Бундан олдингисини ўқиш учун шу ерга босинг! Дваоми :

22. УVatanim saodati uchun nima qilay?Ф Qutlug` Ramazon oyida sizlarga bizni yaratgan  Olloh o`z ajru-savoblarini ziyoda etgan bo`lsin. Bugun men Ovrupoda tahsil olmoqdaman. Bu ham Ollohning menga  bergan ulug` hadyasi. Har  soniyada  undan unumli foydalanishga intilaman.

 

Sizning  saytingizni vatanda ekanligimda  o`qishga  imkon topa olmas edim.  Sabablari  o`zingizga ayon. Bugun uni o`qir ekanman, Vatan qay  holga tushib qolgani, sinay-sinay  deb bukilib qolgan, uning qaddini  qanday  tiklash mumkinligini o`ylab, o`yimga yeta olmayman Е

 

O`zbekning qaysi gunohi uchun bunchalar  azob ...  Karimov aqalli  bir  soniya bo`lsa ham o`ylarmikan  o`zining  ertangi  oxirati  haqida. ...

 

Ayni  yillar mening umrimdagi  eng muhim yillardir. Ular meni keyingi hayotimni hal etadi.   Ammo o`zimni vatandan ayri tasavvyr eta olmaganim sababli kelajagimni ko`ra olmayapman. 

 

Men hamisha shuni takrorlab kelganman. Vatan bu - baland, baland binolar emas. Har kuni ertalab  kuylanadigan madhiya emas, muqaddas deya ko`zga surtiladigan iflos va jirkanchlarning  bosgan izi emas.  Vatan bu mening- iymonim.  Vatan - bu mening - ota-onam. Vatan -   bu mening opa-singlim, aka-ukam, yoru-birodarlarim Vatan - bu  mening hovlimdagi tuproq.  Qachonki men uni asray olsam Vatanni asragan bulaman.

 

Qaniydi  maktab o`quvchilarga  Vatan deb ko`chani emas,  ikki  jig`ildonli, jirkanch tirnoqli diktatorni emas,  ularning   o`z oilasi,  uyi, hovlisi ekanligi  aytilsa.

 

аMen  o`zim bilgan Vatanim saodati uchun nima qilay?   Javob bermasangiz ham hafa bo`lmayman.    Samimiyat bilan Muhammad  Abdurahmoniy

 

Sait Tahririyatidan: Darvoqe, Vatan uchun nimadir qilishni istaganlar nima qilishsin? Mana sizga bugunning savoli. Keling muhokama qilaylik. Mulohaza va takliflaringizni oТrtoqlashing. Bu ham Vatan uchun xizmat boТlishi mumkin.

 

22.1 Muhammad Abdurahmoniyga javob.

U esa, tubandagicha bo`lgandi:

ДQadrli Muhammad! Sizning maktubingizni oТqib qisqa boТlsa-da bir fikr bildirishni oТzimga burch, deb qabul qildim.

 

Birinchidan, menimcha savolingiz juda dolzarb bir mavzudir. Yoshlarimizning barchasi, hech boТlmasa koТpchiligi siz kabi oТz oldilariga УVATANIM SAODATI UCHUNа NIMA QILISHIM KERAKФ, degan savol qoТysalar edi!!?а Ha, yosh doТstim, masalani toТgТri qoТyibsiz. Endi uning echimini eng avval oТzingiz axtaring. Ovropada tahsil olayotgan ekansiz, u erdagi siyosiy va ijtimoiy hayotni yaxshi oТrgansangiz juda durust boТladi, deb oТylayman. Biroq, Ovropa hayot tarzini koТchirib olish va uni toТla taqlid qilishni maslahat qilmayman. Chunki bizning buyuk madaniyatimiz bor, uni hech qanday madaniyat almashtira olishi mumkin emas. Faqat boshqa madaniyatlarning progressiv nuqtalari bilan uni yanada boyitish mumkin, xolos. Maslahat oТrnida, sizdan tajribasi va yoshi ulugТlarga murojaat etganingiz ham juda oТrinli.а

 

Ikkinchidan, Ramazon-i sharifda yaxshi niyat qilganingiz ham menga juda xush keldi. Shu bilan birga men ham sizgaа oТshanday yaxshi niyatlar tilayman.

 

Uchinchidan, Karimov va uning atrofidagi toТrt-beshta yuvintuxoТrlar ham vatan haqida va oТzlarining Уoxirati haqidaФ oТylarmikin, deb oТylash xayoldir. Biroq, u ham xato xayoldir. Chunki ular, Vatan saodati, uning ravnoqi uchun hokimiyatga keltirilmagan. Bir zamonlar OТzbekistonni (toТgТrogТi butun turon yurtini) batamom tugatish, lugТatdan va muomaladan oТzbek, turon soТzlarini ham chiqarib tashlash siyosati boshlangandi. Karimov esa, oТsha mashhum siyosatni amalga oshirish uchun rus-arman nasistlari tomonidan hokimiyatga keltirilib, turklarning OТrta Osiyodagi tayanch qismini tugatish uchun uning qoТliga qilich berildi. Siz esa, mening qadrli talaba doТstim, УO`zbekning qaysi gunohi uchun bunchalar  azob... Karimov aqalli  bir  soniya boТlsa ham oТylarmikan  oТzining  ertangi  oxirati  haqidaУ, deb gТam chekasiz.

