
yangilash lozim, deyishgandi. Biz katta oilamiz, Turkiyadan biror erga chiqib
kelish ancha-muncha pul turadi. Turkiyaga eng yaqin mamlakatlar bu Kibriz yoki
Ozorboyjon hisoblanadi. 1998 yil iyul oyida bo`lgandi bu voqealar. O`sha zamon
hisobida Ozorboyjon chegarasiga chiqib kelish uchun bizga kamida ming dollar
pul kerak edi. Bizda esa, bir dollar ham pul yo`q. Uning ustiga men Russiyaga
borib kelishim zarur unga hech bo`lmaganda besh yuz kerak.
1998
yil o`rtalarida mana shunaqa muammolar oldimda turardik.
Oilam haqida.
Farzandlarim va ularga O`zbekiston hukumati
munosabati.
Allohga
shukr, men ko`p farzandli hisoblanaman, ya'ni etti nafar farzandlarim bor.
Mening siyosiy faoliyatim va Vatandan chetga hijrat etishim natijasida ular
O`zbekiston hukumatining ko`pgina zahmatlarini boshdan kechirishga majbur
bo`ldilar. Ularning har biri haqida bu erda qisqacha ma'lumotlar keltiraman.
1.
Yo`lyaxshiev Bahodir - o`g`lim, eng buyuk farzandim, 1963 yilda tug`ilgan. Oliy
ma'lumotli injener-avtomobilist. Samarqand avtotrestlaridan birida bosh injener
vazifasida ishlardi. Men rasmiy hukumatga muxolifatda bo`lganligim uchun u
vazifasidan bo`shatildi. 1996 yil ning may oyida u ota uyidan chiqib
ketyotganda, uy eshigi oldida onasi va ukalari guvohligida ushlanib, qamoqqa
olindi (Demak, mening uyim atrofida doim maxsus kuzatuvchilar turgan ekanda).
Unga, 1990 yilda, ya'ni hali sovetlar davrida nashr etilgan "Birlik"
gazetasini tarqatdi, degan "ayb" qo`yildi. Uni uch kun qaerdadir
qamoqda saqlashdilar. Chunki bu uch kun davomida uning qaerdaligidan hech kim
xabardor bo`lmadi. Uni izlab, Samarqanddan topib ham bo`lmadi. Onasi viloyat
hokimi qabuliga kirib o`g`lini topib berishlarini so`raganda, Viloyat hokimi bu
ishdan xabarsizligini so`zladi. Nihoyat uch kundan so`ng, mening kutubxonamda
saqlanayotgan, "Birlik" faoliyatiga oid 1991 yil avgustga qadar bo`lgan
arxiv materiallarini musadora qilrish hisobiga shartli qamoqdan ozod
qilindi.Ya'ni o`g`lim, mening arxivimni hukumat odamlariga pora o`rnida berdi.
Bu bilan u hukumatdan qutulmadi, ishdan haydaldi va uzoq zamon, ya'ni to
O`zbekistonniа tark etganga qadar ishsiz
qoldi. Oqibatda, u 1996-1997 yillarda non topish uchun har xil yumushlar bilan
band bo`lishga majbur bo`ldi. Hukumat unga bundan tashqari yana ko`p xilma-xil
asabga teguvchi qilgiliklar ko`rsatdi. Nihoyat, 1997 yil so`nggida u ikki
bolasi va xonimi bilan birgalikda O`zbekistonni tark etib Turkiyaga kelishga
muvaffaq bo`ldi. U hozir oilasi bilan birtgalikda Kanada mamlakatidan siyosiy
boshpona topdi.
2.
Yo`lyaxshieva Gavhar - qizim, 1964 yilda
tug`ilgan. Oliy ma'lumotli bolalar doktori (vrach). Samarqand shahar bolalar
poliklinikasida bo`lim boshqaruvchi vazifasida ishlardi. U vazifasidan
chetlashtirildi. Otasi ustidan ochilgan "jinoyi ishga guvoh" sifatida
O`zbekiston xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat komitetida bir qancha marta
so`roqlarga duchor etildi. Viloyat KGBsida soatlab o`tirishga majbur qilindi.
1997 yilda ikki bolasi va boyi bilan birgalikda bu qizim ham O`zbekistonni tark
etib, Turkiyaga kelish imkoniga ega bo`ldi. Hozir, u ham Kanadada siyosiy
muhojir sifatida boshpona oldi.
3.
