Бундан
олдингисини
ўқиш учун шу
ерга босинг!
Давоми:
Yodgor Obidga.
Yodgor aka (U zamonlar men unga hali shunday murojaat
qilardim. Biroq
Allohu taolo meni isloh etsin, bu odam aka so`zi ifodalaydigan hurmatga
mutlaqo arzimaydi)!
Men Sizning bir qator inqilobiy sherlaringizni o`qib, sizga bir muncha
hurmatim oshib qolgandi. Hozir ham men uchun siz shoir sifatida o`zgarishsiz
qolmoqdasiz. Ammo odam sifatida, Harakatimiz azosi aifatida sizning
pozitsiyasingizni tushunish men uchun shubhali bo`lib qoldi. Yo tashqiy ko`rinishingizga mos haqiqatan ham shunaqa juda go`l, sodda
odamsiz. Yoki kimningdir sehri tasirida garang bo`lib yuribsiz. Yo bo`lmasam,
o`ta takabburlashib ketgan bir kishisiz.
Umuman aytganda Siz mehnatsiz pullarning
(Ozodlikdan olinadigan gonorar, Narziqulovdan olayotganingiz yana qanaqadir
dollar) quliga aylanib qolganga o`xshaysiz.
Yodgor aka, har holda Siz bilan hali eshiklarni
taqa-taq yopish tarafdori emasman. Siz hali bir qator sherlar ijod
qilmog`ingiz zarur. Hozirgi ishingiz balki kun o`tkazmoq uchun yarar, ammo uni
ham yaxshi, insof bilan bajarmayapsiz. Bechora avom o`zbekni siz ham o`z
siyosiy qobiliyatsizlingiz, tanballingiz bilan aldamoq dasiz.
Men sizga shuni ham aytayinki, men
Narziqulovga ham xat qoldirdim. Siz, undan sizga men xat qoldirganim haqida
so`rab ko`ring-chi, u sizga nima javob berarkin. Menimcha, u kishi, o`qing-chi,
nima deb yozibdi- deydilar. Yoki Ha, nimalar yozibdilar?, deyishi ham
mumkin. Har holda menga ham xat yozibdi- demasa kerak, deb o`ylayman.
Men sizdan to`la yuz ugurmaganim sababli yana
bir necha fiklarni ham yozib qoldirishni lozim ko`rdim. Ular quyidagilardir:
- Do`stlar, agar biz O`zbekistonda chindan ham
mustaqil davlat tuzmoqchi bo`lsak, eng avval do`st va dushmanni farqlaydigan
darajaga ko`tarilishimiz zarur.
- Ikkinchidan, dunyoda mendan o`zga ulug` zot
yo`q, qabilidagi takabburlik, dimog`dorlik balosidan qutilishimiz lozim.
- Uchinchidan, o`zimizni tarbiyali hisoblasak,
boshqalarga o`z yaxshi, ijobiy xulq-avtorimiz bilan ibrat bo`lishga intilaylik.
- To`rtinchidan, o`zgalarni tinglashni
o`rganaylik, ikki kishi bir narsa, bir voqea haqida hech qachon aynan bir xil
xulosa chiqara olmaydi. Bu haqiqatni tan olish va shuning uchun ko`p
fikrlilikni tushunishga harakat qilishimiz shart (Yuqorida sanalgan sifatlar Yo. Obidda
yo`q deb hisoblaganim uchun ularni bu erda sanadim.).
Va nihoyat elni (millatni), ayniqsa aslida ham
soni juda ham ko`p bo`lmagan ziyoli kishilarimiz o`rtasida guruhbozlikka yo`l
qo`ymaslikka harakat qilaylik. Imkoniyati boricha har birimiz odamlarimizni
ittifoq bo`lishga davat qilaylik. Birlashgan uzar, birlashmagan to`zar, deb
bekorga aytilmagan axir (Chunki Yo. Obid hamma bilan arazlashib yurardi).
Balki, bugun rostdan ham odamlarni hatto
kommunistlar va nokommunistlarga ham bo`lmasdan ularni va barchamizni o`tgan
davrda qilgan hatti-harakatlarimiz, qiliqlarimiz uchun tavba-tazarruga davat
etish to`g`ridir.
Bundan buyon hammamiz uchun insof, poklik,
yolg`on lutfdan hazar qilish, pandu-nasihat haqida ko`proq yozish va gapirish
yaxshi bo`lmasmikin!? Sizga ehtirom bilan Yo`lyaxshiev Aliboy. 2.11.94 yil.
Damin Narziqulovga.
Damin aka (afsuski bu odamga ham shunday
murojaatda bo`lardim) Harziqulov!
Allohga ming shukrkim, Vatanda bir muncha
ijobiy o`zgarishlar sodir bo`layapti shekilli (haqiqatan o`sha mahallar ноҳақ қамалишган олтита Бирликчи
ва Эркчилар озод
қилиниб,
мамлакатда
нималардир ўзгараётгандек
бўлганди). Shu sababli yurtga qaytmoqdaman.
Ammo siz haqingizda o`z xulosalarimni yozib qoldirishni niyat qildim. Aslida
siz haqda qilingan xulosalarning va ularning sabablari hammasi yoziladigan
bo`lsa xat juda uzun bo`lgan bo`lardi. Shuning uchun masalaning detallarini
esdaliklarda yzarman, deb sizga hozircha quyidagilarni qoldrishni lozim
ko`rdim.
Qisqasi shuki, siz, baxil, ochko`z (alchniy),
nopok (nechestniy), hech kimga do`st bo`la olmaydigan va do`st topa olmaydigan
ayanchli birisi ekansiz (Aslida Karimov ham aynan shunaqa sifatdagi
odamzotidir).
Alhazar, agar O`zbekistonda hukumatga siz kabi
zotlar keib qolsa (inshoolloh unday bo`lmas, Ilonga bilib qo`l-oyoq bermagan, deydilar) bormi, ahvol bugungidan
beshbattar yomon bo` lishi turgan gap. Siz va sizga o`xshashlarga nisbatan
Karimov ming marta durustdir.
Siz hech qachon Birlikchi bo`lmagansiz, bo`la olmas ham ekansiz.
Qarang Moskvaga kelib, nima qildingiz? Bu erga bir amallab kelib ikkita-uchta Birlik azolarini ham bo`lib-bo`lib, bir-biri bilan hatto gaplashmaydigan qilib
turibsiz. Menincha, sizning asl vazifangiz ham Birlikni haqiqatan tugatish bo`lsa kerak. Hozir
Moskvada o`zbeklardan kimlar bilan ishlamoqdasiz? O`zbekiston hisobidan faqat
bitta Albert Musin siz bilan ishlayapti. Chunki siz yashab turgan tashkilotda
u-bu ish qilib turgan kishi ham yagona A. Musindir. Aslida Musin ham,
atrofingizda aylanib yurgan bir-ikkita tojik va turkmanlar ham sizning
kimlingizni yaxshi bilishadi.
Bu so`zlar o`z-o`zidan osmondan tushib qolmadi.
Siz qancha o`zingizni niqoblashga harakat qilmang mana shu o`tgan uch - to`rt
oy ichida siz asl basharangizning shunday belgilarini ko`rsattingizki, ular men
uchun yuqoridagi fikrlarga kelishga turtki bo`ldi. Zarur bo`lsa mening har bir so`zimga dalillar
keltiriladi. O`ylaymanki, u dalillar Birlikning kelgusida qurultoyida
aytilajak.
Abdurahim Po`latovning sizga nisbatan
munosabati hozircha menga uncha aniq bo`lmagani sababli har ehtimolga qarshi bir
fikrni tarix uchun bugun shu erda yozib qo`ymoqchiman.
Men bugunga qadar Abdurahim Po`latovga juda
katta baho berib keldim, hali ham o`z fikrimdan qaytganimcha yo`q. Men hatto
O`zbekistonda etarli darajada etuk siyosiy arbob ikkita bo`lsa biri A.Po`latov,
bordi-yu bitta bo`lsa u o`zidir, deb hisoblardim. Afsus, men 28.06.1994 -gacha
D. Narziqulovni ham munosib Birlikchi hisoblardim. Biroq Abdurahim Po`latov
siz va siz kabilar yonida muqim qolsa, uning siyosiy arbob sifatida quyoshi
botgani shudir.
Men o`zimni anchagina optimist hisoblayman.
Shuning uchun kelajakka ishonchim katta va unga ishonaman.
Insholloh, o`zbeklar ham o`sib. ulg`ayib, ribojlanib buyuk turklar
hamkorligi safidan munosib o`rin egallarlar. XXI asr, bizning asr bo`lajak, deb
ishonaman.
Alqissa, dushmanlarni, bizga nodo`stlarni
tarixning axlatxonasiga uloqtirib tashlaydigan kunlar kelishi uncha uzoq emas.
Bu gaplar siz va siz kabilar uchun ortiqcha,
albatta. Ammo men, tarix uchun va o`z ko`nglumni bo`shatmoq uchun bularni yozib
qo`ydim. Aliboy Yo`lyaxshiev. 2.11.1994 yil.
9. 1990 ва 1997
йилларга
тегишли икки воқеа.
9.1 Esdaliklardan
parchalar.
Sovetlar davrining universitetlarida malaka oshirish, deb atalmish bir o`qish bo`lardi. Vazirlikning qoidasiga binoan har bir o`qituvchi (universitet o`qituvchi-professorlari) har besh yilda mazkur o`qishni o`tashi lozim edi. 1990 yili men navbatdagi malaka oshirishni o`tashim kerak bo`ldi. Bu kursni men Kiev shaharida o`tashni lozim ko`rdim. Chunki malaka oshirish erini tanlash o`quvchining ixtiyorida bo`lardi. Bu kurs yilning sentyabr oyida boshlanardi. Shu sasbab men 1990 yil sentayabrda Kievga malaka oshirishga keldim.
Malumki, 1990 yil 27 sentyabrida Moskvada Butunittifoq sharq va kavkazorti xalqlari 1-sezdi va 25 oktyabrida Kievda Ukraina xalq harakati Ruxning 2-sezdi o`tkazilgandi. Alloh menga ana o`sha marosimlarda qatnashishni nasib etdi.
O`sha sezdlardan olingan bazi malumotlar bloknotimga yozib qo`yilgandi. Ularni bu erga ko`chirib qo`ymoqdaman.
27.09.1990 y. Bugun Butunittifoq (u zamonlar SSSR-butunittifoq, deb ham yuritilardi) sharq xalqlari 1-sezdi Alloh oldida barcha xalqlar birdir (Pered Bogom vse narodi ravni) shiori ostida ish boshladi. Shior matni oldi tarafida Islomning mubbarak belgisi yangi oyning yoyi chizilgandi.
Kommunistik ideologiya to`la hukmron bo`lib, Sovet hukumati yashab turgan bir davrda bunday shiorning paydo bo`lishi va bu shior ostida Sovet Ittifoqi atalmish ketta bir imperiya aholisining o`zlarini musulmon diniga mansub hisoblagan qismining ilg`or kishilarini bir erga yig`ish - bu chinakamiga inqilobiy bir ish edi, albatta.
Men sezdning tahrir komissiyasiga, Abdurahim Po`latov uning prezidiumiga saylandik. Sezdni Qozog`istonlik taniqli yozuvchi Joldos Suleymanov ochdi. Almaz Estekov ( bu kishi ham Qozog`istonlik) butun dunyo xalqlariga va davlatlarining hukumatlariga sezdning muro jaatini o`qib eshittirdi.
Murojaatda, qrim-tatarlari, gagauzlar, mesxetiyali turklar va boshqa deportatsiya qilingan xalqalr erkinligi, ularning dahlsizligini taminlash haqida alohida takidlar bor edi. Nagay avtonom respublikasi tiklanishi so`rolgandi. Unda, 1934 yili qizil komissarlar tomonidan tugatilib yuborilgan Chilyabinskiy milliy Okrugini tiklash talab etilardi. Bu murojaatda ilk marta SSSR-dagi barcha milliy hududlar(respublika, avtonom respublika, avtonom viloyatlar) BMT-ning subeklari, deb hisoblanishi takidlangandi.
Murojaatda, Shimoliy Kavkaz muammolari (Ingush-Osetin, Checheniston, Mesxetiya turklari masalalari) nihoyatda jiddiy va muhim muammo sifatida ko`rsatilgan edi.
Sezd rus shovinizmini, SSSR-ning milliy respublikalarga bo`linishidagi juda katta kamchiliklarni qattiq tanqid qilish ruhida o`tdi.
Muhakamaga chiqqanlarning bazilari SSSR-ni qaytadan subektlarga bo`lishni, masalan, Turkiston Federatsiyasi tuzish kabi takliflar qildilar.
Sezd qatnashchilari tarkibi aniqlangandan so`ng malum bo`ldiki, sezdning nomi uning delegatlar tarkibiga to`la mos emas ekan. Shuning uchun sezdni SSSR-da yashovchi Turkiy, forsiy, kavkaz va Sibir xalqlari ijtimoiy tashkilotlarining tasis sezdi, deb atash qabul qilindi.
Sezdda Tataristondan kelgan delegatlar bir muncha faol va son jihatidan boshqalarga nisbatan ko`proq edilar. Ulardan bittasi hatto o`z ona tili tatar turkchasida s`ozladi.
Sezdning muhim qarorlaridan biri, Russiya imperiyasi davrida Turkiston, deb atalgan o`lkani ittifoqdosh respublikalarga bo`lish noto`g`ri bir siyosat bo`lgandi, u muhim iqtisodiy rayon Turkiston o`lkasi shaklida qayta tiklansin- degan xulosa bo`ldi.
Sezdning 29 oktyabr kungi majlisida O`zbekistonlik delegat A.Po`latov sezdga raislik qildi.
Qozog`istonlik bir delegat, sovet mamlakatidagi qozoxlarning ahvolini ifodalab, impriya davrida yaxshi kuylovchi qozox, yaxshi ichuvchi (aroq ichuvchi) qozox bo`lib qoldi, deb xulosa keltirdi. Uning bu so`zi, sovet imperiyasi milliy siyosatining mohiyatini ochib tashlardi va milliy bo`linmalardagi sovet hayot tarzini juda yaxshi ifodalardi.
