Pichoqzoda
Ahmad Haqqi Bey
“Hikmat daryosidan tomchilar”
Mundarija.
So`z boshi
Muallif hayoti haqida.
Axloq.
Oshiq.
Olami-Istiqbol(Kelajak dunyo).
Ong.
Jumhuriyat.
Bola .
Din va Islomiyat.
Dunyo.
Adab.
Adabiyot.
Falsafa.
Fikr(g`oya).
Uy.
Uylanish.
Yoshlik.
Go`zallik, chiroy.
Karomat.
Urush.
Madaniyat(Hars).
Hurriyat.
His.
Haq.
Hammiyat.
Hayot.
Haqqiy hayot.
Ibodat.
Ilm.
Iymon.
Inson(odam).
Saralash(Intihob).
O`ziga o`zi suiqasd(Intihor).
Islomiyat.
Ayol (xotin).
Kalom.
Qur’on.
Modda.
Matbuot.
Maorif.
Madaniyat.
Maktab.
Millat.
Mo`’jiza.
Muhammad(sollallohu aleyhi
vassalam).
Muzika.
Nomus.
Nikoh.
Unutish(Nisyan).
Pul.
Tush.
Ruh.
San’at.
Sinoat-kasb(hunar).
She’r.
Sulh.
So`z (kalima).
Tabiat.
Taloq.
Tarix.
Tasavvuf.
Tarbiya.
Taraqqiyot.
Tijorat.
Vazifa.
Vijdon.
Valiy.
Valoyat.
Yakun(kitobdagi xilma-xil xorijiy so`zlar).
Itidor(Hokimiyat).
So`zboshi.
Hikmatli so`zlar, bir naslning yuksak tuyg`u,
tushuncha va hayot tajribalarini keyingi avlodlarga(nasllarga) uzatmoq
uchun aforizmlar holida ifoda etilgan fikrlardir.
Hikmatli so`zlar, asosan haq, adolat, shijoat va
jumardlik kabi yuksak qadriyatlarning nozik ifodasidan iboratdir.
Og`zaki yoki yozma holda bo`lsin, ish qilib,
tushuntiruvchi, ogohlantiruvchi, tarbiyalovchi va yuksak haq va adolat
tuyg`usini talqin etuvchi hikmatli so`zlarning Sharqda, Sharq dunyosida
yanada keng tarqalgani bir haqiqatdir.
Bu turdagi hikmatli so`zlar yozilgan juda ko`p asarlar
asosan Islom davriga to`g`ri keladi.
Insoniyat
hayot tajribalarini aks etirgan bu aforizmlar, har bir jamiyatda
tiriklikni va tartibni saqlashga yo`naltirilgan. Bu an’ana bugun ham og`zaki,
hamda yozma shaklda, devor kalendarlarida to`la davom etirilmoqda.
Bichoqzoda
Ahmad Haqi Beyning ”Men tushungan ilm va hayot” nomli kitobi ham shu tur
bir asar hisoblanadi. O`z sohasining mumtoz va etuk siymolaridan biri
sanalgan A. Haqqi Beyning hajmi uncha katta bo`lmagan va faqat mazmuniga
ko`ra so`ng darajada buyuk bo`lgan ”Hikmat daryosidan tomchilar” asarini
bugungi kishilar tushunadigan shaklda soddalashtirishga harakat qildim.
Ya’ni o`tgan nasllar tajribalarini kunimizning milliy madaniyati va
haqiqiy axloqdan uzoqlashtirishga harakat etilgan avlod xizmatiga taqdim
etishga intildim.
Asar,
hijriy 1340 yilda Izmirda Hafiz Al Afandiy matbaasida to`rt ming dona
bosmadan chiqqan. O`sha zamonlar o`quvchilar tarafidan qizg`in qabul
etilgan bu asar tez orada sotib tugatiladi. Kitobning bahosi 3-4 lira
bo`lgan. Ammo sotilish davomida uning narxi besh liraga ko`tarilganligi
ma’lum. Bu narx zamonasi uchun juda yusak baho hisoblangan.
Asar
1948 yili lotin alifbosida qayta nashr qilinadi. Ammo uning tili eski
turkchada bo`lganligidan ko`pchilik o`quvchilar uni yaxshi anglay
olmadilar. Chunki turk tili ustida nodo`stona amalga oshirilgan til
o`yini oqibatida bugungi kishilar hatto yaqin o`tmishimiz asarlarini ham
tushuna olmaydigan bir holga kelishgan. Shu sabab asarni bugungi madaniy
hayotimiz mulkiga aylantirish maqsadida, uni zamonamiz kishilari
tushunadigan shaklda soddalashtirdim.
Bu
asarda yagona nasihatlar to`plami shaklida keltirilgan ibratlarni har kim
o`qishi va unga amal qilishi lozim.
Bu hikmatlarni
o`qishgan Ahmad Mithad Afandiy va Binboshi Jidomiy Beylar kitobga
munosabatlarini she’r orqali ifodalshga harakat qilishgan. Ularning o`sha
she’rlarini quyida
keltiramiz.
Barakalloh
zahi qudrati vasfiy tahrir,
Sonaxalloh
ajib sharhu bayoniy
tasvir.
Kimki
aylasa nigoh ilmu hayot zubtasiga,
Bir
taradud etajak fazlu kamolin
tavhir.
Yozgan
har bir asari shunday muta’alladirki,
Ko`rsa
agar dushmani urfonini aylar takror.
Faqat
debochadagi jumlasi mahalla qadar,
To`rt
kitob kunu-tun asrorini etmish tafsir.
Bilmoq
itarsang sen, axloq va falsafa nima,
O`qi,
bu xil asarni, fikrini etsin tansir.
Or
va nomus nima, his,Vatan, millat nima,
Boq
qanday sur’atla etar hazrat ustod taskir.
Miziqa
fanini tashruhu-bayon alhaq,
Odamiy
nag`mai tilsiz kabi aylar tashir.
Iffatu,
ismatning hosiyati, ari tog`lisi,
Ma’rifatu,
san’at sonin qanday etmish tasvir.
Bu
qanday qudrat, qaysi fikri ihota, qanday hol,
Mutlaqo
so`zlari ilhomiy xudovandiy qodir!
Dastidan
etar ilmu-fazilat jarayoniga,
Nomi
ko`lkinda olar, fayzi tasalli tahrir.
Hojida
ilmu-adab, shoiri she’rin aytar,
Munshiy
durru-gavhar, so`zlari bir misli nazir.
Muhtasabdir
kutubi munzaladan ish bu kitob,
Vasfini
arz etolmas, bo`lsa ham nafi sahir.
Haqqi
Bey! har so`zini haqli ko`rarsan ko`pmi?
Haqqi
ismi senga ham arshdan bo`lsin ta’sir.
Afiyat,
sihhat ila ming yasha ey ustodim,
Toliying,
baxting bo`lsin misli surayo muhir.
Ahmad
Mithad.
Tarjimondan
Pichoqzoda
Ahmad Haqqi Bey asarlaridan, asosan uning ”Men tushungan ilm va hayot”
kitobidan olingan, ”Hikmat dar’yosidan tomchilar”, deb nomlangan asar,
mazmuni e’tibori bilan bugungi yosh avlodni tarbiyalashda bebaho
ahamiyatli, deb hisoblayman. Kitobda keltirilgan ko`pgina aforizmlar
maktablarimizda o`qituvchi va o`quvchilarning hayot qoidasiga aylanishi
kerak.
Bu
kitobning bugungi o`zbek turkchasida nashr etilishi va tarqatilishi
O`zbekistonda va dunyoning boshqa o`lkalarida yashab o`zbekcha
so`zlashuvchi kitobxonlar orasida qiziqish uyg`tishiga umid katta.
Turkiya
turkchasida qo`llaniladigan ba’zi so`zlarning o`zbekchada
ekvivalentini topish mumkin bo`lmadi. Shuning uchun u so`zlarni tarjimada
asli holida qo`llanildi. Bu xil so`zlar So`zboshida keltirilgan she’riy
parchada ko`proq uchiraydi. O`ylaymizki, u so`zlarning ma’nosini tushunish uncha qiyinlik
to`g`dirmaydi.
Yozuvchining
hayoti haqida.
Pichoqzoda
Ahmad(Ismail) Haqqi Bey, tamaki maydalovchi, Sio`pli Hoji Usmon
Afandining o`g`lidir. U 1277 hijriy yilda onasining mamlakati Izmir
shaharida dunyoga keldi.
Ahmad
Haqqi Bey ibtidoyi erkin maktabda boshlang`ich bilim olgandan so`ngra Tira shahrida
Ibni Malak Madarasida Mustafo kashfiy Afandidan ilmiy din va
falsafa, arab adabiyoti ilmlarini tahsil etdi. U 1305 yilda Huquq
maktablarida 2-nchi sinf(kurs) imtihonlarini topshirdi. Ahmad Haqqi Bey
Uskur shaharida favqulodda Mahkama bosh kotibligida, Yaniya, Suriya,
Holap va Hijozda mirzochilik mansablarida xizmat qildi.
Hijoz
mirzosi bo`la turib, u birinchi jahon urushida asir tushdi va
Iskandariya shahriga keltirildi. ”Siddiy Vashir”da uch yil asirlik
hayotini kechirgandan so`ng u Istanbulga keldi. Bundan keyin u Izmirga
ketdi.
1308
yildan 1328 yilga qadar Izmirda u ”Haftalik Izmir” va ”Kundalik Izmir”
kabi gazetalarni nashr etdi. Izmirdagi Idodiy maktablarda 15 yil
falsafadan dars o`qidi.
Ahmad
Haqqi Bey arab, fors, olman, italyan va ingliz tillarini mukammal
darajada o`rgangan edi. U ayni zamonda shoir ham edi. Uning ”Laqid” tahallusi
bilan ijod etgan she’rlari bor.
Axloq.
Qonun
axloqi, Qonun tanimagan, qonunni tan olmaydigan vijdonni (odamni) aniq
tartiblarga bog`liq bo`lishga, unga bo`ysunishga, unga tobe etishga
majbur bo`lish qonundir.
Mutadayin,
deb shunday dindor kishiga aytiladiki, uning ibodatida piyo, ishlarida
xiyla va yolg`on bo`lmaydi.
Biror
kimsadan qo`rqmayman desang, hech kimni qo`rqitma.
Fazilat
ruhning taqdir etgani, bemazachilik va hayvonlikni xush ko`rmaganligi
bo`lsa, razillik(sharmandalik) hayvonlikka mos harakat bo`lib, ruh undan
qochgandir.
Nomusning
dushmani nomussizlikdir. G`araz nafrat bilan, nifoh la’nat bilan yodda
qoladi.
Og`izdan
chiqqan va qalamda yozilgan so`z asl ko`nguldan, toza vijdondan chiqmog`i
kerak.
Din,
millat, Vatan, nomus va davlatga sevgi-muhabbat eng oliy va buyuk
sevgidir. Bunday sevgi haqqiqiy insonlarda bo`ladi. Ana shunday eng
yuksak, buyuk va muqaddas sevgidan mahrum bo`lganlar inson emas.
Din,
millat, Vatan, nomus va davlat toptalmaydi, poymol etilmaydi, poymol
ettirilmaydi. Ular baqir, muqaddas qiymat parhalaridir. Ular uchun jon,
hayot fido etiladi.
Qurs
va johilni ishontirmoq juda qiyindir.
Or
va nomussiz kishilarda millat va vatan hissi bo`lmaydi,
bo`lolmaydi.
Faqat johillik va jaholatning o`zginasidan qo`rqma, ammo jahllik va
jaholat g`urur bilan qo`shilib ketsa
undan ortiq balo yo`qdir.
Barchaning
sizga foydali bo`lishini istasangiz, o`zingiz ham barchaga foydali
bo`lishga harakat qiling va foydali bo`ling.
Sening
hamma fikr-mulohazalaringni hech e’tirozsiz tasdiqlagan kishi munofiqdir.
U seni aldaydi, xatolarga zavqlantiradi.
Yomonlikni,
xunuk ishlarni ochiqdan ochiq qiladiganlar olchoq, tuban
kishilardir.
Yashirin
ish qilganlar esa, o`zidan uyalmay, Allohdan qo`rqmaganlardir.
O`lganlarga
hurmat, tiriklarga ishonch bildirmakdir (ishonch bag`ishlamoq, ehson
etmakdir).
Janozani
hurmat etmaslik, eng so`nggi insoniy vazifani ifoda etmaslik bo`lib, bu
buyuk haqsizlikdir.
Hayvon
o`lgandan so`ngra unutiladi, uning mazori ham bo`lmaydi. Ajdodlarining
mozorini muhofaza etmagan millat, o`z ajdodlarini hayvon darajasiga
keltirgan millatdir.
Olim
bo`lish, hali odam bo`ldi, degani emas. Odam bo`lish hammaga foydali
bo`lmoq, demakdir.
O`z
manfaatini boshqalar mafaatiga fido etmak buyuk fidokorlikdir.
Xayr
istamaganga xayr qil. Xayr qil, faqat xayr qilishlarini kutma. Xayrni
unga qarshi javob kutmasdan bajar.
Ko`p
pastkash bo`lishlariga qaramasdan doim foyda ko`radiganlar manmanlar
bo`lib, shu bilan birga ular o`g`rilardir.
Eng
fazilatli bo`lishlariga qaramasdan doima yo`qotadiganlar esa, sadoqat
bilan istiqomat etuvchi va to`g`rilikdir. Faqat sen to`g`rilikdan qochma,
to`g`rilik qarshisida shoshma.
Axloq
harakatlarimizning bir qism oliy dasturlaridan bo`lib, uning barchasi
ruhning marhamatlaridan tug`ilmishdir.
Axloqni
tanimaslik, ruhni tanimaslikdir.
Aldanma,
seni aldamasliklariga harakat qil. Faqat sen hech bir zamon aslo biror
kimsani aldatma.
Afsuski,
axloq ojizga va axloqsizlik quvvatliga do`stdir (ayniqsa bizning
kunimizda - tarjimon izohi).
Yaxshi
qo`shni oiladan, yomon qo`shni tashvishu-g`alvalardan bilinadi.
Hozir
axloq keksalar biladigan fazilat emas, u ijtimoiy nazokat va alohida bir
tarbiya bo`lib qolmoqdaki, uni ham biror kimsada topa olmadim.
Avvallari
”axloq kitoblarda qoldi”, deyishardi. Endi esa, juda eski kitoblarda
qoldi, deymiz.
Avvallari
fohishalik yashirin va ayib hisoblanardi. Endi esa, u oshiqlar ishi va
odatga aylangan bir ish sanala boshlandi. Hatto bu qusur tashviq
etilmoqda.
Koinoti
basharga bir shisha isitgich dorisi yoki bir karra ukol qadar xizmat
etmaganimizni achchiq-achchiq eslaylik.
Tabobat,
tabiblik ko`p foydali va nozik ishdir. Bilmadim, bu bilimsiz qo`pol hakimlar
(vrachlar) qaerdan chiqishadi.
Turgan
sasir, ishlagan yaraqlar.Yaraqlash
esa, yorug`lik chiqarib atrofni yoritadi.
Hayo
nomusning pardasidir. Parda ochilsa nomus qochadi, u ketadi.
Kambag`al,
faqir bo`lsang ham mustarsiz, biror narsaga muhtojsiz, ko`zi to`q
ko`rinishga urin.
Ehtiyoj
va faqirlik adabsizlik va razillik qilishga sabab va uzr bo`lolmaydi, u hech durust ko`rilmaydi.
Daydilik,
johillarcha ko`chada qolgan bolaning yigitligidir.
Fohisha,
zaxm kasalli erkaklarning bir tishlab erga tashlagan mevasidir.
Bir
millatda ijtimoiy hayotning yaxshilanmasi uchun hammadan oldin umumiy
samimiyatga ehtiyoj bo`ladi.
Farzandlari
va kattalari orasida samimiyat va do`stlik bo`lmagan millat bo`hronga mahkum va u
asta-sekin yo`q bo`ladi.
Samimiyat
bir millatni irshoda etadi, ya’ni uni to`g`ri yo`lga solishga, bir-biriga
yordamlashmoqqa, to`g`ri so`zlamoq va to`g`ri ish qilmoqqa zavqlan-
tiradi.
Samimiyat,
do`stlikda jiddiyat, aloqada ishonch, demakdir.
Zafar
va muvaffaqiyatga jiddiy fikrlashish, yaxshi o`ylangan rejalar yordamida
erishish mumkin.
Eng
buyuk millat, fozillari fikri, din fikri va butun millat fikri bir va
barobar bo`lgan millatdir.
Eng
buyuk millat, umumiy rejalarini birlik va barobarlikda o`ylab, fikrlashib,
umumiy ishlarini biragalikda bajargan millatdir.
Ijtimoiy
hayoti umumiy bo`lgan millatning fozillari o`z manfaatini qanday tushunsa
va uni qanday rivojlantirishga intilsalar, umumiy manfaatlarni ham
shunday tushunadi va uning ham rivojlanishi va yuzaga chiqishi uchun
barcha ishlarni bajaradi.
Bir
millatning farzandlari bir-birini yagona oila farzandlari kabi his
etmaganlaricha ular umum hayotini o`z hayotlari kabi qabul eta
olmaydi.
Farzandlari
bir-birini sevmaydigan, fikrlarini bir-biriga tushuntirishdan chekingan,
bir-birini xush ko`rmaydigan, bir-biriga qarshi josuslik qiladigan biror
millatning hayoti juda qisqa bo`ladi.
Sevgilar
izhor etish, erkalashlar va boshqa xushomadlarning ko`pi aldatmoq uchun
bajariladi.
Kishining
oldiga tushib, uni axloqsizlikka boshlagan, turli xlil ko`gul ochishlarga
odatlantirgan kishi xiylakordir. Xiylakor o`zi boshlagan buzuq hayotdan
chiqa oladi. Ammo sen unda doim qolasan.
Sen
bilan biror ishga kirishgan begona yurtdan bo`lsa, uning so`zsiz boshqa
fikr va tushunchalari ham bordir. Chunki sen yomon vaziyatga
tushganingda, u o`z xavfini ko`zlab qochib qolishi juda mumkin. Uning o`z
yurti bor, axir.
Oldingda
senga tabassum qilib, seni siylagan, hatto istaganingcha
edirib-ichdirgan, ammo bo`g`izingdan bug`ib turgan do`st sifatlar ham
bor. Qo`zi va qassob misoli.
Falokatda
qochib, saodatda yoningdan ajramagan do`st, bilmadim, qanchalik
do`st bo`la olarkin?
Muhabbatiga,
do`stligiga amin bo`lgan do`stimning ta’na qilishi meni hamma narsadan
ko`proq ta’sirlantiradi.
Sababsiz,
faqat xotir uchun biror kimsani maqtash, madh etish menga eng yoqmaydigan
bir ishdir.
Bizni
zaiflashtirgan narsa, xiylakor va soxta do`stlarni ajrata olmay, ularga
saflik ko`rsatishimizdadir.
Bir
millat orasidagi xiylakorlik, u millat uchun sil xastaligidir.
Yuziga
kulganga aldangan ahmoqdir. Kulishning sababini tekshirib, uni tadqiq et.
Oldingda xushomad qilgan har kimsani do`st sanama.
Har
bir va’daga aldanma, har qaysi yo`l ko`rsatganga inonma!
”Va’da
berdi-yu bajarmadi”- dema, nima uchun bajarmaganini o`ylab ko`r.
”Insonlik
darajasiga ko`tarilmapman”- dema, Ko`tarila olmagan insonlik darajasi
nimadan iboratligini o`ylab, tushungin.
Hur
ruhlarga berilgan ba’zi amrlar, qoyalarga otilgan toshlarga
o`xshaydi.
Abadiy
qolajak ruhing uchun yangi-yangi sharaflar izla. Ammo erishgan
sharaflaringni yo`qotib qo`ymaslikka harakat qil.
Pashsha
Anqoni tushuna olmaydi, ammo uning hayolida Anqo yuksakligi, uning
ulug`ligi bo`lishi mumkin. Bu hol o`qishni endi bitirib, yangi diplom
olgan yigitning Aflotun-u va boshqalarni yoqtirmaganiga o`xshaydi.
Johil,
boylik, mulk va martaba bilan odam bo`lmaydi.
Ko`rimsizlik
bilan do`stlikka ahamiyat berilmay, go`zallik va do`stlik ayb sanalar.
Fazilat ham, haqiqat ham go`zaldir. Ularning tarafdorlari ko`p
bo`lib, ular hamisha fazilat va haqiqat oldida yurar.
Fazilat
o`zi loyiq bo`lgan hurmat va ehtiromga ahamiyat bermaydi. G`urur haqiqiy
bo`lmaganini bila turib ehtirom va izzatga maqbul bo`lishni
istaydi.
Jaholat
mag`rur, g`ururlidir; fazilat esa, tavozeli(kamtar)dir.
Fazilat
so`zlar ekan, jaholat g`ururning quchog`iga suqulib, qancha iztiroblar
bilan uni tinglashga kirishadi.
Fazilat,
ba’zan senga zarar bo`lsa-da, u fazilatdir. Shu sabab uni tahqirlash va
la’natlash haqsizlikdir. U zarar yana aynan o`sha fazilat bilan yo`qotiladi.
Fazilatdan
zarar ko`rdim, deb uni ayblab, fazilatni tark etma.
Har
bir ish hayot uchun , hayot esa, nomus va din uchun fido etiladi.
Nomus
- vatan, din, millat va or demakdir.
Hayot
uchun nomucsizlikka qatnashgan olchoq, pastkashdir.
Muhabbatning,
do`stlikning tanqidi yo`l ko`rsatish bo`lsa, g`arazlikniki esa
teskarisidir.
Saodat
vijdon huzuridir; uni mulk, boylik bilan ta’min etib, kambag`allik bilan
qo`rqita olmaysan.
Baxtli
oila, sof vujudli ruhlarning ismidir.
Qashshoqlar,
milliy jamiyatning haqsizlikka duchor bo`lgan qismidir. Hikmat ularni
ko`rganidan jamiyatni mahkum etadi.
Johilni
temir kabi, olimni oltin kabi foydali etgan axloqdir.
Shuhratlarni
yo`qotmoq(sindirmoq) bilan mashhur bo`lishni istaganlar, yomon otli
shuhratga erishadilar.
Shuhratlarni
taqdirlab, ularga hurmat bilan qaraganlar, hurmatga sazovordirlar.
O`tmishdagi
buyuklarimizni hurmat bilan yod etaylik. Millatga obro` bergan ko`klar
ulardir. Millatni tasvir etgan, shakllantirgan nomlar ulardir.
Ularni yo`qotmoq, chiritmoq uchun harakat qilganlar, millatni
sharafli moziydan mahrum etolmaslar. Moziyning(o`tmishning) nojo`ya
qiliq(qusur) larini avf etmoq, sharaflarini g`animat bilmoq, ularga ega
chiqmoq, bir millatga (xalqqa) haqiqiy mavjudlik, borliq yaratadi.
Ko`rganlarini
yoqtirmagan yaxshi kishi, yanada yaxshirog`ini qiladi.
Ma’nosiz
e’tiroz hasaddir, rashkdir. Bu ololmagan uzumini tulki ”sosiq”, deganiga
o`xshaydi (Asli turkcha variantida, ”go`shtga etolmagan mushuk, uni
iflos”-dermish kabi ishlatilgan).
Asossiz
tanqid va e’tiroz yiqitmoqdir. Yiqitma! Aksincha yanada yaxshi tuzmoqqa,
yaratishga harakat qil. Yiqitishdan xaroba, yaratishdan ma’murlik hosil
bo`ladi.
Bir
butun uydan birorta tosh, bir ma’murlikdan birorta parcha tushirmoq, uni
xarobaga mayil etirmoqdir. Bunday qilganlar zararko`nanda va
yiqituvchilardir.
Majlis
va yig`inlarda har bir so`zga quloq tut. Fikringga to`g`ri kelmaganlarini
darhol rad etma. Yaxshi tingla, yaxshi o`ylab ko`r.
Sendan
qo`rqqanlaridan emas, sen jiddiy, ma’rufli, mo`’tabar kishi bo`lganing
uchun seni islaydigan bo`lishsin.