 

ToТrtinchidan, qadrli Muhammad, OТzbekistonning kelajagini porloq, deb hisoblang. Inshoolloh shunday boТladi. Uning uchun siz kabi chet ellarda, rivojlangan mamlakatlarda tahsil koТrgan bilimli mutaxassislar juda zarur. Demak, OТzbekistonning saodatiа uchun siz bajaradigan eng birinchi va eng muhim ish, yaxshi oТqish, chuqur bilim olish, oТz sohangizda etuk mutaxassis boТlishdir. OТzga yurtlarda olgan bilimingizni Vatanda qoТllash, uning ravnoqi uchun ishlatish esa, sizning va siz kabilarning ikkinchi muhim vazifalaridir. а

 

Beshinchidan, qadrli doТstim, Vatanga bergan taТrifingizda biroz yanglishlik bor koТrinadi. Ha, Vatan qaerdan va nimadan boshlanadi, deyilganda sizning javobingizni ham qabul qilsa boТladi, deb oТylayman. Vatan esa, vatandagi binolarni ham, Vatan shaniga aytiladigan madhiyani ham, ayniqsa oТsha ifloslar oyoq osti qilayotgan tuproqni ham vaа siz Vatan, deb aytganlarning hammasiniа birgalikda oТz ichiga oladi. Ammo madhiya qanday boТlishi, tuproq oyoq osti boТlmasligi uchun nima boТlish va nimalar qilinishi haqida bahslarga oТrin bor.

 

Men, bir vaqtlar bir hikoya eshitgandim. Uning mazmuni:

Ikkita podshohlik boТlib, birisi juda kuchli va bosqinchi ekan. Ularning chegaralarida bir parcha nuqul toshloq er ham bo`larkan. Kunlardan bir kun kuchli podshoh kuchsizga qarshi urush ochishni bildiribdi. Kuchsiz esa, yoТq urushmaylik, sulhga kelishaylik, deb taklif qilibdi. Nihoyat sulh tuzilishiga rozi boТlishibdilar. Kuchli tomon oТz shartlarini ayta boshlab, kuchsiz podshohdan eng yashi otlaringni, bolalaringni va xotiningni berasan, deganiga kuchsiz rozi boТlibdi. Biroq ochkoТz kuchli podshoh oТsha toshloq erni ham berasan, deb qoТshimcha qilibdi. Ana shunda kuchsiz podshoh bu shartga rozi boТlolmay, Уoldinggi talablaring, mening shaxsimga tegishli edi, u tuproq esa, mening mulkim emas, u xalq mulkiФ, deb urushni qabul qilgan ekan. Ana shunaqa doТstim, tuproq masalasi hayot-momot masalasi ekanligini tushunib etish, vatanparvarlikning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Ha, sizning diniy eТtiqodingizga tasanno, vatanparvarlik Iymondandir.а

 

Qadrli doТstim Muhammad, men yuqorida sizning bugungi asosiy vazifangiz haqida toТxtoldim. Ular mening fikrlarim albatta.а Shunga qoТshimcha qilib, shuni ham taТkidlaymanki, har bir erkin, odobli, oТzini taniganа kishi, oТz qadr Ц qiymatini bilishi va uni shaxsan oТzi ham qadrlashi lozim. Kishining oТz qadr-qimmatini bilishi-bu bebaho haqiqiy xarakterdir. Vatanda har bir vatandosh oТz erkini tushunib, oТzini mamlakatning egasi his qila olish darajasiga koТtarilishi zarur. Ana shunda kishi qullik va mutelik illatidan qutilishi mumkin boТladi.

 

Qadrdon yosh doТstim, men bir vaqtlar shunday soТzlar yozgan ekanman, УHar bir alohida olingan shaxsda va bolalarimiz, yoshlarimizda iymonni mustahkamlash, ruhan tetik, milliy xarakterni tarbiyalash, uni chiniqtirish va ommalashtirish kerak. Е Bizning kelajagimiz, birligimiz va mukammal dastur asosida yoshlarimizni tarbiyalay olishimizdadir.Ф Balki bizning Vatanimizda yaxshi hayot boshlanib ketishi va u erda jumladan siz ham oТz bilimingiz bilan faol qatnashadigan tizim vujudga kelishi uchun iymonli, sof, insofli, oТz qadr-qimmatini biladigan, oТlimdan qoТrqmas (yaТniа nima uchun oТlib, nima uchun kurashishni bilish) kishilar koТpayishi kerakdir. Siz ham shulardan biriga aylanishingiz lozim boТlar.