Sezdda Kurshatov ismli bir delegat Ingushetiya haqida gapirib, KGB-ni ingushlar va osetinlar to`qnashuvini tayyorlayotganlikda ayibladi.
Hamidullin Ilek ismli bir delegat esa, o`sha vaqtdayoq Sovet imperiyasini tarqatib yuborish haqida jiddiy talab bilan chiqish qildi. Umum turk banki, Turk Ittifoqi va hakoza turkiylarni birlashtiradigan jamiyatlar tuzishni targ`ib qildi.
Ana shularga o`xshash bir qator masalalar
sezdda ko`tarildi. Bu voqea o`z mohiyati jihatidan Sovet Ittifoqining
tarqalish oldida o`tkazilgan juda muhim bir tadbir bo`lib qoldi.
1990 yil 25 oktyabr
kuni Kiev shahri
Ukraina madaniyat sarayida Ukraina xalq harakati Ryx - ning 2-sezdi ish
boshladi. O`sha zamonlar mening Ukrainada (Malaka oshirishda) bo`lganligim,
bu marosimda qatnashishim uchun
qo`llaylik tug`dirdi.
Bu saray, sovetlar davrida Ukrainada qurilgan
durustgina hashamatli binolaridan hisoblanardi. Ukrainlar sezdga juda etibor
va alohida bir ixlos bilan tayyorgarlik ko`rishganlari shunday bilinib turardi.
Sarayning 1-nchi va 2-nchi qavatlarining foelari turli xil tarixiy buyumlar
bilan bezatilgandi. Ularning barchasi ukrain xalq milliy sanatini namoyish
etardi. Ularning orasida alohida ko`zga tashlanadigan uchta maxsus do`pancha
(revolver), ukrain milliy arnamentida ishlangan bir beshik (kachal ka) ham bor
bo`lib, beshik alohida bir chiroyga ega edi.
Tashqarida saray binosining oldida hamda
sarayning qavatlari foelarida gazeta va kitob savdosi juda yaxshi tashkil
etilgandi. Turli xil fotorasmlar erga yoyib, devorlarga osib tashlangandi.
Qavatlarda bir necha bufetlar ishlab turishardi. Ularda sotilayotgan emak
turlari juda xilma-xil. U erda nima tamadi qilaman, desangiz barchasi hozir
edi. Tushlikka issiq ovqat ham tayorlashayotgandilar.
Majlislar zaliga kirish erida sovetlar tuzumini
masxalaydigan korrekaturalar ilib qo`shishgandilar.
Sezd prezidiumi orqasida devorda Drugi Vas
ukrainski zbori ruxu, degan shior ilib qo`yilgan. Sarayda juda ko`p odamlar
to`planishgandilar.
Nihoyat sezd tantanali ochildi. Majlis o`z
ishiga kirishishdan oldin xristiancha diniy marosim bajarildi. Buni pateriarx
Mtislav bajardi. Diniy marosim yarim soat chamasi davom etdi. Katta bir guruh
muzikachilar tashrif buyurishgandi. Ular turli xil milliy va diniy muzikalrni
chalib turishardilar.
Shunday qilib, sezd 11:20-da o`z shini
boshladi.
Sezdning birinchi majlisini Rux harakati raisi, Ukaraina xalq
yozuvchisi Drach ochdi va uning o`zi sezdga hisobot maruzasi so`zladi. Majlis
zali devorlariga 21-ta shaharning tarixiy belgilari (emblemalari) ilib
qo`yilgandi.
Drachning hisobotidan so`ng sezdga kelishgan
delegatlar va mehmonlarning tabrik so`zlari davom etdi. Birinchi tabrikni ham
diniy kishilar bajardi. Uning tabrik nutqini delegatlar oyoqda turib
eshitdilar. Jumladan
O`zbekiston vakili sifatida menga ham tabrik so`ziga o`rin berishdi. Men
quyidagi mazmunda(rus tilida) ukrain do`stlarni tabrikladim. Qisqagina tabrik
so`zi matnini majlis zalida navbat kelganucha tayyorlashga to`g`ri keldi. U matnni
tahrirsiz bu erda keltiraman:
Shonavni(ukraincha o`rtoqlar, degan manoni
beradi) delegati i gosti! Mne vipalo velikaya chest privetsvovat Vas vtorim
sezdom Ukrainskogo narodnogo fronta Rux ot imeni narodnogo dvijeniya
Uzbekistana Birlik i ot imeni ego Samarqandskoy oblastnoy organizatsii.
Mne ochen priyatno peredat Vam delegatam
dannogo sezda privetstvie iz Uzbekistana, ot uzbekskix Vashix druzey!
Dorogie druzya, nam blizko i ponyatno Vashi
dela, Vashi bespokoistvo za ukarainu i za ukrainskiy narod.
Mi, Vashi uzbekskie druzya ot dushi jelaem Vam
v etoy slojnoy, vmeste s tem slavnoy rabote bolshix uspexov.
Mi s bolshim vnimaniem sledim za deystviyami
studentov, kotorie obyavili politicheskuyu golotovku na ploshadi Oktyabrskoy
revolyutsii g. Kieva. Etix slavnix studentov podderjali i podderjivaem.
S velikim udovolstviem torjestvenno
pozdralyayu etix studentov s pervoy pobedi!
Peredayu im s radostyu vosxesheniy nashix
molodix demokratov.
Uvajaemie delegati i gosti. U nas v
Uzbekistane eshe krepko sidyat bezstidnaya kommunisticheskaya vlast.
Mi Birliksi rabotaem vesma slojnix, poroy
trudnix usloviyax. Lyubie proyavleniya nedovolstvo (ulichnie dvijeniya,
mitingov, obyavleniya golotovki i t.d.) vlastyam zapresheni vlastyami
respubliki.
Nam neobxodimo vzaimnie podderjki. Chto
kasayutsya nas, to mi beskolebaniy za nezavisimuyu, suverennuyu Ukrainu! Mi
takje xotim, chtobi i Uzbekistan stal nezavisimom gosudarstvom.
Druzya, ya doljen konstatirovat, o tom, chto mestnie
vlasti ne bez podderjki sentra, sami spetsialno nagnitayut mejnatsianalnie
napryajennosti, a zatem so vsey moshyu vlasti budut staratsya vsyo eto
pripisivat k neformalam.
Uvajaemie druzya, verte mne u nas v
Uzbekistane est zdorovie sili, chestnie lyudi. Oni sposobni postroit
demokraticheskogo obshestva v respublike i oni ego postroyat.
V konechnom schete Uzbekskiy narod sbrosit so
svoix plech korumpirovannix vlastiteley kommunistov.
Druzya, mi za nastoyashuyu ravnoparavnuyu
drujbu narodov.
Pust da zdravstvuet nezavisimaya konfedratsiya
svobodnix derjav! Slava drujbe Uzbekistan s Ukrainoy! Slava Ukraine! Slava
Ruxu!
Bu tabrik so`zini
o`zbekchaga ag`darilsa, taxminan quyidagicha bo`lardi:
Hurmatli delegatlar va mehmonlar!
O`zbekistan xalq harakati Birlik nomidan va
uning Samarqand viloyat tashkiloti nomidan Ukraina xalq harakati Ruxning
2-sezdida sizlarni tabriklash men uchun buyuk hurmatdir.
Ushbu sezd delegatlarini O`zbekiston -
sizning o`zbek do`stlaringiz nomidan tabriklash menga alohida huzur
bog`ishlaydi.
Qimmatli do`stlar! Sizning ishingizni, Ukraina
haqidagi, ukrain xalqi haqidagi tashvishlaringizni biz yaxshi tushunamiz.
Shuning uchun biz- sizning o`zbek do`stlaringiz bu qiyin va murakkab, shu bilan
birgalikda sharafli yumushingiz yo`lida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Kiev shahri Oktyabr Inqilobi maydonida siyosiy
ochlik elon qilgan talabalar harakatini biz diqqat bilan kuzatib bordik. U
shanli talabalarni biz qo`llab-quvvatladik va bundan buyon ham shunday yaxshi
harakatlarni qo`llayveramiz. Bu tolmas kurashchi talabalarni ularning ilk
g`alabalari bilan alohida qoniqish ila tabriklayman. Ularga bizning yosh
demokratlarimizning tabrigini tantanali topshiraman.
Hurmatli delegatlar va mehmonlar. Bizning
O`zbekistonda hamon uyatsiz kommunistik hokimiyat ancha mustahkam o`tiribdi.
Shu sababli biz nihoyatda qiyin va hatto butunlay murakkab bir ahvolda
ishlashga majburmiz.
Respublika hokimiyati tarafidan har qanday
norozilik harakati taqiqlab qo`yilgan. Har qanday ko`cha yurishlari, mitinglar,
ochlik elon qilish kabi fuqarolarning konstitutsion huquqlaridan foydalanishga
yo`l yo`q.
Bizning fikrimizcha biz bir-birimizni siyosiy
va manaviy qo`llab quvvatlashimiz lozim.
Biz har doim mustaqil Ukraina tarafdorimiz.
Shuningdek, O`zbekistonning ham mustaqil mamlakatga aylanishini xohlaymiz. Ammo
do`stlar, shuni ham alohida takidlash lozimki, mahalliy hokimiyat (Markazning
yordamida, albatta) ataylab millatlararo mojarolarni maxsus yasaydi. Undan
so`ng hokimiyatning butun kuchi, axborot vositalaridan foydalanib, u o`zlari
yasagan mojarolarni norasmiylarga (bizlarga) ag`daradi.
Hurmatli do`stlar, menga ishoning,
O`zbekistonda sog`lom kuchlar, sofdil odamlar bor. Ular O`zbekistonda
demokratik jamiyat tuzishga qodir. Ular unday jamiyatni quradilar.
Oqibatda o`zbek xalqi ham poraxo`r, amalparast
kommunistlarni o`z elkasidan uloqtirishlariga ishonchim komil.
Do`stlar, biz haqiqiy tenghuquqli xalqlar
do`stligini qo`llaymiz!
Yashasin, Ozod davlatlar konfederatsiyasi!
O`zbekiston va Ukraina do`stligiga sharaflar
bo`lsin!
Ukrainaga sharaflar bo`lsin! Ruxga sharaflar
bo`lsin!
9.2 Bu garagrafga tegishli materialdagi bazi
malumotlarni ommalshtirishning vaqti-soati hali kelmadi deb hisoblandi.
10. 1998
йил сўнгги ва
1999 йил бошида
кечирилган
ташвиш ва ғурбатли
воқеалар.
Оқибатда,
1998 йили
ўрталарида
Анқарадаги
БМТ қочоқлар
билан ишлаш
комиссиясига
мурожаат қилганимда,
улар
болаларимни қабул
қили шиб,
мени эса қабул
қилмай,
менинг
Россия ҳисобидан
чиқиб келишим
кераклигини
ўртага қўйишди.
Шу муносабат
билан менинг ҳаётимда
янги
проблема чиқди.
Энди мен
Россияга
боришим
зарур бўлиб қолди.
Бунга қўшимча
юқорида
айтилганидек,
ҳаммамиз
Туркиядан чиқиб,
виза
ларимизни
янгилашимиз ҳам
лозим бўлиб
турарди. Бу
ишларнинг
барчаси
маълум бир миқ
дорда пул
маблағларига
боғли эди,
албатта.
Оллоҳга
ҳамд бўлсин,
Туркиялик
дўстлардан
Оллоҳу таоло
рози бўлсин,
улар бизнинг
йўл харажатларимизга
ёрдам қилишдилар.
Туркиядан
Озорбойжонга
чиқиб
келишимизга
Азиз Маҳмуд
Худойи вақифи
ёрдам қилган
бўлса, менинг
Россияга
бориб келишимга
бошқа бир
Туркиялик
мусулмон
ёрдам қилди.
Уларнинг ҳаммасидан
Оллоҳ рози
бўлсин.
Шундай
қилиб,
Туркиядан
Озорбойжонга
виза янгилаш
учун чиқиб
келиш ва бошқа
бир қатор
ишлар билан 1998
йилнинг
августига
келиб қол диқ.
Августнинг
25-да эса,
Россияга
жўнаб кетдим.
Менинг
Россияга
бориб
келишим учун Туркиялик
дўстлар
менга икки
минг доллар пул
тўп лаб
бердилар. Ўша
замонда
менинг паспортимда ҳам
проблема бор
эди. Яъни
менинг
паспортим эски
совет замонидан
қолган
советларнинг
чет давлатга
чиқиш
паспорти эди.
Бу паспорт
билан 1997 йилда
Москва
аэропортидан
Истанбулга
уча олмагандим.
Шунинг учун
бу сафар
Россияга
киришимда ҳам
ўша ҳолат қайтарилиши
мумкин эди.
Шунинг учун ҳар
эҳтимолга қарши
Россияга ҳаводан
эмас, ер
трансплртида
кириб
боиришни планлаштирдим.
Хуллас,
Қораденгиз орқали
Туркия-Украина
сув ва Украина-Россия
темир
йўли орқали
мўлжалга
етиб олдим.
Россияга
етиб
келганимдан
БМТ қочоқлар
билан ишлаш
комиссариатининг
Москвадаги
бўлимига
бориб аҳволни
уларга арз қилдим.
У ерда мени
Аня
Алексеева
исмли бир аёл
қабул қилиб,
мен билан суҳбатлашди
ва менинг
барча ҳужжатларимни
1998 йил Ноябр
ойининг
бошигача ҳал қилиб
беришни
ваъда қилди.
Анқарада
болаларимга қайси
мамлакатга
бориши керак
бўлса, мени ҳам
ўша
мамлакатга,
яъни
Канадага муҳожир
этиб қабул қилдиришларини
ҳам ваъда қилди.
Муддатни
бироз узоқ айтган
бўлса-да,
А. Алексееванинг
жавобидан мен
мамнун
бўлдим.