Maydoni
(kurash maydoni) ochiq bo`lgan muxolifatdan ko`ra, yashirin muxolifatdan
ehtiyot bo`l.
Dushmanlaringni
qanchalik surushtirsang, do`stlarni ham shunchalik surushtir, izla, top.
Surushtirmasdan, izlamasdan topilgan do`stlar zarur ishlarga
yaramaydi.
Yashirin
dushman borligi singari, yashirin do`stlar ham bordir. Yashirin do`st o`zini
ko`rsatishni laganbardorlik va ayb hisoblaydi.
Ba’zi
odamlarni, ”U odam shamoldan suv olar”, deb ta’riflashadi. Unday odamning
qurboni bo`lsang arziydi. Gapga tezda tushunmas g`alchalarga nima,
deysan, kishi.
Oshiq.
Oshiq,
kuzatgan qalbga tushgan yashindir. Oshiq, mutlaqo musbat va manfiy ikki
elektron zarrachalar kabi, ikki nazar, ikki nigoh ichida porlamoqqa
tayyordir.
Oshiq,
narsa va shaxslarni, butun moddiy va ma’naviy zarrotni bir-biriga
jipslashtirgan va yaqinlashtirgan bir quvvatdir.
Sevilgan
bir go`zalning harakat, qiliq va ko`rinishlari uining go`zalligini yo
ortiradi, yoki kamaytiradi. Go`zal, nozik va latif bo`lishi lozim.
Jin
uringan odamga(insonga) quyonchiq(jinni), go`zal uringanga oshiq,
deydilar. Saytonga yaqinlashganni quyonchiq kasaliga duchor bo`libdi,
deyilsa, go`zalga yo`liqqanga oshiq derlarmish.
Go`zalga
yo`liqqan, oshiq bo`lgan ba’zilarni, jin urgan, deb ataydilar.
Shayton
urgan faqat egilsa, go`zal urgan esini yo`qotadi.
Bir
qator go`zallar bor, ularga oshiq bo`lsalar, ular ham oshiq
bo`ladilar.
Oshiqlar
goho bilib, goho bilmay to`qnashganlari singari, goho birdan, goho asta –
sekin ham to`qnashadilar.
Oshiqlikning
eng zavqli va hoyajonli onlari umid va xayol bilan yashagan onlardir.
Murodga etmak oshiqni bitiradi, uni o`ldiradi.
Oshiqning
ibtidosi, ya’ni boshlanishi nafsdan emas, ruhdan tug`iladi. Faqat nafsdan
bo`lmay, ruhdan bo`lgan oshiq bormikin? Bilmadim(balki ilohiy
oshiqdir).
Oshiq
qora, qizil yoki sari yoziladi, demak o`z - o`zini o`ldirish, xastalik,
sil xastaligi, demakdir.
Sevgi,
go`zallikka mayl bo`lmoqlikdir. Oshiqlik o`sha mayllikning yuksak
darajasidir.
Olami-istiqbol(Kelajak
dunyo).
Olami-istiqbol,
oxirat olami demakdir. Ya’ni bu yorug` dunyodan keyin yashaydigan abadiy
hayotdir. U olam, dinning xabar berishiga ko`ra, yanada mukammal va
haqiqiy, abadiy bir olamdir. Insonlarning bir necha asrlar davomida
shug`ullanishi, o`rganishidan so`ngra u bir olamning haqligiga va bir
kunmas, bir kun har birimizning u erga ko`chishimizga iymon keltirish,
Haqiqiy falsafa, Haq falsafadir.
Ahmoqlar,
dunyoning yo`qdan bor etilganini e’tirof etsalarda, bu dunyodan boshqa,
bundan yanada mukammal bir dunyo borligiga ishonmaydilar.
Namuna,
nimadan va nima uchun ko`rsatiladi? Olami-istiqbolning borligi va uning
bo`lishi mumkinligi bu yorug` dunyoning borligi bilan ko`rsatiladi. Bu
olamning, biz ko`rib-sezib turgan olamning borligi, olami-istiqbolning borligiga
guvoh bo`la oladi.
Bositat(Sezgi).
Ong.
Aql
ilmning manbai, ong ziyraklik manbaidir. Ong itoatdir. Aqlli boshlarda ba’zan
itoat topilmaydi. Bu hol esa, Sezgining yo`qligidir.
Hayvonlar,
anglash va his etishda odamga yaqin va unga o`xshashdirlar.
Aql
va fikr farosatning eng so`nggi, Sezgi esa, ruhning ilk anglash
martabasidir. Ruhning eng so`ng idrok martabasi esa, hikmatdir. ”Hikmatga
erishgan xayrlarga erishadi”- deyiladi Qur’oni Karimda. Xayr ham haqiqat
va fazilat demakdir.
Har
bir narsaga faqat ko`z bilan qarab, uni to`la ko`ra olmaysiz. Unga
onglilik bilan qarash lozim. Chunki u ham ruhning ko`zidir.
Bir
odamga qaraganda ko`z bilan uning faqat shakl va siymosini ko`rish
mumkin. Shu vaqtning o`zida ong uning axloq va ruhidagi vaziyatni tomosha
qiladi.
Ko`z
narsalarni, ong foyda va zararni ko`radi.
Ong
fikr emas. Fikr aqlning, ong fikrning ustida va hammasining asosidir.
Eng
avval insonni hayvondan farq ettirgan shuur quvvati - bu ongdir. Undan so`ng fahm, ya’ni aql va
bundan keyin hikmatdir.
Jumhuriyat.
Jumhuriyat,
Islom nuqtai nazariga ko`ra, Shuroi Ummat, demakdir.
Jumhuriyatni
birinchi ta’rif va tatbiq etgan kitob, Qur’oni Karimdir.
Payg`ambar(s.a.v),
ashobi va xalifalar hammasi ommani jumhuriyat bilan, ya’ni har doim
Shuroi Ummat ila idora ettilar. Ular podshohlik, sultonlik, qirollikni
targ`ib qilmadilar. Shuningdek o`zlarini podshoh, sulton, qirol va
boshqacha deyishga ijozat etmadilar.
Islomda
moliklik, ya’ni podshohlik Hazrati Muoviyo davrida boshlandi.
Odil
hukumatlarning eng oliy, eng yuksak shakli, bu jumhuriyatdir. Ammo bu
jumhuriyat sharoitga muvofiq ish tutmog`i shart.
Jumhuriyat,
yuksaklik va adolat tarafdorlari bo`lgan ruhlarning maydonga keltirgan
hukumatidir. Jumhuriyat yuksalmagan, etuk bo`lmagan ruhlar qo`lida
jirkanch, xunuk bir ko`rinishga keladi.
Hurriyatga
va yuksak adolatga yo`nalish, yo`l ko`rsatgan jumhuriyat singari boshqa
bir yuksak va salim hukumat bo`la olmaydi. Xalq uning nazarida
bir-biridan farqsiz biror avlod kabi hisoblanadi.
Jumhuriyat
qanchalar buyuk va oliy bo`lsa, u shunchalar nozikdir. Undan juda diqqat
bilan foydalanish lozim bo`ladi. Uning barcha ma’murlari, xodimlari sodiq
va to`g`ri, sof kishilar bo`lmoqlari kerak.
Jumhuriyat,
hurriyatning volidasi yoki uning murabbiysidir. Hurriyat bolalarini u
tarbiya qiladi, o`stiradi, yuksaltiradi.
Jumhuriyat,
daydilar hukumati emas, balki pok, toza axloq va fazilat
hukumatidir.
Jumhuriyatni
xush ko`raman va sevaman. Chunki u ruhlarga hurriyat va xalqqa adolat
qiladigan hokimiyat va’da beradi.
Jumhuriyat
biror kimsaga, biror narsani ”qil”, demagani kabi, unga ”qilma” ham
demaydi. Inson zotiga bunday amrni(buyruqni) axloq va vijdon
buyuradi(beradi), xolos. Jumhuriyat yolg`iz qo`llarni, umumiy va xususiy
keraksiz yomonliklarni bitiradi.
Jumhuriyat
tartibi bilan idora qilinadigan birorta mamlakatda, har kim o`z uyida
bo`ladigan hol va harakatlarga o`zi hokim bo`ladi.
Jumhuriyatda
hukumat ham, kishilar ham hurriyat bilan fikrlaydi, so`zlaydi, yozadi va
harakat qiladi.
Ruh,
o`zining yuksak hurriyati hisobi ila o`zidan boshqa hukumat va hokim
tanimagani uchun Jumhuriyat, butun nazokatlari bilan ruh sevadigan
bo`lishga harakat etishi zarur. Va Jumhuriyat o`z hurriyatini buzmaganini
ko`rsatib, ruhning undan xushnud va mamnun bo`lishiga erishmog`i
kerak.
Jumhuriyat,
dunyoning har bir erida eng oliy olqishlarga sazovor bo`lgan din, mazhab,
e’tiqod kabi buyuk madaniy asoslarning , yuksak his va fikrlarning erkin
bo`lishiga xizmat etmakdir.
Turk
jumhuriyatining dini noma’lumdir (Faqat Turk jumhuriyatining emas, barcha
turk davlatlarining – tarjimon izohi). Holbuki, dunyoda dinsiz boshqa
birorta hukumat yo`qdir. Dinga xizmat, jumhuriyatga xizmatdir. Dinni
haqorat etish, jumhuriyatni haqorat etishdir.
Ruh
jumhuriyatdan ikki narsa talab qiladi. Birinchisi, hurriyat, boshqasi
adolatdir. Bu ikkisi bo`lmasa uni nima, deb atasa atayversinlar, u
jumhuriyat, emas.
Jumhuriyat,
o`zini butun ma’nosi bilan yaxshi anglagan, chuqur tushungan, yuksak fikrli
va nomusli insonlarga doim muhtojdir. Jumhuriyat majlisi olim-fozillar
majlisi kabi vazmin, azamatli, jiddiy va nozik fikrli bo`lishi
lozim.
Din
va islomiyat.
Insonlik
din bilan bilinadi. Din yo`q erda fazilatga, axloqqa o`rin yo`q. Chunki
dindan o`zga hech bir qonun vijdonga hokim bo`lolmaydi. Vijdonning
haqiqiy hokimi dindir. ”Allohdan qo`rqmagandan qo`rq”- deyiladi, naqlda.
Dinsiz, Allohni tanimaganlar vijdonsiz maxluqlardir. Din esa, go`zal
axloqdir. Shuning uchun dinsizda axloq ham yo`q.
Din
rag`batlantirmaydigan saodat va rivojlanishlarga tayyorgarlik ko`ra
oladigan birorta vosita yo`qdir. Din rivojlanishni, ilmni, huzuru -
rohatni rag`batlantiradi.
Din,
axloqsiz, nomussiz yuzaga kelishi mumkin bo`lgan chirkin o`zgarishlar,
yangiliklarga mone, to`siqdir. Fohishaxona, qimorxona, bar, pavilion va
boshqa shunga o`xshash buzg`unliklarga qarshi to`siq - bu dindir.
Din
Allohning mukammal qonuni bo`lib, u insonlarni faqat xayrga boshqaradi,
unga zavqlantiradi. O`zini inson his etgan har bir kishi bunday bir
mutlaq xayrga qarashli bir qonunga vijdon hurriyati bilan tobe va taslim
bo`lishi aniq.
Din,
Allohni bilish, Uni tavhid etish, pok ruh va sof vijdon ila Unga ibodat
etish - bu butun insonlarni va ularning huquqlarini tanimoqdir.
Din,
sidqidildan e’tiqod, xiylasiz(riyosiz) ibodat, yuksak va etuk axloq,
demakdir.
Dinni
tanimaganlarda nomus, vatan va millat tushunchalari mutlaqo yo`q. Ular
shaxsiy manfaatlari uchun zarur bo`lgandagina bu so`zlardan
foydalanadilar, hatto u so`zlar ustida bahslashadilar.
Din
kishini inson, ilmli san’atkor darajasiga etkazadi. Ilmi yo`q johil, dini yo`q esa
hayvondir.
Go`zal
va yaxshi narsalar, din ”yaxshi”, deganlar bo`lib, chirkin va yomon
narsalar esa, din haromga chiqarganlardir.
Dinning
juda to`g`ri va mukammal asoslari, qoidalari doim o`rtadir. Uyalma! Uning
tashqarisida sen ham bir qoida, dastur bo`lib insonlarga va insoniyatga
xizmat etishga intil. Agar unday xizmatni qilmayotgan bo`lsang, jim
bo`l.
Dinsizlar
faqat dinga qarshi bo`ladilarda, dinsizlikning asosini ham, uning
insonlarga foydasini ham ko`rsata olmaydilar.
Din,
hikmatga, falsafaga, to`la aqlga va yuksak axloqqa suyanadi. Dinsizlik
esa, nimaga suyanadi? U yomonliklardan ham boshqa biror narsaga
yaraydimi?
Din,
davlat, hukumat va millatning birlik va tenglik markazi, ularning umumiy
nuqtasi ekanligini ko`rish qiyin emas.
Eng
yuksak fazilatlarning ham yuksagi dindir. Ya’ni Allohni tanish va bilish, Unga qul
bo`lish, demakdir.
Nomus,
millat, vatan kabi yuksak qadriyatlarni taqdirlagan, ularning haqiqiy
qimmatlarini aniqlagan ham dindir. Din olib tashlansa nomus, insonlik,
vatan va millat kabi tushunchalar ham butunlay tugatiladi.
Hayotning
ikki yo`li, ikki nihoyasi bordir. Birinchisining so`nggi Allohdir,
oxiratdir, boshqasining so`nggi esa, Allohsiz, oxiratsizdir. Birinchisida
insonning abadiyligi ko`rinadi, ikkinchisida esa, asosiy masala,
dunyo, manfaat, qisqasi aldat, pul top, xolos. Birinchi yo`lda odamning
sharaflari, fazilatlari va insonlik uchun qilgan xizmatlari hisobga
olinadi.
Dunyoda
odamlar ikki yo`l bo`ylab yurmoqdalar. Birinchisining boshi va so`nggi
Allohu taolodir. U Allohu taolodan keladi va Allohu taologa ketadi (Inna lillohi va
inna ilayhi raji’un).
Quyosh so`ngandan so`ng bu yo`l, o`z yo`llovchilarini oxirat olami,
deb ataganimiz, abadiy olamga keltiradi. Ikkinchi yo`l esa, Allohsiz va
oxiratsizdir, uning so`nggi berkdir. Bu yo`l yo`llovchilari uchun
dunyo faqat bu dunyodan iboratdir. Bu yo`lning oxiri esa, faqat mozordir.
Birinchi yo`lning yo`lchilari islom dini amrlariga moslashadi,
boshqalaridan ehtiyot bo`ladi, ular mumkin qadar yaxshi xulqlarni
bajarib, yomonlarini tark etishga harakat qilishadi. O`zlarini Haqning
qabul etishi uchun zarur bo`lgan ishlarni qilishga intilishadi.
Ikkinchi
yo`lning yo`lovchilari esa, Allohga inonmaydilar, ular hamma narsalarning
moddadan iboratligiga, faqat moddiy dunyoga inonadilar. Ular oxiratga
ishonmay, din yo`q, u uydirma, afyundir deyishadi. Jinoyat, shahovat,
axloqsizliklar, qisqasi butun g`ayriy insoniy harakatlar ularga fazilat
va qahramonlikdir. Ular o`g`irlab, ururlar, yolg`on-yashiqdan
qaytmaydilar. Ular uchun hayot olib qochmoq, zavq va safo surmoqdir.
Ulardan millatga, vatanga, jumlai olamga biror foyda kelmas.
Din
haqiqiy madaniyatning qonunidir.
Dinni
izlagan, uni kofirlar, munofiqlar, riyokorlarning vijdonida emas,
Qur’oni-Karimda va Islomga jonu-dilidan to`la va to`g`ri iymon
keltirganlar vijdonida topa oladi.
Din
insonni ilohiyotga, muhabbatga, saodatga keltiradi, turli xil
yaxshiliklarga da’vat etadi. Dinsiz, bu da’vatlarni qabul etmay, unga
rozilik bermagan kimsadir.
Dindorlik
va musulmonlik ”Allohu taolo bordir, Yagonadir, Muhammad payg`ambardir,
Sodiqdir, amindir, Qur’on Allohu taoloning kitobidir”, deb qabul etmak va
iymon keltirmoqdir. Ana shunday e’tiqod etmagan kishi musulmon
bo`lolmaydi. Dinda munofiqlik yo`q, munofiqlik katta gunohdir.
Fazilatni,
yaxshi axloqni izlasang, dinda izla. Uni har bir musulmon ko`ringandan
izlama.
Dinsiz
fazilatsizdir; fazilatsiz dinsizdir.
Dinning
birinchi martabasi: bu borliqdan, ya’ni har bir narsadan avval, hayot,
ilm, qudrat, iroda, kalom, taqvin, azamat, abadiyat sifatlariga ega bir
Yaratuvchining borligi va Yagonaligiga iymon keltirmoqdir.
Dinsizlikning
ilk martabsi esa, Allohu taolo va oxiratning yo`qligiga, insonning har
qaysi bir hayvon kabi ekanligiga va undan so`ngra abadiyatning mahv
bo`lishligiga, bu olamning o`z-o`zidan vujudga kelganligiga
telbalarcha e’tiqoddan iboratdir.
Dinsiz
uchun vijdon va ma’naviy mas’uliyat yo`qdir, u uchun hech bir gunoh ham
yo`qdir. U har bir istagini hayvonga o`xshab qiladi(bajaradi). Faqat bu
dunyo hayoti uchun ishlaydi va harakat qiladi. U umrida rohatning yuzini
ko`rolmaydi. Eng xursand va rohatli ko`ringan dinsiz, aslida juda ko`p
qiyinchiliklar ichida tirishib, doim o`zgarib turuvchi o`y-hayollar
ichida yashaydi.
Dinda
ibodat: Namoz, o`raza, haj, zakot va Allohning ikrom etgan ne’matlariga
doimo shukr etmoqdir. Ibodatni bajarmaslik Allohu taoloning ne’matiga
kufr keltirmoqdir. Insonlar yaratgan qonunlar, yolg`iz moddiy hayotni,
din esa, moddiy hayotni ham, ma’naviy hayotni ham tartibga
soladi(keltiradi). Dinda o`zgaradigan qonunlar bo`lsa, ular fazilat va
e’tiqodga oid bo`lmay, faqat moddiy hayotga tegishlidir, xolos.
Dindorlar
borki, dinni bilmaydi, vatanparvarlar borki, vatanni tanimaydi.
Din
eng yuksak falsafa ham bo`lganligidan, uni bilish, dinni haqiqatan
anglaydigan faylasuf, hakimlarga muyassar bo`ladi. Muqallidlar dinning
yaxshiliklarini biroz his etadilar. Ammo dinni inkor etganlar buni hech
anglamaydilar.
Din
bir millatni birlikka, muhabbatga suyanishga yo`llaydi. Masalan, xristian va
yahudiylarni qarang.
Dinning
va muqaddas kitoblarimizning azamatligi, ajoyibligini va qudratini
anglamaganlarga, ”Eng madaniy”, deb biladigan millatlar cherkovlarining
tomida parlagan va hukmdorlarining ko`ksida nurlangan istovrozalarga bir
boqing. Injil, Tavratni muqaddaslashtirgan yuz millionlardan hech
bo`lmasa bir marta so`rang, degim keladi.
Din
bilan axloq millatni yiqilmas bir qoyaga aylantiradi, uni birlashtiradi.
tiriklik va tartibni saqlaydi.
Din
va dinsizlik doima o`zaro kurash holida bo`ladi. Birisi kishilarni
insonlikka, boshqasi hayvonlikka sudraydi.
Saodat,
din va axloq bilan quchoqlashmoqdir. Faqat birgina pulning o`zi saodat
keltirmaydi.
Din
Allohu taoloning, dinsizlik shaytonning yo`lidir.
Diningga
sohib bo`lginki, sening qaysi millatdan ekanligingni butun olam
bilsin.
Dinsizdan
uzoq bo`l, chunki u har baloni boshlashi mumkin.
Olamda
bir tahqir, pastkashlik bordirki, u ham bo`lsa, dindan dinsizlikka tushib
qolishdir.
Duel.
Duel,
bu maktullik, ya’ni ikki kishidan birisi o`limga yoki yarador bo`lishga
mahkum etilgan kishilarning otishmalaridir.
Duel,
bir munozara, ya’ni ikki o`zaro dushman kishi orasidagi jang, g`avg`o va
bir kurash. Uni aql qabul etmaydi, ammo falsafa, mantiq ba’zan uni haq
hisoblaydi.
Duel
tahqir etilgan, haqorat qilingan sharafning qurolga murojaat
etilishidir.
Haq
va botilning (yolg`onning) chegarasini belgilash ba’zan qurol zimmasiga
tushadi.
Haqorat
etilgan sharaf, duelga engilib, qurbon bo`lsa-da, unga qarata ”o`limni
qabul qildi, haqoratni qabul etmadi”, deyishadi. Bu albatta bir mukofotdir. Bu juda
to`g`ri bir sharafdir. Chunki muqaddas shan-sharafni, or-nomusni haqorat
ostida qoldirgandan ko`ra o`lim sharaflidir.
Yiqilgan
nomus bo`lsa, uni yiqitgan(uning yiqilishiga sababchi bo`lgan) hayot
yiqilishi kerak. Ya’ni nomusni erga urganning hayoti fido etilishi lozim.
Buni faqat nomuslilar tushunadi va taqdir eta biladi, xolos.
Duel
qonunlashtirilmasa, adolatning bu xil nozik erlari maqbul bir tartibda
qonunlarda o`rin olmog`i juda zarur.
Qonunlar
adolatni shu qadar qadrlasin va qo`risinki, haqoratga uchragan sharaf,
erga urilgan nomus qurolga emas, qonunga murojaat qiladigan darajaga
ko`tarilsin.
Qahr
va g`azab qurollining qurolidir, duel esa, haqorat vaqtida qurolsiz
bo`lganlarga qurol beradi.
Qonun
sukut saqlagan joylarda, haqoratga maruz qolgan (haqorat etilgan) sharaf
murojaat qiladigan usul, qurol – bu dueldir.
Xabarsiz
qatllik hodisalariga ”jinoyat”, boxabar qatllarga esa, ”duel”, deydilar.
Muhorabani(urushni)
qabul qilib, duelni qabul etmaganlarga ”urush” duel emasmi, demak kerak.
Haqiqat
nuqtai nazaridan fazilat va sharafning gavhari haqorat bilan
xiralanmaydi(g`ubarlanmaydi). Faqat fazilat va sharafga qaratilgan
haqoratni ularning oshiqlari qabul etmay, rad qiladilar.
Duel,
izzat, nafs masalasi bo`lib, u tomoman ruhga oiddir. Ruh esa, nimani azim
etsa, uni qiladi. Bu yo afv yoki intiqom(qasos)dir.
Adab.
Adab:
nozik tarbiya, mutlaqo ijobiy, nozik va kibor harakatlarning ismidir.
Shunday harakatda bo`lganlarga ”adab”li, qo`pol va tartibsiz, yo`lsiz harakatlarda
bo`lganlarga esa, ”adab”siz, deydilar.
Ulug`larga,
olimu-fozillarga, qariyalarga hurmat, kichiklarga marhamat, muqaddaslikka
riyo qilish, ota-onaga itoat, bu hammasi adabdir. O`tirishda, qarashda,
so`zlashda, yurishda, uyda, yo`lda, har erda nazokatli, zarofatli
bo`lish, xotirga riyo qilish, qisqasi barcha yaxshi harakatlarga adab,
deyiladi.
Adabning
xususiyatlarini sanab tugatib bo`lmaydi. Adabni anglatadigan biror yagona
so`z mavjud bo`lsa, u ham tarbiya so`zi(kalimasi)dir.
Adabiyot.
Adab
lug`atini, adabiy kalimasini bilmagan va uni anglamagan kishi
”adabiyot”ni ham bilmaydi va anglamaydi.
Adabiyot,
nozik fikrlarni jozibali va mayin so`zlar bilan bezab ifodalash
san’atidir. Adabiyotdan mahrum, pishmagan(balog`atga etmagan), go`zallikdan
uzoq so`zlar quruq, qiymatsiz, behuda so`zlardir.