Noralieva (bu uning boyining familiyasidir) Mavluda - qizim, 1966 yilda
tug`ilgan. Oliy ma`lumotli matematik (programmist) - computer programmisti.
O`zbekiston Respublikasi Jizzax viloyat statistika boshqarmasida bo`lim
boshlig`i vazifasida ishlardi. Uning avval vazifasi pasaytirildi va biroz keyin
butunlay ishdan bo`shatildi. Insofsiz kuyov bo`limishim ham nomardlik qilib,
hukumatning bizga, mening bolalarimga munosabatidan cho`chib, uchta bolasi
bo`lishiga qaramasdan, qizimdan ajralishni lozim ko`rdi. Alloh o`zi isloh aylasin
uni. Bu qizim ham 1997 yil so`nggida uch bolasi bilan Turkiyaga qochoq kelishga
majbur bo`ldi. Hozir bu qizim ham Kanadadan boshponali bo`lib, o`sha mamlakatda
yashamoqda.
4.
Yo`lyaxshieva Zuhra - qizim,1967 yili tug`ilgan. Oliy ma'lumotli buxgalter,
ishdan haydalgan, turmushi buzilib, hozir bo`doq qolmoqda. Hukumatning
taqiblariga qaramasdan O`zbekistondan chiqishni istamayapti.
5.
Yo`lyaxshiev Xayrullo - o`g`lim, 1970 yilda tug`ilgan. O`rta ma1lumoti bor.
Samarqandda uch kishilik guruh bilan mayda hususiy tijorat bilan
shug`illanardi. U guruhda mening bolam bo`lganligi uchun 1995 yilidayoq
ularning shirkatlarini yopishdi. Natijada, mening bolam ishsiz qolishga majbur
bo`ldi. Qizig`i shundaki, uning sheriklari boshqa sherkat ochib, ishlarini davom
qilishdi. Biroq mening bolam hech erdan ish topa olmadi. Oqibatda u, o`sha
zamonlaroq, ya`ni 1995 yiliyoq Moskvaga kelib, bir eski zavodga (Moskva
stankastroitelniy zavodiga) ishga joylashdi. Ishlar kasod bo`lib Zavod
yopilgandan so`ng u Moskvada bir tujjorning qo`lida vaqtinchalik ishchi
sifatida ishlab turibdi. O`zbekistonga qaytishning imkoni yo`q.
6.
Yo`lyaxshieva Nargiza - qizim, 1974 yilda tug`ilgan. 1995 yili mening qizim
bo`lganligi sabab, Samarqand Me'morchilik instituti 3-kursidan o`qishdan chetlashtiril
gan. Samarqand shaharida hech bir ishxona ishga olmadi. 1999 yil may oyiga
qadar onasi bilan Samarqand shahrida qolishga majbur bo`ldi. Shu kunlarda
Moskvaga kelgan, u erda siyosiy qachoqlik maqomi olishni kutib turibdi.
7. Yo`lyaxshieva
Farog`at - qizim, 1975 yilda tug`ilgan. 1998 yili Samarqand universiteti adliya
fakultetini bitirdi. Ammo mening qizim bo`lganligi sabab uni yosh mutaxassis
sifatida ishga taqsim etishmadi. 1993 yildan hozirga qadar onasi yonida
Samarqand shahrida qolishga majbur bo`ldi. Hozir Moskvaga keilhsga muvaffaq
bolib, bu shaharda siyosiy muxojirllik maqomi olishni kutmoqda.
Siyosatga
mutlaqo aralashmagan ayol kishi bo`lishiga qaramasdan xonimimni ham hukumat
tinch qo`ymadi. Birinchidan, u yashagan uy davomli KGB kontrolida tutilib,
uning asabini buzishgan bo`lsalar, ikkinchidan, mening ustimdan ochilgan
"jinoyi" ishga guboh hisoblashib tergovga chgaqirib turishdilar.
Yoqorida
so`zlanganlardan tashqari, mening tug`ishgan aka-ukalarim va ularning bolalari,
jiyanlarimga ham bir qator tazyiqlar o`tkazildi va o`tkazilmoqda. Masalan,
akam, Yo`lyaxshiev Rahim (1932 yilda tug`ilgan), ukam Yo`lyaxshiev Omon (1942
yilda tug`ilgan) ustidan ig`vo, dumoloq xat uyushtirishib, ularni "xalq
dushmani ning" tug`ushganlari, deb aybladilar. Ishlab turgan vazifalaridan
chetlashtirdilar. Xuddi shu "ayb" bilan Omon ukam va Rahim akamning
ishlab turgan ikkiа o`g`lini ham ishdan
chetlashtirishdi va hakoza,а va h.k.