Чунки ҳеч қандай
ортиқча ҳужжатлар
талаб қилинмасдан
масала ҳал
бўлганди. Фақат
энди Москвада
икки ой
яшашим зарур
бўлиб қолди.
Москвадаги
мусулмон қардошлар
ёрдамида бир
уй ижора
тутдим ва ўша
ерда яшай
бошладим. ...
11.
Хатлар:
2003 йил
май ойида
Тошкентда
Бирлик ҳаракатининг
қурултойи
ўтказилди
дейилган
хабар тарқатилди.
У йиғилишга
А. Пўлатов
номидан бир
нома
юборилди ва
уни Бирлик
халқ ҳаракати
раисдошининг
ўн йиллик ҳисоботи
деб қабул қилишдилар.
Ўша
хабарномани
ўқиб кўриб,
мен уни ёлғонлардан
ташкил
тузилган бир қисқа
хабарнома
деб атадим ва
Ёлғоннинг
умри қисқадир
деган сарлавҳа
қўйдим. Уни Самарқандлик
ҳамфикрларга
е-маилда
жўнатдим. Унинг
тўла матнини қуйида
келтираман:
11.1.
Ёлғоннинг
умри қисқадир.
Маълумки, 6 май
куни (2003 й.)
Тошкентда
Бирлик қурултойи
ноьи билан
бир йиғилиш
ўтказилди. Бу
йиғилишга
озроқ киши
тўпланган
бўлса - да,
не-не ниятлар
билан бу ерга
келишганларга
ва бутун
миллатга бир-икки
оғиз эзгу
ниятларим
бор. Иншооллоҳ,
яқин
келажакда
чинакамига
озод
Ўзбекистонда
тўқ-фаровон ҳаёт
қуражакмиз
деб умид қиламан.
Афсуски,
бу Қурултой ҳам
ёлғонлардан,
фактларни
бузиб
кўрсатишдан ҳоли
бўлмади.
Масалан, у
ерда
А.Пўлатовнинг
Қурултойга
атаган ҳисо
бот нутқини
(мен уни уқувсиз
тузилган
хабарнома,
деб атаган
бўлардим) ўқиб
эшиттиришди.
Агар унда бир
қатор очиқ ёлғонлар,
тўқималар
учрамаганда
эди, унинг бирор
эътиборни
жалб қиладиган
ери йўқ эди
ва унинг ҳақида
бир-икки оғиз
сўз ёзишга вақт
кетказиб
ўтирмаса ҳам
бўлаверарди.
Масалан,
ўша
хабарномада,
1995 йилнинг
ёзида Бирликнинг
Самарканд ва
Тошкент
вилояти ташкилотларининг
раҳбарлари
Алибой
Йўляхшиев ва Ҳазратқул
Худойбердиевлар
Москвада
ўзлари танлаган
10-15 кишини
таклиф қилиб,
улар
иштирокида
Бирликнинг Қурултойи
ни ўтказиш ва
шу йўл билан
унинг фаолиятини
жонлантириш ҳаракатига
тушдилар. Умуман
олганда бу
яхши
ташаббуснинг
бир қизиқ тарафи
бор эди. Бу
икки киши ўз ҳаракатларини
Бирлик раисига
билдирмай қилишар,
гаплашган
одамларидан
бу масалани
раисдан сир
тутишни
сўрашарди.
Алибой Йўляхшиев бу йиғилиш
олдидан
Ўзбекистоннинг
бир қатор
вилоятларини
айланиб, у
ердаги Бирликчиларга 5
кишилик
яширин гуруҳлар
тузиш
кўрсатмасини
бериб
келишидан ва
бошқа
баъзи бир воқеалардан
шу нарса
маълум
бўлдики, Бирликни
демократик
йўлдан уриш
учун жиддий ҳаракатлар
бошланган
экан. Буни
амалга ошириш
учун асосий
тўсиқ Бирлик раиси
деб ҳисоблангани
учун (аслида ҳам бу
шундай эди), Қурултойда
у
алмаштирилиши
лозим эди. Бу
йиғилишдан
2 кун аввал
Алибой
Йўляхшиев
Абдураҳим Пўлатга қуйидаги
мазмунда
факс жўнатди:
Сиз
Бирлик
фаолиятидан
аллақачон
ажралиб қолган
бўлсангиз ҳам 1 июль
куни
Москвада
бўладиган Бирликнинг Қурултойига
келиб раис
сифатида ҳисобот
беришингиз
керак- дейди
А.Пулатов.
А.Пўлатов
хабарномасининг
бутун
мазмуни ана
шу парчада
келтирилган
ёлғонлар, тўқималардан
иборат бўлиб қолган.
Уларнинг нақадар
ёлғон ва тўқима
эканлигини
бирма-бир
кўрсатаман :
Унда, Бу икки
киши
масалани
раисдан сир
тутишни
сўзлашарди, 5
кишилик
яширин гуруҳ
тузиш
жумлалари
мутлақо ёлғон
ва тўла-тўкис
тўқима бўлиб,
бу биринчи ёлғондир.
Аслида, ҳақиқатда
эса, ўша 1995 йили
ёзда
ўтказилган
Бирлик конференциясида,
Пўлот Охунов,
Носир Зокир,
А.Йуляхшиев
ва А.Пўлатовдан
иборат турт
кишилик гуруҳга
1995 йилнинг
сўнггида
Бирликнинг қурултойини
ташкил этиш
юклатилганди.
Яна ўша ерда, ...
ўзлари
танлаган 10-15
кишини
таклиф килиб,
...- дейилиши,
эса-бу
иккинчи ёлғондир.
Ўша 10-15 кишилар:
Пўлот Охунов,
Ёдгор Обид,
Мадамин
Нарзикулов(марҳум),
Баҳром Ҳамраев
(Навойи шаҳар
ташкилоти
нинг бошлиғи,
ҳозир
Москвада
яшаяпти), Вақаев
(Бухоро
ташкилотининг
бошлиғи),
Носир Зокир
(Намангандан),
Зафар Исақов
(Андижондан, ҳозир
Норвегияда),
А.Эргашев
(Фарғонадан),
Усманова
(Тошкентдан),
Х.Худойбедиев,
Хамид
Расулев
(Москвадан),
Бўриев
(Навойидан),
Сулаймон
Мурадов
(Самарканддан),
Борот
Намозов
(Сант-Петрбургдан)
ва
А.Йуляхшиевлардан
иборат
эдилар. Бу
кишиларнинг
кайси бирини
мен ёки Худойбердиев
танлаб чақирган
бўламиз?
Жаноб
А.Пўлатов, юқорида
исми
келтирилганларни
сиз танимайсизми?
Уларнинг
бирортаси
менинг юруғим
билан
юрадиган
одамларми?
Агар ёлғон
ишлатилмай, ҳақиқати
айтилса,
уларнинг
аксарияти,
яхши ниятда
ташкил қилинган
йиғилишни
бузиш учун
сизнинг
таклифингиз
ва пулингиз
билан
келишганди.
Шунинг учун
улар сизнинг
кўрсатмангизни
бажаришга
кўп уриндилар,
аммо
уларнинг қуруқ
бақириб чақиришларидан
ҳеч нарса чиқмаганди.
Биз эса, ҳақиқатни
гапириш учун,
Бирликнинг
тақдири учун,
сизнинг
майда
гапларингизни
ҳисобга олиб,
бундай ҳолга,
яъни
уларнинг ўша
йиғилишда қатнашишига
рози
бўлгандик.
Афсус, тарки
одат амри маҳал
нақлини ҳисобга
олмаган
эканмизда.
Менинг
номимдан
келтирилган
телеграмма ҳам
туҳматдир. Бу
эса, учинчи
ёлғон. Бордию
шундай
телеграмма
матни ҳозирлар
А.Пўлатов қўлида
бўлса ҳам у
Пўлатовнинг
ўзи ёки бошқа
бириси
томонидан тўқилгандир.
Ўша қурултойни
ёки
конференцияни
ўтказишга интилиш
(Пўлатов нинг
ўзи ҳам тан
олаётгани
каби) ягона
мақсадни
кўзда тутар
эди. У ҳам бўлса,
Ҳаракатимизни
жонлантиришдан
иборат эди. Ўша
замон, ана шу
мақсад
йўлида ким
тўсиқ бўлса,
уни йўлдан
олиб ташлаш
кераклиги ҳам
ўз-ўзидан
келиб чиққан ҳақиқат
эди, албатта.
Сиз А.
Пўлатов, вақтида
чақирилгандингиз. Ёлғонларни
қаторлаштириб
ташламасдан ҳеч
қурса бирор
марта сиз ҳам
тўғри
сўзланг,
ахир. Ўшанда сиз
Москвага
кели
шингиз
керак эди ва
кела олар эдингиз.
Аммо
келмадингиз.
Сиз Москвага
келишдан ўша
вақт қочдингиз.
Демак, бунга,
сизнинг қочишингизга
жиддий сабаб
бор эди. Сиз, 1995
йилнинг бошида
Вашингитонда
ҳамма
ишни расво қилгандингиз.
У замон сиз қилган
бузғунчиликларнинг
ҳоври ҳали совимаганди.
Шармандаликдан,
бутун борингизни
йўқотиб қўйишдан
жуда
чучигандингиз.
Шунинг учун сиз
Москвага
келишдан қочгандингиз.
Энг
асосий, энг
мухим масалалар,
вокеалар
Бирликнинг
Москва конференциясигача,
унинг
арафасида
бўлиб ўтганди.
У арафада
нималар
бўлганди,
уларнинг ҳаммаси
Пўлатовга
жуда аниқ. Фақат
у одам ҳақиқатни
сўзлай
олмайди. У ҳақиқатдан
қўрқади. Мана
шунақа ҳақиқатдан
қочадиган
одам ёки одамлар
бизни,
мамлакатимизни
каламушлар
каби
кемирмокдалар.
Эй
Одамлар, эҳтиёт
бўлинг
бугунги
Ўзбекистон ҳукуматидагилар
ҳам худди
шунақа ҳақиқатдан
қочувчилардир!
Масалан, мен 1993
йил кузидан 1994
йил июлига
кадар Киевда
яшаб, ундан
сўнг Пулатовнинг
таклифи
билан
Туркияга
кўчиш мақсадида
Москвага
келдим.
Ўшандан
кейинги менинг
Москва
саргузашларим,
А.Пўлатов раҳбарлигида
Ҳаракатимизни
бироз
бўлса-да
жонландириш бўйича
қилган
тиришишларимнинг
бекор
кетганликлари
катта
китобдир. Уни
шу китобнинг
саккинчи
бўлимида ўқишингиз
мумкин.
Маълумки, у
вақтлар
Москвада
М.Нарзиқулов,
Бирлик ва ҳуқуқ
ҳимоячилари
номидан
масъул ҳисобланарди.
Қисқаси,
Москвадаги
ишларни
кўриб,
М.Нарзиқуловнинг
асл мақсадларини
тушунганимдан
кейин
А.Пўлатовнинг
ўзи (у замон
Пўлатов мен
учун ҳам
идеал ҳисобланиб,
раисвош ҳам
эди) Москвага
келиши ва бу
ердаги
ишларни
унинг ўзи
координация қилиши
керак экан,
деган фикрга
келдим. Шу сабабдан
мен
А.Пўлатовга
(яъни
раисвошга)
учта жуда
жиддий
хатлар ёздим.
Хатларимда,
мен уни
Москвага
келишга
даъват
этардим. Бу
ердаги ишлар
ва Бирликчи,
аталиб
юрувчилар
ваколатли
кишининг
кўрсатмаси
билан ҳар
бири ўз қобилиятига
яраша иш қилсин
ва фаолият
кўрсатсин,
деб таклиф
этардим.
М.Нарзиқулов
ўзига
юклатилган
вазифаларни
раис даражасида
бажара олмаётгани
ва бажара
олмаслиги ҳақида
ёзгандим.
Аммо Пўлатов Ҳаракатимиз
жонланиши
учун жуда
зарур бўлган
таклифларни
эътиборсиз қолдирди.
М.Нарзиқулов
эса, Раис,
Горбочев
замони
келгунча сиёсат
билан шуғулланмаймиз-
деган каби
важ кўрсатиб,
биздан
сиёсий ишлардан
тийилишни
талаб қиларди.
Пўлатов эса,
сассиз қолаверди.
Аммо мен
Нарзиқуловнинг
сиз
номингиздан
айтганларига
ишонгим
келмасди.
Аслида сиз
ўртоқ
Пўлатов,
сассизлингиз
билан Нарзиқулов
сўзларини
тасдиқлардингиз.
Шунга қарамасдан
мен
Пўлатовнинг
бу сустлиги
сабабларини
у замон тўла
англаб этмагандим.
Мен ҳақиқатан,
Пўлатов
Туркиядан
Руссияга
кела олмаяпти,
деб ўйлардим.
Афсус ундай
эмас бўлиб чиқди.Чунки
кейинги воқеалар
кўрсатдики,
масала бунда
эмас экан. У вақтлар
Пўлатов
чиндан ҳам Ҳаракатни
вақтинча
тўхтатишга
киришган
экан. Ҳа,
шундай эди.
Сизда чиндак
тўғрилик
бўлса, бу ҳақиқатларни
тан олинг.
Бу
орада
Америкадан
Москвага
кичкина Пўлатов
(1994 йилнинг
ноябрида эди
чамамда)
келиб кетишга
улгурди.
Абдуманнобнинг
бирор ҳафта
Москвада
бўлиши
давомида
баъзи
масалаларга
(асосан кичик
Пўлатовнинг
шахси
хусусида,
унинг на қадар
соф ҳуқуқ ҳимоячиси
эканлиги ҳақида)
ойдинлик
киритилгандай
бўлди-ю, аммо
катта
Пўлатов ҳали ҳам
(ҳеч
бўлмаганда
мен учун)
жумбоқ эди.