So`z,
fikrlarning bir boshdan(aqldan), bir vijdondan boshqa birisiga; bir
ruhdan boshqa ruhga uzatish vositasidir. Shuning uchun so`z har doim
nozik, latif, jozibali va ta’sirli bo`lmog`i zarur.
She’riy
so`z va she’rlar ta’sir etish va uni aytuvchiga kishini jalb etmoq uchun
aytiladi, o`qiladi.
Adabiyot,
millat runining tilidir. Uni eng yaxshi va nafis bir shaklda talantli
adib va shoirlar kuylay oladilar.
Hikmat,
falsafa adabiyotsiz biror ish qilolmaydi.
Emak
va ma’rifat mahsuli bo`lgan asarlarning go`zalligini, jamolini bezamoq
uchun uning qarshisiga qo`yiladigan oyna- adabiyotdir.
Erda
yotgan bir gulni hayvon ko`rsa uni eb qo`yadi, uning yonidan johil o`tsa
uni toptab ketadi, adib yoki shoir esa, bu holga ko`p achinib, taassufga
tushadi. Ko`rdingizmi, farq qaerda?
Adib
va shoirlar go`zalning, go`zallik tarafdorlaridir. Menimcha haqiqy
hayotga sohib bo`lganlar ham shulardir.
Adabiyot,
she’r, go`zallik va go`zallikka oshiqning birlashuvidan tug`ilgandir.
Falsafa.
Falsafa-hikmat;
faylasuf, hikmatga oshiq va o`zi hakim, demakdir.
Insonni
vahshatlardan qutqargan va haqiqiy insonlik darajasiga ko`targan,
ruhlarni tozalagan, koinotning yashirin sirlarini kashf etgan, butun
ilmlarga hokim, bu falsafadir.
Falsafaning
g`oyasi natijasi, borlig`i insonni, ruhni va nihoyat Allohni bilmoqdir.
Falsafa yo`li asardan asar muallifiga va asar muallifidan asarga
boradigan yo`ldir. Mutlaqo yaxshi deyilgan xayrga, go`zallikka, etuklikka
to`g`ri ketish, sha’riy, deb bilmak, yomonlik, yomon qusurlardan va
gunohlardan uzoq turmoqdir.
Hakim
va faylasuf nazarida bir zarra, butun bir kitobdir.
Hakimning,
faylasufning ruhi fazilatga oshiq, sherrga, xiyonotga, xiylaga, bosh
suqushga dushmandir.
O`z axloqlari
va fazilatlariga muvofiq malaklardan yuksak kishilar bo`lgandir. Ularni
payg`ambar, hakim, avliyo, deydilar.
Bu
olamning insonni hayratga solarli darajada muntazamligiga ibrat ila boqqanlar,
uning bir haqiqiy yaratuvchisi bo`lishligiga, u yaratuvchining
Yagonaligiga hech shubhasiz dalolat ekanligini ko`radilar.
Hikmat,
ya’ni hakimona vaziyatni, ahvolni hamma joyda, har bir nuqtada ko`rib va
hikmatni ko`rish uchun ikki emas, bitta ko`z bo`lsa ham narsa va
hodisalarga qarab, koinotning yaratuvchisini tushuna olmagan va
ko`rolmaganlar haqiqiy so`qur va ko`rlardir.
Inson
uchun eng buyuk balo va musibat - bu o`z johilligini ilm hisob
etmog`idir.
Alloh
haqdir, ammo faqat uni ko`rmoqning imkoni yo`qdir.
Ruh
insonning, Alloh butun borliqning ruhidir. Ruhni tanigan Allohni yaxshi
anglaydi.
Ruh
bilan fazilat Allohdan kelgan nurdir. Ba’zi chirkin siymolar ham
go`zallik beradi va u ham seviladi.
Doimo
bir-birini belgilagan, sevgan ikki narsa mavjud. Ruh va go`zallik. Alloh
mutloq go`zallik, ruh esa, uni sevganligidan mavjuddir. Ya’ni ruh Allohga
oshiq bo`ladi.
Allohu
taoloni to`la bilgan hamma narsani: xayrni va xayrsizlikni undan biladi.
Ruh,
aytganlari singari gul yaprog`i ichidagi suvga emas, olmosdagi
yarqirashga o`xshaydi.
Ruh
abadiy bo`lmaganda edi, inson bir o`yinchoq, sharaflar esa, vahima,
vasvasadan iborat bo`lib qolardi.
Bu
dunyodan o`tganlarning (o`lganlarimizning) toza va gunohkor ruhlari bu
olamda va oramizdadir. Ular bizga ilhom va ijod, ya’ni ibrat va fikr
bermoq uchun oramizda yuradilar.
Vijdon
aqlga muxolif kelgan vaqtlarda ruh o`zini ochiq ko`rinishda bizga
namoyon etadi.
Ruh
o`lmaydi, xayr, yaxshilik va go`zallikdan olgan zavqlardan ayrilmaydi
(ular bilan doim birgadir). O`lim jism(tana)ning xarob bo`lib, yo`q bo`lishidir. Bu dunyo zavq
va shafoatlari o`lim bilan oxiriga etadi. Holbuki, qilingan
xayr-ehsonlar, barcha yaxshiliklar inson jismi bo`lmasa ham ular davom
etadi.
Insonga,
bu yorug` dunyoga faqat o`z aql va ma’lumotlari tirqishidan boqqanlar,
ularning bir-biriga munosib, mos yoki mos emas muxolif taraflarini,
katta-kichik bo`laklarini ko`rib biladilar. Lekin ularni
to`la-to`kis va xatosiz ko`rganlar esa, ong va hikmat yorug`idan qarab
ko`radilar.
Yuzaga
chiqishida va ko`rinishda vijdonga hamda aqlga oid bir nozik hikmat bor.
Go`zallikni anglay olmasang, seza olmasang, u sen uchun keraksiz, xunuk
narsadir.
Sen
sevmagan(sevilmagan) har bir narsa mutlaqo ko`rimsiz yoki juda yomon, degani
emas. Bolalar maktabda sulfat kislota bilan ishlashni sevmaydilarda, olov
bilan, ilon bilan zavqlanib o`ynaydilar. Shunga o`xshash bir qancha
hollarda aql ham haqiqat qarshisida boladir.
Olim
ko`p bilgan emas, bilganlarini, o`qiganlarini vijdonan anglay bilgan,
tushuna olgan olimdir.
Johil
qarshisida olim qanday bo`lsa, faylasuf va hakim ham aynan shudir.
Hol
va harakatlarning intizomi, ruh va fikrlarning intizomini bildiradi.
Sarson va tartibsiz(nizomsiz) harakatlar, aql va fikrning muntazam va
durust bo`lmaganligini ko`rsatadi.
Yuksakning
yuksakligi oshgan sayin yuksalgani singari, olchoqning olchoqligi
yuksalgan sayin uning pastligi ham ortadi.
Haqli
mag`rur, faxrlidir mag`lub bo`lsa ham; haqsizlikdan nafratga qoladi,
g`olib bo`lsa ham.
Haqlini
yiqitsalarda, yiqilmagan; haqsizni olib tashlasalarda olinmagan
sanaladi.
Ko`rshapalak
nurni, yorug`likni istamagani singari, dinsizlar dinni, johillar ilmni,
olimni sevmaydilar. Nomusning sharafini nomussizlar bila olmaydilar, uni
taqdirlay olmaydilar.
Adolat,
tortib olingan biror haqni o`z egasiga buzilmay qaytarilishidir.
Nur, haqiqiy yorug`likning, ziyoning yarqiragan
narsadagi parlanishidir. Xuddi
olim ilmining johilda parlashiga o`xshaydi.
Ko`pgina
narsalar bir-biriga qo`shilsa, birlashtirilsa birlashmaning quvvati
ko`payadi, u yanada quvvatlanadi. Faqat bir xil darajadagi idroklarda
ortiq quvvat ololmaydi. Chunki yuksak idrok, bir qator belgili(ma’lum)
idroklardan g`olib keladi. Masalan, sham nuri elektr nuridan o`tkir bo`la
olmaydi. Demak, idroklar to`planmaydi(yig`ilmaydi, idroklarning
yig`indisi, deb bo`lmaydi).
”To`plam(jamoa)ga,
jumhurga muxolifat xatodir”, ”ko`pchilik qaerga ketsa, sen ham o`sha
tomonga ketishga majbursan”-deydilar. Jumhur, to`plam amri, buyrug`i
olimiy bo`lsa, ya’ni olimu-fozillar amr etgan bo`lsa, bu to`g`ridir. U
amr olimiy, arbobiy bo`lmasa, unga muxolifat xato bo`lmaydi.
Xastalik-kasallikdan
xabari yo`q ko`pchilikka bitta(yakka) doktorning muxolifligi xato emas,
aksincha juda to`g`ridir.
Ojizlik,
quvvatsiz degani emas. Bir qator quvvat va qabiliyatlarning asil
qiymatlari bilinmaganligidan qonuniy kuchga ega bo`lmagan va noma’lum
qolganlaridan ham ojiz bir holga tushib qoladilar. Biz esa, ularni
qobiliyatsiz va haqiqatan ojiz hisoblaymiz.
Olimiylikni
olim biladi. Odamiylikni
odam taniydi. Kishilar bilmagan olim johildir. Tanilmagan odam hayvonlar
ichida qolgan, demakdir.
Jasat
keksayadi, kasallanadi va o`ladi. Ruh esa, doimo sog` va salimdir. U
qarimaydi, xastalanmaydi va o`lmaydi.
Boshga
sha’rri musibat tushish zarurati vujudga kelsada, ya’ni xohish ila boshga
keltirilsa-da, u muvaqqatdir, o`tkinchidir. U o`zidan-o`zi ketadi va yo`q
bo`ladi. Ammo sevilmagan, istalmagan narsalar bor. U ham bo`lsa ishlarni
xarob qiladigan dog`lardir.
Ziyo,
yorug`lik, nur zulm bilan bostirolmaganligi kabi, bitta ziyo bilan ham
yopilmaydi. U doimo parlab turadi.
Yaxshilik
va sharaf, yaxshi va sharafli bo`lganligidan ham bir ziyodir. Ming yil
o`tsa-da u yana ko`zlarning ichida turib har tarafga nurlarini sochaveradi.
Yopinib, yashirinmaydi.
Sharafni
sharaf bilan, yaxshilik va yomonlikni ham sharaf va shuhrat bilan
bostirilmaydi.
Shariatga
munosib bo`lgan aqlga, aqlga munosib bo`lgani shariatga munosibdir. Aql ham faqat salim va komil
aql bo`lmog`i kerak. Mantiqsiz va ilmsiz aql, aql emas, faqat u vahima va
qo`rqinchdir.
Elingga,
o`zingga, bilimga, tilingga, diningga va vijdoningga ega chiq. Ular yomon
va yomonlikda qolgan muhitda ham ularni tashlab ketma. Chunki ular,
sensan.
Vazifa,
har bir kishining hayoti muhtoj bo`lgan ishdir. Bu vazifa axloqqa mos bo`lishi shart.
Bunday vazifani ikki amrga muvofiq ijro etmoq lozim. Biri Alloh amri va
boshqasi vijdon amridir.
Bir
ishni bajarishga emas, avval u ishning qanday bajarilishi mumkinligini
o`rganishga harakat qil.
Biror
ish yoki biror boshqa narsani yaxshilab bilib olganingga
ishonmaguningcha, uni boshlashga urinma. Aks holda uyalib qolasan va
zarar ham ko`rasan.
Sening
fikrlaringga qo`shilib, ularni tastiq etmaguncha ular bilan mashg`ul
bo`lma. Chunki fikrlardagi farq tezda va qulay o`rtadan olinmaydi.
Umumiy
ishlarda umumning vijdonini hurmat qil. U mutloq yanglishmas,
hakimdir.
Bir
jamoatning bir fikrga kelib qilmoqchi bo`lgan ishlarini bajara
olmasliklari, u kishilar bajarmoqchi bo`lgan u ishni yaxshi
bilmaganliklari dalilidir.
O`zining
va boshqalarning or va nomusini hurmat qilmaganlarga hech bir ish
buyurmang va hech bir ish yoki narsani unda omonat
qoldirmang.
Insonning
tabiatiga oid yaxshi va yomon axloq qondan qonga, ota-onadan avlodga
o`tadi. Arslon
bolasi arslon, bo`ri bolasi bo`ri, kuchuk bolasi it bo`ladi. Sirkadan
shakar olinmaydi, olinsa-da tahir bo`lib, jinsiga tortadi. Asliyat,
nasliyat (nasl) mana shudir.
Qonning
va sutning aralashishi natijasida asliyat ham aralashadi. Shuning
uchun ba’zi bolalar otasiga o`xshamaydi. Ba’zan ular onalariga ham
o`xshab qoladi.
Oqibati
bo`lmagan yomonlik va xunuk ishlar chiqib qolgan zamon ularni o`rtadan
olib tashlang. Siz ketma-ket kelgan yomonlik va balolardan qo`rqing va
tadbiringizni (qiling, tayyorlang) tayyorlab qo`ying.
Millatning
asliyati, uning qonini aralashtirish bilan muhofaza etiladi. Oila
asliyati ham shunga o`xshaydi. (Yaqin-yaqin qarindosh-urug`lar bir-biri
bilan oila qurushlari durst emas.)
Maktablar,
jomiylar to`lmasdan mamlakatning qamoqxonalari bo`shamaydi.
Biror
so`z yoki ish kecha zararli bo`lsa, bugun foydali, kecha foydali bo`lgani
bugun esa, zararli bo`lishi mumkin. Haqiqat esa, o`zgarmas, u ham
Qur’ondir.
Rang
o`zgaradi, gavhar o`zgarmaydi. Ilm o`zgaradi, jism o`zgarmaydi.
Zaifning
ustidan nohaq erishilgan g`alaba, g`oliblikni emas, aksincha aslida
mag`lublikni bildiradi.
Nohaqlik,
haqsizlik oldida mag`lub etilgan kishi, aslida g`olibdir.
Ko`ra-bila
tasodifan qilgan, bilib turib, shuur bilan bajargan kishi qadar
muvaffaqiyatga erisha olmagani kabi, bila turib va his etgan holda qilgan
kishi, ruhning buyrug`i ila bajargan qadar yutuqqa muvaffaq bo`la
olmaydi.
Yolg`iz
pulning yo`qligi emas, ilmsizlik, ilmning yo`qligi, hunarsizlik,
hunarning yo`qligi ham insonni faqirlikka tushiradi.
Ilmsiz,
qobiliyatsiz boylar ham hamin qadar fuqarodirlar.
Sharofat
va sharaf, shahvat bilan emas, ilm, asliyat bilan birgadir. Chunki
kishi juda boy, molu-mulki ko`p bo`lishi mumkin, ammo sharafli bo`lishi
uchun uning pullari, mulki kifoya bo`la olmaydi. Unday kishilarning ko`p
bo`lishi hech qadrga, qimmatga ega emas.
Hamma
daraxtlar o`tundirlar. Ammo ularni mevalari bir-biridan farq etadi.
Suv
idishning, inson esa, o`z atrofining shaklini oladi.(O`zbeklarda, ”qavun
qavundan rang oladi”, degan naql bor.)
Ruhlarning ikki sevgilsi bor. Ular go`zallik va
etuklik(Jamol va kamol)dir.
San’atlar aqlning, yo`ldoshsizlik (muallif, Yagonalik,
demoqchi – tarjimon izohi), ya’ni badiyyat esa, ruhning
tug`dirganlaridir.
Aql
va telba, egalarini almashtirgan ikki ismdir.
So`zlay
olmaydigan dardlarni insonga anglatgan kalima-so`z Allohdadir.
Hayot,
beshik bilan mozor orasidagi imtihon muddatidir.
O`tgan
umr-o`lim(foniy), foniy-o`tuvchi, o`tuvchi bo`lgan narsalar esa,
soya(ko`lanka)dir. Ko`lanka ziyoning, nurning xabarchisidir. Uni bilishga
intil, oxiring(oxirating) yorqin bo`lsin.
Bizni
yashatgan ruh emas, ruh chiqsa ham tana o`lmaydi. Faqat biz o`lsakgina
ruh bizdan ayriladi.
Ko`zaynak
ko`zning, ko`z aqlning, aql ongning, ong esa, ruhning, ya’ni vijdonning
ko`rmog`i uchun vositadir.
Sevish
va sevmaslik orasida bir kafiyat bor. U sevish bo`lmagani singari,
sevmaslik ham emas.
Dunyoni
la’natlagan hikmatdan, uning sababini so`rasam, ”vazifamni jaholatga
xizmat qildirmoqdalar”, dedi u menga.
Bashar
buyuk bir daraxt bo`lsa, uning shaxlari, shaxobchalari boshqa-boshqa
qavmlar, ismlardir. Shiddatli shamolga o`xshash hodisalar ularni bir-biriga
urishtiradi. Zarari esa, faqat daraxtga bo`ladi. ”Har kim nima qilsa,
o`ziga qiladi”, degani shudir.
Fikr
va vijdon(ruh) zulm ostida yanada yaxshi va mukammal ishlar ko`radi va
qiladi. Chunki qorong`ilikda ko`zni mashg`ul qiladigan ortiqcha narsalar
yo`qdir.
Fikr,
yuksak tushunchalar, buyuk, qimmatli asarlar faqat kechalarning,
runlarning mahsulidir.
O`y-fikrda
bo`lish, ish ko`rish, ish qilishdir.
Fikr
va tushunchasi bor kishini bekorchi, deb o`ylama.
His
etishda birlashib, butunlashgan ikki ruh, bir yagona ruh kabi
bo`ladi.
Insoniyatning
saodatiga xizmat etgan kechalardir. Kechalari yaxshi va yomon yo`llar
topiladi.
Muhabbat,
ya’ni sevgi, moddiy va ma’naviy go`zallikka mayil bo`lmoqdir. Moddiy go`zllikka
va yaxshilikka, ijobiyatga muhabbat aql va fikrda, ma’naviy
muhabbat esa, ruhdadir.
Go`zallik(tashqi
go`zallik) va manfaatga muhabbat, ularning mavjudligi qadar yashaydi,
ular o`z o`limlari bilan darhol bitadi, o`ladi. Fazilatga, haqqa, haqiqatga
muhabbat esa, hech bir zamon o`lmaydi, u abadiy.
”Faloncha
tosh, munavvar”, deydilar, bu to`g`ri. Zehn- zakovat va munavvarlik ba’zi
yoshlarga xos maxsus fazilatdir.
Zavq,
didga vosil bo`lmoq, ya’ni zavqdan qanoat olmoq, umiydan, zavqni hosil
etmak, zavqning o`rniga tushishi esa, oshiqning o`limidir.
Chiroylari
bitgandan so`ngra qanchalar beqadr bo`lishlarini bilgan go`zallar,
abadiy hech zamon tugamaydigan go`zallik hisoblangan fazilatlarini
o`zida yig`ishga tinmay harakat qiladilar.
Qancha
yuksalsang yuksal, ammo axloq va fazilatdan mahrum bo`lsang hech
kimsan.
Bir
narsani anglamoq uchun uni bilish va ko`rish shart emas. Uni
ich-ichidan chuqur tadqiq etib, fikrlab, tekshirib bilish va o`rganish
haqiqiy anglashdir.
Yolg`on
baqiradi, chinqiradi(chaqiradi, shovqin-suron ko`taradi). Haq va to`g`ri
esa, ovoz(balnd tovush) chiqarmaydi. Masalan, yashin, ovoz, ammo
shovqin-suronli momaqaldiroqdan avval tushadi.
Yolg`on
hilpirak va ho`ppidir. Haq esa, to`g`ri, vazmin azamatlidir.
Yolg`on
oldingizda kulib, orqangizda sotqin, yoltoqdir, haqiqat esa, jiddiy va
ko`zi to`qdir.
Johil
va ongsizlarga haqiqatni tushuntirmoq, telbalar bilan shug`ullanishga
o`xshasa ham ularga to`g`rilik va haqiqatni tushuntirish inson
murshidlarining vazifasidir.
Quvvatli
zaifni yutib yuboradi. Bu ahvol bu dunyoning g`arib bir ziyofatidir.
Shunday
bir kulgilar, shodliklar borki, haqiqatda esa, ular yig`lashdan
iboratdir. Bir qator yig`ilar esa, sevinch tuyg`ularidan keladigan
haqiqiy kulgi va shodliklardir.
Yig`i,
g`am-alam qadrning davosidir.
Yig`lamoq,
vijdonda yongan olovni ko`z yoshlari bilan so`ndirishdir.
Ruh
tushgunlashsa inson yig`laydi, ruh olovini ko`z yoshi so`ndiradi.
Falsafani
falsafa tushunadi. Aql falsafaning dushmani yoki riyokor do`stidir.
Aql
falsafaning dushmani. Chunki bugun barqaror va haq hisoblangan
haqiqatlarni ochgan faylasuflarni tahqirlagan, yomonlagan, zindonlarga
ottirgan, hatto qatl ettirgan ham aqldir.
Aqlning
hikmatni yoqtirmasligi, uning hikmat saviyasiga etisha olmaganidandir.
Falsafa tabiat ustidagi ilmdir, deyiladi. Falsafaning ko`pgina nozik
masalalari aqldan ustun turadi. U masalalarni aql qamrab ololmaydi. (Aql
bovar qilmas, deb qo`yishadi-ku, axir). Ularni faqat hikmat, ong va
vahiy kashf eta oladi.
Aql
ko`zaynak, falsafa durbin yoki mikroskopdir.
Ko`z
tushgan(ko`zga ko`ringan) narsalar va yaxshiga o`xshagan jarayonlarning
orqasiga nimalar yashiringanligini izlab qara, ularni topishga va
bilishga harakat qil.
Aql
nur, falsafaga esa u nurdan keyingi qorong`ilik to`g`ri keladi.
Yalang`och
haqiqatlar o`zlarini o`raydilarda ko`rinmaydi, quloqlarga kiradi ham,
ammo eshitilmaydi.
Haqiqatlar,
qo`rqinchli, xunuk ko`rinsa edi, undan hamma hurkardi va qochardi.
Muntazam
va mua’zzam millatlarga qarang? Ularning ibodatxonalari, mozorlari ma’mur
va yuqori darajada qarovlidir. Ibodatxonalarning, joynamozlarning,
mozorlarning tosh va daraxtlarini sug`irib, o`g`irlaganlarga nima, desa
bo`ladi?
Bilganlaring
juda oz ekanligini hech unutma. Chunki ma’lumotlar, ilm chegarasiz va
cheksizdir. Imomi
A’zamdan bir savol so`rashganda, u zot bilmayman, deb javob beradilar.
Uning suhbatdoshi Imom hazratlarini kamsitmoqchi bo`lganida, unga Imom,
”Mening ilmim, dunyodagi ilmlar buyuk tuzonida bir parchadir”, deb javob
qilgan ekanlar. Bugunda
har bir narsani men bilaman, deyotgan ziyolilarga nima demak,
kerak?
O`qiganlaring,
o`rganganlaring, o`qimaganlaringdan, o`rganmaganlaringdan seni qutqara
olmaydi. Ular seni mas’uliyatdan qutqara olmaydi. Ana shunga ko`ra ish
qil va tushun.
Bir
orzu yoki maqsadni o`ylasang, uni izlash, uning bilan shug`ullanish
natijasida kishi u orzu va maqsadlarga erishadi.
Ilmsiz
quvvat, quvvatsiz ilmni mag`lub etsa, ezsa, yig`lagan birisi borligi
haqiqatdir.
”Aksariyatdan
(ko`pchilikdan) ayrilma”, deydilar. Aksariyat navning, xillarning
quvvatidir. U quvvat haqiqatni mutlaqo biladi, degani emas.
Aksariyatdan
ba’zan haq va to`g`rilik, mo`ljal chetda qoladi.
Bizdagi
yangi falsafachilar(faylasuflar) asosiy falsafa bilan munosabat bog`lay
olmaganlardir(xuddi O`zbekistonning bugunini ko`rganday so`zlanmoqda –
tarjimon izohi).