а
Xullas,
O`zbekistonda mening familiyamda bo`lgan barcha tug`ishganlarimga ko`plab
tazyiqlar o`tkazildi va o`tkazilmoqda. Oqibatda, biz to`rt oila, 18 kishi (etti
farzandim, etti nevara, bir kelin, bir kuyov) O`zbekistonni tark etishga majbur
bo`ldik.
O`z
oilam va bolalarim haqida bu kunga qadar bo`lganа qisqacha ma'lumotlar shulardan ibo rat.
Tug`ishganlarim, aka-ukamlarim va eng yaqin boshqa qarindoshlarim haqida,
ularga hukumatning o`tkazgan zulmlari to`g`risida bu erda deyarli hech narsa
yozmadim. Aslida ular ham men uchun juda ko`p zulm chekdilar, azobda qoldilar.
U qonunsizliklar va g`animliklar haqida boshqa bir erda alohida kengroq
so`zlarman.
So`ng so`z.
Kitob
1999 yil yozib tugatilgan bo`lsa ham moddiy mablag` yo`qligi sabab hamon uni
nashr qilish mumkin bo`lmadi. Internetga ko`chirish ham turli xil sabablar
bilan ancha kechikdi. Bu oradaа dunyoda
ham, mennig hayotimda ham uncha muncha voqealar, o`zgarishlar sodir bo`ldi.
"Birlik"
tarixiga tegishli qismda ahamiyatli o`zgarishlar bo`lgani yo`q, albatta. Chunki
ular o`t mish tarixga aylangan voqealardir.а
Biroq olamda, jumladan mening hayotimda sezarli o`zgarishlar ro`y berdi.
Ammo kitobning asosiy matnini birinchi variantda qoldirib, keyingi
o`zgarishlarni so`ng so`z shaklida kiritishni lozim topdim.
Birinchidan,
matnda keltirilgan qocoqlik maqomi kutayotgan xonimim, ikki qizim va bir o`glim
muhojir sifatida boshpona oldilar. Xonimim ikki qizi ila Kanadagdagi bolalarim
oldida erlashdilar. Moskvadagi o`g`lim Norvegiyaga mening oldimga keldi. Bu hol
bizni O`zbekistondagi jallodlar xavfidan biroz uzoqlashtirgan bo`lsa-da,
yashashimizda juda noqulaylikа yaratdi.
Chunki oilamning asosiy qismi, ya'ni ikki uyli qizim, katta o`g`lim oilasi
bilan va xonimim, ikki bo`ydoq qizlarim bilan Kanada da qolmoqda, men va yana
bir o`g`lim Norvegiyada qolmoqdamiz.а
Bolalarimning ba'zilarini mana sakkiz yildir ko`rganim yo`q.
Ikkinchidan, bu o`tgan zamon ichida bizning oilamiz boshiga bir musibat ham
tushdi. Qizlarimdan biri (Zuhro, u haqida yuqorida ozgina so`zladim)
O`zbekistonda, tushunib bo`lmas bir holatda vafot qildi. Alloh uni rahmat etgan
bo`lsin, amin. Voqea 2000 yil fevralida sodir bo`ldi. Qizim bilan bo`lgan
hodisa tafsilotlari haqida O`zbekistondagi mas'ul organlar (na milit siya, na
med ekspertiza) bizga birorta hujjat bermadilar."Gumon iymondan
ayradi", degan gap bor. Ammo gumonlarim (shubhalarim) hamin qadar. Na
iloj, biz uchun haqiqatan "Osmon baland, er qattiq bo`ldi", bolamiz
ketdi, biroq hech narsa bilmaymiz. Kimga bosh urib, kimdan yordam so`rashga imkon yo`q.
Vo, Alloh bu qanday alomat?! Rahmatli qizim, bizdan ancha mustaqil yashardi. U
mening nuqtai nazarimdan juda yiroq bo`lib, siyosiy masalalar bilan hech
qiziqmasdi. Shu sababdan ham O`zbekistondan chiqishni istamagandi. Bilmadim
nima bo`ldi, eng og`ir musibat, zulm siyosatdan yiroq bir kimsa boshiga tushdi.
Nahotki O`zbekiston hukumati qo`li bo`lsa, bu hodisada, balki jinoyatda?