Чунки
масалан, Ҳамид
Расулов
Абдураҳимни
етарлича
(салбий,
асосан
молиявий
нософликда,
албатта)
таърифларди.
Аммо у
замонлар Ҳамид
акага ҳам
мен, Йўқ,
ундай деманг,
бору - йўқ
бир-иккита
одамимизни
шунақа,
деяверсак
ким қолади ,
деярдим. У
киши, ҳа, яхши ҳали
сиз уни
кўрмаган ва
билмас
экансиз,
унинг
совунига кир
ювмаган
экансиз, дерди.
Ҳ.Расулев
катта
Пўлатов ҳақидаги
фикрларини
сир тутмайди,
фақат менга
эмас,
Москвада
юрган
ўзбекларнинг
қарайиб
барчасига
Пўлатов
шахсида
кўрган салбий
қусурларни
сўзлаб
берган.
Шунақа қилиб,
катта
Пўлатовни Москвага
келтира
олмай юрган
кезлар, 1995 йилнинг
бошида АҚШ-да
(Вашингтонда)
Ўзбекистон ҳукумати
ва
мухолифати
вакиллари
учрашуви
ўтказиладиган
бўлиб қолди.
Бу йиғилишнинг
ўзбек
ташаббускори
кимлиги менга
аниқ эмас
эди. Аммо мен ҳам
унга таклиф
этилгандим.
Шундан
билдимки,
унинг
ташаббускорлари
Пўлатовлар
эмас. Акс ҳолда
кичик
Пўлатов бу йиғилишга
менинг қатнаши
шимни сўзсиз
истамаган
бўларди. Чунки
биз Москвада
учрашганимиздан
кейин, Абдуманнобнинг
кимлиги
менга ойдин
бўлиб қолганди,
буни у жуда
яхши биларди.
Менинг исмим
учрашув
катнашчилари
рўйхатига
балки М.Солиҳ
тарафидан
киритилган
бўлса
ажабмас.
Вашингтонга
бориш
тайёргарликлари
билан
ўралашиб юрилган
вақтда,
бир кун Баҳром Ҳамроев
билан
биргаликда
Истамбулга Пўлатов
уйига
телефон қилдик. У уйда
йўқ экан, Баҳром
янгаси (Абдураҳимнинг
оиласи) билан
гаплашди ва у
телефон
трубкасини
ерга қўйиб,
жуда шод бир
холда мени
табриклади. Домла,
табриклайман,
яқинда
Ўзбе
кистонга
қайтар
эканмиз, янга
шунака,
деяпти, деди Баҳром. Бу
хабарни
дурустроқ ҳазм
қилмасимданоқ, Абдураҳимнинг
ўзи
Истамбулдан
менга
кетма-кет телефон
қиладиган
бўлиб қолди. Сўзлашувларнинг
мазмуни,
Вашингтон да Солиҳни
шарманда қилишимиз
зарур,
натижасини
кейин
биласиз шаклида
бўларди. Мен
эса, Абдураҳим, сиз
нималар,
деяпсиз, наҳотки биз
Вашингтонга
бориб ҳам
тортишиб
ётамиз, дердим.
Охирий, бир
куни Абдураҳим мени
жуда бир муҳим воқеадан
хабардор қилгандай,
Мен ҳали ҳеч кимга
айтмаган
сирни сизга айтайин (хотини
бу сирни қачонлардир
Баҳромга
айтиб қўйганини
билмайди ёки
билмасликка
олади),
сиз менга қулоқ осинг,
шундай қилсак (яъни
Солиҳни
шарманда қилсак) яқинда
Ўзбекистонга
қайтамиз
- деди у менга.
Бу мен учун
тез англаб
етадиган
хабар эмасди.
Бунинг
деталлари лозим
эди. Аммо
улар кейинга қолганди.
Ана шундай
килиб, 1995 йил
январнинг сўнггида
бир неча
мухолифат
вакиллари
Америкага
келдик. Энди
бу ерда ҳақиқий
ўйин
бошланди. Бу
ерда-Америкада
бўлган ва
Пўлатовнинг
башарасини
кўрсатадиган
фактларни
сўзлашдан
олдин йиғилишда қатнашган
мухолифат
вакиллари
исмларини хотирлашга
ҳаракат
қиламан.
Улар: икки
Пўлатов, Муҳаммадбобур
Маликов,
М.Солиҳ,
Паҳлавон (фамилиясини
унутдим),
А.Йуляхшиев - расмий
чақирилган
мухолифат
вакиллари.
Алишер Мардиев
(ўша замонда
Ўзбекистон
адлия вазири),
Ўзбекистоннинг
АҚШ буюк
элчиси С.Сафоев
ва бошқалар
Ўзбекистон
хукумати
вакиллари. Йиғилишни
ташкил этган (Америка
Миллий
Демократик
институти
вакиллари)
америкалик
мезбонлар.
Залда ҳам
30-40 киши (балки
кўпроқ),
бизни
тинглашга
келишган
америкалик
ўзбеклар,
тадбир
ташкилотчи лари
таклиф этган
меҳмонлар (улар
Америкада
сиёсат тадқиқотлари
билан шуғулланадиган
кишилар).
Шуни алоҳида айтиш
лозимки,
бизни тинг лашга
келганлар
ичида
Ўзбекистонликларга
яхши таниш
Эргаш ака (марҳум,
тахаллуси:
Эргаш
Жуманбулбул).
Рўзи Назар ва
Америка
Овози
радиоси
ходими
туркиялик ўзбек,
Жавдат
Сайхан исмли
кишилар ҳам бор эди.
Билмадим,
нима учундир
Тожикистон қуролли
мухолфатидан
ҳам йиғилишга
вакил чақирилганди.
Улар ҳам
йиғилишда
Акбар
Тўражонзода
бошлиғида
қатнашишаётган
эдилар.
Мажлис
бошланишига кадар
мухолифат
вакиллари (бизда) ҳисобида
икки кун вақт борди.
Шунинг учун
ўз
позицияларимизни
келишиб олмоқ учун
биз икки
марта йиғилишдик. Бу
ўзаро йиғилишимизда, Бирлик ва Эрк
бир фронтда
бўлайлик,
яъни бу ерда
бу сафар
жиддий бир
шаклда
бирлашайлик,
эртага америкаликларга
якдил
бирлашган
мухолифат
бўлиб
кўринайлик, деган
таклиф муҳокама
бўлди. Аммо
Пўлатов
бирлашиш га
мутлақо қарши
бўлди ва
ўзини
бирлашишга қарши
жуда
агрессив
кўрсатди. Ана
шундан кейин
мен
А.Пўлатовга,
ўша
Вашингитондаёк,
ҳали
учрашув
бошланмасданоқ, Абдураҳим, тўғри қилмадингиз,
сизнинг бу ҳаракатингиздан
сўнг Бирлик тамом
бўлади, у
энди
бутунлай қайтадан
тузилади-дедим.
Бугун
кўраяпмизки, ҳақиқатан ҳам
шундай
бўлаяпти.
Аммо менинг
ишончим комилки, у Бирлик ҳаракат
шаклида ҳам, партия
шаклида ҳам А.Пўлатов
билан
бўлмайди,
бўла олмайди.
Ҳозирги
ҳаракатлар
эса, нима
бўлса бўлсин (ёлғонми,
кимларгадир
туҳматларми
қилиб
бўлса
ҳам), иш қилиб
Пўлатовга
бирорта легитим яратишга қаратилган
ясама
ишлардир.
Чунки ёлғончилик ва
бу очиқ
туҳматларни
ўз манфа ати йўлида қўллаш
каби ғаламис
усул узоқ давом
этмайди, улар
кўп ўтмай
тўла очилажак.
Бу ёлғону-туҳматлар
билан обрў
қозонишни хаёл
этганлар
шарманда-ю
шармисор
бўлажаклар.
Одамларнинг,
Ватаннинг
такдири билан
ўйнашаётган
ёлғончи ҳукумат ҳам,
айнан шу ишни
бошқа
шаклда олиб
бораётган
А.Пўлатов
кабиларнинг ҳам умри
узоқ эмас.
Оқибатда,
йиғилишга
бўлинган,
якка-якка ҳолда
киришдан бошқа илож қолмади.
Мажлисда
нималар
бўлганини
Америкалик,
Эргаш ака ва
Рўзи ака,
Жавдат
Сайханлардан
сўролса жуда
маъқул
бўларди. Чунки
улар
нисбатан
бетараф
кишилардир.
Эргаш ака раҳматли,
бизнинг ўша
Вашинг тон йиғилишимиз
биринчи куни
тугаганиданоқ, Пўлатов
саситиб қўйди-деб баҳо берганди. Рўза
ака ва
Жавдатлар
Вашингтонда
яшаяптилар,
уларнинг
ўзларидан
сўраш имкони
бор. Аммо ўша йиғилиш
Америка
Миллий
Демократик
Институтининг
эрмакка чақирган
иши ёки унинг
иш жадвалида
турган навбатдаги
одатий
мажлиси
эмасди. Улар
бизни аниқ мақсад билан,
бизнинг қай даражада
мухолифат
эканлигимизга
баҳо
бермоқ
учун махсус
чақиришгандилар.
Улар бизни
кўришни
истагандилар.
Улар бизнинг
бўйи-бастимизни
кўришни эмас,
балки
бошимизни,
мухолифат
сифатида
савиямизни
кўришни ва
биз кимларни
орқамиздан
эргаштирмоқдамиз
уларни
билишни
истагандилар.
Йўлбошчи
бўлади
ганларимиз
кимлар эканлигини
кўришни хоҳлагандилар.
Улар ўша йиғилишдаги
ҳолимизга,
ўзимизни қандай
кўрсатишимизга
қараб бизга
сиёсий,
маънавий ва ҳатто
моддий ёрдам
беришни
режалаштирган
эдилар. Биз
учун у йиғилиш
ҳар доим ҳам
ташкил
бўлавермайдиган,
ҳаётий муҳим
тадбир эди. У
ерда биз ё
бор шаклда
ёки йўқ
шаклда
гавдаланишимиз
керак эди. Ҳақиқатан
шундай ҳам
бўлди. Афсус,
Пўлатовнинг
ножўя ҳаракати
оқибатида у
муҳим
имкониятдан
фойдалана
олмадик,
ўзимизни
етук сиёсат
кишилари қилиб
кўрсата
олмадик.
Натижа ҳақида
узун ҳикояга ҳожат
йўқ. Мана
бугунга қадар
Ўзбекистон
мухолифатини
дунёда ким дурустроқ
тан олади?
Бизнинг
бугунги аҳволимиз
ҳақида А.Пўла
товнинг ўзи
мана нималар
деяпти: Ҳамма
ерда
Ўзбекистондаги
вазиятни
билишади,
демократларга
ҳамдардлик қилишади,
аммо
уларнинг
бизни қўллаб-қувватлашлари
ўзимизнинг
кучимизга тўғри
пропорционал
экан.
1995 йил
бошида бизни
тан олдириш,
кучимизни кўрсатиш
ва бизни қўллашларини
ташкил этиш
имкони ўз қўлимизда
эди. Аммо
Пўлатов Кари
мов ҳукумати
ёлғон
ваъдаларига
сотилиб,
мухолифатни
дунё тан
оладиган нормал
шаклга
келтириш
имкониятини
барбод қилди.
(Пўлатовнинг
Вашингтон йиғилиши
олдидан,
Ўзбекистонга
яқинда қайтамиз,
деб зўр
беришлари бу
тасдиқнинг
исботи
бўлишга
арзийди. У бу
гапни ҳаводан
олмаган
экан.) Бу
фикрни
такрор исботлайдиган
яна бир
маълумотни
пастроқда
келтираман.
Ўша йиғилишда
сезиларли аҳамиятга
эга бўлган
яна бир ҳолатни
ҳам бу ерда
келтириш
жуда лозим,
деб ҳисоблайман.
Йиғилиш
аслида
Ўзбекис тон ҳукумати
ва унинг
мухолифати
вакилларининг
учрашуви эди.
Мажлис икки
кун давом қилди.
Йиғилишнинг
биринчи куни
Ўзбекистонлик
лар ўз чиқишларини
тугатишди.
Бизнинг икки
раисимизга
(М.Солиҳ ва
А.Пўлатов.
Уларга сўз
бериш
тартиби шундай
бўлганди) ўз
фикрларини
изҳор этиш
учун ҳар
бирига 5
минутдан, ҳаммаси
бўлиб ўн
минут вақт
ажратилди. А. Мардиевга эса, ҳукумат
вакили
сифатида бир
мунча кўпрок
вақт
берилди.
Қизиғи
шундаки,
мажлис
тошкилотчилари
мажлиснинг
иккинчи куни
Тожикистон қу
ролли
мухолифати
вакили А.
Тўражонзодага бир
соатлик
сўзлаш вақти
ажратишди. Қарамайсизми,
йиғилиш
номига
Ўзбекистонга
тегишли, аммо
унда асосий
эътибор Тожикистонга
қаратилаяпти.
Чунки биздан ҳеч
вақо
топмадилар-да.
Ана ўша вақт ҳам
дунё ким
билан ҳисоблашиши
мумкинлиги
кўринганди. Пўлатов
эса, ўша
замон-1995
йилнинг
бошида мамлакатдаги
мустабид
режимга қарши
кучли
мухолифат
бўла олиш ва
Америка ҳам,
Овропа ҳам қўллайдиган
бўлиш имкони
ни Каримовга
сотиб
бўлганди.
Мана бугун
эса, у уялмай,
Биз кучли
бўлсак, кўпроқ,
кучсиз
бўлсак, камроқ
қўллаша ди",
деяпти.
Билмадим у бу
фикрини кимга
ва нима учун
уқтирмоқчи? ...
Ўша
мажлисимизнинг
иккинчи куни,
мажлис бошланиш
олдидан
кичик
Пўлатов,
Мухаммадбобур
Маликов ва
мени бир
чекага олиб,
Кеча акам
нотўғри иш қилди.
Келинглар,
бугун қайтадан
йиғилайлик
ва
бирлашишга
келишайлик-
деди кўзидан
ёшини тўкиб.