Chet
tillarda yozilgan falsafa kitoblarini tarjima qilgan bizdagi ”olimlar”
o`zlari u kitoblarni tushinib etmaganlardir. Tushunmagan so`zlarni
tushundik, deganlarga hayron qolasan, kishi.
Bola
tushunmagan darsni, uning o`qituvchisi ham tushunmabdi. Chunki u bolaga
darsni tushuntira olmabdi.
Tushunib
etilgan bir masala, yaxshi tushuntirilgan masaladir. Yaxshi tushunilmagan
bir narsa, tushuntiruvchi tarafidan tushuntirilolmagan, demakdir.
”Qiyomatning
bo`lishi yolg`ondir”, deyishadi. Bilishmaydilarki, har kun uning bir
tolasi uzulmoqda.
Faylasuf
hokim, tabib esa, hakimdir. Ularning oralaridagi munosabat hikmat bilan
emas, san’at bilan belgilanadi.
Yuzdagi
latofat, chiroqdagi nur, ziyo misolidir. Chiroqdagi yog` sarf bo`lgandan
so`ng undagi yorug`lik so`ngani kabi, insondagi axloq buzildimi undagi
latofat ham yo`q bo`ladi.
Bilmaganlar,
faqat o`zlari singari bilmaganlarni emas, ozroq bilganlarni, hatto ba’zan
bilganlarni ham hayron qoldiradilar. Jaholat zarar, johil esa,
zararlidir.
Oz
bilgan hech narsa bilmagandan zararlidir.(O`zbeklarda, ”chala mo`lla
harom o`ldirar”, degan naql bor). Yarim xo`ja (olim, domla, o`qituvchi)
dindan, yarim doktor jondan ayrar”, deylishi qanchalar to`g`ridir.
Ko`p
bilgan va hech narsa bilmagandan qo`rqma, oz bilgan boshga balodir.
Jarayon
aynan bir seldir. Uning oldida turma, yiqilarsan.
Sel,
kuchi-qudrati ma’lum bo`lmagan(aniqlanmagan) tomchilardan paydo bo`ladigan
dahshatli bir quvvatdir.
Nomus
juda qimmatli bir injudir. Inju sadafda bo`ladi. Injusi bo`lmagan bir
sadafning qiymati yo`qdir. U bir bo`sh ziynat bo`lib qolaveradi.
Ko`rlar
qancha ko`paymasin, ular ranglarni taniy olish imkonlari bo`lmaydi. Xuddi
shunga o`xshash johillarning ko`payishi ham ularda ilm paydo
qilmaydi.
Fikrning
qimmati abadiydir. Mozordan orqada qoladigan, boqiy qoladigan qimmat,
ya’ni fikrning qimmatli asarlaridir.
Zamonimizda
aqliy ma’lumotlarga ruhiy ma’lumotlar, deyiladi. Bu ruhni tushunmaslikning
sababi jaholatdir.
Haqiqat
so`zlari achchiq bo`lsa-da, nohaqiqat shirin so`zlardan yanada
shirindir. Dunyo, biroz pul va osh bo`lsindan boshqa hech narsa
emas.
Millatni
baxtiyor, davlatni ham o`zidan ishonchli va kuchli ko`rush va bilish eng
buyuk zavqdir.
Olam,
bilganlarimiz va ko`rganlarimizdangina iborat emas. Uning uchi yo`q, u cheksizdir.
Biz dunyo, deb ko`rib, bilganimiz esa, uning juda kichik bir
parchasidan iboratdir.
Insonning
ilmi, ilm taalluqli bo`lgan va bo`lmagan ma’lumotlarga nisbatan (aslida
faqat ”hechdir”, deyilgan) hech bir narsaga arzimaydi.
Dunyo
hayotini o`zgartirish va buzishga urinayotganlar, unga nizom va intizom
o`rnatmoqqa harakat qilayotganlardan yanada ko`pdir. Faqat ularning hammasi ham bekordan
bekorga sarson yurganlardir.
Aql
modda hududidan o`ta olmaydi. U hududning yanada narigi tomoniga balki
falsafa o`ta olar, u tarafni ko`ra bilar.
Haqiqatning
birinchi belgisi, uning aqlga yot va achchiq tuyulishidir.
Haqiqat,
to`g`ri va umumga oid ma’lumotlardan ustundir. Unga erishmoq qiyindir.
Aldatmoq va
aldanmoq eski bir qonundir. Insonlar doim bu qonunga mos harakat
qilishadi. Shu sababdan samimiyat, to`g`rilik va ishonch bo`sh bir
so`zlashma kabi ko`rinadi.
Bir qator
kishilar hodisalarni, voqealarni oldindan bilib xabar beradilar. Bu holga
“his etmoq”, deyiladi. Bu vaziyat avliyolarda ilhom, payg`ambarlarda
vohiy yo`li bilan sodir bo`ladi.
Vohiy
Janobiy Allohning ma’naviy kalomi maxsus vosita yoki vositasiz
payg`mbarlar ruhiga bildirilishidir.
Ilmga
bog`li bir kitobda, olimning aqli; falsafaga oid boshqa bir kitobda ham
faylasufning ruhi va vijdoni ko`rinadi, deb yozadilar.
Insonlar
hikmatdan, falsafadan ko`ra chalg`uni, surnayni ko`proq
tinglaydilar.
Nur, ya’ni
ilm, idrok, zakovatni quvvatlantiradi. Nurdan so`nggi haqiqat esa,
falsafaga to`g`ri keladi.
Hayotning
qorong`ulik va bo`ronli yo`llarini nurlantirmoq, aydinlashtirmoq uchun
ikki vosita bor. Birinchisi, ma’shala, ya’ni aql. Ikkinchi esa, elektrik,
ya’ni falsafa.
Ilmlar
hammasi aqlnning ziyosi, yorug`i bo`lib, falsafa esa, ruh yoqqan
chaqmoqlardir.
Ilmning
shikoyati zamondan, makondan emas, johilik va jaholatdandir.
Dunyo va
falak, deb atalgan narsalarda hech qanaqa qusur yo`q. Qusur faqat johil
va zolim bo`lgan insonlardadir.
Ba’zilar
o`zlari yasagan yoki qilganlarini yoqtirganlarni “nikbin”, ya’ni
yaxshi
hisoblab, ularni yoqtirmaganlarni esa, “ badmin”, ya’ni yomonlar, deb
hisoblaydi. Ammo ular bu qiliqlari bilan o`zlari xudbin bo`lib, ya’ni manman
bo`lib qolayotganlarini sezmaydilar. Nikbini ham, badmini ham yaxshi
xususiyatlar emas, zararlidir. Holbuki, yaxshini yaxshi, yomonni yomon ,
deyish lozimdir. Bunga “haqmin”, deydilar, ya’ni haqni kuzatgan, yaxshi
va yomonni to`g`ri ajrata bilgan, haqni so`zlagan, deyishadi. Inson
haqbin bo`lishi kerak.
Har bir
ko`zga tushgan narsa, ko`zga ko`ringani qadar emas, uning ko`zga
ko`rinmagan tomonlari ham bor.
Yolg`on,
xiyla, o`g`irlik va aldamchilik, firib berish rivojlangan mamlakatlar
xarob, fuqarosi faqir, kambag`al va parishon bo`lishga mahkumdirlar.
Faylasuflarning
aytganlaridan, aytmaganlari ortiqdir. Shunday bo`lmaganda edi, ilmlar va
insoniyat yana rivojlangan va avj olgan bo`lardi.
“Dunyoga
ishonma”, deyilmish. Men esa, “unga aldandim”, deyman. Chunki uning
foydasi chekli bo`lib, zarari cheksiz ko`pdir.
Tarixning
falokatli sahifalarini doim o`qib tur. U sahifalar seni yaxshi yo`llarga
boshqaradi, yomon va xato yo`llardan saqlaydi.
Tarixdan dars
olma, uning darslari zamon va zaminga bog`lidir. Undan (tarixdan) ibrat
ol.
Temirlar
chiriydi, quvvatlar tugaydi. Dunyo esa, ana shunaqa narsalar bilan
qiyomatga qadar turaveradi.
Bog`ini
begona o`tu-alaflarga bostirib, yana o`sha falokatlardan shikoyat etgan
bog`bonga hayronman. Bugungi davlatlilarga nima ham deysan, kishi.
Boshqalarning
nasihatlari foydali ko`rinsa-da, ularga darhol ishonma va zinhor aldanma!
Uning muyig`i ostidan kulish va kulmayotganiga nazar sol.
Millatni(xalqni)
urushlarsiz ovora qilgan, uni yiqitgan chet elliklarning nasihatlaridir.
Bu o`yinning ismi “aldat” va “yut”, deb ataladi.
Vatan
o`rmon emas, u buyuk bir bog`dir. Uni go`zal qilishga harakat qil. Buning
uchun esa, bog`da gullarni, mevali daraxtlarni ko`paytir. Mevasiz
tikanli maysalarni yulib tashla, yo`qot.
Aqlingdan
ham ko`proq vijdoningga tobe bo`l. Aql aldansa-da, vijdon aldanmaydi.
Ser quyosh
chamanzorlar, gulzorlar borki, ular qo`rqinchli o`rmonlar, yo`lsiz,
suvsiz cho`llarga borib taqaladi, ularga chiqadi. Ammo ko`pgina tikanzor,
notekis azob-uqubatli yo`llar ham mavjuddirku, ularning so`nggi
gulu-gulistondir. Bu yo`llar kishini farog`atga, qutulishga chiqaradi.
Sen ikkinchi yo`lni tanla. Bu yo`l Islom ko`rsatgan yo`ldir.
Eng yaxshi,
go`zal, ta’mli ovqat, ishtaha bilan eyiladigan ovqatdir.
Tez do`st
tutingandan saqlan. U yo dushman, yoki munofiqdir.
Fazilat
erda, kibor esa kursida(kresloda) o`tiradi.
G`urur o`z
- o`zicha aylanadi yoki o`ziga o`xshashlar bilan birga bo`ladi.
Fazilat
esa, doimo xalq orasida bo`ladi(yuradi). G`urur istibdod va diktatorlik
bo`lsa, fazilat esa, tenglik va adolatdir.
Hech kimni
yomonlama. Birovni yomonlaganni va bo`hton uyushtirganni sevmaydilar.
Odatda bo`htonga qolgan taqdirlanib, qo`riladi.
Har bir
xabarga inonma, o`zingga ehtiyot bo`l. Bilginki, ularning o`ndan to`qqizi
yolg`ondir.
Aql
manfaatga, ruh haqiqatga ishonadi.
Kibor bilan
g`urur jaholatning farzandlari, fazilat va tavoze(kamtarlik) ilm va
axloqning sevimlisidir.
Jaholat g`urur
taraf bo`lsa, falsafa esa, haqiqat tarafdir.
Yolg`on va
yolg`onchilik qanday shaklda va qanaqa qiyofada ko`rinsa, ko`rinsin, ammo
u o`zini vijdondan yashira olmaydi.
Yolg`onchilik,
takabburlik va dimog`dorlik kabi yashaydi. Ular doimo har kimning
istihzosida bilinadi.
Yolg`on
erkin nutq so`zlasa, haqiqatning tili kesilganiga o`xshaydi.
Moddiy va
ma’naviy falsafani aralashtirib yuborish ularning har ikkalisini ham
bilmaslik, demakdir.
Tushunmagan
va aqli etmagan narsalarni rad etganlar, ularni tanimaganlar, ovqatni
emaganlar singari och qoladilar.
Haqiqat
so`zlab, suhbat boshlasa jaholat achchiqlanadi, ilm esa, unga quloq
berib, uni tinglaydi.
Faylasuf,
o`z xonasida butun dunyoni tomosha aylaydi. Uning ko`rganlarini hatto
butun dunyoni aylangan sayyohlar ham ko`ra olmaydi. Faylasufni
“koinotshunos” ham deydilar. Ammo u Allohshunos bo`lmaganucha, ya’ni
Allohu taoloni bilganlar unga topinmagunicha u haqiqiy faylasuf bo`la
olmaydi.
Insonni
(odamni) “notiq hayvon”, ya’ni nutq so`zlaydigan hayvon ataydilar. Agar u
tushunmasdan so`zlayotgan bo`lsa, demak u yanglish ish qilmoqda. Unday
notiqni to`xtatib, joyingga o`tir deyish lozim.
Eng to`g`ri
so`z, tilga chiqmagan so`zdir. Eng yaxshi va to`g`ri so`z, do`st so`zi
izlasang, so`zlashmoq, ko`rishmoq va o`qimoq uchun ham so`z axtarsang, U
Allohu taolo, u Qur’ondir, u Yaratganning kalomi-so`zidir.
Olimlar
johillardan, johillar ham o`z navbatida olimlardan shikoyat qiladilar.
Insonlarni
bir-biriga bog`lagan fikr birligidir. G`oya va fikrlar uchun haqiqiy va
maqbul jarayon oqimi yaratilmog`i kerak.
“Nomus,
vasvasa, vahmdir, fazilat o`lim tushagidir”, deydilar. “Unday bo`lsa,
tashvish qilma, har kim o`z izlaganini (o`ziga yarashasini oladi)
topadi”, deyish kerak.
Xayr qilmaslik
dinda gunohdir, falsafada harom. Xayr qilish esa, dinda ham, falsafada
ham bir vazifa bo`lib, umumiy vijdonda taqdiri a’zimga shoyan bir
harakatdir.
Xayrli
bo`lmoq, xayr bermoq ba’zan kishi zarariga sabab bo`lar, ammo hech bir
vaqt yomon bo`lmaydi.
Yomon(sha’r),
xayrning, yaxshilikning teskarisidir. Faqat ba’zida vaqtinchalik foydali
bo`lishi mumkin.
Vijdon
xayrli bo`lishga, sha’riy(yomonlik) yaxshilikni qilmaslikka (xayrsiz
bo`lishga) mahkumdir.
Shafqat,
marhamat bilan birlashgan yaxshilikdir. Shafqatdagi zarurat aql
ko`rsatgan zaruratdir. Buni vijdon majburlamaydi.
Iroda,
ruhning o`ziga xos maxsus bir harakatdir. Ruh faqat iroda bilan harakat
qiladi. Harakat etgan ruhdir.
Kishilar
idrokni, idrok etilgan narsalarni biladilar. Ammo idrok etgan, anglagan
kim yoki nima? Uni bilmaydilar va u haqda o`ylamaydilar. Idrok etgan
ruhdir. Ko`rgan ham ruhdir. Aql va ko`z vositadir, xolos.
Idrok aql
bo`lmay, ruhning tushunishidir. “O`z aqlim bilan bildim”, deganlardan,
“aqlning egasi(sohibi) kimdir”, deb so`rang.
Biror
harakat yoki ish, aql va tabiatga oid bo`lsa, u hayvoniydir. Ular ruh va
vijdonga oid bo`lsa u insoniydir.
Odam,
demak, hech yo`q demakdir. Yo`qlik ham so`ngsiz va hayoliy bir
bo`shlikdan iboratdir. Unda borliqqa doir birorta zarra ham
topilmaydi.
Taassuf,
haq va yolg`onda o`jarlik bilan tiranmoq demakdir. Haqda taassuf fazilat,
botilda(yolg`onda) esa, taassuf razolat keltiradi.
Tasavvuf
Islomga oid bir falsafadir. Ya’ni u ham ilmiy bir holdir. U ham ruh
bilan yuzaga chiqadi va ruh bilan topiladi.
Xastalikning
va illatning sababini tabib biladi, kasalning ta’sir va azobini u his eta
oladi. Shuningdek, oshiqni oshiq, sarxushlikni esa, sarxush biladi. Ilmiy
hol ana shu, demakdir.
Har bir
so`z ruhning ziyraklik darajasidan kelib chiqadi. Unday ziyraklikni o`sha
darajada bo`lgan ruhlargina tushunadi, xolos.
Nozik
so`zlarni, chinakam haqiqatlarni tushunmaslik yoki ularni qiymatsiz
hisoblash ilmsizlikdan emas, ongsizlikdan avval keladi.
Bir tomchida
to`fon, bir zarrada olam(yashirindir) bor.
Erkakning
ziynati aqlida, xotinning ziynati aqli va bezanishidadir. Xotinlarning
aqli erkaklar aqlidan hech ham oz emas.
Falsafa,
har bir mavjud bo`lganning borliq sabablarini topish va bilishdir. Buning
uchun eng yuksak falsafa, bu olamning mavjudligidagi sabab va hikmatlarni
izlab topish va bilishdir.
So`ng so`z,
falsafa haqiqiy fikr ilmidir.
Fikr.
Fikr aql
yuradigan qorong`iliklarni yoritadigan fonar (chiroq)dir.
Fikrning
azolati, uning kamchiliklari yo`qligidadir. Mana shu azolatga sohib (ega)
fikr xatosiz ovozdir.
Fikr
to`g`rilikni, mantiq va falsafadan oladi.
Fikr,
o`ylamoq va tushunmoqdir. O`ylash va tushunish, so`zlash va e’tirozdan
ortiqcha haqiqatni topgan bir fazilatdir.
Fikr aqlni
tadqiq etishdir. Shuning uchun fikrsizlik, aqlsiz ham deyish emas.
Aql
oydinlikda, fikr zulmda yanada ko`p ish beradi.
Uy.
Uy, oila
saodatining jilvagohidir. Uy, kichik bir madaniyatgohdir. Uy, xotin
demakdir.
Uy, odamzotining
yaxshi yoki yomon boshlang`ich maktabi, rivojlanish yoki orqaga
ketishning ilk o`chog`idir.
Xalqni,
millatni isloh etish, uylarni isloh etishdir.
Millat
oqibatda uylardan chiqadi. Uy yaxshi bo`lsa, u millat ham yaxshi, uy
yomon bo`lsa, millat ham yomondir. Yaxshi uylarni ko`paytiring.
Kishi uyiga
ko`ra, unga mos inson bo`lur.
Biror
uydagi oilaning intizomi, o`y-fikridagi intizomi, u uyning ostonasidan
ma’lum bo`ladi.
Uyning
ma’nosi, madaniyatning ma’nosi qadar yuksakdir.
Qulay va qalb
rohatlanib o`tiradigan joy uydir.
Uylanish.
Uylanish
faqat zavq uchun emas. Bir uy, oila xalqi-xotin, qiz, o`g`illar
tarbiyalash, millatga yana yangi-yangi uy oila keltirmoq uchun
uylanadilar.
Nohaq xotin
qo`yganga qiz bermanglar.
Juda yaxshi
tanimagan, bilmagan odamga qiz bermanglar. Hozir uylanish, ko`ngul
ochishga yoki tijoratga aylanib qoldi.
Qizingizni
olmoqchi bo`lgan odamning qiyofasiga, savlatiga emas, nomusi va axloqiga
qarang.
Shu zamonda
sababsiz, har xil yomon o`y-fikrlar bilan xotinlarini tashlab, bolalarini
qashshoq qoldirgan, yig`latgan, sudratgan, millatning etimlarini
ko`paytirgan, ota-onalarning qalblarini yaralagan, yomon odamlar uya
buzganlardir.
Uylanish,
har kimning shaxsiyatiga, kafiyatiga oid ish bo`lmasdan, millatga oid
ijtimoiy masala bo`lmog`i kerak. (Oila umum milliy masaladir).
Uylanishning
bugungi holi va kelajagi tahdid solmoqda.
Yoshlik.
Yoshlik
zakovat daraxtining ko`chatidir, u hamisha tarbiya va isloh talabdir. Aks
holda u buziladi, meva bermaydi.
Yoshlik,
jamiyatning yuksalishi uchun zarur bo`lgan har qanday vazifani o`z
zimmasiga ola biladi.
Yoshlik,
davriga (zamoniga), muhitiga, uyiga mos etishadi, o`sadi.
Biror
xalqning kelajagini bilmoqchi bo`lsangiz, ularda yoshlarni tarbiyalash va
ta’lim-tarbiya qanday yo`lga qo`yilganini ko`ring.
Yoshlar,
o`z ilmlarini ilm, yo`llarini haqiqiy yo`l hisoblaydilar. Ularning
fikriga mos bo`lmaganlarini xato sanaydilar.
Yoshlarda
mantiq ko`p bo`lmaydi.
Yosh,
muhitning, havo va havasning, zavqning parvonasidir.
Yoshlik,
ilmdan, falsafadan uzoqlarda daydigan baquvvat bir qondir.
Yoshlik,
inson qiyofasiga kirgan oshiq va savdoi demakdir.
1-
Zakovatli biror yosh hamma tarafidan seviladi. Keksayganda e’tibordan
qoladi. Holbuki, bu vaqt uning fikri va tajribasi yanada ko`paygan va
oshgan davr bo`ladi.
Yoshlik,
muhit kabidir. Suv idishning shaklini olgani kabi yoshlar ham muhitga
moslashadi.
Yosh
xorijiy bir muhitda biroz qolsa, u o`z muhitini tark etishi mumkin.
Aslida tark etadi ham.
2- Biror millatning
asil muhiti o`zgarishi, uning yoshlarining boshqa muhitlarda, xorijiy
madaniyat shart-sharoitlarida qolishidadir.
3- Havo va
havasni shirin, toza axloq va fazilatni sho`r ovqatlarga o`xshatishadi.
Yoshlik intixobda, saralashda erkin bir ochdir.
Yoshlar
fazilatga do`st, yomonlikka dushman bo`lishi kerak.
Yoshlar
behuda so`zlarga qamalib qolmasligi, aldovchi fikrlarga aldanib azob
chekmasligi kerak.
Go`zallik-chiroy.
Go`zallik
ruhning yoqtirib, sevganidir.
She’r
go`zal bo`lsa, go`zallik ham she’rdir.
Har
bir go`zal, hamma ruhlarga ham go`zal ko`rinadi, degani emas.
Go`zalning(chiroyning)
ko`zi va so`zlarida sehr bor. Tabassumi, kulgusi yanada jon
olguvchidir(aslida tahlikali deyilgan).
Go`zallik
sehr bo`lsa, go`zal sehrbozdir.
Go`zallar
boqishi kishining aqlini oladi. U boqishlardan saqlan.
O`zini
go`zal hisoblagan xunuklar bo`lgani singari, o`zini olim his etgan
johillar ham bor, bu dunyoda.
Go`zal,
bezanmoq bilan tabiiy go`zalligini yo`qotadi. Chunki yasama bezaklar
bilan go`zal bo`lolmaydi.
Go`zalni
xunuk ko`rsatgan burunning xunukligi bo`lib, xunukni go`zal ko`rsatgan
ham burundir(burunning go`zalligidir). Jamol, degan go`zallik burundadir.
Go`zallik,
bir siymoda uyat-uyalishdan yuzaga keladigan qizarish, nomus va uyalish
nuridir. Unday go`zalni, go`zallikni tabrik va himoya eting.
Karomat.
Karomat
avliyolarda favqulodda uchraydigan bir hol va harakatdir. Bu xil
hollarning payg`ambarlarda zuhur etilshi esa, mo`’jiza, deb ataladi.
Inson
muharramdir, karom sohibidir. Karomat Allohga zuhur ulashgan, Unga vosil
bo`lgan, buyuk kishilarga zuhur etilgandir.
Urush.
Harb,
urush bir atash, bir olov hisoblanadi. U faqat o`ziga o`xshash yana atash
bilan, olov bilan so`nadi, xolos.
Urush
davlatlarning o`zaro maxsus munozaralari, ya’ni janjal va duelidir.
Urush
tajovuzkor tarafning tajovuzi va nohaqligining vositasi bo`lib, urushga
kirishga majbur bo`lgan tarafning qutulish chorasidir.Tajovuz zulm,
mudofaa esa haqlidir.
Urush,
nohaq bir manfaatning ta’min etilmasi uchun olib borilib, u
bir qimorbozlik, demakdir.
Urush,
zo`rlab tutib, tortib olmoq bo`lsa, siyosat ham aldab olmoqdir.
Urush,
dinni, vatanni, millatni va nomusni qo`rish uchun olib borilsa, u urush
jihod bo`ladi. Hujum qilish niyati bilan olib borilgan urush vahshat
urushi bo`lsa, mudofaaga kirishib urush olib borish esa, madaniyatga joiz
hisoblangan urushdir. Ba’zan madaniyat ham mana shunaqa qilib, jon
yoqar, uy yiqar ishlarga yo`l qo`yadi. Madaniyat Ovropanikiga o`xshash bo`lsa,
u dunyoni ham yiqitadi.