 

Aziz yosh doТstim, men faqat oТz fikr mulohozalarimni yozdim. Ularni siz mutlaqo qabul qilishga majbur emassiz. Shu bilan birga УKelajakning gТoyaviy asoslari haqida fikrlarФ nomidagi bir maqolani bu faqir 1994 yilda УOzodlikФ radiosining oТzbek shubasi (bu shuba Toshkent radiosining filialiga aylanib qolganligi sababli men,а 1997 yilda ular bilan aloqani toТxtatganman) yordamida havoga tarqatgandi. Unda kelajagimiz uchun nimalar zarurligi haqida mening fikrlarim anchagina keng ifodalangan. Bordiyu sizda qandaydir qiziqish uygТonsa, u maqolani www.samarkanduz.narod.ruа sahifadaа topib oТqish mumkin.

Aliboy YoТlyaxshi. 18.10.05, seshanba.

22.2 АҚШ Айдахо штатида яшовчи Акром Маҳмудовнинг 23.08.06 куни босилган (http://www.uzbekcongress.org/а саитида) саволи.

Сарлавҳада келтирилган саитда нашр этилган савол, бироз таҳрир қилинганидан кейин қуйидагича кўринишни олган эди: УAssalomu alaykum. Meni anchadan beri qiynab yurgan bir necha savollar, ushbu xatni yozishga majbur qildi. Bilasiz O`zbekistonda (nafaqat O`zbekistonda hamma joyda) har xil diniy oqimlar, Vahhobiy, Xizb-ut taxrir va AkromiyaЕ bu oqimlar juda tez vaqtda o`z atrofiga o`zining aТzolarini yigТmoqda.

Eng qizigТi bu oqimlarni davlat organlari tarafidan taqib qilinishiga qaramasdan, ularning aТzolari kamaymayapti. Nima uchun Davlatning Diniy Boshqarmalari davlat taТminotida bo`lishiga qaramasdan mana shu oqimlarga qarshi keng qo`lamli targТibot ishlarini olib bormaydilar, (misol uchun Sovet Ittifoqi davrida dinga qarshi shunday tashviqot olib borilgan ediki hatto ayrim qishloqlarda namozxon odamni uchratish qiyin bo`lib qolgan edi) yoshlarni noto`gТri yo`lda ekanligini isbotlamay dilar?

Chunki bu oqimlarning birontasi haqida muqaddas kitobimizda xabar berilmagan, misol uchun bizning mazhabimiz Imomi AТzam mazhabi paygТambarimiz Muhammad sollallohu alehiy va sallam tomonidan bashorat qilinganligi maТlum.

PaygТambarimiz aytganlar Ц Men, olamdan o`tganimdan keyin Islomda har xil oqimlar, yo`nalishlar, bo`linishlar bo`ladi, shunda adashmanglar, shunda Allohning kitobi QurТonni va mening aytganlarimni mahkam ushlanglar - deb bashorat qilib ketgan ekanlar (bu erda mening aytganlarim deganda Hadisni nazarda tutganlar). Shunday ekan, bu oqimlar nimasi bilan o`ziga aТzolarini torta olayapti? Hurmat bilan Akrom Mahmudov, AQSH Aydaho shtati.Ф

Охирги сўз бошининг қанчалик тўғри эканлигини тасдиқлашни ўз зиммамдан ташқари ҳисоблайман. Чунки одатга кўра Ҳадис манбаси кўрсатилиши лозим. Бу ерда эса, ундай эмас. Аммо саволни Уҳозирги вақтларда турли хил номлар билан аталаётган оқимлар қандай қилиб кишиларни ўзларига жалб қила олаяптилар?Ф шаклда тушундим ва ана шу саволга жавоб қилишга ҳаракат қилдим. Бу жавобни ёзган вақт А. Маҳмудовнинг кимлигини мутлақо билмасдим. Унинг саитда босилган саволини ўқиб, унга фикр билдирган эдим. Ўша фикр, жавобимни қуйидаги кўринишда эълон қилгандим.а

22.3 АҚШ Айдахо штатида яшовчи Акром Маҳмудов қардошимизнинг 23.08.06 куни http://www.uzbekcongress.org/а саитида босилган саволига бир жавоб:

Ва алайкум ассалом. Қаранг-а, сизнинг исмингиз ҳам Акром экан. Акромжон сиз ўртага чиқарган савол, бир тарафдан кундалик ҳаётимизда доим биз билан бирга юрган масалаларга тегишли бўлса, бошқа тарафдан чиндан ҳам нозик ва актуал бир масала деб ўйламан. Бу ерда, биз ўзимизни демократ ҳисоблаб юрганлар, динга муносабатимизни, айниқса ислом динига (чунки ҳар ҳолда биз ўзимизни мусулмон ҳисоблаймиз, охир)а муносабатимизни узил-кесил белгилаб олишимиз керак. Ундан кейин диннинг у ёки бу соҳасида сўз юритсак бўлади. Биз киммиз ва қаердамиз, дин (айниқса ислом) нима ва бу қаердалиги белгили бўлмаса ва иккимизнинг (дининнг ва демократларнинг) орамиздаги УмасофаФ аниқ бўлмаса, дин ҳақида фикр юритишга ва унинг оқимлари ҳақида хулосалар айтишга ҳақли бўла оламизми? Менимча йўқ.