Тўғриси,
унинг бу
таклифи
бироз кеч
бўлаётган
бўлса-да биз
иккимиз
ундан
хурсанд
бўлдик. Лекин
энди бу таклифни
иккинчи
тараф кеч ҳисоблади,
қабул қилмади
ва бу тараф,
тўй ўтди, энди
хинани қаерга
қўйсаларинг
ихтиёр
силарда, деб
жавоб қилди.
Бу жавоб ҳам
нотўғри эди,
албатта. Аммо
буниси бошқа
масала.
Вашингтон
йиғилиши
олдидан биз
Форум
газетасини
нашр этишни
бошлагандик.
Америкаликларнинг
таклифи
билан у
газетага мен
муҳарир
бўлгандим.
Биз ўша
вақт
Вашингтондалигимизда
сиз Пўлатов, ҳозир
газета чиқариш
хавфли, жонингизни
таҳликага қўйманг,
газета нашр
этишни тўхта
тинг, демаганмидингиз???
Деган дингиз,
ўртоқ
Пўлатов.
Чунки
сизнинг
Каримов
билан шартномангизга
кўра, сиз
Ўзбекистонга,
Каримовнинг
мансабига қайтмоқчи
эдингиз.
Шунинг учун Ҳаракатимизга куч
бераётган имконни
барбод қилдингиз
ва яна
нималардир қилишингиз
лозим эди.
Бундай
нималардан
бири Форум
газетасининг
нашрини
тўхтатиш эди.
Шу сабаб мени
йўлдан урмоқчи
бўлгандингиз.
Аммо сизнинг ғаламислингиз
амалга
ошмади,
ошмасди ҳам.
Мен
Вашингтондан
Москвага қайтиб,
Форум,
Бирлик
газеталарининг
нашрини
бошлаб
юбордим. Эрк -
чилар эса,
Эрк газетасини
чиқара
бошлашди. Харажатлар
озроқ
бўлсин учун
учала
газетани бир
жойда чиқара
бошладик.
Пўлатовнинг
Вашингтондаги
бузғунчиликлари
Каримовни
жуда ҳам қаниктирмади,
шекилли,
Пўлатов
тезда
Ўзбекистонга
қайтавермади.
Бизнинг
газеталаримиз
эса, кетма-кет
чиқа бошлади.
Пўлатовнинг
эса, шундай
бекор ўтираётгани
кўриниб қоладиган
бўлди. Ана
шундан кейин
гина Ҳаракат,
номланган
варақа чиқара
бошланди
(Бунинг учун
Туркияда
кимлардан ва
нималар
олингани, улар
қандай
усуллар
билан олин
гани Аллоҳга
ва Абдураҳимга
маълум).
Шунинг учун
Пўлатов
Тошкентга
йўллаган
Хабарномасида
жуда мақтаниб
кўрсатган Ҳаракатнинг
дунёга
келишига мен
сабабчиман
десам, бу ҳақиқатан
мақтаниш
бўлмайди,
чунки бу ҳақиқатдир. Аммо
шуни ҳам
айтиш
керакки,
Каримов Пўла
товга берган
ваъдасини
бажарди. 1996
йилда
Пўлатовларни
Каримов икки
марта
Ўзбекистонга
чақирди. Бироқ
Пўлатовлар ҳалигача
Ўзбекис
тонга қайтишни
негадир
пайсалга
солиб келишмоқдалар.
Аҳволимизнинг
шундайлигига
қарамасдан,
ўша йилги
Вашингтон йиғилиши
қатнашчиларининг
ҳақиқий
мухолифат қисми
Каримов ҳукуматига
қарши
таъсирлироқ
курашмоқ
учун Каримов
режимига қарши
бўлган барча
кучларни
бирлаштириш
чораларини
ишлаб чиқиш
керак, деган
фикрга
келдилар.
Шунинг учун
иложи борича
тезроқ,
имкони қадар
1995 йилнинг
ичида бутун
мухолифатдагилар,
Бирлик-1, Эрк-2
вакил лари,
Каримов ҳукуматида
ишлаган-у,
аммо уни
ташлаб кетганлар
- 3, ўзларини
диний
мухолифат ҳисоблаганлар
- 4 гуруҳ вакиллари
қатнаша
диган йиғилиш
ўтказиш
зарур ва буни
ташкил
этамиз, деган
қарорга
келинди.
Афсус, бу қарор
ҳам бошқа бир
лидернинг
хатоси билан
амалга ошмади.
Оқибатда,
ўзларини
лидерман, деб
ҳисоблаганларнинг
баъзида
масъулиятсизлиги,
яхши
ишламаганларидан,
баъзида тўғридан-тўғри
Каримов ҳукуматига
сотилганликларидан
мамлакат аҳолисининг
бутун табақаларини
бирлаштирадиган
мухолифат ҳалигача
майдонга
келмади. Бу
орада ўзларини
диний
мухолифатда,
деб ҳисоблаганларнинг
кўпчилиги,
айниқса
уларнинг
ёшлар қисми
тўғри
бўлмаган
йўлга тушиб қолдилар.
Шундай қилиб,
1995 йилнинг
февралида
бирлашиш
учун энг қулай
вазиятни
шахсан
А.Пўлатов
махсус барбод
қилгани учун,
у ўша
Вашингтон
учрашувини
ўз
хабарномасида
четлаб ўтади.
уни эсламайди
ва кейинги аҳамиятсиз
бир маълумотни,
1995 йил 17 майда,
мен, М.Солиҳ,
Ш.Мирсаидов ... ҳамкорлик
Баёнотномасини
имзоладик -
деб келтиради
ва бу билан
фактларни ўз
истагига
мослайди,
кишилар
фикрини чалғи
тишга
уринади.
Аслида 1995 йил
Вашингтон
учрашувида
бирлашишга
уриниш
барбод бўлганидан
кейин
Пўлатов ёки
пўлатовлар тарафидан
қилинган ҳар қандай
ҳаракат
кўзда
тутилган
натижа
бермаслиги бу
аксиомага
айланганди.
Энди
бирлашиш масаласини
ўртага қўймоқ
учун
Бирликнинг
янги қурултойи
ўтказилиши
ва унда Ҳаракатнинг
ва
А.Пўлатов
фаолияти
жиддий муҳакама
этилиши
зарур бўлиб қолганди.
Аҳволнинг
айнан шундай
эканлигини
Тошкентда 6
майда
ўтказилган
йиғилиш ва
унга
йўлланган
Пўлатов ҳикояси
яна бир бор яққол
кўрсатиб
турибди.
Юқорида
келтирилганлардан
келиб чиқиб, 1995
йил ёзида
Москвада
Бирликнинг
навбатдаги қурултойини
ўтказишга
киришилди.
Мен март ойида
Наманган,
Андижон, Қўқон,
Тошкентда
бўлишга
муваффақ
бўлдим.
Вашингтон воқеаларини
у ерда
учратган ҳамфикрларга
ҳеч
бадиийлаш
тирмасдан
сўзлаб
беришга ҳаракат
қилдим.
Бекжон ака
Тошмуҳаммедов
билан
телефонда
гаплашдим. Бу
саёҳат ҳам
бир узун
саргузашт.
Хуллас,
ўша йили ёзда
Москвада бир қанча
кишиларни йиғиш
мумкин бўлди.
Москвага
етиб
келганлар Бирликнинг
еттита
вилоят
ташкилот лари
вакилларидан
иборат
эдилар. Улар
Низомга
биноан қурултой
ўтказиш учун
тўла
ваколатли ҳам
эдилар. Унда
А. Пўлатовга
жуда ҳам
ёқмаган
ташкилий
масала ҳам кўрилиши
мумкин эди.
Аммо биз, чет
элларда юра
туриб, ўзи қатнашмаётган
бир йиғилишда
уни кўп муҳакама қилмайликда,
унинг ўзи
иштирокида қурултой
чақирайлик,
деган
андишага
боргандик. Бу
фикрни шахсан
мен қаттиқ туриб йиғилиш
аҳлидан талаб қилгандим.
Бугун ўртоқ
Пўлатов
андишанинг
отини қўрқоқ
атамоқда ва
воқеа ҳақида
ёлғон
фактлар
келтириб,
кишиларни
чалғитаяпти.
Аслида
эса, Пўлатов
етарли
сиёсий даражага
эга киши
бўлганда эди,
ўша ҳаракатларни
ўзи бошқарган
бўларди, чет
элдаги ва
мамлакатдаги
кучларнинг
(мен бу ерда
фақат
Бирликчиларни
кўзда
тутаяпман)
жипслаштирган
ва Ҳаракатни ҳақиқий
кучли
ташкилотга
айлантирган
бўларди. Нима
учун бундай
бўлмади ва
бўлмаяпти? Бу
саволларга
жавоб
беришдаги
Пўлатовнинг
важига қарасангиз,
бу ярамас
М.Солиҳ
тирик-да,
агар у
бўлмагандами,
у-ҳу нималар
бўларди,
Бирлик иши
ундай ажойиб
бўларди, у
бундай кучли
ташкилотга
айланарди,
дейишдан бошқа
гап йўқ.
М.Солиҳ ким
бўлса бўлсин,
у Бирлик- дан
кетди. Нима
дунё фақат
Солиҳга
суяниб
тургандими
ёки бутун ҳаракат
Солиҳдан
иборат миди?
Масалан, Зоҳид
Ҳакназаров,
Бекжон Тршмуҳаммедов,
Гулчеҳра
Нуруллаева,
Толиб Яқубов
ва бошқа қатор
етарли
даражада
пишиқ сиёсий
кишиларни (улар
6 - май йиғилишида
қатнашдиларми?
Қатнашмадилар.
Нега у
ветеранлар қатнашмадилар?)
ҳам Ҳаракатдан
Солиҳ олиб
кетдими?
Энди,
Пўлатовнинг
Солиҳни
Америкада
шарманда қилсак,
Ўзбекистонга
қайтамиз,
дегани ҳақидаги
масалага
келсак. Мен 1995
йили Қўқонда
бўлганимда, қўқонликлар
менга, Биз
жуда ишончли
манбадан биламизки,
Ўзбекистон
президенти қашида
ижтимоий
ташкилотлар
ва партиялар билан
ишловчи
комитет
ташкил
бўлади. Унинг
бошлиғи қилиб
Абдураҳим
Пўлатов
тайинланади.
У яқинда
Ўзбекистонга
қайтади
-дедилар. Ана
шундан сўнг,
Пўлатовнинг
Истанбулдан
менга
телефонлари,
унинг менга
айтган сирлари,
унинг
хотинининг
Баҳром Ҳамроевга
Ўзбекистонга
қайтамиз
дейишлари
такрор
хотирамга
келди ва тўғриси
қаттиқ
ачиндим. Ана
ундан кейин
Пўлатовнинг
Вашингтондаги
несговорчвыйлигини
такрор мулоҳаза қилдим. Сиз ҳам мулоҳаза қилинг, Ҳақиқат мана шу,
дўстлар.
Ўзбекистонда
бечора
миллат,
менинг бу сўзларимни
ўқиётган
азиз ўқувчи,
сиз
Бирликка
не-не умидлар
билан кўз тикиб,
уни нажоткор ҳисоблаб
турсангиз-да,
Ҳаракатга қанақадир
ёлғон йўллар
билан кириб
олган
бир-икки киши
фақат ўз
шахсий
манфаати нуқтаи
назаридан
келиб чиқиб,
ўзларини бир
сафар
демократ ва
бошқа сафар
сотқин,
учинчи сафар
яна кимлар қилиб
кўрсатсалар,
нософ қилмишларини
ҳақиқат, деб
кўрсатишга
бор кучлари
билан уриниб
турсалар, Ҳаракат
бугунги аҳволга
тушмасдан
бошқа ҳол ҳам
бўлиши
мумкинми
эди?
Энди
икки оғиз сўз
А.Пўлатовнинг
6-май йиғилишига
юборган нутқи
ҳақида.
Биринчидан,
бу нутқ да ўн
йиллик
сиёсий
хулосаларни
топиб бўлмайди.
Иккинчидан, ҳисобот
нутқи
аталмиш бу ҳикоя,
афандининг
бу гўшт
бўлса, мушук қани,
бу мушик
бўлса, гўшт қанисига
ўхшаб қолибди.
Чунки инсон ҳуқуқлари
билан катта
Пўлатов эмас,
кичик Пўлатов
шуғулланади-ку,
ахир. Бу нутқ
Абдураҳимга
тегишли
бўлса,
Абдуман ноб
нимани
гапиради?
Агар
тескариси
бўлса, ўн йил
давомида
Абдураҳим
нима билан
машғул
бўлган экан?
Бир
неча саҳифалар
тўлғазилган
Пўлатов
сўзларини
ўзбекларга ўқиб
берилса,
ундан улар
бирор нарса
тушуниб ола
биладиларми?
Оддий қишлоқдаги
ўзбекларни қўя
турайлик-да,
зиёли ҳисобланмиш
институт ва
университетларнинг
прфессор-ўқитувчиларига
борайлик,
мана бу
бизнинг бўлажак
президентимизнинг
ўн йиллик чет
эллардаги
юриб
ортирган
сиёсий
тажрибалари,
деб
кўрсатайлик, қани
улар ундан
нима лардир
тушунармиканлар.
Масалан, мен ҳатто
шундай
кўрсатишга
уялган
бўлардим.
Аслида
эса, ўн
йиллик ҳисобот,
мамлакатнинг
сиёсий, иқтисодий
аҳволини чуқур
илмий анализ қилиши
ва у бугунга
ва келажакка
мўлжалланган
жиддий
хулосалар ва
таклифлар
билан тўла
бўлиши зарур
эди. Ҳатто
баъзи
муаммолар
деталлаштирилган
ҳолда таҳлил қилиб
берилиши
лозим эди. У ҳисоботни
ўқиган халқ
ёки алоҳида
бир киши ана
шу ҳисоботдан
мухолифатнинг
кимлигини
кўриши керак
эмасми эди,
ахир? Ваҳоланки,
Пўлатов ҳикоясидан
бундай ҳаётий
муҳим
масалалар ҳақида
бирорта
жўяли фикр
топиб
бўладими? Йўқ-ку,
ахир. У ҳолда
ўртоқ
Пўлатов
кейинги ўн
йилда нима
билан шуғулланди
экан, халқ ва
биз Ҳаракат
аъзолари
ундан буни
сўрашга ҳақлимизми
ёки йўқ?