Madaniyat(Hars-kultur).
Madaniyat,
bir millatga, xalqqa mansub va maxsus ilk va ibtidoiy vaziyatlar, hollar,
urf-odatlar, demakdir.
Madaniyat,
bir qavmning ilk hissiyatidan, ilk tuyg`ularidan tug`ilgan mafhumlarning
(mafhum – fahmlangan; anglashilgan, tushunilganlarning) butunidir. Bular,
til, muzika, bezaklar, san’atlar, odat va boshqa an’analar, tarz va
hatti-harakatlar bilan diniy tuyg`ular va tushunchalarni yuzaga keltirgan
mafhumlardir.
Maxsus madaniyat-harslarning boshqalariga taqlidi hars
sanalmaydi. Madaniyat ilk urf-odatlarning bir-biriga aralashmasi
natijasida bir qavmdan (urug`dan) boshqa qavmga o`tib turgan. Bunday
o`tishlarda madaniyatlar yanada erkindir.
Madaniyat, yaxshi qiliqlar, poklanish, soflanish
natijasida yaxshi va maqbul madaniyatni, xunuk, chirkin va yomon hol va
harakatlar bilan esa, noxush, yomon va zolim madaniyatni yuzaga
keltiradi.
Hars-
madaniyatlarning kelib chiqishi, uning boshlanishi demakdir.
Din,
axloq va ilm harsni maqbul bir shaklda tiklaydi, siyqalaydi. Dinsiz,
axloqsizlik va jaholat harsni xunuk bir ko`rinishga keltiradi.
Hars(madaniyat),
boshqa bir nuqtai nazarga ko`ra biror bir qavm tabiatining mahsulidir.
Bir daraxtning mevasi qanday bo`lsa, biror qavmning madaniyati ham aynan
shunga o`xshashdir. Asil madaniyatini yo`qotgan qavm mevasiz qolib,
qurushga mahkum etilgan bir mevali daraxtga o`xshaydi.
Harsni(madaniyatni)
moddiy va hayvoniy asoslarda emas, insoniy asoslarda rivojlantirilsa,
yuksaltirilsa u millatga va insoniyatga foydali bo`ladi.
Madaniyatga
boshqa millatlarning madaniyatlari aralashtirilsa, bir mevali daraxtga
boshqa bir daraxtning mevalarini ilib qo`yganga o`xshaydi.
Madaniyat,
biror millat tarafidan o`z tarixi davomida yig`ilgan va tadbiq etilgan
normalarining, yashash tarzlarining , dunyo qarashlarining va boshqa
hukm, qarorlarining bir butunidan iboratdir.
O`z
milliy madaniyatini yo`qotgan, undan uzoqlashgan bir millat, qarg`aning
kaklik yo`rg`alishiga taqlid qilib, uni bajara olmay, o`z qarg`acha
yurishini ham unutib, bugungi qo`pol bir shakldagi kulgili ko`rinishga
tushib qolishiga o`xshaydi.
Madaniyatining
asli buzilgan, ya’ni butun qadriyatlarining asos sistemasi o`zgargan bir
millat sarxush, o`z muvozanatini yo`qotgan kishiga yoki roli sinib qolgan
kemaning to`lqinlar ichida uyoqdan- buyoq chayqalishi singari
chayqala-chayqala bir kun yo`q bo`ladi(cho`kadi).
Hurriyat.
Hurriyat
loqaydlik emas, qaydsizlikdir. Ya’ni hurriyat cheksiz, chegarasiz
erkinlik emas, aksincha mas’uliyatli, aniq cheki-chegarasi bo`lgan bir
erkinlik, ozodlikdir.
Falsafa
nuqtai nazarida hurriyat, ruhning axloq va fazilat qaydlaridan boshqasi
emas. Hurriyat, yaxshilik va xayrga doir bo`lmagan amrga itoat etmaslik
va unga asir bo`lmaslikdir.
Istalgan
ishni qilish mumkin bo`lgan hurriyat hayvonlikdir.
Hech
bir kimsaning va hech kimning haqqiga zarar bermasdan ma’qul va maqbul
o`lchovli erkin harakatlar qilish mumkin bo`lgan ozodlik(erkinlik)
insonlar izlagan hurriyatdir.
Axloqning
olmos zanjirlar bilan bog`lanishi asosida vujudga kelgan hurriyat eng
yaxshi va ma’qul, madaniy hurriyatdir. Dinsiz, axloqsiz hurriyatni hech
bir millat qabul etmaydi. U hurriyat chirkin va razolatga to`lib-toshgan
bo`lib, u faqat sarsongarchilikdir.
Hurriyat,
kishilarga o`zidan boshqalarga, atrofga va huquqqa zarari bo`lmagan
barcha erkinliklarni beradi, ya’ni hurriyat, ”istaganingni qil, ammo
o`zgalarga va huquqqa zarar berma”-demakdir.
His.
His
ruhning tuyg`usidir.
Aql
farosatning hisiga vositadir. Ruhning hisiga sohib vijdondir. Fahm-farosatning
hisini bilmoq, ruhning hisini anglamoq, tushunmoqdir.
Hissiz
vijdonsiz, vijdonsiz esa, hissizdir.
His
yaxshi yoki yomon ruhlarda hosil bo`lgan bo`lib, insonlik darajasini,
uning qimmatini belgilaydi, atrofga bildiradi. Biror nomusni bulg`ashmi
yoki uni himoya qilishmi, qaysi biri yanada durust? Buni esa, sof bir ruhning,
toptoza tuyg`usi aniqlaydi. Bu tuyg`ining manbasi ham dindir.
Qo`pol
va hissiz bo`lganlar, ruhi va vijdonlari xiralashgan, so`qirlashgan
insonlardir.
Ruh
va vijdon din va falsafa bilan quvvatlidir. Ammo moddiy ilmlar ularni xiralatib,
uning o`limiga sabab bo`ladi.
Biz
yaxshi harakatlardan yaxshi, yomon harakatlardan yomon hollar his etamiz.
Bizning bu hisimiz, u harakatlarning haqiqatan yaxshi va yomonligini aniqlaydi.
Shuning uchun qilingan, bajarilgan ishlarning yaxshi yoki yomonligini
vijdoningdan so`ra, deydilar.
Mamnuniyat,
qoniqish yoki g`am, qayg`ular ruhimizdagi hisdan yusaga keladi(paydo
bo`ladi, tug`iladi). Hissiz, vijdonsizlarning shahvat, nafsga oid
”zafarlari”, hammasi hayvonlikka oid maxsus hayvoniy zafarlardir. Ular zafarlar emas,
razilliklar bilan to`la majmuani yusaga keltiradi, xolos. Ya’ni bu hollar
juda ko`p uchraydi.
Vatanga,
millatga va dinga ozmi yoki ko`pmi keltirilgan zarardan qayg`urganlar, bu
zararlarni chuqur his etadilar. Zarur bo`lsa bu qadriyatlar uchun ular
hatto hayotini ham qurbon qiladilar. Hissizlar, boshqa insonlarni his
etolmaganlar, faqat o`zlari, o`z manfaatlari uchun harakat qilgan egoist
kishilardir. Ulardan hech kimga, millat va vatan yoki insoniyatga hech
bir foyda kelmaydi.
Millat(xalq)
umumiy his va fikrlarning birligiga, zavq va qayg`ularning bir xilligiga
bog`liq ravishda avjlanadi, rivojlanadi. Biri yig`lab, boshqasi xursand-shod
bo`lsa, hislar birlashmagan bo`ladi. Payg`ambarimiz(S.A.V), ”Qo`shnisi
och qolgan to`q kishi bizning qavmimiz emas”-deganlar. Bu so`zlar
insonlar uchun ko`p zarur so`zlardur. Bu so`zlarga doim amal qilishsa,
insoniyat barcha balolardan qutulib, dunyo qon va miltiq dorisi(porox)
bochkasiga aylanmagan bo`lardi.
Hisning
shiddati fidokorlikda, chorasiz qolganda hatto o`zni qurbon qilishga
qodirlikdadir.
Insonni
yordam, madad, qutultirish va mudofaaga o`xshash fazilatli harakatlarga
undaydigan unsur vijdonning va ruhning hisidir. Vijdonsizlik esa, buning
teskarisiga undaydi.
Hisi
yo`q inson emas, demakdir. Hisi yo`qning axloqi ham yo`qdir.
Haq.
Haq-bu
Allohu taolo, demakdir. U sobit va doimiy, deganidir.
Biror
vazifa yuzasidan erishilgan haq, haqiqatga ”istehqoq”-deyiladi.
Yopilgan,
zabt etilgan, o`g`irlangan va egasi mulkidan mahrum etilgan narsalarga
hozirlar haq, haqiqat, deyiladi.(Qarang, bu so`zlar bugungi bizning
kunimizga naqadar mos keladi – tarjimon izohi).
”Haq
tegirmonda bo`ladi”- deyishadi. Bu so`zlar millatni yiqitish, xarob
qilish uchun sil kasali, hatto rak(saraton) xastaligi kabi illatdir.
Jamiyatni bu xil qarashdan qo`rimoq kerak. ”Haq, haqiqat kuchdadir”,
deyish ham ana shunga o`xshashdir.
Hamiyat.
Din,
nomus, vatan, oila kabi biz sevgan qadriyatlarga biror zarar, zo`rlik
kelgan vaqtda kishida paydo bo`ladigan hissiyatga hamiyat, deyimiz.
Ruhning
mudofaaga majbur bo`lishi, uning yordamga yugurishidir. Ya’ni bu ham
hamiyatdir.
Hamiyat,
insonlikning juda qimmatli gavharidir. Dunyoda hamiyatsiz inson bo`lmaydi.
Hatto hayvonlar ham o`z uyalariga kelishi mumkin bo`lgan xavfga qarshi
turadilar.
Hayot.
Kishilarda
hayot badandagi tabiiy harakatdan iboratdir. Kishilar egan ovqatlardan
hosil bo`ladigan qon, tomirlarda bu harakatni keltirib chiqaradi.
Tashqiy
va ichki a’zolarimizni harakatga keltirgan, ularning har birining
vazifasini belgilagan hayotdir. Bu hayot inson va hayvonlar orasida
mushtarak(o`xshash)dir. Aynan shu qarashda inson va hayvon orasida farq
yo`q.
Ana
o`sha harakatning to`xtashi o`lim, deyiladi. Hayot yashamoq bo`lib,
u ruh emasdir.
Haqiqiy
hayot.
Insonning
bu dunyoda yashashi hisoblangan haqiqiy hayot aqlning va ruhning
hayotidir. Bu
ham inson dunyoda aql, ilm va vijdon bilan yashaydi, demakdir.
Insonni
hayvondan farq etadigan va hayvonlikdan qutqargan bu haqiqiy hayotdir.
Chinakamiga haqiqiy hayot, ruhning hayotidir. Ruh o`lmaydi, uning hayoti
abadiydir. Inson bu hayot bilan yorug` dunyoda, abadiy hayot ila oxiratda
doim yashaydi, faqat uning tanasi chiriydi, yo`q bo`ladi. Oqibat, tana
o`lib, ruh o`lmaydi. Ruh bu olamdan so`ngra, boshqa olamda yashaydi.
Inson
jismoniy, badaniga oid hayoti bilan hayvondir. Ruhiga ko`ra malaikolar singari to`la
insondir. Yaxshi bir inson aynan bir malakdir.
Mol-mulk,
dunyoga va nafsga oid zavqlarga bog`langan kishilar o`z ruhlaridan
uzoqlashadilar. Oqibatda ruh hayotining qisqarilishiga sabab bo`ladi.
Ibodat.
Butun
koinotni yo`qdan bor qilgan Allohu taologa ta’zim va sajda, qullik
burchimizni joyiga qo`yish - bu ibodatdir.
Allohning
ma’bud, inson esa, Uning quli-bandasi ekanligiga iymon keltirib, Unga
zarur bo`lgan shaklda xizmat etmoq, ibodatdir.
Ibodat
etmagan, Alloh bergan, hayot, vujud va boshqa hisobsiz ne’matlari evaziga
ibodatini bajarmagan, u ne’matlarga shukr etmaganlar chindan ham
nonko`rlardir.
Ibodat,
Allohga doimo zikr etmak, Uni hech bir zamon unutmaslikdir. Biroq faqat
din amr etgan ibodatlarni bajarish lozim.
To`g`ri
iymon va sof vijdon bilan qilingan ibodat eng buyuk ibodatdir.
Ibodatni
tark etish, Allohni tanimaslikdir.
Ilm.
Ilm bir ipak matosidir. Uning talolari inson ko`zi,
qulog`i kabi a’zolarimizga yaxshilab aql va tajribalar bilan
ta’lim-tarbiya beradi.
Fikr
bilan tasavvur etadi. Tushunib, o`y-fikr etadi, muhokama qilib, to`qiydi.
Iymon.
Butun
borliq-koinotning Yagona Yaratuvchisi- Allohu taologa, uning yuborgan
muqaddas kitoblariga, payg`ambarlariga, malaikolariga, oxiratga, taqdiri
olamga, xayr va sha’rning Allohu taolodan bo`lganligiga, o`limdan so`ngra
tirilib, hashr va hisoblarning o`rtaga qo`yilishiga inonmoq
Iymondir.
Iymon,
so`zda emas, ruhda va vijdonda bo`ladi. So`z, vijdondagi iymonning
guvohididir.
Iymonli
bir vijdon, Haqning kitobidir.
Iymonsiz
bir kishi hayvondan battar vositachilik va buzuqlik ichidadir.
Iymonli
kishi hech qanaqa yomon harakat qilmaydi, shubhali qadam bosmaydi. Unday
harakat qilsa, u iymonsizdir.
Haqqa
va haqiqatga iymon keltirgan va keltirmaganini, uning yaxshi va yomon
hatti – harakatlaridan bilsa bo`ladi.
Insonlik,
iymon bilan belgilanadi. Quruqdan-quruq ”men insonman”, deyish bilan
kishi inson bo`lib qolmaydi.
Inson.
Inson,
shunday bir so`z bo`lib, uni to`la tushuntirmoq uchun qanday so`zlash va
qanday yozish zarurligini ko`rsatmoq qiyin bir ishdir. Har holda har bir odam
shaklida ko`ringan kishini inson sanama!
Odam
shunday bir maxluqdir, u o`z jinsdoshlarini aldaydi, yo`ldan uradi.
Bolalarni o`g`irlab, yashiradi, asir oladi, sotadi, ota-onalarni
zor-qaqshatadi, yo`llarni tusadi, yo`lovchilarni o`ldiradi, haq va
huquqni tanimaydi.
O`g`irlaydi,
oladi, iskanjaga soladi, qisqasi odam bugun ham kechagi singari bir
vahshiy jonivor bo`lib qolmoqda.
Inson
ruhiga ko`ra malaiko(farishta) va hayvon o`rtasidagi bir mavjudod
hisoblanadi. U idrokli va irodali bir ruhga egadir. Odam badani, jismoniy
borligi bilan vahshiy bir hayvon bo`lib, ruhi jihatidan esa, bir
malaikodir. Shuning uchun odam ruhi bilan xayr va sha’rni bir-biridan
farqlaydi, zulmni, haqsizlikni sevmaydi.
Haqiqiy
insonllar, harakatlaridagi ba’zi zaruriy xususiyatlar hayvonlarga
xos ekanligini yaxshi biladilar. Bordi-yu o`sha harakatlarni istamasdan,
sevmasdan ijro etib qo`ysalar, darhol nadomat chekadilar, pushaymon
bo`ladilar.
Haqiqiy
inson, go`zal, go`zallikka, adolatga, sadoqatga va boshqa butun
fazilatlarga doim oshiqdir va ular tarafdoridir.
Odam
jismi, moddiy tuzilishiga ko`ra hayvon bo`lib, ruhiga ko`ra u insondir.
Jism, moddiy hayot o`ladi, ruh boqiy, abadiy qoladi.
Inson
vatani, millatiga tabiiy bir shaklda ishq, muhabbat ila oshiqdir. Haqiqiy
inson ana shu kishidir. Ana o`sha vazifalarni taqdirlab, ijro etgan
insonlar dunyoda eng oliy janob insonlardir.
Insonga
yaxshilik va yomonliklarni o`rgatgan o`qituvchi ”ibratdir”. Dunyoga, unda
sodir bo`layotgan voqealarga, hodisalarga diqqatli bo`lish insonni yanada
yuksaltiradi.
Ibrat
va diqqat xususiyati, dinning muqaddas kitoblari bilan hayvonlikdan
qutula olmagan kishilarga inson nazari bilan qarash xatodir.
Urushlar,
zirhli qurollar, harbiy samolet(uchoqlar), a’lo navli qurollar, yadro
qurollari ongli ravishda insonlarni o`ldirish, qirish uchun yaratilgan
emasmi? Bular insonlar tarafidan qilinayotgan vahshiyliklar emasmi?
”O`lmoqdadir,
qo`shin-qo`shin insonlar, o`lganlar ham, o`ldirganlar ham
insonlardir”.
Inson,
ana shunday vahshatlar ichida yana o`zini yaxshi va fazilatli
ko`rsatishga urinadi. Ko`pchilik kishilar boshqalarni aldaydilar, ammo
o`zlarini aldamaydilar. Uning vijdonida nima borligini suratiga,
siymosiga uradi-da turaveradi.
Saralash(Intihob).
Saralash(intihob),
bir-biriga yaqin, bir-biriga juda o`xshash narsalar ichidan eng
chiroylisini, go`zalini va foydalisini, ya’ni kishi o`ziga yoqqanini
tanlab olish, demakdir. Bu ruhning yuksak hurriyatiga suyanadi.
Insonlar
orasida saralash, tanlash esa, ular ichidan biror ishga, mansabga loyiq,
unga mos odamni izlash va saylashdir. Bu tanlangan, saylangan yaxshi
kishi bo`lmasa, har kim uni noto`g`ri ishlayapti, deb qabohatli
hisoblaydi.
Odam
tanlashda xotir va manfaatni ko`zlamay, mutlaqo durust odamni, vazifani
mutlaq yaxshi bajara oladigan odamni saralash (intihob)ning asosiy
shartidir.
Tanlash(saylash)
intizom, ya’ni tarafkashlik emas.
Intihor(O`z
joniga o`zi qasd qilish).
Intihor,
voqea sodir etilmasdan bir kishining ham qotil, ham maqbul
bo`lishligidir. O`zi-o`zini qatl etish bilan kishi o`z jazosini
o`zi bergan bo`ladi.
O`lmak,
dunyo ishlaridan qutulishdir. Ammo Intihor esa, jinnilik yoki jinoyatdir.
Islomiyat.
Islomiyat,
shariatga mos bo`lmagan va shariat nazarida maqbul bo`lmagan har bir hol
va harakatdan, yana boshqa shariat taqiqlagan harakatlardan salomat
qolish, ulardan qutulish, demakdir.
O`z
haddi-harakatlari, fikr va niyatlari bilan Qur’oni Karimga va
Payg`ambar(S.A.V) istaklariga, ogohlariga mos bo`lgan kishi musulmondir.
Islomiyat,
Islom dini bo`lganligi uchun bunga doir boshqa so`zlar, din haqida bahs
ketgan joyda keltiriladi.
Xotin.
Bundan
bir asr burun bozorlarimizda cadlo-cotiq qilib yuradigan yakka-dukka
qariyalarni uchratish mumkin edi. Hozir esa, butun ko`chalar, bozorlar, mashinalar
xotin-qizlar bilan to`la. Ilgari xotinlar yopiq yurishardi. Endi esa,
yopiq yurish ayib bo`ladigan holga keldi.
Yaxshi
va nomusli xotinlar insonlik maktabining ilk o`qituvchilaridir.
Ilgarilari
boshi o`rog`lik nomusli xotinlar ma’qul va maqbul edilar. Bugun esa,
fohishalar san’atkor nomi bilan xotinlar namunasi sifatida
xarakterlantirilmoqda.
Xotinlar
eng mu’tabar(muazzaz), eng qimmatli, eng sharafli bir inson sifatida
yaratilgan mukammal qudratdir. Ular bu haqiqatni bilib, tushunib, go`zal
axloqqa, go`zal fazilatlarga ega bo`lishga intilsalar qanchalar yaxshi.
Johil
va g`ofillarcha madaniyat nomi ostida suqilgan pardasiz, ochiq
xotinlarning erkaklar nazarida bir o`yinchoq va ko`ngulxushlik maddohi
darajasiga tushirilganlarini anglaydilarmi, yo`qmi, bular?
Xotinlik,
bugun el anglagani singari buyuk bir e’tibordan, darajadan tanazzulga
tushganga o`xshayapti. Buni o`nglashning yagona chorasi salobatlilik,
jiddiylikni, qadr-qimmatni qo`rish, ya’ni hurmatli, kiborli va
nomusli-orli bo`lishga harakat qilishdir.
Nomusli
va tarbiyali bir xotin bo`lgan uy jannat bo`lsa, tarbiyasiz xotin bo`lgan
uy jahannam kabi bo`ladi.
Bezanib-tuzangan
bir xotinning o`ziga o`xshash bezaklarga botgan qizi ham borligini
ko`rganimda darhol ”nomus va fazilatga aloqasi bormi bularning”-degan
savol kallamga keladi.
Xotin
nomusdir. Nomussiz xotin nima bo`lsa bo`lsin, u notoza suvdir.
Xotin
viqor - vazminlikdir. Jiddiy bo`lmagan xotin qo`g`irchoqdir. U
kishilarning
(erkaklarning) ko`ngul xushi bo`lgan vositachidir.
Nomusli,
viqorli, ya’ni vazmin bir xotin milliardlar qadar xazinaga badal bo`la
oladi.
Yomon
xotin, o`z murdorini, iflosliklarini, axloqsizligini millatga, elga
yuqtiradi. Bu esa, yaxshi xotinning ulug`ligini izoh etadi, qimmatini
oshiradi.
Engil
tabiyat bir xotin bolchiqqa tushgan (bulg`angan) gavharga o`xshaydi.
Erkak
faqat o`ziga, xotin esa, butun millatga, elatga ta’sir qiladi.
Xotin
uch qismdir. Ko`cha xotini, zavq, ko`ngulxushlik uchun xotin va uy
bekasidir. Vatanga, millatga, insonlarga eng xayrlisi, bu uchinchi xil
xotin - uy bekasidir. U haqiqiy Bekadir- Bek xotindir.
Xotin
so`zi ko`p muhtaram bir ma’no ifoda etishiga qaramasdan, ayni zamonda
ko`p chuqur tushunilishi kerak bo`lgan so`zdir.
Xotin
axloq jihatidan ko`p yuksak, juda qimmatli bir javhar yoki juda oddiy bir
tirik jondir(aslida ”maxluqdir” deyilgan. Islomda Allohu taolo
yaratganlarning barchasiga, jumladan insonga ham maxuq deyiladi –
narjimon izohi).
Ajnabiy
xotinlar besh-olti bola bilan qanoat hosil qilganda, turk ayoli ”besh
bola etarlimi?”, deyishi kerak. Murgak jonni yo`qotish, ya’ni hamlani
tushirish va oldirishlar nima uchun bizda ko`paymoqda? Nima uchun abort
qildirishni davlat bee’tibor erkin qoldirmoqda? Ajnabiylar ko`p tug`ishni
tashviqot qilayotgan bir zamonda nima uchun Turkiya o`rchish va
ko`payishga to`sqinlik qilishga harakat qilayapti? Bu chuqur o`ylab
qarash zarur bo`lgan bir tajribadir.
Fazilatli
xotin uyda qorong`ulikni yorituvchi bir fonus, shishadon kabidir. Unday
xotin o`z yurgan erlarini nurga burkaydi, u erlar qorong`u va xunuk
bo`lsa-da; axloqsiz xotin uyini zulm va g`am-g`ussa bosadi, u uy go`zal,
toza bo`lsa-da.
Xotinning
davomli o`qiydigan kitobi ijtimoiy, sotsial tarbiyaga taalluqli kitoblar
bo`lmog`i lozim. Biroq bizda masal kitoblari yozilib, u xil kitoblar
hanuz yozilmadi.