Демократик Ўзбекистон Конгресси номи билан аталаётган тошкилот туғилганидан буён ҳам демократларнинг динга муносабати (Ш, Аҳмеджо новнинг бир мақоласини ҳисобга олмаганда) ҳақида бирор жўяли фикр билан чиққан киши кўринмади.

Исломга муносабатлари совуқ бўлган ғарб мабуоти хабарларига қараганда, Ўзбекистон аҳолисининг 75% (аслида бу кўрсаткич 80% дан ҳам ошиғироқ бўлса керак) мусулмонлардир. Бундай бир мамлакатда мусулмончиликни яхши билмай, унинг принсипларини дуруст тушунмай давлат бошқарув тузими ўрнатиш, ё динсизликка (атеизмга, коммунистик давлат тузими) ёки золим, диктаторликка (ҳозирги Ўзбекистондаги режим) суянадиган бўлиши турган гап. Бошқа ҳол бўлмайди.аа

Мана шундай кичкина кириш сўзидан кейин Акромжон сизнинг саволларинггизга бевосита жавобга келсак, УВаҳҳобий, Хизб-ут тахрир, акромия ... оқимлари жуда тез вақтда ўз атрофига аъзолар йиғиб олмоқдаФ дейсиз. Йўғ-е ёки ҳақиқатан ҳам шундайми? Сиз уларни яхши танийсизми? Улардан бирортаси ёки сиз танийдиганлардан бирон киши, Маҳмад бин Абдулваҳҳоб (УваҳҳобийФ атамаси шу одамнинг исмидан келади) ким,а ваҳҳобийлик нималигини билишадиларми? Шунингдек хизбчиликничи, булар кимлар ва улар қаердалар, сиз билган хизбчи улардан биронта сини танийдими? Акромия ҳақида гапириб ўтиришнинг ҳожати йўқ, чунки бундай оқим ҳеч замон, ҳеч бир ерда йўқ ва бўлмаган. Бу тўласинча каримовчиларнинг қўлбола оқимидир. Ҳа, алббата, Ўзбекистонда ўзларини ваҳҳобий ҳисоблайдиганлар йўқа дейиш фикридан мен узоқман, улар бўлишиа мумкин, балки бордир (Шундай бир факт ҳам борки, масалан 1990-1993 йилларда ўзбекистонликларнинг жуда кўпчилиги Фваҳҳо бийФ атамасини ҳам билишмасди ва эшитганлари ҳам йўқ эди.). Лекин улар ҳокимиятга хавф соладиган даражада кўп сонли ва ташкиллашган гуруҳ (сизнингча оқим) эмаслар. Шунинг учун уларга қарши махсус жазо отрядлари тузиб, зулм станокларини ишга солиб қўйиш шарт эмас. Сиз ўзингиз таъкидлаганингиз сингари, у ер, бу ерда улардан бир-иккита кўриниб қолганларини тартибга чақириш, тарбия бериш, кўз қўрқитиш каби усуллар билан улардан қутилса бўлади. Шунга қарамасдан, Ўзбекистонда нега бунчалар ваҳима қилишади? Нега бугун Ўзбекистонда ваҳҳобийликда ёки хизбчиликда айбланмаган бирорта ўзбек оиласи қолмади ёки жуда оз қолди?а Кейинги ўн, ўн икки йил ичида ваҳҳобийлик шундай давлат тузимига хавф соладиган даражага келдими? Ундай бўлса, Каримов режими, диний экстремизмга қарши кураш билан эмас, уни ривожлантириш билан шуғуллаётган бўлиб чиқмайдими? Яна шунга ўхшаш саволларни анчагина тузиб ташласа бўлади. Мана булар ҳақида жиддий ўйланиш лозим деб ўйлайман.

Шундай қилиб, кўраяпсизки, сизнинг саволларингизга жавоб ахтариш устида фикр юритиб, ўзим кетма-кет саволарга тақалиб қолмоқдаман.

Қисқаси, ваҳҳобийчилик ҳам, хизб-ут таҳрирчилик ҳам бугун ислом дунёсида асосий бир йўналишни ташкил қилмайди. Уларнинг аъзолари жуда тезликда кўпайиб кетаяпти дейиш, менимча бирмунча ваҳима қилишга ўхшаб кўринади. Ваҳҳобийлик нисбатан тарқалган оқим бўлишига қарамай, барча ислом мамлакатларида бу оқим ҳурмат қилинмайди ва барча буюк ислом олимлари тарафидан рад қилинган оқимдир. Бу оқимнинг салбий ва ижобий тарафларини тўлароқ изоҳлаш учун ислом олими бўлиш лозим бўла ди. Мен эса, бундай даво қилишдан ожизман. Хизбчилар эса, янада оз ва кучсиз гуруҳдир. Булар ҳам сиз айтаётгандай кўп аъзолар йиғиш имконига эга эмаслар.