Бирликни
бугунги
Пўлатов
истаган
шаклда партияга
айлантириш ҳам
умумдан
яширин,
нохолис мақсадни
кўзда
тутаётган
кўринади.
Афсуслар бўлғайким,
Ўзбекистонда
бугун ҳам
партиялар
тузишга
нормал
шароитлар пишиб
(ҳатто бутун
постсовет
мамлакатларида,
десак ҳам
хато қилма
ган бўламиз)
етишмади.
Жамият
манфаатлар
асосида табақалашмади.
Биз
истаймизми ё
йўқ Партия
аталадиган
гуруҳлар фақат
манфаатлар
атро фида
жиддий
жипслашишлари
мумкин.
Жиддий
жипслашмаган
гуруҳлар
ўзларини ким,
деб
аташларидан
катъи назар
улар партия
принсиплари
да иш юргиза
олмайдилар.
Демак, улар
партия
эмаслар.
Бизда ҳамон
жамият, ҳокимият,
унинг соҳиблари
ва ундан (ҳокимиятдан)
норозилар
гуруҳларидан
иборат бўлиб қолмоқда.
Бундай
вазиятда ҳоки
мият нуқтаи
назарига қарши
халқ ҳаракати
шаклида
мухолиф гуруҳ
фоалият
кўрсатса
самаралироқ
бўлади.
Менинг бу
фикримдан
Ўзбекистонда
партиялар
ташкил
бўлмайди экан,
деган хулоса
чиқмайди.
Асло ундай
эмас. Ҳаракат
ўз
фаолиятини
сақлаб қолган
ҳолда, унинг
ичидан пар
тияга
бирлашувчилар
партия тузиб
чиқаверишлари
мумкин. Аммо
партия
туздик, Ҳаракатни
тарқатамиз,
дейиш
хатодир.
Замонлар
ўтар, Ҳаракат
ичида бир қатор
партиялар
етишар ва ниҳоят
Ҳаракат ҳақиқатан
тарихга
айланар. У
замон ҳурмат
юзасидан
балки
Бирлик
маслаҳатчи
бир
ташкилотга
ёки мамлакат
ижроия ҳокимияти
қашида маслаҳатчи
Кенгашга
айланиши
мумкин бўлар.
Бугун эса,
Ўзбекмстонда
Бирлик халқ ҳаракати
сифатида
фаолият
кўрсатиши
керак ва
мамлакат
Конститутсияси
доирасида сиёсатнинг
барча жабҳаларида
Ҳаракатнинг
истисносиз қатнашиши
қонунлаштилиши
зарурдир.
11.2. Assalomu alaykum, Qadrli do`stim!
Men bundan oldingi marta sizga yozgan xatimdan
keiyin haligacha o`zimni xotirjam hisoblay olmayapman. Chunki sizga ijobiy
javob bera olmaganimdan ko`nglumda bir g`ashlik, bir qoniqarsizlik ketmay
qoldi. Biz, harakatimiz bor, undaymiz-bundaymiz, unaqa-bunaqa raismiz bor va
h.k, deb qanchalar ko`krak keramiz. Agar bu mash-mashalar xalq dushmani
mustabid rejimga biror bir shaklda qarshi turolmasa, hatto birortamiz qiynalib
qolganda unga biror narsa bilan yordamchi bo`la olmasa ularning kimga va nimaga
keragi bo`ladi? Unday harakatmi, tashkilotmi, boring partiyami borligidan
kimga foyda, kimga zarar? Unday tashkilot bilan kim so`rashib, salomlashadi?
Qadrli, sizga u xatni jo`natib, kutubxonadan
chiqqanimdan so`ng meni ana shu yoqorida keltirilgan savollar ancha vaqt
qiynadi. To`g`risini aytsam, bu masalalar meni bugun, sizdan xat olganimdan
keyin, sizning muhtojligingizni bilganimdan so`ng emas, balki ular meni ancha
ilgaridan boshlab qiynab keladi. Po`latov va mening so`nggi yillardagi
qarashlarimiz orasidagi asosiy farq ham shu savollarga javob axtarishdadir.
Birimiz u savollarga haqiqiy javob topish tarafdori (bu men va men kabilar),
ikkinchimiz kishilarni, millatni aldash tarafdoridir - bular Po`latov, Karimov
ham shu erda va shularga o`xshashlar hammasi bir erda.
Xat uzunroq bo`ladigan bo`lsa-da men uni biroz
uzoqdan boshlayman. Harakatmi, partiyami bo`lishidan qati nazar har qanday
siyosiy tashkilot baquvvat bo`lmog`i, ishonarli harakat qilmog`i uchun zaruriy
shartlardan biri uning etarli miqdorda moliyaviy qudratga ega bo` lishidir.
Buni ozgina siyosat bilan qiziqqan kishi bilishi zarur. Shuning uchun hali
O`zbekistonligimizda, Po`latov men uchun ham rais hisoblangan zamonlarda, men
unga partiyaning moliyaviy tarafi, joylardagi yacheykalarning mustahkam bo`lishi
va ularning moliyaviy masalasi haqida juda ko`p marta Po`latovga men so`zladim.
Siz meni mazur tuting, bu gaplarni sizga yozishdan maqsad o`zimni maqtash
emas, balki sizni voqealarga yaqinroq keltirishdir. Siz yaxshi bilasiz, moliya
masalasi bilan Samarqandda biz shug`ullanishga harakat qilgandik, biror
jamg`arma bo`larmikan, degan maqsadda sizga biroz pul ham yig`ib bergandik.
Afsus, u ishlarimizni rivojlantira olmagandik. Ammo unday ishlarning yaxshi
yo`lga qo` yilishi uchun ham markaz kerak edi. U marlkaz ko`proq pul yig`ishi,
uni ishonchliroq banklarda saqlashi, ishonarli tujjorlar bilan ishlashi kerak
edi. Biroz keyinroq bilish mumkin bo`ldiki, biz Toshkentda markazimiz bor, deb
yuravergan ekanmiz, biroq o`sha zamonlardayoq va hech bir zamon biz Harakat
shaklida markazga ega bo`lmagan ekanmiz.
Aslida hukumat, Birlik, deganda uning
Samarqand va Andijon tashkilotlarini tan olar ekan. Markaz esa, ularning
qo`lida o`yinchoq bo`lgan bir ayanchli guruhdan iborat bo`lib qolgan ekan. Biz
esa, intizomli bo`lish niyatida doim markazga qarab ish tutdik. Bu bizning eng
katta kamchiliklarimiz, siyosiy xomligimiz bo`lgan. Markazda kimlar
o`tirganligini bila olmaganimizni kechirib bo`lmaydi. Bu tarixiy kamchilikdir.
Nadomatlar bo`lg`aykim, masalalarning asl mohiyati ancha kech anglashildi.
Qadrli, sizga yozgan kichik va katta
xatlarimda Po`latov haqida u yoki bu xil narsalar yozib, pul aralashishi mumkin
bo`lgan erlaridan ataylab sakrab ketgandim. Chunki pul haqida gap ketganda eng
yaqin dostlar ham noto`g`ri tushunishlari mumkin-da, axir. Siz mening jo`shqin
tanqidchiligimni pulga bog`lab yubormang, degan maqsadda masalani u tarafga
hech olib bormayotgan edim. Bugun siz mendan yordam so`raganingizdan keyin bu masalalarni ham
oydinlashtirishga to`g`ri kelayapti.
Endi dostim, sizni voqealar bilan durustroq
tanshitirish uchun hikoyani o`z musofirlik hayotimdan boshlashim kerak
bo`layapti. Birinchidan, mening O`zbekistondan qanday chiqib ketganligim, unga
asosiy sabablar nima, siz yaxshi bilmasangiz kerak, haqiqatan ham bilmaysiz.
Samarqand shahar va viloyat organlari meni
qamoqqa olmoqchi edilar, ammo ular bizning qancha kuchimiz borligini
bilmasdilar. 1989 yilgi tojiklar fitnasi (provakat siyasi) va 1991 yil
talabalar g`alayoni chiqarishga urinishlarda Biz har tomonlama sezgir va
vaziyatni yaxshi tushunadiganligimizni ko`rsatganligimiz sababli hukumat bizdan
juda ham iymanardi. Suning
uchun ular meni qamoqqa olishni paysalga solishardi. Bordi-yu, meni qamasalar,
meni qo`llab katta miting va g`alayonlar bo`lib ketishidan chuchirdilar. Shu
sababdan ham hukumat mendan siyosatdan chetlashishimni bazan iltimos, bazan
talab qilardi. Bu iltimos va talabni Abdurahmonov (o`sha zamondagi Samarqand
viloyat hokimi), shahar va viloyat prokurorlari, militsiya boshliqlari, viloyat
KGB-si boshlig`i bir necha martalab, har xil shaklda mening oldimga
qo`yishardilar. Men ularning taklifini qabul qilsam edi, o`zimga o`zim hukm
o`qigan bo`lardim. Bu bilan ular meni odamlarga sotqin ko`rsatishlariga va
jismoniy yo`qotib yuborishlariga yo`l ravon ochilardi. Men ularning taklifini
qabul qilmadim, albattta. Mening qarorim qatyligini bilishgan hukumat odamlari
mendan qutulishning boshqa yo`lini, yani meni Samarqanddan chetiroqqa
chiqarish yo`lini tanladilar. Bu variantga men ham rozi bo`ldim. Aks holda mening jonim tahlikada
qolayotgandi. O`sha zamonlar ertayu-kech uch kishi bazan to`rt kishi meni
qadamma-qadam kuzatishardi. Dars o`tayotganimda auditoriyaning eshigi oldida
kutib turishardi. Bir safar darsdan keyin kafedrada Anvar Asrorov ikkimiz uzoq
shaxmat o`nadik. Natijada fakultetdan juda kech chiqdik. Men bilardim,
tashqarida hech bo`lmaganda birisi meni kutardi. Shuning uchun Anvarni men
universitet darvozasi tarafga emas, medtexnikum tarafga (aviatsionnaya tarafga)
olib ketdim. U tarafdan aylanib, Chorshanbaevning uyiga bordik. Chorshanbaev
uyida yo`q ekan, unikiga kirmadik. Uning o`g`li bizni mashinasiga mindirdi. Ana
shunda, mashinaga chiqayotganimizda arqamizda kishilar borligini Anvar sezib
qoldi. Ular bitta emas, ikki kishi ekan. Kechalari Samarqanddagi uyimning uch
tarafida uchta juguli mashinada to`qqiz kishi bizni qo`rib yotishardi.
To`g`risi, men ulardan qo`rqardim. Ammo men ularning meni qamoqqa olishlaridan
emas, balki birda bo`lmasa, birda ular birorta transport ostiga meni itarib
yuborishadimi, deb qo`rqardim. Chunki meni bunday kuzatish bir kun ularni
zeriktirgan bo`lardi-ku, axir. Kim bilsin, balki buyruq shunday bo`lardi. Ish
qilib ahvolim juda tang edi, o`sha zamonlar. Ammo men bunday holni birov bilan
sheriklashmasdim, sheriklasha olmasdim. Chunki bu hukumat nimalarni
rejalashtirmagan, deysiz? Balki mening hamma so`zlarim yozilib olinayotgandir.
Men esa, hech qachon O`zbekistondan hech erga chiqmoqchi emasdim. Vatandan
chiqmaslik uchun eng so`nggi harakatni ham qilganman. Ammo unga ham
Toshkentdagi Birlik-chi hisoblanmish do`st lar xalaqit berishgan. Mening
so`nggi harakatim va do`stlarning halaqitlari haqida yozishga hali vaqt
kelmadi.
Xullas, 1993 yili taxminan mart oylarida
hukumat Yo`lyaxshiev Aliboyni O`zbekistondan chiqarib yuborishga qaror qildi.
Shuning uchun 1993 yilda universitet
rektori o`qituvchilar bilan ish kontrakti tuzganda men bilan kontrak
tuzilmagandi. Bundan sizning xabaringiz balki bordir. Men (Yo`lyaxshiev) esa,
Birlik-chi do`st larim hisobidan rejimga qarshi hujum qilishning eng
so`nggi imkoniyatidan mahrum bo`lib, hukumat qaroriga rozi bo`lishdan boshqa
ilojga ega bo`lmay qolgandim. Ana shundan keyin Samarqand universiteti rektori
Mo`minov T.M. meni ilmiy safarga rasmiylashtirgandi. Chunki hamma ishlar silliq
bitishi, atrofda ortiqcha shubhalar tug`ilmasligi kerak edi. Ammo kimlarningdir
ig`vosiga uchib, Jumanov-buzog`cha o`zini prorektor hisoblab, mening safar
hujjatlarimni rasmiylash tirishni kechiktirishga intilgandi. Oqibatda, rektor
hujjatlarni shaxsan o`zi imzolagandi. Mening bu ilmiy safarim, O`zbekiston
hukumati uchun rasmiy muxojirlik, haqiqiy surgun edi. Buni, Po`lat
Abdurahmanov, Mo`minov T.M. va militsiya, prokuratura, KGB bilardilar va
albatta, men ham bilardim.
Ey Alloh, O`zing oq yo`l ber, deb yo`lga
chiqish oldidan masalaning yuqoridagi kabi ekanligini, surgun
bo`layotganligimni, endi men Vatanda rejim o`zgarmasdan yurtga qaytishim
nomalum ekanlgini maxsus shart bilan faqat bir kishiga aytdim. U ham bo`lsa
katta kuyovim Musin Abdualimov edi. U holatning shundayligini faqat o`zi bilib,
uni hatto xotiniga-mening qizimga ham aytmasligi kerak edi. Haqiqaqtan shunday
ham bo`ldi. Bilasiz, u o`sha vaqtlar shahar hokimiyatida ishlardi.