O`yin
va ko`ngulxushlikka mubtalo bo`lgan xotinlarni ko`rganda, darhol
”Xotinning aqli qisqa”, deganlarni iltifotli hisoblayman. Men esa,
”ularda hech aql yo`q”, degan bo`lardim.
Eng
sevimli xotin, viqorli va madaniy, madaniyatli xotindir.
Xotin(ayol)
qush bo`lsa, chumchuq ko`cha yarashig`i, bulbul bo`lsa qafas
yarashig`idir.
Ko`chada
qolgan bulbulga ovchining xavfi qanchalik bo`lsa, ko`cha guli ayolga ham
munosabat xuddi shundaydir.
Eskilar
”xotinning qo`lidagi igna, jangchining qo`lidagi nayzadan foydalidir”,
demishlar.
Nomusdan
qimmatliroq, yana bir narsa bo`lmasa, xotin nomus, demakdir.
Ayol,
o`z davri, zamonining iflosliklari ichida bo`lmasam qanday bo`larkan,
degan tashvishda bo`lmog`i kerak.
Ayol malak,
malaikodir. Uning shaytonlashmasligini ta’minlash erkaklar zimmasidadir.
Ayollar
uchun yanada achinarli zamonlar kelayotganini sezmoqdaman, ammo u
zamonlar kelmasligini tilayman.
Ayol,
davrining, zamonining chirkin, iflosliklariga aralashish darajasiga qarab
emas, axloqli va fazilatli bo`lish darajasiga qarab yuksalishi kerak.
”Etagingni
balchiqdan saqla”, deydilar. Endi ayolni nimalardan va qanday saqlash
lozimligini yaxshilab o`ylashga to`g`ri kelmoqda.
O`g`il
farzand ”janob-afandi”, ota-ona esa, ”xizmatchi” emish. Qiz farzand
karimadir. Karima, ko`z chaqolg`i, demakdir. Ya’ni ko`p qimmatli, juda
ham lozim, juda ham nozik farzand, demakdir.
Yaxshi
ayolning bezagi, ziynati, uning oddiyligi, nomusi va iffatidir.
Ayolda
qadrlanadigan va hayratga sabab bo`ladigan narsa uning bezanishi va
qimmatbaho ziraklari emas, uning iffati va madaniyatidir.
Yaxshi
ayolning og`zida hikmat, ruhida latofat bo`ladi.
Biror
ayolda tashqi ko`rgan go`zallik sababini, uning tarbiyasidagi oddiylik
yo`qqa chiqaradi.
Ayollar,
o`z qimmatlarini qadrlay bilsalardi, erkaklarga to`la hokim bo`lib,
ularni tergab, boshqara bilardilar.
Yaxshi
va nomusli ayol bolalarini ham o`ziga o`xshash tarbiyalaydi va
etishtiradi.
Yaxshi
ayol erining ruhida, farzandlari ko`z oldida muqaddasdir.
Yaxshi
ayolning uyidan va mozoridan nur tuttaydi(tarqaladi).
Axloqli
va fazilatli ayol uy quradi va uni bezaydi. Axloqsiz, safiha (zavq va
safoga dushkin) bir ayol o`z uyini buzadi.
Ayolning
vijdoni va nomusini barbod etgan jamiyatning iflosliklaridir.
Yolg`on
go`zallik o`tkinchidir. Iffat va fazilatli go`zallik esa abadiydir.
Ayol
bir haqiqatdir. Ayolni yoshlik, barralik davrida boshga ko`tarishadi,
boshiga toj qo`yadilar. U so`lib, vaqti o`tgandan so`ngra esa, uni
axlatga otadilar. Bu ayolning qimmatli fikrlarga ega bo`lmasligi,
madaniyatining etarli emasligining achchiq darslaridir.
Ayol
erkagi tarafidan hayvon singari qo`llanilgan vaqtdan buyon anchagina
zamonlar o`tib ketdi. Hozirgi hol esa, ozgina rivojlanish emas, balki
juda katta o`zgarish va rivojlanishdir. Bu ham Islom dini maydonga
keltirgan qadriyatdir. Bilmadim, bugungi ayol haqlarini himoya
etuvchilar, ayol haq va huquqlarini haqiqatda Islom hal etganini nima
uchun tan olishni istamaydilar?
Ayol
aldanib, balchiq va iflosliklarga botirilishdan, o`zining masxara
etilishidan, uning ko`gul ochish quroliga aylanib qolishidan soqlanmog`i
kerak.
Ayol
o`z yaxshi xususiyatlari bilan xalqining, millatining obro`sini va
sharafini oshiradi.
Ayolga
haqiqiy yashash, mazmunli hayot yaratish uchun avval erkakni haqiqiy er
etib tarbiyalash kerak.
Ayolni
ochib, sochaylik, deydilar. Juda soz! Ammo bilmaydilarmi, bular?
Gavhar o`g`rilar orasida qoldirilmaydi.
Ayol
kir bir idish emas, balki qimmatli bir gavhardir. Uning darajasi eng
yuksak darajadir, hech boshqacha emas.
Ayol
haq va hurriyatini da’vo etayotgan madaniyatning erkaklari, uning ustidan
kulayotgan riyokor ”do`stlari”dir.
Erkaklar
ayollardan yanada aqlli bo`lsalar, ayollar esa, erkaklardan ziyoda hisli
va o`y-fikrli, chuqur tushunchalidir.
Ayolni
bir uzilgan gul hisoblagan, u so`lgandan so`ngra undan uzoqlashgan, unga
qaramay qo`ygan erkaklar anchagina. Ammo bu vahshatdir.
Xotin
erning o`rtog`i va do`stidir. Shuning uchun xotinga mag`rur va kibor ila
boqmang, aksincha u bilan doim birga va barobar bo`lishga intiling, ana
shunga o`rganing va o`rgating. Ana shunday shuur ila yashashni saqlab
qoling.
Kalom.
Kalom,
so`z demak, bo`lib insonlar o`zaro fikrlashish, fikr almashish
vositasidir. U fikrlardan, ya’ni boshdan kelib, og`izdan kalom bo`lib
to`kiladi yoki barmoqlar ila qog`ozga tushadi(U fiklar shaklida aqldan
qo`lga, qo`ldan qarmoqlarga uzatilib, kalom bo`lib tug`iladi, qog`ozga
tushadi.) Jaholatning qorong`iliklarini yoritgan fikr nurlari - bu
kalomdir.
Qur’on.
Qur’oni
Karim insoniyat hayotini tartibga solmoq uchun Allohu taolo tarafidan
Payg`ambar hazratlari Muhammad (S.A.V) vositasida insonlarga tushirilgan
o`xshashi yo`q, o`zgarmagan va qiyomatga qadar o`zgarmaydi gan Yagona
qonun kitobidir.
Inson
saodati Qur’on ila to`la hech bir kamchiliklarsiz tayyorlab qo`yilgan.
Barcha baloyu-qazolardan, qiyomat azoblaridan qutulish sabablari va
yo`llari Qur’oni Karimda ko`rsatilgan. Faqat bu haqiqatni anglashda
kishilar qurslik qiladilar.
Qur’oni
Karim, bugun bir milliarddan ortiq musulmon millatining Yagona qonun
manzumasi (sistemasi)dir.
Millionlab
olimlar, faylasuflar va avliyolar tastiqlab, iymon keltirgan, yuzlarcha
million musulmonlarning muqaddas kitobi-bu Qur’ondir.
Qur’on,
bir qator johillar tarafidan ko`pgina etirozlarga, tanqidlarga va
ularning hujumlariga uchradi. Ammo har safar, Qur’onga hujum qilganlarni
u kitob hayron qoldirib, dahshatga solmishdir.
Qur’on,
bir ulug` kitobdir, uni faqat chin haqiqatni bilishni istaganlar, chin
Haqqa oshiqlargina anglay oladi, tushuna oladilar.
Qur’on,
o`z zamonida eng rivojlangan til bo`lgan arab tilida zohir etilgan bir
kitobdir. U bir adabiyot mo’`jizasidir. Bu kitob to`la, tom ma’nosi bilan
tarjima etilmaydi va tarjima etolmaydilar.
Qur’on
shunday bir buyuk nazmdirki, uning har ayatiga butun arab va ajam
adiblari, shoirlari sajda qiladilar. Kitobni tushunish va anglashni bir
tomonga qo`yib, hatto uning kalimalarini-so`zlarini o`qiy olmagan
johillarning u kitob haqida (xususida) so`zlashmalari kulgili bir hol
bo`lish bilan bir qatorda u katta bir fojia ham hisoblanadi. Bu hol tib
ilmini bilmagan, o`qimagan bir kishining doktorlik qilishiga
o`xshaydi.
Qur’on,
she’r emas, she’rning hikmat bilan qaynatilmasidir. Uni, bitta gulda
koinotning go`zalligi va mukammalligini, bir tomchida buyuk bir to`fonni
ko`rgan odamgina anglaydi, tushunadi.
Qur’on
nurdir. Qur’on hidoyatga erishish vositasidir. Qur’on barcha haqiqatlar
to`plami, jamidir.
Musulmonlar,
faqat Qur’onni tasdiq etadilar va unga tobe bo`ladilar. Qur’onni tasdiq
etmovchilar musulmonlar birligida bo`lolmaydilar. Chunki Qur’onni tasdiq
etmagan musulmon emas.
”Iymonning
amri vijdondir”, deyish, ”Allohni, Muhammadni, Qur’onni faqat tilda emas,
dildan tasdiq etaman”, demakdir. Bu ifodalar, harakatlar va ibodatlar
Allohning yagonaligini tasdiqlashni olqishlovchi ifodalar hisoblanadi.
Dunyo
kufr bilan vahshatning jang maydonidan iborat bo`lgan bir zamonda, chegarasiz
cho`llardan yorug`lik sochgan Qur’oni Karim butun koinotni nurga purkadi.
Bularni tarixdan o`qib bilish mumkin bo`ladi. Uni o`qi!
Odamga
odamni, koinotni, Haqni, hikmatni, Allohni o`rgatgan Qur’ondir. Falsafani
tadqiq et.
Odamlar,
butparast edilar, ularni haqparast etgan-Haqqa burgan Qur’oni Karimdir.
”Ilm,
har bir ayol va erkakka farzdir”. ”Beshikdan mozorga qadar ilm
o`rganinglar”. ”Ilm Chinda(Xitoyda) bo`sa ham ket uni ol”. ”Musulmonda
etishmovchi narsa ilmdir. Uni qaerda topsang, darhol o`rganib ol”.
”Olimning siyohi shahidlarning qonidan xayrlidir”. ”Ilmning darajasi,
barcha boshqa darajalardan yuksagidir”, degan, ilmni tashviqot etgan,
haqiqiy madaniyatni yuzaga keltirgan, uni davomli etgan Qur’oni Karimdir.
Musulmonlarning
orqada qolishini(qoloqliklarini), ularning musulmon bo`lishliklari, deb
hisoblagan, zehnda qoloqlar, aksincha musulmonlar Islomdan uzoqlashib,
haqiqiy musulmoncha hayot kechirmaganliklaridan ular orqada
qolganliklarini bilmaydilar yoki bilishni istamaydilar.
Musulmonlarning
ilg`or bo`lishi va rivojlanishi faqat va yana faqat Islomda mahkam
turish, unga qo`sh qo`llab yopishish ila amalga oshadi.
”Allohu
taolodan o`zga mulk sohibi, Undan boshqa sulton, amir yo`qdir”-bu Qur’on
ayatidir.
Adolatni,
hurriyatni, tenglikni, hayvonlarga ham shafqatli bo`lishni ko`rsatgan,
ularni farz etgan; zulmni, poraxo`rlikni, qonunsizlikni, o`g`irlikni,
haqsizlikni, yolg`onni, yolg`on guvohlikni, haqni ezib, zolimni
qo`llashni tamoman man etgan, ularning barchasini harom qilgan Qur’ondir.
Podshoh
bilan kambag`alni bir xil qora qursiga o`tqazib teng bir shaklda mahakama
etgan Qur’ondir.
Etimni,
faqirni, hech kimi yo`qni, mazlumni himoya etgan yana Qur’ondir.
Xayrni,
nomusni fazilatni amr qilgan; sha’rni, shirkni, jaholatni, shafohatni man
etgan ham Qur’ondir.
Bugun
kishilarga tavsiya etilishi mumkin bo`lib, u Qur’onga kirmagan birorta
haqiqat yo`qdir.
Insoniyat
uchun eng tartibli hayot Qur’on ko`rsatgan hayot, Qir’on ko`rsatgan hayot
tartibidir.
Falsafa
o`qimaganning Qur’oni Karim haqida so`zlashi mumkin emas. Falsafa kalom
ilmidir.
Qur’onga
e’tiroz bildirib, unga inkorga turganlarga Qur’on har vaqt keng o`rin
beradi.
Qur’on
haqida behuda so`zlaganlar dunyo nizomini yanada yaxshilashga yo`l emas,
boshqa masala ko`rsatsin.
Qur’onsiz
madaniyatlarning hayoti naqadar qashshoqliklarini ko`z oldimizda, ko`rib
turibmiz. Mana qarang, g`arb madaniyati va uning iflosliklari na qadar?
Ovropa
madaniyatining haqiqatan taqdirga sazovor qismi, minglarcha yil bundan muqaddam
Qur’on xabar bergan va tashviqot etgan ilm tarafidadir.
Barcha
nojo`ya qiliqlar Islomni tushunmaslikda, uni yaxshi anglab etmaslikdadir.
Bizda,
shu zamonda Qur’on haqida so`z so`zlaganlar, go`yo ular o`zlarini
munavvar hisoblasalarda, aslida ular bir to`da johillardir. Chunki, biz
ularning hech qanaqa ma’lumotga ega emasligini, ilmlarining qaerdan
chiqib, qaysi manbaga suyanishini yaxshi bilganimiz uchun ular haqida
hukm so`zlamoqdamiz. Bordi-yu, ular johil bo`lmasalar, unda ular
qobiliyatli biror xoinlardir.
O`qimagan,
tushunmagan, bilmagan kitobdan bahs etgan biror kimsa qanday kulgili va
masxaralikka tushsa, Qur’onni o`qimagan, anglamaganlarning unga
qarshiliklari ham xuddi shunday kulgili va masxaralikdir.
Biz
juda yaxshi bilamizki, Qur’onga til tekkizganlar, umumiy muhokama
qarshisida qochajaklar, yashirinishga eshik izlab qoladilar. Ammo ular
uni(u teshikni) topa olmaydilar.
Qur’onni
va uning hikmatlarini anglamaganlarga hayron qolmanglar. Chunki bu ilohiy
kalomni bir qator muhim ilmiy tadqiqotlardan so`ngra anglash mumkin
bo`ladi.
Modda.
Modda,
idrokdan, hisdan, irodadan mahrum bo`lib, faqat moddiy narsalarning shakl
va suratga kirishida xizmati bor zarrachalardir. Ruhdan boshqa barcha
narsalarning boshi va oxiri moddadir (U ruhdan boshqa hamma moddiy
narsalarning boshlang`ichi va ularning so`nggi, oxiridir).
Modda
kunimizda har narsaning ustida bo`lib qolayapti, uning oldida hurmat
bilan echiladigan qimmatli bir sevilish darajasiga keltirildi.
Islomdan
avval ham kishilar moddaga topinardilar. Qarang, dunyo ilgariga emas,
orqaga qarab ketmoqda ekan-da.
Matbuot.
Matbuot,
zulm, istibdot, totalitar hukumatlar qo`lida asir yoki ularga
xushomadgo`y bo`lib qolmoqda.
Muxbir,
adibning tili va so`zi quvvatli bo`lishi kerak.
Muxbirlari,
yozuvchilari, muxoliflari istaganlarini yozolmagan xalq Bobil
asoratlarini boshdan o`tkazmoqqa mahkumdir.
Matbuot,
haq va nohaq, boshqa turli xil fikrlar maydoni, ular qarab chiqilidagan,
muhokama qilinadigan joy bo`lishi lozim.
Gazetasiz
mamlakat tilsiz mamlakatdir.
Gazetalar,
uning va buning amrlarini amalga oshirish vositasi bo`lmasdan, millatning
umumiy saviyasini, ziyosini ko`tarishda xalqqa to`g`ri yo`l ko`rsatishda
vosita bo`lmog`i shart.
Mozorlarda
yumaloqlangan kalla toshlar ichida rivojimizga xizmat etishi lozim
bo`lgan qanchalar yozilmagan fikrlar ko`milib yotibdi.
Istibdodga,
sentzuraga la’nat, de, bosqinga bo`yin egma!
Maorif.
Ma’rifat
va mutolaa ruhning ozigidir.
Ovropaliklar
sharqning ilm va fikrlarini, zakovat xazinalarini tog`lardan, toshlardan
topib oladilar, biz esa, ularni kutubxonalarda chiritmoqdamiz. Hatto
o`qimoq istaganlarga ham xalaqit berishga harakat qilamiz, yordam
bermaymiz.
Arabcha
va forscha adabiy kitoblar va hikmat kitoblari, bugun Ovropaning eng ko`p
izlagan kitoblari bo`lib, ular ovropa xalqiga beqiyos yordam etishda
fidokorliklar ko`rsatayotgani holda, o`sha kitoblarning aynan o`zlari biz
rad etgan kitoblar bo`lib qolmoqda. Bu qanday falokat, bu qanday
achinarli hol!
Quyidagi
uch holda:
1.
Bilmaganlarga o`qitmoq uchun;
2.
Bilmaganlarga yanada ko`proq ma’lumotlar bermoq uchun;
3.
Mutaxassislarning mutolaasini va yangi topilgan natijalarni ilm odamlari,
olimlarga ko`rsatmoq uchun kitob yoziladi.
Madaniyat.
Madaniayt,
boylik, kiborlik, nazokat ostida saqlangan aysh-ishrat, ya’ni yuqori
darajada zavq va ko`ngul ochish, tushkunlik emas, albatta.
Tarbiyasizlik,
axloqsizlik va fazilatsizlik madaniyat bo`la olmay, u insoniyatning
saodatiga, baxtiyorligiga emas, faqat badavlat va buzuq insonlarning zavqiga,
ishratiga xizmat qiladi. Bunday zavqi-ishrat uchun jinoyatdan,
o`g`irlikdan va har turli yomonliklarni bajarishdan chekinmaydilar.
Madaniyat,
ilm va axloqning birgalikda komil, etuk bir holidir. G`arb madaniyati
faqat ilmiy madaniyat bo`la oladi. Ularda axloqiy va fazilat tomoni yo`q.
Sharq madaniyati bugun tarixiy kurashlarni, to`lqinlarni boshidan
kechirgan axloqiy va ilmiy madaniyatdir.
G`arbning
ilmi va texnologiyasi, Sharqning ilmiy axloqi bilan uyg`unlashmasi asl
madaniyatni tashkil etadi. Biroq shu zamonda unisi ham, bunisi ham yo`q.
Shaxsiy,
ya’ni har bir alohida kishining madaniyati esa, insonlik shartlari,
sotsial, istimoiy tarbiyali va go`zal axloq egasi bo`lmoqdan iboratdir.
Boyliklardan,
yasama kiborliklardan uzoq bo`lish kerak.
Vahshiy,
sahroyi qavmlar, qasd etuvchi qurolli qonxo`rlardir. Bugun madaniy
davlatlar ham eng mudhish qurollar bilan ta’minlangan va qon istash
ehtirosi ila yashamoqdalar.
Madaniyat,
millatning dunyoda mavjudlik belgisidir. Bu belgi ilm va axloq bilan namoyish
qilinadi.
Madaniyat,
millatning(xalqning) axloqi, ilmi, fikri va siyosiy borliqlarining
hammasining birgalikda etuk bir ko`rinishidir.
Madaniyatni
avval sotsial tarbiya va axloq, so`ngra hunar bilan san’at shaklantiradi.
Bundan tashqari axloq uni yanada yuksaltirib, kamolatga etkazadi.
Maktab.
(Maktab
- arabcha so`z, bugungi turkchada maktab o`rnida ”O`qul” atamasi
ishlatiladi – tarjimon izohi).
Hozirgi
zamon ilmiy va madaniy rivojlanish manbai, o`chog`i maktablardir. Maktab,
muallim, demakdir. Muallim(o`qituvchi) dindor, axloqli, fikr-g`oyasi
yuksak kishi bo`lishi shart.
Millat(Xalq).
(Bugungi
Turkiya turkchasida ”xalq” so`zi juda kam erlarda ishlatiladi. Bizdagi
”xalq” so`zi o`rnida turklarda ”millat” so`zi qo`loaniladi – tarjimon
izohi.)
Millat,
bir din ostida birlashgan, qondoshligi bor kishilarning birlashishi
natijasida yuzaga kelgan bir to`plam jamoasidir. Hozirgi vaqtda esa,
faqat irqiy yaqinlik, irqiy birlik millat bo`lmoq uchun etarli
hisoblanmoqda.
Millat
o`lmas, deyishadi. Biroq juda ko`p millatlar o`lib bo`lganlar.
Din
va axloq millatlarga matonat, tayanch bo`ladi. Dindan va axloqdan
ayrilgan millat(xalq) sarson-sargardondir.
Mo`’jiza.
Mu`’jizaga
ishonmaganlar, Allohu taolo va Uning qudratini taqdirlamagan,
qadrlamaganlardir.
“Qamar(oy)”
ikkiga bo`linmas”, deyish, “Allohu taolo oyni ikkiga bo`lolmaydi”, demak
bo`ladi. Bu Allohu taoloning ulug`ligini anglay olmaslikdir.
Muhammad
(sollallohu aleyhi
va sallam).
Hazrati Muhammad(S.A.V),
kufrning, vahshatning qarshisida qahramonlik ko`rsatgan va adabiyot
qilichini unga qarshi qo`ygan, haqiqatni himoya etgan va uni e’lon qilib,
insoniyat hayotini tartibga keltirib, tuzatgan zoti muhtaramdir.
Hazrati
Muhammad, chinakamiga haqiqiy madaniyatning qo`ruvchisidir.
Kufrni,
vahshatni hech sevmagan bir zot bor, u ham bo`lsa, Muhammad (S.A.V)dir.
Inson
hurriyatini e’lon etib, “eng buyuk ibodat zolim hukmdorga qarshi haqni
so`zlamoqdir”, degan ham yana Hazrati Muhamamd(SAV) bo`ladilar.
“Alloh
tanbalning tanballigini sevmas”, “Qo`shnisi och qolgan to`q, badavlat
bizdan emas”, “Dunyo ishlarida o`lmaydigan kabi, oxirat ishlarida ertaga
o`ladigan kabi ishla”, degan ham Hazrati Muhammaddir.
Jihadni amr
qilgan, uni ibodatlarning eng foydalisi, deb ko`rsatgan, “Vatan hududida
navbatda turgan askar jahannamda kuymaydi”, “ Insonlarning eng xayrlisi,
ehsonlisi, boshqalarga foydali bo`lganidir”, “Sizning eng xayrli
bo`lganingiz, avlodingizga va atrofingizga xayrli bo`lganingizdir”, degan
va haqiqiy madaniyatni ta’sis etgan Hazrati Muhammad(SAV)dir!
Muzika(Musiqo).
Muzika
oshiqning qanotlaridan chiqqan ruhoniy ohangdir.
Muzika,
quloqdan ruhga o`tgan bir oshiq yulduzidir.
Harfsiz, so`zsiz
bir til mavjud-bu muzika. Muzika tillarning eng ta’sirlisi va
tartiblisi(Balig`)dir. Bu tilni ruh, irfon-ong darajasida anglaydi.
Muzikada
ohang, go`zalda joziba va dimog`dorlik kabidir.
Muzika,
ma’naviy bir darajada yaxshi va go`zal so`zlamoq bilan ruhni jo`shtirish
va hayajonga solish ishidir.
Aqlning
jo`shmog`i uchun etuklik va notiqlik qancha zarur bo lsa, ruhga ham
muzika shunchalik zarurdir.
Muzikani
faqat hisga oid bir zavq, deb qarash, uning ham, ruhning ham qimmatini
tushirish bo`lardi.
Muzika,
ruhni shod etib, kuldiradi ham, yig`latadi ham.