Хулоса ўрнида шуни айтиш мумкинки, Ўзбекистонда давлатни бошқарувчилар тарафидан вақти Ц вақти билан махсус уюштрилиб туриладиган диний экстремизмга қарши кураш вас-васалари (ажиотаж, қама-қамалар), мамлакатдаги ҳақиқий вазиятни билдирмайди. Аксинча, И. Каримов бошлиқ тўда ўз жиноятларини хаспўшлаш ва дунё жамоатчилиги олдида ўзларини Уислом экстремизмиФга қарши курашувчи УқаҳрамонларФ қилиб кўрсатиш учун махсус план билан ташкил қилиниб турилади. Шунинг учун Акромжон, кўп ташвишланманг, сиз номларини тилга олган оқимлар одамларга, бирор бир давлат тузимига хавф соладиган кучга, ташкилотга эга эмаслар.а Ўзбекистонда эса, улар деярли йўқ ҳисобидир. Ўзбекистондаги барча ваҳималар битта мақсадга, яъни Ка римовнинг ёвуз ҳокимияти умрини қандай қилиб бўлса ҳам чўзишга қаратилгандир. Бу ҳокимият тугагани ҳамон, Ўзбекисьонда диний экстремизм вас-васалари дарҳол тугайди. Аммо динларга, ислом динига муносабат муаммоси, мусулмонлар билан муомала масаласи ўта актив масалалардан бири бўлиб қолаверади. У ўзининг адолатли ечимини кутади. Келгуси давлат йўнатувчиларининг ютуғи, кўп жиҳатдан мамлкатдаги диний муаммони, динга муносабат муаммосини тўғри ва адаолатли ҳал этишга боғлидир. Бу йўлда демократ қардошларга ютуқлар тилайман. Сизга эса, Акрожон сабр, чидам, хушёрлик тилайман. Ёлғонларга, уйдурмаларга ишонманг, алданманг. Йўляшиев Алибой,а e-mail: ali_sam_2000@yahoo.com

Бу жавобда е-маил аврес кўрсатилгани учун А. Маҳмудовдан дарҳол бир мактубча келди. Унда қуйидаги сўзлар битилган эди: УAssalomu alaykum!!! Aliboy aka, sizga katta rahmat, mening savollarimga erinmay javob berganingiz uchun. Aliboy aka, men yashaydigan shtatda Akromiya oqimidanmiz degan insonlar ko`p ular bilan har kuni muloqat qilaman. Ularning qaytib ketayotganidan juda afsusdaman. Lekin ular juda yahshi insonlar men ularni hurmat qilaman, men ularda o`zbekona mehmondorchilikni, muomulani, insonga bo`lgan qadr-qimmatni, mehnatkashlikni ko`rib qoyil qoldim. Men ular bilan har doim muloqat davo mida surishaman, ularning qaytib ketayotganligini noto`g'ri ekanligini isbotlashga harakat qilaman. Lekin qanchalik foydasi bo`ldi, vaqt ko`rsatadi.

Hurmat bilan Akrom Mahmudov, AQSH Aydaho statidan.Ф

 

Men esa, uning bu xatiga tubandagicha javob qildim:

ФMening kichik bir fikrimga darhol minnatdorchilik bildirganingiz uchun sizga ham rahmat. Menga hat yozib yahshi qilibsiz. Ana endi ba'zan vaqt bo'lganda yozishib turadigan bo'ldik.

 

Akramjon, siz taniydigan "akromiy"lar haqiqatan yahshi odamlar bo'lishi mumkin, hatto yaxshigina musulmonchilik ham qilishlari mumkin. Biroq, ular o'zlarini "biz akromiy"lar deyishlari xato. Chunki iclomda "akromiy" deyilgan biror bo'lim, mazhab yo'q. Agar ular o'zlarini haqiqatan qandaydir "akromiy" deb hisoblasalar, u ularning ishi, albatta. U holda ular "akromiy" o'laroq islom nomidan so'z yuritishga haqli emaslar. Ular Akrom ismli biror kishi bilan gashtakho'r bo'lishlari mumkin. Islomda to'rtta "miy" bor, ya'ni Hanafiy, Shofiy, Molikiy, Hanbaliy.Ya'ni Ahl-i sunnat val jamoat to'rtta mazhabga bo'linadi. Boshqalarning barchasi, musulmonlar va islom nomidan so'z yuritishga mutlaqo haqli emaslar. Bu buyuk to'rt mazhabdan boshqa guruhda bo'lganlar yoki o'zlarini mazhabsiz hisoblaganlarning musulmonchiligi shubhalidir. Ular qanchalik "yahshi" odamlar bo'lmasinlar, bari bir ular o'ta havfli kishilar hisoblanadilar. Ular, so`zsiz qaerdadir sizga firib beradilar, qaerdadir sizni aldaydilar. Bilsangiz, vahhobiylar o'zlarini "biz hanbaliymiz" deyishadi. Ammo yolg'on aytishadi. Chunki ular eng avval hanbaliy mazhabini buzadilar. Ammo so'zlashganlarida juda go'zal so'zlar so'zlaydilar. Ularning bu so'zlari dinni yahshi bilmaganlarga juda to'g'ridek eshitiladi. Masalan, batamom kofirlar ham odam sifatida yomon odamlar emas. Ularni biz musulmon demaymizku, axir.