Men bir tomondan muxojirlikni noiloj qabul qilgan bo`lsam-da, tashqarida raisimiz borligi uchun ko`nglum to`q edi. Endi to`la qonli muxolifat ishlarini chet ellarda davom ettiramiz, degan umidim katta edi. Afsus, umidlar puchga chiqdi. Men, chet ellarda to`la qonli muxolifat ishlari, deganda : birinchidan, chet elda ko`pchilik bo`lishimizni, intizomli bo`lishimizni, ittifoqchilikda ishlashimizni, butun harakatlarimiz mustabid rejimga qarshi qaratilgan bo`lishini, harakatimizning moliyaviy tarafini yaxshi yo`lga qo`yishimizni tushunardim. Ikkinchidan, Vatan ichkarisida qiynalib qolgan do`stlarimizni doimiy ravishda O`zbekistondan chiqarib olish imkoniyatini yaratishni tushunardim. Uchinchidan, O`zbekiston ichkarisida qolishga majbur bo`lganlarga yoki u erda qolib ishlashi zarur bo`lganlarga har taraflama-moliyaviy, manaviy, g`oyaviy-siyosiy va h.k. yordam tashkil qila bilish imkoniyatiga ega bo`lishni tushunardim.
Qadrli do`stim, bu yozganlarim
mening xayolimdagi lirik o`ylar bo`lmay real fikrlar edi va bu fikrlarni har
ikki raisga ham taklif qilganman. Yana afsuski, haqiqiy muxolifat bo`lishimiz
uchun suv va havo kabi zarur bo`lgan bu ishlar qilinmadi. Va nihoyat ahvolimiz mana bugungidekdir.
Mana shunday bo`lgandan keyin nima bo`lardi.
Sizning buyuk raisingiz kabi, kimlarningdir buyuk pullari hisobiga ukasi
nomidan qilingan ishlarni uyalmay men qildim, deb o`tiraveradi-da.
Biroq shuni ham aytishim kerakki (endi aytish
kerak bo`layapti), Hamid Rasulevdagi faktlarga ko`ra rais Po`latov hali
O`zbekistonligidayoq Birlik hisobidan juda katta pulga ega bo`lgan. Po`latov
Turkiyaga butunlay ketmasdan avval ham bir marta Turkiyaga borib kelganida u
qanday pul bilan kelganini H. Rasulrev (Hamid Rasulev; Birlik harakatining
azosi, Moskvada yashaydi) juda yaxshi biladi. Chunki o`sha vaqt Turkiyadan
kelgan pullar Hamid Rasulevning Moskvadagi uyida sanalgan va bo`lisha olmay
tepalashishlar ham sodir bo`lgan. Chunki Turkiyadan olingan pullarga
Po`latovning Toshkentlik o`rtoqlari ham sherik bo`lishni istash ganlar. Siz
bilan biz esa, Vatan, Birlik, deb militsiyaning qamchisi ostida turganimizda,
bizning raisimiz Moskvada Turkiyadan kelgan pullarni bo`la olmay tepala shib
yurganlar. Birlikning pul fondi haqida H. Rasulev boshqa ko`p narsalarni ham
biladi. 1992-mi yoki 1993 yili Po`latov
Turkiyaga butunlay ketdi? Ish qilib, endi Turkiyada Po`latov Birlik hisobiga
kimdan va kimlardan nimalar olgan uni faqat Alloh biladi, Abdurahim biladi va
unga pul berganlar biladi. Men esa, sizga Turkiyada ko`rganlarimni
eshitganlarimni so`zlay olaman, xolos. Chunki men yashash uchun Turkiyaga 1997
yili keldim. 1996 yilning bo shida ham men Turkiyada bir oy turdim. Ammo u vaqt
Turkiyada juda ozchilik bilan uchrashishga to`g`ri kelgandi. Ikkinchi safar
Turkiyaga kelib, 1997 martdan 1998 avgustgacha Turkiyada qoldim. Bu safar ancha
kishilar bilan uchrashdim, so`zlashdim, suhbatda bo`ldim. Po`latovni
taniydiganlarni ham, uni tanimay, faqat
u haqida eshitganlarni ham ko`rishga to`g`ri keldi. Men ularni ataylab
izlamadim. Turkiyada yashaganingdan keyin istar-istamas yig`ilishlarda,
mehmondorchilikda bo`lib qolasan-da, kishi. Siz, O`zbekistonli bo`lganingizdan
keyin, siz bilan kishilar darhol qiziqishadi, albatta. Partiyaviyligingizni ham
surishtirishadi. Chunki Turkiyada odamlar juda siyosatchi, undan keyin
O`zbekistondan Turkiyaga kelib, menga o`xshab yurganlar tujjorga o`shamaydilar,
axir. Qisqasi, oxiriy shunday bo`lib
qoldiki, men darhol partiyaviyligimni so`zlamaydigan bo`ldim. Bordi-yu
o`tirihsda Po`latovni taniydiganlar bo`lsa yaxshisi partiyasizman, deydigan
bo`ldim. Ayniqsa birinchi vaqtlar o`zim turkchani yaxshi bilmayman. Tarjimon
orqali Po`latovning Birlikidan chiqish juda mushkul bo` lib qoldi. Turkchani
biroz chuldiraydigan bo`lgandan keyin, shukr biroz durust bo`lib, masala
nimadaligini o`zim tushuntiradigan bo`ldim. Baribir har safar Po`latovdan
qutulaman, deb u bu xil gapiraverish ham juda noqulay bo`larkan, odamga.
Qisqasi, raisingiz Turkiyadagilarni ham
bezdirib, joniga tegib bo`lgan. Chunki u nimalar uchun pul so`ramagan u erdagi
odamlardan, uyog`ini qo`yaverasiz, u tarafi faqat Yaratganga aniq. O`tkan katta
xatda ham biroz tegib ketgandim, Harakat jurnalining varaqa variantini
chiqarishda Turkiyada kimlardan pul yig`ib olmadi u Po`latov, deganlari. Ammo
qani u pullar? Birlik Po`latovning otasining mulki emas edi-ku? Birlik
uchun Po`latov emas, siz va biz zo`rliklar, jabr-zulm ko`rdik-ku. Mana bugun
siz o`g`illaringizning ...larini soniga bog`latib o`tiribsiz. Qani biz, biz
qaerdamiz, qaerda Birlik?
Qadrli, siz menga ham gina qilarsiz, mayli
Po`latov yomon bo`lsin, nokast bo`lsin, siz o`zingiz biror ishlar qilsangiz
bo`lmasmidi, dersiz. To`g`ri, shunday desangiz siz haqsiz. Men ham sizning
o`rningizda shunday savol qo`yardim. Jon do`stim, hamma gap shundaki, men
chetga chiqqanimda eng avval rais bir ishlarni bajarib qo`ygan, biz unga
yordamga boramiz, deb tushunardim. Ammo unday bo`lib chiqmadi. Undan avval,
hali men Moskvada, u Istanbulda ekanligimizda yuqorida keltirgan takliflarni
unga tushuntirishga harakat qildim. Ular qabul qilinmadi. Va nihoyat Turkiyaga
kelganimda endi haqiqatan hamma ishlardan kechikkan edim. Chunki bu vaqtga
kelib, masalan, moliyaviy masalalar bo`yicha
Po`latov ismli zot borish mumkin bo`lgan erlarga borib bo`lgandi.
Masalan, Turkiyada Birlik, deb Po`latovni tanishardi va siz Birlikchi
bo`lsangiz ikkinchi Po`latov kelaypti, deb qabul qilishardi, yani sizdan
qochishardi. Demak, Birlik hisobidan biror yordam yoki birorta tijjoriy ish
boshlatish yo`llari endi to`la yopiq edi. Yangi biror tashkilot tuzish mumkin
bo`lmaganligini tushuntirishga hojat yo`qdir.
To`g`ri, men va bolalarim ketma-ket kelishib,
1997 yil martdan 2000 yil apreligacha Turkiyada uch yil yashadik. Hech birimiz hech erda deyarli ishlamadik, desak bo`ladi. Har holda bolalar u er, bu erda
qochib - pisib ishlashdi. Turkiya hukumati bizga ishlashga ijozat bermagandi.
Lekin millat, Turkiya millati bizga-o`zbeklarga imkoni qadar yaxshi qarashadi.
Shu sabab mening bolalarimga ham u-bu ishlar berishardi. Ammo men, biz
yashaydigan yordamni
Po`latov-Birlik-chini tanimaydigan, undan uzoq bo`lgan kishilardan oldim.
Esingizda bordir, 1990-1991 yillari Turkiyadan Samarqandga ikki guruh kishilar
kelishgandi. O`shanda biz ularninfg bazi birlari bilan tanishgandik. Ularning
ichida juda dindorlari ham bor edilar. Bizga ana o`sha musulmon kishilar Alloh
yo`lida yordam berishdi. U yordamlarni ular diniy vaqif-fondlar orqali tashkil
etishdi. Bilasiz, biz o`zimiz ham bir-ikki kishi emasdik, yani mening oilam ham
uylangan va uylanmagan bolalarim bilan birga kichik oila emasdik, axir. Son hisobiga- nevaralar bilan birga
16 kishi edik. Buncha kishining uch yil sadaqaga yashashi engil bir ish emas.
Turkiyadagi o`sha musulmon qardoshlardan Alloh rozi bo`lsin, ular bizga uch yil
qarashdi. Turkiyada ana shunday bir holatda yashab turib, o`zimdan tashqari
yana kimga yoki kimlargadir yordam haqida o`ylay olmasdim.
Qadrli do`stim, mening Moskvada yashashim ham
It yotish, mirzo turish bo`lgan. Po`latovning kichikinasi o`zi har kuni faqat
yotishiga 100 dollar to`lab yashagan bo`lsa-da, biz Hazratqul Xudoyberdiev
ikkimizga oyiga 50(ellik) dollarni ep ko`rmagandi. U ham uning cho`ntagidan
chiqqayotgani yo`q edi, u 50 dollarni russiyalik huquq himoyachilari berayotgan
edi. Ana o`sha pulni ham Abdumannob bizlarga ep ko`rmadi. Chunki biz, undan
(Abdumannobdan) O`zbekistonda jabr-zulm ko`rayotgan kishilarni himoya qilishga
ajratilgan pullarni insof bilan to`g`ri, o`z eriga ishlatishni, muxolifat
sifatida, zulmga qarshi to`g`ri, sof vijdon bilan ishlashni talab qilgandik.
Biz u erda, Abdumannob o`z cho`ntagini to`ldirish uchun inson himoyasini niqob
qilib olganligini sezib qolgandik.
Mana shunaqa, bu Po`latovlari, ular qaerda
bo`lmasin faqat o`zim, deyishadi. Faqat o`z jig`ildonlarini o`ylashadi. Ular
Karimovlardan hech eri bilan farq qilmaydi. Boshqalarga esa, zarar berishga
urinib, ularga biror durust ishlar qilish yo`llarini qo`llaridan kelgunicha
doim yopib yurishadi. Hech bo`lmay qolsa, o`zlaridan boshqalar ustidan ig`vo qilishadi.
Bu aytilgan Po`laotvlar qilgan va qiladiganlarining hali hammasi emas. Ularning
zararko`nandaliklari juda ko`p. Turkiyada shaxsan men va Po`latov ikkimiz
oramizda bo`lgan bazi gapu-so`zlar ham bor. Ular ham ummumiy harakatimiz uchun
juda ahamiyatli. Ammo bu xat uchun uncha ahmiyati yo`q. Ularni boshqa bir vaqt
o`qirsiz. Ammo mening
saitimda bular haqida ancha yozilgan. Lekin saitda ham pullar ustidan sakrab
ketganman.
Ana shunday qilib, do`stim 1998 yil men BTM-ga
yordam so`rab murojaat qildim. Ular bizga yordam berdi. Biroq ruslarning
yaramasliklari hisobiga men 36 kun rus qamoqxonasida qoldim va oilamiz ikki
bo`linib qoldi. Allohga shukr shu kunlarda men Kanadaga kelishim mumkin-da,
keldim ham, ammo Xayrullo o`g`limiz hali ham Norvegiyadan chiqa olmayapti.
Hozir biz, men va kampirim shu kunlarda Kanada hukumati beradigan sotsial
yordamga qarab turibmiz. Meni bog`ishlang, do`stim u yordamdan birovga mardlik
qilishning hech imkoni yo`q. Undan, yani Kanada berayotgan sotsial yordamdan
besh-to`rt dollar yig`ishning iloji yo`q. Noshukrchilik bo`lmasin, ilgari
yozganim kabi Kanada bergan pul o`rtacha yashashga bo`ladi. Kanadaliklar
o`zlari, Kanadaga boy bo`lish uchun emas, yaxshi yashash uchun kelishadi. Boy bo`lishni
istasang AQSh-ga bor, deb hazillashishadi.
Ammo ishlaydigan odamlar uchun ahvol bir muncha
durust. Ular istasa biroz iqtisod qilsa, pul to`plasa bo`ladi. Bilasiz, u ham
odamiga bog`liq. Ammo sovet diplomlarini tastiqlash bu erda muammo. Diplomsiz
ishlar arzon haqli. Shunga qaramasdan, Gavhar qizim ishlayapti, ammo doktor
bo`lib emas, doktorlikka yaqin bir ishda vaqtinchalik (doimiy emas),
kiyov-Musin umuman qora sihda, yani butunlay diplomga mos bo`lmagan ishda
ishlayapti. Bahodir
va kelin, Mavluda qizim ham ishlashayaptilar. Ular ham diplom bo`yicha emas-da.