Nomus.
Nomus,
insonning eng yuksak sharafidir. Insonning eng olchoqligi va eng
qashshoq vaziyati uning nomusi yo`qligidir.
Nomus, har bir
tug`ilgan bola boshida, nurdan ishlangan yoping`ich singari u bilan birga
tug`iladi. Noo`rin bir harakat bilan u yo`qotiladi va yana qayta
kelmaydi.
Nomus,
ismat (gunohsizlik, tozalik) va insonlikning toptalmas gavharlari,
demakdir.
Bir
yoshning nomusi, boshqa birining shahvat zavqiga sabab bo`lmasin.
Inson
sharafi, or va nomus bilan davom etadi va barqaror qoladi.
O`z
nomusini, oilasi nomusini muhofaza etmagan, ularga e’tiborsiz bo`lgan
biror kishi vatan va millatning sharafini va nomusini ham qo`rimaydi va
qo`llamaydi.
Nomusni bir
bezak, bir mulk kabi inson sharafi tashqarisida qabul etganlar, nomus
nima ekanligini bilmaydiganlardir.
Nomus
hayotdan yuksakdir.
Nomus
boshqa, sharaf boshqadir. Boylik nomusning sharafini aniqlamagani kabi,
faqirlik ham uni buzolmaydi.
Nomus,
axloqning butun fazilatlariga tayanadi.
Nomus,
barcha millatlarda nomlariga qasam haqidagi muqaddaslikdir.
Nomussizning,
sharaf va fazilat tarafdoriman, deyishi soxta va yolg`ondir.
Nomussizlar,
millatning yuzidagi xunuk dog`dir.
Sharaf
jihatidan nomusga yaqin turadigan va har biri nomusning xususiyati
bo`lgan hamiyat, sadoqat, so`zda, va’dasida turish kabi fazilatlarga
ahamiyat bermaydiganlarga ham nomussiz, deyiladi.
Nikoh.
Nikoh ikki tarafning
rizosidir(roziligidir). Lekin nasl va xotin(ayol), ayolning nomusini,
qonun ijozat etgan haq va sharafning muhofazasi, oilani mamlakatga
tanitish uchun nikohda guvohlar ham lozim.
Nisyan(unutmoq).
Nisyan-unutmoqdir.
Bilmaganlar yo`q. Bir olim bu so`zni quyidagicha ta’riflagan ekan:
Bugunlarni(bu-hozirgi kunlarni) tayyorlagan u kunlarni unutmang”.
(Unutmanglar u kunlarni, tayyorladi bu kunlarni.)
Pul.
Pul, har
bir ishni qilishga tashviqot qila oladigan bir malak yoki shaytondir.
Shoirni
chiroyli yozdirgan, olimni yaxshi ishlaydigan qilgan, bu puldir.
Pulsizlik,
fikrni chalg`itadi, yaramas harakatlar sodir bo`lishiga sabab bo`ladi.
Pulni
nomusli yo`llardan top. Pul topgan joyga sodiq bo`l.
Tush
ko`rish.
Tush,
ko`zsiz va moddasiz ko`rmoqdir. Aksariyat hollarda uxlagan chog`imizda,
onda-sonda uyg`oq vaziyatda ham tush ko`rish mumkin. Tush ham anchagina
narsalarni anglatadi.
Tush
ko`rish moddiy va ma’naviy bo`lishi mumkin. Tush ko`rmagan odam yo`qdir.
Tush
ruhning mushohadasidir. Xayoliy va jismoniy tushlar uchragani kabi, ruhga
oid va sahih(sof), haqiqiy tushlar ham ko`pdir.
Aynan zuhur
bo`lgan tushlar uchramaganda edi, tushni xayoliy, botil(yolg`on), deb
qo`ya qolardik.
Haqiqiy
tushlar, tushga ishonmaganlar uchun ruhning eng go`zal javoblari bo`lib
hisoblanadi.
Tush bizga
“qalb ko`zi”, “ong ko`zi”, degan ko`zlarni va ular ko`rganlarini
izohlaydi.
Sodiq va
sahih tushlar Janobi Haqning quli bilan ko`rishish tilidir.
Ruh.
Ruh boshqa,
xastaligimizning moddasi boshqadir.
Ruhning gavhari,
moddaning gavhariga nisbatan latif bir gavhardir.
Emoq,
ichmoq va o`lmoq jismning hayotidir. Ruh malaklarga oid bir hayotga
egadir.
Ruh, jismga
hayot bilan birga taalluqlidir. Va u(hayot) bilan birga badandan
ayriladi. Hayot mahv bo`ladi, ruh abadiy qoladi.
Ruh abadiy,
u o`lmaydi, o`ldirilmaydi. Kishi ruhsiz yashaydi, hayotsiz yashay
olmaydi. Hayot tabiiydir, yaratilishda bordir.
Ruh
aqlimizdagi idrok moddalaridan boshqa o`z-o`ziga idrok etadi, his etadi,
iroda etadi.
Ruhning
aqlimizga muxolif va balki aqlimizga kelganni rad etgan o`ziga oid
idroklariga vijdon, deymiz.
Nur
to`fondan, ruh yomonliklardan qo`rqmaydi.
“Ruh
tanamizning qaysi erida”, deganlarga “Olmosda lemo, cho`g`ga aylangan
ko`mirda cho`g` qaerda?”, deb so`roq qo`ymoq kerak bo`ladi.
Ruh o`lim
bilan to`xtamas, uning ta’siri bitmas. Buyuk insonlarning bizga
ta’sirlari, nasihatlari borligi faktdir.
Ruhni
ba’zan odam suratida, ba’zan bug` ko`rinishida ko`radilar.
Ruhga
ishongan, falsafaga, malakka va shaytonga ham ishonadi.
Aqlning
inkor va tan olmaslik uchun qochishga intilgan hollarida, unga “sen
qilding”- deb, uni e’tirof etishga majbur qilgan biri bordir. U ham bo
lsa, ruhdir.
San’at.
San’at,
rivojlanishning ruhi, maishat hayotining intizomidir.
San’at, xazinalar
kashf etgan va kashfiyotlar ochgan sehrli bir kalitdir.
San’at,
fikrni moddaga, xayolni jismga zayom etadi.
Kishini
dinsizlar ustida va ostida, samolarning yuksakliklarida aylantirgan,
kezdirgan san’atdir.
San’at
bo`lmasaydi ijod etilgan butun xotiralar, ijod bo`lgan narsalar,
ijodkorlar, kashfiyotchilar boshlarida ko`milib qolgan bo`lardi.
Fabrikalarning,
paroxodlarning, zihr(to`plarning) mo`rilaridan chiqqan tutinlar fan
san’atining muthish nafaslaridir.
Inson
hayotini muhofaza va mazmunli etgan uni ilo(ilohiy) etib yuksaltgan
san’atdir.
San’at ilmi
bo`lmaganda edi, u bu muazzam, bezakli va muhtasham dunyoning qo`rqinchli
o`rmonlaridan mungli, jon oluvchi bepayon kengliklaridan iborat bo`lib
qolaverardi.
Inson
qudratini chinakamiga tasvir eta olgan yagona lavha ham san’atdir.
San’atsiz, demak, o`lik demakdir.
Nima
bilasan, degani nima bajara olasan, demakdir. Biror ishni qila olmaslik,
hech bir narsa bilmaslikdir.
Ko`zga
ilinmas, e’tibor topmagan, rivojlanmagan ishlar, bu san’atsiz, qolipga
solingan ishlardir.
Qilingan,
amalga oshirilgan biror ishga e’tibor san’at va mahorat bilan qilingan,
demakdir.
San’at
asabiy bir hunardir. Chinakam asabiy bir san’at qarshisida hayratga
tushmasdan mumkin emas.
Hunarsiz
odam faqat o`ziga emas, oilasiga, vataniga, millatiga ham foydasizdir.
Balki zararlidir.
Temir,
oltindan ham foydalidir. Ammo temirga bu xususiyat hunar kuchi bilan
berilgandir. Vaqtni bildirib turgan soat, ko`zni quvvatlashtirgan
ko`zaynak, samoda uchayotgan uchoq g`ayibdan xabar keltirayotgan
telegraf, temiryo`llarni kashf etish aqlning, fikrlarning hunar bilan
uyg`unlashishini ko`rsatmoqda.
Bashariyatning,
insoniyatning rivoji hunarga bog`li va undan qarzdir.
San’at –
kasb, hunar.
Hunar, nozik,
badiiy va ruhiy san’atlardan iboratdir. Bu ham adabiyot, siyosat,
xitobod, rasm, muzika, teatrga o`xshash san’atdir.
Siyosat.
Millat,
davlatga oid barcha ishlarni boshqarib, ularni idora etish Siyosatdir.
O`z quvvati
bilan fuqaroni havfdan, yomonliklardan; adolati bilan esa, uni zarardan
va zulmdan himoya qiladigan kishilar jamoati - Hukumatdir.
Dinini
hurmat qilib, uni qo`rigan hukumat xalqning hissiyatiga hokim bo`ladi.
Xalqning
hislariga hokim bo`lgan, o`z navbatida uni yaxshi his eta olgan hukumat
mustahkam va barqaror bo`ladi.
Hukumatni
tashkil etgan jamoani uning ichidan biri boshqaradi, idora etadi.
Bu ba’zida
yaxshi va ba’zan yomon bo`ladi. Yaxshi hukumatda sha’r, umumiymi yoki
xususiy, undan qat’i nazar u mutlaqo tugatiladi.
Yaxshi
idora qilishning ikkita asosi bor. Birinchidan, ma’murlar- idoraning
katta-kichik xodimlari (bularni byurokaratik guruh ham deyishadi-tahjimon
izohi) kishilarga qarab o`zgarmaydigan qonunlar bilan ishlaydigan
egilmas, nomusli, sharafli, ko`zi to`q, durust kishilar bo`lishlari
kerak. Ikkinchidan, maosh va mukofotlarda normal adolatli o`lchov; qo`pol
va og`ir ishlarda vazifa; nozik ishlarda ilmlilik va bilimdonlik hokim
bo`lmog`i lozim. Ikkinchi asos yanada ahamiyatlidir. Boshga tushgan bu
tasodif, ya’ni bilimsizlik zanjiri hali ham davom etmoqda.
Hukumat,
adolat bilan osoyishta bo`ladi. Adolat yo`q bo`lsa, u erda hukumat ham
yo`q, demakdir.
Hukumat,
bir tegirmondir. U chiqargan un adolat bilan o`rnatilgan osoyishdir. Un
chiqarmagan tegirmon faqat qo`pol ko`rinishga ega bo`lgan bir binodir.
Undan faqat havo chiqar, biror faoliyat ko`rsatmaydi.
1-Xizmatchi,
aslining, fikr-g`oyalarining, tuyg`ularining a’yonlarga xos ekanligini
saqlamog`i lozim. Buni saqlay olmagan hokimiyat xizmatchisi xalq ko`z
oldida e’tiborsiz qoladi. Xizmatchi ishlarida, uning haddi-harakatlarida
odillik ko`rinib turishi kerak. Shundagina u xalqning hukumatga hurmatini
oshirishga ko`maklashgan bo`ladi.
2-Qonunsizliklarning
yuzaga chiqishi eng avval buyuk ma’murlarni uyaltirmog`i lozim.
Qonunlar
to`la-to`kis ta’sirli bo`lishi kerak. Har bir kishi qonunlardan qo`rqishi
va unga ishonchi komil bo`lishi shart.
3-Xalq
badavlat bo`lsa, davlat ham quvvatli bo`ladi (Xalqi boy davlat quvvatlidir).
Xalqning faqir-kambag`alligi davlatning zaifligiga, davlatning zaifligi
xalqning faqirligiga sababchidir.
Bog`bon
ko`chatlarni asrab-avaylab parvarishlab, o`stirib, muhofaza etadi va
natijada hosilga ega bo`ladi. Hukumat bilan millat ham aynan shunga
o`xshaydi.
Sulton,
qirol jomadadir (o`lik qo`yiladigan toshda, demoqchi – tarjimon
izohi). Bu ayni balodir, Inson tabiatiga mos emasdir.
Kishilarning
fikrlariga hujum etish, ularni taqiqlash, bu dispotizm, qo`pollik va
turg`unlik, demakdir. Ya’ni bugungi singari hurriyatsizlik, demakdir.
Farovon,
hayoti porloq bir millat (xalq), xuddi shunday bir hukumatni yuzaga
keltiradi. Bu ilm va boylikdan keladi.
Hukumatning
zehnsiz, zakovatsiz ma’muri uning sharafini tushiradi. Xalq boshida
mustabid, zolim qirol bo`lsa, u kesilur. Xalqni hukumatdan sovutishning
eng qulay yo`llaridir, bular.
Hukumat,
xalqning faqat faoliyatlarini emas, fikr-g`oyalarini ham to`g`rilkka,
yaxshilikka boshqarishi, tartibga solishi lozim. Uning ham yagona
yo`li, din birligi, his birligi, tarbiya va ta’lim birligini
ta’minlashdan iboratdir.
Davlatlar
do`stligi, do`stining po`stini shilmoq, o`zi yiqilishi ehtimol bo`lgan
chuqurni do`stining vujudi bilan to`ldirmoq asosida quriladi. Ya’ni bu
do`stlik faqat manfaat do`stligidir.
Davlatlarning
eng ko`pchiligini o`ylaydiragan asosiy ishlar, ularga do`st va
ittifoq davlatlarning yashirin siyosatlari haqida bo`ladi.
Biror
millatni zaiflashtirmoq va uni tarqatib yubormoq uchun ularni bir-biriga
muxolif guruhlarga bo`lib, ular orasiga nifoq solish yo`li bilan
ularni bir-biriga dushmanga aylantirishadilar.
Millatdagi
eng mudhish qarama-qarshiliklar, bu fikr, g`oya qarama-qarshiligi,
fikr-g`oya dushmanligidir.
O`zingga
qarshi hodisalar chiqarib, dushmanning umumiy fikrlarini chalg`itish,
g`aflatda qoldirish g`alaba va zafar yo`lidir.
4-Quvvatli
bo`lmoq uchun diniy va axloqiy birlik qanchalik zarur bo`lsa, teskarisi,
ya’ni diniy, axloqiy farqlilik shunchalik qo`rqinchli bo`lib, nochorlikka
duchor qiladi. Oqibatda huzur yo`qoladi. “Bo`l, parchala va hokim
bo`l”-deydilar. Shuning uchun ayrgan, parchalagan dushman, birlashtirgan
esa, do`stdir.
Zararli
biror jamiyatning, senga qo`shilgan birgina parchasi ham zaralidir.
Diqqatli bo`l!
Yoshlarni
ishga, harakatga, qariyalarni maslahatga chaqiring.
Bir qator
do`stlar borki, ular o`z qiliqlari bilan dushmanga xizmat qiladi. Ular
sening yoningda bo`ladilar, ammo senga zarari tegadi.
Har bir
uyda 5-6 bola bo`lib, har bir maktab bir qishloqqa aylanmasa, millat yashamaydi,
yashay olmaydi.
Orangizda
qarama – qarshiliklarga sabab bo`ladigan harakatlardan, fitna va
fasotlardan qoching.
Orangizda
bo`lib, fikrlari farq qiladigan ba’zi kishilarni, o`zingizdan qochirmang.
Chunki ular ham ko`payib, bo`linishga kelishi va fasot tug`ilishi mumkin.
Tajribali
kishilardan foydalaning. Har bir boshda qimmatli fikr bo`lishi mumkin.
Din har bir
xalq uchun juda yuksak bir ma’naviyatdir, qaynatuvchi, pishiruvchi bir
unsurdir.
Dinsizlik
millatni chiritadi, tugatadi. Dinga qarshi bo`lganlar, balki
bilmasliklaridan dushmanlarimizga do`st va ularning amallariga vosita
bo`lib qolmoqdalar.
Boshda
dinsizlikka duch kelganlar, dinni, din birligini ko`rganda ko`p
eziladilar.
Dunyoda bir
millat bor, ularning yozgan kitoblaridan, yozuvlaridan (maqolalaridan)
saqlaning. Chunki u millat o`zidan bo`lmagan, uning dinida qolmagan har
qanday millatning birlik va birdamligini buzishga harakat qiladi. Bu
yahudiylardir.
Din
vijdonlarga, qonun hol va harakatlarga hokimdir.
Dinga,
millatga, vatanga qarshi qilingan tajovuzga qarshi mudofaa jihoddir.
Jihodni tark etgan millat asir va zalil(tobe) bo`lib, tarix sahnasidan
o`chiriladi.
Millatni
yuksaltirmoq uchun yoshlarning ziyoli bo`lishini ta’minlash,
kambag`allikni kamaytirish, hunarni avj oldirish, tijoratni himoya qilish
kerak.
Bir millat
uch narsa bilan yashaydi, ya’ni din, hikmat, qurol bilan yashaydi.
Hikmat, ilm quvvati, demakdir.
Jazo ibrat
uchun emas, ta’sir etish uchun amalga oshirilishi kerak.
Dunyo tajriba
uyidir. Har bir narsani tajriba qilishga emas, sinalgan, sengacha tajriba
qilinganlardan foydalanishga harakat qil.
5-
Millatlar va davlatlar siyosiy do`stlik yoki manfaat yo boshqa xil
buzg`unchilik yo`li bilan bir-birlarini alday olmaydilar.
Bugun
kechaning aynan o`zidir. Yangi biror narsa yo`qdir. O`zgarganlar esa,
ranglar va shakllardir. Tarixga boq.
O`tmish,
ibrat va misollarga to`la eng qimmatli bir kitobdir.
Markazni
markaz etgan muhitning, atrofning tartibi va nizomidir. Markazni buzgan
esa, muhitdagi egriliklardir.
6- Siyosat
umumiy hayotdir.
Tijorat
vositalarining hal etganlaridan biri, o`lganlarning qarovsiz qolgan
oilalari manfaatlarini imkoniga yarasha tartibga solishdir.
Shaxsiy
dahlsizlik, ishonchlilik, hujum etganni, bosqinchilik qilganni tutib
olish emas, balki kishilarni tajovuzkorlardan, bosqinchilardan himoya
etmoqdir.
She’r.
She’r faqat
vaznli so`z emas. Ruhiy jozibador nasriy asarlar ham she’rdir.
She’rning
eng go`zali, ma’nosi va so`zlanish tarzi hayrat va taqdirga sazovor
bo`lganidir. Eng sevimli she’r ruhdan qo`porilgan she’rlardir.
Shunday
she’rlar borki, uni eshitgan shoir ham hayratga tushadi.
Tushunmasdan
so`zlagan, so`zlamasdan anglagan shoirlar ham bor.
She’r,
shoirning tergan guli, sochgan hikmatidir.
She’r,
ruhning tabiatida saqlangan fazilatlarning shoirdagi qudratga ko`ra
yuzaga kelishidir.
Behuda so`z
aqlga, she’r ruhga so`zlanadi.
She’r bir
xonda, kinoya yoki faryoddir.
She’r bir
ko`z yoshi, bir ko`z yoshida she’rdir.
Go`zalikning
o`zi she’rdir.
Bir dilbar
qarash, bir dilbar tabassum aqlni qanday olsa, bir dilbar she’r ham ruhni
shunday qoplaydi.
“She’r
hikmatdir”, “She’r sehrdir”, deyiladi.
She’r ma’no
bo`lsa, unga latofat va go`zallik bergan so`zlardir. Adabiyot kalimalarga
(so`zlarga) brilliant qiymati beradi.
Sulh.
Sulh
urushning so`nggi, xulosasi, ojizning bo`yin egishidir.
Sulh,
nozik, yupqa shishaga o`xshaydi. Arzimagan bahona bilan u sinib qolishi
mumkin.
Sulh,
insofni yoki adolatni bildirmaydi, u ojizlikni, buzg`unchilikni va
qudratni bildiradi.
So`z.
So`z
fikrning va tuyg`ularning bir boshdan boshqa bir boshga o`tishi uchun
vositadir.
Falsafadan,
ilmdan va tajribadan tug`ilgan ma’lumotlarni ifoda etgan qisqa va
hikmatli so`zlar hayotimiz dasturlaridir.
Millatlar,
dunyoning turli taraflariga yoyilib yashayotganlari holda, bizning bir
ko`chaga qamalib qolishimizning sababi nima? Har holda eng birinchi sabab
til bilmaslikdir. Payg`ambarimiz(SAV), “ bir til bilgan bir kishi, ikki
til bilgan ikki kishi kabi bo`ladi”-deganlar. Biroq til masalasini
madaniyat imperializmi shakliga keltirmaslik lozim.
Tabiat.
Tabiat,
fe’l-xo`y, u insonda tug`ilishdan va undan so`ng yashash davomida
odatlangan xususiyatlar bilan moddiy zaruratga ko`milgan mushkul va
mudhish bir quvvatdir.
Tabiat,
modda ichida mag`lub, modda kabi hissiz va irodasizdir.
Tabiat,
xossalari ma’lum bo`lgan moddadan avval bo`la olmaydi. Ya’ni borliqning
avvali bo`lmaydi.
Tabiatga moddasiz
vujud bergan, uni ashyoning yaratuvchisi, deb hisoblagan, o`z johilligini
butun dunyoga e’lon etgan bo`ladi.
Tabiatni
anglaganlar, uning ko`r bir quvvat ekanligini e’tirof etadilar.
Tabiatni,
gavhar va mohiyat so`zlariga tenglashtirganlar falsafadan uzoq
bo`lganlardir.
Taloq(
Er-xotining ajralishi).
Taloq,
oilalarning kambag`alliklari sababidir.
Taloq, din
nuqtai nazaridan sevilmagan, yoqimsiz bir hodisa, insoniy munosabatdir.
Ammo bu jarayonni taqiqlab ham bo`lmaydi.
Taloqni
haqiqatga aylantiradigan sabablar juda ko`p emas.
O`z
boshimcha taloq qilish eng avval Vatanga xiyonatdir.
Taloqni
tamoman man etmoq, irodani bog`lash, ba’zida vijdonga qahr etish bo`ladi.
Uylanish
sog`lom asoslar va sharoitlarga suyanib amalga oshishi lozim.
Taloqni man
etmoq yoki bu ishni mahkamalarda sudrab yurish, birga yashashni
istamaganlarni zo`rlab birlashtirishga harakatdir.
Erkakning
chiqisha olmasligidan ajralishni xohlagan er-xotinni birga yashashga hech
bir kuch-quvvat muvaffaq bo`la olmaydi.
Tarix.
Tarix,
bilmoq, hodisalarning ruhini anglamoqdir. Aks holda hodisalar masallardan
iborat bo`lib qoladi.
Tarix,
o`tmishning xato va savoblarini bilib, kelajakka yon berish san’atidir.
Bugungi jamiyatimizdagi
ko`pgina qiyinchiliklarning echimlari, “dorilar” turk tarixida mavjuddir.
Yaxshi tadqiq etib, harakatlarimizni vaqtidan oldin bajarsak u
“dorilar”ni so`zsiz topamiz.
Tarix
millatlarning xotiralaridir. Esini, xotirasini yo`qotgan odam qanday
telbalarcha muvozanatsiz harakat qilsa, tarixini yo`qotgan millat ham,
xalq ham shunga o`xshashdir.
Tasavvuf.
Tasavvuf,
falsafa va aqlning ustida bo`lgan ilohiy masalalardan Islom usuli bilan
bahs etadigan hikmatdir.
Tasavvuf,
toza ruh va ilhom yo`li bilan yuradigan ilohiy bir falsafadir.
Tasavvuf,
tariqat kishilarida ko`riladigani singari fikr va zikr yo`lida ruhning
ulug`ligidan dars olmoqdir.
Tasavvuf,
insonni vali, falsafa esa, uni hokim etar.
Tarbiya.
Kishi
hayoti, bolalik va yoshlik davrida olgan ta’lim-tarbiya bilan uning
anglashi va qarashlariga bog`lidir.
Asl
tarbiya, bolaning maqbul va yaxshi hislar, ko`rinish ichida o`sishi,
fikri, zehni va u tuyg`ular bilan to`ldirilgan bir usulda
mutaxassis bo`lib etishishidir.