 

Qisqasi, akromjon bu erda uzoq yozish mumkin. Lekin O'zbekistondagi diniy mash-mashalar, aslida bo'lmagan uydurilgan voqealardir. Vatanda bo'layotgan u portlashlar va hakazolarning muculmonchilikka, islomga bog'li hech bir joyi yo'q. Ularning hammasi o'sha jallod Karimovning kreslosini saqlash uchun qilinayotgan vasvasa, vahimalardir.

 

Omon bo'ling, yozib turing.

Salom va duolar bilan Aliboy.Ф

 

22.4 Akram Mahmudovdan yana bir xat.

Юқорида зикр этилган А. Маҳмудовнинг саволига жавоб қайтаришим муносабати билан унинг ўзи билан ёзишмаларимиз давом қила бошлади.а Ундан 2006 йил 27-августида тубандаги мазмунда бир хат олдим:

ФAssalomu alaykum Aliboy aka, dinimizdagi bu har-xil oqimlarni ajratib olishda menga qo`lingizdan kelganicha yordam berayotganingiz uchun sizga rahmat.а

 

Aliboy aka, meningа yana bitta nozik savolim bor. Siz aytayapsizki, to`rta mazhabda bo`lmagan va har-xil oqim, yo`nalishda bo`lgan insonlarning musulmonchiligi shubhalidir.

 

Qarang, mening eshitishimcha Saudiya Arabistoni podshosi ham Vahhobiy emish, unday bo`lsa buyog'i qanday bo`ladi? Aliboy aka keyingi xatlarda o`zingiz haqingizda ham yozsangiz yaxshi bo`lardi. Masalan, qachondan beri Amerikadasiz, nima uchun Vatanni tashlab ketingiz? Ana shular haqida ham ikki og`iz yozib yuborsangiz deyman.

 

Yaratganning o`zi musofir yurtlarda yurishgan sizu-bizga o`xshagan ojiz bandalarini har-xil balo-qazolaridan asrab, oilalarimizga xayr va qutu-baraka ato qilishini tilab ... Hurmat bilan Akrom.Ф

 

Bu xatga quyidagi kabi javob qildim:

ФAkromjon, uzr javob biroz kechikdi. U-bu ish, tirikchilik deganday darhol vaqt topish mumkin boТlmadi.

 

Birinchidan, Saudiya Arabistoni qiroli haqida aytsam, eng ketta shubhali odam ana oТshalar, Faysallardir. Ularning bobolari Madinay-i menavvara va Makka-i mukarramani bomlashga ijozat bergan kishi boТladi. Mana bu internet adresida http://www.vremya.ru/2006/140/13/158237.html ("Я не был даже евреем" Нелегал из Моссад рассказывает о работе в Ливане, Ираке и Иране) nomli bir maqola bor ana shuni ochib koТring u erda Faysallar haqida bir kichikgina maТlumot bor. U material rus tilida. Ruscha bilsangiz kerak. Undan tashqari hozir bir borib Makka va Madinaning ahvolini koТrsangiz edi? U erda hamma joylarga Saudiya podshohining rasmlari ilib tashlangan.аа

 

Ikkinchidan, Vahhobiylik va imom Muhammad bin Vahhobga kelsak. Bu boshqa masala. Bu erda jiddiy tortishadigan masalalar bor. Buning uchun esa, diniy bilim yoqori boТlishi kerak. Men shuni bilamanki, Vahhobiylik Ahl-i sunnat olimlarining juda koТpchiligi tarafidan qabul qilinmagan. Vahhobiyman deydiganlarning biroz insofli boТlganlari oТzlarini Hanbaliy deyishadi. Bordiyu siz oТzingizni biror mazhabga oid hisoblasangiz; oТshadan chiqmay yuravering. Vahhobiylik bilan qiziqmang. Chunki chalkashib ketasiz. Bular din haqida. Yana shuni takror aytamanki, OТzbekistonda diniy ektremizm yoТq. U erda islomga bogТliq nima aytilayotgan boТlsa, ularning barchasi Karimov tomonidan toТqilmoqda. U erdagi hamma portlashlar, oТtgan yilgi Andijon fojiasi, bularning hamma-hammasi Karimovning ish kobinetida ishlab chiqarilgan yovuzliklardir.