Bir qizim Nargiza hali o`qiyapti. Yurist qiz-Farogat ham ishlayapti. Bitta
shu qizim haqiqatan diplomiga mos Advokatlar xususiy idorasida ishlayapti. Ammo
u ham advokat emas, balki advokatga yordamchi bo`lib ishlaydi. Otadan oltov,
ro`zg`oringga yolg`izsan, ekan. Ular har qaysi o`zi bilan o`zlari. Bizga bir
tiyin foydasi yo`q. Kanada hukumati baraka topsin, bizga shular qarayaptilar.
Ikkinchi o`g`il - Xayrullo esa, aytganimday Norvegiyada uni Kanadaga keltira
olmayapmiz.
Ana shu gaplar, Qadrli do`stim. Menga ishoning,
o`sha bir marta o`g`illarimni uylantira olmayapman, deganingizdan buyon siz
xayolimdan ketmaysiz. Mana bir oydan oshdi, o`g`lingiz rasmini so`rayman,
negadir uni jo`natishni istamadingiz. Rasm nega kerakligini oldingi xatimda
yozdim. Ammo bilasiz, qizlar zamonaviy bo`lishgan, ularni erga berish uchun
avval ularning o`zlari rozi bo`lishlari kerak. Bolalarning yoshlarida farq
ozdir, menimcha. Bolalarda bir-biriga biroz qiziqish o`yg`otish mumkin bo`lsa,
bir yosh, ikki yosh uncha farq qilmaydi, deb hisoblayman. Bizning kichik
qiz-Earogat qizimiz 1975 yil tug`ilgan. Ammo men qizim hisobidan hech narsa
vada bermayman. Sizlar rozi bo`lib rasmlar kelsa, bir avrab ko`rarmidim, degan
edimda. Alloh bitih taqdir etgan bo`lsa, balki biror ish chiqar. Bilasizmi,
uylanish masalasi bilan Kanadaga biror kishini chaqirish ancha qulay. Bunday
hollar uchun bularda alohida qonunlar bor.
Bilmadim, qanchalik to`g`ri o`ylayapman,
shunday yo`l bilan sizga biroz yordam qila olarmanmi, deyapman-da. Siz qanday
o`ylaysiz?
Javobingizni kutaman. Omon bo`ling. Alloh bizga
ko`rishish va birga ishlash nasib etgan bo`lsin, amin. Sizning Aliboy. 01.06.03.
11.3 Узун
мактублардан
бири (24.12.2003 да ёзилган):
Ассалому
алайкум, Қадрли
дўстим.
Хатингизни
олдим, раҳмат,
сидқидилдан
хурсандман.
Эгилган
бошни қилич
кесмас-
дейдилар, узоқ
вақтлар алоқа
қилмаганим
учун сиздан
узр сўрайман,
мени кечиринг,
дўстим. Ҳаёт
тавишлари,
дунё ғурбатлари
ҳамда уйдаги
айрим икир -
чикирлар ва
шунинг билан бирга
энг нохуши
шуки, мен
эътиборсизлик
қилиб,
сизнинг
адресингизни
билмасдан
учириб қўйганлигим
бўлди.
Мана
Аллоҳга
шукрким, бир
баҳонаи
сабаб бўлиб,
яна биз
салом-алик қилмоқдамиз,
бу учун ҳам
Яратганга
шукр, дўстим.
Энди
Абдураҳим
Пўлатов
жанобларининг
сизга ёзган
хати ҳақидаги
фикрларимни
айтсам, сизга
яхши маълумки,
мен
Ўзбекистонда
партиялар
тузиш тарафдори
эмасман. Шу
сабаб, мен ва
бошқа ҳамфикрларимиз
ҳеч қандай
партия тузиш
ниятида
эмасмиз ва
ундай таклиф
билан ҳам
ўртага чиққан
эмасмиз!
Ўзингиз
кўриб
турибсиз,
Ватанда қанақа
ўзгаришлар
юз бермоқда.
Ана шу охирги
ўзгаришлар
ва 12 йил давом
этиб кела
ётган М.Солиҳ
ва
А.Пўлатовларнинг
маъною-мантиқсиз
жанжаллари
бизни жуда
толиқтирди,
дўстим. Шу
туфайли Ватан
тақдири
чиндан ҳам
бефарқ
бўлмаган
дўстларимиз, ҳамкорларимиз
билан маслаҳатлашиб,
раислар
икир-чикирларига
аралашмаган
биз эски
гвардия-авлод
Горбачев даврида
Ватан
озодлиги
учун кураш
бошлаган йиллардаги
сингари
биргалашиб,
бир ёқадан
бош чиқариб ҳаракат
қилганимиздек,
яна бирга
бўлайлик ва
Ватан учун,
келажагимиз
учун бир жон,
бир тан бўлиб,
жипслашиб ҳаракат
қилайлик,
деган
мурожаат
билан чиқишни
лозим кўрдик
ва шундай
мурожаат
интернет
сайтларида
эълон қилинган
эди.
Дўстим Қадрли,
ўзингиз яхши
биласиз, мен
ва ҳозир мен
билан маслаҳатлашаётганлар
ҳам,
мансабга,
молу-давлатга
интилиш, эл
ичида алоҳида
обрў қозониб,
ўзини
бардор-бардор
қилиш
талабдори
эмасмиз.
Бизга Аллоҳ
иймонимизни
берсин ва
эътиқодимиз
мустаҳкам
бўлсин, ана
шудир
бизнинг асосий
мақсадимиз
ва ниятимиз.
Шунинг билан
биргаликда
насиб бўлса,
биз ХАЛҚ
БИРЛИГИ ҲАРАКАТИНИ
тиклаш
умидимиз бор,
ХАЛҚ
БИРЛИГИ
партия эмас,
бу 1988-1991
йиллардаги
каби ХАЛҚ ҲАРАКАТИ,
халқнинг ҳамма
табақаларидан
молу-мулки,
ирқи-динига қараб
эмас, балки уларнинг
ақлу-заковатига,
виждонининг
софлигига,
Ватаннинг
келажагига
муносабатига
қараб ўз
сафига
биродарларни
жалб қилиш
ниятида
ташкил қилинган
жамиятдир.
Жамиятимиз ҳеч
кимга қарам
бўлмайди ва ҳозир
ҳам ундай
эмас.
Шунингдек,
Ўзбекистон
давлат
сиёсатига
бирор бошқа
давлат
сиёсатидан
андоза
кўчириб
олинишига ҳам
биз кескин қаршимиз,
яъни
Ватанимизнинг
бирор бир давлатга
у ёки бу
шаклда тобе
бўлиб қолишига
биз қўшила
олмаймиз.
Афсуским
вақт ўтмоқда,
ёшимиз ҳам
кетаяпти,
аммо деярли
бир
арзугулик иш қила
олмадик. Қилганларимиз
ҳам дуруст
бир нарсага
арзимайди. Вақтнинг
жуда қимматли
қисми эса,
калтафаҳмлик
билан
тортишув ва
жанжаллар
билан ўтди-кетди.
Ўтган замон
ичида кўплаб
биродар ларимиз
азобу-уқубатда
қолди, қанчалари
ҳаётдан кўз
юмдилар,
фарзандлар улғайди,
кўпларимизнинг
нону-насибамиз
бегона
элларда
сочилган
экан, уларни
териб еб юрибмиз.
Лекин дўстим Қадрли,
айниқса
кейинги вақтларда
мен ўз-ўзимга
кўплаб савол
берадиган
бўлдим.
Нега
биз мана
шундай
кўплаб
ишларнинг
пачавасини
чиқариб қўйдик?
Нимага, мана 12
йилдирки
арзугулик иш
йўқда, аммо қачонлар
дир биз яхши
ниятлар
билан барпо қилган
ҳаракатлар
бугунги
кунда А.Пўлат
ва М.Солиҳларнинг
сал кам
хусусий
мулкига
айланиб, катта
можароларга
сабаб
бўлмокда?
Нега дўстим,
сиз ҳам бу ҳақда
ҳеч ўйлаб
кўрмадингизми?
Демак,
биз кўплаб
янглиш ишлар қилган
эканмиз, биз
иймон ва эътиқод
билан эмас,
нафс қулига
айланган
шаклда ишлар қилганга
ўхшамаймиз
ми? Ҳа,
ана шундай,
бизни, айниқса раисларимизни нафс
балоси урган,
дўстим. Бу
инсофданми, бу
инсофдан эмаску,
ахир, Қадрли. Фақатгина
бу инсофдан
эмас-ку,
дейиш менимча камлик қилади,
дўстим!
Халқнинг
аҳволи оғир,
кўпларнинг қорни
нонга
тўймайди,
лекин биз чет
элдагиларнинг
қорнимиз тўқ,
устимиз
бутун. Демак,
бизнинг ҳаракати
миз бошқача
бўлиши керак эканда.
У ҳаракат
мансаб
талашиш, мол,
дунё талашиш
эмас,
партиялар
тузиб олиб,
унинг номи
билан яхши ҳаёт
кечириш эмас,
ҳар биримиз
уз
менимизни,
ўз аҳамиятимизни
ошириш эмас,
балки биз халқга
чинакамига
хизмат қилишга
шай бўлиб,
белни маҳкам
боғлаб, элимизнинг
оғирини
енгил қилиш
йўлларини
излашимиз
керак.
Менимча, ҳар
биримиз қўлимиздан
келган
хизматга
тайёр
бўлишимиз ва
бирор
нарсага
арзигулик
тажрибаларимиз
бўлса, уларни
халқ
фойдасига
ишлата
билишимиз
керак.
Бизнинг мақсадимиз,
ана шулардир
дўстим. Аллоҳга
шукрким, ҳозир бир қатор
дўстлар
билан яхши
ниятли ҳаракатга
киришиб
турибмиз.
Аммо сиз яхши
тушунасизки, ҳар бир ҳаракат
халқ номи
билан унинг
нонини туя қилиш,
кўзбўямачилик,
халқни
алдаш, унга қуруқ ваъдалар
бериш билан
эмас, балки
халқ
оммаси уни қўллаб-қувватлаган
ҳолдагина
кучу-қудратга
эга бўла
олади! Ана
шундагина у ҳаракат қудратли
бўлади. Шу
сабаб, Қадрли
дўстим, биз
халқга,
Ватанга
чиндан
хизмат қилишдек улуғ
ниятларни мақсад қилиб,
турибмиз.
Биласиз, мен ҳар доим
шундай мақсадлар
тарафдори
эдим. Бугун ҳам ана
шундай мақсадлар
йўлида
жонини
жаборга
беришга шай бўлганлар
сафида
турибман.
Дўстим Қадрли,
узлуксиз
можаролардан
халқ
чарчади, биз ҳам
чарчадик.
Афсуским, биз
чет
элдагилар тобора
мақсадларимиздан
узоқлашиб
кетаяпмиз,
халқдан
узоқлашиб
кетаяпмиз,
бозоримиз-мозоримиздан
узоқлашиб
кетаяпмиз. Аҳвол
шундай давом
этса яна 5-10
йилдан
сўнгра биз
элимизга
етти ёт
бегона бўлиб қолишимиз
ҳам ҳеч гап эмас!
Қадрли дўстим,
фалсафа ҳам чўзилиб
кетди
шекилли.
Дўстим, мен
сизга бизни қўллаб-қувватланг,
бизга қўшилинг,
деб ташвиқот қилмайман.
Бизга
Парвардигорнинг
Ўзигина Мададкор
бўлсин ва ҳатти-ҳаракатимизга
яраша
баракат
бўлар, деган
умиддамиз.
Сиз ва
бизнинг
ўзаро
биродарлиги миз бор.
Мен ана шу
биродарликни
ҳамма
нарсадан
устун, деб
биламан.
Дўстим, энди
ёш ҳам бир
жойга борди,
соқоллар
тўла оқарди,
мен энди 1988
йилги Алибой
эмасман. Мен
энди
чарчаган,
тўла чол
кўринишига
кирган бобо
бўлдим. Шунга
қарамасдан,
Аллоҳ
берган
насибадан қолгани
давомида
янгидан
Бисмиллоҳир раҳмонир раҳим деб,
бир иш
бошладик,
лекин
иймонимизни
йўқотмайлик,
деб ният қиламан. Иш қилиб,
бизларга
Яратганнинг
Ўзи иймон,
инсоф берсин,
эътиқодимиз
мустаҳкам
бўлсин,
мансабга
эмас,
ориятимизга
талашайлик,
элимизда
тинчлик,
фаровонлик
бўлсин
дейман. Насиб
бўлса, биз ҳам
Ватанга қайтиб,
дўсти-душман
орасида бош
кўтариб юрайлик,
деб ният қиламан, Қадрли
дўстим.
Дўстим, хафа
бўлмайсиз,
мактуб
чўзилиб кетди.
Эзмалик қарилик
белгиси,
дейишади. Мен
ҳам
айтганимдай
чиндан ҳам қариганман
шекилли.
Майли, иш қилиб, омон
бўлайлик.
Аллоҳ,
бизга қучоқ очиб
кўришиш
кунларини
насиб қилсин,
тўйлар қилайлик, бу
кунларни
эслаб,
кечаларни
бедор
ўтказиш
бизга насиб қилсин.
Мана шунинг
билан
узундан-узоқ сизга
жавоб
хатимни
тугатишга
ижозат бергайсиз.
Омон бўлинг
дўстим,
уйдагиларга
кўплаб,
минглаб
саломлар ва
дуолар
бўлсин. Самарқандлик Бирликчи
дўстларнинг
барчасига
мендан салом
ва дуолар
айтиб қўйинг.
Ватанга
биздан минг
таъзимлар,
Ота-боболаримизнинг
ҳақига дуолар
ва умидлар
билан
сизнинг
Алибой.
Эслатма
урнида: Қадрли дўстим,
сиз, Ҳақназаровнинг
Абдураҳим хусусида
ёзганлари ҳақида
кўп
сўрагандингиз.
Мен у
саволларингизга
мумкин қадар юмшоқ, нафс
балосини қўшмай
жавоблар
ёзгандим.
Мазкур
мактубда ўзингизнинг
эски
саволларингизга
жавоб ҳам
топарсиз, деб
уйлайман.