Bolalarning
ta’lim-tarbiyasini etuksizlarga berib qo`yish, bugdoyga bit qo`shimoqdir
(bugdoyni mitaga berishdir, deyilmoqda-tarjimon izohi).
Tarbiyaning
badanga va fikrga tegishli qismlarini ko`pchilik tushunishadi. Ammo asl
ishga yaraydigan tarbiya qanday bo`lishini va uni qanday bilish
mumkinligini izoh eta oladigan biror kimsani topa olmadim(uchratmadim).
Tarbiyali
johil sevilsada, tarbiyasiz olim sevilmaydi (Tarbiyali johil hurmatga
sazovor bo`lishi mumkin, ammo tarbiyasiz olim hurmat qilinmaydi).
Go`daklarga
eng avval beriladigan tarbiya hislardir. Buning uchun go`daklar mazmunli
fikrlashi kerak bo`ladi.
Ruhlari
oynadek tiniq, chiroyli rasmlar(fotorasmlar) kabi ta’sirli bolalarning
ilk maktabi uylari bo`lib, boshlang`ich murabbiylar esa, onalardir. Buning
uchun onalar yaxshi tarbiya ko`rgan, yuksak madaniyatli bo`lishlari
zarur.
Ko`p
hollarda kiyinish, hisni, his esa kiyinishni tasvirlaydi. Ataylab
kiyinilsa-da, hol va harakat hislarini bildirib qo`yadi. Kishining
ko`rinishi ham yaxshi yoki yomon fikrni, hisdagi tarbiyani ko`rsatadi.
Millatni
rivojlantirish va o`stirishning eng to`g`ri va qisqa yo`li hisni
tarbiyalashdir.
Qiz va
erkak bolalar o`qiydigan she’r va kitoblar fikrga sog`lomlik, ruhga
matonat va azmi quvvat beradigan mavzularga bog`ishlangan bo`lishi kerak.
Ana shunda
qalblari quvvatli, fikrlari mustahkam insonlar etishadi.
Qizlarimizni
biror gul kabi tarbiyalab, ularni noziklik, nazokat, ojizlik va
miskinlikda qoldirmaylik. Bilamizki, ona arslon ham arslondir. Har bir
kimsa onadan tug`ilmishdir.
Boy, mulki;
faqir, go`zalligi yoki tarbiyasi bilan hurmatlidir(sevimlidir).
Tarbiya
o`zi alohida bir go`zallikdir. Oliy tuyg`ular taqdir, fikrning haqiqiy
tarbiya bilan ziyoli bo`lishiga bog`likdir.
Bolaligi,
bolalari diniy tarbiya olmagan millat, sarson-sargardon va suyanchsiz,
asossizdir. Bu millat dag`al va johil odamlardir. Bu millat do`stlaridan,
og`aynilaridan jirkanar holda bo`ladi.
Tarbiyali
bola, har qanday jismoniy (ko`rinishda) go`zal boladan gozaldir
(Bolalarning eng go`zali, jismonan go`zali emas, tarbiyalisidir).
Tarbiya,
ruhning va ma’naviyatning go`zalligidir. Hammani hurmat qil va sev. Qiyin
bo`lsa ham o`zingni ham hurmat qilishlari va sevishlari uchun harakat
qil.
Tarbiyasiz
qolganlardan nafratlanma, ularga achin.
Tarbiyali
oilalardan chiqmagan, faqat ilmiy yoki sun’iy tarbiyalangan murabbiy yoki
murabbiyalar bolalarning yo`llariga fonus tutgan ko`rlardir.
Tarbiyali
oilalarning hatto kichkina bolalari ham vazmin va jiddiyatli
ko`rinadilar. Ularda orsizlik va intizomsizlik bo`lmaydi.
Boladagi
orsizlik, tantiqlik, oiladagi intizomsizlikning asaridir. Bolada ayb
izlama, ayb uning oilasidadir.
Maktablarda
hammadan ko`proq buyuk zotlarning hayotlaridan, fikriy-g`oyaviy, ijtimoiy
axloq va diniy darslar o`qitilmog`i kerak.
Faqat o`z
tug`ilgan erida, vatanida yashagan kishilar bir ko`lda yashagan
qurbaqalarga o`xshaydi.
Dunyoning
har tarafida yashashga o`rganish, ulardan ularning tarbiya va
ma’lumotlaridagi ijobiy taraflarni olishga intilmoq kerak. Xuddi shunday
insoniyat ohanggiga aralashib, o`z ishonchimiz va madaniyatimizni butun
dunyoga tarqatishimiz lozim.
Nazokat va
tarbiya go`zallikdir. Tarbiya, go`zalning go`zalligini yanada oshiradi.
Tarbiyasizlik
va nazokatsizlik ifloslik bo`lib, go`zalning chiroyini sovuq bir
vaziyatga keltiradi.
Ta’lim
boshqa, tarbiya boshqadir. Hamma o`qituvchi ham tarbiyachi bo`lavermaydi.
Ko`pgina
o`qituvchilar, tarbiyani buzadi, shu bilan jamiyatga katta zarar
keltiradi.
Aqlli
tarbiya g`oyaviy va hissiy tarbiyadir.
Tarbiyasiz
olim, qo`pol kitob shkafidir.
Bilmaganingni,
ko`rmaganingni, anglamaganingni inkor etma. Ularni yaxshilab tadqiq
et.
Har qanday
gapni, fikrni, ularni rad etish uchun emas, balki uni yaxshilab tushinish
uchun tingla.
Faqat seni
izlaganlarni emas, seni izlamaganlarni ham izla. “Meni izlamaganni, men
hech izlamayman”-deyish boshqa gap.
Senga
itoatda bo`lganlarni emas, sendan alohida bo`lib, senga itoatda
bo`lmaganlarni eshit, tingla.
Hurmat
talab bo`lsang, avval o`zing boshqalarni hurmat qil. Sevilishni istasang,
avval o`zing sevishni o`rgan.
Volida,
oila hukumatining ikkinchi raisidir. Uyda u tarbiyali bo`lganligi sababli
qizlar olifta bo`lmasdan, odobli va keng fikrli, madaniyatli bo`lib etishtirilishi
kerak.
Haqiqiy
do`stlarni, ya’ni avval seni tanqid qiluvchilarni tingla. Shaq-shaqi,
oldi-qochdi tanqidchilar ham bor, buni unutma.
Bilimdon
ko`rinib, bir narsa so`zlash, yahshi emas. Bilmaydigan ko`rinib,
tinglash, navbatida so`zlashga kirishish eng yaxshisidir.
Mehr –
muhabbatli bo`lib, bir qarorga kela olmaslik, nifoq aralash
o`zlashtirishlardan ming marta yashidir. Chunki nifoq vaqt o`tishi bilan
kattaradi va qorason holiga keladi. Ya’ni tuzalmas holiga keladi. So`nggi
zarar katta va og`irdir.
Tarbiyali
bola uchun ona va otaning unga ozor berishi boshqalarning iltifoti,
chiroyli muomalalaridan shirindir.
Juda ham
zarur bo`lishiga qaramasdan maktablarda hisiy tarbiya va fazilat darslari
o`tilmaydi.
Tozalik
ifloslikdan, nizom intizomsizlikdan, qiynalgan g`amgin erlarda topiladi.
O`tmishning
diniy, ilmiy, siyosiy kishilarini qadrlamasak, bugunning kishilarini,
muhtojlarni qanday ta’minlay olamiz. Qadrsizlik, qimmatsizlikdir.
Bugunning
maqomi, mavqe egalari buni bilarmikinlar? Ularning qo`l ostida
qadrsizlarning qadr-qimmati, o`tmishning idorachilariga,
hukmdorlariga beradigan mukofoti-yodigorligi bo`ladi.
Barcha
millatlar, o`z o`tmishining buyuk odamlari bilan faxrlanadilar, ularni
yodlab iftixor etadilar.
Zamonning
odami emas, haqiqatning odami bo`l. Chunki zamon odami, zamon o`zgargan
hamon o`zgaradi. Haqiqat odami o`zgarmaydi, u doim bir xil qoladi.
Zamon odami
ismsizdir.
To`g`rining
egrisi, egrining to`g`risi egridir.
Taraqiyot.
Biror
millatning(xalqning) taraqiyoti, uning rivojlanishi, kishilarning fikriy
(g`oyaviy) va hisiy tarbiyasining mahsulidir. Tarbiya yuksalmaguncha
bunday zarur ma’lumotlar vujudga kelmaydi.
Taraqiyot,
millat kishilarining g`oya va maqsadda birliklarini aniqlab olishlariga
bog`liqdir.
O`qishni,
yozishni bilish taraqiyotning bosh raqamidir. Ikkinchisi esa, tarbiyadir.
Butun xalq(millat) bu ikkinchi raqamda ko`rinmaguncha taraqiyot maydonga
chiqmaydi.
Taraqiyotsizlikdan
shikoyatchilarning yuzdan to`qsoni taraqiyotning haqiqatga aylanishini
istamaganlardir. Ammo ular buning farqiga ham bormaydilar.
Ijtimoiy
tarbiyasizliklar, ruhlarni bir-biridan sovutadi. Sotsial aloqalarning
o`rnatilishiga to`siq bo`ladi. Taraqiyot uchun esa, bunday aloqalar juda
muhim.
Taraqiyot
yo`llari avval aqlda, fikrda, so`ngra diniy qarashlarda ko`rinib, undan
so`ngra qo`lga keladi. Tushunilgan so`zlarni so`zlay bilgan bajara oladi.
Har bir so`zlangan so`z, so`zlangan, degani emas. Ularning ko`pi quruq,
o`tkinchidir.
Taraqiyot nurdir.
U bor erda hamma narsa porloqdir.
Biror
narsaning yanada yorqini, yanada tozasi, yaxshisi, go`zali,
muntazami, uning eng taraqiy etganidir.
Go`zal haddi-harakatlar,
go`zal, chiroyli ifodalar tarbiyaning, hol va harakatlarda
intizom-fikrning taraqiyotini ko`rsatadi.
Bir uydagilarning,
bir kvartiradagilarning(ko`p qavatli uylarda) taraqiyoti, rivojlanishi,
uy a’zolarining tuyg`u, tushunchalarining, tarbiya va intizomining
natijasidir.
G`oyalari
va jamoatining hayotlari taraqiy etgan millatlarning mamlakatlari jannat,
mozorlari bog`cha, ibodatxonalari bir chiroyli saray singari
bezantirilgan, salobatli va muhtashamdir.
Fikran
taraqiy etmagan millatlarning mamlakatlari xarob, mozorlari tuproq
bosgan, ibodatxonalari xunuk ko`rimsizdir.
Biz shunday
bir yo`lda yuribmizki, undan bir odim chetga chiqsak o`zimizni taraqiy etgan
ko`chanig o`rtasida ko`ramiz. Ammo tushunchalarimiz taraqiyot darajasida
bo`lmagani uchun u odimni tashlay olmaymiz.
Biror
devordan bir tosh tushsa u uning qo`polib, xarob bo`layotganidan yoki
unga-u devorga biror tosh qo`yilsa yo uning u er-bu eri shuvolsa bu uning
rivojlanishidan, taraqiyotidan xabarchidir.
Yiqituvchi
emas, quruvchi bo`l!
Kichik yoki
buyuk ijobiy ishlar, yangiliklar taraqiyotdan, yiqitib, sindirib
to`kishlar, eskilikka tarafdorliklar taraqiyotsizlikdan xabarchidir.
Taraqiyotni
ko`rmoqchi bo`lsang atrofingga qara, qani ular, yiqitayotirlarmi,
qurayotirlarmi?
Taraqiyot
tajribalardan foydalanishga muhtojdir. Har bir etishgan yosh, o`z bilgani
va ko`rganiga inonib, unga suyanib qolsa, millat o`smaydi, u bolaligicha
qolaveradi.
Tijorat.
Ko`p sotishni
istaganing qadar, ko`p xaridor tutmoqqa harakat qil. Buning uchun zarur
bo`lsa zararga ham yur.
Tujjor(tijorat
qiluvchi- bisnesmen) - san’atkor, sabr - qanoat egasi, hamisha kulib,
tabassum qilib turuvchi, kamtar(tavozeli), zerikmas, tanbalmas va bir
so`zli bo`lishi shart.
Tijorat,
qimmat sotish bilan foyda olish emas, molni oz foyda bilan uzoq
davomli sotishdir.
Ihtikorlik(g`irromlik),
urib qolish, nomucli tujjor qilmaydigan qiliqdir.
Tujjor
sotgan va yasagan molini “men sotdim va qildim”, deyishdan, xuddi shunday
san’atkor ham o`z faoliyatini aytishdan uyalmaslari kerak.
Xiylakor
san’atchi va xiylakor tujjor soxtakor, mutahamgina emas, balki Vatan
xoinidir.
Do`konini
har kungi ochish soatidan bir soat ertaroq ochib, bir soat kechroq yopsa,
uning oylari o`tiz besh kun, yillari to`rt yuz yigirma to`rt kun bo`ladi.
“Kunda bir
aqcha orttir”, deganlar. Har holda topganingdan bir qismini saqlab
qolishing kerak.
Xarajatlarni
qisqartirish, foyda va iqtisod emas.
Tijoratning
ruhi, xaridor bilan yaxshi va to`g`ri bir shaklda tarbiyali va nazokatli
muomala etmoqdir.
Do`kon
oynalarining, shkaflarning, har xil qutilarning tashqarisi kir, ularning
ichlarida keraksiz narsalarning bo`lishi do`kon egasining tuyg`usizligi
va qo`polligidan darakdir.
“Tijorat xiylasiz
bo`lmas”, deydilar. Bu to`g`ri. Lekin xiyla xaridorni aldash uchun emas, uni
o`ziga jalb qilish, ya’ni xaridorni ko`paytirish uchun xiyla lozim. Bunga
hunar, deyiladi.
Vazifa.
Qaerda bir fazilat
nurining epkinini(shabadasini) ko`rsak, o`sha erda vazifaning ruhini
mushohada etamiz.
Vazifa,
e’tibor va qimmatga sazovor bo`lgan erlarda taraqiyotni ko`rish va
kuzatish mumkin.
Har bir
joyda vazifa bor; vazifani anglagan joyda haq bordir.
Vazifani
ta’riflash uchun bir so`z bor bo`lib, u ham bo`lsa fazilatdir.
Vijdon.
Vijdon
doimo haqiqatni aks etirgan bir oynadir.
Vijdon,
quyosh singari yorqin, bir malakning ko`rinishi kabi top-toza bo`lishi
lozim.
Umumiy vijdonlarning
jim turishi va aloqasiz bo`lishi isyonning boshqa bir shaklidir.
Umumiy
vijdon bir buyuk dengizga o`xshaydi, u suvi ustidagi
cho`plarni(yolg`onlarni) qirg`oqqa chiqarib tashlaydi.
Umumiy
vijdon, adashmaydigan, shoshmaydigan bir hokimdir.
Umumiy vijdon,
butun xalqning tuyg`u va muhokamasi, demakdir.U ma’lumotlarni va idrokni
aniq va haqiqiy bir ilhomdan oladi.
Umumiy
vijdon, shaxsiy vijdonlar ohanglarining bir va birligidir.
Vijdon
ruhning his va idrokidir.
Vijdon,
fazilatning fazilat qonunidir. U davomli uning qalbida turadi.
Muftilar
ko`pdir. Ular o`z tushunishlariga ko`ra xilma xil fatvolar beradilar.
Vijdon esa,
shunday bir muftiki, u haqiqatga mos fatvo chiqaradi. Vijdon hech aldanmaydi,
aldatilmaydi.
Yolg`onning,
inkor qilishning, so`zi teskari ma’nolarga boradiganlarning yuziga, suratiga
doim tupurib turuvchi bir narsa bor. BU VIJDONdir!
Vali.
Vali, ilm
va hikmat sohibi, demakdir. Uning ilmi va hikmati falsafadan ustun
turadi.
Valoyat.
Valoyat,
Allohning sevgilisi va do`sti bo`lish darajasiga ko`tarilish bo`lib,
falsafadan ustun, payg`ambarlikdan past bo`lgan buyuk ilohiy sharofat,
darajadir.
Yakun.
Yakun,
shubhasiz bilmak, demakdir bo`lib, unda hech bir ehtimollarga o`rin
qolmasligi kerak. Ehtimollar hali o`rtada bo`lsa, yakun topilmagan
bo`ladi, u chiqarilmaydi. Yakunsiz da’vo va hukm jaholatdir.
Iqtidor(hokimiyat).
Hokimiyat,
jamiyat tashkilotlaridagi bir bo`shlikni istisnosiz to`ldiradi.
Hokimiyat,
istisnosiz shaxsiydir. Hokimiyat joylardagi muassasalar yordamida
yuritiladi va so`zsiz ularga tayanib ish yurgizadi.
Hokimiyat
biror g`oya va falsafa sistemasiga suyanadi. Hokimiyat ma’lum bir
mas’uliyatni o`z ustiga oladi va u mas’uliyat doirasida harakat etadi.
Bilmog`ing
lozimki, o`zing yomon bo`lsang xalqingni isloh qila olmaysan; darg`azab
bo`lsang uni shodon etolmaysan. Buzuq bo`lsang ularga to`g`ri yo`l
ko`rsata olmaysan. Ko`r, qanday yo`l ko`rsata oladi?
Qo`l
ostingda mas’uliyatli bo`lgan kishilarni isloh etmoqchi bo`lsang, avval
o`zingdan boshla.
Valining (hokimning)
xalq bilan munosabatlari ruh va jasad orasidagi aloqaga o`xshaydi. Ruhsiz
jasadda hayot yo`q. Jamiyat hayotining ruhi - bu xalqdir.
Ehtiroslardan
saqlan. Seni va sening vositang ila boshqalarni isloh etadigan zuhddir.
Bilishing
kerakki, zuhd, qat’iy ma’lumot(yakun) bilan, qat’iy ma’lumot sabr bilan,
sabr esa, o`y-fikr, tushuncha bilan qo`lga kiritiladi.
Soddalik,
kamtarligingdan nafsing kuchli chiqadi. U doim yana-yana ortiqchasini
istayveradi.
Kichik
bo`lsa-da xato-kamchiliklarga yo`l qo`yma. Zero, har bir ishning o`z
xususiyati bordir. Nafsingni oz va oddiy xatolarga odatlantirsang, u oz
bilan qanoatlamay, juda kattani ham talab etaveradi.
Adolat
Allohu taoloning erdagi tarozisidir. Uning yordamida, u hisobda zaif,
quvvatlidan, haqli haqsizdan haqini oladi. Alloh qullari uchun qo`yilgan
tarozini kim buzsa, u jaholatning buyuk bir misolini ko`rsatgan va
Allohga qarshi katta kustohlikka yo`l qo`ygan bo`ladi.
Olim
johilni darhol taniydi. Chunki uning o`zi ham bir zamonlar johil edi.
Ammo johil
olimni tanimaydi. Chunki u hech bir vaqt olim bo`lmagan.
Hikmat
tadbirning boshi, nafsning quroli va aqlning oynasidir. Hikmat yordamida
ko`ngulga xush bo`lmaganlarning ustidan o`tib, unga xush kelganlari bilan
kuch va sharaf qozonmoq mumkin.
Shodlikni
yo`qotishga sabab zulm va qattiq qo`llikdir.
Jim turmoq,
mantiqsiz so`zlashdan yaxshiroqdir.
Oltin o`tda
eritilib soflangani singari inson ham o`z maslagi ichida pishib etishadi.
Ilm aqlning
yo`l ko`rsatuvchisi, aql esa, yaxshilikning kapitanidir (qumondonidir).
Insonni
hayvondan yuqori qo`ygan, uning fikrlash va so`zlashish qobiliyatidir.
Kishi anglamasa va so`zlamasa, u hayvonlashadi, albatta.
Odobing
bo`lmasa, bezanishni tanla.
Ma’lumotlardan
foydalana olmagan jaholatning zararlaridan o`zini qutqara olmaydi.
Yolg`onchi,
aldashlarining , so`zida turmasliliklarining zararini oqibatda o`zi
tortajagini bilmagan kishidir. Bilishing lozimki, agar bir safar
yolg`onchi bo`lib tanilsang, undan so`ng to`g`ri so`zlasangda inonmaslar,
odil bo`lsangda hokimligingni qabul etmaslar. Toza bo`lsangda, seni toza
demaslar. Natijada, yolg`onchi o`z yolg`oni bilan etishmoqchi bo`lgan
niyatidan, maqsadidan uzoqlashadi, xolos. U xuddi sharqni g`arbda izlagan
bechora kishiga o`xshaydi.
Boshqoruvchi
o`z ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishi uchun eng avval u olimning johildan
ustunligiga inonishi kerak. Olim, ilm va fazilatni qadrlab, uning
qimmatini ulug`lasa, johil esa, faqat o`z qarashalrini qo`llaganlarni
qadrlaydi. U faqat shaxsiy manfaatlarni taqdirlaydi.
Molini,
mulkini diniga xodim, xizmatchi etgan hukmdor, haqiqiy rahbar bo`lishga
loyiqdir. Dinini mulkiga xizmat qildirgan, ya’ni dinini shaxsiy
manfaatlari quroliga aylantirgan hukmdorning, u mulki o`ziga falokat
keltiradi.
Hukmdor,
go`zal axloqli va dinga bog`langan, yaxshilik va fazilatni tashviq
etuvchi bo`lishi zarur.
O`z
ehtiyojiga lozim bo`lganni, unga muhtoj bo`lmaganga berish, o`z nafsiga
dushmanlikdir.
O`zingni
o`zing isloh etsang, kishilar senga tobe bo`ladilar.
Bu dunyo
narsalariga hirs qo`yma! Chunki umr juda qisqadir.
Durust,
nomusli kishilarning o`zlarini xavfsiz his etishlari, yomon va
yaramaslarning ham sening g`azabingga uchrashlarini bilishlari hokimiyat
boshqaruvining yaxshi ko`rsatkichidir.
Yolg`on
shunday bir kasallikki, unga tutilsang qutulishing amri maholdir.
Xalq,
o`zini bilib va tutib olsagina, unga zulm qilganni(yoki qilganlarni)
pushaymon bo`lishga majbur etadi.
Xalq bilan
tortishmaga kirgan hukmdor, mutlaq sharafini yo`qotadi.
Ta’magirlik,
kishini zillat (pastkashlik)ga keltiradi.
Jaholat eng
yomon va zararli og`aynidir.
Davlatning
tirikligi(mavjudligi) va tartibi ikki narsa bilan saqlanadi. Bular moddiy
farovonlik va ta’lim-tarbiya(maorif)dir.
Senga
qaramaganga ahamiyat bersang o`zingni erga urgan bo`lasan. Seni yoqtirib,
hurmat ko`rsatganga iltifotli bo`lmasang tushunmovchilikka yo`l qo`ygan
bo`lasan.
Birorta ham
xayrli ish qilmagan kishi hech bo`lmasa yomonlikni tashlasin.
Kishilar
faqat ojiz va tushkin vaqtlardagina emas, aksincha ular kuchli va hamma
narsasi etarli bo`lganda ham qiynalishlarini bilsinlar.
Ta’magirlik,
doimiy faqirlik, demakdir.
Yolg`on
(soxta) ko`rinish(xo`ja ko`rsinga qilish) johilning etagidir (kiyimidir).
Xotiniga
mubtalo bo`lish ahmoqning ishidir.
Cabr
irodani kuchlantiradi, unga qo`shimcha sabr sevinchning mevasi va
qiyinchiliklarning tugashidir.
So`rashni
bilgan, o`rganadi.
Yaxshi,
mazmunli savol berish, yaxshi javob olishning kalitidir.
Yomonlikka
yomonlik bilan javob berish qasosdir. Yomonlikka yaxshilik bilan javob
berish fazilatdir.
O`z qarashlarini
isbotlay olmaganlar ishi faqat demagogiya (safsatabozlik)dir.
Tarjimaning
ilk varianti 1998 yil, 25 iyul, shanba kuni soat 18-da Istanbul shahrida
bitirildi. Komputerga ko`chirish esa, 2003 yil, 23 may soat 23-da
Bergen(Norvegiya) shahrida amalga oshirildi.
Tarjimon: Aliboy Yo`lyaxshi
|