 

OТzim haqimda esa:

Men Amerikada emas, Norvegiyada yashayman. Bolalarimning bir qismi Kanadada yashashadilar. Men oltita farzandlarim, sakkizta nevaram bilan mamlakatdan 1993-1997 yillari chiqib ketganmiz.

 

Eng avval men yakka oТzim 1993 yilda chiqib ketgandim. 1997 yilga kelib Ollohu taoloning yordami bilan barcha bolalarimni ham chiqarib olishga muyassar boТldim. Sababi ana oТsha jallod Karimovning noinsoniy rejimidir. Men 1988 yildan boshlab hukumatga ochiq muxolifatda boТldim. Qamoqqa olishlari arafasida Ollohning qudrati bilan mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq boТldim. Mana desangiz, 15 yilga yaqinlashayapti dunyo ФkezibФ yuribman. Ollohu taolodan umidim katta, inshoolloh Vatanga qaytamiz. Hozircha shu gaplar. Zerikib qolgandirsiz, shu yogТi etar. Qolganini boshqa safar yozarman. а

 

Hozircha shular bilan xayr.

Salom va duolar bilanаа Aliboy.Ф

 

23. Демократик Ўзбекистон Конгресси саитида билдирилган бир фикр.

Овозимиз баландроқ, жаранглироқ бўлиши лозим!

 

Бу саитнинг 01.08.05 сонида Жаҳонгир Маматовнинг ФОвозингизни нега ютдингизФ номли бир хабари чиқди. Унда қуйидагилар ёзилганди:

 

УОвозингизни нега ютдингиз?

АҚШ Хонободдан чиқиб кетиши керак,а деган талабдан баъзи демократлар ҳам хурсанд бўлаётганини кўрмаганимда бу ҳақда ёзмаган бўлардим.

 

Фикримни жуда қисқа, мухтасар тарзда ифодаламоқчиман.

Шу нарса, аниқки АҚШ Ўзбек халқига душман эмас.а АҚШ ўз манфаатлари доирасида баъзан орқага чекиниш қилиши мумкин, лекин шунда ҳам бирор бир халқнинг умум хоҳиш иродасига қарши иш тутмайди. Россия ҳақида буни айта олмайсиз. Россия ҳамма вақт халқларни эмас, диктатор ларни қўллаб келган. Агар Россия Саддамни қўлламаганда Ироқда бу қадар қон тўкилмасди. МДҲ ҳудудларида ҳам Россия доим Алиев, Турк манбоши, Шеварднадзе, Кучма ва бошқа яккаҳокимларни қўллагани маълум. Москва диктаторларнинг саждагоҳи бўлиб қолмоқда.

 

Андижон воқеаларида ҳам шуни кўрдик. Россия Каримовнинг орқасида турган "танк"га айланди, андижонликларни террорист дея жар солди, Каримов режими истаган Ўзбекни ушлаб,а зирқиратиб Тошкентга топшириб юбораверди ва ҳоказо.

 

Аммо АҚШ Қирғизистондаги қочқинларни маҳкам туриб ҳимоя қилди.а Мазкур масала БМТда кўрилиши керак бўлганда, Россия қаршилик қил ди. Бу ҳам кўрсатмоқдаки, Россия Ўзбек халқи томонида эмас, балки диктатор томонидадир. Бундан кейин ҳам Россиянинг сиёсий доктринаси-диктаторни қўллаб, мазкур ўлкани назорат қилишдан иборат бўлиб қолишига шубҳа йўқ.

 

Бугунга қадар мухолиф сиёсатчилар, инсон ҳуқуқлари ҳимоячилари диктатурадан калтак еганларида ҳали бирор марта ҳам Москва уларни ҳимоя қилган эмас, фақат ҳимояни АҚШдан топганлар ва топмоқдалар. Биргина мисол. Феликс Кулов қамалганда ҳимоя қилган ким эди? Табиийки,а Москва эмас. Лекин энди у яна ўзини топтаган Москвага сиғиниб ўтирганига ҳайрон қоласан. Худди ана шундай,а йиллардир АҚШдан грант олиб турганларида уни мақтаб,а аммо нима сабабдандир ололмай қолганларида унинг юзига тупураётганларни тушиниш қийин эмас. Демак, бундайларнинг асл мақсади халқ ёки мамлакатнинг келажаги эмас,а балки ўзларининг бугунги оний, жуда тор манфаатчаларидир.

 

Бир мамлакатнинг ҳарбий базаси туриши мустақилликка раҳна, дегувчилар эса кўзларини катта очсинлар. Агар бу база Россияники бўлса, раҳна. Аммо АҚШники бўлса, катта аждарҳолар комида бўлган Ўзбекистон учун ҳимоя бу. Мана Олмонияда ҳам АҚШ ҳарбий базаси бор. Нима, Олмония мустақил эмасми? Менимча, Овропадаги энг мустақил давлатдир. Худди шундай ўнлаб мисоллар мавжуд.