Hayot ekan, bu dunyoning achchig`i
ham, chuchugi ham yonma - yon yurar ekan. Alloh bizga bunday bir achchiq
yashamni ham nasib etdi. Noinsof qotil va zolimlarga ham Alloh g`azabi bordir,
inshoolloh.
Kitob Internetga ko`chirilganga
qadar Anvar Oltoyli haqida yangi xabar tarqaldi. U O`z bekistonga takror
qaytganmish, Karimov qo`lida yana ishlay boshlaganmish. Bu maТlumotlarning
qanchalik haqiqatligi va haqiqat emasligini tastiqlashga menda isbot yo`q. Ammo
bu xabarda jon bor ko`rinadi. Demak, Anvar Oltoylisi ham shubhali odamdir. U
ham O`zbekistonda Karimov o`rnatgan o`zbeklarni qatag`on etish mashinasining
bir vintidir. Uni Karimov istagan erda qo`llay olishi mumkin. Ammo Karimov
anoyilardan emas, u vintni chirigancha qo`llaydi va undan so`ng uni
Уmusorga-cho`pgaФ, yaТni zindonga otadi. Anvar Oltoyli taqdiri ham shunday
bo`lish ehtimoli juda baland.
Bu erda yana bir narsaga ham
eТtiborni jalb etishni lozim hisoblayman. Masalan, kitobning asosiy matnida M.
Solih shaxsiga ham bir muncha tanqidiy fikrlar bildirildi. Shu bilan birga
shuni ham alohida taТkidlaymanki, Karimov o`z qatag`on siyosatining asosiy
nishini M.Solih shaxsiga qaratdi. Natijada, M. Solih oilasida O`zbekiston hukumatining
insofsizlarcha zulmini chekmagan deyarli birorta kishi qolmadi. M. Solihning
tug`ishganlari (ukalari) hech bir gunohi yo`qligiga qaramasdan uzoq muddatli
qamoq zajolariga tortildi. O`zi esa, chet elda siyosiy muhojir bo`lishiga
qaramasdan karimov hukumati tarafidan davomli tahlikada qolmoqda. Uni sirtdan
УsudФ qilishib, unga o`n besh yil qamoq jazosi eТlon qilishdi. BaТzi
maТlumotlarga ko`ra M. Solihni jismoniy yo`qotish uchun karimovchilar maxsus
terroristik guruhlarni yollagandir. Qisqasi, o`zlarini Karimov hukumatiga
muxolifda hisoblaganlar ichida boshqa birorta kimsa M .Solih kabi jabr Ц zulmda
qolmadi. Ammo Karimovning M. Solihga o`tkazayotgan zulmi, unga ketma Ц ket xatolarga
yo`l qo`yishga haq bermaydi. Aksincha zulmga qarshi xatosiz va samarali ishlash va kurashish
lozimligini ko`rsatadi.
Karimov hukumatining M. Solihga
nisbatan bunchalik davomli va jiddiy zulmi, qatag`onlaridan ko`rinadiki,
Karimovа M.Solih shaxsidan juda katta
tahlikadadir.
ааааааааааа
УБирликФ
халқ ҳаракати
ҳақида ўз
билганларимни
юқоридаги ҳикоя
билан
тўхтатишни
лозим кўрдим.
8.1.12.3 қисмда
* билан
кўрсатилган
Ё.Обид ва
Д.Нарзиқуловлар
билан
кечирган бир
неча ойлик ҳаёт,
уларнинг
шахси ва
сиёсий қарашлари
ҳақида баъзи
хулосалар қилишга
асос яратди.
Уларнинг
менга нисбатан
узлуксиз
нохолис,
сирли ҳаракатлари
оқибатида
Ватанда мени
нималар
кутаётганини
билмасамда, Ўзбекистонга
қайтмасам
бўлмайдиган
кўринаяпти
деган фикрга
келдим. Ўша
вақтлар ана
ўша Ёдгор
Обид ва Дамин
Нарзиқуловларга
қолдириш
учун уларга
атаб икки
элли хатлар
ёздим. Уларни
тубанда
келтираман.
Улар, у
хатларда
ёзилган
фикрлар бу икки
шахс
образини,
шунингдек
уларга ўхшаш
ўзларини УмухолифатФ
санаб юрган
бошқалар образларини
ҳам тасаввур қилишга
ёрдам берар
деб ҳисоблайман.
Келажак
авлод
кимнинг
кимлигини
билишларига
ёрдам берадиган
ўша хатлар
мана булардир:ааа