 

Бугун АҚШнинг Ўзбекистондан чиқиб кетишига қувонаётганлар шуни эсда тутсинлар, бу Ўзбек халқи учун жуда катта йўқотиш бўлади. Унинг 21 асрда ҳурриятга қовушиш имкониятининг битиши бўлади бу.

 

АҚШ ҳарбий база учун Каримовга қарши уруш эълон қилмайди. Тортишувлар ҳар турли кўринишда давом этаверади. Аммо диктатуранинг умри ҳам узайиб бораверади.

 

Шу боис хориждаги демократларнинга Ватанга қайтиш умидлари бўлса, бугун Каримов талабига очиқ қарши чиқиш баробарида бунинг моҳияти ни халққа тушунтиришлари керак. Мамлакат ичидаги демократларнинг эса, ҳурриятга орзулари ўлмаган бўлса, бугун диктатуранинг бу мусиқаси ни рад этмоқлари шарт.

 

Чунки, Каримов матбуоти диктатор талабини "халқ талаби"га айлантирмоқда. Биладики,а Америка умумхалқ хоҳишига қарши бормайди. Шундан фойдаланишмоқчи. Каримов талаби "умумхалқ талаби"га айлантирилмаслиги учун ҳам бугун демократияни истаганлар адашмасликлари, овоз ларини ютмасликлари, аксинча баландроқ чиқаришлари зарур.

 

Мени америкапарастликда айблашингиз ҳам мумкин. Бу Каримов режимига жуда ёқади. Шундай қилиба "очко" ишлов учуна бу бир имконият. Лекин мен ҳар қачонгидек,а кўриб турганимни, юрагим буюрганини айтдим. Танлов эса, яна сизда: Демократия ёки Диктатура, Мустақиллик ёки Мустамлака! Ватан ёки Муҳожират!Ф ЖАҲОНГИР МАМАТОВ.

 

Ж.Маматовнинг ана шу чиқишига мен УОвозимиз баландроқ, жаранглироқ бўлиши лозимФ деб жавоб қилдим. Уни тубанда келтираман:

 

УМенимча, мавзуни Ўзбекстондаги АҚШ ҳарбий базаси масаласи нега Ўзбекистон ташқий сиёсатининг тактикасига айланди? Саволи атрофида қараш керак кўринади.Чунки АҚШ Ўзбекистонга кириб келиши тарихга айланди. У алоҳида масала бўлиб, у ҳам ўз вақтида Каримовнинг қўрқоқ лигидан нотўғри ҳал қилинган эди. Бугун эса, яна ўша белги ҳисобидан такрор ўта нотўғри иш қилинаяпти. Чунки энди Ўзбекистондаги АҚШ базаси, бизнинг мустақиллигимиз гаровига айланди.

 

Каримовнинг ва унинг атрофидаги югурдакларнинг бугунги югуришларини УЎлар хўкиз болтадан қайтмасФ, деб баҳолаш керак бўлиб қолаяпти. Улар сиёсатчига эмас, балки безорига хоса ўзларининг У180 кунлик талаблари ...Ф билана ватан мустақиллигини таҳликага солаяпти. Зотан, улар учун тупроқ мустақиллиги, тушунчаси мавжуд эмас. Шунинг учун Каримов сиёсатида Ватанпарварлик, Ватаннинг мустақиллиги тушунчаси бўлиши мумкин эмас.а

 

Ватан ҳудудида хорижий мамлакат ҳарбийларининг бўлишини истамаслик ҳисидан келиб чиқиб, Каримов гуруҳининг бугунги вас-васасига майиллик кўрсатаётган демократларни қандай аташга мен қийналиб турибман. Каримов минглаб бегуноҳ одамларни 13-май куни шахсан ўзи майдонга чақириб оттириб ташлади ва дарҳол мен отишга буйруқ қилмадим, деб қасам ичди. Бундай кишининг қилган ишларида инсонга, Ва тангаа яхшилик бўлишига ишониб бўладими?а Йўқ, албатта. Шундай экан, у қилаётган ишларда халққа, Ватанга душманликни кўриш керак. Шунинг учун биз, ўзимизни халқ тарафида билсак,а бугуна АҚШ базасининг Ўзбекистондан чиқарилиши халққа душманлик, деб қарашимиз зарур бўлади. Демак, халққа душманликка қаршилик қилишимиз ва Ватан мустақиллиги учун АҚШ контенгентининг Ўзбекистонда сақланиши тараф дори бўлишимиз тўғри бўлади, деб ҳисоблайман.

 

аЎзбекистон Демократик Конгресси ўз имкониятида бор усулар билан Каримовнинг халққа душманона қилиқларига кескин қарши чоралари кўриши лозим, деб биламан. Жумладан, Ўзбекистондаги АҚШ базасининг сақланиши учун зудлик билан чора тадбирлар кўрилиши шарт, деб ҳисоблайман.Фа 02.08.05 Ц сешанба.

давомига ўтиш ...

 

Hosted by uCoz